RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Kompyuter arxitekturasi fanidan Mustaqil ish Mavzu: Parallel kompyuterlar: umumiy va ajratilgan xotirali multiprotsessorlar va multikompyuterlar. Bajardi: 241\21-guruh talabasi Xalilov Jasurbek Tekshirdi: Kaxxarov Alixon TOSHKENT – 2023 Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. 1. Parallel kompyuterlar 2. Zamonaviy kompyuterlarning sinflari, tarkibi va imkonyatlari katta kompyuterlar sinfi. 3. Multiprosessorlar va ultikompyuterlar. 4. Shaxsiy kompyuterlarning imkonyatlari. III. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi. Shu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalaring ishlab chiqarishga, iqtisodga, biznesga, va o’qitish jarayonlarga tatbiqi tobora kengaymoqda. Har bir inson o’z faoliyatida kompyuterlardan unumli foydalana bilishi zarur bo’lib qoldi . Men quyida zamonoviy kompyuterlarning sinflari, tarkibi va imkonyatlari haqidagi ma’lumotlarga to’xtalib o’taman. Dastlabki EHMlarning yaratilishi davrida, mashhur matematik Jon fon Neyman 1945-yildayoq kompyuter qurilmalari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda universal va maqbul bo’lishi kerakligini aytib o’tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman printsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar ma zkur printsip asosida ishlaydi. Fon Neyman printsipiga ko’ra kompyuter quydagi qismlardan tashkil topgan bo’lishi lozim: Arifmetik- mantiqiy qurilma –arifmetik va mantiiqiy amallarni bajaradi. * Boshqarish qurilmasi - dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi va barcha boshqaruv vazifalarini bajaradi. * Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira – ma’lumot yoki dasturlarni o’zida saqlaydi. * Tashqi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni taminlaydi. Hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkonyatlari hozirgi kunda behisob desak adashmayman.Shunday imkoniyatlarga Pentium kompyuterlari ham egadir. Bu kompyuter mashhur Inernational Business Mashines Corporation korxonasining mahsulidir. Shaxsiy kompyuterlarning ommalashishida mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi intel va MS DOS, Windows-95, Windows-98, Windows- 2000, XR, MS Word, MS Excel va boshka amaliy dasturlarni yaratgan, hamda rivojlanayotgan Microsoft firmasining munosib ulushi bor.Turli sohalarda qo’llanilish uchun kompyuterlar albatta zamonaviy va kuchli bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun men kompyuter sinflarini ham keltirib o’taman, mavzuimning dolzarbligi ham aynan shunda: Parallel kompyuterlar Zamonaviy kompyuterlarning sinflari, tarkibi va imkonyatlari Katta kompyuterlar sinfi Elektron hisoblash mashinalarning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo’lsak biz bilamizki EHMlarni yaratilishi va elementli asoslariga ko’ra quydagi avlodlarga bo’linadi: 1-avlod:1950-yil: Elektron vakum lampalarda ishlovchi EHM; 2-avlod:1960-yil:Yarim o’tkazgachli asboblarda(tranzistorlarda) ishlovchi EHM; 3-avlod: 1970 -yil: Kichik va o‘ta yuqori darajali integratsiyasi bo’lgan yarim o‘tkazgichli integral sxemalarda ishlovchi EHM; 4-avlod:1980-yil: Katta va o‘ta katta integral sxemalarda ishlovchi EHM; 5-avlod:1990-yil: Bilimlarni kayta ishlaning samarali tizimlarini ko‘rishga imkon beruvchi, bir qancha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlari bo’lgan