Uploaded by Ortiqjon Pulatov

Mavlonova Jasmina Jamshidovna

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR VA TEXNIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI
fanidan
Kurs Ishi
Mavzu Kichik va o'rta biznesni iqtisodiy-iqtisodiy erkinlikni ta'minlovchi
omili sifatda.
Bajardi 5-IQ-23 guruh talabasi Mavlonova Jasmina Jamshidovna
Kurs ishi himoya qilingan sana “____” ________ 2024 y
Baho “______” ___________
Ilmiy rahbar _________
Imzo)
Sodiqova Nigora Turayevna
ism sharif )
Komissiya a’zolari _________ ____________________
Imzo )
ism sharif )
_________ _____________________
Imzo )
ism sharif )
Buxoro- 2024
1
ILMIY RAHBARNING KURS ISHIGA TAQRIZ BLANKASI
KURS ISHI UCHUN TAQRIZ
IJTIMOIY FANLAR VA TEXNIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
Guruh - 5-IQ-23
Talaba familiyasi va ismi-sharifi - Mavlonova Jasmina Jamshidovna
Kurs ishi mavzusi - Kichik va o'rta biznesni iqtisodiy-iqtisodiy erkinlikni
ta'minlovchi omili sifatda.
Kurs ishining tarkibi
............................................................................................................................. ........
Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro'yxati: ………………..................
.....................................................................................................................................
............................................................................................................................. ........
……………………………………………………………………………………….
……………………………………………………………………………………….
Jadval va grafik materialning miqdori muhim chizmalarning ko'rsatgichi) ………
...................................................................................................................... ...............
............................................................................................................................. .......
Kurs ishining ijobiy Tomonlari......................................................... ........................
Kurs ishining kamchiliklari.........................................................................................
............................................................................................................................. ........
Kurs ishiga qo'yilgan baho..........................................................................................
Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi............................................................
2
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………..…….....….….. 4
I bob. kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji - iqtisodiy taraqqiyotning
muhim omili ……………………………………………………………..........…..7
1.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning muhim soxasi sifatida
…………………………………………………………………………..….....…..7
1.2. Milliy iqtisodiyot hududlarida kichik biznes sohasining o’ziga xos
xususiyatlari...................................................................................... .................... 11
1.3. Mintaqalarda kichik biznes sohasining davlat tomonidan qo`llab
quvvatlanishi………………………………………………………….….....……14
II bob. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni
takomillashtirish ……………………………………………….…….……..……18
2.1. Kichik biznesni ijtimoiy-iqtisodiy omillari…….…….………....…..….….. 18
2.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish muhiti……………......….…...23
2.3. Kichik va o`rta bizneslarni qo`llab- quvvatlash to`g`risida…….....….….….29
Tayanch iboralaar ...............................................................................................32
Xulosa……………………………………………………………….......……….35
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………...………36
3
Kirish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy va
ijtimoiy sohada ijobiy natijalarga erishish ustuvor yo’nalishlardan hisoblanadi. Bu
yo’nalishda 2011 yilda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik»ga bag`ishlangan
dasturni qabul qilinishi sohani rivojlantirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. 5
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida
bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar shakllanib,
xususiy mulk va kichik biznesning o’rni va ahamiyati tobora mustahkamlanmoqda.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining hissasiga
mamlakat yalpi ichki mahsulotining 53 foiz, ish bilan band bo’lganlarning 74 foiziga
to`g`ri kelmoqda.
Kichik biznes sub`ektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni sotish hajmi
2011 yilda 600 milliard so’mni tashkil etgani, zarur xom ashyo resurslarini qo’shib
hisoblaganda, bu ko’rsatkich 2 trillion 800 milliard so’mdan oshdi Kichik biznes
kapital taqchilligi sharoitida ko’p mablag` talab etmaydigan xo’jalik faoliyati
sifatida resurslar aylanmasining yuqori suratlarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta
qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi sharoitida iste’mol
bozorini shakllantirish va uni to’ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal
etadi. Kichik korxonalar iste’mol talabining o’zgarishiga darhol moslashadi va shu
yo’l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi. Kichik biznes yangi
ish o’rinlarini yaratishi bilan ishsizlik muammosini hal etishda muhim rol o’ynaydi.
Hozirgi
paytda
ushbu
soha
nafaqat
iqtisodiyotning
o’sish
sur’atlarini
jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va
aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda.
Oxirgi yillarda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan
shug`ullanuvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani soha izchil
rivojlanayotganligidan
dalolat
beradi.
Mustaqillik
yillari
mobaynida
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy
4
va huquqiy asoslari yaratilganligini qayd etish joiz. Natijada kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati sezilarli darajada
yaxshilandi.
Biroq, amalga oshirilgan ishlar ko’lamiga qaramasdan mintaqalarda bu
sohada hali yechimini kutayotgan muammolar ham bor. Jumladan, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining turli kesim (tuman, tarmoq va tadbirkorlik
shakillarda rivojlanish xususiyatlarida muvozanatsizlik holatlarini ko’rish mumkin.
Respublikamizning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlashda mintaqalarning
tabiiyiqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, ular asosida sanoatni oqilona
joylashtirish va rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor
yo’nalishlaridan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov
ta’kidlaganidek,
«Iqtisodiyotimizning
hududiy
tarkibini
takomillashtirish,
foydalanilmayotgan resurslar va iqtisodiy imkoniyatlardan yuqori darajada
foydalanish, shakllanib qolgan hududiy nomutanosibliklarni bartaraf etish hozirgi
kunning eng muhim masalalaridan biridir”
O’zining boy tabiiy-iqtisodiy salohiyati bilan respublika iqtisodiyotida
Buxoro viloyati alohida o’ringa ega. Buxoro viloyatida ishlab chiqarilayotgan yalpi
hududiy mahsulotning tarkibida sanoatning ulushi (19,5 %) nisbatan kichik bo’lib,
mineral xom ashyo resurslari va mavjud talab bilan o’zaro muvofiqlashmagan.
Ayniqsa sanoat korxonalarining joylashtirishda ma’lum tizimning yo’qligi sanoat
bilan qishloq xo’jaligi, ijtimoiy soha, infratuzilma o’rtasida nomutanosibliklar
mavjud va ularning kuchayishi kuzatilmoqda. Ayniqsa, viloyat tumanlarida kichik
sanoat korxonalarini joylashtirishda bir qator muammo va kamchiliklar mavjud
bo’lib iqtisodiyotni barqaror va muvofiqlashgan holda rivojlanishiga to’siq
bo’lmoqda. Yuqorida keltirilgan nomutanosiblik va muammolar viloyatimizni
barqaror rivojlantirishda sanoatni ulushini oshirish, xususan, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik korxonalarning undagi salmog`ini oshirish yo’li bilan
rivojlantirish istiqbollarini ilmiy asoslashni zarurligini ko’rsatmoqda.
