Insonni tushinishga duolizm va monizm nuqtai nazaridan yondashuv. Reja: 1. Insonni tushinishga duolizm va monizm nuqtai nazaridan yondashuv 2. duolizm va monism haqida tushuncha 3. Bular mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri Mamlakatimizning ijtimoiy - siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar respublikamiz olimlari, faylasuflari va o‘qituvchiziyolilari oldiga Vatanimiz bunyodkorligi va taraqqiyoti yo‘lida hal qiluvchi hissa qo‘shishi lozim bo‘lgan yosh kadrlarni tarbiyalash, dunyoqarashini zamonaviy ilmfan bilan qurollantirish, yurt istiqboli uchun o‘z sohasining malakali mutaxassisi bo‘lib etishishini ta’minlab berishdek mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Insoniyat tarixining ko‘hna qadriyati, ilm-fan tizimining uslubiy asosi, inson ruhiy-ma’naviy, intellektual borlig‘ining noyob sarchashmasi bo‘lgan falsafa fani ushbu murakkab tarixiy jarayonda yosh avlodning hayotiy maqsad va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda dastur ul-amal bo‘lib xizmat qiladi. O‘zining uch ming yillik tarixi bilan falsafa fani olam va odam, jamiyat va inson, borliq va bilish muammo hamda munosabatlari qonuniyatlarini talabalarimiz bilim, ko‘nikmalari orqali real hayotga yo‘naltiradi. Katta hayot yo‘lidagi murakkab vaziyatlarda falsafa fani bilim va ko‘nikmalari masalaning echimini izlash, hodisalardan mazmun va ma’no qidirish, kelajak uchun kuch va ichki quvvat topishga yo‘l ko‘rsatadi. Qolaversa falsafa demokratik jamiyatning ma’naviy hayotini, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, huquqiy va boshqa sohalari taraqqiyotini belgilovchi muhim omil sifatida taraqqiyotning metodologik strategiyasi vazifasini bajaradi. Sohaning rivoji uchun falsafiy dunyoqarash asoslarini puxta egallash, olam va inson mohiyatini falsafiy bilish, borliq va bilishning eng umumiy tamoyillarini o‘zlashtirish talab etiladi. Falsafiy tafakkur va dunyoqarash buyuk ilmiy kashfiyotlar uchun keng yo‘l ochar ekan, ilm-fan, san’at, siyosat tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk olim va daholarning barchasi falsafiy fikrlash malakasi va madaniyatiga ega bo‘lganliklari uchun katta yutuqlarga erishganlar. Ularning barchasi o‘zlarining ilmiy, axloqiy, siyosiy, huquqiy, badiiyestetik g‘oyalari bilan falsafiy tafakkur rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ilm-fan, tafakkur tarixi va falsafa hamisha birbirini qo‘llab-quvvatlagan. Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish bo‘lib, bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini subektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi. Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishida namoyon bo‘ladi. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, yani borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi. Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir. Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish barcha tirik mavjudodlarga xos bo‘lsa xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat insongaga xos xususiyatdir. Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi. Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi. Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Dunyoqarashning xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, manaviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining manaviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi.. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi. Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslari uzviy bog‘liq bo‘lib, ular har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi. Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi. Dunyoning birligini bitta substansiyadan kelib chiqib tushuntiruvchi falsafiy ta’limotlar monizmga kiradi. Biroq substansiya har xil tushunilishi: yo unda inson ongidan qati nazar mavjud bo‘lgan haqiqiy dunyo negizini ko‘rish, yo uni ongni yaratgan dunyo bilan tenglashtirish, ya’ni substansiyada materiya yoki ruhni ko‘rish mumkin. Bunga mos ravishda materialistik va idealistik monizmni farqlash lozim. Monizmga ikki substansiyaning mushtarakligi g‘oyasidan kelib chiqadigan dunyoning dualistik talqini qarshi turadi. Birinchi substansiya moddiy borliq sohasini, ikkinchi substansiya – ruhiy sohani birlashtiradi. Substansiyaning faolligi va o‘ziga xosligi haqidagi falsafiy g‘oyadan dunyoning atributliligi muammosi kelib chiqadi. Atribut tushunchasi obektning zarur, ajralmas, muhim xossasini qayd etadi. Ayrim falsafiy tizimlarda harakat materiyaning muhim atributi hisoblansa, ayrim tizimlarda – makon va vaqtning ko‘lamliligi yoki tafakkur va hokazolar shu vazifani bajaradi. Barcha hollarda harakat muammosini echishga to‘g‘ri keladi. Bunda harakat deganda har qanday o‘zgarish tushuniladi. Elementar zarralarning bir-biriga o‘tishi, moddiy dunyoning kengayishi, organizm hujayralarida moddalar almashinuvi, tafakkur jarayoni – bularning barchasi harakatdir. Dunyo harakatsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Boshqacha aytganda, harakat dunyo kabi mutlaq va abadiydir. Harakat turlarining rang-barangligi makon va vaqt kabi umumiy shakllar orqali yaxlitlik kasb etadi. Makonda sistemalar, makrosistemalar va megasistemani tashkil etuvchi struktura elementlari va strukturalarning sinxron o‘zaro aloqasi qayd etiladi. Vaqtda sistemaning diaxron o‘zgarishi, rivojlanishi va buzilishi qayd etiladi. Makon va vaqt – borliqning umumiy shakllari, uning muhim atributlari. Dunyoda makon va vaqt xossalariga ega bo‘lmagan moddiy tizimlar mavjud emas. Makon barcha moddiy tizimlardagi elementlarning ko‘lamliligi, strukturaliligi, mavjudligi va o‘zaro aloqasini tavsiflaydi. Vaqt – materiya borlig‘ining materiya mavjudligining davomiyliligi, moddiy tizimlar o‘zgarishi va rivojlanishida holatlar almashuvining ketma-ketligini ifodalovchi shakldir. Makon va vaqtning umumiy xossalariga quyidagilar kiradi: obektivlik, harakatlanuvchi tizimlarga bog‘liqlik, uzluklilik va uzluksizlik, cheksizlik (vaqtning cheksizligi) va cheklilik (makonning cheklanganligi). -falsafada (muayyan fanlardan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu erda fikrlar rang-barangligi meyor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo‘ladi; -falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzilkesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning subektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat etibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi; -falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi); -falsafa aniq prognoz bera olmaydi, yani u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo‘q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas. Falsafaga milliylik xos, fan esa jamoa mehnati mahsuli sifatida dunyoviy ahamiyatga ega. Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko‘p sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi. Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va yerda hayotning davom etishi uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o‘rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan faylasuflar avvalo yer yuzida talimning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni echishda falsafa ham o‘z rolini o‘ynashi lozim. Hamonki plyuralizm falsafada meyor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, yani qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o‘zlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin? Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va o‘tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni o‘rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni o‘rganishini nazarda tutmog‘i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o‘rgatish, u o‘z shaxsiyatining ahamiyatini ko‘rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha odamlar o‘ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi. Bu juda topib aytilgan so‘zlar falsafani fan sifatida o‘rganish, uni bilimlar, tayyor qoidalar va tariflarning muayyan yig‘indisi sifatida o‘zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga talim berishda paydeyya yo‘lini tanlash – unga «nimani ko‘rish lozimligi»ni emas, balki «qaerga va qanday qarash kerakligi»ni o‘rgatish lozim. O‘z-o‘zidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o‘quvchi va o‘qituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib bo‘lmaydi, falsafa esa o‘zining sof ko‘rinishida yo‘qoladi, «havoga sovuriladi», pirovardda kimdir bayon etadigan, kimdir “o‘tishi”, o‘rganishi va qolaversa, imtihon topshirishi lozim bo‘lgan “fan”gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan talim berish va uni o‘zlashtirish zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim. Bunday qarashlarga zid o‘laroq, materiyani birdan-bir substansiya sifatida etirof etuvchi materialistik monizm tarafdorlari dunyoning birligini uning o‘zidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladilar. Bunda ular dunyoga o‘z borlig‘ini saqlash uchun hech kim va hech narsaga muhtoj bo‘lmagan, borliqning butun rangbarangligini o‘zidan yaratuvchi deb qaraydilar. Ayni holda echishga to‘g‘ri keladigan eng og‘ir vazifa bugungi kunda (balki umuman) o‘rganilgan mikrodunyo va anglab etilgan Koinotning muttasil surilib borayotgan chegaralari ortiga nazar tashlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan holda dunyoning Cheksiz ligi (yoki chekliligi)ga shak-shubhasiz dalillar keltirishdan iboratdir. Dualizm. Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) deb ataladi. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aqlidrokning alohida o‘rnini aniqlash hamda takidlashga harakat qilgan. Uning zamondoshlari – marifatli absolyutizm g‘oyalarining tarafdorlariga tasiri juda katta bo‘lgan. X.Volfning falsafaga oid qo‘llanmalari barcha o‘quv yurtlarida o‘qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet talimining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan. Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida o‘rin oldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substansiya o‘z atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko‘lamigagina ega. U mutlaq bo‘shliqni istisno etadi, harakatlanish, yani jismoniy zarralarni bo‘lish, joydan-joyga ko‘chirish va o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Manaviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o‘zining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi o‘ziga xos ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. U ruhiy substansiyaning butunlay jismsizligini etirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo‘lsa-da, uning g‘oyalarida o‘rta asr falsafasidan meros qolgan «substansiya» atamasining alohida narsani tushunish uchun qo‘llanilishiga, shuningdek, u ikki muhim universal va Cheksiz substansiya – fikrlash va ko‘lamni alohida erkin maqomga ega, deb elon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – «men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida tan olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substansiyaning uzviyligini va har bir «Men», yani aqlli jonzotga bevosita, ko‘lamli substansiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substansiya (aql) metafizikaning o‘rganish predmetini, ajraluvchi substansiya (ko‘lam) esa fizika predmetini tashkil etadi. Biroq, ikki substansiya – manaviy va moddiy substansiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtai nazardan noto‘g‘ri va ratsional manoda juda ko‘p qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Fikrlash va ko‘lamga ikki substansiya tarzida, yani birbiriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o‘z harakatlarida qanday uyg‘unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-etiboriga ko‘ra, substansiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o‘z ichiga oluvchi va o‘zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo‘lmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon bo‘lgan. Fransuz faylasufi J.Lametri o‘zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U o‘zida tajriba o‘tkazgan – bezgak kasalligiga chalingach, uning kechishini kuzatgan, pirovardida, insonning ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bog‘liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistikmaterializmni himoya qilib, Cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy substansiya mavjud, degan g‘oyani ilgari surgan. Substansiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo‘ladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining o‘zi tashqi jismlarning miyaga tasiri bilan bog‘liq. Shu sababli aynan tashqi dunyo insonning Asosiy adabiyotlar 1.Abdulla Sher. Estetika.Darslik. -Toshkent: O’zbekiston, 2016. 2.Abdulla Sher.Axloqshunoslik.Darslik. - Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010 3.Osnovi filosofii. Uchebnik. Izdanie 2-ye, pererabotannoe, dopoln. /Pod.red. M.A.Axmedovoy, B.C.Xana V.S.Xana. – T.: Mehnat. 2004. 4.Po’latova D, Izzetova E. Filosofiya. - T.: Sharqshunoslik, 2012. 340-b 5.Saifnazarov I i dr. Filosofiya.- T.: 2002.