Uploaded by Jasur Xalilov

Kompyuter tarmoqlari Doston

advertisement
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter tarmoqlari fanidan
Mustaqil ish
Bajardi: 028-21 guruh Husanov Doston
TOSHKENT – 2024
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining standartlari. IEEE oilasining
standartlarini o’rganish.
Reja:
1. Kirish.
2. Asosiy qism.
3. Kompyuter tarmoqlarining standartlari.
4. IEEE oilasining standartlari.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga
bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir.
Kompyuter tarmoqlarini ko‟pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi jixatidan
tasniflash mumkin. Bunga ko‟ra global, mintakaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar
farqlanadi.
Qo‟llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki xil
asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi
tamoyilda
tarmoqning
dasturlashtirilgan
ta`minoti
ko‟pgina
foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo‟lgan bosh komp`yuter resurslarini taqdim
etishga mo‟ljallangan. U „fayl-server‟ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning asosiy resursi
fayllar bo‟lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma`lumotlarga ega
fayllar bo‟lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Fayl -serverini disk
xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko‟p bo‟lishi kerak, chunki undan ko‟pgina
komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo‟lishi mumkin.
Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan faylserverning boshqa tur serverlarini sanab o‟tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil
aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko‟pgina tarmoq
foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi
deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va
fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig‟idagi interfeys rolini bajaruvchi
uncha katta bo‟lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta`minoti
resurslardan jamoa bo‟lib foydalanishgagina mo‟ljallanib qolmay, ularni qaytaishlash va
foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga mo‟ljallangan. “Klient-server”
arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo‟linmadan iborat: Serverning dasturiy ta`minoti va
foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta`minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi:
mijoz-dasturlar
foydalanuvchining
komp`yuterida
bajariladi
va
umumiy
kirish
komp`yuterida ishlaydigan dastur - serverga so‟rov jo‟natiladi. Ma`lumotlarning asosiy
kismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi
komp`yuteriga faqat bajarilgan so‟rov natijalari yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi serverlari
katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko‟p) bilan ishlashga
mo‟ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma`lum ma`noda)
asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta`minlovchi mashxur
Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab
o‟tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib
olish va ulardan javob olish uchun so‟rash imkonini beradi.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob‟yektlar tarmoq
ob‟yektlari deyiladi. Tarmoq ob‟yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi,
ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial
joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global
tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Global
kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda,
radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy
regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki
tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani
tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan,
ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan
tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma‟nosini bildiradi. Internet
alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining
shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga
uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish,
Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan
tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok
etishi mumkin. Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Bunday tamoyillar asosida kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalarini
tavsiflash mumkin (2.1.-rasm).
2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi
Global tarmoqlar
Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan
kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area Networks,
WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan telefon tarmoqlaridan
ko‟p xususiyatlarga ega edi. Katta masofalarga yuqori sifatli aloqa liniyasini yotqizish juda
qimmatga tushishi sababli birinchi global tarmoqlarda ko‟pincha avval boshqa maqsadlar
uchun qurilgan aloqa kanallaridan foydalanilgan. Masalan, ko‟p yillar davomida global
tarmoqlar vaqtning har momentida faqat bitta analog shakldagi so‟zlashuvchi uzatishga
qodir bo‟lgan tonal chastota kanallari asosida qurilgan. Global kompyuter tarmoqlari
rivojlanishi ko‟p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog‟liq bo‟ldi. 60-yillar
oxiridan telefon tarmoqlarida ovozni raqamli ko‟rinishda uzatish keyinchalik ATS va
foydalanuvchilarni ulovchi, bir vaqtda o‟nlab va yuzlab so‟zlashuvlarni uzata oluvchi
yuqori tezlikli raqamli kanallar paydo bo‟lishiga olib kelgan. Birlamchi, ya‟ni asos
tarmoqlar uchun plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital Hierarchy, PDH),
ishlab chiqildi. Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda ishlagan. Lekin 80yillarda sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) paydo bo‟ldi va
raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s tezlikkacha kengaytirdi, spectral
multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave Division Multiplexing, DWDM) esa – yuzlab
gigabitdan xatto sekundiga bir necha terabitgacha.