EHM; bir paytda o‘nlab izchil buyruqlarni bajaruvchi, paralel-vektorli tuzilmasi bo’lgan o‘ta murakkab mikroprotsessorlarda ishlovchi EHM; 6- va undan keyingi avlodlar: ommaviy parallelizm va neytron tuzilmali- neytron biologik tizmlar tuzilishini modellashtiruvchi, uncha murakkab bulmagan mikroprotsessorlar ko‘p-ko‘p sonli taksimlash tarmogi bo’lgan optoelektronli EHMlardir. EHMlarning xar bir avlodi oldingisiga karaganda juda kup muhim xususyatlarga ega jumladan, EHMning ish samaradoligi va barcha yodda tutuvchi moslamalar sig‘imi odatda ortiq bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra EHMlar uch guruhga bulinadi: universal, muammoli yunaltirilgan va ixtisoslashgan EHM. Universal EHMlar turli matematik, axborot va muxandislik-texnik boshqa, vazifalar: algoritmlar iqtisodiy, murakkabligi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash hajimlarining kattaligi bilan ajralib turuvchi vazifalarni xal etish mo‘ljallangan. Ular ommaviy foydalaniladigan hisoblash markazlari va boshka qudratli hisoblash komplekslarida foydalaniladi. Muammoli-yunaltirilgan EHM odatda tenologik ob’ektlarni boshqarish; nisbatan uncha katta bo‘lmagan ma’lumotlar hajimlarini ro’yxatdan o‘tkazish, to‘plash qayta ishlashga nisbatan uncha katta bo‘lmagan algoritmlar hisob-kitobini bajarish bilan bog‘lik ancha tor doiradagi vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi; ular universal EHMga nisbatan cheklangan apparat va dasturiy resurslarga ega buladi. Muammoli yunaltirilgan EHMlar turli-tuman boshqaruv hisoblash komplekslarini misol qilib keltirish mumkin. Ixtisoslashgan EHM tor doiradagi vazifalarni xal etish yoki qatt’iy belgilangan guruhdagi vazifalarni amalga oshirishda foydalaniladi. EHMning bunday tor doirada yunaltirilishi ular tuzilmasini aniq ixtisoslashtirish, ish faoliyatining yuqori samadorligi va ishonchliligini saqlagan holda ularning murakkabligi va tan narxini ancha kamaytirishga imkon beradi. Ixtisoslashgan EHMlarga, masalan, maxsus vazifali mikroprotsessorlar; ayrim nomurakkab texnik qurilmal ari, agregatlar va jarayonlarni boshqarish sohasida mantiqiy vazifalarni bajaruvchi adapter va kontrollerlarni misol qilib keltirish mumkin. EHMlarni hajmi va funktsional imkonyatlariga ko‘ra o‘ta katta (superEHM), katta, kichik, o‘ta kichik (mikro)- EHMlarga bo‘linadi. Dastlab katta EHM paydo bo’ldi, uning elementli bazasi elektron lampalardan to o‘ta yuksak integratsiya darajasidagi integral sxemalargacha bo’lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Katta EHMlar xorijda ko‘pincha meynfermlar( mainframe) deb atashadi quydagi xususyatga ega bo‘lishi lozim: § ishlab chiqarish samaradorligi 10 MIPS( sekundiga million operatsiya) dan katta bo’lmagan; § asosiy xotira sig’imi 64 dan 10000 Mbaytgacha bo’lgan; § tashqi xotira hajmi 50 Gbaytdan kam bo‘lmagan; § ko’p(kishi) foydalanadigan ish rejimi (bir paytning uzida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchiga xizmat qiladi). 