Uploaded by Sobirjon Madaminov

Mavzu O‘zbekiston va yunesko munosabatlari www genderi org 1

advertisement
Mavzu: O‘zbekiston -va yunesko munosabatlari
Mavzu: O‘zbekiston –va YUNESKO munosabatlari
Reja: 1. Jahon sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy
merosni asrab-avaylash tashkiloti. 2.O`zbekistonning
YUNESKOga a`zoligi. 3. Jahon sivilizatsiyasi tarkibidagi
nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash.
Boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim
sohasidagi ulkan yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga
salmoqli hissa qo‘shgan xalqlar ko‘p. O‘zbekiston shunday
davlatlardan. Dunyoda tinchlik o‘rnatish, barqaror
rivojlanishni ta’minlash, ta’lim orqali madaniyatlararo
muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro
madaniy va ma’lumot almashinuviga yordamlashish kabi
sohalarda faoliyat yurituvchi YuNESKOning jahon
sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrabavaylash yo‘lidagi xizmati katta.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “YuNESKO
timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining
yechimiga ijodiy yondashishda harakatlanuvchi kuch bo‘lib
xizmat qiladigan o‘ziga xos, betakror tashkilotni ko‘ramiz”
degan edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi
mazkur xalqaro tashkilotga 1945-yilning 16-noyabrida asos
solingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng,
ya’ni 1993-yilning 29-oktabrida YuNESKOga a’zo bo‘ldi.
1996-yilda Toshkentda tashkilot vakolatxonasi ochildi.
O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning tashkilot bosh qarorgohiga
tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim
voqea bo‘ldi.
1998-yilning 6-7-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKO
Ijroiya kengashining yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. MDH
miqyosida birinchi marta tashkil etilgan mazkur tadbirda
«Jahon madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlardagi
faoliyati» nomli Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
YuNESKOning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi Birlashgan
maktablar dasturi tarmog‘i hisoblanib, unga jahonning olti
mingdan ziyod maktabi a’zo. Ushbu dasturning asosiy
maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo
muloqot va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etish
hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.
YuNESKO tomonidan 2003-yilda “Barqarorlik va
taraqqiyot uchun ta’lim 10-yilligi” e’lon qilindi. Bu borada
mamlakatimizda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu
dastur doirasida aholining til o‘rganish imkoniyatlarini
kengaytirish, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlari bo‘yicha
ta’limni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlaridan yanada
keng foydalanishni ta’minlash kabi vazifalar izchillik bilan
amalga oshirildi. Mazkur xayrli ishlarning amaliy natijasi
misolida yurtdoshlarimizning «Suv va tabiiy manbalarni
boshqarish» va «Sahroda voha yaratish» loyihalari barqaror
taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg‘or tajriba
loyihalari, deb topildi.
Madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va
saqlash YuNESKO faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. 2001-yilda YuNESKO davlatlar va nohukumat
tashkilotlari o‘rtasida mazkur masalaga bag‘ishlangan
ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, 2003-yili Nomoddiy madaniy
merosni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konvensiya qabul
qilindi. Shu kunga qadar 88 mamlakatning ajdodlardan
avlodlarga asrlar osha o‘tib kelayotgan 300 durdonasi – urfodat, an’ana, bayram, taom, xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiq,
raqslari Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga
kiritilgan.
YuNESKOga a’zo 190 dan ortiq davlatning milliy
qadriyatlari, tamaddun va madaniyat o‘choqlariga hurmat
tashkilotning asosiy mezonidir. Maorif, fan va madaniyat
insoniyatni ezgulikka, yorug‘likka olib borishi, dunyo
xalqlari yagona oliy istak – do‘stlik va tinchlik g‘oyalari
atrofida jipslashishi lozimligini uqtirib kelmoqda.
Insonparvar hamda tinchlikparvar O‘zbekiston xalqaro
tashkilotning mazkur ezgu maqsadini to‘la quvvatlab,
hamkorlik rishtalarini yanada kengaytirish tarafdoridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.https://uzbekistan.lv/uz/ozbekiston-yunesko-tinchlik-vaezgulik-yolidagi-hamkorlik/ 2.
http://taqvim.uz/uz/event/view/3779
3.https://www.google.com/search?q=o%27zbekiston+va+yun
esko&source=lmns&bih=903&biw=1057&rlz=1C1GCEA_e
nUZ1027UZ1027&hl=ru&sa=X&ved=2ahUKEwid0Pnh9aC
CAxXi-SoKHbIXC_gQ_AUoAHoECAEQAA
http://genderi.org
Download