Hozirda global tarmoqlar ko‟rsatilayotgan servislar xilma-xilligi va sifati bo‟yicha
ancha keyin yaralgan bo‟lsada bu borada uzoq vaqt peshqadam bo‟lgan lokal tarmoqlar
bilan raqobalasha oladilar.
Lokal tarmoqlar
Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – katta bo‟lmagan hududda, odatda 12 km radius atrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy olganda lokal
tarmoq bir tashkilotga tegishli bo‟lgan kommunikatsiya tizimidir.
Hisoblash texnikasi foydalanuvchilarining ehtiyojlari ortib bordi. Ularni endi o‟z
kompyuterlarida boshqalardan uzilgan holda ishlash qoniqtirmay qoldi, ular boshqa
bo‟limdagi
foydalanuvchilar bilan
avtomat
rejimda kompyuter
ma‟lumotlarini
almashishni istashardi. Shunday qilib tashkilotning ichki lokal tarmoqlari vujudga keldi.
Avvaliga kompyuterlar bir-biri bilan standart bo‟lmagan dasturiy-apparat vositalari
yordamida ulangan. Aloqa liniyasida o‟z ma‟lumotni taqdim etish usuli, o‟ziga xos
kabeldan foydalaniluvchi turli xildagi ulash qurilmalari faqatgina qaysi modeldagi
kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan bo‟lsa, shu turdagi kompyuterlarni ulashi mumkin
bo‟lgan, masalan PDP-11 mini-kompyuterini IBM 360 meynfreymi bilan yoki "NAIRI"
kompyuterlarini "DNEPR"kompyuterlari bilan.
80-yillar
o‟rtalarida
lokal
tarmoqlardagi
holat
keskin
o‟zgara
boshladi.
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning standart texnologiyalari tasdiqlandi - Ethernet,
Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq esa - FDDI. Ularning paydo bo‟lishiga
shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi katta turtki bo‟ldi. ShK lokal tarmoqlarda nafaqat
mijoz kompyuterlar sifatida, balki ma‟lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari,
ya‟ni tarmoq serverlari sifatda avvalgi mini-kompyuterlar va meynfreymlarni siqib chiqara
boshladi.
90-yillar oxirida klassik Ethernet 10 Mbit/s, Fast Ethernet 100 Mbit/s va
Gigabit Ethernet 1000 Mbit/s ni o‟z ichiga olgan Ethernet oilasi lokal texnologiyalarining
lideri ekani yaqqol namoyon bo‟ldi.
Ma‟lumotlar jo„natish usullaridagi yaqinlashuv, optik-tola aloqa liniyalari bo„yicha
ma‟lumot jo„natishning raqamli platformasida o„tkaziladi. Raqamli kanallarning yuqori
sifati, global kompyuter tarmoqlari protokollariga bo„lgan talablarni o„zgartirdi. Global
tarmoqlarning frame relay va ATM kabi yangi texnologiyalari paydo bo„ldi. Bu
tarmoqlarda bitlarning yedirilishi shunchalik kamligi uchraydiki, hatto xato paketni
yo„qotish va uni yo„qotish bilan bog„liq barcha muammolarni esa, frame relay va ATM
tarmoqlari tarkibiga bevosita kirmaydigan yuqori darajadagi dasturiy ta‟minotga qayta
topshirish samaraliroqligi tahmin qilinyapti.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga, IP protokolining ustuvorligi katta
hissa qo„shdi. Bu protokol bugungi kunda lokal va global tarmoqlar texnologiyalaridan
ustun bo‟lib Ethernet, Token Ring, ATM, frame relay- turli quyi tarmoqlardan bitta
tarkibiy tarmoq yaratish uchun ishlatilib kelinmoqda. Tezkor raqamli kanallar asosida
ishlaydigan 90-yillar kompyuter global tarmoqlari, o„z xizmat to„plamlarini kengaytirdi
va bu borada lokal tarmoqlarga yetib oldilar. Multimediya nomini olgan barcha
ma‟lumotlar – surat, videofilm, ovoz va boshqalar kabi real vaqtda foydalanuvchiga katta
hajmdagi ma‟lumotlarni yetkazib berish bilan bog„liq ishlarni bajaruvchi xizmatlarni
yaratish imkoni tug„ildi. Yaqqol misol - bu asosan Internetga ma‟lumotlarni jo„natuvchi
bo„lib qolgan World
Wide Web gipertekst ma‟lumot xizmatidir. Lokal va global
tarmoqlar yaqinlashuvi ko„rinishlaridan biri, lokal va global tarmoqlar orasidagi oraliq
holatni egallovchi katta shahar masshtabidagi tarmoqlarning paydo bo„lishi hisoblanadi.
