Uploaded by nasikokhaytbaeva

11

advertisement
Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi
bosqichi
Tеatr san`ati bolalar uchun tushunarli va o‘zi ijro eta oladiganan san`at turi,
chunki uning asosida o`yin yotadi. Tеatr tomoshabinga badiiy so`z, хattiхarakat,rang, musiqa bilan ta`sir qo`rsatadi. Bolalarda yoshligidanoq tеatrga
qiziqishini shakllantirish kеrak, tеatrga borish, tеatrlashtirilgan o`yinlarda, qiyin
bo`lmagan spеktakllarda ishtirok etishi juda muhim. bolalarning o`yinga bo`lgan
ehtiyoji juda erta namoyon bo`ladi. 2-3 yoshdanoq bolalar qiziqish bilan maymoq
ayinqni, qo`rqoq qo`yonni, ayyor tulkini taqlid qilib ko`rsatadilar. Ular osonlik
bilan bir obrazdan ikkichi obrazga kirishadilar. Ularning хarakatlari taqlid qilish,
immitatsiya хaraktеrida, shu bilan birga juda emotsional.
Sahnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi: sahnalashtirish faoliyati
vositasida bolalrning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantairishdir.
Sahnalashtirish faoliyatining vazifalari:
1. Sahnalashtirish faoliyatida bolalar ijodiy faolligini oshirish uchun
shartsharoitlar yaratish (ijodiy ijrolarni rag‘batlantirish, qobiliyatini rivojlantirish,
sahnaviy chiqishlarda erkin va dadil o‘zini tutish, mimika, erkin xarakatlar,
intonatsiyalar va x.k. vositalari orqali improvizatsiyni paydo qilish )
2. Bolalarni teatr madaniyatiga jalb etish (teatr tuchunchasi bilan, teatr
janrlari bilan , qo‘g‘irchoq teatri bilan tanishtirish.)
3. Pedagog teatrni boshqa faoliyat turlari bilan xamkorligini ta‘minlashi
(musiqa mashg‘ulotlari, jismoniy xarakatlar vaqtida, ekskursiyalar va boshqalar
bilan)
4. Kattalar va bolalar bilan xamkorlikda ishlashi uchun sharoitlar yaratish(
otaonalar, xamkasb va katta gurux bolalari xamkorligida kichik gurux bolalariga
spektakllar namoyish etish )
5. Kichik yoshdagi bolalarga xurmat va o‘zini – o‘zi tushunishi uchun
yaxshi mikroklimat yaratish.
Kichik yoshdagi bolalar
— namoyishlardan minnatdor bo‘ladigan
tomoshabindir. Asosiysi, ota-onalar bolalarni qaеrga va qanday maqsadda olib
borganliklarini tushunishlari kеrak. Хaqiqiy tеatrga bolalarni (masalan 2-3 yoshli
bolalarni) olib borish хali erta. Bolalar spеktakllari rеpеrtuarlari, qoida bo`yicha,
bu yoshdagi bolalarga mo`ljallanmagan. Shuning uchun tеatrni uyda yoki bolalar
bog`chasida tashkil etishni maslaхat bеramiz. Uch yoshgacha bolalarga oddiy
bolalar qiziqib o`ynaydigan o`yinchoqlar bilan tomoshalar qo`ysa bo`ladi.
Yangi o`yinchoqlar (qo`g`irchoq, kuchukcha, ayiqcha va х.k.) bolalarda
zavq, qiziqish, хayratlanish хislarini uyg`otadi.
Bolalarbog`chasida bolalar teatrini nimadan boshlash kerak? Bolalarni
teatrlashtirilgan o`yin faoliyatiga jalb qilish kerak, uning uchun tarbiyachi rejisyor
bo`lishi va teatr tashkil eta olishi lozim. MTMda bolalar oddiy vaziyatlarni
o`yinchoqlar bilan ijro etishi, qo`shiq kuylashi, she`r, ertak, hikoyalar kabi tanish
adabiy asarlarni sahnalashtiradilar.
