Uploaded by musintemur226

To'lov balansining iqtisodiy tahlili taqdimoti

advertisement
TO‘LOV BALANSINING
IQTISODIY TAHLILI
Ma`ruzachilar: Muhammadjonov
Akmaljon Musin Timur Haqnazarov
Bekjon
RE`JA
• 1. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi
• 2. Importni tahlil qilish
• 3. Eksportning tahlil qilish
• 4. Xalqaro savdo to‘g‘risidagi g‘oyalar.
• 5. Savdo balansi.
1. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi
• . To‘lov balansida
norezidentlarga amalga
oshirilgan to‘lovlar va ulardan
tushgan tushumlar qayd etildi.
• To‘lov balansi qo‘llanmasiga
muvofiq (TBQ, 1993 y.),
«to‘lov balansi unda
tizimlashtirilgan ko‘rinishda
ushbu iqtisodiyotning tashqi
dunyo bilan muayyan davrda
amalga oshirilgan iqtisodiy
operatsiyalari haqidagi
ma’lumotlar keltiriladigan
statistika qaydnomasini o‘zida
namoyon etadi».
• To‘lov balansi hisobot davri
mobaynida tashqi savdo qanday
rivojlanganligini, chet eldan qancha
miqdorda daromadlar olinganligini
va chet elga qancha miqdorda
mablag‘ to‘langanligini ko‘rsatadi.
• U xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
qanday kechganligini va mamlakat
xalqaro zaxiralarining darajasi
qanday o‘zgarayotganligini kuzatish
imkonini beradi. To‘lov balansining
makroiqtisodiy ahamiyati
quyidagilardan iborat.
• 1. To‘lov balansi – bu mamlakatning xorijiy sheriklari bilan xalqaro
iqtisodiy munosabatlarini aks ettirishning ixcham (lo‘nda) shakli.
• 2. To‘lov balansi davlat tashqi iqtisodiy aloqalarining ko‘lamlari, tarkibi
va xususiyatini miqdoriy va sifat jihatdan ifodalashni o‘zida namoyon
etadi.
• 3. To‘lov balansi kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, savdo siyosatining
vositalari hamda yo‘nalishlarini tanlash va davlat qarzini boshqarishning
muhim indikatori hisoblanadi. Quyida to‘lov balansida moddalarni aks
ettirishning umumiy qabul qilingan qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
• To‘lov balansini tuzishda amal qilinadigan asosiy qoida – ikki marta yozish
tizimini qo‘llash. Har bir operatsiya bir xil ma’noga, lekin debet bo‘yicha (-)
va kredit bo‘yicha (+) qarama-qarshi belgilarga ega bo‘lgan ikkita yozuv
shaklida aks ettiriladi, ya’ni ayrim moddalar debet moddalari, boshqalari esa
kredit moddalari sifatida aks ettiriladi, masalan
Tovarlar va xizmatlar eksporti Kredit (+)
Tovarlar va xizmatlar importi Debet (-)
Moliyaviy majburiyatlarning oshishi Kredit (+)
Moliyaviy aktivlarning oshishi Debet (-)
Majburiyatlarning kamayishi Debet (-)
Aktivlarning kamayishi Kredit (+).
Real va moliyaviy operatsiyalar. To‘lov balansi real
va moliyaviy oqimlardan tarkib topgan. Real oqimlar –
bu tovarlar va xizmatlar bilan amalga oshiriladigan
(import, eksport, etkazib berish) operatsiyalar mahsuli.
•Transfertlar. Milliy chegaralar orqali beg‘araz
transfertlar bir tomonlama amalga oshirilgan
operatsiyalarni o‘zida namoyon etadi. Faraz qilaylik,
YAponiya hukumati O‘zbekistonga jamoat transporti
uchun bir necha avtobusni topshirdi.
Rezidentlik. To‘lov balansida rezidentlik konsepsiyasi
operatsiya ishtirokchisining millatiga emas, balki
uning iqtisodiy manfaatining markaziga asoslanadi.
Mazkur amaliyot Milliy hisobvaraqlar tizimi (MHT)da
qo‘llaniladi.
2. Importni tahlil qilish
Kichik davlat gipotezasidan foydalanilganda, chet el valyutasidagi
import narxi jahon bozorida aniqlanadi va o‘sha davlatning boshqaruvi
organli tomonidan boshqarilmasligi nazarda tutiladi.
Bu holda import hajmi ichki talab bilan importga bo‘lgan
talab quyidagi formula ko‘rinishida aniqlanadi:
M
Pm
Yd
Pm
,
Py
Py
(4.4.1)
(+) (-)
•BU ERDA:
M – importning qiymati;
Pm – eksportning milliy valyutadagi narxi;
Yd – ichki daromad (yoki ichki talab);
Py – ichki narxlar darajasi.
Import hajmi haqiqiy daromad yoki haqiqiy ichki xarajatlar oshganda
o‘sishi mumkin. Narxlarning raqobatbardoshlik o‘zgaruvchanligi
ularning nisbatan o‘zgarishiga import hajmining reaksiyasini,
chunonchi mos valyutalarda ichki va tashqi narxlarning harakatini,
shuningdek, almashish kursini aks ettiradi.
Importga bo‘lgan talabga daromad va nisbiy narxlardan tashqari
boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kreditning
mavjudligi bevosita import kreditlar taklif qilinganda importga
ta’sir qiladi. SHuningdek, ichki xarajatlar darajasiga ta’sir
etuvchi boshqa kreditlar orqali bilvosita ta’sir etadi.
• Miqdoriy chegarali va import takliflarining
yuqori bo‘lishi importga bo‘lgan talabni
cheklaydi. Prognozlashtirishda shu cheklovchi
omillarning mumkin bo‘lgan o‘zgarishini
hisobga olish kerak. Me’yoriy cheklashning
o‘ziga va uning amalda ta’sir qilishiga ta’sir
qiluvchi asosiy omil bo‘lib chet el valyutasining
yo‘qligi xizmat qilishi mumkin.
3. Eksportning tahlil qilish
1.
U yoki bu davlatning eksport hajmi o‘sha davlatda ishlab
chiqariladigan tovarlarning chet elga etkazib berish qobiliyati, ya’ni
eksportni taklif qilishga, shuningdek, chet elliklarning shu tovarni sotib
olishga bo‘lgan ishtiyoqi, eksportga bo‘lgan talabiga bog‘liq.
Umuman, olganda tahlilni 2 bosqichga bo‘lish mumkin:
1. Davlat ichida ishlab chiqarishni aniqlovchi omillar tahlili;
2. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi eksportga ketishini aniqlash.
Eksport taklifining empirik formulasi
quyidagi soddalashtirilgan tenglamaga
asoslangan bo‘lishi mumkin;
 Px

