O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Ro’yxatga olindi Vazirlikning 2014- yil “____” _______________________ __________ dagi ______ - sonli 2014- yil “___”____________ buyrug’i bilan tasdiqlangan ZOOLOGIYA FAN DASTURI Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta`lim sohasi: 110000 – Pedagogika Bakalavriat yo`nalishi: 5110400 –Biologiyani o’qitish metodikasi Toshkent – 2014 Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi o‘quv - metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2014 - yil «___» ________ dagi «_______» - son majlis bayoni bilan ma’qullangan. Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ko’rib chiqildi va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi Tuzuvchilar: – Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi professor, biologiya fanlari doktori. Saparov Qalandar – Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi. Toshmanov Nizom – Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi. Mavlonov Ochil Taqrizchilar: – Jizzax DPI “Umumiy biologiya va uni o’qitish uslubiyoti” kafedrasi dotsent. v.b., biologiya fanlari nomzodi. Sh.E.Abduazimova – 1 Respublika tibbiyot kolleji biologiya fani o‘qituvchisi L.Sh.Sanayeva Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O’quv uslubiy kengashida tavsiya qilingan (2014-yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma). Kirish Zoologiyadan fan dasturi uch bo’limdan iborat. Uning birinchi bo’limi hayvonlarlarning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va hayot kechirishi, Yer yuzida tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati hamda umurtqasiz hayvonlar sistematikasi kabi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Dasturning ikkinchi bo’limi gistologiya – hayvonlarning embrional taraqqiyoti, to’qima va organlarini o’rganishga bag’ishlangan. Dasturning uchunchi bo’limi umurtqali hayvonlar sistematikasi va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan. Fanining maqsadi va vazifalari Zoologiya fanni o’qitishdan maqsad hayvonlarning tuzilishi, ko’payishi kelib chiqishi va amaliy ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarning tirik mavjudolarga nisbatan ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularning tabiatga va hayvonot olamiga mehr-muhabbat his – tuyg’usini rivojlantirishdan iborat. Zoologiya fanining vazifasi talabalarga hayvonlar hujayrasi, to’qimalari, organlari va organizmi tuzilishi hamda funktsiyasi, hayvonlarning ko’payishi, rivojlanishi, hayot kechirishi to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish; ularning tabiatda hayvonlarni kuzatish, asosiy sistematik guruhlar va turlarni aniqlay bilish malakalarini rivojlantirishdan iborat. Fanlar bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar «Zoologiya» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: – hayvonlarning asosiy sistematik guruhlari (tip, sinf, turkum, oila, tur)larning o’zbekcha va ilmiy (lotincha) nomlarini, asosiy sistematik guruhlar va turlarning tavsifiy belgilarini, hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, Er yuzida tarqalishi konuniyatlarini, hayvonlarning kelib chiqishi va turli sistematik guruhlar o’rtasida filogenitik munosabatlarni, asosiy zoologik terminlarning mazmunini, embrional taraqqiyot bosqichlarini, to’qimalar xillari va tuzilishini bilishi kerak; – aniqlagich yordamida asosiy taksonomik guruhlar (sinf, turkum, oila, urug’, tur)ni aniqlash, hayvon to’qimalari, ularni klassifikatsiya qilish printsiplari, fanlar bo’yicha ko’p tanlov javobli test topshiriqlarini tuzish va ulardan foydalanish, matematik formula yordamida o’z – o’zini baholash tamoyillari, laboratoriya mashg’ulotlarida ish daftari yuritish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak; – hayvonlar ustida tajriba olib borish, ularni laboratoriya sharoitida saqlash va ko’paytirishni, hayvonlar, ular to’qima va organlaridan vaqtinchalik va doimiy gistologik preparatlar tayyorlashni, noyob va soni kamayib borayotgan turlar va ularni muhofaza qilish tadbirlarini, mikroskop bilan ishlash va doimiy mikropreparatlar tayyorlash malakalariga ega bo’lishi kerak. Zoologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi Zoologiya biologiyaning asosiy fanlaridan bo’lib, 1,2,3,4 – semestrlar davomida o’qitiladi. Dasturni amalga oshirilishi uchun talabalar botanika, tsitologiya, biokimyo, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, embriologiya, geografiya, ekologiya, evolyutsion ta’limot, genetika, fanlaridan o’rta umumiy ta’lim maktablari va litsey, kasb – hunar kollejlari hajmida ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Fanning ta’limdagi o’rni Zoologiya va gistologiya umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida asosiy fan sifatida o’qitiladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida zoologiyaga 68 soat, akademik litseylarda 120 soat ajratilgan. Gistologiya bo’yicha asosiy tushunchalar odam va uning salomatligi (8 - sinf) va umumiy biologiya fanlarida beriladi. Zoologiyadan olingan bilimlar o’quvchilarda Vatanga va tabiatga nisbatan mehr his – tuyg’ularini singdirishda, ularda kasbiy tushunchalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Zoologiyaga oid tushunchalarni talabalar o’zlashtirib olishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, tarqatma materiallar, elektron vositalar, rasmli jadvalllardan foydalaniladi. Laboratoriya mashg’ulotlari uchun o’quv – metodik majmua (talaba ish daftari, tarqatma o’quv materiallari, rasmli topshiriqlar, ko’p tanlov javobli topshiriqlar, o’qituvchi ish daftari) ishlab chiqilgan. Talabalar olgan bilim va ko’nikmalar maxsus matematik formula yordamida baholanadi. 1-bo’lim. Umurtqasizlar zoologiyasi Asosiy qism Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni Hayvonlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar Zoologiya va uni o’rganish tarixi. Zoologiya fanlari sistemasi. Zoologiyaning rivojlanish tarixi. Hayvonlar tuzilishi va hayotining asosiy xususiyatlari, hujayralari, to’qimalari, oziqlanish, nafas olish, ayirish va nerv sistemalari, sezgi organlari, ko’payishi va rivojlanishi. Hayvonlar klassifikatsiyasi. Bir hujayrali hayvonlar kichik olami. Sarkomastigoforalar tipi, umumiy tavsifi. Sarkodalilar sinfi, tuzilishining asosiy xususiyatlari, turkumlarga bo’linishi, ahamiyati. Xivchinlilar sinfi, fitomastiginalar kenja sinfi vakillrining oziqlanishi, asosiy turkumlar evglenasimonlar, fitomonadalar va qalqondorlar. Zoomastiginalar kenja sinfi, parazit xivchinlilarning tarqalishi va ahamiyati. Infuzoriyalar tipi. Tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishning asosiy xususiyatlari, klassifikatsiyasi. Parazit va simbioz yashovchi infuzoriyalarning tarqalishi va ahmiyati. Sporalilar tipining umumiy tavsifi. Gregarinalar va koktsidiyasimonlar sinflari, asosiy turkumlari, ularning rivojlanishi va ahamiyati. Qon sporalilar turkumi, bezgak plazmodiysining rivojlanishi va ahamiyati, tuzilishi hamda hayot kechirishning asosiy xususiyatlari, klassifikatsiyasi. Ko’p hujayrali hayvonlar kichik olami. Ko’p hujayrali hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishning asosiy xususiyatlari, klassifikatsiyasi,kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar. Tuban ko’p hujayralilar. Plastinkasimonlar tipi tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. G’ovaktanlilar tipi tuzilishi, rivojlanishi, ahamiyati. CHuchuk suv g’ovaktanlilari. G’ovaktanlilar tipi sistematikasi, ahamiyati, nazariy ahamiyati. Bo’shliqichlilar tipining umumiy tavsifi. Gidrasimonlar va stsifomeduzalar sinflari vakillarining tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Korall poliplar sinfi. Riflarning hosil bo’lishi, korall poliplarning ahamiyati. Bo’shliqichlilar tipi filogeniyasi. Yassi chuvalchanglar tipi. YAssi chuvalchanglar tuzilishining asosiy xususiyatlari, tasnifi. Kiprikli chuvalchanglar sinfi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi, ahamiyati. So’rg’ichlilar sinfi, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishi. Monogenetik so’rg’ichlilar sinfi, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, asosiy turlarini tarqalishi va ahamiyati. Tasmasimonlar chuvalchanglar sinfi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Odam va uy hayvonlarida parazitlik qiluvchi asosiy vakillari. Chuvalchanglarning parazit yashashga moslashganligi. YAssi chuvalchanglar tipi filogeniyasi. To’garak chuvalchanglar tipi. To’garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi. Nematodalar sinfi. Odam, mahsuldor hayvonlar, qishloq xo’jaligi ekinlarining parazit nematodalari. Ularning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va ahamiyati. Qilchuvalchanglar, kinorinxlar, boshaylangichlilar, qorinkipriklilar sinflari, ularning tuzilishi va yashash tarzi. To’garak chuvalchanglar tipi filogeniyasi. Halqali chuvalchanglar tipi. Halqali chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi. Ko’p tukli halqalilar sinfi, tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, asosiy turlarining suv havzalaridagi ahamiyati. Kam tukli halqalilar sinfi, tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, tuproq hosil bo’lishidagi ahamiyati. Zuluklar sinfi, tuzilishi, parazit yashashga moslashishi, asosiy turkumlari, ahamiyati. Halqali chuvalchanglar tipi filogeniyasi. Bo’g’imoyoqlilar tipi. Bo’g’imoyoqlilar tipining umumiy tavsifi, kenja tiplari. Jabra bilan nafs oluvchilar kenja tipi. Qisqichbaqasimonlar sinfi, tuzilishi, ko’payishi, tasnifi, ekologiyasi. Jabraoyoqlilar, maksillopodiyalar, oliy qisqichbaqasimonlar kenja sinflari, asosiy turlarining ahamiyati. Xelitseralar kenja tipi. O’rgimchaksimonlar sinfi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va ekologiyasi. Asosiy turkumlari: o’rgimchaklar, chayonlar, solfugalar, kanalar va ularning ahamiyati. Traxeyalilar kenja tipi. Ko’poyoqlilar sinfi, tuzilishi va hayot kechirishining asosiy xususiyatlari, ahamiyati. Hasharotlar sinfi, tashqi tuzilishi, yashash muhitiga moslashganligi. Hasharotlarning ichki tuzilishi, hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish va jinsiy sistemalari, nerv sistemasi va sezgi organlari. Hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi. Partenogenez, embrional va postembrional rivojlanishi, bevosita va bilvosita rivojlanishi. Hasharotlar sinfi sistematikasi, kenja sinflari. To’g’ri qanotlilar, termitlar, suvaraklar, ninachilar, tengqanotlilar, qandalalar, bitlar, qattiq qanotlilar, tangacha qanotlilar, parda qanotlilar, burgalar, ikki qanotlilar va boshqa turkumlari. Hasharotlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. Bo’g’imoyoqlilar tipi filogeniyasi. Mollyuskalar tipi. Mollyuskalarning tipining umumiy tavsifi. YOnboshnervlilar kenja tipi, xitonlar sinfi, ularning tuban tuzilishi belgilari. Monoplakoforalar sinfi. CHig’anoqlilar kenja tipi, qorinoyoqli mollyuskalar sinfi, tuzilishi, hayot kechirishi, sistematikasi, tarqalishi va ahamiyati. Ikki pallalilar sinfi, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, tarqalishi. Ovlanadigan ikki pallali mollyuskalar. Boshoyoqli mollyuskalar sinfi, ularning yuksak tuzilishi xususiyatlari, harakatlanishi, nerv sistemasi va sezgi organlari, ko’payishi. Boshoyoqli mollyuskalarning oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati. Mollyusklar tipi filogeniyasi. Ignaterililar tipi. Ignaterililar tipining umumiy tavsifi va asosiy sinflari. Dengiz yulduzlari sinfi vakillarining morfologiyasi va anatomiyasi. Terisi va skeleti, hazm qilish, nerv, ambulaklyar va psevdogemal sistemalari. Dengiz tipratikanlari, ofiuralar, goloturiyalar, dengiz nilufarlari sinflarining asosiy tuzilish xususiyatlari, ahamiyati ignaterililarning filogineyasi. Hayvonlarni o’rganishda foydalaniladigan optik asboblar: mikroskop va lupalarning tuzilishi hamda ulardan foydalanish. Sarkomastigoforalar tipi. Sarkodalilar sinfi. Oddiy amyoba va foraminiferalarning tuzilishi, oddiy amyobaning harakatlanishi va oziqlanishi. Xivchinlilar sinfi. YAshil evglena va volvokslarning tuzilishi, harakatlanishi va ko’payishi. Infuzoriyalar tipi. Tufelka infuzoriyasining tuzilishi, haraktlanishi, oziqlanishi, qisqaruvchi vakuolalarining ishlashi. Bo’shliqichlilar tipi. Gidrasimonlar sinfi. Chuchuk suv gidrasining tuzilishi, haraktlanishi, oziqlanishi va ko’payishi. Koloniya bo’lib yashovchi gidropoliplar. Obeliya polipi koloniyasining tuzilishi, jinsiy va jinssiz ko’payishi. Stsifoid meduzalar sinfi. Aureliya meduzasining tuzilishi, harakatlanishi, oziqlanishi va ko’payishi. Yassi chuvalchanglar tipi. Kiprikli chuvalchanglar sinfi. Oq planariyaning tashqi va ichki tuzilishi, teri - muskul xaltasi. So’rg’ichlilar sinfi. Jigar qurtining tashqi va ichki tuzilishi, hazm qilish, ayirish va nerv sistemalari. So’rg’ichlilarning jinsiy sistemasining tuzilishi va rivojlanish tsikli. Tasmasimon chuvalchanglar sinfi. Qoramol tasmasimonining tuzilishi. To’garak chuvalchanglar tipi. Nematodalar sinfi. Odam askaridasi, terimuskul xaltasi, erkagi va urg’ochisining tashqi va ichki tuzilishi. Halqali chuvalchanglar tipi. Ko’p tukli halqalilar sinfi. Nereisning bosh qismi, dumi va parapodiysining tuzilishi. Kam tuklilar sinfi. Yomg’ir chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi, terimuskul xaltasi, harakatlanishi va refleksi. Bo’g’imoyoqlilar tipi. Qisqichbaqasimonlar sinfi. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi, tana bo’limlari, oyoqlari, tana qoplpg’ichi. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi, hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv va jinsiy sistemalari. Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi. Dafniya, tsiklop, yonlab suzarning tuzilishi va harakatlanishi. Hasharotlar sinfi. Qora suvarak erkagi va urg’ochisining tashqi tuzilishi. Hasharotlar og’iz organlarining xilma-xilligi: kemiruvchi, kemiruvchiso’ruvchi, so’ruvchi, sanchib-so’ruvchi, va yalovchi tipidagi og’iz organlari . Hasharotlarning ichki tuzilishi. Qora suvarakning hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish, nerv va jinsiy sistemalari. Chala metamorfoz orqali rivojlanadigan hasharotlar: chigirtka, beshiktervatar, ninachi va xasvalarning tuzilishi hamda rivojlanishi. To’liq metamorfoz orqali rivojlanadigan hasharotlar. Tut ipak qurti va kolorado qo’ng’izining rivojlanishi. O’rgimchaksimonlar sinfi. Butli o’rgimchakning tashqi va ichki tuzilishi. O’rgimchaksimonlarning xilma-xilligi. Qoraqurt, sariq chayon, falanga va mol kanasining tashqi tuzilishi. Mollyuskalar tipi. Qorinoyoqlilar sinfi. Chuchuk suv shillig’i yoki yalang’och shilliqning tashqi va ichki tuzilishi, harakatlanishi. Ikki pallali mollyuskalar sinfi. Baqachanoqning tashqi va ichki tuzilishining asosiy xususiyatlari. Ignaterililar tipi. Dengiz yulduzlari sinfi. Dengiz yulduzining tashqi tuzilishi, suvtomir sistemasi, harakatlanishi. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: darslik va o’quv qo’llanmalarning boblari va mavzularini o’rganish. Bunday tashkiliy shakl, odatda, birinchi kurs talabalari uchun tavsiya etiladi, chunki bu toifa talabalarda mustaqil tahsil olish tajribasi kam bo’ladi. Bunday ish natijalari laboratoriya mashg’ulotlarida, kollekviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo’yicha tekshiriladi. tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish. Bunda o’qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo’ladi. Tarqatma materiallar hajmi har bir ma’ruza uchun 5-8 sahifa bo’lishiga erishish kerak. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi. o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtrilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg’ulotlari hamda laboratoriya mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’llanilinishi mumkin. o’z –o’zini baxolash orqali bilimni uzluksiz nazorat qilish. Talaba maxsus formula yordamida o’z bilimni o’zi baxolaydi va maxsus nazorat daftariga qayd etib boradi. fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyotlar (monografiya, maqolalar) referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs talabalariga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi. fanlar bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, qo’shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o’rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi. talabalarning ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish. Mustaqil ishning bu shakli barcha semestr talabalariga tavsiya etiladi. faol o’qitish metodidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari. Talabalar tomonidan ta’lim, fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari bo’yicha tayyorlangan faol o’qitish metodlarini (o’yinli texnologiyalar, munozara, seminar va b.q.) qo’llagan dars mashg’ulotlari. avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu esa ma’ruza mashg’ulotlari doirasida ham amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi. Mustaqil ta’limning bunday shakli axborot texnologiyalari keng qo’llaniladigan OTM larida ham qo’llash mumkin. O’quv rejasidagi ayrim fanlar bo’yicha eksternat. Masofaviy ta’lim. Kurs ishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar. Zoologiya fanidan kurs ishlari o’quv yilining 4-semestrida bajariladi. Kurs ishlarining asosiy maqsadi talabalarni mustaqil ishlashga o’rgatish, ular olgan bilimlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashdan iborat. Kurs ishlarini bajarish davomida talabalar ilmiy tadqiqod ishlarini olib borish metodlari bilan tanishishadi; tajribalar, kuzatishlar olib borishadi; foydalanilgan yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilib, ularni xulosalashga o’rganishadi. Kurs ishlari hayvonlar tuzilishi va hayotini o’rganish, faunistik va ekologik kuzatishlar yoki ilmiy manbalarni tahliliy o’rganish asosida bajariladi. Kurs ishlarini baholashda tadqiqodning metodik to’g’ri tashkil etilganligi, tadqiqod natijalari va xulosalarning mantiqiyligi, ilmiy asoslanganligi, ish matnining jadvallar va rasmlar bilan bezatilganligi e’tiborga olinadi. Kurs ishlarining taxminiy mavzulari: 1. Zoologiyaning rivojlanish tarixi va zamonaviy muammolari. 2. Yashash muhiti omillari va hayvonlarning moslanish xususiyatlari. 3. Hayvonlarning ko’payishi va rivojlanishi. 4. Tuproq hayvonlari va ularning amaliy ahamiyati. 5. Parazit xivchinlilar, ularning tibbiyot va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. 6. Sarkodalilarning tuzilishi, ko’payishi va ahamiyati. 7. Odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan bir hujayralilar. 8. Hayvonlarning koktsidioz kasalligi. 9. Baliqlarda parazitlik qiladigan bir hujayralilar. 10. Infuzoriyalarning xilma-xilligi va ahamiyati. 11. Bir hujayralilarning foydali hasharotlar paraziti sifatida ahamiyati. 12. Bezgak parazitining hayot tsikli, tarqalishi va patogen ahamiyati. 13. Infuzoriyalar, ularning patogen ahamiyati. 14. G’ovaktanalilar, ularning ko’payishi va rivojlanishi, suv havzalaridagi ahamiyati. 15. Ko’p hujayrali hayvonlarning tuzilishi va kelib chiqishi. 16. Stsifoid meduzualar, tuzilishi, ko’payishi, tarqalishi va ahamiyati. 17. Koloniya bo’lib yashovchi bo’shliqichlilar, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. 18. Korall poliplar, riflarning hosil bo’lishi va ahamiyati. 19. Jigar qurti, tuzilishi, rivojlanishi va zarari. 20. So’rg’ichlilarning xilma-xilligi, asosiy vakillarning rivojlanishi va patogent ahamiyati. 21. Qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va zarari. 22. exinokokk, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va zarari. 23. O’simliklarda parazitlik qiluvchi bo’rtma nematodalarning tuzilishi, rivojlanishi va zarari. 24. Odam va hayvonlarning askaridoz kasalligi. 25. Odam organizmida parazitlik qiluvchi to’garak chuvalchanglar, ularning patogen ahamiyati. 26. To’garak chuvalchanglar, ularning tuproqda va suv havzalaridagi ahamiyati. 27. Dengiz halqali chuvalchanglari, ularning nazariy va amaliy ahamiyati. 28. Yomg’ir chuvalchanglari, ularning tuzilishi, ko’payishi va tuproqdagi ahamiyati. 29. Halqali chuvalchanglar, ularning suv havzalaridagi ahamiyati. 30. Dengiz qorin oyoqli mollyuskalari, ularning harakatlanishi, ko’payishi, rivojlanishi va ahamiyati. 31. Quruqlik va chuchuk suv qorin oyoqli mollyuskalari, tuzilishining asosiy xususiyati va zarari. 32. Chuchuk suv ikki pallali mollyuskalari, ularning hayot kechirishi va rivojlanishi. 33. Dengiz ikki pallali mollyuskalari, ularning ko’payishi, rivojlanishi va zarari. 34. Foydali ikki pallali mollyuskalar, ularning iqtisodiy ahamiyati. 35. Boshoyoqli mollyuskalar, tuzilishi va hayot kechirishi. 36. Ovlanadigan mollyuskalar, asosiy turlarining iqtisodiy ahamiyati. 37. Qisqichbaqasimonlar, ularning suv havzalaridagi ahamiyati. 38. Plankton qisqichbaqasimonlar, ularning dengiz hayvonlari uchun oziq sifatida ahamiyati. 39. Ovlanadigan qisqichbaqasimonlar, ularning iqtisodiy ahamiyati. 40. O’rgimchaklar, ularning tuzilishi, oziqlanishi va tabiatdagi ahamiyati. 41. Zaharli o’rgimchaksimonlar, ularning tarqalishi va hayot kechirishi. 42. CHayonlar, tuzilishi va hayot kechirishi. 43. Parazit kanalar, ularning tuzilishi, rivojlanishi va kasallik tarqatishdagi ahamiyati. 44. Asalarilar, ularning tuzilishi va o’simliklar uchun ahamiyati. 45. Chumolilar, ularning hayoti va tabiatdagi ahamiyati. 46. Termitlar oilasi tarkibi va hayot kechirishi. 47. O’simliklarda zarakunandalik qiluvchi qo’ng’izlarning hayoti va zarari. 48. Yirtqich qo’ng’izlar, asosiy turlarining hayoti va tabiatdagi ahamiyati. 49. Parazit pardaqanotlilar, ulardan zararkunandalarga qarshi kurashda foydalanish. 50. Shiralar, ko’payishi, rivojlanishi va zarari. 51. Beshiktervatarlar, asosiy turlarining tabiatdagi ahamiyati. 52. Ninachilar, tuzilishi va hayot kechirishi. 53. Ombor zararkunandalari, asosiy turlarining hayot kechirishi. O’quv – dala amaliyotini tashkil etishning shakli va mazmuni. Zoologiyadan o’quv – dala amaliyoti davomida kunning birinchi yarmida talabalar ekskurtsiya o’tkazib, hayvonlarni kuzatishadi va material yig’ishadi. Kunning ikkinchi yarmida yig’ilgan materiallarni o’rganishadi. O’quv-dala amaliyotida talabalar quyidagi ishlarni bajaradi: O’quv-dala amaliyotining maqsadi va vazifalari (kunning birinchi yarmida). Umurtqasiz hayvonlarni yig’ish, fiksatsiya qilish, jonsizlantirish va o’rganish usullari bilan tanishish, hayvonlarni yig’ish. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalarni saralash, sistematik guruhlarga ajratish, kollektsiya tuzish, kundalik va hisobot yozish bilan tanishish. Dukkakli-don o’simliklarda uchraydigan umurtqasiz hayvonlarni o’rganish (kunning birinchi yarmida). Dasht - o’tloq zonasiga ekskursiya uyushtirish, zararkunanda hayvonlar va ular zararlagan o’simliklardan namunalar yig’ish. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalarni xillarga ajratish, momiq to’shakchaga va fiksatorga joylashtirish; aniqlovchi kitob va to’g’irlagich taxtakash bilan ishlashni o’rganish. Daraxt va butazorlar faunasini o’rganish (kunning birinchi yarmida). Daraxt va butazorlar bilan qoplangan tog’ yonbag’rlariga ekskursiya uyushtirish, daraxt va butazorlar bilan bog’liq zararkunanda va yirtqich umurtqasizlarni o’rganish va namunalarini yig’ish. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalarni saralash, fiksatsiya qilish, to’shakchalarga joylashtirish. Aniqlovchi kitob yordamida turkumlar va oilalarini aniqlash. Bog’ va tog’-o’rmon zonasi umurtqasiz hayvonlarini o’rganish (kunning birinchi yarmida). Tog’ yonbag’ridagi mevali va mevasiz daraxtlarda yashovchi hasharotlar va boshqa umurtqasizlardan namunalar yig’ish. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ib kelingan namunalarni saralash, fiksatsiya qilish va saqlash. Hasharotlarning turkumlari, oilalari va ayrim keng tarqalgan turlarini aniqlash. Suv va suv bo’yida yashovchi hayvonlarni o’rganish (kunning birinchi yarmida). Suv havzalarida (daryo, soy, ko’l) va ular yaqinida yashovchi hasharotlardan namunalar yig’iladi. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalarni saralash, aniqlovchi yordamida turkum, oila va turlarga ajratish. Hasharotlar kollektsiyasini tuzish. Asalarilar va tut ipak qurti hayotini o’rganish, o’rgimchaklar ovini kuzatish (kunning birinchi yarmida). Ipak qurti va asalarichilik xo’jaliklarida ipak qurti boqish va asalarilarni parvarish qilish ustidan kuzatish olib boriladi. Kuzatish natijalari yozib boriladi. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalar saralanadi va matrapchalarga joylashtiriladi. Yozgi o’quv-dala amaliyotida bajarilgan ishlar to’g’risida har bir talaba hisobot yozadi va o’quv dala amaliyoti bo’yicha baxolanadi. Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti. Zoologiyani o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. – «Bo’shliqichlilar»ga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va elektron – didaktik texnologiyalaridan foydalaniladi; – «Halqali chuvalchanglar», «Hasharotlar» mavzularini o’rganishda komandalar baxsi musobaqa darsi pedagogik texnologiyasidan foydalaniladi; – talabalar mustaqil o’qishi va ishlashini tashkil etishda ko’p tanlov javobli topshiriqlaridan foydalaniladi; – talabalar reytingi o’z–o’zini baholash texnologiyasi asosida aniqlanadi; – talabalar o’z bilimlarini matematik formula yordamida baholashadi. Didaktik vositalar Rangli rasmli jadvallar Mulyajlar Hul va quruq preparatlar Laboratoriya o`quv – metodik majmuasi Mikroskoplar Lupalar Jarrohlik vannachalar Petri idishlari Pintsetlar Jarrohlik qaychilar Kompyuter Jihozlar va uskunalar, moslamalar: Rangli rasmli jadvallar, Skelet, Mulyajlar, Ho`l va quruq preparatlar, Jarrohlik vannachalar, Petri idishlari, Pintsetlar, Jarrohlik qaychilari. 2-bo’lim. Gistologiya Asosiy qism Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni Gistologiya va embriologiya fani bo’yicha umumiy ma’lumotlar, fanning predmeti va metodlari, boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi. Gistologiya va embriologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, boshqa biologiya fanlari o’rtasida tutgan o’rni. Gistologiya va embriologiya fanining qisqacha tarixi. Gistologiya va embriologiya fani rivojlanishining asosiy davrlari. Gistologiya va embriologiyada eksprimental yo’nalish. Gistologiya fani predmeti, tarixi va o’rganish metodlari. Gametogenez, gametalar tuzilishi Boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi. Gistologiya fanining ahamiyati hamda biologik fanlar o’rtasida tutgan o’rni. Gistologiya fanining qisqacha tarixi. Gistologiya fani rivojlanishining asosiy davrlari, Gistologiya va embriologiya asoslari fanida eksprimental yo’nalish va uning hozirgi kun ahvoli. Gistologiya fanining istiqbollari va vazifalari. Tirik organizmlarda ko’payish xillari. Gametogenez va gametalarning tuzilishi. Spermatozoidning ultramikroskopik tuzilishi va har xil hayvonlarda urug’ hujayrasi shaklining xilmaxiligi. Tuxum hujayrasining tuzilishi. Tuxum qobiqlari. Tuxum hujayrasining sariqlik moddasining miqdoriga va tsitoplazmada tarqalishiga qarab klassifikatsiyasi. Graaf pufakchasini hosil bo’lishi. Urug’lanish, maydalanish va gasrulyatsiya. Tashqi va ichki urug’lanish hayvonlarda urchish jarayonlarining xilmaxilligi. Jinsiy urchishning biologik ahamiyati. Sun’iy urug’lantirish va undan chorvachilikda foydalanish, o’simliklarda urug’lanishning o’ziga xos xususiyatlari. Maydalanish xillari to’liq va chala maydalanish. egatchalar xillari. Blastulaning tuzulishi. Har xil hayvonlar blastulasining o’xshashligi va farqlari. Blastula xillari: tseloblastula, amfiblastula, periblastula, diskoblastula va marula haqida tushunchalar. Gastrulyatsiya xillari. Lantsetnikda gastrulyatsiya jarayoni. Gastrulaning xillari. Lantsetnikda, baliqlarda, amfibiyalarda, qushlarda va sut emizuvchilarda gastrulyatsiya jarayoni. O’q organlar va daslabki organlar. Baliqlarda gastruliyatsiyaning invoginatsiya va delyaminyatsiya bilan borishi, gastrotsel va sariqlik endodermasining hosil bo’lishi. Baliqlarda o’q organlarining hosil bo’lishi. Amfibiyalarda gastrulyatsiyaning invaginatsiya va epiboliya xili bilan borishi. Amfibiyalarda o’q organlarining hosil bo’lishi. Qushlar tuxumidagi embrional disk, qushlarda genzen tugunchasining hosil bo’lishi. Qushlarda gastrulyatsiyaning borishi, qushlarda o’q organlarining hosil bo’lishi. Sut emizuvchilarda gastruliyatsiyaning o’ziga xos xususiyatlari. Sut emizuvchilarda o’q organlarining hosil bo’lishi. Amniotalarda provizor organlari shakllanishi. Seroz va amnion pardalar hosil bo’lishi va funktsiyasi. Amnion