Shahar tarmoqlari yoki megapolislar tarmog„i (Metropolitan Area NetWorks, MAN) yirik
shahar hududiga xizmat ko„rsatish uchun mo„ljallangan.
MAN turidagi zamonaviy tarmoqlar, o„z mijozlariga har xil turdagi kommunikatsiya
vositalari, shu jumladan ofis ATSlarini birlashtirish imkonini beruvchi xizmatlar xilma
xilligi bilan ajralib turadi.
2.2-rasmda lokal hisoblash tarmoqlari (LAN), shahar (MAN) va global tarmoqlar
(WAN) uchun ishlatiladigan alternativ kirish texnologiyalari orasidagi raqobatning asosiy
qismlari ko„rsatilgan.
2.2.-rasm. Simsiz va mobil texnologiyalari konvergensiyasi
Kabel tarmoqlari bo„yicha Internetga kengpolosali kirish va Wi-Fi birikmasi, hamda
PSTN mis simlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda, ofisda, jamoat
xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa joylarda Internetga
simsiz ulanish bilan ta‟minladi.
3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga xohlagan joydan ulanish uchun, Wide Area
Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an‟anaviy ovoz xizmatlari
takliflarini kengaytiradi. Mobil va o„tkazish tarmoqlari konvergensiyasi jarayoni, yuqori
hisoblash quvvati bo„lgan va o„rtacha narxda
Internetga chiqish uchun simsiz
texnologiyalar to„plamiga ega bo„lgan mobil telefonlar va KPK, noutbuk kabi
boshlang„ich iste‟molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish bilan kuzatildi.
Internet orqali ovozli telefoniya (VoIP) an‟anaviy telefoniya bilan raqobatlasha boshladi.
Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an‟anaviy telefon aloqasiga raqobatchi
xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish (WBA) texnologiyalari mobil tarmoqlari
bilan xususiy va jamoat binolarida, hamda, shahar tarmoqlari darajasida raqobatlashadilar.
IEEE 802.х standartlari. 1980 yilda IEEE 802 LAN standartlashtirish qo'mitasini
tashkil etdi, natijada IEEE 802.x standartlari oilasi qabul qilindi, bu esa LANning quyi
pog‟onalarini loyihalash bo'yicha ko'rsatmalar beradi. Keyinchalik ushbu qo'mita faoliyati
natijalari ISO 8802-1 ... X xalqaro standartlari to'plamiga asos bo'ldi. Ushbu standartlar
Ethernet, ArcNet va Token Ring uchun juda keng tarqalgan vendorlar standartlarga
asoslangan edi.
IEEE dan tashqari LAN protokollarini standartlashtirish bo'yicha ishlarda boshqa
tashkilotlar ham qatnashdilar. Shu tariqa, optik tolada ishlaydigan tarmoqlar uchun ANSI,
Amerika Standartlashtirish Instituti 100 Mbit/s ma'lumotlarni uzatish tezligini
ta'minlaydigan FDDI standartini ishlab chiqdi. IEEE 802.x oila standartlari yetti pog‟onali
OSI modelining atigi ikkita pastki pog‟onani qamrab oladi – fizikaviy va va kanal. Buning
sababi shundaki, aynan shu pog‟onalar mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyatlarini
aks ettiradi. Tarmoqdan boshlab yuqori pog‟onalar mahalliy va global tarmoqlar uchun
asosan umumiy xususiyatlarga ega. Mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyati,
shuningdek, kanal pog‟onasini ikkita qismga bo'linishida ham aks etadi, ular ko'pincha
sathlar deb ham ataladi: Logical Link Control (LLC) – mantiqiy kanalni boshqarish; Media
Access Control (MAC) - vositalarga kirishni boshqarish.