1970-yillarda kichik EHMlarning paydo bo‘lishiga bir tomondan, elektron element bazasi sohasidagi tarakkiyot, boshqa tamondan katta EHM reurslarining taqchilligi tufayli shart-sharoit yaratildi.1969-yilda kashf etilgan mikroprotsessor(MP) 70-yillarda EHMning yana bir sinfi mikroEHM paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirda mikroprotsessorlardan EHM barcha sinflarida foydalanilmoqda. - SERVERLAR. EHMlarnig alohida jadal rivojlanayotgan guruhini hisoblash tarmoklarida ko‘p foydalanuvchi tomonidan foydalanadigan kompyuterlar serverlar hosil qiladi. Server (Server) - Bu tarmoqning barcha ishchi stantsiyalar surovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan surovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko’p foydalanuvchili kompyuter bo’lib, u Bu stantsiyalarga umumiy tizim (Hisoblash quvvatlariga, ma’lumotlar resurslariga bazasiga, dasturlar kutubxonalariga, printerlarga, fakslarga va boshqalarga) murojaat etish imkonini beradi va Bu resurslarni taqsimlaydi. Server uzining tarmoqli operatsion tizimiga ega bo‘lib, tarmoq barcha bo’g‘inlarining ishi uning boshqaruvi ostida o‘tadi. Serverga qo‘yiladigan eng muhim talablar ichida yuqori ish unumdorligini va ishonchligini ajratib o‘tish lozim. Ishchi stantsiyalarga tarmoq resurslarini taqdim etishdan tashqari, serverning o‘zi ham mijozlarning so‘rovlari bo‘yicha ma’lumotlarni mazmunli kayta ishlashni bajarish mumkin-bunday serverni kupincha qo’shimcha (ilovali) server deb atashadi. Server tarmoqda ko‘pincha ixtisoslashtiriladi.Ixtisoslashgan serverlar ma’lumotlar bazasini va ma’lumotlar arxivini yaratish va boshqarish, ko‘p adressli faksimal aloqa va elektron pochtani qo‘llash, ko‘p foydalanuvchili terminlarni (printerlar, plotterlarni va boshqalar) boshqarish bo‘yicha tarmoq ishidagi eng zaif joylarni bartaraf etish uchun ishlatiladi. Superkompyuterlar . Superkompyuterlar(EHM) sekundiga 100 milliondan 10 millardgacha operatsiyani tezkor bajaruvchi qudratli ko‘p protsessorli hisoblash mashinasidir.Superkompyuterning 2000-yildagi namunaviy modeli, ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi xusuyatlarga ega bo‘lishi lozim: § Taxminan 100000 MSLOPS (erkin vergul ustida sekundiga million operatsiya) tezlikda ishlovchi yuqori paralell ko’p protsessorli hisoblash tizimi; § Sig’imi: operativ xotira 10 Gbayt, diskli xotira 1-10 Tbayt (1Tbayt1000 Gbayt); § Razryadlik 64; 128 bit. Hozir dunyoda bir necha ming superEHM mavjud. Ular orasida oddiy ofisli Cray EL dan to qudratli Cray 3,4,5, Fujistsu(yaponiya) firmasining VP- 2000, Simenis(Germaniya) firmasisining VPP-500 va boshqa ko’plab superEHMlari bor Kichik kompyuterlar sinfi Shaxsiy kompyuterlar (ShK)- hammaboplik va qo’llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi bir kishi foydalanadigan mikroEHMlardir. Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universal qo’llash talablarini qondirish uchun quyidagi xususyatlarga ega bo’lishi lozim: ¨ indivudal xaridor uchun mos keladigan narxlarda; ¨ atrof muxit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi; ¨ tuzilishi boshqarish,fan, ta’lim, turmush sohalarida qo’llanishlarga moslashuvchanligi; ¨ foydalinuvchilarning maxsus, kasbiy tayyorgarliksiz ishlas hi imkoniyatini beruvchi operatsion tizmlar va boshqa dasturiy ta’minotlar do’stligi; ¨ Ishlashning yuqori darajada ishonchligi ( 5000 soatdan ortiq buzilmasdan ishlashi); Shaxsiy kompyuterlarni bir qator belgilariga qarab tavsiflanishi mumkin. Avlodlarga qarab ShK quydagilarga bo’linadi: § 1-avlod ShK-8 bitli mikroprotsessorlardan foydalaniladi; § 2-avlod ShK-16 bitli mikroprotsessorlardan foydalaniladi; § 3-avlod ShK-32 bitli mikroprotsessorlardan foydalaniladi; § 4-avlod ShK-86 bitli mikroprotsessorlardan foydalaniladi; Protativ kompyuterlar Protativ kompyuterlar eng qudratli va yirik ko’chma shaxsiy kompyuterlardir. Ular ko’pincha chemodan shaklida tayyorlanadi va og’zaki tilda ko’chmanchi deb ataladi. Ularning xusuyatlari ko’chmas ShK lar ishchi stantsiyalar xususiyatiga o’xshashdir: kuchli mikroprotsessorli, ko’pincha RISC turidagi, 300 MGts.gacha bo’lgan taktli chastotali, 64 Mbaytgacha sigimdagi operativ xotirali, gigabaytli diskli jamgaruvchilarga xarakatlanuvchi interfeys ega, va 4 Mbayt qudratli qadar videoxotirali videoadapterlari tez bo’lgan kompyuterlardir. Mohiyatiga ko’ra ular tarmoqdan ta’minlovchi oddiy ishchi stantsiyalar, biroq tashqi qobig’i(korpusi) ko’tarib yurish uchun qulay qilib tayyorlangan va boshqa ko’chma ShK lar kabi VGA sinflaridan yuqori bo’lmagan yassi suyuq kristalli videomonitoriga ega. Ular odatda modemlarga ega va hisoblash tarmog’ida ishlash uchun aloqa kanallarga tezkor ulanishi mumkin. Bir xil ko’chma kompyuterlar ayniqsa multemidia vositalari mavjud bo’lganda joylarda borib foydalanish samarali, biroq ko’chmas variantini ish stolini tejab, muvaffaqiyatli qo’llash mumkin. "Lap Top"tipidagi protativ(tizmaband) kompyuterlar "diplomat " hajmdagi kichik chemodonlar ko’rinishida tayyorlanadi, ularning og’irligi odatda 5-10 kg atrofida bo’ladi. Zamonviy "Lap Top" larda ko’pincha katta taktlichastotali(200MGts,gacha) Pentium, Pentium Pro mikroprotsessorla rdan foydalaniladi; operativ xotirasi 64 Mbaytgacha bo’ladi; sig’imi 1200 Mbaytgacha bo’lgan sig’imli qattiq diskda jamlovchisi mavjud; CD ROM va boshqa multemidia ta’minotidan foydalanish mumkin. Shaxsiy kompyuterlarning tarkibi va qo`shimcha qurilmalari IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuterlar quydagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan. Sistem blok (tizimli kism) - kompyuter ishini boshqarishni ta’minlaydigan asosiy qism hisoblanadi; Tizmli qism tarkibiga quydagilar kiradi: Mikroprotsessor- kompyuterning arifmetik logik amallarni va boshqarish amallarini bajaradi. Mikropotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega . Uning tezligi sekundiga 100 million amalgacha va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Joriy xotira (operativ xotira) –kiritiluvchi ma’lumot va dasturlarni xotirada saqlaydi. Kompyuter o‘chirilishi bilan joriy xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi. Qattiq magnitli disk (vinchester) yoki yupqa disk jamlovchilari ma’lumotlarni o‘qish va yozishni ta’minlaydi. Qattiq disk kompyuterda ishlanadigan dasturlar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun qo‘llaniladi. Ular Operatsion sistema dasturlari, tahrirlagichlar, dasturlash tizmlari, amaliy dasturlar, ma’lumotlar va hokazolar saqlanadi Qattiq disklarning hajmi turlicha bo‘ladi: IBM PC XT da - 20 Mbayt, IBM PC AT da - 40 Mbayt, 80386SX, 80386DX, 80486SX mikroprotsessorlari kompyuterlarida - Mbaytgacha, 80486DX da 120-540,640,850, Mbaytgacha. 110-120 Murakkab ishlar uchun 1-2 Gbaytli va undan ortiq hajmdagi qattiq disklar mavjud. Zarur xolatda qattiq diskni kattaroq hajmdagisiga almashtirish yoki bir necha diskdan foydalanish mumkin. kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish Disketlar ma’lumotlarni bir va ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Asosan 5,25 va 3,5 dyumli isketlardan foydalaniladi. 