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining nazariy-uslubiy
asoslarini o’rganish;
5
 mintaqa iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining
o’rnini asoslash hamda o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mintaqaviy muammolarini
bartaraf etishga asos bo’ladigan omillarni aniqlash;
 bozor islohotlarini va iqtisodiyotni modernizastiyalash sharoitida sanoat
korxonalarini joylashtirishning o’ziga xos umumiy va mintaqaviy xususiyatlarini
ilmiy asoslash;
 viloyatda sanoat korxonalarini joylashtirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarni
chuqur tahlil qilish;
 viloyatda sanoatni oqilona joylashtirishning asosiy yo’nalishlari va
ko’rsatkichlarini ilmiy asoslash;
 viloyatda sanoatni oqilona joylashtirishning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy
mexanizmlari bo’yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
6
I BOB. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK RIVOJI IQTISODIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI
1.1.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning muhim soxasi
sifatida
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik qobiliyati asosiy iqtisodiy
resurslardan biri hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkor
– bu ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish borasida bilim va malakaga ega
bo’lgan, foyda olish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko’ra oluvchi tashabbuskor
shaxs. Tadbirkorlikning muayyan mahsulotlarini ishlab chiqish, ish bajarish va
xizmat ko’rsatish bo’yicha faoliyati tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari
to`g`risida”gi qonunida ta’riflanishicha, ”Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad(foyda)
olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” 4 . Tadbirkor faoliyati asosida bir qator
shart va talablar mavjud bo’ladi. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator”
vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u mustaqil qarorlar
qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi.
Uchinchidan, tadbirkor-tashkilotchi shaxs bo’lib, yangi ishlab chiqarish
texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi.
To’rtinchidan, tadbirkor – tavakkat qilishdan qo’rqmaydigan insondir. U nafaqat o’z
molmulki, vaqti, mehnati bilan, balki o’z sheriklari, hissadorlari qo’shgan
mablag`lar bilan ham tavakkal qilishga boradi. Tadbirkorlik faoliyati to`g`risida
yuqorida keltirilgan turli xil fikr va yondashuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa
qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohadan
qat’iy nazar, foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan
7
iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishida quyidagi bir
qator qoidalarga rioya etilishi talab qilinadi:
 tadbirkorning xo’jalik yuritish bo’yicha huquq va erkinliklarga ega bo’lishi
shart;
 tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o’zi tomonidan ham, unig mol-mulki
asosida ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkinligi;
 xo’jalik yuritish erkinligini ta’minlovchi qulay iqtisodiy muhit va ijtimoiysiyosiy sharoitning mavjud bo’lishi;
 mulkchilik va o’zlashtirishning turli-tuman shakllari va turlarining
mavjudligi;
 tadbirkorning maxsus bilimga, ma’lumot va malakaviy tayyorgarlikka ega
bo’lishi. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari xilma-xil bo`lib, ular orasida
o’zining xo’jalik yuritish ko’lamini cheklangani bilan ajralib turuvchi kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik muhim o’rin tutadi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati bu
soha tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalar orqali namoyon bo’ladi. Bunday
vazifalarning turli-tumanligi esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining
jahondagi barcha mamlakatlar uchun ham, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan
alohida bir mamlakat uchun ham qandaydir darajada ahamiyat kasb etishdan darak
beradi.
Prezidentimiz bu borada Konstitustiyaning 18 yiligiga bag`ishlangan tantanli
marosimdagi ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidlagan edi: ”Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda
jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bilan o’rta sinfining
shakllanishiga va unga tobora mustahkam bo’lib borishiga erishmoqdamiz.
Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam- ya’ni o’rta sinf yurtimizda
amalga
oshirayotgan
islohotlarimizni
yanada
chuqurlashtirishdan,
mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko’p manfaatdordir. Shu
8
bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy
va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol
harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda . Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati, eng avvalo uning iste’mol bozoridagi
muvozanatini ta’minlash vazifasini ta’kidlash lozim.Uzoq yillik sobiq rejali
iqtisodiyot tajribasidan ma’lumki, o’ta darajada yiriklashgan ishlab chiqarish
ehtiyojlari va talab tuzilishidagi o’zgarishlarga qiyin moslashuvchan, harakatchanlik
borasida o’ta sust hisoblanadi. Bundan farqli o’laroq, kichik biznes va xususiy
tadbirorlik iqtisodiyotning eng moslashuvchan, o’zgarib turuvchi talabga tez javob
beruvchi sohasi hisoblanib, turli ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, iste’molchi
uchun zarur bo’lgan mahsulot va xizmatni yetkazib berish muammosini zudlik bilan
hal etadi. Shu bilan birga, ular aholi ehtiyojlarini o’zgarishi natijasida mahsulot
turlarini o’zgartirish va ishlab chiqarishga joriy etishni ishlab chiqarishga nisbatan
kam xarajat qilgan holda amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
ahamiyati, ayniqsa, ko’lami jihatidan katta bo’lmagan yangi bozorlarni
o’zlashtirishda yaqqol namoyon bo’ladi. Mavsumiy, milliy,mahalliy ahamiyatga
molik ba’zi mahsulot va xizmatlar talab hajmiga ko’ra yirik ishlab chiqarish uchun
ko’p ham istiqbolli hisoblanmaydi. Biz kundalik turmushda kerak bo’ladigan uyro’zg`or buyumlaridan tortib ularning ta’siri va shu kabi maishiy xizmatlarni
ko’rsatadigan korxonalarning rolini odatda to’la tasavvur eta olmaymiz. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy sohadagi xizmatlardan biri bu aholining
ish bilan bandlik darajasini oshirishdir. O’z navbatida mazkur vazifani ikkita asosiy
yo’l orqali bajarish mumkin: yangi ish o’rinlarini barpo etish va vaqtincha bo’sh
bo’lgan yoki ish bilan qisman band bo’lgan aholini ishga jalb etish, yoki boshqacha
aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi va
qo’shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi muvozanatni
saqlashga katta hissa qo’shish mumkin. Ushbu jihatlarni Prezidentimiz “Ichki
bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishga buguni kunda eng
dolzarb masalalardan biri bo’lmish, aholimizning, avvalambor, yoshlarni ish bilan
ta’minlash va shu asosda ularning munosib daromad topishi, farovonlikning oshib
9
borishiga erishishda ayni shu sohani tez va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish eng
asosiy omillardan biri ekanini hech unutmasligimiz darkor", deb ta’kidlab o’tganlar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlantirilishiga xo’jalik
yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi salbiy oqibatlarini bartaraf etishdagi
asosiy yo’nalishlar sifatida ham qarash mumkin. Jumladan, aynan ma’muriybuyruqbozlik tizimi davrida noto`g`ri yuritilgan ijtimoiy siyosat oqibatida yirik
shaharlarda ishlab chiqarishning haddan ziyod to’planishi, kichik shahar va qishloq
joylarida esa ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning past darajada qolishi tabaqalashuvni
keskinlashtirdi. Bundan yaroqsiz usul ayniqsa, mamlakatimizdagi ko’plab shahar va
qishloqlardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Respublika aholisining asosiy qismi qishloqlarda joylashganiga qaramay, mavjud
ortiqcha ish kuni uchun yangi ish joylarini tashkil etish muammolari hal etilmadi.
