MOLIYA TIZIMI. Reja: 1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. 2. Moliyaning funksiyalari. 3. Takror ishlab chiqarish va Moliya. 4. Moliya genezisi (taraqqiyoti). KIRISH Iqtisodiy jarayonlarning jadal sur’atlarda rivojlanishi ko’p jihatdan moliya sohasiga bog’liqdir.Takror ishlab chiqarish jarayonlarining barcha bosqichlarida pul asosiy vosita sifatida qatnashadi. Moliya iqtisodiyotning asosiy ustunlaridan biri desak adashmaymiz, chunki uning vositasida muayyan maqsadga yo’naltirilgan pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya tizimi jismoniy shaxslar (shaxsiy moliya), hukumatlar (davlat moliyasi) va korxonalar (korporativ moliya) o‘rtasida sodir bo'ladigan kapital oqimlaridan iborat. Zamonaviy moliya tizimlarida pul, kredit va moliya ayirboshlash vositalari sifatida ishlatiladi. Ular ma'lum qiymatga ega vosita bo‘lib xizmat qiladi va ular muqobil ravishda tovar va xizmatlarga ayirboshlanishi mumkin Zamonaviy moliya tizimi banklar (davlat sektori yoki xususiy sektor), moliya bozorlari, moliyaviy vositalar va moliyaviy xizmatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Muntazam va oqilona kapital oqimlari iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun judayam zarur bo’lgan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Moliyaviy tizimning,asosan,to'rtta komponenti mavjud: Moliyaviy bozorlar.Ular xaridorlar va sotuvchilarga qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar va obligatsiyalar, turli xalqaro valyutalar va derivativlarni o‘z ichiga olgan moliyaviy vositalar bilan savdo qilish vositalarini taqdim etadigan har qanday joy yoki tizimni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy aktivlar - moliyaviy bozorlarda sotiladigan mahsulotlar moliyaviy aktivlar deb ataladi.Naqd pul, aksiyalar, obligatsiyalar, investitsion fondlar va bank depozitlari moliyaviy aktivlarga misoldir. Yer, mulk, tovarlar yoki boshqa moddiy aktivlardan farqli o'laroq, moliyaviy aktivlar o'ziga xos jismoniy qiymatga yoki jismoniy shaklga ega bo'lishi shart emas. Aksincha, ularning qiymati ular savdo qiladigan bozordagi talab va taklif omillari, shuningdek, ularning risklilik darajasi bilan o’lchanadi. Moliya institutlari - moliya institutlari investorlar va qarz oluvchilar o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradilar. Ular a'zolar va mijozlar uchun moliyaviy xizmatlar ko'rsatadi. U moliyaviy vositachilar deb ham ataladi, chunki ular omonatchilar va qarz oluvchilar o'rtasida vositachi vazifasini bajaradilar. Investorning jamg'armalari to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita moliya bozorlari orqali safarbar qilinadi. Ular bozorlardan mablag’ to'plashni va moliyaviy aktivlarga (depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, kreditlar va boshqalar)ga yo’naltirishni xohlaydigan tashkilotlarga xizmatlarni taklif qiladilar. Moliyaviy xizmatlar aktivlarni boshqarish va majburiyatlarni boshqarish kompaniyalari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar. Ular kerakli mablag'larni olishga yordam beradi, shuningdek, ular orqali iqtisodiy subyektlar samarali investitsiya qilinganligiga ishonch hosil qilishadi(masalan, bank xizmatlari, sug'urta xizmatlari va investitsiya xizmatlari). Moliya tizimi darajasiga qarab ko'plab tarkibiy qismlardan iborat. Kompaniya nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, moliya tizimi kompaniyaning moliyaviy faoliyatiga mos keladigan protseduralarni o'z ichiga oladi.Bularga misol qilib, moliya, buxgalteriya hisobi, daromadlar, xarajatlar, ish haqi va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Mintaqaviy nuqtai nazardan, moliya tizimi qarz oluvchilar va qarz beruvchilar o'rtasida mablag'larning almashinuvini osonlashtiradi. Mintaqaviy darajadagi moliya tizimiga banklar va hisob-kitob markazlari va shunga o’xshash boshqa moliyaviy institutlar kiradi. Global miqyosda moliya tizimi moliya institutlari, investorlar, markaziy banklar, Davlat organlari, Jahon banki va boshqalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'z ichiga oladi. Moliyaviy tizimlar mablag'larni taqsimlash, investitsiya qilish yoki iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasida bir subyektdan boshqa subyektga o'tkazish imkonini beradi va ular jismoniy shaxslar va kompaniyalarga tegishli risklarni bo'lishish imkonini beradi. Moliya tizimining infratuzilmasi deganda moliyaviy bozor operatsiyalari aniq amalga oshiriladigan to'lov va hisob-kitob tizimlari tushuniladi. To'lov va hisob-kitob tizimlarining uzluksiz va ishonchli ishlashi iqtisodiyotda kapitalning samarali harakatiga yordam beradi va shu bilan moliyaviy barqarorlikni qo'llabquvvatlaydi.Mukammal ishlaydigan moliyaviy tizimlar moliyaviy inqirozlarga osonlikcha tushib qolmaydi va hatto qiyin moliyaviy sharoitlarda ham o'zlarining asosiy vazifalarini bajara oladi. Shunday qilib, "Moliya" jamg'armaga ega