See discussions, stats, and author profiles for this publication at: https://www.researchgate.net/publication/340788512 Informatika va AT Ma'ruzalar matni 2-qism 2008 (A,Abdirashidov) Book · November 2008 CITATIONS READS 0 7,345 2 authors, including: Ablakul Abdirashidov Samarkand State University 109 PUBLICATIONS 60 CITATIONS SEE PROFILE Some of the authors of this publication are also working on these related projects: Fluid and gas mechanics View project approximate solution evolution equations of mathematical physics View project All content following this page was uploaded by Ablakul Abdirashidov on 20 April 2020. The user has requested enhancement of the downloaded file. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI "AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" kafedrasi INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI fani bo‘yicha "Biznes va boshqaruv" sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlar uchun II q i s m Samarqand- 2008 Kafedra majlisida tasdiqlangan 29 avgust 2008 yil (bayonnoma № 1) Institut o‘quv-uslubiy birlashmasining majlisida, 26 noyabr 2008 yil, 4-son qarori bilan tasdiqlangan. Tuzuvchilar: dots. Aliqulov A.I. dots. Zaynalov N.R. dots. Abdirashidov A. Taqrizchilar: Qarshiyev A.B. TATU Samarqand filiali «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi mudiri, dotsent Porsayev G‘.M. Samarqand Davlat Universiteti dotsenti Ushbu ma’ruzalar matni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 16 iyul 2006 yilda tasdiqlangan № 166 – sonli va 6 noyabr 2006 yilda tasdiqlangan № 251 – sonli namunaviy o‘quv rejalari asosida tayyorlangan. 2 MUNDARIJA t/r Mavzular bet 1 Axborot texnologiyalari fani, mazmuni va vazifalari 4 2 Axborotni tasniflash tamoyillari 9 3 Axborot texnologiyalari va iqtisodiy axborotlar tizimi 16 4 Axborot texnologiyalarining tasnifi 24 5 Kompyuter texnologiyalari va ularning ta’minotlari 31 6 Hisoblash tarmoqlari 41 7 Axborot tizimi va uning klassifikatsiyasi 47 8 Axborot tizimining iqtisodiyotdagi va moliyaviy masalalarni yechishdagi ahamiyati 53 9 Iqtisodiy axborot tizimi tarkibi 62 10 Axborot tizimining texnikaviy va dasturiy ta’minoti 68 11 Axborot tizimini qo‘llash jarayonlari 75 12 Iqtisodiy axborot tizimini loyihalash 81 13 Axborot tizimlarining tashkilotdagi o‘rni 88 14 Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalari 93 15 Bank faoliyatida axborot texnologiyalari 100 16 Soliq tizimida axborot texnologiyalari 114 17 Sug‘urta tizimida axborot texnologiyalari 122 18 Statistika tizimida axborot texnologiyalari 127 19 Axborot texnologiyalari sohasida biznes asoslari 134 20 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 139 21 Qo‘shimcha adabiyotlar 140 3 1-Mavzu: Axborot texnologiyalari fani, mazmuni va vazifalari (2 soat ) Ma’ruza rejasi: 1. Axborot inqiloblari 2. Axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. 3. Axborot jamiyati Hozirgi kunda, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, yangilanish, yangi hayotga qadam qo‘ygan bir paytda O‘zbekiston o‘zini hamma tomonlama rivojlantirishga bor kuchi bilan intilmoqda. Shu jumladan, davlatimiz korxona va tashkilotlarida axborot texnologiyalarini muhim o‘rin tutishi haqida aytib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Albatta, rivojlanishni hech qanday texnikasiz tasavvur qila olmaymiz, binobarin, biz hozirda texnika zamonida yashab turibmiz. Bugungi kunda texnika shu darajada rivojlantirildiki, buning natijasida inson mehnati samaradorligini, ya’ni ishni bajarilish tezligini, vaqtni tejashlikni, aniqligi va shu kabilarni bir necha martaga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Bularning hammasini jamiyatning har bir sohasida, ya’ni iqtisodiy sohadami, ilmiy sohalardami yoki boshqaruvdami, qo‘yingki hamma joyda ko‘rishimiz mumkin. Sanoatni avtomatlashtirish ishchi kuchidan to‘la foydalanish, mahsulot sifatini nisbatan yaxshilash imkoniyatini bergan bo‘lsa, boshqaruvda esa ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, ma’lumotni bir joydan ikkinchi joyga uzatish, yetqazish singari bir qancha ishlar qilinmoqda. 1. Axborot inqiloblari Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida bir necha axborot inqiloblari ro‘y berdi - axborotni qayta ishlash sohasida tub o‘zgarishlar ro‘y bergani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o‘zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo‘ladi, ya’ni: 1-inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog‘lik, Bu sifat va miqdor jihatidan ulkan sakrash bo‘ldi. Bilimlarni ajdodlardan avlodlarga yetqazish imkoni paydo bo‘ldi. 2-inqilob (XVI asr o‘rtalari) sanoat, jamiyat, madaniyat va ish faoliyatini tashkil etishda keskin o‘zgarish yasagan kitob nashr etishning kashf qilinishi bo‘ldi. 3-inqilob (XIX asr oxiri) elektrning kashf etilishi bilan bog‘lik bo‘lib, u tufayli telegraf, telefon, radio yuzaga keldi. Bular axborotni istalgan hajmda uzatish va jamlashga imkon yaratdi. 4-inqilob (XX asrning 70-yillari) mikroprotsessor texnologiyasi kashf etilishi va SHKning paydo bo‘lishi bilan bog‘lik. Mikroprotsessorlar va integral chizmalarda kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi. Bu davrda uch fundamental yangilik yuzaga keladi, ya’ni: - mexanik va elektr vositalaridan axborotning elektron vositalariga o‘tish davri; - barcha qurilma, asbob , mashinalarning keskin rivojlanilishi; - dasturiy-boshqaruv qurilma va jarayonlarni yaratish. Bu davr haqida ancha to‘liq tasavvur hosil qilish uchun quyida keltirilgan EHMlari avlodlari almashuvi bilan tanishish va uni axborotni qayta ishlash hamda uzatish sohasidagi bosqichlar bilan qiyoslash maqsadga mufoviq. 1-avlod (50-yillar boshi) Element bazasi – elektron chiroqlar. EHM katta hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan. 4 2-avlod (50-yillar oxiridan) Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlar. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan. 3-avlod (60-yillar boshi) Element baza - integral chizmalar. EHM hajmining keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, mahsuldorligining ortishi. Ma’lum masofadagi terminallardan alohida bo‘lish. 4-avlod (70-yillar o‘rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. SHK larning ommaviy chikarilishi. Rivojlanish yo‘nalishi: yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari, arzon mikroEHMlarni yaratish. 5-avlod (80-yillar o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi. So‘ngri axborot inqilobi yangi soha - yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog‘lik axborot sanoatini oldingi qatorga ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. 2. Axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar Hozirgi zamonda iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu informatsion texnologiyalar (ya’ni, axborot texnologiyalar) hisoblanadi. U ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlashni amalga oshirib, asoslangan boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan. "Axborot" (informatsiya) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib biron-bir voqea, hodisa, fakt yoki faoliyat haqida xabar qilish ma’nosini bildiradi. Axborot tushunchasi real voqe’likning amaliy holatini to‘la mazmunda aks ettirishdan iboratdir. Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham bo‘ladi. Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy zahiralar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. Axborot texnologiyasi (AT) ob’ekt , jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. 3.Axborot jamiyati Axborot jamiyatiga o‘tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. 5 Axborot jamiyati - ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatidir. Axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ko‘rsatish mumkin: - axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya’ni axborot mo‘l-ko‘lligi va axborot taqchilligi o‘rtasidagi ziddiyat yechildi; - boshqa zahiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta’minlandi; - rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo‘ladi; - eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllandi; - axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, umumiylik xususiyat kasb etmoqda; - butun insoniyat sivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda; - zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun sivilizatsiya axborot zahiralariga erkin kirishi amalga oshdi. Ijobiy tomonlardan tashqari, salbiy oqibatlar ham oldindan ko‘rilgan: - ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi; - axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib yuborishi; - sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi; - ko‘pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi. Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Axborot zahiralari - alohida hujjat va alohida hujjat to‘plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamidir. Moddiy zahiralar - ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari yig‘indisidir, masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hokazolar. Tabiiy zahiralar - kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat ob’ektlari, jarayonlari, sharoitlaridir. Mehnat zahiralari - jamiyatda ishlash uchun umumiy ma’lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilardir. Moliyaviy zahiralar -davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘laridir. Energetika zahiralari - energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko‘mir, neft, mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar. Kibernetika, so‘ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan axborot so‘zi o‘zining dastlabki ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsada, ayni paytda bir qator yangi ma’nolarga ham ega bo‘ldi. Axborot deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma’lumotlar, dalillar, bilimlar yig‘indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo‘li bilan yoki ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida yoki mavhum gipotetik tizimlarni o‘rganish - mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin. Tajriba o‘tkazilguncha mavjud bo‘lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi - aposterior deyiladi. U shuningdek chin yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Axborot olish jarayoni ko‘pincha statistik xususiyatga ega bo‘lgani uchun tizim haqidagi axborot (ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki ehtimollashgan ham bo‘lishi mumkin. 6 Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan: Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma’lumotlari, bilimlari yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining ma’lumoti va “xom-ashyo”sidir. Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig‘indisidir, ya’ni axborot zahiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi. Ko‘rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to‘liq, axborot jarayonlari ko‘p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi. Axborot texnologiyasi (AT) ob’ekt, jarayon yoki xodisaning xolati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang‘ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Takrorlash uchun savollar 1. Axborot texnologiyasi jarayoniga nimalar kiradi? 2. Axborot zahiralariga nimalar kiradi? 3. Axborot jamiyati ta’rifini ayting? Tayanch so‘z va iboralar Axborot (Informatsiya); Informatsion texnologiyalar (Axborot texnologiyalari); Iqtisodiy axborot; Axborot jamiyati; Axborot zahiralari; Test savollari 1.Axborot texnologiyalari nima uchun mo‘ljallangan? A). boshqaruv qarorlarni qabul qilish B). kompyuter yaratish C). dasturiy ta’minot yaratish D). texnikaviy ta’minot yaratish E). axborotlarni jamlash 7 2. Iqtisodiy axborot nimalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lik? A). ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan B). ishlab chiqarish jarayonlari bilan C). bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan D). moddiy resurslar va bozorlar faoliyati bilan E). har qanday axborot nimalar bilan 3. Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida 1- axborot inqilobining ma’nosi? A). yozuvning kashf etilishi B). kompyuterning kashf etilishi C). avtomobilning kashf etilishi D). qog‘ozning kashf etilishi E). disketaning kashf etilishi 4. Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida 2- axborot inqilobining ma’nosi? A). kitob nashr etishning kashf etilishi B). kompyuterning kashf etilishi C). avtomobilning kashf etilishi D). qog‘ozning kashf etilishi E). disketaning kashf etilishi 5. Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida 3- axborot inqilobining ma’nosi? A). elektrning kashf etilishi B). kompyuterning kashf etilishi C). avtomobilning kashf etilishi D). qog‘ozning kashf etilishi E). disketaning kashf etilishi Foydalanilgan adabiyotlar 1.Axborot tizimlari va texnologiyalari/S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshqalar.T.:”Sharq”,2000.-88-116 betlar. 2.G‘ulomov S.S., Shermuhamedov A.T., Begalov B.A. Iqtisodiy informatika. T.: "O‘zbekiston", 1999.-21-32 betlar. 3. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-6-15 betlar. 4. Mishenin A.I. Teoriya ekonomicheskix informatsionnix sistme: Uchebnik.-4-ye izd.,dop. i pererab.-M.:Finansi i statistika, 2000.-5-9betlar. 5.Nazarov S.V. i dr. Kompyuternie texnologii obrabotki informatsii. Moskva, Finansi i statistika, 1995.-7-15 betlar. 8 2-Mavzu: Axborotni tasniflash tamoyillari (2 soat ) Ma’ruza rejasi: 1. Axborot tasnifi 2. Axborotning o‘lchov birliklari. 1.Axborot tasnifi Axborot doimo o‘z manbalariga va axborotdan foydalanuvchilarga ega bo‘ladi. Xabarlarni axborot manbaidan axborot iste’molchisiga yetkazib berish yo‘llari va jarayonlari axborot kommunikatsiyalari deb ataladi. Hozirgi davrni informatikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy zahirasi axborotdir. Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob’ektlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiruvchi, o‘zaro konseptual bog‘lik ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi ham keng qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham bo‘ladi. Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotgga aylanadi. XX asr oxirlarida ilg‘or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo‘lmoqda. Butun dunyo makonining elektron kvartira va kottejlarida yashovchi kishilar yagona kompyuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joy turli elektron uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi. 9 10 Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida zarur axborotni ko‘rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko‘zda tutadi. Axborot tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qimmat turadigan jarayon. Shuning uchun uni tasniflash zarur. Tasnif tizimini axborotga qo‘llash uchun quyidagicha yondashish zarur: 1) axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo‘lishi kerak; 2 tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari quyilishi lozim; 3 ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan aniq bir bozor va tovarlarni bilish zarur; 4 tahlilning mohiyati va teranligi avvalo berilgan axborot turi va hajmiga bog‘lik. Axborotni turli belgilarga qarab tasniflash mumkin. 1. Axborot olish usuli bo‘yicha quyidagilarga ko‘ra tasniflanadi: a) tadqiqot davomida bevosita so‘rov varaqalari yordamida, telefon so‘zlashuvlari va shaxsiy suhbat yo‘li bilan olib borilishi mumkin; b) davriy va maxsus adabiyotlarni o‘rganish orqali; v)ma’lumotlarni telefaks yoki tayyorlangan magnitli tashuvchilar vositasida uzatish. Odatda bu axborot maxsus axborot agentliklari so‘rovi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday axborot u yoki bu muammo yoki muhitga muvofiqligi, shuningdek to‘laqonligi va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Ma’lumot va xabarlarni optik disklar (kompakt disklar) da uzatish so‘nggi yillarda keng ommalashdi. Ularda nafaqat matn, balki istalgan boshqa video va audio axborot yozuv ham olib boriladi. 2. Qayta ishlash usuliga ko‘ra ma’lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy xulosa va yakunlarga bo‘linadi. Jumladan, boshlang‘ich axborot odatda voqe’likda yuz beruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi axborot uz asosiga ko‘ra birlamchi ma’lumotlarga tayanadi. Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir. Shu bilan birga, tadqiqotlarda boshlang‘ich axborot sifatida rejalashtirish, hisob va tahlil vazifalarini hal etish jarayonida olingan ma’lumotlar kiritiladi.Shu munosabat bilan boshlang‘ich va hosila axborotni uning yuzaga kelishi muhiti va foydalanish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish lozim. 3. Tadqiqot ob’ekti nuqtai nazaridan axborot eng avvalo tashqi makromuhit ta’sirini hisobga olgan holda ma’lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banklaridan foydalanish uchun ancha asoslangan yo‘nalishni tanlash maqsadida bozor ehtiyoji va talablarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. 4. Funksional vazifasiga ko‘ra axborotni quyidagicha tasniflash mumkin: a)yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli qanday bo‘lishini ochib beruvchi axborot; b) bozorning aniq segmentida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot; v) amalda erishilganiga qaraganda ko‘zlangan natijadan chetga chiqishni aniqlash bo‘yicha axborot (chetga chiqish sabablarini belgilash ). Bu uchala turlar bab-baravar muhim, zero ulardan birgalikda foydalanishgina firma vazifalarini samarali hal etishni ta’minlaydi. Axborotning birinchi turi - prognozlash va rejalashtirish funksiyasi bilan; ikkinchisi - hisob-kitob funksiyasi bilan; uchinchisi - nazorat va tahlil funksiyalari bilan bog‘likdir. 5. Vazifasiga ko‘ra axborot ma’lumotnoma, tavsiyanoma, me’yoriy va signalli turlariga bo‘linadi. 11 Ma’lumotnoma axborot ko‘proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, ob’ektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va ma’lumotnomalar tizimi shaklida namoyon bo‘ladi. Xorijiy ma’lumotnoma axborotini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildan-yilga uzluksiz ko‘payib bormoqda. Tavsiyanoma axborot o‘z navbatida bosma nashrlarda e’lon qilingan va tijorat ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o‘tqazish natijalariga ko‘ra shakllanadi. Me’yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi. U ishlab chiqarishning turli elementlari rejali, miqdoriy o‘lchovini tavsiflovchi ilmiy va texnik asoslangan me’yorlar tizimini aks ettiradi. Signalli axborot muhitdagi ob’ektlar faktik holatining rejasidan chetga chiqishi paydo bo‘lganda yuzaga keladi. Chetga chiqish sabablari aniqlangandan so‘ng ularni bartaraf etish tadbirlari ko‘riladi. 6. Taqdim etish usuliga ko‘ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik qatorlarga bo‘linadi. Matn axboroti eng ko‘p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun hozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko‘rinishida maxsus dasturiy vositalar qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlar matn hujjatlar ma’lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo‘ljallangan. 7. Axborot o‘zining barqarorligiga ko‘ra o‘zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga bo‘linadi. O‘zgaruvchan axborot ob’ektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. Shartli-doimiy va doimiy axborotlar muhitning doimiy o‘lchamini aks ettiridi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Axborotning pragmatik o‘lchovi iste’molchi tomonidan oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun axborotning foydaliligini (qimmatligini) belgilab beradi. Ushbu o‘lchov ham u yoki bu tizimdagi axborotdan foydalanish xususiyatlari bilan bog‘liq nisbiy ko‘rsatkichdir. 2. Axborotning o‘lchov birliklari Axborotning o‘lchashda ikki parametr kiritiladi, bular axborotning miqdori (I) va hajmi (V). Ushbu parametrlar ko‘riladigan yondashuvga qarab har xil tahlillanishi mumkin. 12 Sintaksis axborot o‘lchov miqdori – bu ob’ektning ma’nosi bo‘lmagan axborotlari deb hisoblanadi. Xabarlarning axborot hajmi (Vd ) belgilar miqdori bilan aniqlanadi. Har xil sanoq sistemalarida elementar o‘lchov birligi har xil bo‘ladi. Masalan, ikkilik sanoq sistemasida bu BIT, o‘nlik sanoq sistemasida DIT (masalan, 10001101 ushbu xabarning hajmi Vd=8 bit, 110859 ushbu xabarning hajmi Vd=6 dit.). Axborot miqdorini sintaksis yondashuvda faqatgina entropiya (tizimni noaniq holati) tushunchasi orqali aniqlasa bo‘ladi, chunki biror-bir tizim haqida biz qabul qilgan axborot ushbu tizim haqidagi bilimimizni o‘zgartiradi. Ushbu konsepsiya quyidagicha beriladi, faraz qilamiz, α tizimi haqidagi boshlang‘ich ma’lumotga egamiz. Tizimni noaniqlik holatini H (α ) funksiyasi orqali aniqlaymiz. Qo‘shimcha β ma’lumot qabul qilinganda biz qo‘shimcha axborotga Iβ(α) ega bo‘lamiz. Natijada tizimni noaniqlik holati Hβ (α ) ga teng bo‘ladi. Demak tizim haqidagi axborot miqdori Iβ(α) quyidagicha aniqlanadi Iβ (α)=Hβ (β) – Hβ (α ), ya’ni noanikliqni o‘zgarishi bilan axborot miqdori aniqlanadi. Agar tizim N holatga ega bo‘lsa Shennon formulasi bo‘yicha uning entropiyasi teng bo‘ladi: N H (α ) = - ∑ Pi log Pi i=1 Bu yerda Pi - tizimning i-holatda bo‘lishining ehtimoli. Semantik nuqtai nazardan axborotni mazmunan o‘lchovini bildiradi va ushbu masalani tezaurus tushunchasi orqali aniqlashishadi. Tezaurus- foydalanuvchi yoki tizimning ixtiyorida bo‘lgan ma’lumotlar to‘plami demakdir. Foydalanuvchi tomonidan o‘zlashtirilgan va uning tezaurusiga qushilgan semantik axborot miqdorining Is o‘zgarishi axborotlarning mazmuniy qismi S va foydalanuvchining tezaurusi Sp orasidagi farqdan iborat bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatikichlar orasidagi bog‘lanishni quyidagi grafik ko‘rinishda tasvirlasa bo‘ladi. Ushbu grafikdan ko‘rinib to‘ribdiki Ic ning qiymati ikki holda nolga teng bo‘ladi, ya’ni: 1 Agar Sp = 0 bo‘lsa foydalanuvchi kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilmaydi, ya’ni tushunmaydi; 2 Agar Sp → ∞ foydalanuvchi hamma narsani biladi va shu bois kelayotgan ma’lumotga zaruriyat yo‘q. 13 Semantik axborot miqdorining, Ic ning, maksimal qiymati S ning Sp ga teng bo‘lganda erilishadi va Sp=Sp opt . Ya’ni foydalanuvchi o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan axborotlarning mazmuniy qismi S va foydalanuvchining tezaurusi Sp bir-biriga teng bo‘ladi. Pragmatik axborot o‘lchovi ma’lumotni qay darajada foydali ekanligini anglatadi. Kiritilgan o‘lchov birliklarini taqqoslash maqsadida quyidagi jadvalni keltiramiz. Axborot o‘lchovi O‘lchov birligi Misollar (kompyuter sohasi uchun) Sintaktik yondoshuvi Mavxumlikning kamayishi Voqea sodir bo‘lishi taxmini darajasi Kompyuter yondoshuvi Axborot yetqazib berish Bit, bayt, Kbayt va hokazolar birliklari Semantik Tezaurus Amaliy dasturlar hajmi, shaxsiy kompyuter, kompyuter tarmoqlari va hokazolar Rentabellik, unumdorlik, amorIqtisodiy ko‘rsatkichlar tizatsiya normasi va hokazolar Pragmatik Qo‘llashdagi foydasi Xotira hajmi, kompyuter unumdorligi, ma’lumotlarni uzatish tezligi va hokazolar Takrorlash uchun savollar 1. Axborotni turli belgilarga qarab tasniflab bering? 2. Axborot o‘lchov birliklarini ta’riflang? Tayanch so‘z va iboralar Axborot (Informatsiya); Iqtisodiy axborot; Ma’lumotnoma axborot; Tavsiyanoma axborot; Me’yoriy axborot; Signalli axborot; Tezaurus; Pragmatik axborot o‘lchovi ; Test savollari 1. Axborot ta’rifini aniqlang? A). atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir B). atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir C). hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir D). oddiy ma’lumotdir E). ma’lumotlar bazasi 2. Iqtisodiy axborotning mantiqiy tarkibi nimalardan iborat? A). axborot tizimi, axborot oqimi, massiv, hujjat, ko‘rsatkich, rekvizit -asos va rekvizitbelgi. B). axborot tizimlari C). axborot tizimlari, axborot oqimlari D). rekvizit -asos va rekvizit-belgi. E). massivlar, hujjatlar 14 3. Foydalanuvchi yoki tizimning ixtiyorida bo‘lgan ma’lumotlar to‘plami deb nimaga aytiladi? A). tezaurus B). axborot C). axborot tizimlari D). rekvizit –asos E). hujjat 4. Pragmatik axborot o‘lchovi nimani anglatadi? A). ma’lumotni qay darajada foydali ekanligini B). ma’lumotni qay darajada zararli ekanligini C). ma’lumotni qay darajada befoydali ekanligini D). ma’lumotni qay darajada zararsiz ekanligini E). To’g’ri javob yo’q 3. Axborotning o‘lchashda kanaka parametrlar kiritiladi? A). axborotning miqdori (I) va hajmi (V) B). axborotning miqdori (I) C). axborotning hajmi (V) D). axborotning miqdori (I) va qiymati (S) E). axborotning qiymati (S) va hajmi (V) Foydalanilgan adabiyotlar 1.Axborot tizimlari va texnologiyalari/S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshqalar.T.:”Sharq”,2000.-88-116 betlar. 2.Informatika:Uchebnik.-3-pererab.izd./Pod red.prof. N.V.Makarova.-M.: Finansi i statistika, 1999.-13-59 betlar. 3. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-6-15 betlar. 4. Mishenin A.I. Teoriya ekonomicheskix informatsionnix sistme: Uchebnik.-4-ye izd.,dop. i pererab.-M.:Finansi i statistika, 2000.-5-9betlar. 5. Godin V.V.,Korneev I.K. Upravleniye informatsionnimi resursami: 17-modulnaya programm dlya menedjerov «Upravleniye razvitiyem organizatsii». Modul 17.- M.: «INFRAM», 1999.-49-54s. 15 3-Mavzu: Axborot texnologiyalari va iqtisodiy axborotlar tizimi (2 soat ) Ma’ruza rejasi: 1. Boshqaruv tizimi. 2. Axborot tizimi 3. Xalq xo‘jaligi sohalaridagi axborot tizimlari 4. Axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari 5. Matematik usullar va modellardan foydalanish 6. Axborot texnologiyalari iqtisodiy rivojlanishning muhim omillari 1. Boshqaruv tizimi. Axborotlar tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud bo‘lgan, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari - moddiy va madaniy ne’matlarni ishlab chiqarish bilan bog‘lik jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob’ektini boshqarish tizimidagi tutgan o‘rnini aniqlab olish lozim. Bu ob’ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog‘lik. Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob’ekti va boshqaruv sub’ektini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv sub’ekti maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashkil topadi. Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to‘g‘ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog‘langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob’ektiga yo‘naltiradigan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa teskari yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi axborot oqimida o‘z aksini topadi. Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi axborot va boshqaruv maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi iqtisodiy ob’ektning axborot tizimini tashkil etadi. Boshqaruv tizimi qurilmasi. 16 2. Axborot tizimi Axborot tizimi (AT) - boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborot bilan ta’minlovchi ob’ekt haqidagi axborotni yig‘ish, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha ma’lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni o‘zida namoyon etadi. Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab qo‘lda qilinadigan, avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari bor. Qo‘lda qilinadigan axborotlar tizimida -boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, boshqasi inson tomonidan bajariladi. Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari texnika vositalarida inson ishtirokisiz amalga oshiriladi. Qo‘llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: - ilmiy tadqiqotlar; - loyihalashtirishni avtomatlashtirish; - tashkiliy boshqarish; - texnologik jarayonlarni boshqarish; Ilmiy AT ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Loyihalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi texnika ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Tashkiliy boshqarishning AT –shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxona) ham nosanoat ob’ektlari (bank, birja, sug‘urta kompaniyasi) va ayrim ofislar (ofislar tizimlari) ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnologik jarayonini boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan (metallurgiya, energetika) 3. Xalq xo‘jaligi sohalaridagi axborot tizimlari Ko‘pgina korxonalar bozor sharoitida axborotga mulkchilikning, boshqa istalgan turlari kabi, saqlash, foydalanish va himoya qilish zarur bo‘lgan qimmatbaho zahira sifatida baho berishadi. Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur korxona buxgalteriya axborot tizimlari (BUAT) ni barpo etadi. Ularning asosiy maqsadi cheklangan zahiralardan, shuningdek, muqobil variantlardan foydalanishda asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun korxona rahbariyatini moliyaviy axborot bilan ta’minlashdir. Buxgalteriya axborotining asosiy foydalanuvchilari korxona rahbariyatidir. Bu axborot asosida korxonaning so‘ngi hisobot davridagi sof foydasi, foyda me’yorining kutilayotgan hajmga muvofiqligi, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi aniqlanadi. Integrallashning bank axborot tizimlari (BAT) yagona dasturiy texnologik majmuani o‘rnida namoyon etadi, u moliya va kreditning belgilangan sharoitlari bo‘yicha nazorat qiladigan zahiralarni o‘zlashtirishi, qaytarilishi va balanslanganligini tezlashtirish vositasidir. Integratsiyalashgan BAT bank vazifalarining yig‘indisini yaxlit holda qamrab oladi. U alohida holdagi avtomatlashtirilgan vazifalar yig‘indisi emas, balki murakkab tizimga xos bo‘lgan kompleks dasturlardir. 4. Axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari Axborot tizimlari ma’lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi. Muhandislar va loyihachilar ishi samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining 17 vazifasi – tashkilotlarga yangi ma’lumotlarni integratsiyalash va qog‘oz hujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdir. Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog‘lik bo‘la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stansiyalar va ofis tizimlari ko‘rinishda bugungi kunda biznesda eng tez rivojlanmoqda. Ma’lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan, ularga ko‘ra zarur kirish ma’lumotlari mavjud. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo‘lmagan malakali xodimlarning operatsiyaviy (ijrochilik) faoliyati darajasida qo‘llanadi. Shu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo‘llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruratiga olib keladi. Operatsiyaviy faoliyat darajasiga quyidagi vazifalar hal etiladi: - firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqida ma’lumotlarni qayta ishlash; - firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarin tuzish; - istalgan joriy savollarga javob olish va ularni qog‘oz hujjatlari yoki hisoblari ko‘rinishida rasmiylashtirish. Ma’lumotlarni qayta ishlash quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi: - ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha firmaga zarur bo‘lgan vazifalarni bajarish. Har bir firma o‘z faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish va saqlashga qonunan haqli.Ular firmada nazoratni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanishi mumkin.Shu bois istalgan firmada ma’lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo‘lishi va tegishli axborot texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim; - faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifani hal etish mumkin; - odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish; - taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha ketmaketlik tartibida tekshiriladi; - voqealar ketma-ketligiga urg‘u berish; Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari va xususiyatlari quyidagicha: Ma’lumotlar banki. Firmaning mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarshiga qarab uning har bir xatti harakati haqida tegishli ma’lumotlar yozuvi bo‘ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli firma xatti harakatlari u ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida alohida ajralib turadi. Ma’lumotlarni qayta ishlash. Firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib tushayotgan ma’lumotlardan axborotni yaratish uchun quyidagi operatsiyalardan foydalaniladi: tasnif va guruhlash. Boshlangich ma’lumotlar odatda bir yoki bir necha ramzlardan tashkil topgan kodlar ko‘rinishida bo‘ladi. Ob’ektlarning ayrim belgilarini ifodalovchi bu kodlar yozuvlarni aynan o‘xshatish va guruhlash uchun foydalanadi; - yozuvlarni izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi sortlash; - arifmetik va mantiqiy opreratsiyalarni o‘z ichiga olgan hisoblashlar; - ma’lumotlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi yiriklashtirish yoki agregatlashtirish; Ma’lumotlarni saqlash. Operatsiyaviy faoliyat darajasidagi ko‘pgina ma’lumotlarni keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa darajada saqlash zarur. Ularni saqlash uchun ma’lumotlar 18 bazasi yaratiladi. Hisobotlar (hujjatlar)ni yaratish. Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasida firma rahbariyati va xodimlari uchun hujjatlar yaratish lozim. Boshqarishning axborot texnologiyalari maqsadi qarorlarni qabul qilishga aloqasi bo’lgan firma barcha xodimlarining axborot ehtiyojlarini qondirishdir.U boshqarishning istalgan darajasida foydali bo‘lishi mumkin Boshqaruvning axborot texnologiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga mo‘ljallangan. Doimiy hisobotlar belgilangan grafikka muvofiq yaratiladi. Maxsus hisobotlar boshqaruvchilar so‘rovi bo‘yicha yoki kompaniyada biror-bir rejalashtirilmagan hodisa ro‘y berganda yaratiladi. Qiyosiy hisobotlar turli manbalardan olingan yoki turli belgilarga ko‘ra tasniflangan va qiyoslash maqsadlari uchun foydalaniladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Favqulodda hisobotlar istisno (favqulodda) tariqasidagi ma’lumotlarni qamrab oladi. Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun, faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo‘llab-quvvatlash uchingina emas, balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jihatdan ham diqqatni o‘ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo‘llab quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta’minlovchi kompyuter va nokompyuter texnik vositalar uchun bir necha unlab dasturiy mahsulotlar ma’lum: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, telekonferensiyalar, shuningdek boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari kiradi. Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning tizimi tarkibiga uch asosiy qism: ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi, so‘ngisi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT), modellar bazasini boshqarish tizimi (ModBBT) foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi interfeys bilan boshqarish tizimidan iborat. Ma’lumotlar bazasi qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning axborot texnologiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamida hisob-kitoblar uchun foydalanishi mumkin. Ma’lumotlarning bir qismi axborot tizimidan operatsiyaviy darajaga kelib tushadi.Ulardan samarali foydalanish uchun bu ma’lumotlar oldindan qayta ishlanishi lozim. Firma operatsiyalari haqidagi ma’lumotlardan tashqari, qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi ishlashi uchun boshqa ichki ma’lumotlar, masalan, xodimlarning harakatlanishi haqidagi ma’lumotlar talab etiladi. Ular o‘z paytida kiritilishi lozim. Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni amalga oshirish uchun tashqi manbalardan olinadigan ma’lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Ichki ma’lumotlardan farqli ravishda tashqi ma’lumotlar odatda ularni yig‘ishga ixtisoslashgan tashkilotdan sotib olinadi. 5.Matematik usullar va modellardan foydalanish Hozirgi paytdagi ma’lumotlar bazasiga yana bir ma’lumotlar manbai – yozuvlar, xatlar, shartnomalar, buyruqlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni kiritish haqidagi masala keng tadqiq etilmoqda. Modellar bazasi. Modellarni yaratishdan maqsad ayrim ob’ekt yoki jarayonlarni tasvirlash va qulaylashtirishdir. Modellardan foydalanish qarorlarni qabul qilishni qo‘llabquvvatlash tizimida tahlil o‘tqazishni ta’minlaydi. Muayyan algoritmlar yordamida muammoning matematik talqiniga asoslangan modellar to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish uchun foydali axborotni topishga qulaylik yaratadi. 19 Axborot tizimlari tarkibida modellardan foydalanish statistik uslublar va moliyaviy tahlil uslublarini qo‘llashdan boshlanadi. Foydalanish maqsadlari bo‘yicha modellar ayrim ko‘rsatkichlarning eng quyi yoki eng yuqori nuqtalarini topish bilan bog‘lik optimallashgan va ayrim tizimlari ishini bayon etuvchi va boshqaruv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan tasvirlovchiga bo‘linadi. Baholash usuliga ko‘ra modellar boshlang‘ich ma’lumotlarning aniq bir qiymatida bir son bilan o‘zgaruvchilarni baholashda foydalanuvchi deterministik va boshlang‘ich ma’lumotlar ehtimoliy xarakteristikalarda berilganligi tufayli bir necha parametrlar bilan o‘zgaruvchilarni baholovchi stoxastikga tasniflashadi. Qaror qabul qilishini qo‘llab-quvvatlash tizimlarida modellar bazasi strategik ,taktik va operativ modellardan iborat bo‘ladi, ular shuningdek elementlarni tuzishda foydalaniladigan model bloklar, modullar va ish tartiblari jamlanganligi ko‘rinishidagi matematik modellarni ham o‘z ichiga oladi. Strategik modellar boshqaruvning oliy darajasida tashkil qilish maqsadlari, unga erishish uchun zarur bo‘lgan zahiralar hajmlari, shuningdek, bu zahiralarni sotib olish va ulardan foydalanish siyosatini o‘rnatish uchun ishlatiladi. Taktik modellar o‘rta bo‘g‘in boshqaruvchilari tomonidan mavjud zahiralardan foydalanishni taqsimlash va nazorat qilish uchun qo‘laniladi. Ulardan foydalanishning ehtimoliy sohalari orasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: moliyaviy rejalashtirish, xodimlarga talablarni rejalashtirish.savdo-sotiqni rejalashtirish. Odatda taktik modellar deterministik. Optimallashgan va universal shakllarda amalga oshiriladi. Operativ modellar boshqarishning quyi darajalarida kunlar va hujjatlar bilan o‘lchanuvchi muddatlarda operativ qarorlar qabul qilishni qo‘llab quvvatlash uchun foydalaniladiBu modellardan odatda firma ichidagi ma’lumotlar hisob-kitobi uchun foydalaniladi. Ular odatda deterministik, optimallashgan va univesal bo‘ladi. Matematik modellar matematik uslublarni amalga oshiruvchi model bloklar, modullar va ish tartiblari jamlanmasidan iborat bo‘ladi. Bunga chiziqli dasturlashtirish, vaqtinchalik qatorlarning statistik tahlili, regressiv tahlili kirishi mumkin. Modellar bazasining boshqaruv tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim: yangi modellarni yaratish, modellar parametrlarini qo‘llab-qo‘vvatlash va yangilash, modellarni manipulyatsiya qilish. 6. Axborot texnologiyalari iqtisodiy rivojlanishning muhim omillari Hozirgi jamiyat axborot jamiyati deb ataladi. Hisoblash texnikasi va aloqasi vositalarining keng rivojlanishi axborotni ilgari hayolga ham keltirib bo‘lmaydigan shunday hajm va tezkorlikda yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish imkoniyatini beradi. 