O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI ODOB-AXLOQ KODEKSI TOSHKENT-2024 Bank muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari. 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. 1. Bank muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi," O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida"gi qonun, “Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonun, "Bank siri to'g'risida"gi qonun va umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. 2. Ichki tartib qoidalari - bank muassasasida xodimlar va fuqarolar tomonidan bank faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartib. 3. Odob-axloq qoidalari - bank muassasasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida xodimlar va fuqarolar o'rtasidagi xulq-atvor me’yorlari. 2-bob. Ichki tartib qoidalarga rioya qilinishi. 2-modda. Bank muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, o‘zaro ishonch, izzathurmat, halollik, adolatli muhitni yaratish hamda ochiqlik xodimlar va fuqarolarning o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi. 3-modda. Bank muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar har bir mijozga e’tiborli munosabatda bo‘ladi, xizmat ko'rsatish jarayonida barcha fuqarolarga teng imkoniyatlarni yaratadi va vujudga keladigan muammolarni, shu jumladan, nizoli holatlarni qonunlarga muvofiq tasdiqlangan (va barcha manfaatdor tomonlarga ma’lum qilingan) qoidalar, bank muassasasining ichki tartibiga ko‘ra hal etadi. Mijozlar shaxsiga hamda mulkiga oid ma’lumotlar maxfiyligini saqlashga qat’iy amal qilinadi. 4-modda. Irqi, millati, diniy e’tiqodi, jinsi, oilaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra, fuqarolarga xizmat ko'rsatishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. 5-modda. - xodimlar sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarda bir-biriga “Siz” deb murojaat etishlari; -jamoa a’zolari orasida turli xil zo‘ravonlik va kamsituvchi xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik; - jamoa a’zolari tasdiqlangan jadval asosida ishga o‘z vaqtida kelishlari; - jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari; - jamoa a’zolari ish vaqtida belgilangan kiyimlarni kiyishlari; - kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi kerak. 3-bob. Xodimlar uchun afzal ko’rilgan forma namunalari hamda belgilangan ish vaqti. 6-modda. - erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi kerak. 6.1-modda. - ayollar mavsumga qarab – kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi kerak. 7-modda. Barcha xodimlar uchun ish vaqti haftasiga 5 kunni tashkil etadi : ertalab soat 09:00 dan kechki soat 16:00 gacha ( 12:00 - 14:00 - tushlik). 4-bob. Xodimlar va fuqarolarga ta’lim muassasalarida quyidagilar ta'qiqlanadi. 8-modda. Xodimlar uchun: - ustavda belgilangandan tashqari formada kelish; o’zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini kamsitish; fuqarolarga tegishli bo'lgan mulkiy va shaxsiy materiallarni tarqatish; o'zaro munosabatlarda bir-birini haqorat qilish; korrupsiya holatlarini sodir etish; ish vaqtida ruxsatsiz muassasadan chiqib ketish qat'iyan ta'qiqlanadi. 9-modda. Fuqarolar uchun: - xodimlarning qadr-qimmatini kamsitish; xodimlarga nisbatan ruhiy bosim o'tkazish, tuhmat qilish; bank muassasasida tartibni buzib, shovqin qilish; bank muassasasiga spirtli, alkogolli ichimliklar iste'mol qilgan yoki chekkan holda kirish qat'iyan ta'qiqlanadi. 5-bob. Xodimlar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan taqdirda ko‘riladigan choralar: 10-modda. - xodimga ogohlantirish berish; xodimga nisbatan hayfsan e'lon qilish; xodimga nisbatan 1 oydan 1 yilgacha muddatda intizomiy jazo qo'llash; bank muassasasi sha'niga putur yetkazadigan xatti-harakat sodir etganligi uchun xodimni lavozimidan ozod qilish. 6-bob. Yakuniy qoidalar . 11-modda. 1.Mazkur qoidalar bilan har mehnat yili boshida bank muassasasi xodimlari tanishtiriladi (tanishtirish varaqasi namunasi ilova qilinadi). 2. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan nizoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi. 3. Mazkur qoidalar bank muassasasi hududida amal qilinishi lozim bo‘lgan minimal talablar hisoblanib, muassasa tomonidan qabul qilinadigan, ustavda ushbu qoidalar qat’iy belgilangan holda kiritiladi va uning ijrosi shaxsan bank muassasasi rahbari tomonidan ta’minlanadi.