O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “Iqtisodiyot” fakulteti “Yashil” iqtisodiyot kafedrasi Ro‘yxatga olish №__________ «____» ___________ 2024 y. Ro‘yxatga olish №__________ «____» ___________ 2024 y. MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YIChA HISOBOT __________________________________________________________________ (korxona, tashkilot, muassasa, nomi) Bajardi: ____________________________________________________________ (kurs, guruhi, F.I.Sh.) Amaliyot rahbari: ____________________________________________________ (F.I.Sh., imzo) Amaliyot bo‘yicha himoya balli: ___________Sana: «___»___________ 2024 y. Komissiya raisi __________________________ _________________ (F.I.Sh.) imzo Komissiya a’zolari: __________________________ _______________ (F.I.Sh.) imzo Komissiya a’zolari: __________________________ _______________ (F.I.Sh.) imzo TOShKENT - 2024 1 REJA: KIRISH ..........................................................................................................3 1. “Agrobank” ATBning passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari ……………………………………………………………………..4 2. “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l filiali aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili 3. “Agrobank” ATB tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili. 4. “Agrobank” ATBning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili. 5. “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l filiali tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi 6. “Agrobank” ATB Qorako’l filialining yangi xizmat turlari va uning qo’llanish amlaliyoti XULOSA 2 Kirish Iqtisodiyotning muhim subyekti bo’lgan banklar faoliyatini o’rganish, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilish iqtisodiyotni samarali boshqarishda muhim omil sanaladi. Aynan shu o’rinda bankning barcha faoliyati bilan bog’liq bo’lgan buxgalteriya hisobi muhim hisoblanib, bu faoliyat nafaqat banklar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha faoliyat turlarining hisobini yuritibgina qolmay, bank va bank xodimlariga operatsiyalarni nazorat qilish hamda xatoliklarning oldini olish va ularni o’z o’rnida bartaraf etishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Shu sababli bugungi kunning dolzarb masala va sohalaridan biri bu albatta banklarda buxgalteriya hisobi sanaladi. Hozirgi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan global integratsiyalashuv hamda taraqqiyot asrida bank moliyaviy ko’nikmalar mukammal bilish, uni tahlil qila bilish va uning asosida xulosa chiqara olish muhim bo’lib bormoqda va bunday talablardan kelib chiqib talabalarni hamda xodimlarni yangi davr talablari asosida tayyorlash yetakchi vazifaga chiqmoqda. Yuqoridagi fikrlar orqali mazkur hisobotning dolzarbligi mujassam bo’ladi. Mazkur hisobot 7 ta reja-qismdan iborat bo’lib, birinchi reja “Agrobank” ATBning passiv operatsiyalari va asosiy ko’rsatkichlariga bag’ishlangan. Ikkinchi reja esa “Agrobank” ATBning aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili mavzusiga bag’ishlangan. Uchinchi reja esa “Agrobank” ATBning kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi haqida hisoblanadi. To’rtinchi reja esa “Agrobank” ATBning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili haqida. Beshinchi rejada “Agrobank” ATB tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi yoritiladi. Oltinchi rejada “Agrobank” ATBning pul muomalasini tashkil etishi, ular bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtiriladi. Yettinchi rejada esa “Agrobank” ATBning yangi xizmat turlari va uning qo’llanish amlaliyoti haqida so’z yuritiladi 3 1. “Agrobank” ATBning passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari. Chet el kapitali ishtirokidagi "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki O’zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 30 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. Hozirda Bank 82dan ortiq xizmat koʻrsatish shahobchalariga ega boʻlib, 24 ta filial, 57 ta mini-bank faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, bank 5 ta sho’ba kompaniyasini tashkil etdi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻydi. 50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan “Agrobank” ATB mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi. Bankning asosiy yo’nalishlari: – bank tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishi; – bank xodimlarining yuqori kasbiy tayyorgarligi; – har bir menejer tomonidan mijozlarga yo’naltirilganlik; – bank xizmatlari bozorida bank ulushini oshirish; – korporativ mijozlarni xizmatga jalb qilish orqali qisqa muddatli va uzoq muddatli resurslarga bosqichma-bosqich o’tishni ta’minlash; – jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini omonatlarga jalb qilish (talab va ma’lum bir davr uchun); – chakana biznesni rivojlantirish; – xalqaro xizmatlarni taqdim etadigan yuqori texnologiyali tijorat bankini barpo etish. Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash 4 boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat.1 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi. Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Bank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. O’z maqsadiga erishish uchun bank operatsiyalarining eng yuqori rentabelligiga erishadi, xizmat ko’rsatish sifatini oshirishadi, xizmatlar to’plamini kengaytirib va barcha iste’molchilar (korporativ mijozlar, xususiy shaxslar, kichik va o’rta biznes korxonalari) uchun yangi texnologiyalarni rivojlantiradi. “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l filiali faoliyatining asosiy tamoyillari: – mijozlar biznesini chuqur anglash; – mijozlarning shaxsiy menejmenti; – individual yondashuv; – eski va yangi mijozlarga birdek e’tibor; – tezkor qaror qabul qilish; – professionallar jamoasi bo’lishga intilish, bank maqsadini ro’yobga chiqarish uchun o’z mahoratini doimiy tarzda rivojlantirib va takomillashtirib borish. Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya 1 O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi qonun. 5 banki (FMO) va respons Ability investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi. Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.2 Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda. Bankda moliyaviy ko’nikmalar va hisobotini tashkil qilish bank boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bank buxgalteriya apparatini bankning bosh buxgalteri boshqaradi, bosh buxgalter bo’lmagan paytda bosh buxgalterning o’rinbosari rahbarlik qilishi mumkin. Bankning chakana biznes bo’limi xodimlari tarkibiga quyidagilar kiradi: - bo’lim boshlig’i; - yetakchi mutaxassis; - mas’ul ijrochilar; Bankda xodimlarining ish joylari mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muxrlari, shtamplari, hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo’lmaydigan tarzda joylashtirilgan. Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo’lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muxr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu haqida maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi. 2 Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, №PQ-3620, Qabul qilingan sana 23.03.2018, Kuchga kirish sanasi 24.03.2018 6 “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l filiali quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni davomida mijozlarga xizmat ko’rsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil belgilaydi: 1) bank yangi ish kunini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobkitob markazi (HKM) da ochilgan tashqi (“21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag’i”) vakillik hisobvarag’ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o’zlarining ichki (“10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i”) vakillik hisobvarag’ining aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlaydi. Ichki va tashqi vakillik hisobvarag’i aylanma va qoldiq summalarining mosligini tasdiqlash uchun HKM ga elektron fayl yuboradi; 2) HKM bank yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularning mosligini tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo to’lovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi; 3) HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so’ng, bankga banklararo to’lovlarni amalga oshirish uchun ruhsat beriladi; 4) filiallari mavjud bank filiallariga “To’lov markazi”da ochilgan tashqi (“22204-Bosh bank-filiallarga to'lanadigan mablag’lar”) va filiallarda ochilgan (“16103-Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar”) ichki vakillik hisobvaraqlar qoldiq summasini mosligini tasdiqlash Bosh bank tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik hisobvarag’i (16103) va “To’lov markazi”da ochilgan tashqi (22204) vakillik hisobvarag’i o’rtasida farq mavjud bo’lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha filiallararo va banklararo to’lovlarni amalga oshirish va yangi kunga o’tib ishlashga ruhsat etilmaydi; 5) O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo’lsa filiallararo va ichki to’lovlar bank ish kuni davomida soat 18-00 ga qadar amalga oshiriladi. Filiallararo to’lovlar bir bank mijozlari o’rtasida amalga oshirilishini inobatga olib, bank o’z mijozlaridan 7 to’lov hujjatlarini qabul qilish vaqtini o’zi mustaqil ravishda belgilaydi. Ichki to’lovlar qatoriga kassa amallari, to’lanishi va olinishi lozim bo’lgan foizlar hisobini hisoblash hamda xodimlarga ish haqi hisoblash va shunga o’xshash amallar kiradi; 6) banklararo to’lovlar bo’yicha bank mijozlaridan bank amaliyot kuni davomida qabul qilingan to’lov hujjatlari bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini bank ish kunining soat 16-00 ga qadar amalga oshirib soat 17-00 ga qadar HKMga yetkazib berishlari kerak, aks holda banklararo to’lovlar amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat bo’yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo’lmagan tashqi omillar mustasno; 7) HKM bankga banklararo to’lovlar tugaganligi to’g’risida ma’lumotni soat 17-20 da jo’natadi, shundan so’ng banklar o’rtasida banklararo to’lovlar to’xtatiladi. Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo’lsa, bank shu kunning o’zida bank ish kuni yakunlangandan so’ng, ya’ni soat 18-00 dan so’ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan bo’lsa keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo’natadilar. Bankda ish kuni bank operatiyalari buxgalteriya hisobotida to’liq aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan so’ng yakunlanadi. “Bosh kitob – hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro’yxati bo’lib, yordamchi kitob – bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag’lar turi va qimmatliklar bo’yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar hisoblanadi.” Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi: - balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari - kunlik balans; - balans hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari - aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi; - oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari. 8 Kassa jurnallari dasturiy yo’l bilan kassa kirimi va chiqimi bo’yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo’yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so’ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig’majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi. Har kuni dasturiy yo’l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to’g’risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo’yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko’rsatiladi. 2022-yil № 1 2 3 4 Ko’rsatkich nomi Mijoz hisob varag’idagi mablag’lar Jalb etilgan va qarz mablag’lari Aholi jamg’armalari Bank kapitali (O’z mablag’lari) Jami passivlar 2023-yil Farq (+,-) Salm o-g’i % Summa Salmo -g’i % Summa 10.1 6 063 440 657 13.4 +2 258 23 +3.3 7 524 3 086 517 532 8.1 3 404 152 614 7.5 +31 763 508 -0.6 3 898 872 523 10.3 4 121 531 685 9.1 +233 007 813 -1.2 6 477 077 631 17.1 6 653 017 093 14.7 +175 386 016 -2.4 45 315 961 610 +7 491 94 5 995 Summa 3 805 133 203 37 824 015 615 Salmo -g’i % -jadval “Agrobank” ATB passivlarning tarkibi strukturaviy tahlili Tijorat banklari passiv operatsiyalari hajmi, barqarorlik darajasi va shakllanish manbalari ularning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda bozor munosabatalarining chuqurlashuvi va iqtisodiy islohotlarning keng qamrovliligi, shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 9 tijorat banklari passiv operatsiyalari, yoinki ularning depozit siyosatining ahamiyatini oshirmoqda. Tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini ta’minlash bevosita ularning moliyaviy jihatdan barqaror resurs bazasini shakllantirish imkoniyatini beradi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalarini asosan to’rt guruhga bo’lish mumkin: 1.Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarini emissiya qilish orqali resurslarni yig’ish; 2.Bank foydasi hisobidan har hil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish; 3.Kreditlar, qarzlar va boshqa kreditor – yuridik shaxslardan mablag’lar jalb qilish; 4.Depozit operatsiyalarni amalga oshirish. Buxgalteriya balansi ma’lumotlariga ko’ra “Agrobank” ATB ning jami passivlari 2023 yilda 56 315 961 610 ming so’mni tashkil etgan va bu asosan mijozlar hisobvaraqlaridagi mablag’larning oshgani sababli ro’y bergan. Bankning o’z kapitali 20223-yilda 2022-yilga nisbatan 105386016 ming so’mga ko’paygan. Uning salmog’i esa jami passivlarning 20.7 foiziga teng. Mijoz hisob varag’idagi mablag’lar 2-chorakda 1-chorakka nisbatan 3.3 foizga ortgan. Jalb etilgan va qarz mablag’lari hamda aholi jamg’armalari ham o’sish tendensiyasiga ega. -jadval “Agrobank” ATB kapital tarkibi tahlili3 T/r Ko’rsatkichlar 1 2 3 2022-yil 2023-yil O’zgarishi (+,-) Qoldiq, ulush, Qoldiq, ulush, Qoldiq, ulush, ming % ming.so’m % ming.so’m % so’m 4 627 483 904 74.1 Ustav kapitali Taqsimlanmagan foyda va 715 334 boshqalar 951 11.4 www.Agrobank.uz 2023-yil Buxgalteriya balansi 1-shakl 10 4 627 483 904 69.6 ---------- 1 111 545 736 16.7 +396 210 785 35.7 ------- 3 Jami xususiy 6 246 kapital 720 225 +406 296 868 6.2 6 653 017 093 2023-yildagi buxgalteriya balansi ma’lumotlariga ko’ra “Agrobank” ATB ning ustav kapitalida o’zgarish bo’lmagan. Taqsimlanmagan foyda esa o’sishga erishgan va bu 2023-yilda 2020-yilga nisbatan +396210758 ming so’mga yetgan. Jami xususiy kapital joriy yilda o’tgan yilga nisbatan 6.2% ga ko’tarilgan. Depozit hisobvaraqalari turlicha bo’lishi mumkin va ularning tasniflanishi asosida qo’yilmalar manbai, ularning maqsadli yo’naltirilganligi, daromadlilik darajasi va boshqa shu kabi mezonlar yotadi, ammo aksariyat hollarda mezon sifatida pul qo’yuvchi toifasi va qo’yilmaniolish shakllari inobatga olinadi. Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo’linadi: -yuridik shaxslar (korxonalar va tashkilotlar); -jismoniy shaxslar; -yakka tadbirkorlar. Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi: -muddatli depozit mablag’lar; -talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit mablag’lar; -aholining jamg’arma qo’yilmalari. O’z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi. Muddatli depozit mablag’lari ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi: - 6 oydan 9 oygacha depozitlar; - 9 oydan 12 oygacha depozitlar; - 12 oydan yuqori bo’lgan depozit mablag’lar. “Agrobank” ATB depozitlari tahlili.4 (ming.s) 2022-yil 2023- yil Farq(+,-) Ko’rsatkich nomi Summa 44 % Summa www.Agrobank.uz 2023-yil Buxgalteriya balansi 1-shakl 11 % Summa % Talab qilib depozitlari olguncha 1 377 700 433 0.3 7 0.1 0.16 580 199 155 601 124 147 3 2 027 952 0.48 2 147 784 6 0.4 346 5 31 9 200 554 481 0.05 194 124 76 0.0 4 4 Jamg’arma depozitlari Muddatli depozitlari Depozit sertifikatlar 0.35 1 582 456 002 Xukumat hisobvaraqlari 0 0 4 186 406 4 525 489 1.00 415 544 Jami +20475556 9 +20924992 +11983228 5 -6429717 1.1 4 1.0 3 1.0 6 0.9 6 0 1.0 0 + 339 083 1.0 129 8 Bank tomonidan jalb qilingan mablag’larning yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqib turli aktivlarga joylashtiriladi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar – bu bankni oldindan ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan mablag’lardir. Ularga hisob-kitob, byudjet hisob–kitoblarini amalga oshirishi yoki mablag’lardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq hisob- varaqalardagi mablag’larni, boshqa banklarning vakillik hisobvarag’idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob- kitoblar uchun mo’jallangan. Bu hisobvaraqdagi mablag’lar harakati naqd pul, pul o’tkazish, boshqa hisob-kitob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bu depozit turining asosiy kamchiligi – ular bo’yicha juda kam miqdorda foizlarning to’lanishi yoki umuman to’lanmasligidir. Talab qilib olguncha bo’lgan depozitlarga banklarning vakil banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqalaridagi mablag’larini ham kiritish mumkin. Bu hisobvaraqalar ular hisob kitoblarni va to’lovlarni bir tomonlama tartibda yoki bir birlarining topshiriqlari bo’yicha amalga oshirish maqsadida ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda ochilgan vakillik hisobvarag’i «Nostro hisobvarag’i, mazkur bank boshqa bank uchun ochgan vakillik hisobvarag’i «Loro» hisobvarag’i deb yuritiladi va bunday hisobvaraqalarini ochish banklararo imzolangan 12 shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqalardan to’lovlar, qoidaga ko’ra, ulardagi mablag’lar hajmi chegarasida amalga oshirilishi kerak. Ular bo’yicha mavjud mablag’lardan ko’proq operatsiyalar o’tkazish zaruriyati tug’ilganda, vakilga alohida balans hisobvarag’idan overdraft krediti berilishi mumkin. Qo’yilmaning muddati va summasi qanchalik katta bo’lsa, foizi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek amaliyotda asosan 9, 12 oy yoki yanada uzoqroq muddatga qo’yilmalar rasmiylashtiriladi. Bunday aniq chegaralar pul qo’yuvchilarni o’zlarining mablag’larini ratsional tashkil qilish va qo’yilmalar qo’yishga rag’batlantiradi, shuningdek banklarga o’zlarining likvidliklarini boshqarish uchun sharoit yaratadi. Pul qo’yuvchi tomonidan qo’yilma bo’yicha mablag’larni muddatidan oldin olinganda u shartnomada ko’rsatilgan foizlardan to’liq yoki qisman mahrum bo’lishi mumkin. Odatda bunday hollarda foizlar talab qilgungacha qo’yilmalarga to’lanadigan foizlar hajmigacha pasaytiriladi. Depozitlar banklar tomonidan amalga oshiriladigan depozit siyosatining asosiy o’zagini tashkil etadi. Xorijiy va mahalliy iqtisodiy adabiyotlardan ma’lum bo’lishicha iqtisodchi olimlar bank depozitining iqtisodiy mohiyatiga turlicha yondashadilar. “Agrobank” ATB da quyidagi omonat turlari mavjud: 1. “Yubiley 30” (omonat muddati-18 oy, yillik foiz stavkasi-20%, omonatning eng kam miqdori - 1 000 000) 2. “Yangi yil tuhfasi” (omonat muddati-24 oy, yillik foiz stavkasi-18%, omonatning eng kam miqdori - 1 000 000) 3. “Sarmoya 17” (omonat muddati-24 oy, yillik foiz stavkasi-17%, omonatning eng kam miqdori - 500 000) 4. “Qulay 14” (omonat muddati-13 oy, yillik foiz stavkasi-14%, omonatning eng kam miqdori - 200 000) 5. “Foizsiz” (cheklanmagan muddatga, foiz stavkasi-0%, omonatning eng kam miqdori 10 000) 13 Barcha turdagi omonatlar milliy valyutada, AQSH dollarida hamda yevroda ochilishi mumkin. “Agrobank” ATB jismoniy shaxslarning omonatlarini majburiy tarzda sug’urtalash lozim bo’lgan tizimga kiruvchi banklar reestriga kiradi-bu esa omonatlarning saqlanib qolishining yana bir kafolatidir. 2. “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l fililali aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili Banklar o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kerakli qimmatliklar: binolar, asbob-uskunalar, hozirgi zamonda tezkor hisob-kitobni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuterlar, naqd pul mablag’lari va kreditga berilgan mablag’lari bo’ladi. Banklarning mavjud bunday mablag’lari banklar buxgalteriya balansida iqtisodiy mazmuniga ko’ra (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar. naqd pullar va x.k) qiymatlari guruhlashtirilib bank balansining aktiv tomonida ko’rsatiladi. Shuning uchun ham xalqaro miqyosda bank mablag’larini – aktivlari deb yuritiladi. Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayonida mablag’ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag’lar tushuniladi. Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo’ladi. Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur. Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o’z va jalb qilingan mablag’larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi. Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo’lgan qiymatliklar: naqd pul mablag’lari, qarzga berilgan mablag’lar, binolar va asbobuskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari, bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo’lib, bular o’zlarining moddiy shakliga ega bo’lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadi. Bank aktivlari juda turli-tuman bo’lishi mumkin, lekin hamma 14 tijorat banklari o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bir xil turdagi aktivlarga ega. Ularning bir qismi maxsus jihozlangan banklar naqd pullarni saqlash uchun seyflar yoki temir shkaflar, komp’yuterlar, avtomashinalar tashkil etadi. Bunday aktivlar banklarda ko’p yil ishlatiladi va asosiy vositalar deb yuritiladi. Bank aktivi deganda passivlar joylashtirilishi tushuniladi. Uning tarkibiy tuzilmasi deganda esa har bir aktiv turining jami aktivlarga bo’lgan nisbati tushuniladi. Tijorat banklarining aktivi va uning tarkibi quyidagilar bilan tavsiflanadi. “Agrobank” ATBning 2023-yil 1-chorak hisobotiga ko’ra bankning jami aktivi 18 604 477 873 ming so’mni tashkil qilgan. Aktivlar tarkibini tahlil qiladigan bo’lsak, eng ko’p ulush kredit va lizing operatsiylariga to’g’ri keladi. Bank aktivlarining tasniflanishi: - bank kreditlari – 19,9 dan to 83,2 foizgacha; - investitsiya va qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalar – 2,1 foizdan to 23,9 foizgacha; - kassadagi naqd pullar – 0,2 dan 12,9 foizgacha; - boshqa turli aktivlar, ya’ni asosiy fondlarga qo’yilmalardan tortib, to bankning turli hisob operatsiyalarigacha – 0.2 foizdan to 7,8 foizgachani tashkil qiladi. Tijorat bank aktivlari daromadliligiga qarab daromad keltiradigan aktivlar daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi. Daromad keltiradigan aktivlar: - berilgan kreditlar; - qimmatli qog’ozlar - turli investitsiyalar - kapital xarajatlar Daromad keltirmaydigan aktivlar: - asosiy vositalar - nomoddiy aktivlar - pul mablag’lari 15 Ikkinchi guruh aktivlariga bank faoliyatida katta e’tibor berilishi lozim, chunki bu guruhda aktivlar sifatini pasaytiruvchi aktivlar, muddati kechiktirilgan, foizsiz ssudalar, muddati o’tgan ssudalar va foizi to’lanmagan ijara va boshqalar bo’lishi mumkin. Aktivlarning maqsadga muvofiq joylashishi bo’yicha umumiy ko’rsatkich - daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy aktivlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi. Tijorat banklarining daromad keltiruvchi asosiy aktivlari- mijozlarga berilgan kreditlardir. Banklarning ikkinchi daromad keltiruvchi aktiv turi – davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) ga jalb qilingan banklararo kreditlar va investitsiyalar kichik salmoqni tashkil etadi. Muddati o’tgan aktivlarning salmog’i umumiy aktivlar hajmining 3 foizidan oshmasligi kerak. Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning etmish foizidan ortiq bo’lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining bo’shligini bildiruvchi ko’rsatkich hisoblanadi. “Agrobank” ATB aktivlarini boshqarish usullari: 1. Aktivlarni boshqarishning umumiy fond mablag’lari usuli; 2. Aktivlarni taqsimlash metodi; 3. Ilmiy boshqarish metodi. Ko’pgina xorijiy banklar amaliyotida aktivlarni boshqarishning quyidagi usullaridan keng foydalaniladi: Bank aktivlarini boshqarishning umumiy mablag’lar manbalari usuli bankning o’z va jalb qilingan mablag’larini birlashtirishni nazarda tutadi, bunda bankda dastlab birlamchi va ikkilamchi zaxiralar shakllantiriladi. Mazkur usulni qo’llashning keyingi bosqichida kredit portfeli shakllantiriladi. Banklar amaliyotida kredit mablag’lari aktivlarning yirik ulushini tashkil etadi va bank faoliyatida muhim o’rin tutadi, chunki banklar daromadlarining asosiy qismini yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlash xizmatlarini ko’rsatishdan oladi. Aktivlarni samarali boshqarish quyidagilardan iborat: - bank daromadi va xarajati o’rtasidagi marja ko’rinishidagi farqning o’sishi ; - daromad va kredit resurslari tavakkalchiligiga yetarli darajada rioya qilish; 16 - bank aktivlarda foiz stavkasi o’zgarishi bilan foiz tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida e’tiborini qaratish. Bank aktivlarini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqadi.5 Aktivlarni taqsimlash usulini qo’llash esa, jalb qilinayotgan resurslarning manbalarini tahliliga asoslanadi. Mazkur usulda resurslarning manbalari bo’yicha taqsimlashda resurslarning aylanuvchanligi bilan bog’liq bo’lgan muayyan cheklanishlar yuzaga keladi. Ya’ni jalb qilingan qisqa muddatli resurslar qisqa muddatli aktivlar amaliyotlariga yo’naltiriladi. Mazkur usulning afzalligi shundaki, bu usulni qo’llash jarayonida resurslarni toifalarga qarab taqsimlash orqali likvid aktivlarning jami aktivlardagi ulushini qisqartirish imkoni yuzaga keladi.Ushbu ikkala usulning kamchiligi shundaki, bu holatlarda mijozlarning kreditlarga bo’lgan talabi va ehtiyoji yetarlicha qondirilmaydi, ya’ni kreditlashda mijozlarning kreditlarga bo’lgan mavsumiy talablari to’liq e’tiborga olinmaydi. Mazkur muammolarning yechimidan kelib chiqqan holda xorij tajribasida aktivlarni boshqarishda chiziqli dasturlash usulidan foydalanish ham keng tarqalgan bo’lib, mazkur usulning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bank aktivlarini boshqarishning chiziqli dasturlash usuli murakkab hisob-kitoblar orqali bir necha muqobil usullardan maqbulini tanlab olishni nazarda tutadi. Bu usul jalb qilinayotgan resurlarni qay tariqa yuqori daromad keltiruvchi va kam sarflarni talab qiladigan sohalarga joylashtirish vazifasi qo’yiladi. -jadval “Agrobank” ATB faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va ularning daromadlari va xarajatlariga ta’siri.6 № 5 6 Ko’rsatkichlar 2023-yil chorak www.lex.uz www.Agrobank.uz 17 1- 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10. 11. 12. 13. Bank kapitali Bank aktivlarining umumiy hajmi Umumiy kredit qo’yilmalari miqdori Jalb qilingan barcha depozitlar Sof foyda Bank daromadlari Bank xarajatlari Bankning amaliyot xarajatlari Bank kapitalining daromadliligi ( xar 1 so’mlik kapital qancha daromad keltirmoqda tiyinda) Bank aktivlarining daromadlilik darajasi Kredit qo’yilmalari daromadga nisbatan Rentabellik darajasi Kapitalning foydalilik darajasi 1 080 870 245 10 604 477 873 7 539 964 174 5 347 195 541 677 033 830 1 857 553 124 1 180 520 954 135 495 1.71 0.28 0.33 0.36 0.62 Berilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibtiki, bank aktivlarining daromadlilik darajasi 0.28 foizni tashkil etgan va bank kapitali har bir so’m uchun 1.71 nisbatda daromad keltirmoqda. 3. “Agrobank” ATB tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo`q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, aholi orasida kreditlarni berish va qaytarish bo’yicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog`liq bo`ladi. Kreditning asosiy turlari: 1. Bank krediti. 2. Davlat krediti. 3. Iste`mol krediti. 4. Tijorat krediti. 5. Lizing. 6. Xalqaro kredit. 18 Kreditning asosiy tamoyillari: Kredit munosabatlari ma`lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit quyidagi tamoyillarga ega: Kreditning qaytarilishi. Bu tamoyil kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, lekin u o`zo`zidan vujudga kelmaydi. U moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi – bu qaytarib berish emas, qaytarib berish uchun zamin tayyorlash hisoblanadi. qaytarib berishlik obyektiv belgi hisoblanadi va bu tamoyil boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan moliyadan farq qiladi. Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko`chirish yo`li bilan to`lanadi. Shu yo`l bilan banklar kredit resurslarini qayta tiklanishini ta`minlaydi. Sobiq ittifoq davrida «qaytarilmaydigan ssuda» tushunchasi mavjud bo`lib, u qishloq xo`jaligida ham keng tarqalgan edi. Bu banklarni korxonalar moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilib, aslida u budjet subsidiyasining qo`shimcha shakli sifatida namoyon bo`ladi. Kreditning muddatliligi. Bu kreditning ma`lum muddatga berilishini anglatib, u qisqa va uzoq mudatli kreditga bo`linadi. Bu muddat qarzdor uchun xohlagan muddatda emas, balki u shartnomada belgilangan muddat hisoblanadi. Kreditning o`z vaqtida qaytarilishi ikkala tomon uchun ham muhim hisoblanadi. Qarz bergan tomon uchun kreditni o`z vaqtida foiz bilan qaytarilishi uni yana kreditga berish imkoniyatini yaratadi, qarzdorni esa shartnomada ko`zda tutilgan jazo choralaridan ozod etadi. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarning tejamli va qayta ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning jo`natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma mablag`larning doiraviy aylanishining tezligiga bog`liqdir. Kreditning tovar-moddiy boyliklar bilan ta`minlanganligi. Bu tamoyilning mohiyati shuki, bunda xo`jalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablag`larining bir so`miga muayyan boyliklarning har bir so’mi qarama-qarshi turishi kerak. Berilgan kreditlar tovarmoddiy boyliklari va ma`lum xarajatlar bilan ta`minlangan bo`lishi kerak. Ta`minlanmagan kreditlarning berilishi kreditlarni bankga qaytib kelmasligiga sabab bo’ladi. Buning uchun hozirgi sharoitda qarz oluvchilar bankga 19 tovar yoki tovar xujjatlarini, mulkni garovga qo`yadi. Kredit varrant (garov uchun xizmat qiluvchi xujjat) yoki uchinchi shaxs kafolati asosida ham berilishi mumkin. To`lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag`larini hisoblangan foizi bilan to`liq o`tkazadilar. Kredit uchun haq to`lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi qo`shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo`ladi. Hozirgi sharoitda ssuda foizi miqdori shartnomada o`z aksini topadi va u kreditlashning o`rtacha normasi va bank marjasidan tashkil topadi. Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog`liqki, qarz oluvchi olingan kreditni ma`lum maqsadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va boshqalar) yo`naltirilgan bo`lishi zarur. Bu maqsadlar kredit beruvchi va kredit oluvchi o`rtasida tuzilgan shartnomada o`z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko`rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi kerak. “Agrobank” ATB aksiyadorlik tijorat banki aholining bozordagi holatini to'g'ri baholab va qaror qabul qilish imkoniyatini beradigan moliya va bank yo'nalishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'yicha faol ish olib bormoqda. Hozirgi kunga kelib moliya xizmatlari qiyin ko'rinish va tavsifga ega bo'lgan bir paytda, iste'molchilar yechish zarur bo'lgan masalalar paydo bo'la boshladi va bu masalalarni yechish uchun iste'molchida har doim ham yetarlicha bilim va ko'nikmalar bo'lmaydi. Aksariyat hollarda bu jarayon aholida moliyaviy bilimlar yo'qligi, oilaviy byudjetni rejalashtirish bo'yicha yetarlicha ma'lumotga ega emasligi va moliya xizmatlaridan to'laqonli va samarali foydalana olmaslik bilan bog'liq bo'ladi. Shundan kelib chiqib, “Agrobank” ATB ommabop moliyaviy xizmatlarni joriy etish bilan birgalikda aholini zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanishi uchun imkoniyatlarini kengaytirishda ham ishlar olib bormoqda.7 “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l filialining jismoniy shaxslarga quyidagi ko’rinishdagi kredit turlarini taqdim etishi mumkin: 7 www.Agrobank.uz 20 -avtokredit (avtomobil vositalari xarid qilish uchun kredit); -ipoteka kreditlari; -maishiy texnikalar uchun kreditlar; -mikroqarz va boshqalar. Quyida biz avtokredit misolida mijozlarga kreditning berilishi, uning rasmiylashtirilishi, foiz hisoblanishi hamda qaytarilishigacha bo’lgan jarayonlarni va uning moliyaviy ko’nikmalar hamda ular bilan bog’liq hujjatlarni ko’rib chiqishimiz