Shunga ko’ra, bu muammoni tezlik bilan hal etishning asosiy yo’llardan biri-kichik
korxonalarni, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishga va qishloq xo’jalik mahsulotlarini
qayta ishlashga ixtisosolashgan kichik korxonalarni tashkil etishdir.
10
1.2.Milliy iqtisodiyot hududlarida kichik biznes sohasining o’ziga xos
xususiyatlari
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi
bu jarayondagi eng muhim ustuvor yo’nalishlardan biri-kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinliklar berish bilan tavsiflanadi.
Bu toifadagi sub’ektlarga mustaqillik berish ularda faoliyatining yakuniy natijalari
uchun javobgarlik hissini yanada oshiradi, mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi muttasil
orta borishiga zamin bo’ladi.
Mintaqaviy rivojlanishni tartibga solishning ma’nosi davlatning alohida
hududlarning, birinchi navbatda ma’muriy-hududiy bo’linmalarning barqaror va
majmuali
ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini ta’minlash
borasidagi
harakatlari
tushuniladi. Bunda “Mintaqa” tushunchasiga aniqlik kiritish kerak deb, hisoblaymiz.
Mintaqa – avtonom respublika, viloyat, shahar, tuman, hudud bo’lib,
mamlakatning ma’muriy-hududiy bo’linishi va tabiiyiqtisodiy shart-sharoitlari
bo’yicha farqlanuvchi ma’lum bir qismi hisoblanadi .
Bundan kelib chiqqan holda biz “Mintaqa” va “hudud” terminlaridan
sinonimlar sifatida foydalandik. Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning
o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki, mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim
bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham
yetakchi o’rin tutmoqda.
Bunga asosan huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori
uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish masalalariga
jiddiy e’tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotida
ahamiyati tobora oshib borayotgan kichik biznes sub’ektlari xo’jalik yuritishning
shaxsiy manfaatdorlik, tashabbuskorlik va mulkiy javobgarlik tamoyillariga tayanib,
mulkchilikning turli shakllari teng huquqlilik va sog`lom raqobat asosida rivojlanib
borishiga asoslanadi. O’z mulkiga, etishtirgan mahsulotiga sohiblik hissiga,
11
ixtiyoridagi mol-mulk, moliyaviy va moddiy resurslarni mustaqil tasarruf etishiga
ko’ra, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to’la mos tushadi. Uning mamlakatdabandlik
muammosini
hal
etish,
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini
oshirishdagi
imkoniyatlari esa juda katta. Shularni inobatga olib, O’zbekistonda bu sohaning
rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Kichik tadbirkorlikning o’ziga xos
quyidagi xususiyatlaridan kelib chiqilmoqda:
 bozordagi talabga tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish
qobiliyati;  nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovar va
xizmatlarga bo’lgan talabni qondira olishi;
 dastlabki sarmoyasi nisbatan kichikroq hajmda ekanligi;
 tez orada yangi ishchi o’rinlari barpo etish hamda bandlik muammosini hal
etishga ko’maklashish imkoniyati;
 tegishli vazifalarni amalga oshirishda biznes egasi (tadbirkor)ning bevosita
ishtiroki. Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish
borasida bir qator ishlar amalga oshirildi: ulgurji va chakana savdo tizimi isloh
qilindi; kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo’linmalari tomonidan
xizmat
ko’rsatishning
samarali
tizimi
yaratilmoqda;
kichik
tadbirkorlik
sub’ektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda
tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda; tadbirkorlarni Davlat
ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning yengillashtirilgan va xabardor qilish tartibi
joriy etildi; birja savdolari orqali tadbirkorlarning moddiy-texnik resurslarni erkin
sotib olishiga qulay shart-sharoit yaratildi; mahsulot ishlab chiqaruvchi
korxonalarning mahsulotlarini majburiy standartlashtirish va sertifikatlash jarayoni
soddalashtirildi; soliq yukini pasaytirish va soddalashtirish choralari ko’rildi;
statistika va soliq hisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi; kichik tadbirkorlik
sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi; ish boshlovchi tadbirkorlar
uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va boshqa shakllardagi yangi moliyaviy
qo`llab-quvvatlash tizimi joriy etildi va boshqalar.
12
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kichik biznes korxonalari xususiy mulk
asosida tashkil etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, kichik biznesni qo`llabquvvatlash hamda tadbirkorlarning huquqlari va manfaatlarini himoyalash borasida
amalga
oshirilgan
ishlar
natijasida
iqtisodiyotning
bu
tarmog`i
tobora
mustahkamlanib, uning respublikamiz iqtisodiyotidagi o’rni, ish bilan ta’minlash va
mahsulot ishlab chiqarishdagi salmog`i yildan-yilga oshib bormoqda. 2011 yil
YaIMda kichik tadbirkorlikning hissasi 53,0 foizga yetdi.
13
1.3.Mintaqalarda kichik biznes sohasining davlat tomonidan qo`llab
quvvatlanishi
O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy
islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri, bu-kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarini rivojlantirish asosida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini keskin
oshirish, bandlik masalalarini hal qilish, 1aholi daromadlarini ko’paytirish hamda
milliy farovonlikni ta’minlashdan iboratdir.
Chunki, yirik ishlab chiqarish ob’ektlariga qaraganda kam sarmoya talab
qiladigan hamda turli o’zgarishlarga moyil bo’lgan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik
sub’ektlari
mahsulot
turlarini
yangilash,
ishlab
chiqarishni
modernizastiyalash va shu bilan birga, bozor kon’yunkturasining beqaror hamda
vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadigan iqtisodiy inqirozlari sharoitiga tez
moslashuvchandir.
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rag`batlantirilishi
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi strategik omillaridan biri
hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan bir qator qarorlar natijasida
boshlangan kichik biznes korxonalarini tashkil etish va uni rag`batlantirish jarayoni
keyingi yillarda iqtisodiyotimizda muhim ijobiy o’zgarishlarga olib kelmoqda.
Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash deganda, bir tomondan, davlat tuzilmalari
tomonidan kichik tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirishni rag`batlantirish
uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish tushunilsa, boshqa tomondan, unga
moddiy va moliyaviy resurslar kiritish ko’zda tutiladi.
Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash soliq solish, kreditlash, sug`urtalash va
investistiyalashdagi imtiyozli tartiblar va xokazolar shaklida namoyon bo’lishi
kerak. Bu holda, u boqimandalikni rag`batlantirish bo’lmaydi va kichik korxonalar
tomonidan doimiy holat yoki raqobatbardoshlik va rentabellikni oshirishning asosiy
manbai sifatida qaralmaydi. Zamonaviy sharoitlarda davlat ko’magining asosiy
tamoyili biznesni ma’muriy-direktiv boshqarishni asta-sekin qisqartirish va bozor
xo’jaligini barqaror yuritish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish bo’lmog`i
14
lozim. Davlat ko’magi tarmoqli xususiyatlar, shuningdek, xorijiy tajribani hisobga
olgan holda tadbirkorlikning raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun iqtisodiy va
huquqiy sharoitlar, omillar yaratish sifatida namoyon bo’lishi kerak. Tadbirkorlikni
davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning eng muhim vazifalari kichik korxonalarga
teng huquqlarni ta’minlash, kichik va yirikroq korxonalar o’rtasidagi xo’jalik
imkoniyatlari bo’yicha farqni imkon qadar kamaytirish.
Ya’ni raqobatli bozor munosabatlarida teng huquqlilikni, faoliyat turini erkin
tanlash va mustaqillik hamda ishbilarmonlikni namoyon etishning shakl va
usullarini erkin tanlash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda teng
imkoniyatlar yaratish, tadbirkorlarning huquqlari va javobgarligini, imkoniyatlari va
tavakkalchiligini aniq belgilashdir. Bunda ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik, siyosiy va
boshqa qulay sharoitlar mavjud bo’lsagina biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish
mumkin. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi xo’jalik yuritish
tizimini yaratishning bozor mexanizmlariga asoslanib respublikaning joriy va
istiqbolli rivojlanish
bosqichlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga erishish
vositasi hamdir. Iqtisodiy islohotlarning haqiqiy maqsadi-iqtisodiy o’sishga
erishish, aholining yuqori turmush darajasini ta’minlovchi samarali iqtisodiyotni
yaratish, O’zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatida real ishtirok etishini
ta’minlashdir. Davlatning iqtisodiyotga, shu jumladan, kichik biznes taraqqiyotiga
bevosita ta’sir ko’rsatishi davlat tomonidan shu sohaga taalluqli qonunlar yaratilishi
bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Tadbirkorlik to`g`risida» ,
«Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish», «Korxonalar
to`g`risida»11, «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish» 12
to`g`risidagi qonunlar shu yo’lda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar natijasidir.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, iqtisodiyotning ushbu sektorini
rivojlantirishning zarur me’yoriy-qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularni
samarali amalga oshirish mexanizmi shakllana boshladi va uni davlat tomonidan
keng miqyosda qo`llab-quvvatlash tizimi vujudga keltirildi. Iqtisodiyotni
15
erkinlashtirish jarayonida O’zbekiston Respublikasining “Erkin tadbirkorlik
faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi 13 qonuni va respublika hukumati tomonidan
boshqa ko’plab me’yoriy xujjatlari qabul qilinishi muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. Bunday chora-tadbirlar ijobiy natijalarini bera
boshladi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish,
ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport qilish, mavjud zaxiralardan tejamkorlik
bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarib,
aholi turmush farovonligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri
hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, makroiqtisodiy va ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash choratadbirlari amalga oshirilishi natijasida oxirgi yillarda kichik
tadbirkorlikning rivojlanishida ijobiy siljishlar ro’y berdi. Uning kelgusida ham
jadal sur’atlar bilan rivojlanishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor
vazifalaridan bo’lib qoladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tez sur’atlar bilan
rivojlanishini ta’minlamasdan barqaror iqtisodiy o’sish va ijtimoiy soha
muammolarini hal etish mumkin emas. Hozirgi kunga qadar mamlakatimizda
davlatning kichik biznesni qo`llab-quvvatlashi asosan quyidagi yo’nalishlarda
amalga oshirib kelindi:
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi
uchun lozim bo’lgan huquqiy-me’yoriy asos yaratildi;
kichik biznesning rivojlanishida ustuvorliklar belgilandi, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashning Dasturi ishlab chiqildi va joriy
etilmoqda;
 kichik biznesning rivojlanishiga yordam beruvchi bozor infratuzilmasiga
asos solindi;
 imtiyozli soliq, subsidiyalar, davlat va byudjetdantashqari fondlardan
beriladigan imtiyozli kreditlar, xalqaro moliya institutlari kreditlarini jalb etish
kichik biznes rivojlanishini rag`batlantiradi;
16
 huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliy valyutada mikrokredit
berish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda. Mamlakatimizda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun davlat
tomonidan belgilanayotgan soliq imtiyozlari etarli darajadagi rag`batlantiruvchi rol
o’ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada 2011 yilda kichik sanoat
korxonalari uchun yagona soliq to’lovi 7 foizdan 6 foizga pasaytirildi va 2012 yilda
5 foizga tushirilishi rejalashtirilmoqda, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd
etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.
17
II BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA
IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLARNI TAKOMILLASHTIRISH
2.1. Kichik biznesni ijtimoiy-iqtisodiy omillari
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama
rivojlantirib
borish,
iqtisodiyotni
xususan
bozor
munosabatiga
o’tishni
tezlashtiruvchi eng asosiy yo’llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni
davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus
ko’rsatish, uni rag’batlantirishga bag’ishlangan bir qancha qonun, farmon va
qarorlar qabul qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy
islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz
tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar
hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko’nikmalarida namoyon
bo’lmoqdaKichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanishi nafaqat
iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo’jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni
rivojlantirish va iste’mol bozorini to’ldirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy
maqsadlarni ham ta’minlamoqda. Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy
tadbirkorlikni yanada barqaror qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining
kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llabquvvatlash borasidagi
ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yichqo‘shimcha choratadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab
chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”
2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan.
Mamlakatimizni rivojlantirishni 2017-2021 yillarga mo'njallangan harakatlar
strategiyasida kichik biznes oldiga juda keng ko'lamli vazifalar qo'ydi. Ushbu
18
vazifalarni samarali tarzda yechish uchun kichik biznes sub'ektlarini boshqarishda
innovatsion faoliyatga katta ahamiyat qaratilgan. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish
uchun ham innovatsion tadbirkorlik bo'lishi kerak. Innovasion faoliyat tadbirkorlik
faoliyatining mohiyatini tashkil qilishi kerak. Sharafli nomga ega bo'lish uchun har
qanday shaxs o'z ustida ishlashi, yangiliklarni qidirish, yaratishi, izlanishi lozim.
