Uploaded by joneltmp+osiqb

1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichl (1)

advertisement
1- MA’RUZA. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari,
kompyuterlarning avlodlari va ularning imkoniyatilari, kompyuterlarda
qo‘llanilgan protokollar, ilovalar va texnologiyalar.
Kompyuter tarmoqlari fanini o‘qitishdan asosiy maqsad - kompyuter
tarmoqlarining qurilish tamoillari, kompyuter tarmoqlarining topologiyalari va
texnologiyalari haqidagi bilimlarni, hamda kompyuter tarmoqlarida axborot
almashinish jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - zamonaviy kompyuter tarmoqlari tuzilishining o‘ziga
xos xususiyatlari, ularda qo‘llanilayotgan qurilmalarning tuzilishlari va
ko‘rsatkichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat. Fanni o‘rganish natijasida
kompyuter tarmoqlarida axborot almashinish jarayonlarini qanday amalga
oshirilishini, ularda qo‘llaniladigan asosiy protokollar, hamda Internet
tarmog‘ining tuzilishi qanday ekanligi haqidagi ma‘lumotlar berib boriladi.
Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari.
Xozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona
axborot makonini ta‘riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim axamiyatga ega.
Buni butun dunyo kompyuter tarmogi xisoblanmish Internet misolida yakkol
ko‘rish mumkin. Uzatish kanallari orqali uzaro bog‘langan kompyuterlar majmuiga
kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot
almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa
bo‘lib foydalanishni ta‘minlaydi.
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaxo asbob-uskunalar katta
xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli
vositaga va ma‘lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli
olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday
tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish
jarayonini butunlay o‘zgartirib yubordi, xizmat ko‘rsatishning eng keng tarqalgan
tarmog‘i - elektron pochta orkali axborot almashuvni amalga oshirishdir.
Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq
resurslariga oddiy, qulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa
bo‘lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari
o‘rtasida ma‘lumotlar uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta‘minlash. Katta
xajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlar saqlanadi, qayta
ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchi ishlashi uchun
ma‘lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi.
Ma‘lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda:
- ma‘lumotlarni markazlashtirishda,
- ma‘lumotlarni ma‘lum masofaga uzatish.
Ma‘lumotlarni taqsimlab qayta ishlash borasida ko‘pgina vazifalar mavjud.
Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin:
- bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar bozorning axvolini aks ettiruvchi
tijorat tizimi («talab-taklif»);
- ijtimoiy ta‘minot tizimi;
- soliq;
- har-xil turdagi xizmalar;
- masofadan turib kompyuter ta‘limi;
- avia chiptalarni zaxira qilib qo‘yish tizimi;
- uzoqdan turib tibbiy tashxislar saylov tizimi.
Ko‘rsatilgan ushbu barcha qo‘shimcha ma‘lumotlar to‘planishi, saqlanishi va
undan foydalana olish (kirish) noto‘g‘ri ma‘lumotlar bo‘lishida va ruxsat
berilmagan kirishdan ximoyalangan bo‘lish kerak. Ilmiy, xizmat, ta‘lim,
ijtimoiy va madaniy xayot soxasidan ko‘plab kishilarga qulayliklar
yaratilmoqda.
Tarmoqlar tasnifi
Kompyuter
tarmoqlarini
ko‘pgina
belgilar,
xususan
xududiy
ta‘minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintakaviy va lokal
(maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni
qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va
aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog‘i xisoblanadi.
Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari,
viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha
telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km
ni tashkil etadi.
Lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin
binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki
80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday
tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori
tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha
kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson
soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan
kabel.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km
gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar
tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Tarmoqning dasturiy ta’minoti.
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati bilan
o‘lchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy
ta‘minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda
ko‘plab foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Xozirda shunday
dasturiy ta‘minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta‘minoti ko‘pgina
foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo‘lgan bo‘sh kompyuter resurslarini
taqdim etishga muljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Kompyuterning asosiy
resursi fayllar bo‘lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki
ma‘lumotlarga ega fayllar bo‘lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng
umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk xajmi odatdagi kompyuterdagidan
ko‘p bo‘lishi kerak, chunki undan ko‘pgina kompyuterlarda foydalaniladi.
Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo‘lishi mumkin. Tarmoqdan
foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning
boshqa tur serverlarini sanab o‘tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil
aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko‘pgina tarmoq
foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta‘minoti tarmoqning
operatsion tizimi deb ataladi.
Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo‘ljallangan dastur tizimlari
foydalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo‘yicha
ushbu dasturli tizimlar fayl-serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar
tomonidan bir vaqtda foydalanilishi mumkin. Lekin bu dasturlarning modullarini
bajarish uchun zarur bo‘lganda foydalanuvchi kompyuteriga ya‘ni ishchi
stantsiyasiga o‘tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda barcha ma‘lumotlarni
qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo‘lsa va faylli serverda saqlanayotgan
bo‘lsa xam) foydalanuvchining kompyuterida amalga oshiriladi. Shubxasiz
buning uchun ma‘lumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining kompyuteriga
ko‘chirilishi kerak.
Ikkinchi tamoyil «klient-server» arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy
ta‘minoti resurslardan jamoa bo‘lib foydalanishgagina mo‘ljallanib qolmay, ularni
qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko‘ra resurslarni joylashtirishga
mo‘ljallangan. «Klient-server» arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo‘linmadan
iborat: Serverning dasturli ta‘minoti va foydalanuvchi -mijozning dasturiy
ta‘minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar
foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida
ishlaydigan dastur - serverga so‘rov jo‘natiladi. Ma‘lumotlarning asosiy qismini
qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi
kompyuteriga faqat bajarilgan so‘rov natijalari yuboriladi. Ma‘lumotlar bazasi
serverlari katta xajmdagi ma‘lumotlar (bir necha 10 gigobayt va undan ko‘p) bilan
ishlashga muljallangan va kup sonli foydalanuvchilar yuqori unumli ishlab
chiqarishni, ishonch va ximoyalanganlikni ta‘minlaydi. Global tarmoqlari
ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma‘lum ma‘noda) asosiy sanaladi. Katta
matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta‘minlovchi mashxur Web-serverlari,
elektron pochta serverlari va boshqalar ma‘lum. Sanab o‘tilgan xizmat turlarining
mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilish olish va ulardan
javob olish uchun so‘rash imkonini beradi.
Taqsimlanadigan resursga ega xar qanday kompyuter tarmog‘i server deb
yuritilishi mumkin. Chunki boshqa kompyuterlarda foydalanishga ruxsat bo‘lgan
bo‘linuvchi modemli kompyuter modem yoki kommunikatsiyali serverdir.
Shaxsiy kompyuterlarning lokal tarmog‘i keng tarqalgan. Dunyodagi ko‘pgina
shaxsiy kompyuterlar shu tarmoqlarda ishlaydi. Lokal tarmoqlar bir-biridan uncha
uzok bo‘lmagan masofada joylashgan kompyuterlarni bog‘lab turadi. Odatda ular
bir yoki bir necha yaqin joylashgan korxona, muassasa va ofislar kompyuterlarini
birlashtiradi. Lokal tarmoqning asosiy farqlanuvchi xususiyati barcha uni yagona
kompyuterlarning ma‘lumot uzatish tezkor kanali va kommunikatsiya asbobuskunalarida xatolik yuzaga kelish extimolligining deyarli yo‘qligi.
Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi. Ma‘lumki,
Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi.
Shuning uchun bu darsda Internetni kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot
qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma'lumot beriladi.
Internet tarixi o'zgarib va rivojlanib turuvchi olam, unda turli xil ko'rinishdagi katta
hajmli axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig'ilib bormoqda. Bu
ma'lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta
mablag' va vaqt talab etadi. Qizig‘i shuki, Internet ‗sovuq urush‘ mahsuli
hisoblanadi. Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay
olishga mo'ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari
boshlarida AQSh Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa
tarmog'i asos bo'lgan. ARPANet — buzilgan aloqa bo'g'inlarni avtomatik ravishda
aylanib o'tishga va tarmoqdagi kompyuierlarning ma'lumot almashishiga imkon
yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir. ARPANet tarmog'i birinchi marta ishga
tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali bor-yo'g'i 2 minut
davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmpq maxfiy hisoblangan.
Keyinchalik, modem va telefon tarmog'i orqali axborot almashish imkoniyati
yuzaga kelgandan so'ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan.
Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa vazirligining Ilg'or tadqiqot loyihalari
agentligi (ARPA) 1960 yillarda kompyuterlarni vaqt almashish bo'yicha
tadqiqotlarni moliyalashtirdi. Shu bilan birga, Internetning asosiy
texnologiyalaridan biri bo'lgan paketli kommutatsiya bo'yicha tadqiqotlar 60yillarning boshlarida Pol Baran va 1965-yilda mustaqil ravishda Devid Devis
tomonidan boshlandi. 1967 yilda operatsion tizimlarning ishlash printsiplari
bo'yicha simpoziumdan so'ng, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida
ishlab chiqilgan ARPANET va NPL tarmog'i, Merit Network va CYCLADES kabi
boshqa tarmoqlar uchun paketli kommutatsiya taklif qilindi.