mumkin. Avtokredit – bunda mijozlar quyidagi bosqichda kreditdan foydalanishlari mumkin hisoblanadi: - Mijoz tomonidan ariza bilan murojaat qilinadi; - Kredit bo’yicha mutaxassis kredit olish imkoniyatini baholaydi - Bankda hisobraqam ochiladi; - Mijoz tomonidan avtosalon bilan tuzilgan shartnoma va boshqa boshlang’ich hujjatlar bankka topshiriladi; - Ariza tasdiqlangach esa, bank tomonidan kredit mablag’i dilerning hisob raqamiga ko’chirib beriladi. Kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so’ng, bankda kredit berilishi bo’yicha majburiyat yuzaga keladi hamda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt 91809 – “Banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari” Kt 96351 – “Bankning kredit berish majburiyati bo’yicha kontr- hisobvarag’i”. Garovga olingan mulk bilan bog’liq rasmiylashtiriladigan hujjatlar kredit bo’limi xodimlari tomonidan konvertga solinadi va yelimlanadi hamda kassaga topshiriladi. Mazkur hujjatlar solingan konvert bir so’m miqdorida balansdan tashqari schyotga kirim qilinadi. Bunda garov to’liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari kassada saqlanadi. Kredit va hisoblangan foiz to’liq qaytarilganda ta’minot balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi. Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi. 21 Mijozlarning kredit qaytarish bo’yicha majburiyati balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi: Dt 91901/91905 – qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari; Kt 96345/96349 – qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari kontr-hisobvaraqlari.8 Banklar tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: Dt – qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i Kt 22896 – “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi obyektiv dalillar va sharoitlar aniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo’yicha baholanadi: 1) “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to’g’risida”gi nizomga (ro’yhat raqami 2696, 2015-yil 14 iyul) muvofiq aniqlangan summa bo’yicha; 2) kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bo’yicha diskontlangan kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati o’rtasidagi farq bo’yicha. Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zahiralari yuqorida ko’rsatilgan talablardan oshsa, bank zahira summasini oxirgi sana holati bo’yicha aniqlangan, ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Kreditga layoqatlilik – bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har tomonlama berilgan baho bo’lib, u qarz oluvchining so’ralayotgan kreditni (asosiy qarz summasi va u bo’yicha foizlarni) o’z vaqtida qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to’lay olish qobiliyatini ko’rsatadi. 8 A.A Omonov, T.M. Karaliyev – “Banklarda buxgalteriya hisobi” 2015 22 Xo’jalik subyektlarini kreditlashda kreditga layoqatlilikni tahlil qilishning maqsadi qarz oluvchining majburiyatini o’z vaqtida va to’liq qaytarib berish qobiliyatini aniqlashdan iborat. Korxonaning o’z aylanma mablag’larining yetarliligi (НСОС) Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotning 1-shakl “Buxgalteriya balansi” to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’z aylanma mablag’larining yetarlilik darajasi hisoblanadi va u quyidagicha aniqlanadi: NSOS = (Xususiy kapital (480 – 470 – 460) + Uzoq muddatli kredit va qarzlar (570+580) – Uzoq muddatli aktivlar (130) Korxonaning uzoq muddatli aktivlari (Balans aktivining I bo’limi) xususiy kapitalidan oshib ketsa, nolikvid balans vujudga keladi. Nolikvid balansga ega bo’lgan korxona Bank kreditidan foydalanishga haqli emas. Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ko’rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir tijorat banki uni o’zi mustaqil aniq laydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo’lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffi tsiyentlardan foydalanadilar. Ularga: Qoplash koeffitsiyenti, Likvidlilik koeffitsiyenti, Mustaqillik (muxtoriylik) koeffitsiyenti, ya’ni o’z mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti. Agar kreditni to’lay olish qobiliyatining ushbu uchta ko’rsatkichi hisoblab chiqilgandan keyin summa 9 balldan kamni tashkil etgan bo’lsa, korxonaga kredit berilmasligi kerak. Agar ballar summasi 9 dan 19 ballgacha bo’lsa, bunday korxona kreditni to’lay olmaydigan hisoblanadi va faqat alohida hollardagina yuqori likvidli aktivlar bilan ta’minlangan holda kredit berilishi mumkin. Agar ballar yig’indisi 19 balldan yuqori bo’lsa kredit ajratiladi. Tijorat banklari mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish grafigiga asosan berilgan kreditlarni qaytarish operatsiyalarini amalga oshiradi. 23 Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarida aks ettiriladi.9 4. Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili Tijorat banklari faoliyatining bosh maqsadi boʼlib, olinadigan foydaning miqdorini imkon qadar koʼpaytirish hisoblanadi. Bu esa, oʼz navbatida, ular daromadlarining hajmiga va barqarorligiga bogʼliq. Tijorat banklari daromadlarining manbai boʼlib, bank biznesining quyidagi turlari hisoblanadi: – ssuda biznesi; – diskont biznes; – qimmatli qogʼozlar biznesi; – mulklar va qimmatliklarni boshqarish biznesi; – kafolatlar berish; – mablagʼlarni depozitlarga jalb qilish va ularning hisobini yuritish bilan bogʼliq faoliyat; – savdo-vositachilik biznesi. Ushbu faoliyatlarning har bir turi bank ushbu operatsiyalarda qanday vaziyatda qatnashishiga qarab ajralib turadi. Ssuda biznesi banklarning kreditlash faoliyati orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklari faoliyatining birlamchi ahamiyatga ega boʼlgan yoʼnalishi kreditlash boʼlganligi sababli, kreditlar ular aktivlarining tarkibida salmogʼiga koʼra birinchi oʼrinni egallaydi. Bu esa, kreditlardan olinadigan daromadlarning tijorat banklari daromadlarining umumiy hajmidagi salmogʼining yuqori boʼlishiga asos boʼladi. Tijorat banklarining kreditlash faoliyati quyidagi ikki yoʼnalishga ega: – jismoniy va yuridik shaxslarni kreditlash; – boshqa banklarga kreditlar berish. 9 Sh.Abdullayeva – “Bank ishi” darslik. 24 Kreditlardan olinadigan daromadlar foizli daromadlar boʼlib, ular kreditlarning turlari va kreditlash shakllari boʼyicha shakllanadi. Xalqaro bank amaliyotida kreditlar muddatiga koʼra 3 turga boʼlinadi: * qisqa muddatli kreditlar; * oʼrta muddatli kreditlar; * uzoq muddatli kreditlar Demak, kreditlardan olingan foizli daromadlar kreditlarning muddatiga koʼra qisqa, oʼrta va uzoq muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlarga boʼlinadi. Oʼzbekiston Respublikasida oʼrta muddatli kreditlar toifasi mavjud emas. Shu sababli, respublikamiz banklarida qisqa va uzoq muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlar mavjud. Shuningdek, kreditlardan olingan foizli daromadlar kredit shakllari boʼyicha ham turkumlanadi. Jumladan, overdraft kreditlaridan, kontokorrent kreditlash shaklidan olingan daromadlar va hokazo. Diskont biznesi – bu bank tomonidan tijorat veksellarini, toʼlanmagan talablarni chegirma hisobiga sotib olinishidir. Banklarning diskont biznesi, asosan, faktoring va forfeyting operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Faktoring operatsiyasida tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari bankning diskont stavkasi boʼyicha, regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz, sotib olinadi. Forfeytingda esa, uzatma tijorat veksellari bankning diskont stavkasi boʼyicha regress huquqisiz sotib olinadi. Bank tomonidan faktoring operatsiyasi uchun olinadigan daromadlar ikki qismdan tashkil topadi: * faktoring krediti uchun foizli daromad; * faktoring xizmati koʼrsatganligi uchun olinadigan komission daromad. Tijorat banklarining qimmatli qogʼozlar biznesi quyidagilarni oʼz ichiga oladi: * bankning oʼzini qimmatli qogʼozlarini muomalaga chiqarilishi va ularning bozorda sotilishi; 25 * boshqa emitentlarning qimmatli qogʼozlarini, ularning topshirigʼiga koʼra, ikkilamchi bozorda joylashtirish; * korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish bilan bogʼliq xizmatlar; * boshqa