Bozor iqtisodiyotidagi keskin raqobat kurashida engib chiqib, yashab qolaman
degan tadbirkor innovatsion faol bo'lishi, innovatsion boshqaruvni amalga oshirishi
kerak. Bu hayotiy zaruriyat hisoblanadi. Innovatsiya –bu raqobat qonunidir, bozor
iqtisodiyotining o'ziga hos hususiyati bo'lib, u-siz bozor tizimi hech qachon
rivojlanmaydi. 1-rasm. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish omillari. Faol
tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hamda innovasion faoliyatni jadal ravishda
qo'llash uchun turli salohiyatga ega bo'lgan kichik biznes faoliyati sub'ektlari
innovasion salohiyatini belgilashda quyidagilarga alohida e'tibor berishlari katta
ahamiyatga ega deb hisoblaymiz:
1.Rag'batlardan keng miqyosda foydalanish
2.Imkoniyatlardan foydalanish
3.Turli cheklovlar va to'siqlarni bartaraf etish (1-rasm). Kichik biznes
sub'ektini boshqarayotgan mulk egasi o'z foydasini orttirish yo'lida tinmay izlanadi.
Buning uchun, u sifatli, raqobatbardoshli yoki umuman yangi xil mahsulot turini
ishlab chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u o'zidagi texnologiyani
takomillashtiradi, innovatsiyalarni joriy etadi, ya'ni yangiliklarni qidiradi, topadi, o'z
korxonasida qo'llaydi. Ushbu harakatlarning barchasi ma'lum xarajatlarni talab
qiladi. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hamda innovasion faoliyatni jadal
ravishda qo'llash uchun turli salohiyatga ega bo'lgan kichik biznes faoliyati
sub'ektlari innovasion salohiyatini belgilashda quyidagilarga alohida e'tibor
berishlari katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz:
1. Rag'batlardan keng miqyosda foydalanish
2. Imkoniyatlardan foydalanish
19
3. Turli cheklovlar va to'siqlarni bartaraf etish (1-rasm). Kichik biznes
sub'ektini boshqarayotgan mulk egasi o'z foydasini orttirish yo'lida tinmay izlanadi.
Buning uchun, u sifatli, raqobatbardoshli yoki umuman yangi xil mahsulot turini
ishlab chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u o'zidagi texnologiyani
takomillashtiradi, innovatsiyalarni joriy etadi, ya'ni yangiliklarni qidiradi, topadi, o'z
korxonasida qo'llaydi. Ushbu harakatlarning barchasi ma'lum xarajatlarni talab
qiladi. Shu bilan birgalikda, katta xarajatlarni qilib, bozorga olib chiqilgan
mahsulotni bozorda yaxshi qabul qilmasliklari mumkin. U etarli miqdorda
sotilmasdan, qilingan xarajatlar qoplanmasligi mumkin. Mahsulotning biron-bir
hususiyati etarli darajada hisobga olinmagan bo'lishi mumkin. Shuning uchun har
qanday tadbirkor har qanday yangi ishni, innovatsiyani amalga oshirish uchun ko'p
marta o'ylashi, hisob-kitoblarni amalga oshirishi lozim. Shu bilan birgalikda.
tadbirkorni innovasion tavakkalchilikka etaklaydigan bir kuch bor. Bu bozordagi
raqobat kuchidir. Bozorda mahsulot ishlab chiqaruvchilar ko'pligidan, ular o'rtasida
kuchli raqobat kurashi mavjuddir. Har bir ishlab chiqaruvchi ko'proq mahsulot
sotishga harakat qiladi. Kimda-kim harakatni susaytirsa, xotirjamlikka berilsa,
raqobatda yutqazib qo'yishi mumkin. Bunday xavf har qanday tadbirkorga doimiy
ravishda yo'ldosh bo'ladi. Shu sababli, tadbirkorni innovasion faoliyatga undovchi
kuch bo'ladi. Ana shu narsa – innovasion rag'batdir. Kichik biznes sub'ektlarida
innovasion loyiha ustida shug'ullanish uchun ma'lum imkoniyatlarga ham ega bo'lish
talab qilinadi.Unda qandaydir o'ylab topilgan yangilik yoki ilmiy-texnikaviy faoliyat
natijasi bo'lishi kerak.Tadbirkor qandaydir ilmiy muassasaga topshiriq berishi, ichki
yoki tashqi bozordan tayyor lisenziya sotib olishi, patent tadqiqoti o'tkazishi
mumkin.Muammo bo'lsa, olimlar va tadqiqotchilar bu muammo ustida ishlaydilar
va echimini topishga harakat qiladilar. Shu sababli, tadbirkor o'z muammolarini
ilmiy-tadqiqot muassasalariga etkazishi lozim. Bunday ishlarning hammasi
tadbirkorda mablag'bo'lishini talab qiladi. Yaratilgan yangilikni joriy qilish uchun
ham mablag'bo'lishi kerak. Yirik innovatsiyalarni amalga oshirish uchun kichik
biznes sub'ektlarida mablag'etishmaydi. Shu sababli,kichik biznes sub'ektlario'zaro
birlashishlari mumkin. Shu yo'l orqaligina bunday cheklashlarni engib o'tishi
20
mumkin. Natijada yirik tadbirkorlik sub'ektlari tashkil topadi. Kichik biznes
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari
hajmining
uchdan
birini,
qishloq
xo’jaligi
mahsulotining
98
foizini,
investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Ko’pgina viloyatlarda eksportning 7090 foizi aynan kichik biznesga to’g’ri keladi.
1.Kichik biznes subyektlarining ro’yxatdan o’tish vaqti 30 daqiqani tashkil
etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish uchun faqat bir dona,
yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro’yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab
etiladi.
2.Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq
to’lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil
etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes subyektlari uchun yagona ijtimoiy
to’lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.
3.Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish
korxonalarga besh yil davomida ular ro’yxatdan o’tgan kunidagi soliq va majburiy
to’lovlar stavkasini qo’llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan
ko’proq yer maydoniga ega bo’lgan kichik korxonalar yagona yer solig’i to’lashi
belgilab qo’yildi.
4.Kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlash quyidagi yo’llar orqali
amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo’yicha kreditlar
berish; tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasining tadbirkorlik
faoliyatiga berilgan kredit mablag’larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat
banklari kreditlari bo’yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.
5.Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya
qilishga ma’sul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O’zbekistonda
kichik biznes subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi,
shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo’jalik huquqbuzarlik uchun
tadbirkorlik subyektlari ma’muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan.
21
6.Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlariga davlat
xizmatlarini ko’rsatuvchi “yagona darcha” tamoyili ostida faoliyat ko’rsatadigan
markazlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan.
Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi subyektlar uchun o’zlarining biznes
rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko’mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun
zarur ma’lumotlarni olishlari uchun “biznes-inkubatorlar” tashkil etilgan.
