Uploaded by Javohir Sultonov

Hisobot bank ishi ta‘lim yo'nalishi bo'yicha bitiruv oldi mala

advertisement
1 -ilova
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
"Moliya" kafedrasi
HISOBOT
"BANK ISHI" TA‘LIM YO'NALISHI BO'YICHA
BITIRUV OLDI MALAKAVIY
AMALIYOTI
Tayyorladi ______________guruh
Kafedra tomonidan ro‘yxatga olingan
talabasi ________________________________
tartib raqami №______
Amaliyot rahbari: _______________________
“___” ____________2022 y. ________
( imzo)
Hisobot himoyaga tavsiya
qilindi (qilinmadi)
Hisobot bahosi _______ ball
Komissiya a‟zolari:
Sana “___” _____________2022 y.
______________________________
______________________________
Rahbar imzosi: ___________
______________________________
Reja
Kirish
1.
AT “Xalq banki” YAngiko‘rgon filialining tashkiliy tuzilishi
2.
AT “Xalq banki” YAngiko‘rgon filialining mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank
maxsulotlari va xizmatlarini o‘rganish
3.
Filialning kapitali va uning tashkil etish manbalari
4.
AT “Xalq banki” YAngiko‘rgon filial faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari va
moliyaviy natijalari bilan tanishish
Xulosa
Foydalanilagan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish
So‘nggi
yillarda
O‘zbekiston
Respublikasida
bank
tizimini
takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bank
faoliyatining fundamental asoslarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan choratadbirlar o‘rtasida ma’lum uzilishlar mavjudligidan dalolat bermoqda. Mazkur
holat birinchi navbatda, bank tizimining yaqin va uzoq istiqboldagi holatini
belgilab beruvchi strategik rivojlanish dasturlari va yo‘nalishlariga ta’alluqlidir.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021 yillarda yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida.
“Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni
joriy etish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni
bartaraf etish yo‘nalishida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini
yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan bank nazorati
bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari
etarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash” zarurligi qayd
etilgan. Bu bilan 2019 yilning yakunigacha bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel
– 3 kelishuvi talablarining bank faoliyatiga joriy etish jarayonlari yakunlanishi
nazarda tutilmoqda.
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va
biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur
moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada
rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta’minlaydigan omilidir.
Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun
foiz to‘lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga
kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.
SHuningdek, tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz
shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar,
hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va
yacheykalarni ijaraga berish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi.
Tijorat banklarining xizmatlar turi:
Jismoniy shaxslarga
YUridik shaxslarga
 Pul o‘tkazmalari

Pul o‘tkazmalari
 Omonatlar

Depozitlar
 Bank kartalari

Bank kartalari
 Kredit mahsulotlari

Kredit mahsulotlari, shu jumladan xorijiy
 Konversion amaliyotlari
valyutada
 Mobil banking

Lizing
 Individual seyf va

Faktoring

Konversion amaliyotlari

Internet-banking

Individual seyf va yacheykalari
 To‘lovlarni qabul qilish

Hisob-kitob va kassa xizmatlari
 Kommunal to‘lovlarni

Xorijiy kredit liniyalari

Loyihalarni moliyalashtirish

Sug‘urta tashkilotlar nomidan sug‘urta
yacheykalar
 Hisob-kitob va kassa
xizmatlari
amalga oshirish
 Jamg‘arma sertifikatlari
shartnomasini tuzish
 Mol-mulkni ishonchli
boshqarish

Omonat sertifikatlari

Mol-mulkni ishonchli boshqarish
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu – tijorat
muassasasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan pul
mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lov, muddat-lilik, qaytib berish
sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini
bajaradi.
Ba’zi adabiyotlarda bank korxona sifatida ham izohlanadi. Ma’lumki, bank
yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi.
Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga jihatidan o‘xshatish mumkinki,
tijorat bank-lari ham korxonalar singari faoliyatini o‘z daromadini ko‘pay-tirishga
va shu asosda birinchidan o‘z asoschilari - aksionerlarining manfaatlarini,
ikkinchidan o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi.
1.AT “Xalq banki” YAngiko‘rgon filialining tashkiliy tuzilishi va
korporativ boshkaruv asoslari
Hukumatning doimiy ravishda qo’llab-quvvatlashi tufayli Xalq
bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki
mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning
moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli
vazifalarni doimiy ravishda ado yetib kelmoqda. Bank o’z salohiyatini
barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari
bozoridagi o’z mavqyei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarini
safarbar yetmoqda.
Bugungi kunda Xalq banki O’zbekiston bank tizimining muhim bo’g’ini
hisoblanadi. Uning 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta Bank
xizmatlari markazlari va 2260 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga –
kichik biznes subektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko’rsatib
kelmoqda.
Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O’zbekistonning keksa
fuqarolarini nafaqalar bilan o’z vaqtida ta’minlashdan iborat. O’zbekiston
Respublikasi
«Fuqarolarning
jamg’arib
boriladigan
pensiya
ta’minoti
to’g’risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga
qo’shimcha tariqasida jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi yo’lga
qo’yilgan. Xalq banki yagona, o’z filiallarini bir-biri bilan bog’lovchi va yetarlicha
himoyalovchi yelektron baza yaratish uchun ko’p ishlarni amalga oshirdi.
Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o’z oldiga yangi strategik maqsad
va vazifalarni qo’yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat
ko’rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh
pozisiyaga yerishishga, investision jozibadorlikni ta’minlashga, boshqaruv va
texnologik jarayonlarni modernizasiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida
qator ko’rsatkichlar bo’yicha peshqadam pozisiyani yegallashga xizmat qilmoqda.
Bank tarixi
Xalq banki
1875 - Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O’zbekistonning qadimiy
banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg’arma kassalar 1875-yilda
tashkil yetilgan.
1995 - O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi
Qaroriga asosan «O’zjamg’armabank» Davlat-tijorat Xalq banki yetib qayta tashkil
yetildi.
2015 - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi
“Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy
yetish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi
“Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o’zgartirildi.
Yuqori turuvchi organlar nomi:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Xalq banki missiyasi
Xalq banki missiyasi – bank faoliyatining mazmuni va ma’nosini belgilab
beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarishdagi, shuningdek, xalq
farovonligi va umuman
iqtisodiyotning o’sishini ta’minlashdagi o’rnini
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizning mijozlarimiz – aholi va xo’jalik yurituvchi subektlar, ularning
faoliyati, maqsadlari va intilishlari, farovonligi – Xalq banki aynan shuning uchun
faoliyat yuritadi.
Biz quyidagi talablarga javob berishga intilamiz:
- taqdim yetiladigan, yeng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank
mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami va hajmlarini kengaytirish yo’li bilan,
shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo’ylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash
orqali davlatning yetakchi universal banki bo’lish;
- xodimlar faoliyati uyg’unligini ta’minlash va ularning shaxsiy va kasbiy
intilishlarini ro’yobga chiqarish yo’li bilan davlatimizning yeng yaxshi va talabgor
ish beruvchilaridan biri bo’lish.
2012 yildan boshlab Xalqbanki yuqori darajadagi xalqaro reytinglarg
a yega bo’lib kelmoqda.
2019yil Xalq banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqaro stan
dartlari"ning 9standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda “ISO 9001:2015” xalqaro
muvofiqlik sertifikati olindi.
2021 - yilning avgust oyida Xalq banki reytingi “Fitch Ratings” xalqaro
reyting agentligining “BB-/B” -“Barqaror” reytingiga hamda “Standard and
Poors” xalqaro reyting agentligining “B+/B” reytingiga yega boʻldi.
2021 - yilning avgust oyida “Standard and Sensitive Rating” agentligi
tomonidan milliy shkala bo’yicha “uzA+” - “Barqaror” reytingi tasdiqlandi. Ushbu
reyting Xalq banki tomonidan milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik
ko’lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks yettiradi.
Bank kapitali
Bizning moliyaviy ko’rsatkichlarimiz barqaror o’sish dinamikasiga yega.
Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 4 929 336,5 mln. so’mni tashkil
qiladi. 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 3,5% ga o’sgan.
Jalb qilingan aholi omonatlari
2021-yilning 1-oktabr holatiga aholi omonatlari 7 189 757,0 mln. so’m
bo’lib, 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 14,7 foizga o’sgan.
Bank kredit qo’yilmalari
2021 - yilning 1-oktabr holatiga bankning kredit qo’yilmalari 21 019 047,4
mln. so’m bo’lib, 2020-yilning 1-oktabrga nisbatan 20,5 % ga oshgan 2021 yil.
Bank strukturasi
Xalq banki filiallari – 196 ta;
o
Bankdan tashqari tashkil yetilgan kassalar – 307 ta;
o
24/7 shoxobchalari – 423 ta;
o
Bank xizmatlari markazlari – 106 ta;
o
Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 261 ta;
o
Xalqaro pul o’tkazmalari shoxobchalari – 297 ta;
o
Bank kassalari (jamg’arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va
boshqalar) – 817 ta;
o
Ko’chma (sayyor) kassalar – 1443 ta.
Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan:

Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ
boshqaruvni yanada takomillashtirish

Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi
bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish

Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish

Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish

Ichki nazorat tizimini takomillashtirish

Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish

Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish

Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish
Strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal yetishda, bank
o’zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan – yeng keng
qamrovli bo’linmalari tarmog’idan to’laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil
davomida bo’linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning
majmuini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil
qilinadi va natijalari bo’yicha rentabelli bo’linmalarni takomillashtirish hamda
norentabelli bo’linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi.
Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan,
korxonalarni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat
dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi.
Tijorat banklari, bizning fikrimizcha, shunchaki korxona emas, maxsus
korxonadir. CHunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va
shu asosda bank o‘z aksionerlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kre-dit
resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy
shaxslarga xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy
bankdan keyingi ikkinchi pog‘onasi hisoblanadi.
Aksioner banklar aksioner jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq
turdagi aksioner banklar bo‘lishi mumkin. Aksionerlar safiga kirish aksiyalarni
sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning
aksiyalarini sotib olishi va aksioner bo‘lishlari mumkin.
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi
mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huqu-qiy va jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin.
Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hiso-bidan tashkil
qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga ko‘ra tijorat banklar – universal va
maxsus banklarga bo‘linadi.
Universal banklar xilma – xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar
amalga oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma’lum yo‘nalishlarga
xizmat ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘na-lishlarda yutuqlarga, samaradorlikka
erishishga bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi
banklar, eksport-import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya
banklari, zamin banklar kirishi mumkin.
Joylashish belgisiga ko‘ra tijorat banklar: xalqaro, respublika,
mintaqaviy, viloyat banklariga bo‘linishi mumkin.
Banklar tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishiga qarab, sanoat, qurilish, qishloq
xo‘jaligi, savdo va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning o‘rni, ularning iqtisodga ta’siri
o‘sib bormoqda.
Kredit muassasalari aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning
bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, kapital jamg‘arilishini,
harakatlanuvchi
kapital
yordamida
korxonalarning
xo‘jalik
faoliyatini
takomillashtirishga ko‘maklashadi va korxonalar faoliyati ustidan nazorat olib
boradi.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar
o‘rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta
taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga
bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga
erishishni ta’minlashi mumkin.
Amaliyot o‘tash davrida AT “Xalk banki” Namangan viloyati
YAngikurg‘on filialida bank korporativ boshqaruv bilan xam yakindan tanishib
chikdim. Korporativ boshkaruv deganda bank strategik maqsadlarini aniqlash va
ularga erishish ustidan nazorat qilish uchun zarur tashkiliy tuzilmani, shuningdek,
boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini ta’minlovchi, bank boshqaruv
organlari va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar majmui, shu
jumladan, boshqaruv organlarining vakolatlarini va javobgarligini taqsimlash
hamda
boshqaruvga
oid
qarorlar
qabul
qilish
imkonini
yaratish
tushuniladi.Bankning samarali korporativ boshqaruvning asosi quyidagilar
hisoblanadi:
-
bankning ichki hujjatlarida belgilanadigan vakolat va vazifalarning
aniq tarzda taqsimlanishi;
-
etarli darajadagi hisobdorlik;
-
o‘zaro nazorat qilish hamda bank uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilinishining oldini olishni ta’minlovchi, bank
boshqaruvi organlari va (yoki) tarkibiy tuzilmalar o‘rtasidagi vakolatlarning
taqsimlanishi;
Samarali korporativ boshqaruv bank sektorining to‘g‘ri ishlashini
ta’minlashda
muhim
rol
o‘ynaydi.
Banklarning
barqarorligi
moliyaviy
barqarorlikning asosi hisoblanadi, shuning uchun bank faoliyatini tashkil etish
sifati iqtisodiy farovonlikka erishishning muhim omilidir.
— Banklarda boshqaruvni takomillashtirish maqsadida Markaziy bank
tomonidan yangi tahrirdagi “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi
nizom (2020 yil 30 iyun, ro‘yxat raqami 3254) qabul qilingan bo‘lib, bank
nazoratiga oid Bazel qo‘mitasining “Banklarda korporativ boshqaruvning
tamoyillari”
va
chiqilgan. Ushbu
xalqaro
umume’tirof
etilgan
normalar
Nizom “O‘zbekiston Respublikasining
asosida
ishlab
Markaziy banki
to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga
mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi. Uning maqsadi
korporativ boshqaruvning ilg‘or standartlarini joriy etish orqali banklarda
boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va
faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish
samaradorligini oshirishdan iborat. Unda, shuningdek, bank boshqaruvi organlari
vakolat va vazifalari, banklarda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga doir
ko‘riladigan choralar, ma’lumotlar oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash, bankda
xodimlarning odob-axloq qoidalari hamda noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabardor
etish tizimini joriy qilish kabi normalar belgilangan.
Nizomning yangi tahririda avvalgisidan farqli ravishda kuzatuv kengashi
shakllantiradigan
audit,
tavakkalchiliklarni
boshqarish
va
mukofotlash
qo‘mitalarining vazifalari hamda ushbu qo‘mitalarning bank boshqaruvida tutgan
o‘rni batafsil yoritib o‘tilgan. Bu esa o‘z navbatida, tijorat banki boshqaruv
organlari o‘rtasida javobgarlikning shaffof sohalarini belgilashga xizmat
qiladi. Ta’kidlash joizki, Nizom mehnatga haq to‘lash, manfaatlar to‘qnashuvining
oldini olishga doir choralar va noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabar qilish
tizimlarini qamrab olgan. Bular bankning ijroiya organi a’zolari va xodimlarning
mas’uliyatini oshirish hamda o‘z ishiga sadoqat bilan yondashgan holda, faoliyat
yuritishiga qaratilgan. “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi
nizom 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan.
XALQ BANKI, O‘zbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki —
yirik universal davlattijorat jamg‘arma banki. 1992 y. da sobiq davlat mehnat
jamg‘arma kassalari (1923) negizida tashkil etilgan mehnat jamg‘armalari va
aholini kreditlash maxsus banki — SSSR jamg‘arma banki (1987)ning O‘zbekiston
bo‘limi asosida O‘zbekiston jamg‘arma banki tashkil etiddi. 1995 y. da bu bank
hukumatning maxsus qarori b-n O‘zbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki
deb nomlandi. Boshkaruvi Toshkent sh. da. Bank ta’sischilari: O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi (51%) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
(49%).
Bankning asosiy vazifalari: respublikada bank jamg‘arma ishlarini
rivojlantirishga qaratilgan depozit siyosatini olib borish; aholining bo‘sh pul
mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilish va ular hisobiga shakllangan
resurelarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoklariga yo‘naltirish; davlat va boshqa
emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish, saqlash, hisobga olish hamda
ikkilamchi bozorda oldisotdi muomalasini amalga oshirish; lahzali va b. turdagi
lotereyalarni tashkil qilish va o‘tkazish; xo‘jalik sub’ektlari va yakka tartibda
faoliyat kursatadigan tadbirkorlarga mikrokreditlar berish; yuridik va jismoniy
shaxslarga hisobkitob — kassa xizmati ko‘rsatish, uchinchi shaxs foydasiga
to‘lovlar qabul kilish va b. Bank muassasalari davlat tomonidan ko‘p bolali va kam
ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan nafaqa va yordam pullarini egalariga
tarqatdi.
Xalq banki Jahon jamg‘arma banklari inti, Germaniya xalqaro hamkorlik
bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi bilan hamkorlik qiladi.
2 AT “Xalq banki” YAngiko‘rgon filialining mijozlarga ko‘rsatilayotgan
bank maxsulotlari va xizmatlarini o‘rganish
AT “Xalq banklari” ning barcha filiallarining asosiy xizmat turlari
quyidagilardan iborat.
«Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Bank jamg‘arib boriladigan pensiya
tizimida qatnashadigan fuqarolarni hisobga qo‘yadi.
Jamg‘arib boriladigan
pensiya tizimining zarur tarzdagi faoliyatini ta’minlash Bankning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi, Bank ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida
quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va
yuritish
uchun
jamg‘arib
boriladigan
qo‘yuvchilardan zarur ma’lumotlarni olish;
pensiya
badallarini
omonatga
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan
olingan daromaddan marja olish. Marja miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining faoliyatini ta’minlash
bo‘yicha yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagilarga majburdir:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibdagi jamg‘arib
boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
yakka
tartibdagi
jamg‘arib
boriladigan
pensiya
hisobvaraqlariga
badallarning va hisoblangan foizlarning shaxsiy hisobini yuritish;
jamg‘arib boriladigan pensiya badallari va foizlar yakka tartibdagi
jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘z vaqtida va to‘liq hajmda
o‘tkazilishini ta’minlash;
jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari miqdorlari o‘z vaqtida va to‘g‘ri
aniqlanishini, shuningdek ularning oluvchilarga to‘liq berilishini ta’minlash;
yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi
mablag‘larning saqlanishini, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni moliyaviy vositalarga
joylashtirish va ulardan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish yo‘li
bilan ularning ko‘paytirilishini hamda inflyasiyadan himoya qilinishini ta’minlash;
fuqarolarni ularning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya
hisobvaraqlarining holati to‘g‘risida har yili va ularning murojaatiga ko‘ra
xabardor qilish;
yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tegishli
bo‘lgan hujjatlar va yozuvlar saqlanishini ta’minlash.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
muvofiq Bank boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va boshqa majburiyatlar olishi
mumkin.
Bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining alohida
hisobini yuritadi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari Bank tomonidan
jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan jamg‘arib boriladigan pensiya
tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi
mumkin emas.
Ko‘paytirish va inflyasiyadan himoya qilish maqsadida jamg‘arib
boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan Bank tomonidan investitsiya va kredit
resurslari
sifatida,
shuningdek
moliya
vositalariga
joylashtirish
uchun
foydalanilishi mumkin.
Bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investitsiya va kredit resurslari
sifatida foydalanadi. Bank tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi
mablag‘larini moliya vositalariga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
AT “Xalq banki” yurtimizdagi eng ko‘p tarmoqqa ega bo‘lgan, eng yirik
va universal banklardan biri bo‘lib, bank tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga
barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda Xalq banki mijozlarga har
doim yaqin. Zero bankning asosiy maqsadi “Xalq ishonchi va farovonligi asosiy
maqsadimiz” shiori asosda ishlash va mijozlar ishonchini oqlashdan iborat.
Bundan tashqari, Xalq banki tomonida mijozlarga barcha turdagi
zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilib, qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Filial
ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini quyidagi shior ostida olib bormoqda
Xalq banki – xalq xizmatida!
Bankdan yangi hisob raqam ochgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun
“Mobil banking” hamda “Internet banking” xizmatlari mutlaqo bepul.
Xalq banki xizmatlari – “Siz uchun qulay va ishonchli”dir...
Eng muhimi, Xalq banki mijozlari hisobraqamidagi mablag‘larni bankning
“Internet banking” va “Mobil banking”xizmatlari orqali bank ishtirokisiz o‘tkazish
imkoniyati yaratildi.Oldinlari, bu kabi amaliyotlar bank filiali bosh buxgalteri
tasdiqlagandan so‘ng o‘tar edi.
Biznesingiz –Xalq banki bilan ishonchli.
Endi, Xalq banki mijozlari o‘z hisobraqamidagi mablag‘larni, Xalq banki
mijozlariga 24/7-rejimda, uzluksiz, dam olish kunlari ham o‘tkazish imkoniyati
yaratildi. YAna bir yangilik, bank mijozlari endi “bankda resurs yo‘q” degan
holatlarga duch kelishmaydi.
YA’ni, mijoz o‘z hisobraqamidagi mablag‘larni istalgan paytda tasarruf
etishi mumkin, Xalq banki mijozi resurs bilan bog‘liq hech qanday muammoga
duch kelmaydi. Filial boshqaruvchisi E.Soatov o‘z xodimlarini ish tashkillashida
doim bank mijoz uchun shiori ostida ishlashni o‘z xodimlaridan talab qilib kelgan.
Boshqaruvchi “Bank xodimining kasb odob-axloqi” kodeksi asosida ish olib borish
yuzasidan qatiy nazorat o‘rnatgan. Kodeks O‘zbekiston Respublikasi bank
hamjamiyatida ish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va haqqoniy
raqobat uchun sharoitlarni yaratish maqsadlarida ishlab chiqilgan. Ushbu Kodeks
bandlarini bajarilishi, banklar va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari
va xodimlari tomonidan bank mijozlariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishda ishbilarmonlik va kasb odobaxloqiga rioya etishi, ularning kasbiy mahorati, shuningdek ular faoliyatining
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, hamda umumqabul qilingan odob-axloq
me’yorlariga muvofiqligining qo‘shimcha isboti, garovi va ishonchliligi bo‘lib
xizmat qiladi.
Kodeksda aytilishicha, banklar va ularning xodimlari O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, kasb odobaxloqi me’yorlari va ananalarga so‘zsiz rioya qilishi, jamiyat va davlat oldidagi
o‘zining fuqarolik va professional burchlarini anglashi, amaldagi qonunchilik
me’yorlariga asoslangan davlat organlarining talablarini o‘z vaqtida va to‘liq
bajarishi, bank biznesi sohasiga jalb qilingan bank mijozlari, shu jumladan kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini
hurmat qilishi, tijorat banklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya
qilishda banklararo hamkorlikni va o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashi zarur.
Ular o‘ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish hamda yuqori saviyali va
sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, bank operatsiyalarini amalga oshirishda
risk darajasini hisobga olish va cheklash, haqqoniy raqobatchilikni rivojlantirish,
bank faoliyatining noinsof qatnashchilariga nisbatan faol qarshi kurashish, jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va boshqa noqonuniy
harakatlarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, o‘zaro hurmat, hamfikrlik va
o‘zaro yordam berish asosida xalqaro professional aloqalarni o‘rnatish va
rivojlantirish, korporativ boshqaruv, shuningdek bank xizmatlarini ko‘rsatishda
halollik yuzasidan ichki va o‘zaro nazoratni o‘rnatishga majburdir. Mazkur
Kodeksning qoidalariga rioya qilmagan taqdirda, bank tizimi xodimlari uchun bank
rahbariyati va jamoatchiligi tomonidan ma’muriy choralar qo‘llanilishi mumkin.
Mazkur Kodeks qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat tizimi hamda
xodimlarning mas’uliyati darajasi har bir bank tomonidan mustaqil tarzda
belgilanadi.
«Xalq banki»ning yangi formatdagi aloqa markazi haftada 7 kun davomida,
uzluksiz ravishda telefon orqali mijozlarning murojaatlarini qabul qilib, sifatli va
tezkor xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ydi.
Ushbu tizim orqali mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ilib, ehtiyojlarni
oldindan
aniqlash,
shuningdek,
avtomatlashtirilgan
marketing
va
prognozlashtirilgan sotuvlarni amalga oshirib, mijozlarga yangi xizmat turlari
taklif etiladi.
Call-center orqali «Xalq banki» tizimiga oid muammolarni hal qilish
hamda bank xizmatlari to‘g‘risida kerakli maslahat va tavsiyalarni olish ham
mumkin. Operatorlar barcha turdagi xizmatlarni masofaviy shaklda olib bormoqda.
Masalan:

yo‘qotilgan bank kartasini bloklash yoki blokdan chiqarish;

bank kartasi balansini va o‘tkazmalar tarixini bilish;

