O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI TARIXSHUNOSLIK VA MANBASHUNOSLIK KAFEDRASI O’RTA OSIYO XONLIKLARI TARIXI TARIXShUNOSLIGI FANIDAN Samarqand - 2021 1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI ―TASDQLAYMAN‖ O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof:A.S.Soliyev__________ «___» __________2021yil Ro’yxatga olindi: №_______________ 2021y. «__»______ O’RTA OSIYO XONLIKLARI TARIXI TARIXShUNOSLIGI FANINING O’QUV-USLUBIY MAJMUA MODULI Bilim sohasi: 100000 Ta’lim sohasi: 120000 Mutaxassislik: 5120300 yo’nalishi uchun – Gumanitar soha – Gumanitar fanlar – Tarix bakalavriat ta’lim Samarqand-2021 2 Fan ishchi o’quv dasturi, o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi. TUZUVCHILAR: XASANOVA Z.D. - SamDU tarix fakulteti, Tаriхshunоslik va mаnbаshunоslik kafedrasi assistenti - SamDU tarix fakulteti, Tаriхshunоslik va mаnbаshunоslik kafedrasi professori, tarix fanlari doktori TAQRIZCHILAR: SАIDОV I.M. Fanning ishchi o’quv dasturi Tarix fakulteti Ilmiy kengashining 2021 yil “ --” avgustdagi “№-1”-son qarori bilan ma’qullandi. Kafedra mudiri: B.E.Ergashev Fakultet kengashi raisi: dots.Djurakulova D.M. Kelishildi: O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: Aliqulov B. 3 1. SILLABUS 1 OTM 2 Fakultet 3 4 5 6 1.1. UMUMIY MA’LUMOTLAR SamDU Tarix (mamlakatlar mintaqalar aro) Kafedra Tarixshunoslik manbashunoslik Bilim va ta’lim Bilim sohasi: 100000 sohasi gumanitar soha Ta’lim 5120300 –Tarix yunalishi, bakalavriat ta’lim kurs, guruh yo’nalishi uchun Fan (o’quv O'rta Osiyo xonliklari tarixi soatlari) tarixshunosligi 7 Ko’rsning davomiyligi 8 O’qituvchi (lavozimi, unvoni, electron pochta) 9 Dars joyi va vaqti 10 11 Manzil:Universitet hiyoboni 15-uy va М anzil: Bosh bino 1qavat va Manzil: bosh bino , 1qavat 107-xona – Ta’lim sohasi: 5120300 –Tarix bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun Bakalavr yo’nalishi 3kurs talabalariga 1-semestr O’quv soati: Ma’ruza – 16 soat Seminar – 18 soat 06.09.2021-10.11.2021 Ma’ruza o’qituvchisi: Xasanova Zulhumor Djalolitdinovna “Manbashunosliktarixshunoslik” kafedrasi assistenti Super.zulkhumor@mail.ru Seminar o’qituvchisi: “ManbashunoslikXasanova Zulhumor tarixshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi Ma’ruza Bosh bino, jadval asosida Seminar Bosh bino, jadval asosida Konsultatsiya Ma’ruza joyi va vaqti Amaliy mashg’ulot Shaxsiy garfik ARM o’quv zali asosida ishlash vaqti 4 Bosh bino, jadval asosida Bosh bino, jadval asosida Bosh bino, jadval asosida Asosiy ma’lumotlar Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni Ushbu dastur O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligining vazifasi, rivojlanish bosqichlari, mazkur mavzu doirasidai tadqiqotlarning turlari, nazariy muammolari, o’rganilgan tadqiqotlarning obyekti, predmeti, uslubi va vazifalari masalalari ahamiyatini ochib beradi. ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da ko’rsatib o’tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizasiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to’la bahramand bo’lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko’maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo’lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o’rganadi. O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligida olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o’rganish, fan bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda fan doirasidagi tadqiqotlarning turlarini va tadqiqotlar natijalarini jamlash, fanning nazariy masalalarini, tadqiqotlar o’rganish har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil qilishga oid bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga tarixiy tadqiqotlarning tarixshunoslikdagi щrni, O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi bilan bog’liq tadqiqotlar haqida umumiy ma’lumot olishi, ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqotlardan ishlarida foydalanishni o’rgatishdan iborat. Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar ―O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi‖ o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalalar doirasida talaba: ―O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi‖ kursining maqsad va vazifalari, O’zbekistonda tarixshunoslik, tarixnavislikning shakllanishi va taraqqiyoti, tarixshunoslikning nazariyasini bilishi kerak; - Talaba tarixiy ma’lumotlarni xolis, tarixiylik asosida tahlil qilishi, tarixiy tadqiqotlarni xolis, mustaqil tadqiq qilishi, O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligiga oid tadqiqotlar haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; - talaba mustaqil O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunoslikning muammolari va vazifalari, O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligidagi mavzuga oid ilmiy tadqiqotlarni, ularning xususiyatli jihatlarini bilishga oid malakalariga ega bo’lishi kerak. 5 Fanning o’quv rejadagi fanlar bilan bog’liqligi O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi kursi mutaxassislik fani hisoblanib, 1-semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan O’zbekiston tarixi, arxivshunoslik, arab, fors tillari, Eski o’zbek yozuvi, manbashunoslik, tarixshunoslik fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or usullari foydalanish, yangi informasionpedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, eletron materiallar, virtual stendlar,jadvallardan foydalaniladi. Dasturda berilgan mavzular ma’ruza, seminar shaklida olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari mustaqil ish sifatida talabalarga o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning ―chumoli uyasi‖, ―bumerang‖, ―aqliy hujum‖ singari uslublari orqali darslar olib boriladi. ―O’rtaa Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi‖ ko’rsini loyihalashtirishdaquyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalanildi: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’zo’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baxolashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni takdim kilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash 6 yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga ko’llash. O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar. O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. ―O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi‖ fanini o’qitish jarayonida xarita, ko’rgazmali qurollar, kompyuter texnologiyasi, video lavhalardan foydalaniladi. Ayrim mavzular buyicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. ―Internet‖ tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch suz va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi. 7 ―O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi‖ fanidan mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi 1-semestr № 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. Ma’ruza mavzulari Ma’ruza soatlari XVIII–XIX asrning birinchi yarmiga oid manbalarda O’rta 2 Osiyo xonliklari tarixining yoritilishi XIX-XX asrning boshlarida rus sharqshunoslari tomonidan 2 O’rta Osiyo xonliklarining o’rganilishi XX asrda Buxoro amirligi tarixining o’rganilishi 2 XX asrda Xiva xonligi tarixining o’rganilishi 2 XX asrda Qo’qon xonligi tarixining o’rganilishi 2 Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklari 2 ijtimoiy-siyosiy hayoti tarixining o’rganilishi Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo 2 xonliklarining elchilik aloqalari tarixining o’rganilishi Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklari 2 iqtisodiy va madaniy hayoti tarixining o’rganilishi Jami 16 8 ―O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi‖ fanidan mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi 1-semestr № Seminar mashg’ulotlar mavzulari soat 1. XVIII–XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haqidagi tarixiygeografik tadqiqotlar XVIII–XIX asrning birinchi yarmiga oid manbalarda O’rta Osiyo xonliklari tarixining yoritilishi XIX-XX asrning boshlarida rus sharqshunoslari tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining o’rganilishi XX asrda Buxoro amirligi tarixining o’rganilishi 2 5. XX asrda Xiva xonligi tarixining o’rganilishi 6. XX asrda Qo’qon xonligi tarixining o’rganilishi 7. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklari ijtimoiysiyosiy hayoti tarixining o’rganilishi 8. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklari iqtisodiy va madaniy hayoti tarixining o’rganilishi 9. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklarining elchilik aloqalari tarixining o’rganilishi 10. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklari iqtisodiy madaniy hayoti tarixining o’rganilishi Jami: 2 2 2 2. 3. 4. 9 2 2 2 2 2 2 18 Tavsiya etilgan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar 1. Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Izvestiya putishestvinnikov geografov i uchenix XVI perv. pol. Sostavitel B.V.Lunin. – T.: Fan, 1988. 2. Saidkulov T.S. Ocherki istoriografii istorii narodov Sredney Azii. Chast I.-T.: O’qituvchi. 3. Tarixiy manbashunoslik. / O’quv qo’llanma. Tuzuvchilar A.A. Madraimov, G.S. Fuzailova.-T.: Fan. 2006. Qo’shimcha adabiyotlar 1. Abidjanova D. Maveraunnaxr epoxi pravleniya Amira Temura v angloyazo’chnoy istoriografii 60-90-x godov XX v. Avtoref. dis. ... kand. ist. nauk. -Tashkent, 2001 2. Axmedjanov G.A. Rossiyskaya imperiya v Sredney Azii. Istoriya i istoriografiya kolonialnoy politiki sarizma v Turkestane (1867-1917). –T.: Fan. 1995. 3. Alimova D. Jenskiy vopros v sovetskoy istoriografii Sredney Azii (20-80-ыye godы): Avtoref. dis. ... dokt. ist. nauk.Tashkent: II AN RUz, 1991. 4. Alimov Sh. Izucheniye nasionalnoy politiki v istoricheskoy literature Uzbekistana (20-30-ye godы).- Avtoref. diss. ... kand. ist. nauk. T., 1994. 5. Alimova D., Lunin B. Istoriografiya v sisteme Akademii nauk Respubliki Uzbekistan (1943-1993). // ONU. 1993. №8. S. 70-78. 6. Alimova D., Lunin B. Rabotы istoriografov Respubliki Uzbekistan. // Otechestvennaya istoriya. M., 1997. № 2. S. 136-138. 7. Allayeva N. Vzaimosvyazi Xivinskogo xanstva i Iranom v XVI-XVIII vv. Avtoreferat na sioskaniye uchenoy stepeni kandidata istoricheskix nauk. –T., 2007 8. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari. (qadimgi zamon va O’rta asrlar). – T., 2001. 9. Axmedov B.A. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XV-XVIII vv.-T.: Fan.1985. 10. Axunova M.A., Lunin B.V. Istoriya istoricheskoy nauki v Uzbekistane.T.:Fan.1970 11. Veselovskiy N. ―Ocherki istoriko-geograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve s drevneyshix vremen do nastoyaщyego‖. -SPb 12. Garipov R. Istoriograficheskiy rakurs nekotorыx aspektov politicheskoy i sosialnoekonomicheskoy obstanovki v Turkestane v nachale XX veka // O’zbekiston tarixi. 2001. № 1. S. 44-50 13. Germanov V., Maxkamova N. Istoriograficheskiye issledovaniya v Institute istorii Akademii Nauk Respubliki Uzbekistan. //O’zbekiston tarixi. 2003. №4. S. 49-61. 14. Doniyorov A. Etnograficheskiye issledovaniya v Uzbekistane v XX veke: osnovnыye etapы, problemы, perspektivы razvitiya. Avtoref. diss. ... dokt. ist. nauk. Tashkent, 2003 15. Ziyayeva D. Nasionalno-osvoboditelnoye dvijeniye v Turkestane v istoriografii XX veka (problemы izucheniya istorii vosstaniya 1916 goda i dvijeniya ―istiqlolchilik‖ 1918-1924 gg.): Avtoref. dis. ... dokt. ist. nauk. Tashkent, 1999. 10 16. Mannonov B.Xorazm tarixnavisligida Xiva xonligi tashqi siyosati // Sharqshunoslik. 1997. №8. 159 b 17. Masaliyeva O. Istoriya Buxarskogo, Xivinskogo i Kokandskogo xanstv v angloamerikanskoy istoriografii XX veka. Avtoref. dis. ... kand. ist. nauk.- Tashkent, 1999. 18. Mutalov O. Xiva xonligi Olloqulixon davrida. (1825-1842). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya avtoreferati. –T., 2003. 19. Kobzeva O. Velikiy Щyelkovыy put: problemы nauchnoy periodizasii i istoki izucheniya yevropeyskimi uchenыmi vo vtoroy polovine XIX-nachale XX vv. Avtoref. dis. kand. ist. nauk. -Toshkent, 2000 20. Norjigitova N.A. Istoriografiya «basmacheskogo dvijeniya» v Turkestane (Sovetskiy period). Avtoref. diss. ... kand. ist. nauk. T., 1995 21. Pugovkina O. Istoriya Turkestana v nasledii Rossiyskoy istoriografii seredinы XIX - nachala XX veka(politicheskiye i ekonomicheskiye aspekto’). Avtoref. dis. ... kand. ist. nauk.-Tashkent, 2006. 22. Inoyatov K.X. Istoriograficheskiye issledovaniya v Uzbekistane: Itogi, problemы, perspektivы (1961-1980 gg.). Avtoref. diss. dokt. ist. nauk. Tashkent, 1994 23. Rtveladze E. K zarubejnoy istoriografii Xivы // O’IF. 1997. № 7-8. S. 112-113. 24. Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o’rni. Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy simpozium materiallari.-T.: Fan. 2007. 25. Caidboboyev Z. Yevropada O’rta Osiyoga oid tarixiy-kartografik ma’lumotlar (XVI-XIX asrlar).-T.: Fan. 2008. 26. Sobraniye Vostochnыx rukopisey Instituta vostokovedeniya AN RUz. I-XI t.– T., 1952-1987. 27. Tarixiy manbashunoslik muammolari. / Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.-T., 2008. 28. Xalikova R. Razvitiye vыsshego istoricheskogo obrazovaniya i nauki v Uzbekistane (Na primere istoricheskogo fakulteta TashGU. 1935-1994). Avtoref. diss. ... kand. ist. nauk. Tashkent, 1995 29. Shodmonova S. Voprosы borbы protiv sovetskogo kolonializma v Turkestane v 1917-1924 godax v nemeskoy i tureskoy. Avtoref. dis. ... kand. ist. nauk.-Toshkent, 2002. 30. Ergashxo’jayeva G. 20-yillar O’rta Osiyo xotin-qizlarining emansipasiyasi masalalari fransuz tarixshunosligi talqinida (50-80-yillar adabiyotlari asosida) Avtoref. dis. ... kand. ist. nauk.-Toshkent, 1996. 31. O’zbekistonda tarix fani: yutuqlar va rivojlanish muammolari. Tarixshunoslik o’qishlari materiallari. Istoricheskaya nauka v Uzbekistane: dostijeniya i problemы razvitiya. Materialы istoriograficheskix chteniy -2004. II – qism. Toshkent. 2006. 32. O’zbekistonning islom sivilizasiyasiga qo’shgan hissasi.Xalqaro konferensiya materiallari. Toshkent- Samarqand.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma’rifiy markazi nashriyoti. 2007. 11 TASDIQLAYMAN Fakultet dekani _______________ «__»_______2021_y. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti Tarix fakulteti «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasi O’rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligifanidan 2021-2022 o’quv yili uchun (ma’ruza) Kalendar ish rejasi № O’tiladigan mavzu Soat 1 Kirish. XVIII–XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haqidagi tarixiygeografik tadqiqotlar XVIII–XIX asrning birinchi yarmiga oid manbalarda O’rta Osiyo xonliklari tarixining yoritilishi XIX-XX asrning boshlarida rus sharqshunoslari tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining o’rganilishi XX asrda Buxoro amirligi tarixining o’rganilishi 2 5 XX asrda o’rganilishi Xiva xonligi tarixining 2 6 XX asrda o’rganilishi Qo’qon xonligi tarixining 2 7 Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklari ijtimoiy-siyosiy hayoti tarixining o’rganilishi Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklarining elchilik aloqalari tarixining o’rganilishi Jami 2 2 3 4 8 12 2 2 2 2 16 O’tkazish sanasi Ijro belgisi Izoh 1.Kirish. 2. XVIII–XIX asrning birinchi yarmiga oid manbalarda O’rta Osiyo xonliklari tarixining yoritilishi. REJA 1. Tarixi Amir Haydar asari 2. A.Jyenkinson elchiligi. 3. 1717 yil Florio Byenyevyeni elchiligi. ―Tarixi Amir Haydar‖ XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida o’tgan buxorolik olimlari asaridir. Kitobning noma’lum muharrir tomonidan qisqartirilgan nusxasi yetib kelgan bo’lib, qo’lyozma O’zRFA Sharqshunoslik institutida 1836 raqami ostida saqlanmoqda. ―Tarixi Amir Haydar‖ kichik hajmdagi asar, jami 96 varaqdan iborat, muhim tarixiy manbalar asosida yozilgan, Buxoro xonligining Ashtarxoniylar, shuningdek, asosan, Mang’itlar sulolasidan bo’lgan amir Haydar hukmronligi (1800-1826 yy.) davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’z ichiga oladi. Asar 81 bob, yoki dostondan iborat. 1-2- boblari Buxoro shahri tarixiga bag’ishlangan, 3-6- boblarda Ashtarxoniylar tarixi qisqacha bayon etilgan, 7-81boblarida esa Buxoro amirligi amirzoda Haydarning tug’ilishidan to uning 1826 yil 6 oktyabridagi vafotigacha bo’lgan tarixi hikoya qilinadi. Kitob 50- yillarda A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, lekin nima sababdandir qo’lyozma nashr etilmay qolgan. Tarjima qo’lyozmasi O’zR FA ShI kutubxonasida saqlanmoqda. ―Fathnomayi sultoniy‖ (―Sulton fathnomasi‖) asari muallifi Mir Olim Buxoriy bo’lib, kitobini Amir Nasrulloh davri (1826/27 – 1869/79 yy.)da G’uzor hokimi bo’lgan Muhammad Olimbekning xizmatida bo’lgan va uning topshirig’i bilan yozgan. ―Fathnomayi sultoniy‖ amir Shohmurod (1785/86-1800 yy.) davridan to Nasrulloh hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida bo’lib o’tgan voqyealarni o’z ichiga oladi, lekin Shohmurod va amir Haydar davrlari qisqacha (O’zR FA ShI qo’lyozmasi, inv. № 1838, vv.7b-55b), Nasrulloh davri esa batafsil yoritilgan. Mazkur qo’lyozma asarning birinchi jildi bo’lib, ikkinchisi bizga ma’lum bo’lmagan sabalarga ko’ra yozilmay qolgan. ―Fathnomayi sultoniy‖ning birinchi qismi marhum O.D.Chexovich tarafidan rus tiliga tarjima qilingan. Tarjima qo’lyozmasi O’zR FA Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanmoqda. 13 ―Muntaxab ut-tavorix‖ (―Saylanma tarix‖) asarining muallifi qo’qonlik yirik tarixchi olim Hakimxon to’radir (taxm.1802-vafot etgan yili maxlum emas). Ota tarafidan naqshbandiya tariqatining yirik namoyondalaridan biri, yirik ilohiyot olimi Mahdumi A’zam Kosoniy (1461/62-1542/43 yy.)ning avlodi, ona tarafidan Qo’qon xoni Norbo’taxon (1770-1800 yy.)ning nabirasidir. Otasi sayyid Ma’sumxon to’ra Umarxon davri (1809-1822 yy.)da va Muhammad Alixon hukmronligi (1822-1842 yy.)ning dastlabki yillarida xonlikning shayxulislomi lavozimini egallab turgan. Hakimxon to’ra Muhammad Alixon hukmronligiavvalida Namangan, To’raqo’rg’on va Kosonsoyda hokim bo’lgan. Lekin ko’p o’tmay otasi ham, o’zi ham xonning g’azabiga duchor bo’lib, egallab turgan lavozimlaridan bo’shatilganlar va haj marosimini ado etish uchun Arabistonga jo’natib yuborilgan. Otasi yo’lda, Mozori sharifda 1834 yili vafot etgan. Hakimxon to’ra esa ko’p mashaqqatlar chekib, yetti yildan keyin Rossiya, Turkiya, Iroq, Suriya va Falastin orqali Mkkaga yetib bordi. O’shanda 1834 yili u Orenburgda podshoh Aleksandr 1 bilan uchrashish sharafiga muyassar bo’lgan. Hakimxon to’ra Makka va Madina ziyoratidan qaytgach, 1828 yili, Muhammad Alixondan cho’chib Qo’qonga bormadi va qolgan umrini Kitobda kechirdi. O’zining yozishicha, Kitobda uning qarindoshlari va ozmi-ko’pmi yer-suvi bo’lgan. Hakimxon to’ra yirik tarixnavis olim bo’lib, o’zining ―Muntaxab ut-tavorix‖ asarini 1843 yilning 29 may kuni yozib tamomlangan. ―Muntaxab ut-tavorix‖da qadimiy zamonlar, islomiyatdan avval o’tgan payg’ambarlar, qadimgi Eron podshohlari, Xitoy va Yevropaning qadimiy podshohlari, xalifayi Roshidindan to Movarounnahrning Mang’it va Ming sulolasidan chiqqan oliy hukmdorlar zamonigacha kechgan tarixi bayon etiladi. Asarda Qo’qon xonligining xonlik asoschisi Shohruhxon (1709-1721 yy.)ning o’g’li va toj-taxt vorisi Abdurahimxon (1721-1724 yy.) zamonidan to Norbo’taxon, Olimxon va Umarxon davri tarixi yaxshi yoritilgan. Ayniqsa, Norbo’taxon, Olimxon va Umarxon davri yaxshi yoritilgan. Asarda muallifning Rossiya, Turkiya, Iroq, Shom (Suriya) va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati chog’ida olgan taassurotlari va o’sha mamlakat xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tarixi va hayot tarzi haqida keltirgan maxlumotlari ham diqqatga sazovordir. ―Muntaxab ut-tavorix‖ning qo’lyozma nusxalari kam. Uning Dushanbeda, Tojikistonda A.A.Semenovning uy muzeyida saqlanayotgan forscha fotonusxasini Ahror Muxtorov 1983 yili ikki kitob holida chop etdi. Asarning o’zbekcha nusxasi ham bo’lib, hozirda O’zR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida (raqami № 594) saqlanmoqda. ‖Tarjimai ahvoli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad‖ (―Buxoroyi sharif amirlarining tarjimai ahvoli. Amir Doniyoldan to amir Abdulahadgacha‖) asarining muallifi Ahmad Donish yoki Ahmad Kalla nomi bilan mashhur bo’lgan, X1X asrda ko’zga ko’ringan mutafkkir shoir, adib, olim va diplomatdir. Uning to’la ismi Ahmad ibn Nosir ibn Yusuf al-Xanafiy alBuxloiydir. Bo’lg’usi tarixchi 1827 yili Buxoroda tug’ilgan. U yoshligidan yaxshi 14 o’qib tarix, mumtoz adabiyot, riyoziyot-matematika, ilmi nujum-astronomiya, musiqa va tibbiyot ilmlarini yaxshi o’rgangan, husnixat va musavvirlik sirlarini ham egallangan. Ahmad Donish o’z faoliyatini xattotlikdan boshlagan va 50- yil boshlarida amir Nasrulloh xizmatiga qabul qilingan, 1870 yili iste’foga chiqib, ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lgan. Ahmad Donish 1857 yili amir Nasrulloh, 1869 va 1974 yillari amir Muzaffar (1860-1885 yy.) elchiligi tarkibida Peturburgda bo’ldi va Rossiyaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishdi. Bu safarlar olimning dunyoqarashiga katta ta’sir ko’rsatdi. Lekin u Buxoroning Rossiyaga qaraganda qoloqligining haqiqiy sabablarini tushunib yetmadi. U jamiyatni mavjud qonun va tartiblarini takomillashtirish yo’li bilan, odil podshohning qo’li bilan qaytadan qurish mumkin deb hisoblardi. Olimning bu qarashlari uning ―Navodir ul-vaqoye’‖ (―Nodir voqyealar‖) nomli asarida o’z aksini topgan. Ahmad Donish ushbu asarida amirga davlatni boshqarish ishlarini qaytadan qurishni maslahat berdi. Lekin amir bundan darg’azab bo’ldi va 70- yillar oxirida Ahmad Donishni poytaxtdan uzoqlashtirdi va G’uzorga qozi qilib yubordi. 1885 yili, amir Muzaffar vafotidan keyin, u Buxoroga qaytib keldi va umrining qolgan qismini ilmiy mashg’ulotlar bilan bilan kechirdi. Ahmad Donish 1897 yili vafot etdi. Ahmad Donish sermaxsul ijodkor bo’lib, ilohiyot, ilmi nujum, geografiya, adabiyot va tarixga oid 20 ga yaqin asar yozib qoldirdi. ―Manozir ul-kavokib‖ (―Sayyoralarning manzaralari‖), ―Navodir ul-vaqoye’‖ va ‖Tarjimai ahvoli amironi Buxoroyi sharif‖ (1885 yildan keyin yozilgan) asarlari ana shular jumlasidandir. O’zbekistonning X1X asrdagi ijtimoiy-siyosiy hayotini o’rganishda olimning so’nggi asari katta ilmiy ahamiyatga ega. Kitobda katta so’z boshi, sayyoralarning inson taqdiridagi ahamiyati, din va uning jamiyatdagi o’rni to’g’risidagi fikrlardan keyin qisqa tarzda amir Doniyol (1758-1785 yy.), Shohmurod (1785-1800 yy.), Haydar va amir Nasrulloh hukmronligi yillarida bo’lib o’tgan voqyealar bayon etilgan. Asarning katta va so’nggi qismi amir Muzaffarga bag’ishlangan. Bu qismda Buxoro xonligining X1X asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan 1866 yili Jizzax hamda 1868 yili Samarqandning ishg’ol qilinishi voqyealari batafil bayon etilgan. ‖Tarjimai ahvoli amironi Buxoroyi sharif‖ asarining qo’lyozma nusxalari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Dushanbe kutubxonalarida mavjud. Asarning matni A.Mirzoyev tomonidan chop etilgan. 1960 yili kitobning qisqartirilgan ruscha tarjimasi Dushanbeda nashr qilingan. ―Tarixi salotini Mang’itiya‖ (―Mang’it sultonlarining tarixi‖) asari buxorolik mashhur tarixchi olim va shoir Mirzo Abduazim Somiy Bo’stoniy (1838/39-1914 yildan keyin) qalamiga mansubdir. Bo’lg’usi tarixchi boshlang’ich ma’lumotni ona yurti Bo’ston qishlog’ida, Buxoroning shimolida, undan 40 km narida olgan, so’ngra Buxoro madrasalaridan 15 birida o’qigan, dastlab viloyat hukmdorlari qo’lida kotib, amir Muzaffar taxtga o’tirgandan keyin uning shaxsiy kotibi, munshiysi bo’lib xizmat qilgan. Amir Abdulahad hukmronligi (1885-1910 yy.)ning so’nggida 1898 yoki 1899 yilda podshohlikka qarshi fikrlari uchun saroydan chetlatilib, umrining oxirini nochorlikda kechirgan. Somiy bir necha adabiy va tarixiy asar yozib qoldirgan. ―Mir’ot ul-hayol‖ (―Xayol ko’zgusi‖), ―Insho‖, ―Tuhfayi shohiy‖ (―Podshohning tuhfa‖), ―Tarixi salotini Mang’itiya‖ shular jumlasidandir. Bularning ichida tarix ilmi uchun eng muhimi so’nggi ikki asardir. 1900-1902 yillar orasida yozilgan ―Tuhfayi shohiy‖ va 1907 yili yozib tamomlangan ―Tarixi salotini Mang’itiya‖ bir davr, Buxoro xonligining amir Muzaffar davridagi tarixga bag’ishlangan. Biroq ular ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi. Masalan, ―Tuhfayi shohiy‖ to’laroq, lekin oliy hukmdorni ko’klarga ko’tarib maqtash, panegrik ruhida bitilgan. ―Tarixi salotini Mang’itiya‖ esa nisbatan xolisona yozilgan. Asarning ilmiy ahamiyati shundaki, unda Buxoro amirligining O’rta Osiyoning Rossiya tarafidan bosib olinishi arafasidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli, shuningdek, Buxoro-Rossiya munosabatlari birmuncha keng yoritilgan. Kitobning qo’lyozma nusxalari ko’p. Uning O’zbekistonlik olima L.M.Yepifanova tomonidan qilingan ruscha tarjimasi, so’zboshi va zarur izohlari bilan birga, 1962 yili, Moskvada chop etilgan. ―Tarixi Salimiy‖ (―Salimiyning tarixi‖) asari muallifi X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida o’tgan Mirza Salimbek bo’lib, uning to’la ismi Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahimdir. Olim 1850/51 yillari Buxoroyi sharifda badavlat va nufuzli xonadonda tavallud topgan. Mirza Salimbek 1871 yili Nahrpoy (Norpoy) va Ziyovuddin hokimiga kotib bo’lib ishga kiradi, lekin olti oydan keyin amir Muzaffarning farmoyishi bilan Toshkentga rus ma’murlarining xatti-harakati va ayniqsa Buxoro xususida tutgan siyosatini kuzatib boruvchi qilib yuborildi. Mirza Salimbek Toshkentga choyfurush qiyofasida keldi va bu yerda 12 yml istiqomat qildi. 