ARPANETni ishlab chiqish Kaliforniya universitetidagi Tarmoqni o'lchash
markazi (UCLA), Henri Samuelining muhandislik va amaliy fanlar maktabi
Leonard Kleinrok tomonidan boshqariladigan va Duglas Engelbart tomonidan SRI
International (SRI) NLS tizimi bilan o'zaro bog'langan ikkita tarmoq tugunlaridan
(Menlo Park Kaliforniya, 1969 yil 29 oktyabr) boshlandi. Kelajakdagi o'sish
belgisi sifatida 1971 yil oxirida o'n beshta sayt yosh ARPANETga ulandi.
ARPANET uchun dastlabki xalqaro hamkorlik juda kam edi. 1973 yilda
Norvegiya Seysmik Array (NORSAR) bilan Tanumdagi (Shvetsiya) sun'iy
yo'ldosh stantsiyasi orqali va London Universitet kolleji qoshidagi Piter
Kirshteynning ilmiy guruhiga Britaniya akademik tarmoqlariga kirish uchun yo'l
ochildi. ARPA loyihalari va xalqaro ishchi guruhlari turli xil protokollar va
standartlarni ishlab chiqishga olib keldi, ular yordamida bir nechta alohida
tarmoqlar bitta tarmoq yoki "tarmoqlar tarmog'iga" aylanishi mumkin. 1974 yilda
Vint Serf va Bob Kan Internet atamasini RFC 675-da ishlatdilar, va keyinchalik
RFC-lar ushbu foydalanishni takrorladilar.
ARPANET-ga kirish 1981 yilda Milliy Ilmiy Jamg'arma (NSF) Kompyuter
Ilmiy Tarmog'ini (CSNET) moliyalashtirganida kengaytirildi. 1982 yilda Internet
Protocol Suite (TCP / IP) standartlashtirildi, bu butun dunyo bo'ylab o'zaro bog'liq
tarmoqlarning tarqalishiga imkon berdi. TCP / IP tarmog'iga kirish 1986 yilda yana
bir bor kengaytirildi, chunki National Science Foundation Network (NSFNet)
AQShda tadqiqotchilar uchun avvaliga 56 kbit/s tezlikda, keyin esa 1,5 Mbit/s va
45 Mbit/s tezlikda superkompyuter saytlariga kirish huquqini taqdim etdi. NSFNet
1988–89 yillarda Evropa, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiyada ilmiy va
ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga aylandi. Tijorat Internet-provayderlari (ISP) 1989
yilda AQSh va Avstraliyada paydo bo'ldi. ARPANET 1990 yilda rasmiy
foydalanishdan chiqarildi.
Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog‘iga aylangan. Internet tarmog'i biror
tashkilotga bo'ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta'lim tashkilotlari, kommersiya
strukturasi va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq
taklif etilgan ko'ngillilar tomonidan tashkil etilgan ‗Internet arxitekturasi bo'yicha
kengashi‘ tomonidan boshqariladi.
Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan
minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir (1.2.-rasm). Internetda axborot
almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni
uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP) deb ataladi.TCP/IP protokolining
axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi;
IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli
tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar
qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga
keltiradi.Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga
imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes
kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor
millionlab kishilar tarmoqning maxsus quril-malarisiz ham Internetdan foydalana
olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
1.2.-rasm. Internet tarmog‘i konfiguratsiyasi misoli
1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va
tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday
imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.World Wide Web
ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar
Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot
tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi.
Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan
biri bo'lib qoldi.Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki
WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib,
xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia
(multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan
iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega boigani uchun
foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini
o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng
muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bogiash yoki
ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan
ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Yangi
texnologiyalar va tarmoqlardagi barqaror yutuqlar (1.3.-rasm) tarmoqning
kengayishida tijorat ishtiroki va aholiga xizmat ko'rsatishda yangi iqtisodiy
imkoniyatlarni yaratdi.
