Biznes reja go’sht va chorvachilik faoliyatini yo’lga qo’yish xamda qo’shimcha yangi ish o’rinlari tashkil etish Reja • Biznesning maqsadi • Loyihani moliyalashtirish • Ishlab chiqarish harajatlari • Mahsulotni ishlab chiqarish • Marketing • Daromad va foyda • SWOT tahlil • Xulosa Biznesning maqsadi • Bugungi kunda Respublikamizda oziq ovqat xavfsizligi ustuvor vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.Oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo’lib, birinchi navbatda mustaqil davlatning boshqa davlatlarga aynan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bog’liq, ya’ni tobe emasligini bildiradi. Shuningdek, aholi ehtiyojini fiziologik me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan yetarli darajada ta’minlashni nazarda tutadi. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 7 fevralda imzolangan “2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi” to’g’risidagi Farmonining, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarida ham oziq-ovqat xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilib, tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. • Hozirgi vaqtda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oziq-ovqat yetishtirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatga qaramasdan, oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi aholi soni o’sishidan orqada qolmoqda, bu esa qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun yetarli sharoit mavjud bo’lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotganini ko’rsatmoqda. • Dunyodagi barcha mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikning eng muhim tarkibiy qismi hisoblangan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va yanada takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. Loyixa bo’yicha Umumiy Ma’lumot • Moliyalashtirish manbalari • Tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 130 000 000 (bir yuz ottiz million) so’mni tashkil etadi. • Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator tijorat banklari, xorijiy davlatlarning kredit liniyalar, ayrim sohalarni yanada rivojlantirish bo’yicha mahalliy va xorijiy grand mablag’lari mavjud. • Tadbirkor mazkur loyihani bank krediti xamda o’z mablag’i xisobidan amalga oshirishni rejalashtirgan. Ishlab chiqarish harajatlari • Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator tijorat banklari, xorijiy davlatlarning kredit liniyalar, ayrim sohalarni yanada rivojlantirish bo’yicha mahalliy va xorijiy grand mablag’lari mavjud. • Tadbirkor mazkur loyihani bank krediti xamda o’z mablag’i xisobidan amalga oshirishni rejalashtirgan. Marketing • Iqtisodiyotning xar bir jabhasida uning rivojlanishiga asosiy omillardan biri bu maxsulot(xizmat)larning qanday tartibda va qanday tizimlar orqali sotilishi xisoblanadi. • Shuning uchun ham xar bir tadbirkorlik subyekti o’z maxsulot yoki xizmatlarini turli usullarda raqobatdosh tadbirkorlardan qaysidir tomonlama farq qilgan holda sotishga va xizmat ko’rsatishga xarakat qiladi. • Tadbirkorning asosiy segmenti maxalliy aholi xisoblanadi. • Tadbirkor o’zining ichki imkoniyatlari, bugungi kundagi bozor holati va aholining talab va takliflaridan kelib chiqqan holda quyidagi tizimlar asosida o’z maxsulotlarini sotishni rejalashtirgan. • 1. Mijozlar bilan to’g’ridan to’g’ri savdo asosida: • 2. Internet magazin(setevoy) orqali; • Mijozlar bilan to’g’ridan to’g’ri shartnoma asosida sotish. • Sotish dasturining ushbu bo’limida Tadbirkor o’z xizmatlarini oddiy usulda ya’ni mijozlar Tadbirkor bilan naqd yoki plastik karta orqali to’lash yo’li bilan amalga oshirishi ko’zda tutilgan. • Shu bilan birga kelgan mijozlarga Tadbirkor o’z faoliyatini rivojlantirish maqsadida maxsus anonim so’rovnomalar o’tkazishni rejalashtirgan. • Internet magazin(setevoy) orqali. • Barchaga ma’lumki, bugungi kunda internet tarmog’i orqali savdo qilish va xizmat ko’rsatish keng rivojlanib bormoqda. • Tadbirkor tomonidan aholining talab va takliflari o’rganilganda bugungi kunda internet tizimi ommalashib borayotganligi va rivojlangan davlatlarda mijozlarga masofadan turib xizmat ko’rsatish yoki maxsulotlar sotish uchun buyurtma olish xizmatlari keng yo’lga qo’yilganligini hamda ushbu xizmat yo’nalishi bugungi kunda yuqoridagi raqobatdosh Tadbirkorlarda yo’lga qo’yilmaganligini inobatga olgan holda Tadbirkor tomonidan internet magazin (setevoy market) tashkil etishni rejalashtirgan. Bu es a o’z navbatida mijozlar masofadan turib buyurtma berish imkoniga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. • Shu bilan birga Tadbirkor o’zining rasmiy veb saytini tashkil qilgan holda o’z faoliyati va maxsulotlarini internet orqali reklama qilishni va faoliyati davomidagi yangiliklarni muntazam ravishda joylashtirib borishni rejalashtirgan. Tadbirkorning davrlar davomidagi sof foydasi • Ushbu faoliyat buyicha Tadbirkor tomonidan xizmat kursatish xajmlariga tuxtalib utaylik. • Eng avval Tadbirkor tomonidan rejalashtirilayotgan loyixa bo’yicha olinishi rejalashtirilayotgan daromadlar xisobini ko’rib o’taylik. SWOT tahlili • Ma’lumki, xar bir tadbirkorlik subyekti o’z loyihasini to’liq amalga oshirishda raqobatdosh tadbirkorlarning faoliyati bilan bog’liq deyarli barcha yo’nalishlarini o’z faoliyati bilan solishtirib chiqadi. Bunda joylashgan o’rni, ishchi kuchi, moliyaviy xolatlar, xaridorlar, xom ashyo bazasi, kommunikasiya tizimi, texnologiyaning zamonaviyligi va ishlab chiqarish quvvati va boshqalar shular jumlasidandir. • Yuqorida Tadbirkor tomonidan bugungi kundagi bozor xolati o’rganib chiqilgan bo’lsa, ushbu bo’limda tadbirkorning raqobatdosh tadbirkorlardan ustunligi xamda zaif tomonilari xaqida ma’lumot berib boriladi.