20 Axborot texnologiyalari tufayli insonning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi dunyo sivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar va ma’naviy qadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan ham behad kengaymoqda, iqtisodiyotning o‘zi esa moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish sifatida – kamroq, axborot mahsulotlari va xizmatlarini yaratish va tarqatish sifatida – ko‘proq xususiyat kasb etmoqda. Axborotlashgan jamiyat o‘zi ichiga quyidagi komponentlarni qamrab oladi: axborot resurslari – ma’lumotlar bazalari va banklari, turli xil arxivlar, kutubxonalar, muzeylar fondi va boshqalar; axborot – telekommunikatsiya infrastrukturasi – hududiy davlat kompyuter tarmoqlari, telekommunikatsion tarmoqlar va maxsus xizmat ko‘rsatuvchi tizimlar, tarmoqlar, ma’lumotlarni uzatish kanallari va axborot oqimlarini boshqarish; axborotlar, kompyuterlar va telekommunikatsiya texnologiyalari; axborotlarga kirish va ularni tarqatish uchun qo‘llaniladigan telekommunikatsiya, informatika va hisoblash texnikasi vositalarini qo‘llaydigan ilmiy-ishlab chiqarishdagi mutaxassislar; milliy axborotlar infrastrukturasi faoliyatini tashkil qiluvchi tashkiliy strukturalar va kadrlar; ommaviy axborot tizimlar; axborot mahsulotlari va xizmatlari, informatizatsiyalash, telekommunikatsiya, aloqa vositalari va axborotlar texnologiyalari bozori; axborotlarni himoya qilishni ta’minlovchi tizimlar; jahonning ochiq axborotlar tarmoqlari bilan milliy axborotlar borligining munosabatlari; axborotlashtirish qonunlarining tizimi. Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo‘lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot mahsulotlari va xizmatlari uchun narx siyosatini ishlab chiqishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur: - narxlar hisob-kitobi uslubini tanlash; - raqobatchilar orasida korxona o‘rnini aniqlash; - yangi tur mahsulotlari narxlariga yondoshuvini ishlab chiqish; - o‘z korxona va raqobatchilarning “harajatlar-foyda” munosabatlari qiyosiy tahlili imkoniyati. 21 Boshlang‘ich bosqichda narx siyosati birinchi navbatda bozorni egallashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimki, bunga quyidagilar hisobiga erishish mumkin: - dastlabki seanslar davomida ma’lumotlar bazasiga bepul kirish huquqini berish; - ma’lumot beradigan axborotdan tekin foydalanish; - bir soatli ulab berishga nisbatan past narxni o‘rnatish; - maslahat berish ishiga bepul o‘qitish. Narxlarning aniq qiymatini o‘rnatish - narx hosil qilish, umuman marketing tayyorgarligi ham eng murakkab muammodir. Foydalanuvchi u yoki bu ma’lumotlar negizini tanlaganda ko‘p xollarda ularning quyidagi xususiyat va belgilarini e’tirof etadi: - ma’lumotlarning aniqligi, ishonarliligi, vakolatliligi, shuningdek tez-tez yangilanib turishi; - ko‘chmas mulk birja baholari, qo‘shma korxona faoliyati va auditorlik tekshirishlari natijalari haqida axborotning mavjudligi; - chet mamlakatlarda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning tijorat takliflari haqidagi axborotning mavjudligi; - aksiya, obligatsiya va xomashyoning halqaro indekslari; - xorijiy firmalarning tijorat takliflari; - qonuniy va me’yoriy hujjatlar; - halqaro axborot agentliklarining ustivor moliyaviy-iqtisodiy yangiliklari va boshqalar. Takrorlash uchun savollar 1. Boshqaruv tizimining komponentlari nimalardan iborat? 2. Boshqaruv tizimida axborot oqimlarini mohiyati nimada? 3. Avtomatlashtirilganlik darajasiga bo‘yicha axborot tizimlarning mavjud turlari nimalardan iborat? 4. Qo‘llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini sinflarga ajrating? 5. Ilmiy axborot tizimining ta’rifini bering? 6. 7.Loyihalashtirishni avtomatlashtirish axborot tizimi ta’rifini bering? 7. 8.Tashkiliy boshqarishning axborot tizimi ta’rifini bering? 8. Texnologik jarayonini boshqarishning axborot tizimi ta’rifini bering? 9. Boshqarishning axborot texnologiyalari maksadini yoritib bering? 10. Matematik modellar deganda nimalarni tushunamiz? 11. 12.Axborotlashgan jamiyat qanaqa komponentlarni qamrab oladi? 12. Axborot mahsulotlari va xizmatlari uchun narx siyosatini ishlab chiqishda qaysi omillarni hisobga olish zarur? Tayanch so‘z va iboralar Boshqaruv tizimi; Qo‘lda qilinadigan axborot tizimi; Avtomatlashtirilgan axborot tizimi; Avtomatik axborot tizimi; Axborot tizimlarini sinflari; Ilmiy AT; Loyixalashtirishni avtomatlashtirish AT; Tashkiliy boshqarishning AT; Texnologik jarayonini boshqarishning axborot tizimi; Strategik model; Taktik model; Operativ model; Matematik modellar; Axborotlashgan jamiyat; "Oq yoqali" ishchilar Signallar telefon liniyalari orkali uzatiladi 22 Test savollari 1. Qo‘llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini sinflarga ajrating. A). ilmiy tadqiqotlar, loyihalashtirishni avtomatlashtirish; tashkiliy boshqarish; texnologik jarayonlarni boshqarish; B). ilmiy tadqiqotlar , loyihalashtirishni avtomatlashtirish; C). tashkiliy boshqarish, texnologik jarayonlarni boshqarish; D). ilmiy tadqiqotlar E). loyihalashtirishni avtomatlashtirish 2. Qaror qabul qilishini qo‘llab-quvvatlash tizimlarida modellar bazasi nimalardan iborat? A). strategik, taktik va operativ modellardan A). ma’lumotlar modelidan B). ma’lumotlar bazasidan C). ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan D). strategik modeldan 3.Matematik modellar nimalarning jamlanmasidan iborat? A). Matematik uslublarni amalga oshiruvchi model bloklar, modullar va ish tartiblaridan. B). Amaliy dasturlar paketidan C). Microsoft Office dasturlar to‘plamidan D). Strategik modellardan E). Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan 4. Axborot tizimlari tarkibida modellardan foydalanish nimalarni qo‘llashdan boshlanadi? A). statistik uslublar va moliyaviy tahlil uslublarini qo‘llashdan B). ehtimollar nazariyasidan C). dasturiy ta’minotdan D). texnik vositalardan E). amaliy dasturlar paketidan 5. BUAT qisqartmasi nimani bildiradi? A). buxgalteriya axborot tizimlari B). bank axborot tizimlari C). buxgalteriya uslubiy axborot tizimlari D). bank uslubiy axborot tizimlari E). boshqa o‘quv axborot tizimlari 23 Foydalanilgan adabiyotlar 1.Axborot tizimlari va texnologiyalari/S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshqalar.T.:”Sharq”,2000.-116-133 betlar. 2.Informatika:Uchebnik.-3-pererab.izd./Pod red.prof. N.V.Makarova.-M.: Finansi i statistika, 1999.-71-86 betlar. 3.G‘ulomov S.S., Shermuhamedov A.T., Begalov B.A. Iqtisodiy informatika. T.: "O‘zbekiston", 1999.-37-65, 87-101 betlar. 4. Informatsionnie sistemi v ekonomike/Pod red. V.V.Dika - M.: Finansi i statistika, 1996.-813s. 5. Informatsionnie texnologii v marketinge: Uchebnik dlya vuzov/ G.A.Titorenko, G.A.Makarova, D.M.Dayitbegov i dr.; Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:YUNITIDANA,2000.-11-23 betlar. 24 4-Mavzu: Axborot texnologiyalarining tasnifi (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Ta’minlovchi va funksional axborot texnologiyalari 2. Kayta ishlanadigan ma’lumotlarngi tipi buyicha tasniflash 3. Axborot texnologiyalarining foydalanuvchi interfeysi buyicha tasniflash 4. Axborot texnologiyalarining umumiy tasnifi 1.Ta’minlovchi va funksional axborot texnologiyalari Tasniflashda asos qilinib olinadigan alomatlar har hil bo‘lishi mumkin. Masalan, avtomatlashtirishni mavjudligi bo‘yicha. Odatda an’anaviy va avtomatlashtirilgan texnologiyalar deb nomlanadi. Bundan tashqari axborot texnologiyalari ta’minlovchi va funksional qismlari bilan farqlanadi. Ta’minlovchi axborot texnologiyasi(TAT) – turli predmet sohalarda turli xil masalalarni yechish vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. TAT, ular mo‘ljallangan masalalar turlariga ko‘ra ajratilishi mumkin. Ta’minlovchi texnologiyalar turlicha platformalarga asoslanadi va bu turlicha kompyuter turlari va programma muhitlari turlari bo‘yicha izohlanadi, shuning uchun ularni predmet texnologiya asosida birlashtirishda sistemali integratsiyalash muammosi yuzaga keladi. U turlicha axborot tizimlarni yagona standart interfeysga keltirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Funksional axborot texnologiyasi – qandaydir predmet texnologiyani amalga oshiradigan ta’minlovchi axborot tizimini modifikatsiya qilishdan iborat. Masalan, kompyuterdan foydalanuvchi bank - kredit bo‘limi xodimining ishi albatta ssuda oluvchining kredit qobiliyatini baholash, kredit shartnomalari va qisqa muddatli majburiyatlar, to‘lovlar grafigini shakllantirishga muljallangan bank texnologiyalari va birorta axborot texnologiyalarida amalga oshiriladigan boshqa texnologiyalar to‘plamini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Ta’minlovchi axborot texnologiyasini oddiy ko‘rinishda funksional texnologiyaga o‘tqazish loyihalovchi mutaxassis tomonidan yoki foydalanuvchining o‘zi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bu transformatsiyaning qay darajada murakkabligi, ya’ni uning foydalanuvchi iqtisodchiga qay darajada tushunarli ekanligiga bog‘lik. Bu imkoniyatlar borgan sari kengayib boradi, chunki ta’minlovchi texnologiyalar borgan sari yaqinlashib boradi. Shunday qilib, kredit bo‘limi xodimining ixtiyorida u doim ishlatadigan ta’minlovchi texnologiyalar: tekst va jadval protsessorlar bilan birga maxsus funksional texnologiyalar: jadval protsessorlar, MBBT, ekspert tizimlar mavjud bo‘ladi. Keyingi alomat bu qayta ishlanadigan ma’lumot tipiga bog‘lik. 2.Qayta ishlanadigan ma’lumotlarngi tipi bo‘yicha tasniflash Quyidagi tasniflash ma’lum darajada shartli, chunki bu iqtisodiy texnologiyalarning ko‘pchiligi boshqa turdagi informatsiyalarni ham ishlatishi mumkin. Masalan, matnni taxrirlovchilar oddiy hisoblarni bajarishi mum-kin, jadval protsessorlari esa tekst informatsiyani ishlashi mumkin va grafik-lar bilan ham ishlashi mumkin. Lekin baribir bu texnologiyalarning har biri asosan ma’lum bir turdagi informatsiyani qayta ishlashga mo‘ljallangan. 25 3.Axborot texnologiyalarining foydalanuvchi interfeysi bo‘yicha tasniflash Foydalanuvchi interfeysi, ya’ni texnologiyadan foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqot, bo‘yicha tasniflashga paketli, muloqotli va tarmoqli texnologiyalar kiradi. Paketli texnologiyada foydalanuvchi faqatgina natija oladigan bo‘lsa, qolganlarida esa u shaxsiy yoki tarmoqqa ulangan kompyuter yordamida texnologiya bilan muomalada bo‘ladi. Boshqaruv jarayonida shaxslarning bajaradigan ishlarining avtomatlashtiril-ganligi bo‘yicha ham tasniflash mumkin, ya’ni hujjatlarni elektron qayta ishlash, boshqaruv funksiyalarini avtomatlashtirilganligi, qaror qabul qilish tizimi, ekspert tizimi. Tizimli interfeys – kompyuter bilan bog‘lik bo‘lgan, operatsion tizimlar yoki uning tuzilmalari orqali amalga oshiriladigan usullar to‘plamidir. Hozirgi operatsion tizimlarda buyruqli, SILK va WIMP interfeyslar mavjud. Axborot texnologiyalarining foydalanuvchi interfeysini tipiga ko‘ra tasniflanishi. 26 Buyrukli interfeys - eng oddiy interfeys. U ekranga buyruq kiritish uchun tizim taklifini kiritilishini ta’minlaydi. Masalan, MSDOSda taklif: S:/>, UNIX operatsion tizimda (OT) esa u odatda $ dollar belgisi shaklida bo‘ladi. WIMP - interfeys quyidagicha izohlanadi: Windows (oyna), Image (obraz), Menu(menyu), Pointer(ko‘rsatkich). Ekranda dasturlarni bildiruvchi obrazlar va harakatlar menyusi ko‘rinib turadi. Ulardan birortasini tanlash uchun ko‘rsatkichdan foydalaniladi. SILK – interfeys – Speech (nutk), Image (tasvir), Language (til), Knowledge (bilim). SILK – interfeysdan foydalanishda ekranda nutqli buyruq asosida bir qidiruv obrazidan boshqasiga mantiqiy semantik aloqalar asosida o‘tiladi. Operatsion Tizimlar (OT) bir dasturli va ko‘p dasturli, ko‘p foydalanuvchililarga ajratiladi. Bir dasturli OTga MSDOS ni misol qilish mumkin. Ko‘p dasturli OTlar (UNIX, Windows, DOS 7,0 , OS/2 va hokazo) bir vaqtda bir necha qo‘shimchalardan foydalanishga imkon beradi. Ular vaqtni taksimlash algortmi bo‘yicha farqlanadi. Agar bir dasturli OT lar paket va dialog rejimda ishlasa, ko‘p dasturli OTlarda ko‘rsatilgan rejimlarning har ikkalasi joylashishi mumkin. Bu tizimlar paket va dialogli texnologiyani ta’minlaydi. Ko‘pchilik ta’minlovchi va funksional texnologiyalardan boshqaruvchilar vosita-chisiz foydalanishlari mumkin. Bunda foydalanuvchilar u yoki bu texnologiyaning qo‘llanish ketma-ketligini o‘zgartirishlari mumkin. Shunday qilib, funksional axborot texnologiyalarining ishlash jarayonida foydalanuvchilarning qatnashishi yoki qatnash-masligiga qarab axborot tizimlar paket va dialog texnologiyalarga ajratiladi. Paket rejimda hal qilinadigan iqtisodiy masalalar quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: -masalaning yechilish algoritmi mavjud, uni yechish jarayoni inson aralashuvini talab qilmaydi; -kiritiladigan va chiqariladigan axborot hajmi katta va ularning katta qismi magnit disklarda saqlanadi; -hisoblash fayllardagi yozuvlarning asosiy qismi uchun bajariladi; -ma’lumotlar hajmi katta, shu bois masalalarni yechish ko‘p vaqt talab qiladi; -masalalar berilgan davriylik bo‘yicha yechiladi. Dialog rejim paket rejimga muqobil emas, balki uning rivojlan-tirilgan ko‘rinishidir. Agar paket rejimni qo‘llash masalani hal qilish jarayonida foydalanuvchining aralashuvini kamaytirsa, dialog rejim ma’lu-motlarni qayta ishlashda operatsiyalarning qat’iy ketmaketlikda bajarili-shini bekor qiladi (agar bu predmet texnologiyadan kelib chiqadigan zaruriyat bo‘lmasa). Axborot texnologiyalar o‘zaro bog‘lanish darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Ular turli texnik vositalar (disketli va tarmoqli bog‘lanish) orqali amalga oshirilishi mumkin, shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlashda turlicha konsepsiyalaridan foydalanish mumkin: taksimlangan ma’lumotlar bazasi va taqsimlangan ma’lumotlarga ishlov berish. Axborot texnologiyalarini o‘zaro ta’siri byicha ham tasniflanadi va bu tasnif texnik vositalar orqali amalga oshiriladi: disketali va tarmoqli ta’sirchanlik va taqsimlangan texnologiyalarni turlari buyicha, ya’ni taqsimlangan axborot bazasi va ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash uslubi. 27 Axborot texnologiyalarining o‘zaro bog‘likligi bo‘yicha tasnifi 4.Axborot texnologiyalarining umumiy tasnifi Yuqorida keltirilgan tasnifni boshqa ko‘rinishda, ya’ni umumiy ko‘rinishda, tasvirlash ba’zi-bir adabiyotlarda tavsiya etilgan. 28 ham 29 Takrorlash uchun savollar 1. Axborot texnologiyalari qanday qismlardan iborat? 2. Axborot texnologiyasining ta’minlovchi qismi tushunchasi? 3. Axborot texnologiyasining funksional qismi tushunchasi? 4. Foydalanuvchi interfeysi bo‘yicha tasnifga nimalar kiradi? 5. WIMP va SILK - interfeyslari qanday izohlanadi? 6. Axborot texnologiyalari o‘zaro bog‘likligi bo‘yicha qanday tasniflanadi? 7. Paket rejimning xususiyatlari? 8. Dialog rejimning xususiyatlari? Tayanch so‘z va iboralar Ta’minlovchi axborot texnologiyasi; Funksional axborot texnologiyasi; WIMP interfeysi; SILK - interfeysi; Paket rejim; Dialog rejim; Test savollari 1. Axborot texnologiyalari qaysi qismlari bilan farqlanadi? A). ta’minlovchi va funksional qismlari bilan farqlanadi. B). dasturiy va funksional qismlari bilan farqlanadi. C). paket va funksional qismlari bilan farqlanadi. D). ta’minlovchi va dialog qismlari bilan farqlanadi. E). texnikaviy va funksional qismlari bilan farqlanadi. 2. WIMP qaysi so‘zlardan tashkil topgan? A). Windows , Image, Menu, Pointer B). Windows , Interface, Menu, Pointer C). Windows , Image, Machine, Pointer D). Windows , Image, Mouse, Pointer E). Windows , Image, Menu, Printer 3.SILK qaysi so‘zlardan tashkil topgan? A). Speech , Image , Language , Knowledge B). Speech , Image , Local , Knowledge C). Speech , Information , Local , Knowledge D). System , Image , Local , Knowledge E). System , Image , Local , Knowledge 4.Funksional axborot texnologiyalarining ishlash jarayonida foydalanuvchilarning qatnashishi yoki qatnashmasligiga qarab axborot tizimlari qaysi texnologiyalarga ajratiladi? A). paket va dialog texnologiyalarga B). paket texnologiyalarga C). dialog texnologiyalarga D). matnni qayta texnologiyalariga E). ma’lumotlar bazasini saralash texnologiyalariga 30 5. Qabul qilingan qarorlarni quvvatlash tizimi qaysi tasniflash bandiga to‘g‘ri kelishini aniqlang? A). Boshqaruv vazifalarini qamrab olish B). Foydalaniladigan interfeysning turi C). Axborot texnologiyalarda amalga oshirish usuli D). Tarmoqlili usuli E). Muammo sohalariga xizmat ko‘rsatish Foydalanilgan adabiyotlar 1. Axborot tizimlari va texnologiyalari/S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshqalar.T.:”Sharq”,2000.-100-116 betlar. 2.Informatika:Uchebnik.-3-pererab.izd./Pod red.prof. N.V.Makarova.-M.: Finansi i statistika, 1999.-97-116 betlar. 3.G‘ulomov S.S., Shermuhamedov A.T., Begalov B.A. Iqtisodiy informatika. T.: "O‘zbekiston", 1999.-111-122 betlar. 4. Informatsionnie sistemi v ekonomike/Pod red. V.V.Dika - M.: Finansi i statistika, 1996.-2530s. 5. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-22-32 betlar. 6. Informatsionnie texnologii v marketinge: Uchebnik dlya vuzov/G.A.Titorenko, G.A.Makarova, D.M.Dayitbegov i dr.; Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:YUNITIDANA,2000.-23-33 betlar. 7.Nazarov S.V. i dr. Kompyuternie texnologii obrabotki informatsii. Moskva, Finansi i statistika, 1995.-32-40 betlar. 8. Godin V.V.,Korneev I.K. Upravleniye informatsionnimi resursami: 17-modulnaya programm dlya menedjerov «Upravleniye razvitiyem organizatsii». Modul 17.- M.: «INFRAM», 1999.-65-67s. 31 5-Mavzu: Kompyuter texnologiyalari va ularning ta’minotlari (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Dasturiy ta’minot 2. Amaliy dasturlar paketi 3. Operatsion tizim 4. Texnik ta’minot 1.Dasturiy ta’minot Zamonaviy axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi birinchi navbatda dasturiy ta’minotning ilg‘or qadamlar bilan rivojlanishiga bog‘liq. Kompyuter texnologiyalariga qilinadigan harajatlarni quyidagicha tasvirlash mumkin: Bu yerda EDI – electronics document interchange, ya’ni interaktiv elektron hujjatlar. Shuni ta’kidlash kerakki, 1990 yilda jahon jamiyatida dasturiy ta’minotga 100 mlrd. AQSH dollaridan ziyod mablag‘ sarflandi.Dasturiy ta’minotga qilinadigan harajatlar, o‘rtacha hisobda, har yili 20% ga oshib bormoqda. Axborot tizimlari nuqtai nazaridan dasturiy ta’minot – bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi. Komp-yuter texnologiyalari nuqtai nazaridan dasturiy ta’minot – bu hisoblash texnikasini bevosita ishini ta’minlovchi tizimli dasturiy ta’minot va amaliy masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan amaliy dasturiy ta’minotlar to‘plamidan iboratdir. Tizimli dasturiy ta’minotni (TDT) tasnifi quyidagi sxemada keltirilgan. 32 Hozirgi kunda yana bir tushuncha kiritilgan, bu ham bo‘lsa, dasturiy mahsulot – bu ma’lum bir ommaviy masalani hal qilishga mo‘ljallangan dasturlar tuplamidir. Dasturiy mahsulot boshqa mahsulotlarga o‘xshagan holda sotuvga chiqariladi. Umuman olganda dasturiy ta’minot va dasturiy mahsulot tushunchalari sinonim hisoblanadi. Servis dasturiy ta’minoti-foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo‘shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar jamg‘armasidan iborat. Biroq, funksional imkoniyatlarga ko‘ra, servis vositalarini quyidagi vositalarga bo‘lish mumkin: foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar; ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan himoya qiluvchilar; ma’lumotni qayta ishlovchilar; disk va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar; virusga qarshi vositalar. OT ning sozlovchisi bo‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utili-talar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo‘lib,har biri o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi. Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatdan yangi interfeys taqdim etadi.OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi. Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘l qo‘yadi: disklarga xizmat ko‘rsatish; fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi); arxivni yaratish va yangilash; turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish; kompyuterni virusdan himoya qilish. Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta’minlaydi. 33 Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda kompyuter ishi jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun dasturiy-apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi.Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:-EHM va uning ayrim qismlari ishining to‘g‘riligi diagnostik va test nazorati vositalari shu jumladan ularning EHMda muayyan lokalizatsiyasi bo‘lgan xatolar va shikastlanishlarni avtomatik izlash. 2.Amaliy dasturlar paketi Amaliy dasturlar ta’minoti (ADP) foydalanuvchining o‘z vazifalarini hal qilishdagi aavtomatlashtirilgan ta’minoti bo‘lib, u axborotni kayta ishlash bo‘yicha kompyuter bajaradigan jarayonlardan bizni ozod qiladi. Amaliy dasturlar ta’minoti (ADP) – bu muayyan sinf vazifalarini hal etishga uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plamidir. ADP ning taxminiy tasnifini quyidagicha (pastdagi [2]-adabiyotga binoan) berish mumkin: 34 [3]-adabiyotga binoan ADP lar quyidagilar bo‘linadi: umumiy vazifali; uslubiy yo‘naltirilgan; muammoli yo‘naltirilgan; EHM global tarmoqlari. Sxematik shartli ravishda quyidagicha tasvirlanadi: Bu yerda CASE-texnologiyasiga to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ushbu texnologiya 80yillarda vujudga kelgan bo‘lib, quyidagi ta’rifga egadir: CASE-texnologiyasi – bu tahlil, loyihalash, murakkab dasturiy tizimlarni ishlab chiqishdagi avtomatlashtirilgan dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanishining asosiy tendensiyalari pog‘onali tuzilmaga asoslangan bo‘lib, og‘irlik markazi oxirgi foydalanuvchilar lokal tarmoqlaridan tarmoq serverlariga ko‘chmoqda va quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilishni taqozo etadi: 35 cheklanishlarsiz turli arxitektura qarorlarini integratsiyalash, ya’ni ochiq tizimni yaratish; tizimni maksimal tejamligini ta’minlash; tizimni moslashuvchanligini oshirish. Kompyuterlar, tarmoq uskunalari, aloqa kanallarining o‘tqazish qobiliyati xarakteristikalariga talablar keskin oshib bormoqda, shuning uchun korxonalarda eng muvaffakiyatli server konfiguratsiyasi va dasturiy ta’minot tarkibini tanlab olish zarur. 3.Operatsion tizim Operatsion tizimlar haqida gap yuritar ekanmiz, albatta, I.Ivtning maqolasini chetga qoldirish mumkin emas. Ushbu maqolada operatsion tizimlarini rivojlanishi foydalanuvchi nuqtai nazardan katta yutuqlarga olib kelgani yo‘q. Umuman dasturiy ta’minot bo‘yicha xuddi shunday ahvol, misol sifatida oladigan bo‘lsak, Windows tizimida ishlovchi Word, Excel va boshqa dasturlarni faqatgina 2-10 % imkoniyatlaridan xabardormiz. Operatsion tizim (OT) - bu EHM zahiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotni ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir. OT foydalanuvchiga HT bilan qulay muloqot qilish usulini (interfeys) taqdim etadi. Interfeys bunda dasturiy va foydalanidigan bo‘lishi mumkin. OTlarning tasniflanishi OT lar quyidagi omillar bo‘yicha tasniflanadi: - bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar ( bir kishi, ko‘p kishi ); - tizim boshqaruvi ostida bir vaqtda foydalanuvchi jarayonlar ( bir vazifali, ko‘p vazifali); - qo‘llab-quvvatlovchi jarayonlar ( bir protsessorli, ko‘p protsessorli); - OT kodi razryadligi( 8 razryadli, 16 razryadli , 32 razryadli, 64 razryadli); - interfeys turi ( buyruq va ob’ektli - yo‘naltirilgan (grafik)ligiga ko‘ra); - foydalanuvchining EHM ga kirishi turi ( paketli qayta ishlash, vaqt bilan bo‘linishi, real vaqtga ko‘ra ); - zahiralardan foydalanish turi (tarmoqli, lokal). Operatsion tizimlar(OT) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. OTning vaztfalaridan biri axborotning kirish chiqish jarayonini avtomatlashtirish foydalanuvchi hal etaydigan amaliy vazifalarni bajarishni boshqarishdir. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashlarga xalakit beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi.Bajariladigan vazifalardan kelib chiqib OT ni uch guruhga bo‘lish mumkin. - bir vazifali ; - ko‘p vazifali ; - tarmoqli. Bir vazifali OT bir foydanuvchining aniq bir paytda aniq bir vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan.Bu operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir. Ko‘p vazifali OT vaqtni multi dastur rejimida tasvirlashda EHMdan jamoa bo‘lib foydalanishni taminlaydi. Bunday sinfdagi OT ning tipik vakillari: IBM korpora-siyasining UNIX, OS 2, Microsoft Windows 95 ,Microsoft Windows NT va boshqalardir. 36 Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.Tarmoqli OTlarning tipik vakillari:Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines,IBM LAN, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir. Tarmoqli OT – umumiy arxitekturaga va kommunikatsiya protokollariga ega bo‘lgan va lokal hisoblash tarmoqlarini boshqaruvchi tizimli dasturiy vositaga aytiladi. Tarmoqli OT taqsimlangan tarmoqni yaxlitligini ta’minlaydi. Tarmoq OT quyidagi komponentlardan iborat: Server OT Kliyent-server uchun amaliy dasturlar Ishchi stansiyalarni o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Ushbu komponentlar o‘zaro aloqada bo‘lib tarmoqni boshqarishi quyidagi sxemada keltirilgan: DOS oilasidagi OT Bu oilaning birinchi vakili - MS DOS tizimi 1981 yilda chiqarilgan. DOS bir vazifali bo‘lib, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: -EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi; -tizimni EHM ning boshqa turlariga o‘tishini soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi; -operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi. OS/2 oilasidagi OT OS/2 OT lari IBM firmasi tomonidan 1987 yilda ishlab chiqarilgan. U IBM PC - mos kompyuterlar uchun 32 razryadli grafik ko‘p vazifali OT sifatida bir necha amaliy dasturlar parallel ishini tashkil etish imkonini berib, bunda bir tizimni ikkinchisidan, OT ni unda 37 ishlayotgan dasturlardan muxofaza qilishni ta’minlaydi. OS/2 da dastur yozish uchun amaliy dasturlashtirish interfeysi API da mavjud tayyor dasturiy modullardan foydalanish mumkin. UNIX oilasidagi OT Ular 32 razryadli ko‘p vazifali ko‘p (kishi) foydalanadigan OTdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda - superkompyuterlardan SHK gacha foydalaniladi, bu xol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga kam sarf bilan utkazish imkonini beradi. UNIX taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofadan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkonini o‘zida birlashtiradi. UNIX da pochta xizmati - uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. WINDOWS oilasidagi OT Windows oilasidagi OT lar MS firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali OTlardir. Windows 95 OT va Windows NT OT lar shu oilaning asosiy vakilidir. Windows NT OT - eng ko‘p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli OTdir. U ikki xil Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida chiqarilgan. Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zahiralarini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Tizim samaradorligi zarar yetmagan holda yuqori safarbarlik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Windows NT Server axborotning tezkor ishlashini tashkil etish va global tarmoqlar zahiralarini ko‘rib chiqish uchun vositalarni o‘zida saqlaydi, istalgan aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi, bir serverga bir vaqtning o‘zida 256 gacha SHK ulanishini qo‘llab - quvvatlaydi, bir necha server esa hammabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanishi mumkin. Windows NT Workstation lokal kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun mo‘ljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli OT dir. Windows NT Workstation maxfiy ma’lumotlar yoki dasturlarni ishonchli muxofaza qilish zaruriyati tug‘ilganda, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlilida yuqori samaradorlik muhim bo‘lgan ishlarni bajarishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. 38 4.Texnik ta’minot Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining texnik vositalari tasnifi quyidagi sxemada keltirilgan: Kompyuter texnikasining qo‘llanishining asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi: Tezligi: Ya’ni bir sekunda million operatsiyalar bajara olishligi; Aniqligi: Ya’ni takrorlanuvchi protsedura yordamida katta hajmdagi ma’lumotlarni xatosiz qayta ishlay olishligi; Ishonchligi: Ya’ni uzoq muddat davomida to‘xtovsiz ishlay olishligi; Saqlash: Ya’ni xotirada katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va tiklash; Tejamkorligi: Ya’ni ko‘p miqdorda mablag‘ talab qilmaydi. Takrorlash uchun savollar 1. Operatsion tizim tushunchasining ta’rifini ayting? 2.Dasturiy interfeys va Foydalanuvchi interfeyslari orasidagi farqlarni aniqlang? 3.Windows NT Server va Windows NT Workstation nima bilan farqlanadi? 4.Amaliy dasturlar paketi ta’rifini bering? 5.ADP ning «Matematik uslublar»i qaysi bo‘limga taaluqli? 39 Tayanch so‘z va iboralar Operatsion tizim; Dasturiy interfeys; Foydalanuvchi interfeys; Amaliy dasturlar paketi; Windows NT Server; Windows NT Workstation; Umumiy vazifali ADP; Uslubiy yo‘naltirilgan ADP; Muammoli yo‘naltirilgan ADP; EXM global tarmoqlari ADP; Test savollari 1. EHM zahiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chaqirish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotni ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir deb nima ataladi? A). Operatsion tizim B). Foydalanuvchi interfeysi C). Interfeys D). Informatsion tizim E). Microsoft Word 2. Hisoblash Texnikasi doirasida qurilma va dasturlar o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi vositalar yig‘indisi deb nima ataladi? A). Dasturiy interfeys B). Amaliy dasturlar paketi C). MS Excel D). Norton Kommander E). MS DOS 3. Foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o‘zaro ta’siridagi dasturiy va apparat vositalari deb nimaga ataladi? A). Foydalanuvchi interfeysi B). MS Access C). Visual Basic D). Rebus E). Karat 4. Quyidagi qaysi band OS/2 Operatsion Tizimga taalluqli? A). grafik ko‘p vazifali. B). grafik bir vazifali. C). Norton Komander D). PC Tools E). Volkov Comander 5. Windows NT bu - …? A). tarmoqli OT B). MS DOS OT uchun ishlab chiqilgan amaliy dastur 40 C). hisoblash ishlarini bajaruvchi dastur D). buxgalteriya masalalarini yechish uchun mo‘ljallangan dastur E). moliyaviy hisobotlar uchun mo‘ljallangan dastur 6. ADP lar quyidagilar bo‘linadi: (a)umumiy vazifali;(b)uslubiy yo‘naltirilgan; (c) muammoli yo‘naltirilgan;(d)EHM global tarmoqlari;(e)moliyaviy vazifali A). (a),(b),(c),(d) B). (a),(b),(c),(d),(ye) C). (a),(ye),(c),(d) D). (a),(b),(ye),(d) E). (ye),(b),(c),(d) Foydalanilgan adabiyotlar 1.Axborot tizimlari va texnologiyalari/S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshqalar.T.:”Sharq”,2000.- 267-296 betlar. 2.Informatika:Uchebnik.-3-pererab.izd./Pod red.prof. N.V.Makarova.-M.: Finansi i statistika, 1999.- 298-334 betlar. 3.G‘ulomov S.S., Shermuhamedov A.T., Begalov B.A. Iqtisodiy informatika. T.: "O‘zbekiston", 1999.-267-282 betlar. 4.I.Ivt. Jelaniye Windows, ili spiral progressa: kuda neset krivaya?/ KompTel, №52000, s.1516. 5. Kompyuternie texnologii obrabotki informatsii. Uchebnoye posobiye/ Nazarov S.V., V.I.Pershikov, V.A.Tafinsev i dr.; Pod red. S.V.Nazarova.- M.: Finansi i statistika, 1995.-219222 betlar. 6.L. di Dio. Rinok setevix operatsionnix sistem v tekushem godu/ Ekonomika i jizn, №5, 1997.-35 bet. 41 6-mavzu: Hisoblash tarmoqlari (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Hisoblash tarmoqlarining asosiy tiplari 2. Hisoblash tarmoqlarini boshqarilishi bo‘yicha tasnifi 3. Hisoblash tarmoqlarining topologiyasi 4. Tarmoqlarni qo‘llash jarayonini tasnifi 1.Hisoblash tarmoqlarining asosiy tiplari Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun kompyuterlar bir biriga ulanadi va natijada hisoblash tarmoqlari hosil buladi. Hisoblash tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar mavjud : ma’lumotlarni fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o‘tqazish umumiy ma’lumotlarni xazinasini tashkil qilish va uni ishlatish qo‘shimcha texnikalarni tejash axborot tizimlarini tashkil qilish Hisoblash tarmoqlarining asosiy xarakteristikasi bu ma’lumotlarni uzatish tezligi hisoblanadi. Hozirgi kunda eng minimal tezlik bir sekundda 10 Mbit ma’lumotlar. Hisoblash tarmoqlari quyidagi tiplarga bo‘linadi LAN- (Local Area Network) lokal hisoblash tarmog‘i MAN- korporativ (regional yoki mintakaviy) (Metropolitan-regional Area Network) hisoblash tarmog‘i WAN- (Wide Area Network )jahon hisoblash tarmog‘i Global hisoblash tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa telefon tarmog‘i, radio-aloqa va yo‘ldosh orqali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global hisoblash tarmoqlar barcha insoniyatning axborot resurslarini birlashtirish va ushbu resursga kirishni tashkil etish muammosini hal etadi. Regional tarmoqlar bir-biridan ma’lum bir masofada joylashgan abonentlarni bog‘laydi. U alohida mamlakatning katta shaxridagi, iqtisodiy mintaqadagi abonentlarni o‘z ichiga oladi. Abonentlar orasidagi masofa o‘nlab, yuzlab kilometrni tashkil qiladi. Lokal hisoblash tarmoqlari uncha katta bo‘lmagan hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirda lokal hisoblash tarmoqlari tarqalgan hududda aniq chegara yo‘q. Odatda bunday tarmoq aniq bir joyga bog‘langan. Lokal hisoblash tarmoqlariga mansub sinfga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislar tarmog‘i kiradi. Bunday tarmoq 2-2,5 km hududni qamrab oladi. Hisoblash tarmoqlarining asosiy komponentlari quyidagilardir kabel ishchi stansiya tarmoq INTERFACE tarmoq SERVER Server – tarmoqqa ulangan kompyuter bo‘lib, u foydalanuvchilarni ma’lum bir xizmatlarini bajaradi. Server ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlar bazasini boshqarish, uzoqdan dasturlarni bajarish, chop etish va boshqa funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan. Ishchi stansiya- tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuter bo‘lib, foydalanuvchiga tarmoqdagi zahiralarga chiqish imkonini beradi. 42 Ko‘pincha tarmoqlarda ishchi stansiya va SERVER sifatida oddiy kompyuterlar ishlatiladi. 2.Hisoblash tarmoqlarini boshqarilishi bo‘yicha tasnifi Hisoblash tarmoqlari boshqarilishi bo‘yicha markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan bo‘lishi mumkin. Markazlashtirilgan tarmoqlarda 1ta yoki bir necha SERVER bo‘lib hamma ma’lumotlar va buyruqlar shu kompterlar orqali bajariladi. Ajratilgan kompyuterlarning diski , qaysikim fayl-server yoki ma’lumotlar bazasi serveri deb ataladi, hamma kompyuterlar uchun ochiq deb hisoblanadi. Serverda maxsus dastur, ya’ni tarmoq operatsion tizimi ishlashi zarur. Ko‘pincha bu ko‘p masalali OT. Qolgan kompyuterlar ishchi stansiya deb ataladi. Fayl-serverlar ajratilgan yoki ajratilmagan bulishi mumkin. Ajratil-gan fayl-serverni ishchi stansiya sifatida ishlatish mumkin emas. Ajratilgan serverli tarmoqning afzalligi: axborotni himoyalashning ishonchli tizimi; tezkor harakat; ishchi stansiyalar sonining cheklanmasligi. Kamchiligi esa – bu server uchun bitta kompyuter ajratilishi tufayli tarmoqning narxini qimmatlashtirishi. Ajratilmagan fayl-server esa tarmoqni boshqarish bilan birgalikda foydalanuvchi bilan bevosita muloqotda bo‘lishi mumkin. Markazlashtirilgan tarmoqlarda quyidagi OT lar ishlatiladi: Novell NetWare( MS DOS muhitida), MSLan Manager (OS\2 muhitida), VINES (UNIX muhitida). Ushbu OT larning quyidagi xarakteristikalari amalda e’tiborga olinadi: ishchi stansiyalarni soni bilan ish unumdorligini bog‘liqligi ishonchligi administratsiyalash imkoniyatlari himoya vositalari ishchi stansiya operativ xotirasida joylashgan OT hajmi bir necha serverlarni joylashtirish imkoni Markazlashtirilmagan tarmoqda ajratilgan server bo‘lmaydi. Markazlashtirilmagan tarmoqlarda tarmoq funksiyasini bajarish ishchi stansiyalarning o‘ziga yuklatilgan bo‘ladi. Ishchi stansiyalar bir-birlarining tashqi qurilmalari bilan ishlashlari mumkin bo‘ladi. Ammo bu umumiy tezlikni pasaytiradi. Markazlashtirilmagan hisoblash tarmoqlarining tezligi (ishlashi) past bo‘ladi. Quyidagi operatsion sistema NOVELL NETWORK markazlashtirilgan hisoblash tarmoqlarida bo‘ladi. WINDOWS 95 markazlashtirilmagan hisoblash tizimida operatsion tizim sifatida ishlatiladi .Hisoblash tarmoqlarida SERVER ajratilgan yoki ajratilmagan bo‘lishi mumkin . 3. Hisoblash tarmoqlarining topologiyasi Tarmoqlarning TOPOLOGIYasi quyidagicha bo‘ladi . to‘rli yulduz shina 43 halqa gibrid To‘rli tipdagi tarmoqlarda kompterlar quyida sxema bo‘yicha ulanadi . TO‘RLI Bo‘limlar orkali ma’lumotlarni doimiy ravishda uzatib turilsa ushbu sxemani qo‘llash mumkin. YULDUZ Ushbu qurilmaning, ya’ni HUB vazifasi 4 tomondan kelgan ishlarni bir biri bilan ulash. Bunday tarmoqlarda sodir bo‘ladigan xatolarni topish yengil Sh I N A XALQA GIBRID Topologiyalarni bir-biridan qay darajada farqlanishini, quyida keltirilgan [1]-maqolaga binoan, jadval ko‘rinishida tasvirlash qulaydir. Lekin ushbu maqolada berilgandan farqliroq ravishda biz quyidagicha tasvirlaymiz. 44 Ko‘rsatkich Topologiya Halqa Shina o‘rtacha o‘rtacha o‘rtacha o‘rtacha o‘rtacha o‘rtacha Istalgancha Cheklangan Oz Yuqori Yulduz To‘rli Kengaytirish qiymati Oz Oz Abonentlarni qo‘shish Yengil o‘rtacha Buzilishdan himoyasi Oz o‘rtacha Tarmoqning uzunligi Istalgancha Cheklangan Abonentlarni qo‘shish Oz Oz qiymati Tarmoqning yuqori darajada Yaxshi Konikarli Yomon Juda yaxshi yuklangandagi holati Real rejimda ishlash imkoni Juda yaxshi Yaxshi Yomon Yaxshi Tarmoqqa xizmat ko‘rsatish Juda yaxshi O‘rtacha O‘rtacha O‘rtacha 4. Tarmoqlarni qo‘llash jarayonining tasnifi Kompyuter tarmoqlarini qo‘llash quyidagi jadvalda tasniflangan ko‘rinishda keltirilgan. Tarmoq Tasnifi LAN Dasturiy va texnikaviy ta’minot va kommunikatsion kanallar, bir nechta yaqin bo‘lgan xonalarda joylashgan bo‘ladi; SHK, KK, server, Mainframe; Umumiy fayllar; Umumiy dasturiy ta’minot; Umumiy printer, skaner va boshqalar; Qog‘ozsiz ishlash texnologiyasi MAN WAN Internet Intranet Bir nechta yaqin bo‘lgan binolarda joylashgan qurilmalarni bog‘lovchi tizim; Kompaniya va uning filiallari (Bank tizimi); Umumjahon kompaniyalari Halqaro kompyuter tarmog‘i; E-mail; Fayl va ma’lumotlarni uzatish; Ma’lumotlar bazasini qidirish; Marketing xizmati; Brauzer (Netscape, Internet Explorer). LAN; Internet; Brauzer; FireWall; Umumiy foydalanuvchi interfeysi. Takrorlash uchun savollar 1. Hisoblash tarmoqlari qanaqa tiplarga bo‘linadi? 2. Hisoblash tarmoqlarining asosiy komponentlariga nimalar kiradi? 