Yangi qo`g`irchoqni bolaga tanishtirish vaqtida oddiygina syujet o`ylab
toppish
kerak, masalan: kuchukcha adashib qoldi va o`ziga haqiqiy do`st
izlamoqda, qo`g`irchoq — kichkina qizaloq uni yaxshi ko‘rish va parvarishlash
kerak, ayiqcha asaldan ko`p yeganligi uchun oilaviy shifokor yordamiga muhtoj.
Har qanday bola o`yinchoqlar yordamida oddiy xarakatlardan asta-sekin
kichkina qiyin bo`lmagan syujetlarni o`ynashi mumkin. Keyinchalik esa ushbu
syujetlar hayotiy malakaga tayangan holda rivojlanadi. Tarbiyachi ham o`yinga
qo`shiladi va ayrim rollarni ijro etadi, namuna sifatida ko`rsatadi, u yoki bu
vaziyatda xohlagan harakat namunalarini ko`rsatib beradi, o`yin jarayonida
improvizatsiya qiladi, ma`lum bir o`yinchoq nomidan gapiradi, bola fikrlashi,
xarakat qilishi, javob berishi uchun stimul yaratadi.
Bolalar teatri uyda. Uni qanday tashkil etish kerak ? Bolaninig sevimli
o`yinchog`idan ota-onalar uy teatri qahramonini yaratishi darkor, ushbu o`yinchoq
bilan har kuni qiziqarli sarguzashtlar ro`y berishini kuzatish mumkin. Ota-onalar
farzandining o‘yinchoq qahramoni bilan muloqot doirasini boshqa o`yinchoqlarni
qo`shgan xolda kengaytirib borishi maqsadga muvofiqdir.
Bolalar bog`chasida bolalar teatri. Ertaklar asosidagi turli xil teatrlashtirilgan
tomoshalar bolalarni o`ziga jalb etadi, chunki sahna ko‘rinishlari tushunarli va
qiziqarli. Teatrlashtirilgan tomoshalar bolalarda tashabbuskorlikni, mas`uliyatni
shakllantirishga yordam beradi, yaxshi bilan yomonni farqlashni, nutq, mimika,
imo-ishora, muloqot madaniyatini, malakalarini rivojlantiradi, bolani teatr
san`atining sehrli olamiga olib kiradi.
Bog`chada bunday o`yinchoqlar ishtirokidagi improvizatsiya-o`yinlari
"o`yinchoq teatri" deb ataladi. Asosiysi— bolani improvizatsiya dialogiga qo`shish
natijasida, o`yinchoq va bolaning xarakatlari ortadi. Shu asnoda bola
teatrlashtirilgan foaliyatda ma`lum bir o`yin usullarini o`rganadi, tasavvuri,
fantaziyasi faollashadi, ijodkorlik elementlari namoyon bo`ladi.
Bolalarga sahnalashtirish faoliyatida ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda
dramallashgan ertak va o`yinchoqlar ishtirokidagi badiiy asarlar tanlansa maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Tanlangan sahna asarini ijro etish vaqtida asar qahramonlari
gaplashishi, tekstga mos ravishda xarakatlanishi kerak. Badiiy asarlarni
sanxnalashtirishda nafaqat oddiy o`yinchoqlardan, balki stol o`yinchoq teatridan
ham foydalansa tarbiyachi oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi.
Teatrlashtirilgan spektaklni qanday tayyorlash kerak? Tarbiyachi xar bir
qahramon xaqida fantaziya qilish, kichkina xikoya o`ylab topish mumkin. Bu
bolalarda
o`yin
obrazlarini
tasavvurlarini
kengaytiradi.
Bolalarni
ijodiy
mustaqilligini uyg`otish muhimdir, ularga xarakatlarni ko`rsatib berishini taklif
qilish mumkin, masalan; ayiqni yurishi (Ayiqpolvonlar qo‘shog‘ini- ijro
etib),
chumchuqni uchishi(Jajji qushcha-qo‘shig‘ini kuylab), kapalaklarning engil
qanot
qoqishi (Kapalak- qo‘shig‘iga xarakatlar bajarish va ijro etish) va x.k bola
barcha
xarakatlarni mustaqil ko‘rsata oladi. Katta guruh bog`cha bolalari syujet
qahramonlarining kayfiyatini, ruhiy kechinmalarini ko`rsatib bera oladilar.