suyuqligining ahamiyati. Sariqlik xaltachasining hosil bo’lishi va funktsiyasi. Allontois shakllanishi va uning qushlar, sut emizuvchilar embrional rivojlanishidagi farqi. Xarion birlamchi va ikkilamchi vorsinkalar. Sut emizuvchilarda yo’ldoshning hosil bo’lishi. Yo’ldosh xillari. Determinatsiya jarayonida qaltis davrlar. Determinatsiya tushunchasi. Determinatsiyani aniqlash uchun o’tkazilgan V.Ru.Enders, SHpemanlarning tajribalari. A.Vaysman va SHpeman nazariyalari. Bir xil blastomerlarning shakllanishida muhitning ahamiyati, ekzogastrulyatsiya embrional rivojlanishda qaltis davrlar. To’qimalarning ta’rifi. To’qimali strukturalar, ularning komponentlari: hujayralar va ulardagi modda simplastlar. To’qimalarda hujayralarning o’zaro bog’lanishi. To’qimalar filogenezi va ontogenezi, klassifikatsiyasi. Epiteliy to’qimasi. Bir qavatli epiteliy. epiteliy to’qimasining tuzilishi, funktsiyasi, kelib chiqishi, regeneratsiyasi. epiteliy to’qimasining klassifikatsiyasi. Bir qavatli yassi, kubsimon, tsilindrik va ko’p qavatli epiteliy to’qimalari tuzilishi va funktsiyasi. Ko’p qavatli va bezli epiteliy. Muguzlanmaydigan va muguzlanadigan epiteliyning tuzilish qavatlari va funktsiyalari, klassifikatsiyasi. Bir hujayrali va ko’p hujayrali, oddiy va murakkab bezlar. Biriktiruvchi to’qima. Ichki muhit to’qimalari tavsifi va tasnifi, funktsiyalari. Mezenxima, uning hosil bo’lishi. Qon va limfa. Qon plazmasi va shaklli elementlari, ularning tuzilishi va funktsiyasi. Leykotsitlarning xilma -xilligi va ahamiyati. embrion va voyaga etgan organizmda qon hosil bo’lishi. Limfatik sistemaning shaklli elementlari va himoya funktsiyasi. Asl biriktiruvchi to’qimalar G’ovak biriktiruvchi to’qima, tuzilishi, tarkibi va xillari elastik, kollogen va retukulyar tolalarning tuzilishi. Zich tolali biriktiruvchi to’qimalar. Retekulyar, yog’, pigment to’qimalar tuzilishi va funktsiyasi. Zich tolali shakllanmagan va zich tolali shakllangan biriktiruvchi to’qimalar. Paylar, fatssiyalar va terining tursimon qavati va elastik membranalar. Tog’ay to’qimasi Gialin, elastik va tolali tog’aylar tuzilishining o’xshashligi va farqlari. Tog’ay ustki pardasi va uning ahamiyati xondroblastlar va xondrotsitlar. Tog’ay to’qimasi tolalari va oraliq moddalari. Tog’ay to’qimasining yoshga qarab o’zgarishi. Suyak to’qimasi Dag’al tolali va palastinkasimon suyak to’qimasi. Osteoblast va osteotsit hujayralar tuzilishining suyak to’qimasining oraliq moddasi. Suyak usti pardasi va uning ahamiyati. Naysimon suyakning tuzilishi. Suyakning mezenximadan va tog’ay o’rnida rivojlanishi, suyakning o’sishi va regeneratsiyasi. Suyak to’qimasining yoshga qarab o’zgarishi. Muskul to’qimasi Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasi. Muskul to’qimasining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. Skelet muskul tolalarining hosil bo’lishi. Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasining ultramikroskopik tuzilishi. To’qima T-sistemasi, muskul tolalarining paylar bilan o’zaro munosabati. Muskullarning qisqarish mexanizmi. Ko’ndalang targ’il muskullarning rivojlanishi va regeneratsiyasi. Yurak va silliq muskul to’qimasi. YUrak muskul to’qimasining morfologik va funktsional xususiyatlari, ultramikroskopik tuzilishi. YUrak muskul to’qimasini ko’ndalang targ’il muskul to’qimasidan farqi. Silliq muskul to’qimasining tuzilishi, funktsional xususiyatlari. Nerv to’qimasi Nerv to’qimasining umumiy tavsifi. Neyronlar va ularning klassifikatsiyasi. Neyronning ultramikroskopik tuzilishi. Neyrogliya uning xillari, tuzilish, mielinli va mielinsiz nerv tolalari sinapslar. Reflektor yoy haqida tushuncha. Nerv to’qimasi elementlarining regeneratsiyasi. Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar o’rganilayotgan ob’ektning tuzilishini doimiy gistologik preparatlar, atlaslar va rasmli jadvallar yordamida o’rganishadi. Laboratoriya ishlari uchun tavsiya etiladigan mavzular: Jinsiy hujayralar tuzilishi va gametogenez. Spermatozoidning mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishi hamda hayvonlar spermatozoidining xilma-xilligi jadvallar va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Tuxum hujayralarning xillari, tuxum qobig’i, odam tuxum hujayrasi (Graaf pufakchasi)ning mikroskopik tuzilishi mikroskopik preparat va surtmalar yordamida o’rganiladi hamda albomga chizib olinadi. Gametogenez. Tuxumdon va urug’donning tuzilishi va ularda gametalarning hosil bo’lishi jadvallar va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Gametogenez bosqichlari sxemasi albomga chiziladi. Urug’lanish. Hayvonlarda urug’lanish xillari, urug’lanishning tashqi va ichki fazalari jadvallar va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Urug’lanish bosqichlari sxemasi albomga chiziladi. Maydalanish. Maydalanish jarayoni xillarini lantsetnik, baqa va qushlar misolida o’rganiladi. Maydalanish jarayonida egatchalarning hosil bo’lishi, blastomerlar sonini ortib borishi va blastulaning hosil bo’lish jarayoni jadvallar, atlas va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Lantsetnikda maydalanish bosqichlari albomga chiziladi. Gastrulyatsiya va o’q organlarining hosil bo’lishi. Gasrulyatsiya jarayoni, xillari va gastrulaning tuzilishi jadvallar, atlas va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Gastrulyatsiya xillari sxemasi va lantsetnikda gastrulyatsiya jarayoni bosqichlari albomga chiziladi.O’q organlarining hosil bo’lishi. Nerv nayi, xorda va haqiqiy ichakning hosil bo’lishi jarayoni shu bilan birga mezodermani hosil bo’lish jarayoni jadvallar, atlas va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Lantsetnikda o’q organ-larning hosil bo’lish xillari sxemasi albomga chiziladi. Dastlabki organlar va yo’ldosh xillari. Amniotalarda provizor organlar: sariqlik xaltachasi, ammion va seroz parda, allantois, xarionlarning hosil bo’lishi hamda tuzilishi, yo’ldosh xillari jadvallar, atlas va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Provizor organlar sxemasi, yo’ldosh xillari va sut emizuvchilarda ikkilamchi xarion vorsinkalarning bachadon devoriga kirib borish sxemasi albomga chiziladi. Epiteliy to’qimasi. Bir qavatli epiteliy. YAssi kubsimon, tsilindrik va ko’p qatorli epiteliy to’qimalarini morfologik tuzilishi doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Ko’p qavatli epiteliy. Muguzlanmaydigan, muguzlanadigan va o’zgaruvchan epiteliy to’qimalarining tuzilishi, qavatlari va bir-biridan farqi doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Bezli epiteliy. Bir hujayrali, ko’p hujayrali,oddiy va murakkab hamda endokrin bezlarning morfologik tuzilishi va sekretsiya xillari doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Ichki muhit to’qimalari. Qon. Qonning hujayraviy elementlari: eritrotsitlar, trombotsitlar va leykotsitlarning tuzilishi, odam va baqa qon hujayrasi elementlarining farqlari hamda bazofillar, eozinofillar, neytrofillar doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Asl biriktiruvchi to’qimalar. G’ovak siyrak tolali va maxsus tuzilishga ega biriktiruvchi to’qimalar. G’ovak siyrak tolali biriktiruvchi to’qimaning tuzilishi va tarkibi, mezenxima, retikulyar, yog’, pigment to’qimalarning tuzilishi va tarkibi doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Zich tolali biriktiruvchi to’qima, shakllanmagan va shakllangan zich tolali biriktiruvchi to’qima (pay, terining to’rsimon qavati)ning tuzilishi va tarkibi, tolalarning joylashishi va tutash hosil qilishini doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganish. Tog’ay to’qimasi. Tog’ay to’qimasining tuzilishi, tarkibi, izogen gruppalari, xondroblast, xondrotsit, hujayralararo moddasi, tolalari doimiy preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Suyak to’qimasi. Suyak to’qimasining tuzilishi, tarkibi, suyak pardasi, hujayralari (osteoblast, osteotsit va osteoklast), hujayralararo moddasi, tolalari, xillari, (dag’al tolali, plastinkasimon suyak to’qimalari) va suyak to’qimasining hosil bo’lish xillarini doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Naysimon suyakning tuzilishi, naysimon suyakning diafiz va epifiz qismlari, tashqi umumiy plastinka sistemasi, osteonlar sistemasi, periost, endost, ichki umumiy suyak plastinka sistemasi, falkman va oraliq plastinkalar doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Muskul to’qimasi. Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasi, muskul tolalarini tuzilishi, tarkibi. T—sistemasi (aktin va miozin oqsillari, izotrop va anizotrop zonalari) tuzilishini va muskul qisqarganda aktinomiozin kompleksini hosil bo’lishi doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi . Yurak va silliq muskul to’qimasi. YUrak muskul to’qimasining tuzilishi va tarkibi, T—sistemasi va ko’ndalang muskul to’qimasidan farqi, silliq muskul to’qimasining o’ziga xos xususiyatlari doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Mikroskopda o’rganilgan preparatlar, yurak muskul to’qimasining T—sistemasi sxemasi va silliq muskul to’qimasini qisqarib, bo’shashishi mexanizmi sxemasi albomga chiziladi. Nerv to’qimasi. Neyron va nerv tolalarining tuzilishi, neyron tuzilishi va tarkibi, neyron xillari, tigroid moddasi, mielinli va mielinsiz nerv tolalari tuzilishi va reflektor yoyni doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganish. Neyrogliyalar. Mikrova makrogliyalarning tuzilishi, xillari (ependimogliya, astrogliya, oligodendrogliya, multipotentsial giliya va glial makrofaglar)ning joylashgan o’rni va funktsiyalarini doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Mustaqil talimni tashkil etishning shakli va mazmuni Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: darslik va o’quv qo’llanmalarning boblari va mavzularini o’rganish. Bunday tashkiliy shakl, odatda, birinchi kurs talabalari uchun tavsiya etiladi, chunki bu toifa talabalarda mustaqil tahsil olish tajribasi kam bo’ladi. Bunday ish natijalari laboratoriya mashg’ulotlarida, kollekviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo’yicha tekshiriladi. tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish. Bunda o’qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo’ladi. Tarqatma materiallar hajmi har bir ma’ruza uchun 5-8 sahifa bo’lishiga erishish kerak. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi. o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg’ulotlari hamda laboratoriya mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’llanilinishi mumkin. o’z –o’zini baxolash orqali bilimni uzluksiz nazorat qilish. Talaba maxsus formula yordamida o’z bilimni o’zi baxolaydi va maxsus nazorat daftariga qayd etib boradi. fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyotlar (monografiya, maqolalar) referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs talabalariga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi. fanlar bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, qo’shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o’rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi. talabalarning ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish. Mustaqil ishning bu shakli barcha semestr talabalariga tavsiya etiladi. faol o’qitish metodidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari. Talabalar tomonidan ta’lim, fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari bo’yicha tayyorlangan faol o’qitish metodlarini (o’yinli texnologiyalar, munozara, seminar va b.q.) qo’llagan dars mashg’ulotlari. avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu esa ma’ruza mashg’ulotlari doirasida ham amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi. Mustaqil ta’limning bunday shakli axborot texnologiyalari keng qo’llaniladigan OTM larida ham qo’llash mumkin. O’quv rejasidagi ayrim fanlar bo’yicha eksternat. Masofaviy ta’lim. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: 1. Tuxum hujayrasi qobiqlari va uning xillari. 2. Blastula xillari. 3. Baliqlarda gastrulyatsiya. 4. Qushlarda gastrulyatsiya. 5. Sut emizuvchilarda gastrulyatsiya. 6. Sekretsiya xillari va tsikli. 7. Odamda limfa sistemasi. 8. Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima. 9. Biriktiruvchi to’qima hujayralararo moddasi. 10. Fibroz membranalar va elastik biriktiruvchi to’qima. 11. Tog’ay to’qimasi regeneratsiyasi. 12. Suyak to’qimasi hosil bo’lishi va tiklanishi. 13. Muskullar regeneratsiyasi. 14. Reflektor yoyi. 15. Nerv oxirlari. Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti Gistologiyani o’qitish jarayonida ta’limning quyidagi zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi: – zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron – didaktik texnologiyalardan foydalanish; – komandalar o’rtasida musobaqa pedagogik texnologiyalardan foydalanish; – modul texnologiyasi va o’quv – metodik majmuadan foydalanish; – talabalarning mustaqil o’qishi va ishlashini tashkil etishda ko’p tanlov javobli topshiriqlardan foydalanish; – talabalar reyting ballarini o’z – o’zini baholash texnologiyasi asosida aniqlash; – talabalar o’z bilimlarini maxsus matematik formula yordamida baholashi. Didaktik vositalar Rangli rasmli jadvallar Mulyajlar Hul va quruq preparatlar Laboratoriya o`quv – metodik majmuasi Mikroskoplar Lupalar Jarrohlik vannachalar Petri idishlari Pintsetlar Jarrohlik qaychilar Kompyuter Jihozlar va uskunalar, moslamalar: Rangli rasmli jadvallar, Skelet, Mulyajlar, Ho`l va quruq preparatlar, Jarrohlik vannachalar, Petri idishlari, Pintsetlar, Lantsetlar, Jarrohlik qaychilari. 