subyektlar va investorlardan pulni pulga muhtoj bo'lgan subyektlarga yo'naltirish jarayonini o'rganadi. Tejamkorlar va investorlar o’z pullaridan unumli foydalanish maqsadida foiz yoki dividend olishi mumkin bo'lgan joylarga yo’naltiradi. Jismoniy shaxslar, kompaniyalar va hukumatlar faoliyat yuritish uchun yetarli mablag'lari bo'lmaganda, kredit kabi tashqi manbalardan pul olishlari kerak.Ular o’rtasidagi munosabatlar esa judayam zarur va foydali bo’lib,ularning ikkisiga ham birdek manfaat olib keladi. Moliya tizimi haqida tushuncha Ijtimoiy ishlab chiqarishning turli sharoitlarida moliyaning rivojlanish qonuniyatini tahlil qilish moliyaviy munosabatlarning mohiyatida umumiy belgilar mavjudligidan guvohlik beradi. Bu moliyani amal qilishining obyektiv sabablari va shartlarini saqlanib qolinganligi bilan ta’riflanadi. Bularning orasida ikkitasi ajralib turadi: tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va bu munosabatlarning subyekti sifatida davlatning amal qilishi. Boshqa qiymat kategoriyalaridan farqli ravishda (misol uchun pul, kredit, mehnatga haq to‘lash fondi va boshqalar) moliya davlatning amal qilishi bilan organik bog‘liqdir. Biroq, barcha moliyaviy munosabatlar mohiyatidagi umumiy belgilarning mavjudligi ular o‘rtasidagi ma’lum farqlarni rad etmaydi. Moliyaviy munosabatlar davlat faoliyati natijasida emas, balki ijtimoiy ehtiyojlar tufayli yuzaga keladi. Davlat faoliyati emas, balki, aynan, ijtimoiy shartsharoitlar moliyaning amal qilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy munosabatlarning paydo bo‘lishida davlatning rolini bo‘rtirib ko‘rsatish nazariy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi, aksincha amalda, agarda xo‘jalik yuritishning real shartsharoitlari hisobga olinmasa, zarar qilishi mumkin. Moliya – xo‘jalik yuritishning barcha darajalaridagi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ajralmas elementidir. Ularning har ikkalasi quyi bo‘g‘in hisoblanmish korxonalar (tashkilotlar, muassasalar), tarmoqlararo birlashmalar (assotsiatsiyalar, konsernlar) va xalq xo‘jaligini boshqarishning davlat tizimlari uchun bir xil darajada muhimdir. Moliyasiz ishlab chiqarish fondlarini kengaytirilgan asosda, yakka tartibda va ijtimoiy doiraviy aylanishini ta’minlash, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tuzilmalarini tartibga solish, fan-texnika yutuqlarini joriy qilishni rag‘batlantirish, boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish mumkin emas. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatni ijtimoiy ehtiyojlarining turlichaligi turli ko‘rinishdagi moliyaviy munosabatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ular bir-birlaridan farq qilish bilan bir vaqtda ayrim umumiy jihatlari bilan xarakterlanadilar. Bu esa, ularni alohida guruhlarga birlashtirish imkonini beradi. Moliyaviy munosabatlarni turlicha guruhlashtirish mumkin, lekin faqatgina obyektiv kriteriylari bo‘yicha guruhlanishi ilmiy asoslangan hisoblanadi. "Tizim" iborasi so‘nggi 40-50-yil davomida falsafa fanida chuqur tadqiq etib kelinmoqda va uni ijtimoiy hayot sohasiga keng joriy etish rusm bo‘lib bormoqda. Ijtimoiy, shu jumladan huquqiy hodisalarga tizimli yondashish real voqelikning tub mohiyatini teran anglashga, ularning atrofidagi boshqa hodisalar bilan uzviy aloqadorlik va o‘zaro ta’sir holatida rivojlanishini anglab yetishga ko‘maklashmoqda. Yagona tizim - o‘zaro uzviy aloqador va chambarchas bog‘liq qismlar (predmet, jarayon, voqealar) ning bir butun sifatida harakatlanishi, mavjud bo‘lishidir. Tizimning muhim jihati - tarkibiy xususiyatning borligi, ya’ni voqelikning ichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onali bo‘ysunish mavjudligi hamda bu qismlarning nisbiy mustaqilligi. Tizimning mazkur sifatlariga e’tibor qaratishimizning boisi, siyosiy tizim tarkibiga kiruvchi qismlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjud ekanligini chuqur tushunish va ular o‘rtasidagi munosabatlarning uzviy bog‘liqligi va dialektikasiga e’tiborni jalb etishdir. Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o‘z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Moliya tizimini ikkiyoqlama tushunish mumkin, ya’ni bir tomondan moliya munosabatlarining yig‘indisi sifatida, ikkinchi tomondan moliya organlarining yig‘indisi sifatida. Moliyaning mohiyatidan kelib chiqib, moliya tizimini o‘rganishda uni moliya munosabatlari yig‘indisi ekanligi nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshamiz. Tabiati bo‘yicha moliyaviy munosabatlar taqsimlovchi hisoblanadilar, shu bilan birga qiymatni taqsimlash, avvalo, subyektlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Subyektlar ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ahamiyatidan kelib chiqib, maqsadli pul fondlarini shakllantiradilar. Aynan subyektning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi roli moliyaviy munosabatlarni turkumlashning