Ular
yoshligidanoq emotsional ifoda vositalarini egallashi uchun syujet
qahramoni histuyg`ularini, mimika, imo-ishora, emotsiyalarini namoyish eta
olishiga
o‘rganadilar. Personaj rolini o‘rgatish jarayonida mashq qilish yahshi natija
beradi.
Masalan:chipor tovuq oltin tuxum qo`yganida chol va kampirning
quvonganini,
sinib qolganida ularning xafa bo`lganini ko`rsatib berishni taklif qilish
mumkin,
bo`g`irsoqning qo`shig`ini kuylashini (o`ziga ishonch va dadillik bilan,
xayron
bo`lib, quvnoq, xafa bo`lib), yoki bo`rining (qo`rqinchli ovozda) ko`rsatib
berishini
taklif qilish mumkin. Mana shular bolalarni "Obrazga kirishiga" yordam
beradi.
Bolalarning teatrlashtirilgan-o`yinlarga sekin-asta qo`shilishi ijobiy natijalar
beradi. Olti yoshli bola nafaqat ishtirokchi va ma`lum bir rollarning ijrochisi
bo`lishi, balki "rejisyor" sifatida o`zi sahnalashtirishi va mustaqil
"o`yinchoqlar
teatri" yoki qo`g`irchoqlar teari spektakllarini qo`yishi mumkin.
Mumkin, tengdoshlari orasida tanish badiiy asarning syujetlari asosidagi
dramatizatsiyalashgan-o`yinning tashabbuskori va tashkilotchisi bo`ladi,
mumkin,
ma`lum bir sahna obrazining xarakter xususiyatlarini ko`rsatib beradi va
asosiysi,
o`zini ko`rsata olish, muloqot qilish, o`z qahramoniga nisbatan shaxsiy
munosabatini ko`rsatib berish ehtiyojini ro`yobga chiqaradi. Uyda va bolalar
bog`chasida elementar teartlashtirilgan faoliyat bolada teatrga san`at turi
sifatida
qiziqishini shakllanishiga, teatr haqida ma`lum bir tushunchaga ega
bo`lishga, teatr
terminologiyasi, teatr tomoshalarining estetik qabul qilishga olib keladi.
Bolalar uchun o`yin - bu jiddiy ish hisoblanadi va xar bir bola o`yinlari
teatrlashtirilgan o`yinlarga aylanib boradi. E‘tibor bering, bola xaraktlariga:
u o`zi
o`ynadi, o`zi ovoz beradi, o`zining syujetlarini o`ylab topadi yoki tanish
biror
narsani o`ynadi. Shunday bo`lsada uning qahramonlari tanish ertaklar yoki
o`yinchoqlar bo`lishi xam mumkin.
Bolaga son, xarf, tovush kabi abstrakt tuchunchalarni tuchuntirishga xarakat
qilib ko`ring. Bu murakkab. Ammo, tuchunarsiz so`zlarning o`rniga bola
qiziqarli
odamchalar, xayvonchalar, qo`g`irchoqlar, askarchalarni ko`rasiz... Bir so`z
bilan
aytganda, zerikarli o`qish jarayoni quvnoq o`yinga aylanadi. Bolalar katta
zavq
bilan o`ynaydilar. Oldin tushunarsiz boshlgan matematik tuchunchalardan
xaqiqiy
ertakni yaratsa bo`ladi, xarflar esa o`z-o`zidan tanish so`zlarga aylanadi.
Bugungi kundagi bog`cha yoshidagi bolalarni rivojlantirish va ta`lim-tarbiya
berishda eng muvaffaqiyatli metodikalar, dasturlar, bolani rivojlantiruvchi
teatrlashtirilgan o‘yinlarga ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa o`z navbatida kutilgan
natijalarni beradi.