3-bo’lim. Umurtqasizlar zoologiyasi Asosiy qism Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni Xordalilar tipi Xordalilar tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. Boshskeletsizlar kenja tipi Boshskeletsizlar kenja tipi vakillarining umumiy tavsifi. Lantsetnikning tuzilishi va hayot kechirishi. Boshskeletsizlar kenja tipining sistematikasi va filogeniyasi. Lichinka xordalilar kenja tipi Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Astsidiyalar sinfi vakillarining tuzilishi, hayot kechirishi, ko’payishi va rivojlanishi. Salplar va appendikulyariyalar sinflari. Umurtqalilar kenja tipi Umurtqalilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. To’garak og’izlilar sinfi vakillarining tuzilishi. Miksinalar va minogalar turkumlari vakillarining tarqalishi, hayot kechirishi va ahamiyati. Baliqlar katta sinfi Baliqlar katta sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Tog’ayli baliqlar sinfi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Tog’ayli baliqlar sinfining sistematikasi. Akulalar va skatlar turkumlari. Suyakli baliqlar sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Suyak – tog’aylilar, shu’la qanotlilar, ikki xil nafas oluvchilar va panja qanotlilar kenja sinflari vakillarining tuzilishi, asosiy turkumlari (osyotrsimonlar, seldsimonlar, karpsimonlar, treskasimonlar, cho’rtansimonlar, olabug’asimonlar, kambalasimonlar va boshqa turkumlari). Baliqlarning ekologiyasi va filogeniyasi. Baliqlarning iqtisodiy ahamiyati. Markaziy Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda ovlanadigan asosiy baliq turlari. Noyob va yo’qolish xavfi ostida turgan baliqlar. To’rtoyoqlilar katta sinfi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi To’rt oyoqlilar katta sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Amfibiyalar sinfining umumiy tavsifi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzilishi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi sistematikasi. Dumlilar, oyoqsizlar va dumsizlar turkumlari, asosiy oilalari va ularga mansub turlar. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ekologiyasi, kelib chiqishi va ahamiyati. Sudralib yuruvchilar sinfi Sudralib yuruvchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzilishi. Sudralib yuruvchilar sinfining sistematikasi: xartumboshlilar (tumshuqboshlilar), tangachalilar (kaltakesaklar, xameleonlar, ilonlar), timsohlar va toshbaqalar turkumlari. Sudralib yuruvchilarning ekologiyasi, kelib chiqishi va ahamiyati. Qushlar sinfi Qushlarning umumiy tavsifi. Teri va pat qoplami, skeleti va muskullari, hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish va nerv sistemalari, sezgi organlari, ko’payishi va rivojlanishi. Qushlar sinfining sistematikasi. Pingvinlar, ko’kraktojsizlar va ko’kraktojlilar katta turkumlari. Kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar, lochinsimonlar (kunduzgi yirtqichlar), yapaloqqushlar, tovuqsimonlar, turnalar, baliqchilar, kaptarlar, bulduruqlar, to’tiqushlar, qizilishtonlar, chumchuqsimonlar va boshqa turkumlari. Qushlar ekologiyasi. Qushlarning tabiiy guruhlari: dasht, o’rmon, tog’, to’qay, suv va suv bo’yi qushlari. Qushlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Qushlarning tabiatda va inson faoliyatidagi ahamiyati. Ov qushlari. Parrandachalik. O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qushlar va ularni muhofaza qilish. Sutemizuvchilar sinfi Sutemizuvchmlarning umumiy tavsifi. Sutemizuvchilarning tashqi tuzilishi. Teri qoplami, skeleti va muskullari. Sutemizuvchilarning ichki tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Sutemizuvchilar sinfi sistematikasi. Dastlab darrandalar kenja sinfi, ularning tuzilishi, ko’payishi va hayot kechirishining o’ziga xos xususiyatlari. Haqiqiy darrandalar kenja sinfi. Tuban darrandalar infrasinfi. Xaltali sutemizuvchilar turkumi vakillarining tuzilishi, hayot kechirishi, ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishi. Yo’ldoshlilar yoki yuksak darrandalar infrasinfi va ularning asosiy turkumlari: hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, kemiruvchilar, tovushqonsimonlar, yirtqichlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar, naytishlilar, xartumlilar, toq tuyoqlilar, juft tuyoqlilar, qadoqoyoqlilar, primatlar va boshqa turkumlari. Sutemizuvchilarning ekologiyasi. O’zbekistonda ovlanadigan sutemizuvchilar, O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchilar va ularni muhofaza qilish. Sutemizuvchilarning inson hayotidagi o’rni, qishloq xo’jaligi zararkunandalari va kasallik tarqatuvchi sutemizuvchilar turlari. Sutemizuvchilarning kelib chiqishi. Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar umurtqali hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishini, ko’payishi, rivojlanishi, o’kuv vositalari va optik asboblar yordamida o’rganadi, ko’nikma va malakalar hosil qilishadi. Laboratoriya ishlari uchun tavsiya etiladigan mavzular: Xordalilar tipi. Lichinka xordalilar kenja tipi. Astsidiyaning tashqi va ichki tuzilishi. Bosh skeletsizlar kenja tipi. Lantsetnikning tashqi va ichki tuzilishi. Umurtqalilar kenja tipi. To’garak og’izlilar sinfi. Minoga va miksinalarning tashqi tuzilishi. Daryo minogasining ichki tuzilishi. Baliqlar katta sinfi. Tog’ayli baliqlar sinfi. Akula va skatlarning tashqi, ichki tuzilishi va skeleti. Suyakli baliqlar sinfi. Zog’ora baliqning tashqi tuzilishi va tana qoplag’ichi. Zog’ora baliqning skeleti va ichki tuzilishi. Baliqlarning xilma-xilligini aniqlagichlar asosida o’rganish. Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi. Ko’l baqasi misolida suvda ham quruqlikda yashovchilarining tashqi tuzilishi. Ko’l baqasining skeleti va ichki tuzilishi. Suvda ham quruqlikda yashovchilarning ko’payishi va rivojlanishi. Ayrim vakillarini aniqlagichlar asosida o’rganish. Sudralib yuruvchilar sinfi. Ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi va skeleti. Ildam kaltakesakning ichki tuzilishi. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi. Ilonlar va toshbaqalar skeletlarining tuzilishi. Aniqlagichlar asosida sudralib yuruvchilar ayrim vakillarini o’rganish. Qushlar sinfi. Ko’k kaptarning tashqi tuzilishi va pat qoplag’ichi. Ko’k kaptarning skeleti va ichki tuzilishi. Qush tuxumining tuzilishi. Tuxumlarning xilma-xilligi, qushlarning rivojlanishi, jo’ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. Ayrim qush turlarini aniqlagichlar asosida o’rganish. Sutemizuvchilar sinfi. Quyon misolida sutemizuvchilarning tashqi tuzilishi, teri qoplami va skeletini o’rganish. Quyonning ichki tuzilishi. Sutemizuvchilar ayrim turlarini aniqlagichlar yordamida o’rganish. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 1. Akvarium baliqlari, asosiy turlarini boqish. 2. Akulalar, tuzilishi xususiyatlari, tarqalishi va ahamiyati. 3. Skatlar, tuzilishi, hayot kechirishi va ahamiyati. 4. Baliqchilik, uning iqtisodiy ahamiyati. 5. O’zbekiston suv havzalarida iqlimlashtirilgan baliqlarning hayoti va iqktisodiy ahamiyati. 6. O’zbekiston suv havzalarida ovlanadigan baliqlar. 7. Dengiz va okeanlarda baliq ovlash. 8. O’zbekiston suv havzalarining noyob va yo’qolib borayotgan baliqlari. 9. Baliqlarning ko’payishi va nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilishi. 10. O’zbekiston faunasida uchraydigan suvda ham quruqlikda yashovchilarning hayoti va ahamiyati. 11. Suvda ham quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. 12. O’zbekistonning zaharli ilonlari, ularning tarqalishi va ahamiyati. 13. Ilonlar, tuzilishi va hayot kechirishining asosiy xususiyatlari. 14. Kaltakesaklar, O’zbekiston faunasidagi asosiy turlarining hayoti. 15. Timsohlar: tuzilishi va hayot kechirishi, asosiy turlari, tarqalishi. 16.Toshbaqalar tuzilishining asosiy xususiyatlari, turlari, tarqalishi. 17. Qushlar hayotida mavsumiylik, uning sabablari va ahamiyati. 18. Ko’chib yuruvchi qushlar, asosiy turlarining hayoti. 