Uploaded by Mehrinoz

DINSHUNOSLIK

advertisement
Andijon mashinasozlik instituti
Iqtisodiyot fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi
talabasi Ahmdullayeva Mehrinozning
dinshunoslik fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Buddaviylik dinining paydo bo`lish tarixi
◦ Buddizm tarixi tadkiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs
ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa,
Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr
etiladi. Bu ismlar ma’nolari kuyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi,
Shakyamuni — «Shakya kabilasidan chiqqan donishmand», Budda — «nurlangan»,
Tadxagata — «shunday qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib», Bxagavan — «tantana
kiluvchi». Ular ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi
berilgan.
◦ Bizgacha Buddaning bir necha biografiyalari yetib kelgan: «Maxavostu» milodning II asrida
yozilgan, «Lalitavistara» milodning II—III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddxacharita» buddist
faylasuflardan biri Ashvagxosha tomonidan milodning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa»
—milodning I asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra». Mazkur biografiyalarda Buddaning
qaysi yillarda yashaganligi turlicha berilgan. Ularda mil. avv. IX — III asrlar oralig‘idagi har xil
muddatlar ko‘rsatiladi. Rasmiy xisobga ko‘ra, Butama-Budda mil. avv. 623 yilda tug‘ilib, 544
yilda vafot etgan. Birok, ko‘pchilik tadkiqotchilar uning tavalludi mil.avv. 564 yilda, vafoti esa
483 yilda deb xisoblaydilar. Ba’zan 560 va 480 deb yaxlit sonlar bilan ko‘rsatadilar.
Buddizm — dunyodagi eng yirik dinlar ichida
kadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI — V
asrlarda Xindistonda vujudga kelgan. Bu dinga
e’tikod kiluvchilar, asosan Janubiy, Janubi-Sharkiy
va Sharkiy Osiyo mamlakatlari: Shri-Lanka, Hindiston,
Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya,
Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya,
Kambodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman
Yevropa va Amerika kit’alarida, Rossiya
Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikston
respublikalarida istikomat kiladilar. Xozirgi kunda
e’tikod kiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik,
islom va xinduizmdan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni
egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln.
atrofida bo‘lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir!
Buddizm bundan 2500 yildan avvalrok Xindistonda
diniy-falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda
ko‘plab diniy manbalar va diniy yunalishlar mavjud.
Buddizm turli milliy va diniy an’analar bilan
kelishuvchanligi sababli ko‘p millatlar tomonidan
keng kabul kilindi. Buddizm xayotning barcha
sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy
qatlamlariga kirib bordi.
Buddaviylik dinining asosiy ta`limoti
◦
◦
Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat:
1) axloq;
2) meditatsiya;
3) donolik.
◦ 1. Axloq normalari – „Pancha shila“ (Buddaning besh
nasihati):
◦ qotillikdan saqlanish;
◦ oʻgʻrilikdan saqlanish;
◦ gumrohlikdan saqlanish;
◦ yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;
◦ mast qiluvchi narsalardan saqlanish.
◦ 2. Meditatsiya.
◦ toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) – Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt
haqiqatni bilish va unga ishonish;
◦ toʻgʻri niyat qilish – dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va
boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;
◦ oʻzini toʻgʻri tutish – oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga
berilmaslik;
◦ toʻgʻri anglash – oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish
hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;
◦ toʻgʻri harakat qilish – oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va
harakatlarni rivojlantirish;
◦ toʻgʻri hayot kechirish – noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish;
◦ toʻgʻri fikr yuritish – kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;
◦ toʻgʻri gapirish – yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.
◦ 3. Donishmandlik – bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri
tushunishdan iborat.
◦ Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga,
yaʼni nirvana holatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi – „oʻchish, soʻnish“. Unda
hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.
Buddaviylik manbalari
. Buddaviylik ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan
to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi
Tripitaka (yoki Tipitaka) - uch savat ma’nosini anglatadi. U
uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan
atalgan. buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi
davrda Shri-Lankada saqlanib qolgan. U eramizning
boshlarida shakllangan. Ular budda targ‘ibotining haqiqiy
bayoni hisoblangan sutra matnlari (sutta-pitaka),
rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga
bag‘ishlangan vinaya matnlari (vinaya-pitaka),
buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini
bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma
matnlari(abxidxarma-pitaka)dan iborat.
Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va
yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha
keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq.
Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi
Tripitakada jamlangan.
Buddist ramzi
◦ Buddist ramzi — Budda Dharmasining (taʼlimotining)
ayrim jihatlarini ifodalash uchun ramzlardan
(sanskrit: pratīka) foydalanishgan. Bugungi kunda
ham muhim boʻlgan ilk buddist ramzlariga Dharma
gʻildiragi, hind lotus, uchta marvarid va Bodxi daraxti
kiradi[1].
◦ Budda tasvirlangan antropomorfik simvolizm
(shuningdek, boshqa figuralar) taxminan miloddan
avvalgi I asrda Mathura sanʼati
va Gandharaning yunon-buddist sanʼati bilan juda
mashhur boʻldi. Oʻrta asrlarda yangi ramzlar
rivojlanishda davom etdi, Vajrayana buddizmi stilize
qilingan qoʻsh vajra kabi boshqa belgilarni qabul qildi.
Zamonaviy davrda Buddist bayrogʻi kabi yangi
ramzlar ham qabul qilindi.
◦ 1952-yilda tashkil etilgan Butunjahon Buddistlar
Fellowship buddizmni ifodalovchi ikkita ramzni qabul
qildi[2]. Bular anʼanaviy sakkiz qirrali Dharma gʻildiragi
va besh rangli bayroq edi.
E`TIBOTINGIZ UCHUN RAHMAT
Download