Mavzu:Buxgalteriya hisobining o`rni va ahamiyati,buxgalter kasbiga qo`yiladigan talablar Reja: 1) Buxgalteriya kasbining kelib chiqish tarxi 2) Buxgalteriya xisobining o`rni va ahamiyati 3) Buxgalter kasbiga qo`yiladigan talablar 1)Buxgalteriya kasbining kelib chiqish tarxi Buxgalteriya hisobi o‘zining uzoq tarixiga ega. Manbalarga ko‘ra, hisobning paydo bo‘lishi odamzotning vujudga kelishi, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarini yuzaga kelish davrlariga to‘g‘ri keladi. Ayrim tarixchilar yozishicha, Xitoyda hisob 8000 yil oldin paydo bo‘lgan. Uning fan sifatida vujudga kelish vatani sifatida Italiya e’tirof etiladi. Professor Ya.V. Sokolov buxgalteriya hisobini rivojlanish evolyusiyasini o‘rganib, uni 6 ta bosqichga ajratadi Buxgalteriya xisobining rivojlanish bosqichlari 1-bosqich Eramizdan oldingi 4000 yil oldin va eramizgacha bo‘lgan V –asr Hisobda ko‘zga ko‘ringan va foydalanilgan narsalarning natural hisobi yuritilgan, shu bois naturalistik bosqich nomini olgan. Ushbu bosqichda ilk bor xo‘jalik fakti va inventarizatsiya tushunchalari paydo bo‘lgan. 2-bosqich Eramizdan oldingi V –asrdan to 1300 yilgacha) Hisobda ko‘zga ko‘ringan va foydalanilgan narsalarning pul birligida (qiymat) hisobi yuritilgan, shu bois qiymatli bosqich nomini olgan. Ushbu bosqichda ilk bor buxgalteriya apparati paydo bo‘lgan, u ikkita turga – patrimonal (mol-mulk hisobi) va kameral (pul kirimi va chiqimi hisobi). Ushbu bosqichda buxgalteriya hisobi natural va pul o‘lchov birliklarida yuritilgan. 4-bosqich 1850- 1900 yillar Nazariy-amaliy bosqich bo‘lib, unda digrafik hisob (ikki yoqlama yozuvga asoslangan hisob) ikkita yo‘nalishda, ya’ni hisob yozuvlariga yuridik kuch berish va ularni iqtisodiyot manfaatlariga muvofiqlashtirish yo‘nalishida rivojlandi. Ushbu tarixiy davrda buxgalteriya hisobida schotlarning ilmiy tasniflanishiga erishildi, debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashishlar hisobi uchun mo‘ljallangan schotlar paydo bo‘ldi, shuningdek, metafizik schotlar (natijaviy va kontrar schotlar) vujudga keldi. 5-bosqich 1900- 1950 yillar Bu bosqich buxgalteriya hisobidagi sifat o‘zgarishlar bosqichidir. Aynan shu bosqichda buxgalteriya hisobida hisob yuritish va balansshunoslik yo‘nalishlari, buxgalteriya hisobi tarkibida moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi paydo bo‘ldi. Shuningdek, ushbu bosqichda xarajatlar hisobi hamda mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini aniqlash masalalari dolzarb masalaga aylandi. 20 asrning boshiga kelib maxsus tannarx kalkulyatsiyasi nazariyasi paydo bo‘ldi. 2)Buxgalteriya hisobing o`rni va ahamiyati Buxgalteriya hisobi — korxona yoki tashkilotda sodir bo'layotgan barcha xo'jalik operatsiyalari to'g'risidahi ma'lumotlarni, yoppasiga, uzluksiz ravishda, xujjatalarga asoslangan holda, pulda baholab, ikkiyoqlama yozuv asosida hisob registrlarida qayd etib borish va jamlangan ma'lumotlarni qayta ishlab moliyaviy hisobotlar taqdim etish tizimini anglatadi. Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning hujjatlarida barcha xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini olish uchun zarurdir. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyatlaridan biri uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya oldin hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi malumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi malumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish va boshqarish uchun asoslangan m a’lumotlami olish imkoniyatini beradi. 3)Buxgalter kasbiga qo`yiladigan talablar Buxgalterlarga nisbatan talablar, ularning mehnatiga to‘lanadigan haq kabi, ancha yuqori. O‘rta hisobda ish haqi soatiga 30,55 dollar yoki yiliga 63 550 dollarni tashkil qiladi. Buxgalter kam deganda bakalavr diplomiga ega bo‘ladi. Uning vazifalariga buxgalteriya yozuvlarini tekshirish va ichki nazorat tizimini tashkil etish, buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish, soliq hisobkitoblarini tayyorlash kiradi. Bundan tashqari, buxgalter byudjetlarni tuzish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha menejment uchun tavsiyalar ishlab chiqish uchun javobgar bo‘ladi. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT