Uploaded by Valisher Soatov

ochiq dars algebra 10

advertisement
TOSHKENT SHAXAR OLMAZOR TUMANI
146-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
MATEMATIKA FANI O’QITUVCHISI
ISAKOV AXMATJONNING
BIR SOATLIK OCHIQ
DARS
ISHLANMASI
O’tkazish sanasi: 24.09.2021
Mavzu: MANTIQIY TENG KUCHLILIK. MANTIQIY QONUNLAR
Darsning
maqsadi:
Ta’limiy:
O’quvchilarga mantiqiy teng kuchlilik va mantiriy
qonunlarni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va
rivojlantirish.
Tarbiyaviy:
Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya
qilishni singdirish
TK: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan
Kompetensiya
ifodalay oladi; fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
FK: sodda to‘g‘ri fikr yuritish (argumentatsiya) qonunlarini
ma’nosini tushuna oladi va misollar keltira oladi.
Dars usuli
suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli
boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
Dars turi
Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.
O’quv
jarayonining
amaliga
oshirish
texnologiyasi
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,
“abuturent” jurnali.
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy
vazifalar.
Ishlash
bosqichlari
vaqti
Faoliyat mazmuni
O’qituvchi
O’quvchilar
1-bosqich.
Mavzuga
kirish. (8daqiqa)
1.1 Darsni tashkillashtish.
1.2 Uy vazifalarini tekshirish, savoljavob o’tkazish, natijalarni tahlil
etish (5 daqiqa)
1.3 O’quv mashg’ulotining mavzusi
maqsadi, rejalashtirilgan natijasi
va uni o’tkazish rejasini e’lon
qiladi:
1. Darsga tayyorlanadi.
2. Vazifalarni bajaradi,
savollarga javob beradi.
3. Maqsad va rejani diqqat
bilan tinglaydi yoki yozi
oladi.
2-bosqich.
Asosiy. (33
daqiqa)
hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni
o’rgatish, mavzuni mustahkamlash.
(33 daqiqa)
Vazifalarni bajaradi,
tushunmagan joylarida
savol beradi.
O’quvchilar olgan bilimlari
baholanadi.
Uyga topshiriq va savollar beriladi.
1. Qo’shimcha savollarga
javob beradi,
topshiriqlarni bajaradi.
2. Vazifalarni yozib oladi.
3-bosqich.
Yakuniy. (4
daqiqa)
Mavzuni yoritish.
Darsning borishi:
I.
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
II. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
III. Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
50. Mulohazalar Sardorning tahminiy kun tartibini belgilaydi:
p: Sardor erta turdi;
q: Sardor nonushtaga qaymoq yedi;
r: Sardor tushlikka sho‘rva ichdi;
s: Sardor kechki ovqatga palov yedi;
u: Sardor sport bilan shug‘ullandi;
v: Sardor kitob o‘qidi.
Quyidagilarni tabiiy tilda ifodalang (ayting):
a) q; b) s; c) q ∧ u; d) r ∧ s; e)r ∨ s.
IV. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish
dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar,
tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan
birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
Ma’nosigaqarab tabiiy tildagi sodda mulohazalarni harflar bilan erkin belgilab
inkor, kon’yunksiya va diz’yunksiya kabi mantiqiy bog‘lovchilar yordamida
murakkabroq mulohazalarni rost−yolg‘onligiga e’tibor bermasdan simvolik
(ramziy) ko‘rinishlarini tuzaylik.
2−misol. p ∨ ¬pmulohaza tavtologiya ekanligini isbotlang
Rostlik jadvalini tuzamiz:
p ∨ ¬pmulohaza doimo rost qiymatlarni (uchinchi ustunga qarang)qabul qilgani
bois u tavtologiya bo‘ladi.
Ikkita mulohazalarning rostlik jadvallaridagi mos ustunlar bir hil bo‘lsa, bu
mulohazalar mantiqiy teng kuchlideyiladi.
3−misol. ¬(p∧q)va ¬p∨¬qmulohazalar mantiqiy teng kuchli ekanligini
isbotlang.
¬(p∧q)va ¬p ∨ ¬qmulohazalar uchun rostlik jadvallarni tuzamiz:
¬(p∧q)va ¬p ∨ ¬qmulohazalar ning rostlik jadvallaridagi mos ustunlar bir xil,
demak bu mulohazalar mantiqiy teng kuchli. Bu munosabatni ¬(p∧q)= ¬p ∨ ¬q
kabi yozamiz.
V.
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
53. Mantiqiy teng kuchliliklarni isbotlang:
a) ¬(¬p) = p; b) p∧q=p; c) p ∨ (¬p ∧ q)= p∨q;
d) ¬(q ∧ ¬p)= ¬q ∧ (p∨q).
54. Mulohazalar berilgan bo‘lsin:
p:Sardor olmalarni yaxshi ko‘radi;
q:Sardor uzumni yaxshi ko‘radi.
Quyidagi mulohazalarni tabiiy tilda ifodalang:
a) p ∨ q; b) ¬(p∨q); c) ¬p; d) ¬p ∧ ¬q.
55. Rostlik jadvalini tuzib, ¬(p∨q)va ¬p ∧ ¬qmulohazalar mantiqiy teng
kuchli ekanligini isbotlang.
VI. Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib
baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
VII. Uyga vazifa berish:
O’IBDO’:
_________________________
Download