Uploaded by Surayyo Sultonmurodova_01

2-kurslarga Amaliyotchi-talabaning o‘quv-tanishuv amaliyot davri (1)

advertisement
Amaliyotchi-talaba tomonidan o‘quv-tanishuv amaliyot yakunida
OTMga topshiradigan hujjatlar roʻyxati
(2-kurslarga)
1. Amaliyotchi-talabaning o‘quv-tanishuv amaliyot davrida amaliyot dasturida
belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amaliyotda bajarilgan ishlarining jamlanmasida
quyidagilar bo‘lishi zarur (dastur boʻyicha):
- amaliyotga biriktirilgan ta’lim muassasi bilan tanishuv (tahliliy ma’lumot va rasm
ilova qilingan holda);
- amaliyotga biriktirilgan ta’lim muassasi ichki-tartib qoidalari bilan tanishish
bayonnomasi (tahliliy ma’lumot va ichki-tartib qoidalar ilova qilingan holda);
- amaliyot kundaligi (to‘ldirilgan holatda);
- o‘quv-tanishuv amaliyoti davrida kuzatilgan darslarni rasmiylashtirib borilganligi
(Tahlil daftari);
- o‘quv-tanishuv amaliyot davomida o‘quv-me’yoriy hujjatlar tanishganligi
(direktor, direktor o‘rinbosarlari, metod birlashma rahbari me’yoriy hujjatlari va
mutaxassislik fani rejasi, dars jadvali, jurnali hamda o‘quvchilarni baholash mezonlari
tahlili);
- o‘quv-tanishuv amaliyotida o‘ziga biriktirilgan sinf (guruh) bilan olib borilgan
ishlari (Biriktirilgan sinf hujjatlaridan ma’lumotlar ilova qilinadi);
- sinfdan tashqari ishlarni tashkil etilishi va oʻtkazilishidagi ishtiroki (fan
to‘garaklari, fanga oid turli tadbirlar va h.k)
o‘quv-tanishuv amaliyot davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etilishidagi
ishtiroki. (Tadbirlardan bayonnoma va foto lavhalar ilova qilinadi)
2. Amaliyot o‘tagan ta’lim muassasidan tavsiyanoma.
3. Amaliyot boʻyicha xulosa va takliflar
4. Amaliyot yakuni bo‘yicha hisobot tayyorlash;
5. Amaliyot bo‘yicha yuqorida belgilangan barcha topshiriqlar ijrosi bo‘yicha
Yig‘ma jild (papka) shakllantirish.
6. Amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobot taqdimotini tayyorlash.
I.
*Yuqoridagi keltirilgan talablardan tashqari ma’lumotlar ham yig‘ma jildda keltirishi
mumkin va hujjatlar har bir talaba kesimida tegishli kafedra a’zolari ishtirokida
prezentatsiya shaklida topshiriladi.
AMALIYOTCHI UCHUN ESLATMA
Pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalarining o‘quv-tanishuv amaliyoti ta’limtarbiya jarayonining izchil davomi boʻlib, bakalavriat bosqichida olingan nazariy
bilimlarni mustahkamlash, egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni ta’lim
muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonida qoʻllash imkonini beradi.
O‘quv-tanishuv amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va ixtisoslik
fanlaridan olgan nazariy bilim, koʻnikma va malakalariga asoslanadi.
O‘quv-tanishuv amaliyot davomida amaliyotchi-talaba:
 Ta’lim muassasasi fan oʻqituvchilarining darslarini kuzatishi va tahlil qilishi
hamda oʻquv-me’yoriy, ma’naviy-ma’rifiy hujjatlari bilan tanishishi;
 Tegishli fan boʻyicha taqvim-mavzuiy rejani tuzishi;
 Mavzular boʻyicha ilmiy va metodik adabiyotlarni oʻrganishi;
 Oʻquv jarayonini tashkil etishda pedagogik va axborot kommunikatsion hamda
internet tizimidan samarali foydalanishi;
 Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishi va oʻtkazishi;
 Sinf rahbari sifatida ish olib borishi;
 Amaliyotchi portfoliosini oʻz vaqtida yuritib, kunlik davomatdan o‘tib
borishi shart.
 Amaliyotchi talabaning faoliyati amaliyot yakunida universitet va qabul qiluvchi
muassasa rahbari tomonidan oʻrnatilgan tartibda baholanadi.
Kundalik daftarni yuritish tartibi:
a) kundalik daftarda bajariladigan ishlar mazmuni aniq, qisqa, uzviylikda toʻldiriladi,
xulosa va takliflar yoziladi;
b) kundalik daftar universitet va qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan nazorat
qilib boriladi.
Download