Mustaqil ish mavzulari 1. Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi 2. Kompyuter tarmoqlari va ularning elementlari 3. Kabel turlari va ularning qo‘llanilishi 4. OSI va TCP/IP modullari: vazifalari, o‘xshashlik va kamchiliklar 5. Tarmoq hujumlar va zaifliklar 6. Simsiz tarmoq zaifliklari 7. Tarmoqning asosiy taxdid manbalari 8. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar 9. Tarmoq darajasida xavfsizlik mexanizmlari 10. Penetration Testing 11. O‘z DSt ISO/IEC 27033 standart guruhlari 12. Kiberxavfsizlik sohasiga oid qonun hujjatlari tahlili 13. Xavfsizlik siyosati va modellari 14. Tarmoq skanerini tadqiq qilish 15. Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechimlari 16. Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari 17. Ilova sathida inkapsulyatsiya va dekapsulyatsiya 18. Ilova sathi protokollari: SNMP, RSTAT, RWHONFS, SMB, FTP, TFTP, HTTP, LPD 19. Ilova sathi protokollari: NTP, DHCP, BOOTP RLOGIN, REXEC, RSH, Telnet, SSH 20. Ilova sathi protokollari: VNC, RDPX-Windows, RTP, RTSP, VoIP 21. Ilova sathi protokollari: TACACS 22. Ilova satxi xujumlari va risklari 23. SSL va SSH protokollarining xavfsizlik tahlili 24. Kanal sathida ma’lumotlar oqimi 25. Kanal sathida tartibsiz rejim hujumlari 26. Kanal sathi protokollari: FDDI, LAPF, PPP, Carrier Sense Multiple Access/Collision Detection 27.Kanal sathi protokollari: MAC va LLC, AppleTalk Address Resolution Protocol (AARP) va the multilink protocol (MP) 28. Tarmoq identifikatsiyasi va autentifikatsiyasi protokollari 29. Kanal sathida uchraydigan xujumlar taxlili 30. SLIP va PPP zaifliklari 31. ARP va RARP protokollari 32.ARP Poisoning hujumlari 33.ARP Poisoning hujumini oldini olish usullari 34. SMTP protokollari zaifliklari: qalbaki elektron pochta xabarlari, spam, mail loglari 35. HTTP protokolining asosiy risklari 36. URL Exploitation dan foydalanib amalga oshiriladigan hujum turlari 37. DNS protokoli risklari 38. Seans sathi umumiy risklari 39. Transport sathi protokollari 40. Transport sathi umumiy risklari 41. UDP va TCP protokollari zaifliklari 42. Seans sathida ijtimoiy xavf-xatarlar 43. Marshrutlash va uning xavflari 44. Tarmoq sathida adreclash usullari 45. Fragmentlash va uning xavflari 46. Quality of service xujumlari 47. Tarmoq sathida xavfsizlik 48. Seans sathida texnik xavf-xatarlar 49. IDS/IPS tizimlari 50. Transport sathida mavjud hujumlarni kamaytirish usullari Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha talablar Mustaqil ishlar har bir talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. O‘quv kursi davomida talabalar tomonidan 1 ta mustaqil ish topshiriladi. Har bir berilgan mustaqil ishni bajarish uchun yetarlicha muddat beriladi. Berilgan mustaqil ishni bajarishda talabalar tomonidan ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Agar mustaqil ishni bajarishda ko‘chirmachilik holatlari kuzatilsa, talabaga ushbu ish uchun ajratilgan kredit foizi berilmaydi. Mustaqil ishni bajarishda talabalarni mustaqil fikrlash qobilyatiga egaligi, ishni to‘liq va ravon bajarganiga alohida e’tibor beriladi. Talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlar lms.tuit.uz tizimiga elektron ravishda yuboriladi va talabalardan himoya qilish talab etilmaydi. Mustaqil ish referat ko‘rinishida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirish qoidalari: 1. Referat varog‘i tepadan – 2 sm, pastdan – 2 sm, chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1.5 sm. Raqamlash past va o‘rtadan. 2. Birlik interval – 1,5 sm, abzas – 1,25 sm. 3. Referat matni faqat Times New Roman – 14 shriftida bo‘lishi lozim. 4. Qandaydir skaner qilib olingan ma’lumotlardan foydalanish taqiqlanadi (formulalar, jadvallar, rasmlar va boshqalar). 5. Jadvallar: jadvallar ketma-ket raqamlanadi; albatta jadval nomi va raqami bo‘lishi lozim; referatda “jadval” so‘zini to‘liq yozish lozim; jadval nomi va uning tarkibi markaz bo‘yicha tekislanib yoziladi; 6. Rasmlar (diagrammalar): rasmlar va diagrammalarni raqamlash ketma-ket amalga oshiriladi; albatta rasmlarni (diagrammalarni) nomi bo‘lishi lozim; referatda rasm va diagrammalar uchun rasm (rasm) so‘zidan foydalanish lozim; rasmlar (diagrammalar) markazlashtiriladi va uning tagidan nomi yoziladi; 7. Referat uchta qismga bo‘linishi kerak: Kirish, Asosiy qism, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Mustaqil ish uchun ajratilgan kredit miqdori 100 foiz holatda olinib, quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi: 1. Bajarilgan mustaqil ishning berilgan mavzuga mosligi: 50 %. 2. Mustaqil ishda yangi adabiyotlardan va ilmiy maqolalardan foydalanilganligi: 20%. 3. Bajarilgan mustaqil ishda talabaning yakuniy xulosasining mavjudligi: 20%. 4. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi: 10%.