Uploaded by Muhammadkarimxon Saidjalolov

Hisobot Xomidov.A (1)

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“Iqtisodiyot” fakulteti
“Yashil” iqtisodiyot kafedrasi
Ro‘yxatga olish №__________
«____» ___________ 2024 y.
Ro‘yxatga olish №__________
«____» ___________ 2024 y.
MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YIChA
HISOBOT
__________________________________________________________________
(korxona, tashkilot, muassasa, nomi)
Bajardi: ____________________________________________________________
(kurs, guruhi, F.I.Sh.)
Amaliyot rahbari: ____________________________________________________
(F.I.Sh., imzo)
Amaliyot bo‘yicha himoya balli: ___________Sana: «___»___________ 2024 y.
Komissiya raisi
__________________________ _________________
(F.I.Sh.)
imzo
Komissiya a’zolari: __________________________ _______________
(F.I.Sh.)
imzo
Komissiya a’zolari: __________________________ _______________
(F.I.Sh.)
imzo
TOShKENT - 2024
Reja:
Kirish
1. “O’zsanoatqurilishbank” ATB tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil
etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish.
2. “O’zsanoatqurilishbank” ATB filialida dasturiy texnologiyalari asosida
yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o’rganish.
3. “O’zsanoatqurilishbank” ATB kapitali va uning tashkil etish manbalari.
4. “O’zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va
moliyaviy natijalari bilan tanishish.
Xulosa
Kirish
Men 2024-yil 8-apreldan 3-maygachada “O’zsanoatqurilishbank” ATB ishlab
chiqarish amaliyotini o’tadim. Amaliyot davomida quidagi mavzular bo’yicha amaliy
ma’lumotlarni o’rgandim:
1. “O’zsanoatqurilishbank” ATB tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda
korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish.
2. “O’zsanoatqurilishbank” ATB filialida dasturiy texnologiyalari asosida yaratilgan
bank mahsulotlari va xizmatlarini o’rganish.
3. “O’zsanoatqurilishbank” ATB kapitali va uning tashkil etish manbalari.
4. “O’zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy
natijalari bilan tanishish.
Shuningdek, amaliyot davomida o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarimni
chuqurlashtirish va mustahkamlash, hamda bitiruv malakaviy ishlarini sifatli
tayyorlash uchun zaruriy ma’lumotlarni to’pladim va tizimlashtirdim.
Ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda
turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini
o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda
ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o’rni beqiyos.
Amaliyot davomida institut tomoidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga
oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o’rganib, ularning
asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
So'nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar ko'paydi.
Bunda bank tizimini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga qaratilgan, uzoqni
ko'zlab amalga oshirilgan siyosat o'z natijalarini berdi. Tijorat banklarida naqd va
naqdsiz pul muomalasi hamda hisob-kitoblarni unifikatsiyalangan shaklda tashkil
etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantiruvchi kredit tizimini yo'lga
qo'yish, istiqbolli loyihalarni moliyalashni kengaytirish borasidagi sa'y-harakatlar
ayniqsa global iqtisodiy inqiroz sharoitida o'zini to'la oqladi.
2024-yilda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni
transformatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Banklar faoliyatiga raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
2024-yilda “Sanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqa
bank”, “Turon bank” hamda “Qishloq qurilish bank”ni xususiylashtirishga
tayyorlaymiz. Kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga to‘liq
sotildi. Bu borada yetakchi yevropa banklari bilan muzokaralar olib borilmoqda.1
Tijorat banklarilining kapitali yetarligiga qo’yilgan talab bank kapitali hajmiga
nisbatan yana zaxira kapitalning tashkil etilishi banklar ahvolini yanaga mushkul
holatga solib qo’yadi. Bu holat jahon moliyaviy inqirozi natijasida yuzaga kelgan
vaziyatdan kelib chiqib belgilanishi ko’zda tutilgan, lekin rivojlanayotgan banklar
amaliyotining bu holatga tayyor emasligi ayrim muammolarning kelib chiqishiga
sabab bo’lmoqda.
“Bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar
ko‘rishimiz lozim. Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar
fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Banklarimiz xalqaro moliya
bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Davlat
ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi.
Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi - tijorat banklarini “mijoz uchun
ishlash”ga o‘rgatishdan iboratdir. Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash
maqsadida, Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq
qayta tashkil etiladi.Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti,
menejmenti va xizmatlarini joriy qilish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy
yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarni jalb etish boshlandi va bu
jarayon izchil davom etadi. Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish
orqali, ularning dasturiy ta’minotlarini tubdan yangilash lozim. Aholida bank tizimiga
nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek
qo‘yish kerak”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasidan.
2021-yil 6-yanvar.
1
Banklar oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari
bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston
iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir
bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan.
Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda.
Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari
funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import
agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ
xizmatlar ko‘rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida
aniq maqsadli siyosat yuritmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatlarda bank tizimi muhim ro’l o’ynamoqda. Albatta,
bank tizimi rivojlangan mamlakatning o’zi ham rivojlangan bo’ladi. Bank tizimi
mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirishga asosiy turtkilardan biri bo’ladi desak
adashmagan bo’lamiz. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor
qaratilmoqda va tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunda bank tizimi
ham katta ro’l o’ynaydi ya’ni bank tizimini isloh qilish, rivojlantirish natijasida
tadbirkorlarga keng imkoniyatkar beriladi.
To’liq rasmiy nomlanishi: “O’zbеkiston sanoat – qurilish banki” aksiyadorlik tijorat
banki.
Qisqartirilgan rasmiy nomlanishi: “O’zsanoatqurilishbank” ATB.
“O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga
ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda
Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya’ni 1922 yildan
boshlanadi.
“O’zsanoatqurilishbank” ATB tarixiga nazar solsak:
1922 yildan boshlab Toshkentda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilishidan
boshlangan bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq.
1932 yil. Kapital qo’yilmalari hajmining o’sishi va xizmat ko’rsatish uchun pudratchi
tashkilotlar hisobraqamlarining Sanoatbankiga topshirilishi moliyalash tizimida
o’zgartirishlarni talab etdi. 1932 yil may oyida Sanoatbank uzoq muddatli
qo’yilmalarga ixtisoslashtirilgan bankka aylantirilib, uning zimmasiga kapital
qurilish, og’ir, engil, mahalliy sanoat, ta’minot tashkilotlari, tashqi savdoni
moliyalash yuklatildi.
1955 yilda kapital qurilishni moliyalashning yangi Qoidalari va qurilish bo’yicha
pudrat shartnomalari to’g’risidagi Qoidalar tasdiqlandi. Bank ishlab chiqarish
quvvatlari va asosiy fondlarning ishga tushirilishi bo’yicha davlat rejalarining
bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Tayyor ob’ektlar bo’yicha hisob-kitoblar
kengaytirildi, pudratchi tashkilotlarni qisqa muddatli kreditlash tizimi o’zgartirildi.
1959 yil. Davlat tomonidan kapital qo’yilmalarga yo’naltirila yotgan mablag’larning
to’g’ri sarflanayotgani ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida 1959
yilda Sanoatbank kapital qo’yilmalarni moliyalash Banki — Qurilishbank deb
o’zgartirildi. 1966 yildagi er qimirlashidan so’ng Toshkent shahrini qayta tiklashda
bankning roli beqiyos bo’ldi.
1987 yilda Qurilishbank Sanoat-qurilish bankiga aylantirildi. Shu yilning o’zida bank
tizimini isloh qilish boshlanib, mustaqil O’zbekiston davlati e’lon qilingach o’zining
sifat jihatdan yangi xususiyatini kasb etdi.
1991 yil. Mustaqillik e’lon qilingach, mamlakatda sifat jihatdan yangi, ikki tabaqali
bank tizimi shakllana boshladi. Ta’sis konferentsiyasida O’zsanoatqurilishbank
aktsiyadorlik-tijorat bankiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasining etakchi
sanoat korxonalari va pudratchi tashkilotlari uning ta’sischilari bo’ldilar.
1996 yil 25 aprelda O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati
to’g’risida»gi Qonuni chiqdi, u bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berdi.
Shu yili qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 230-sonli «Pul mablag’lari
emissiyasini qisqartirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan bank
muassasalari zimmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda kassa operatsiyalari o’tkazishning belgilangan talablariga rioya etilishini
nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
2001 yil. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi
349-sonli «Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini kelgusida takomillashtirish bo’yicha
chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan bankning pulkredit
siyosati
respublikada
iqtisodiy
islohotlarning
amalga
oshirilishiga
ko’maklashdi va eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar
ishlab chiqarilishini qo’llab-quvvatladi.
2002 yil aprel oyida qabul qilingan «Banklarda aholi omonatlarini himoya qilish
kafolatlari to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsadida tashkil etilgan O’zbekiston
Respublikasi banklarida aholi omonatlarini kafolatlash fondi O’zsanoatqurilishbank
omonatlarini ishonchli himoya qiladi. Bank muntazam muddatli yangi omonatlar
chiqarib, amalga joriy etdi, ular o’zining jozibadorligi va yuqori daromadliligi bilan
aholida o’z jamg’armalarini bankda saqlash ishtiyoqini uyg’otdi.
2004 yil. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24
sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini kelgusida
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 445-sonli qarorini bajarish maqsadida
bank o’zining to’lov tizimini takomillashtirib bormoqda, respublika tashkilotlarida
oylik maosh loyihalarini joriy etmoqda. Bank 2004 yilda respublikada birinchi bo’lib
o’z dizayniga ega bo’lgan Visa Electron va Visa Classic xalqaro to’lov chipli
kartochkalari chiqarish va ularga xizmat ko’rsatishga kirishdi.
2006 yil yanvar oyida O’zsanoatqurilishbankni unga «O’zprivatbank» O’zbek
xalqaro banki birlashtirish shaklida qayta tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul
qilindi.
2008 yil yakunlari bo’yicha "FITCH RATINGS" halqaro reyting agentligi tomonidan
O’ZSANOATQURILISHBANK ka B- barqaror bahosi berildi.
2009 yil. 2008 yil yakunlari bo’yicha aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra
bankning
yuridik
nomi
o’zgartirildi.
Bankning
yangi
nomlanishi
quyidagicha: "O’zbekiston sanoat-qurilish banki" Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki
2014 yil. 2013 yil yakunlari bo’yicha aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra
bankning
yuridik
nomi
o’zgartirildi.
Bankning
yangi
nomlanishi
quyidagicha: "O’zbekiston sanoat-qurilish banki" Aksiyadorlik Tijorat Banki
2017 yilning noyabr oyida Bankning Jizzah shahrida yangi “Jizzax mintaqaviy filiali”
ishga tusdi.
2018 yilda “O’zsanoatqurilishbank” tomonidan rebrending ishlari amalga oshirildi.
Yangi brend bank logotipi o’zgarishi bilan birgalikda biznes jarayonlar, xizmatlar
sifati va mahsulot turlarining ham takomillashuvini anglatadi.
Rebrending: “Sanoatqurilishbank” — takomillashuv sari katta qadam
2019 yil. Xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri - Fitch Ratings
“O’zsanoatqurilishbank” kredit reytingini «B+»dan «BB-»ga oshirib, uning
istiqbolini
“Barqaror”
deya
baholadi
va
xuddi
shu
yilning
o’zidayoq
O’zsanoatqurilishbank London fond birjasida qiymati 300 million dollarlik xalqaro
obligatsiyalar
(yevrobondlar)
sotuvga
chiqardi
va
xalqaro
kapital
bozori
ishtirokchisiga aylandi.
2020 yil. O’zida klassik bank xizmatlari va marketpleysni mujassamlashtirgan
JOYDA mobil ilovasi ishga tushirildi.
2020-yilda bank ekologik va ijtimoiy mas'uliyatli loyihalarni qollab- quvvatlashni
boshladi.
2021 va 2022-yillarda o'zining barqaror faoliyati uchun mukofotlarga sazovor bo'ldi.
2023-yilda bank O'zbekistonda energiya tejamkor texnologiyalarni rivojlantirishdagi
roli uchun YETTB tomonidan e'tirof etildi.
Bankning asosiy yirik aktsionеrlari:
-
O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi;
-
O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi;
-
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari.
“O’zsanoatqurilishbank” ATB boshqa aksionеrlari sirasiga quyidagilar kiradi:
 “O’ztransgaz” AK,
 Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi,
 Farg’ona nеftni qayta ishlash zavodi,
 “Toshkеnt issiqlik elеktr stantsiyasi” UK,
 “Absolute Investments Trust” MChJ,
 “Talimarjon IES” UK,
 “O’zbеkenеrgo” DAK,
 “Asset Invest Trust” MChJ,
 “O’zbеkiston Tеmir Yo’llari” DATK,

“Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” UShK.
Bank faoliyatining prеdmеti va maqsadlari:
Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to’lovlarni amalga oshirish, omonatlarga
(depozitlarga) pul mablag’larini jalb etish, o’z nomidan kreditlar berish bo’yicha
bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat
tashkiloti bo’lgan yuridik shaxs bank deb yuritiladi.
Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko’rsatilgan
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidirlar.
Bank faoliyatining predmeti bo’lib, pul mablag’lari, valyuta qimmatliklari va boshqa
moliyaviy instrumentlar hisoblanadi.
Pul funktsiyalarining bank xizmatlari ko’rinishida maksimal darajada samarali
amalga oshirilishi bank faoliyatining predmeti bo’lib xizmat qiladi.
Bank foyda olishni asosiy maqsad kilib olgan tijorat tashkiloti bo’lib, bank
operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Bank
universal bank bo’lib, O’zbekiston Respublikasining yagona bank tizimiga kiradi.
BANK STRUKTURASI

Axborot texnologiyalari departamenti

"GREEN BANKING" departamenti

Bank Boshqaruvi

Bank kartalari tizimlarini qo’llab-quvvatlash departamenti

Bank mahsulotlarini sotish va tarmoqlarni muvofiqlashtirish
departamenti

Bank o’quv markazi

Bankni strategik rivojlantirish departamenti

Biznes tahlil va modellashtirish markazi

Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti

Chakana biznes departamenti

Davlat dasturlari loyixalari bilan ishlash departamenti

G’aznachilik departamenti

Ichki audit departamenti

Ijro nazorati departamenti

Kichik va o’rta biznes departamenti

Komplaens-nazorat departamenti

Korporativ biznes departamenti

Korporativ boshqaruv xizmati

Kredit qarzdorliklari bilan ishlash departamenti

Kreditlarni boshqarish departamenti

Kreditlarni ma’qullash departamenti

Ma’muriy xo’jalik departamenti

Marketing departamenti

Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti

Operasion departament

Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish departamenti

Risk menejment departamenti

Tranzaksion banking departamenti

Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti

Xodimlarni boshqarish departamenti

Yuridik departament
«O’zsanoatqurilishbank» ATB Kengash a’zolari to’g’risida ma’lumot
Bank aksiyadorlarining manfaatlarini ifoda etuvchi 8 kishidan iborat bank
Kengashining yangi tarkibi 2021 yil 29 iyunda bo`lib o`tgan aksiyadorlarning
navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida saylandi. Ushbu tarkibning uchta aʼzosi
“mustaqil direktor” sifatida faoliyat yuritmoqda: Ayzup Yuliya Aleksandrovna,
Kristof Aleksandr Xans-Yurgen fon Glyayx, Ferdinand Villem Tuinstra.

Bank Kengashi Raisi

Bank Kengashi a’zolari

Bank Kengashi a’zolari tarkibidagi mustaqil a’zolar
Kengash a’zolari tomonidan Kengash qoshida xalqaro andozalarga to’g’ri keladigan
yangi 5ta qo’mita tashkil etishga qaror qilindi va tashkil etildi, bular:

“Audit” qo’mitasi.

“Tavakkalchilikni nazorat qilish” qo’mitasi.

“Tayinlash va rag’batlantirish” qo’mitasi.

“Strategiya” qo’mitasi.

“Yirik bitim va manfaatli bitimlar qo’mitasi.
Bank aksiyadorlarining manfaatlarini ifoda etuvchi 5 kishidan iborat yangi bank
Taftish komissiya tarkibi 2021 yil 29 iyunda bo`lib o`tgan aksiyadorlarning
navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida saylandi.
Kulboyev Fazliddin Dilshod o’g’li
Xabibullaev Sardor Alisher o’g’li
Mavlyudov Eldar Xayratdinovich
Avazov Alisher Farxod o’g’li
Ganixodjayev Borixon Fatxullayevich
STATISTIK MA’LUMOTLAR
2024-yil 1-aprel holatiga statistik ma'lumotlar tahlili
Ustav kapitali 4 628 941,9 mln.so'm, zaxira kapitali 1 717 521,3
mln.so'm va taqsimlanmagan foyda 2 716 482,5 mln.so'mni tashkil etadi.
Bank aktivlari 76 639 497,3 mln.so'mni tashkil etadi. Xususan, yalpi
kredit portfeli hajmi 58 337 500,4 million so'mga yetdi.Investitsiyalar
hajmi 513 465,3 mln.so'mni tashkil etdi. Yuqori likvidli aktivlar 8 401
485,4 mln.so'mni tashkil etdi, Likvidlikni qoplash koeffitsienti 145,1
foizni tashkil etdi. Mijozlarning omonatlari 14 845 622,6 mln.so’mni
tashkil etdi, O'z kapitali 8 339 237,9 million so'mni tashkil etdi.
Regulyativ kapitalning yetarliligi va 1-darajali kapitalning yetarlilik
koeffitsientlari mos ravishda 15,29% va 11,53% ni tashkil etdi Foiz
daromadlari (daromadlarga jami) 62,2% va 4 104 357,4 mln.so'mni
tashkil etadi.
Bankning 2024-2026-yillarda rivojlanish strategiyasi asosiy
tamoyillari.
1. saqlab daromadlar qolish va hajmini kamission oshirish Universal bank
xususiyatlarin Turli xil mahsulot va xizmatlarni taklif etish,
2.maqsadli segmentlar uchun mo'ljallangan kompleks takliflarga e'tibor
qaratish
3. Biznes rivojlantirishning segmentlarini ustuvorligi Joriy iqtisodiy
vaziyat va bank
4.sektori holatini hisobga olgan holda strategik maqsadlarga bosgichmabosqich erishish
5.Daromadlarni oshirish
6. Risklarni moslashuvchanlik baholash darajasini modelining
Yuksaltirish
7.Bankning samaradorligini operatsion oshirish modeli An'anaviy
modeldan
8.innovatsion-texnologik va mijozlarga yo'naltirilgan modelga o'tish
Bank qonunchiligi
Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat
banklarining faoliyatiga qo’yiladigan minimal talablar to’g’risidagi nizomni
tasdiqlash haqida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori «Har bir oila-tadbirkor» dasturini
amalga oshirish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining qarori aholi bandligini
ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi
to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida.
Bank opеratsiyalarini amalga oshirish uchun 2021 yil 25 dekabrdagi 17-sonli
Bank litsеnziyasi
Bank Me’yoriy xujjatlari

