RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Kompyuter tarmoqlari fanidan Mustaqil ish Bajardi: 028-21 guruh Husanov Doston TOSHKENT – 2024 Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining standartlari. IEEE oilasining standartlarini o’rganish. Reja: 1. Kirish. 2. Asosiy qism. 3. Kompyuter tarmoqlarining standartlari. 4. IEEE oilasining standartlari. 5. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir. Kompyuter tarmoqlarini ko‟pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‟ra global, mintakaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi. Qo‟llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan. Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko‟pgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo‟lgan bosh komp`yuter resurslarini taqdim etishga mo‟ljallangan. U „fayl-server‟ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning asosiy resursi fayllar bo‟lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma`lumotlarga ega fayllar bo‟lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko‟p bo‟lishi kerak, chunki undan ko‟pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo‟lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan faylserverning boshqa tur serverlarini sanab o‟tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko‟pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig‟idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo‟lmagan qobiq joylashtiriladi. Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta`minoti resurslardan jamoa bo‟lib foydalanishgagina mo‟ljallanib qolmay, ularni qaytaishlash va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga mo‟ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo‟linmadan iborat: Serverning dasturiy ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta`minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining komp`yuterida bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida ishlaydigan dastur - serverga so‟rov jo‟natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi komp`yuteriga faqat bajarilgan so‟rov natijalari yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko‟p) bilan ishlashga mo‟ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o‟tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun so‟rash imkonini beradi. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob‟yektlar tarmoq ob‟yektlari deyiladi. Tarmoq ob‟yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin. Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma‟nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Bunday tamoyillar asosida kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalarini tavsiflash mumkin (2.1.-rasm). 2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi Global tarmoqlar Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan telefon tarmoqlaridan ko‟p xususiyatlarga ega edi. Katta masofalarga yuqori sifatli aloqa liniyasini yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global tarmoqlarda ko‟pincha avval boshqa maqsadlar uchun qurilgan aloqa kanallaridan foydalanilgan. Masalan, ko‟p yillar davomida global tarmoqlar vaqtning har momentida faqat bitta analog shakldagi so‟zlashuvchi uzatishga qodir bo‟lgan tonal chastota kanallari asosida qurilgan. Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi ko‟p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog‟liq bo‟ldi. 60-yillar oxiridan telefon tarmoqlarida ovozni raqamli ko‟rinishda uzatish keyinchalik ATS va foydalanuvchilarni ulovchi, bir vaqtda o‟nlab va yuzlab so‟zlashuvlarni uzata oluvchi yuqori tezlikli raqamli kanallar paydo bo‟lishiga olib kelgan. Birlamchi, ya‟ni asos tarmoqlar uchun plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital Hierarchy, PDH), ishlab chiqildi. Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda ishlagan. Lekin 80yillarda sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) paydo bo‟ldi va raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s tezlikkacha kengaytirdi, spectral multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave Division Multiplexing, DWDM) esa – yuzlab gigabitdan xatto sekundiga bir necha terabitgacha. Hozirda global tarmoqlar ko‟rsatilayotgan servislar xilma-xilligi va sifati bo‟yicha ancha keyin yaralgan bo‟lsada bu borada uzoq vaqt peshqadam bo‟lgan lokal tarmoqlar bilan raqobalasha oladilar. Lokal tarmoqlar Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – katta bo‟lmagan hududda, odatda 12 km radius atrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy olganda lokal tarmoq bir tashkilotga tegishli bo‟lgan kommunikatsiya tizimidir. Hisoblash texnikasi foydalanuvchilarining ehtiyojlari ortib bordi. Ularni endi o‟z kompyuterlarida boshqalardan uzilgan holda ishlash qoniqtirmay qoldi, ular boshqa bo‟limdagi foydalanuvchilar bilan avtomat rejimda kompyuter ma‟lumotlarini almashishni istashardi. Shunday qilib tashkilotning ichki lokal tarmoqlari vujudga keldi. Avvaliga kompyuterlar bir-biri bilan standart bo‟lmagan dasturiy-apparat vositalari yordamida ulangan. Aloqa liniyasida o‟z ma‟lumotni taqdim etish usuli, o‟ziga xos kabeldan foydalaniluvchi turli xildagi ulash qurilmalari faqatgina qaysi modeldagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan bo‟lsa, shu turdagi kompyuterlarni ulashi mumkin bo‟lgan, masalan PDP-11 mini-kompyuterini IBM 360 meynfreymi bilan yoki "NAIRI" kompyuterlarini "DNEPR"kompyuterlari bilan. 80-yillar o‟rtalarida lokal tarmoqlardagi holat keskin o‟zgara boshladi. Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning standart texnologiyalari tasdiqlandi - Ethernet, Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq esa - FDDI. Ularning paydo bo‟lishiga shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi katta turtki bo‟ldi. ShK lokal tarmoqlarda nafaqat mijoz kompyuterlar sifatida, balki ma‟lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari, ya‟ni tarmoq serverlari sifatda avvalgi mini-kompyuterlar va meynfreymlarni siqib chiqara boshladi. 90-yillar oxirida klassik Ethernet 10 Mbit/s, Fast Ethernet 100 Mbit/s va Gigabit Ethernet 1000 Mbit/s ni o‟z ichiga olgan Ethernet oilasi lokal texnologiyalarining lideri ekani yaqqol namoyon bo‟ldi. Ma‟lumotlar jo„natish usullaridagi yaqinlashuv, optik-tola aloqa liniyalari bo„yicha ma‟lumot jo„natishning raqamli platformasida o„tkaziladi. Raqamli kanallarning yuqori sifati, global kompyuter tarmoqlari protokollariga bo„lgan talablarni o„zgartirdi. Global tarmoqlarning frame relay va ATM kabi yangi texnologiyalari paydo bo„ldi. Bu tarmoqlarda bitlarning yedirilishi shunchalik kamligi uchraydiki, hatto xato paketni yo„qotish va uni yo„qotish bilan bog„liq barcha muammolarni esa, frame relay va ATM tarmoqlari tarkibiga bevosita kirmaydigan yuqori darajadagi dasturiy ta‟minotga qayta topshirish samaraliroqligi tahmin qilinyapti. Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga, IP protokolining ustuvorligi katta hissa qo„shdi. Bu protokol bugungi kunda lokal va global tarmoqlar texnologiyalaridan ustun bo‟lib Ethernet, Token Ring, ATM, frame relay- turli quyi tarmoqlardan bitta tarkibiy tarmoq yaratish uchun ishlatilib kelinmoqda. Tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan 90-yillar kompyuter global tarmoqlari, o„z xizmat to„plamlarini kengaytirdi va bu borada lokal tarmoqlarga yetib oldilar. Multimediya nomini olgan barcha ma‟lumotlar – surat, videofilm, ovoz va boshqalar kabi real vaqtda foydalanuvchiga katta hajmdagi ma‟lumotlarni yetkazib berish bilan bog„liq ishlarni bajaruvchi xizmatlarni yaratish imkoni tug„ildi. Yaqqol misol - bu asosan Internetga ma‟lumotlarni jo„natuvchi bo„lib qolgan World Wide Web gipertekst ma‟lumot xizmatidir. Lokal va global tarmoqlar yaqinlashuvi ko„rinishlaridan biri, lokal va global tarmoqlar orasidagi oraliq holatni egallovchi katta shahar masshtabidagi tarmoqlarning paydo bo„lishi hisoblanadi. Shahar tarmoqlari yoki megapolislar tarmog„i (Metropolitan Area NetWorks, MAN) yirik shahar hududiga xizmat ko„rsatish uchun mo„ljallangan. MAN turidagi zamonaviy tarmoqlar, o„z mijozlariga har xil turdagi kommunikatsiya vositalari, shu jumladan ofis ATSlarini birlashtirish imkonini beruvchi xizmatlar xilma xilligi bilan ajralib turadi. 2.2-rasmda lokal hisoblash tarmoqlari (LAN), shahar (MAN) va global tarmoqlar (WAN) uchun ishlatiladigan alternativ kirish texnologiyalari orasidagi raqobatning asosiy qismlari ko„rsatilgan. 2.2.-rasm. Simsiz va mobil texnologiyalari konvergensiyasi Kabel tarmoqlari bo„yicha Internetga kengpolosali kirish va Wi-Fi birikmasi, hamda PSTN mis simlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda, ofisda, jamoat xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa joylarda Internetga simsiz ulanish bilan ta‟minladi. 3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga xohlagan joydan ulanish uchun, Wide Area Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an‟anaviy ovoz xizmatlari takliflarini kengaytiradi. Mobil va o„tkazish tarmoqlari konvergensiyasi jarayoni, yuqori hisoblash quvvati bo„lgan va o„rtacha narxda Internetga chiqish uchun simsiz texnologiyalar to„plamiga ega bo„lgan mobil telefonlar va KPK, noutbuk kabi boshlang„ich iste‟molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish bilan kuzatildi. Internet orqali ovozli telefoniya (VoIP) an‟anaviy telefoniya bilan raqobatlasha boshladi. Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an‟anaviy telefon aloqasiga raqobatchi xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish (WBA) texnologiyalari mobil tarmoqlari bilan xususiy va jamoat binolarida, hamda, shahar tarmoqlari darajasida raqobatlashadilar. IEEE 802.х standartlari. 