MAC sathi umumiy muhitni to'g'ri bo'lishishini ta'minlaydi, uni u yoki bu tarmoq
tuguni ixtiyorida ma'lum algoritmga muvofiq ravishda ta'minlaydi. Zamonaviy mahalliy
tarmoqlarda MAC ning bir nechta protokollari keng tarqalib, umumiy uzatish vositaga
kirish uchun turli algoritmlarni amalga oshirdi. Ushbu protokollar Ethernet, Fast Ethernet,
Gigabit-Ethernet, Token Ring, FDDI kabi texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlarini
to'liq aniqlaydi.
LLC sathi ma'lumotlar kadrlarini turli ishonchlilik darajalari bilan tugunlar o'rtasida
uzatish uchun javobgardir, shuningdek, qo'shni tarmoq pog‟onasi bilan interfeys
funktsiyalarini bajaradi. Aynan LLC orqali tarmoq protokoli kanal pog‟onasidan kerakli
transport bilan ishlashni talab qilinadigan sifat bilan talab qiladi. LLC ushbu pog‟onadagi
kadrlarni tiklash protseduralari mavjudligida yoki yo'qligida, ularning yo'qolishi yoki
buzilishida farq qiladigan, ya'ni ushbu darajadagi transport xizmatlarining sifati bilan farq
qiladigan bir nechta ishlash usullari mavjud.
MAC va LLC protokollari o'zaro mustaqil - har bir MAC protokoli har qanday LLC
protokoli bilan ishlatilishi mumkin va aksincha.
IEEE 802 standartlari 1-rasmda ko'rsatilgan juda aniq tuzilishga ega:
Bugungi kunda 802 qo'mitasi quyidagi kichik qo'mitalarni o'z ichiga oladi:
802.1 - Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish;
802.2 - Logical Link Control, LLC - ma'lumotlarni mantiqiy uzatishni boshqarish;
802.3 - Ethernet CSMA / CD kirish usuli bilan;
802.4 - Token Bus LAN - Token Bus kirish usuli bilan lokal tarmoqlar;
802.5 - Token Ring LAN - Token Ring kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar; 802.6
- Metropolitan Area Network, MAN - Metropolitan Area Network;
802.7 - Broadband Technical Advisory Group - keng polosali uzatish bo'yicha texnik
maslahat guruhi;
802.8 - Fiber Optic Technical Advisory Group - optik tolali tarmoqlar uchun texnik
maslahat guruhi;
802.9 - Integrated Voice and data Networks - integrallashgan ovozli va ma'lumotlar
tarmoqlari;
802.10 - Network Security - tarmoq xavfsizligi;
802.11 - Wireless Networks - simsiz tarmoqlar;
802.12 - Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN - ustuvor talabli kirish
usuli bilan mahalliy tarmoqlar.
IEEE 802.3. Stаndаrt tаrmоqlаr o„rtаsidа eng ko„p tаrqаlgаn tаrmоq bu Ethernet
tаrmоg„idir. U birinchi bo„lib 1972 yildа Xerox firmаsi tоmоnidаn yarаtilib, ishlаb
chiqаrilа bоshlаndi. Tаrmоq lоyiхаsi аnchа muvоfаqiyatli bo„lgаnligi uchun 1980 yili uni
kаttа firmаlаrdаn DEC vа Intel qо„llаdilаr (Ethernet tаrmоg„ini birgаlikdа qо„llаgаn
firmаlаrni bоsh hаriflаri bilаn DIX dеb yuritilа bоshlаndi). Bu uchtа firmаning hаrаkаti vа
qо„llаshi nаtijаsidа 1985 yili Ethernet hаlqаrо stаndаrti bo„lib qоldi, uni kаttа hаlqаrо
stаndаrtlаr tаshkilоtlаri stаndаrt sifаtidа qаbul qilаdilаr: 802 IEEE qо„mitаsi (Institute of
Electrical and Electronic Engineers) vа ECMA (European Computer Manufactures
Association). Bu stаndаrt IEEE 802.3 nоmini оldi.