19. O’troq qushlar, asosiy turlarining hayoti. 20. Uchib ketuvchi qushlar, asosiy turlarining hayoti. 21. CHumchuqsimon sayroqi qushlar asosiy turlarining hayoti. 22. Tovuqsimonlar, asosiy turlarining hayoti. 23. Suv qushlari, tuzilishi va hayot kechirishi. 24. Suv bo’yida yashovchi qushlarning tuzilishi va hayot kechirishi. 25. Hasharotxo’r qushlar, ularning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. 26. Qushlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. 27. Yirtqich qushlar, ularning tabiiy sanitarlar sifatidagi ahamiyati. 28. Noyob va soni kamayib borayotgan qushlar,ularni muhofaza qilish. 29. Qushlarning nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilishi. 30. Tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilarning hayoti. 31. Mushuksimonlar, hayot kechirishi va tarqilishi. 32. Itsimonlar, hayot kechirishi va tarqilishi. 33. Kemiruvchilar, asosiy turlari, ahamiyati. 34. O’zbekiston qo’riqxonalari va ularning noyob hayvonlarni asrab qolish hamda ko’paytirishdagi ahamiyati. 35. Sut emizuvchilarnig kelib chiqishi. 36. Sut emizuvchilarni muhofaza qilish. 37. Hayvonot dunyosi evolyutsiyasi. O’quv – dala amaliyotini tashkil etishning shakli va mazmuni Zoologiyadan o’quv – dala amaliyoti davomida kunning birinchi yarmida talabalar ekskurtsiya o’tkazib, hayvonlarni kuzatishadi va material yig’ishadi. Kunning ikkinchi yarmida yig’ilgan materiallarni o’rganishadi. O’quv-dala amaliyotida talabalar quyidagi ishlarni bajaradi: Umurtqalilar zoologiyasidan o’tkaziladigan o’quv-dala amaliyotining maqsadi va vazifalari. Umurtqali hayvonlar ustida kuzatish olib borish metodlari va buning uchun zarur bo’lgan o’quv jixozlari bilan talabalarni tanishtirish. Ochiq landshaftlarda uchraydigan umurtqali hayvonlarni o’rganish (kunning birinchi yarmida). Ochiq tog’ yonbag’riga yoki tog’-dasht zonasiga ekskursiya uyushtirish, bu zonada uchraydigan hayvonlar (kaltakesaklar, ilonlar, qushlar, kemiruvchilar) hayotini o’rganish va namunalar yig’ish. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan materiallarni saralash, aniqlash va etiketka yozish. Ho’l preparatlar tayyorlashni o’rganish. Tog’ o’rmon umurtqali hayvonlari hayotini kuzatish (kunning birinchi yarmida). Mevali va yong’oqzor tog’ o’rmoni zonasiga ekskursiya uyushtirish. O’rmon hayvonlari (qushlar) ning kun davomida aktivligi va yashash muhitiga moslanish xususiyatlarini o’rganish. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan va kuzatilgan materiallarni saralash va xulosalash. Aniqlovchi kitoblar yordamida yig’ilgan va zahirada saqlanayotgan materiallarni aniqlash. Hayvonlarni yorib, ichki organlarini joylashishini o’rganish. Suv havzasi va suv bo’yi hayvonlarini o’rganish (kunning birinchi yarmida). Suv havzasi va suv bo’yiga ekskursiya uyushtirish. Hayvonlar (baliqlar, qurbaqa va baqalar) dan namunalar yig’ish. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan materiallarin saralash, o’lchash, morfometrik ko’rsatkichlarni aniqlash, baliqni yorib ko’rish va ichki tuzilishini o’rganish. Madaniy landshaft umurtqalilari hayotini o’rganish (kunning birinchi yarmi). Bog’, dala va ekinzorlarda tarqalgan hayvonlarning hayoti ustida kuzatish olib borish. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan materiallarni saralash, aniqlash. Baqani yorib, ichki organalarini o’rganish. Umurtqalilar ustidan mustaqil kuzatish olib borish (kunning birinchi yarmida). Daraxt yoki binolar bug’otiga qurilgan qushlar uyasini topib, kushlarning tuxum bosishi, jo’ja boqishi yoki uya qurishi, qushlar uyalarining shakli, tuzilishi, joylashgan o’rni ustida kuzatish olib borish. Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Kuzatishlar natijasini xulosalash. O’quv – dala amaliyoti haqida hisobot yozish va amaliyotni yakunlab, talabalarni baholash. Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti Zoologiyani o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. – «Tuban xordalilar»ga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron – didaktik texnologiyalaridan foydalaniladi; – «Qushlarning ko’payishi», «Qushlarning kelib chiqishi» mavzularini o’rganishda komandalar baxsi musobaqa darsi pedagogik texnologiyasidan foydalaniladi; –zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlarida modul texnologiyasi va o’quv – metodik majmuadan faydalaniladi; – talabalar mustaqil o’qishi va ishlashini tashkil etishda ko’p tanlov javobli topshiriqlaridan foydalaniladi; – talabalar reyting ballari o’z – o’zini baholash texnologiyasi asosida aniqlanadi; – talabalar o’z bilimlarini maxsus matematik formula yordamida baholashadi. Didaktik vositalar Rangli rasmli jadvallar Mulyajlar Laboratoriya o`quv – metodik majmuasi Mikroskoplar Lupalar Jarrohlik vannachalar Petri idishlari Jarrohlik qaychilar Kompyuter Jihozlar va uskunalar, moslamalar: Rangli rasmli jadvallar, Skelet, Mulyajlar, Jarrohlik vannachalar, Petri idishlari, Pintsetlar, Jarrohlik qaychilari. Foydalaniladigan asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar 1. 2. 3. Mavlyanov.O., Xurramov.SH., “Umurtqasizlar zoologiyasi”.Oliy o‘quv yurti talabalari uchun qo‘llanma., T, “Mexnat”, 1998.( INV-U-5704) Mavlyanov.O., Xurramov.SH., Eshova.X.,“Umurtqasizlar zoologiyasi”.Oliy o‘quv yurti talabalari uchun qo‘llanma., T “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti.T.2006.(INV-U-6362) Mavlyanov.O., Xurramov.SH., Norboev.Z.,“Umurtqasizlar zoologiyasi”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik.T. “O‘zbekiston” , 2002.(INV-U5857) 4. 5. 6. 7. 8. 9. 1. 2. 3. 4. Qulmamatov.A. “Umurtqasiz hayvonlar zooologiyasidan dala amaliyoti”. O‘quv qo‘llanma.T. “O‘qituvchi”2004.(INV-U-6048) Mo‘minov.V.A.,Eshova.X.S., Raximov.M.SH. “Umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar. Oliy o‘quv yurtlarining biologiya fakulteti uchun o‘quv qo‘llanma.T.2005.( INV-011608) Dadaev S.,Saparov Q. Zoologiya. T.,“Cho‘lpon nashriyoti”. 2011. (INV-U- 7186). Dadaev S., To’ychiev S., Haydarova P. Umurtqalilar zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari. O’quv ko’llanma. O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti . T., 2006., (INV-011608). Dadayev S., Mavlonov O. Zoologiya. Pedagogika oliy o’quv yurtlari Agronomiya”, “Kimyo va ekologiya” ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun darslik. “IQTISOD-MOLIYA”2008.- 2006. (INV-6814). Laxanov J.L. Umurtqalilar zoologiyasi: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.-T.: «O’AJBNT» markazi, 2005. (INV-U-6458). Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati. To‘ychiev.S., Toshmonov.N., “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”.T. 2005 y. (INV-6388) To‘ychiev.S., Toshmonov.N., Fayzullaev.S., “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”.T. 2004 y. (INV-6576) Абдураҳманов.Г.М., Лопатин И.К.,Исмоилов.Ш. “Основы зоологии и зоогеографии”. Учебник.М.,2002. (ИНВ-918054) Потапов.И.Л “Зоология с основамы экологии животных”. Учебные пособие. М., «Академия. 2001». (ИНВ-5856) Elektron ta’lim resurslari 1. 2. 3. 4. www.tdpu.uz www.pedagog.uz www.physiology.ru/handbooks.html www.curator.ru/e-books/b22.html