birlamchi obyektiv belgisi hisoblanadi. Bunga asosan moliyaviy munosabatlarning yig‘indisida uchta yirik sohalar ajratilishi mumkin: korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi; sug‘urta; davlat moliyasi. Har bir sanab o‘tilgan soha ichida bo‘g‘inlar ajraladi, shu bilan birga moliyaviy munosabatlarni guruhlashtirish subyekt faoliyatining maqsadli pul fondlarini tarkibi va yo‘nalishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi xarakteridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Mazkur belgi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi sohasida tijorat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar moliyasi, notijorat faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va muassasalar moliyasi, jamoat birlashmalari moliyasi kabi bo‘g‘inlarni hosil qilish imkoniyatini beradi. Sug‘urta sohasida, qaysiki u yerda subyekt faoliyatining xarakteri sug‘urta obyektining xususiyatini belgilab beruvchi, bo‘g‘inlar sifatida ijtimoiy sug‘urta, shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta, javobgarlik sug‘urtasi, tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi hisoblandi. Davlat moliyasi sohasida – davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, davlat krediti hisoblanadi. 1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati О‘zining lо‘g’aviy ma’nosi jihatidan “Moliya” sо‘zi “daromad” yoki “tо‘lov” degan ma’nolarni anglatadi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) nye’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub’yektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana Shu munosabatlar “Moliya” tuShunchasi orqali ifodalangan. Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib kyeldi – ular kо‘proq ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolavyerdi. Zamonaviy tasavvurdagi “Moliya” tuShunchasini davlat xazinasining alohidalaShuvi va Davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionyerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari о‘rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash myetodlari hamda usullarining takomillaShuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag’larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub’yektlar о‘rtasida YAIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning о‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan о‘z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu Moliyaviy munosabatlarning sohasidir. Shunday qilib, Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham Moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bо‘linishi va davlatning paydo bо‘lishi bilan bog’liq. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan iqtisodiy (Moliyaviy) munosabatlarga Moliya deyiladi. Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi Shundan iboratki, YAIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan turli pul mablag’lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy о‘zо‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag’lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xо‘jalik sub’yektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. Xо‘jalik sub’yektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag’lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda ryeglamyentasiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa Moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgiga ega ekanligini kо‘rsatadi. YAIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividyentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari kо‘rinishidagi о‘z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bо‘lgan soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash orqali (vositasida) aholi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham Moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi. Shunday qilib, quyidagilar Moliyaning xarakterli belgilaridir: qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bо‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog’liq bо‘lgan, huquqiy normalar yoki biznyesni Yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi; pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yо‘nalishga ega ekanligi; markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga kyeltirish). Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday о‘rinni egallaganligiga bog’liq. Bir vaqtning о‘zida Moliya puldan о‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bо‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalyent bо‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari о‘lchansa, Moliya esa yalpi ichki mahsulot (YAIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumyenti, pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yо‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag’lariga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki Moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish Moliyaning nima uchun mо‘ljallanganligini belgilab beradi. Moliya quyidagilar о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizasiya qilish jarayonida korxonalar о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning Yuqori organlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; byudjet tizimiga soliqlarni tо‘lash va xarajatlarni byudjetdan Moliyalashtirish davomida korxona va davlat о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; soliqlar va boshqa ixtiyoriy tо‘lovlarni tо‘lash jarayonida davlat va fuqarolar о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; tо‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; byudjet tizimining alohida bug’inlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; sug’urta badallarini tо‘lash va zararlarni qoplash, sug’urta hodisasi rо‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari. Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bо‘lib mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - istye’mol fondi va jamg’arish fondining hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi Shuning uchun ham barcha mamlakatlarda MD statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir. Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bо‘lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bо‘lmaydigan bog’lovchi bug’ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va istye’molga ta’sir etib, ob’yektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. Zamonaviy iqtisodiyot davlat Moliyasisiz faoliyat kо‘rsataolmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan Moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bо‘lgan korxonalar (pochta, telyegraf va boshqalar) ana Shular jumlasidandir. Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xо‘jalik hayotidagi makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli Moliyaning ahvolini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy о‘sish, YAIM va MD kо‘payishi (oshib borishi) sharoitida Moliya о‘zining muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasini yanada ortishini rag’batlantiradi. Iqtisodiy krizis (tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning ortishi sharoitida Moliyaning holati (ahvoli) keskin yomonlashadi. Bu narsa, о‘z navbatida, davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan Moliyalashtiriladigan byudjet defisitining kattaligida, pul emissiyasida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bо‘yicha xarajatlarning kо‘payishida namoyon bо‘ladi. Bularning barchasi inflyasiyaning kuchayishiga, xо‘jalik aloqalarining buzilishiga, о‘zaro notо‘lovlarning ortishiga, pul surrogatlarining paydo bо‘lishiga, bartyerli bitimlarning kо‘payishiga, soliqlarni byudjet undirish borasida qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining о‘z vaqtida Moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining pasayishiga olib kyeladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va sosial munosabatlarda ishlab chiqarish real sohasining holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. О‘zining moddiy mazmuniga kо‘ra Moliya pul mablag’larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning jami (yig’indisi), oxir oqibatda, mamlakatning Moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Mamlakat Moliyaviy resurslari о‘sishining asosiy sharti MDning ortishi (kо‘payishi)dir. Bir vaqtning о‘zida, “Moliya” va “Moliyaviy resurslar” tyeng kuchli bо‘lmagan tuShunchalar hisoblanadi. Moliyaviy resurslar о‘z-о‘zicha Moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy mо‘ljallanganligini ochaolmaydi. Moliya fani resurslarning о‘zini emas, balki resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga kyeladigan ijtimoiy munosabatlarni о‘rganadi. Bu fan Moliyaviy munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, kо‘p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (Yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) Moliyaviy siyosatga ham bog’liq bо‘ladi. Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati “Davlat kimning hisobidan Moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag’lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bо‘ladi. Taqsimlash jarayonlari faqatgina Moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi. Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MDning taqsimlanishidan oldin tovar realizasiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot realizasiyasidan kelib tushishi mumkin bо‘lgan pul mablag’larining о‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang’ich asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bо‘lgan talab va taklifni tartibga soladi va Shu orqali takror ishlab chiqarishga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pyensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan kо‘rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, sosial tо‘lovlarni korryektirovka (о‘zgartirishga) qilishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bо‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda kо‘p mamlakatlarida davlat sosial ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini korryektirovka qilayotir (о‘zgartirayotir). Baho, Shuningdyek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari kо‘plab tovar guruhlari bо‘yicha sotib olish olish bahosi bо‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bо‘yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi. Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus Moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof kо‘rinishda tuShuniladigan kredit davlatga bevosita bog’liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli yetarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar о‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modernizasiya qilishning ehtiyojlarini qoplash usuli va h.k. Biroq, bir vaqtning о‘zida, kredit - byudjet defisiti va byudjet-kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bо‘lgan paytda) qoplashning muhim shakli. О‘z navbatida, agar byudjet mablag’lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bо‘lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir. Kredit Moliyadan (Moliyalashtirishdan) о‘zining qaytariluvchanligi va haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning о‘zida, har ikki holatda ham ular pul mablag’larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va Moliya pul munosabatlarining chyegarasidan (ramkasidan) chyetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bо‘sh pul mablag’larini akkumulyasiya qiladilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj syezgan korxonalarga beradilar. Agar Moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan о‘rnatilgan foizlarni tо‘lagan holda qaytarilishi kerak. Yuqorida kyeltirib о‘tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega bо‘lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli tо‘lanma, ya’ni pul dyeb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul bо‘lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining qо‘llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tyegishli bо‘lgan daromad va ish haqining bir qismidir. О‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) bо‘yicha opyerasiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisoblanadi. Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-birlaridan о‘zlarining funksiyalari va mо‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tyegishli bо‘lgan barcha belgilarning majmui kо‘rib chiqilsagina ularni farqlash mumkin. Xususan, noekvivalyent xarakterga ega bо‘lgan va davlatning mavjudligi natijasida vujudga kyeladigan jamiyatdagi pul munosabatlari davlat Moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida Moliya mavjud bо‘lmaydi. Agar Moliya qayta taqsimlash sohasiga о‘tsa, u boshqa iqtisodiy kategoriyalarning belgilarini о‘zida mujassam etadi. Umuman olganda, daromadi xarajatlaridan ortiq bo'lgan korxona ko’proq daromad olishni maqsad qilgan holda qarz berishi yoki ortiqcha qismini investitsiya qilishi mumkin. Shunga mos ravishda, daromadi xarajatlardan kam bo'lgan korxona kapitalni,odatda,ikki yo'ldan birida oshirishi mumkin: ssuda (jismoniy shaxslar) shaklida qarz olish yoki aksiyalar(turli shaklda bo'lishi mumkin: imtiyozli aksiyalar yoki oddiy aksiyalar)ni sotish yo'li bilan.Obligatsiyalar va aksiyalarning egalari institutsional investorlar - investitsiya banklari kabi moliyaviy institutlar yoki xususiy investorlar yoki chakana investorlar deb ataladigan xususiy shaxslar bo'lishi ham mumkin. XULOSA VA TAKLIFLAR Kredit berish ko'pincha bilvosita, bank kabi moliyaviy vositachi orqali yoki obligatsiyalar bozorida notalar yoki obligatsiyalar (korporativ obligatsiyalar, davlat obligatsiyalari yoki o'zaro obligatsiyalar) sotib olish orqali amalga oshiriladi. Qarz beruvchi foiz oladi, qarz oluvchi foiz to'laydi va moliyaviy vositachi kreditni tashkil qilish uchun farqni oladi. Bank ko'plab qarz oluvchilar va kreditorlarning faoliyatini jamlaydi. Bank kreditorlardan depozitlarni qabul qiladi, ular bo'yicha foizlar to'laydi. Keyin bank bu depozitlarni qarz oluvchilarga beradi. Banklar turli o'lchamdagi qarz oluvchilar va kreditorlarga o'z faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beradi. REFERENCES 1. Vahobov A.V., Malikov T.S. “Moliya”. Darslik.”NOSHIR” nashriyoti,2012 2. Xodiyev B.Y., Shodmonov Sh.Sh. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Darslik. Barkamol fayz media”,2017 3. Malikov T.S. “Moliya”. O’quv qo’llanma. “IQTISOD-MOLIYA”,2018 4. Thomas F.Cargill,”The financial system,financial regulation and central bank policy”,Cambridge university press,2017 5. Kenneth R.Szulkzyk,”Money,banking,and international finance”,2010 6. Thomas D.Simpson, Financial markets,banking,and monetary policy,2014