IEEE 802.03 stаndаrtining аsоsiy ko„rsаtgichlаri quyidаgilаr: Tоpоlоgyasi – shinа;
uzаtish muхiti – kоаksiаl kаbеl; uzаtish tеzligi – 10 Mbit/s; mаksimаl uzunligi – 5 km;
аbоnеntlаrning mаksimаl sоni – 1024 tаgаchаn; tаrmоq qismining uzunligi – 500 m;
tаrmоqning bir qismidаgi mаksimаl аbоnеntlаr soni – 100 tаgаchа; tаrmоqgа egа bo„lish
usuli – CSMA/CD, uzаtish mоdulyatsiyasiz (mоnоkаnаl). Jiddiy qаrаlgаndа IEEE 802.3
vа Ethernet оrаsidа оz fаrq mаvjud, lеkin ulаr hаqidа оdаtdа eslаnmаydi. Ethernet hоzir
dunyodа eng tаnilgаn tаrmоq vа shubhа yо„q аlbаttа u yaqin kеlаjаkdа hаm shundаy bo„lib
qоlаdi. Bundаy bo„lishigа аsоsiy sаbаb, uning yarаtilishidаn bоshlаb hаmmа
ko„rsаtgichlаri, tаrmоq prоtоkоli hаmmа uchun оchiq bo„lgаnligi, shundаy bo„lgаnligi
uchun dunyodаgi judа ko„p ishlаb chiqаruvchilаr Ethernet qurilmа vа uskunаlаrini ishlаb
chiqаrа bоshlаdilаr. Ulаr o„zаrо bir-birigа to„liq mоslаngаn rаvishdа ishlаb chiqilаdi
аlbаttа.
Dаstlаbki Ethernet tаrmоqlаridа 50 Оmli ikki turdаgi (yug„оn vа ingichkа) kоаksiаl
kаbеllаr ishlаtilаr edi. Lеkin kеyingi vаqtlаrdа (1990 yil bоshlаridаn) Ethernet
tаrmоg„ining аlоqа kаnаli uchun o„rаlgаn juftlik kаbеllаridаn fоydаlаnilgаn vеrsiyalаri
kеng tаrqаldi. Shuningdеk оptik tоlаli kаbеllаr ishlаtilаdigаn stаndаrt hаm qаbul qilindi vа
stаndаrtlаrgа tеgishli o„zgаrtirishlаr kiritildi. 1995 yili Ethernet tаrmоg„ining tеz ishlоvchi
vеrsiyasigа stаndаrt qаbul qilindi, u 100 Mbit/s tеzlikdа ishlаydi (Fast Ethernet dеb nоm
bеrildi, IEEE 802.03 u stаndаrti), аlоqа muхitidа fgаn juftlik yoki оptik tоlа ishlаtilаdi.
1000 Mbit/s tеzlikdа ishlаydigаn vеrsiyasi hаm ishlаb chiqаrilа bоshlаndi (Gigabit
Ethernet,
IEEE 802.03 z stаndаrti).
Mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari.
IEEE 802.11 Simsiz aloqa protokollari IEEE 802.11 - IEEE 802 mahalliy tarmoq (LAN)
protokollarining bir qismidir va simsiz mahalliy tarmoq (WLAN) Wi-Fi kompyuter
aloqasini amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalariga kirishni boshqarish (MAC)
va fizikaviy pog‟ona protokollari to'plamini belgilaydi. 2.4 GHz, 5 GHz, 6 GHz va 60 GHz
diapazonlarni o'z ichiga olgan, ammo shu bilan cheklanmagan holda turli xil chastotalarda
ishlay oladi.
Bugun simsiz texnologiyalar kosmik tezlikda rivojlanmoqda, chunki simdan qutilish
imkoni paydo bo„ldi – yangi, tezkor simsiz texnologiyalar. Mavjud simsiz tarmoqlar
quyidagilarni o„z ichiga oladi:
1. Radioto„lqinli texnologiyalar, shuningdek uyali aloqa
texnologiyalari;
2. Infraqizil texnologiyalar; 3. Yerusti va kosmik
mikroto„lqin texnologiyalari.
Radioto„lqinlar, infraqizil va mikroto„lqinlar ko„rinadigan yorug„lik, ultrabinafsha
yorug„lik, radioto„lqin, infraqizil, rentgen nurlari, mikroto„lqin va gamma-nurlarni o„z
ichiga oladigan elektromagnitli spektrning bir qismidir. Elektromagnitli radiatsiya yer
atmosferasi va kosmos orqali is propagated.
Radioto„lqinli texnologiyalar juda keng tarqalgan va tez ishlovchi simsiz tarmoq sohasida
taqdim etilgan. Radioto„lqin texnologiyalari 802.11 simsiz tarmoq standartlari va
Bluetooth, HiperLAN kabi muqobil industry-endorsed approaches
WiMAX va HiperLAN simsiz mintaqaviy tarmoq texnologiyalarga misol bo„la oladi.