7.Respublika bo’yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo’yicha o’quv kurslari,
xususiylashtirilgan obyektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol
stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun
klasterlar tashkil etildi.
22
2.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish muhiti
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan
xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi
yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat
iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini
oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy
kafolatlar yaratildi.
Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi
31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot
tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha
oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan
daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy
yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni
yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Tadbirkorlik
subyektlarini
muhandislik-kommunikatsiya
davlat
tarmoqlariga
ro‘yxatidan
ulash
o‘tkazish
tartibi
sezilarli
va
ularni
darajada
soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun
davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100
kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat
turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat
xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy
etildi.
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga
aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy
erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo‘yicha choralar qabul
qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq
tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va
boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘layotgan, shuningdek, ishlab
23
chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik
tadbirkorlik subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish
taqiqlandi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes
subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun
imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi.
Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan
bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda.
Tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat
banklari bilan o‘zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma’muriy reglament
to‘liq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi ta’minlanmagan ko‘plab ruxsat berish tartiblari
hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga
noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy
va jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha amaliy mexanizm yaratilmagan.
Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini
liberallashtirish va chuqurlashtirish yo‘lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka
ko‘proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini
rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi,
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik
birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari deb hisoblansin:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha
byurokratik to‘siq va g‘ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini
qisqartirish va tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni
amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli
ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;
24
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va
nazorat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash,
hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish
mexanizmini ularni elektron tizim bo‘yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich
o‘tish orqali tubdan soddalashtirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda
boshqa to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning
samaradorligini
oshirishga
ko‘maklashadigan
qo‘shimcha
imtiyoz
hamda
preferensiyalar berish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan
o‘zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish,
tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan
kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga,
mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik
yangilashga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko‘paytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy
faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning
mahsulotlarini
tashqi
bozorlarga
olib
chiqishga
ko‘maklashish,
eksport
shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini hamda umuman bojxona
ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.
2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi
davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat
banklari bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipiga
amal qilinadi, ya’ni unga muvofiq, me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib
bo‘lmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, boshqa
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun
hujjatlariga ularda tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipini belgilashni ko‘zda
tutuvchi o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni puxta
25
ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. 2011-yilning 1-oktabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga
muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish
joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti
orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan
soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini
ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror
kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashga haqli.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF6218-sonli Farmoni tahririda
—
Qonunchilik
ma’lumotlari
milliy
bazasi,
30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi Aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan
birgalikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 2014-yilning
oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga
bosqichma-bosqich o‘tkazishni ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi
PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
6. Markaziy bank, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklarining
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va
liberallashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
26
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko‘rib
chiqish muddatini uch bank kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash;
xo‘jalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan
tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda
to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik
hujjatlariga tenglashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassasalariga
naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil
6-martdagi
PF-5684-sonli Farmoni tahririda
—
Qonun
hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston banklari
assotsiatsiyasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xalqaro moliya
tuzilmalari, xorijiy jamg‘armalar va banklar bilan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar
xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi
bo‘yicha ta’minotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha
kafolatlash fondini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga
kiritsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF5428-sonli Farmoniga asosan
o‘z kuchini
yo‘qotgan
— Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2016-yil
29-
yanvardagi PF-4774-sonli (O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 33-modda) va 2016-yil 15-
27
noyabrdagi PF-4856-sonli (O‘R QHT,2016-y., 47-son, 537-modda) formonlariga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
10. Xo‘jalik subyektlari o‘rnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha respublika hududiga olib
kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha
bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno)
to‘lashdan ozod etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda
quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin:
yuridik shaxslar uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash bilan
bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni bekor qilish, ayni paytda takroriy qonunbuzarlikka
yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subyektlarining mansabdor shaxslarining ma’muriy
javobgarligini ikki barobarga oshirish;
________________________
Lex.uz
28
2.3. Kichik va o`rta bizneslarni qo`llab- quvvatlash to`g`risida
Kichik
biznes
va
xususiy
tadbirkorlikni
rivojlantirish
jarayonini
jadallashtirish va davlat, xo‘jalik va jamoatchilik tuzilmalarining qulay tadbirkorlik
muhiti yaratish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash
davlat dasturi ma’qullansin (ilova qilinmoqda).
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va
tumanlar hokimliklari bir oy muddatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va
tasdiqlasinlar.
3. Davlat mulki qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat
dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini
ta’minlasin.
4. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
matbuot qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
Davlat mulki qo‘mitasi Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot
vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borishni ta’minlasinlar, respublikada
tadbirkorlik harakatini rivojlantirishni keng targ‘ib qilsinlar.
O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli,
barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy
davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta
o‘zgartirishlari qat’iy va izchil amalga oshirilmoqda.
Davlatga tegishli turar joy to‘liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln
kvartira aniq egalari qo‘liga tegdi. Kichik xususiylashtirish tugallandi. Savdo,
maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, uncha katta bo‘lmagan korxonalar amalda
to‘liq xususiy mulk qo‘liga o‘tdi. Agrofirmalar, dehqon xo‘jaliklari va nodavlat
mulk shaklidagi xo‘jalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga
29
qishloq xo‘jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Xususiy tadbirkorlik subyektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu
jumladan ulardan 220 mingdan ortig‘i yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari
bilan ishlamoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda.
Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln so‘mlik 342,1 ming aksiya sotildi. Ochiq
turdagi aksionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va
kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug‘urta kompaniyalari
respublikada o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda.
Mazkur
Davlat
dasturi
bozor
qayta
o‘zgartirishlari
jarayonlarini
jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada,
ayniqsa qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy
maqsadlari, vazifalari, yo‘nalishlarini belgilaydi.
Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik,
iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol
shug‘ullanish istagi “kasalligini” yuqtirish;
qishloq xo‘jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan
kishilarni ish bilan ta’minlash maqsadida qishloqda yangi ish o‘rinlari tashkil etish;
qishloqda bozor munosabatlari va infrastrukturani jadal rivojlantirish,
raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
xizmatlar hajmini, ayniqsa bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati
bilan bog‘liq ilm-fanni qo‘p talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish;
xo‘jalikni yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozor tovarlar bilan
to‘ldirilishini va ishlab chiqarishning eksportga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi
unchalik katta bo‘lmagan, moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy
korxonalarni joriy qilish.
30
Xulosa
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik
berish bilan tavsiflanadi. Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xatarlariga
qarshi chora-tadbirlarni belgilash, bu inqiroz mamlakatimiz 87 iqtisodiyotiga ta’sir
ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oqibatlarining oldini olish va qarshi
kurashish, “2009–2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralari dasturi”da
belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash bugungi kunda
barchamiz uchun ustuvor vazifadir. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlariga mustaqillik berish ularda o’z faoliyatining yakuniy
natijalari uchun javobgarlik hissini yanada oshiradi. Shu jihatdan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik (KBXT)ni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Mustaqillik
yillari mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilganligini qayd etish joiz.
Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiyiqtisodiy
holati sezilarli darajada yaxshilandi. Biroq, amalga oshirilgan ishlar ko’lamiga
qaramasdan Mintaqalarda bu sohada hali echimini kutayotgan muammolar ham bor.
Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining turli kesim (tuman,
tarmoq va tadbirkorlik shakli)larda rivojlanish tendenstiyalarini aks ettirish va
tartibga solishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar majmuini ishlab chiqish, ularning
ayrim hollardagi past darajadagi faoliyat samaradorligi, iqtisodiy rivojlanish
strategiyalari nomukammalligi dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Viloyatimizda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ancha ijobiy
o’zgarishlar bo’lishiga qaramasdan, quyidagi muammolar ham:
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik potenstiali to’liq darajada ochilmagan
va safarbar qilinmagan; uning tuzilmasi va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasi
o’sib borayotgan talablarga javob bermaydi;
 davlat nazorat organlarining korxonalar xo’jalik faoliyatiga noqonuniy
aralashuvi davom etmoqda;
31
 xizmatlar ko’rsatish sohasining rivojlanish darajasi va sifati aholining ortib
borayotgan talabiga muvofiq emas. Shuning uchun xizmat ko’rsatish va 88 servis
sohasida yuqori raqobat muhitini shakllantirish, xizmatlarning yangi turlarini,
ayniqsa qishloq joylarida, rivojlantirish;
 viloyatning eksport salohiyatini oshirishda kichik biznes korxonalarining
ulushini oshirish;
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini xar
tomonlama qo`llab-quvvatlash, ushbu asosda aholining ish bilan bandligi va
farovonligini oshirish;
 viloyatimiz tuman va shaharlaridagi sarmoyali tadbirkorlarni izlab topish,
ularga mahalliy xom ashyo salohiyatidan foydalangan holda uni qayta ishlash uchun
minitexnologiyalarni olib kelishga ko’maklashish;
 -korxonalarda eskirgan asbob-uskunalarni yangisiga almashtirish va
modernizastiya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tavakkalchiligi yuqori bo’lgan
shartnomalarini sug`urtalashni keskin oshirish;
 viloyatning investistion salohiyati va chet el investistiyasini kiritish
manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarni tayyorlab, chet el sarmoyadorlariga etkazish
choralarini ko’rish, bunda elchixonalar salohiyatidan, Internet tizimidan, axborot
texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish tizimini joriy qilish;
 tadbirkorlar tomonidan tanlangan zamonaviy uskunalarni sotib olish uchun
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, jamg`arma, lizing, faktoring va kredit
mexanizmlaridan foydalanib, moliyaviy muammolarni hal qilish. Viloyat
iqtisodiyotini modernizastiyalash sharoitida, xususan sanoatni taraqqiy ettirishda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi asosida quyidagi ilmiy xulosalar
olindi: Buxoro viloyatida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha
olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida bu soha sezilarli darajada taraqqiy
etmoqda. Jumladan, bunga respublikamizda qabul qilingan alohida qonunlar tizimi,
me’yoriy xujjatlar, ayniqsa, Davlat dasturi asosida yaratilgan xuquqiy- 89 meyoriy
32
bazasi zamin bo’ldi. Shu sababli, viloyatda bu toifadagi sub’ektlar soni yildan-yilga
o’sib bormoqda.
1. Oxirgi vaqtda Buxoro viloyatida kichik biznes korxonalarining eksportga
jo’natgan mahsulotlari nisbatan kamayib ketgan.
2. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish, ular
faoliyatiga aralashuvni keskin cheklash, hisobot topshirishni soddalashtirish, soliq
solish tartibiga bir qator o’zgartirishlar kiritilganligi, kichik biznes sub’ektlariga
kreditlar ajratish, ularga mikroiqtisodiy muhit borasida keng qulayliklar yaratitib
berilganligi viloyat tadbirkorlari uchun muhim voqea bo’lib, kichik biznes
sub’ektlarining viloyat ichki hududiy mahsulotidagi ulushining oshishiga sabab
bo’ldi.
3. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning kichik biznes va uni
moliyalashtirish yuzasidan tajribalarini atroflicha o’rganish va samarali bo’lgan
usullarni milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy qilish
dolzarb masaladir. Bu esa, o’z navbatida, O’zbekistonda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni izchil rivojlantirish, buning natijasida, mamlakat iqtisodiyotini
yuksaltirish va aholi turmush darajasini ko’tarishga muhim zamin yaratadi.
4.Ilmiy kuzatishlarimiz ko’rsatishicha, bugungi kunda kichik biznes
korxonalarini
qo`llab-quvvatlashning
bozor
infratuzilmasi
barpo
etilgan.
Infratuzilma muassasalarining maqsadi: axborot, maslahat, o`qitish, prognoz, tahlil,
ilmiy-texnika, moliyaviy (kredit resurslari) xizmatlar bilan ta’minlash orkali kichik
biznesni qo`llab-quvvatlash uchun ijobiy shart-sharoit yaratish va amalga oshirish
tavsiya etiladi.
5.Viloyatda kichik biznesni qo`llab-quvvatlash infratuzilmasining turli
shakllari va faoliyat ko’rsatish xizmatlari mavjud. Biroq bu iqtisodiy tizimning to’la
bozor munosabatlariga o’tishida muhim omil bo’lib xizmat qiluvchi moliya kredit,
birja va savdo vositachilik, tashqi iqtisodiy jabhalari yaxshi rivojlanmagan, chunki
bu xizmatlar markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimida amal qilmas edi. 90 Hozirda
esa kichik biznesga xizmat ko’rsatadigan infratuzilmalarni shakllantirib borishga
katta e’tibor berilmoqda.
33
6. Mahsulot ishlab chiqarish xajmining kengayib borishi, ichki va tashqi
bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi
munosabati bilan kichik biznes sub’ektlarining yangi texnika va texnologiyani tatbiq
qilishga, auditorlik xizmati, loyiha ishlari, huquqiy xizmat ko’rsatish, marketing,
transport xizmatlari, bozor kon’yunkturasini o’rganish xizmatlariga va boshqa
infratuzilma xizmatlariga extiyoji ortib boradi. Shuningdek, infratuzilmaning xizmat
ko’rsatish tarkibiy qismlari asosan yirik shaharlarda faoliyat ko’rsatadi. Kichik
biznes faoliyatini yanada rivojlantirish uchun viloyat va tuman markazlarida ham
axborot hisoblash xizmati va marketing markazlari tashkil etilishi lozim.
7.