3,5 dyumli (89 mm) disketlar hajmi 0.72, 1.44, va 2.88 Mbayt. Ular ishonchli, chunki qattiq plastmas qobiq ichida joylashgan. Hozirgi kunda 3.5 dyumli disketlar ko‘proq tarqalgan. 5,25 dyumli disketlarni maxsus ximoya tirqishi bor, agar u bekitilsa , disketga ma’lumot yozish mumkin bo‘lmaydi. 3,5 dyumli disketlarda bu vazifani disket pastki chap qismida joylashgan maxsus tugmacha bajaradi. 360 Kbaytli disketa 2 intervalda bosilgan 200 betli ma’lumotni saqlash mumkin. 5,25 dyumli disketlarni ehtiyotlik bilan ishlatish lozim , ochik qismlariga qo‘l tekkizmaslik , maxsus konvertlarda saqlash zarur.Programmalar kundan-kunga murakkablashishi va hajmi oshishi bilan ularni saqlash uchun maxsus disklar yaratilishi zarurati tug‘ildi. Shuning uchun lazerli CD-ROM disklari yaratildi. Bu qurilma haqida yana to’xtalamiz. Elektron sxemalar(yoki kontrollerlar) kompyuterga kiruvchi (monitor,klaviatura va xokozolar) turli qurilmalar ishini boshqarish. Kiritish-chiqarish porti orqali protsessor(tizimli qism) tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashinadi. Ichki qurilmalar bilan muloqot almashivu uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga printer, sichqoncha ulanish mumkin. Umumiy portlar ikki xil bo‘ladi: paralell - LTP1-LTP4 bilan belgilanadi va ketma-ket COM1- COM3 bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish-chiqishni ketmaket portga nisbatan tezroq bajaradi. Monitor (displey) – matn yoki grafikli ma’lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. U ikki xil rejimda ishlashi mumkin: matnli va grafikli. Matn rejimida displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustun 25 satrga bo’linadi. Shu maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu belgilar katta va kichik lotin xarflari, sonlar va yordamchi belgilar - ~ ! @ # $ % ^ & * ( ) _ Q | { } ? G’ ; : , < . > bo’lishi mumkin. Grafik rejimda ekranga matnli ma’luotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar xam chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o’lchamga ega bo’ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar to’plamidan iborat. Masalan, 640x200 imkonyatli monitor ekranda gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 nuqtani tasvirlaydi.Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi. Quyida Monitor bazi turlari keltirilgan. Adapter Rangi Matnli MDA Ok-kora 80x20,2 Grafikli ta rang CGA Rangli 640x200,2 ta 640x200,2 ta rang 80x25,16 tarang, rang 323x200, 4 ta rang Hercules Ok-kora 80x25,2 ta rang EGA Rangli 720x348, 2 ta rang 80x25,16 640x350,16ta tarang, rang 80x43, 16 ta rang VGA Rangli 80x25,16 ta rang SVGA Rangli 640x480,16ta rang 80x25,16 rang ta 800x600,16ta rang Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarda asosan SVGA monitorlari bilan, NOTBOOKlar esa suyuq kristalli monitorlar bilan ta’minlangan. Texnologik qism Klavitura – axborotlarni va buyruqlarni kiritishda ishlatiladi. Klaviaturada tugmalar soni va joylashishi turli xil bo’lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi. Klavitura qurilmasini biz siz bilan tarkibiy jihatidan 4-guruhdagi tugmalarga bo’lib o’rganamiz: 1) Alafavitli-raqamli tugmalar guruhi- bu guruhdagi tugmalarni vazifasi kompyuterga axborotni va buyruqlarni kiritishda foydalanadigan tugmalardir. Xarflar, sonlar va tinish belgilardan iborat tugmalar kiradi. 