Boshqaruv to’g’risidagi nizom

Kengash to’g’risidagi nizom

Sanoq komissiyasi to’g’risida nizom

Taftish komissiyasi to’g’risida nizom

“O’zsanoatqurilishbank” ATB Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi
to’g’risida Nizom (yangi taxriri_2019)

"O’zsanoatqurilishbank" ATB tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi

Kartochka, terminal, bankomatlarni ishlatish, terminallarni o’rnatish,
ta’mirlash va almashtirish xizmatlari reglamenti

Davlat interaktiv xizmatlari reglamenti

Kredit Kumitasi tugrisida Nizom

№176Xodimlarni lavozimlarga tayinlash va rotatsiyani amalga oshirish

№128 O’zsanoatqurilishbank OATB tizimi extiyojlari uchun
tovarlarning xaridini tashkil etish bo’yicha Nizom

O’zsanoatqurilishbank ATB Boshqaruvi to’g’risidagi Nizom

O’zsanoatqurilishbank ATB Kengashi to’g’risidagi Nizom

O’zsanoatqurilishbank ATB tizimida Ichki nazorat to’g’risida Nizom

O’zsanoatqurilishbank ATBning Axborot siyosati to’g’risidagi Nizom

O’zsanoatqurilishbank ATB Aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi
to’g’risidagi Nizom

O’zsanoatqurilishbank ATBning Dividend siyosati

O’zsanoatqurilishbank ATB tizimida manfaatlar qarama-qarshiligi
vaqtida xarakat qilish tartibi to’g’risida Nizom

O’zsanoatqurilishbank ATB Taftish komissiyasi to’g’risida Nizom

Jismoniy shaxslar va hamkor banklarga plastik kartochkalarni etkazib
berish tartibi to’g’risidagi nizom

Bank Boshqaruvining 2020 yil 3 dekabrdagi 129-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “O’zsanoatqurilishbank” ATB tizimida xaridlarni amalga oshirish
Tartibi”ga kiritilayotgan qo’shimchalar
Bankning Xayriya faoliyati
2022 yilda "O'zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan jami 74,5 mlrd. so'm miqdorida
homiylik yordamlari ko'rsatildi. Ushbu homiylik mablag'lari qurilish materiallari va
sanoat sohasida yangi tizimni joriy qilishga qaratilgan investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish ishlariga, Bankka biriktirilgan tumanlarda istiqomat qilayotgan kam
ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo'qotganlar, nogironlar, yolg'iz qariyalar va
imkoniyati cheklangan fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, ularni har
tomonlama qo'llab-quvvatlash, uy- joylarini ta'mirlashga ko'maklashish hamda
aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida, Toshkent shahridagi
mahallalar hududini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va mahallalar qiyofasini
yaxshilash Samarqand shahridagi Farhod qo'rg'onidan Hazora mahallasigacha
bo'lgan temir yo'l atrofidagi asosiy yo'nalishga tushgan yo'lar atrofini
obodonlashtirish, ko'chmas mulk ob'ektlarini milliy arxitekturaga moslashtirish
ishlari uchun, 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo'litb o'tadigan XXXIl yozgi
Olimpiya va XV1l Paralimpiya o'yinlariga litsenziyani qo'lga kiritish uchun
tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilarga zaruriy shart-sharoitlar yaratish hamda ularni
qo'llab-quvvatlash hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli
yoshlarni qo'llab-quvvatlash Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tumani markazida sport
majmuasi qurish (yopiq sport zal va stadion) ishlarini moliyalashtirish maqsadida va
boshqa maqsadlarda ajratilgan.
Bankning aksiyalari
Bank aksiyalari egasining nomi yozilgan hujjatsiz emissiyaviy qimmatli qog’ozlar
bo’lib, ular turiga ko’ra oddiy va imtiyozli bo’ladi. Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi
aksiyalar bo’lib, ular o’z egasiga dividendlar olish, Bankni boshqarishda ishtirok
etish huquqini beradi, o’z egalariga dividendlarni, shuningdek Bank tugatilayotganda
aksiyalarga qo’yilgan mablag’larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan
aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar Bank ustav kapitalining 20
(yigirma) foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda, qoida tariqasida jismoniy shaxslar
o’rtasida joylashtiriladi.
Bank aksiyasining nominal qiymati 19 (o’n to’qqiz) so’mni tashkil qiladi.
Bankning ustav kapitali (joylashtirilgan aksiyalar soni) 4.634.513.904.398 (to’rt
trillion olti yuz o’ttiz to’rt milliard besh yuz o’n uch million to’qqiz yuz to’rt ming
uch yuz to’qson sakkiz) so’mni tashkil qiladi va u quyidagi aksiyalarga bo’lingan:
- umum iy qiymati 4.627.483.904.398 (to’rt trillion olti yuz yigirma yetti milliard
to’rt yuz sakson uch million to’qqiz yuz to’rt ming uch yuz to’qson sakkiz) so’m
bo’lgan 243.551.784.442 (ikki yuz qirq uch milliard besh yuz ellik bir million yetti
yuz sakson to’rt ming to’rt yuz qirq ikki) dona egasining nomi yozilgan oddiy
aksiyalar;
- umumiy qiymati 7.030.000.000 (yetti milliard o’ttiz million) so’m bo’lgan
370.000.000 (uch yuz yetmish million) dona egasining nomi yozilgan imtiyozli
aksiyalar.”
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