1980 yilda IEEE 802 LAN standartlashtirish qo'mitasini tashkil etdi, natijada IEEE 802.x standartlari oilasi qabul qilindi, bu esa LANning quyi pog‟onalarini loyihalash bo'yicha ko'rsatmalar beradi. Keyinchalik ushbu qo'mita faoliyati natijalari ISO 8802-1 ... X xalqaro standartlari to'plamiga asos bo'ldi. Ushbu standartlar Ethernet, ArcNet va Token Ring uchun juda keng tarqalgan vendorlar standartlarga asoslangan edi. IEEE dan tashqari LAN protokollarini standartlashtirish bo'yicha ishlarda boshqa tashkilotlar ham qatnashdilar. Shu tariqa, optik tolada ishlaydigan tarmoqlar uchun ANSI, Amerika Standartlashtirish Instituti 100 Mbit/s ma'lumotlarni uzatish tezligini ta'minlaydigan FDDI standartini ishlab chiqdi. IEEE 802.x oila standartlari yetti pog‟onali OSI modelining atigi ikkita pastki pog‟onani qamrab oladi – fizikaviy va va kanal. Buning sababi shundaki, aynan shu pog‟onalar mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Tarmoqdan boshlab yuqori pog‟onalar mahalliy va global tarmoqlar uchun asosan umumiy xususiyatlarga ega. Mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyati, shuningdek, kanal pog‟onasini ikkita qismga bo'linishida ham aks etadi, ular ko'pincha sathlar deb ham ataladi: Logical Link Control (LLC) – mantiqiy kanalni boshqarish; Media Access Control (MAC) - vositalarga kirishni boshqarish. MAC sathi umumiy muhitni to'g'ri bo'lishishini ta'minlaydi, uni u yoki bu tarmoq tuguni ixtiyorida ma'lum algoritmga muvofiq ravishda ta'minlaydi. Zamonaviy mahalliy tarmoqlarda MAC ning bir nechta protokollari keng tarqalib, umumiy uzatish vositaga kirish uchun turli algoritmlarni amalga oshirdi. Ushbu protokollar Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit-Ethernet, Token Ring, FDDI kabi texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlarini to'liq aniqlaydi. LLC sathi ma'lumotlar kadrlarini turli ishonchlilik darajalari bilan tugunlar o'rtasida uzatish uchun javobgardir, shuningdek, qo'shni tarmoq pog‟onasi bilan interfeys funktsiyalarini bajaradi. Aynan LLC orqali tarmoq protokoli kanal pog‟onasidan kerakli transport bilan ishlashni talab qilinadigan sifat bilan talab qiladi. LLC ushbu pog‟onadagi kadrlarni tiklash protseduralari mavjudligida yoki yo'qligida, ularning yo'qolishi yoki buzilishida farq qiladigan, ya'ni ushbu darajadagi transport xizmatlarining sifati bilan farq qiladigan bir nechta ishlash usullari mavjud. MAC va LLC protokollari o'zaro mustaqil - har bir MAC protokoli har qanday LLC protokoli bilan ishlatilishi mumkin va aksincha. IEEE 802 standartlari 1-rasmda ko'rsatilgan juda aniq tuzilishga ega: Bugungi kunda 802 qo'mitasi quyidagi kichik qo'mitalarni o'z ichiga oladi: 802.1 - Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish; 802.2 - Logical Link Control, LLC - ma'lumotlarni mantiqiy uzatishni boshqarish; 802.3 - Ethernet CSMA / CD kirish usuli bilan; 802.4 - Token Bus LAN - Token Bus kirish usuli bilan lokal tarmoqlar; 802.5 - Token Ring LAN - Token Ring kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar; 802.6 - Metropolitan Area Network, MAN - Metropolitan Area Network; 802.7 - Broadband Technical Advisory Group - keng polosali uzatish bo'yicha texnik maslahat guruhi; 802.8 - Fiber Optic Technical Advisory Group - optik tolali tarmoqlar uchun texnik maslahat guruhi; 802.9 - Integrated Voice and data Networks - integrallashgan ovozli va ma'lumotlar tarmoqlari; 802.10 - Network Security - tarmoq xavfsizligi; 802.11 - Wireless Networks - simsiz tarmoqlar; 802.12 - Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN - ustuvor talabli kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar. IEEE 802.3. Stаndаrt tаrmоqlаr o„rtаsidа eng ko„p tаrqаlgаn tаrmоq bu Ethernet tаrmоg„idir. U birinchi bo„lib 1972 yildа Xerox firmаsi tоmоnidаn yarаtilib, ishlаb chiqаrilа bоshlаndi. Tаrmоq lоyiхаsi аnchа