45 Tayanch so‘z va iboralar LAN; MAN; WAN; Markazlashtirilgan tarmoq; Markazlashtirilmagan tarmoq; Test savollari 1.Hisoblash tarmoqlarini tiplarini ko‘rsating: (a) LAN (b)SAN (v) MAN (g) WAN A). (a),(v),(g) B). (a),(v),(b) C). (b),(v),(g) D). (a),(b),(g) E). (a),(b) 2.Tarmoq topologiyalarini ko‘rsating: A). to‘rli,yulduz,shina,halqa,gibrid B). to‘rli,yulduz,kvadrat,halqa,gibrid C). to‘rli,yulduz,shina,halqa D). yulduz,shina,halqa,gibrid E). to‘rli,yulduz,halqa,gibrid 3."to‘rli" tarmoq topologiyasini qaysi hollarda qo‘llash mumkin? A). agar korxonadagi kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashuvi uzluksiz bo‘lsa B). agar kompyuterlar tez-tez ishdan chiqsa C). server bo‘lmasa D). server bilan aloqa uzluksiz bo‘lsa E). kompyuter avtonom ishlashi shart bo‘lsa 4.Yulduz tarmoq topologiyasini ustuvorligi nimada? A). Xatolarni topish yengil va yangi kompyuterlarni qo‘shish imkoniyati keng B). Xatolarni topish yengil C). Kabel minimal miqdorda zarur D). uzluksiz ishlaydi E). server talab qilinmaydi 5. "shina" tarmoq topologiyasini ustuvorligi nimada? A). kabel minimal miqdorda bo‘ladi B). xatolarni topish qulay C). uzluksiz ishlaydi D). kompyuterlar optimal joylanadi E). server talab qilinmaydi 6.Qaysi tarmoq topologiyasi ishlash jarayonida uzluksiz? A). halqa B). shina 46 C). yulduz D). to‘rli E). gibrid 7.Agar korxonadagi kompyuterlar orasida ma’lumotlar doimiy ravishda almashib turilsa bu holda qaysi tarmoq topologiyasini qo‘llash mumkin? A). to‘rli B). shina C). halqa D). yulduz E). gibrid 8.Tarmoqda ishlatiladigan simlarni ko‘rsating: a) koaksil b) "vitaya para" v) konnektor A). a) va b) B). a) va v) C). b) va v) D). faqat b) E). a), b) va v) Foydalanilgan adabiyotlar 1.Daliyev A., Zakirova S., Xaltursunov E. Sozdaniye informatsionnoy sistemi v stroitelnom komplekse // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi, №10, 1999.- 50-51 betlar. 2. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-177-187, 219-226 betlar. 3.Nazarov S.V. i dr. Kompyuternie texnologii obrabotki informatsii. Moskva, Finansi i statistika, 1995.-22-23, 201-227 betlar. 47 7-mavzu: Axborot tizimi va uning klassifikatsiyasi (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Tizim tushunchasi 2. Iqtisodiy axborot tizimi tushunchasi 3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tasnifi 4. Avtomatlashtirilgan ofis tizimi 5. Avtomatlashtirilgan ish joyi 1.Tizim tushunchasi Hozirgi davr iqtisodiyotining murakkabligi va jo‘shqinligi uning tuzilmasini unsurlarining tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini, unsurlar ishlashi optimal tartiblarini belgilashni o‘rganishni, ya’ni iqtisodiyotni yaxlit tizim nuqtai nazaridan tadqiq etishni ko‘zda tutadi. Tizim so‘zi rus tilidagi sistema so‘zining tarjimasi bo‘lib, oxirgisi grek so‘zi bo‘lmish “systema” so‘zidan olingan. Systema so‘zining asl ma’nosi – bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qismlar va elementlar to‘plamining yaxlit butun ob’ekti tushuniladi. Tizimlar umumiy nazariyasi - bu ilmiy yo‘nalish bo‘lib, ishlab chiqarish tabiati murakkab tizimlar tahlili va sintezining birtalay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini o‘rganadi. Demak, tizim ta’rifini quyidagicha berish mumkin. Tizim – bu bir-biri bilan va tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘langan qismlar va elementlar to‘plami, va u aniq foydali natija olish uchun yo‘naltirilgan. "Tizim" tushunchasining ko‘p ta’riflari ma’lum, lekin umumiy qilib aytganda tizim bu o‘zaro hamda tashqi muhit bilan aloqada bo‘lgan ayrim elementlar majmuidir. Hozirgi vaqtda tizimlar umumiy nazariyasi, masalan, ko‘p darajali iyerarxik tizimlar nazariyasi, faol tizimlar nazariyasi singari bir qancha ilmiy yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Yuqoridagi ta’rif bo‘yicha har qanday iqtisodiy ob’ektni tizim sifatida qabul qilinishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Tizim quyidagi xususiyatlardan iboratdir: murakkablik; bo‘laklanish; yaxlitlik; qismlarni ko‘p tamoyilligi va ularni o‘zaro farqlanishi; tarkiblanishi. Tizimning murakkabligi uning tarkibidagi qismlarning ichki va tashqi bog‘liqlari va dinamik o‘zgarishlariga bog‘liq. Tizimning bo‘laklanishi uning ko‘p quyi qismlardan yoki elementlardan iborat bo‘lishidir, va ular ma’lum maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan. Tizimning yaxlitligi – bu elementlar to‘plami, umumiy maqsadga erishishga mo‘ljallangan. Tizim qismlarni ko‘p tamoyilligi va ularni o‘zaro farqlanishi – ularning funksional vazifasi har xilligi va avtonom ishlay olishida. Tizimni tarkiblanishi uning ichki aloqalarini iyerarxiklik pog‘onasi bo‘yicha taqsimlanishidadir. Boshqaruv vazifasi amalga oshiriladigan tizim, odatda, boshqaruv tizimi deyiladi. U boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarni o‘z ichiga oladi. Boshqaruv tizimining ishi 48 boshqaruvchi va boshqariluvchi quyi tizimlarning o‘zaro hamda tegishli aloqa kanallari bo‘yicha tashqi muhit bilan aloqalari yordamida amalga oshiriladi. Tizimlar umumiy nazariyasining rivoji har xil sinflarga oid tizimlarni tadqiq etishning zamonaviy uslublari hamda tadbirlarini yaratish bilan bog‘liqdirki, bunda turli tizimlarning rivojlanish qonuniyatlari aniqlanadi. Tadqiqot tizimlarini tegishli tadqiqot apparatlari tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy, rasmiy va amaliy kabi uchta guruxga ajratish mumkin. Tizimli yondashuvning nazariy qismiga tizimli tadqiqotning maqsadlari hamda bir qator manbalari, muammolarini o‘rganish kiradi. "Tizimlar" umumtizimli tushunchalardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda "tizimlar" tushunchasi hamma e’tirof etgan ta’rif kasb etganicha yo‘q, lekin tizim - o‘zaro aloqada bo‘lgan unsurlar majmuilaridir; tizim - bu ob’ektalr o‘rtasidagi va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi nisbatlar bilan birgalikdagi birtalay ob’ektlardir, va shu kabi uning ko‘p ta’riflari mavjud. Jiddiy qilib aytganda, tizim deyilganda vaqt va makonda muayyan bo‘lib, ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lgan, mazkur birtalayning asosiy vazifasini bajarishga mo‘ljallangan birtalayni tushunamiz. Boshqaruv ob’ektiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu yerda axborot tizimini quyidagicha ta’riflash mumkin. Axborot tizimi – boshqaruv xodimlarini axborotlar bilan ta’minlash maqsadida ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlashni axborotiy ta’minlovchi tizim bo‘lib xizmat qiladi. Saqlanuvchi ma’lumotlar axborot tizimlarda asosiy komponent hisoblanadi. Axborot tizimi – axborot fondlari (ma’lumotlar bazasi, data base), dasturiy ta’minotlar (tizimli va amaliy dasturlar) va axborot fondlarini tashuvchidan iborat bo‘lgan kompleksdir. 2.Iqtisodiy axborot tizimi tushunchasi Iqtisodiy axborot tizimini tarkibi bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash va chiquvchi axborotni ishlab chiqish korxonasi deb olish mumkin. Har qanday ishlab chiqarish jarayonidagi kabi iqtisodiy axborot tizimida ham boshlang‘ich ma’lumotlarni natijaviy axborotga aylantirish texnologiyasi mavjud. Axborot tizimi tushunchasi u amalga oshiriladigan spesifik muhit, yani dastur va texnik muhit bilan bog‘liq. Ta’kidlash kerakki, axborot texnologiyasi birmuncha umumiy tushun-cha va u instrument sifatida turli foydalanuvchilar, jumladan kompyuter sohasida professional bo‘lmaganlar hamda yangi axborot tizimlari yaratuvchilar tomonidan foydalanilishi mumkin. Axborot tizimining funksional qismi har doim predmet soha va axborot texnologiyasi tushunchalari bilan bog‘liq. Umuman olganda, texnologiya ma’lum bir jarayon sifatida har qanday predmet sohada mavjud bo‘ladi. Masalan, bank tomonidan kredit berish texnologiyasi kredit turi, garov turi va boshqalarga bog‘liq ravishda o‘z xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Bu texnologik jarayonlarni bajarish jarayonida bank xodimi tegishli axborotni qayta ishlaydi. Iqtisodiy va boshqaruv masalalarini hal qilish har doim bu masalani yechilishi uchun zarur bo’lgan axborotnini yig‘ish, uni bir qancha algoritmlar bo‘yicha kayta ishlash va qaror qabul qiluvchi shaxsga qulay shaklda uzatish bo‘yicha bir qator operatsiyalarni bajarilishi bilan bog‘langan. Ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlarni qayta ishlash qo‘lda bajarilganda ham qaror qabul qilish texnologiyasi axborotiy asosga ega. Shu bilan birga boshqaruv jarayoniga hisoblash texnikasi vosita-larini joriy qilish bilan birga axborot tizim degan maxsus termin paydo bo‘ldi. 49 Iqtisodiy axborot tizimi (IAT) – ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishdagi iqtisodiy ob’ekti ichki va tashqi axborotlarini, usullarni, vositalarni va mutaxassislarni jamlanmasiga aytiladi. 3.Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tasnifi Boshqaruv tizimida axborot jarayonini avtomatlashtirilgan quyidagicha tasniflanadi. darajasi bo‘yicha Avtomatlashtirilmagan ATida axborotlar texnika vositasisiz xodimlar tomonidan bajariladi. Avtomatik ATida barcha axborot jarayonlari xodimlarsiz amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) – bu ma’lumotlar jamlanmasi, iqtisodiymatematik usullar va modellar, texnikaviy, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar bo‘lib ma’lumotlarni qayta ishlash va qaror qabul qilish uchun mo‘ljallangan. AATning tasnifi quyidagicha qabul qilingan: 4.Avtomatlashtirilgan ofis tizimi Avtomatlashtirilgan ofis tizimi (Office Information Systems – OIS) firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo‘llab-quvvatlash uchungina emas, balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya 50 vositalarini taqdim etishi jihatdan ham diqqatni o‘ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo‘llab quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta’minlovchi kompyuter va nokompyuter texnik vositalar uchun bir necha unlab dasturiy mahsulot-lar ma’lum: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalen-dar, audiopochta, kompyuterli va telekonferensiyalar, shuningdek boshqaruv faoliya-tining maxsus dasturlari kiradi. OIS ning funksional tuzilishi quyidagicha bo‘ladi: OIS ning quyi tizimlari quyidagicha bo‘ladi: Shunday kilib OIS – bu korxonani zamonaviy kompyuter tarmoqlari, axborotlarni uzatish va axborotlar bilan ishlash kommunikatsiya jarayonlarini ichki va tashqi muhitlar uchun tashkillashtirish va uni qo‘llab-quvvatlash tizimidir. 51 5.Avtomatlashtirilgan ish joyi Foydalanuvchi-iqtisodchi va Foydalanuvchi-boshqaruvchi alohida axborot tizimlari bilan birga, ularning bir kompleksga birlashgan majmuini ham ishlatishlari mumkin. Qaror qabul qiluvchi shaxs bo‘lgan boshqaruv xodimining maqsadlarini amalga oshirilishiga yordam beruvchi ta’minlovchi va funksional texnologiyalar kompleksi AIJ (avtomatlashtirilgan ish joyi)lar asosida amalga oshiriladi. AIJning maqsadi qaror qabul qiluvchi shaxsning oldiga quyilgan maqsadlarga erishish uchun kerakli qarorlarni tayyorlash va qabul qilinishini axborotiy ta’minlashdir. Shaxsiy EHMlar paydo bo‘lishi bilan birga, ularni bevosita xodimlarning ish joyiga o‘rnatish va dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan yangi instrumental vositalar bilan jihozlash imkoniyatlari yuzaga keldi. Avtomatlashtirilgan ish joyi – bu aniq predmet sohasidagi boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, bevosita ish joyida o‘rnatilgan va axborotiy, dasturiy va texnikaviy zahiralar bilan ta’minlangan personal kompyuterdir. AIJ butun funksional axborot texnologiyasini yoki uning bir qismini o‘z ichiga oladi. U yoki bu AIJga funksional axborot tizimining qaysi qismi mos kelishi ob’ektni boshqaruv strukturasida maqsadlarni taqsimlash (dekompozitsiya) bo‘yicha belgilanadi. AIJ dasturiy ta’minotini quyidagicha tasniflash mumkin: Takrorlash uchun savollar 1. Tizim tushunchasini ta’riflab bering? 2. Axborot tizimi tushunchasini ta’riflang? 3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’rifini ayting? 4. Tizimni xususiyatlarni ta’riflab bering? Tayanch so‘z va iboralar Tizim; Axborot tizimi; Iqtisodiy axborot tizimi; Avtomatlashtirilgan Ish Joyi; Avtomatlashtirilgan axborot tizimi; Murakkablik; Bo‘laklanish; Yaxlitlik; Tarkiblanish; 52 Test savollari 1. Aniq foydali natija olish uchun yo‘naltirilgan, bir-biri va tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘langan qismlar va elementlar to‘plamiga nima deb aytiladi? A). Tizim B). Kompyuter C). Kitob D). Printer E). Modem 2. Bevosita ish joyiga o‘rnatilgan va axborot va ta’minlovchi texnologiyalar kompleksi bilan ta’minlangan personal kompyuter nima deb ataladi? A). Avtomatlashtirilgan Ish Joyi B). Avtomatlashtirilgan Kompyuter Tizimi C). Avtomatlashtirilgan Buxgalteriya Tizimi D). Avtomatlashtirilgan Iqtisodiy Tizim E). Avtomatlashtirilgan Ofis 3. Ma’lumotlar jamlanmasi, iqtisodiy-matematik usullar va modellar, texnika-viy, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar bo‘lib ma’lumotlarni qay-ta ishlash va qaror qabul qilish uchun mo‘ljallangan tizimga nima deb ataladi? A). Avtomatlashtirilgan axborot tizimi B). Avtomatlashtirilgan bank tizimi C). Avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimi D). Avtomatlashtirilgan soliq tizimi E). Avtomatlashtirilgan sug‘urta tizimi 4.Qaysi xususiyatlar tizimga taalluqli emas? A). oddiylik B). bo‘laklanish C). yaxlitlik D). tarkiblanishi E). murakkablik 5.”Faoliyat sohasi bo‘yicha boshqaruv ob’ektlari”, “Boshqaruv jarayonlarini turlari”, “Davlat boshqaruv organlari” bo‘yicha nima tasniflangan ? A). Avtomatlashtirilgan axborot tizimi B). Boshqaruv tizimi C). Axborot tizimi D). Kompyuter tizimi E). Hisoblash tarmog‘i Foydalanilgan adabiyotlar 1. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-16-22 betlar. 2.Informatika:Uchebnik.-3-pererab.izd./Pod red.prof. N.V.Makarova.-M.: Finansi i statistika, 1999.-78-106 betlar. 53 8-mavzu: Axborot tizimining iqtisodiyotdagi ahamiyati va moliyaviy masalalarni yechishdagi roli ( 2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Axborot - strategik zahira 2. Iqtisodiy axborotning tasniflanishi. 3. Iqtisodiy axborotlarni ishlashning bosqichlari. 4. Axborot tizimlarini rivojlanishi 5. Boshqaruv va axborot tizimlari 6. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi 7. Moliyaviy masalalarni yechishda avtomatlashtirilgan iqtisodiy tizimlar 1.Axborot - strategik zahira Jahon miqyosida muhim muammolardan biri bu jamiyatni axborotlashtirishdir. Bu soha turli-tuman axborotlarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan komplekslarini hamda axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va ulardan oqilona foydalanishning texnikaviy vositalarini qo‘llash muammolari bilan shug‘ullanadi. Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zahiralari tushunchasi iqtisodning barcha yo‘nalishlarida katta ahamiyatga ega ekanligi tan olinmoqda. Axborot zahiralari – bu alohida hujjat , ularning to‘plami, axborot tizimlaridagi ( ya’ni kutubxonalar, ma’lumotlar banki va boshqa axborot tizimlari) hujjatlar va ularning to‘plami. Axborotni strategik zahira sifatida anglab olishda quyidagi taqqoslash jadvali asos qilinadi: Zahira Xom-ashyo, Uskuna Personal Mahsulot Tizim materiallar Ishlab chiqarish Xom-ashyoni Stanoklar Ishchilar Tovar harid kilish Axborot Axborot Kompyuter- Dasturlovchilar Axborot, lar, dasturiy Ma’lumotlar ta’minot bazasi Zahira Vosita Mutaxassislar Sotiladi Har qanday boshqarish jarayoni bu eng avval axborotlashtirish jarayonidir. Xalq xo‘jaligining, jumladan korxona va tashkilotlarni, ayniqsa hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tishda, tijorat faoliyatini boshqarishda, katta hajmdagi turli xil axborotlarni, shu jumladan, ilmiytexnikaviy, ijtimoiy, iqtisodiy axborotlarni ishlashni talab qiladi. Iqtisodiy axborot eng ommaviy, iqtisodiy xarakterdagi turli xil ma’lumotlar jamlanmasi bo‘lib, boshqarish jarayonida boshqarish vazifalarini amalga oshirish uchun to‘plash, qayta ishlash, uzatish, saqlash va izlash ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy axborot boshqaruv ob’ektlari xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini holatini aks ettiradi yoki bu holat qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy axborot uchun uning belgilangan doirasidagi katta hajmlari, olinishi davrlarining (sikllarining) ko‘p marotaba takrorlanishi, uni ishlashdagi mantiqiy operatsiyalar solishtirma hajmining kattaligi hamda yakuniy axborotlarning ko‘p turlarini olish uchun matematik hisob-kitoblarning nisbatan osonligi xosdir. Iqtisodiy axborot, uni ishlash texnikasidan qat’iy nazar muayyan to‘plamga ega bo‘ladi. 54 Axborot tizimi xalq xo‘jaligi tarmoqlarida iqtisodiy axborotni tashkiliy qayta ishlashni nazarda tutadi. Iqtisodiy axborotning mantiqiy tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: axborot tizimi, axborot oqimi, massiv, hujjat, ko‘rsatkich, rekvizit -asos va rekvizit-belgi. Rekvizitlar iqtisodiy axborotning oddiy bo‘linmas birliklari bo‘lib ob’ektning muayyan xossalarini ifodalaydi. Rekvizitlar rekvizit-belgilar va rekvizit- asoslarga (negizlarga) bo‘li-nadi. Rekvizitbelgilar tavsiflanayotgan ob’ektning sifat hissalarini ifoda-laydi. Rekvizit-negizlar esa o‘lchamning muayyan birliklarida hodisalarning miqdori tavsifini (tovarlar miqdorini, tovarlar jamini summalarda, reja bajarilishini foizlarda) ifodalaydi. Rekvizit-belgilar va rekvizitnegizlar alohida ma’noga ega bo‘lmaydi, shuning uchun birga qo‘shib qo‘llaniladi. Misol, har bir talaba to‘g‘risidagi axborot bir xil rekvizitlar orqali tartiblashtirilishi va aks ettirilishi: - talabaning F.I.Sh. - jinsi - tug‘ilgan yili - tug‘ilgan joyi - yashash joyi - o‘qiyotgan fakulteti va hokazolar. Ushbu rekvizitlarning hammasi “Talaba” axborot ob’ektining xususiyatlarini ifoda etadi. Iqtisodiy ma’noga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘liq rekvizit belgilar va rekvizit negizlar jami ko‘rsatkich deb ataladi.Masalan, «talabalar 100 ta», bu yerda negiz sifatida «100» va belgi sifatida esa «talabalar» va «ta» ishlatilmoqda. Hujjatlar ko‘rsatkichlar asosida tuziladi. Ular bitta yoki bir necha ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi. Muayyan belgi bo‘yicha birlashtirilgan hujjatlar jami guruxni, ya’ni massivni hosil qiladi. Massivlar, ya’ni fayllar turli belgilarga ko‘ra ancha yirik va murakkab axborot birliklariga qo‘shiladi. Boshqaruv faoliyatining bir sohasiga taaluqli massivlar jami odatda axborot oqimi deb, umuman boshqaruv faoliyatini bir bo‘limini tavsiflaydigan bunday oqimlar jami axborot quyi tizimini tashkil qiladi, umuman boshqaruv faoliyatini tavsiflaydigan quyi tizimlar to‘plami axborot tizimi deb ataladi. Axborot tizimi boshqaruv ob’ektlarining butun axborotini to‘la qamrab oladi hamda oliy darajadagi tuzilmali birlik hisoblanadi. Shu bois iqtisodiy axborot umumiy tuzilmasini oddiy ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: 55 2.Iqtisodiy axborotning tasniflanishi. Iqtisodiy axborotlarning boshqaruv tizimidagi asosiy mohiyati va ahamiyatini chuqurroq aniqlash hamda ularning oqimini ratsional tashkil qilish uchun ularni tasniflash zarurati tug‘iladi. Quyidagilar iqtisodiy axborotning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi: katta hajmda bo‘lishi; vaqtning belgilangan davrida uni olish va o‘zgartirish turkumlarining ko‘p marta takrorlanishi; unga asos bo‘ladigan manbalarning ko‘pligi; undan foydalaniladigan iste’molchilarning chegaralanmaganligi; mantiqiy operatsiyalar yordamida uni qayta ishlab chiqish. Iqtisodiy axborot boshqaruv vazifalari, paydo bo‘lish joyi, foydalanish darajasi, hosil bo‘lish bosqichlari, paydo bo‘lish vaqti, davri, ma’lumotlar berish usuli, to‘liqligi (yetarligi) foydaliligi, barqarorlik va hokazo belgilariga ko‘ra tasniflanadi. Iqtisodiy axborotni boshqaruv vazifalariga ko‘ra hisob, reja, statistik, ildam boshqaruv, direktiv va hokazo axborotga ajratish mumkin. Iqtisodiy axborot paydo bo‘lish joyiga qarab ichki va tashqi, ob’ektdan chiquvchi va ob’ektga kiruvchi axborotlarga bo‘linadi. IA hosil bo‘lish bosqichlariga qarab birlamchi va ikkilamchi (hosila) axborotga bo‘linadi. Birlamchi axborot boshqarish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘ladi va ob’ektning amaldagi holatini aks ettiradi. Birlamchi axborotni ishlash natijasida ikkilamchi axborot olinadi. U ham oraliq , ham yakuniy axborot bo‘lishi mumkin. IA paydo bo‘lish vaqti davriga qarab davriy va nodavriy axborotlarga bo‘linadi. Davriy axborot oylik, choraklik, yillik, besh yillik bo‘lishi mumkin. Nodavriy axborot talabga ko‘ra beriladi. Ob’ekt ishi maromida olinayotgan axborot odatda vaqt amaliy ko‘lamidagi xabarlar deb ataladi. IA ma’lumotlar berilishi usuliga ko‘ra matnli yozuvli va grafikli axborotlarga bo‘linadi. Matnli IA alfavitli, raqamli va alfavit-raqamli bo‘ladi. Grafikli IA diagrammalar, chizmalar orqali beriladi. IA to‘liqlik belgisiga ko‘ra yetarli, ortiqcha va oz axborotlarga bo‘linadi. IA barqarorlik belgisiga ko‘ra o‘zgaruvchan va shartli-doimiy axborotlarga bo‘linadi. O‘zgaruvchan axborot ob’ekt xo‘jalik va moliyaviy faoliyatining amaldagi holatini aks ettiradi va axborotlarni ishlashning bir siklida qatnashadi. Shartli-doimiy axborot nisbatan uzoq vaqt davomida o‘zgarmaydi yoki qisman o‘zgaradi va undan turli boshqaruv masalalarini ishlashda ko‘p marta foydalaniladi. Shartli - doimiy axborot tarkibiga, mazmuniga ko‘ra: ma’lumot axboroti me’yor axboroti baholash axboroti reja axboroti jadval axboroti va hokazolarga bo‘linadi. 56 3.Iqtisodiy axborotlarni ishlashning bosqichlari. Boshqarish jarayonlarida texnika vositalarini qo‘llash, uning ta’sir ko‘rsatish doirasi bo‘lgan axborotlarni o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi. Chunki hisoblash, tashkiliy texnika va aloqa vositalaridan foydalanib, axborot ma’lum tartib bo‘yicha bir necha jarayonlardan o‘tqaziladi. Iqtisodiy axborotni boshlang‘ich (dastlabki) axborot holatidan oldin oraliq (ikki oradagi), so‘ngra esa natijaviy (hosila) axborot ko‘rinishiga keltirish bir qator ketma - ket bajariladigan bosqichlardan iborat bo‘ladi. Har bir bosqich bu harakat yoki harakatlar kompleksi bo‘lib, ular axborot ustidan ishlash yoki ularni axborot tashuvchilar tomonidan bir ish joyida muayyan qurilmada bajarish demakdir. Axborotlar texnik vositalar kompleksi yordamida boshlang‘ich (dastlabki) holatidan natijaviy (hosila) ko‘rinishiga keltirishgacha bajariladigan operatsiyalar (bosqichlar) yig‘indisi ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayoni deb ataladi. Hamma texnologik jarayonlarni quyidagi yettita bosqichga ajratish mumkin: 1 Ma’lumotlarni olish 2 Ma’lumotlarni to‘plash va qayd qilish. 3 Ma’lumotlarni o‘tqazish. 4 Ma’lumotlarni saqlash. 5 Ma’lumotlarni qayta ishlash 6 Natijaviy axborotlarni olish va nazorat qilish. 7 Natijaviy axborotlarni tahlil qilish va boshqarish vazifalarini boshqarishda foydalanish. 4.Axborot tizimlarini rivojlanishi Axborot tizimlarining rivojlanish davrida konsepsiyalar tahlili quyidagi jadvalda keltirilgan. Yillar Axborot konsepsiyasi AT konsepsiyasi Mohiyati 1950Byurokratlarni axborot Ma’lumotlarni Ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini 1960 bilan ta’minlash qog‘oz elektron hisob-lash oshirish, hisoblash ishlari va hujjatlar yordamida mashinalari-da tayyorlash qayta ishlash 1960Asosiy funksiyalarni va Boshqaruvda Ma’lumotlarni qayta ishlash tez1970 talablarni qondirish axborot tizimlarni ligini oshirish va hisobotlarni tayyorqo‘llash lash berilgan talabnoma bo‘yicha 1970Boshqaruvda KKKT ni Mahsulotlarni sotishda effektiv 1980 mahsulotlarni sotishni Yaratish usullarni yaratish boshqarish 1980Strategik zahira Strategik AT larni Korxonani rivojini ta’minlash 2000 Konkurensiyasida ishlab chiqish g‘olib chiqish 5.Boshqaruv va axborot tizimlari Ma’lum bir jamoaning bir umumiy maqsadga erishish uchun birlashgan a’zolarining harakatini muvofiqlashtirish zaruriyati bo‘lgan joyda boshqaruvga ehtiyoj yuzaga keladi. Bunday maqsadlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: boshqariladigan ob’ektning barqaror ishlashini yoki uning raqobat kurashiga bardosh berishini ta’minlash, maksimal foyda 57 olish yoki halqaro bozorga chiqish. Maqsadlar avval umumiy xarakterda bo‘ladi, keyinroq esa boshqaruv apparati tomonidan maqsad funksiyalarga aylantiriladi. Boshqaruv sub’ekti o‘zida maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni tuzuvchi va qarorlarni qabul qilinishi va bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlarni ifodalaydi. Tizimning har ikki komponenti o‘zaro to‘g‘ri va teskari aloqa bo‘yicha bog‘langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv ob’ektidan boshqaruv sub’ektiga yo‘naltirilgan direktiv axborotni ifodalaydi. Teskari aloqa esa qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot ma’lumotlarini ifodalaydi. Boshqaruv konturida axborot hajmining o‘sishi va uni qayta ishlashning murakkablashuvi kompyuterlarning joriy qilinishiga olib keldi. Axborot tizimlari o‘zgara boshladi. Boshqaruv apparatida yagona funksiyasi boshqaruvni hisoblash texnikasi qo‘llash asosida ishonchli axborot bilan ta’minlash bo‘lgan yangi bo‘limlar paydo bo‘la boshladi. Axborot tizimi bilan boshqaruv tizimini quyidagicha bir-biriga bog‘lash mumkin: 6.Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi ABTdan ko‘riladigan eng muhim foyda shu bo‘ladiki, iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan qaytarilib turadigan, aqliy mehnat talab qilmaydigan bir xildagi 58 hisob-kitob ishlaridan ozod bo‘lib, buning natijasida boshqarish apparati xodimlari korxonaning shuni ijodiy mexnat asosida haqiqiy boshqarishni amalga oshiradilar ABTning samadorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ma’lumotlarni qayta ish-lash uchun qilinadigan sarf-harajatlar kamayadi; ma’lumotlarni EHM va boshqa texni-ka vositalari yordamida ishlash, ulardan to‘g‘ri va unumli foydalanish imkonini bera-di; korxonaning hamisha optimal reja asosida ishlashini taminlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatgichlarini aniqlashda kompleks ko‘rsatgichlar tizimidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatgichlarni uch guruxga bo‘lish mumkin. 1.Qiymat ko‘rsatgichlari; 2. Natural ko‘rsatgichlar; 3.Sifat ko‘rsatgichlari. Qiymat ko‘rsatgichlari - bu axborotlarni mashinalarda qayta ishlashga o‘tish natijasida olingan yillik tejam summasidan iborat. Chunki hisob-kitob ishlarini avtomatlashtirish maqsadida EHM va tashkiliy-texnika vositalarini qo‘llash hisobiga olingan tejamning umumiy summasi iqtisodiy samaradorlikning qiymat ko‘o‘satgichini ifodalovchi omildir. Sarflangan kapital mablag‘larinng qoplanish muddati ham qiymat ko‘rsatgichlariga kiradi. Natural ko‘rsatgichlar - bu axborotlarni mashinalarda qayta ishlashning miqdor ko‘rsatgichidir. Bunga hisob-kitob ishlarini avtomatlashtirilgan qayta ishlash natijasida uchyot va boshqaruvchi xodimlar sonining kamayishi, ularning mehnat haqi fondining tejalishi, uchyot va boshqaruvchi xodimlar mehnatining avtomatlashuvi hisobiga mehnat unumdorligining o‘sishi kiradi. Sifat ko‘rsatgichlari - bu axborotlarni EHM da qayta ishlashinng natija ko‘rsatgichlarini aniqlashdan iboratdir. Bunga uchyot va boshqaruvchi xodimlar mehnat madaniyatining ortishi; planlashtirish ishlarining optimal holatga yaqinlashuvini taminlash; uchyot ishlarini mukammal holatga keltirish va ularni plan va normativlar bilan proporsional bog‘lanishini to‘g‘ri amalga oshirish; axborotlarni qayta ishlash muddatlarini qisqartirish; tuziladigan hisobotlar mazmunini yaxshilash; xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish operativligining yaxshilanishi va boshqalar kiradi. Boshqaruv funksiyalarini bajarish maqsadida ABTi quyidagi ko‘rinishdagi hisobotlarni olish imkoniga ega bo‘lishi shart: doimiy hisobotlar, ya’ni belgilangan vaqtlar bo‘yicha hisobotlarni tuzish; maxsus hisobotlar, ya’ni boshqaruvchilarning talabi bo‘yicha tuziladigan hisobotlar; jamlangan hisobotlar, ya’ni ma’lumotlar guruxlangan, saralangan va jami chiqarilgan qiymatlar ko‘rsatilgan hisobotlar; taqqosiy hisobotlar, ya’ni barcha tarmoqlardan ma’lumotlar jamlanib, tasniflanib tahlil uchun qulay ko‘rinishdagi hisobotlar; favquloddagi hisobotlar, ya’ni odatdan tashkari talab qilingan hisobotlar. 7.Moliyaviy masalalarni yechishda avtomatlashtirilgan iqtisodiy tizimlar Moliyani boshqarish jarayenlarini axborotiy ta’minoti – kompaniyani moliyaviy faoliyatini ta’minlaydigan axborot zahiralari, tashkillashtirish usullari, analitik jarayonlarini zaruriy va yaroqli uslublari to‘plamidir. Uning negizini axborot bazasi tashkil etadi. Ushbu baza 5 ta yirik qismlardan iborat bo‘lib, quyidagicha tasvirlanishi mumkin: 59 Hozirgi kunda ko‘pgina moliyaviy jarayonlar avtomatlashtirilgan iqtisodiy tizimlar bilan jihozlangan, masalan 1) FinEkspert – Windows OTida ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, korxonani moliyaviy tahlil qilish va uning moliyaviy bashoratini aniqlashga yo‘naltirilgan maxsus dasturdir. 2) StatEkspert - Windows OTida ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ma’lumotlar, grafiklar, ma’lumotlar bazasiga asoslangan statistik tahlil qilish va bashoratlash tizimidir. 3) Vashi dengi - Windows OTida ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, moliyaviy zahiralarni effektiv boshqaruvi uchun mo‘ljallangan dastur. Takrorlash uchun savollar 1. Axborot zahirasini boshqa zahira bilan taqqoslang? 2. Iqtisodiy axborotning tasnifini keltiring ? 3. Boshqaruv va axborot tizimlarini o‘zaro bog‘liqligini tasvirlang? 4. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatgichlarini tasniflang? Tayanch so‘z va iboralar Axborot zaxiralari; Axborot strategik zaxira; Iqtisodiy axborot; Iqtisodiy axborot-ning mantiqiy tarkibi; Rekvizit; Rekvizit-belgi; Rekvizit-negiz; Ko‘rsatkich; Massiv; Axborot okimi; O‘zgaruvchan IA; Shartli-doimiy IA; Ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayoni; Qiymat ko‘rsatgichlari; Natural ko‘rsatgichlar; Sifat ko‘rsatgichlar; 60 Test savollari 1. Axborot tizimi, axborot oqimi, massiv, hujjat, ko‘rsatkich, rekvizit -asos va rekvizitbelgi nimaning mantiqiy tarkibi bo‘lib hisoblanadi? A). Iqtisodiy axborotni B). Iqtisodiy informatikani C). Boshqaruv tizimini D). Axborot tizimini E). Korxona faoliyatini 2. Iqtisodiy axborotning oddiy bo‘linmas birliklari bo‘lib ob’ektning muayyan xossalarini nimalar ifodalaydi? A). Rekvizitlar B). Kompyuterlar C). Oqimlar D). Tashqi aloqalar E). Ichki aloqalar 3. Rekvizitlar nimalarga bo‘linadi? A). rekvizit-belgilar va rekvizit- asoslarga B). rekvizit-belgilar C). rekvizit- asoslarga D). rekvizit-omillar va rekvizit- asoslarga E). rekvizit-belgilar va rekvizit- oqimlarga 4. Iqtisodiy ma’noga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘liq rekvizit-belgilar va rekvizit- asoslar jami nima deb ataladi? A). ko‘rsatkich B). omil C). oqim D). hujjat E). tizim 5. Iqtisodiy axborotni paydo bo‘lish joyiga qarab tasniflang? A). ichki va tashqi, ob’ektdan chiquvchi va ob’ektga kiruvchi B). rekvizitlar C). korxonadagi axborot tizimi D). rekvizit-asoslar E). rekvizit-belgilar 6. Muayyan belgi bo‘yicha birlashtirilgan hujjatlar jami nimani hosil qiladi? A). massivni B). oqimni C). hujjatni D). rekvizitni E). tizimni 61 7. IA paydo bo‘lish vaqti davriga qarab qanaqa axborotlarga bo‘linadi? A). davriy va nodavriy B). rekvizit C). hujjat D). tizim E). massiv 8. Iqtisodiy axborot barqarorlik belgisiga ko‘ra qanday axborotlarga bo‘linadi? A). o‘zgaruvchan va shartli-doimiy B). rekvizit-belgi va rekvizit-asos C). hujjatlar D). oqimlar E). massivlar Foydalanilgan adabiyotlar 1. Siddiqov Yu.M. Korxonalarni kompyuterlashtirish qulayligi./ O‘zbekiston iqtisodiy axboroltnomasi, №1-2, 1999, 32-33 betlar. 2. Informatsionnie texnologii v marketinge: Uchebnik dlya vuzov/ G.A.Titorenko, G.A.Makarova, D.M.Dayitbegov i dr.; Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:YUNITIDANA,2000.-89-91 betlar. 3.Axborot tizimlari va texnologiyalari/S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshqalar.T.:”Sharq”,2000.-95-100 betlar. 4. Statistika finansov:Uchebnik/ Pod red. prof. V.N.Salina.-M.:Finansi i statistika, 2000.-53 bet. 5. Kovalev V.V. Vvedeniye v finansoviy menedjment.-M.:Finansi i statistika, 2000.-120-125 betlar. 62 9-mavzu: Iqtisodiy axborot tizimi tarkibi ( 2 soat ) Ma’ruza rejasi: 1. IAT ni qo‘llash jarayoni bo‘yicha tarkiblanishi 2. Axborot tizimining tarkibiy qismlari 3. IAT funksional qismi 1.IAT ni qo‘llash jarayoni bo‘yicha tarkiblanishi Hajmi unchalik katta bo‘lmagan korxonalar ham murakkab tizim hisoblanadi, chunki ular boshqaruvchi tizim va boshqaruv ob’ekti o‘rtasidagi ko‘p sonli o‘zaro bog‘lanishlarga ega bo‘lgan murakkab iyerarxik strukturaga ega bo‘ladi. O‘z navbatida boshqa-ruv jarayoni qatnashchilari o‘z oldilariga butun tizimning maqsadi bilan mos kelmay-digan maqsadlarni qo‘yishlari mumkin. Boshqaruv jarayoni ko‘p funksionallilik bilan xarakterlanadi va bu boshqaruvning asosiy funksiyalarini amalga oshirish xususiyat-larida namoyon bo‘ladi. Korxona tizim sifatida muhitning o‘zgarish sharoitlarida o‘z butunligini saqlaydi va emerjentlik deb atalgan xususiyatga ega bo‘ladi. Boshqaruv esa o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlab qolishga mo‘ljallangan. Butunlik-ning yo‘qolishi tizimning buzilishiga olib keladi. Juda ko‘p funksional xususiyatlarga ko‘ra iqtisodiy axborot tizimlarini turli tasniflash belgilari bo‘yicha ajratish mumkin. Qo‘llanish darajasi va ma’muriy bo‘linish bo‘yicha korxona, rayon, viloyat va davlat iqtisodiy axborot tizimlarini ajratish mumkin. Tizimli yondashuv yordamida shuni ta’kidlash lozimki, Iqtisodiy axborot tizimi (IAT) har qanday tizimday bir-biriga bog‘liq va aloqada bo‘lgan elementlar to‘plamidan iboratdir. Elementlar orasidagi aloqalarning hilma-xilligi uning strukturasini aniqlaydi. Iqtisodiyotda qo‘llanish sohasiga ko‘ra quyidagilarni ajratish mumkin: 1.bank axborot tizimlari; 2.fond bozorlari axborot tizimlari; 3.sug‘urta axborot tizimlari; 4.soliq sohasidagi axborot tizimlar; 5.sanoat korxonalari va tashkilotlar axborot tizimlari (ular o‘rtasida ahamiyati va tarqalishi bo‘yicha buxgalteriya axborot tizimlari alohida o‘rin egallaydi). 2. Axborot tizimining tarkibiy qismlari IAT ta’minlovchi qismi.Tizimni strukturlash alomati, ya’ni uni qismlarga ajratish (dekompozitsiya) qo‘yilgan iqtisodiy masaladan kelib chiqadi. Ko‘pincha iqtisodiy axborot tizimlarini ta’minlovchi va funksional qismlarga ajratishadi. Qo‘llash sohasidan qat’iy nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarni qayta ishlashning deyarli barcha tizimlarini ta’minlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.Ularni dasturiy, texnik, huquqiy , axborot, matematik va lingvistik, ergonomik ta’minotlarga ajratilishi qabul qilingan. Axborot ta’minoti – axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari hujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan tizimlari, hujjat aylanmasi va hujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o‘z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir. Boshqaruv ob’ektiga xom-ashyo va zahiralar kerak bo‘lganidek, boshqaruv apparatiga ham axborotlar zarur. U ma’lumotlar deb ataladigan maxsus xomashyoni qayta ishlash 63 natijasida shakllanadi. Ma’lumotlar konkret moliyaviy-xujalik faktlarini, holat yoki jarayonlarni ifodalaydi va o‘z moddiy tashuvchilari (buxgalteriya va moliya hujjatlari, magnit tashuvchilar, displey va datchiklardan tushgan signallar) ga ega. Har qanday boshqaruv tizim ikki turdagi axborot bilan ishlaydi: tashqi (tashqi muhit haqidagi axborot) va ichki (boshqaruv apparati va boshqariladigan ob’ekt o‘rtasida aylanuvchi). Tashqi axborotga noaniqlik, taxminiylik, uzilishlar va ziddiyatlar xos. Unga asosan bozor va konkurentlar, foiz stavkalar va baholar bashorati, soliq siyosati va siyosiy holat kiradi. Bunday axborot tabiatiga ko‘ra ehtimolli xarakterga ega va ularni qayta ishlash uchun ekspert tizimlar deb atalgan maxsus axborot tizimlar yaratilgan. Bunday tizimlar noaniq axborot asosida aniq hulosalar bera oladi. Ichki axborot boshqaruv tizimining o‘zida yuzaga keladi va bunday ma’lumotlar boshqaruv hujjatlarida qayd qilinadi (anik axborot sifatida). Boshqaruv darajasiga ko‘ra axborotning turli shakllari foydalaniladi. Faoliyat strategiyasini ishlab chiquvchi yuqori raxbariyat uchun asosan tashqi axborot va kam miqdorda ichki axborot foydalaniladi. Operativ darajada faqat ichki axborot, o‘rta darajada esa asosan ichki va kam miqdorda tashqi axborot foydalaniladi. Bu axborot shakllari tashuvchilarda saqlanadi va axborot bazani tashkil qiladi. Axborot baza ikki o‘zaro bog‘liq qismlardan iborat: mashinadan tashqaridagi va mashina ichidagi. Birinchisiga hujjatlar (naryadlar, akt, nakladnoylar, schyot qaydnomalar) kiradi. Mashina ichidagi axborot bazasi mashinada saqlanadi va fayllardan iborat bo‘ladi. Ular har biri bir turdagi boshqaruv hujjatini ifodalovchi lokal, ya’ni mustaqil fayllar sifatida yoki ma’lumot baza shaklida yaratilishi mumkin. Ma’lumotlar bazasini yaratishda fayllar mustaqil ishlamaydi, ya’ni bir faylning strukturasi boshqa strukturalarga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy axborot tizimga aloqador bo‘lgan barcha hujjatlar va ichki axborot bazalar fayllarini kiritiladigan va natijaviylarga ajratish mumkin. Kiritiladigan fayllar va ular asosida shakllanadigan fayllarni o‘z navbatida operativ va shartli operativlarga ajratish mumkin. Dasturiy ta’minot – hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Texnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini funksiyalashtirish uchun qo‘llanuvchi texnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi, turli sinflardagi EHMdan tashkarida ham EHMning o‘zida ham shu operatsiyalarni bajaradi. Texnik vositalar iqtisodiy axborot tizimlarni tuzishning asosini tashkil qiladi. Bu vositalarning quvvati ma’lum bir satxning hal qilinadigan boshqaruv massalalarining tarkibini belgilaydi. Iqtisodiy axborot tizimlarning texnik ta’minotiga kompyuterlar, kommunikatsiya vositalari, orgtexnika kiradi. Kompyuterlarni shartli ravishda 2 sinfga ajratish mumkin: shaxsiy (personal) va yuqori quvvatli kompyuterlar (mainframe system). Keyingilari katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ular bilan ishlashni ta’minlash uchun zarur. Mainframe system kompyuterlari uchun bir soat talab qilinganda, shaxsiy kompyuterlarga bir kun vaqt talab qilinadi, lekin superkompyuterlar ushbu masalani bir necha daqiqa ichida yechishi mumkin. Shu bois moliyaviy masalalarni yechishda superkompyuterlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki qimmatbaxo fond birjalarida bir soat ichida olinadigan foyda yoki zarar superkompyuterning narxi miqdorida bo‘lishi mumkin. Dasturiy ta’minot. Texnik ta’minotni «jonlantirish», ya’ni uni ma’lumotni qayta ishlash operatsiyalarini bajarishiga imkon berish uchun dasturiy ta’minot mo‘ljallangan. 