1880-1883 yillari u amir huzurida, 1884-1885 yillari Turkiston general-gubernatori huzurida Buxoro vakili bo’lib xizmat qildi. 1885 yili Mirza Salimbek Somjin tumaniga amlakdor qilib tayinlandi. Shundan keyin uning martabasi yil sayin ortib bordi. 1881-1893 yillari Buxoro shahrining mirshabi, 1893-1920 yillari Yakkabog’, Nurota, Boysun, Sherobod, Shahrisabz, Chorjo’y viloyatlarining hokimi va bosh zakotchi vazifalarida turdi. 1920 yilgi inqilobdan keyin Mirza Salimbek sho’ro tashkilotlarida, Buxoroda tashkil etilgan «Anjumani tarix» («Tarixshunoslar jamiyatida»)da xizmat qildi. Mirza Salimbekning vafot etgan yili ma’lum emas. Mirza Salimbek bir necha yirik tarixiy va adabiy asar yozib qoldirgan. «Kashkuli Salimiy» («Salimiyning kashkuli»), «Jomi’ ul-gulzor» («Gulzorlar majmui»), «Ka’b al-axbor hikoyalari», «Hikoyati Abdulla ibn Muborak», «Tarixi Salimiy» shular jumlasidandir. Tarixchilar uchun eng muhimi uning so’nggi asari «Tarixi Salimiy»dir. N.Norqulovning fikriga qaraganda, XX asrining 20- yillarida yozilgan. Uning bosh 16 qismi, Chingizxondan to amir Muzaffar davrigacha bo’lgan tarix umumlashtiruvchi xarakterga ega. Asarning 1860-1920 yillar voqyealarini o’z ichiga olgan katta qismi butunlay yangi bo’lib, muallifning o’zi bu voqyealarning guvohi bo’lgan. Asarda amir Muzaffar davrida Hisor, Ko’lob, Baljuan, Qorategin va Darvozda bo’lib o’tgan isyonlar, Buxoro-Qo’qon va Buxoro-Rossiya munosabatlari, shuningdek, Buxoro amirligining X1X asrning ikkinchi yarmidagi umumiy ahvoli va ma’muriy tuzilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor. «Tarixi Salimiy» asarining qo’lyozma nusxalari ko’p. Asar 1968 yili N.norqulov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, lekin hali chop etilmagan. ―Tarixi jadidayi Toshkand‖ (―Toshkentning yangi tarixi‖) nomli asar Muhammad Solih Toshkandiydir. Uning to’la ismi Muhammad Solih domla Rahim Qoraxoja o’g’li. Tarixchi 1830 yilda tug’ilgan, vafot etgan yili noma’lum. Boshlang’ich ma’lumotni bobosi mulla Abdurahimxojadan, u Qiyot mahallasida joylashgan Bekmuhammadbiy masjidida imom bo’lgan, olgan, so’ng Beklarbegi va xoja Ahror madrasalarida o’qigan. Farg’onaning Qo’qon (1853 y.), Marg’ilon, Namangan va O’sh (1853 y.) shaharlarida, keyinchalik Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz va boshqa shaharlarda bo’lib, madrasada olgan bilimini kengaytirdi. 1863 yildan boshlab, ilgari bobosi imomlik qilgan masjidda imom bo’lib xizmat qildi, ayni paytda dars ham berib turdi. Muhammad Solih turli ilmlar, tarix, geografiya, adabiyot, tibbdan xabardor bo’lgan keng ma’lumotli kishi edi, lekin uning tarixga rag’bati ko’proq bo’lgan. U Abu Tohirxoja(X1X asr)ning ―Samariya‖siga o’xshash Toshkent, uning tarixi va osori atiqalariga bag’ishlab bir asar yozishni ko’pdan orzu qilib yurgan va nihoyat, 1863-1888 yillari maqsadiga erishgan. Bu asar ―Tarixi jadidayi Toshkand‖ deb ataladi va ikki jilddan iborat. Birinchi jildda qadim zamonlardan to XU asr oxirigacha Sharq mamlakatlarida, shuningdek O’rta Osiyoda bo’lib o’tgan voqyealar, ikkinchi jildda esa Qo’qon xonligining XU asr oziridan Zahiriddin Muhammad Bobur davridan to X1X asrning 80- yillarigacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy ahvoli, madaniy hayot haqidagi qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Asar hali biron tilga tarjima qilinmagan. Qo’dyozma nusxalari mavjud. Faqat Toshkentda, O’zR FA Sharqshunoslik institutida uning uch nusxasi mavjud, tartib raqamlari № 7791, 11072-73, 5732. Kitob va uning muallifi to’g’risida A.O’rinboyev, O.Bo’riyevlar 1983 yili ―Toshkent Muhammad Solih tavsifida (X1X asr)‖ nomli risola chop etganlar. «Tarixi Shohuhiy» («Shohruh (bek) tarixi») nomli asar muallifi X1X asrda o’tgan farg’onalik tarixchi olim Niyoz Muhammad Xo’qandiydir. U taxminan 1803 yili Qo’qonda yirik harbiy xizmatchi oilasida to’g’ilgan, Xudoyorxon qo’shinida lashkarnavis, ya’ni harbiy kotib lavozimida xizmat qilgan, 60-yillar boshlarida iste’foga chiqib, ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lgan. Niyoz Muhammad keng ma’lumotli kishi bo’lib, «Niyoziy» taxallusi bilan she’rlar ham yozgan. Lekin, yirik tarixiy asari «Tarixi Shohuhiy» bilan ko’proq mashhur. Bu asar Qo’qon xonligining 1709-1876 yillar orasidagi tarixi to’g’risida 17 mukammal ma’lumot berib, unda ushbu xonlikka qaram bo’lgan boshqa Toshkent, hozirgi Qirg’iziston, Qozog’istonning janubiy viloyatlari hududlarining ijtimoiysiyosiy tarixi ham bayon etilgan. Unda Qo’qon xonligining Buxoro, Sharqiy Turkiston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari haqida ham e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan. «Tarixi Shohuhiy» asarining matni N.N.Pantusov tomonidan 1885 yili Qozonda chop etilgan. Ayrim parchalari V.V.Bartold, N.G.Malliskiy va V.A.Romodin tarafidan rus tiliga tarjima qilingan. Bu asar T.K.Biysembiyev tarafidan chuqur va atroflicha o’rganilib, 1987 yili rus tilida Olma-Otada alohida kitob chop etildi. O’rta Osiyo xonliklarining boshqa mamalakatlar bilan o’zaro aloqalarida chyet el elchilari muhim rol o’ynaydi. XVI asr - XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyoga Osiyo va Yevropaning olis hamda yaqin mamlakatlarining turli podsholari yuborgan ko’p elchilar tashrif buyurdilar. O’rta Osiyo va xonliklarining Moskva davlati bilan elchilik aloqalariga doir ma’lumotlar katta qiziqish uyg’otadi. Yozma manbalarga ko’ra, 1558 yildan 1702 yilgacha 12 ta XVIII asr davomida 9 ta rus elchisi ma’lumdir. Elchilar odatda muayyan siyosiy muammoni hal etish uchun yuboriladi. Ko’pincha elchilar savdo bilan bog’liq muammoni hal etganlari uchun ularga tajribali savdogarlar boshchilik qilganlar. Ko’pchilik aloqalar O’rta Osiyo xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, savdoning holati va istiqbollari, savdo yo’llarining asosiy yo’nalishlari, qo’shni mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar to’g’risida axborot, ya’ni siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan axborot tolish imkonini byerardi. Chunonchi, XVII asrda O’rta Osiyodagi rus elchilarining faoliyati O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida ma’lumotlar to’plash imkonini byerdi. Bunga O’rta Osiyoga yuborilgan A.Jyenkinson, I.D.Xoxlov va Florio-Byecvyeni elchiliklari yorqin misol bo’la oladi. A.Jyenkinson elchiligi. Moskva davlati mulklarida joylashgan Volga yo’lidan O’rta Osiyo va Eron orqali Hindiston bilan savdo aloqalari olib borish maqsadida foydalanish masalasi kun tartibiga qo’yildi. Bunda 1555 yilda paydo bo’lib XVI – XVII asrlarda ingliz-rus aloqalari muhim hissa qo’shgan «Moskva kompaniyasi» katta rol o’ynaydi. Bu kompaniya yordamida inglizlar Rossiya orqali Sharqiy O’rta Osiyo va Eronga yo’l ochishga mayassar bo’ldilar, bu yerda 1558 yilda 7 ta ingliz sayyohatchilari tashrif buyurib, ular orasida Xiva va Buxoroga borgan Antonii Jyenkinson ham bor edi. A.Jyenkinson to’g’risida juda biografik ma’lumotlar kam. A.Jyenkinson va uning hamrohlari (Richard va Robyert Jonsonlar hamda tarjimon tatar Aziz) sayyohatni 21 oy (1558 y. apryelidan 1559 y. 2 syentyabrgacha ) davom etdi. A.Jyenkinson «Rossiyadagi Moskva shahridan Baktriyadagi Buxoro shahrigacha 1558 yildagi sayyohati» bayonini qoldirgan. A.Jyenkinson o’zining O’rta Osiyoga bo’lganligidan Xitoyga olib boriladigan yo’llar to’g’risida ma’lumotlar to’plash maqsadida foydalangan. U Buxoro va butun O’rta Osiyo bilan savdo-sotiq imkoniyatlarini oshirib ko’rsatmagan. A.Jyenkinsonning Saroychik, Xorazm shaharlari – Vazir va Urgyench to’g’risidagi ma’lumotlari 18 qimmatlidir, ular A.Jyenkinson bu shaharlarda bo’lgan Vazir Xorazmning markazi bo’lib, Urgyench inqirozi yuz tutganligini tasdiqlaydi. A.Jyenkinson va uning hamrohlari Buxoroda uch oy bo’ldilar. U shahar uning ijtimoiy va iqtisodiy turmushi, xon hamda uning hokimiyati to’g’risida juda qiziqarli ma’lumotlar qoldirdi. Jyenkinson Buxoroning xalqaro savdodagi roli va o’rnini byelgilashga katta ahamiyat byeradi. Qo’lida rus podshosining shahodatnomalari bo’lgan A.Jyenkinsonni Abdullaxon qabul qiladi. Buxoro xoni Rossiyadagina emas, balki Turkiya, Angliyadagi ahvol, shuningdyek Yevropa armiyalari qurollari bilan ham qiziqadi. A.Jyenkinson, Ridard Jonson bilan birga Buxorodan Xitoygacha boradigan yo’llar to’g’risida ma’lumotlar to’pladi, Astraxandan Xitoygacha bo’lgan yo’lni aniqladi. Bu elchilikning natijalari Rossiya uchun ham O’rta Osiyo uchun ham katta ahamiyat kasb etib, natijada Rossiya bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida faol diplomatik savdo aloqalari boshlanib kyetgan edi. I.Maqsudov missiyasi. XVIII asrning ikkinchi yarmi Rossiya Buxoro savdo va diplomatik aloqalari tarixida Rossiya elchiligining 1774-1776 yillarda Rossiyaga borishlik katta qiziqish uyg’otdi. Shu bilan birga bu elchilik siyosiy ahamiyati ham bor edi. I.Maqsudov rus hukumatiga qilgan takliflariga ko’ra, Rossiya bilan Buxoro o’rtasidagi savdo aloqalari yanada rivojlantirish uchun qozoq juzlarida Rossiya mavqyeini mustahkamlash zarur edi. Impyerator kyengashi majlisida ko’rib chiqilgan bu taklif Rossiya diqqatini jalb etdi. Rus hukumati I.Maqsudov elchiligida katta e’tibor byerar edi. 1779-1780 yillarda I.Maqsudov Rossiyaga ikkinchi elchilik boshlig’i bo’lib bordi. 1797 yilda esa Rossiyaga Shomurodning elchisi Polvonqul qurchi tashrif buyurdi. Ivan Xoxlov elchiligi. 1620-1622 yillarda rus podshosi Mixail Fyodorovich Ruslano Buxoroga boyon Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida elchilik yuboradi. U 1620 yildan boshlab diplomatik xaraktyerdagi turli xil topshiriqlarni bajarib kyelardi. Ivan Xoxlov Eron elchisi Pirqulibyekka nazoratchilardan biri etib tayinlanib, uni Saratovga kuzatib qo’ygandi. Usha vaqtda Ivan Xoxlov akasi Vasiliy bilan birga «o’z vatani bo’lmish Qozonda davlat xizmatidagi stryelyec boshliqlar hisoblanardilar». Ivan Xoxlov n Buxoro xoni Imomqulixonga elchi etib tayinlangan… 1620 yildayoq tilga olingan. Ivan Xoxlov elchi sifatida Buxoro elchisi bilan birga Imomqulixon huzuriga yuboriladi. U Rossiya bilan savdo va elchilik aloqalarini mustahkamlash, rus asirlarini ozod qilish to’g’risida xon bilan olib boriladigan muzokaralar muvaffaqiyatini ta’minlash, shuningdyek Buxoroning tashqi siyosati ahvoli to’g’risida ma’lumotlar to’plashi kyerak edi. U xonni Rossiyaning kuch-qudrati va ulug’vorligiga ishontirib, u bilan savdo hamda siyosiy aloqalarni mustahkamlashga ko’ndirishi lozim edi. Elchiga, xususan buxoroliklarga turli narsalar bilan savdo qilishga ijozat byerish hamda ularni «siquvlar va ranjitishlaridan» himoya qilish to’g’risida Qozon va Astraxan askarboshilariga, shuningdyek boshqa shaharlar 19 askarboshilariga podsho farmoyishi bilan byeriladigan xonni xabardor qilish qiziqtirar edi. Ivan Xoxlovning elchiligi 1620 yil 21 iyulda Buxoro va Xiva elchilari Odambiy va Rahimqul bilan birga Qozondan jo’nab kyetadi. Elchilik tarkibida tarjimonlar Ivan Tirkov va Syemyeyki Gyerasimovlar bor edi. Elchilik bosib o’tgan yo’l Astraxan Kaspiy dyengizi – Tupkaragan pristani – Xayrobod-Buxoro orqali tushgan edi. Xoxlov va uning hamrohlari yo’lga kyetgan vaqtini hisoblaganda 30 oyga (1620 yil 21 iyuldan 1622 yil 12 dyekabrga) qadar bo’lgan edilar. Ivan Xoxlov hisobidan ma’lum bo’lashicha elchilik o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishgan edi. Elchilik qaytib kyetayotganida Xivada unga Imomqulixonning elchisi Odambiy boy sovg’alar bilan yetib oladi. Elchilik Moskva podshosi uchun «ikki arg’umoq, chodir uy, pichoq, toshlar bilan byezatilgan qinlar, oltita baxmal, to’qqizta ipak, tuya» byeriladi. Imomqulixon unga yo’l xarajatlari uchun 400 tanga, o’zi uchun boy sovg’alar – egar va yuganlik arg’umoq, tilla ip bilan tikilgan shohi byelbog’ byergan edi. U o’z saroyidagi 23 nafar rusni ozod etgan edi. Elchilikning moddama-modda ro’yxati va boshqa hujjatlarda ikkala O’rta Osiyo xonligi – Xiva va Buxoro xonliklarining XVII asr birinchi choragidagi ichki va xalqaro ahvoli to’g’risida eng qimmatli ma’lumotlar kyeltirilgan. 1717 yil Florio Byenyevyeni elchiligi. 1717 yil 17 iyulda Pyetyerburgga Buxoro elchisi Qulibyek o’z hamrohlari bilan kyeladi. U Buxoroga qaytishida Qulibyek bilan birga Florio Byenyevyeni elchiligi yuboriladi. Pyetr I ishonch yorliqlarini 1718 yil 9 iyulda imzolaydi. Elchilik 8 kishidan iborat bo’lib, uni xizmatkorlar va harbiy soqchilar kuzatib bordi. Asli kelib chiqishi italyan bo’lgan F.Byenyevyeni Buxoro xoniga topshirish uchun podno yorlig’i byerilgan elchiga yana bir muhim, maxfiy hujjat uning Buxorodagi faoliyatiga taaluqli 7 banddan iborat yo’l-yo’riq yoki dastur topshirildi. Bunda eng muhimi – sharqqa eltadigan suv va quruqlik yo’llarini, rus savdosini qanday qilib kyengaytirish mumkinligini surishtirib bilish, xonni Rossiya bilan harbiy ittifoq tuzishga ko’ndirish va unga rus askarlari gvardiyasini taklif etish, oltin to’g’risida qayerdan, qancha qazib olishligini bilishdan iborat edi. Buxoro qurolli kuchlari tuzilmasini hamda ularning holatini ham aniqlash zarur edi. Elchi Buxoroning Eron, Xiva va Turkiya bilan o’zaro aloqalarini o’rganishga ham e’tibor byerishi kyerak edi. F.Byenyevyeni elchiligi Buxoroda jami 3,5 yil (1721 6 noyabrda 1725 yil 8 apryelgacha) turdi. Elchilik xodimlari boy haqiqiy matyerial to’plab, uni SanktPyetyerburg ochiq xat va shifrlangan matn tarzida junatib turdilar. XVII asrda turkiston Xiva xonligi, Buxoro xonligi, Qo’qon xonligi, O’rta juz, Qichiq juz hamda Qashkariya (Sharqiy Turkiston) xonliklarini bo’linib kyetgan edi. Siyosiy tarqoqlik hamda savdo yo’li va ipak yo’li o’z yunalishlarini o’zgartirib, dyengiz muhitlariga ko’chishi turkistonning iqtisodiy, madaniy jihatdan tushunlikka olib kyelgan sabablaridan biridir. Ikkinchidan, xonliklar 20 o’rtasidagi to’xtovsiz urushlar ham barcha xonliklarga xo’jalik va madaniy hayotini orqaga qaytishiga olib keladi. Shunday davrda «shajarai tarokima» yozma obidaning muallifi Xiva xoni, Abulg’oziy Arab Muhammadxon o’g’li hijriy 1012 yil 15 Rabbiyul avval oyida, milodiy sana 1603 yil 12 avgustda XVII asrdagi Xiva xonligi poytaxti Urgyench shahrida tavallud topgan, o’zbyek elatining Qo’ngirot urugidandir. Abulg’oziy bahodirxonning asarlari ichida «Shajarai Tarokimiy» (Turkmanlar shajarasi) «Shajarai turk» (Turklar shajarasi) muhim o’rinni egallaydi. Muallifning aytishiga qaraganda, «Shajarai tarokima» turkman oqsoqollari va ulug’ boshliqlarning taklifiga ko’ra oddiy turk kishisi tushunadigan, hatto byesh yashar turk o’g’loni ham anglaydigan tilda yozilgan. Asarda Odam ato avlodlari Muhammad alayhissalom payg’ambarning Xom, Som, Yefon hamda uni o’g’li Turk haqida hikoya qilinadi, Turk, mug’ul xalqlari turixi so’zlanadi. Qoraxon o’g’li Uguzxon faoliyati haqida to’xtaladi, butun o’guz eli va turkman xalqining qabilaviy tarkibi, urug’larning bir-biri bilan bog’langan nutqlari, tarixiyetnogyenyezini ko’rsatib o’tishadi. Shuningdyek, Xiva xonligi bilan Turkmanlarning siyosiy kurashlari ham eslab o’tilgan «Shajarai tarokima» asari Abulg’oziy Bahodirxon taxtga o’tirgandan ancha vaqt o’ganidan so’ng yozilganligi ta’kidlanadi. Bu ma’lumotga qaraganda 1660-1661 yillar orasida ijod qilgan «SHhjarai tarokima» yozma obidasida turkman qavmi bilan Xiva xonligi orasidagi siyosiy kurashlar, turkmanlarni itoat etish uchun olib borgan kurashlar bayon etilgan, O’zbyek va turkman xalqlari o’rtasida inoqlik o’rnatilish ko’rsatilgan. Savollar XVIII–XIX asrning birinchi yarmiga oid manbalarda O’rta Osiyo xonliklari tarixining yoritilishiga doir maxalliy olimlarkaysilarini va kaysi asarlarini bilasiz? 2. Hakimxonning ―Muntaxab ut-tavorix» asari xakida ma’lumot keltirig. 3. Mirza Salimbekning Urta Osiyo tarixi tarixshunosligi borasidagi olib borgan ishlariga baxo bering. 1. 21 2. XIX-XX asrning boshlarida rus sharqshunoslari tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining o’rganilishi. REJA 1. O’rta Osiyoning bosib olinishi va Turkiston gyenyeralgubyernatorligining tashkil qilinishiga oid manbalar. 2. Chorizmning mustamlakachilik siyosatiga oid manbalar. 3. Turkistonning rus-tadqiqotchi olimlari (gyeograflar, tipograflar, etnograflar, arxyeologlar, turkologlarning) roli va ularning asarlari manba sifatida. Tayanch iboralar: Bosqinchi, mulk ug’risi, fon Kaufman, Pyerovskiy, Ahmad Donish, Yusuf Bayoniy, Salimbyek, arxyeologlar, etnograflar, sharqshunos. Akademik Vasiliy Vladimirovich Bartold (1869—1930) Turkistonning qadimgi va o’rta asrlardagi tarixi, ijtimoiy-iktisodiy va madaniy hayotiga oid «Mo’g’ullar istilosi davrida Turkiston» (1900), «Orol dengizi va Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarning qadim zamonlardan to XVII asrgacha bo’lgan ahvoli haqida ma’lumotlar» (1902), «Turkistonni sug’orish tarixidan» (1914), «Ulug’bek va uning davri» (1918), «O’rta Osiyoda qadimdan to ruslar kelganiga qadar o’tgan davrda paxtachilik» (1924), «Turkistonning madaniy hayoti» (1927) kabi o’nlab zo’r ilmiy va amaliy qimmatga ega bo’lgan asarlar yozib qoldirgan ulkan sharqshunos olimdir. Shuni aytish kifoyaki, olim chop ettirgan 685 asarning qariyb yarmi, aniq qilib aytadigan bo’lsak 320 nafari, Turkistonning tarixi, ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayoti tahliliga bag’ishlangan. Bundan tashqari, V. V. Bartold respublikamizda, xususan uning poytaxti Toshkentda ilmiy, ilmiypedagogik va o’lkashunoslik muassasalarini ta’sis etish va ularning faoliyatini rivojlantirish ishiga ham munosib hissa qo’shdi. V. V. Bartold hayoti va ilmiy faoliyatining katta bir davri Turkiston, xususan O’zbekiston va Toshkent bilan bog’liq. U faqat 1893—1928 yillar orasida Toshkentga yetti marta kelib ketdi va uning har bir safari katta, ko’p xollarda yechimini kutib yotgan ilmiy va ilmiy-tashqiliy masalalar bilan bog’liq edi. Olim Toshkentda dastlab 1893—1894 yillarda, ya’ni o’zining Turkistonga qilgan birinchi ilmiy safari vaqtida bo’ldi. V. V. Bartold o’lkaga o’shanda Rossiya Fanlar akademiyasi va Sankt-Peterburg universiteti sharq tillari fakultetining yo’llanmasi bilan kelgan edi. Ushbu safardan kuzatilgan maqsad, olimning o’z so’zlari bilan aytadigan bo’lsaq «O’lkaning o’tmish tarixiga oid mavjud yozma axborotlarga qo’shimcha tarzda o’sha yerlarda qadimda istiqomat qilgan odamlarning qoldiqlari haqidagi ma’lumotlarni to’plash va imkoni boricha qadimiy shaharlar va qal’alarning qoldiqlarini tavsif etish»dan iborat bo’lgan. Boshqa so’z bilan aytganda, qadim zamonlarda turkiy xalqlarning Urxun-Yenisey bo’ylari va Oltoydan Chu va Ila vodiylari orqali O’rta Osiyo bilan bog’langanliklarini tekshirishga aloqador edi. 22 O’shanda V. V. Bartold va uning hamrohi etnograf S.M. Dudin (1863—1929) Toshkentga o’sha yil (1893) ning yozida yetib keldilar va bu yerda bir necha kun dam olganlaridan keyin, Avliyo Otaga (hozirgi Jambulga) jo’nab ketdilar. Ular o’sha yili Sayram, Chimkent, Avliyo Ota va ularning tevarak-atrofidagi diqqatga sazovor joylarni, shuningdek, Talos vodiysini ko’zdan kechirib ulgurdilar, xolos. Yo’lda yuz bergan baxtsiz hodisa (Vasiliy Vladimirovich otdan yiqilib oyog’ini sindirib oldi va buning oqibatida bir umrga oqsoq bo’lib qoldi) natijasida ilmiy ekspedisiya o’z ishini vaqtincha to’xtatishga majbur bo’ldi. Jarohatlangan Bartold dastlab Avliyo Otaga, u yerdan Toshkentga olib keldi va harbiy gospitalga yotqizildi. Shunday bo’lsa-da, kasal bo’lishiga qaramay, olim bu yerda o’lkashunoslik ishlarining umumiy ahvoli bilan qiziqdi va uning umumiy ahvoli bilan tanishishga muvaffaq bo’ldi. To’g’ri, Bartold kelasi yili, ya’ni 1894 yili ekspedisiya ishlarini davom ettirdi va Talos hamda Chu vodiylari, Norin daryosi va Issiqko’lning tevarak-atrofidagi osori atiqalarni borib ko’rdi. Uning 1893—1894 yillarda, xususan Toshkentda olib borgan ilmiy va ilmiy-tashqiliy ishlari alohida o’rin tutadi. V. V. Bartold Turkistonda birinchi ilmiy-o’lkashunoslik to’garagi — «Turkistonlik havaskor arxeologlarning to’garagi»ni ta’sis etishda faol ishtirok etdi. Bu ilmiy to’garak 1895 yilning 11 dekabridan o’z faoliyatini boshlab, 1917 yilga qadar ishlab turdi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, V. V. Bartold bu va boshqa to’garaklarning ishiga, umuman ilmiy ishga mahalliy kadrlarni jalb etish, ularning bilim va tajribalaridan foydalanishga ham alohida e’tibor berdi. Masalan, «Tabiat, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyati Turkiston bo’limi»ning 1893 yil 11 dekabr kuni bo’lib o’tgan yig’ilishida Bartold Turkistonda arxeologik tadqiqotlarning umumiy ahvoli va fan oldida turgan vazifalar haqida qilgan ma’ruzasida o’lkada ilm-fanni rivojlantirish uchun Toshkentda yangi ilmiy jamiyat tuzish, unga mahalliy bilimdonlarni ham jalb qilish o’ta zarurligini alohida ta’kidlab o’tdi. «O’lka tarixini o’rganish,— deb yakunladi u ma’ruzasini,— oldinda turibdi va bu ishda asosiy rolni mahalliy bilimdonlar o’ynaydilar. O’ylaymanki, bu yerda o’tirganlar mening bu fikrimga qo’shiladilar». 1893 —1894- yillarda V.V. Bartold «Turkestanskiye vedomosti» va «Okraina» gazetalari bilan ham yaqindan hamkorlik qildi. Anig’ini aytganda, u o’sha «Okraina» gazetasining muharrirlaridan biri edi. Olim mazkur gazeta sahifalarida o’zining bir qator muhim ilmiy maqolalarini. e’lon qildi. «Toshkentda ilmiy jamiyat» («Okraina», 1894, 16-son), «Turkistonda arxeologik tadqiqotlar masalasiga doir» («Turkestans-kiye vedomosti», 1893, 99-son), «Xristianlar qishlog’i Vazgerd hususida» (Turkestanskiye vedomosti», 1894, 21-son), «Turkistonda ilm-fanning umumiy ahvoli» («Okraina», 1894, 52-son) shular jumlasidandir. Ko’rib turibsizki, V. V. Bartoldning hatto gazetalarda keng o’quvchilar ommasi uchun yozgan maqolalari ham ilm-fan muammolariga bag’ishlangan ekan. 1902 yilda V. V. Bartold yana, Toshkentga keldi. O’zining so’zlariga qaragan-da, bu safar u Sankt-Peterburg universiteti sharq tillari fakultetining topshirig’iga binoan kelgan. Fakultet rahbariyati olimning oldiga «mahalliy 23 bilimdon odamlar bilan ilmiy aloqa bog’lash, bu aloqalarni, kengaytirish, Turkiston o’lkasida jamoat muassasalari hamda shaxsiy odamlar qo’lida bo’lgan qo’lyozma asarlar, shuningdek, viloyat boshqarmalarida saqlanib turgan vaqfnomalar bilan tanishish» vazifasini qo’ygan. Bundan tashqari, V. V. Bartold Turkistonda Osiyo muzeyi (hozir Rossiya Fanlar. akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo’limi)ning o’sha yillardagi direktori akademik K. G. Zaleman (1394-— 1916) ning iltimosiga ko’ra muzey kutubxonasi uchun qo’lyozma asarlar sotib olish bilan ham mashg’ul bo’ldi. V. V. Bartold 1902 yildagi safari, vaqtida, Toshkentdan tashqari, Ashxobod, Samarqand, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon va O’shda ham bo’lib, bu shaharlarda saqlanayotgan va ilm-faning bir talay sohalari (tarix, jug’rofiya, adabiyot, ilohiyot, tasavvuf, falaqiyot va h.k.)ga oid ko’pgina qo’lyozma asarlarni diqqat-e’tibor bilan ko’zdan kechirdi. Masalan. Toshkentda u bir qancha jamoat muassasalari va shaxsiy odamlarga tegishli kutubxonalar bilan tanishish sharafiga muvaffaq bo’ldi. Turkiston xalq kutubxonasi (1870 yilda ta’sis etilgan, hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Xalq kutubxonasi)da to’plangan maxsus qo’lyozma asarlar kolleksiyasi bilan yaqindan tanishdi. O’sha paytda bu kolleksiya 281 jilddan iborat edi, xolos. Bartold o’zining ilmiy hisobotida shu asarlardan ikkitasiga: G’iyosiddin Alining jahongir Amir Temo’rning 1398—1399 yllarda Hindistonga uyushtirgan bosqinchilik yurishi tarixini o’z ichiga olgan «Ro’znoma-yi g’azavot-i Hindiston» (1399—1403 yillari orasida yozilgan). Hamda xorazmlik muarrix O’tamish hoji qalamiga mansub bo’lgan «Chingiznoma» asari (XVI asr boshida bitilgan) ga alohida to’xtalib o’tgan. Olim o’sha yili Toshkentlik bir necha kitobsevarlar: general Jo’rabek (1840— 1906), Muhiddin qozi, Said Boqixon qozi, tujjor Mirza Abdulla Isamuhammedov, shuningdek o’sha paytda Piskentda istiqomat qilib turgan qoshg’arlik Bekqulibekning shaxsiy kutubxonalarida saqlanayotgan qo’lyozma asarlarni ham borib ko’rdi. V.V. Bartold tanishgan kutubxonalar orasida ayniqsa general Jo’rabek Qalandarbek o’g’lining (u 1876 yilda Sankt-Peterburgda bo’lgan sharqshunoslarning xalqaro kongressida ishtirok etgan) shaxsiy kutubxonasi boyligi bilan boshqalaridan tamoman ajralib turardi. General Jo’rabekning kutubxonasida Rashididdinning «Jome’ ut-tavorix» («Solnomalar majmuasi»), Shamsuddin Muhammad Shahriduziyning «Tarix-i hukamo» («Donishmandlarning tarjimai holi») kitobi, XVII asrda o’tgan O’rta Osiyolik qomusiy olim Mahmud ibn Valining «Bahr ul-asror» («Sirlar dengizi») kabi o’ta qimmatli asarlar bor edi. Shuning uchun ham general Jo’rabekning kolleksiyasi Toshkentdan qaytganidan keyin ham akademik Bartoldning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etdi. Ma’lumki, general Jo’rabek 1906 yilda o’zining Qorasuv yonidagi (Toshkentning janubiy-sharqiy tarafida joylashgan xushhavo manzil) dala hovlisida noma’lum shaxslar tarafidan o’ldirib ketildi. V. V. Bartold bu qonli fojiadan xabar topishi hamono, mashhur sharqshunos va o’lkashunos olim N. F. Petrovskiy (1837—1908) va Turkiston general-gubernatorligi Bosh boshqarmasida xizmat qilib turgan yana bir sharqshunos olim A. A. Semyonov (1873—1958)larga xat yozib, general Jo’rabek kutubxonasining taqdiri hakida havotirlanayotganligini 24 ma’lum qildi. «A. A. Semyonov,— deb yozadi V. V. Bartold 1911 yilning sentyabrida yozgan bir maktubida,— (Jo’rabekning) qo’lyozmalari uning Qorasuv bo’yidagi hovlisidan Toshkentga olib kelinganligi va maxsus kitob javonida saqlanayotganligini lutfan ma’lum qildi. Lekin, afsuski, Toshkentga Jo’rabekka tegishli kitoblarining faqat bir qismi (33 ta asar) olib kelingan, xolos. Kitoblarning qolgan qismi esa marhumning o’limidan ko’p vaqt o’tmay o’g’irlab ketilgan edi. V. V. Bartold bu safar ham Turkistonning boshqa shaharlarida bo’lib, o’sha joylarda mehnat qilayotgan o’lkashunoslar va mavjud ilmiy to’garaklarning ish faoliyati bilan qiziqdi, ularning yig’ilishlarida ishtirok etdi. Biz bilamizki, XIX asrning o’rtasida mustamlakachi ikki impyeriya, ya’ni Angliya va Rossiya manfaatlari Turkistonda to’knashdi. Rossiya siyosatchilari Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dyengizinining Sharqiy tomonlarini egallab olishidan g’oyat xavfsirayotgan edilar. XIX asrda Buyuk Britaniya o’z tasarrufidagi Hindiston va Afg’oniston orqali o’zbyek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalar olib borardi. Ayni paytda ingliz siyosatchilari esa Turkistonni Rossiya bosib olishidan xavfsirab, uning chyegaralari Afg’onistongacha yetib kyelmasligini istar edilar. Angliyaning asosiy maksadi xonliklarni bosib olishga chog’lanayotgan Rossiyaning ryejalarini barbod qilish, uchchala xonlikni unga qarshi kuch qilib birlashtirish va O’rta Osiyo bozorolarini egallash edi. Angliya hukumati shu maqsadda 1841-1842 yillarda Stoddart va Konnolini xonliklarga maxsus missiyasi bilan yubordi. Qo’qon va Xiva xonlari ularning taklifiga ko’ndilar. Ammo Buxoro amiri Nasrulloxon ingliz elchilarini qatl qildilar. Shu ishi bilan u chor Rossiyani ruhlantirib, uning bosqinchilik yurishi boshlashiga imkon yaratib byerdi. Rossiya bu imkoniyatdan 1853-yilda gyenyeral Pyerovskiy Oqmachitni egallab oldi. Rossiya impyeriyasi o’zbyek xonliklarini bosib olish bo’yicha katta harbiy ryejalar tuzdi. Ryejada Turkistonni bosib olgandan kyeyin xonliklarning taqdiri qanday bo’lishi oldindan hal qilinib qo’yilgan edi. Harbiy harakatlarga kyetadigan xarajatlar, qo’shin miqdori, urush xarajatlarida qatnashuvchi qismlar, suv va quruqlikda harakat qiluvchi vositalar, qurol-yarog’ zahirasida Rossiya harbiy vazirligida o’z yechimiga ega edi. Ryejada asosiy zarbani Qo’qon xonligiga byerish, ayni paytda Xiva, Buxoro xonliklarining birlashgan qo’shin tuzishga va ularga birgalikda harakat qilishga imkon byermaslik, ular o’rtasida nizo-nifokni kuchaytirish yo’llari o’rganilib chiqilgan edi. Shunday qilib, gyenyeral Chyernyayev 1964 yilni 1 oktyabrida Toshkyent shahrining sharqiy tomonidan bosib olishga harakat qildi. Uning qo’shinida 8 rota askar, 100 nafar kazak, 12ta zambarak, 1500 urish soldati guruhlardan iborat edi. Bu harakat amalga oshmad. Nihoyat, 1865 yil 9 may kuni har ikki tomon kuchlari to’qnashdi. Bu voqyealarni o’lkashunos tarixchi Mirza Olim Toshkandiy o’zining «Tarixi Turkiston» nomli kitobida qo’yidagicha bayon etadi: «Bir nyecha kundan kyeyin Russiya askarlari Toshkand ustiga kyelib, qaytadan Xujand darvozasidan hujum qila boshladilar. O’sha vaqtda Toshkyent shahrining tomonlari atrofini aylantirib, 25 1. 2. 3. bino qilingan qalin va baland qo’rgon, tashkari atrofii zovur qazilgan va un ikki davrozasi bor edi. Bu jangni o’z ko’zi bilan ko’rgan Muhammad Solih «Tarixi Ja’didi Toshkyent» nomli qo’lyozma asarida qo’yidagicha tasvirlaydi: Butun osmonni tutun va chang qoplab oldi, nihoyat ruslar yaqindagi tyepalik tomon chyekinib, mudofaaga utishga majbur bo’ldilar. Qamalda yotgan shaharliklar buni ko’rib juda quvondilar, yetti yashar boladan tortib yetmish yashar chollargacha g’alabani qutlab, sarbozlarga ovqat, sharbat, issiq non kyeltirib turdilar. Lyekin rus qo’shinlari o’zlarini o’nglab, qayta hujumga utib, Toshkyent qo’shinlarini orqaga chyekintirdi». Toshkyent dahshatli xavf ostida qolgan kunlarda shaharning obro’-e’tiborli vakillari yig’ilishib, Buxoroga o’z elchilarini jo’natdilar. Elchi Buxoro amiri Muzaffar Toshkyent ahliga nisbatan xiyonat bilan tyeng darajada fikrini bildirib, shunday maqtanchoqlik qildi: «Myen bir rus lashkarboshisi bilan jang qilishni ornomus dyeb bilaman. Xohlasam to’ppa-to’g’ri Moskva yoki Pyetyerburgga borib Rus davlati bilan urushaman» dyedi. Kaltafahmlik bilan Qo’qon xonligiga qarshi yurishga tayyorlandi. Dushmanga qarshi kurashish o’rniga Turkiston birliliga putur yetkazadigan xatarli yo’lni tanladi… Shunday qilib, 1867 yil 14 yiyulda Rossiya impyeratori Alyeksandr II Turkiston gyenyeral-gubyernatorligiga ta’sis etdi. 1886 yilda chor hukumati «Turkiston o’lkasini boshqarish haqida Nizom»ni tasdiqladi. Shu Nizomga asosan rus aholisini ko’chirib kyeltirish yo’li bilan o’lkani ruslashtirish harkatini qonuniy mustahkamlab, unga siyosiy tus byerdi. Ko’chib kyeluvchilarga 10 d-dan kam bo’lmagan yer ajratish byelgilandi… 15 yil ichida, ya’ni 1875-1890 yillar ichida Turkistonda 19ta rus qishlog’i tashqil qilindi. 1891-1892 yillarda Rossiyada ocharchilik boshlanganda esa Turkistonga ko’chib kyeluvchilarning soni nihoyatda ko’payib kyetdi. Ana shu ikki yil davomida 25 ta rus qishlog’i paydo bo’lib, yer dyehqonlarining soni ikki baravar ko’paydi… Savollar Akademik Vasiliy Vladimirovich Bartoldning Urta Osiyo tarixi tarixishunosligi xakida nima bilasiz? X!X asr oxiri XX asr boshlarida chor Rossiyasining Urta Osiyo xonliklarining bosib olinishiga doir vaziyatlarni misol keltiring. Turkiston geniral-gubernatorligi tashkil etilishi tarixini izoxlab bering. 26 XX asrda Buxoro amirligi tarixining o’rganilishi. REJA 1. Ashtarxoniylar davrida Buxoro tarixshunosligi 2. Mang’itlar boshqaruvi davrida Buxoro tarixshunosligi 4. H. Ziyoyev, A. G. Ahmadjonov, Sh. Vohidov, K. Hakimova, F. Qosimov, Q. Rajabov, 0. Masaliyeva, F. Ochildiyev, A. Xoliqulov, M. Hamidova, B. Ergashev, Sh. Yusupov, A. Odilov, R. Xoliqova va boshqa mualliflarning ilmiy tadqiqotlari musta-qillik davri mahsuli hisoblanib, ular yaratgan asarlar va maqolalarda XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro tarixining ayrim jihatlariga taalluqli masalalar ustida to’xtalib o’tilgan. Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi davrida Buxoro xonligi 1601-1753 yy Buxoro xonligida yuzaga kelgan siyosiy inqiroz shayboniylar sulolasining barham topishiga olib keldi. Bu vaqtda Buxoroda yashab turgan va shayboniylarga qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan Jonibek sulton xonadoni vakillari taxt uchun asosiy da’vogar bo’lib siyosiy maydonga chiqdilar. Jonibek sulton Jo’jining o’n uchinchi o’g’li To’qay Temur avlodlaridan bo’lib, uning ajdodlari Dashti Qipchoqning g’arbida, Hoji Tarxon (Astarxan) da hukmronlik qilganlar. Rus davlatining markazlashuvi va Ivan IV (Ivan Vasilyevich, Grozniy, 1533-1583 yy) davrida davlat yerlarining qo’shni davlatlar hisobiga kengaytirilishi jarayonida 1556 yilda Astraxan ham rus podshosi tomonidan bosib olindi. Shahar hukmdori Yormuhamad o’z oilasi bilan birga Buxorodan panoh topadi. Keyinchalik Buxoro xoni Iskandar sultonning qiziga uylangan Yormuhammadning o’g’li Jonibek sulton xon xonadoniga yaqinlashadi, uning farzandlari esa Abdullaxon II davrida yuqori martabalarga erishadilar. Shayboniylar sulolasi tanazzulga yuz tutib, taxtni boshqaradigan sulola vakili qolmaganligi tufayli Buxoro ulamolari va amirlar kengashgan holda taxtni Ashtarxoniy Jonibek sultonga topshiradilar. Biroq u chingiziy bo’lishiga va taxtni boshqarish xuquqiga to’la imkoni borligiga qaramasdan, taxtga Abdullaxon xonadoniga yaqin bo’lganlar ko’proq xaqli deb hisoblaydi va uning jiyanlari, ayni vaqtda o’z o’g’illari foydasiga taxtdan voz kechadi. Shu tariqa Buxoro xonligi taxtiga yangi sulola – Ashtarxoniylar (sulola asoschisi nomi bilan Joniylar deb ham yuritilgan) sulolasi keladi. Bu vaqtda taxtni egallashi lozim bo’lgan katta o’g’il Dinmuhammad xonlikning janubiy-g’arbiy viloyatlarida noib bo’lib, Niso va Obivardda hokimlik qilardi. Buxoroda yuzaga kelgan vaziyatdan xabar topgan eronliklar harbiy yurish boshlab, chegara hududlariga xavf sola boshlaydilar va Obivardni qamal qiladilar. Dinmuhammad dushmanga qarshi bir necha kun jang olib boradi va ko’zidan hamda oyog’idan yarador bo’ladi, Buxoroga qaytishda yo’lda duch kelgan qaroqchilar tomonidan o’ldiriladi. Dinmuhammad halok bo’lgach, taxtga uning ukasi, bu vaqtda Samarqand hokimi bo’lib turgan Boqimuhammad (1601-1605 yy) o’tkaziladi. Boqimuhammad 27 yangi sulolaning birinchi vakili sifatida taxtga chiqqan bo’lsada hozircha rasmiy hokimiyat Jonibek sulton izmida bo’lib, uning nomidan ish yuritilgan, farmonlar chiqarilgan va tangalar zarb etilgan, uning nomi xutbaga qo’shib o’qilgan. Boqimuhammadning davlat tepasiga kelishi va Buxoro xonligida yangi sulolaning hokimiyatni egalashi bilan amalda katta o’zgarishlar sodir bo’lmadi. Abdullaxon II ning o’limi va shayboniylar sulolasining so’nggi vakillari davrida boshlangan o’zaro ichki kurashlar va siyosiy tarqoqlik yanada kuchaya boshladi. Shuning uchun yangi hukmdor oldida turgan eng muhim vazifalardan biri mamlakat hududiy yaxlitligini saqlab qolish va markaziy hokimiyatni kuchaytirishdan iborat edi. Ayniqsa, Marv va Balx hokimliklari, turkmanlar markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslik bilan birga atrof viloyatlarga ham bosqinchiliklar uyushtira boshladilar. Bu holatni bartaraf etish uchun 1602 yilda Balxga harbiy yurish uyushtirdi. Bu yurishda qo’shinga qo’mondonlik qilgan ukasi Valimuhammad juda katta jonbozlik ko’rsatib Balxni, shuningdek Andxo’y, Shibirg’on va Murg’ob daryosigacha bo’lgan katta hududlarni Buxoro xonligiga bo’ysundirdi. Bundan ruhlangan Boqimuhammad Valimuhamadni taxt vorisi deb e’lon qiladi va o’zi Buxoroga qaytadi. U 1605 yilda kasallanib vafot etadi, taxtga Valimuhammad o’tiradi. Valimuhammad (1605-1611 yy) ham akasi kabi eng avvalo janubi sarhadlarni mustahkamlashga va safaviylardan yordam olib, Buxoroga hujum qilayotgan qabilalarga qarshi kurashishga majbur bo’ldi. Ayni vaqtda ichki siyosiy vaziyat ham keskinlashib, bir qator o’zbek beklari markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh torta boshladilar, mamlakatning hududiy yaxlitligi xavf ostida qola boshladi. Dastlab Eronga qarshi yurish qilib, g’alabaga erishgan Valimuhammad Xirotgacha bo’lgan hududlarni xonlikka bo’ysundiradi. Eron shohi Abbos bilan tuzilgan sulh esa mahalliy hukmdorlarning noroziligiga sabab bo’ladi, oqibatda 1608 yilga kelib Valimuhammaddan norozi guruh shakllanib qoladi, ularning asosiy maqsadi xonni taxtdan tushirib, uning o’g’li, Samarqand hokimi Imomquli sultonni taxtga o’tkazish edi. 1611 yilda Imomqulixon va Valimuhammad o’rtasida bo’lib o’tgan jang natijasida Valimuhammad mag’lubiyatga uchrab, Eronga qochishga majbur bo’ladi. Taxtni Imomqulixon (1611-1642 yy) egallaydi. Ko’p o’tmay shoh Abbos qo’shinlari yordamida taxtni qaytarib olish uchun jang boshlagan Valimuhammad yana jangda yengiladi va asir olinib, qatl (1611 y) etiladi. Imomqulixon hukmronligi davrida xonlikning Xurosondagi janubiy sarhadlari davlat tarkibidan chiqib ketdi, shunga qaramasdan yangi xon ichki siyosiy beqarorlikni bartaraf etish va mamlakat sarhadlarini shimoliy-sharqqa tomon kengaytirib borishga katta e’tibor qaratdi, Toshkent va uning atroflari xonlikka bo’ysundirildi. 1612 yil Imomqulixon Toshkentni egallab, o’g’li Iskandar sultonni hokim etib tayinladi, biroq shahar aholisi uning nojo’ya hattiharakatlaridan norozi bo’lib isyon ko’tardi va uni o’ldirdi. Bundan g’azablangan Imomqulixon Buxoro, Balx va Badaxshon viloyatlaridan qo’shin yig’ib kelib Toshkent aholisini qirg’in qilgan. 28 Imomqulixon mamlakatdagi siyosiy vaziyatni izga solgach, tashqi siyosatga ham katta e’tibor bilan qaradi. Uning hukmronligi davrida Hindiston, Eron, Rossiya davlatlari bilan elchiliklar amalga oshirildi. 1642 yilda sog’lig’i yomonlashganligi tufayli taxtni ukasi Nadrmuhammadga topshiradi va o’zi haj safariga jo’naydi va safarda vafot etadi. Keyingi yillarda hukmronlik qilgan Nadrmuhammad (1642-1645 yy), Abdulazizxon (1645-1681 yy), Subxonqulixon (1681-1702 yy) hukmronligi davrida ichki siyosiy vaziyat yanada keskinlashib bordi. Ichki kurashlar bilan bir qatorda Xiva xonligi, qozoq sultonlari va Eronga qarshi bir necha marotaba harbiy to’qnashuvlar yuz berdi. Ayni vaqtda shayboniy Abdullaxon II hukmronligi yillarida katta mavqyega erishib olgan Jo’ybor hojalari va boshqa din peshvolarining mamlakat siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi. XVIII asr boshlariga kelib, mamlakatdagi siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi, urug’ va qabila boshliqlari birga mahalliy hukmdorlarning o’zboshimchaligi va markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortishi holatlari avj oldi, mamlakat siyosiy inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Bu holatni bartaraf etish uchun kurashgan ashtarxoniylarning eng so’nggi vakili Ubaydullaxon (1702-1711 yy) edi. U vaziyatni tinch yo’l bilan, iqtisodiy choralar yordamida amalga oshirish siyosatini qo’lladi va 1708 yilda pul islohoti o’tkazdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad bebosh o’zbek amirlarining iqtisodiy erkinligini cheklash va shu yo’l bilan ularni hokimiyatga bo’ysundirish, ayni vaqtda esa mamlakat xazinasini ham to’ldirish edi. Biroq bu islohot ko’zlangan natijani bermadi va aksincha markaziy hokimiyatdan norozilik va boshboshdoqlik yanada avjga chiqdi. Ko’pgina mahalliy hukmdorlar va din ulamolari o’zlari egallab turgan mulklarini mustaqil deb e’lon qilish yo’lini tutdilar. Bularning orasida eng jiddiy voqyea Farg’ona vodiysining xonlik tarkibidan chiqishi va o’zini mustaqil deb e’lon (1709 y) qilishi bo’ldi. Ashtarxoniylarning so’nggi xoni Abulfayzxon ham mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyatni yo’lga sola olmadi. Abulfayzxon hukmronligi yillarida (1711-1747 yy) ichki siyosiy vaziyatning keskinligi saqlanib qolishi bilan birga tashqi dushmanlarning ham davlat mustaqilligiga tajovuzi kuchayib bordi. Buxoroning o’zida markaziy hokimiyat amalda bir guruh o’zbek urug’lari amirlari, xususan Javshin qalmiq, Ma’sumbiy otaliq, Hakimbiy otaliq qo’liga o’tib qolgan edi. Buxoroda katta mavqyega ega Hakimbiy otaliq mang’it bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan Shahrisabz mulki hokimi Ibrohim miroxur kenagas 1716 va 1719 yillarda Buxoro va Qarshiga hujum uyushtirdi. Bu to’qnashuvlar Ibrohim kenagasga muvaffaqiyat keltirmagandan so’ng u Niyoz hoja qatag’on, Qoplonbiy qipchoq, Avazbiy to’qsoba kabilar bilan birlashib, 1722 yilda Xiva shayboniylari xonadoniga mansub Rajab sultonni Samarqandda xon etib ko’tardilar. Bu xonlik mustaqil holda 1730-31 yillargacha hukm surdi. Ayni vaqtda qozoq sultonlari ham Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga bir necha marta (17231729 yy) bosqinchilik hujumlari uyushtirdilar. Buxoro xonligining ichki siyosiy hayotini diqqat bilan kuzatib turgan eronliklar XVIII asrning 30-yillarida xonlikka tajovuz qila boshlaydilar. Eron shohi Nodirshoh va uning o’g’li Rizoquli boshchiligidagi Eron qo’shinlarining 29 1736 va 1740 yillarda amalga oshirgan bosqinchiligi natijasida Buxoro xonligi qisqa vaqt Eron ta’siriga tushib qoladi. Vaziyatdan foydalangan mang’it amirlari Hakimbiy otaliq boshchiligida hokimiyatni o’z qo’llariga olishga intiladilar va 1747 yilga kelib o’z maqsadlariga erishadilar. Abulfayzxon o’ldirilib, ashtarxoniylar sulolasiga barham beriladi va taxt amalda mang’it amirlari hukmi ostiga o’tadi. Mang’itlar sulolasi davrida Buxoro amirligi 1753-1920 y Ashtarxoniylar hukmronligining so’nggi davriga kelib, mamlakatdagi siyosiy vaziyat keskinlashdi, markaziy hokimiyat zaiflashishi bilan birga qabilalar o’rtasidagi o’zaro nizolar ham avj oldi. Bu holat Ubaydullaxon (1702-1711 yy), ayniqsa Abulfayzxon hukmronligi yillarida yaqqol namoyon bo’ldi. Mahalliy hokimlardan ayrimlari, xususan Samarqand hokimi Rajab sulton, Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy kenagas, Karmana hokimi Abdulkarim bahrinlar markaziy hokimiyatni o’z ta’siriga olish va uni ag’darib tashlash maqsadida bir necha yillar davomida harbiy harakatlarni avj oldirib, Abulfayzxonga qarshi kurash olib bordilar. Buxoro xonligidagi ichki siyosiy parokandalikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh Buxoroga harbiy yurish uyushtirdi. Uning buyrug’i bilan o’g’li Rizoqulixon 12 ming qo’shin ko’magida Qarshiga hujum boshladi. Qarshi va Samarqand qo’shinlarining birgalikdagi qattiq qarshiligidan so’ng 1736–1737 yillarda bo’lib o’tgan eronliklarning yurishi qaytarildi. Ikkinchi yurishga o’zi boshchilik qilgan Nodirshoh 1740 yilda Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiy mang’it bilan ittifoq tuzishga erishadi. Hakimbiy vositachiligida Abulfayzxon bilan aloqa o’rnatishga erishgan Nodirshohni Buxoro hukmdorlari hurmat bilan kutib olishga majbur bo’ladilar. Muzokaralar chog’ida Hakimbiyga katta imtiyozlar va xuquqlar berilib, Abulfayzxon amalda vassal xonga aylanib qoldi. Ayni vaqtda Muhammad Hakimbiy mang’itning boshqaruvdagi mavqyei va ta’siri ortib bordi, o’g’li Rahimbiy esa Nodirshoh xizmatiga o’tgan edi. 1743 yilda Muhammad Hakimbiy vafot etib uning ta’ziyasiga Nodirshoh ruxsati bilan o’g’li Rahimbiy keladi. Marosimlar tugagach yana Eronga qaytadi. Biroq, 1745 yilda Buxoro xonligida Abulfayzxonga qarshi qo’zg’olonlar avjiga chiqqach, Nodirshoh ularni bostirish maqsadida Muhammad Rahimbiyni yuboradi. U qo’zg’olonlarni bostirgach, Abulfayzxon tomonidan ―Amir – ul umaro‖ lavozimiga ko’tariladi. Rahimbiyning xonlikdagi nufuzi ortib bordi. 1747 yil yozida Nodirshoh Mashhad yaqinida jiyani Aliqulixon tomonidan o’ldirildi. Bu vaziyatdan foydalangan Muhammad Rahimbiy Abulfayzxonga qarshi fitna uyushtirib, uni qatl qildirdi. Biroq mavjud an’analarga asosan u xonlik taxtini qo’lga kirita olmadi va ashtarxoniylardan Abdulmo’min va Ubaydulla Sultonlar rasman xon etib e’lon qilindi. Amalda davlat boshlig’i bo’lib qolgan Muhammad Rahimbiy 1756 yilda ashtarxoniylar sulolasining barcha vakillarini yo’q qilib, 30 rasman davlat hukmdoriga aylandi. Xonlik rutbasiga rasman erisha olmagan Rahimbiy amir unvonida davlatni idora qila boshladi va shu vaqtdan boshlab davlat ham Buxoro amirligi deb yuritila boshlandi, davlat tepasiga yangi sulola – Mang’itlar sulolasi keldi va 1920 yilgacha hokimiyat tepasida turdi. Muhammad Rahimbiy eng avvalo davlatning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish maqsadidagi siyosatni yurita boshladi. Asosini yollanma askarlar (qisman afg’onlar) tashkil etuvchi kuchli qo’shin yordamida Sharqiy Buxoro, Hisor, Urgut, Panjikent, O’ratepa, Xo’jand, Miyonko’l atrofida yashovchi xitoy-qipchoqlarni bo’ysundirish uchun bir necha yil davomida kurash olib borildi. Muhammad Rahimxon vafot etgach (1758 y), hokimiyat tepasiga Doniyolbiy keldi. U mahalliy hokimlar isyonidan xavfsirab, o’zi otaliq mansabida qolgan holda rasmiy hukmdor sifatida taxtga ashtarxoniy Abulfayzxonning nabirasi Abdulg’ozini o’tkazadi. Biroq bu Doniyolbiyga mamlakat tinchligini saqlab qolishga imkon bermadi. Qiqa vaqt ichida markaziy hokimiyat zaiflashib O’ratepa, Jizzax, Xatirchi, Kattaqo’rg’on, Shahrisabz, G’uzor va boshqa bekliklar hokimiyatga bo’ysunmaslik bilan bir vaqtda unga qarshi kurash ham olib bordilar. Garchi Doniyolbiy mahalliy hokimlarga qarshi kurashib, ularni bir necha marta bo’ysundirishga erishsada, biroq mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy parokandalikni bartaraf eta olmadi. Oqibatda 1785 yilda taxtdan voz kechib, o’g’li Shohmurodga topshirishga majbur bo’ldi. Abulg’ozini taxtdan tushirgan Shohmurod 1785 – 1800 yy) amir sifatida davlatni boshqardi. Amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida markazlashish jarayonlari qaytadan yuzaga keldi. Bu esa o’z navbatida siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi uchun asos bo’ldi. Markaziy hokimiyat mustahkamlandi, siyosiy va iqtisodiy sohada, soliqlar borasida bir qator islohotlar o’tkazildi. Amir Shohmurod vafotidan so’ng taxtga o’g’li Haydar (1800–1825 yy) o’tirdi. U ham hukmronligining dastlabki vaqtlaridanoq markaziy hokimiyatni kuchaytirishga kirishadi. Bu vaqtda buxoro amirligi Zarafshon va Qashqadaryo vohalari, hozirgi Turkmanistonning sharqiy qismi, Marv, Hisor, Xo’jand, O’ratepa, Panjikent, Urgut va shimoliy-sharqda Turkistongacha bo’lgan hududlar ustidan hukmronlik qilar edi. Amir Haydar ichki vaziyatni barqarorlashtirish bilan birga Xiva hamda Qo’qon xonliklari bilan ham hududiy nizolarni bartaraf etishga majbur bo’ldi. 1804 va 1818 – 1819 yillarda Xiva xonligi bilan urush olib borgan bo’lsa, Qo’qon xonligi bilan harbiy to’nashuvlar uzoq davom etdi. Ikki davlat chegaralari bo’ylab joylashgan Jizzax va O’ratepa bir necha bor qo’ldan-qo’lga o’tib turgan bo’lsa, ayni vaqtda Toshkent, Turkiston, Xo’jand uchun ham shiddatli janglar olib borildi. Qo’qon xoni Umarxon bilan tuzilgan sulh ham ikki o’rtadagi urush harakatlarni to’xtatib qola olmadi. Ayni vaqtda markaziy hokimiyatga bo’ysunishni istamagan Shahrisabz hokimlari ham uzoq vaqt Amir Haydarga qarshi kurash olib bordilar. Ularning qarshiligi amir Nasrullo hukmronligi yillarida ham davom etdi. Shunga qaramay amir Haydar o’zidan avvalgi amirlarga nisbatan boshqaruvda qat’iy 31 siyosat olib bordi va ma’lum darajada davlatning siyosiy va iqtisodiy barqarorlashuviga erisha oldi. Amir Haydar vafotidan so’ng (1826 y) birin-ketin taxtga o’tirgan o’g’illari Husayn (2 oy) va Umar (4 oy) o’z birodarlari Nasrulloh tomonidan qatl ettiriladi va amalda buxoroning yagona hukmdori Nasrulloxon (1826-1860 yy) bo’lib qoladi. Bu vaziyatda Shahrisabz va Kitob hokimlari o’z mulklarini mustaqil deb e’lon qiladilar. Amir Nasrulloh mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash maqsadida shafqatsiz kurash olib boradi va 1856 yilga kelibgina o’z maqsadiga erishadi. Ayni vaqtda Xiva xonligi va Qo’qon xonliklari bilan ham kurash olib borgan amir Nasrulloh 1842 yil Qo’qon xonligini bosib olishga va xon Sulton Maxmudxon hamda Muhammad Alixonlarni qatl ettirishga erishadi. Keyingi yillarda davlatni boshqargan amir Sayyid Muzaffar (1860-1885 yy), amir Sayyid Abdulahadxon (1885 – 1910) va amir Sayyid Olimxon (1910 – 1920) lar hukmronligi davrida Qo’qon xonligi, Xiva xonligi bilan tashqi nizolar davom etib turdi. Bu davrda ayniqsa Rossiya imperiyasi bilan tashqi siyosiy munosabatlar keskinlashdi va bir necha marta Jizzaxda, Erjarda, Cho’ponotada, Zirabuloqda bo’lib o’tgan to’qnashuvlardan so’ng 1868 yilda Buxoro amirligi Rossiya imperiyasi tomonidan harbiy yo’l bilan bosib olindi va qaram davlatga aylantirildi. 1917 yilga kelib Rossiyada imperator boshqaruvi ag’darilib, siyosiy jarayonlar natijasida hokimiyatning bolsheviklar tomonidan egallanishi Buxoro amirligiga ham ta’sir ko’rsatdi va 1920 yilda amirlik rasman tugatildi. Bu vaqtda Buxoro amirligi hududlari 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etib, chegaralari janubda Amudaryoning so’l qirg’og’idan Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan hududni egallagan edi. Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanib, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofarnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, shuningdek, Turkmaniston hududiga kirgan Murg’ob daryosi vohalaridagi yerlar ham Buxoro amirligiga qarar edi. XIX asr oxirlari – XX asr boshlariga kelib Buxoro amirligida 2 millionga yaqin aholi mavjud bo’lib, Zarafshon vodiysida 300 – 350 ming, Qashqadaryo vohasida – 500 ming, Surxandaryo vohasida 200 ming, Sharqiy Buxoroda 500 ming aholi yashar edi. Amirlikning yirik shaharlari Buxoroda 60 ming, Samarqandda 50 mingga yaqin aholi istiqomat qilardi. Aholi etnik jihatdan ko’pgina qavm va urug’lardan tarkib topgan bo’lib, uning 60 foizga yaqinini o’zbeklar tashkil etgan. Davlat poytaxti Buxoro shahri bo’lib, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G’uzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko’lob va boshqa iqtisodiy va siyosiy markazlari ham mavjud edi. Shu tariqa XVI asr boshlarida shakllangan Buxoro davlati sulolalar almashinuvi va siyosiy-iqtisodiy evrilishlarga qaramasdan XX asr boshlarigacha, 400 yildan ortiqroq hukm surdi hamda o’zbek davlatchiligi tarixida va uning taraqqiyoti bosqichlarida o’ziga xos iz qoldirdi. 32 Savollar 1. Buxoro xonligi tashkil topishi tarixi tarixshunosligixakida nimalar bilasiz? 2. Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasining tutgan urni tarixi tarixshunosligi tasniflab bering. 3. Buxoro xonligida mangit sulolasi xukumronligi tarixi tarixshunosligi xakida nimalar bilasiz. 4. Buxoro amirligidagi ijtimoiy- siyosiy axvol xakida va xukumdor sulolalar orasidagi uzaro munosabatlar kanday kurinishga ega edi? 33 5.XX asrda Xiva xonligi tarixining o’rganilishi. REJA 1.Xonlikdagi siyosiy vaziyat 2.Xiva xonligi tarixshunosligi 3. Xiva xonligining diplomatic aloqalari Xiva xonligi davlatchiligi 1511-1920 yil. O’zbekiston hududlaridagi ilkdavlatchilikning asoslaridan biri yaratilgan Xorazm vohasida davlatchilik an’analarining shakllanishi ming yillarga borib taqaladi. Bu hududda davlatchilik o’zining turli taraqqiyot bosqichlarida boshqaruv va davlatchilik an’analarini ma’lum darajada saqlagan holda taraqqiy etib keldi. XVI asr boshlariga kelib Movarounnahr, Xuroson, Eronda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va bu hududlar siyosiy kuchlarining o’zaro to’qnashuvlari natijasida hokimiyat tepasiga Dashti Qipchoq o’zbek urug’larining vakilari keldi. Temuriylarning inqirozga yuz tutishi va Movarounahrda yuzaga kelgan siyosiy vaziyatdan o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va hokimiyatni o’z qo’liga olishga intilgan Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon Movarounnahr hududlarini istilo qilish chog’ida Xorazm hududlariga ham bir necha marta harbiy yurishlar uyushtirgan edi. Shayboniyxon Movarounnahrning asosiy hududlarini ishg’ol qilgach, 1504 yilda Xorazmga ham harbiy yurishlarini boshlaydi va uning yuborgan qo’shinlari Qiyot va uning atroflarini egallab, asosiy jangga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. 1504 yil Buxorodan yo’lga chiqqan Shayboniyxon Urganchni o’n bir oy davomida qamal qiladi va 1505 yilning avgust oyida butun Xorazmni bosib olishga muvaffaq bo’ladi. Bungacha Xorazm So’fiylar sulolasi hokimiyati ostida bo’lib, rasman temuriylardan Xirot va Xuroson hokimi Sulton Xusayn Boyqaroga bo’ysunar edi. Xorazmning zabt etilishiga Xorazm xokimi Chin So’fiyning o’z ayonlari tomonidan o’ldirilishi hamda bundan avvalroq Chin So’fiy tarafdorlari bo’lgan turkman qabilalarining ham tor-mor qilinishi sabab bo’lgan edi. Qisman Xuroson, qisman temuriylarga bo’ysungan xorazm hududlari butunlay Shayboniyxonga bo’ysundiriladi. Xorazm bo’ysundirilgandan so’ng uning ta’sir doirasiga kiruvchi qozoqlar va janubdagi Xurosonga tutash hududlarga qarshi jang olib borgan Shayboniyxon 1510 yil Marv yaqinida Eron shohi Ismoil Safaviy qo’shinlari tomonidan mag’lubiyatga uchratiladi va jangda o’ldiriladi. Uning o’limidan so’ng shayboniylarning boshqa vakillari, xususan Ko’chkinchixon shayboniylarning Xorazmdagi hukmronligini saqlab qola olmaydi va bu hududlar Xuroson bilan birga Eron qo’shinlari tomonidan bosib olinadi. Ismoil Safaviy Xorazm va uning viloyatlarni boshqarish uchun bu yerga o’z dorug’alarini, jumladan Subxonquli arabni Xiva, Urganch va Xazoraspni boshqarish uchun, Rahmonquli arabni Vazir shahrini boshqarish uchun yuboradi. Xorazm xalqi chet ellik bosqinchilarning hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakatlarini boshlab yuboradilar, bunga ayniqsa bosqinchilarning boshqa mazhab vakillari ekanligi ham katta ta’sir ko’rsatadi va aholining barcha tabaqa vakillarining kurashga qo’shilishiga turtki beradi. Kurashga Xorazmning yirik 34 diniy ulamolaridan Sayyid ota xonadoni vakillari boshchilik qiladilar. Eronliklarga qarshi ikki yilga yaqin olib borilgan kurash 1512 yilga kelib bosqinchilarning Xorazm hududlaridan haydab chiqarilishiga va hokimiyatning shayboniylardan bo’lgan o’zbek sultonlari tomonidan egallanishiga yo’l ochib beradi. Vazir shahri ulamolari va amirlarining taklifi bilan Muhammad Shayboniyxon tomonidan qatl etilgan Shayboniy Burkasultonning o’g’li Elbars sulton Xorazm hokimiyatini egallaydi. U xalqning qo’llab-quvvatlashi bilan eronliklarni bu yerdan butunlay haydab chiqarishga va Xorazm viloyatlarini bosqinchilardan ozod qilishga erishadi. Shu tariqa 1511-1512 yillarda olib borilgan kurashlar natijasida Xorazm mustaqil davlatga aylantiriladi, hokimiyatni esa Shayboniylar sulolasi vakillari egallaydilar, shu vaqtdan boshlab davlat rasman Xiva xonligi nomi bilan yuritila boshlanadi. Tez orada Xiva xonligi o’zining ichki siyosiy barqarorligini tiklabgina qolmasdan, bir qancha qo’shni hududlarni ham o’z ta’siriga olishga erishadi, ayniqsa 1524 yilda Ismoil Safaviy o’limi bilan Eronda boshlangan sulolaviy nizolar Xiva xonligiga Shimoliy Xurosonning katta qismini, Saraxs, Balxan va Mang’ishloq yerlarini o’ziga qo’shib olishigi imkon yaratadi. Shuningdek, bu vaqtda Buxoro xonligi bilan ham keskin siyosiy munosabatlar saqlanib qolgan edi. Muhammad Shayboniyxon tomonidan bir vaqtlar qo’lga kiritilgan Xorazmni qaytarib olish uchun bir necha xonlar harakat qiladilar. Shulardan dastlabkisi 1537 yilda Ubaydulla sulton tomonidan amalga oshiriladi. Samarqand, Hisor, Toshkent va Buxoro qo’shinlariga boshchilik qilgan Ubaydulla sulton Urganchni egallaydi va Biyotkori mavzesiga qochib ketgan xon qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratib, Elbarsxonning beshinchi farzandi bo’lgan Avaneshxonni o’ldiradi. Ubaydulla sulton Xorazmga o’z o’g’li Abdulazizni noib etib tayinlaydi. Xonlik hududlari to’rt qismga bo’linib, ular Toshkent, Samarqand va Hisor hokimlariga topshiriladi. Biroq Avaneshxon avlodlari kuch to’plab, turkman qabilalarining yordamiga tayangan holda 1539 yilda qaytadan Xivani egallaydilar, Abdulazizxon esa Urganchdan Buxoroga qochadi. Shu yiliyoq Xiva xonligiga qarshi ikkinchi yurishini amalga oshirgan Ubaydulla sulton xivaliklardan mag’lubiyatga uchraydi va Xiva xonligi o’z mustaqilligini tiklab olish hamda uni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Buxoro xoni Abdullaxon II ham Xorazmni qo’lga kiritish uchun bir necha marta yurish qildi va faqatgina 1593-1595 yillardagina bunga erishdi, biroq uning o’limi bilan 1598 yilda Xorazm yana o’z mustaqilligini tiklab olishga erishdi. XVI-XVII asrning o’rtalarigacha bo’lgan davr davomida Xiva xonligida markaziy hokimiyatning zaiflashib borishi va davlatning iqtisodiy hamda harbiy jihatdan to’laqonli qudratga erisha olmaganligining asosiy sabablaridan biri ko’p sonli urug’lar va qabilalarning o’z hududlarida nisbatan mustaqil siyosat yuritishlari va ayni vaqtda o’z urug’larining harbiy kuchlariga tayangan holda markaziy hokimiyatga kuchli bog’liq emasliklari bilan xususiyatlanar edi. Bunday zaiflik ayniqsa Eron, Buxoro, qalmiqlar, qozoqlar, Rossiya chegara hududlaridagi 35 kazaklarning xonlik hududlariga bosqinchilik yurishlarida yaqqol namoyon bo’lardi. Xonlikning ichki siyosiy kurashlari Arab Muhammad (1602-1623 yy) hukmronligi yillarida nihoyatda kuchaydi. Taxt uchun ota va o’g’illar o’rtasidagi kurash natijasida avval Elbars (1623 y), keyin Asfandiyor (1623-1643 yy) hokimiyat tepasiga keldi. Biroq ular ham xonlikdagi ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtira olmadilar, sulolaviy kurashlarga turkman qabilalari, Orol o’zbeklari katta ta’sir o’tkazib turdilar. Asfandiyor turkmanlar yordamida taxtni egalagan bo’lsa, undan keyingi xon Abulg’ozi (1643-1663 yy) Orol o’zbeklari ko’magida taxtni egallagan edi. Davlat boshqaruvida Abulg’ozi o’zidan oldingi xonlar yo’lidan bormadi. U xonlikning ichki siyosiy hayotida katta ta’sirga ega bo’lgan o’zbeklarning eng yirik urug’larining 32 nafar yetakchi va katta mavqyega ega bo’lgan biylarini o’ziga maslahatchi qilib tayinladi, shuningdek davlat ishlariga va boshqaruv sohalariga o’zbeklarning 360 kishisi tayinlanadi. Bu esa o’z navbatida xonlikdagi siyosiy vaziyatning nisbatan barqarorlashuviga va markaziy hokimiyatning kuchayishiga olib keldi. Abulg’ozi Buxoro bilan ham vaziyatni yumshatishga harakat qiladi, bir necha bor harbiy to’qnashuvlarga qaramay 1662 yilda Buxoro xoni Abdulaziz bilan sulh tuzilishiga muvaffaq bo’ladi. Biroq bu Buxoro-Xiva munosabatlarining tinchlik yo’liga o’tilishiga imkon bermaydi va Anushaxon hukmronligi davrida (1663-1684 yy) ham harbiy harakatlar davom ettiriladi. Xivaliklar hatto Samarqandni ham ishg’ol qilishga (1675 y) muvaffaq bo’ladilar. Biroq Buxoro xoni Subxonqulixonning sa’y-harakati bilan xivaliklar hujumi nafaqat qaytariladi, balki xonning o’g’li Ernak ishtirokida fitna uyushtirilib, 1684 yilda Anushaxon taxtdan tushiriladi. Taxtni uzoq boshqarmagan Ernak esa 1688 yilda o’ldiriladi va Xiva taxtini Subxonqulixon tomonidan tayinlangan Shoxniyoz egallaydi. Buxoro noibi sifatida taxtni boshqarayotgan Shohniyoz mustaqil siyosat yuritishga intiladi, buning uchun kuchli homiy topish maqsadida 1700 yilda maxfiy ravishda Rossiya podshosi Petr I ga o’z fuqaroligiga qabul qilishni so’rab maktub yuboradi. Petr I tomonidan bu iltimos qabul qilinadi va imperatorning 1703 yilda Xivaga yuborgan yorlig’ida bu tasdiqlanadi. Bu hodisa Rossiya imperiyasining Xiva xonligi orqali o’z e’tiborini o’zbek xonliklariga qaratishiga turtki bo’lgan sabablardan biri edi. Arab Muhammad (1702-1714 yy) va Sherg’ozixon (1715-1728 yy) hukmronligi yillarida ham xiva xonligining ichki va tashqi siyosiy hayotidagi keskinliklar pasaymadi. Kuchli o’zbek va turkman qabilalarining boshboshdoqligi vaziyatni chigallashtirgan bo’lsa, o’z navbatida ko’chmanchi qozoqlar va qalmiqlarning ham ko’plab hujumlari xonlikdagi vaziyatning keskinligining asosiy sabablaridan edi. Shuningdek, 1714-1717 yillarda podsho Petr I tomonidan xonlikka qarshi uyushtirilgan knyaz Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspedisiya ham xonlikdagi hokimiyatni yo’q qilish va xonlikni imperiyaga bo’ysundirish maqsadini ko’zlagan edi. Garchi mazkur bosqinchilik Sherg’ozixon tomonidan 36 bartaraf etilgan bo’lsada, Rossiya imperiyasi tomonidan xonlik uchun endi doimiy xavf yuzaga kelgan edi. Bundan tashqari Buxoro xoni Abulfayzxon tomonidan orol o’zbeklarining markaziy hokimiyatga qarshi qo’yilishi, ma’lum bir vaqt Xivada qozoq sultonlari hokimiyatining o’rnatilishi (1728-1740 yy), 1740 yilda Eron shohi Nodirshohning xonilikni bosib olishi ham Xiva xonligi O’rta Osiyodagi qolgan ikki xonlikka nisbatan eng keskin vaziyatlar girdobiga tortilganligi va murakkab jarayonlarni boshidan kechirganligidan dalolat beradi. 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Xiva xonligini bo’ysundiradi, Elbarsxon o’ldiriladi, hokimiyatni egallash uchun harakat qilgan qozoq xoni Abulxayrxon eronliklarga qarshi kurasha olmaydi. Eronliklarning bu yerdagi noibi xonlikning shimoliy hududlariga ta’sir o’tkaza olmasdi, bu yerda hokimiyatni qo’lga olgan qozoq sultonlaridan Abulxayrxonning o’g’li Nurali 1741 yilda eronliklarga qarshi kurash boshlab, Xivani qamal qiladi. Xivaliklar Eron noibini o’ldiradilar va eronliklarni qirib tashlab, shaxarni egallaydilar, taxt Nurali ixtiyoriga o’tadi. Biroq Nodirshoh va uning bu vaqtda Marvda turgan o’g’li Nasrullolarning ta’siri bilan taxtga Elbarsning Arab Muhammad xon etib tayinlanadi. XVIII asrning 60 – yillariga qadar ichki kurashlar, shuningdek Buxoro va Eronning ta’siri bilan Xiva xonligida bir necha almashadi, ichki siyosiy vaziyata beqarorlashadi, alohida mulklarning mustaqilligi ortib boradi. Ana shunday bir vaziyatda 1663 yilda Xivada hokimiyat tepasiga qo’ng’irot urug’iga mansub inoqlardan Muhammad Amin inoq keladi va amalda barcha hokimiyatni o’z qo’liga oladi. U XVIII asrning 60-70 yillarida Buxordan bo’lgan tavovuzlarni va turkmanlarning hujumlarini bartaraf etgandan so’ng mavqyei yanada ortadi va bir qator urug’larni o’ziga bo’ysundiradi, ayni vaqtda ularning manfaatlariga mos keluvchi siyosatni ham olib boradiki, bu ichki siyosiy vaziyatning nisbatan barqarorlashuviga olib keladi. 1804 yilda taxni egallagan muhammad Amin inoqning nabirasi Eltuzar (1804-1806 yy) o’ziga xon unvonini qabul qiladi va shu tariqa Xiva xonligida rasman qo’ng’irotlar sulolasining hukmronligi boshlanadi. Buxoroliklarga qarshi kurashda halok bo’lgan Eltuzar o’rniga ukasi Muhammad Rahim I (1806-1825 yy) taxtga o’tiradi. Uning hukmronligi davrida Orol o’zbeklari, qoraqalpoqlar, turkmanlar xonlikka to’la bo’ysundiriladi. Eron va Xurosonga harbiy yurishlar uyushtiriladi. Undan keyin taxtni boshqargan Olloqulixon (1825-1842 yy), Rahimquli (1842-1843 yy), Muhammad Amin (1845-1855 yy) lar ham Xuroson, marv va boshqa hududlarga bir necha bor yurishlar uyushtirdilar. XIX asrning 30-40 yillarida Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o’rtasidagi siyosiy munosabatlar keskinlashib bordi. Buning asosiy sabablaridan biri Rossiya imperiyasi tomonidan xonlik chegaralariga yaqin harbiy qal’alar va istehkomlarning qurilayotganligi edi. Shulardan biri Sirdaryo bo’yida 1847 yilda qurilgan Raim istehkomi edi. Garchi bungacha Rossiya qo’shinlari 1839 yilda Orenburg general-gubernatori graf Perovskiy boshchiligida xonlikka qarshi harbiy ekspedisiya uyuushtirgan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo’lsada, xonlik chegaralariga yaqin doimiy qarorgohlarga ega emas edi. 37 1847 yilda Xiva elchilari Qilich Niyozboy Niyozmuhamedov va Shukrullo Miskinov Peterburgga borib, podsho qabulida bo’ldilar va xonning yorliqlarini topshirdilar. Yorliqlarning birida hukmdor Rahimqulining vafot etganligi va taxtga Muhammad Aminxon o’tirganligi ma’lum qilingan va xonning Rossiya bilan totuvlikda yashashi istagi bildirilgan, ikkinchisida Rossiya tomonidan qozoq dashtlarida qal’a tiklanganligidan shikoyat bitilgan edi. Biroq bu elchilik xonlik uchun hyech qanday naf keltirmadi, biroq ayni vaqtda podshoning xonlikka nisbatan dushmanlik siyosatini anglatib qo’ydi. Muhammad Raximxon II hukmronligi yillariga kelib Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga nisbatan munosabati harbiy tus oldi va 1873 yil xonlik chor qo’shinlari tomonidan mag’lubiyatga uchratilib, Gandimiyon qishlog’ida tuzilgan sulhga ko’ra siyosiy qaram davlatga aylantirildi. Rossiya imperiyasining hukmronligi 1917 yilda barham topgach, 1918 yildan Xiva xonligi bolsheviklar hokimiyatiga bo’ysundirildi, 1920 yilda esa Xorazmda Xalq Sovet Respublikasi tashkil etildi va 1924 yilgacha mavjud bo’ldi. Savollar 1. Xiva xonligi tashkil topishi tarixi tarixshunosligi xakida nimalar bilasiz? 2. Xiva xonligi xukumron doiralar tarixi va erishilgan natijalar nimalardan iborat? 3. Xiva xonligi tarixi tarixshunosligida muxim urin tutgan shaxslarni bayon kiling? 4. Xiva xonligidagi ijtimoiy- siyosiy axvol xakida va xukumdor sulolalar orasidagi uzaro munosabatlar kanday kurinishga ega edi? 5. Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi borasidagi manbalar xakida nimalarni bilasiz? 38 5-. XX asrda Qo’qon xonligi tarixining o’rganilishi. REJA 1. Qo’qon xonligi tarixining tadqiq etilishi 2. XIX asr ikkinchi yarmida xonlikdagi siyosiy vaziyat 3. Rus sharqshunoslari tomonidan Qo’qon xonligi tarixining urganilishi Qo’qon xonligi tarixshunosligi. Qo’qon xonligi tarixini o’rganish XIX asrning o’rtalaridan boshlab bugungi kungacha tarixchilar e’tiborini o’ziga jalb qilib kelmoqda. XIX asrning 50-60 - yilarigacha yaratilgan asarlar Rossiya imperiyasining o’zbek xonliklarini bosib olish maqsadidagi harbiy bosqinchiligini amalga oshirish vaqtida foydalanish uchun yig’ilgan ma’lumotlar bo’lsada, xonlikning shu davrgacha bo’lgan umumiy ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlarni bugungi kungacha yetib kelishini ta’minladi. Bunday asarlar qatoriga F.Nazarov, N.I.Potanin, V.V.Velyaminov-Zernov, M.N.Galkin, A.Maksheyev hamda A.Nurekin asarlari va maqolalarini kiritish mumkin. Bu mualliflar asarlaridagi asosiy xususiyat shundaki, ular rossiyalik tarixchilar uchun deyarli noma’lum bo’lgan Qo’qon xonligi haqida, uning aholisi, urf-odatlari, hududlari va chegaralari, harbiy ahvoli, yer osti boyliklari va iqtisodiy imkoniyatlari, ichki va tashqi savdo munosabatlari va boshqalar yuzasidan asosan ilk axborotlarni to’plaganlar hamda ma’lumot tarzida yetkazib berganlar. Shuningdek, bu asarlarda keyingi davrlarda yuzaga kelgan ―buyuk davlatchilik‖ g’oyalarini bo’rttirib ko’rsatish kabi holatlar sezilmaydi. Mualliflar xonliklar haqidagi ma’lumotlarning eng mayda tafsilotlarigacha o’ziga xos ravishda ko’rsatib berishga va uni tahlil qilishga harakat qiladilar, xattoki o’rta Osiyo cho’llarida qanday zaharli hasharotlar mavjudligi va agarda ular chaqib olsa, uning zahrini kuchsizlantiruvchi giyohlar va vositalarni ham ko’rsatib o’tishga harakat qilganlar. Bunday elchiliklar va josusliklar dastlabki vaqtlarda o’rta Osiyo xonliklarining barchasi to’g’risida umumiy ma’lumotlarni berishga harakat qilganlar yoki biror-bir xonlikka yuborilgan elchilar qolgan xonliklar to’g’risida ham ma’lumotlar to’plashga harakat qilganlar. Bu o’rinda 1820 y da amalga oshirilgan kapitan Muravyov boshchiligidagi missiya tomonidan berilgan ma’lumotlarni keltirib o’tish mumkin. Mazkur missiya vakillari Xiva xonligini bosib olish Rossiya uchun Buxoro va Hindistonga yo’l ochadi va butun O’rta Osiyoni Rossiya ta’sirida ushlab turish imkoniyatini beradi degan xulosaga keladi. Bu xulosalarga tayangan hamda Muravyovning maslahatlariga amal qilgan Orenburg general-gubernatori, general Perovskiy podsho hukumatining roziligini olib, 1839 y Xivaga yurish qiladi. Shu y ning 16 fevralida tasdiqlangan rejaga ko’ra Xivagacha bo’lgan 1300 chaqirim masofa 3 oyda bosib o’tilishi lozim edi. 5333 kishilik armiya mahalliy aholining kuchli qarshiligiga duch keldi Harbiy yurish esa chor qo’shinlarining to’la mag’lubiyati bilan yakun topadi. Xiva yurishida ishtirok etgan M.Ivanin ―Opisaniye zimnego poxoda v Xivu (1839-1840gg)‖ nomli asarida Xiva xonligi ustidan tamomila o’lim hukmini 39 chiqarish va unga xatto kerak bo’lsa ekologik urush e’lon qilish, ya’ni, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuborish takliflarini kiritadi. Bunday asarlardagi ma’lumotlar keyinchalik podsho qo’shinlarining O’rta Osiyo xonliklarini bosib olish uchun uyushtirgan harbiy yurishlari davrida qo’l kelgan. Bo’lajak bosqinchilik va harbiy yurishlar uchun bunday ma’lumotlarning to’planishida ayniqsa, xonliklar hududlarining kartografik va harbiy-topografik jihatdan o’rganilishiga XIX asrning boshlaridan boshlab turli y larda O’rta Osiyo hududlariga kelgan podsho hukumatining elchilari va maxfiy ayg’oqchilari katta hissa qo’shganlar. Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy o’rganishga jiddiy kirishdi. 1820 y da A.F.Negri boshchiligida o’z tarkibida olimlardan G.Meyendorf, E.Eversman, Budrinlarga ega bo’lgan ikkinchi missiya amirlik haqida ko’proq ma’lumot yig’ish uchun keldi. G.Meyendorf kelajakda rus qo’shinlarining Buxoroga harbiy bosqinchilik bilan kelganlarida foydalanishlari uchun butun tafsilotlarni o’zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug’ullandi. 1834 y da Buxoroga yangi missiya yuborildi. Bu missiya mutlaqo josuslik maqsadidagi topshiriqlarni bajardi. Bu missiyaga turkiy tillarni va bu xalqlarning tarixini yaxshi bilgan Qozon universitetining Sharqshunoslik fakulteti talabasi P.Ch.Demizon rahbarlik qildi. Unga tatar mullasi Mirza Ja’far nomi bilan soxta pasport va diplomatligini tasdiqlovchi hujjat berildi. Unga yuklatilgan vazifa o’ta muhim bo’lib, Rossiya bilan Xiva o’rtasida urush kelib chiqsa Buxoro bunga qanday munosabatda bo’lishini aniqlashdan iborat edi. 1835 y da praporshik V.Vitkevich maxfiy ko’rsatmalar bilan Buxoroga jo’natildi. 1839 y aprelda Buxoroga muhandis – geolog, kapitan K.Kovalevskiy boshchiligidagi ekspedisiya yuborildi va unga Turkistondagi mavjud oltin, neft va boshqa ma’dan konlarini xaritalashtirish topshirildi. Shuningdek Buxoro amirligining geologik tuzilishi, Buxoroda oltin buyumlar bilan savdo qilishning ahvoli va amirlikning tashqi savdo munosabatlari haqida statistik ma’lumotlar to’plash vazifasi yuklatilgan edi. 1841 y Buxoroga N.Xanikov boshchiligidagi missiya o’z tarkibida N.Zalesov, Leman kabi olimlar bilan birgalikda keldi va o’rta Osiyo flora va faunasini o’rganishga kirishdi. 1843 y da N.Xanikov o’z safar natijalari haqida hisobot to’plab tashqi ishlar vazirligiga topshirdi va shu y iyoq hisobot tegishli idoralar uchun yo’llanma sifatida ―Opisaniye Buxarskogo xanstva‖ nomi bilan kitob holida nashr etildi. Bu kitob O’rta Osiyoga yurish qiladigan qo’shinning zobit va askarlariga tarqatish uchun Orenburg general – gubernatorligiga jo’natildi. Kitobda Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta e’lon qilindi. 1842 y da Buxoro amirligiga yuborilgan K.Butenevga yanada maxfiy topshiriq berildi. U bu topshiriqlarni qoy qilib bajardi. Podsho hukumatiga ―Buxoroga qo’shin tortib borish imkoniyatlari‖ deb atalgan maxfiy ish topshirdi. Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukumatni va chor generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi. 40 Chor hukumati asosiy e’tiborini Buxoro amirligiga qaratish bilan birga xuddi shunday missiyalarni Xiva va Qo’qon xonliklariga nisbatan ham amalga oshirgan. 1858 y O’rta Osiyoga yuborilgan polkovnik Ignatyev boshchiligidagi missiya o’z ishini tugatar ekan, ―O’rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi savdo va boshqa aloqalar foyda bermaydi. Elchilarni kutish va jo’natishga ketadigan barcha harajatlarni harbiy yurishlarga sarflab, bu hududlarni bosib olish kerak‖ – mazmunidagi bosqinchilik ruhi yaqqol namoyon bo’lib turgan xulosalarni chiqaradi. Yuqoridagi kabi missiyalar va ekspedisiyalar, elchiliklar yordamida Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida ko’plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldi. Podsho hukumati xonliklar orasida birlikning yo’qligi, ular o’rtasida davom etib turgan qonli nizolardan foydalanib tezroq xonliklarni bosib olish rejasini ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni eng tajribali generallariga topshirdi. Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va boyliklariga egalik qilishni bir asrlar avval o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun amaliy harakatlar Petr I davridayoq boshlangan edi. Bir necha bor amalga oshirilgan elchilik va josuslik ma’lumotlariga tayangan holda Petr I O’rta Osiyoni qo’lga kiritish uchun dastlab qozoq juzlarini bo’ysundirish va ulardan keyinchalik vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Degan fikrni ilgari surgan edi. Turli yo’llar bilan qozoq yerlariga kirib kelgan ruslar birin-ketin zabt etilgan yerlarda harbiy qal’alar va istehkomlar ko’ra boshladi. 1717 y da qurilgan Omsk, 1718 y da qurilgan Semipalatinsk, 1720 y da qurilgan UstKamenogorsk, 1735 y qurilgan Orenburg qal’alari kabi mustahkam harbiy istehkomlar Rossiya podshosining bu yerdagi harbiy hukmronligi hali uzoq davom etishi va ular faqatgina qo’lga kiritgan yerlar bilan qanoatlanib qolmasliklarni bildirardi. 