2. TEATR - SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINING SHAKLLARI
Bolalar bog`chasida sahanalashtirish faoliyatini o‘tkazish vaqti
belgilanmagan. Ushbu faoliyat pedagogik faoliyatdan kelib chiqib tashkil
etiladi,
boshqa mashg`ulotlarga chegaralangan tartibda qo`shilishi (musiqa, tasviriy
san`at
va x.k.), shuningdek xaftalik o‘quv jadvalining ona tili va atrof olam bilan
tanishish mashg`ulotlarida rejalashtiriladi.Tashkil etilgan teatrlashtirilgan
o`yinlar
shakli kichik guruxlarga bo`lingan xolda o`tkazilgani ma‘qul, shunda xar bir
bolaga alohida yondashish ta`minlanadi.
Mashg`ulotlarning mazmuniga ko`ra har gal kichik guruhlar turlicha
shakllanishi kerak.
Sahnalashtirish faoliyatining shakillari quyidagi faoliyatlarni o‘z ichiga
oladi:
mashg‘ulotlar, ko‘ngil ochar o‘yinlar, bayramlar, to‘garak ishlari va x.k….
Mashg`ulotlar
Mashg`ulotlar bir vaqtning o`zida bilim olish, tarbiyaviy va rivojlanish
vazifalarini bajarishi darkor, faqatgina tomoshaga tayyorgarlik ko`rish
bo`lmasligi
kerak. Ularning mazmuni, shakli va metodi uch maqsadga erishishi uchun
qaratilgan:
- nutq va teatr-ijrochilik faoliyati ko`nikmalarini rivojlanishiga;
-ijodkorlik muhitini yaratishga;
-bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga.
Bunday mashg`ulotlar mazmuni nafaqat badiiy adabiyot asari yoki ertak
teksti, balki undagi qahramonlarning imo-ishorasi, mimikasi, xarakati,
kostyumi,
mizanstsenasi(spektaklning ayrim paytlarida dekoratsiya va aktyorlarning
joylanishi)bilan tanishib boradilar. Teatrlashtirilgan mashg`ulotlarda bola
quyidagi
ko‘nikma va malakalarni egallaydilar: qo`g`irchoq spektakllarini tomosha
qilish va
ular xususida suhbatlar o`tkazish; o`yin – dramatizatsiyalari; turli ertaklar va
sahnalashtirilgan asarlarni o`ynash; ijroni ifodaliligini shakllantirish uchun
mashqlar (og`zaki va og`zaki emas) bajarish.
Ko`ngilochar o`yinlar.
Bolalar bog'chasida har bir bolaning uyg'un ta'lim berishga katta e'tibor
beriladi. U tasviriy san`at, nutqni rivojlantirish, musiqa mashg`ulotlarida
amalga
oshiriladi. Qo`ngilochar o`yinlar san'atning barcha shakllarini birlashtiradi,
ulardan ijodiy foydalanish imkonini beradi, she'riy so'z, kuy, tasviriy va
badiiy
obrazlarlar bolalarda emotsional hissiyotlarni uyg`otadi. Ko`ngilochar
mashg`ulotlarning ko'p turlari mavjud. Bu teatrlashtirilgan namoyishlar,
konsertlar,
professional
artistlar
ishtirokidagi
spektakllar,
shuningdek,
bolalar
bog'chalari,
tarbiyalanuvchilar, ota-onalar tomonidan tayyorlangan spektakllarni o'z
ichiga
oladi.
Teatrlashtirilgan faoliyat har bir bolaning o'z-o'zini anglashiga va har
birining
o'z-aro xamkorlikni ta'minlashga yordam beradi, kattalar, bolalar teng
harakat
qiladilar.Umuman olganda, spektakl yoki kontsertda bola tabiiy ravishda
kattalarning tajribasini o'zlashtiradi, xatti-harakatlarini qabul qiladi. Bundan
tashqari, o'yin-kulgi va bayramlarda tarbiyachilar bolalarni yaxshi bilib
olishadi,
ularning xarakterlarining o`ziga xos xususiyatlarini, temperamentini, orzu va
istaklarini bilib oladilar. Kichkina shaxsni hurmat qilish, unga g'amxo'rlik
qilish,
kattalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlarga ishonish asosida mikroiqlim
yaratadi.