Humo bank kartasi egalari uchun SMS xabarnoma xizmatini yoqish;

jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlari uchun ID raqamlarini bilib
berish va mijozning mavjud bo‘lgan kreditiga ID raqam biriktirib berish;

mobil banking xizmatlari: hisob raqamini qo‘shish va olish, blokka
qo‘yish va blokdan chiqarish, mobil telefon o‘zgarganda yangi telefonda ilovani
aktiv holatga keltirish;

internet banking xizmatlari: hisob raqamini qo‘shish va olish;

yuridik shaxslarga SMS banking xizmatida kerakli hisob raqamlarni
qo‘shish va olish, telefon raqam qo‘shish va olish;

yuridik shaxslarning kartoteka qarzdorliklari haqida ma’lumot berish;

mijoz to‘lovlari o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlashtirish;

mijozlar omonatlari bo‘yicha ma’lumot berish;

JBPT (INPS) — jismoniy shaxs bo‘lgan mijozning hisob raqami holati
bo‘yicha ma’lumot olish uchun telefon raqamni biriktirib berish;

JBPT (INPS), yuridik shaxslar uchun keng turdagi xizmatlar, xususan,
yangi firmani biriktirib berish, xizmat ko‘rsatuvchi filialni o‘zgartirib berish, reestr
yuborishdagi muammolarni bartaraf etish hamda masofaviy Any Desk yordamida
xizmat ko‘rsatish;

naqd pulda olinadigan pensiya mablag‘ini bank kartasiga o‘zgartirib

Zolotaya Korona xalqaro pul o‘tkazmasi orqali Uzcard va Humo
berish;
kartalariga kirim qilishda amaliy yordam berish;

«Xalq banki»ning Uzcard bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga
oshirish;