64 Dasturiy ta’minot umumiy va amaliylarga ajratiladi. Umumiy dasturiy ta’minotlarga operatsion tizimlar, dasturlash tizimlari, servis dasturlar kiradi. Operatsion tizim kompyuter ishga tushganda avtomatik ravishda ishga tushadi va foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashga yordam beradigan buyruqlar to‘plamini taklif qiladi: dasturni ishga tushirish, disketni formatlash, fayldan nusxa ko‘chirish va hokazolar. Dasturlar tizimlari malakali foydalanuvchi-dasturlar va dasturlovchi bo‘lmaganlar uchun instrument-vositalardan iborat. Dasturlovchining instrumental vositalari funksional dasturiy ta’minotini loyihalashtirish uchun mo‘ljallangan axborot texnologiyalarni belgilaydi. Funksional dasturiy ta’minot – bu axborot bilan ishlovchi xodimning konkret funksiyalarini axborot texnologiyalar tuzish orqali amalga oshirish, ya’ni avtomatlashtirilgan ish o‘rni, MBBT, gipertekstlar, multimedia, ekspert tizimlar, iqtisodiy axborot tizim quyi tizimlari va masalalarining dastur kompleksini ma’lum bir korxonaning ma’lumotlarni qayta ishlash spesifikasini hisobga olgan holda shu korxonaning konkret xodimiga moslashtirish. Dasturlovchi bo‘lmagan xodimning instrumental vositalari hisoblash texnikasi va dasturlashtirish har qanday malakaga ega bo‘lgan kishi foydalana oladigan axborot texnologiyalarni belgilaydi. Servis dasturlar EHM va dasturiy ta’minotidan foydalanish uchun bir qator xizmatlarni ta’minlaydi. Foydalanuvchini dasturlar, texnikaviy va axborotiy ta’minotlari bilan muloqotda bo‘lishi uchun tillar ishlatiladi. Muqokot tillari formallashtirilgan, oddiy yoki tabiiy tillar kabi bo‘lishi mumkin.Muloqot tillar to‘plami, ularni formalashtirish qonun va qoidalari IAT ni lingvistik ta’minoti hisoblanadi. Lingvistik ta’minot inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Texnikaviy, dasturiy va axborotiy ta’minotlarni o‘zaro ishlashi natijasida qo‘yilgan maqsadga erishish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar uslubiy va tashkiliy ta’minotni tashkil qiladi. Bular IAT faoliyatining texnologik jarayonini tashkil qiladi. Tashkiliy ta’minot. Iqtisodiy axborot tizim, uning hamma quyi tizimlarining bir butun ishlashini ta’minlovchi o‘z boshqaruv apparatiga ega. Bunday strukturali bo‘linma quyidagilarni bajaradi: 1 boshqariladigan ob’ekt va atrof-muhit haqida yordamchi vositalar va ma’lumotlarni avtomatik qayd qiluvchi vositalar yordamida boshlang‘ich ma’lumotlar yig‘ish; 2 axborotni kurerga uzatish yoki uni mahalliy regional yoki boshqa tarmoqlar orqali jo‘natish; 3 umumiy foydalaniladigan axborotni markaziy ma’lumotlar bazasida yoki tarmoqlar bo‘yicha taqsimlangan holda saqlash; 4 markazlashgan yoki taqsimlangan texnologiyalar asosida axborotni qayta ishlash. 5 Odatda iqtisodiy axborot tizimi personali yangi dasturlarni ishlab chiqish va joriy qilish, nazorat qilish bo‘limining xodimlari, keyinroq ishlab chiqarish bo‘limi va ekspluatatsiya bo‘limlari xodimlaridan iborat bo‘ladi. Huquqiy ta’minot. Iqtisodiy axborot tizimining normativ aktlarda ifodalangan va bu tizimlarni tashkil qilish, ularning maqsad va vazifalari, strukturasi, funksiyalari va huquqiy statusini belgilovchi normalar majmui-0dan iborat. Iqtisodiy axborot tizimining huquqiy ta’minoti iqtisodiy axborot tizimini ishlab chiqishda ishlab chiquvchi bilan buyurtmachi o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. 65 Iqtisodiy axborot tizimi normativ aktlarda ifodalangan va bu tizimlarni tash-kil qilish, ularning maqsad va vazifalari, strukturasi, funksiyalari va huquqiy statu-sini belgilovchi normalar majmuidan iborat. Iqtisodiy axborot tizimning huquqiy ta’minoti iqtisodiy axborot tizimini ishlab chiqishda ishlab chiquvchi bilan buyurtmachi o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Ergonomik ta’minot – bu avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasini ishlab chiqishdagi va uni faoliyat davridagi usullar va vositalar to‘plamidir. Ushbu ta’minot foydalanuvchini AAT da yuqori samarada bajarish uchun shart sharoitlar yaratib beradi. Masalan, o‘quv-uslubiy hujjatlar, usullar to‘plami, personal tanlash va tayyorlash usullari to‘plami va boshqalar. Axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini iqtisodiy tizimda bir-biriga qanday bog‘liqligini quyidagi sxemada yaqqol ko‘rish mumkin: 3. IAT funksional qismi Funksional qism ob’ektni boshqaruv tizimining modeli hisoblanadi. Dekompozitsiya jarayonida funksional qism quyitizimlarga ajratiladi, ularning konkret tarkibi dekompozitsiya belgilariga ko‘ra aniqlanadi. Dekompozitsiya belgilariga quyidagilar kiradi: 66 boshqaruv bo‘g‘inlari (yuqori, o‘rta, operativ); boshqariladigan zahiralar turi (asosiy fondlar, moddiy, mehnat, moliyaviy va axborot zahiralar); qo‘llanish sohasi (bank axborot tizimlari, statistika, soliq, buxgalteriya, fond bozori va sug‘urta axborot tizimlari); boshqaruv funksiyalari va boshqaruv davri. Iqtisodiy axborot tizimlarining dekompozitsiya belgilarini tanlash boshqaruv ob’ekti spesifikasi va uni yaratish maqsadlariga bog‘liq. Iqtisodiy axborot tizimning masalalari tarkibi quyidagi omillar bilan belgilanadi: boshqaruvning u yoki bu funksiyasining muhimligi; boshqaruv protseduralarini rasmiylashtirish (formalizatsiya) imkoniyatlari; boshqaruv personalini kompyuterlardan foydalanishga tayyorgarlik darajasi; mavjud axborot bazasi va texnik vositalar. Ularni boshqaruv jarayoni qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash turlicha bo‘li-shi mumkin, chunki ba’zi masalalar bir ish o‘rnida hal qilinishi, boshqalari esa bir necha boshqaruv xodimlarining qatnashuvini talab qiladi. Lekin, bu taqsimot qanday bo‘lmasin, u masalaning tarkibiy qismiga ta’sir qilmasligi kerak. Iqtisodiy axborot tizimini komponentlari quyidagicha tasniflanadi va ularni sxematik ravishda tasviri quyidagicha: Takrorlash uchun savollar 1. 1.Iqtisodiy axborot tizimini strukturasi nimalar orqali aniqladi? 2. Texnik ta’minotni ta’riflab bering. 3. Dasturiy ta’minoti tushunchasini ta’riflab bering. 4. Tashkiliy ta’minot tushunchasini ta’riflab bering. 5. Funksional dasturiy ta’minot nimalardan iborat? 6. Axborot ta’minoti deganda nimani tushunasiz? 7. Huquqiy ta’minot tushunchasini ta’rifini bering. 8. Lingvistik ta’minot tushunchasini ta’rifini bering. Tayanch so‘z va iboralar Axborotiy ta’minot; Texnik ta’minot; Dasturiy ta’minot; Huquqiy ta’minot; Tashkiliy ta’minot; Dasturlar tizimlari; Lingvistik ta’minoti; Funksional dasturiy ta’minot; 67 Test savollari 1. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlar to‘plami o‘z ichiga nimalarni oladi? A). dasturiy, texnik, huquqiy, axborot tashkiliy matematik va lingvistik ta’minotlar B). axborot tashkiliy matematik va lingvistik ta’minotlar C). avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi D). ma’lumotlar bazasi E). tashkiliy boshqarish; texnologik jarayonlarni boshqarish 2. Dasturiy ta’minot ta’rifini ko‘rsating. A). hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. B). Microsoft Office dasturlari to‘plami. C). hisoblash texnikasini ishga tushuruvchi tizimli fayllar yig‘indisi. D). autoexec.bat faylida ko‘rsatilgan fayl va dasturlar to‘plami. 3. Huquqiy ta’minot ta’rifini ko‘rsating. A). axborot tizimini yaratish va funksiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisi B). huquqiy qonunlarning barchasi C). huquqiy qonunlar tuplamini elektron varianti D). soliq va bojxona qonun va qoidalari yig‘indisi E). foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan ko‘rsatmalar 4.IAT nimani bildiradi? A). Iqtisodiy axborot tizimi B). Iqtisodiy avtomatlashtirilgan tizim C). Iqtisodiy axborotiy ta’minot D). Iqtisodiy avtomat tizim E). Iqtisodiy almashuvlar tizimi 5. Dekompozitsiya jarayonida nima bajariladi? A). Dekompozitsiya jarayonida funksional qism quyitizimlarga ajratiladi B). Dekompozitsiya jarayonida tizim yaratiladi C). Dekompozitsiya jarayonida avtomatlashtirilgan tizim yaratiladi D). Dekompozitsiya jarayonida iqtisodiy axborot tizimi ajratiladi E). Dekompozitsiya jarayonida boshqaruv tizimi o‘rganiladi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Informatsionnie sistemi v ekonomike/ Pod red. V.V.Dika - M.: Finansi i statistika, 1996.14-22 betlar. 2. Mishenin A.I. Teoriya ekonomicheskix informatsionnix sistem: Uchebnik.-4-ye izd., dop. i pererab.-M.:Finansi i statistika, 2000.-27-33 betlar. 68 10-Mavzu: Axborot tizimining texnikaviy va dasturiy ta’minoti (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Axborot tizimining texnikaviy ta’minoti 2. Axborot tizimining dasturiy ta’minoti 1.Axborot tizimining texnikaviy ta’minoti AAT ni texnik ta’minlash jarayonida korxonaning apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagilarni e’tiborga olinishi zarurdir: 1 aloqaning turli-tuman telekommunikatsiya vositalari; 2 ko‘p mashinali majmuamalar; 3 mijoz-server arxitekturasidan foydalanish; 4 mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo‘llash; 5 apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi. Foydalaniladigan texnik vositalarning miqdori va tarkibi axborot oqimlarining jadalligi va hajmlari, ishning usullari va bank tizimi vazifalarini amalga oshirishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Korxonalarning keskin rivojlanishi ularni kuchli kompyuterlarni va yuqori samarali texnik vositalarni harid qilishga majbur qiladi. Mijoz-server arxitekturasi ko‘pgina korxonalarning axborot texnologiyalarini yaratishdagi zamonaviy texnik yechimi bo‘lib hisoblanadi. Bunda mijoz serverga so‘rovlar yuboradi, server esa ularga xizmat ko‘rsatadi. Ushbu texnologiya oldingi ma’ruzalarda to‘liq ko‘rib chiqilgan. Texnik vositalarni ishonchlik darajasini oshirish maqsadida ularni guruxlarga, klasterlarga birlashtirish keng qo‘llaniladi. Natijada foydalanuvchi qaysi bir server bilan ishlashini aniklay olmasada, lekin uning ish samarasi oshadi va qo‘yilgan so‘rovlarga bevosita javoblarni olish tezligi oshadi. Korxonaning biznes jarayonlarining telekommunikatsion ta’minla-nilishi o‘zining korporativ tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va har qanday boshqa mahalliy va global tarmoqlarga kirishni hisobga olish bilan ko‘riladi. Axborotlashtirilgan tizimlarda mahalliy, mintakaviy va global hisoblash tarmoqlarini qo‘llanilishi ularni ishonchliligi, hamda ma’lumotlarni himoyalanishi yaxlitligi oldiga oshirilgan talablarni qo‘yadi. Tarmoqli vositalarning tayyorlik va voz kechishiga barqarorlik darajasi tarmoqli-tarkibli qismlardan birini ishdan chiqishida ish qobiliyatini buzilishi imkoniyatini bartaraf qilish uchun yuqori bo‘lishi kerak. Masalan, uzoqlashtirilgan filiallar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilishda foydalanuvchilarga qo‘shimcha kommutatsiyalanadigan liniyalarga o‘tish, aloqaning asosiy kanalini takrorlanishi yoki uning o‘tqazish qobiliyatini ko‘paytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Tarmoqli boshqaruvning markazlashtirilgan tizimini tatbiq etish tarmoqni texnik qo‘llabquvvatlashning qiymatini qiskartirishga imkon beruvchi muhim omil bo‘ladi. U masofadan konfiguratsiyalash , nazorat qilish, buzilishlarni bartaraf qilish va bir qator boshqa vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi. Kommunikatsion qurilmalarning to‘liq majmuasidan iborat bo‘lgan tarmoqning uskunalarini bitta ishlab chiquv-chisiga texnologiyalarni integratsiyalash 69 boshqaruvning xodimlarni tayyorlashni soddalashtiradi, uskunalarning miqdoriy qiymatini pasaytiradi, hamda umuman tizimning foydalanishdagi ishonchliligini oshiradi. Tarmoqning infratuzilmalarini zamonaviylashtirish har qanday korxona xizmat-larining kengayishi, yangi bozorlarga chiqishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, serverlar hisoblash tarmoqlarida eng kuchsiz bo‘g‘in hisoblanadi. Ulardan eng istiqbollisi UNIX server. Pastroq darajadagi serverlar, masalan, IBM PC serverlar diskli tizimchani kengaytirish, uzilishli vaziyatlarni oldindan aytib berish bo‘yicha yechimlarin talab qiladilar. Komryuterning qiymatini pasayishi korxonaning axborotli infratuzilmasini qo‘llab– quvvatlashdagi harajatlarini qisqarishiga olib kelmaydi. Chunki AIJ larining sonini oshishi, ularning aqliy darajasining oshishi, murakkabroq tarkib va qimmatroq dasturiy vositalardan foydalanish qo‘shimcha harajatlarni talab qiladi. Tizimga egalik qilish qiymati bu kompyuter tizimini o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga harajatlarning ko‘rsatkichidir va u boshlangich harid narxidan taxminan olti marta ko‘proq. Egalik qilish qiymati kompyuterlarga dasturiy ta’minlashlarni o‘rnatish, ularni tarmoqli muhitga ulash, birga bo‘la olishligini ta’minlash, operatsion tizimga sozlashga va texnik vositalarning majmuasini qo‘llab-quvvatlash va kuzatish bo‘yicha tizimning mutaxassislarini ish vaqtida vujudga keladigan boshqa ko‘pgina majburiy kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar harajatlaridan vujudga keladi. Axborot tizimlari ishida va uning texnologik jarayonida aniq farq qilib turuvchi bir qancha bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1.Ma’lumotlarning paydo bo‘lishi -ya’ni xo‘jalik operatsiyalari natijalarini, boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari xususiyatlarini, ishlab chiqarish jarayonlari parametrlarini, normativ va yuridik aktlar mazmunini qayd etuvchi boshlangich ma’lumotlarning yuzaga kelishi. 2.Ma’lumotlarning to‘planishi va sistemalashtirilishi, ya’ni kerakli ma’lumotlarni tezlik bilan topish va tanlash,ma’lumotlarni metodik jihatdan yangilash, ularning buzib ko‘rsatilishidan , yo‘qolishidan saqlash darajasida ma’lumotlarni joylashtirish. 3.Ma’lumotlarni qayta ishlash- bu ilgarigi to‘plangan ma’lumotlar asosida yanada to‘ldiruvchi, tahliliy, tavsiyalovchi, bashoratli ma’lumotlarning yangi ko‘rinishlari shakllanuvchi jarayondir. 4.Ma’lumotlarni aks ettirish -ma’lumotlarni inson qabul qilishi uchun foydali shaklda takdim etish. Eng avvalo -bu boskichga chiqarish,ya’ni hujjatlarni kishi kabul kilishi uchun qulay holatda tayyorlash. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining texnik vositalar tasnifi quyidagilar: Axborotlarni kiritish qurilmasi: klaviatura, manipulyator, joystik, nurli pero-mexanik “sichqon”,optik “sichqon”,skaner, grafik planshet, sensorli ekran, nutqni kiritish vositasi. Axborotlarni chiqarish qurilmalari: displey va displey adapterlari, elektron-nurli trubka, vektorli displey . Axborotlarni bosib chiqarish qurilmasi: zarbli printer,literli printer, matritsa-nuqtali printer,purkovchi printer,termografik printer, lazerli printer, grafatuzuvchilar. Shaxsiy kompyuterlar foydalanuvchilariga axborot kiritish turli qurilmalarining keng turi tavsiya etiladi.Shunday bo‘lsada, ko‘pincha SHKlar yagona kiritish qurilmasi-klaviatura bilan ishlab chiqariladi. Keng ko‘lamda qo‘llanishi jihatdan klaviaturadan so‘ng uni funksional jihatdan to‘ldiruvchi turli xil manipulyatorlar va asosan “sichqon” xilidagi manipulyatorlar qo‘llaniladi. 70 SHK-bu qo‘llanilishining hamma boplik va universallik talablarini qondiruvchi stolli yoki ko‘chma EHMdir. SHKning afzallik tomonlari: narxining arzonligi; atrof-muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanishning avtonomligi; boshqarish, fan, ta’lim, maishiy turmush,sohasida uning xilma-xil qo‘llanishlariga moslashuvchanligini ta’minlovchi arxitekturasining tez o‘zgaruvchanligi; ishning yuqori darajada ishonchliligi. SHK asosiy bloklarining tarkibi va vazifasini ko‘rib chiqamiz. Mikroprotsessor (MP).Bu SHKning markaziy bloki bo‘lib,mashina barcha bloklarning ishini boshqarish va axborot ustidan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: boshqaruv moslamasi(BM)-mashinaning barcha bloklariga zarur paytda bajariladigan operatsiyalar o‘ziga xos va avvalgi operatsiyalar natijalari bilan o‘zaro bog‘langan boshqaruvning muayyan signallarini uzatadi va shakllantiradi; bajariladigan operatsiyalarda foydalanuvchi xotira uyachasi adresini shakllantiradi va SHKning tegishli bloklariga bu adresni uzatadi. Arifmetik-mantiqiy moslama(AMM) -son bilan hisoblanadigan va ramzli axborotlar ustida barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan; mikroprotsessorli xotira(MPX)-mashina ishining yaqin taktlarida hisoblashlarda bevosita foydalaniladigan axborotni qisqa muddatli saqlash, yozib olish va berish uchun xizmat qiladi.MPX registrlarda quriladi va mashinaning yuqori tezligini ta’minlashga xizmat qiladi, chunki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessor ishining samaradorligi uchun zarur bo‘lgan axborotni yozib olish, izlash va hisoblash tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi. Registrlar-turli uzunlikdagi tez harakatlanuvchi xotira uyachalaridir; mikroprotsessorning interfes tizimi-SHKning boshqa moslamalar bilan bog‘likligi va aloqasini amalga oshiradi; MP ning ichki interfeys,kirishchiqish portlari(KCHP) boshqarishning buferli yodda tutuvchi registr va chizmalari, tizimli shinani o‘z ichiga oladi. Interfeys-kompyuter moslamasining bog‘liqlik va aloqa vositalari yig‘indisi bo‘lib, ularning uzaro samarali aloqasini ta’minlaydi. Taktli impulslar generatori elektrik impulslar izchilligini yuzaga keltiradi; yuzaga keltirilgan impulslar chastotasi mashinaning taktli chastotasini belgilaydi. Mashina ishining bir takt vaqtini yoki oddiy aytganda mashina ish taktini qo‘shni impulslar o‘rtasida o‘tgan vaqt belgilaydi. Tizimli shina kompyuterning asosiy interfeys tizimi bo‘lib, uning barcha moslamalarida o‘zaro bog‘lanish va aloqani ta’minlaydi.Tizimli shinani boshqarish mikroprotsessor yordamida bevosita yoki ko‘pincha qo‘shimcha mikro chizma-boshqarishning asosiy signallarini shakllantiruvchi shina kontrollerlari orkali amalga oshadi. Asosiy xotira(AX) mashinaning boshqa bloklari bilan axborotni saqlash va operativ almashish uchun mo‘ljallangan.AX ikki turdagi yodda tutuvchi moslama:doimiy va operativ yodda tutuvchi (DYOTM), (OYOTM) moslamalarga ega. Tashqi xotira SHKning tashqi qurilmalariga oiddirva vazifalarni xal qilish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan istalgan axborotni uzoq saqlash uchun mo‘ljallangan. Tashqi xotira moslamalari sifatida kassetali, magnit tasmali yodda tutuvchi moslamalar (strimmerlar), yodda tutuvchi moslamalar, optik disklardagi yig‘uvchilar (CD-ROM) va boshqalar foydalaniladi. Ta’minlash manbai SHK avtonom va tarmoqli eyenrgiya ta’minoti tizimlarini ta’minlovchi blokdir. Taymer .Bu zarur bo‘lganda joriy vaktni avtomatik belgilab beruvchi ichki mashina soatidir. 71 Tashqi moslama (TM) istalgan hisoblash kompleksining eng muhim tarkibiy qismidir.Shuni aytish kifoyaki,TM ba’zan qiymatiga ko‘ra butun SHK qiymatining 50-80 foizini tashkil etadi.TM tarkibi va xususiyatlari bo‘yicha SHKni boshqaruv tizimlari va umuman xalq xo‘jaligida qo‘llash imkoniyati va samaradorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq.bo‘ladi. Multimedia vositalari -bu insonga o‘zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedia vositalariga axborotni nutqli kiritish va chiqarish moslamalari; hozirda keng tarqalgan skanerlar; yuqori sifatli video va tovushli platalar, tasvirni videokamera\videomagnitafondan ko‘chiruvchi va uni SHKga kirituvchi videoegallash (video-grabber) platasi; kuchaytirgich-li, tovushli kolonkali, katta videoekranli yuqori sifatli akustik va video aks ettiruvchi tizimlar kiradi.Tizimli shina va SHK MPga namunaviy tashqi moslamalar bilan bir qatorda integral mikrochizmali ayrim qo‘shimcha platalarni ham kiritish mumkin ular mikroprotsessor :matematik qo‘shimcha protsessor, xotiraga to‘g‘ri kiradigan kontroller, kiritish\ chiqarish qo‘shimcha protsessori, uzilishlar kontrolleri va boshqalarning funksional imkoniyatlarini kengaytiradi va yaxshilaydi. Mikroprotses-sor, boshqacha aytganda, markaziy protsessor-Central Processing Unit(CPU)-bir yoki bir necha katta (KICH) yoki o‘ta katta (UKICH) integral chizmalar ko‘rinishida bajarilgan axborotni qayta ishlashning funksional tugallangan dasturiy-boshqaruv moslamasidir. Mikroprotsessor ma’lumotlari shinasining razryadligi umuman SHK razryadligi-ni belgilaydi.MP adresi shinasining razryadligi-uning adresli makonini belgilaydi. Adresli makon -bevosita mikroprotsessorga jo‘natilishi mumkin bo‘lgan asosiy xotira uyachalarining eng ko‘p miqdoridir. Birinchi mikroprotsessor 1971 yilda Intel (AKSH) firmasi tomonidan chiqarildi. Hozirgi paytda bir necha yuz turli xil MPlar chiqarilmoqda. Biroq, eng mashxur va keng tarqalganlari Intel va unga o‘xshash firmalar MPlaridir. Barcha MPlar uch guruxga bo‘linadi: -buyruqlarning to‘liq to‘plami bo‘lgan CISC tipidagi MP (Complex Instruction Set Computing); -buyruqlarning qisqartirilgan to‘plami bo‘lgan RISC turidagi MP (Reduced Instruction Set Computing) (hozirgi paytda bu modellar ishlab chiqish bosqichida); IBM PC (International Business Mashine) turidagi zamonaviy SHKlarning ko‘pida CISC tipidagi MPdan foydalaniladi. 2.Axborot tizimining dasturiy ta’minoti Zamonaviy axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi va uni qo‘llash sohasining kengayishi dasturiy ta’minotning (DT) jadal rivojlanishiga olib keldi.Shuni takidlash kerakki, 1990 yilda jahon jamiyatida dasturiy ta’minotga 100 mlrd AKSH dollaridan ziyod mablag‘ sarflandi.Demak, DT rivojlanishi yo‘nalishi shuni ko‘rsatadiki ,harajatlar tendensiyasi yiliga 20% o‘sib bormoqda. Axborot tizimlarining DTi deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi. Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruxga bo‘lish mumkin: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minot. 72 Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: operatsion tizimlar; servis dasturlar; dasturlash tillari translyatorlari; texnik xizmat dasturlari Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini xal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Muharrirlar deb matnlar, grafik ma’lumotlar va illyustratsiyalarni yaratish va o‘zgartirtishlar uchun mo‘ljallangan ADPga aytiladi. Ular asosan firmada hujjat aylanishini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Muharrirlarni o‘z funksional imkoniyatlariga ko‘ra matnli, grafik, nashriy tizimlarga bo‘lish mumkin. Tekstli (matnli) muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan va asosan quyidagi vazifalarni bajaradi: Matnni faylga yozish, qo‘shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, qatorlar, matn parchala-rini almashtirish, orfografiyani tekshirish, matnni turli shirftlarda bezash. Grafik muharrirlar diagramma, illyustratsiya, chizma va jadvallarni o‘z ichiga olgan grafik hujjatlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.Figura va shriftlar o‘lchamini boshqarish, figura va harflarni ko‘chirish, turli tasvirlar hosil qilishga yo‘l qo‘yiladi.Ancha mashxur grafik muharrirlardan PC Paintbrush, Boieng Graf va boshqalarni keltirish mumkin.Nashriy tizimlar o‘zida matnli va grafik muharirlar imkoniyatlarini birlashtiradi, grafik materiallardan sahifani shaklga keltirish va uni bosishga tayyorlash bo‘yicha rivojlangan imkoniyatlarga ega. Elektron jadvallar deb jadvallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ADP elektron jadvaliga aytiladi. Jadvaldagi ma’lumotlar ustun va qatorlar kesishgan joydagi katakchalarda saqlanadi. Bu katakchalarda sonlar, ramziy ma’lumotlar va formulalar saqlanishi mumkin. Formulalar bir katakchadagi narsani boshqasidan mustaqil tutadi.Bu sinfdagi eng ommabop ADPlarga Microsoft Excel,Lotus 1-2-3,Quattro Pro va boshqa shu kabi mahsulotlar kiradi. Ichki mashina axborot ta’minotini yaratish uchun maxsus ADP -ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar bazasi -diskda saqlanadigan maxsus ravishda tashkil qilingan ma’lumotlar turkumlarining jamlanmasidir. Ma’lumotlar bazasini boshqarish ma’lumotlarni kiritish, ularni uzatish va ma’lumotlardan turlicha foydalanish, ya’ni qo‘shimcha qo‘shish, olib tashlash, yangilash va hokazolarni o‘z ichiga oladi. MBBTning rivojlanishi ma’lumotlar bazasida axborotni aniq bir tashkil qilishdan amaliy dasturlar mustaqilligini ta’minlaydi. Integratsiyalashgan paketlar deb umumiy vazifadagi ADP turli dasturiy komponentlarini o‘zida birlashtiruvchi ADP ga aytiladi.Zamonaviy integratsiyalashgan ADPlarga quyidagildarni kiritish mumkin: -matnli muharrir; -elekton jadval; -grafik muharrir; -MBBT; -kommunikatsion modul. 73 CASE-texnologiyalar turli mutaxassislar: tizimli taxlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan, odatda jamoaviy safarbarlikni talab etuvchi murakkab axborot tizimlarini yaratishda qo‘llaniladi.CASE-texnologiya deganda AT predmet sohasining taxlili uslubiyati, loyihalashtirilishi, dasturlashtirilishi va foydalanilishini o‘z ichiga olgan axborot tizimlarini ishlab chiqishni avtomatlashtirish vositalari yig‘indisi tushuniladi. Takrorlash uchun savollar 1. Operatsion tizim tushunchasining ta’rifini ayting. 2. Dasturiy interfeys va Foydalanuvchi interfeyslari orasidagi farqlarni aniqlang. 3. Windows NT Server va Windows NT Workstation nima bilan farqlanadi? 4. Amaliy dasturlar paketi ta’rifini bering. 5. ADP ning «Matematik uslublar»i qaysi bo‘limga taalluqli? Tayanch so‘z va iboralar Operatsion tizim; Dasturiy interfeys; Foydalanuvchi interfeys; Amaliy dasturlar paketi; Windows NT Server; Windows NT Workstation; Umumiy vazifali ADP; Uslubiy yo‘naltirilgan ADP; Muammoli yo‘naltirilgan ADP; EXM global tarmoqlari ADP; Test savollari 1. Texnik vositalarini guruxlarga, klasterlarga birlashtirish maqsadini aniklang? A). Ishonchlik darajasini oshirish B). Foydalanuvchi interfeysini aniqlash C). Interfeysni tashkil qilish D). Informatsion tizimni yaratish E). Microsoft Word bilan ishlash 2. Hisoblash tarmoqlarida eng kuchsiz bo‘g‘inni aniklang? A). Server B). Amaliy dasturlar paketi C). MS Excel D). Norton Kommander E). MS DOS operatsion tizimi 3. Foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o‘zaro ta’siridagi dasturiy va apparat vositalaridiri deb nimaga ataladi? A). Foydalanuvchi interfeysi B). MS Access C). Visual Basic D). Rebus E). Karat 74 4. Taymer bu-? A). ichki mashina soati B). grafik bir vazifali C). instrumental vosita D). PC Tools E). Volkov Comander 5. Windows NT bu - …? A). tarmoqli OT B). MS DOS OT uchun ishlab chiqilgan amaliy dastur C). hisoblash ishlarini bajaruvchi dastur D). buxgalteriya masalalarini yechish uchun mo‘ljallangan dastur E). moliyaviy hisobotlar uchun mo‘ljallangan dastur 6. Dasturiy ta’minot qaysi guruhlarga bo‘linadi A). tizimli va amaliy B). tizimli va instrumental C). tizimli va paketli D). texnik va amaliy E). funksional va amaliy Foydalanilgan adabiyotlar 1.Axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik// Mualliflar jamoasi: S.S. G‘ulomov, R.X. Alimov, X.S. Lutfullayev va boshq. /; S.S. G‘ulomovning umumiy taxriri ostida.-T.: «Sharq», 2000.-504-517 betlar. 75 11-Mavzu: Axborot tizimini qo‘llash jarayonlari (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1.AT boshqaruvda 2.AT statistikada 3.AT buxgalteriyada 4.AT bank tizimida 1.AT boshqaruvda O‘zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida tug‘ilgan dolzarb muammolardan biri boshqaruvdan qabul qilinadigan qarorlarni axborotiy ta’minoti bo‘lib hisoblanadi. Xo‘jalik yurgizuvchi sub’ektlarning to‘liq mustaqilligi va o‘zlarining ish faoliyati natijalariga bo‘lgan yuqori mas’uliyatlari har qanday korxona rahbarlaridan, menejerlaridan va umuman mutaxassislaridan nixoyat vazbinlik bilan, o‘ylab-o‘lchab qaror qabul qilishlarini taqozo etadi. Bunday sharoitda qabul qilinadigan qarorlarning axborotiy ta’minotini tubdan yaxshilashning asosiy yo‘llaridan biri yangi axborotiy texnologiyani joriy qilish hisoblanadi. Yangi zamonaviy axborot texnologiyalarning joriy qilib, ko‘p tarmoqli va ko‘p maqsadli xarakterga ega bo‘lgan bozor ishtirokchilaridan marketing va menejment muammolarini yechishda axborotlarni yig‘ish, yo‘naltirish va ishlashga prinsipial yangicha tashkiliy yondashishini talab qiladi. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud. Chunki taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatni boshqarish uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot kerak. Bu ayniqsa moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga tegishlidir. Ishlab chiqarish jarayonlari dinamik rivoj-lanib boradi va ularni boshqarish ham axborot tizimlarini takomillashtirib borishni talab qiladi. Iqtisodiy axborot tizimi tushunchasini izohlash uchun avvalo uning iqtisodiy ob’ektni boshqaruv tizimidagi o‘rnini belgilash kerak. Foydalanish sohasiga ko‘ra quyidagi axborot tizimlari ajratiladi: texnik axborot tizimlari; iqtisodiy axborot tizimlari; ijtimoiy sohalardagi axborot tizimlari. Lekin iqtisodiy axborot tizimlari yordamida qaror qabul qilinishi uchun muhim bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyati yo‘q. Tashqi muhit haqida axborot Boshqaruv apparati IAT Boshqariladigan ob’ekt Tashqi muhit ta’siri Iqtisodiy axborot tizimida boshqaruv ob’ektidan faqat tizimlashtirish va kompyuter yordamida qayta ishlash mumkin bo‘lgan axborot olinadi. Xuddi shu tarzda boshqaruv apparatidan ham shu yo‘l bilan qayta ishlash mumkin bo‘lgan direktiv axborotning bir 76 qismigina boshqaruv ob’ektiga uzatiladi. Iqtisodiy axborot tizimida qayta ishlanadigan axborotning umumiy hajmga nisbati boshqaruvning turli pog‘onalarida 10%dan 20%gacha bo‘lishi mumkin. Boshqaruv jarayonida uch kategoriyada qarorlar qabul qilinadi: strategik, taktik va operativ. Bu klassifikatsiyaga ko‘ra boshqaruvning uch bosqichli iyerarxiyasi mavjud: oliy, o‘rta, operativ darajalar. Har bir darajada boshqaruvni ta’minlovchi ishlar kompleksi bajariladi va bu ishlar funksiyalar deb ataladi. Asosan quyidagi funksiyalarni ajratish mumkin: rejalashtirish, qayd qilish, tahlil va nazorat qilish. Boshqaruv darajalari va funksiyalari o‘rtasidagi bog‘lanish. Dastlabki iqtisodiy axborot tizimlarining asosiy qismi faqat operativ boshqaruv darajasinigina ta’minlar edi: schetlarni qayta ishlash, tovar va materiallarni hisobga olish, ish hakini hisoblash va boshqalar. Hozirgi iqtisodiy axborot tizimlari boshqaruvning hamma pog‘onalari uchun axborot yetkazib berish va uni qayta ishlash imkoniyatiga ega. Boshqaruvning yuqori darajasi uchun esa axborotni qayta ishlash asosida bashorat rejalarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan ekspert tizimlar muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv jarayonining mohiyati qo‘yilgan maqsadga erishishga olib boradigan tizim ob’ektining holatini o‘zgartirishdadir. Tizimning maqsadlari uni yaratishda beriladi va ish jarayonida tashqi sharoit o‘zgarishiga mos holda to‘g‘rilanib boradi. Maqsadlar strategik va taktik maqsadlarga ajratiladi. Tizim funksiyasi va strukturasi uchun barqarorlik tushunchasi mavjud. Barqaror strukturali tizim umuman buzilgan funksiyalarni ham tiklashi mumkin. Strukturaning buzilishi deyarli har doim tizimning funksional barqarorligi yo‘qolishiga olib keladi. Agar trayektoriyali maqsad strukturalashtirilmagan va ochik ifodalanmagan bo‘lsa, uni menejerning o‘zi shakllantirishi mumkin. Trayektoriyali maqsadlar iyerarxiyasi boshqaruv strukturasiga mos kelishi kerak. Boshqacha aytganda boshqaruv struktura-sining har bir elementi trayektoriyali (direktiv) maqsadlar to‘plamiga ega bo‘lishi kerak. Boshqaruv strukturasining har bir satxi aniqlangan maqsadlariga ko‘ra tartibga solinishi kerak. Tizimni direktiv maqsadlar bo‘yicha boshqarish jarayonida menejer negativ ta’sirlarni yo‘qotish va tizimni yuritishning haqiqiy trayektoriyasi-ning kerakli (direktiv) trayektoriya bilan mos kelishiga erishishga intiladi. Agar trayektoriyali maqsadlar boshqaruv iyerarxiyasini ifodalasa, gorizontal boshqarish menejer tomonidan uning o‘zi ishlab chiqadigan ishchi maqsadlarga mos holda amalga oshiriladi. Bu maqsadlar trayektoriyali maqsadlarga bo‘ysunadi va u yoki bu holat-ning yuzaga kelishi bilan o‘zgaradi. Agar bu maqsadlar boshqaruvning pastki darajala-rida amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lsa, u bu darajada trayektoriyali maqsad hisoblanadi. 77 Yuqori darajadan olingan trayektoriyali maqsadlar yangi maqsadlarni shakllanti-rish mexanizmi orqali amalga oshiriladi (Trayektoriyali maqsadlar chegarasida, chunki menejer yuqori satxdan qarorlarni emas, balki maqsadning o‘zini oladi). Yangi maqsadlarni menejerning o‘zi ishlab chiqadi va bu jarayon ijodiy hisoblanadi. O‘ziga tegishli bo‘lgan satxda trayektoriyali maqsadlar ham menejerlar tomonidan ishlab chiqish paytida ijodiy hisoblanadi va shuning uchun faqat boshqaruvning pastki darajalari uchun direktiv hisoblanadi. Shunday qilib, har qaysi pog‘onadagi menejerning faoliyati yuzaga kelgan holat va boshqariladigan tizimning kerakli holatini ta’minlovchi direktiv yo‘nalishlar bo‘yicha belgilanadi. Yaqin yillargacha korxonalar, odatda, axborotlarni EHMda ishlashni takomillashtirish muammolarini birinchi navbatda harakatdagi hisoblash texnikasi apparat vositalarini yangilariga almashtirish yo‘llari bilan xal etar edilar. Vaxolanki, bunday yondashishlar, nixoyat katta moliyaviy mablag‘lar sarf qilishini talab qilardi, ammo ular masalani yechishga olib kelar edi. Keyingi yillarda ko‘pchilik kompyuterlashtirilgan chet el firmalari bunday sharoitdan qutilish yo‘llaridan biri tariqasida yangi axborotiy texnologiya - "Kliyent-server" texnologiyasini qabul qilishgan. Bunday texnologiyaning mohiyati mavjud harakatdagi texnik vositalaridan to‘liq foydalanish asosida kompyuterlar tarmog‘ini yaratish va shunga mos dasturiy ta’minotini tuzishdan iboratdir. Natijada, Kliyent (mijoz) bilan server mashinasi yagona tizim shaklida bog‘lanib, u katta hajmdagi hiso-botlar, masalalarni yechish og‘irligini yuqori darajada hal etishga sharoit yaratiladi. Bunday yangiliklar qatorida Respublikamizda avtomatlashtirilgan moliya tizimini hayotga joriy qilish hisoblanadi. Avtomatlashgan moliyaviy tizimlar ko‘pincha amalda vujudga keladigan muammoli vaziyatlar bo‘yicha yechimlarini izlash va tavsiyalarini ishlab chiqishda buxgalteriya va iqtisodiy bo‘limlarning xodimlari uchun katta omil hisoblanadi. Mana shunday tizimlar tufayli, o‘z ish joyidan ko‘zg‘almay turib, shaxsiy kompyuterga kiritilgan ma’lumotlar bazasidan kerakli qaydnoma, shakl, jadval, jurnal, balans va hokazolarni topish mumkin. Kompyuterda maxsus operatsiyalar bajarilsa, mashinaning o‘zi ustunlar va satrlar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni ko‘rsatadi va bunda xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyatning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlarda qaytadan ko‘rib chiqiladigan juda katta hajmdagi axborotlar uchun mehnatning avtomatlashtiriladigan bunday turi juda-juda muhimdir. Shu boisdan buxgalteriya hisobini yuritishning dasturiy vositalari bugungi kunda butun taraqqiy etgan dunyoda qo‘llanilmoqda. O‘zbekistonda ham buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish dasturi bilan ta’minlaydigan tarqatuvchi firmalarning anchaginasi ishlab turibdi. Buxgalteriya hisobi, tahlil, audit va soliqqa tortish sohalarida ko‘plab mutaxassislar ana shunday firmalar xizmatidan foydalanmoqda. Biroq, kompyuterda buxgalteriya hisobiga o‘tish chog‘ida foydalanuvchilar bozorda taklif etilayotgan aynan qaysi dasturni tanlash kerak ekanligini bilolmay, qiynalishmoqda. Gap shundaki, chet elda ishlab chiqilgan ana shu dasturlarning deyarli hammasi bizning davlatimizda qonunlashtirilgan hujjatlarga moslashtirilgan edi. To‘g‘ri, bunday dasturiy mahsulotlarni tarqatuvchilarining tasdiqlashlaricha, ular mahalliy qonun hujjatlari talabalariga va tashkilotlar hamda korxonalarning ishlab chiqarish sharoitlariga qarab, tezda o‘zgartirmoqda. Bunday hollarda avtomatlashtirilgan moliyaviy tizimlarni sertifikatlash shunday turdagi kutilmagan noxush sovg‘alardan ishonchi himoya qiladi. Ya’ni ular u yoki bu tizim o‘ziga 78 nisbatan qo‘yilgan talablarga qanchalik javob berishini aniqlaydigan tegishli organlar tomonidan puxta tekshiriladi. Aniqrok qilib aytganda, tizimga kiritilgan dasturiy ta’minot mamlakatning qo‘llaniladigan qonun me’yorlari bilan mos keladimi, muayan korxonalarda hisobkitobning har qanday o‘ziga xosliklarga moslasha oladimi va ish natijalarini to‘g‘ri ko‘rsatish uchun ularning ishlab chiqarish sharoitlariga mos keladimi, shu tariqa soliq organlarining foydalanuvchilarga nisbatan e’tirozlarini istisno eta olish yoki istisno eta olmasligi tekshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli pog‘onadagi rahbarga bozordagi holat, bozor kon’yukturasiga doir ma’lumotga ega bo‘lish va undan maqsadga muvofiq ravishda foydalana bilish zaruriyati muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Ma’lumki jahon amaliyotida allaqachonlardir axborotiy tizimlar shakllangandir. Ularda marketing taxlili maqsadida turli xildagi telekommunikatsiya va komp’yuter texnikasi asosida axborotlarni qayd qilish, to‘plash va yo‘naltirishning texnologik jarayonlari allaqachonlar xal qilingandir. Tabiiy-ki bu tizim (axborotiy tizim) bozor iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Shu munosabat bilan Respublikamizdagi mavjud bo‘lgan bugungi kundagi muammolarga murojaat qilsak, birinchi navbatda jamiyatni axborotlashtirish vazifalari doirasida korxonalar va tadbirkorlarni talabini to‘liq qondira-digan yagona axborotlashtirish jarayonini tashkil etish zaruriyati tug‘iladi. Ochigini aytganda yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib bozor munosabatlarini zamonaviy talablarga javob beradigan holatda shakllantirish amri maxoldir, chunki haqiqiy bozor degani bu tovar harakatini boshqaruvchi va tartibga soluvchi uzliksiz mexanizmdir. Ma’lumki, har qanday mexanizmni harakatga keltiruvchi kuch kerak. Bunday kuchlardan biri joylarda (mintaqalarda) raqobat asosida ishlaydigan turli xil axborotiy muammolarni yechadigan maxsus axborotiy markazlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bunday markazlar orqali tadbirkorlar talabini qondiradigan: u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish hajmiga doir talab va takliflar, ularga bo‘lgan etiyojlar, baho, haridor didiga to‘g‘ri keladigan hamkorlar, birbiriga mos keladigan mahsulotlarni taqqoslovchi ko‘rsatgichlar, kira (tashish) tariflari, chet el bozorining holatiga doir savollarga javob olish mumkin bo‘ladi. Bugungi kundagi holat qanday? Makroiqtisodiyot va statistika organlari yuqorida aytilgan ma’lumotlarni e’lon qilmaydi. Korxonalar bo‘lsa o‘zlarining tijorat sirlarini saqlash maqsadida o‘z ma’lumotlarini "yopiq" holatda saqlashga harakat qiladilar. Amaldagi buxgalteriya, statistika va tezkorlik hisobot ma’lumotlari esa bozor talabini qondirish darajasi 10-15 % ni tashkil etadi, xolos. Demak, qolgan qismi uchun to‘lash kerak. Ayniqsa yangi texnologiyaga doir, haridorlar va tovar yetqazib beruvchilarga doir, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi usullariga doir ma’lumotlar har qanday tadbirkorni qiziqtiradi. Hozirgi paytda Respublikamizdagi axborotlar oqimi va o‘rta biznes talabini qondirishga qaratilgan emas. Umuman, mavjud axborotlar turli mulk shaklidagi tadbirkorlarga kerak bo‘ladigan ma’lumotlarga ega emas deyish mumkin. Bugungi kunda jamiyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat tizimlari uchun olinadigan axborotlar shaxsiy tanish-bilishlik, korxona rahbarlarining davlat va boshqa korxonalari bilan aloqalari orqali olinadigan axborotlardan iboratdir. Turli xildagi uyushmalar, shirkatlar, axborot jamg‘armalaridan olinadigan ma’lumotlar to‘liq ma’noda yetarli emas. Xulosa shaklida shuni ham aytish mumkinki, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari ham bu boradagi muammolarni hal etishda o‘z hissalarini qo‘shishlari, ayniqsa viloyat ro‘znomalari birinchi navbatda yetakchi rol o‘ynashlari mumkin bo‘lur edi. 79 2.AT statistikada Statistika bo‘limlarida bajariladigan asosiy ishlar quyidagilar : 1. Ma’lumotlarni yig‘ish 2. Statistik ma’lumotlarni boshqa korxonalarga uzatish 3. Ilmiy metodikalarni ishlab chiqarish 4.Statistik ma’lumotlarni to‘liqligini va ilmiy nuqtai nazardan tasdiqlash . 