Bayramlar
Bayramlar, ko'ngilochar o`yinlar hammaga quvonch keltirishi va bolada
badiiy qobiliyatlarini, hissiy sezgirligini, ijodiy faoliyati bilan tanishish
imkoniyatini beradi.
Bayramlar- teatr o`yinining shakli bo`lishi uchun, tarbiyalanuvchilar bilan
kunda tizimli ish olib borishi talab etiladi.Tarbiyachi bola iste`dodini, didini,
ijodiy
faolligini - musiqiy va tasviriy faoliyatda, badiiy nutqda rivojlantib boradi va
olgan
bilimlarini ko`nikmaga aylanishini ta`minlaydi.
Bayram tadbirlari bolaga quvonch berishini, xotirasida uzoq vaqt saqlanib
qoladigan taassurotlar manbai bo‘lishi uchun tarbiyachi ko‘p mehnat qilishi
kerak.
Bu jarayon bolaning axloqiy-estetik xis tuyg`ularning shakllanishining
kuchli
vositasidir. Shu sabali yaxshi tayyorgarlik, yaxshi o`ylangan ssenariy, to‘g‘ri
tashkil etilgan bayram- quvnoqlik, xursandchilik bilan o‘tadi. Bolalar o‘z
mahoratini namoyish eta oladilar. Bolalarda do‘stlik, hamjihatlik, xurmat
kabi
fazilatlar shakillanib boradi.
To`garak ishi
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarning teatrlashtirilgan faoliyatini
tashkil etishning yana bir shakli- to`garak ishidir u quydagi masalalarni xal
etishda
yordam beradi: bolalarning fantaziyasini, tassavvurini, barcha turdagi
xotiralarini,
ijodkorliklarini (badiiy nutq, musiqali-o‘yin, raqs, sahna) va x.k.
rivojlantiradi.
Agarda teatr to`garagi tashkil etilgan bo`lsa, teatr to`garagi rahbari o‘z
xohishi va istagini bildirgan bolalar bilan ish olib boradi. Bunda rahbar
rejisyor
bo`ladi, bolalar esa aktyor vazifasini bajaradilar. Rahbar o`z oldiga maqsad
qo`yadi: bolalar bilan ishlashda - ssenariy, rejisyorlik va sahnalashtirilgan
ish bilan
chegaralanib qolmasadn, bog`chada o`tadigan davri davomida bolalarda
ijodkorlik
qobiliyatini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
To`garakning asosiy mazmuni spektakl ustida ishlashni tashkil etish: bolalar
bilan asar tanlash, mazmunini tahlil qilish, rollarni taqsimlash, o`yinli
mashqlar,
syujetdagi xarakatlarni o`zlashtirishga amaliy va emotsional yordam
beradigan
etyudlar bilan ishlash.To‘garak rahbari tanlangan asarni parchalarga bo‘lib,
yakka
tartibda va jamoa bo‘lib o‘rgatishda syujet qaxramonlarining hissiyotlari,
kechinmalari,
nutqi
va
mimikalari
ustida
ishlaydi.
Spektaklning
sahnalashtirish ishi
esa maxsus mashg`ulotlarda, xaftada bir marotaba 30-40 minut davomida
kunning
birinchi yoki ikkinchi yarmida o`tkaziladi. To‘g‘arak faoliyatida teatrning
barcha
turlaridan foydalanishi va o‘yin ussullarini qo‘llanishi maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Maktabgasha yoshdagi bolalarning teatrlashtirilgan faoliyatini rivojlantirish
masalalaridan kelib chiqib uning mazmuni aniqlandi. Shu bilan birga
to‘garaklarni
tashkil etish shakllari turlicha bo‘lishi mumkin.
Download