Bank Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yoki Bankning
yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash

Bankni qayta tashkil etish

Bankni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda
oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash

Bank Kengashining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash
va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

e’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash

Bankning ustav kapitalini ko’paytirish yoki kamaytirish

Bankning o’z aksiyalarini olish

Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash

Bankning Taftish komissiyasining a’zolarini saylash va ularning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek Taftish komissiyasi
to’g’risidagi nizomni tasdiqlash

Bankning yillik hisobotlarini tasdiqlash

Bankning foyda va zararlarini taqsimlash

Bank Kengashining va Taftish komissiyasining o’z vakolat doirasiga
kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan Bankni boshqarishga doir qonun
hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan Bank Kengashining
hisobotlarini va Taftish komissiyasining xulosalarini eshitish

Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash

Bank aksiyalarini maydalash va yiriklashtirish

qonun hujjatlarida ko’rsatilgan hollarda yirik bitimlar tuzish haqida
qarorlar qabul qilish

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Bankning affillangan
shaxslari bilan bitimlar tuzish haqida qarorlar qabul qilish

qonun hujjatlari va Bank Ustaviga muvofiq boshqa masalalarni hal etish
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar Bank
Boshqaruvi hal qilish uchun berilishi mumkin emas. Aksiyadorlar umumiy
yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar Bank Kengashi hal etishi uchun
berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:

Bankning ustav kapitalini ko’paytirish, shuningdek Bank Ustaviga ustav kapitalini ko’paytirish bilan
bog’liq o’zgartish va qo’shimchalar kiritish

Aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog’ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan
tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash

Bank tomonidan korporativ obligasiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan
obligasiyalar chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish

Qimmatli qog’ozlarning hosilalarini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish

Bankning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish

Bank Boshqaruvi (ijroiya organi)ni tuzish, Bank Boshqaruvi Raisini tayinlash, uning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

Bank Boshqaruvi organiga to’lanadigan haq va kompensasiyalar miqdorlarini belgilash

Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlash
“O’zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi bank xizmatlari tariflari
Bank boshqaruvining 11.06.2021 yildagi 73/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan
(Bank Boshqaruvining 30.07.2021 yildagi 93/1 sonli, 04.10.2021 yildagi 121/3 sonli,
20.12.2021 yildagi 152/2 sonli, 09.02.2022 yildagi 13/1 sonli qarorlariga muvofiq
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan, 15.03.2022 yildagi 32/2 sonli qarorlariga
muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan)

Jismoniy shaxslar uchun xizmatlar

Omonat hisob raqamlarini ochish va yuritish

Xalqaro kartalar bo’yicha bank xizmatlari

MasterCard Black Edition, Visa Infinite, UnionPay Diamond xalqaro
karta egalariga qo’shimcha xizmatlar*

Mahalliy to’lov tizimlarida plastik kartalari bo’yicha xizmatlar

Mahalliy to’lov tizimlarida plastik kartalari bo’yicha qo’shimcha
xizmatlar

Boshqa xizmatlar

“O’zsanoatqurilishbank” ATB UZCARD va HUMO tarmog’ida boshqa
bank kartalari egalariga xizmat ko’rsatish

“O’zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Xalqaro to’lov tizimidagi
boshqa bankning VISA, Mastercard, UnionPay va JCB kartalari egalariga
xizmat ko’rsatish

Hamkor-banklar va boshqa banklarning mijozlari uchun xizmatlar

Hamkor banklar uchun xalqaro plastik kartalariga (MasterCard, Visa,
UnionPay, JCB) prosessing xizmati ko’rsatish va emissiya qilish xizmati

Kredit kartalariga xizmat ko’rsatish

UzNNSS doirasida ishtirok etuvchi banklarning korrespondent
hisobvaraqlarini yuritish xizmatlari

Xalqaro UnionPay to’lov tizimi doirasida mahalliy amaliyotlar bo’yicha
o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishtirokchi bankning vakillik
hisobvarag’ini yuritish bo’yicha xizmatlar