emitentlarning qimmatli qogʼozlarini sotib olish; * sotib olingan qimmatli qogʼozlarni qayta sotish. Tijorat banklarining qimmatli qogʼozlar biznesidan oladigan daromadlari fozli daromad, dividend va komission daromad koʼrinishida boʼladi. Mulklar va qimmatliklarni boshqarish biznesi tijorat banklarining trast operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Trast operatsiyalari bankka daromadni mijoz mulkini (koʼchmas mulk, qimmatli qogʼozlar, hisobraqamdagi mablagʼlar) boshqarish yoki ushbu mulkka doir ayrim maxsus topshiriqlarni bajarish orqali komission toʼlovlar shaklida keltiradi. Trast shartnomalarida mijoz bank kelishuvga muvofiq tarzda bankka mulklarni boshqarish evaziga maʼlum foiz vaʼda qiladi. Mazkur xizmat turida bank va mijoz orasida operatsiyaning aniq turi belgilab berilgan boʼladi. Xususan, joriy yilda mijoz mulkidan foydalanish evaziga kelgan daromad kelishuvga nisbatan past boʼlishi mumkin, bunda esa zarar bank tomonidan qoplanishi kerak. Shu bois, trast xizmatlari uchun komission toʼlovlar ham yuqoriroq boʼladi. Yuqoridagi xususiyatga koʼra, trast xizmati uchun komission toʼlov ham quyidagi elementlardan tashkil topgan: * mulkni boshqarish uchun olinadigan oʼzgaruvchan toʼlov; * trast ishi boʼyicha natijalarga mos ravishda bank oladigan qatʼiy belgilangan komission haq. Bankning kafillik faoliyati bankka pul shaklida daromad keltiradi. Bank mijozlarga kreditlarini olish uchun yoki hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ikki xil kafolat beradi: – mijozning toʼlov majburiyati boʼyicha beriladigan kafolat; – mijoz tomonidan yetkazib beriladigan tovarlarning sifati yuzasidan beriladigan kafolat. Bank daromadlarini shakliga koʼra quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 26 * foizli daromad; * foizsiz daromadlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining muhim moliyaviy koʼrsatkichlaridan biri boʼlib, sof foyda hisoblanadi. Sof foyda koʼrsatkichining oʼzgarishida koʼp jihatdan daromad omillari asosiy oʼrin tutadi. Shu sababdan, tijorat banklari amaliyotida moliyaviy barqarorlikka taʼsir etuvchi daromad omillarini aniqlash, tasniflash va tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. «Agrobank» ATBning 2022-2023 yillardagi daromadlari tahlili.10 № Ko’rsatkichlar nomi 1 1.1 Foizli daromadlar Boshqa banklarga joylashtirilgan mablag‘lar uchun foizli daromadlar Berilgan kreditlar uchun foizli daromadlar Investisiyalar bo‘yicha foizli daromadlar Lizing bo‘yicha foizli daromadlar Foizsiz daromadlar Faktoring bo’yicha olingan daromadlar Suda komission daromad Maxalliy to‘lovlar bo‘yicha olingan daromad Xorijiy to‘lovlar bo‘yicha olingan olingan daromad Ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha boshqa komission daromadlar Chet el valyutasi foydasi Bank tijorat operatsiyalaridan olingan foydasi Boshqa foizsiz daromadlar Jami daromad (1+2) 1.2 1.3 1.4 2 2.1 2.2 2.3 2.4 2.5 2.6 2.7 2.8 10 Mln. 1016367 4130 2023 Salmog So’mma ’i % 54.7 1 675 217 0.3 4801 Salmo g’i % 62.0 0.2 Фарқи (+,-) So’mma Salmo g’i % +658 850 1.64 +671 1.16 685 466 36.9 1 118 861 41.4 +433 396 1.42 326 100 17.5 549 982 20.3 +223 882 1.56 2 244 0.8 0 0 2022 So’mma 841 186 45.3 1 028 792 38.0 +187 606 1.22 19 541 1.1 20 438 0.7 +893 1.04 526 314 28.3 600 214 22.2 +73900 0.32 6 750 0.4 10 943 0.4 +4 193 1.48 248 176 13.4 298 775 11.0 +50 599 1.20 24 765 1.3 71 158 2.6 +46 393 1.61 15 640 0.8 27 264 1.0 +11 624 1.57 1 857 553 100.0 2 704 009 100.0 +846 456 1.45 www.Agrobank.uz 27 Berilgan balans ma’lumotlariga ko’ra “Agrobank” ATB ning umumiy daromadlari ijobiy farq aks ettirgan va 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 846 456 mln so’mga ortgan. Foizli daromadlar salmog’ining foizsiz daromadlarga nisbatan joriy yilda ham taqqoslanayotgan yilda ham umumiy daromad tarkibida ulushi ko’p (2022-yilda 54.2% , 2023-yilda 62.0%). Foizli daromadlarning asosi qismi berilgan kreditlar uchun foizli daromadlarga to’gri keladi va u 2023 yilda 41.4 foizni tashkil etgan. Foizsiz daromadlar ham 2023-yilda o’sish tendensiyasiga ega. Mahalliy to’lovlar bo’yicha olingan daromadlar 2023-yilda 22.2 foizni tashkil etgan. 28 -jadval «Agrobank» ATB ning foizli hamda foizsiz xarajatlari tarkibi va dinamikasi tahlili.11 mln № Ko’rsatkichlar nomi 2022 2023 Farqi (+,-) So’mma Salmo g’i % So’mma Salmo g’i % So’mma Salm og’i % 1 Foizli xarajatlar 637 800 54.0 800 030 54.8 +162230 1.25 1.1 Depozitlar bo’yicha foizli 458 127 xarajatlar 38.4 501 478 40.3 +43348 1.19 1.2 Boshqa banklarning qisqa 125 147 muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar 26.1 236 475 21.4 +111328 1.88 1.3 Kreditlar bo’yicha foizli 32 014 xarajatlar 0.9 33 456 1.3 +1442 1.04 1.4 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar 1.5 Boshqa foizli xarajatlar 22 512 0.7 28 621 1.8 +6 109 1.09 Jami foizli xarajatlar 1 097 695 92.3 1 316 984 90.2 +219289 1.19 а Kredit va lizinglar 459 895 bo‘yicha ehtimoliy zararlar zaxirasi 38.9 516 954 35.4 +57059 1.12 2 Foizsiz xarjatlar 82 825 7.0 142 547 9.7 +59722 1.72 2.1 Ko‘rsatilgan xizmatlar va 25 998 vositachilik uchun xarajatlar 2.7 31 475 3.1 +5477 1.21 2.2 Chet el valyutasida 24 765 ko‘rilgan (foyda) zararlar 2.3 71 158 4.2 +46 393 1.54 2.3 Sindikat kreditlarda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar 2.4 Oldi-sotdi operatsiyalari 14 514 bo‘yicha ko‘rilgan zararlar 1.47 16 780 1.14 +2266 1.15 2.5 Tijorat amaliyotlari bo’yicha yo’qotishlar 11 www.Agrobank.uz 29 2.6 Investitsiyadan zarar ko’rilgan 4 053 2.7 Operatsion xarajatlar Jami xarajatlar (1+2+а) 0.03 4 178 0.06 +125 1.03 13 495 1.3 18 956 1.2 +5461 1.4 1 180 520 100.0 1 459 531 100.0 +279011 1.23 Berilgan balans ma’lumotlariga ko’ra “Agrobank” ATB ning umumiy xarajatlari ijobiy farq aks ettirgan va 2023-yilda 2022-yilga nisbatan jami xarajatlar 279011 mln so’mga ortgan. Foizli xarajatlar salmog’i 2023- yilda 90.2 foizni tashkil etgan. Foizli xarajatlarning asosi qismi depozitlar bo’yicha foizli xarajatlarga to’gri keladi va u 2023 yilda 38.4 foizni tashkil etgan. Foizsiz xarajatlar ham 2023-yilda o’sish tendensiyasiga ega. Ko’rsatilgan xizmatlar va vositachilik haqlari bo’yicha xarajatlar 2023-yilda 3.1 foizni tashkil etgan. 5. “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l filiali tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi Respublika tijorat banklari bir holda o’z tarkibiy tuzilmalarida qimmatli qog’ozlar bo’yicha fond bo’limlari yoki boshqarmalariga egadirlar, ular fond qimmatliklari bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan turlicha operatsiyalarni – bankning o’z qimmatli qog’ozlari emissiyasini tashkil etishdan tortib investitsiya muassasalariga xos bo’lgan barcha operatsiyalar majmuini bajaradi. Bunda fond bo’limlari bevosita bank operatsiyalarini qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni uygunlashtirishi (masalan, veksellar hisobini yuritish), shuningdek, investitsiya muassasalari uchun xos bo’lgan operatsiyalar bilan birga amalga oshirishi mumkin. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini shartli ravishda uchta: emissiya, investitsiya va vositachilikyunalishiga ajratish mumkin. «Agrobank» ATBning qimmatli qog’ozlar bozoridagi faol ishtirokini shu bilan izohlash mumkinki, bugungi kunda u sarmoya mikdori likvidlilik va barqarorlilik bo’yicha yagona raqobatbardosh investorlardan biri hisoblanadi. «Agrobank» ATBvositachilik faoliyatini olib borgan holda boshqa iqtisodiy agentlarga nisbatan 30 ko’proq imkoniyatlarga ega. Banklarning yana bir ustunligi shundaki, ular iqtisodiy xatar, bozordagi ahvolni malakali tahlil qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tish moliyaviy resurslarning fond bozorida tijorat banklarining faol ishtirokida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ko’zda tutadi. Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning valyutalari qiymatining o’zaro nisbatini o’lchashni talab etadi. Shu sababli valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementi hisoblanadi. Valyuta kursining zaruriyati quyidagilarda ifodalanadi: – tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda, kapital va kreditlar harakatida valyutalarni o’zaro almashtirish uchun bunda, eksporter kelib tushgan chet el valyutasini milliy valyutaga almashtiradi. Chunki boshqa mamlakatlarning valyutalari mazkur davlat hududida qonuniy xarid qilish va to’lov vositasi sifatida muomalada aylana olmaydi. Importyor chet eldan sotib olgan tovarlarini to’lash uchun milliy valyutani chet el valyutasiga almashadi. Qarzdor esa qarzini to’lash uchun va tashqi qarzlar bo’yicha foizlarni to’lash uchun chet el valyutasini sotib oladi; – jahon va milliy bozor baholarini taqqoslash, shuningdek, milliy va chet el valyutalarida ifodalangan turli mamlakatlarning baho ko’rsatkichlarini taqqoslash uchun; – firma va banklarning chet el valyutasidagi hisob varaqlarini vaqti-vaqti bilan qayta baholash uchun valyuta kursi zarur. Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarda ifodalangan bahosidir. Tashqi valyuta kursi almashuv qatnashchilari uchun valyuta bozoridagi talab va taklif nisbati orqali aniqlanadigan bir valyutani boshqasiga qayta hisoblash koefitsientidir. Biroq valyuta kursining qiymat asosi bo’lib valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi. “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l filiali o’z mijozlari bilan quyidagi operatsiyalarni bajarishda hamkor hisoblanadi: - “TOD”, “TOM”, “SPOT” shartlari bo’yicha chet el valutasini sotib olish va sotish; 31 - naqd xorijiy valutani sotib olish va sotish; “SWAP” bitimlarini tuzish; - mablag’larni jalb qilish / joylashtirish; - belgilangan limitlarda va yoki ta’minotda banklararo kreditlarni berish; - erkin almashtiriladigan valutada va O’zbekiston Respublikasi milliy valutasida banklararo kreditlarni jalb qilish. Valyuta operatsiyalari quyidagi amaliyotar orqali amalga oshiriladi: 1) Valyuta ayirboshlash shaxobchasi (VASh) ga pul berilganda: Dt-10103-000 (so’m uchun)/840 (dollar uchun)- VASh dagi naqd pullar Kt-10101-000 (so’m uchun)/840 (dollar uchun)-aylanma kassadagi naqd pullar 2) naqd chet el valyutasi sotib olinganda: AQSh dollarda: Dt- 10103- 840- VASh dagi naqd pullar Kt-17101- 840 – Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i So’mda: Dt-17101- 000– Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i Kt-10103- 000- VASh dagi naqd pullar Agar naqd chet el valyutasi sotilsa: Dt-17101- 840 – Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i Kt-10103- 840- VASh dagi naqd pullar So’mda: Dt-10103- 000- VASh dagi naqd pullar Kt-17101- 000– Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i12 Valyutaaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir. Konvvertirlanganlik - darajasiga ko’ra valyuta kursi 3 ga bo’linadi. - erkin «suzib» yuruvchi - cheklangan darajada «suzib»yuruvchi. - qayd etilgan valyuta kurslari. 12 A.A Omonov, T.M. Karaliyev – “Banklarda buxgalteriya hisobi” 2015 32 Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo’lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o’zgarib turishi mumkin. Masalan. AQSH dollori, Yaponiya ienasi, Angliya funt stirlingi; Yevro kabi valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi. Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o’zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o’zgarishiga bog’liq. Misol uchun ko’pchilik mamlakatlar o’z valyutalarini AҚSH dollariga, Eropa mamlakatlarining “euro”siga va boshqa boshqa xorijiy valyutalarga bog’laydilar. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o’z valyutalarining tebranish chegarasini o’zlari hamkorlik kilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. Har qanday baho kabi valyuta kursi valyutaga talab va taklif ta’sirida asosiy qiymatidan (ya’ni valyutaning xarid qilish qobiliyatidan) nari-beri siljiydi. Bunday talab va taklifning o’zaro mosligi bir qator omillarga bog’liq. Valyuta kursining ko’p omilliligi uning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan bog’liqligini, jumladan, qiymat, narx, pul, foiz, to’lov balansi va boshqalar bilan bog’liqligini aks ettiradi. Shuningdek ularing murakkab biri kuvi va ba’zi omillarning eng muhim omil sifatida yuzaga chiqishiga olib keladi. Bu omillar ichida quyidagilarni ko’rsatish mumkin. Valyutalarning xarid qobiliyatlari bo’yicha ularning o’zaro nisbati o’zida qiymat qonunini aks ettirib, valyuta kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valyuta kursiga inflyasiya sur’atlari ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatda inflyasiya darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, milliy valyuta kursi shunchalik past bo’ladi, (agar boshka omillar qarshi tasir ko’rsatmasa). Bank operatsiyalarining 60-70%ni dollarda, yevroda amalga oshirilishi shu valyutalarga bo’lgan talab va taklif masshtablarini belgilaydi. Valyuta kursiga valyutaning xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilish darajasi ham ta’sir ko’rsatadi. 90yillar boshida xalqaro to’lovlarning 55%ni neft, uchun hisob-kitoblarning 86-90%ni, tashqi qarzdorlikning 70% i dollarda amalga oshirilgan. SHu sababli, davriy neftga narxning o’sishi, hattoki dollarning xarid qilish qobiliyati tushgan sharoitlarda ham 33 davlat qarzlari bo’yicha to’lovlarning o’sishi dollar kursining ko’tarilishiga imkon beradi. O’zbekiston Republikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga muvofiq O’zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog’liq barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta operatsiyalarini o’tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo’lgan tijorat banklari vakolatli bank hisoblanadi. 6. “Agrobank” ATB Qorako’l filialining yangi xizmat turlari va uning qo’llanish amlaliyoti “Agrobank” ATB pul muomalasini “O’zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risida”gi yo’riqnomaga asosan tashkil etiladi. “Agrobank” ATB va ularning filiallari mijozlarning naqd pullarga bo’lgan talabini o’z vaqtida qondirish uchun majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar. Naqd pul muomalasi — tovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xo’jalik yurituvchi subyektlar va banklar o’rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda banknot va tanga ko’rinishida naqd pullarning uzluksiz harakati. Naqd pul zaxirasi — aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo’lgan talablarini o’z vaqtida va to’liq qondirilishini ta’minlash maqsadida banklarda tashkil etilgan banknot va tangalarning zaxirasi. “Agrobank” ATB naqd pul muomalasining holatini muntazam ravishda o’rganadi va tahlil qiladi, shuningdek aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo’lgan talablari o’z vaqtida qondirilishini ta’minlaydi. 34 “Agrobank” ATB: bank kassalarida amalga oshirilgan naqd pullarning kirim va chiqim amaliyotlarini tahlil qilishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan kassa ramzlaridan foydalanadi; bank kassalariga kirim qilingan naqd pullarni filiallar, mijozlar va kirim manbalari bo’yicha doimiy ravishda monitoring qilib boradi; naqd pullar zaxirasini tashkil etadi va zarur bo’lganda ulardan foydalanadi; mijozlarning naqd pulga bo’lgan talablarini amalga oshirish uchun bank kassalarida naqd pullarning yetarli miqdorda bo’lishini ta’minlash choralarini ko’radi. Respublikamizda soʻnggi yillarda bank tizimini rivojlantirish, ayniqsa, sohaga zamonaviy IT-texnologiyalarni keng joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish qaratilgan konstruktiv choralar koʻrilmoqda. Bu boradagi jarayonlar joriy yildan boshlab yana-da tezlashtirildi. Bu bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlab oʻtganidek, "Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qoʻllash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy taʼminotlar boʻyicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda. 2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi amalga oshirilmoqda. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida eʼtiborimiz markazida boʻladi". Zero, davlatimiz rahbari aytib oʻtganidek, “Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga oʻrgatishdan iborat”. Bu yoʻlda banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy taʼminotini tubdan yangilash, “kredit tarixi” axborot tizimini toʻliq ishga tushirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, izchil amalga oshirilyapti. Shularga uygʻun tarzda bugungi kunda mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy xizmatlar holatini yaxshilash, qulay va zamonaviy xizmatlarni joriy etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Respyblikadagi epidemiologik holat barqarorlashgandan soʻng fuqaro (pensioner) Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga murojaat 35 qilgan holda, oʻz xohishiga koʻra pensiya pulining maʼlum bir qismini naqd pul koʻrinishida olishi mumkin. Hozirda pensionerlar uchun kartadagi mablagʻlarini bankomatlardan bepul naqdlashtirish, shuningdek, toʻlovlarni naqd pulsiz amalga oshirishlari uchun barcha hududlarda tegishli toʻlov infratuzilmasi yaratilgan. Toʻlovlarni masofadan onlayn tarzda toʻlash imkoniyati ham bank kartalaridan foydalanishning oʻziga xos qulayligi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi bank-moliya tizimida soʻnggi yillarda aynan shunday zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash sohada birmuncha qulaylik va yangiliklar yaratayotgani shundan dalolat beradi. Jumladan, yurtimizda mijozlarga taklif etilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan “Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobilbanking” shakllari mijozlar tomonidan keng foydalanilmoqda. Sababi, ularning barchasi har ikkala tomonning oʻzaro manfaatli sheriklik asosida faoliyat yuritishida qoʻl kelmoqda. Xususan, Agrobank ham mana shu turdagi masofaviy bank xizmatlarini mijozlarga taklif etib kelmoqda. Bankning “Agrobank.uz” sayti va “AgroMobile” mobil ilovasi orqali mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatilmoqda. Tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni soʻnggi 7 yil ichida salkam 83 barobarga oshgan. Yaʼni 2011yil 1-yanvar holatiga koʻra 24 545 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yil 1-yanvarga kelib bu koʻrsatkich 2 042 111 nafarga yetgan. Shuningdek, internet tarmogʻidan foydalanayotgan aholi soni ham keskin koʻpaymoqda. Bu esa masofaviy xizmatlar koʻrsatish tizimi zimmasiga yana-da katta vazifalar yuklaydi. Binobarin, xalqaro standartlarni qoʻllagan holda texnologik platformani modernizatsiyalash natijasida plastik karta egalariga elektron tijorat SMSxabarnomalari, pul oʻtkazmalari va shu kabi boshqa zamonaviy xizmat turlarini joriy etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, texnologik platforma mobil aloqa 36 yoki internet mavjud boʻlgan har qanday joyda plastik kartochka boʻyicha tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, mamlakatimizda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qoʻllanish doirasi kengayib boryapti, tadbirkorlar oʻrtasida keng ommalashib, tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni birgina 2017-yilning oʻziga kelib 2 milliondan oshib ketdi. Vaholonki, bu koʻrsatkich 2011-yilda 25 ming nafarga ham yetmasdi. Joriy yilda esa foydalanuvchilar soni keskin koʻpaydi(bu boʻyicha aniq statistikani topishning imkoni boʻlmadi). Masofaviy bank xizmatlari ulardan foydalanadigan mijozlarning huquqiy maqomiga koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarga moʻljallangan masofaviy bank xizmatlariga tavsiflanishi mumkin. Hozirda yuridik shaxslarga “Korporativ internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi zamonaviy xizmatlar koʻrsatilmoqda. Yuridik shaxslar uchun “Internet banking” xizmati koʻlamini kengaytirish ham doimiy eʼtiborda turibdi. “Agrobank” ATB ning amalga kiritilgan tariflariga muvofiq, “Korporotiv internet banking” xizmatiga ulanish hamda “e-key” xavfsizlik kalitlarini taqdim etish bepul. Oylik abonent toʻlovi esa eng kam ish haqining 20 foiz miqdorida belgilangan. Masalan, bu borada “Agrobank” ATBning 2018-yilning 1-fevral holatiga koʻra mazkur moliya muassasasining “Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanuvchi mijozlar soni 2998 nafarni tashkil qilgan edi. Ularning soni yildan yilga oʻsib boryapti. Buning afzalliklari nimada? Gap shundaki, “Korporotiv internet-banking” xizmatidan foydalangan holda, mijozlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishi mumkin: - Bank muassasasiga kelmagan holda, toʻlovlarni masofadan, uydan yoki ofisdan bajarish; - Mijozga zarur boʻlgan kunlik, oylik va yillik hisobotlarni (htms, xls) chiqarish hamda chop etish; 37 - Koʻp foydalanadigan maʼlumotlar, sana, valyutalar kursi va bank amaliyot kuni va tizimi maʼlumotlarini onlayn kuzatib borish; - Toʻlov topshiriqnomalarining saqlangan tayyor shablonlaridan foydalanib, toʻlovlarni tezkor ravishda bajarish; Yuridik shaxslar uchun “SMS-xabarnoma” xizmati uchun tarif miqdorlari “Toʻliq xizmat”, “Qoldiq xizmat” kabi turlarga tabaqalashtirilgan boʻlib, oylik abonent toʻlov mos ravishda eng kam oylik ish haqining 15, 10 va 5 foiz miqdorida belgilangan. Bundan tashqari, "Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi toʻlov tizimlari faoliyatlari tashkil etilgan va ular koʻmagida uyali aloqa operatorlari, kommunal toʻlovlar, internet provayderlar xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish, savdo-servis korxonalariga pul mablagʻlarini oʻtkazish bevosita bank hisobidan internet-magazinlardan onlayn xaridlarni amalga oshirish hamda kartadan-kartaga mablagʻ oʻtkazish imkoniyatlari yaratildi. Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh mablagʻlarini bank sektoriga jalb etish hamda bank daromadliligini oshirish va xizmat turlarini koʻpaytirish maqsadida mamlakatimiz banklarida “Internet-banking”, “Bank mijoz”, “SMSBanking” va “Mobil-banking”, ular uchun moʻljallangan “Click”, “MBANK”, “UzCard”, “UPAY”, “Payme” ilovalari yana-da rivojlantirilmoqda. Bularning barchasi mijozlar bank uchun emas, balki bank mijozlar uchun tamoyilini masofadan turib ham taʼminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Elimizning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilish esa eng asosiy vazifadir. 38 XULOSA “Agrobank” ATB yurtimizda eng yetakchi banklardan biri hisoblanadi hamda u jahon standartlariga mos keluvchi, o’zining puxta o’ylangan strategiyalariga ega tijorat banki hisoblanadi. Ushbu ishlab chiqarish amaliyotini “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l filialidan o’tar ekanman, bankning aksariyat mijozi jismoniy shaxslar hisoblanadi. Mazkur mijozlar aholining nisbatan daromadi yuqoriroq qismi hisoblanadi. Fikrimizcha, aynan bu omil bankdagi mablag’lar aylanuvchanligini, likvidlilikni, qolaversa bankning samaradorlik ko’rsatkichlariga o’zining sezilarli ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Sababi daromadi yuqori aholini bank to’lovga qobilligini ijobiy baholaydi va natijada bank bilan mijoz o’rtasida mustahkam ishonch yuzaga keladi. Shunda bankning kredit qo’mitasi tomonidan bankka murojaat qilgan ko’plab mijozlarning murojaati ro’yobga chiqadi. Qisqacha aytganda, bank mahsulotlariga bo’lgan talab ham, bank mahsulotlarining taklifi ham bir tekisda oshadi. Bu esa bankda barqarorlikni va raqoatbardoshlikni ta’minlaydi. Banklarda buxgalteriya hisobi kursini nazariy jihatdan o’zlashtirgandan so’ng, ushbu bilimlarni “Agrobank” ATB Buxoro viloyati Qorako’l filiali misolida amalda guvohi bo’ldik. Bankda bo’limlar turli xil va ular barchasi birgalikda bitta maqsadni ko’zlashadi, u ham bo’lsa – foyda olish. Shunday ekan, bajargan ishlar va amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi yuritilmas ekan, har xil mavhumliklar va tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bankda buxgalteriya hisobi o’ta muhim va bankning ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, bankda har bir xodim ma’lum bir hujjatni rasmiylashtirayotganda mas’uliyat bilan yondoshishi hamda amaldagi me’yoriy hujjatlarga zid bo’lmagan ravishda bajarishi lozim hisoblanadi, boisi bunda nafaqat bank manfaati, balki mijozning ham manfaati mavjud ekanligini unutmaslik joiz. Bankdagi har bir operatsiyalarni bajarganda ularni ro’yxatga olinishi hamda buxgalteriya hisobining yuritilishi va operatsiyalar tugaganidan so’ng ular bilan bog’liq tegishli hujjatlarning arxivda saqlanishini guvohi bo’ldim. 39