muvоfаqiyatli bo„lgаnligi uchun 1980 yili uni kаttа firmаlаrdаn DEC vа Intel qо„llаdilаr (Ethernet tаrmоg„ini birgаlikdа qо„llаgаn firmаlаrni bоsh hаriflаri bilаn DIX dеb yuritilа bоshlаndi). Bu uchtа firmаning hаrаkаti vа qо„llаshi nаtijаsidа 1985 yili Ethernet hаlqаrо stаndаrti bo„lib qоldi, uni kаttа hаlqаrо stаndаrtlаr tаshkilоtlаri stаndаrt sifаtidа qаbul qilаdilаr: 802 IEEE qо„mitаsi (Institute of Electrical and Electronic Engineers) vа ECMA (European Computer Manufactures Association). Bu stаndаrt IEEE 802.3 nоmini оldi. IEEE 802.03 stаndаrtining аsоsiy ko„rsаtgichlаri quyidаgilаr: Tоpоlоgyasi – shinа; uzаtish muхiti – kоаksiаl kаbеl; uzаtish tеzligi – 10 Mbit/s; mаksimаl uzunligi – 5 km; аbоnеntlаrning mаksimаl sоni – 1024 tаgаchаn; tаrmоq qismining uzunligi – 500 m; tаrmоqning bir qismidаgi mаksimаl аbоnеntlаr soni – 100 tаgаchа; tаrmоqgа egа bo„lish usuli – CSMA/CD, uzаtish mоdulyatsiyasiz (mоnоkаnаl). Jiddiy qаrаlgаndа IEEE 802.3 vа Ethernet оrаsidа оz fаrq mаvjud, lеkin ulаr hаqidа оdаtdа eslаnmаydi. Ethernet hоzir dunyodа eng tаnilgаn tаrmоq vа shubhа yо„q аlbаttа u yaqin kеlаjаkdа hаm shundаy bo„lib qоlаdi. Bundаy bo„lishigа аsоsiy sаbаb, uning yarаtilishidаn bоshlаb hаmmа ko„rsаtgichlаri, tаrmоq prоtоkоli hаmmа uchun оchiq bo„lgаnligi, shundаy bo„lgаnligi uchun dunyodаgi judа ko„p ishlаb chiqаruvchilаr Ethernet qurilmа vа uskunаlаrini ishlаb chiqаrа bоshlаdilаr. Ulаr o„zаrо bir-birigа to„liq mоslаngаn rаvishdа ishlаb chiqilаdi аlbаttа. Dаstlаbki Ethernet tаrmоqlаridа 50 Оmli ikki turdаgi (yug„оn vа ingichkа) kоаksiаl kаbеllаr ishlаtilаr edi. Lеkin kеyingi vаqtlаrdа (1990 yil bоshlаridаn) Ethernet tаrmоg„ining аlоqа kаnаli uchun o„rаlgаn juftlik kаbеllаridаn fоydаlаnilgаn vеrsiyalаri kеng tаrqаldi. Shuningdеk оptik tоlаli kаbеllаr ishlаtilаdigаn stаndаrt hаm qаbul qilindi vа stаndаrtlаrgа tеgishli o„zgаrtirishlаr kiritildi. 1995 yili Ethernet tаrmоg„ining tеz ishlоvchi vеrsiyasigа stаndаrt qаbul qilindi, u 100 Mbit/s tеzlikdа ishlаydi (Fast Ethernet dеb nоm bеrildi, IEEE 802.03 u stаndаrti), аlоqа muхitidа fgаn juftlik yoki оptik tоlа ishlаtilаdi. 1000 Mbit/s tеzlikdа ishlаydigаn vеrsiyasi hаm ishlаb chiqаrilа bоshlаndi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03 z stаndаrti). Mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari. IEEE 802.11 Simsiz aloqa protokollari IEEE 802.11 - IEEE 802 mahalliy tarmoq (LAN) protokollarining bir qismidir va simsiz mahalliy tarmoq (WLAN) Wi-Fi kompyuter aloqasini amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalariga kirishni boshqarish (MAC) va fizikaviy pog‟ona protokollari to'plamini belgilaydi. 2.4 GHz, 5 GHz, 6 GHz va 60 GHz diapazonlarni o'z ichiga olgan, ammo shu bilan cheklanmagan holda turli xil chastotalarda ishlay oladi. Bugun simsiz texnologiyalar kosmik tezlikda rivojlanmoqda, chunki simdan qutilish imkoni paydo bo„ldi – yangi, tezkor simsiz texnologiyalar. Mavjud simsiz tarmoqlar quyidagilarni o„z ichiga oladi: 1. Radioto„lqinli texnologiyalar, shuningdek uyali aloqa texnologiyalari; 2. Infraqizil texnologiyalar; 3. Yerusti va kosmik mikroto„lqin texnologiyalari. Radioto„lqinlar, infraqizil va mikroto„lqinlar ko„rinadigan yorug„lik, ultrabinafsha yorug„lik, radioto„lqin, infraqizil, rentgen nurlari, mikroto„lqin va gamma-nurlarni o„z ichiga oladigan elektromagnitli spektrning bir qismidir. Elektromagnitli radiatsiya yer