ijtimoiy to‘lovlar va ish haqi uchun bank kartalarini onlayn
rasmiylashtirib berish.
+99871 210 20 02 va 1106 qisqa yagona ishonch raqamlari orqali mamlakat
bo‘ylab aholidan murojaatlar qabul qilinmoqda. Murojaatlar esa kuniga 1000 dan
ziyod bo‘lyapti. Bu ko‘rsatkich markaz ish boshlagandan buyon hozirgi vaqtga
qadar 389 600 dan ortiqni tashkil etdi. Fuqarolarning asosiy va ko‘p beradigan
savollari bu — kredit yo‘nalishlari (jismoniy shaxs va imtiyozli kreditlar), pensiya
tarqatilishi, bank kartalari, JBPT xizmatlari to‘g‘risida va boshqalar.
Markazda ayni vaqtda 84 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. SHulardan 1
nafar xodim markaz direktori, 1 nafar xodim direktor o‘rinbosari, 2 nafari xizmat
xonalari farroshi, 72 nafar xodim operator sifatida ish olib borayotgan bo‘lsa, 8
nafar xodim supervayzer sifatida mehnat qilmoqda.
Veb-sayt: xb.uz
E-mail: info@xb.uz
Telegram kanal: https://t.me/xalqbankinfo
Telegram-bot: https://t.me/xbInfo_bot
Telegram-bot call-center: https://t.me/xalqbankcall_bot
Facebook: Xalq Banki
Instagram: xalqbankinfo
2022 yil 25 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi tahlili va bu borada
belgilangan chora-tadbirlar” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi
.
Ushbu matbuot anjumanida Xalq banki tomonidan yo‘lga quyilayotgan zamonaviy
bank xizmat turlari, tarmoqda amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot
berildi.
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yurtimizning barcha tuman va
shaharlarida Xalq bankining 197 ta filiali, 30 ta minibanki, 687 ta jamg‘arma va
maxsus kassasi, 206 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchasi, 100 ga yaqin valyuta
ayriboshlash shoxobchalari, umuman olganda bankning 3200 dan ortiq muassalari
mijozlar
uchun
ko‘rsatib
xizmat
kelmoqda.
YUqoridagi qaror ijrosi doirasida Xalq bankining barcha filiallarida mijozlar
dastlabki ruxsatlarsiz hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz bank binosiga kirishi
va bank xizmatlaridan foydalanishi imkoniyati yaratildi.
Xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, mijozlarning ehtiyojlarini doimiy
monitoring qilib borish maqsadida “Kyumatik” rusumidagi navbat kutish tizimi
mijozlarga
ko‘rsatib
xizmat
kelmoqda.
Qaror ijrosi doirasida 197 ta filialdan 185 tasida “Bank xizmatlari markazlari”
faoliyati tashkil etilib, unga asosan front va bek ofisga ajratilgan holda xizmat
ko‘rsatish
tashkil
etildi.
Bugungi
kunda
qolgan
11 ta filiallarda kapital va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, ta’mirlash ishlari
yakunlangandan so‘ng “Bank xizmatlari markazlari” faoliyati tashkil etilishi
ta’minlanadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda sinov tariqasida
Toshkent shahri Amaliyot bo‘limi va SHayxontohur filiallarida “24/7 Elektron
ofis”lar tashkil qilindi. YAna qo‘shimcha ravishda joriy yil davomida 20 ta “24/7
Elektron ofis” ishga tushirish rejalashtirilgan.
SHuningdek,
Xalq
banki
tomonidan
mijozlar
uchun
axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda turli interaktiv xizmat turlari ham joriy
etilmoqda.
SHunday xizmat turlaridan biri — “Internet banking”. Ushbu xizmat turi
orqali mijozlar (yuridik shaxslar) o‘z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan
nuqtasidan boshqarishlari mumkin.
Mijozlar (yuridik shaxslar) o‘z hisob raqamlarini mobil aloqa vositalariga
o‘rnatilgan maxsus dasturiy ta’minot orqali dunyoning istalgan nuqtasidan
boshqarish imkonini beruvchi yana bir xizmat turi — “Korporativ Mobil banking”
xizmat turi mavjud.
Jumladan, qaror doirasida Xalq bankining “Xalq mobile” mobil ilovasi
joriy qilindi.
Xalq bankining istalgan filiallarida aholiga xalqaro “Viza” to‘lov kartasini
ochgan holda “Xalq mobile” mobil ilovasi orqali “on-layn” rejimida istalgan
vaqtda konversiya qilish (xorijiy valyuta AQSH doll.ni sotib olish) imkoniyati
yaratilgan.
jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalari orqali sotib olingan
xorijiy valyutani naqd shaklda echib olish mexanizmi joriy etildi.
Bankning barcha filiallari 247 ta valyuta terminallari bilan ta’minlangan.
SHuningdek, turistlar ko‘proq boradigan joylarda “24/7” yoki kunu-tun rejimida
ishlaydigan 11 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil
etildi.
Qo‘shimcha ravishda yana 5 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash
shoxobchalari
qisqa
muddatda
aholi
gavjum
joylarga
o‘rnatiladi.
Bankning Andijon, Namangan, Farg‘ona, va Surxondaryo viloyatlari Amaliyot
bo‘limlariga o‘rnatiladi.
Bankning
Qashqadaryo
viloyati
SHahrisabz
filivliga
o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, bank tomonidan aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida
bank tariflariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Jumladan:
xalqaro “Visa” to‘lov kartalarini ochish 2023 yilning 1 apreliga qadar - bepul etib
belgilandi;
Xalq banki tomonidan emissiya qilingan xalqaro to‘lov kartalaridagi
mablag‘larni echish 2023 yilning 1 apreliga qadar - bepul etib belgilandi;
internet to‘lov va sms xabarlarga ulanish - bepul etib belgilandi;
xalqaro to‘lov kartasining depozit summasi 25 AQSH doll.dan 15 AQSH doll.ga
tushirildi.
YAna bir muhim masala. Markaziy bank tomonidan berilgan ko‘rsatmaga
asosan Xalq banki valyuta ayirboshlash shoxobchalarida bir xorijiy davlatning
naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirish
(konversiya) operatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududlari o‘rtasida Xalq
bankining filiallari orqali “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmasi” tizimini amaliyotga
joriy etish yuzasidan zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimli xizmat turi
bank
mijozlari
uchun
joriy
yilning
aprel
oyidan
ishga
tushurilishi
rejalashtirilmoqda.
AT Xalq bankida mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi va
uning hisobga olinishi.
Banklar aholi va mijozlaming pul mablag’larini saqlash, omonatga qabul
qilish, naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar kredit va boshqa xizmatlarni ko’rsatish
uchun ularga bank hisobvaraqlarini ochadi. Banklarda talab qilib ohnguncha
saqlanadigan depozitlar, jamg’arma va muddatli depozitlar, shuningdek, ssuda va
boshqa hisobvaraqlar ochiladi.
Tijorat banklarida yuritiladigan hisobvaraqlar
ochish, boshqa bankga ko’chirish yoki yopish Markaziy bankning “O’zbekiston
Respublikasi
banklarida
ochiladigan
bank
hisobvaraqlari
to’g’risida”gi
yo’riqnomasi asosida tartibga solinadi.
AT Xalq banki
mijozlarning hisobvaraqlariga xizmatlami ular bilan
tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Shartnomada bank va mijozning
hisobvaraqlarni yuritish bo’yicha huquq va majburiyatlari belgilanadi. Jismoniy va
yuridik shaxslar uchun talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, jamg’arma
depozitlar va muddatli depozitlar bank buxgateriya hisobvaraqlar rejasining
majburiyatlar bo’limidagi passiv hisobvaraqlarda ochiladi. Kredit operasiyalari
bo’yicha ochiladigan ssuda hisobvaraqlari esa bank buxgalteriya hisobvaraqlar
rejasining aktiv, ayrim hollarda, agar bank boshqa banklardan kredit olsa passiv
bo’limda yuritiladi.
AT Xalq banki jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladigan talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozitlarhisobvaraqlaridagi mablag’larni mijozlarning
birinchi talabidayoq naqd pulda berishi yoki naqdsiz pul ko’rinishida tegishli
manzilga o’tkazib berish haqidagi majburiyatini oladi. Ushbu hisobvaraqlar bank
buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar passiv hisobvarag’larida ochiladi. Hisobvaraqlardagi mablag’larning
manbasi mijozlarning nizomida belgilab qo’yilgan faoliyati doirasida sotgan
tovarlari yoki ko’rsatilgan xizmatlari uchun va boshqa manabalar hisobidan naqd
pulda topshirgan yoki naqd pulsiz ko’rinishda kelib tushgan mablag’lar
hisoblanadi.
AT Xalq bankida jismoniy va yuridik shaxslarga bank tomonidan
beriladigan kreditlar ssuda hisobvaraqlaridahisobga olib boriladi. Ssuda
hisobvaraqlari bank hisobvarqlar rejasining 11900-15500 aktiv hisobvaraqlarida
yuritiladi. Bank ssuda hisobvaraqlarini ochish va yuritish kredit shartnomasi
asosida amalga oshiriladi.
AT Xalq banki Markaziy bankdan olingan kreditlarining hisobi 21602«Markaziy
bankdan
olingan
qisqa
muddatli
kreditlar
yoki
22002-
Markaziybankdan olingan uzoq muddatli kreditlar» hisobvaraqlarda, boshqa tijorat
banklaridan olgan kreditlarining hisobi 22006 –“Boshqabanklardan olingan uzoq
muddatli kreditlar” yoki 21606- “Boshqa banklardan olingan qisqa muddatli
kreditlar” hisobvaraqlardayuritiladi. Banklar mijozlarning hisobvaraqiarida pul
mablag’lari hajm, ularning harakati va boshqa ma’lumotlarini sir saqlaydi. Bu
O’zbekiston
Respublikasi “Bank siri to’g’risida” gi qonun asosida tartibga
solinadi. Qonunning 11-moddasiga muvofiq, bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga soliq solish
masalalariga taalluqli hollarda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladi. Hisob
raqamlarni o’z vaqtida ochish va ulardan mablag’larni muddatida ko’chirish
hamda ular bo’yicha tomonlarning javobgarligi masalalari hisob raqamlarni ochish
to’g’risida o’z aksini topishi va ular Markaziy bankning tegishli nizomi bilan
tartibga solinishi lozim.
AT Xalq banki da tadbirkorlik faoliyati subektlari bo’lgan rezident yuridik
shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo’jaliklari tomonidan milliy
valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka
quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- hisobvaraq ochish uchun ariza;
- tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi
yakka tadbirkorlar yashash joyi bo’yicha davlat soliq xizmati ido-rasi tomonidan
berilgan “Tijorat faoliyati bo’yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat
ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida” guvohnoma nusxasi;
- davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
- imzolar va muhr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha;
- ta’sis hujjatlari va unga kiritilgan o’zgarishlar;
- mijoz tomonidan pul hisob kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega
bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Yuridik shaxslar jamg’arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish
uchun bankka quyidagi hujjatlarini taqdim etishlari lozim:
- hisobvaraq ochish uchun ariza
- davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida guvohnoma yoki lisenziya;
- imzolar va muhr izi qo’yilib, notarius tasdiqlagan varaqcha.
Jamg’arma yoki muddatli depozit ochish uchun jismoniy shaxslar
quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirib bankka topshiradilar:
- hisobvaraq ochish to’g’risida ariza;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug’ilganlik to’g’risida
guvohnoma);
- imzo namunasi qo’yilgan varaqcha.
E’lonnoma 3 ta qismdan iborat bo’lib, ular quyidagilar: 1) naqd pul qo’yish
e’loni. 2) kvitansiya. 3) order. E’lon kassahujjatlariga tikiladi. Kvitansiya mijozga
beriladi. Order buxgalterga beriladi. Kirim kassa orderi 1 nusxada bo’lib, u ham
kassa hujjatlariga tikiladi. Kvitansiya 2 qismdan iborat bo’ladi. Ularni biri kassaga
topshirilsa, 2-qismi mijozga taqdim etiladi.
Kassa operasiyalari amalga oshirilganda quyidagi provodkalar beriladi:
Dt- 10101/ 10111 – ayalanma kassadagi naqd pullar/ bank binosida
joylashmagan amaliyot kassalaridagi naqd pullar
Kt- mijozlarning yoki bankning tegishli hisobvaraqlari.
Ushbu provodka bir kassa operasiyasiga tegishli bo’lgan holdagina beriladi.
Nizomga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko’zda tutilgan va
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi
shakllar orqali amalga oshiriladi:
– To’lov topshiriqnomalari;
– Inkasso;
– Akkreditivlar;
– Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
– Plastik kartochkalar;
– Memorial orderlar;
To’lov topshiriqnomasi bu– to’lovchi korxonaning uning bankdagi
depozit hisobvarag’idan pul mablag’larining ma’lum bir summasini boshqa
mijozning hisobvarag’iga o’tkazish haqida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka
bergan topshirig’idir.
Korxonalardan hujjatlar qabul qilish, shartnomada boshqa narsa
ko’zda tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash
vaqtidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunda operasion kun davomida
bank tomonidan korxonalardan qabul qilingan hujjatlar shu kunning o’zidayoq ijro
qilinadi. Mas’ul ijrochi mijozlardan to’lov topshirig’ini olgandan so’ng to’lov
topshirig’idan barcha rekvizitlarning to’liq va to’g’ri rasmiylashtirilganligini
tekshiradi. Bundan tashqari, to’lovchi korxonaning depozit bo’yicha ochilgan
hisobvarag’ida hujjatda ko’rsatilgan summani to’lashga yetarli pul mablag’lari
borligini aniqlaydi. Agar to’lov topshirig’i to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilib, uni
to’lashga yetarli pul mablag’lari bo’lsa, mas’ul ijrochi topshiriqnomadagi barcha
ma’lumotlarni dasturiy yo’l bilan kompyuter orqali bankning elektron to’lovlarini
amalga oshiruvchi hisoblash markaziga o’tkazadi. Ertasi kun ertalabdan
kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgandan keyin hujjatning birinchi
nusxasi bankning kundalik yig„majildiga tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy
arxivda saqlanadi, bir yil o’tgandan so’ng umumiy bank arxiviga topshiriladi.
To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi esa mijozning hisobvarag’idan
ko’chirma bilan birgalikda operasiyalar o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida
mijozga qaytarib beriladi.
To’lov talabnomasi– bu mahsulot yetkazib beruvchi va mablag’
oluvchilarning belgilangan summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi
talabnomani o’z ichiga olgan hisobkitob hujjatidir.
To’lov
talabnomasini
1-kartotekaga
joylashtirishda
quyidagi
balansdan tashqari provodka bajariladi:
Debet – 90962 “To’lov muddatini kutayotgan hisobkitob hujjatlari”
Kredit 96319 – “To’lov muddatini kutayotgan hisob kitob hujjatlari
bo’yicha kontr. hisobvaraq”
Agar 1-kartotekaga joylashtirilgan to’lov talabnomasi bo’yicha
to’lovchi tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to’lov talabnomasi akseptlash
uchun berilagn 3 kun muhlat o’tgandan so’ng to’lanadi. To’lov talabnomasini
to’lashdan avval to’lovchi korxonaning depozit hisobvarag’ini yurituvchi mas’ul
ijrochi talabnomani to’lash uchun yetarli pul mablag’larining to’lovchi
hisobvarag’ida mavjudligini tekshiradi. Agar depozit hisobvarag’ida yetarli pul
mablag’lari bo’lsa, talabanoma to’lanadi. To’lov talabnomasini to’lash quyidagi
buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi:
Debet 20210 – “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab
qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag’i”
Kredit 10103 – “ Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i”
Akkreditiv– mijozning topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha uning
kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir. Akkreditiv
so’zining o’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “ishonchli” degan ma’noni bildiradi.
Emitent bankdan qabul qilingan to’lov summasi 22602– “Mijozlarning
akkreditivlar bo’yicha depozitlari” hisobvarag’iga o’tkazilib, mahsulot jo’natilib,
bu haqda mahsulot jo’natuvchi korxonadan kerakli hujjat taqdim qilingunga qadar
saqlanadi.
Bu operasiya quyidagi buxgalteriya yozuvi yordamida amalga
oshiriladi.
Debet 10301 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i” (yoki 16103)
Kredit 22602 – “Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari”
Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga akkreditiv ochilganligi
to’g’risida bank xabar beriladi.
Inkasso topshiriqnomasi– ushbu topshiriqnomani bergan bank
mijozining
bankemitentga
to’lovchining
hisobvarag’idan
so’zsiz
tartibda
mablag’larni hisobdan chiqarish to’g’risidagi talabidir.
Inkasso topshiriqnomalari bo’yicha hisob kitoblarda bajariladigan
buxgalteriya yozuvlari undiruvchi va to’lov to’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi
banklarning joylashuviga bog’liq. Agar har ikki tomonga bitta bank bo’limi xizmat
ko’rsatsa, inkasso topshiriqnomasini to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali
bajariladi:
Debet “To’lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan
depozit” hisobvarag’i.
Kredit “Undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit”
hisobvarag’i.
Hisobvaraq nomerlari undiruvchilar va to’lovchilarning qaysi mulkchilik
shakliga tegishligiga ko’ra belgilanadi. Bu buxgalteriya yozuvi to’lovchi korxona
hisobvaraqlaridan mablag’larni undiruvchi tomonning bankdagi hisobvarag’iga
o’tkazilganligidan dalolat beradi.
3.Filialning kapitali va uning tashkil etish manbalari
Tijorat banklari ustavida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
bankning to‘liq va qisqartirilgan nomi hamda uning joylashgan eri (pochta
manzili) va elektron pochta manzili;
bank operatsiyalarining ro‘yxati, maqsadi va faoliyat muddati;
ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati, ustav kapitalidagi
ulushlarning taqsimlanishi;
ustav kapitalini ko‘paytirish yoki kamaytirish tartibi;
chiqarilayotgan aksiyalar turlari va soni, ularning nominal qiymati, har xil
turdagi aksiyalarning nisbati;
sof foydani taqsimlash hamda zararlarni qoplash tartibi;
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
bank aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari;
bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank
kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organi a’zolarining soni, vakolatlari hamda
vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
bank auditi, shu jumladan, buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga
muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari;
bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari.
Bank ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham
ko‘rsatilishi mumkin.
Bank aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra
uch ish kuni ichida bankning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini
berishi shart. Bank
aksiyadorning talabiga ko‘ra unga bank ustavining ko‘chirma nusxasini berishi
shart.
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul
mablag‘lari hisobidan tashkil topadi.
Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan bank
ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish
taqiqlanadi. Mazkur talabga zid holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar
egalariga qaytarilishi va shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun
bankka topshirilishi lozim. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning
ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi
mumkin. Tashkil etilayotgan bank kapitalining etarlilik darajasini belgilashda
quyidagilar asosiy omil hisoblanadi:
Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori
bo‘yicha talablarga muvofiqligi;
bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko‘paytirib
borishning rejalashtirilganligi;
ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari;
muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish qobiliyati.
Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun
muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident banklarning birida
vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi. Bank ustav kapitalining belgilangan
eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamg‘arma hisobvaraqda muassislar
tomonidan bankni ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi
kerak.Tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd. so‘m
miqdorida belgilanadi. Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali
miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida
joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida
―banklarning
kapitallashuv
darajasi
va
depozit
bazasini
oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash
masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. Mazkur
o‘z
vazifalarni
vaqtida
va
samarali
bajarish
O‘zbekiston
maqsadida
Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi «Respublika bank tizimini yanada
rivojlantirish
va
barqarorligini
oshirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi
PQ-3270-sonli qarori bilan 2022 yilning 1 aprelidan ustav kapitalining
(fondining)
minimal
miqdori
yangi
tashkil
etiladigan:
tijorat banklariga — 100,0 mlrd.so‘m;
mikrokredit
—
tashkilotlariga
2,0
mlrd.
so‘m;
lombardlar
2023
lombardlarga — 500 mln.so‘m etib belgilandi.
Tijorat
banklari,
mikrokredit
tashkilotlari
va
yilning 1 yanvarigacha ustav kapitallarining minimal miqdorlarini mazkur
bandga
muvofiq
belgilangan
minimal
talablar
darajasiga
keltirilishi
alohida vazifa sifatida belgilab berildi.
Xalqaro bank amaliѐtidan ma’lumki, tijorat banklarining to‘lovga
qobilligi
va
likvidligini
kapital
bazasini
ta’minlashning
mustahkamlash
birlamchi
hisoblanadi.
O‘z
vositasi
ularning
navbatida,
tijorat
banklarining kapital bazasining mustahkamlash qator moliyaviy manbalar
“Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. No 4-5, avgust-oktyabr, 2018 yil
2 hisobidan, xususan, bankning foydasi hisobidan oshirib borish muhim
hisoblanadi.
Ayni vaqtda, respublikamiz tijorat banklari kapitali barqarorligini
ta’minlash borasida echimini topish lozim bo‘lgan bir qator masalalar
mavjud. Xususan, kapital tarkibida beqaror manbalar mavjudligi, ayrim
banklarda kapitalning minimal darajasidan pastligi va boshqalar shular
jumlasidandir. Quyidagi jadvalda mamlakatimiz banklari kapitali haqida umumiy
ma’lumot va ulushi keltirilgan.
O‘zbekiston tijorat banklari kapitali va ulushi
(2022 yil 1 yanvar holatiga)
Tijorat banklari jami va ustav kapitali miqdori bo‘yicha guruhlanishi
Jami
100 mlrd.
so‘mgacha
Ko‘rsatkichlar
nomi
100 dan
300 dan
300 mlrd.
500 mlrd.
so‘mgacha
so‘mgacha
summ
banklar
a
soni
(mlrd.
soni
ulushi,
foizda
soni
ulushi,
foizda
soni
ulushi,
foizda
so‘m)
Jami kapital
shundan, ustav
kapitali
Jami kapital
shundan, ustav
kapitali
Xalq
30
30
30
30
banki
51
1
0,2%
11
3,5%
1
0,6%
5
1,1%
10
3,6%
4
3,4%
1
0,2%
11
3,5%
1
0,6%
1
0,2%
14
4,4%
4
3,3%
O‘zbekiston
moliya
031
41
877
52
943
42
619
bozorida
o‘z mavqeini yanada
mustahkamlash maqsadida 2019 yilda ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar
sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarishda innovatsion yangilanishlarga
jadallik bilan kirishdi. YA’ni bank o‘z-o‘zini yangilab, transformatsiyani izchillik
bilan amaliyotga tatbiq etyapti. Bu kabi o‘zgarishlar samarasi Xalq banki ustav
kapitali o‘sishida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, bank ustav kapitali
qo‘shimcha 227,9 mln. AQSH dollariga ortdi. YA’ni bugungi kunda bu
ko‘rsatkich 4 230,9 mlrd. so‘mga etdi. O‘tgan yilning shu davrida bu raqam 1
540,3 mlrd. so‘mni tashkil qilgandi. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
tomonidan Xalq bankining nominal qiymati 1 000,0 so‘m bo‘lgan 2 164 172 ming
dona oddiy aksiyalari sotib olindi va buning natijasida jamg‘armaning bank ustav
kapitalidagi ulushi 38,8 foizdan 70,1 foizga ko‘tarildi.Bankning qolgan
aksiyalariga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi hamda uning
ulushi 29,9 foizni tashkil etadi.
AT Xalq bankida qimmatli qog’ozlar, chet el valyutasidagi operasiyalari
hisobi.
Tijorat banlkari moliyaviy resurslarni shakllashtirish maqsadida
muomalaga obligasiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va moliya bozorida
muomalada bo’ladigan boshqa qarz qimmatli qog’ozlarini chiqarishi mumkin.
Banklarning ushbu operasiyalari passiv operasiyalar hisoblanib, banldar uchun
xarajatlarni
keltirib
chiqaradi.
Muomalaga
chiqarilgan
qarz
qimmatli
qog’ozlarining hisobi ularning nominal qiymati bo’yiyeha 23600 - «Bank
tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar» balans hisobvarag’ining tegishli
hisobvaraqlarida yuritiladi.
AT Xalq banki daqimmatli qog’ozlar bilan operasiyalari O’zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008yil 13-dekabrda tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bilan amalga
oshiriladigan operasiyalarning buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma
asosida olib boriladi.
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bajaradigan operasiyalaridan
biri bu – tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlar chiqarishdir. Amaldagi
qonunchilikka asosan tijorat banklari aksiya, obligasiya, depozit sertifikatlari,
veksel va boshqa qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bo’luvchi qarz
majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog’ozlar chiqarishlari mumkin. Bank
tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog’ozlar hisobi
ularning nominal qiymati bo’yicha 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli
qog’ozlar» nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi.
Depozit sertifikati — bankka qo’yilgan depozit summasini hamda
o’rnatilgan muddat tugagandan so’ng depozit summasi va sertifikatda ko’rsatilgan
foizlarning sertifikat egasiga to’lanishi huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Depozit sertifikat bo’yicha foizlar har oy to’lanadi. Depozit sertifikat muddatidan
oldin ham to’lanishi mumkin. Bunda, muddatidan avval to’lovni talab qilingan
sertifikat bo’yicha to’lanadigan depozit summasi va foizlari depozit sertifikat
chiqarish shartlariga ko’ra, sertifikat bankka taqdim etilgandan so’ng amalga
oshiriladi. Bank o’z mijozlariga pul mablag’larini bankning daromadli qimmatli
qog’ozlariga depozit sertifikatlarga joylashtirishni taklif etadi.
Depozit sertifikatlarning afzalliklari:
-Mablag’ qo’yilgan muddat davomida o’zgarmaydigan, aniq belgilangan
foyda (prosent) stavkasi;
-Huquqlarning boshqa kishilarga berish imkoniyati;
-Sertifikat egasi bevosita bankdan yoki boshqa banklardan kredit
ajratilishida sertifikatlargan garov ta’minoti sifatida foydalanish;
AT Xalq bankining ichki operasiyalari hisobi, buxgalteriya hisobotlari va
ularni tuzilishi.
Bank o’z funksiyalarini bajarishi uchun moddiy-texnik bazaga ega, ya’ni
yetarli asosiy vositalar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Shunday ekan, AT Xalq
banki ham asosiy vositalar bir yildan ortiq muddatda foydalanishga mo’ljallangan
moddiy aktivlar bo’lib, ular bank faoliyatida bank xizmatlarini ko’rsatish
jarayonida ma’muriy maqsadlar va ijaraga berish uchun ishlatiladi. Asosiy
vositalarga bino-inshootlar, uskuna va asboblar, kompyuter, mebel, hisoblash
texnikalari, transport vositalari, foydalanish huquqi bilan olingan yer, kutubxona
fondi, qiymatidan qat’iy nazar signalizasiya va binoni qurishda uning narxiga
kiritilmagan telefonlashtirish obektlarini kiritish mumkin.
Asosiy vositalarning hisobini tashkil qilish bank faoliyatida alohida o’rin
egallaydi. Asosiy vositalar hisobining vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Asosiy vositalar harakatini to’g’ri va o’z vaqtida hujjatlashtirish va ular
bo’yicha hisobni tashkil etish.
2. Asosiy vositalar qiymatini qayta baholab borish.
3. Asosiy vositalar to’liq saqlanishi ustidan nazorat olib borish.
4. O’z vaqtida eskirishni hisoblab borish.
Asosiy vositalar balansda ularning boshlang’ich qiymati bo’yicha aks
ettiriladi. Boshlang’ich qiymat – bu asosiy vositani sotib olish yoki uni qurish bilan
bo’lganbarcha xarajatlar, shu jumladan, to’langan soliqlar, bojxona bojlari hamda
yetkazib berish, montaj o’rnatish va ishga tushirish, bevosita aktivdan belgilangan
maqsadda foydalana olish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bo’lgan bo’lgan
barcha xarajatlar summasidir.
Asosiy vositalar sotib olinganda puli oldindan yoki olingandan to’lanishi
mumkin. Ular oldindan to’liq yoki qisman to’langanda quyidagi buxgalteriya
yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 19909 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatlik-lari uchun
to’langan mablag’lar»
Kredit 10301, 16103 «Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijoz
hisobvarag’i».
Sotib olingan binolar balansda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 16509 «Bank binolari va boshqa imoratlar».
