Uploaded by nishonboy1972

Амалиёт=ХИСОБОТИ

advertisement
Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini
yuritish markazlari tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Fermer
xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari
ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori imzolandi.
Hujjat prezidentning 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3574 sonli «Paxta xom ashyosi
va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish
chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroridan kelib chiqib va fermer xo‘jaliklarida
hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni yanada
takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
Unga ko‘ra, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston fermer,
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman fermer, dehqon
xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida Fermer xo‘jaliklarida
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tashkil etish taklifi
ma'qullangan.
Markazlar yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, bankdagi hisob raqamlariga,
shaxsiy g‘azna hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega
bo‘ladi.
Markazlar tomonidan fermer xo‘jaliklariga quyidagi asosiy xizmatlar
ko‘rsatiladi:
- fermer xo‘jaliklari bo‘yicha buxgalteriya hisobi yuritish;
- fermer xo‘jaliklari ishchilariga ish haqi va undan majburiy ajratmalar ajratish;
- mavsum yakuni bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining asosiy vositalari, tovarmoddiy zaxiralari, pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari
invertizatsiyadan o‘tkazish;
- soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik bo‘yicha
solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy
to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etish;
- moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish va ularning tegishli organlarga
taqdim etilishini tashkil etish;
-fermer xo‘jaligining yil yakuniga ko‘ra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish
va keyingi yilga biznes reja tuzishda amaliy yordam berish.
Markazlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari,
fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan a'zolik badallari va pullik xizmatlar
ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Bunda, ish haqi va unga tenglashtiriladigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi
Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Har oy yakuni bo‘yicha xodimlarga, ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab, oylik
ish haqining ikki baravarigacha miqdordagi mukofotlar va boshqa xarajatlar
fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan a'zolik badallari va boshqa
daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Kengashga paxta xom ashyosi va boshoqli dondan boshqa mahsulot
yetishtiruvchi hamda a'zolik badalini o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan, yer, suv va
boshqa resurslardan unumli foydalanayotgan hamda moliyaviy imkoniyati
cheklangan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek buxgalteriya
hisobi va hisobotini yuritish izdan chiqqan ayrim xo‘jaliklarda hisobotini
yuritishni ma'lum muddatga bepul amalga oshirish to‘g‘risida tavsiya kiritish
vakolatini berish haqidagi takliflari ma'qullangan.
O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi,
Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi Kengash bilan birgalikda fermer xo‘jaliklariga
biriktirilgan yer maydonlarini xo‘jaliklarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib,
ekin turlari va konturlari kesimida ikki oy muddatda xatlovdan o‘tkazib, fermer
xo‘jaliklarining yer maydonlari bo‘yicha yagona elektron ma'lumotlar bazasini
shakllantiradi.
Download