5. Respublika bo‘yicha statistik ma’lumotlarni boshqarish 6. Hamma foydalanuvchilarga ijobiy iqtisodiy ma’lumotlarni to‘liq va o‘z vaqtida yetqazib berish . Quyilgan masalalarni yechish maqsadida axborot texnologiyasi usullaridan foydalanib maxsus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqariladi. Statistika bo‘limida mavjud axborot tizimi foydalanuvchining istalgan yo‘nalishida ma’lumot olishga imkon yaratadi. 3.AT buxgalteriyada Buxgalteriyada mavjud bo‘lgan axborot tizimlari shu sohaga taalluqli hisob kitob ishlarini amalga oshiradi. Buxgalteriyada mavjud bo‘lgan ma’lumotlar korxona rahbariyati tomonidan qo‘riqlanishi va himoya qilinishi lozim. Buxgal-yeriya axborot tizimlarini korxonalarda ishlatish bu rahbariyatga mavjud ma’lumotlar ta’minlash bilan qaror qabul qilishga imkon yaratadi. Buxgalteriya axborot tizimlari korxonada mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni to‘liq ko‘rsata bilishi kerak. Buxgalteriya ma’lumotlarini birinchi navbatda rahbariyat to‘liq o‘rganib, shu bo‘yicha korxona faoliyatini analiz qilishi mumkin. Buxgalteriya ma’lumotlari foydali bo‘lishi uchun ma’lumot aniq bo‘lishi darkor. Bu ma’lumotlarni tekshirish yengil amalga oshirilishi va biron bir shaxsni manfaatini ko‘zda tutmasligi kerak. Buxgalteriya ma’lumotlari aniq bir talablarga javob berishi zarur : 1.Taqqoslash imkoniyatlari 2.Buxgalteriya ma’lumotlari konservativligi Buxgalteriya ma’lumoti to‘liq bo‘lib, maksimal axborot olish imkonini berish lozim. Buxgalteriya axborot tizimlarini tashkil qilishda quyidagi prinsiplarga amal kilish kerak . 1.Tizimli yondashish 2.Aniqlik 3.Uzluksiz rivojlanish . 4.AT bank tizimida Bank tizimidagi axborot tizimi bu dastur va texnologik kompleks. Bu tizim bankdagi masalalarni alohida emas, balki to‘liq ishlay olishi kerak. Bank axborot tizimlari ishlab chiqarish va tatbiq etish banklardan katta mablag‘ talab etadi va bank oldida quyidagi muammolarni paydo qiladi: 1.Texnika va dasturiy ta’minoti uchun ajratilgan mablaglarning kattaligi. 2.Xodimlarni o‘qitish 3.Birinchi banddagilarni keskin eskirishi. Takrorlash uchun savollar 1. Boshqaruvda qarorlar qabul qilish jarayoni pog‘onalari nimalar? 2. Statistika bo‘limlarida bajariladigan asosiy ishlar nimalardan iborat? 3. Buxgalteriya ma’lumotlari kanday talablarga javob berishi kerak? 4. Foydalanish sohasiga axborot tizimlari nimalarga ajratiladi? 5. Bankda axborot tizimlarini joriy qilish qanday muammolarni paydo qiladi? 80 Tayanch so‘z va iboralar Strategik boshqaruv; Taktik boshqaruv; Operativ boshqaruv; Boshqaruv darajalari va funksiyalari o‘rtasidagi bog‘lanish; Tizimli yondashish; Aniqlik; Uzluksiz rivojlanish; Taqqoslash imkoniyatlari; Buxgalteriya ma’lumotlari konservativligi ; Test savollari 1. Buxgalteriya ma’lumotlari qaysi imkoniyatdan iborat bo‘lishi kerak? A). Taqqoslash B). Ko‘chirish C). Qo‘shish D). Ayirish E). Uzatish 2. Buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashda qaysi talabga asoslangan bo‘lishi kerak? A). konservativlik B). liberallik C). markazlashtirilgan D). nomarkazlashtirilgan E). o‘zgaruvchanlik 3. Buxgalteriya axborot tizimlarini tashkil qilishdagi prinsiplarni tanlang 1). Tizimli yondashish. 2). Aniklik 3). Uzluksiz rivojlanish 4). Konservativlik A). 1), 2), 3) B). 1), 2), 4) C). 1), 4), 3) D). 4), 2), 3) E). 1), 2), 3), 4) 4.Bank tizimida axborot texnologiyalarini joriy etishdagi asosiy muammo? A). Texnika va dasturiy ta’minoti uchun ajratilgan mablag‘larning kattaligi. B). Xodimlarni loqayligi C). Texnikani eskirib qolishi D). Kommunikatsiya aloqalarini sustligi E). Tezkor xotirani kichikligi 5.Yuqori rahbariyat uchun qayd qilish funksiyasi darajasini ko‘rsating? A). Yo‘q B). Muhim C). Zaif D). Zarur E). Ahamiyatli Foydalanilgan adabiyotlar 1. Informatsionnie sistemi v ekonomike/Pod red. V.V.Dika - M.: Finansi i statistika, 1996.-1012,72-73, 96-97, 125-126 betlar. 81 12-mavzu: Iqtisodiy axborot tizimini loyihalash (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Loyihalash prinsiplari 2. Loyihalash boskichlari 3. Avtomatlashtirilgan AT ni loyihalash muammolari 4. IAT ni hayotiy sikli 1.Loyihalash prinsiplari Axborot tizimlarini tashkil qilishdan asosiy maqsad amaldagi an’anaviy boshqarish usullari va vositalarining chegaralangan imkoniyatlaridan, zamonaviy EHM va yangi boshqarish usullaridan foydalanish hisobiga korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati samaradorligini ko‘tarish va boshqarish apparati xodimlarining mehnat unumdorligini oshirishga erishish hisoblanadi. Loyihalash murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon bo‘lib avtomatlashtiriladigan tashkilotning (ob’ektning) hamma amaldagi hujjatlari va ularning aylanishi, ya’ni harakati o‘rganiladi, bajariladigan ishlarning hajmi aniqlanadi, masalalarning axborotiy bog‘lanishi va ishlashni navbatlari ko‘rib chiqiladi, uchyot turlarining uzviy birligini ta’minlash choralari ko‘riladi, dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi, ishlovchilar uchun ko‘rsatmalar tayyorlanadi va hokazo. Axborot tizimini tashkil qilish ishlab chiquvchi tashkilotlar bilan loyiha instituti buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Bu shartnomada tomonlar majburiyati va javobgarligi, bajariladigan ishlarning qiymati va hisob-kitob qilish tartibi, loyihalashning har bir bosqichining ish hajmi va bajarilish muddati va hokazolar ko‘rsatiladi. AT larni loyixalashda hozirgi kunda quyidagi prinsiplar nazarda tutiladi: tizimli, rivojlanish, uzviy bog‘lanish, standartlash, effektivlik. Tizimli prinsipi AAT ni tashkil qilishda asosiy prinsip deb hisoblanadi. Chunki ushbu prinsip o‘rganiladigan ob’ektni yagona tizim sifatida qabul qiladi, yagona tizimni tarkibiy elementlar orasida mavjud bog‘lanishlarni, xo‘jalik faoliyatini yo‘nalishini va funksiyalarini aniqlaydi. Tizimli prinsip ikki aspektli tahlilni o‘tqazishni taqozo etadi, ya’ni makro yondashuv va mikro yondashuv. Makrotahlilda tizim va uning elementlari yuqori bosqichdagi tizim sifatida qaraladi. Asosiy e’tibor axborotiy bog‘lanishlarga qaratilgan, ya’ni ularning soni, maqsadli bog‘lanishlar aniqlanadi va tahlil qilinadi, shundan keyin maqsadli funksiyasini amalga oshiruvchi bog‘lanish tanlanadi. Mikrotahlilda elementlar o‘zlarining funksional xarakteristika-laridan, qaysikim boshqa elementlar va tashqi muhit bilan bo‘lgan bog‘lanishdan aniqlanadi. Rivojlanish prinsipi AATlarni tashkil qilganda uning doimiy o‘zgarilishi va yangilanishini e’tiborga oladi. O‘z navbatida, avtomatlashtirilgan tizim hisoblash quvvatini oshirish, zamonaviy texnika va dasturiy ta’minot bilan ta’minlanishi, yechiladigan masalalar to‘plamini kengaytirilishi, axborot bazasini doimiy kengaytirilishini nazarda tutadi. Uzviy bog‘lanish prinsipi har xil AATni, har xil bosqichlarni birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Ushbu prinsip iqtisodiy ob’ektlarni normal ishlashini va xalq xo‘jaligi va uning bo‘g‘inlarini samarali boshqarishni ta’minlaydi. 82 Standartlash prinsipi namunaviy va standart elementlarni avtomatlash-tirilgan ATlarda qo‘llashni taqozo etadi. Ushbu prinsip Avtomatlashtirilgan AT yaratishda vaqtni, mehnat zahiralarini va narxni pasaytirish imkoni beradi. Effektivlik prinsipi qilingan harajatlar va olinadigan daromadlarni taqqoslash orqali AAT ni qo‘llashni tavsiya etadi yoki inkor qiladi. Ushbu asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda ikkinchi darajali prinsiplar ham ishlab chiqilgan. Taqsimlash prinsipi - tizimni kichik bo‘laklarga taqsimlab , uni tahlil qilish va alohida loyihalash. Bosh boshqaruvchi prinsipi mas’uliyatni buyurtmachi-boshqaruvchiga yuklaydi va AAT ni joriy etishni va bajarilishini ta’minlaydi. Yangi masala prinsipi - tizimni imkoniyatini kengaytirish, boshqaruv protsessini rivojlantirish, qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkonini yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Hujjatlar aylanmasi prinsipi - axborotlar yo‘nalishini avtomatlashtirish, ya’ni axborotning tashkil topgan bosqichidan boshlab boshqaruv qarorlari ishlab chiqqun qadar hisobotlar olish. Loyihalashni avtomatlashtirish prinsipi - nazariy muammolarni yechish,ya’ni iqtisodiyotni rivojlanishini e’tiborga olgan holda yangi tushuncha-larni kiritish. Yangi kompyuter texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq. 2.Loyihalash bosqichlari ATni loyihalash mazmunan bir nechta bosqichdan iborat bo‘lib, metodik materiallar, standartlar va ko‘rsatmalar doirasida amalga oshirilishi kerak. Bu hujjatlarda AT loyihalashni quyidagi 3 ta bosqichda amalga oshirish belgilangan: Loyihalash oldi bosqichi. Loyihalar ishlab chiqish bosqichi. Tizimni (loyihani) ishga tushirish bosqichi. Loyiha oldi bosqichida ishlarni boshlash haqidagi buyruqqa va tekshirish dasturiga asosan amaldagi boshqarish tizimi atroflicha o‘rganiladi. Buning uchun amaldagi boshqarish tizimining tashkiliy va funksional struktu-rasi (tarkibi) o‘rganiladi, xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatgichlari ko‘rib chiqila-di, (zahiralar aylanmasi, tovar zapaslari, muomala harajatlari, foyda va hokazolar), dastlabki hujjatlardagi ko‘rsatgichlarning barqarorligi, o‘zgaruvchanligi, yetarliligi yoki ortiqchaliligi aniqlanadi va natijaviy hujjatlar, ularning tarkibi hamda ular-ning harakati (aylanishi) o‘rganiladi, bajariladigan ishlarning hajmi aniqlanadi, axborotlarni qayta ishlashning amaldagi texnologik jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Boshqarish xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazish. Ijrochilarning ish kuni jarayon-larini suratga olish. Xronometraj o‘tkazish va boshqa usullardan foydalaniladi. Buyurtmachi tashkilotning ish avtomatlashtiriladigan ob’ektning moliya va xo‘jalik faoliyatini o‘rganish materiallariga asosan mukammal hisobot tuziladi va barcha to‘plangan ma’lumotlarni atroflicha tahlil qilish natijasida mavjud axborot tizimining kamchiliklari aniqlanadi va bu kamchiliklarni loyihalash jarayonida bartaraf qilish choralari belgilanadi. Loyiha oldi bosqichida bajarilgan ishlarning natijasida yaratuvchi ijrochi bilan buyurtmachi tashkiliy ikkita hujjat tuzadilar: 1). Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA), 2) Texnik topshirish (TT). 83 Birinchi hujjatda yani TIAda ATni tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi asoslanadi. Bu hujjat: kirish; ob’ektning xarakteristikasi; boshqarishning amaldagi strukturasi; tizimning funksiyalari va maqsadlari; tizimni tashkil qilishdan kutilayotgan texnika-iqtisodiy natijalar; xulosa va takliflar bo‘limlaridan iborat bo‘ladi. Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan buyurtmachi yaratuvchi tashkilot ishtirokida ITni loyihalash uchun asosiy dastlabki hujjat bo‘lib, hisoblanadigan texnik topshiriq hujjatini ishlab chiqadilar. Loyiha oldi bosqichida ob’ektni joriy qilishga tayyorlash, hujjatlarni unifikatsiyalash, ularning harakatini tartibga solish va boshqarish apparati xordimlarini o‘qitish choralari ham ko‘riladi. Ikkinchi bosqich ya’ni loyihani ishlab chiqish texnik loyihani (TL) va ishchi yoki mukammal loyihani (ML) ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Texnik loyiha texnik topshiriqda ko‘rsatilgan hamma bo‘limlar bo‘yicha loyiha yechimlaridan iborat bo‘ladi. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: ob’ektning funksional va tashkiliy strukturasini aniqlash; axborotiy, matematik va dasturiy ta’minotlarini yaratish prinsiplarini tanlash va asoslash; texnik vositalari kompleksining va boshqa qurilmalar ro‘yxati; ITni joriy qilish uchun korxonani tayyorlash; iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatgichlarini hisoblash va hokazo. Texnik loyihaga asosan ishchi loyihasi yoki mukammal loyiha ishlab chiqiladi. Bunda hujjatlarning ko‘rinishlarini (shakllarini, jadvallarini) aniqlash va ularning harakat marshrutlarini (hujjatlar aylanmasi) aniqlash; axborot massivlarini tashkil qilish, ishlov berish, boshqarish va saqlash tizimini tashkil qilish; masalalarni yechish dasturlarini tuzish; bu dasturlarni ishlatish uchun metodik qo‘llanmalar tuzish; texnologik jarayonlarni bajaradigan xodimlar uchun ko‘rsatmalar (instruksiyalar) tuzish; EHMlari bilan chetdagi (tashqi) texnik vositalarning samarali ishlashini ta’minlash choralarini amalga oshirish ishlari bajariladi. Loyihalar mazmuman ikki xil: namunaviy va individual (yakka) bo‘ladi. Namunaviy loyihalar xo‘jalik faoliyati mazmunan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan korxona va tashkilotlarda qo‘llaniladi. Tizimni ishga tushirish boskichi ATni loyihalashning ohirgi bosqichi bo‘lib, unda astasekin amaldagi mavjud tizimdan yangisiga yani avtomatlashtirilgan tizimga o‘tish ishlari bajariladi. Bunda korxonani ATni joriy qilishga tayyorlash ishlari uzil-kesil tugallanadi; EHMlari va boshqa texnika vositalarini montaj-rostlash ish-lari o‘tqaziladi; yechiladigan masalalar tajriba tarikasida ishlatib ko‘riladi; tizim-ni sanoatda (to‘liq) foydalanishga o‘tqazish choralari ko‘riladi va belgilangan muddat-da AT komissiyaga qabul qilish topshirish ishlari bajariladi. Tizimni sanoatda ishlatish natijalariga qarab loyihalash ishlarining samaradorligiga baho beriladi. 3.Avtomatlashtirilgan AT ni loyihalash muammolari ATni loyixalashda iqtisodiy masalaning qo‘yilishi juda muhim rol o‘ynaydi va murakkab ish bo‘lib hisoblanadi. 84 Iqtisodiy masalaning qo‘yilishi deganda avtomatlashtirilgan usulda yechiladigan har bir masala bo‘yicha dastlabki axborotlarning manbai va ularni to‘plashdan boshlab natijaviy axborotlarni foydalanuvchilarga yetqazib bergungacha bajariladigan hamma protseduralar (jarayonlar) tushuniladi. Iqtisodiy masalaning qo‘yilishi quyidagi bo‘limlardan iborat: Masalaning tashkiliy-iqtisodiy mohiyatining tavsifi; Natijaviy axborotlarning tarkibi va foydalanish protseduralari tavsifi; Kirish (dastlabki) axborotlarni tayyorlash tavsifi; Masalani yechish algoritmi. Birinchi bo‘limda masalaning avtomatlashtirilgan usulda yechish zarurati, qaysi funksional quyi tizim tarkibiga kirishi, boshqa masalalar bilan bog‘liqligi, masalani yechish davri, dastlabki axborotning manbalari, natijaviy axborotni chiqarish usullari va foydalanuvchilarga berish muddatlari ko‘rsatiladi. Ikkinchi bo‘limda natijaviy axborotning tarkibi, shakli (jadvali), olish davrlari, muddati, undan foydalanuvchi bo‘limlar ko‘rsatiladi. Uchinchi bo‘limda masalani ishlashning axborot modeli aniqlanadi. Bunda haysi hujjatlardan foydalaniladi, qanaqa massivlar tashkil qilinadi, ularning tarkibi, qisqartirilgan nomlari, rekvizitlarning uzunligi, ko‘rsatkichlarning ro‘yxati va tarkibi ko‘rsatiladi. To‘rtinchi bo‘limda dastlabki axborotdan natijaviy axborot olguncha bajariladigan mantiqiy va arifmetik amallarni bajarish ketma-ketligi, hisoblash formulalari ko‘rsatiladi. Masalani yechish algoritmini ko‘rgazmali tasvirlash uchun blok-sxemasi shaklida yozish mumkin. Bevosita axborot tizimini loyihalash va tatbiq etish jarayonini, zamonaviy adabiyotlarga binoan, quyidagicha tasvirlash ham mumkin: 85 4. IAT ni hayotiy sikli IAT har qanday dasturiy ta’minot, umuman mahsulot kabi o‘zining hayotiy sikliga ega. IAT mukammal ishlab chiqilgan bo‘lsada, vaqt o‘tishi bilan ma’naviy jihatdan eskiradi va uni yangilash bo‘yicha qaror qabul qilish zarur bo‘ladi. IAT ni hayotiy siklini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin. Loyihalash Ekspluatatsiya Utilizatsiya Modifikatsiya TT va TL IL Joriy qilish Yangiloyihani ishlabchiqishd -Predmet sohasi -MB ishlab -MB ni aeskisidanfoy o‘rganish; chiqish; ishlatish; dalanish -Identifikatsiya; -Interfeys; -Joriy etishni MBsidanto‘liq -MB tarkibi; -Dasturlash; boshlash; foydalanish -Texnologiya; -Testdan -Mualliflar IATqismlarnis -EHM va o‘tqazish; tomonidan otish MMBTni tanlash; -O‘qitish nazorat qilish -To‘g‘riligi tekshirish ( bu yerda TT – texnik topshiriq, TL – texnik loyiha, IL – ishchi loyiha) Marketingda qabul qilingan sxema bo‘yicha ushbu jadvalni quyidagicha tasvirlash mumkin: bu yerda 1 – IAT testlash va xodimlarni o‘qitish jarayoni; 2 – IATni joriy etishni boshlash; 3 – IATni bevosita ishlatish; 4 – IATni modifikatsiya qilish; 5 – IATi korxonadagi jarayonlarni to‘liq qamrab olmaydi; 6 – IATi ma’naviy va ma’no jihatlardan eskirib korxona faoliyatini samarasini oshirmay, aksincha uni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ekspluatatsiya va modifikatsiya bosqichlari bir-birlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning o‘zaro ta’siri quyidagicha tasvirlanadi: 86 Takrorlash uchun savollar 1. AT larni loyihalashda hozirgi kunda asosiy hisoblangan prinsiplar nimalardan iborat? 2. AT larni loyihalashda ikkinchi darajali hisoblangan prinsiplar nimalardan iborat? 3. Tizimli prinsipni izohlab bering. 4. AT loyihalashni asosiy bosqichlari nimalardan iborat? 5. Iqtisodiy masalaning qo‘yilishi deganda nima tushiniladi? Tayanch so‘z va iboralar Tizimli prinsipi; Rivojlanish prinsipi; Uzviy bog‘lanish prinsipi; Standartlash prinsipi; Effektivlik prinsipi; Taqsimlash prinsipi; Bosh boshqaruvchi prinsipi; Yangi masala prinsipi; Hujjatlar aylanmasi prinsipi; Loyihalashni avtomatlashtirish prinsipi; Namunaviy loyihalar; Loyihalash oldi bosqichi; Loyihalar ishlab chiqish boskichi; Tizimni ishga tushirish bosqichi; Test savollari 1. AT larni loyig‘alashda eng asosiy prinsip? A). tizimli B). rivojlanish C). standartlash D). effektivlik E). uzviy bog‘lanish 2. Rivojlanish prinsipida nimalar e’tiborga olinadi? A). o‘zgarilish va yangilanish B). o‘zgarmaslik va yangilanish C). o‘zgarilish va doimiylik D). yangilanish va doimiylik E). o‘zgarilish va nusxalash 87 3. Loyihalar mazmuman ikki xil bo‘ladi. Ular qaysi javobda ko‘rsatilgan? A). namunaviy va individual B). namunaviy va nusxalangan C). individual va ko‘p D). namunaviy va standartlashgan E). standartlashgan va nusxalangan 4. Texnik loyihaga asosan qanaqa loyihalar ishlab chiqiladi? A). ishchi loyiha yoki mukammal loyiha B). ishchi loyiha yoki murakkab loyiha C). ishchi loyiha yoki oddiy loyiha D). oddiy loyiha yoki mukammal loyiha E). oddiy loyiha yoki murakkab loyiha 5. Qaysi bosqichda boshqarish tizimi atroflicha o‘rganiladi? A). Loyihalash oldi bosqichi B). Loyihalar ishlab chiqish bosqichi C). Tizimni ishga tushirish bosqichi D). Barcha bosqichlarda E). Umuman o‘rganilmaydi Foydalanilgan adabiyotlar 1.Informatsionnie texnologii v marketinge: G.A.Makarova, D.M.Dayitbegov i dr.; Pod DANA,2000.-48-55, 227-230 betlar. 88 Uchebnik dlya vuzov/G.A.Titorenko, red. prof. G.A.Titorenko.-M.:YUNITI- 13-Mavzu: Axborot tizimlarining tashkilotdagi o‘rni (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Kompyuter texnologiyasiga asoslangan boshqaruv tizimi 2. Tashkilotning axborot tizimlariga ta’sir etuvchi omillari 1. Kompyuter texnologiyasiga asoslangan boshqaruv tizimi Menejmentni yangi sharoitga moslashtirish va uni takomillashtirish zamonaviy kompyuter va telekomunikatsion texnikalarni keng qo‘llashga va uning negizida yuqori darajadagi avtomatlashtirilgan boshqaruv texnologiyasini joriy qilishga bog‘liqdir. Kompyuter texnologiyasiga asoslangan boshqaruv tizimi korxonaning tashkiliy tarkibini, personalning saviyasini, hujjatlar tizimini, axborotlarni jamlash va uzatishni tubdan o‘zgartirishga olib keladi. Boshqaruv tizimini rivojlanishi sifatida bevosita bilimlar va ma’lu-motlarni qayta ishlashni tashkillashtirish va ularni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi pog‘onasigacha rivojlantirishi nazarda tutiladi. Buning asosiy sababi boshqaruv faoliyatida axborot ahamiyatining tobora oshib borishi va ishlab chiqarish resurslaridan biriga aylanishidir. Hozirgi kunlarda rivojlangan davlatlarda menejment tizimiga ijodiy yo‘nalti-rilgan axborot texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiya axborot davrini to‘liq qamrab olgan bo‘lib, axborotlarni (yangi bilimlarni) ishlab chiqish, uzatish, qayta ishlash, boshqariladigan ob’ektni o‘zgartirish uchun qo‘llash va yuqori maqsad-larga erishishga qaratish uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Natijada personalning bilimlari bilan kompyuter texnikasini birgalikda ishlashi ta’minlanadi. Bu yerda, albatta, MRS. FIELDS’ COOKIES, INC. kompaniyasi haqida to‘xtalib o‘tishimiz shart. AKSH da non va konditer mahsulotlarini ishlab chiqaradigan firmalar ichida eng yirik firmalardan biri bo‘lib, 500 tadan ortiq savdo shaxobchalari va 250 tadan ortiq do‘konlari mavjud. Firmaning asosiy konsepsiyasi – “Yuqori sifatli issiq mahsulotlarni mijozlarga taklif qilish”. Ikki soat ichida sotilmay qolgan mahsulotlar muxtoj odamlarga bepul tarqatilgan. Kompaniyani ishini ta’minlash maqsadida maxsus kompyuter dasturi ishlab chiqilgan va kompyuter tarmog‘i orqali hamma do‘konlar ofis bilan ulangan. Ushbu tarmoq orqali do‘kon ishchilari va rahbarlari kunlik mahsulotlarni sotishning soatbay rejasini olib turishadi. Ushbu rejada quyidagilar e’tiborga olinadi: xafta kunlari, bayram kunlari, ob-havoni o‘zgarishi. Bundan tashqari ishlab chiqarish grafigi ham beriladi. Soatbay reja bajarilmasa kompyuter avtomatik ravishda keyingi soatlarda qancha konditer mahsulotlarini ishlab chiqish lozimligini hisoblab xodimlarga yetqazadi. Bundan tashqari avtomatlashtirilgan axborot tizimi ushbu korxonada ishlaydigan xodimlar haqida doimiy ravishda ma’lumotga ega bo‘lish, texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish va texnik vositalarini ta’mirlashni o‘z vaqtida bajarishga yordam beradi. Menejerlarda biror-bir muammo paydo bo‘lsa ushbu tizim orqali ko‘pi bilan 48 soat ichida javob olsa bo‘ladi. Natijada ushbu tizim menejerlarga quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi: 1) personal bilan bevosita ishlash va qo‘yilgan rejani bajarish; 2) dukonlardagi bajariladigan ishlar haqida uzluksiz ma’lumot olib turish va uzoq masofadan boshqaruv funksiyalarini bajarish. Natijada, korxona direktori uchun ushbu tizim yirik firmani bevosita boshqarish imkonini beradi. 89 2.Tashkilotning axborot tizimlariga ta’sir etuvchi omillar Axborot tizimlarini joriy etishda paydo bo‘ladigan muammolarni oldindan ko‘ra bilish juda murakkab masala, chunki tashkilotning hamma bo‘g‘inlari bir-biri bilan bevosita bog‘langan bo‘lib bir yerda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar avtomatik ravishda boshqa bo‘g‘inlarga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda tashkilot va undagi axborot tizimlariga ta’sir etuvchi ob’ektiv omillarni, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, madaniy, tabiiy va boshqalarning o‘rni boshqa omillarga nisbatan ancha yuqori. Yuqoridagi omillarning tashkilotning axborot tizimlariga ta’sirini aniqlash quyidagi masalalarning yechimini aniqlash bilan bog‘liq. 1) Axborot tizimining tashkilot uchun ahamiyati. Menejerlar bevosita axborot tizimining tashkilotdagi ahamiyati haqida qaror qabul qilishadi va uni kimlar tomonidan boshqarilishini tashkillashtirishadi. Axborot tizimining ahamiyati to‘g‘risidagi qarorlar asosan strategik rivojlanish nuqtai nazardan ishlab chiqiladi. 2) Axborot tizimining tashkiliy tarkibdagi o‘rni. Menejerlar axborot tizimini ishlab chikuvchilarni, uni tadbiq etuvchilarni va boshqaruvchilarini aniqlashi va mutaxassislarni tayyorlash hamda maxsus bo‘linmalarni tashkil qilishlari lozim. Bundan tashqari foydalanuvchilar tarkibini aniqlash, ularni ma’lumotlarga qay darajada kirishga ruxsati bo‘lganligi va ma’lumotlarni qayerda joylashtirish lozimligini aniqlashdir. 3) Ma’lumotlarga egalik qilish. Ma’lumotlarga mas’uliyat bilan qarash va mualliflikni himoya qilish muammosi bevosita axborot tizimi bo‘limini qayerda joylashganiga bog‘liqdir. Ma’lumotlar bazasi markazlashtirilgan uslubda taqsimlangan bo‘lsa, ularni himoyalash nisbatan osonlashadigan bo‘lsada, lekin ularga kirish imkoni qiyinlashgan bo‘ladi. Markazlashtirilmagan uslubda taqsim-lashda esa ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlash va ehtiyot qilish muammolari mavjud bo‘ladi, ammo ulardan foydalanish imkoni oshadi. 4) Axborot tizimining tashkiliy tarkibga ta’siri. Ushbu masalada aniq amaliy ma’lumotlar yo‘q, shu bois faqatgina nazariy nuqtai nazardan asoslashga to‘g‘ri keladi. Ba’zi - bir nazariy izlanishlarda axborot tizimi o‘rta bo‘g‘indagi menejerlarning sonini oshiradi deyilgan bo‘lsada, boshqalar aksincha yuqori bo‘g‘indagi menejerlar sonini oshiradi deb hisoblaydilar. Lekin shuni hisobga olish zarurki, tashkiliy tarkib shakli axborot oqimlarining miqdoriy ko‘rsatkichlariga chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini korxonalarda joriy etish albatta ishlab chiqarish bo‘limlarida, xom-ashyo zahiralarini saqlash va boshqarish bo‘limlarida, sifatni nazorat qilish bo‘limlarida kiritilishi bilan tashkilotning tarkibini o‘zgartirishga olib keladi. Tashkilotda axborot texnologiyalarni kiritishda ikki konsepsiyani e’tiborga olish zarur: mavjud tashkiliy tarkib va unda ma’lumotlarni qayta ishlanishini kompyuterlashtirilganligining ahamiyati. Birinchi konsepsiya bo‘yicha bajariladigan ishlar bevosita tashkilotning tashkiliy tarkibiga moslashgan bo‘ladi, bu yerda faqatgina ishlash uslubi yaxshilangan bo‘ladi. Yangi texnologiya joriy etish natijasida qilinadigan harajatlar kam bo‘lib tashkiliy tarkibga zarar yetkazilmaydi. Bu konsepsiyaning asosiy kamchiligi - bu doimiy ravishda texnologik usullar va texnik vositalarga moslashish va ma’lumotlarni zamonaviy tasvirlash usullarini o‘rganib borishdir. 90 Ikkinchi konsepsiya tashkilotning strategik nuqtai nazardan erishish lozim bo‘lgan tarkibiga moslashadi. Korxonaning hozirgi tashkiliy tarkibi yangilanadi. Ushbu konsepsiya kommunikatsiyalarni rivojlantirishni taqozo etadi. O‘z navbatida tashkiliy tarkib optimal ishlab chiqilgan bo‘lib, ma’lu-motlar, hujjatlar aylanmasini tejamkor usullar bilan amalga oshiradi. Ushbu konsepsiyaning kamchiliklari quyidagilardan iboratdir: 1 axborot tizimini ishlab chiqishdagi va tashkilotning hamma bo‘limlarini to‘liq o‘rganib chiqishdagi harajatlarning mavjudligi; 2 tashkilotda psixologik sharoitni keskinlashishi, chunki tashkiliy tarkibni o‘zgarishi korxona xodimlarini qisqartirishga olib kelishi mumkin. Yutuqlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 1 korxonaning tashkiliy tarkibini ixchamlanishi; 2 korxonaning to‘liq ish bilan band bo‘lishi; 3 personalning saviyasining yuqori darajada bo‘lishi; 4 kompyuter tarmog‘idan unumli foydalanish imkonining paydo bo‘lishi. 5) Markazlashtirilgan boshqaruv. Markazlashtirishni o‘rganishda ikki qarama-qarshi yo‘nalishdagi muammolar paydo bo‘ladi. Birinchisi, bu bevosita, markazlashtirilgan boshqaruv bo‘lib, bu yerda qaror qabul qilish markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Ikkinchisi, bu holda axborot tizimi boshqaruvning quyi qismida qaror qabul qilish imkonini beradi, ya’ni markazlashtirilmagan boshqaruv tizimi yaratiladi. Na-tijada yuqori o‘rindagi menejerlar quyi qismga qaror qabul qilish imkonini yara-tadi, lekin nazorat va umumiy boshqaruv markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi. 6) Axborot zahiralarini boshqaruvida personal tomonidan ta’sir etuvchi omillar. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda personalni ikki nuqtai-nazardan o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi: 1 foydalanuvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalar haqidagi bilimlari qay darajada chuqur ekanligi; 2 samarasiz ishlarning qay darajada qisqarilishi. Axborot tizimlarini joriy qilishda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: 1 ko‘p vaqtni talab qiladigan ishlarni avtomatlashtirish; 2 loyihalash bosqichida kelgusidagi foydalanuvchilarni fikr va takliflarini e’tiborga olish; 3 qo‘llash jarayonida personalni zudlik bilan qisqartirilmasligi; 4 joriy etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish. 7) Axborot tizimini personalga ta’siri. Axborot tizimi to‘liq joriy etilganda tashkilot xodimlarining ish faoliyatida quyidagilar o‘zgarishi mumkin: 1 yuqori malakali xodimlar bevosita ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishlari mumkin; 2 tashkilotning pastki bo‘g‘inidagi xodimlar qaror qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi; 3 tashkilotda qo‘shimcha ish joylar paydo bo‘ladi. Lekin tashkilotning tarkibiy tuzilishi o‘zgarishi munosabati bilan tashkilot tomonidan ma’lum darajada qarshilik ko‘rsatiladi. Ushbu qarshilikni quyidagicha ta’riflash mumkin: 1 axborot tizimi yordamida zahiralarga egalik qilish; 91 2 yuqori lavozimda ishlaydigan xodimlarni o‘z malakasini oshira olmasligi, bu esa, ularni obro‘siga ziyon yetqazishi mumkin. Umuman olganda axborot tizimlarini joriy qilish quyidagi masalalarni hal qilishga yordam qiladi: 1 matematik usullarga asoslangan holda boshqaruv masalalarining optimal yechimini aniqlash; 2 avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratish bilan xodimlarning ish unumdorligini oshirish; 3 ma’lumotlarni aniqligini ta’minlash; 4 elektron hujjatlar tizimi yordamida axborotlarni yagona yondashuv orqali qayta ishlash; 5 ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish harajatlarini kamaytirish; 6 haridorlar va ta’minlovchilarga xizmat ko‘rsatishni optimallashtirish. Shunday qilib, axborot tizimlarini ishlab chiqishda va joriy etishda mavjud bo‘lgan muammolarni chuqur tahlil qilgandan so‘ng undan olinadigan natijalarni kutish mumkin bo‘ladi. Takrorlash uchun savollar 1. Axborot tizimi personalga qay darajada ta’sir etadi ? 2.Axborot zahiralarini boshqaruvida personal tomonidan ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsating? 3. Axborot tizimlarini joriy kilishdagi yechiladigan masalalar to‘plami? Tayanch so‘z va iboralar Axborot tizimining tashkilot uchun ahamiyati; Axborot tizimining tashkiliy tarkibdagi o‘rni; Ma’lumotlarga egalik qilish; Axborot tizimining tashkiliy tarkibga ta’siri; Markazlashtirilgan boshqaruv; Axborot zaxiralarini boshqaruvida personal tomonidan ta’sir etuvchi omillar; Axborot tizimini personalga ta’siri; Test savollari 1. Ma’lumotlarga mas’uliyat bilan qarash va mualliflikni himoya qilish axborot tizimi qanday tushunchaga olib keldi? A). Ma’lumotlarga egalik qilish B). Ma’lumotlar bazasi C). Bilimlar bazasi D). MBBT E). Ekspert tizimi 2. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda birinchi navbatda personal haqida qanday ma’lumotni aniqlash lozim? A). foydalanuvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalar haqidagi bilimlari qay darajada chuqur ekanligi B). personalni o‘rtacha yoshi C). personalni professinallik darajasi D). AIJ larini mavjudligi E). internetni mavjudligi 92 3. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ikkinchi navbatda personal haqida qanday ma’lumotni aniqlash lozim? A). samarasiz ishlarni qay darajada qisqarilishi B). personalni o‘rtacha ish staji C). personalni professionallik darajasi D). kompyuter bilan ishlash darajasi E). internet haqida ma’lumotga ega ekanligi 4.Tashkilotning tarkibiy tuzilishi o‘zgarishi munosabati bilan ko‘rsatiladigan qarshilik boisi nima? A). axborot tizimi yordamida zahiralarga egalik qilish B). kompyuterga egalik qilish C). internetda ishlashga ruxsat bo‘lishi D). ish vaqtini oshishi E). funksional majburiyatlarni ko‘payishi tashkilot tomonidan 5.Tashkilotning tarkibiy tuzilishi o‘zgarishi munosabati bilan tashkilotning yuqori lavozimlarida ishlaydigan xodimlar tomonidan ko‘rsatiladigan qarshilik nimaga bog‘liq bo‘lishi mumkin? A). o‘z malakasini oshirishga majburligi B). kompyuter bilan ishlashni o‘rganishi C). internetda ishlashga ruxsat bo‘lmasligi D). ish vaqtini oshishi E). personal bilan bevosita muloqotda bo‘lmasligi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Tompson A.A., Striklend A.Dj. Strategicheskiy menedjment. Iskusstvo razrabotki i realizatsii strategii: Uchebnik dlya vuzov/ Per. s angl. Pod red. L.G. Zayseva, M.I. Sokolovoy.M.: Banki i birji, YUNITI, 1998.-465-497 betlar. 2. Godin V.V.,Korneev I.K. Upravleniye informatsionnimi resursami: 17-modulnaya programm dlya menedjerov «Upravleniye razvitiyem organizatsii». Modul 17.- M.: «INFRAM», 1999.-139-159s. 93 14-Mavzu: Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalari ( 2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Buxgalteriya hisobi AT umumiy xarakteristikasi 2. Buxgalteriya hisobida kompyuterlashgan AT 3. Buxgalteriya AT larini loyihalashtirish 1.Buxgalteriya hisobi AT umumiy xarakteristikasi Xalk xo‘jaligining barcha tarmoqlarida asosiy e’tibor moddiy, mehnat va moliya zahiralaridan yanada ratsional foydalanishga qaratilishi kerak. Bu borada buxgalteriya hisobining ahamiyati kattadir, uni takomillashtira borish esa iqtisodiyotni boshqarishni yaxshilashning zarur shartidir. Buxgalteriya hisobi boshqaruvning muhim funksiyasi bo‘lib, u korxona va tashkilotlarning boshqaruv tizimini mablag‘larining holati haqidagi asosli, ishonchli ma’lumotlar bilan, ularning hosil bulish manbalari va boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilishning xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga da’vat etadi. Hozirgi vaqtda korxona va tashkilotlarning hisob apparati xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobini takomillashtirishga oid muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Hisob ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish joriy etilmoqda. Buxgalteriya hisobi hozirgi iqtisodiy tizimning muhim qismlaridan biridir. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobi asosan korxona, aksioner jamiyat, muassasa va tashkilotlarda yuritiladi va shu xo‘jaliklar faoliya-tini kuzatib borish va nazorat qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining o‘z ob’ektlari bo‘lib, ular korxona ixtiyoridagi xo‘jalik mablag‘lari, ularning kelib chiqish manbalari va xo‘jalik jarayonlari hisoblanadi. Korxona ihtiyorida ma’lum miqdordagi mablag‘larning bo‘lishi ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishlarining muhim shartlaridan biridir. Buxgalteriya hisobi quyidagilar asosida amalga oshiriladi: Hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya qilish, schyotlar sistemasi va ikki yoqlama yozish usuli, buxgalteriya balansi va hisobot. Buxgalteriya balansi ma’lum bir muddatga xo‘jalik mablag‘lari holati haqida pul shaklida umum-lashgan ma’lumotlar olish uchun xizmat qiladi. Balansda korxona mablag‘larining joylanishi va tarkibi, mablag‘lar manbalarining tashkil topishi haqidagi ma’lumot-lar keltiriladi. Hisobot esa ma’lum bir muddatga korxona ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati natija-lari haqida umumlashgan ma’lumotlar olish usulidir. Balans va hisobot yordamida har bir korxona xo‘jalik faoliyati natijalari yakunlanadi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyalari yakuniy usuldir. Balans va hisobot yordamida har bir korxona xujalik faoliyati natijalari yakunlanadi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiya sintetik schyotlar-mablag‘lar va xo‘jalik jarayonlarining umumlashgan hisobi pul ko‘rsatkichlarida yuritiladigan schyotlardir. Sintetik schetlar yordamida sintetik hisob yuritiladi. Analitik schyotlar esa sintetik schyotlardagi ma’lumotlarni tavsilotlab, konkretlashtirib ko‘rsatuvchi schyotlardir. Masalan, «tayyor mahsulot» schyotida korxonada ishlab chiqilgan tayyor mahsulotning hamma turlari harakati hisobga olinadi. «Materiallar» sintetik schyotining yokilg‘i subschyotida yoqilg‘ining hamma turlari hisobi yuritilsa, analitik schyotlar yoqilg‘ining har bir turi uchun alohida 94 ochiladi va unda yoqilg‘ining har bir turining harakati hisobga olinadi. Subschyotlar – bu bitta sintetik schyot doirasida bir xil analitik schyotlarni qo‘shimcha guruhlash usulidir. Buxgalteriya hisobi yozuvlari yuritishga mo‘ljallangan turli shakldagi jadvallar hisob registrlari deyiladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra uch xil hisob registri mavjud: daftarlar (bosh daftar, kassa daftari), kartochkalar va qaydnomalar. Kartochkalar analitik hisob yuritishda qo‘llaniladi va turli shaklda bo‘ladi. Yozuv turlariga ko‘ra xronologik, uzluksiz va kombinatsiyalash-tirilgan registrlar ajratiladi. Xronologik hisob registrlari xo‘jalik operatsiyalarini xronologik tartibda , ya’ni operatsiyaning qisqacha mazmuni, vaqti va summasini yozib borish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan: memorial-order shaklida qo‘llaniladigan «operatsiyalarni ruyxatga olish jurnali» misol bo‘ladi. Sistematik registrlarga «Bosh daftar»ni misol qilish mumkin. Buxgalteriya hisobi shakllari. Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi belgilar bo‘yicha farqlanadi: registrlar soni, vazifalari va tashqi ko‘rinishi; registrlarda xronologik va sistematik yozuvlar, sintetik va analitik hisoblarni qo‘shib olib borish tartibiga ko‘ra; registrlarga yozuvlarni yozish tartibi va texnikasi. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli. Bunda dastlabki hujjatlar asosida memorial-order hujjati yoziladi. U quyidagi shaklda bo‘ladi: Keyinchalik memorial-order raqamlari va summalari «operatsiyalarni ro‘yxatga olish jurnali»ga tartib bilan yozib boriladi. Ro‘yxatga olingan memorial-orderdan bosh daftarga operatsiyalarni yozish uchun foydalaniladi. Bosh daftarda har bir sintetik schyot uchun alohida varaq ajratiladi. Memorial-order shaklining kamchiligi shundaki, bunda har bir operatsiya uchun memorial-order tuzilishi va u registrlarga yozilishi kerak, ya’ni har bir operatsiya 78 marta registrlar va hujjatlarga yozilishi darkor. Bu hisob ishlarini murakkablashtiradi. Ko‘pchilik korxonalarda hisobning jurnal-order shakli qo‘llaniladi. Bunda bosh-lang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlar avvaldan schyotlarning korrespondensiyalari qo‘yilgan jurnal-orderlarga yoziladi va jurnal-orderdan bevosita bosh daftarga ko‘chiriladi. Jurnal-orderlar bir sintetik schyot yoki iqtisodiy mazmuni bir-biriga yaqin bo‘lgan bir necha schyotlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu shaklda hujjatlar aylanishi tezlashadi, sintetik va analitik hisoblar qo‘shilib ketadi, hisobotni qo‘shimcha ishlarni bajarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob registrlaridan tuzish mumkin bo‘ladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, ish xaqi hisobi, moddiy boyliklar hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisob, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig‘ma hisob va hisobotlarni tuzish. Buxgalteriya hisobida EHM lardan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladi: hisob ma’lumotlarini qayta ishlashni tezlashtiradi va buxgalteriya ma’lumotlarining operativligini oshirish uchun zarur sharoit yaratadi; iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashda band bo‘lgan xodimlar sonini kamaytiradi; buxgalteriya yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni kamaytiradi; moddiy javobgar shaxslar ishi va moddiy boyliklar xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytiradi. 