“O’zsanoatqurilishbank” ATB protsessing markazi tomonidan xalqaro
to’lov tizimidagi VISA kartalarni chiqarish hamda ularga xizmat ko’rsatishni
texnik va axborot bilan ta’minlash xizmati
BANKNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI 2024-2026
Strategik maqsad
Mijozlarga yo’naltirilgan biznes modelni joriy etish va xizmat ko’rsatishni
raqamlashtirish orqali mijozlarga zamonaviy bank mahsulotlarini taqdim etish,
bankning moliya bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash, daromadligi va
rentabelligini oshirish.
Korporativ mijozlar uchun
Mijozlarga individual yondashuv, yuqori sifatli xizmat ko’rsatish, ish haqi loyihalari,
strukturalashtirilgan moliyalashtirish yo’nalishida maslahatlar.
Kichik va o’rta biznes uchun
Alohida yondashuv, yuqori tezlikda xizmat ko’rsatish, parametrlangan va maxsus
kredit hamda depozit mahsulotlar, ish haqi loyihalari, individual takliflar.
Jismoniy shaxslar uchun
Zamonaviy onlayn bank, multivalyuta omonatlari, kredit kartalari, rejali to’lov
kartalari.
FILIALLAR REYTINGI DAROMADLARI BO’YICHA 2023 YIL
HOLATIGA KO’RA
“Oʼzsanoatqurilishbank” АTBni 2021 yildagi faoliyati yakunlari toʼgʼrisida maʼlumot
Hisobot yilida mijozlarni qoʼllab-quvvatlash, ularga sifatli xizmat koʼrsatish va bank
faoliyatini transformatsiya qilish jarayonida olib borilgan ishlar bankning moliyaviy
barqarorligini mustahkamlashga, 2021 yil uchun belgilab olingan maqsadlarga erishishga
imkoniyat yaratdi.
Umumiy kapital 996,5 mlrd.soʼmga yoki 15%ga oshirilib, 7,7 trln.soʼmga yetkazildi. Jami
aktivlar 7,5 trln.soʼmga yoki 15%ga koʼpayib, 56,5 trln.soʼmni tashkil qildi. Аktivlar tarkibida
daromad keltiruvchi aktivlar hajmi 4,1 trln.soʼmga yoki 10%ga ortib, 44,9 trln.soʼmni tashkil
qildi.
Kredit qoʼyilmalari 3,2 trln.soʼmga yoki 8%ga ortib, 43,1 trln.soʼmni tashkil qildi.
2021 yilda 16,9 trln.soʼm kreditlar ajratildi. Mazkur kreditlarni 11,8 trln.soʼmi korporativ
biznesga, 3,4 trln.soʼmi kichik va oʼrta biznesga, 1,7 trln.soʼmi chakana biznesga
yoʼnaltirildi.
MLRD/SOM
605 mlrd.soʻmlik ipoteka, 813 mlrd.soʻm mikroqarz, 220 mlrd.soʻm avtokredit, 53 mlrd.soʻm
overdraft, 7 mlrd.soʻm boshqa iste'mol kreditlari moliyalashtirildi.
Kredit portfelida xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 65,1%ni tashkil qildi. Foizli marja
stavkasi 3,9%dan 4,6%ga koʻtarildi. Kredit portfelini muddat jihatidan ham diversifikasiya
qilish ishlari davom ettirildi. Qisqa muddatli kreditlar 482 mlrd.soʻmga ortib, 5,3 trln.soʻmni
tashkil
qildi.
Bankda doimiy ravishda on-layn tartibda koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi tobora ortib
bormoqda.
Chakana kreditlarning 56 foizi on-layn tartibda amalga oshirilib, 660 mlrd.soʻm overdraft va
mikroqarzlar ajratildi. Aholi omonatlarining 647 mlrd.soʻmi mobil ilova orqali qabul qilindi.
Masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar soni 1,5 barobarga yoki 952 ming taga ortib, 2,7
mln.nafarga, shundan xoʻjalik sub'ektlari boʻyicha 21 foizga oʻsib
48 ming taga, jismoniy shaxslar boʻyicha 57 foizga oʻsib 2,6 mln. taga etdi.
Muomaladagi plastik kartalar soni 1,2 barobarga ortib 1,55 mln.donani, oʻrnatilgan terminallar
33,3 ming tani, bankomat va infokiosklar 11 foizga ortib 470 tani tashkil qildi.
Respublikaning turli xududlarida barcha turdagi xizmatlarni koʻrsatuvchi zamonaviy bank
xizmatlari markazlari soni 46 taga, smart-ofislar soni 97 taga etkazildi. Filiallar soni 44 tani
tashkil qildi.
Depozit bazasi 11%ga yoki 1,2 trln.soʻmga ortib, 12,6 trln.soʻmni tashkil qildi. Depozit bazasi
tarkibida talab qilib olinguncha depozitlar 63%dan 49%ga kamaydi, muddatli depozitlar
37%dan 51%ga
ortdi.
MLRD/SOM
Xorijiy valyutadagi depozitlar ulushi 63%dan 52%ga kamaydi.
Bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish, yangi xizmat turlarini joriy qilish, daromad keltiruvchi
aktivlar
ulushini oshirish hisobiga, 6,6 trln.soʻmlik daromad olindi hamda 998,2 mlrd.soʻm sof
млрд.сўм
foyda koʻrildi.
MLRD/SOM
Foizli daromadlar 4,5 trln.soʻmni, foizsiz daromadlar 2,2 trln.soʻmni tashkil qildi.
Sof komission daromad 326 mlrd.soʻmga oʻsib 1,7 trln.soʻmni, sof operasion daromad 769