1.3.-rasm. Zamonaviy tarmoqlar va rivojlantiruvchi omillar
Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari
haqida umumiy tushunchalar. Kompyuter va tarmoq texnologiyalari hududlar
bo‘yicha tarqoq taqsimlangan hisoblash vositalarini yagona tizimga birlashtirish
zarurati tufayli kelib chiqqan ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimlarining rivojlanish
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunda protokollar, tarmoq texnologiyalari
foydalanuvchilarga keng turdagi xizmatlar to‘plamini taqdim etadi hamda vazifasi
bo‘yicha turli xil bo‘lgan avtomatlashtirilgan ma‘lumotni taqsimlangan holda qayta
ishlash tizimlarini yaratish imkonini beradi. Hozirda tarmoq texnologiyalari jadal
sur‘atlarda rivojlanmoqda. Uzatiluvchi axborot hajmining ortib borishi, tarmoqlar
ko‘lami hamda tarmoqlararo trafik hajmining ortib borayotgani ishlab
chiqaruvchilarni yangi axborotlarni ajratish, uzatish usullarini, marshrutizatsiya va
kommutatsiya hamda tarmoqlararo trafikni optimallash va samaradorlikni oshirish
maqsadida ularni kombinatsiyalashning yangi usullaridan (yangi usul yaratish yoki
borlarini kombinatsiyalash) foydalanuvchi yanada samarador va ―aqlli‖
qurilmalarni yaratishga undamoqda.
Bu jarayonda bir necha omillarga ahamiyat berish lozim: aloqa qoidalari,
protokollar/standartlar va protokollar steki.
 Aloqa qoidalari aloqa o'rnatilishini ta‘minlaydi. Bunda qoidani
o’rnatishda:
 Uzatuvchi va qabul qiluvchi aniqlab beriladi;
 Aloqaning umumiy ‗tili‘ va ‗grammatika‘si belgilanadi;
 Tezlik va yetkazib berish muddati aniqlanadi;
 Tasdiqlash yoki kelishish talablari belgilanadi.
Xabarlarni kodlashda:
 Ma'lumotni boshqa maqbul shaklga o'tkazish jarayoni kelishiladi.
Xabarni formatlash va inkapsulyasiyasi;
Xabar hajmi;
Xabar vaqti:
Kirish usuli
Oqimni boshqarish
Javob vaqti tugashi
Xabarni yetkazib berish imkoniyatlari
Unikast
Multicast
Keng ko‘lamli (broadcast) kabilar muvofiqlashtiriladi (1.4.-rasm).
1.4.–rasm. Protokollar vazifalari
 Tarmoq protokollari va standartlari nuqtai nazaridan (1.5.-rasm):
Protokollar -aloqalarni boshqaradigan qoidalar;
Tarmoq protokollari
Protokollarning roli
Xabar qanday formatlangan yoki tuzilgan
Tarmoq qurilmalari boshqa tarmoqlar bilan yo'llar to'g'risidagi ma'lumotlarni
almashish jarayoni
Xatolar va tizim xabarlari qurilmalar o'rtasida qanday va qachon uzatiladi
Ma'lumot uzatish seanslarini sozlash va tugatish
Protokolning o'zaro ta'siri
Masalan: veb-server va mijoz kabi omillar inobatga olinadi.
1.5.-rasm. Muloqot misoli
 Protokollar steki (to'plamlari) (1.6.-rasm) nuqtai nazaridan:
Protokol to'plamlari va sanoat standartlari:
TCP/IP ochiq standarti
Boshqa protokol to'plamlari
TCP/IP protokollar steki:
TCP/IP steki protokollarida aloqa jarayoni amalga oshirilishi inobatga olinadi.
1.6.-rasm. Protokollar steki misoli
Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil
bo'ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir
kompyuterdan boshqasiga ma'lumot uzatish yoki bir necha
kishilik yoki jamoaviy o'yinlarni o'ynash imkoniyati
mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham
asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak,
har
qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi
yotadi.
Tarmoq komponentalari
1. Qurilma (1.7.-rasm):
a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);
b) Oraliq qurilmalari, tugunlar (router, switch, hub va h.k);
1.7.-rasm. Tarmoq qurilmalari.
2. Vosita (ulanish usuli):
a) mis (med) kabel:
1) simmetrik - parali kabellar;
koaksial;
b) Optik kabel:
1) bir modali – magistralda ishlatiladi;
2) ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;
c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);
3. Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq,
ma'lumot uzatish va h.k)
Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy
kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb
nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib
keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik
tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish
tizimlari, idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng
qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqarishning
murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot, qishloq
xo`jaligi, ta`lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda.
Umuman olganda, tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa
qurilmalarning ma`lumot almashishni ta`minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro
bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma`lumotlarni almashishni ta`minlab
beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Mahalliy tarmoq (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir
korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi.
MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari
va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk
xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan
almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir.
Download