1731-1740 y lar davomida Katta va Kichik qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o’tishi imperiyaning O’rta Osiyoning ichki hududlariga bostirib kirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. Yuqoridagi hududlarni qo’lga kiritganlaridan so’ng, Rossiya davlati chegaralari bevosita o’zbek xonliklari chegaralari bilan tutashib qolgan edi. Biroq Yevropada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va tashqi davlatlari bilan harbiy harakatlarning olib borilishi Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklariga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarini yana bir asr kechiktirishga majbur qildi. Bu davr mobaynida bosib olingan hududlarda erkparvar qozoq sultonlaridan biri Kenasari Qosimov chor qo’shinlariga qarshi ozodlik kurashlari olib boradi. Bu qo’zg’olonlarni bostirish uchun minglab qurolli kuchlarga ega bo’lgan general Obruchev, polkovnik Lebedev, Dushikovskiy, podpolkovnik Gorskiylar hyech qanday natijaga erisha olmadilar. Bunda xulosa chiqargan chor hukumati bepoyon qozoq dashtlarida ko’plab harbiy qal’alar va istehkomlar qurishga kirishdi. Natijada XIX asr o’rtalariga kelib Qozog’iston hududlarida 60 ga yaqin harbiy va 100 dan ortiq kichikroq istehkomlar barpo etildi. Bu ishlarning hammasi kelgusida o’zbek xonliklariga qarshi kurashga puxta tayyorgarlik ko’rilganligini 41 bildirar edi. Chor Rossiyasining xonliklarga qarshi harbiy yurishlaridan dastlabkilaridan biri yuqorida keltirib o’tilganidek, 1839 y da Xiva xonligiga qarshi Orenburg general gubernatori graf Perovskiy tomonidan amalga oshirildi. Keyingi y larda chor hukumati qo’shinlari xonliklar bilan chegaralarda kichik-kichik harbiy to’qnashuvlar bilan cheklangan bo’lsalarda, bu hududlarda o’z harbiy imkoniyatlarini kengaytirish va dastavval Qo’qon xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni maqsad qilib qo’ygan edilar. Bu davrda yaratilgan tarixiy asarlar hamda turli elchilik hujjatlari va ma’lumotlari, axborotnomalarida asosan yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqib yondashilganligini kuzatish mumkin. Mustamlaka davri tarixshunosligining ikkinchi davrida, ya’ni XIX asrning 2- yarmida yaratilgan asarlarda Qo’qon xonligida Minglar sulolasi hukmronligining so’nggi davrlaridagi ichki va tashqi siyosati, harbiy ahvoli, xonlikning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va tugatilishi voqyealari keng ma’lumotlar asosida yoritib berilgan. Bu asarlardagi ma’lumotlar voqyealarning bevosita ishtirokchilari va ayni zamonda yashagan olimlar tomonidan yoritilganligiga qaramay, ularda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi manfaatlariga mos ravishda, buyuk davlatchilik nuqtai nazaridan yondashilganligini ko’rish mumkin. Masalaga bunday konseptual yondashuvning asosiy sababi bir tomondan buyuk davlatchilik qarashlari bo’lsa, ikkinchi tomondan podsho tuzumining ta’siri edi. G.Ahmadjonovning ta’kidlab o’tishicha, ―mustamlakaga aylantirish va uning oqibatlari bilan aloqador haqqoniy tarixiysiyosiy asarlarni chop etish‖ ―podsho senzurasi ta’qiqlari sababli‖ mumkin emas edi. Biroq, bu ma’lumotlarni tanqidiy ravishda jiddiy o’rganish foydadan xoli emas. Bu davrda rus sharqshunos tarixchi olimlaridan V.Bartold, V.Pyankov, N.Ostroumov, V.Nalivkin, V.Veselovskiy, Ye.T.Smirnov, M.A.Terentyev, K.K.Abaza, N.Dingelshted, N.Pavlov, A.N.Maksheyev, A.N.Kuropatkin, Ye.Jelyabujskiy, A.I.Dobrosmislov, D.L.Ivanov va boshqalar Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishi masalalariga doir bir qancha asarlar yozib qoldirganlar. O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi bu yerda yashovchi xalqlar uchun ―juda foydali bo’lganligi‖ hamda Rossiya O’rta Osiyoga ―sivilizasiya olib kelganligini‖ zo’r berib ko’rsatishga urinish asosan harbiylar uchun juda xususiyatli bo’lgan. Ular orasida M.Terentyev tomonidan yozilgan uch jildlik ―Zavoyevaniya Sredney Azii‖ asari boshqa mualliflarning asarlariga nisbatan voqyealarning keng va mukammal yoritilganligi bilan alohida o’rin tutadi. Bunda muallif chor Rossiyasining faqatgina XIX asr ikkinchi yarmidagi harbiy yurishlarini emas, balki XVIII asr boshlarida O’rta Osiyo hududlariga qilingan harbiy yurishlar tarixiga ham keng o’rin beradi. Muallif o’zining ―Rossiya i Angliya‖ asarida ham ikki mustamlakachi davlatning tashqi siyosiy munosabatlarini tahlil qilish bilan birga O’rta Osiyo xonliklariga uyushtirilgan harbiy bosqinchilik jarayonlarini ham ochib beradi. Har ikki asarda ham 42 M.Terentyev voqyelarni bir tomonlama, asosan chor imperiyasining manfaatlari nuqtai – nazaridan yoritadi. Bunda asosan podsho armiyasi askarlarining jang faoliyatlari voqyealar tafsilotining markazida turadi. U boshqa mualliflarga nisbatan mahalliy tarixchilar asarlaridan foydalanish imkoniyatiga ko’proq ega bo’lsada, ularga masalaning asosiy manbalari sifatida qaramaydi. Shunga qaramasdan, M.Terentyevning asarlari Qo’qon xonligi tarixi va uning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixini o’rganishda katta ahamiyat kasb etadi va uni tanqidiy jihatdan o’rganish foydadan holi emas. Bu davrda tadqiqotlar olib borgan rus tarixchilari orasida Ye.Smirnov va N.Veselovskiylarning ishlari o’ziga xos o’rin tutadi. Ularning har ikkisi chor Rossiyasining O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi tarixini mahalliy tarixchilar asarlarini ham o’rgangan holda yoritishga katta e’tibor beradilar. Ye.Smirnov tomonidan yozilgan ―Sultanы Kenisarы i Sadik (bibliograficheskiye ocherki)‖ nomli asarda Qozog’iston hududlarining chor qo’shinlari tomonidan bosib olinishiga qarshi kurashgan Kenisari sulton, Janubiy Qozog’iston hududlari, Toshkent himoyasi, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligining chor Rossiyasi qo’shinlariga qarshi olib borgan kurashlarida sarkardalik faoliyati bilan mashhur bo’lgan Sulton Sodiq haqida qimmatli ma’lumotlarni beradi. Muallif har ikki sarkarda haqida ma’lumotlarni mahalliy manbalar asosida tahlil etib beradi. Shuningdek, asarda Qo’qon xonligi ichki siyosatiga aloqador ma’lumotlar bilan birga 1858-1865 y larda xonlik siyosiy hayotida o’ziga xos iz qoldirgan Mullo Aliquli Amirlashkar hayoti va sarkardalik faoliyati haqida o’ta qimmatli ma’lumotlar o’rin olgan. N.Veselovskiyning ―Kirgizskiy rasskaz o russkix zavoyevaniyax v Turkestanskom kraye‖ nomli asari mahalliy tarixchi Mullo Holiboy Mambetovning ―O’rus lashkarining Turkistonda tarix 1269-1282 sanalarda qilg’on futuxotlari‖ asari asosida yozilgan va rus tiliga tarjima qilib, ayrim voqyealar muallif tomonidan tahlil etilgan. Ushbu asar Qo’qon xonligining chor Rossiyasiga qarshi 1853-1865 y largacha olib borgan kurashlari haqidagi qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olish bilan birga chor Rossiyasiga qarshi kurashlarga rahbarlik qilgan shaxslar - Mullo Aliquli Amirlashkar, Mingboy dodhoh va boshqalarning faoliyatiga ham keng to’xtalib o’tilgan. Yana shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, V.Bartold, N.Veselovskiy, A.Ziminlar O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixini mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan asarlarni, ularda bu masalaga bildirilgan munosabatlarini o’rganib, xolis yondashilgandagina obyektiv baho berishga erishish mumkinligini alohida ta’kidlab o’tganlar. Shu jihatlari bilan bu olimlar tomonidan yozilgan bir qancha asarlar o’zining ma’lum darajada obyektivliligi bilan ajralib turadi, bunda ular mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan asarlarni bevosita o’rganib va tahlil etib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qilganlar. Qo’qon xonligi tarixi masalalariga bag’ishlangan tadqiqotlarning ikkinchi asosiy davrni sovet davri tarixshunosligi tashkil qiladi. Sovet hokimiyatining dastlabki y laridan XX asrning 40-50 y-larigacha bo’lgan vaqt mobaynida sobiq ittifoqqa birlashtirilgan mamlakatlarda fanning barcha sohalarida sosialistik tuzum 43 va kommunistik mafkura ta’siri kuchayib bordi. Tarix fani sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar kommunistik mafkura tamoy lari asosida yo’naltirilgan bo’lib, ularda partiyaviy-siyosiy ta’sir va bosim ostida sovet ijtimoiy fanlari sohasiga xos bo’lgan metodologik noxolisliklar ustunlik qiladi. Bu davr mobaynida fan sohasida birmuncha yutuqlar qo’lga kiritilgan bo’lsada, XX asrning 50-y lariga kelib markazning milliy masalalar borasidagi siyosatining kuchayishi, xususan ―yagona sovet xalqini‖ shakllantirish borasidagi mafkuraviy siyosati fan sohasiga, jumladan tarix fani sohasiga ham katta ta’sir o’tkazdi. O’rta Osiyo davlatlari tarixining milliy xususiyatlarini chuqur o’rganish va ommalashtirish cheklab qo’ydi. Ayniqsa, chor Rossiyasining O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va mustamlakaga aylantirishi masalasida obyektivlik jihatlari kamaydi. XX asrning 80-y lari o’rtalariga kelib, sobiq ittifoqda ―qayta qurish‖ jarayoni boshlanishi bilan oshkoralik va demokratiya tamoyillari yuzaga chiqa boshladi. Tarix fani sohasida, ayniqsa, chor Rossiyasining O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va mustamlakaga aylantirish borasida ilmiy jihatdan asoslangan va kommunistik mafkuradan holi bo’lgan fikrlarni bildirish uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Qo’qon xonligi tarixi masalalarini yoritishda bir tomonlama, ―buyuk davlatchilik shovinizmi‖ nuqtai nazaridan yondashuvni Sovet davri tarixshunosligining 50-80 y larning o’rtalarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. XX asrning 50-y laridan boshlab Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni ―bosib olishi‖ iborasi o’rniga sun’iy ravishda ―qo’shib olishi‖ iborasi ishlatila boshlandi. Mazkur jarayon 1955 va 1959 y larda O’rta Osiyoning 1917 y gacha bo’lgan tarixiga bag’ishlangan birlashgan ilmiy anjumanlardan so’ng yanada avj oldi. Ularda rasmiy ravishda O’rta Osiyoning chor Rossiyasi ―qo’shib olinishi‖, mahalliy xalqlarning imperiya tarkibiga ―ixtiyoriy‖ ravishda ―qo’shilganligi‖ning ―progressiv natijalari‖ ta’kidlab o’tildi. Aynan shu vaqtdan boshlab amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda hamda maqola va asarlarda masalaga xolis, ilmiylik va tarixiylik nuqtai nazaridan obyektiv yondashuvga to’la amal qilish kamaydi. Bu holni XX asrning 50-80 y larida tadqiqot olib borgan aksariyat tarixchilarning asarlarida kuzatish mumkin. Jumladan, K.Usenbayev, S.Sagatov, S.T.Tileuqulov, L.D.Dergachyova, R.Beknazarov, A.X.Xasanov, X.Sh.Inoyatov, N.Xalfin, R.Nabiyev, H.Z.Ziyoyev, O.Bo’riyev va A. O’rinboyev hamda boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida Rossiya imperiyasi tomonidan o’zbek xonliklarining bosib olinishi voqyealari ancha batafsil, manbalar hamda arxiv hujjatlari asosida yoritib berilgan bo’lsada, kommunistik mafkura tazyiqi va senzurasi ta’sirida masalaning asl mohiyatini ochib berishda to’sqinlikka uchradilar va ayni vaqtda chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishining ―progressiv axamiyati‖ga ham alohida urg’u berishga majbur bo’ldilar. Tarixshunoslik masalalarining bu bosqichidagi tarixiy tadqiqotlar orasida X.Z.Ziyayev, X.Sh. Inoyatov, R.N.Nabiyev, A.Popov, N.A.Xalfinlarning asarlari alohida o’rin tutadi. O’rganilayotgan mavzu yuzasidan ularning amalga oshirgan eng katta xizmatlari mavzuga aloqador ma’lumotlarni to’plash va 44 sistemalashtirish, yangi manbalarni ilmiy muomalaga kiritish Qo’qon xonligining XIX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy – siyosiy hayoti hamda xonlikda sodir bo’lgan tarixiy jarayonlar va chor Rossiyasining harbiy bosqinchiligi masalalarini chuqur ilmiy tahlil qilish bilan belgilanadi. Bularning barchasi o’rganilayotgan muammo yuzasidan tarixiy bilimlar saviyasining ortishiga xizmat qildi. Biroq, mavjud totalitar tuzumning partiyaviy – siyosiy mafkurasining ta’siri va ta’qiqlari tufayli mazkur olimlar ham o’z ishlarida tarixiy voqyelikni asl holida ko’rsatib berishda to’sqinlikka uchradilar. R.Nabiyevning ―Iz istorii Kokandskogo xanstva (Feodalnoye xozyaystvo Xudoyarxana)‖ nomli monografiyasi xonlik iqtisodiy va ijtimoiy, jumladan siyosiy tarixining eng muhim jihatlarini yoritib beradigan va bu davrda mahalliy tarixchilarning asarlari asosida yozilgan diqqatga sazovor asar bo’lishiga qaramasdan, markazning O’zbekiston tarixiga bo’lgan cheklash siyosati ta’sirida undan foydalanish ta’qiqlab qo’ydi. Asar sovet davri tarixiy tadqiqotlari doirasida amalga oshirilgan bo’lib, unga ham shu davr tarixiy tadqiqotlar uchun ayrim umumiy metodologik xususiyatlar xos bo’lsada, biroq muallif tomonidan xonlik tarixiga oid bo’lgan ko’plab mahalliy tarixchilar asarlari, arxiv hujjatlari asosida mukammal tadqiqotni amalga oshiriladi. Biroq bunday mukammallik podsho Rossiyasi mafkuraviy qarashlaridan saqlanib qolgan hamda sovet davridagi mavjud partiyaviy – siyosiy tamoyillariga asoslangan ―chorizmning O’rta Osiyoga sivilizasiya olib kelganligi‖ga zid bo’lganligi uchun monografiya qatag’onga uchradi. Asarda xonlikning Xudoyorxon hukmronligi davridagi iqtisodiy sohasi tarixini o’rganishga asosiy urg’u berilib, bu haqda keng ma’lumotlar va ilmiy tahlil keltirilgan bo’lsada, ayni vaqtda xonlikning XIX asr o’rtalaridagi siyosiy ahvoli haqida ham qimmatli ma’lumotlar olish mumkin. Sovet davri tarixshunosligida chor Rossiyasining O’rta Osiyo xonliklarini mustamlakaga aylantirishi masalalariga bir tomonlama yondashish holati ayniqsa N.A.Xalfinning tadqiqotlarida yaqqol o’z aksini topgan. N.A.Xalfin o’zining ―Prisoyedineniye Sredney Azii k Rossii (60–80 godы XIX veka)‖ asarida Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoning mustamlakaga aylantirilishi masalasi yuzasidan ko’plab qimmatli ma’lumotlarni bergan bo’lsada, ―qo’shib olinishi‖ va uning ―ijobiy ahamiyati‖ haqidagi soxta qarashlarga keng o’rin beradi. Mahalliy xalqlarning ―rus harbiylaridan o’z xonlari zulmidan ozod qilishni iltimos qilganliklari‖, mustamlakachilik siyosatining xonliklar aholisi uchun ―ijobiy jarayon‖ sifatida bo’rttirib ko’rsatishga harakat qilinadi. Biroq bu bilan yuqorida nomlari keltirilgan mualliflar asarlarining ilmiy qimmati pasaymaydi va ularni tarixni o’rganishda yaroqsiz deb hisoblash mutaloqo noto’g’ri bo’ladi. Aksincha, ularda keltirilgan qimmatli ma’lumotlar va tarixiy tahlillarni chuqur o’rganib, ayrim hollarda tanqidiy yondashib ilmiy xulosalar chiqarilishi bugungi kun tarixshunosligida muxim axamiyat kasb etadi. Sovet davri, shuningdek chor Rossiyasi mustamlakasi davri tarixshunosligini ilmiy jihatdan sinchiklab o’rganish, xaqqoniylik va xolislik, obyektivlik va tarixiylik 45 tamoy lariga amal qilgan holda ilmiy asoslangan nazariy xulosalar chiqarish tarixchilar oldidagi o’ta muhim vazifadir. Sovet davri tarixshunosligining XX asrning 80-y larining oxirlariga kelib masalaga obyektiv, tarixiylik nuqtai-nazaridan yondashish kuchayib bordi. Tarixchi olimlardan biri Z.H.Ziyoyevning tashabbusi bilan 1990 y o’tkazilgan ―Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi‖ mavzusidagi ilmiy anjuman masalaga tubdan yangicha yondashuvga asos yaratdi. Buni o’sha y lardayoq olim tomonidan e’lon qilingan bir qancha maqolalarda ham kuzatish mumkin. H.Bobobekov ham o’zining bir qator ilmiy maqolalarida chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi masalasiga doir dolzarb masalalarni ko’tarib chiqadi. ―Qayta qurish‖ siyosati davom etib turgan 1989 y dayoq u o’zining ―Rossiya o’rta Osiyoni bosib olganmi?‖ hamda ―O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shib olinganmi?‖ nomli ikki maqolasida arxiv hujjatlari va ayrim mahalliy tarixchilar asarlari asosida O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan harbiy zo’ravonlik va bosqinchilik yurishlari orqali bosib olganligini ko’rsatib berdi. H.Bobobekov o’zining bu ilmiy qarashlarini ―Narodnыye dvijeniya v Kokandskom xanstve i ix sosialno-ekonomicheskiye predposыlki‖ nomli monografiyasida ham davom ettirdi. Ushbu olimlarning bu y larda yaratgan ilmiy xulosalari haqli ravishda shu vaqtgacha O’zbekiston tarixiga nisbatan hukm surgan mafkuraviy tazyiqni ro’yirost ochib tashladi va tarixni obyektiv va xolislik nuqtai nazaridan o’rganishga bo’lgan munosabatning yuzaga kelishiga turtki bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan amalga oshirilgan tadqiqotlar o’zining xolisligi, tarixiyligi, ilmiyligi va tarixiy muammolar yechimiga obyektiv yondashuvi jihatlari bilan xususiyatlanadi. Sovet davri tarixshunosligi haqida fikr bildirar ekan, Prezident I.A.Karimov shunday degan edi: -―Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O’zgalar yozib bergan tarixni o’qitishga mutlaqo qarshiman‖. Mustaqillik davri tarixshunosligining ikkinchi qismi – ya’ni 1998 y 28 iyundan boshlab tarixni o’rganishga bo’lgan munosabat mazmun va mohiyat jihatdan tubdan yangilanish bosqichiga ko’tarildi. Bunda Prezident I.A.Karimovning tarixchi olimlar bilan uchrashuvi hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi farmoni katta ahamiyat kasb etdi. ―Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur. Agar olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlari zamirida ana shu fikr, ana shu maqsad bo’lmasa, ularning sariq chaqalik ahamiyati yo’q‖,- degan so’zlari bilan Prezidentimiz tarixchilar oldiga ilmiy jihatdan asoslangan va haqqoniy tarixni yaratish vazifasini qo’ydi. Bu bilan tarixni o’rganishning mazmun jihatdan yangi bosqichga ko’tarilishiga yo’l ochib berildi. Shu nuqtai-nazardan 1998 y dan boshlab bugungi kungacha 46 yaratilgan ilmiy asarlar, risolalar hamda ilmiy tadqiqot ishlarida tarixni o’rganishning yuqorida ko’rsatib o’tilgan jihatlariga katta e’tibor berilmoqda. Mustaqillik y larida H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, Sh.H.Vohidov, G’.Ahmadjonov, N.A.Abduraximova va boshqalar Qo’qon xonligi va Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi tarixiga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. H.Z.Ziyoyevning ―Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash‖ asari keyingi y larda nashr etilgan ishlar orasida o’zining mukammalligi bilan alohida o’rin tutadi. Asarda Rossiya imperiyasining O’rta Osiyo xonliklariga harbiy yurishlari, mustamlakachilikning o’rnatilishi va uning mohiyati, milliy istiqlol uchun kurashgan vatanparvarlar, jumladan Aliquli Amirlashkar faoliyatiga ham keng o’rin ajratadi. H.Bobobekov o’z ilmiy tadqiqot ishlarida XIX asr ikkinchi yarmida Qo’qon xonligida yuz bergan milliy ozodlik harakatlari va ularning sabablari va natijalarini yoritishga xarakat qilgan. Sh.H.Vohidov o’z ilmiy tadqiqot ishida Qo’qon xonligi tarixshunoslik maktabining shakllanishi va xususiyatlari hamda manbalar tahliliga boshqa tadqiqotchilarga nisbatan kengroq to’xtalib o’tadi. G’.Ahmadjonovning ―Rossiyskaya imperiya v Sentralnoy Azii‖ nomli monografiyasi chor Rossiyasining O’rta Osiyo xonliklarini mustamlakaga aylantirishi va imperiyaning Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati tarixining tarixshunosligiga bag’ishlangan bo’lib, bu sohada tadqiqot olib borgan bir qator olimlarning ilmiy xulosalari tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil etilgan. N.A.Abduraximova va G.Rustamovalar tomonidan chop etilgan ―Kolonialnaya sistema vlasti v Turkestane vo vtoroy polovine XIX – I chetverti XX veka‖ nomli monografiyasida chor Rossiyasining Turkiston o’lkasida olib borgan mustamlaka siyosati va boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari yoritib berilgan. J.H.Ismoilova esa XIX asr oxiri - XX asr boshlarida milliy–ozodlik harakatlarining yangi bosqichga ko’tarilganligi masalalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib bordi. V.T.Ishquvvatov o’zining ―XX asrning II yarmi tarixshunosligida Qo’qonRossiya diplomatik munosabatlari‖ nomli dissertasiyasida XIX asrning boshlaridan o’rtalarigacha bo’lgan davr mobaynidagi Qo’qon-Rossiya diplomatik munosabatlarining tarixshunosligini yoritib berish bilan birga bu sohada bir qator yangi fikrlar va ma’lumotlarni ham yoritib bera olgan. Z.Ilhomov o’zining ―Aliquli Amirlashkar va uning Qo’qon xonligi siyosiy tarixida tutgan o’rni‖ nomli dissertasiyasi hamda bir qator ilmiy maqolalarida XIX asrning 50-60 y larida xonlikdagi harbiy ishlarning axvoli va xarbiy soxa tarixi, xonlikdagi ichki siyosiy jarayonlar va tashqi diplomatik aloqalar, chor Rossiyasining mustamlakachilik bosqinchiligiga qarshi kurashlar tarixini maxalliy tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan birlamchi manbalar hamda arxiv manbalariga asoslangan holda yoritib bergan. Keltirib o’tilgan asarlar bilan bir qatorda horijlik tarixchi olimlar ham XIX asr ikkinchi yarmi Qo’qon xonligi va Rossiya imperiyasi o’rtasidagi o’zaro 47 munosabatlar masalasiga to’xtalib o’tganlar. Horij olimlari tomonidan chor Rossiyasining O’rta Osiyo xonliklariga qarshi olib borgan harbiy siyosati va ularni mustamlakaga aylantirishi tarixi masalasida olib borgan tadqiqot ishlari ham o’rganilayotgan mavzuning tahlilini chuqurroq va kengroq amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Totalitar tuzum davrida murojaat qilish va o’rganilishi ta’qiqlangan horij tadqiqotchilarining asarlarida sovet tadqiqotchilari uchun mumkin bo’lmagan tarixiy tahlilga keng o’rin berilgan hamda tarixiy jarayonlarning asl mohiyati ochiq oydin yoritib berilgan. Bunday tadqiqotchilar va ularning asarlari orasida D.Bergxorn, E.Bekon, R.Konnuest, E.Ollvort, T.Ranovski–Xarmstoun, L.Tillet, D.Uiler, D.Xuson va boshqalarni alohida ko’rsatib o’tish mumkin. Ular haqli ravishda sovet tarixshunoslik fani va unda yo’l qo’y ayotgan haddan tashqari mafkuraviy yondashishni qattiq tanqid qilgan edilar. O’zida Qo’qon xonligi tarixi, ayniqsa xonlikning elchilik masalalari bilan bog’liq siyosati haqida qimmatli ma’lumotlarni jamlagan M.Saray va Inalchiklarning asarlari ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan horij tadqiqotlari sanaladi. Bu asarlar Qo’qon xonligining Turkiya sultonligi bilan diplomatik aloqalarini yoritib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Unda keltirilgan Aliqulining Turk sultoniga yuborgan elchilik masalalari tafsilotlari boshqa adabiyotlarda yoritib berilmagan. Biroq bu ma’lumotlar Qo’qon xonligi tarixini yoritib beruvchi manbalarning ayrimlarida, masalan Muhammad Yunus Toibning ―Tarixi Aliquli Amirlashkar‖ asarida keltirilgan ma’lumotlarni tasdiqlashi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek bu asarlardan O’rta Osiyo masalasida Rossiya va Turkiya munosabatlari, Turkiyaning Buxoro va Xiva xonliklari bilan munosabatlari tarixiga oid bir qator ma’lumotlarni ham olish mumkin. Mustaqillik yilarida yaratilgan asarlar orasida alohida muhim o’ringa ega bo’lgan ―O’zbekistonning yangi tarixi‖ kitobining ―Turkiston chor Rossiyasi mustamlakasi davrida‖ nomli birinchi qismi keyingi y larda yaratilgan ilmiy adabiyotlar orasida ancha salmoqli o’rin tutadi. QO’QON XONLIGI TARIXShUNOSLIGINING AYRIM MASALALARI Qo’qon xonligi tarixini o’rganish XIX asrning o’rtalaridan boshlab bugungi kungacha tarixchilar e’tiborini o’ziga jalb qilib kelmoqda. Hozirgi kungacha xonlik tarixi bo’yicha amalga oshirilgan va yaratilgan ilmiy asarlar hamda ilmiy tadqiqotlarning salohiyati juda katta. o’tgan bir yarim asr mobaynida xonlik tarixini o’rganishda turlicha yondashish va munosabatlar, ayrim vaqtlarda (XX asrning 50-80 yillarida) tarixiy jarayonlar va tarixiy voqyelikni obyektiv baholamaslik holatlariga yo’l qo’yildi. Xonlik tarixini yoritishdagi bunday munosabat ushbu holni tarixshunoslik nuqta-nazaridan chuqur tahlil qilishni talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda XIX asrning 30-yillaridan boshlab bugungi kungacha tarixchilar e’tiborini o’ziga jalb qilib kelayotgan Qo’qon xonligi 48 tarixining o’rganilishini mavjud ilmiy tadqiqotlarning yo’nalishi, davr va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir necha guruhga bo’lib ko’rib chiqish talab etiladi. Qo’qon xonligi tarixini tarixshunoslik nuqtai-nazaridan davrlashtirishning quyidagicha an’anasi bugungi kunda asosiy hisoblanadi: Birinchi davr - XIX asrning 30-yillaridan – XX asrning boshlarigacha; Ikkinchi davr - Sovet davri tarixshunosligi (1917-1991 yy); Uchinchi davr - O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyingi yillar (1991 yil 31 avgustdan bugungi kunlargacha)ni o’z ichiga oladi. Tarixshunoslikning bu tarzdagi davrlashtirilishi natijasida aksariyat hollarda har bir davrga umumiy tarzda yondashilgan va ayni vaqtda tarixiy asarlar va tarixiy voqyealarning tahlili amalga oshirilgan. Biroq tarixiy asarlar va ularda voqyealarning yoritilishiga bo’lgan munosabatning xususiyatlariga qarab bu davrlarning har birini alohida yana kichik davrlarga yoki guruhlarga ajratib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda tarixiy tadqiqotlarning masalaga konseptual – metodologik yondashuv xususiyatlariga ko’ra quyidagi davrlarga bo’lib o’rganishni tavsiya etish mumkin: XIX asrning 30-yillaridan – XX asrning boshlarigacha bo’lgan birinchi davrni ikki qismga ajratish mumkin: - Birinchi qismi XIX asrning 30-50 yillarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, bu vaqtda Qo’qon xonligi tarixi masalalariga bag’ishlangan ishlarda asosan xonlikning ichki siyosati, ijtimoiy va iqtisodiy hayot masalalari yoritilgan ma’lumotlarni ko’rish mumkin. Bu ma’lumotlar xonlik hayotini aks ettirish bilan birga keyinchalik uning chor Rossiyasi tomonidan bosib olnishida podsho armiyasi harbiylari uchun qo’llanma-ma’lumotnoma vazifalarini ham bajargan. Bu ma’lumotlar va asarlar o’zining ma’lum daraja obyektivligi bilan xususiyatlanadi. - Ikkinchi qismi XIX asrning 50-yillaridan - XX asr boshlarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrda yaratilgan asarlarda xonlikning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi masalalariga keng o’rin berilgan va ularning aksariyatida ―buyuk davlatchilik‖ shovinizmi xususiyatlari yaqqol sezilib turadi. Shu bilan birga ayrim rus tarixchilari masalani obyektiv yoritish fikrlarini ham ilgari suradilar. Ushbu xususiyatlari bilan bu davrda yaratilgan asarlar Qo’qon xonligi tarixi va uning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi masalalarini o’rganishda nihoyatda katta axamiyatga ega. II. Ikkinchi davrni Sovet davri (1917-1991 yy) tarixshunosligi tashkil etadi. Bu davrni tarix faniga va tarixiy tadqiqotlarga bo’lgan yondashuv xususiyatlariga asoslangan holda uch qismga bo’lish mumkin: - Birinchi qismini Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan – XX asrning 50-yillari o’rtalarigacha bo’lgan davr bilan belgilash mumkin. Bu davrda yaratilgan ilmiy asarlar va tadqiqotlar masalaga qisman obyektiv yondashuvi bilan xususiyatlanadi. - Sovet davri tarixshunosligining ikkinchi qismi XX asr 50-yillaridan – 80yillarning o’rtalarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda amalga 49 oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida kommunistik mafkura va sosialistik tuzum g’oyalari ta’sirida tarixni o’rganishga bir tomonlama, O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishiga ―progressiv‖ jarayon sifatida, mahalliy xalqlar taraqqiyotida ―buyuk rus xalqining roli‖ ni bo’rttirib ko’rsatishga moyillik hukm suradi. - Ikkinchi davrning uchinchi qismi XX asrning 80-yillari o’rtalaridan 90-yillari boshigacha (―qayta qurish‖ davri) bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrda asosan o’zbek olimlari tomonidan e’lon qilingan bir qator ilmiy ishlarda va maqolalarda chor Rossiyasi tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi va mustamlakaga aylantirishi jarayonlarini manbalar va arxiv hujjatlari asosida haqqoniy va obyektiv yoritishga intilish muhim o’rin egallaydi. III. Uchinchi davr O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan (1991 yil 31 avgust) keyingi yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda amalga oshirilgan va bugungi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar o’zining xolisligi, tarixiyligi, ilmiyligi va masalaga obyektiv yondashuvi jihatlari bilan xususiyatlanadi. Mustaqillik davri tarixshunosligi ikki qimsga ajratish mumkin: - Birinchi qismi – 1991 yil 31 avgust - 1998 yil 28 iyun. - Ikkinchi qismi – 1998 yil 28 iyundan bugungi kungacha. Quyida har bir davr tarixshunosligi va tarixiy tadqiqotlarning xususiyatlarini alohida – alohida tahlil qilishga xarakat qilamiz. Birinchi asosiy davrga XIX asr 30-yillaridan XX asrning dastlabki o’n yilliklarigacha, ya’ni Turkistonning mustamlaka davrida yaratilgan asarlarni kiritish mumkin. Bunda ayniqsa rus sharqshunoslarining mehnati salmoqli o’rin egallaydi. Rus sharqshunoslari tomonidan Qo’qon xonligi tarixini o’rganish XIX asrning o’rtalaridan boshlandi. Bungacha xonlik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti haqida asosan chor armiyasi harbiylari va elchilik aloqalari orqali, turli yo’llar bilan olingan ma’lumotlar umumiy ma’lumotlar tarzida to’plangan. XIX asrning o’rtalarida va ayniqsa ikkinchi yarmida yaratilgan tarix asarlarida, esdaliklarda, tavsifnoma va josuslik xizmati hisobotnomalarida xonlikning asosan so’nggi davr tarixi yoritib berilgan. Shundan kelib chiqib, bu davr tarixshunosligining o’zini ikki qismga ajratish lozimligi yuqorida qayd etib o’tildi. Birinchi davrning birinchi qismida, ya’ni XIX asrning 50-60 - yillarigacha yaratilgan asarlar Rossiya imperiyasining o’zbek xonliklarini bosib olish maqsadidagi harbiy bosqinchiligini amalga oshirish vaqtida foydalanish uchun yig’ilgan ma’lumotlar bo’lsada, xonlikning shu davrgacha bo’lgan umumiy ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlarni bugungi kungacha yetib kelishini ta’minladi. Bunday asarlar qatoriga F.Nazarov, N.I.Potanin, V.V.Velyaminov-Zernov, M.N.Galkin, A.Maksheyev hamda A.Nurekin boshqa shu kabi mualliflarning asarlari va maqolalarini kiritish mumkin. Bu mualliflar asarlaridagi asosiy xususiyat shundaki, ular rossiyalik tarixchilar yoki tadqiqotchilar uchun deyarli noma’lum bo’lgan Qo’qon xonligi haqida, uning aholisi, urf-odatlari, hududlari va chegaralari, harbiy ahvoli, yer osti boyliklari va iqtisodiy imkoniyatlari, ichki va tashqi savdo munosabatlari va 50 boshqalar yuzasidan asosan ilk axborotlarni to’plaganlar hamda ma’lumot tarzida yetkazib berganlar. Shuningdek, bu asarlarda keyingi davrlarda yuzaga kelgan ―buyuk davlatchilik‖ g’oyalarini bo’rttirib ko’rsatish kabi holatlar sezilmaydi. Mualliflar xonliklar haqidagi ma’lumotlarning eng mayda tafsilotlarigacha o’ziga xos ravishda ko’rsatib berishga va uni tahlil qilishga harakat qiladilar, xattoki o’rta Osiyo cho’llarida qanday zaharli hasharotlar mavjudligi va agarda ular chaqib olsa, uning zahrini kuchsizlantiruvchi giyohlar va vositalarni ham ko’rsatib o’tishga harakat qilganlar. Bunday elchiliklar va josusliklar dastlabki vaqtlarda o’rta Osiyo xonliklarining barchasi to’g’risida umumiy ma’lumotlarni berishga harakat qilganlar yoki biror-bir xonlikka yuborilgan elchilar qolgan xonliklar to’g’risida ham ma’lumotlar to’plashga harakat qilganlar. Bu o’rinda 1820 yilda amalga oshirilgan kapitan Muravyov boshchiligidagi missiya tomonidan berilgan ma’lumotlarni keltirib o’tish mumkin. Mazkur missiya vakillari Xiva xonligini bosib olish Rossiya uchun Buxoro va Hindistonga yo’l ochadi va butun O’rta Osiyoni Rossiya ta’sirida ushlab turish imkoniyatini beradi degan xulosaga keladi. Bu xulosalarga tayangan hamda Muravyovning maslahatlariga amal qilgan Orenburg general-gubernatori, general ad’yutant graf Perovskiy podsho hukumatining roziligini olib, 1839 yil Xivaga yurish qiladi. Shu yilning 16 fevralida tasdiqlangan rejaga ko’ra Xivagacha bo’lgan 1300 chaqirim masofa uch oy ichida bosib o’tilishi lozim edi. 5333 kishilik armiya mahalliy aholining kuchli qarshiligiga duch keldi va 1045 kishi o’ldirildi, 609 kishi yarador bo’ldi. Harbiy yurish esa chor qo’shinlarining to’la mag’lubiyatga uchrashi bilan yakun topadi. Xiva yurishida ishtirok etgan M.Ivanin ―Opisaniye zimnego poxoda v Xivu (1839-1840gg)‖ nomli asarida Xiva xonligi ustidan tamomila o’lim hukmini chiqarish va unga xatto kerak bo’lsa ekologik urush e’lon qilish, ya’ni, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuborish takliflarini kiritadi. Bunday asarlar va ulardagi ma’lumotlar esa shubhasiz, keyinchalik podsho qo’shinlarining O’rta Osiyo xonliklarini bosib olish uchun uyushtirgan harbiy yurishlari davrida qo’l kelgan. Bo’lajak bosqinchilik va harbiy yurishlar uchun bunday ma’lumotlarning to’planishida ayniqsa, xonliklar hududlarining kartografik va harbiy-topografik jihatdan o’rganilishiga XIX asrning boshlaridan boshlab turli yillarda O’rta Osiyo hududlariga kelgan podsho hukumatining elchilari va maxfiy ayg’oqchilari katta hissa qo’shganlar. Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy o’rganishga jiddiy kirishdi. 1803 yilda Ivanov boshchiligidagi dastlabki missiya xonliklar orasida harbiy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan katta kuchga ega bo’lgan Buxoroga yetib keldi va amirlik haqida bir qancha ma’lumotlarni qo’lga kiritdi. 1820 yilda A.F.Negri boshchiligida o’z tarkibida olimlardan G.Meyendorf, E.Eversman, Budrinlarga ega bo’lgan ikkinchi missiya amirlik haqida ko’proq ma’lumot yig’ish uchun keldi. G.Meyendorf kelajakda rus qo’shinlarining Buxoroga harbiy bosqinchilik bilan kelganlarida foydalanishlari uchun butun tafsilotlarni o’zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug’ullandi. Savollar 51 1. Kukon xonligi tashkil topishi tarixi tarixshunosligi xakida nimalar bilasiz? 2. Kukon xonligi tarixi yoritilishi borasida ish olib borgan tarixchilar xakida ma’lumot bering. 3. Kukon xonligidagi ijtimoiy- siyosiy axvol xakida va xukumdor sulolalar orasidagi uzaro munosabatlar kanday kurinishga ega edi? 4. Kukon xonligi tarixi tarixshunosligi borasidagi manbalar xakida nimalarni bilasiz? 5. Kukon xonligi tarix tarixshunosligida rus sayyoxlari va echilarining axamiyati darajasini kanday baxolaysiz? 52 6. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklari ijtimoiysiyosiy hayoti tarixining o’rganilishi. REJA 1. Mahalliy tarixchi olimlar tomonidan xonliklar tarixini o’rganilishi 2. Chet-el tarixchilari tomonidan xonliklar tarixini tadqiq etilishi 3. Xonliklar tarixi buyicha chop etilgan asarlar Mustaqillik sharofati bilan tarixshunos tadqiqotchilar tomonidan tarix fanining bosib o`tgan yo`lini ham yangitdan tahlil etish zarurati yuzaga kyeldi. Ana shu yo`ldagi dastlabki izlanishlar ijtimoiy taraqqiyot burilishlarini aks ettirgan hamda ijobiy va salbiy voqyealarga boy bo`lgan XX asrning birinchi o`ttiz yilligi chyegarasini qamrab olgan. Asar 1994 yilda yaratildi. Ushbu asarda XX asrning 30 yili ichida O`zbyekistonda yuz byergan tarixshunoslik jarayonlari, Milliy davlatchilik masalalari tarixshunosligi, Turkistonda XIX asr boshlarida milliy – ozodlik kurashi tarixshunoslik, O`zbyekistonning ijtimoiy – iqtisodiy tarixini o`rganishning ba`zi muammolari, 20-30 yillarda sharqshunoslik va madaniyatning, etnologiya va arxeologiyaning hamda ingliz, frantsuz va nyemis tarixshunosligida O`zbyekiston tarixi muammolarini o`rganish masalalari yoritib byerilgan. Hozirgi kunda tarixshunosligimizda chyet ellik olimlarning asarlaridan foydalanish muayyan bir qiziqish uyg`onmoqda. Sababi ularda tarixga o`z dunyoqarashi bilan mustaqil yondoshish ustunlik qiladi. Mana shunday asar mualliflaridan biri XX asrning birinchi choragida ingliz Fryedyerik Martman Byeyli (1882 – 1976 yy) afsonaviy odamga aylangan edi. Londonda 1946 yilda ―Jonaton Kyeyn‖ nashriyotga F.Byeylining ―Toshkyentdagi missiya‖ dyegan kitobini bosib chiqardi. Bu kitobida u avvalambor milliy – ozodlik uchun kurash fuqarolar urushi alangalarida qolgan Turkistonda Britaniya siyosiy agyenti sifatida boshidan o’tkazgan xatarli sarguzashtlarga to`la hayoti haqida batafsil hikoya qiladi. O`z vaqtida bu kitob haqida ko`p shov – shuv bo`lib o`tgan va Byeyli olib borgan ishlar to`g`risida ancha – muncha mish-mishlar va afsonalar to`qilgan. Mashhur sharqshunos – razvyezkachining og`ir zamonlarda kyechirgan hayotini o`rganish, bilish tariximiz, o`tgan kunlarni chuqurroq tushunishga yordam byeradi. Tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida hokimiyat tepasiga obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar natijasida turli kuchlarning kelishi, o’z navbatida, jamiyat hayotida keskin o’zgarishlarni ro’y berishiga hamda muayyan islohotlarni amalga oshishiga olib keladi. Binobarin, Buxoro davlatida ham hokimiyatning ashtarxoniylar sulolasidan mang’itlar vakillari qo’liga o’tishi ma’lum bir omillarning ta’siri ostida ro’y bergan. Buxoro davlatchiligi tarixida sodir bo’lgan ushbu jarayonlarning mazmun va mohiyatini o’rganishda ilmiy jamoatchilik o’rtasida turli xil yondashuvlar ilgari suriladi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, ashtarxoniylar sulolasi hukm surgan davrda, ayniqsa, uning oxirgi vakillaridan biri Abulfayzxon hukmronligi yillarida (17111747) davlatda o’zboshimchalik, boshboshdoqlik, o’zbek qabila-urug’lari o’rtasida 53 hokimiyat uchun kurash, ayrim hududlarning mustaqillikka bo’lgan intilishlarining kuchayishi bilan bog’liq holatlar Buxoro davlatini ham ichki ham tashqi siyosatda to’la tanazzul yoqasiga olib kelgan edi. Jamiyat hayotida bunday muammolarning yuzaga kelishiga asosiy sabablardan biri – ashtarxoniylar sulolasining so’nggi vakili Abulfayzxonning davlatni boshqarishdagi rolining pasayganligi va uning yetarli boshqaruv qobiliyatiga ega emasligida edi. Sharqshunos Anke fon Kyugelgen ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ashtarxoniylarning so’nggi vakillari davlatni boshqarish, uni mustahkamlash va davlatning ichki hamda tashqi xavfsizligi masalalariga jiddiy e’tibor qaratmaganlar. Buning oqibatida joylardagi ichki siyosiy nizolarni hal etish va Eron davlati tomonidan bo’lgan tashqi xavf oldida mamlakat ojiz bo’lib qolgan edi. Shu bilan birga, obyektiv sabablar bilan bir qatorda, bizning fikrimizcha, mamlakatda bunday xavfli vaziyatning yuzaga kelishiga quyidagi uchta subyektiv omil va voqyealar ham muayyan darajada o’zining ta’sirini o’tkazgan: Birinchidan, xonlikning muhim hududiy markazlaridan biri hisoblangan hamda mamlakatning asosiy iqtisodiy, ma’rifiy va harbiy resurslari joylashgan Samarqand bekligini xonning asosiy raqiblaridan biri bo’lgan Rajab Sulton boshqaruviga o’tishi; Ikkinchidan, nomusulmon bo’lgan jo’ng’orlar quvg’inidan qochgan qozoq ulamolariga nisbatan xon hokimiyati tomonidan yetarli e’tibor bo’lmaganligi va buning oqibatida musulmonlar o’rtasida katta obro’ga ega bo’lgan ushbu ulamolarning yetti yil davomida sarson-sargardonchilikda bo’lishlari aholining xonga bo’lgan hurmat e’tiborini yo’qolishiga olib kelgan; Uchinchidan, xonning bevosita yo’l qo’yib berishi natijasida Ibodullo xitoy va uning tarafdorlari tomonidan muqaddas qadamjo hisoblanadigan Xo’ja Bahovuddin xonaqosining vayron etilishi aholining kuchli noroziligini kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Binobarin, 1721-1722 yillarda Samarqandning Rajab Sulton boshqaruviga o’tishi nafaqat Buxoro xonligiga qarshi qaratilgan g’alayon sifatida, balki mamlakat zaiflashuvining asosiy sabablaridan biri sifatida baholanadi. Qozoq va qoraqalpoqlarning 1723 yildan 1730 yilgacha davom etgan isyonining asosiy sababchilaridan biri ham Rajab Sultonning yaqin kishisi Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy Kenagas edi. Buning oqibatida, Abulfayzxon va uning harbiy qo’shini isyonchi kuchlar oldida himoyasiz qolgan edi. Mamlakatda tinimsiz davom etayotgan g’alayonlar natijasi o’laroq hamda o’sha davrda ro’y bergan tabiiy ofatlar (surunkasiga uzoq muddat yomg’ir yog’ishi) sababli haydaladigan yerlarning dehqonchilik uchun yaroqsiz ahvolga kelishi va o’z navbatida aholining katta qismini Samarqand va Miyonqol hududlarini tark etishga majbur etgan. Sharqshunos Anke fon Kyugelgenning ma’lumotlariga ko’ra, otaliq lavozimida faoliyat yuritgan Muhammad Hakimbiy (Muhammad Rahimning otasi) isyonchilar va ichki dushmanlar bilan tinchlik yo’lida muzokaralar olib borishi natijasida muayyan muddat davomida barqarorlikni saqlashga muvaffaq bo’lgan. Shu bilan birga, yuqorida nomi tilga olingan Ibodullo xitoy o’z tarafdorlari va boshqa xitoy54 qipchoq urug’iga mansub bo’lgan aholi bilan birgalikda Miyonqolda amirga qarshi qo’zg’olon ko’targan va buning oqibatida bir qator shaharlar vayrona holatga tushib qolgan. Bunday vaziyatda Abulfayzxon Ibodullo xitoyning qilmishlariga yarasha jazo berish o’rniga, aksincha, uni devonbegi (―devonxona boshlig’i‖) lavozimiga tayinlagani xalqning haqli ravishda Abulfayzxon xokimiyatiga nisbatan noroziligini va unga qarshi borish ruhiyatini keltirib chiqargan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Muhammad Hakimbiy Abulfayzxon hukmronligi davrida davlat hokimiyatiga qarshi chiqqan qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Bundan ijobiy tarzda foydalangan Muhammad Rahim davlat hokimiyatini egallashga qaratilgan faoliyatini mustahkamlay borgan. Hokimiyatning ashtarxoniylar qo’lidan mang’itlar qo’liga o’tishida yana bir asosiy va muhim omil bu tashqi-siyosiy vaziyat hisoblanadi. Xususan, Eron shohi Nodirshohning tashqi-siyosiy faoliyati asosan Buxoro xonligini o’z ta’sir doirasiga olishga qaratilganligi, o’z navbatida, xonlikda davlat hokimiyatini tubdan o’zgarishiga sabab bo’lgan. Eron shohi Nodirshohning o’g’li Rizoquli 1737-1738 yillarda ashtarxoniylar qo’shini bilan Qarshi bekligida va Shulluk vohasida to’qnashib, o’zbek qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratadi. Shu bilan birga, uzoq maqsadlarni ko’zlagan Nodirshoh asirga olingan o’zbek qo’shinlariga nisbatan g’amxo’rlik ko’rsatadi va otaliq Muhammad Doniyolbiyni asirlikdan ozod etadi. Yuqoridagilar bilan cheklanmasdan, Nodirshoh o’g’li Rizoqulining nomaqbul harakatlari uchun Abulfayzxondan uzr so’rab, undan an’anaga ko’ra sulh tuzishni taklif qiladi. Ikki davlat hukmdorlari Amudaryo qirg’oqlarida uchrashib, Eron va Turon mamlakatlari o’rtasida barqaror ittifoqni mustahkamlashga kelishib oladilar. Mazkur uchrashuvda Muhammad Hakimbiy va uning o’g’lini ozod etilishi ikki davlat o’rtasidagi barqaror tinchlikni o’rnatishda muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Ikki davlat o’rtasida tinchlik muzokaralarini o’tkazishda Muhammad Hakimbiy va uning o’g’li Muhammad Rahimlarning xizmati katta bo’lgan. Bunday vaziyatdan unumli ravishda foydalangan Muhammad Rahim hokimiyatni egallash uchun Nodirshoh bilan samimiy munosabatda bo’lishga intiladi. Nodirshoh Muhammad Rahimning hokimiyatni boshqarishga bo’lgan qobiliyatini ko’rib, unga o’z o’g’li kabi yondashadi hamda hokimiyatni egallashda amaliy yordam ko’rsatadi. Xususan, Nodirshoh Muhammad Rahimga o’z harbiy kuchini mustahkamlashi uchun askarlar sonini 6000 dan 18000 gacha ko’paytirishiga hamda Muhammad Hakimbiyning vafotidan so’ng uni otaliq lavozimini egallashiga imkoniyat tug’dirib beradi. Shu bilan birga, Nodirshoh Abulfayzxon davlatidagi ichki g’alayonlarga o’z munosabatini bildirib, ularni oldini olish va qarshi kurashish lozimligiga alohida e’tibor qaratadi hamda davlat boshlig’ini ushbu jarayonlarga befarq bo’lmaslikka chaqiradi. Xususan, Nodirshoh ushbu masalada xonga yozma ravishda murojaat etib, Abulfayzxonning siyosatini qattiq tanqid qiladi. Ayrim manbalarda, aksincha, Nodirshohning xonga nisbatan hayrihoh ekanligi hatto unga ehtirom ko’rsatib, uni o’z xizmatiga olishlik istagi borligini bildirganligi to’g’risida gap boradi. ―Shu 55 maqsadda Nodirshoh ikki asosiy huquqiy hujjat – farmon(yorliq)ni qabul qiladi. Birinchisi, Abulfayzxonni o’z lavozimidan ozod etish va uning o’rniga o’g’li Abdulmo’minni xon etib tayinlash haqida, ikkinchisi, Muhammad Rahimni Movarounnahr sultoni (amir ul-umaro) etib tayinlash haqida edi‖. Biroq Abulfayzxon Nodirshoh xizmatida faoliyat yuritish taklifini rad etadi. 1743 yilning dekabr oyida Nodirshoh o’n ikkita shia mazhabiga mansub bo’lgan imomlar va sunniylik mazhabiga mansub bo’lgan eron, afg’on va Movarounnahr ulamolarini e’tiqodning har qanday vaziyatida ―kelishuv‖ga erishish mumkinligiga undash maqsadida to’playdi. Uchrashuvda Bog’dod shahrining qozisi Abdullo as-Suvaydiy yig’ilish bayonini olib borish uchun hakam sifatida tayinlanadi. Uchrashuvga yetmishta eron, yettita afg’on va yettita Movarounnahr muftiylari, qozilari va imomlari tashrif buyurgan. Sunniylar tarafidan vakil sifatida mashhur Buxoro qozisi hamda Ko’kaldosh madrasasining mudarrisi Xodi Xo’ja ibn Alouddin, shialar tarafidan esa Nodirshohning diniy va huquqiy masalalar yuzasidan muallimi mullaboshi Ali Akbar so’zga chiqqanlar. Mazkur uchrashuvda har doimgidek sunniylarning shialik aqidasiga qaratilgan da’volari ustunlik qilib turgan. Munozara davomida shia mazhabining vakillari Ali Akbar va uning safdoshlari dastlabki ikki xalifa Abu Bakr va Umar safdoshlarini kamsitishni, vaqtinchalik nikoh masalasini hamda Hazrat Ali Muhammad Payg’ambarning yolg’iz vorisi ekanligini tan olishni rad etish to’g’risidagi kelishuvga rozi bo’lganlar. Sunniylik vakillari o’z navbatida shialik ta’limotini, ya’ni to’rt asosiy huquq maktablari qatorida ja’fariya mazhabini tan olishga tayyor ekanliklarini bildirganlar. Yig’ilishning yakunlovchi qismida ishtirok etgan ulamolar yagona kelishuvga imzo qo’yganlar. Mazkur kelishuv g’oyaviy jihatdan ulamolar o’rtasidagi muayyan barqarorlikni qaror toptirgan bo’lsada, amalda diniy oqimlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar keyinchalik ham davom etgan. Mavjud adabiyotlarda Buxoro davlatida ashtarxoniylar sulolasining inqirozga uchrashi va hokimiyat tepasiga mang’itlar sulolasi vakillarining kelishi to’g’risida turli xil yondashuvlar ilgari surilgan. Xususan, R.Grausset, S.Beker kabi xorijlik olimlar oxirgi joniylar yoki ashtarxoniylar 1758 yilgacha hukmronlik qilganliklari va oxirgi ashtarxoniy Abulg’ozixon ekanligi to’g’risida fikr bildiradilar. Shundan kelib chiqib, mang’itlar hokimiyat tepasiga 1785 yilda kelganliklari va uning birinchi hukmdori Shohmurod ekanligi to’g’risida ma’lumot beradilar. Milliy adabiyotlarda ham ushbu masalaga turlicha yondashiladi. Xususan, II jildlik O’zbekiston halqlari tarixi kitobida shayboniylarga qarindosh bo’lgan ashtarxoniylar sulolasi (joniylar) hokimiyatni 1601 yildan 1753 yilga qadar boshqarganligi haqida so’z yuritilib, biz tadqiq etayotgan masala yuzasidan jumladan, shunday deyiladi: ―joniylarning so’nggi vakili Abulg’ozi qat’iyatli emas edi. U Shohmurodga otaliq lavozimini egallash va amalda hokim bo’lishga rozilik berishini so’rab bir necha marta murojaat qildi. U ko’p marta rad javobini bergach, nihoyat rozi bo’ldi, vazirlik (1785-1800) lavozimini egallab, qo’zg’olonlarni 56 tinchitdi va davlatda tartib o’rnatdi. So’ng Abulg’ozini taxtdan ag’darib 1785 yilda o’zi taxtga o’tirdi‖. Mazkur ma’lumotdan ashtarxoniylar sulolasi 1785 yilgacha hukmronlik qilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Muhammad Rahimbiy vafotidan keyin 1758 yilda uning yosh nevarasi Fozil To’ra taxtga o’tiradi, unga Muhammad Rahimning katta amakisi Doniyolbiy otaliq tayinlanadi. Muhammad Rahimning o’limi haqidagi xabar viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga qarshi harakatlarini kuchaytirib yuboradi. Buxoroga yurishlar boshlangan bir vaziyatda Doniyolbiy ularga qarshi qo’shin tortishga majbur bo’ladi va uzoq davom etgan muzokaralardan keyin viloyat hokimlari bilan Fozil To’rani taxtdan chetlatish haqida kelishib olinadi. Taxtga nomigagina ashtarxoniylardan Abulg’ozi (1753-1785) o’tqaziladi, lekin otaliq Doniyolbiyning o’zi (1758-1785) amalda haqiqiy hokim bo’lib qolaveradi. Ashtarxoniy Abulg’ozi amalda hokimiyat egasi bo’lmasa ham rasman xon sifatida tan olingani uchun ushbu sulolaning 1785 yilgacha hukm surganligi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin deb hisoblaymiz. Ushbu jarayonlar haqida tadqiqot olib borgan tarixchi olim Sh.Vohidovning yozishicha, Buxoro davlatida XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mang’it sulolasining namoyandalari hukmronlik qilgan. Ushbu sulolaning asoschisi Rahimbiy ibn Hakimbiy Xudoyor bo’ladi. Rahimbiy Abulfayzxon o’limidan so’ng uning o’g’illari Abdullo va Abdulmo’minga otaliqlik qiladi (1747), keyin 1756 yili sayidlar, xo’jalar va ruhoniylar tarafidan Buxoroda xon qilib ko’tarilgan bo’lsa ham, u o’zini ―noib-ul-hukumat‖ – hokim o’rinbosari, deb bilgan. Rahimbiy Abulfayzxon qiziga uylangan edi. 1756 yili Muhammad Rahimbiy o’lgandan so’ng o’rniga amakisi Doniyolbiy otaliq hukumatni qo’lga oladi. U xonlikka da’vo qilmay, avval Fozil To’rani keyin Abulg’oziy degan kimsani xon qilib, o’zini ularga noib deb e’lon qiladi. Uning o’g’li Shohmurod 1785 yili Buxoroda amir-ulmo’minin nomi bilan taxtga ko’tariladi. U amakisining xotini Abulfayzxon qiziga uylanib, keyin chingiziylarga qo’shildi. Amir Shohmurod vafotidan keyin amir Haydar, amir Husayn, amir Umar, amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar Buxoro amirligida hukmronlik qilganlar‖. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, mazkur masalalar yuzasidan mamlakatimiz huquqshunos olimlari yetarli izlanishlar olib bormaganlar. Davlat va huquq tarixi masalalari bilan shug’ullanuvchi olimlar Buxoro davlatchiligi shakllanishida o’ziga xos o’rin tutadigan ushbu davr to’g’risida qisman to’xtalib o’tadilar, xolos. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda amalga oshirilgan tarixiy-huquqiy tadqiqotlarda davlat boshqaruvining ashtarxoniylar qo’lidan mang’itlar boshqaruviga o’tishi tarixiy-huquqiy jihatdan asoslanmagan. Masalan, M.A.Hamidova o’zining ―O’zbekiston davlati va huquqi tarixi‖ nomli o’quv qo’llanmasida ―davlat boshqaruvi Abulfayzxon o’limidan so’ng mang’itlar qo’liga o’tgan‖ degan jumla bilan kifoyalangan. Prof. Z.Yu.Muqimov davlat boshqaruvining ashtarxoniylar qo’lidan mang’itlar qo’liga o’tishining asosiy sababi sifatida Muhammad Hakim otaliqning 57 hokimiyatni o’z qo’liga olishi va Eron shohi Nodirshohning o’zbek xonliklari yerlariga bostirib kirishini ko’rsatadi. Milliy davlatchilik tarixi masalalari bilan shug’ullangan Azamat Ziyoning ―O’zbek davlatchiligi tarixi‖ asarida ashtarxoniylar hokimiyatining zaiflashuvi hamda mang’it hukmdorlari boshqaruviga o’tishiga sabab bo’lgan omillar xususida to’xtalib o’tilmasdan, ko’proq Muhammad Rahimning davlatni boshqarish faoliyati haqida so’z yuritiladi. Prof. D.A.Alimova va akad. E.V.Rtveladzelar Nodirshohning O’rta Osiyoga bostirib kirishi va Muhammad Hakimbiy bilan shartnoma tuzganligi xususida ma’lumot, A.Sagdullayev va O’.Mavlonovlarning tadqiqotlarida Abulfayzxon hukmronligi davrida mang’it urug’i vakillarining hokimiyatga intilishi kuchayganligi hamda Muhammad Hakimning Nodirshoh xizmatiga kirib o’z avlodlariga hokimiyatni egallash uchun yordam berganligi to’g’risidagi fikrlar o’z ifodasini topgan. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan olimlarning asarlarini tahlil qilish va mavzuga oid boshqa bir qator tadqiqotlarni o’rganish asosida xulosa qilish mumkinki, davlat hokimiyatini ashtarxoniylar qo’lidan mang’itlar boshqaruviga o’tishiga sabab bo’lgan omillar ularda atroflicha tahlil etilmagan. Ushbu davr to’g’risida birmuncha haqqoniy va keng ma’lumot berishi mumkin bo’lgan tarixiy manbalar yetarli bo’lishiga qaramasdan Buxoro davlatchiligi taraqqiyotida muhim o’rin tutadigan mazkur davr tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolgan. Biz tomonimizdan dastlabki manbalarni o’rganish va tahlil etish asosida hokimiyatning ashtarxoniylar sulolasidan mang’itlar sulolasiga o’tishiga sabab bo’lgan omillar sifatida tashqi siyosiy vaziyat, Abulfayzxon hukmronligi yillarida davlatda o’zboshimchalik, boshboshdoqlik singari illatlarning kuchayib ketishi ko’rsatildi. Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, Buxoro davlati hokimiyatining ashtarxoniylar hukmronligidan mang’itlar vakillariga o’tishiga ham ichki ham tashqi-siyosiy omil muhim rol o’ynagan. Xususan, so’nggi ashtarxoniy Abulfayzxonning davlat boshqaruvi masalalarida ichki ziddiyatlar va o’zboshimchaliklarni o’z vaqtida bartaraf eta olmasligi hamda tashqi-siyosiy vaziyatni to’g’ri anglab yetmasligining oqibatlari ham ta’sir etgan. Shu bilan birga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib hudud birligini mustahkamlash, mamlakatni tashqi xavflardan oldini olish maqsadida mang’it urug’i vakillari Muhammad Hakimbiy va Muhammad Rahimlarning mohirona xizmatlari ham alohida ahamiyatga egadir. Xulosa, 30 – yil, O`zbyekistonda tarix fani kyeskin burilishlarni boshdan kyechirdi. Sovyet tuzumi, bir tomondan, o`zbyek milliy tarixchiligini, undagi erki – hurlikni, milliylikni yo`q qildi, ikkinchi tomondan, mustabid tuzumga sodiq kishilarni tarbiyalashga harakat qildi, ―sotsialistik‖ ruhdagi tarixchi va yozuvchilarni tarbiyalash yo`lidan bordi. Natijada, hukmron va mustabid kommunistik tartibot (ryejim) tomonidan buyurilgan mafkuraviy yo`l - yo`riqlar, g`oyalar va ko`rsatmalar tarixshunoslik jarayonining to`laroqli rivojlanishiga yo`l byermadi. Savollar 58 1. Xonliklar davrida tarixida Samarkand bekligining mavkiyini izoxlab bering. 2. Musakillik yillarida Urta Osiyo xonlikklarining urganilish tarixshunosligi. 3. Musakillik yillarida Urta Osiyo xonlikklarining chet el olimlari tomonidan urganilish tarixshunosligi . 