mlrd.soʻmga ortib 3,8 trln. soʻmni tashkil qildi.
Aktivlar rentabelligi (ROA) 2021 yilda 2%ga, kapital rentabelligi (ROE) 13,8%ga etdi,
operasion samaradorlik (CIR) 29,6%ni tashkil
qildi.
Oʻtgan davrda Markaziy bank va xalqaro moliya institutlari tomonidan belgilangan
me'yorlarga rioya qilindi.
Jumladan, kapital etarliligi 15,8%ni, 1-darajali kapital etarliligi 12,5%ni, leveraj 10,3%ni
tashkil qildi.
Bankning moliyaviy barqarorligini ta'minlash boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida “Fitch
reytings” xamda “Standart end purs” xalqaro reyting agentliklari tomonidan bankka
“BARQAROR” prognozi bilan “VV-” “bariaror” reyting bahosi berildi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, nazariya bilan amaliyotni birgalikda olib borish ancha
samaralidir. Biz amaliyot davomida olgan nazariy bilimlarimizdan foydalangan holda
amaliyot o’tadik. Amaliyot davomida institut tomoidan berilgan dastur asosida har bir
mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o’rgandik.
Banklar oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari
bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston
iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan
moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan. Hozirgi kunda mamlakatlarda bank
tizimi muhim ro’l o’ynamoqda. Albatta, bank tizimi rivojlangan mamlakatning o’zi ham
rivojlangan bo’ladi. Bank tizimi mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirishga asosiy
turtkilardan biri bo’ladi desak adashmagan bo’lamiz. Hozirgi kunda mamlakatimizda
tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda va tadbirkorlarga keng imkoniyatlar
yaratilmoqda. Bunda bank tizimi ham katta ro’l o’ynaydi ya’ni bank tizimini isloh
qilish, rivojlantirish natijasida tadbirkorlarga keng imkoniyatkar beriladi. Amaliyot
davrida bank faoliyatida ro’y beradigan ko’plab jarayonlarda ishtirok etib shuni angladimki,
bankda har bir hodim o’z vazifasini chuqur o’zlashtirgan bo’lishi shart. Bazida hodimlarni
e’tiborsiz bazi qoidalarga ko’z yumib kadrlar tanlanishi, vaqt o’tib ko’plab muammolarga olib
kelishi mumkin. Mijozlar bilan ishlaganda amaliyotlarning shartlarini to’la tushunmasdan vaqt
cho’zilishi, shartnomalarni noto’g’ri tuzilishi, bank ichki tartib nizomlari va boshqa bir mayda
muammolar vujudga kelishiga yo’l qo’yiladi. Shu sababdan kadrlar tanlab olinishi qat’iy tartib
qoidalar asosida amalga oshirilishi tarafdoriman. Bank faoliyatini yanada takomillashtirish,
yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda chuqur yondashuv, aholini iqtisodiy va
moliyaviy savodxonligini oshirish asosiy masad vazifa bo’lib qolishi kerak. Hozirgi banklar
o’rtasidagi raqobat ham ancha rivojlanib tizim barqarorlashib bormoqda. Kreditlar bo’yicha
xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, bank kreditlari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda
aniq hamda to‘g‘ri aks ettirish davrida aks ettiriladi.Kredit ajratilgandan so‘ng kredit
monitoringi o‘tkazilishi ustidan nazoratni kuchaytirish. Berilgan kreditlarni monitoring qilish
orqali kreditdan qanday maqsadda foydalanilayotganligi va qay darajada samaradorlikka
erishilayotganligini aniqlash mumkin. Banklarda kreditni berish va undirish jarayoni yuzasidan
amalga oshiriladigan ishlarni ommaga yetkazish. Yana shu yo‘l bilan shubhali va umidsiz
ssudalarning tasniflangan kredit hajmidagi salmog‘ini qisqartirish. Banklarda yuqori
likvidlikka ega bo‘lgan garov obyektlaridan foydalanishni kuchaytirish. Kreditlarni undirishni
kuchaytirish maqsadida bank xodimlari va mijoz o‘rtasidagi aloqadorlikni kuchaytirish va
mijoz o‘rtasida doimiy ravishda ma’lumot olib turishni tashkil etish. Muxtasar qilib aytadigan
bo’lsak, tijorat banklari tomonidann ajratilayotgan kreditlar hajmi yil o’sib bormoqda va bu
mamlakatimiz iqtisodiyotini o’sishiga juda katta ta’sir ko’rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda
banklar o’zlariga katta xatarni ham olishmoqda. O’ylaymanki kelgusi yillarda amalga
oshirilishi ko’zda tutilgan chora-tadbirlar samara berib bank faoliyati yanada rivojlanadi.
Download