O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI [ TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 2024] ,,MOLIYA’’ fakulteti ,,XALQARO MOLIYA-KREDIT’’ kafedrasi ,,XALQARO IQTISODIYOT’’ fanidan KURS ISHI Bajardi : Abdullayev Izzatbek Moliya fakulteti XVKM-60/23 guruh 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar : Toshkent 2024 Reja 1.Kirish 2.Jahon Savdo Tashkiloti va O’zbekiston aloqalari 3.Xulosa Mazkur KURS ISHIda Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayonlari, uning tartib taomillari va a’zolik uchun harakat qilayotgan davlatlardan talab qilinadigan vazifalar yoritilgan. Bundan tashqari, a’zo bo‘lishdagi davlatlarning a’zolik maqomlari (status) va ularga beriladigan qo‘shimcha muddatlar, kotibyat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamlar haqida ma’lumot berilgan. “Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz…’ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yildagi Parlamentga Murojaatnomasidagi nutqidan. Hozirgi kunda davlatimiz oldida turgan istiqbolli maqsadlardan biri bu Jahon savdo tashkilotiga (JST keying o‘rinlarda) a’zo bo‘lishdir. Ushbu KURS ISHIda JST ga a’zo bo‘lish tartib taomillari va undan kutiladigan natijalar haqida ma’lumot keltiriladi. Jahon Savdo Tashkiloti (keyingi o’rinlarda - JST) - 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot sifatida o’z fa’oliyatini yuritadi. JST 1947-yilda tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi. Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan hukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. JSTga a’zo bo’lish shunday jarayonki, ushbu tashkilotga a’zo bo’lishga harakat qilayotgan davlatlar JSTning barcha a’zo davlatlari bilan muzokaralar amalga oshiriladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi shundaki , a’zolik uchun harakat qilayotgan davlatning qonunchiligi va siyosati JST qoidalariga uyg’unlashtirilishi kerak va davlat a’zolikka erishganida to’liq JST qoidalarida savdo munosabatlari va mutanosib sohalarda faoliyatini tartibga solishi kerak. O’zbekiston Respublikasida ham bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda , jumladan Milliy qonunchilik normalari JST bitimlariga uyg‘unlashtirilyapti Senatning qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga xorijiy investitsiyaga ega hamda mahalliy korxonalarga bir xilda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 1 barobarigacha tushirilmoqda. Qonunda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish uchun patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish uchun davlat bojlari miqdorlari Intellektual mulkning savdo jihatlari bo‘yicha JST bitimi talablariga uyg‘unlashtirilmoqda. Muhokamadan so‘ng senatorlar ushbu qonunni ma’qulladi. Savol tug’ilishi tabiiy hol, nimaga davlatlar JSTga a’zo bo’lishga intilishadi?. bunga bir qancha arzirli sabablar mavjud , quyida ko’rib chiqamiz: 1) Xalqaro bozorga kirish imkoniyatlarining o’sishi 2) Mahalliy institutsional strukturaklarda islohotlar bo’lishi 3) Savdo va xizmatlar sohasida shaffof va prognozlash imkoniyatini beruvchi qoidalar shakllanishi 4) Xalqaro savdo munosabatlarida va qoidlarida o’z so’ziga ega bo’lishi 5) Xalqaro bozorda hamkorlik imkoniyatlarining kengayishi 6) Proteksionistik tendensiyalarning liberallashuvi. JSTga a’zo bo’lishda shaxsan davlatimiz rahbarining dadil va shahdam qadamlar bilan intilayotganini ko’rish mumkin: Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori bilan tashkilotga a’zolik masalasini muhokama qildi O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkda Jahon savdo tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishlarni muhokama qildi. Unda ishchi guruh yig‘ilishiga tayyorgarlikni tezlashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish va qonunchilikni JST talablariga uyg‘unlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.Unda O‘zbekistonning tez fursatda JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Davlat rahbari O‘zbekiston o‘z oldiga o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish bo‘yicha qo‘ygan maqsadlardan kelib chiqqan holda tashkilotga qo‘shilish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini tayyorlash, shuningdek, jarayonda ishtirok etayotgan mutaxassislar salohiyatini kuchaytirish va malakasini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. “JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda mamlakatimiz yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirdi”. O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza berganiga 28 yil bo‘ldi. Uzoq yillar to‘xtab qolgan a’zolik jarayoni 2020 yilda qayta jonlandi. Amaldorlar bu safar qaror qat’iy ekanini aytishyapti. Lekin hukumatning tashqi savdoni liberallashtirish niyati samimiyligiga shubha uyg‘otayotgan holatlar talaygina. Oʻzbekistonning aʼzo boʻlish jarayoni 2020-yil iyul oyida Ishchi guruhning 4-yigʻilishi bilan rasman qayta tiklandi. Yana ikkita uchrashuv 2022 yil iyun va 2023 yil mart oylarida bo'lib