2) Funktsional tugmalar guruhi tugmalar kiradi - bu guruhdagi tugmalarga quydagi F1, F2 ,F3, F4, F5, F6, F7, F8, F9, F10, F11, F12. Funktsional tugmalar guruhi vazifalari turli maxsus amallarni bajarish uchun zarur, ularning vazifalar xar bir dasturda bir-biridan farq qilib , ularning vazifalari bajarayotgan dasturda belgilab qo’yilgan buladi. 3)Maxsus tugmalar guruhi - bu guruhdagi tugmalar vazifalariga to’xtalamiz. [Enter] yoki [Return] tugmasi- yangi satrga utish yoki yozilgan buyruqni kiritish uchun xizmat qiladi. [Del] tugmasi - kursor turgan belgini o‘chirish uchun xizmat qiladi. Agarda klaviatura surish rejimida ishlayotgan bo’lsa belgi o‘chadi va belgidan keyingi ma’lumot chapga suriladi. [Ins] tugmasi -belgilarni kiritishda surish rejimidan almashtirish rejimiga o’tishni ta’minlaydi. [Vackspace] yoki [ß] tugmasi - kursordan chapdagi belgini uchiradi. [¬], [®], [], [¯], [Home], [End], [PgUp], [PgDn]tugmalari- kursorni mos ravishda chapga, unga, yukoriga,pastga, satr boshiga va oxiriga, matnni bir varoq oldinga va pastga varoqlashga olib keladi. [Ctl], [Alt] tugmalar alohida o’zi bosilaganda xech qanday vazifani bajarmaydi, lekin boshqa tugmalar bilan birgalikda bosilganda dastur ishiga ta’sir qiladi. Xar bir dasturda dasturlovchi tomonidan ular ning bajariladigan vazifalari ko’rsatilgan bo’ladi. Masalan dastur tavsifida ma’lum bir amal bajarilishi uchun [Alt]Q[X] ni kiriting deyilganda, siz [Alt] tugmasini bosgan holda, [X] tugmasini bosish kerak. [Shift] tugmasi- katta xarfni yoki simvolli tugmalardagi ikkinchi belgini chiqarish uchun xizmat qiladi. Buning uchun [Shift] tugmasini bosgan holda kerakli tugma bosiladi. [Caps Lock]tugmasi- alfavitli tugmalarni katta xarf rejimida ishlashni ta’minlaydi. Buning uchun [Caps Lock] tugmasini bosish natijada (Caps Lock) indikatori yonishi lozim. Katta xarf rejimidan chiqish uchun yana shu tugmani bir marta bosish va indikator o’chganligi ko’rish lozimdir. [Caps Lock] rejimida [Shift] tugmasi kichik xarflar rejimini beradi. [Brek] tugmasi- dastur ishini to’xtatish uchun xizmat qiladi. [Print Screen] tugmasi-ekrandagi tasvirni printerga chiqaradi. 4) Qo’shimcha tugmalar guruhi ( bu guruhdagi tugmalar soni 101 va undan tugmadan ortiq tugmachali klaviaturada uchraydi) ular odatda klaviaturaning ung tamonida joylashgan bo’lib ularning soni 17 va undan ortiq bo’lishi mumkin. Bu tugmalar guruhi ikki xil holatda ishlaydi: [Num Lock] (raqamlar) tugmasi- bosilgan xolatda (Num Lock) indikatori yongan xolatda 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 sonlar, G’, *, -, Q arifmetik amallar, (.) belgisi chiqadi va [Enter] tugmasi joylashgan. Odatda kompyuter ishga tayyor bo’lgan xolatda (Num Lock) indikatori yoniq holatda bo’ladi. [Num Lock] tugmasi- bosilgan xolatda (Num Lock) indikatori yonmagan holatda [¬], [®], [], [¯], [Home], [End], [PgUp], [PgDn], [Ins] va [Del] tugmalari vazifasini bajaradi. Iqtisodiy qism Sichqoncha yengillashtiruvchi - kompyuter manipulyator. bilan foydalanuvchi Kompyuterga muloqotini axborotni kiritish qurilmasi hisoblanadi. Uning sichkoncha nomi tashqi ko’rinishidan kelib chiqqan. Sichqoncha qo’lga bemalol joylashuvchi bir necha tugmali quticha. Sichkoncha stol yoki maxsus yuzada(gilamchada) harakati tufayli ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. Biror bir buyruqni bajarish uchun sichkonchaning mos tugmasi bosiladi. Bir xil amaliy dasturlar faqatgina sichqoncha bilan ishlashga moslashgan. Printerlar - ma’lumotlarni kog’ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotni, ko’pchiligi esa rasm va grafiklarni ham kog’ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor.Printerlarning quyidagi turlari mavjud: ignali (matritsali yoki nuqtali matritsali), siyohli(purkagichli) va lazerli. Matritsali printerlar keng tarqalgan printerlar turi bo’lib ,ularning ishlash qoidasi quydagicha: printerning yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshcha yozuv satri bo’ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo’yalgan lenta orqali kog’ozga uriladi natijada kog’ozda belgi yoki tasvir paydo bo’ladi. Ignalar soniga ko’ra bu printerlar bir necha turga bo’linadi: 9-ignali, 24-ignali, 48-ignali. 9-ignali printerda yozuv sifati pastroq. Sifatini oshirish uchun yozishni 2 yoki 4 yurishda bajarish kerak. 24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. 48 ignalisini yozuvni juda sifatli chiqaradi. Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha vaqt oraligi ketadi. Siyohli (purkagichli) printerlarda ma’lumotlar kog‘ozga maxsus qurilma(siyohdonlar) orqali purkalanayotgan siyoh tomchilari orqali chop qilinadi. Siyohli printerlar sifati lazerli printerlar sifatiga yaqin va narxi ham arzondir. Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko‘pchilik undan foydalanmoqda. Teligi bir bet uchun 15 dan 100 sekundgacha vaqt oralig‘ini tashkil etadi. Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta’minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan. Nusxa ko‘chiruvchi kseroksga yaqin, bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter buyrug‘i yordamida elektrlandi. Bo‘yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi. Va tasvir hosil buladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 dan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko‘proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda minutiga 15-40 betgacha ma’lumotni chop etadigan lazerli printerlar mavjud. Kompyuterga qurilmalar. ulanadigan Kompyuterning qo`shimcha imkoniyatlari nafaqat ma’lumotlarni qayta ishlash, kiritish yoki chop etish bilan chegaralanadi, balki ma’lumotlarni saqlash, qidirish-chiqarish va qayta ishlashda turli xil ulanadigan qurilmalar yaqqol ishlatilaganda yaqqol seziladi va quyida biz bu qurilmalar bilan tanishamiz. Skaner-kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumotlarni kirituvchi qurilma. Skanerlar belgilarnixam anglaydi, shuning uchun qo’l yozmalarni ham kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi. Ular ikki xil bo’ladi: avtomatik va avtomatik bo’lmagan. Birinchisi ma’lumotni varoqlab o’qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo’l bilan surib turish kerak. Plotter- chizmalarni kog’ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar 2 xil bo’ladi: barabanli va planshetli. Barabanligi rulonli, planshetligi varoqli kog’ozga chiqaradi. Plotterlar asosan chizma loyihalarini avtomatlashtirishda foydalaniladi. Modem- telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuterlar bilan ma’lumot almashish imkonini beruvchi maxsus qurilma. Modemlar ichki( elektron platali) va tashqi alohida turdagi qurilma) bo’lishi mumkin. Modemlar ma’lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 bitgacha ma’lumotni uzatish imkoniyatiga ega. Faks-modem - shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkonyatlariga ega bo’lib, qo`shimcha rasmli telefaks ma’lumotlarni kompyuterlararo almashish imkonyatlariga ega. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko’pchilik modemlar faks-modemlar bo’lib, ularning ayrimlari ovoz almashish imkonyatlariga ega. Multmedia- tasvirli ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. Multmedia so’zi lotincha "media" so’zidan olingan bo’lib, "ma’lumot tashuvchi vosita" degan ma’noni anglatadi. Multimediali kompyuterlar so’z, musiqa va boshqa ovozli ma’lumotlar, video ma’lumotlar qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Multimediali kompyuterlar albatta kompakt disklar uchun maxsus disk yurituv chilar ovozli xaritalarga ega bo’lishi hamda kamida Pentum(75 Mgts yoki 486 SX) 25 Gts tezlikdagi mikroprotsessor, joriy xotirasi 4 Mbayt va qattiq disk hajmi 160 Mbayt hamda 640x480 nuqtali rangli video tizmga ega bo’lishi kerak. Kompakt disk (CD-ROM) uchun disk yurituvchilar - ma’lumotlarni maxsus kompakt (CD ROM ) disklardan o’qish imkonyatini beradi. Bu disklar ishonchliroq bo’ladi va ularning hajmi 640 Mbayt va undan ortiq bo’lishi mumkin, ularga ma’lumotlar oldindan yozilgan bo’ladi. Trekbol- sichqoncha kabi shar shaklidagi manipulyator. Shar burilgan tomonga ekrandagi tasvir ham buriladi. Strimmer-magnitli lentali kassetaga ma’lumotlarni yozish qurilmasi. Kattik diskdagi ma’lumotlar nusxasini olish qo’yish uchun strimmerlar keng ishlatiladi. Ular bir-biridan hajmi bilan farqlanadi. Tarmok adapteri- kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Bunda foydalanuvchi tarmoqdagi boshqa kompyuter bilan o’zaro muloqotda bo’lishi va ma’lumotlardan foydalanishi bo’ladi. imkoniyatiga ega Xulosa O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi. Shu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalarining ishlab chiqarishga, iqtisodga, biznesga, va o’qitish jarayoniga tatbiqi tobora kengaymoqda. Har bir inson o’z meh nati faoliyatida kompyuterlardan unumli foydalana bilishi zarur. Kompyuter savodxonligiga ega bo’lish hozirgi kunda har-bir soha vakili oldidagi eng dolzarb masalaga aylandi. Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlar kirib bormagan soha qolmadi. Xalq xo’jaligining barcha sohalaridan uning imkonyatlaridan foydalanilmoqda. Kompyuter o’zaro ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash vazifasi amalga oshirilgandan so’ng uning imkoniyatlari yanada oshdi.Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish o’z navbatida millionlab kompyuterlarni o’zaro birlashtiruvchi tarmoqlarni tarmoqlarini vujudga vujudga keltirdi. keltirdi Masalan va jahon shunday kompyuter tarmoqlardan biri InterNet tarmog’idir. Ayni vaqtda InterNet tarmog’idan 40 milliondan ortiq foydalanuvchi ma’lumot olmoqda. InterNet yagona markazdan boshqarilmaydi, lekin elektron manzillar guruhini ta’minlovchi ommaviy qo’mitalar mavjud. Foydalanilgan adabiyotlar Google.com Sites.google.com S.I. Raxmankulova ."IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash". "Sharq"Toshkent -1998 yil. A.Axmedov, N.Toylokov. «Informatika». Toshkent-2001 yil. Nurmuxammedov N. Kompyuter savodxonligi tuplami. «IBM PC kompyuterlaridan foydalanuvchilar uchun». Toshkent –1992 yil. V.L. Broydo. " Ofis texniksi". Toshkent-"Mehnat"-2001 yil. S.S.Gulomov, A.T. Shermuxammedov, B.A. Begalov."Iqtisodiy informatika". Toshkent-"Uzbekiston"-1999 yil.