Uyali aloqa texnologiyalari, jumladan 3G va 4G, ham radioto„lqin texnologiyalaridan
foydalanadi. Infraqizil texnologiyalar radio wave approaches dan farqli uncha mashhur
emas. Infraqizil texnologiya ofis ichidagi aloqalar kabi qisqa masofadagi ulanishlarda
foydalaniladi. Radioto„lqinli ulanishlarda. Radioto„lqin texnologiyalari.Tarmoq signallari
radioto„lqin orqali uzatish mumkin, lekin tarmoq dasturlari yuqori chastotalar bilan
ishlaydi. Misol uchun, hududdagi AM stansiyalar 1290 chastotalarda efirga uzatadi, bu esa
1290 kHz ma‟noni beradi, chunki AM to„lqinlar 535-1605 kHz oraliqda joylashadi. FM
to„lqinlar esa 88-108 MHz oraliqda joylashadi. Radio tarmoq orqali uzatishda signal bir
yoki ko„p yo„nalishda uzatilishi mumkin, bu esa ishlatilayotgan antenna turiga bevosita
bog„liq.
IEEE 802.11 protokoli asosidagi radioto„lqinli tarmoqlar
Har xil turdagi radio to„lqinlar ishlatiladi, lekin taklif etilgan. Asosiy standart 802.11
edi (so„ngidagi harflarsiz), lekin bugungi kunda keng tarqalgan standartlar – 802.11a,
802.11b, 802.11g, va 802.11n. 802.11ac va 802.11ad. Simsiz tarmoq tashkil etuvchilari
Simsiz ulanish uchta asosiy tashkil etuvchidan iborat:
1. Qabul qiluvchi va uzatuvchi plata.
2. Ulanish nuqtasi.
3. Antennalar.
Qabul qiluvchi plata simsiz tarmoq platasi (Wireless NIC – WNIC) deb nomlanadi
hamda OSI modelining Jismoniy va Ma‟lumot uzatish pog„onalarida faoliyat ko„rsatadi.
WNIC ichki PCI (Peripheral Computer Interface) yoki miniPCI, alohida CardBus yoki
PCMCIA (Personal Computer Memory Card
International Association) kartasi yoki USB (Universal Serial Bus) ko„rinishida bo„lishi
mumkin. Ko„p WNIC Microsoft Network Driver Interface Specification – NDIS ga mos
keladi. NDIS tarmoq drayverlari spetsifikatsiyasi hamda ko„pgina tarmoq protokollari
bilan ishlay oladigan tarmoq platalari drayverlarini yaratish va foydalanish uchun zarur
ilova dasturlash interfeysi (Application Programming Interface – API)dir. API kabi NDIS
tarmoq kommunikatsiyalarida ishlatiladigan kichik programmachalar yoki qismprogrammalar kutubxonasiga ega. Bu programmalar kutubxonasi NDIS.SYS tizim fayli
Simsiz tarmoqqa ulanish usullari Ulanish tezliklari 802.11 protokolning himoya usullari.
Xavfsizlik simsiz tarmoqlarda kabelli tarmoqlar kabi zarur. Simsiz tarmoq ko„payayotgan
sababli uni buzish uchun uyushtirilayotgan hujumlar ham ortib boradi. Bir qator tarmoqlar
802.11 protokoliga muqobil bo„lgan radio to„lqinlaridan foydalanadilar. Ular ichida eng
mashhurlari Bluetooth va HiperLAN dir. Bluetooth HiperLAN; Infraqizil texnologiyalar;
Simsiz ulanish nuqtalari; Statsionar simsiz ulanish nuqtalari; Mobil simsiz ulanish
nuqtalari; Uyali aloqa tarmoqlari; Mikroto„lqin texnologiyalari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ғаниев С. К., Каримов М. М., Ташев К. А. “Ахборот хавфсизлиги”, “Фан ва
технологиялар” нашриёти, Тошкент 2016
Internet saytlari:
1. http://www.ziyonet.uz
2. http://www.nasa.gov\statistics\
3. http://www.security.uz
4. http://www.cert.uz
5. http://www.uzinfocom.uz
Download