95 2.Buxgalteriya hisobida kompyuterlashgan AT Buxgalteriyada axborot tizimlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pchilik korxonalar axborotni xuddi boshqa mulk turlari kabi saqlash, foydalanish va himoya kilish kerak bo‘lgan qimmatli zahira sifatida qaraydilar. Korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni olish uchun har qanday korxonada buxgalteriya axborot tizimi yaratiladi. Buxgalteriya axborot tizimi xo‘jalik faoliyati bilan qaror qabul qiluvchi shaxslar o‘rtasida bog‘lovchi vosita bo‘lib hizmat qiladi. Unda xo‘jalik faoliyati ma’lumotlar yig‘ish, qayd qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash hamda tahlil qilish va qaror chiqarish uchun foydalanuvchiga uzatish amalga oshiriladi. Buxgalteriya axborot tizimining asosiy maqsadi korxona boshqaruvini cheklangan zahiralardan foydalanishning alternativ variantlarini tanlashda asosli qarorlar qabul qilish uchun moliyaviy axborot bilan ta’minlashdir. Hozirgi buxgalteriya hisobi yuritishning halqaro standartlariga o‘tish sharoitida buxgalteriya axborotidan foydalanish maqsadlari o‘zgarmoqda. Agar ilgari buxgalteriya ma’lumotidan asosan davlat boshqaruv organlari foydalangan bo‘lsa, hozirgi sharoitda buxgalteriya ma’lumoti korxona ichida boshqaruv qarorlari qabul qilishning asosi hisoblanadi. Eng avvalo u korxona ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini boshqarishning rejalashtirish, nazorat va tahlil qilish kabi asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yetqazib beradi. Rejalashtirish uchun buxgalteriya kutilayotgan foyda va mablag‘ga ehtiyoj haqida ma’lumot berishi kerak. Nazorat bosqichida esa buxgalterdan haqiqiy daromad va harajatlarni reja ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash talab qilinadi. Tahlil bosqichida esa qo‘yilgan maqsadga erishilgan yoki erishilmaganligi aniqlanadi. Tahlil natijalari bo‘yicha korxona boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi. Buxgalteriya ma’lumotining asosiy foydalanuvchilari korxona rahbariyati va menejerlaridir. Bu ma’lumotlar asosida korxonaning hisobot davridagi sof foydasi aniqlanadi, foyda normasi kutilayotgan miqdorga mos kelishi, mavjud pul zahiralari, sof aktivlar va ustav kapitalining nisbati, faoliyatning foydaliroq bo‘lgan yo‘nalishlari, mahsulot tannarxi aniqlanadi. Buxgalteriya ma’lumoti faqat natijalarni tushunish va tahlil qilish uchungina emas, balki turli qarorlar qabul qilish va korxona faoliyati natijalarini bashorat qilishga yordam beradi. ATdan foydalanish sharoitida korxonani boshqarish sxemasi. 96 Buxgalteriya axborotidan tashqi foydalanuvchilar ham mavjud: aksionerlar, investorlar, kreditorlar, haridorlar, mijozlar va auditorlar, soliq xizmati inspektorlari. Aksioner va investorlarni korxona egalarining xususiy kapitali qay darajada samarali foydalanilayotganligi, unga yangi investitsiya kerakmi yoki uning hajmini kamaytirish kerakmi, firma kelajakda qay sharoitlarda foyda keltirishi mumkinligi qiziqtiradi. Kreditorlarni esa korxonaning ssudaga ehtiyoji, kredit foizlarini o‘z vaqtida to‘lay olish qobiliyati qiziqtiradi. Haridorlar uchun korxona reklamasining qay darajada haqiqiy holatga mos kelishi, tovarlar bahosining asosliligi, kafolatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash imkoniyatini bilish muhim. Davlat xizmatlari esa soliqni hisoblash va foydani belgilashning to‘liq va to‘g‘riligi, antimonopol va valyuta qonunlariga amal qilinishi qiziqtiradi. Buxgalteriya ma’lumoti foydali bo‘lishi uchun u ishonchli va ahamiyatli bo‘lishi kerak. Ishonchlilik - axborotning korxonadagi xo‘jalik jarayonlarini to‘la aks ettirishi, oson tekshiriladigan va biron-bir konkret shaxsning manfaatini ifodalamasligini ko‘rsatadi. Buxgalteriya axborotining ahamiyatliligi shundaki, u rejalar tuzishda foydalaniladigan, teskari aloqaga asoslangan bo‘lishi va foydalanuvchiga kerakli vaqtda kelib tushishi kerak. Uchyot axborotidan foydalanishdan olingan foyda unga sarflangan harajatlardan katta bo‘lishi kerakligini hisobga olish kerak. Buxgalteriya axboroti bir necha talablarga javob berishi zarur: Birinchidan buxgalteriya axboroti taqqoslash va doimiylik talablariga javob berishi kerak. Ya’ni uchyot davrida buxgalteriya hisobining turli ko‘rinishlari va usullarini qo‘llash mumkin emas, aks holda ma’lumotlarni taqqoslash imkoniyati yo‘qoladi. Lekin bu eski va noto‘g‘ri tanlangan buxgalteriya usulini doimiy ishlatish kerakligini anglatmaydi. Hisob shaklini o‘zgartirish uchun yetarli asos bo‘lishi va bunday o‘zgarishlarni hisobot davri boshidan kiritish kerak. Ikkinchidan buxgalteriya axboroti muhim bo‘lishi darkor. Kam ahamiyatli faktorlarni hisobga olish uchun vaqt sarflash kerak emas. Buning hisobiga uchyotni soddalashtirish zarur. Har bir korxona o‘zi uchun hisobning ahamiyatlilik darajasini tanlaydi. Uchinchidan buxgalteriya ma’lumoti konservativ bo‘lishi kerak. Xo‘jalik fao-liyati faktlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish har doim ham bir xil bo‘lmaydi. Foyda bo‘lmasligi va mumkin bo‘lgan zararlarni hisobga olish darkor. Bu aktivlar va mulkni baholash va foyda miqdorini aniqlashda ehtiyotkorlikni ta’minlaydi. To‘rtinchidan, buxgalteriya axboroti to‘liq bo‘lishi, foydalanuvchiga zarur bo‘lgan maksimum axborotga ega bo‘lishi talab etiladi. 3.Buxgalteriya AT larini loyixalashtirish Buxgalteriya ATlarini loyihalashtirishda ular hamma iqtisodiy axborotni qayta ishlaydigan tizimlarga xos bo‘lgan umumiy jihatlar bilan birga spesifik xusu-siyatlarga ham ega buladi. Buxgalteriya ATlarini tuzishning umumiy prinsiplari: Birinchi shaxs prinsipi, tizimli yondashuv, ishonchlilik, uzluksiz rivojlanish, iqtisodiy tejamkorlik prinsipi. Birinchi shaxs prinsipi yakuniy qaror qabul qilish huquqini va boshqaruvning turli satxlaridagi javobgarlik tartiblarini belgilaydi. Tizimli yondashuv prinsipi ATni loyihalashtirish jarayonida boshqarila-digan ob’ektni va uni boshqaruv tizimlarini tahlil qilishni, shuningdek ob’ektning uni avtomatlashtirish sharoitida ishlash mezonlari va umumiy maqsadlarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Bu prinsip axborotni tizimga bir marta kiritib, undan ko‘p marta foydalanishni taqozo etadi. 97 Ishonchlilik prinsipi buxgalteriya ATning ishlashining turli yo‘llar bilan ta’minlanadigan ishonchliligini xarakterlaydi. Masalan, tizimning tarkibiy elementlaridan nusxa ko‘chirib qo‘yish. Tizimning uzluksiz rivojlanish prinsipi uni muhim tashkiliy o‘zgarishlarsiz kengaytirish imkoniyatlarini talab qiladi. Iqtisodiy tejamkorlik prinsipi bo‘yicha yangi buxgalteriya axborot tizimi olingan foydadan harajatlar yuqori bo‘lmasligi zarur. Bundan tashqari loyihalashtirilayotgan BUAT korxona tashkiliy strukturasi bilan birga buxgalteriya hisobini amalga oshiruvchi manfaatlari va kvalifikatsiyasini ham hisobga olish kerak. BUATlar spesifik xususiyatlarga ham ega. BUATda turli hisob shakllari (operativ, buxgalteriya, statistik) yagona boshlang‘ich axborot asosida jamlanishi (integratsiya) amalga oshiriladi. Bunda bu hisob shakllari aralashmaydi, ularning har biri o‘z funksiyasini bajaradi va o‘z masalalarini hal qiladi. Teskari aloqa prinsipi har qanday boshqaruv tizimining asosiy prinsiplaridan hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi masalalarini yechgandan keyin teskari aloqani amalgam oshirish mumkin. Aynan shu axborotdan korxona rahbarlari qaror qabul qilishda foydalanadilar. Bundan tashqari BUAT uchun hamma hisob uchastkalarida axborotni qayta ishlashni ma’lumotni yig‘ish va qayd etish jarayonlaridan boshlab avtomatlashtirish imkoniyatlari xarakterlidir. Bunda BUATlarni an’anaviy hisob shakllari bilan birga hisoblash texnikasini qo‘llash va buxgalteriya hisobi prinsiplarining asosiy talablariga to‘la javob beradigan yangi avtomatlashtirilgan hisob shaklini ham qo‘llash mumkin. 4. 1S-Buxgalteriya dasturi haqida «1S» firmasi 1991 yil Boris va Sergey Nuraliyevlar tomonidan Rossiyada tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda ta’nikli kompaniyalardan biridir. «1S» atamasi 1 sekund ichida hamma operatsiyalarni bajarish mumkinligi bildiradi. «1S» firmasi SNG davlatlarining 430 shahridagi 2300 firmalari bilan aloqa o‘rnatgan. Uning mahsulotlari quyidagilardir. 1992 yilda – Mini-buxgalteriya dasturi 1993 yilda – Buxgalteriya dlya DOS 1994-1995 yilda – 1C:Buxgalteriya 6.0 1996 yilda – 1S:Predpriyatiye 7.0 1999 yilda – 1S:Predpriyatiye 7.7 2003 yilda – 1S:Predpriyatiye 8.0 «1S:Predpriyatiye» dasturining imkoniyatlari quyidagilardan iborat 1. bank va kassa bilan ishlash 2. asosiy vositalar va nomaterial aktivlar 3. materiallar 4. tovar va xizmatlar 5. mahsulot ishlab chiqarishni hisobi 6. valyuta operatsiyalarini hisobi 7. omborxonadagi operatsiyalar hisobi 8. tashkilotlar bilan uzaro hisoblar, debitorlar, kreditorlar 9. material javobgar shaxslar bilan ishlash 10. oylik maoshni hisobi 11. byudjet hisobi 12. buxgalteriya hisobotlari va boshqa uchet masalalari 98 Quyidagi imkoniyatlarni ham joriy etish mumkin bo‘ladi 1. bir necha hisob rejasi 2. hisobdagi subhisoblar bilan ishlash 3. bir necha korxonalar hisobini olib borish 4. murakkab provodkalarni hisoblash va boshqalar. 1S dasturini administratsiyalash uchun ham keng imkoniyatlar mavjud 1. foydalanuvchilarni avtorizatsiyalash va ularni nazorat qilish 2. foydalanuvchilarning ishlash diapozonini cheklash 3. foydalanuvchilarni monitoringini o‘tqazish va boshqalar. Takrorlash uchun savollar 1. Buxgalteriya hisobi asoslari? 2. Buxgalteriya hisobi shakllari qaysi belgilar bo‘yicha farqlanadi? 3. Buxgalteriya hisobida EHMlardan foydalanish afzalliklari nimalardan iborat? 4. Buxgalteriya axboroti qanday talablarga javob berishi kerak? 5. Buxgalteriya ATlarini tuzishning umumiy prinsiplari ta’riflang? Tayanch so‘z va iboralar Buxgalteriya hisobi; Birinchi shaxs prinsipi; Tizimli yondashuv prinsipi; Ishonch-lilik prinsipi; Uzluksiz rivojlanish prinsipi; Iqtisodiy tejamkorlik prinsipi; Teskari aloqa prinsipi; Test savollari 1. Buxgalteriya hisobi korxona faoliyatini boshqarishning qaysi funksiyalari-ni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yetqazib beradi? A). rejalashtirish, nazorat va tahlil qilish B). rejalashtirish va tahlil qilish C). rejalashtirish va nazorat qilish D). nazorat va tahlil qilish E). rejalashtirish 2. Buxgalteriya ma’lumotining korxonadagi asosiy foydalanuvchilari kimlar ? A). korxona rahbariyati va menejerlari B). kadrlar bo‘limi C). bosh buxgalter D). kassir E). menejer muovini 3.Buxgalteriya axborotidan foydalanadigan tashqi foydalanuvchilarni aniqlang? A). aksionerlar, investorlar, kreditorlar, haridorlar, mijozlar, auditorlar, soliq xizmati inspektorlari B). faqatgina soliq xizmati inspektorlari 99 C). faqatgina investorlar D). faqatgina kreditorlar E). faqatgina aksionerlar 4. Buxgalteriya ma’lumoti foydali bo‘lishi uchun u qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak? A). ishonchli va ahamiyatli bo‘lishi kerak B). ishonchli bo‘lishi kerak C). ahamiyatli bo‘lishi kerak D). ko‘p hajmli bo‘lishi kerak E). tushunarli bo‘lishi kerak 5. Buxgalteriya axborot tizimida olingan foydadan harajatlar yuqori bo‘lmaslik prinsipi nima deb ataladi? A). iqtisodiy tejamkorlik prinsipi B). birinchi shaxs prinsipi C). tizimli yondashuv prinsipi D). ishonchlilik prinsipi E). uzluksiz rivojlanish prinsipi Foydalanilgan adabiyotlar 1. A.Karimov, V.Isayeva. Ot kalkulyatora – k superbuxgalterii/ Ekonomicheskiy vestnik O'zbekistana, №3, 2000.-s.20-22. 2. Informatsionnie sistemi v ekonomike/Pod red. V.V.Dika - M.: Finansi i statistika, 1996.-95123c. 3. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-258-280 betlar. 100 15-Mavzu: Bank faoliyatida axborot texnologiyalari (2soat) Ma’ruza rejasi: 1. Bank ishida mijoz-server texnologiyasi 2. Bank AT dagi telekommunikatsiya arxitekturasi 3. Banklarda axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minlanishi. 4. Bank ma’lumotlarini xavfsizligini ta’minlash 5. Bank AT ni tashkil qilishdagi texnik muammolari 6. Plastik kartochkalar tasnifi 7. Banklarning Internet tarmog‘i orqali qimmatli qog‘ozlarni sotishdagi o‘rni 1.Bank ishida mijoz-server texnologiyasi BnAATni texnik ta’minlash jarayonida bank texnologiyalari apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilishlari kerak. Ularga bevosita aloqaning turlituman telekommunikatsion vositalari, ko‘p mashinali majmualar, "mijoz-server"ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo‘llash, apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi. Foydalaniladigan texnik vositalarning miqdori va tarkibi axborot oqimlarining jadalligi va hajmlari, ishning usullari va bank tizimi vazifalarini amalga oshirishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Bank xizmatlarining tarkibi va hajmlarini filiallar, mijozlar va aloqalarning sonini o‘sishi, banklarning qudratliroq kompyuterlarni va rivojlanganroq texnik ta’minlanishlarni harid qilishga majbur qiladi. Tarmoqli bank texnologiyalari keng tarqalgan. Tarmoqli park borgan sari turli-tuman bo‘lib qolmoqda. Banklararo telekommunikatsiya vositalarini jadal rivojlanishini ham ta’kidlash kerak. "Mijoz-server" arxitekturasi banklarning axborot texnologiya-larini qurilishidagi texnik yechimlarga zamonaviy yondashishning asosi bo‘ladi. Bu texnik ta’minlanishni tashkil qilish va axborotlarni ishlab chiqishni mijoz (ishchi stansiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o‘rtasida taksimlanishini ko‘zda tutadi. Ikkala qism birlash-tirilgan kompyuterlarda bajariladi. Bunda mijoz serverga so‘rovlar yubo-radi, server esa ularga xizmat ko‘rsatadi. Bunday texnologiya tarkiblashti-rilgan so‘rovlarning maxsus tiliga ega kasbiy MBBTda amalga oshiriladi. "Mijoz-server" texnologiyasining amalga oshirilish variantlaridan biri uning uch bosqichli arxitekturasidir. Tarmoqda kamida uchta kompyuter: mijoz qismi, ishchi stansiya, qo‘llanishlar serveri va ma’lumotlar bazasining serveri mavjud bo‘lishi kerak. Mijoz qismida foydalanuvchi bilan o‘zaro hamkorlik (foydalanish interfeys) tashkil qilinadi. Qo‘llanishlar serveri mijoz qismi uchun biznes tadbirlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasining serveri mijoz rolini bajaruvchi biznes tadbirlar-ga xizmat ko‘rsatadi. Bunday arxitekturaning egiluvchanligi mustaqil foydalanish va barcha uchta bosqichlarda hisoblash va dasturiy resurslarni almashishdadir. Texnik yechimlarning ishonchliligi va voz kechishga barqarorligini oshirish uchun bank AATtexda serverlarni guruhlarga (klasterlarga) birlash-tirish qo‘llaniladi. Bunday mablag‘lar va yuklamalar serverlar (tizim uzel-lari) o‘rtasida taqsimlanadi, foydalanuvchi qanday aniq server bilan ishlayot-ganini bilmaydi, texnik vositalardan foydalanish esa samaralirok bo‘ladi. 101 2. Bank AT dagi telekommunikatsiya arxitekturasi Bankning avtomatlashtirilgan texnologiyalarida telekommunikatsion arxitektura texnik ta’minlash tizimchalarining majmuasi va tuzilishini belgilaydi, ular BnAATning barcha qo‘llanishlari (modullari) modullar uchun o‘zaro hamkorlikning har xil turlarini ta’minlaydi. (rasm). ABTni yaratish jarayonida arxitekturaning imkoniyatlari uning biznes jarayonlari tomonidan belgilanadigan ishning talablari va shartlari bilan muvofiqlashtiriladi. Bankning tashki moliyaviy va axborot tuzilmalari, hisoblash kliring palatalari va markazlari, birjalar, uzoqlashtirilgan mijozlar va boshqa banklar bilan o‘zaro hamkorligi ko‘zda tutiladi. Bank biznes jarayonlarining telekommunikatsion ta’minlanishi o‘zining korpo-rativ tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va har qanday boshqa mahalliy va global tarmoqlarga kirishni hisobga olish bilan quriladi. Joriy bosqichda amaliy o‘zaro hamkorlikda andozalar yo‘qligi uchun bankning tashki tashkilotlar bilan aloqasi shlyuzlar, masalan, pochta, teleks va boshqa firmalarning AIJ orqali amalga oshiriladi. U yoki bu bankning korporativ tarmoqlari uni telekommunikatsion arxitekturasida transport vositasi sifatida qabul qilinadi. Ushbu sohada har qanday sifatli liniyalar uchun transport darajasini himoyalash va ularni boshqarishni qo‘shish bilan, ko‘pgina yechimlar mavjud. Bank telekommunikatsiyalarining vazifaviy to‘liq majmuasini amalga oshirish yagona axborot kengligini yaratishga imkon beradi. Bank xizmatlarini barcha qo‘llanishlarida bo‘limlar, filiallarning integratsiyasini amalga oshirish, xizmatlarni har qanday talab kilingan joyga va istalgan paytda, on-layn va of-layn usulida (bevosita va tartibga solinadigan aloqalarda) yetqazib berilishini ta’minlash mumkin. Demak, telekommunikatsion tizimlar bankka avtomatlashtirishning eng muhim masalalari biznes jarayonlarning o‘zaro hamkorliklarining eng muvofiq unumdorligi va tiniqligini ta’minlash kabi sof texnikadan tortib bank xizmatini 102 ko‘rsatishning eng yuqori darajasidagi vazifavisigacha hal qilishga imkon beradi. Quyidagi rasmda ma’lumotlarning eksporti bo‘yicha AIJ kommunikatsiyalarini ishlashining chizmasi keltirilgan. Bu yerda SWIFT - halqaro bank kommunikatsiya jamiyati, 1973 yilda tashkil topgan. ABTda mahalliy, mintaqaviy va global tarmoqlarni qo‘llanishi ularni ishonchliligi, hamda ma’lumotlarni himoyalanishi yaxlitligi oldiga oshiril-gan talablarni qo‘yadi. Tarmoqli vositalarning tayyorlik va voz kechishiga barqarorlik darajasi tarmoqli-tarkibli qismlardan birini ishdan chiqishida ish qobiliyatini buzilishi imkoniyatini bartaraf qilish uchun yuqori bo‘lishi kerak. Masalan, uzoqlashtirilgan filiallar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilishda foydalanuvchilarga qo‘shimcha kommutatsiyalanadigan liniyalarga o‘tish, aloqaning asosiy kanalini takrorlanishi yoki uning o‘tqazish qobiliyatini ko‘paytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Tarmoqli boshqaruvning markazlashtirilgan tizimini tatbiq etish tarmoqni texnik qo‘llab-quvvatlashning qiymatini qisqartirishga imkon beruvchi muhim omil bo‘ladi. U masofadan konfiguratsiyalash, nazorat qilish, buzilishlarni bartaraf qilish va bir qator boshqa vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi. Kommunikatsion qurilmalarning to‘liq majmuasidan iborat bo’lgan tarmoqning uskunalarini bitta ishlab chiquvchisiga texnologiyalarni integratsiyalash boshqaruv-ning xodimlarni tayyorlashni soddalashtiradi, uskunalarning miqdoriy qiymatini pasaytiradi, hamda umuman tizimning foydalanishdagi ishonchliligini oshiradi. Tarmoqning infratuzilmalarini zamonaviylashtirish bank xizmatlari-ning kengayishi, bankning yangi bozorlarga chiqishi jarayonida muxim rol o‘ynaydi. Banklar-aro o‘zaro hamkorlikning kichik protokolini tarmoqlarda tadbiq etish g‘oyatda muhim bo‘ladi, ular axborotlarning eng samarali almashuvini tashkil kilishga imkon beradi. Tajriba shuni kursatmokdaki, serverlar banklarning hisoblash majmualarida eng kuchsiz bugin hisoblanadi. Ulardan eng istikbollisi UNIX server. Pastrok darajadagi serverlar, masalan, IBM PC serverlar diskli tizimchani kengaytirish, uzilishli vaziyatlarni oldindan aytib berish buyicha yechimlarni talab qiladi. Quyidagi rasmda mujassamlashgan BnAAT ning tarkibiy tuzilishi keltirilgan. Unda bankning barcha faoliyatlarini qamrab olish ko‘zda tutilgan. 103 Kompyuterlarning qiymatini pasayishi bankning axborotli infratuzilmasini qo‘llabquvvatlashdagi harajatlarini qisqarishiga olib kelmaydi. Avtomatlashtirilgan ish joylarining sonini oshishi, ularning aqliy darajasining oshishi, murakkabroq tarkib va qimmatroq dasturiy vositalardan foydalanish qo‘shimcha harajatlarni talab qiladi. Tizimga egalik qilish qiymati bu kompyuter tizimini o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga harajatlarning ko‘rsatkichidir va u 104 boshlang‘ich harid narxidan taxminan olti marta ko‘proq. Egalik qilish qiymati kompyuterlarga dasturiy ta’minlanishlarni o‘rnatish, ularni tarmoqli muhitga ulash, birga bo‘la olishligini ta’minlash, operatsion tizimga sozlashga va texnik vositalarning majmuasini qo‘llab-quvvatlash va kuzatish bo‘yicha tizimning mutaxassislarini ish vaqtida vujudga keladigan boshqa ko‘pgina majburiy kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar harajatlaridan vujudga keladi. 3.Banklarda axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minlanishi. Bank vaqt bo‘yicha rivojlanuvchi ob’ekt bo‘lib ham axborot muhitining miqdoriy o‘zgarishini (ishlab chiqilayotgan ma’lumotlarning hajmini, foydalanuvchilar sonini va boshqalarni ko‘payishini), ham miqdoriy o‘zgarishlarni (yechilayotgan vazifalarning turlitumanligini kengayishi, ularning xarakterini o‘zgarishini) vujudga keltiradi. Xuddi shunday qurilgan avtomatlashtirilgan tizim ba’zi bir vaqt davomida tubdan zamonaviylashtirishlarni o‘tqazmasdan xuddi shunday rivojlanishi kerak. Tizimning saloxiyatli imkoniyatlari (yoki asosiy cheklanishlari) qoidaga ko‘ra, ishlab chiqilgan asosiy dasturiy vositalarning imkoniyatlari bilan kuchli bog‘langan. Shuning uchun avtomatlashtirilgan bank tizimlariga talablarning birinchi guruhi - bu asosiy ta’minlanish (operatsion tizim, MBBT, dasturlashni avtomatlashtirish vositalari va boshqalar)ga talablardir. ABTga talablarning ikkinchi guruhi uning amaliy qismini shaxs, bank tizimi va uning iste’mol xususiyatlari sifatida ta’riflaydi. Ularga vazifaviy diapazonning kengligini, interfeysning qulayligini kiritish kerak. Tizimning bunday sifati aniq ishlab chiqaruvchilarni kasbiy mahoratlariga bog‘langan va bittagina asosiy dasturiy vositalar doirasida kuchli turlanishlari mumkin. Bank amaliyotining ko‘rib chiqilishi bazaviy vositalarga quyidagi talablarni shakllantirishga imkon beradi. Bank tizimi tomonidan ko‘p vazifali usulni va ma’lumotlarga ko‘p foydalanuvchi kirishini ta’minlanishi zarur. Ushbu holda ko‘p vazifalilik ostida operatorning ish joyidan ajratib olingan avtonom jarayonlarni tizimga kiritish imkoniyati tushuniladi. Jarayonlar telekanal bo‘yicha kelib tushgan hujjatlarni avvaldan ishlab chiqish, hisobotlarni shakllantirish, ishlab chiqilayotgan hujjatlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarini bajarish va boshqalar bo‘yicha vazifalarni bajarish, shuning bilan mutaxassislarning ish joyini qisman ozod qilishi mumkin. Bunday usul nafaqat xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha, balkim katta miqdordagi, bir xil shakldagi va qo‘lda bajariladigan operatsiyalarni AATexga yuklashga va kelib tushayotgan ma’lumotlarning yaxlitligi ustidan avtomatlashtirilgan nazoratni ta’minlashga va shuning bilan bank tizimining faoliyat yuritishini qulayligi , samaradorligi va ishonchliligini oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari barcha jarayonlar bank tizimini parallel, vaqt bo‘yicha uzoq cho‘ziladigan va o‘zaro almashtirib bo‘lmaydigan harakatlarni talab qiluvchi murakkab operatsiyalarining bajarilishini ta’minlaydi. Xususan, faqat ko‘p vazifali usul integratsiyalashgan bank tizimini to‘liq darajada amalga oshirilishini ta’minlashi mumkin. 4. Bank ma’lumotlarini xavfsizligini ta’minlash Keyingi yillarda bank faoliyatida ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash muammosi kuchaymoqda. U o‘z ichiga bir necha jihatlarni oladi. Birinchidan, bu foyda-lanuvchilarning vakolatlarini epchil, ko‘p bosqichli va ishonchli tartibga solinishidir. Bank axborotlarining qimmatliligi ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalashga, shu jumladan, jarayonlarni, ma’lumotlar holatini o‘zgarishlarini boshqarishni nazora-tiga alohida talablar qo‘yadi. 105 Ikkinchidan, ma’lumotlarning yaxlitligi va bir-birla-riga zid bo‘lmasliklarini qo‘llabquvvatlash vositalarini mavjudligi. Bunday vosita-lar kiritilayotgan ma’lumotlarning nazoratini amalga oshirish, ma’lumotlar o‘rtasi-dagi aloqalarni ushlab turish va nazorat qilish, hamda muvofiqlashtirilgan ma’lumot-larning qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlovchi operatsiyalar majmuasi usulida kiritish-ni nazarda tutadi. Uchinchidan, tizimli, dasturli va apparatli tuzilishlarda ma’lu-motlarni arxivlashtirish, tiklash va monitoringining ko‘p vazifali tadbirlarining mavjudligidir. 5. Bank AT ni tashkil qilishdagi texnik muammolari Avtomatlashtirilgan bank tizimlari faoliyat yuritishining ajralib turuvchi alomati katta hajmdagi ma’lumotlarni g‘oyatda qisqa muddatlarda ishlab chiqish zarurligidir, bu unumdorlik oldiga talablar qo‘yadi. Bunda asosiy ma’lumotlarni kiritish, o‘qish, yozish va uzatish operatsiyalarini ko‘zda tutadi. Bularning barchasi MBBTning unumdorligi va ma’lumotlarni uzatishni ta’minlovchi vositalar oldiga g‘oyat qat’iy talablar qo‘yadi. Bundan tashqari axborotlarning katta hajmlarini tahlil qilish, bashorat-lash va nazorat qilish imkoniyatlarini ta’minlash uchun bank mutaxassisining tezkor usulda kira olishi zarur. Shuning uchun ushbu vositalar ma’lumotlarning katta va doimo o‘sib boruvchi hajmlariga unumdorlikni yo‘qotmasdan kirishni qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lishi kerak. Tizimga qo‘yiladigan yuklamalarni oshib borish sharoitida unumdorlikni qo‘llabquvvatlash ko‘pgina kudratliroq apparatli platformaga utish zarurligiga olib keladi ("kuchirishlik" xususiyati). Shuning uchun bazali vositalar amaliy tizimini yangi apparatli platformaga amaliy dasturiy ta’minlanishini hech qanday chuqur o‘zgarishlarsiz ko‘chirish imkoniyatni ta’minlashlari kerak. Bazaviy vositalarda har xil dasturiy platformalar (DOS,NetWare, Windows NT, UNIX va boshqalar)ni birlashtirish imkoniyatini va buning natijasida tizimni epchillik bilan kengayishi va o‘sishini, uning yangi ish joylar va har xil sinfdagi serverlar bilan to‘ldirilishi imkoniyati bilan ta’minlovchi tarmoqli vazifalarni mavjud bo‘lishi zamonaviy tizimning zarur belgisi bo‘ladi. Amaliy va iste’mol xususiyatlariga nisbatan ABTning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: vazifaviy majmuaning yetarlicha kengligi, tizimning integratsiyalashuvi, konfiguratsiyalashi, ochiqliligi va sozlana olinishi. Bank tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarning ro‘yxatini ikkita qismga: majburiy va qo‘shimcha vazifalarga bo‘lish mumkin. Birinchilarga, qoidaga ko‘ra har qanday tijorat bankida bo‘ladigan va tizimda u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari kiritiladi va ikkinchilarini tanlash esa bankning ixtisoslashuviga bog‘liq. Bankni avtomatlashtirishning asosiy natijalaridan biri uning boshqarilish darajasini sifatini oshishi bo‘lishi kerak. Bu vazifaning yechimi butun bank jarayonini modellar va iqtisodiy matematik usullardan foydalanish bilan birlashtiruvchi to‘liq integratsiyalangan tizimini ishlab chiqish yo‘lida yotadi. Haqiqatdan ham, faqat ana shunday tizim bankda mavjud bo‘lgan barcha vazifaviy va axborotli aloqalarni xuddi shu dinamikada aks ettiradi va boshqa holatning ko‘p ekspertli ko‘rinishini shaklantirishga imkon beradi. Bundan tashqari bunday tizim har qanday bosqichdagi ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi va shuning bilan birga nafaqat barcha kerakli axborotlarni taqdim etadi, balkim bank ishini detallashtirishni istalgan darajasi bilan nazorat qilish imkonini beradi. Tizim tomonidan bankning biznes 106 jarayonlarini to‘liq qo‘llashda aks ettirilishi bankni faoliyat yuritishining ishonchliligi va aniqliligini ancha oshirishga, intuitiv boshqarishda ma’lum bir shaklga o‘tishiga imkon beradi. Har xil konfiguratsiyali tizimlarni harid qilish imkoniyati foydalanuvchilar uchun sezilarli qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun tizimni ko‘rib chiqishda modullar va ular tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalarning majmuasini, modullarning avtonomlik darajasini, modullararo o‘zaro ham-korlikni mavjudligini va uni amalga oshirish shakllarini (modullar orasi-dagi pochta, boshqarish xabarlarini jo‘natish va boshqalar), tizimning ehtimol bo‘lgan konfiguratsiyasini uning faoliyat yurituvchi qismidan qat’iy nazar eng kichik tarkibini, kengaytirish imkoniyatlarini hisobga olish muhimdir. Tizimning ochiqligi unda rivojlanish va zamonlashtirish uchun vositalar, CASE, 4GL vositalar (turtinchi avlod tillari), tashqi (ishlab chiqaruvchilar tomonidan yozilmagan) tadbirlar, so‘rovlar generatorlari, ma’lumotlarning import-eksport tadbirlarining mavjudligini ko‘zda tutadi. O‘zgarishlar kiritishga ehtiyoj bankda yetarligi ko‘proq vujudga keladi. Ammo zamonaviylashtirishni amalga oshirish uchun ishlab chiquvchi firmani jalb qilish hamma vaqt ham mumkin bo‘lmaydi. O‘zgarishlar kiritishning shoshilinchliligi, moliyaviy cheklanishlar, tijorat siri, muloxazalar (agar gap tizimda yangi texnologiya elementlarini aks ettirish haqida ketsa), ishlab chiquvchidan geografik uzoqliligi va boshqa to‘siqlar bo‘lishi mumkin. Tizimning sozlana olinishi aniq bankning texnologiyasiga moslashish uchun zarurdir. Sozlash zaruriyati odatda bankda ABTni o‘rnatishda vujudga keladi, ammo banklar operatsiyalari texnologik o‘zgarishlarning natijasi ham bo‘lishi mumkin. Sozlana olishlik tizim parametrlar va shablonlar majmuasi, operatsiyalar, shartnoma-lar va boshqa matnli hujjatlar shablonlari mavjudligini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, sozlana olishlik tizimni tadbirli sozlash imkoniyati: foydalanuvchilarning huquqlarini tartibga solish, ish joylarini konfiguratsiyalash, operatsiya kunini ochish va yopish tadbirlari majmuasini ko‘zda tutadi. Talablarni shakllantirilgan ro‘yxati bank tizimini va ularning qiyosiy tahlilining oqibati sifatida baholanishini o‘tqazishga imkon beradi (bu dasturiy mahsulotlardan foydalanuvchi uchun asosiy qiziqish tug‘diradi). Ammo haqiqatdan ham ko‘rib chiqilayotgan bank tizimlarining qiyosiy bahosi ham asosiy dasturiy vositalarining arxitekturasi va tanlanilishida (MS DOSdan tortib UNIXgacha), va vazifaviy imkoniyatlarida namoyon bo‘ladi. Arxitektura yechimlarining diapazoni g‘oyatda keng, amalda mustaqil mahalliy faoliyat yurituvchi ixtisoslashtirilgan tizimchalarning yig‘indisidan tortib, to to‘liq integratsiyalashgan majmuagacha bo‘ladi. Bunda har xil ishlab chiqaruvchilar majmualaridagi bir-birlariga mos keluvchi tizimchalar turli xildagi vazifaviy to‘ldirilishga egalar. Xatto operatsiyalar kuni kabi klassik tushunchaga ham keng talqin qilinadi. Masalan, hisobotlarni shakllantirish ushbu tizimgacha kiritilishi mumkin, balki alohida vazifaviy modulga chiqarilishi ham mumkin, operatsiya kuni schetlarni ochish yoki yopish bo‘yicha vazifalar bilan ta’minlanishi mumkin, yoxud bu harakatlar maxsus ma’muriy blokdan amalga oshirilishi mumkin. Aniq foydalanuvchilarning baholash shkalalarini shakllantiruvchi omillariga, yuqorida sanab o‘tilgan nisbatan ob’ektiv talablardan tashqari sub’ektiv, ammo haridor uchun g‘oyatda muhim bo‘lgan jihatlarni: haridor bankda qabul kilingan texnologiyalarning aniq bank tizimiga mosligi, tizimning qiymati (u ko‘pgina hollarda uning boshqa ob’ektiv afzalliklarini yo‘qqa chiqaradi), ishlab chiqaruvchi firmaga ishonch darajasini qo‘shish zarur. Keyingi ko‘rsatkich masalan, tizim qurilmalarining soni ushbu ABTdan foydalanuvchi banklarning ahamiyati haqidagi ma’lumotlar, hamda uning ish haqidagi muloxazalari asosida shakllanishi mumkin. 107 Hozirgi vaqtda foydalanilayotgan ko‘pgina bank tizimlari yo mahalliy, yoki tarmoqli ("fayl-server" konfigurasiyasidagi) usulda faoliyat yuritayotgan DOS majmualaridan iborat bo‘ladi. Shuning bilan bir vaqtda ABT bozorida ko‘p platformali asosidagi tizim (odatda uning bankning UNIX tizimlari deb nomlanishi judayam to‘g‘ridir) mavjud bo‘lishi yaqqolroq sezilmokda. Bunday majmua qurilmalarining umumiy soni yuzdan oshib ketmagan bo‘lsa ham, UNIX tizimlari ABTning goyatda istiqbolli tarmog‘i hisoblanadi. Ammo ehtimol bo‘lgan yechimlar (DOS, UNIX,Windows NT, va boshqalar)ni taqqoslashda ko‘pgina harajatlarning tizimini harid qilishi va kuzatish bilan bog‘liq harajatlar: asosiy dasturiy vositalar, hisoblash texnikasining qiymati, shaxsiy tizimning narxi, xodimlarga ish haqi to‘lash nazardan chetda qoladi. Bu pozitsiyalar bo‘yicha DOS tizimlari kichik va o‘rta banklarning katta kismi uchun ancha jalb kiluvchi hisoblanadi. An’anani ham hisobga olish kerak: DOS/IBM PC dasturiy texnik vositalar bizning mamlakatimizda ko‘p yillardan beri (nafaqat bank sohasida) ustunlik qilib kelmoqda, shuning uchun ham boshqa yechimlarga o‘tish jiddiy masalalarni yechishni talab kiladi. Ammo sabablar ko‘pgina hollarda yo‘q. Gap shundaki, yaqqol ko‘rinuvchi asosiy kamchiliklarga qaramasdan, DOS operatsion tizim majmualari ko‘p sonli banklarda o‘zlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalashmoqdalar. DOS operatsion tizimlarga quyidagi e’tirozlar bildiriladi: 1 Kamroq unumdorligi, ma’lumotlarning katta hajmlarini qo‘llab-quvvatlash mumkin emasligi. Gap shundaki, tijorat banklarining katta qismi g‘oyatda yosh, keyingi vaqtlarda jamlangan ma’lumotlar va joriy hujjat almashuvining hajmi odatda ham qo‘llab-quvvatlash va ham unumdorlikga nisbatan DOS operatsion tizimiga mos kela olmaydigan darajada katta emas. Ammo AATexni takomillashtirish masalasi hal qilinayotgan hollarda tizimning sifatini oshirish tarmoqning serverini qudratlirog‘ida almashtirish yo‘li bilan hal qilinishi mumkin. Bu tizimni yetarlicha uzoq muddatga mustaxkamlikning zahiralari bilan ta’minlaydi. Shaxsiy MBBTda fundamental cheklanishlarga chiquvchi vaziyatlar hozirgi vaqtda nisbatan kam sonli yirik banklar uchun xosdir. Xususan, DOS operatsion tizimlarda jiddiy muammolar millionlab yozuvlarni o‘z ichiga oluvchi jadvallarni qo‘llab-quvvatlanishi zarur bo‘lganda (jismoniy shaxslar, hissadorlar, pul qo‘yuvchilarga xizmat ko‘rsatishda xuddi shu narsa talab qilinishi mumkin), tarmoqdagi ish joylarining soni tez oshganda ("fayl-server" arxitekturasi katta grafikani yaratadi) vujudga keladi. 2 Ma’lumotlarning xavfsizligini yetarlicha darajada ta’minlash mumkin emas. Bu muammo ko‘pchilik banklar tomonidan seziladi, ammo ko‘pgina hollarda u oddiygina nazarga ilinmaydi. Qiymatiy muloxazalar hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladilar, ma’lumotlarning xavfsizligi muammosi esa qisman tashkiliy texnik tadbirlar: quvvat bilan to‘xtovsiz ta’minlash manbasini o‘rnatish, tizimli ishlar tartibiga rioya qilish, hisoblash vositalaridan foydalanish ustidan nazorat qilish va boshqalar bilan bartaraf qilinadi. Vaziyatning keskinligi ko‘proq bizning mamlakatimizdagi telekommunikatsiyalar tizimining rivojlanmaganligi bilan kuchsizlan-tiriladi, shu sababli (elektron buzib qo‘yish) u bilan bog‘liq muammolar hozircha judayam muhim emas. 3 Arxitektura vositalarining cheklanganligi. Bu muammo u yoki bu bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun bir necha o‘zaro hamkorlik qiluvchi va vaqt bo‘yicha uzoqqa cho‘zilgan jarayonlarning mavjudligi zarur bo‘lgan vaqtda vujudga 108 keladi. DOS operatsion tizimi doiralarida vazifa odatda har bir jarayon ostida mahalliy tarmoq stansiyasini ajratish bilan hal qilinadi. Bunday yechim yaqqol cheklanishga ega. Ammo bank rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida murakkab operatsiyalar judayam ko‘p bajarilmaydi, shuning uchun ushbu kamchilik sezilmaydi. Shunday kilib, DOS operatsion tizim majmualarining kamchiliklari bankni o‘r-ta sinfdan yuqoriga o‘tish bosqichida namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning bilan bir vaqtda DOS operatsion tizimlar kichik qiymati va cheklangan imkoniyatlarining bitim tufay-li qulay bo‘lib, ko‘pgina kichik va o‘rta banklarning bugungi ehtiyojlarini qoplaydi. DOS operatsion tizim majmualaridan keyin keluvchi bosqich sifatida Novell NetWare doiralarida "mijoz-server" arxitekturasida qurilgan operatsion tizimni tavsiya etish mumkin. Nowell firmasi tomonidan taklif etilgan amaliy ishlamalar tizimi (App Ware) yakin vaqtlar ichida bunday tizimlarning sifatini ancha oshirishga imkon beradi. Yana mamlakatimiz iste’molchilarini ham mavjud hisoblash texnikasining parki va bankda ishlovchi dasturlovchi-larning ixtisoslashishi va tajribasi bilan asoslangan Nowell Ware doirasida yechishga tayyor-liklarini ta’kidlash ham zarur. Kutish mumkinki, bunday turdagi avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlari yaqin vaqtlarda yetarlicha ommaviy bo‘ladilar va bunday holat uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ko‘p platformali MBBT asosida ishlab chikilgan ABTga kelsak, ular amalda yuqorida muloxaza qilingan muammolardan holi, ammo boshqa, narx jihatdan to‘siqlarga duch kelmoq-da, asosiy dasturiy vositalar va ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun talab qilinadigan hisoblash texnikasining qiymati yuqorida ko‘rib chiqilgan yechimlar uchun o‘xshash bo‘lgan ko‘rsatkichlardan ancha oshib ketishi mumkin. Shuning uchun ushbu sifatdagi ABTning iste’molchilari yaqin kelajakda, shubhasiz, yirik va ehtimol, ba’zi bir o‘rta banklardan iborat bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan talablarni qondiruvchi dasturlar Respublikamizda ishlab chiqilgan. AISKB ( tijorat banklarining avtomatlashtirilgan axborot tizimi) Fido-Biznes firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. AISKB negizida Oracle MBBT va kliyent-server texnologiyasi qabul qilingan. Dastur bevosita Oracle Workgroup Server yeki Oracle Enterprise muhitlarida ishlashga mo‘ljallangan. AISKB respublikamizning barcha viloyat banklarini, umuman barcha banklarning 80% ini qamrab olgan. Foydalanuvchi qo‘llanishlar (amaliy dasturlar)ni ishlab chiqishning tezligidan turli sohalarida tatbiq qilish muddati ham yotadi, banklar uchun bu ayniksa muhimdir. Birinchi navbatda bu fond operatsiyalariga tegishli, bunda vaqt omili hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yangi moliyaviy qurollar bilan ishlash vositalari tez ishlab chiqarilishi kerak. Dasturiy ta’minlanishning avtomatlashtirilgan ishlab chiqish sohasida turli-tuman yondashishlar va vositalar mavjud. Ular bank xizmatlari va biznesning yangi shakllarini rivojlantirishga ko‘maklashadilar. 6. Plastik kartochkalar tasnifi Bank tizimida zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini joriy qilinishi natijasida bank va mijoz orasidagi mavjud aloqalarini to‘liq kompyuterlarga asoslangan pog‘onaga olib chiqish imkonini yaratdi. Mijoz telefon orqali o‘z kompyuterini bank kompyuteri bilan ulab, hisob raqamidagi holatni bilishi va u bilan operatsiyalar bajarishi mumkin bo‘ladi. Ushbu jarayonni foydalanuvchi nafaqat kompyuter yordamida, balki plastik kartochka yordamida ham amalga oshirish mumkin. Plastik kartochka – mashinaviy axborot tashuvchisi bo‘lib xizmat qiladi. Plastik kartochkalar quyidagi faoliyatlarda qo‘llanilishi mumkin: 109 1. korxonaga kirish ruxsatnomasi sifatida (access control); 2. telefon kartochkasi sifatida (phonecard); 3. biznes kartochkasi sifatida (business card); 4. shaxsiy guvoxnoma sifatida (pass control); 5. shofyorlik guvoxnomasi sifatida; 6. talabalar bileti sifatida; 7. mantiqiy ruxsatnoma sifatida (masalan, kompyuterga kirish uchun); 8. elektron tizimlarga kirishga mo‘ljallangan ruxsatnoma sifatida (log-on access); 9. haridor kartochkasi (shopping card); 10. bank kartochkalari (bank card); 11. bankomat kartochkalari (ATM-card); Plastik kartochka – mashinaviy axborot tashuvchisi bo‘lib, yozilish va saqlash usullari bo‘yicha tasniflash mumkin. Hozirgi kunda magnit kartochkalar (MK), xotira kartochkalar (XT), smart kartochkalar (SK) va supersmart kartochkalari (SSK) farqlanadi. MK xotirasi 100-200 bayt bo‘lib, quyidagi ma’lumotlarni saqlashi mumkin: kartochka va foydalanuvchining identifikatori, qo‘llanish davri, ichki kodi va funksional ma’lumotlarni yozish maydoni. Ushbu kartochkalar ishlab chiqarish va uning tannarxi oz bo‘lganligi sababli keng tarqalgan. Zaif tomonlari: himoyalanish darajasi yuqori emas, shu bois talofat umumiy oborotni 0,5-10% ini tashkil qiladi, shuning 22,6%i firibgarlar tomonidan, 17%i kartochkalarni yo‘qolishi munosabati bilan yetqazilgan. 