Kichik
biznes
shakllarini
tashkil
etishda
ishlab
chiqarishni
zamonaviylashtirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun valyutaga sarf
qilingan xarajatlarni qoplay olish negizida, shuningdek bevosita chet el investistiyasi
negizida chet el kredit, zayomlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Respublikada
mablag` bilan ta’minlashning noan’anaviy usullarini jalb etish, iqtisodiy
yuksalishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 8. Infratuzilma kichik biznesni
rivojlantirishda muhim turtki bo’lib xizmat qiladi. Qaysi mintaqada infratuzilma
yaxshi tashkil etilgan bo’lsa, shu mintaqada yangi kichik biznes sub’ektlari ko’proq
paydo bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish joylarini yaratish va shu orkali ish
bilan bandlik muammosi bir qadar hal etilishiga erishishni, aholining real pul
daromadlarini ko’paytirish imkoniyatlari paydo bo’lishini, soliq tushumlarining
ko’payishini, mahalliy byudjet daromadlarining o’sishini, iqtisodiyotda sog`lom
raqobat muhitining yaratilishi hamda turli sektorlar orasidagi o’zaro aloqalarning
mustahkamligini ta’minlaydi.
34
Tayanch iboralar
Kichik va oʻrta biznes - mustaqil mulk egaligiga, xoʻjalik faoliyatini mustaqil
tashkil etishga asoslangan va oʻz tarmogʻida hukmron mavqe tutmaydigan biznes.
Turli mamlakatlarda K. va oʻ.b. subʼyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar
sifatida korxonada band boʻlgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi,
aktivlar, kapitallar, foyda miqdori va boshqa koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Mas,
AQShda koʻpgina tarmoqlarda ishlovchilar soni 100 kishidan, ishlov beruvchi
sanoatda 500 kishidan kam xodimlar ishlaydigan korxonalar kichik biznesga
kiritiladi.
Oʻzbekiston K. va oʻ.b. subʼyektlarini aniqlashda korxonada ishlovchilar soni
mezon qilib olingan. Kichik biznesga, mulk shaklidan qatʼi nazar, yiliga sanoat
korxonalarida oʻrta hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat koʻrsatish va boshqa
ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega
boʻlgan mikrofirmalar; ishlab chiqarish sohasida yiliga oʻrta hisobda 40 nafargacha,
qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 nafargacha, ilmfan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan
tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan kichik
korxonalar kiradi. Kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortiq, lekin ishlab
chiqarish sohasida 100 nafardan, qurilishda 50 nafardan, qishloq xoʻjaligi va boshqa
ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdo, xizmat
koʻrsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sox.alarda 20 nafardan oshmaydigan ish
bilan band xodimga ega boʻlgan korxonalar oʻrta biznes korxonalari hisoblanadi.
K. va u.b. rivojlangan va rivojlanayotgan har qanday mamlakat iqtisodiyotida
muhim ahamiyatga ega. K. va oʻ.b. sharoitga tez moslashuvchanlik bilan ajralib
turadi, uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab
qilmaydi. K. va oʻ.b. yirik biznes uchun qulay boʻlmagan sohalarda avj oladi. K. va
oʻ.b. kichik bozorlarda faoliyat olib borish, mahalliy resurslardan foydalanish,
ishsizlik muammosini xal qilish, mehnat unumdorligini oshirish, oʻrta mulkdorlar
qatlamini shakllantirish va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishda
muayyan afzalliklarga ega. Kichik korxonalar odamlarda sohibkorlik, tadbirkorlik,
35
mulkka
egalik
qobiliyatlarini
roʻyobga
chiqarish,
ularda
ishbilarmonlik
koʻnikmalarini hosil qilish va rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Oʻzbekistonda K.
va oʻ.b. tarixiy ildizga ega. Bu yerda azaldan hunarmandchilik rivojlangan.
Toʻqimachilik, kosibchilik, kulolchilik, amaliy sanʼat, ganchkorlik, temirchilik,
oʻymakorlik bilan shugʻulla-niladigan kichik-kichik ustaxona va doʻkonlar koʻp
boʻlgan. Oʻzbekistonda mavjud K. va oʻ.b. korxonalari sanoat, qurilish, savdo,
maishiy, tibbiy, transport xizmatlari koʻrsatish, ilmiy, texnikaviy axborot xizmati
sohalarida, qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatadi. K. va oʻ.b.ni qoʻllabquvvatlashga
xizmat qiladigan sugʻurta kompaniyalari, injiniring va lizing xizmati tashkilotlari
mavjud. K. va oʻ.b. korxonalariga koʻmaklashadigan Respublika va hududiy
miqyosda faoliyat olib boruvchi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi,
"Biznes-fond", "Madad" sugʻurta kompaniyasi tashkil qilingan. K. va oʻrta
korxonalar uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli kredit ajratish tizimi ham mavjud.
K. va oʻ.b. korxonalari fukarolar, oila aʼzolari va boshqa hamkorlikda mehnat
yurituvchi shaxslar, davlat, idora, jamoa, qoʻshma korxonalar, jamoat tashkilotlari,
shirkat, hissadorlik jamiyatlari, xoʻjalik uyushmalari, oʻrtoqlik tashkilotlari, yuridik
tashkilot maqomiga ega boʻlgan korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi
mumkin. Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan K. va oʻ.b. korxonalarining soni 202
mingtaga yetdi. Ularning 57,7% ishlab chiqarish, 42,3% noishlab chiqarish
tarmoqlariga toʻgʻri keladi. Ular ishlab chiqargan mahsulot mamlakat YAIMning
24,5% ni tashkil etdi, jami ish bilan band aholining 53% shu biznes sohasida ishladi
(2002). Oʻzbekistonda K. va oʻ.b. iqtisodiy va huquqiy munosabatlari Oʻzbekiston
Respublikasining "Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida"
(1999-yil 14-aprel) va "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"
(2000-yil 25-may) qonunlari bilan tartibga solinadi.
36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Resapublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2023.
2. Ashurova N.B, Atamuradov Sh. Korxona iqtisodiyoti va menejmant: O‘quv
qo‘llanma. (5320400 –Kimyoviy texnologiya) – Т.: 2019, - 311 b.
3. Ro‘ziyeva D.I Korxona iqtisodiyoti: Darslik. – T.: TDIU, 2022, - 266 b.
4. M.G‘.Umarxodjayeva, I.K.Yahyayeva. Ishlab chiqarish menejmanti: O‘quv
qo‘llanma. (5230200-Мenejment) – T.: 2019, - 309 b.
5. B.A.Abdukarimov, A.B.Bektemirov, M.Q.Pardayev Korxona Iqtisodiyoti:
Darslik. – T.: 2013, - 367 b.
Saytlar
1. https://uz.wikipedia.org
2. https://openai.com/
3. https://azkurs.org/
37
Download