atmosferasi va kosmos orqali is propagated. Radioto„lqinli texnologiyalar juda keng tarqalgan va tez ishlovchi simsiz tarmoq sohasida taqdim etilgan. Radioto„lqin texnologiyalari 802.11 simsiz tarmoq standartlari va Bluetooth, HiperLAN kabi muqobil industry-endorsed approaches WiMAX va HiperLAN simsiz mintaqaviy tarmoq texnologiyalarga misol bo„la oladi. Uyali aloqa texnologiyalari, jumladan 3G va 4G, ham radioto„lqin texnologiyalaridan foydalanadi. Infraqizil texnologiyalar radio wave approaches dan farqli uncha mashhur emas. Infraqizil texnologiya ofis ichidagi aloqalar kabi qisqa masofadagi ulanishlarda foydalaniladi. Radioto„lqinli ulanishlarda. Radioto„lqin texnologiyalari.Tarmoq signallari radioto„lqin orqali uzatish mumkin, lekin tarmoq dasturlari yuqori chastotalar bilan ishlaydi. Misol uchun, hududdagi AM stansiyalar 1290 chastotalarda efirga uzatadi, bu esa 1290 kHz ma‟noni beradi, chunki AM to„lqinlar 535-1605 kHz oraliqda joylashadi. FM to„lqinlar esa 88-108 MHz oraliqda joylashadi. Radio tarmoq orqali uzatishda signal bir yoki ko„p yo„nalishda uzatilishi mumkin, bu esa ishlatilayotgan antenna turiga bevosita bog„liq. IEEE 802.11 protokoli asosidagi radioto„lqinli tarmoqlar Har xil turdagi radio to„lqinlar ishlatiladi, lekin taklif etilgan. Asosiy standart 802.11 edi (so„ngidagi harflarsiz), lekin bugungi kunda keng tarqalgan standartlar – 802.11a, 802.11b, 802.11g, va 802.11n. 802.11ac va 802.11ad. Simsiz tarmoq tashkil etuvchilari Simsiz ulanish uchta asosiy tashkil etuvchidan iborat: 1. Qabul qiluvchi va uzatuvchi plata. 2. Ulanish nuqtasi. 3. Antennalar. Qabul qiluvchi plata simsiz tarmoq platasi (Wireless NIC – WNIC) deb nomlanadi hamda OSI modelining Jismoniy va Ma‟lumot uzatish pog„onalarida faoliyat ko„rsatadi. WNIC ichki PCI (Peripheral Computer Interface) yoki miniPCI, alohida CardBus yoki PCMCIA (Personal Computer Memory Card International Association) kartasi yoki USB (Universal Serial Bus) ko„rinishida bo„lishi mumkin. Ko„p WNIC Microsoft Network Driver Interface Specification – NDIS ga mos keladi. NDIS tarmoq drayverlari spetsifikatsiyasi hamda ko„pgina tarmoq protokollari bilan ishlay oladigan tarmoq platalari drayverlarini yaratish va foydalanish uchun zarur ilova dasturlash interfeysi (Application Programming Interface – API)dir. API kabi NDIS tarmoq kommunikatsiyalarida ishlatiladigan kichik programmachalar yoki qismprogrammalar kutubxonasiga ega. Bu programmalar kutubxonasi NDIS.SYS tizim fayli Simsiz tarmoqqa ulanish usullari Ulanish tezliklari 802.11 protokolning himoya usullari. Xavfsizlik simsiz tarmoqlarda kabelli tarmoqlar kabi zarur. Simsiz tarmoq ko„payayotgan sababli uni buzish uchun uyushtirilayotgan hujumlar ham ortib boradi. Bir qator tarmoqlar 802.11 protokoliga muqobil bo„lgan radio to„lqinlaridan foydalanadilar. Ular ichida eng mashhurlari Bluetooth va HiperLAN dir. Bluetooth HiperLAN; Infraqizil texnologiyalar; Simsiz ulanish nuqtalari; Statsionar simsiz ulanish nuqtalari; Mobil simsiz ulanish nuqtalari; Uyali aloqa tarmoqlari; Mikroto„lqin texnologiyalari. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ғаниев С. К., Каримов М. М., Ташев К. А. “Ахборот хавфсизлиги”, “Фан ва технологиялар” нашриёти, Тошкент 2016 Internet saytlari: 1. http://www.ziyonet.uz 2. http://www.nasa.gov\statistics\ 3. http://www.security.uz 4. http://www.cert.uz 5. http://www.uzinfocom.uz