1986 yilda faqatgina Angliyaning o‘zida firibgarlar tomonidan 64000 dollar o‘g‘irlangan. 1998 yilda qalbaki kartochkalar yerdamida emitentlarni 15% mablag‘i o‘g‘irlangan. Hozirgi kunda juda keng tarqalgan kartochka bu SK, smart-karta. SK ISO standartiga mos keladigan o‘lchamlarga ega bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: protsessor, xotira (PZU, o‘zgaruvchan PZU, OZU), kiritish-chiqarish tizimi. Kartochka o‘z operatsion tizimidan iborat bo‘lib, xavfsizlik tizimiga ega, qaysikim kodlash orqali ma’lumotlarni himoyalab qo‘yishi mumkin. Ushbu kartochkalarni qalbakilash juda murakkab va nusxalash umuman mumkin emas. 7.Banklarning Internet tarmog‘i orqali qimmatli qog‘ozlarni sotishdagi o‘rni Jahonning barcha fond bozorlari shu funksiyani bajaradilar. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari har bir baquvvat investorga Internet orqali yirik fond bozorlari faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini yaratmoqda. Ivestor brokerlarni chetlab o‘tgan holda kam sarfharajatlar bilan barcha zarur axborotni olishi va aksiyalarni mustaqil ravishda o‘zi harid qilishi va sotishi mumkin. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning qimmatli qog‘ozlar bozori juda yaxshi tashkil etilgan va yuksak texnologiyali savdo jarayonini ta’minlay oladigan darajada rivojlangan infratuzilmaga ega. Axborot xizmatlarining rivojlanishi, bozor haqidagi ma’lumotlar aniqligi va haqqoniyligini ham oshirdi. Bu esa, o‘z navbatida qimmatli qog‘oz-lardan foyda olishga intilayotgan yangi-yangi investorlarni bozorga jalb qiladi. Internet tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar faqat bu jarayonlarni tezlash-tiribgina qolmadi, balki ularni sifat jihatidan ham o‘zgartirdi. Internet haqiqat-dan ham moliyaviy tranzaksiyalar va investitsiyalar uchun global taqsimlovchi muhitga aylanib bormoqda, apparatlar va dasturlarning minimal zahiralari mavjud bo‘lgan sharoitda ham dunyoning turli burchaklaridan unga osongina kirish mumkin bo‘lib qolmoqda. AQSH yuksak texnologiyali kompaniyalarning aksiyalar bilan 110 amalga oshira-digan operatsiyalari moliya dunyosida tan olingan. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Internet tarmog‘ining bugungi kundagi faoliyati ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Valyutani tartibga solish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan hukumat qarorlari shundan dalolat beradi. 2001 yil 23 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «2001-2005» yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet» ning halqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish «chora -tadbirlari» to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unda kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta’limning barcha sohalariga keng joriy etish, halqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, Internetga kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali dasturchi- mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida markaz tashkil qilish ta’kidlab o‘tildi. Ushbu qarorga asosan, fond bozorida Internet tarmog‘ini rivojlantirish, kuchli mutaxassislarni jalb etish va oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish, birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yildi. Rivojlangan mamlakatlar banklari o‘z xizmat darajalarini kengaytirgan holda mijozlarga Internetdan foydalanishning eng ma’qul yo‘llarini tavsiya qilmoqdalar. Bugungi kunda bank sohasida e-banking yangi termini paydo bo‘ldi yoki Internet –bank tarmog‘i yuzaga keldi. Internet bank tarmog‘i hozirgi kunda xizmat qilmoqda: * B2C- business-to – consumer * B2B - business-to- business * E-trading – birjalarda elektron savdo o‘tkazish. Internet-bank orqali mijozlar o‘z kompyuteri orqali bank tarmog‘iga ulanishi, telephone banking telefon orqali hisob kitob xizmatidan foydalanish va video banking interaktiv usullar orqali bank xodimlari bilan muloqotda bo‘lishi mumkin. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra rivojlangan mamlakatlarda bank mijozlarining 80foizi uyda yoki ishxonada o‘tirgan holda Internet orqali bank operatsilariga bemalol qatnashishi mumkin. Bu birinchidan, bank xodimlari ishini yengilashtirsa, ikkinchi tomondan, vaqtdan unumli foydalanishni va bank operatsiyalarini sifatli o‘tkazish imkonini beradi. № 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10. Davlatlar Afrika davlatlari Kanada AQSH Lotin Amerikasi davlatlari Osiyo davlatlari Germaniya Fransiya Italiya Boshqa Yevropa davlatlari Osiyo- Tinchokeaniya davlatlari Internet-bank xizmatidan foydalanuvchi banklar soni 23 32 1383 258 174 355 172 228 450 32 AQSH Internet –banklarida faoliyat olib borayotgan eng yirik banklaridjan tortib mini – banklarigacha Internet xizmatidan keng foydalanadilar.Qualisteam marketing xizmatining xabariga ko‘ra Internet bank xizmatidan foydalanish Yer yuzida quyidagicha tashkil etilgan. Jahon bozorida Internet – bank saytidan foydalanuvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda. Bu esa, moliyaviy bozorda raqobat muhitining yanada kengayishiga olib kelmoqda. 111 Hozirgi kunda AQShda 24,2 mln. kishi onlayn-bank xizmatidan foydalaniladi. Bu butun AQSH aholisining 21 foizini tashkil etadi. Yevropa mamlakatlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, J.P MORGAN kompaniyasi olib borgan statistik kuzatishlarga asosan, bank operatsiyalarini Iternet orqali olib borishda shu yillar davomida Angliya davlati yetakchilik qilib kelgan bo‘lsa, keyingi yillarda Germaniya davla-tida qimmatli qog‘ozlar bozorida Internet broker xizma-tidan foyda-lanish 500ming kishiga ortgan, Angliyada 300ming kishini tashkil qilgan. J.P MORGAN kompaniyasi ma’lumotlariga asosan, yana uch yildan keyin banklarda Internet orqali qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar soni Yevropa davlatlarida 17mln.kishiga ortishi kutilmoqda. Yevropa birjasining asosiy tayanchi bo‘lgan Londonda (butun aksiyalarning 30foizi) bu ko‘rsatkich 2mln.ga to‘g‘ri keladi.Angliyada bu ko‘rsatkichning kamayib ketishiga Angliya birjalarida monopoliyaning yuzaga kelganligini asosiy sabab qilib ko‘rsatmoqdalar. Datomonitor kompaniyasi ma’lumotiga asosan, Yevropa davlatlarining 25 foizi onlaynbank xizmatidan foydalanilmoqda. 2005 yilda bankdagi operatsiyalarni Inter-net orqali 27,1mln. kishi amalga oshirishi kutilayotgan bo‘lsa, elektron bank tizimidan 2005 yilda Angliyada 7,5 mln.kishi foydalanishi kutilmoqda. Germaniya, Fransiya, Italiya, Shvesiya va Belgiyada bu ko‘rsatkich 57 mln. kishini tashkil etishi ko‘zlanmoqda. Datomonitor kompaniyasi ma’lumotiga asosan, moliyaviy operatsiyalarni bank orqali o‘tkazish Shvesiyada -54, Norvegiyada -48,1, Daniyada-44, Italiyada-12,5, va Belgiyada 7 foizni tashkil qilar ekan. Internet- bankni qanday qilib tanlash mumkin. Comes-com reyting agentligi mutaxassislari jahondagi 78 ta bankni 2002 yil holatiga asosan 100 ta mezon orqali baholashgan, vaqtdan unumli foydalanishni va bank operatsiyalarini sifatli o‘tkazish imkonini beradi. 1. 2. 3. Securiti First Networe Bank Wells Fargo Net B@nk - 7,16 - 6,41 6,21 Securiti First Networe Bank kredit ajratish bo‘yicha 15 –o‘rinni xizmat ko‘rsatish bo‘yicha esa 13 o‘rinni olgan bo‘lsa, Wells Fargo esa dasturlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda birinchi o‘rinni, belgilangan tariflarning yuqoriligi bo‘yicha 65 o‘rinni olgan Net B@nk samarali hisob- kitob bo‘yicha birinchi o‘rinni, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha oxirgi o‘rinni egallagan. Mijozlarning konfidensialligi bo‘yicha Securiti First Networe Bank birinchi o‘rinni, eng arzon xizmat ko‘rsatish bo‘yicha USABANC Shares.com birinchi o‘rinni, kredit berish bo‘yicha WingspanBank.com birinchi o‘rinni egallagan. MDH davlatlarida. Asosan Rossiyada sanoqli banklargina Internet-banktizimidan keng foydalanmoqda. Masalan, bunga Avtobank, Telebank, Platina bank va boshqalar banklarni misol qilib keltirish mumkin. Ozarbayjonning Consulting & Business «United credit bank», «Debjet bank», «Mostbank Azerbaydjan» va boshqa banklarda bank operatsiyalarining 7 foizi Internet –bank tizimiga to‘g‘ri kelar ekan. Markaziy Osiyo davlatlarida bu jarayon keng qamrovli holatda emas. Garchi, respublikamizda bu jarayon istiqbollari ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, undan to‘liq va yetarli 112 foydalanilmayapti. Bunda ham albatta, o‘ziga xos bir qator muammolar mavjud. Bu boradagi asosiy muammolar: mutaxassislar yetishmasligi; Internet-broker tizimining keng joriy etilmasligi; hamkorlikdagi seminarlarning yetarli tashkil etilmasligi; banklarda marketing xizmatining yuqori darajada emasligi; korporativ boshqaruv tizimning eskirganligi kabilardan iborat. Takrorlash uchun savollar 1.Bank avtomatlashtirilgan AT larini ishlab chiqish muammolari nimalardan iborat? 2.Bank tizimida Mijoz-server texnologiyasini qo‘llashdan maqsad nima? 3. Bank avtomatlashtirilgan AT ning tarkibiy tuzilishini aytib bering. 4.Bank ma’lumotlarini xavfsizligini ta’minlash usullari? 5. Plastik kartochkalarni tasniflab bering. Tayanch so‘z va iboralar Bankning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari; SWIFT; Bank ma’lumotlarini xavfsizligi; ABT ning vazifaviy majmuaning yetarlicha kenglik xususiyati; ABTning integratsiyalashuv xususiyati; ABTning konfiguratsiyalash xususiyati; ABTning ochiqli-lik va sozlana olinish xususiyati; Tijorat banklarining avtomatlashtirilgan axborot tizimi; Plastik kartochka; Test savollari 1. Axborot oqimlarining jadalligi va hajmlari, ishning usullari va bank tizimi vazifalarini amalga oshirishning xususiyatlari bilan nima belgilanadi.? A). texnik vositalarning miqdori va tarkibi B). texnik vositalarning miqdori C). texnik vositalarning tarkibi D). printer vositalarning miqdori va tarkibi E). kompyuterlarning miqdori va tarkibi 2. Bank faoliyatida kompyuterlarning tarmoqli boshqaruvning markazlashtirilgan tizimini tatbiq etish ijobiy tomonlari nimada? A). masofadan konfiguratsiyalash, nazorat qilish, buzilishlarni bartaraf qilish B). masofadan konfiguratsiyalash C). masofadan konfiguratsiyalash, buzilishlarni bartaraf qilish D). nazorat qilish, buzilishlarni bartaraf qilish E). buzilishlarni bartaraf qilish 3. ATM-card bu nima? A). bankomat kartochkalari B). bank kartochkalari C). haridor kartochkasi D). mantiqiy ruxsatnoma kartochkalari E). talabalar bileti kartochkalari 113 4. access control Plastik kartochkalari qaysi faoliyatda qo‘llaniladi A). korxonaga kirish ruxsatnomasi sifatida B). telefon karotochkasi sifatida C). biznes kartochkasi sifatida D). shaxsiy guvoxnoma sifatida E). shoferlik guvoxnomasi sifatida 5. Magnit Kartochkalarning xotirasining hajmi qancha bo‘lishi mumkin? A). 100-200 bayt B). 150-200 bayt C). 200-400 bayt D). 300-500 bayt E). 0-100 bayt 6. Magnit Kartochkalarida qanday ma’lumotlarni saqlash mumkin? A). kartochka va foydalanuvchining identifikatori, qo‘llanish davri, ichki kodi va funksional ma’lumotlarni yozish maydoni B). funksional ma’lumotlarni yozish maydoni C). kartochka va foydalanuvchining identifikatori, qo‘llanish davri, ichki kodi D). kartochka va foydalanuvchining identifikatori E). kartochka va foydalanuvchining identifikatori va funksional m’lumot-arni yozish maydoni Foydalanilgan adabiyotlar 1. Postanovleniye Kabineta Ministrov RUz “O merax po uskoreniyu vipuska v obrasheniye debetovix i kreditnix kartochek VISA” №268 ot 26.05.1994g. 2. Informatsionnie sistemi v ekonomike/Pod red. V.V.Dika - M.: Finansi i statistika, 1996.124-207s. 3. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-281-315 betlar. 4. Yerzin E. Xoroshix «produktov» v O'zbekistane stalo bolshe/Kompas, 2002, №1.-S.38-43. 114 16-mavzu: Soliq tizimida axborot texnologiyalari (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Soliq ishini tashkil qilish 2. Soliqning funksiyalari 3. Davlat soliq inspeksiyasida boshqaruv tizimi 4. Soliq tashkilotlarida axborot texnologiyalarning roli va ularni rivojlantirish yo‘llari. 5. Soliq tashkilotlaridagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi 1.Soliq ishini tashkil qilish Soliq tizimi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar oladigan daromadlardan davlat soliq idoralari (organlari) undiradigan soliqlar majmui, shuningdek soliq solish usullari va qoidalaridir. Davlat soliq organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Soliq qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi, soliqlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish; Soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shartlarni ta’minlash, soliq majburiyatlarni bajarishda soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish; Soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish; Soliq solish sub’ektlari va ob’ektlarini to‘la va o‘z vaqtida hisobga olishni ta’minlash; Soliqqa doir huquqbuzarliklarni aniqlash, va oldini olish va bartaraf qilish; Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish kilishlarining hammasini muvofiqlashtirish; Jismoniy va yuridik shaxslarni, byudjetga soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lovchilarni, yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish ob’ektlarni hisobga olishning to‘laqonli bazasini yaratish; Yagona telekommunikatsiya tizimini yaratish; Tashkiliy va kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish va kuchaytirish; Me’yoriy –huquqiy bazani yanada takomillashtirish; Belgilangan bashorat ko‘rsatkichlarga muvofiq byudjetga to‘lovlarning to‘liq tushishini ta’minlash; Soliq tizimining unumdorligini va samaradorligini oshirish, salbiy ta’sir va xatar darajasini pasaytirish; Davlat soliq xizmati organlari ishining samarali bo‘lishi uchun davlat soliq ko‘mitasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: Soliq axborotini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashning eng sermehnat jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida soliq tushumlari, barcha soliq to‘lovchilar – yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi; Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika ta’minoti, materiallar va uskunalarga ajratilgan fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi; Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlanish va moddiy-texnika ta’minoti maxsus fondini to‘g‘ri shakllantirish, taqsimlash va ishlatish ustidan nazorat qiladi. 115 Soliqlar va soliq to‘lovchilarning hisobga olishlarining yagona kompyuter tizimini yaratish, davlat soliq xizmati organlarini moddiy – texnikaviy ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi va xorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi. 2.Soliqning funksiyalari Soliq tizimida uning beshta asosiy funksiyasi ajratib ko‘rsatiladi: soliq hisobining fiskal (xazinaga oid) funksiyasi; qayta taqsimlash funksiyasi; rag‘batlantirish funksiyasi; soliq hisobining nazorat funksiyasi; soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. 1. Soliqning asosiy funksiyasi – fiskal vazifa hisoblanadi (lotincha fiscus – xazina). Buning ma’nosi shuki, soliqlar yordamida pul zahiralarining markazlashtirilgan fondi tashkil etiladi, unga davlat apparati, qurolli kuchlarni tutib turish, shuningdek zarur ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajarish uchun mamlakat xukumati egalik qiladi, ya’ni eng muhim umumdavlat, xalq xo‘jaligi vazifalarini hal etish uchun, korxona va fuqarolar olgan daromadlar bir qismini soliq to‘lovlari sifatida olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiksal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Bozorlar munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning yana bir muhim tomoni ularning iqtisodiyetdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar yordamida tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muxiti» yaratadi. 2. Soliqlarning yana bir funksiyasi qayta taqsimlashdir, ya’ni soliqlar tushishidan hosil bo‘ladigan pul zahiralarining davlat fondi (davlat byudjeti) orqali davlatdan olingan daromadlarning bir qismini qayta taqsimlaydi, ularni ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarga investitsiyalashga yo‘naltiradi. 3. Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy-xom ashe resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy axvolni mustaxkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. 4. Nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqga tortish ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisobkitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralarga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganlarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. 5. Soliqlarni hisoblash jarayenini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. Mazkur funksiya amaldagi qonunlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishlari shart bulmagan shaxslar uchun solik majburiyatlarini to‘g‘ri hisoblashga doir zarur soliq axborotini yig‘ish va qayta ishlash imkonini beradi. Masalan, soliqqa tortiladigan jismoniy shaxslar yil davomida olgan daromadlari va qilgan harajatlarini hisobga olishlari shart. Jismoniy shaxslar buxgalteriya hisobini yuritishlari shart bo‘lmagani uchun barcha hisob funksiyalari soliqqa tortish maqsadlari uchun hisobga, ya’ni soliq hisobiga yuklanadi. 116 3.Davlat soliq inspeksiyasida boshqaruv tizimi Tuman soliq inspeksiyasining rahbariyati asosan quyidagilardan iborat bo‘ladi, ya’ni: Boshliq, Boshliq muovini, Boshliq muovini, Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis, Nazorat qilish bo‘yicha Viloyat Davlat Solik Inspektori, Ijro nazorati bo‘yicha mutaxassis. Bundan tashqari har bir bo‘limda nazorat ishlari bo‘yicha boshliq va boshliq o‘rinbosarlari mavjud. Tuman Davlat Solik Inspeksiyasida boshqaruvchilarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1 Davlat soliq inspeksiyasining faoliyatini boshqarish; 2 O‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi Qaror va Farmoishlari va yuqori soliq organlari, buyruq va ko‘rsatmalari asosida va ularni bajara borib, davlat soliq inspeksiyasining barcha xodimlari ijro etishlari shart bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ko‘rsatma va tavsiyalar beradi; 3 Jinoiy protsessual majmuasiga muvofiq, davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i surishtiruv organining rahbari hisoblanadi, surishturuvchining qarorlarini tasdiqlaydi; 4 Davlat soliq inspeksiyasi xodimlarini o‘z vakolati o‘z doirasida lavozimiga tayinlaydi, lavozimni o‘zgartiradi, lavozimdan ozod qiladi; 5 Alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarga faxriy unvon va mukofotlar, soliq idoralari xodimlari uchun xukumat tomonidan belgilangan maxsus shaxsiy unvonlar berishga tavsiya qiladi; 6 Berilgan vakolatlar doirasida boshqa qonuniy huquqlarga ham ega. 4.Soliq tashkilotlarida axborot texnologiyalarning roli va ularning rivojlantirish yo‘llari. Tuman Davlat Soliq Inspeksiyasining xodimlari o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ularga ko‘pgina axborotlar kerak bo‘ladi. Bu axborotlarni banklardan yoki boshqa muassasalardan tez olish uchun ular ko‘pgina axborot texnologiyalaridan foydalanishlari lozim bo‘ladi. Inspeksiyaning har bir bo‘limlari zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan, ya’ni idoradagi soliq to‘lovchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitob ishlari to‘la avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Inspeksiyaning har bir xodimi o‘z avtomatlashgan ish o‘rniga ega bo‘lishi, ular kerakli ma’lumotlarga tez va yuqori sifatda texnik vositalar orqali ishlov bera olishlari zarur. Umuman olganda soliq inspeksiyasida avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish, bu yerda qo‘l mehnatini qisqartirishga va shu sababdan soliq to‘lovchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitob ishlarini osonlashtirishga olib keladi. Har qanday tashkilot va korxonalar bo‘yicha axborotlarni juda tezlik bilan qo‘lga kiritish va yuqori tashkilotlarga taqdim etish imkoniyati yaratiladi. Bu esa Tuman Davlat Solik Inspek-siyasining xodimlarini mehnat unumdorligini va samaradorligini oshiradi. Tuman Davlat Solik Inspeksiyasining kelajakdagi asosiy maqsadlaridan biri - bu inspeksiyani bundan ham yuksak texnik vositalar bilan ta’minlash, soliq to‘lovchilar bilan 117 bo‘lgan hisob-kitob ishlarini yanada osonlashtirish, axborotlarni banklardan tez olish va axborotlarga ishlov berishni tezlashtirish hisoblanadi. Soliq tashkilotlarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (STAAT) – bu zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari va usullari asosida ma’lumotlarni qayta ishlash orqali soliq tashkilotlarini boshqaruvini zamonaviy shakli bo‘lib xizmat qiladi. STAAT ning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 1. qabul qilinadigan qarorlarning sifatini oshirib, soliq tashkilotini faoliyatini samarasini oshirish; 2. soliq inspektorlarining soliq qonunlari bilan ta’minlash; 3. soliq inspektorlarini ish unumdorligini oshirish; 4. soliq to‘lovchilarning ro‘yxatini doimiy kuzatish va soliq qonunlarini bajarilishini nazorat qilish; 5. soliqlar tushumini nazorat qilish va ularning dinamikasini aniqlash; 6. yuqori bo‘g‘indagi rahbarlarni barcha ma’lumotlar bilan ta’minlash; 7. qog‘oz ishlarini kamaytirish. STAAT ning funksional quyi tizimlarini belgilab olish bevosita soliq tizimining strukturasiga bog‘liqdir. Ikkinchi pog‘onada quyidagi quyitizimlarni ajratib olish mumkin: Namunaviy hisobot shakllarini tayyorlash. Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha soliqlar tushumini tasniflovchi statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tayyorlangan bo‘ladi. Nazorat qilish faoliyati. Bu yerda asosan jismoniy va yuridik shaxslarning ro‘yxati olib boriladi. Uslubiy, taftish qilish va huquqiy faoliyati. Bu yerda xukumat qarorlari va normativ hujjatlar bilan ishlash mumkin. Pastki pog‘onadan soliq qonunlarini bajarilishi yoki buzilishi haqidagi ma’lumotlar qayta ishlanadi. Tahliliy faoliyati. Tushumlarni tahlil qilish va bashoratlash, pastki pog‘onadagi soliq tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish. Tashkilotning ichki masalalari. Bu yerda bevosita soliq tashkilotining ichki masalalari, ya’ni faoliyatini boshqarish nazarda tutiladi. Uchinchi pog‘onada quyidagi quyitizimlarni ajratib olish mumkin: korxonalarni ro‘yxatga olish; 118 tashkilotlardan hisobotlarni qabul qilish; korxonalar kartochkalarini olib borish; hujjatiy tekshiruvlar; normativ va huquqiy hujjatlarni olib borish; tashkilotning ichki masalalari; jismoniy shaxslarning hujjatlarini qayta ishlash. 5.Soliq tashkilotlaridagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi Tuman Davlat Soliq Inspeksiyasi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining sxemasi Bu avtomatlashtirilgan ish joylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Tahlil bo‘limi AIJ 1 shaxsiy hisob varaqalarning hisobotlarini kiritadi; 2 inkassa talabnomalarini kiritadi; 3 korxonalar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalar qilinadi; 4 bankdan kelgan elektron talabnomalarni kiritadi; Kadrlar bo‘limi AIJ 1 boshliq tomonidan buyruqlarni kiritadi, 2 e’lonlar yoziladi, 3 inspeksiyaga kerak bo‘lgan hujjatlarni bosib chiqaradi. Boqimonda bo‘limi AIJ 1 boqimondalarni hisoblaydi; 2 korxonaning qarzlari bo‘yicha ogoxlantirish talabnomalari yoziladi; 3 solishtirish dalolatnomalari tuziladi; 4 qarzlari bo‘yicha xo‘jalik sudlari bo‘yicha materiallar tayyorlaydi; 5 muddati kelgan to‘lov talabnomalarini ro‘yhatini chiqariladi; 119 Buxgalteriya bo‘limi AIJ 1 to‘lov talabnomasi bilan ishlaydi; 2 to‘lov topshiriknomasi bilan ishlaydi; 3 ma’muriy jarima kiritiladi va boshqalar bilan ishlaydi. Huquqiy bo‘lim va jismoniy bo‘limlarning AIJ 1 dalolatnomalar yoziladi, o‘zgartiriladi; 2 hisobotlar kiritiladi va boshqalar. Axborot bilan ta’minlash bo‘limining administratori quyidagi vazifalarni bajaradi: 1 butun axborotlar bazasini har kuni arxivlaydi; 2 axborot tizimini takomillashtirish; 3 axborotlar bazasidan foydalanish uchun parol beradi; 4 korxonalar to‘g‘risida boqimonda bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantiradi; 5 hamma dasturlarni to‘liq ishlashi uchun javob beradi; Axborot bilan ta’minlash guruhida har kunlik bankdan kelgan axborotlar kompyuter orqali bosib chiqarilib, boshqa bo‘limlarga taqdim qilinishi shart. Inspeksiyaning ishini yaxshilash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak: 1 xodimlar malakasini oshirish, 2 tezkor kompyuterlarni sonini oshirish, 3 INTERNET kompyuter tarmog‘iga kompyuterlarni ulanishi, 4 banklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani o‘rnatish. Umuman olganda soliq inspeksiyasida avtomatlashtirilgan axborot tizimini shakllantirish qo‘l mehnatini qisqartirishga va soliq to‘lovchilar bilan hisob-kitob ishlarini osonlashtirilishga olib keladi. Har qanday tashkilot va korxonalar bo‘yicha axborotlarni juda tezlik bilan qo‘lga kiritish va yuqori tashkilotlarda taqdim etish imkoniyatini beradi, bu esa mehnat unumdorligi va samaradorligini oshiradi. Davlat byudjetining daromadlari asosan yuridik va jismoniy shaxslar-dan olinadigan soliqlar hisobidan to‘ldirilib boriladi. Soliqlarning qanchalik to‘g‘ri, to‘liq va aniq hisoblanishi soliq xizmatiga bog‘liq va uni qanchalik bajarilishi byudjet daromadini oshishi yoki kamayishiga ta’sir etadi. Shunday qilib, respublika soliq idoralarining bosh vazifasi – tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning soliq qonunlariga nechog‘li rioya etayotganliklarini tekshirib turishdan iboratdir. Shu bilan birga, taqdim etilgan hisobotlarni soliq idorasida ko‘zdan kechirish, joyiga borib buxgalteriya hujjatlarini, hisob ro‘yhatlaridagi yozuvlar, statistika va operativ materiallarini ko‘rib chiqish lozim. Bu o‘tqaziladigan tekshirishning asosiy maqsadi hisobkitob ma’lumotlarining to‘g‘riligini aniqlashdan, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini soxtalashtiruvchi turli-tuman xatolarni topib, to‘lovlarni hisoblash va to‘lashda qonuniylikka rioya etilishini va byudjet oldidagi majburiyatlar bajarilishini ta’minlashdan iboratdir. Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarilishida axborot texnologiya-larining qo‘llanilishi ularning ishlarini bir muncha yengillanishini, ya’ni ma’lumot bazalari-ing anik, tez va sifatli bajarilishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pchilik korxonalar ma’lumotlarni xuddi boshqa mulk turlari kabi saqlash, foydalanish va himoya qilish kerak bo‘lgan qimmatli zahira sifatida qaraydilar. Soliq xizmatida bir qancha hisob-kitob hujjatlari va varaqalari ishlatiladi. Bu hisob-kitob hujjatlari Davlat Soliq inspeksiyasi va soliq to‘lovchilar o‘rtasida Huquqiy bulim va jismoniy 120 bo‘limlarning AIJ larida to‘ldiriladi va yuritiladi. Quyidagilar asosiy soliq to‘lovchilar hisoblanadi: 1. Jismoniy shaxslar. 2. Yuridik shaxslar. Yuqoridagi har ikkala shaxslar o‘rtasida bir-birinikidan farq qiluvchi turli xildagi hisobkitob hujjatlari mavjud. Yuridik shaxslar bilan hisob-kitoblar jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan hisobkitoblarga qaraganda bir muncha qiyinroqdir. Yuridik shaxslar bilan, ya’ni korxona yoki firmalar bilan Davlat Soliq inspeksiyasi o‘rtasida soliq ob’ektlarining bir nechta turi bo‘yicha hisob-kitob ishlari olib boriladi. Bu hisob – kitob ishlari bir vaqtning o‘zida ham Davlat Soliq inspeksiyasi idoralarida, ham korxona yoki firmaning o‘zida olib boriladi. Bu hisob-kitob har oyda, kvartalda yoki yillik hisobot shaklida har bir korxona yoki firma va Davlat Soliq inspeksiyasi o‘rtasida qilinadi. Bu hisobotda korxonaning butun faoliyati va faoliyat natijalari ko‘rsatiladi. Shu bilan bir qatorda soliq ob’ektlari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan belgilangan soliq stavkalari, summalari va to‘lov muddatlari ko‘rsatiladi. Hisobot o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi: 1. Buxgalteriya balansi. 2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. 3. Soliq ob’ektining barcha turlari. 4. Ma’lumotnomalar (debetorlik va kreditorlik qarzlar haqidagi, yiliga bir marta to‘lanadigan). 5. Korxonaning hisoboti. Takrorlash uchun savollar 1. Davlat soliq organlarining asosiy vazifalari? 2. Soliq tizimining asosiy funksiyalari? 3. Soliq tashkilotlaridagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini tasniflang. Tayanch so‘z va iboralar Davlat soliq qo‘mitasi funksiyalari; Soliq tashkilotlarida avtomatlashtirilgan axborot tizimi; Soliq tizimining strukturasi; Taxlil bo‘limi AIJ; Kadrlar bo‘limi AIJ; Boqimonda bo‘limi AIJ; Buxgalteriya bo‘limi AIJ; Huquqiy bo‘lim va jismoniy bo‘limlarning AIJ; Test savollari 1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar oladigan daromadlardan davlat soliq idoralari (organlari) undiradigan soliqlar majmui - bu? A). soliq tizimi B). axborotlar tizimi C). axborotlar texnologiyasi D). ekspert tizimi E). ma’lumotlar bazasi 121 2. Soliq tizimi tarkibining 2-pogonasidagi tashkilotlarni aniqlang? A). “Viloyat va avtonom respublika solik tashkilotlari” B). “Viloyat soliq tashkilotlari” C). “Tuman soliq tashkilotlari” D). “Shahar soliq tashkilotlari” E). “Qishloq soliq tashkilotlari” 3.Soliq tizimining ikkinchi pog‘onasida qilinadigan faoliyatni aniqlang? A). Uslubiy, taftish qilish va huquqiy faoliyati B). Korxonalarni ro‘yhatga olish C). Tashkilotlardan hisobotlarni qabul qilish D). Hujjatiy tekshiruvlar E). Jismoniy shaxslarning hujjatlarini qayta ishlash 4. Asosiy soliq to‘lovchilarni aniqlang? A). Jismoniy va Yuridik shaxslar B). Jismoniy shaxslar C). Yuridik shaxslar D). Soliq tashkilotlari va Yuridik shaxslar E). Jismoniy shaxslar va Soliq tashkilotlari 5. Soliq tizimida fiskal so‘zi lotinchadan qanday tarjima qilinadi? A). xazina B). ekspert C). nazorat D). taftish E). boshqarish Foydalanilgan adabiyotlar 1. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-316-339 betlar. 122 17-Mavzu:Sug‘urta tizimida axborot texnologiyalari (2soat) Ma’ruza rejasi: 1. Sug‘urta tizimi 2. Sug‘urta tizimining funksiyalari 3. Sug‘urta AAT ining asosiy funksiyalari 4. Sug‘urta AATizimi va uning faoliyatining texnologik jarayonini 1.Sug‘urta tizimi Sug‘urta – bu iqtisodiy munosabatlar tizimi bo‘lib, ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Sug‘urtalash iqtisodni rivojlantirishdagi asosiy omillardan biri ekanligini vaqtning o‘zi isbot qildi. 2. Sug‘urta tizimining funksiyalari Sug‘urta mazmunan moliya va kredit tushunchalariga yaqin bo‘lsada, lekin ulardan keskin farq qiladi va o‘ziga xos funksiyalardan iboratdir. Asosiy funksiyalarga quyidagilarni kiritishadi: maxsus sug‘urta fondini tashkillashtirish; zararlarni qoplash va shaxslarni mablag‘lar bilan ta’minlash; sug‘urtadagi voqealarni oldini olish va sarf-harajatlarni kamaytirish. Sug‘urta tizimini quyidagilar bo‘yicha tasniflash mumkin faoliyat sohasi bo‘-yicha, sug‘urtalashni shakli bo‘yicha, sug‘urtalashni turi (otrasl) bo‘yicha, iqtisodiy fao-liyat sohasi bo‘yicha bo‘lishi mumkin: ichki, tashqi va aralash sug‘urtalash bozorlari. Sug‘urtalash shakli bo‘yicha bo‘lishi mumkin majburiy (qonun doriasida) va ko‘ngilli. Sug‘urta tizimini tashkillashtirish bo‘yicha sug‘urtalash bo‘lishi mumkin davlatiy, aksionerlik, o‘zaro va kooperativlik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urtalashni 4 xili mavjud: mol-mulk sug‘urtasi; shaxsiy; majburiyatlarni sug‘urtalash; iqtisodiy xavf-xatarni sug‘urtalash. Shaxsiy sug‘urtalashda quyidagilar qabul qilinadi: xayot, sog‘liq-salomatlik va mehnat qobiliyati. Mol-mulk sug‘urtasi ob’ekti sifatida quyidagilar qabul qilinadi: har xil mol-mulklar. Majburiyatlarni sug‘urtalash – bunda bir shaxsning ( yuridik yoki noyuridik) boshqa shaxsga yetqazilishi mumkin bo‘lgan ziyonlar nazarda tutiladi. Iqtisodiy xavf-xatarni sug‘urtalashda ikki yo‘nalish qabul qilingan: bevo-sita va bilvosita talafot ko‘rmoq. Bevosita talafotlarga ko‘zda tutilgan daromadlarni olmaslik, xomashyolarni o‘z vaqtida kelmasligi tufayli uskunalarni ishlamasdan turishi, xodimlarni ish tashlari va boshqa voqealar. Bilvosita talafotlarga korxonaning bankrot bo‘lishi, boy berilgan qo‘shimcha daromadlar va boshqalar kiradi. 123 3. Sug‘urta AAT ining asosiy funksiyalari Sug‘urta kompaniyalarida AATexnologiyalarini joriy qilishdan asosiy maqsad barcha texnologik jarayonni qamrab olgan va axborotlarni qayta ishlash korxonalarida uning xavfsizligini to‘liq ta’minlashdir. Ushbu tizim orqali quyidagi masalalarning yechimlarini avtomatlashtirilgan holda olish talab qilinadi: sug‘urta, moliyaviy, buxgalteriya va boshqa faoliyat turlari. AATizim quyidagi asosiy funksional masalalardan iborat: Sug‘urta shartnomasini tuzish jarayoni. Har bir sug‘urtachi bo‘yicha shartnomalar bazasini tashkil qilish, sug‘urta to‘lovlarini mavjudligi, qo‘shimcha koeffitsiyentlarni hisoblash, kompaniyaga o‘z agentiga to‘lanadigan summani aniqlash, tayyorlanilgan shartnomani ma’lumotlar bazasiga kiritish, zaruriy hujjatlarni chop qilish qilib berish. Qo‘shimcha shartnomani tuzish. Shart-sharoitlarni o‘zgarishi bilan ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirish kiritish yoki yangi shartnomani kiritish. Qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzish. Yangi ma’lumotlarni tekshirish, komission hisoblarni bajarish. Sug‘urta mukofotlarini tulash. Pul mablag‘larini hisob raqamlarga ko‘chirish. Shartnomani tugatilishi. Axborotni MB ga ko‘chirish. Shartnomada belgilangan xodisani ro‘y berishi. To‘lovni hisoblash, to‘lovni bajarish, shartnomani qaytadan hisoblash yoki uni tugatish, sodir bo‘lgan xodisani MB iga kiritish. Sug‘urta shartnomasini bekor qilish. To‘lovlarni bajarish, MB ga o‘zgartirishlar kiritish. Sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkalarini hisoblash. Rezerv fondini hisoblash. Sug‘urta turlari, soni va summasi bo‘yicha tahlil qilish. Sug‘urta buyurtmalarini tahlili. Sug‘urta bozoridagi o‘zgarishlarni aniqlash, rivojlanishni bashoratlash, boshqaruv qarorlarini tahlil qilish. Kompaniyani moliyaviy holatini tahlil qilish. Buxgalteriya hisoblarini bajarishi. Masalan, xodimlarni maoshlarini hisoblash. Sug‘urta texnologiyasi bir-biriga bog‘liq va katta hajmdagi ma’lumotlar bazasini qayta ishlashni taqozo etadi: sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash shartnomalari; brokerlik shartnomalar; kompaniya xodimlari maoshlari; to‘lov varaqalari; kassa orderlari va buxgalteriya hujjatlari; sug‘urta mablag‘larini to‘lash haqidagi arizalar; sug‘urtalangan xodisani dalolatnomalari va boshqalar. Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash korxonaning barcha bo‘limlarida amalga oshiriladi: buxgalteriya, moliya, kadrlar, agentlar va boshqalar. AAT ga o‘tish jarayoni sug‘urta kompaniyasining boshqaruvi sifatini va harakte-rini o‘zgartiradi, natijada menejerlar uchun kompaniyani rivojlantirish maqsadi aso-siy maqsad bo‘lib qoladi, axborot esa kompaniyani asosiy zahiralaridan biri hisob-lanib, AAT ni rivojlantirish korxona strategiyasini asosiy elementiga aylanadi. 124 4. Sugurta AATizimining texnik ta’minoti Sug‘urta tizimi axborotlarga juda ta’sirchan va boshqa biznes sohalari kabi axborotlarga muxtojdir. Bu o‘z navbatida sug‘urta jarayonida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etadi. Ushbu avtomatlashtirilgan tizim nofaqat katta hajmdagi va o‘zaro bog‘langan ma’lumotlarni qayta ishlashga, balki ularni tahlil qilish va boshqaruv qarorlari qabul qilishda yordam beradi. Bu yerda iqtisodning barcha tarmoqlaridagi ma’lumotlarni to‘plash katta ahamiyatga egadir. Sug‘urta masalalarini avtomatlashtirish birinchi navbatda foydalanuvchi va EHM orasidagi muloqot shakliga bog‘liq. EHM ning paydo bo‘lishi va ularning sug‘urta tizimida qo‘llanilishi asosan hisobot davriga taalluqli shakllarni chiqarish bilan cheklangan. Hozirgi kunda vaziyat ancha o‘zgardi, buning asosiy sababi korxonadagi kompyuterlar taqsimlangan hisoblash tizimlarining bir bo‘lagi bo‘lib qoldi. Avtomatlashtirilgan ish joylari zamonaviy kompyuterlar va amaliy dasturlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular ma’lum bir funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan (masalan, maoshlarni hisoblash, sugurta polislarini hisobi). Barcha AIJ lar yagona texnologik jarayonga qo‘shilgan. Ushbu sxema dastur va ma’lumotlar bazasi ko‘p foydalanuvchilar tomonidan qayta ishlash imkonini yaratadi. Bu o‘z navbatida ma’lumotlarni qarama-qarshiligini va ortib qolishini, yo‘qolishini, tasodifiy o‘zgarishini bartaraf qiladi. Korxona xodimlarga ma’lumotlarni kiritishga va ular bilan ishlashga parol tizimi orqali ruxsat beriladi. Ushbu tizimlar “ish unumdorligi / tizim qiymati” bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega. Texnikani rivojlanishi shaxsiy kompyuterlarni tannarxini pasayishiga va texnik ko‘rsatkichlarni oshirishga olib keldi. Bu o‘z navbatida kompaniyalarga bir necha kompyuterlarni harid qilishga va ularni tarmoqqa ulab sug‘urta kompaniyalarini faoliyatini avtomatlashtirishga keng imkon yaratildi. Taqsimlangan hisoblash tarmoqlarini sug‘urta kompaniyalarida qo‘llanilishi korxona xodimlarini faoliyatini tubdan o‘zgartiradi. Chunki xodimlar, korxona filiallari orasida uzoq masofalar bo‘lganligi sababli, ularga ma’lumotlarga doimiy kirish imkoni bo‘lishi kerak. Bu esa xodimlar tomonidan o‘zlarining funksional vazifalarini bajarishga imkon beradi. Ushbu hisoblash tarmoqlarini yutuqlari: axborotlarni yuqori darajadagi ishonchligi va me’yordagi ortiqchaligidir. Ishonchlik bu yerda tizimning o‘z funksiyalarini ba’zi-bir texnik vositalarni ishdan chiqqan taqdirda ham bajarilishi nazarda tutiladi. Ma’lumotlarni me’yordagi ortiqchaligi bu yerda asosan ma’lumotlar bazasini nusxalanlanligi tushuniladi. Natijada bitta server ishdan chiqsa, ikkinchi serverdan ma’lumotlar bemalol o‘qib olinishi mumkin. Bundan tashqari, filiallar uchun texni-kaviy, dasturiy va axborotiy vositalardan birgalikda foydalanish imkonini beradi. Taqsimlanilgan tizimlarni qo‘llash quyidagi muammolarni hal qilishni taqozo etadi: Birinchidan, bu murakkablik, va u dasturiy ta’minotdan kelib chiqadi: ya’ni OT ni, dasturlash tilini va amaliy dasturlarni tanlash; sug‘urta kompaniyasi xodimlarini tizim bilan ishlashga o‘rgatish; foydalanuvchilarning kafolatlarini aniqlash. Ikkinchidan, kompyuterlarni tarmoqqa ulashdagi muammolar: xabarlarni yo‘qolib ketishga qo‘ymaydigan himoyalash vositalarini mavjudligi, masalan, tarmoq OT ni boshqatdan yuklashda; ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish vositalari; axborotlarni himoyalash. 