4. Musakillik yillarida maxalliy tarixchilar tomonidan Urta Osiyo xonlikklarining urganilish tarixshunosligi. 59 7. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklarining elchilik aloqalari tarixining o’rganilishi. REJA 1. Xonliklar davrida elchilik aloqalarining rivojlanish sabablari 2. Buxoro xonligiga tashrif buyurgan elchilar 3. Xiva xonligiga tashrif buyurgan elchilar Milliy davlatchilik tarixidan ma’lumki, mamlakatimizning taraqqiyoti davomida uning hududida bir qator yirik davlatlar tarkib topgan va ko’plab sulolalar o’z hukmronligini amalga oshirgan. Ta’kidlash joizki, mazkur davlatlarning tashkil topishi, rivojlanishi va barham topishiga bir qator omillar sabab bo’lgan. Binobarin, ushbu omillar qatorida ularning muhim geostrategik hududda joylashganligi, O’rta asrlarda G’arb bilan Sharqni bog’lovchi muhim karvon yo’llarinnig o’tganligi, islom madaniyati o’choqlaridan hisoblangan Samarqand, Buxoro va Urganch (keyinchalik Xiva) shaharlarining joylashganligi, savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanganligi va boshqa qator jihatlarni sanab o’tish mumkin. Biroq tadqiqot doirasida o’rganilayotgan davrga kelib, ya’ni XVIII o’rtalari – XX asr boshlarida Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Buxoro, Qo’qon va Xiva xonliklari savdo-sotiq, ilm-fan va boshqa sohalarda jahon sivilizasiyasidan bir muncha ortda qolib ketdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqoridagi holatlarning yuzaga kelishiga bir qator omillar sabab bo’lgan. Birinchidan, mazkur hududda o’z manfaatlariga ega bo’lgan dunyoning yetakchi davlatlarining o’zaro nizolari (Rossiya-Turkiya, Rossiya-Eron, Angliya-Hindiston nizolari); ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlarida o’zaro birlikning, hamjihatlikning mustahkam emasligi; uchinchidan, qo’shni Eron, Afg’oniston davlatlari bilan davlatlararo hududiy nizolarga barham berilmaganligi; to’rtinchidan, mahalliy urug’-aymog’chilikning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan ichki kelishmovchiliklar va g’alayonlarning (xitoyqipchoqlar, shialar) uzluksiz davom etishi va boshqalar. Yuqoridagi omillar bilan bir qatorda, xonliklarning yirik davlatlar o’rtasidagi nizolardan foydalangan holda har tomonlama o’ylangan va muayyan maqsadni ko’zlagan tashqi siyosat, xususan, diplomatik munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’ymaganligini ham keltirib o’tish o’rinlidir. Binobarin, milliy manfaatlarni ustuvor yo’nalish sifatida oqilona tashqi siyosatni amalga oshirish o’z navbatida, davlatning ichki va tashqi mustaqilligini, xavfsizligini, taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu omilga nafaqat, xonliklar va Chor Rossiyasi davrida, balki yaqin o’tmish ittifoq tuzumi zamonida ham muayyan darajada e’tibor berilmagan hamda bu borada yetarli tajriba va amaliyot mavjud bo’lmagan. Shu jihatdan olganda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning bu boradagi fikrlarini keltirib o’tish o’rinli, deb hisoblaymiz, ya’ni ―O’zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish – davlat faoliyatining yangi va amalda qo’llanilmagan yo’nalishlaridan biridir. Yakkahokimlik tizimi sharoitida 60 O’zbekiston xalqaro maydonga to’g’ridan-to’g’ri va ochiq chiqish imkoniyatidan mahrum etilgan bo’lib, o’zining tashqi davlat idoralariga, yetarlicha diplomatlariga va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi mutaxassislariga ega emas edi‖. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning yuqorida keltirilgan fikrlaridan kelib chiqib, milliy davlatchilik tarixining muhim masalalaridan biri bo’lgan tashqi siyosat va diplomatik munosabatlar tarixini xolisona o’rganish va undan tegishli xulosalar chiqarish hamda davlatning taraqqiyoti va rivojlanishida uning ahamiyatini ko’rsatib berish bugungi kunda tadqiq etilishi dolzarb bo’lgan mavzulardan biri hisoblanadi. Buxoro amirligining tashqi siyosat borasidagi faoliyatini tadqiq etishda tegishli qo’lyozma asarlar va arxiv hujjatlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu o’rinda ta’kidlash joizki, bizgacha yetib kelgan tarixiy manbalar mazkur davrga oid bo’lgan tashqi siyosat borasidagi voqyelikni to’liq tavsiflash imkonini bermaydi. Bunday holatning yuzaga kelishiga Buxoro amirligida qo’shni davlatlar bilan muntazam elchilik aloqalari o’rnatilmaganligi, tashqi siyosat borasida olib borilgan faoliyatni lozim darajada qayd etilmaganligi, oz bo’lsada, sohaga oid mavjud manbalarda u yoki bu amirning bu boradagi siyosatini haqqoniy va xolis yoritilmaganligi, boshqa mamlakatlar elchiliklari tarkibida amirlikka kelgan sayohatchilarning asarlarida ushbu masalalar qisman va o’z mamlakatlari manfaatidan kelib chiqqan holda baholanganligi kabi qator sabablarni keltirib o’tish mumkin. Lekin shunga qaramay ushbu masalalar yuzasidan bir qator sharqshunos, o’lkashunos va tarixchi olimlar tomonidan muayyan darajada ilmiy tadqiqotlar olib borilganligini ham e’tirof etish lozim. Shu bilan birga, mazkur izlanishlarda tashqi siyosat va diplomatiya tarixiga oid bo’lgan manbalar yetarli tarzda tahlil etilgan deb bo’lmaydi. Ularda Buxoro amirligining ayrim hukmdorlari tashqi siyosatiga qisman e’tibor berilib, asosan ma’muriy tuzilish, yer-suv munosabatlari, soliq tizimi, davlat mansab va unvonlariga oid ayrim jihatlar o’rganilgan, xolos. Masalan, A.A.Semenov tomonidan amir Haydarning Rossiya podshohi Aleksandr I ga yo’llagan maktublari, G.A.Mixaleva tomonidan esa Buxoro amirligi bilan Rossiya o’rtasidagi savdosotiqqa oid aloqalar o’rganilgan. Shu jihatdan olganda, Buxoro amirligi diplomatik aloqalarining huquqiy asoslari, tashqi siyosatining tamoyillari, qoidalari hamda o’ziga xos xususiyatlari amalga oshirilgan tadqiqotlar doirasidan chetda qolib ketganligini qayd etish lozim. Yuqoridagilarni inobatga olib, bizning fikrimizcha, ushbu davrda amalga oshirilgan tashqi siyosatning quyidagi masalalarini o’rganish muhimdir. Chunonchi, - tadqiq etilayotgan davr yirik davlatlarning o’zaro nizolari, urushlari davriga to’g’ri kelganligi va shu munosabat bilan Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati pasayishi sharoitida olib borilgan diplomatik aloqalarning o’ziga xosligi; - mamlakatda mahalliy-urug’larning o’zaro kelishmovchiliklariga qaramasdan tashqi siyosiy aloqalarning muayyan darajada olib borilganligi; 61 - Buxoro amirligining tashkil topishi jarayonida Eron va Buxoro davlatlari o’rtasida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, mamlakatning mustaqilligini saqlab qolish maqsadida oqilona diplomatik siyosat yuritilganligi; - Rossiya imperiyasiga qaramlik sharoitida Buxoro amirligining olib borgan tashqi siyosat va diplomatik aloqalarining o’ziga xosligi kabi masalalarni o’rganish shular jumlasidandir. Shu bilan birga, bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarni tahlil etish orqali mang’it hukmdorlaridan amir Haydar, amir Nasrullo, amir Muzaffar va amir Abdulahadlar hamda qisman amir Said Olimxon davrida diplomatik aloqalarning bir muncha faol kechganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday xulosaga kelish uchun quyidagi jihatlar asos bo’lganligini qayd etish o’rinli deb hisoblaymiz: - Birinchidan, ushbu amirlar hukmronligi yillariga oid diplomatik yozishmalar, xatlar va hujjatlar ko’proq saqlangan; - ikkinchidan, ushbu davrda Buxoro amirligi va boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatishga keng e’tibor berilgan; - uchinchidan, olib borilgan tashqi siyosat o’z navbatida, amirlikda savdosotiqni rivojlantirishga, yangi ta’lim usullarini kirib kelishiga, sanoat, qurilish va ishlab chiqarish sohalarida muayyan darajada o’zgarishlarga olib kelgan; - to’rtinchidan, aynan ushbu davrga kelib davlat hokimiyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarni huquqiy vositalar asosida hal qilishga e’tibor qaratilgan. Amir Haydar hukmronligi davrida O’rta Osiyo davlatlari – Xiva va Qo’qon xonliklari, Rossiya, Eron, Afg’oniston, Xitoy hamda Usmoniylar davlati bilan xalqaro iqtisodiy, madaniy va siyosiy-huquqiy munosabatlarni shakllantirish maqsadida elchilik aloqalarini yanada mustahkamlashga harakat qilingan. U o’z sulolasidan bo’lgan boshqa amirlardan farqli o’laroq, mang’itlar hukmronligini mustahkamlash, ichki va tashqi muxoliflarga qarshi kurashda qator muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritishga erishgan davlat boshlig’i sifatida ajralib turadi. XIX asrning birinchi yarmida, ya’ni amir Haydar hukmronligi davrida Buxoro va Rossiya davlatlari o’rtasida doimiy faoliyat yuritib turadigan vakolatxonalar yoki elchixonalar va ikki davlat o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan shartnomalar mavjud bo’lmagan. Elchiliklar odatda, siyosiy va iqtisodiy aloqalar borasida munozaralar olib borish yoki muhim voqyealardan axborot berish uchun yuborilar va ularning maqsadi amir yorlig’ida bayon qilinar edi. 1805 yilda Rossiya tashqi ishlar vazirligi boshqarmasining boshlig’i knyaz Adam Charteriyskiyning ko’rsatmasiga binoan maxsus karvonda savdogar qiyofasida Orenburgdan Buxoroga rus konfidentlaridan biri Habibulla Abdulov yuboriladi. U bu yerda rasman soxta pul yasashda ayblangan va Buxoroga qochib kelgan rus fuqaroligiga mansub teptyar-tatarlarni Rossiyaga topshirish haqida muzokaralar yuritadi, ammo aslida unga yuklatilgan asosiy vazifa Nodirshohning Buxoroda yashashi taxmin etilgan nevarasini rus imperatori panohiga olib ketish bo’lgan. 62 Shu yilning o’zida Orenburgga Buxoro amirligi elchilari sifatida ikki savdogar – Mirzabek Allayorov va G’ofurjon Navro’zjonovlar tashrif buyuradi. Ushbu elchilar Orenburg general-gubernatoriga Buxoroda soxta pul yasash bilan shug’ullanuvchi Valit Hamitovdan musodara qilib olingan uskunalarni topshiradilar. Lekin ushbu savdogarlarda elchilik vakolatini tasdiqlovchi kerakli hujjatlar bo’lmaganligi sababli, ularning Rossiya davlati boshliqlari bilan uchrashishlariga ruxsat etilmaydi. 1809 yilda Rossiyadan Buxoroga ―maxfiy suratda yana bir konfident – poruchik Odilnosir Subhonqulov Orenburg harbiy gubernatori nazorati ostida yuboriladi‖. Poruchik Subhonqulov missiyasi dastlab Buxoro amirligi hamda Rossiya davlatlari o’rtasidagi karvon savdolarining xavfsizligini ta’minlash, aniqrog’i qaroqchilar tomonidan talon-taroj qilingan savdo karvonlari masalasini hal qilish hamda Rossiya-Buxoro davlatlari hamkorligida o’zaro jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu bilan birga, Rossiyadan qochib Buxoroda boshpana topgan soxta pul yasovchi Xamitov va uning sheriklarini Rossiya davlatiga topshirish bilan bog’liq masalalar bilan shug’ullangan. O’z navbatida, amir Haydar javob xatida bunday masalalar faqatgina ikki davlatning boshliqlari tomonidan hal qilinishi, ya’ni amirga faqat bevosita Rossiya davlati boshlig’i murojaat qilishi lozimligi haqida bayon etadi. Buxoro amiri Haydar o’zining ana shu maktubi bilan davlatlararo qonun-qoidalarga rioya etish masalasini eslatib, unga tanbeh berish bilan birga, xalqaro miqyosda Buxoro amirligining mustaqil davlat sifatida obro’-e’tiborini saqlashga naqadar katta e’tibor berib kelganligini ham namoyon etadi. Ikki davlat o’rtasidagi kelishuvlar asosida jinoiy-huquqiy yordam ko’rsatilib, Rossiya davlati ixtiyoriga Valit Hamitov boshchiligidagi jinoiy guruh topib beriladi. Undan tashqari Subhonqulov missiyasiga soxta pullar kim orqali, qaysi yo’llar bilan tarqatilganligi haqidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Odilnosir Subhonqulov Buxoroda qo’lga olingan 3 ta rus asirini ozod etishga muvaffaq bo’ladi. Shu o’rinda, Buxoro amirligi va Rossiya davlatining o’zaro ikki tomonlama xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashdagi hamda savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan munosabatlari muvaffaqiyatli kechganligini e’tirof etish joiz. Yuqoridagi tadqiqotlardan quyidagicha xulosa qilish mumkin: Poruchik Subhonqulov elchiligi Rossiya – Buxoro siyosiy va iqtisodiy aloqalari rivojiga katta hissa qo’shgan; - Ikki davlat o’rtasida rasmiy xalqaro-huquqiy munosabatlar bir maromga tushishiga imkoniyat yaratilgan; - Buxoro amirligi amir Haydarning oqilona siyosati tufayli tashqi siyosatda mustaqil ravishda teng huquqli davlat sifatida tan olinganligi o’z navbatida, Rossiya va boshqa davlatlar uchun amirlik bilan keyingi tashqi siyosiy aloqalarda alohida ahamiyat kasb etgan edi. Rossiya Buxoroga xufyalar yo’llar ekan, dastavval Buxoroning Xiva bilan umumiy til topib kuchayishidan, so’ngra ularning fransuzlar ta’sirida Rossiya-Eron urushida Eron tarafiga og’ib ketish xavfidan g’oyat katta tashvishda edi. Amir 63 Haydar ana shu voqyealardan yaxshi xabardor bo’lgan. Ammo u tashqi siyosatda mustamlakachi davlatlarning qutqusi bilan emas, balki o’z davlati xavfsizligi manfaatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritgan. Amir Haydar o’z navbatida Usmoniylar davlati bilan tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlarni mustahkamlash maqsadida devonbegi Eshmuhammad va qo’riqchiboshi Mirza Muhammadyusufni Istanbulga Buxoro amirligining rasmiy vakili sifatida yuboradi. Amir Haydar Buxoro amirligining Usmoniylar davlatidagi elchisi Mirza Muhammadyusuf hamda uning vafotidan so’ng elchi Mirza Muhammadfozil orqali yuborilgan nomalarida siyosiy munosabatlarni mustahkamlash haqida so’z yuritilmasdan, balki ko’proq ikki davlat o’rtasida madaniy va iqtisodiy hamkorlik borasidagi takliflar izhor etilgan edi. Ta’kidlash joizki, amir Haydar yaqin qo’shni davlatlar bilan ham diplomatik aloqalarni qayta tiklashga va rivojlantirishga muayyan darajada harakat qilgan. Xususan, u 1812 yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon oldiga o’zining ikki elchisini vakil qilib yuboradi. O’roqboy Jo’ra va Avaz Muhammad Yasovulboshi boshchiligidagi mazkur elchilik Buxoro-Xiva munosabatlarini qayta tiklanishi va o’zaro aloqalarning yaxshilanishida muhim rol o’ynaydi. 1814 yilning yozida Rossiyaga Azimjon Mo’minjonov boshchiligidagi ikki rasmiy elchilik yuboriladi. Bevosita Azimjon devonbegi rahbarlik qilgan birinchi elchilik Buxoro-Rossiya munosabatlarini mustahkamlash maqsadida; ikkinchi elchilik – Turkiyaga Rossiya hududlari orqali o’tishga podshohdan ijozat olish masalasini hal etish uchun yuboriladi. Amir Haydar tomonidan yuborilgan mazkur missiyaning maqsadi savdo munosabatlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda savdogarlar huquqlarini ta’minlash, aniqrog’i chegara bojxonalarida buxorolik savdogarlarga qilinadigan tajovuzlarni oldini olish bilan bog’liq huquqiy masalalarni hal qilishga qaratilgan edi. Azimjon Mo’minjonov boshchiligidagi elchilik orqali amir Haydar BuxoroRossiya o’rtasida o’zaro savdo-sotiq xavfsizligini ta’minlash, turli talashlardan qutulish maqsadida hamda ikki davlatning o’zaro foydasi uchun xalqaro savdo bitimi tuzishga, ya’ni ikki davlat o’rtasida umumsavdo manfaatlariga xizmat qiluvchi huquqiy hujjatni imzolashga tayyor ekanligini izhor qiladi. Amir Haydar o’zining tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlarda amalga oshirilishi mo’ljallangan bir qator huquqiy muammolarni hal qilishga erishadi. Xususan, Buxoro – Rossiya savdo aloqalariga oid maxsus bojxona qoidalari (huquqiy hujjat) tuziladi; Orenburg liniyasidagi bojxonalarda buxorolik fuqarolarning ishlari ko’rilayotganda bu ishlar bo’yicha mazkur bojxonalarga buxorolik savdogarlar o’zlari ichidan saylangan eng hurmatli ikkita vakil kiritilishi ko’zda tutiladi; Buxoroliklar da’volarining Orenburg chegara komissiyasida ko’rib chiqish tartibi belgilanadi; Buxoroliklarga o’z mollarini bir bojxonadan ikkinchisiga ko’chirishga ruxsat beriladi. 1818 yilda Buxoro amirligidan Rossiya davlatiga yana Azimjon Mo’minjonov boshchiligida rasmiy elchilik yuboriladi. Amir Haydar elchiga o’z 64 yorlig’ini topshirish bilan bir qatorda, unga o’zining og’zaki topshiriqlarini ham beradi. O’z o’rnida amir Haydar Turkiya davlati bilan ham teng huquqlilik asosida hamkorlik aloqalarini o’rnatishga intiladi. Xususan, u 1819 yilning mart oyida Istanbulga Hoji Mahmud Sharif boshchiligidagi elchilikni yuboradi. O’sha davrda qabul qilingan elchilik taomillariga ko’ra amir yozma noma bilan birga, ―elchi orqali o’zining yaqin munosabatlar o’rnatish bilan bog’liq istaklarini sultonga og’zaki tarzda yetkazish uchun elchiga maxsus topshiriq beradi‖. Amir Haydar hukmronligi davrida Buxoro va Rossiya davlatlari o’rtasidagi munosabatlar bir tomonlama xarakterga ega bo’lmaganligini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Xususan, 1820 yilda Rossiya davlatidan Buxoroga javob tariqasida A.F.Negri boshchiligida birinchi marotaba rasmiy elchilik tashrif buyurgan. A.F.Negri boshchiligidagi elchilik savdo aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish bilan birga, yana bir qator maxsus vazifalarni hal etish uchun yuborilgan edi. Xususan, ushbu missiya zimmasiga Buxoroga qo’shni bo’lgan Qo’qon xonligining iqtisodiy, siyosiy ahvoli, davlat boshqaruvi masalalari, boshqa davlatlar bilan o’zaro munosabati haqida ma’lumotlarni yig’ish, Buxoro amirligining Eron, Turkiya, Xiva va afg’onlar bilan bo’lgan munosabatlarini qay holatda ekanligini o’rganish, Sirdaryo va Amudaryoda kemalar xizmati, uning mavjudligi yoki boshqa ma’lumotlar, Qobul, Qandahor, Kashmir, Panjob vohalarining siyosiy va iqtisodiy ahvoli xaqida haqiqatga to’g’ri keluvchi ma’lumotlarni yig’ish va ushbu hududlarda Yevropa mollariga bo’lgan talab va ehtiyoj darajasini o’rganish kabi bir qator masalalar yuklangan edi. Yuqoridagilardan ham ko’rinib turibdiki, Rossiyaning hukmron doiralari Buxoroga yuborgan dastlabki rasmiy missiyaning o’zidayoq Markaziy Osiyoni o’z ta’sir doirasiga olish va ushbu hududni butunlay bosib olish maqsadini amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganishga harakat qilgan. Buxoro amirligi tashqi siyosati tarixida Eron davlati o’rtasidagi diplomatik aloqalar ham muhim o’rin tutadi. Ta’kidlash joizki, Eron davlati bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlashda amir Nasrulloning faoliyatini alohida ko’rsatib o’tish mumkin. U milliy davlatchilik tarixida ―qonho’r amir‖ nomi bilan iz qoldirgan bo’lsada, lekin tashqi siyosiy va diplomatik masalalarda muhim geopolitik ahamiyatga ega bo’lgan masalalarni hal qilishga muvaffaq bo’lgan. Shu o’rinda, Erondan 1844 yilda Muhammadshoh boshchiligida yo’llangan elchilik faoliyatini tahlil etish yuqoridagi e’tirofimizni muayyan darajada asoslashga xizmat qiladi deb hisoblaymiz. Tarixiy hujjatlardan ma’lumki, mazkur elchilik oldiga quyidagi masalalarni hal qilish vazifasi yuklatilgan edi: Buxoroda saqlanayotgan eronlik asirlarni ozod qilish masalasini muhokama etish; Marv viloyati va turkmanlar bilan bog’liq masalalarda muayyan kelishuvga erishish; Buxoroda tutqunlikda bo’lgan ingliz fuqarosi Jozef Vulfni ozod qilish masalasini hal etish va boshqalar. Eron elchisi Buxoroda saqlanayotgan asirlarni qadimiy an’ana va odatlarga ko’ra ulamolarning fatvolari asosida davom etib kelayotgani, asirlar naqd pulga sotib olinganligi sababli Eronga qaytarilmasligini inobatga olib, bunday huquqiy 65 muammolarni bartaraf etish uchun ikki davlat o’rtasida o’zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan amirning takliflarini qabul qiladi. Eron elchisi ikkinchi masala, ya’ni Marv viloyatidagi siyosiy ahvol masalasida Buxoro amiri unga ushbu hududdagi siyosiy ahvolning naqadar murakkabligini tushuntirib, Marv hokimi aholi talabi asosida tayinlanganligini, turkman urug’lari Buxoro amirligiga qarshi harakatlar uyushtirganligini ta’kidlab, Marv vohasini qayta obod qilish zarurligini, aks holda Marvni hyech kim boshqara olmasligini bildiradi. Uchinchi masala bo’yicha munozara ancha keskin kechadi, ―chunki bu masala inglizlarning Buxoroda, umuman, O’rta Osiyodagi, josuslik faoliyati bilan bog’liq edi‖. O’rta Osiyoda josuslik faoliyatini amalga oshirish uchun Eron orqali polkovnik Stoddart va kapitan Konollilar yuborilgan. Ushbu ikki elchi amir Nasrullo tomonidan qatl etilgan bo’lib, amir ularning yovuz niyatda kelganligidan boxabar edi. Ikki elchini ozod etish maqsadida Eron vositachiligidan foydalangan inglizlar Eron orqali Jozef Vulfni yuboradi. Jozef Vulf ham ikki josusning sherigi sifatida qamoqqa olinadi. Eron elchisi Buxoro amiriga ingliz fuqarosi Jozef Vulfni izzat-ikrom bilan topshirishni so’raydi. Buxoro amiri bunday tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlarda Buxoro davlatining xalqaro aloqalardagi obro’sini, mamlakat ichki va tashqi xavfsizligi masalalarini, Eron davlati bilan bo’ladigan keyingi aloqalarni mustahkamlash, o’z navbatida Eron-Angliya siyosiy munosabatlarini ijobiylashtirish maqsadida Jozef Vulfni hamda Eron asirlarini ozod qilishga qaror qiladi. Amir Eron elchisi bilan Subhonqulibek nomli zotni sovg’a-salomlar bilan Eron davlatiga elchi qilib yuboradi. Eron elchisi u zotni, Jozef Vulfni va eronlik asirlarni olib, Buxoroni tark etadi. Buxoro amirligi bilan Eron davlati o’rtasidagi munosabatlarda eng o’tkir masalalardan biri – asirlar masalasi bo’lganligi sababli, bunday omil ikki davlatning o’zaro tashqi siyosiy va diplomatik aloqalarining rivojiga to’siq bo’lib turardi. Ikki davlatning hyech biriga itoat etmaydigan ko’chmanchi qabilalar va urug’lar karvon yo’llarida va chegara hududlarida turli talon-tarojlarni amalga oshirib, asirlarni Buxoro yoki boshqa shaharlar bozorlarida sotardilar. Bunday ko’rinishdagi insonlar savdosidan taraflar, ya’ni sotuvchi va oluvchilar manfaatdor bo’lganligi sababli qul savdosini butunlay barham toptirish mushkul edi. Ushbu muammoning ijtimoiy-siyosiy mohiyatidan tashqari, g’oyaviy asosi ham mavjud bo’lib, u sunniy va shia mazhablari o’rtasidagi tafovutlar bilan belgilanar edi. Bunday fikrning bahsli munozaraga mansubligini inobatga olib, ikki davlat o’rtasida tinch-totuvlik aloqalarini o’rnatish maqsadida Buxoro amiri vaqti-vaqti bilan Turkiya sultoniga elchilar yuborib, masalaning shar’iyligini aniqlashga harakat qilar va uning huquqiy yechimini topish maqsadida buyuk ulamo-yu mujtahidlarning asarlarini yuborishni iltimos qilar edi. Mazkur huquqiy muammoni bartaraf etishga imkon beruvchi huquq manbalarini olib kelish amir tomonidan ikki elchilikka topshirilgan edi. 66 Amir Nasrulloning tashqi siyosatda qattiqqo’l va shafqatsizligini inobatga olib, Xiva xoni 1845 yilda Buxoroga Rahmatullo Qorako’zni elchi qilib yuboradi. Ushbu elchilikning asosiy maqsadi Buxoro amiri Nasrulloning Xiva bilan diplomatik munosabatdagi asl niyatini aniqlash bo’lgan. 1845 yilda Xivadan kelgan elchilik amir Nasrullo tomonidan samimiy niyatlarda kutib olinsada, lekin uning Xiva bilan asl maqsadi, ya’ni tinchlik yoki urush olib borish niyatidaligini aniqlashning imkoni bo’lmaydi. 1856 yilda Xiva xonligi tomonidan amir Nasrullo huzuriga ikkinchi marotaba elchilik jo’natiladi. Biroq bu safar madad va ko’mak bilan kelgan elchilik hyech qanday natijasiz qolib, Amudaryo yaqinida elchilikning barcha vakillari qirib tashlanadi. Biroq, ushbu davrda Buxoro va Xiva davlatlari o’rtasida muayyan darajada tashqi iqtisodiy aloqalar faol kechgan edi. 1858 yil ad’yutant N. P. Ignatyev boshchiligida Rossiyadan Buxoro va Xivaga elchilik guruhi tashrif buyuradi. Ushbu missiyaga bir qator ko’rsatmalar beriladi: O’rta Osiyodagi vaziyatni to’liq o’rganish; Rossiyaning ushbu davlatlardagi mavqyeini mustahkamlash; inglizlar aralashuviga chek qo’yish. Shu bilan birga, elchilikka boj to’lovlarini kamaytirish, Buxoroga savdo agenti kelishiga ruxsat olish va rus kemalarining Amudaryoda erkin suzishiga ruxsat berilishi kabi masalalarni hal etish topshiriladi. Bunda Rossiya davlati tomonidan Buxoro va Xivani tashqi kuchlardan himoya etishga yordam ko’rsatilishi ham nazarda tutiladi. N.P.Ignatyev elchiligi amir Nasrullo tomonidan munosib kutib olinib, davlatlar o’rtasida o’zaro savdo-sotiq va xavfsizlik masalalarida kelishib olingan. Ushbu davrda amir Nasrullo tomonidan ingliz elchilarining qabul qilinmasligi N.P.Ignatyev boshchiligidagi missiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishiga muayyan darajada ta’sir etadi. Buxoro taxtiga kelgan amir Muzaffar davlatni boshqarish masalasida asosiy e’tiborni amirlikning xalqaro aloqalarini yangi bosqichga ko’tarishga harakat qilgan. Xuddi shu davrda Rossiya imperiyasining tajovuzi kuchayotgan keskin bir vaziyatda amir Muzaffar markazlashgan Buxoro davlati hamda butun Turkiston hududini dushmanlardan saqlab qolish uchun Angliya, Fransiya, Italiya davlatlari va Turkiya sultonligi bilan o’zining ochiq va maxfiy diplomatik aloqalarini o’rnatgan. Amirlik o’z elchilari orqali Angliyaning Hindistondagi vakillari va Turkiya sultonligi, shuningdek, Fransiya hamda Italiyaga harbiy-siyosiy aloqalar o’rnatish takliflari bitilgan diplomatik nomalarini jo’natgan. Bu haqda tarixnavis Hamid Ibn Baqoxo’janing O’zFA Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan ―Tanzil al-amsol fikri zikri bayon ulahvol‖ asarida to’la ma’lumot beriladi. Shuningdek, mazkur asarda: ―Biz va sizning o’rtangizda do’stlik yuqori darajada bo’lganligi uchun hyech qachon sizlarga nisbatan dushmanlikni ravo ko’rmaganmiz va ko’rmaymiz ham. Bugun biz tomonidan yozilayotgan xat qaroriga asosan Sayxun daryosi ichki tomoni bizniki, tashqi tarafi sizning mulkingizdir. Shuningdek amir Muzaffar ikki davlat o’rtasida tijorat bordi-keldisini yo’lga qo’yish masalasini ham ko’tardi‖, - deydi muallif. 67 Amir Muzaffar davridagi tashqi siyosiy masalalar xususida sharqshunos olim M.Sodiqov quyidagi ma’lumotlarni beradi, ya’ni amir Muzaffar tomonidan Porso Xo’jani diplomatik maktub bilan Turkiya sultoniga elchi qilib jo’natganligini, maktubda Buxoroga, nasroniylarga qarshi kurashda yordam so’ralganligini hamda Turkiyadagi diplomatik missiya natijasiz tugaganligini qayd etadi. Elchi sultondan aniq bir javob ololmay Buxoroga qaytishga majbur bo’ladi. Shuningdek yuqorida qayd etib o’tilgan G’arb davlatlaridan (Fransiya va Angliya) ham amir Muzaffar ijobiy javob ololmaydi. Chunki Fransiya ham Angliya ham Buxoro uchun o’z siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda Rossiya imperiyasi bilan munosabatlarini buzilishini istamas edilar. Ikkinchidan esa, bu vaqtga kelib Usmoniylar davlati avvalgi mavqyeini yo’qotgan, uning harbiy va siyosiy quvvati sustlashib qolgan edi. Buxoro amiri Muzaffar tashqi siyosati va diplomatik munosabatlari tarixi haqida so’z ketganda, avvalo, uning davlatni boshqargan yillarida amirlikning Rossiya imperiyasiga mustamlaka bo’lgan davriga alohida to’xtalib o’tish joizdir. Chunki ushbu davr, ya’ni 1868 yilning 11 iyulida Rossiya bilan Buxoro amirligi o’rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga asosan amirlikning Rossiya imperiyasi vassaliga aylanganligining huquqiy asosi vujudga kelgan davrdir. Rossiya bilan Buxoro amirligi o’rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga asosan diplomatik masalalar deyarli Rossiya imperiyasining manfaatlariga xizmat qilib, faqatgina Buxoro fuqarolarining Rossiya hududlarida erkin savdo qilish huquqi, Amudaryoda xususiy kemalarning erkin suzib yurish huquqi, ikki davlat savdogarlari uchun bojning yagona qiymati kabilar belgilangan edi, xolos. Buxoro amiri Abdulahad davrida ham davlatchilik masalasida juda muhim va strategik ahamiyat kasb etuvchi tashqi siyosiy aloqalar keng rivojlangan edi. Buxoro amiri Abdulahad Peterburgga qilgan safarlari hisoboti sifatida ―Ro’znomai safari Fitirburx‖ nomli ikki memuar asar yozgan edi. Chor Rossiyasi qulaganidan keyin Muvaqqat hukumat va Buxoro amirligi o’rtasida kelishuv tuzilib, unga Muvaqqat hukumat tarafidan A.G.Preobrajenskiy va amir Said Olimxonlar imzo chekadilar. Afg’on davlatidan Buxoroga muxtor vakil sifatida tayinlangan Muhammad Valixon amirga tashqi siyosiy masalalarda o’zining kerakli maslahatlarini berib, din va millat uchun yakdil kurashda tayyor ekanligini bildiradi hamda Fazl Ahmadxon boshchiligida ikki yuz nafar askar, yetti to’p va yettita filni yuborgan edi. Amir Olimxon davlatni boshqargan yillari Sovet Rossiyasi bilan ham muayyan darajada diplomatik aloqalar olib borilgan. Jumladan, Kolesov boshchiligidagi to’qnashuvlardan so’ng sulh tuzish maqsadida bolsheviklarning vakili sifatida Sh.Z.Eliava muxtor vakil sifatida Buxoroga keladi. Bolsheviklar vakili amir Olimxonga davlatni mustaqil qilib berish va harbiy jihatdan qo’llabquvvatlash hamda moliyaviy jihatdan yordam berish kabi va’dalarni bergan edi. Shundan so’ng Buxoroga Sovet Rossiyasining rasmiy elchisi sifatida P.B.Akselrod tayinlanadi. 68 Mavjud siyosiy vaziyatdan foydalangan amir Said Olimxon mustaqillik uchun kurashish maqsadida Xiva xonligi bilan xufyona diplomatik aloqalarni olib borsada, biroq muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi. Buxoro amirligi tashqi siyosati va diplomatiyasi tarixiy davriga xulosa qilishdan oldin, muayyan amirlarning tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashining bir qator sabablari xususida to’xtalib o’tish lozimdir. Birinchidan, mang’it amirlari tashqi siyosiy va diplomatik masalalarni hal qilishda, avvalo, qo’shni davlatlar Xiva va Qo’qon xonliklari bilan harbiy-siyosiy va savdo-sotiq munosabatlarini rivojlantirishga va ichki mahalliy nizolarni bartaraf etishga ahamiyat bermaganlar; ikkinchidan, yirik davlatlardan keladigan elchilar, vakillar va savdogarlarning asl maqsadini to’g’ri anglab yetish, aniqlash choralari yetarli darajada ishlab chiqilmagan; uchinchidan, Buxoro amirligidan yo’llangan elchilar o’zga davlatning ichki siyosati va Buxoro amirligiga bo’lgan haqiqiy munosabati haqidagi ma’lumotlar aniqlanmagan hamda o’z vaqtida yetkazilmagan; to’rtinchidan, bir qator davlatlar bilan amalga oshirilishi mo’ljallangan diplomatik aloqalar natijasiz qolib ketgan, beshinchidan, amirlikning vakili sifatida yuborilgan elchilar davlatlarning tili, dini, jo’g’rofiyasi, ijtimoiy va davlat tuzumi, harbiy qudrati, urf-odati va boshqa masalalar xususida to’liq ma’lumotga ega bo’lmagan, oqibatda esa, diplomatik mohirlikka jiddiy ta’sir yetkazib, amirlarning tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab bo’lgan. Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, mang’itlar hukmronligi davrida amalda bo’lgan tashqi siyosat va diplomatiya bugungi kun mustaqil O’zbekiston davlatining tashqi siyosatini erkin, mustaqil va teng huquqli a’zo sifatida yuritishida tarixiy-huquqiy amaliy manba bo’lib xizmat qiladi. Chunki milliy davlatchilik tarixining har qanday bosqichi tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlar negizida o’zaro do’stlik, hamkorlik, tinch-totuvlik va xalqlar, millatlar do’stligi asos bo’lib xizmat qilib kelgan. Shunday ekan, ―bugungi kunda tashqi siyosatdagi eng asosiy mezonimiz, eng avvalo, milliy davlatimiz manfaatlarini ko’zlab, ularni barcha imkoniyatlar bilan himoya etgan holda ish yuritishdan iborat. Savollar 1. Mustaqillik yillarida Urta Osiyo xonlikklarining chet el sayyohlari tomonidan urganilish tarixshunosligi. 2. Mustaqillik yillarida Buxoro xonligining kushni davlatlar bilan elchilik alokalarning urganilish tarixshunosligi. 3. Mustaqillik yillarida Xiva xonligining kushni davlatlar bilan elchilik alokalarning urganilish tarixshunosligi. 4. Mustaqillik yillarida Kukon xonligining kushni davlatlar bilan elchilik alokalarning urganilish tarixshunosligi. 69 8. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda O’rta Osiyo xonliklari iqtisodiy va madaniy hayoti tarixining o’rganilishi. REJA 1. Xonliklar davri madaniy hayotini tadqiq etilishi 2. Xonliklar davri madaniy hayotini tadqiq etgan tarixchi olimlar Bugun tarixga aylangan XX asr misli ko’rilmagan voqea va hodisalarga benihoya boy bo’ldi. Tarix taqozosi bilan asr nihoyasida dunyodagi eng yirik va so’nggi imperiyalardan biri Sovet Ittifoqi besamar «kommunistik tajriba» qurboni bo’ldi va siyosat sahnasidan tushdi. Dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan ushbu ulkan mamlakatda uzoq yillar davomida mutelik holatida yashagan xalqlar nihoyat qaramlik kishanlaridan xalos bo’lishdi. Ularning har biri o’z imkoniyati, aqlzakovati darajasida o’z milliy davlatchiligini yangi demokratik asosda barpo qilishga kirishdi. O’zbek xalqining asriy orzusi ijobati sifatida jahon siyosiy xaritasi va maydonida «O’zbekiston Respublikasi» nomli davlat paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda o’z mustaqilligini e’lon qilgandan so’ng, qisqa muddat ichida respublikamizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va iqtisodiy sohalarida ulkan yutuqlar qo’lga kiritildi. Jumladan, ushbu davrda erishgan eng buyuk va bebaho yutuqlarimizdan biri – bu insoniyat tarixi va jahon sivilizasiyasida o’z o’rniga ega bo’lgan o’zbek xalqining ko’p asrlik boy madaniy va ma’naviy merosini mazmunan yangitdan o’rganish, uzoq yillar davomida soxtalashtirib kelingan haqiqiy tariximizni o’rganish va amalda tarixiy haqiqatning tiklanishi, jamiyatda ma’naviy-axloqiy poklanish jarayonlarining amalga oshirilishidir. O’zbek xalqining o’zligini anglashda tarix fanining o’ziga xos alohida o’rni bor. Zero, O’zbekiston tarixi milliy o’zlikni anglash qurolidir. U mustaqil O’zbekiston fuqarolarini nafaqat vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi, balki milliy birlikni shakllantirish, shajaramiz ulug’ligi va uning pokligini anglash hamda qadrlash, qadimiy va mehnatkash hamda tinchliksevar xalqimizning dunyo xalqlari orasida tutgan o’rniga munosib baho berish, uning boy hayotiy va tarixiy tajribalaridan o’rinli va unumli foydalanish, xalqimizning an’anaviy oliyjanob, erkparvar yo’llarini izchil o’rganish, uni davom ettirish va yanada boyitishga, xullas, umumlashtirib aytganda, kelib chiqish tarixi va zamini ulug’ hamda mustahkam bo’lgan mustaqil O’zbekiston fuqarosiga xos hisoblangan olijanob va buyuk insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Vatan tarixini, ajdodlar va avlodlar tarixini ongli suratda bilgan va to’g’ri tushungan xalqni qaytadan mustamlaka iskanjasi va asoratiga solib bo’lmaydi. Va aksincha, milliy o’zligini anglab yetmagan xalq o’z milliy mustaqilligi qadriga ham yetmaydi, natijada bunday xalq qalbida milliy g’urur, yagona Vatan ravnaqi yo’lida fidoyilik tuyg’ulari barq urmaydi va alangalanmaydi, millat birligi, vatanparvarlik va o’zaro yordam tuyg’ulari uyg’unlashmaydi. Bunday xalqlar 70 aksariyat hollarda boshqa xalqlar va davlatlar asoratiga va iskanjasiga tushib qoladi. Mamlakatimiz xalqlarini qariyb 130 yildan oshiqroq vaqt mobaynida qullik va mutelik asoratida saqlab kelgan chor Rossiyasi mustamlakachiligi hamda Sovetlar tuzumi vatan tarixining insonlar ongiga kuchli inqilobiy ta’sir ko’rsatish kuchi va buyuk qudratini ham aqlan, ham farosat ila to’laqonli ravishda to’g’ri anglagani uchun ham, uni parda orqasida, ya’ni temir va po’lat sandiqlarda saqlashga harakat qildi. Na chor Rossiyasi davrida, na Sovetlar tuzumi hukmronligi davrida xalqimizning haqiqiy sof tarixini yaratishga yo’l berilmadi. Insoniyat tarixi bilan uyg’un bo’lgan xalqimiz tarixi chor Rossiyasi mustamlakachiligi mafkurasi manfaatlariga moslashtirilib, sun’iy ravishda soxta holatda yaratildi va xalqqa yetkazildi. XX asrning so’nggi o’n yilligi insoniyat tarixida yangi bir davrni boshlab berdi. Totalitarizm, ma’muriy-buyruqbozlik va zo’ravonlik g’oyalariga asoslangan sosializm barbod bo’ldi, kommunistik mafkura inqirozga uchrab, mustamlakachilikning so’nggi tayanchlari birin-ketin quladi. Insoniyat tarixida, shu jumladan, o’zbek xalqi tarixida ham yangi bir palla, ya’ni yangilanish jarayoni boshlandi. O’zbekiston ushbu jarasnlar oqimida o’zining kuchli ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlar dasturiga ega bo’lgan davlat sifatida o’ziga xos va kuchli mavqyega ega bo’ldi. Shu bilan birga, mamlakatimiz o’zining keng imkoniyatlarini namoyon qila boshladi. Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida bo’lgani kabi, O’zbekiston tarixi fani oldida ham yangi istiqbolli ufqlar ochildi. Ajdodlarimizning boy, serqirra va qadimiy tarixini hyech qanday bo’yoqlarsiz, qanday bo’lsa shunday yaratish va o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Eng muhnmi farzandlarimizni Vatan tarixi timsolida milliy g’urur va iftixor, milliy o’zligini anglagan, milliy ongi uyg’oq, ma’naviyati yuksak darajadagi komil insonlar qilib tarbiyalash imkoniyati paydo bo’ldi. Zero, o’z tariximizni haqqoniy o’rganish tom ma’noda mustamlakachilik ta’sirida hamda sovetlar tuzumi hukmronligi davridagi kommunistik zo’ravonlik mafkurasi ta’siri natijasida o’zligini yo’qotgan, o’zining qadr-qimmatini deyarli to’la unutgan fuqarolarni uyg’onishga, ularni o’zligini anglashga, o’z huquqlarini himoya qila oladigan hamda ozod va obod Vatan ravnaqi yo’lida tinchlik uchun, el-yurt omopligi uchun kurashadigan va uni doimo himoya qila oladigan barkamol shaxs sifatida shakllanishlariga da’vat etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimoviiig «O’zbek millati azaldan o’z fikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi hasiqat yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, maslagidan, so’zidap qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham farz, ham qarzdir», degan fikrlarida ham aynan shu holat nazarda tutilgan. Xalqimizning boy va betakror uzoq tarixi o’z o’tmishida xalqimizning doimo ozodlik va mustaqillik uchun tinimsiz ravishda mardona kurash olib borganligidan dalolat beradi. 71 Bugungi kunda o’zbek davlatchiligi tarixini, jumladan, O’zbekiston hududida qadimgi davrlardan to bizning davrimizgacha bo’lgan davlatlar tarixini yangitdan, tarixiy haqiqat mezoni asosida to’laqonli holatda tiklash va uni xalqimizga yetkazish masalasi O’zbekiston tarix fani va tarixchi olimlari oldida turgan eng muhim va eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, XV asrning oxiri–XVI asrning boshlarida tarix sahnasida paydo bo’lgan va XX asrning 20-yillariga qadar mavjud bo’lgan Buxoro davlati tarixini, ayniqsa, uning so’nggi davri, ya’ni chor Rossiyasiga qaramlik holatiga tushib qolgan davri tarixini o’rganish va undan tegishli xulosalar chiqarish, bu davrdagi davlat boshqaruv tizimi, uning tartib-qoidalarini, vaqt o’tib borishi bilan unda sodir bo’lgan o’zgarishlarni tahlil etish bugungi kunda nihoyatda katta tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan masaladir. Mavzu tarixshunosligi: XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro tarixi mavzusining o’rganilishiga bag’ishlangan barcha ilmiy adabiyotlar va maqolalarning tarixiy tahlili, uning o’rganilish vaqti, mazmuni, hududi hamda yondashuv uslubi xarakteri bo’yicha uni uch davrga bo’lib tahlil qilish va ta’riflashga imkon beradi. Birinchi davrga taalluqli bo’lgan adabiyotlar tarkibiga bevosita chor Rossiyasi bosqini olib borilgan va uning mus-tamlaka hukmronligi o’rnatilgan davr, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida yaratilgan tarixiy asarlar majmuasini kiritish mumkin. Ikkinchi davrga taalluqli adabiyotlar tarkibiga esa bevosita 1917 yil oktyabr davlatto’ntarishidan to 1991 yilga qadar, ya’ni Sovetlar tuzumi davrida nashr etilgan va markscha-lenincha metodologiyaga asoslangan holda yaratilgan tarixiy asarlar va ilmiy-tadqiqotlarning juda katta turkumi mansub bo’lib, ular tadqikrt jarayonida alohida yondashuvni taqozo etadi. Uchinchi davrga taalluqli adabiyotlar tarkibiga bevosita O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, ya’pi mustaqillik yillarida yangicha dunyoqarash va yangicha yopdashish asosida yaratilgan ilmiy ishlar majmuasi mansubdir. Oxirgi yillarda chet el va MDHda chop etilgan asarlar majmuasini alohida turkumga ajratib o’rganish mumkin. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida, bevosita o’sha davr tarixiy voqyealar guvohlari va ishtirokchilari tomonidan yaratilgan, birinchi davrga oid hisoblangan asarlar yig’in-disi bugungi kunda o’z qiymati va muhimligi ji\atdan nodir yezma manbalar hisoblanadi. Mana shuning uchun ham biz ularni bir tomondan, bevosita o’sha davrda yaratilgan va biz o’rganayot-gan mavzuga oid bo’lgan ilk asarlar jumlasiga kiritgan bo’lsak, ikkinchi tomondan, bugungi kunda ular juda oz nusxada saqlanib qolganligi va yozma manba sifatida baholanayotganligi hamda ularning bebaho va nodir hisoblanganligi uchun, ularni yozma tarixiy manbalar qatoriga kiritib, ulardan ko’proq yozma manba sifatida foydalandik. Shuning uchun ham ular to’g’risida ishimizning manbaviy bazasi bo’limida batafsil to’xtatib o’tamiz. Bizga ma’lumki, sobiq Sovet tuzumi davri tarixshunosligida ham chor Rossiyasining O’rta Osiyoga, shu jumladan, Buxoro amirligiga qarshi harbiy 72 harakatlari va u yerda olib borgan mustamlakachilik siyesati tarixi qisman o’rganilgan. Biroq zamona zayli va o’sha davr siyosati, yakka partiyachilik hukmronligi hamda uning mafkurasi ta’siri ostida ushbu tarixiy voqyealarga o’z zamonasi nuqtai nazaridan baho berilgan. Ilmiy tadqiqot mavzuimizga taalluqli bo’lgan ikkinchi davrga oid adabiyotlar majmuasini 1917 yildan 1991 yilga qadar chop etilgan asarlar tashkil etadi. Ularga I. A. Remez, A. A. Semenov, V. Bartold, S. Ayniy, F.Xo’jayev, A. X. Hamroyev, A. MuhammadjonovvaT. Ne’matov, O. Suxareva, B. Iskandarov, L. Shek, A. Majlisov. N. Kislyakov. M. Vahobov, A. Ishanov, N. Xalfin, X. Bekmuhamedov, A. Boboxo’jayev, I. Mo’minov, A. Fomchenko, B. G’ofurov, B. Lunin, T. To’xtametov, A, Ryabinskiy, M. Abduraimov, T. Fayziyev, O. Chexovich, K. Muhsiiova, L. Levteyeva, N. Norqulov,G. Ahmadjonov, M. Vekselman, G. Mixaleva, F. Qosimov va H. Ziyoyevlar asarlarini kiritish mumkin. Ushbu davrda (1917–1991 y.y.) yaratilgan asarlarni yagona umumlash-tirgan holda olib qarab, ularni sovet davri tarixshunosligi mahsuli deb baholash mumkin. Sovet tuzumi hukmronligi davrida chop etilgan va ikkinchi guruhga mansub bo’lgan adabiyotlarning aksariyati o’sha davrning hukmron mafkurasi va buyuk davlatchilik g’oyasining ustunligi sababli ularda uslubiy yondashuv oshkora ravishda siyosatlashtirilganligi va davr mafkurasiga bo’ysundirilganligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Aynan mana shuning uchun ham, ushbu davrda yaratilgan asarlarning aksariyatida o’rganilgan masalalarni bir yoqlama talqin qilish ustun bo’lgan. XX asrning 80- yillari oxiri – 90- yillar boshiga kelib, respublikamizning mustaqillik tomon yo’l tutishi va kommu-nistik tuzumning yemirila boshlashi, xalqimizning ijti-moiy-siyosiy va ma’naviy hayotida ijobiy o’zgarishlarning paydo bo’lishi, o’z navbatida, uzoq yillar davomida soxta tarzda o’rganilgan va talqin etilgan tarixiy voqyeliklarni ham yangicha tadqiq etishga keng imkon ochib berdi. Shu davrda tarixchi olimlar H. Ziyoyev, X. Bobobekov, D. Ziyoyeva va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari yaratildi. Ularning ishlarida chor Rossiyasi istilosi, uning mustamlaka siyosati, mahalliy aholi vakillarining rus mustamlakachilariga qarshi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari masalalari ilk bora yangicha qarash va uslub hamda xolislik va ilmiylik asosida yoritish tomon yo’l tutildi. O’rganilayotgan mavzuga oid adabiyotlarning uchinchi guruhiga bevosita mustaqillik yillarida respublikamiz olim-lari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar va chop etilgan asarlar mansub bo’lib, ular yangicha uslubiy yondashuvlar aso-sida yaratilganligi, masalaga milliy va umuminsoniy manfa-atlar hamda tarixiy haqiqat mezoni nuqtai nazaridan qaral-ganligi bilan ajralib turadi. H. Ziyoyev, A. G. Ahmadjonov, Sh. Vohidov, K. Hakimova, F. Qosimov, Q. Rajabov, 0. Masaliyeva, F. Ochildiyev, A. Xoli-qulov, M. Hamidova, B. Ergashev, Sh. Yusupov, A. Odilov, R. Xoliqova va boshqa mualliflarning ilmiy tadqiqotlari musta-qillik davri mahsuli hisoblanib, ular yaratgan asarlar va maqolalarda XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro tarixining ayrim jihatlariga taalluqli masalalar ustida to’xtalib o’tilgan. Mustaqillik davrida mualliflar jamoasi 73 tomonidan hamkorlikda olib borilgan ko’plab yirik tadqiqotlar nati-jasi bo’lmish asarlar majmuasi, yirik fundamental monog-rafiyalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklar chop etilgan bo’lib, ulardaX1X asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi Buxoro amirligi tarixi va chor Rossiyasining mustamlaka-chilik siyosati masalalariga u yoki bu borada qisman e’tibor qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlarida O’zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o’rganish o’z tahlilini topgandan so’ng o’zbek xalqi davlatchiligi tari-xini tadqiq etish borasida jiddiy ishlar amalga oshirildi. Mualliflar hamkorligida yaratilgan «Turkestan v nachale XX veka: K istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti» kitobida Turkiston o’lkasi tarixining, shu jumladan, Buxoro-ning 1917–1924 yillardagi voqyealari: milliy uygonish, milliy davlat qurish tomon yo’l tutilishi, shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayot va kurash, iqtisodiy ahvol, Buxoro amirligining qulashi, Buxoroning sovetlashtirilishi, O’rta Osiyoda milliy chegaralanishning amalga oshirilishi va O’zbekiston Sovet Sosialistik Respublikasining tashkil topishi kabi muhim masalalar yangicha yondashuv, tarixiy xolislik va tadrijiylik hamda haqqoniylik prinsipi asosida yoritilgan. Turkiston o’lkasi, jumladan, Buxoro amirligining mus-tamlaka davri tarixi to’g’risidagi fikr-mulohazalar va ilmiy bilim darajasini yanada boyitishda uch jildlik «O’zbekis-tonning yangi tarixi» kitobining «Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» nomli birinchi kitobi va «Tarix shohidligi va saboqlari: chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O’zbekiston milliy boyliklarining o’zlashtiri-lishi» nomli asarlar o’ta muhim hisoblanadi. Shuningdek, ushbu davrda Sh. Vohidov va 3. Choriyevlar tomonidan Muhammad Ali Baljuvoniyning «Tarixi Nofeiy» nomli asari hozirgi o’zbek tiliga o’girilib, nashrdan chiqarilishi katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu asarda 1918–1924 yillar davomida Buxoro amirligida yuz bergan siyosiy voqyealar bevosita o’sha voqyealar guvohi tilidan bayon etilgan. Mustaqillik yillarida chor Rossiyasi istilosi va uning mustamlakachilik davri tarixini o’rgaiishga bag’ishlangan bir qator ilmiy tadqiqotlar ham yaratildi va himoya qilindi. Bular jumlasiga N. A. Abdurahimova, H. D. Sodiqov, D. Toshqulov, A. M. Xudoyqulov, S. D. Boltaboyev, X. Sh. Avazova, R. M. Abdullayev, N. U. Musayev, 3. U. Choriyev, T. V. Katyukova, A. Kuraxmedov, Sh. Murodova, K. Pardayev, A. Odilov, O. Xaitova, A. Pardayev, 3. Daminova, Sh. G’afforov, Q. Rajabov ilmiy tadqiqotlari kiradi. O’rganilgan va tahlil etilgan adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr bosh-larida Rossiya-Buxoro munosabatlari tarixi, jumladan, chor Rossiyasining Buxoroga nisbatan olib borgan harbiy harakatlari, ular o’rtasidagi qattiq janglar, 1868 va 1873 yil-larda imzolangan shartnomalar, chor Rossiyasi bosqiniga qarshi xalq tomonidan ko’tarilgan milliyozodlik harakat-lari, chor Rossiyasi tomonidan Buxoroni vassal davlatga aylantirish siyosati, chor Rossiyasi imperiyasining Buxoroning ichki va davlat boshqaruvi ishlariga aralashuvi, Buxoroni iqtisodiy jihatdan qaram hududga aylantirish siyosati masalalari hali to’la o’rganilgan deb bo’lmaydi. 74 Shunday qilib, mavzu tarixshunosligi shuni ko’rsatadiki, ushbu tadkiqot ishimiz mavzusi hozirgi kunga qadar maxsus o’rganish uchun mavzu sifatida olimlar tomonidan o’z oldilari-ga vazifa va maqsad qilib belgilanmagan. Shuningdek, mavzu tarixshunosligi tahlili ushbu mavzuga bevosita oid bo’lgan tarixiy adabiyotlarning o’ta kam ekanli-gini va borlari ham bizning mavzuimizga qisman, u yoki bu borada tegishli ekanligini, yaratilganlarining deyarli aksa-riyati sobiq sovetlar tuzumi hukmronligi davrida o’z davri va hukmron tuzum mafkurasi asosida yaratilganligi, ushbu biz tanlagan mavzuning o’z davrida tarixiylik va haqqoniylik lrinsipidan chetlashgan holda, hamda noxolis, sun’iy ravish-da mafkuralashtirilgan holatda o’rganilganligini ko’rsatadi. Tadqiqot mavzui tarixshunosligini yakuniy tahlili nati-jasi sifatida, ushbu mavzu hali ham yetarli darajada chuqur o’rganilmagan bo’lib, sobiq sovet tuzumi davrida hukmron mafkura o’zining uslubiy andozasi va ko’rsatmalari asosida mazkur mavzuni ilmiy jihatdan asosli, tarixan xolis o’rganishga yo’l ham, imkon ham bermaganligini alohida ta’kidlash lozim. 75 GLOSSARIY Jufti gov – bir juft ho’kiz yordamida haydab ekiladigan yer. Eshik og’a – saroybon, podshoh (xon) saroyiga arz bilan keluvchilarni, shuningdek elchilarni kutib oluvchi mansabdor. Man – og’irlik o’lchovi, 4,32 kg-ga teng bo’lgan o’lchov birligi. Mamlakayi podshohiy – podshoh (xon) devoniga tegishli yer-suv. Xandaq – qal’a devori tashqarisiga qazib suv to’ldirib qo’yilgan zovur, maxsus mudofaa inshooti. Daqyaki yer – olingan daromadlarning o’ndan biri miqdorida soliq olinadigan yer. Zuliqtidor – iqtidor (kuch-quvvat) egasi. Qalontor – qishloq, daha oqsoqoli. Mulki xurdi xolis – soliq va boshqa to’lovlardan ozod etilgan yer-suv. Amlok – (mulkning ko’pligi) – nufuzli va boy-badavlat shaxs qo’lida to’plangan katta yer-suv. Ixrojot – saroyning kundalik xarajatlari uchun raiyatdan to’planadigan maxsus yig’im. Omil – qishloq oqsoqoli. Kadxudo – oila boshlig’i Yobisa – qo’riq yer. Chuxra oqosi – xon qo’riqchilari boshlig’i. Udaychi – urush paytida navkar va qo’shinning to’g’ri taqsimlanishi bilan shug’ullanuvchi. Sadr – Buxoroyi Sharifning ichkari qismida joylashgan vaqflarning hisob-kitobi bilan shug’ullanuvchi mansabdor. Dorug’a - shaharning harbiy boshlig’i. Inoq – qo’shinni qurollantirish va uni yurish paytida va jang oldidan joy-joyiga joylashtiruvchi oliy mansabdor. Qushbegi – saroy vaziri. 76 Muboraknoma – biron mansabga tayinlanishi yoki zafar quchganligini tabriklab yuboriladigan maktub. Inoyatnoma – biron mulk berish yoki mansabga ko’tarish. Mehtar – boshliq, biron davlat arbobi. To’qsabo – podshoning oliy mansabdorlaridan. Yasovul – kichik lavozimdagi saroy xizmatkori. Zakot – yilda daromadning qirqdan bir ulushi miqdorida olinadigan soliq. Xiroj – asosiy soliqlardan, daromad solig’i 3/1 qismini tashkil etsa. Mirzaboshi – hoqon devonidagi mirzalar boshlig’i. Mahram – xonga yaqin mansabdor. Sudur – mamlakat sadrlarining boshlig’i. Otaliq – Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang’itlar davomatida eng oliy maktab. Ular shahzodalar balog’atga yetishguncha ularning mol-mulki va hokimiyatini idora qiladilar. Suyurg’ol – davlat oldidagi katta xizmatlari uchun berilgan yer-suv, mulk. Sabon – hosil bayramini o’tkazish uchun aholidan olinadigan yig’im. 77 78 79