X
 f
, Yp, GAP 
Px
 Py

(4.5.1)
(+) (+) (-)
Bu erda:
X – eksportning milliy valyutadagi qiymati;
Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi;
Py – milliy valyutadagi ichki narxlar;
Yp – eksport sektorining ishlab chiqarish quvvati;
GAP – qondirilgan ichki talab.
Nisbiy narxning o‘zgarish almashish kurslari, eksport soliqlari yoki
subsidiyalar va ichki zararlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Almashish
kursining pasayishi eksport narxining milliy valyutadagi qiymatlari
o‘sishiga olib keladi va buning natijasida mahsulotni davlat ichkarisida
sotilgan qiymatga nisbatan eksport foydaliligi o‘sadi. SHuningdek,
eksport subsidiyalari ham ayni ta’sirini ko‘rsatadi.
Eksportga bo‘lgan talab
funksiyasini quyidagicha yozish
mumkin:
Bu erda:
x
WD Px  ,
 f
,

Px
 Pw Pn 
(4.5.2)
X – eksportning milliy valyutadagi narxi;
WD – milliy valyutada ifodalangan jahon talabi;
Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi;
Pw – milliy valyutadagi jahon narxlari;
Pn – milliy valyutada ifodalangan eksport raqobatlari va import
o‘rnini bosuvchi talablar narxi.
YUqorida keltirilgan tenglamada shu narsa ko‘rinib
turibdiki, eksportga bo‘lgan talab qisman o‘sha davlat
mahsulotiga bo‘lgan jahon talabi bilan aniqlanadi.
SHuningdek, bu o‘sha davlat eksport mahsulotining qay
darajada sotilishi va o‘sha bozordagi raqobatchilarning
eksport narxining o‘rtacha tortilganligi o‘rtasidagi
nisbatga ham bog‘liq.
Xalqaro savdo
bu turli davlat-milliy xo'jaliklari o'rtasidagi tovar va
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. bu esa eksport va
importda o'z ifodasini topadi.
eksport
import
bu tovarlarni chet ellik
mijozlarga sotish bo'lib,
bunda mazkur
mamlakatlarda ishlab
chiqarilgan tovar
mamlakatdan tashqariga
chiqariladi.
bu eksportdan farq qilib
chet ellik mijozlardan
tovarlar (xizmatlar) sotib
olib, ularni mamlakatga
keltirishni bildiradi.
xalqaro savdoning o'ziga xos xususiyatlari
iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o'rtasida,
mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo'ladi.
har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi.
xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo'lib,
bu ichki savdoga nisbatan qo'llaniladigan tadbirlardan tavsifi
va darajasi bo'yicha sezilarli farqlanadi.
tashqi savdo siyosatining asosiy shakllari
protektsionizm
fritrederlik
tashqi ta'sirdan himoyalash
savdoga to'liq erkinlik berish
boj to'lovlari
tashqi savdoni erkinlashtirish
import kvotalari
tarifsiz to'siqlar
eksportni ixtiyoriy cheklash
tarif va kvotalarni qisqartirish
milliy iqtisodiyotning
ochiqligini yanada kuchaytirish
eksportni rag'batlantirish
usullari
tashkiliy
usullar
• eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko'rsatish
uchun maxsus bo'linmalarni tashkil etish;
• savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;
• - tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko'maklashuv;
• xorijiy mamlakatlarda ko'rgazmalar tashkil etishda yordam ko'rsatish;
• milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo'llab-quvvatlash va h.k.
kreditmoliyaviy
usullari
• eksportga tovarlar etkazib berishni subsidiyalash;
• eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy
kreditlar berilishini rag'batlantirish;
• xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan
sug'urtalash;
• eksportdan olinuvchi foydadan soliq to'lashdan ozod etish va h.k.
to'lov balansi
bu mamlakat rezidentlari (uy xo'jaliklari, korxonalar va davlat)
va chet elliklar o'rtasida ma'lum vaqt (odatda bir yil) oralig'ida
amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining
tartiblashtirilgan yozuvidir.
iqtisodiy bitimlar
qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya'ni tovarlar,
ko'rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir
davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o'tishi
bo'yicha kelishuvlardan iborat. har bir bitim to'lov balansining
debet va kredit qismlarida o'z ifodasini topadi.
E`TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Download