125 Uchinchidan, maxfiy ma’lumotlarni chetga chiqib ketmasligini ta’minlash (kommercheskaya tayna) . Ushbu muammoni hal qilish yo‘lida ba’zi-bir AIJ ini tarmoqga ulashdan voz kechsa ham bo‘ladi. Hisoblash tarmoqlarini joriy etish, albatta, sug‘urta kompaniyasini samarasini oshiradi. HT lari quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi. Birinchi navbatda, HT i kommunikatsiyani yuqori pog‘onaga olib chiqadi. Kompaniya xodimlarini umumiy texnologik jarayonga amal kilishlari mumkin bo‘ladi. Ikkinchi navbatda, ma’lumotlarga barcha xodimlarni kirish imkoni bo‘lganligi sababli, ularni xatosiz va o‘z vaqtida qaror qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Uchinchi navbatda, texnik vositalardan unumli foydalanish mumkin bo‘ladi. To‘rtinchi navbatda, filial va ishchi joylarni tanlashda ko‘p imkon beradi, va bevosita, istalgan joydan Notebook kompyuterlari bilan tarmoqqa ulanib ishlash mumkin bo‘ladi. 4. Sug‘urta AATizimi va uning faoliyatining texnologik jarayonini Sug‘urta kompaniyasining axborotiy muhiti avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ta’minlangan, bir necha ob’ektlardan iborat bo‘ladi. Ushbu ob’ektlarni ajratib, ularni aniqlab, faoliyat jarayonini ko‘rsatamiz. Sug‘urta kompaniyasining markaziy ofisi, yoki tashkilotning boshqaruv muassasasi, bitta yoki bir necha LAN’ dan iborat bo‘ladi, bir-biri bilan ulangan. Ushbu birlashilgan LAN korxonaning axborot markazi deb hisoblanadi. Ushbu markaz kuchli kompyuterlardan, serverlardan MB serveri va boshqalardan iborat bo‘ladi. Sug‘urta kompaniyasining filiallari – tashkilot sifatida o‘zining LAN va kuchli kompyuter tizimlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Serverlar markaziy ofis serveri bilan doimiy ulangan bo‘ladi. Sug‘urta kompaniyasining bo‘limi – bu bo‘lim kichik LAN‘ dan iborat bo‘ladi. Yuqori tizimlar bilan ajratilgan vaqtlarda, ya’ni grafik, bo‘yicha aloqada bo‘ladi. Sug‘urta kompaniyasining agenstligi asosan bitta kompyuter bilan ta’minlangan bo‘ladi va yuqori bo‘lim bilan aloqa zaruriyat paydo bo‘lganda ushbu aloqani amalga oshiriladi. Tarmoqning uzoqdagi foydalanuvchilari – inspektorlar, agentlar, nazoratchilar, ya’ni ofisda o‘tirmaydiganlar, xizmat safarida bo‘lgan xodimlar. Ular modem bilan jihozlangan Notebook kompyuterlaridan foydalanishadi. Aloqa davomiyligi uzoq bo‘lmaganligi sababli, istalgan vaqtda ulanib ishlashga ruxsat beriladi. Takrorlash uchun savollar 1. Sug‘urta tizimining funksiyalari nimalardan iborat? 2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday sug‘urtalash xillari mavjud? 3. Sug‘urta AAT ining asosiy funksiyalari? Tayanch so‘z va iboralar Sug‘urta tizimining funksiyalari; Sug‘urta tizimini tasnifi; Ichki sug‘urtalash bozori; Tashqi sug‘urtalash bozori; Aralash sug‘urtalash bozori; Majburiy sug‘urtalash; Ko‘ngilli sug‘ur-talash; Shaxsiy sug‘urtalash; Mol-mulk sug‘urtasi; 126 Test savollari 1. Iqtisodiy faoliyat sohasi bo‘yicha qanaka sug‘urtalash bozorlari bo‘lishi mumkin? A). ichki, tashqi va aralash sug‘urtalash bozorlari B). ichki sug‘urtalash bozorlari C). tashqi va aralash sug‘urtalash bozorlari D). ichki va aralash sug‘urtalash bozorlari E). aralash sug‘urtalash bozorlari 2. Sug‘urtalash shakli bo‘yicha qanday bo‘lishi mumkin? A). majburiy va ko‘ngilli B). majburiy C). ko‘ngilli 3.Hisoblash tarmoqlarida axborotlarni me’yordagi ortiqchaligi bu ? A). Ma’lumotlar bazasini nusxalanlanligi tushuniladi B). Qaror qabul qilish tizimi C). Hisoblash tarmoqlari yulduzsimon ekanligi D). Hisoblash tarmoqlari turlisimon ekanligi E). Hisoblash tarmoqlari halqasimon ekanligi 4. Hisoblash tarmoqlarida axborotlarni yuqori darajadagi ishonchligi bu-? A). tizimning o‘z funksiyalarini ba’zi-bir texnik vositalarni ishdan chiqqan taqdirda ham bajarilishi B). MB ga balgan ishonchlik C). Ekspert tizimlariga bo‘lgan ishonchlik D). Qaror qabul qilish tizimi E). ma’lumotlarga bo‘lgan ishonchlik 5. Sug‘urta kompaniyasida hisoblash tarmoqlarini joriy etish natijasida …? A). kompaniya xodimlarini umumiy texnologik jarayonga amal qilishlari mumkin bo‘ladi B). kompaniya xodimlari ishdan ozod bo‘lishlari mumkin bo‘ladi C). kompaniya xodimlari yagona hisobot yaratishlari mumkin bo‘ladi D). kompaniya xodimlari yagona MB si bilan ishlashlari mumkin bo‘ladi E). kompaniya xodimlarini ish joyida bo‘lishlarini nazorat qilish mumkin bo‘ladi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-357-379 betlar. 127 18-Mavzu:Statistika tizimida axborot texnologiyalari (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Davlat statistika bo‘limlarida bajariladigan asosiy ishlar 2. Axborot xizmatini ko‘rsatish vazifalarini yechishni tashkil qilish 3. Iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil qilish. 1.Davlat statistika bo‘limlarida bajariladigan asosiy ishlar Davlat statistikasi mamlakatda axborot tizimini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat kiladi. Davlat statistikasi organlari iqtisodiy rivojlanishda davlat boshqaruvining muhim dastagidir. Makroiqtisod va statistika vazirligi boshqaruv organlarga tarmoq iqtisodiyoti va ifodalarga qarashli korxona, tashkilotlar faoliyati haqida zarur statistik ma’lumotlarni beradi. Davlat statistika organlari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ming-minglab sanoat korxonalari qurilishlar, qishloq xo‘jalik korxonalari, madaniy, maishiy va boshqa muassasalardan tushadigan statistika ma’lumotlarin yig‘adi va qayta ishlaydi. Statistik axborot xilma-xilligi, ommaviyligi va davriyligi jihatidan farqlanadi. Statistika bo‘limlarida bajariladigan asosiy ishlar quyidagilar : 1. Ma’lumotlarni yig‘ish 2. statistik ma’lumotlarni boshqa korxonalarga uzatish 3. Ilmiy metodikalarni ishlab chiqarish 4. statistik ma’lumotlarni to‘liqligini ta’minlash va ilmiy nuqtai nazardan tasdiqlash . 5. Respublika bo‘yicha statistik ma’lumotlarni boshqarish 6. Hamma foydalanuvchilarga ijobiy iqtisodiy ma’lumotlarni to‘liq va o‘z vaqtida yetqazib berish . Qo‘yilgan masalalarni yechish maqsadida axborot texnologiyalari usul- laridan foydalanib maxsus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqariladi Statistika bo‘limida mavjud axborot tizimi foydalanuvchining istalgan yo‘nalishida ma’lumot olishga imkon yaratadi .Buxgalteriyada mavjud bo‘lgan axborot tizimlar shu sohaga taalluqli hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi. Buxgalteriyada mavjud bo‘lgan ma’lumotlar korxona rahbariyati tomonidan qo‘riqlanishi va himoya qilinishi lozim 2.Axborot xizmatini ko‘rsatish vazifalarini yechishni tashkil qilish Axborot xizmatini ko‘rsatish vazifalarini yechish uchun axborot texnologiyalarining ikki turi: ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki va tayyor hujjatlar bankidan foydalanadi. Ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki (KMB) dasturiy, texnologik, tashkiliy vositalar yig‘indisi kurinishida amalga oshirilgan va statistikaning turli sohalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalari , ularning majmualarini yaratish uchun foyda-laniladi.KMB mahalliy hisoblash tarmoqlari va masofadan kirish usulida ishlashda ma’lumotlarni ishlab chiqish va taqdim etishning rivojlangan vositalariga ega. Tayyor hujjatlar banki (TXB) ba’zi axborotlar va jadvalli statistik materiallarga ega ma’lumotlarning hujjatli-grafik bazalarini yaratish uchun qo‘llaniladi. TXB turli ob’ektlar uchun ma’lumotlar bazalariga kirishni ta’minlovchi telekommunikatsion vositalarning keng servisli saloxiyatidan iborat bo‘ladi. KMB va TXB dasturiy majmualari Lotus 1-2-3 va Excel bilan paketli interfeysga ega, buning natijasida ularning o‘zaro birga bo‘lishligi ta’minlanadi. 128 Axborot texnologiyalari ma’lumotlaridan foydalanish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki. KMBda axborotlarni saqlash birligi quyidagi uch tarkibiy qismlar bilan belgilanadigan miqdordan iborat bo‘ladi: 1 ko‘rsatkich va uning alomati bilan; 2 kuzatish ob’ekti bilan; 3 tadqiq qilinayotgan ob’ekt bo‘yicha hisobotning davriyligi bilan. KMB yordamida ishlab chiqilgan statistik ma’lumotlar bazalari statistikaning sohaviy boshqarmalari mutaxassislaridan iborat, ular uchun axborot usulida (iqtisodchining AIJda) ishlashi bo‘yicha xizmat imkoniyatlarining keng majmuasini beradi. KMB yordamida hujjat va boshqaruv respublika idoralari hamda boshqa tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish ta’minlanadi: dialog usulida so‘rovlar bajariladi va ma’lumotlar to‘plamlari shakllantiriladi, buning uchun eksport vazifalari tuzilgan va eng ko‘p tarqatilgan. ADPning formatlaridan foydalaniladi (Lotus 1-2-3 , Excel , Word va boshqalar). KMB O‘zmakroiqtisodiyetstat vazirligining XM da sanoat foydalanishida bo‘lib, uning xizmatidan sohaviy boshqaruv xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati, Oliy Majlis va Vazirlar Maxkamasining mutaxassislari va boshqalar foydalanadi. KMB dasturiy majmuasi yordamida respublika darajasida quyidagi ma’lumotlar bazalari yaratiladi: 1 statistik ma’lumotlarning kup sohali tezkor bazasi, ular o‘z ichiga yuzlab ko‘rsatkichlarni, ma’lumotlar bazalarining o‘nlab bo‘limlarini oladi. MBga keyingi ikki joriy yil va o‘tgan yillar statistik hisobotlarining ko‘rsatkichlari kiritilgan, o‘tgan yillar uchun ma’lumotlar arxivga joylashtiriladi; 2 to‘plamlarni chiqarish va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha tartibga soluvchi ishlarni tayyorlash uchun foydalanidagan sohaviy MB (sanoat, moliya, savdo, tashqi iqtisodiy aloqalar); 3 muammoli-mo‘ljallangan MB (umuman O‘zbekiston va viloyatlar bo‘yicha iqtisodiy isloxotlar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ta’riflovchi oylar bo‘yicha indikatorlar). MBsini faollashtirish (AEIChdan axborotlarni yuklash, ma’lumotlar bazasini olib borish va yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash), MBlari to‘plamlarini O‘zmakroiqtisodiyetstat mahalliy hisoblash tarmoqlariga statistikaning elektron pochtasi orqali uzatish, bu ma’lumot bazalarining o‘z vaqtida yangilanishi, ularning faoliyat yuritishi va tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi ustidan nazoratni MB bosh ma’muri har oyda rejaga binoan amalga oshiradi. Mintaqaviy darajada KMB dasturiy majmuasidan mintaqalardagi rahbar va boshqaruv idoralariga axborot xizmatini ko‘rsatish vazifalarini yechish uchun foydalaniladi. Mintakaviy darajada KMB dasturiy majmuasidan foydalanish orqali quyidagi ma’lumotlar bazalari yaratiladi: sanoat; kapital qurilishi; transport; savdo; moliya va narxlar; mehnat bandlik; ijtimoiy rivojlanish va turmush tarzi (aholi daromadlari va harajatlari, maishiy xizmat ko‘rsatish); tashqi iqtisodiy aloqalar (xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari, qo‘shma korxonalar); yangi iqtisodiy tuzilmalar (birjalar, xususiylashtirish). KMB muhitida ma’lumotlar bazasidan foydalanish sanoat va moliya bo‘yicha statistik to‘plam tayyorlash va rahbar idoralarga axborotlar berish muddatlarini qisqartirishga imkon beradi. KMB dasturiy majmuasi foydalanuvchilarni quyidagi vazifaviy imkoniyatlar bilan ta’minlaydi: tartibga soluvchi so‘rovlarni bajarish; 129 jadvallarning chiquvchi shakllari maketlarini bayon qilish va tartibga solinmaydigan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish; olingan jadvallarning kataklarni tanlash va joylarini o‘zgartirish orqali zamonaviylashtirish, berilgan formulalardan foydalanish bilan yangi hisoblangan kataklarni shakllantirish; hisoblash ko‘rsatkichlarini shakllantirish va olish; ma’lumotlarni agregatsiyalash; ma’lumotlarni Lotus 1-2-3, Excel va boshqa elektron jadvallar formatlarida eksport qilish. Ma’lumotlar bazalari ma’mur tomonidan ma’lumotlarga murojaat qilishga tegishli parollar va huquqlar o‘rnatilishi tufayli ruxsatsiz kirishdan himoyalangan. Hozirgi vaqtda Windows NT muhitida SQL Server MBBTdan foydalanish bilan MB ishlab chiqish olib borilmoqda, u KMB barcha vazifalarini bajarishga va respublika, viloyat, hududiy darajadagi foydalanuvchilarga statistik vazifalarni yechishning barcha boshqa axborot texnologiyalari bilan o‘zaro hamkorlikda axborot xizmatlari kursatish vazifalarini sifatlirok yechishga imkon beradi. KMB ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, ularning olib borilishi, mintaqaviy darajada tartibga soluvchi ishlarning bajarilishi, tahliliy vazifalarning yechilishi, uzluksiz bo‘lmagan tadqiqotlar o‘tqazish uchun tanlanishlarni shakllantirish, boshqaruv idoralari va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. U hududiy taqsimlangan ma’lumotlar bazalari sharoitlarida yaratish va ishlash uchun axborot texnologiyalari sifatida ishlab chiqiladi. Ham korxona yoki tashkilot, ham kuzatish ob’ekti (hudud, soha va h.k.) ma’lumotlar bazalarining saqlash ob’ektlari buladi. Bundan tashkari, KMBning dasturiy ta’minoti statistik axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqish uslubiyotlari o‘zgarishlariga moslashuvchi dasturiy majmua sifatida ishlab chiqiladi. KMBni ishlab chiqish asosida «mijoz-server» texnologiyasi tamoyillari yaratilgan, bu ma’lumotlar bazalarining katta hajmlari bilan ishlash va ma’lumotlarga tezkor murojaat qilishda LXT sharoitlarida axborot ishlab chiqishning yuqori unumdorligini ta’minlaydi. Tayyor hujjatlar banki (TXB). U ko‘p bosqichli taksimlangan tizimini yaratish uchun mo‘ljallangan, u O‘zmakroiqtisodiyotstat vazirligi va uning hududiy idoralari tomonidan xukumatning respublika, viloyat idoralari, davlat statistikasi boshqarmalari hamda statistik axborotlardan foydalanuvchilar keng doiralarini zamonaviy texnologiyalar asosida statistik materiallar bilan tezkor ta’minlash maqsadida ishlab chiqiladi. TXBda taqdim etilgan axborotlar to‘liq matnli, jadvalli, Windows operatsion tizimiga o‘tish bilan hujjat (alohida fayl) kurinishida, taqdim etish grafik shakliga ega. TXBning hisobotlari statistik, iqtisodiy – tahliliy, uslubiy, me’yoriy va boshqa tayyor hujjat (axborot)larni o‘z ichiga oladi. TXB telekommunikatsion vositalar (statistikaning elektron pochtasi va aloqaning boshqa vositalari) – ning keng servisli saloxiyatiga ega, bu TXBni aloka kanallari bo‘yicha boshqarishni va uning ma’lumotlar bazalari faollashuvini ta’minlaydi. Foydalanuvchiga respublika (O‘zmakroiqtiso-diyotstat) va mintaqaviy (statistikaning hududiy idoralari) bosqichida foydalanuvchi ma’lumotlar bazalariga masofadan turgan holda kirishni taqdim etadi. TXB SHKda ma’lumotlar bazalarini yaratish va olib borishning tejamkor texnologiyasini va axborot – telekommunikatsion uzeldan foydalanishni ta’minlaydi, foydalanuvchilar bilan telefon kanallari va mahalliy tarmoqda, hamda «on-line» usulida ishlashga 130 imkon beradi. TXB bilan ishlashda axborotlarni qidirish ko‘p bosqichli rubrikator bo‘yicha tabiiy tilda amalga oshiriladi; foydalanuvchi so‘roviga javob berish 1 sekunddan oshmaydi; bundan tashqari saqlanayotgan axborotlarni qisqartirilishining yuqori darajasiga erishiladi. 3.Iqtisodiy taxlil vazifalarini yechishni tashkil qilish. Iqtisodiy tahlilning vazifalari bu tahliliy ma’lumotlarni axborot texnologiyalari va statistik usullarga asoslangan holda yo‘lga qo‘yishdir. Ular yordamida mamlakat va uning ayrim mintaqalari iqtisodiyoti turli sohalarining rivojlanishini doimiy va har tomonlama o‘rganiladi. Tahliliy majmualarda qo‘llaniladigan ADP tarkibiga «Olimp» (statistik tahlil va bashorat qilish elektron tizimi) va «Mezozavr» (vaqtli qatorlar statistik tahlili tizimi) va boshqalar kabi keng foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar kiradi. «Olimp» amaliy dasturlar paketi. «Olimp» paketi ma’lumotlarni statistik usullar asosida qayta ishlashni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. «Olimp» standart konfiguratsiyali IBM PC turidagi SHKda va MS DOS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Paketdan ham yangi, ham statistika sohasidagi ekspertlar foydalanishi mumkin. Hozirgi paytda “Olimp” statistik tahlil va ma’lumotlar asosida bashoratlash uchun mo‘ljallangan eng yaxshi ADPlardan biridir. ADP tarkibiga asosiy dasturlardan tashqari quyidagilar kiradi: MNCALC elektron jadvali; AIT (amaliy ijtimoiy tadqiqotlar) amaliy statistik tadqiqotlar so‘rovlarini tayyorlash va kiritish dasturi. «Olimp» ADP ma’lumotlarning statistik tahlil qilinishi va bashoratlanishi bo‘yicha tadqiqotlarning dastlabki ma’lumotlarini kiritish, ularni tekshirish va ko‘zdan o‘tqazishdan boshlab to amaliy statistika zamonaviy usullarining keng majmuasi asosida hisoblash va natijalarni tahlil qilishni o‘tqazish bilan to‘liq davriyligini tashkil qilishga imkon beradi. Vazifaviy nuqtai nazardan ADPga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar muharriri, ma’lumotlarni grafik ko‘rinishida aks ettirish vositalari va o‘zgartirish utilitlari hamda statistik tahlil usullarini amalga oshirish dasturlari. Ma’lumotlar muharriri dastlabki ma’lumotlarni kiritish, ko‘rib chiqish va tahrir qilishni (shu jumladan operator tomonidan amalga oshiriladigan kuzatishlari) ta’minlaydi. Ma’lumotlarni o‘zgartirish utilitalari ma’lumotlarning arifmetik o‘zgarish-larini, davrlarga ajratishning har xil turlarini (shu jumladan bir necha o‘zgarishlar banki), ma’lumotlarni agregatsiyalash (bitta alomat bo‘yicha tanlab olishni) bajaradi. «Olimp» ADP dasturlari bilan statistik tahlilning quyidagi usullari amalga oshiriladi: korrelyatsion, regresion, dispersion, diskriminantli, omilli va komponentli qatorlar bog‘liqligi jadvallarining tahlili va boshqa usullar. Dinamik ma’lumotlarni tahlil qilish va bashoratlash uchun quyidagilardan foydalaniladi: dinamik regressiyaning modellari; chiziqli regressiya asosida bashoratlash modellari; garmonik, spektrli tahlil va chastotali filtrlash modellari. Yuqorida sanab o‘tilgan modellarning har biri foydalanuvchi tomonidan ushbu modelni ta’riflovchi parametrlar majmuasi yordamida boshqariladi. Dasturga bunday yondashish kiritilgan imkoniyatlarni asta – sekin uzlashtirishga va u bilan ishlashni yengillashtirishga imkon beradi. 131 Korrelyatsion tahlil yordamida juft korrelyatsiyalarning matritsasi, xususiy korrelyatsiyalar matritsasi hamda ko‘plikdagi korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanadi. Regression tahlil asosida bog‘liqliklar: to‘g‘ri chiziqli, ijobiy, salbiy, to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan shakllarini belgilash vazifasi yechiladi. Komponentli va omilli tahlillar – ikkita bir-biridan tubdan farqlanuvchi statistik usullardir. Dasturda ular yagona blokka birlashtirilgan, chunki bunday birlishtirish hisoblash nuqtai nazaridan o‘zini oqlaydi. Komponentli tahlil tasodifiy o‘zgarishlar orasidagi tarkibiy bog‘liqlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning yordamida dastlabki ma’lumotlarda bo‘lgan deyarli barcha axborotlarga ega xodisaning qisqa bayoni olinadi. Omilli tahlil dastlabki o‘zgaruvchanlarni komponentli tahlilga nisbatan o‘zgartirishning umumiyroq usulidan iborat bo‘ladi. Umumiy omillar sonini aniqlash, umumiy va maxsus omillar baholarini aniqlash omilli tahlil vazifalaridandir. Ushbu ADP asosida iqtisodiy tahlilni yo‘lga qo‘yishning yadrosi bo‘lib statistik ma’lumotlar bazasi xizmat qiladi. Vaqtli qatorlar tahlili statistik ta’riflarni hisoblash, 16 vazifa bo‘yicha usishlarining tahlili va ba’zi moslashtirilgan parametrik modellarni o‘z ichiga oladi. Dinamik qator avtokorrelyatsiyasi tahlili avtokorrelyatsiya grafika yordamida bajariladi. Usish egri chiziqlarini hisoblash juft regressiyani qurish sifatida ko‘rib chiqiladi, unda vaqt asosiy o‘zgaruvchi bo‘ladi. Chuqurlashtirilgan tahlil bashoratlashning moslashtirilgan va mavsumiy usullarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Chastotali tahlil vazifalarini yechish uchun chastotali filtrlash, garmonik tahlil va spektrli tahlil usullaridan foydalanish mumkin. MNCALC axborot texnologiyasi o‘z vazifaviy imkoniyatlari bo‘yicha Lotus 1-2-3 yoki SuperCalcs ADPlariga o‘xshash jadvalli protsessorlarni qo‘llashga asoslangan. «Olimp» paketidan foydalanuvchining nuqtai nazaridan MNCALC ma’lumotlar bazasi jadvaldan, uning har bir ustuni o‘zgaruvchidan iborat bo‘ladi, qatorlari esa o‘zgartiruvchilar miqdoriga ega bo‘ladi. MNCALCning “Olimp” paketi standartli muharririga nisbatan afzalligi uning ma’lumotlar butun majmuasini darhol aks ettirishi va tahrir qilishga imkon berishidan iboratdir. Bundan tashqari, jadval xonachalarida shunday formulalar mavjud bo‘lishi mumkinki, ular yordamida yangi o‘zgaruvchilarni shakllantirish mumkin. Jadval xonachalari o‘zgaruvchilarni nomlashga va ma’lumotlar majmualarini izohlashga imkon beruvchi turli matnli axborotlarga ega bo‘lishi mumkin. AAT dasturiy vositasi so‘rovlar tizimini shakllantirish va ushbu so‘rovnomalar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishga mo‘ljallangan. Ma’lumotlar klaviatura yordamida namunaviy shakllarga keltiriladi. AAT so‘rovnomalarda ko‘proq uchrovchi savollarning beshta standartli turlarga ega. AAT dasturi ma’lumotlarni keyinrok “Olimp” ADP yordamida ishlash maqsadida tayyorlash uchun ishlab chiqilgan, ammo undan ma’lumotlarni boshqa dasturiy mahsulotlar uchun tayyorlashda ham muvaffakiyat bilan foydalanish mumkin. AATda noyob foydalanish interfeysi amalga oshirilgan, u AAT bilan ishlashning tez va oson o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Windows muhitida ishlash uchun OLYMP dasturi versiyasining yaratilishi «Olimp» ADP rivojlanishida qadam bo‘ladi. 132 «Mezozavr» amaliy dasturlar paketi. Paket interaktiv rejimdagi IBM PC XT/AT shaxsiy kompyuterlarida ishlaydi, uning asosiy belgilanishi – vaqtli qatorlarning tahlilini o‘tqazishdir. Tadqiqotchi xohishiga ko‘ra mavjud raqamli axborotlarni ishlab chiqishning turli usullarini qo‘llab va bunda olinadigan natijalar, ularning o‘xshashligini tahlil qilish bilan «sinab ko‘rish» zarur bo‘lgan vaziyatga e’tibor beriladi. Paket tufayli bunday tadqiqotlar g‘oyatda tezkor va samarali o‘tadi. «Mezozavr» ADPdan o‘rtacha (bir necha ming kuzatishlardan ortiq bo‘lmagan) uzunlikdagi vaqtli qatorlarni tahlil qilish uchun foydalaniladi. Dialog foydalanuvchining istagiga ko‘ra ruscha yoki inglizcha olib boriladi. Boshqaruv menyu, «tez kirish» tugmalari yordamida amalga oshiriladi. «Vaqtli qator» deganda vakt davrida (masalan, har yili, har oyda, har 5 daqiqa) qadamba-qadam qilingan ba’zi bir bir raqamli t’riflar orasidan kuzatishning izchilligi tushuniladi. Iqtisodiyotga makroiqtisodiyot darajasidagi bunday ma’lumotlarga har yillik, har choraklik, har oylik ishlab chiqarish, yetqazib berishlar, tashishlar, iste’mol hajmlari, narxlarning indekslari va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, korxona darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlari, harajatlar, zahiralar sarflanishi, sifat ta’riflarining evolyutsiyasi va boshqalar misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. «Mezozavr» ADP axborot kiritish va saqlash bo‘yicha bir qator afzalliklarga ega: u o‘z ma’lumotlar fayllarining standartiga ega, unda axborotni kiritish elektron jadvali turidagi ma’lumotlar muharriri orqali amalga oshiriladi; standart fayllarda tahlilni borishi davomida olingan har qanday ma’lumotlarni saqlash imkoniyatlarini taqdim qiladi; matnli ASCII – fayllar va dbf fayllardan axborotlar eksporti va importiga yo‘l qo‘yadi. Ma’lumotlarni tahlil qilish qurilgan jadvalli muharrir yordamida yoki grafik usulida amalga oshiriladi, ularni o‘zgartirish esa ko‘rilgan vazifalarning katta majmuasi bilan jihozlangan formulalar interpretatori yordamida hamda maxsus xarakterdagi o‘zgarishlarning qo‘shimcha menyusi yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarning oldingi o‘zgarishlarini bevosita ko‘rsatish imkoniyati bor, u keyingi tahlil jarayonida hisobga olinadi. Qatorlar ustidan barcha arifmetik operatsiyalarda vaqtli shkalalarning birga bo‘la olishligi hisobga olinadi. ADP vaqtli qatorlar tahlili bo‘yicha quyidagi asosiy tadbirlarni: silliqlash, filtrlash, hamda har xil regression bog‘liqliklarni amalga oshiradi. Barcha tadbirlar turli shakllarni o‘rnatish, grafikning istalgan parchasini oshirish imkoniyati kabi interaktiv imkoniyatlarning katta soniga ega qudratli grafik qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlanadi. Xulosa qilib aytganda, statistika sohasiga zamonaviy AAT va AAT ni keng tatbiq qilish barcha hisob–kitob ishlarini osonlashtiradi, mehnatga talablikni kamaytiradi va mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi. Takrorlash uchun savollar 1. Statistika bo‘limlarida bajariladigan asosiy ishlarni izohlang. 2. Ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki nimada qo‘llaniladi? 3. Tayyor hujjatlar banki nimalardan iborat? 4. «Olimp» Amaliy Dasturiy Paketi nimalarga imkon beradi ? Tayanch so‘z va iboralar Ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki; Tayyor hujjatlar banki; «Olimp» amaliy dasturlar paketi; Statistik tahlil va bashorat qilish elektron tizimi; Vaqtli qatorlar statistik taxlili tizimi; 133 Test savollari 1. Statistika axborot xizmatini ko‘rsatish vazifalarini yechish uchun axborot texnologiyalarining qaysi ikki turidan foydalaniladi? A). ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki va tayyor hujjatlar banki B). B)internet va multimedia C). internet va tayyor hujjatlar banki D). multimedia va tayyor hujjatlar banki E). D) internet va gipermatn 2. Statistika tizimidagi Tayyor Hujjatlar Banki taqdim etadigan axborotlar shakllarini aniqlang? A). to‘liq matnli, jadvalli, hujjat (alohida fayl), grafik B). to‘liq matnli, jadvalli, grafik C). to‘liq matnli, hujjat (alohida fayl) , grafik D). jadvalli, hujjat (alohida fayl), grafik E). hujjat (alohida fayl) , grafik 3. Dasturiy, texnologik, tashkiliy vositalar yig‘indisi ko‘rinishida amalga oshirilgan va statistikaning turli sohalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalari , ularning majmualari - bu …? A). Ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki B). Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi C). Ekspert tizimi D). Bilimlar bazasi E). Amaliy dasturlar paketi 4. Vaqtli qatorlar statistik tahlili tizimi bu …? A). «Mezozavr» dasturi B). «Olimp» dasturi C). MS Excel dasturi D). MS Word dasturi E). MS Access dasturi 5. Statistik tahlil va bashorat qilish elektron tizimi bu …? A). «Olimp» dasturi B). «Mezozavr» dasturi C). MS Access dasturi D). MS Excel dasturi E). PowerPoint dasturi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Informatsionnie sistemi v ekonomike/Pod red. V.V.Dika - M.: Finansi i statistika, 1996.-7194s. 134 19-mavzu: Axborot texnologiyalari sohasida biznes asoslari (2 soat) Ma’ruza rejasi: 1. Axborot texnologiyalari mahsulotlari 2. Axborot texnologiyalari mahsulotlari bozori 1. Axborot texnologiyalari mahsulotlari Axborot zahiralariga axborot texnologiyalari va tizimlarni tadbiq etish natijasida yangi axborot yoki axborotning yangi shakli hosil qilinadi, sifati esa o‘zgaradi. Hosil qilingan mahsulot axborot mahsuloti va bu mahsulotni yetkazib berish esa axborot xizmati deyiladi. Axborot xizmati - foydalanuvchiga axborot mahsulotini taqdim etish yoki qabul qilishdir. Axborot mahsuloti va xizmati bu maxsus xizmat bo‘lib, iste’molchilarni foydalanishi uchun ishlab chiqilgan va ular orasida tarqatish uchun mo‘ljallangan axborotiy ma’lumotlar to‘plami va kommunikatsiyalardir. Axborot mahsuloti qattiq jismlarda aks ettiriladi. Axborot mahsuloti va xizmatiga quyidagilar kiradi: Aloqa. Axborot, masalan ma’lumotlar, bilimlar, dasturiy ta’minotlar. Hozirgi kunda axborot bozorida quyidagi tipdagi axborotlar mavjud: Ishbilarmonlik axborot , ya’ni birja axborotlari, moliyaviy, siyosat va xo‘jalik axborotlari (qimmatbaho qog‘ozlar narxi, valyutalarning kurslari va boshqalar), statistik axborotlar (ijtimoiy, demografik, ekologik va boshqalar), tijorat axborotlari (korxonalar, mahsulotlar, narxlar va boshqalar bo‘yicha). Professional axborot – yuristlar, vrachlar va boshqalar uchun mo‘ljallangan maxsus ma’lumotlar, ilmiy-texnik axborotlar. Iste’mol axborot – yangiliklar, adabiyotlar, kompyuter o‘yinlari, videofilmlar va audio mahsulotlar. Ta’lim xizmatlari – elektron darsliklar, uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalar. Axborot tizimlari va vositalarini ta’minlovchi – dasturiy mahsulotlar, texnik vositalar, axborot tizimlari va texnologiyalari ishlab chiqish va ularga xizmat qilish, ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va boshqalar. 5 Xordiq chiqarish – dam va rohat olish uchun ijodiy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan axborot mahsuloti. Axborot mahsuloti va xizmatiga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin Kutiladigan funksiyasi Mahsulot turi Xizmat ko‘rsatish Kompyuter xizmatlari Bibliografiya Shaxsiy kompyuter Mashina vaqtini taqsimlan Doimiy ma’lumotlarni saqlash qurilmalari Ma’lumotlar bazasi Televideniya dasturlari Qo‘riqlash vositalari Videoplenka Teleko‘rsatuvlar Qo‘riqlash uskunalari (indikatorlar, signal Masofaviy o‘qish qurilmalari uzatish uskunalari) Mini EHM Ma’lumotlarni jamlashga mo‘ljallangan tarmoqlar Diskovodlar Dasturlarni yuklash Oddiy “kompyuter” Videoteka Xabarlarni sintezatori Kompyuter dasturlari O‘yinlar 135 Ma’lumotlar bazasiga tayangan quyidagi axborot xizmatlarini misol qilsa bo‘ladi: axborotiy nashriyotlarni chop qilish; buyurtma bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish; ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni qayta ishlash (tarjima, umumlashtirish); ma’lumotlar bazasiga masofadan murojaat qilish; dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish; aloqaviy xizmatlar; asosiy manbani taqdim etish. 2. Axborot texnologiyalari mahsulotlari bozori Dunyo bozori 1993 yil ma’lumotlari bo‘yicha tahlil qilinganda, axborot biznesi umumiy hajmi bo‘yicha 2-o‘rinda ekanligini ta’kidlash mumkin. Soha Ishlab chiqarishni umumiy hajmi, mlrd. doll. Turizm 2900 Axborot 2850 To‘qimachilik 1650 Kimyoviy 1340 Avtomobil 1100 Mashinosozlik 800 Harbiy 800 Axborot texnologiyalari mahsulotlari bozorini yaratish uchun mahsu-lotlar va xizmatlar bilan birgalikda sotuvchi va haridorlarni bo‘lishi shart. Axborot texnologiyalari mahsulotlari bozori - axborot mahsulotlari bilan savdo qilishdagi iqtisodiy, xuquqiy va tashkiliy tizimlar majmui, mahsulotlar va xizmatlar nomenklaturasi, ularni taqdim qilish, narxlar. Sotish va almashish sohasi – axborot texnologiyalari va tizimlari, litsenziyalar, patentlar, mahsulot belgilari, nou-xau, muhandis-texnivaviy xizmatlar, axborotlar va boshqalar. Foydalanuvchilar sifatida yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Axborot bozorini infratuzilmasi - axborot mahsulotlari va xizmatlarining aniq bir yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar yoki tashkilotlardan iborat sektorlar majmuasi. Axborot biznesi - axborot mahsulotlari va xizmatlari sohasida ishlab chiqarish, savdo vositachilik qilish. Axborot biznesi funksiyalari – moliyaviy boshqarish, hisob-kitobni olib borish, personalni boshqarish, material-texnikaviy ta’minot, ishlab chiqarishni tashkillashtirish, marketing tadqiqotlari, lizing operatsiyalari, maslaxat xizmatlarini bajarish, axborot va molmulkni sug‘urtalash, axborot xavfsizligi xizmatlarini tashkillashtirish, servis xizmatlari. Bundan tashqari axborot biznes o‘ziga xos funksiyalardan iborat bo‘lib, quyidagi sxemada to‘liq keltirilgan 136 Axborot mahsulotlarining boshqa yo‘nalishdagi mahsulotlardan asosiy farqi quyidagidan iborat. birinchi navbatda foydalanishga mo‘ljallangan mahsulot bo‘lsa, ikkinchi navbatda ishlab chiqarish vositasidir. Sababi – bozorning axborotiy ta’minoti ushbu texnologiyaga bog‘likdir. Quyidagi asosiy texnlogiyalarni mikroelektronika texnologiyasi; texnikaviy ta’minot te’nologiyasi; dasturiy ta’minot texnologiyasi; telekommunikatsiya texnologiyasi 137 Tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu texnologiyalar aniq hisoblash tizimlari va tarmoqlarida bir-biri bilan aloqada bo‘ladi va birlashtiriladi. Axborot bozorini segmentlarini tasniflashda bevosita ushbu mahsulotlardan foydalaniladiganlarni turlari buyicha ajratish mumkin. Iste’molchilar segmenti - xususiy shaxslar tomonidan axborotlarni uzatish va iste’mol qilish. O‘zaro ta’sir etuvchi segment – axborot mahsulotlarini ishlab chiquvchilarning o‘zaro ta’siri, masalan standartlar. Biznesni ta’minlash segmenti – korxona o‘z faoliyatini amalga oshirish davrida axborot va xizmat mahsulotlarini iste’mol qilish. Intellektual faoliyat – menejer va mutaxassislar tomonidan axborotlarni iste’mol qilish. Uzatish segmenti – axborotlarni har xil vositalar yordamida fizikaviy uzatishni tashkillashtirish. Ma’lumotlarni nusxalash – axborot mahsulotlarini bir axborot tashuvchisidan boshqasiga nusxalash. Saqlash - axborot mahsulotlarini elektron yoki boshqa shaklda saqlash vositalari. Qayta ishlash – axborot mahsulotlarini bir ko‘rinishdan boshqasiga o‘zgartirish. Xordiq chiqarish - dam va rohat olishga muljallangan axborot mahsuloti. Axborot mahsulotlari va xizmatlarini bozorga chiqaruvchilarga quyidagilarni misol qilish mumkin: hisoblash te0xnikasini ishlab chiqaruvchilar; axborotlarni uzatish va qayta ishlash vositalarini ishlab chiqaruvchilar; dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar; ma’lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlaydigan tashkilotlar; telekommunikatsiya xizmatini ko‘rsatadigan korxonalar. Axborot mahsulotlari va xizmatlarini bozor tarkibi quyidagi qismlardan iborat: texnikaviy va texnologik qismi (ya’ni kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni qayta ishlaydigan texnologiyalar) xuquqiy qismi (ya’ni bozorda mavjud mulokatni xuquqiy ximoyalash qonunlari) axborotiy qismi (ya’ni zaruriy axborotlarni qidirishda yordam beruvchi ma’lumotnoma va reklama vositalari tashkiliy qismi (ya’ni axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va ularni sotuvchilar orasida munosabatni davlat tomonidan tartibga solish). Takrorlash uchun savollar 1. Axborot mahsuloti va xizmatiga nimalar kirishini ko‘rsating? 2. Ma’lumotlar bazasiga nisbatan qanday axborot xizmatlarini misol qilsa bo‘ladi? 3. Axborot biznesi funksiyalari ko‘rsating? 4.Axborot bozorini segmentlarini ko‘rsating? Tayanch so‘z va iboralar Axborot mahsuloti va xizmati; Axborot mahsuloti; Axborot xizmati; Ishbilarmonlik axborot; Professional axborot; Iste’mol axborot; Ta’lim xizmatlari; Axborot tizim-lari ta’minlovchi; Xordiq chiqarish; Axborot texnologiyalari mahsulotlari bozori; 138 Test savollari 1. Ta’lim sohasida kursatiladigan ta’lim axborot xizmatlariga asosan nimalar kiradi? A). elektron darsliklar, uslubiy ko‘rsatmalar B). ma’lumotlar bazasi C). bilimlar bazasi D). kompyuter o‘yinlari E). virus dasturlarini ishlab chiqish 2. Axborot xizmati deb nimaga aytiladi ? A). foydalanuvchiga axborot mahsulotini taqdim etish yoki qabul qilish B). foydalanuvchiga axborot mahsulotini taqdim etish C). firmalarga kompyuterlarni sotish D). kompyuterlarni ta’mirlash E). ma’lumotlar bazasini ishlab chiqarish 3. Xususiy shaxslar tomonidan axborotlarni uzatish, iste’mol qilish segmentini aniqlang? A). Iste’molchilar segmenti B). Biznesni ta’minlash segmenti C). Uzatish segmenti D). Ma’lumotlarni nusxalash 4. Axborot mahsulotlarini bir axborot tashuvchisidan boshqasiga nusxalash segmentini aniqlang? A). Ma’lumotlarni nusxalash B). Biznesni ta’minlash segmenti C). Intellektual faoliyat D). Uzatish segmenti E). Iste’molchilar segmenti 5. Axborot mahsulotlari va xizmatlari sohasida ishlab chiqarish, savdo vositachilik qilish deb nimaga aytiladi? A). Axborot biznesi B). Dasturiy ta’minot C). Kompyuter firmalari D). Telekommunikatsiya vositalari E). Ma’lumotlar bazasi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Godin V.V.,Korneev I.K. Upravleniye informatsionnimi resursami: 17-modulnaya programm dlya menedjerov «Upravleniye razvitiyem organizatsii». Modul 17.- M.: «INFRAM», 1999.-36-42s. 2. Informatsionnie texnologii na slujbe razvitiya// Ekonomicheskoye obozreniye.- №6.-2002.3-10s. 3. Vvedeniye v informatsionniy biznes: Ucheb.posobiye/ O.V. Golosov, S.A. Oxrimenko, A.V. Xoroshilov i dr.: Pod red. V.P. Tixomirova, A.V. Xoroshilov.- M.:Finansi i statistika, 1996.-723 s. 139 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. «Axborotlashtirish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent shahri, 1993 yil, 7 may. 2. «EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi» O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent shahri, 1994 yil, may. 3. I.A.Karimov. «O‘zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo‘lida». Toshkent. «O‘zbekiston» – 1995y. 4. Axborot tizimlari va texnologiyalari/S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshqalar.T.:”Sharq”,2000.-592b. 5. Vvedeniye v informatsionniy biznes/Pod red. V.P.Tixomirova, A.V.Xoroshilova. - M.: Finansi i statistika, 1996. 6. Informatsionnie sistemi v ekonomike/Pod red. V.V.Dika - M.: Finansi i statistika, 1996.-272s. 7. Gulyamov S.S Ekonomika i informatika.Tashkent, Mexnat, 1991. 8. B.A.Begalov, T.M.Polyakova. Praktikum po ispolzovaniyu kommercheskoy kompyuternoy grafiki v ekonomicheskom analize. Uchebnoye posobiye. TGEU, Tashkent, 1997.-83s. 9. SQL. Ensiklopediya polzovatelya: Per. s angl./ Xans Ladeni-K.:Izdatelstvo «DiaSoft», 1998.-624s. 10. Vize Mans. Access 2.0 Lokalizovannaya versiya. M.:BINOM , 1995-208s. 11. Axmetov K.S. Windows 95 dlya vsex. -M.:TOO firma <<Kompyuter Press>>, 1996.-318s. 12. Kompyuternie texnologii obrabotki informatsii. Uchebnoye posobiye/ Nazarov S.V., V.I.Pershikov, V.A.Tafinsev i dr.; Pod red. S.V.Nazarova.- M.: Finansi i statistika, 1995.-248s. 13. Oriptonov M.,Bekmuradov T.,Xodjimatova G. Ekspert sistemalar. Toshkent, Fan,1991. 14. G‘ulomov S.S., Shermuhamedov A.T., Begalov B.A. Iqtisodiy informatika. T.:"O‘zbekiston",1999.-528 b. 15. Zaynalov N.R., Tagayev Sh, Suvankulov A. Ispolzovaniye Excel v finansoekonomicheskix raschetax. Met.ukaz., Samarkand,1999,32s. 16. Stinson K. Effektivnaya rabota v Windows 95. Piter,1997.-784s. 17. Borzenko A., Fedorov A. Multimedia dlya vsex. -M.:TOO firma <<Kompyuter Press>>, 1996.-415s. 18. «Informatika i obrazovaniya». Jurnal. №2-…-№6. 1996g. 19. Godin V.V.,Korneev I.K. Upravleniye informatsionnimi resursami: 17-modulnaya programm dlya menedjerov «Upravleniye razvitiyem organizatsii». Modul 17.- M.: «INFRA-M», 1999.-432s. 20. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike: Uchebnik/ Pod red. prof. G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter, YUNITI, 1999.-400s. 21. Mishenin A.I. Teoriya ekonomicheskix informatsionnix sistem: Uchebnik.-4-ye izd., dop. i pererab.-M.:Finansi i statistika, 2000.-240s. 22. Informatsionnie texnologii v marketinge: Uchebnik dlya vuzov/ G.A.Titorenko, G.A.Makarova, D.M.Dayitbegov i dr.; Pod red. prof. G.A.Titorenko. -M.:YUNITIDANA,2000.-335s. 140 23. Informatika:Uchebnik.-3-pererab.izd./Pod statistika, 1999.-768s. red.prof. N.V.Makarova.-M.: Finansi i Qo‘shimcha adabiyotlar 1. S.I.Raxmankulova. Texnologiya distansionnogo obucheniya.Tashkent-VCU MCV, 2001.144s. 2.Skobara V.V., Skobara A.V. Vozmojnosti Excel 7.0 dlya auditora i buxgaltera.-1998.-208s. 3. Ovcharenko Ye.N., Ilina O.P., Baliberdin Ye.V. Finansovo-ekonomicheskiye rascheti v Excel. Izdaniye 2-ye, dopolnennoye-M.:Informatsionno-izdatelskiy dom “Filin’” , 1998.-184s. 4. Tompson A.A., Striklend A.Dj. Strategicheskiy menedjment. Iskusstvo razrabotki i realizatsii strategii: Uchebnik dlya vuzov/ Per. s angl. Pod red. L.G. Zayseva, M.I. Sokolovoy.M.: Banki i birji, YUNITI, 1998.-576s. 5. Nasreddinova Sh.S. Windows 95 uchun Excel 7.0 saxifalarida. - T.: ”O'zbekiston”, 1999.116 b. 6. Statistika finansov:Uchebnik/ Pod red. prof. V.N.Salina.-M.:Finansi i statistika, 2000.-816 s. 7. Kovalev V.V. Vvedeniye v finansoviy menedjment.-M.:Finansi i statistika, 2000.-768s. 141 View publication stats