Kredit 19909 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklari uchun
to’langan mablag’lar».
Sotib olingan asosiy vositalar omborga qabul qilinmasdan to’g’ridan to’g’ri
foydalanishga topshirilishi mumkin, bunda quyidagi provodka bajariladi:
Debet 165** «Tegishli asosiy vosita hisobvarag’i».
Kredit 19909 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklari uchun
to’langan mablag’lar».
Asosiy vositalar omborga qabul qilinganda ular 16561-hisob-varag’ida
hisobga olinadi. Ombordan foydalanishga berilganda «Ombordagi asosiy
vositalar» 16561-hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi va tegishli asosiy vosita
(165XX) hisobvarag’iga o’tkaziladi.
Agar bino qurilayotgan bo’lsa, qurilish bilan bog’liq barcha xarajatlar
16505
«Tugallanmagan
foydalanishga
qurilishlar»
topshirilganda
uning
hisobvarag’ida
qiymati
aks
qabul
ettiriladi.
qilish
Bino
topshirish
dalolatnomasiga asosan, 16509 – «Bank binolari va boshqa imoratlari»
hisobvarag’iga o’tkaziladi.
Debet 16509 «Bank binolari va boshqa imoratlari».
Kredit 16505 «Tugallanmagan qurilishlar».
Agar bank to’lovni moddiy aktivlar kirim qilingandan keyin amalga
oshirsa, tegishli kirim hujjatlariga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi:
a) Moddiy aktivlar kelib tushganda, darhol foydalanishga berilsa:
Debet 165** «Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i».
Kredit 29802 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to’lanadi-gan
mablag’lar hisob-kitobi».
Asosiy vositalar omborga kirim qilinganda:
Debet 16561 «Ombordagi asosiy vositalar».
Kredit 29802 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to’lanadigan
mablag’lar hisob-kitobi».
Aktivlar
rasmiylashtiriladi:
qiymati
to’lanishi
quyidagi
buxgalteriya
yozuvi
bilan
Debet 29802 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to’lanadigan
mablag’lar».
Kredit 10301, 16103 yoki mijozning hisobvarag’i.
Asosiy
vositalar
ombordan
foydalanishga
topshirilganda
16561-
hisobvarag’idan chiqarilib, asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’iga o’tkazib
qo’yiladi.
Boshqa banklar kabi hamda Markaziy bank belgilagan qonunlarga asosan
AT Xalq banki ham kunlik, oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tuzib boradi va
ularni markaziy bankka muntazam taqdim etib boradi.
AT Xalq banki hisobotlari shakli, tarkibi va tayyorlash bilan bog’Jiq
metodologik masalalar Markaziy bank tomonidan joriy etiladi. Banklar o’z
moliyaviy hisobotlarini Markaziy bank belgilagan shakl va muddatlarda,
undako’rsatilgan ma’lumotning to’g’riligini auditorlar tasdiqlagach, matbuotda
e’lon qiladi.
Banklarning oylik va choraklik joriy hisobotlaridan iborat bo’lib, oylik
moliyaviy hisobotlar quyidagilardan tashkil topadi:
• balans ( I shakl);
• umumlashgan balans (bank bo’limlari bilan birgalikda);
• mulkiy shaklidan qat’iy nazar bank tomonidan berilgan muddati o’tmagan
va muddati o’tgan kreditlar summasiningyoyilmasi;
• jalb qilingan va yo’naltirilgan mablag’larni hisobga olibboruvchi ayrim
balansli hisobvaraqlardagi summalarning yoyilmasi;
•
bank
iqtisodiy
normativlarini
ifodalovchi
hisobvaraqlardagi
summalarning yoyilmasi;
• iqtisodiy normativlar bo’yicha hisob-kitoblar;
• korrespondentlik hisobvaraqdagi summalarning yoyilmasi;
• bankning boshqa balansli hisobvaraqlardagi summalari yoyilmasi.
Tijorat banklari chorak yakunida quyidagi hisobot shakllalini tuzadi:
1. Balans bo’yicha so’mda va xorijiy valutalarda aylanma vedomostlar.
2. Bosh bank va filiallarining balanslaIi bo’yicha aylanma vedomost.
3. Foyda va zararlar haqida hisobot.
4. Boshqa hisobot shakllari.
Tijorat banklari yillik hisobotlari quyidagi shakllardan tashkil topadi:
- yillik balans (l-shakl);
- foyda va zararlar haqida hisobot (2-shakl);
- asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot;
- pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;
- xususiy kapital to’g’risidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
AT Xalq banki balansidagi mavjud debitor va kreditor mablag’lar tahlil
etilib, ularni so’ndirish va to’lash yo’llarini ko’radi. AT Xalq banki ning yillik
buxgalteriya hisobotini tuzish boshqaruvchi va bosh buxgalter zimmasiga
yuklatiladi. Bosh buxgalter esa barcha balans va ko’zda tutilmagan hisobvaraqlarni
audit, reviziya va boshqa dalolatnomalari bilan solishtirib chiqadi.
AT Xalq bankining yillik buxgalteriya hisobotlari 1-martgacha Markaziy
bankning hududiy Bosh boshqarmalariga va Respublika markaziy bankiga, soliq
organlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat statistika organlariga
va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi. Hisobot shakli ilovada ham ko’rsatilib
o’tilgan.
XULOSA
Men AT Xalq banki Namangan viloyati Yangiqorg’on fililalida 2022yilning 14-fevraldan 12-martga qadar ishlab chiqarish amaliyoti o’tadim. Ushbu
amaliyot davomida o’rgangan bilimlarimni amaliyotda qay darajada kerak
bo’lishini, nazariya bilan amaliyotning bog’liq va bog’liq bo’lmagan jihatlarini,
amaliyotda qo’llash uchun qanday nazariy bilimlar kerakligini o’rgandim.
O’rgangan nazariy bilimlarim hamda ushbu 6 haftalik tanishuv amaliyotimdan
kelib chiqqan holda AT Xalq banki yanada rivojlanishi uchun quyidagilarni tavsiya
qila olaman:
-
aholi va bank xodimlari o’rtasida muloqot madaniyatini yanada
yaxshilash, ya’ni qishloq aholisiga bank va uning faoliyati, ishlash prinsiplarini
sodda shaklda tushuntirish, bankda o’zini tutish, bank xodimlari hamda bank
jihozlari (bankomat, infokiosk…) bilan bevosita aloqa qila olish malakalarini
oshirish;
-
aholi mablag’larini jalb qilish.
-
bank aktivlarini oshirish;
-
davlat tomonidan imtiyozli kredit uchun ajratiladigan mablag’larni
kamaytirish;
-
bank faoliyatiga davlat aralashuvini kamaytirish;
-
dasturiy ta’minot uchun mutaxassislarni jalb qilish va kompyuterlarni
muntazam zamonaviy dasturlar bilan ta’minlash;
-
bank
faoliyatida
ma’muriy
buyruqbozlik
va
byurokratiyani
kamaytirish;
-
Xodimlar malakasini oshirish uchun chet elga almashinuv dasturlarida
ishtirok etish.
-
AT Xalq banki tomonidan tarqatiladigan Pensiya va nafaqa pullarini
plastik kartochkalarga o’tkazib fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yashash
manzilidan uzoq bo’lmagan xududlarga bankomatlar o’rnatish;
-
2-3 yil muddatga tijorat foizida kafillik asosida mikroqarz kreditlarini
50.0 mln so’mgacha miqdorda ko’proq ajratish;
-
Korrupsiya va boshqa qonun buzilish xolatlarini oldini olish
maqsadida xodimlarning oylik ish xaqlarini oshirish xamda ularga bank uchun
kelajakda sidqidildan ishlashlari uchun bankning o’zi tomonidan qurilayotgan
uylar uchun kam foizda ipoteka kreditlari ajratish;
Xulosa o’rnida shuni qo’shimcha qilmoqchimanki AT Xalq bankini
rivojlantirish uchun nafaqat bank balki bankning yuridik va jismoniy mijozlari xam
o’z xissalarini qo’shishlari lozim. Ya’ni fuqarolarga ishonch bildirgan xolda ularga
ajratilgan imtiyozli kreditlarni mijozlar o’z vaqtida qaytarishsa bankimiz xar bir
ko’rsatkich bo’yicha yuqori o’rinlar uchun kurasha olishiga ishonaman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019–
yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasi;
2.2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi;
3. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 2016 yil;
4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat
banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ 2344- sonli Qarori;
5. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «O’zbekiston Respublikasi
banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish
tartibi to’g’risida»gi 1834–son yo’riqnoma 2015 yil 11 iyul;
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning asosiyyakunlari va 2016
yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim ustuvor
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi;
7. Abduvaxidov F.T., Umarov Z.A., Djurayev K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi.
O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2010. –224 b;
8. Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi.
O’quv qo’llanma –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009 yil, 196 b;
9. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. O’quv qo’llanma. –T.:TMI, 2003.–305 b;
10. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. –T.: Moliya, 2002. b;
11 . Bank V.R. Organizasiya i buxgalterskiy uchet bankovskix operasiy: Ucheb.
pos. - M.: F i S, 2014. - 153 s;
12.Diana Mak Noton, Donald Dj. Karlson, Klayton Tausend Ditd i dr.
Organizasiya raboti v bankax: v 2–x tomax. Tom 2. Interprirovaniye finansovoy
otchetnosti. Per. s ang. –M.: Finansi i statistika, 2016. –240 s;
13. Banklarda buxgalteriya bisobi. Darslik. I nashri. Omonov A.A., Qoraliyev T.M.
TMI, -T.: dqtisod-Moliya», 2014. 241 b;
14. Navro’zova K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi va operasion texnika. O’quv
qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2010 yil, 280 bet;
FOYDALANILGAN VEB SAYTLAR RO’YXATI:
1. www.cbu.uz (O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki);
2. www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi);
3. www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi statistika ko’mitasi);
4. www.my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal);
5. www.xb.uz (Aksiyadorlik tijorat Xalq banki);
6. www.banker.uz (Banklar to’g’risidagi sayt).
Download