TOSHKENT SHAXAR OLMAZOR TUMANI 146-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MATEMATIKA FANI O’QITUVCHISI ISAKOV AXMATJONNING BIR SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI O’tkazish sanasi: 24.09.2021 Mavzu: MANTIQIY TENG KUCHLILIK. MANTIQIY QONUNLAR Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga mantiqiy teng kuchlilik va mantiriy qonunlarni o’rgatish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish. Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish TK: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan Kompetensiya ifodalay oladi; fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi; FK: sodda to‘g‘ri fikr yuritish (argumentatsiya) qonunlarini ma’nosini tushuna oladi va misollar keltira oladi. Dars usuli suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari. Dars turi Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi. O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob. O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy. O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “abuturent” jurnali. Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar. Ishlash bosqichlari vaqti Faoliyat mazmuni O’qituvchi O’quvchilar 1-bosqich. Mavzuga kirish. (8daqiqa) 1.1 Darsni tashkillashtish. 1.2 Uy vazifalarini tekshirish, savoljavob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa) 1.3 O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi: 1. Darsga tayyorlanadi. 2. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi. 3. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi. 2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa) hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa) Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi. O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi. Uyga topshiriq va savollar beriladi. 1. Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi. 2. Vazifalarni yozib oladi. 3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa) Mavzuni yoritish. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish Yo’qlamani aniqlash Navbatchi axboroti. Siyosiy daqiqa. II. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish. III. Tayanch bilimlarning faollashtirish. Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. 50. Mulohazalar Sardorning tahminiy kun tartibini belgilaydi: p: Sardor erta turdi; q: Sardor nonushtaga qaymoq yedi; r: Sardor tushlikka sho‘rva ichdi; s: Sardor kechki ovqatga palov yedi; u: Sardor sport bilan shug‘ullandi; v: Sardor kitob o‘qidi. Quyidagilarni tabiiy tilda ifodalang (ayting): a) q; b) s; c) q ∧ u; d) r ∧ s; e)r ∨ s. IV. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi). Nazariy qism: Ma’nosigaqarab tabiiy tildagi sodda mulohazalarni harflar bilan erkin belgilab inkor, kon’yunksiya va diz’yunksiya kabi mantiqiy bog‘lovchilar yordamida murakkabroq mulohazalarni rost−yolg‘onligiga e’tibor bermasdan simvolik (ramziy) ko‘rinishlarini tuzaylik. 2−misol. p ∨ ¬pmulohaza tavtologiya ekanligini isbotlang Rostlik jadvalini tuzamiz: p ∨ ¬pmulohaza doimo rost qiymatlarni (uchinchi ustunga qarang)qabul qilgani bois u tavtologiya bo‘ladi. Ikkita mulohazalarning rostlik jadvallaridagi mos ustunlar bir hil bo‘lsa, bu mulohazalar mantiqiy teng kuchlideyiladi. 3−misol. ¬(p∧q)va ¬p∨¬qmulohazalar mantiqiy teng kuchli ekanligini isbotlang. ¬(p∧q)va ¬p ∨ ¬qmulohazalar uchun rostlik jadvallarni tuzamiz: ¬(p∧q)va ¬p ∨ ¬qmulohazalar ning rostlik jadvallaridagi mos ustunlar bir xil, demak bu mulohazalar mantiqiy teng kuchli. Bu munosabatni ¬(p∧q)= ¬p ∨ ¬q kabi yozamiz. V. Amaliy ish: Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar: 53. Mantiqiy teng kuchliliklarni isbotlang: a) ¬(¬p) = p; b) p∧q=p; c) p ∨ (¬p ∧ q)= p∨q; d) ¬(q ∧ ¬p)= ¬q ∧ (p∨q). 54. Mulohazalar berilgan bo‘lsin: p:Sardor olmalarni yaxshi ko‘radi; q:Sardor uzumni yaxshi ko‘radi. Quyidagi mulohazalarni tabiiy tilda ifodalang: a) p ∨ q; b) ¬(p∨q); c) ¬p; d) ¬p ∧ ¬q. 55. Rostlik jadvalini tuzib, ¬(p∨q)va ¬p ∧ ¬qmulohazalar mantiqiy teng kuchli ekanligini isbotlang. VI. Darsga yakun yasash: O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash. VII. Uyga vazifa berish: O’IBDO’: _________________________