o'tdi. Ushbu qilinayotgan barcha amallar a’zolik sari harakatlarni tezlashtirishga qaratilgan. Nima uchun dunyoga bu tashkilot kerak, degan savolga javob bersak, mamlakatlar a’zolari tashkilotga qo‘shilishi bilan boyiy boshlashgan, ya’ni mamlakatlar o‘zaro savdo tufayli bir-birlarini boy qilishadi. Eng asosiysi, teng sharoitlarda savdo hamkorligi tufayli mamlakatlar iqtisodiy jihatdan boyishi va rivojlanishda o‘sishi mumkin. O‘zbekiston nega bu tashkilotga qo‘shilishi kerak deydigan bo‘lsak, mamlakatdagi kompaniya va bizneslar xorijda ham faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi, umuman chetda biznes ochish oson. Biz bilamizki, o‘zbek kompaniyalari yuqori soliqlar to‘lab, cheklangan sharoitlarda faoliyat yuritishga majbur bo‘lishyapti, chetga tovar eksport qilishda qiyinchiliklarga duch kelishyapti. O‘zbekiston dengizdan uzoq va eksport uchun bir nechta davlatlar chegaralarini bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. JSTga qo‘shilish chetga tovar eksport qilish uchun chegaralarni kesib o‘tishni osonlashtiradi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishdan asosiy maqsad – dunyo mamlakatlari bilan savdoni osonlashtirish. Buning uchun soliq va bojxona to‘lovlarini kamaytirish, talab qilinadigan tegishli hujjatlarni to‘ldirishni, taqdim etishni kamaytirish, ya’ni ortiqcha byurokratiyani kamaytirish kerak. Bu O‘zbekiston korxonalariga ham xorijga eksport qilishni osonlashtiradi, ba’zi bir holatlarda keragidan ortiq bo‘lgan soliq yukini kamaytirishga imkon beradi. Xo’sh unda tashkilotga a’zo bo‘lish masalasida O‘zbekistonga nima yetishmayapti? — O‘zbekistonda korxonalar va aholi orasida JST to‘g‘risida ogohlik darajasini oshirish kerak. ushbu tashkilot qanday ishlashi, qanday faoliyat yuritishi haqida (odamlar) ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Bu yo‘nalishda mamlakat hukumati hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faol ishlayapti. Shu bilan birga, JSTga a’zo boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar olib boryapti. Bunday muzokaralar vaqt talab qiladi. O‘zbekistonda qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda tegishli sohalarda islohotlar qilish kerak. Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ham tegishli me’yoriy huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ayniqsa, texnik jihatdan ko‘p talablarni uyg‘unlashtirishga zarurat bor. “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash” loyihasining xalqaro huquqshunosi Viktor Kroshet O’zbekistonni JSTga a’zo bo’lishi borasidagi fikrlarini keltirib o’tish orqali jarayondagi vaiyatga baho berishimiz mumkin; “Men O‘zbekiston bilan bu yo‘nalishda bir yildan ko‘proq vaqtdan beri ishlayotgan bo‘lsam, aytishim mumkinki, hukumat tomonidan ushbu islohotlar uchun hozirlik ko‘rilyapti. Vazirliklar qator me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish kiritmoqda. Tegishli me’yoriy hujjatlar parlamentga topshirilgan, ular qabul qilinishi kutilmoqda. Albatta, bu ishlarning hammasini birdaniga bajarib bo‘lmaydi, bular ancha vaqt oladigan sa’y-harakatlardir. Umuman, O‘zbekistonda xorijiy biznes uchun qulay muhit yaratish borasida ham katta ishlar qilingan, ijobiy natijalarini Toshkentda aylanib yurib ham ko‘ryapmiz. O‘zbekiston a’zolikka ilk qadamni juda yaxshi tashladi, ammo JSTga qo‘shilish uchun bir necha yil ketadi. Agar biz bu bosqichdan o‘tgan davlatlar tajribasiga qarasak, ko‘plab mamlakatlar 4-10 yil orasida a’zo bo‘lgan. Bu – reformalarning tezlashishiga bog‘liq. O‘zbekiston 2 yil oldin jiddiy reformalar boshladi, lekin tashkilotga a’zo bo‘lish borasida boshlagan ishlarini davom ettirishi kerak. Hozir O’zbekistoning statusini 10 pog’onalik zinaning 5-pog’onasiga kelgan deb ayta olamiz. Reformalar qancha jadallashsa, tashkilotga a’zolik ham shuncha tezlashadi. Bundan tashqari, tashqi omillar ham borki, O‘zbekistonning tashkilotga a’zoligiga boshqa a’zo mamlakatlar ham rozilik bildirishi kerak, AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqalar.” O‘zbekiston Respublikasi ham JST ga a’zolik jarayonida talab etilgan bosqichlarni bosib o‘tmoqda. Aytish kerak, O‘zbekistonning a’zolik jarayonlari ancha cho‘zilyapti, hozirgi vaqtda O‘zbekistoning a’zolik jaryonining qaysi bosqichida ekanligini quyidagi jadvaldan bilish mumkin; Ayni vaqtdagi ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo’lsak O’zbekiston Respublikasi 11 ta davlat bilan muzokaralar olib borib ulardan 9 tasi bilan kelishuvga erishganini qayd etishimiz mumkin. Masalan , Isroil davlati O’zbekistonni rasman Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lib kirishini ma’qulladi. Foydalanilgan adabiyotlar va materiallar 1. wto.org 2. wikipedia.com 3. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences ,,JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH JARAYONLARI VA UNING AHAMIYATLI JIHATLARI” mavzusidagi ma’qola 4. ,,Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosbatlar’’ Darslik.2015 Vahabov A.V 5. Lex.uz