VIII BOB. STEGANOGRAFIYA Kalit so‘zlar va tayanch iboralar: Steganografiya, Moddiy steganografiya, Raqamli steganografiya, Steganografiya – so‘zi Yunon tilida maxfiy belgilar bilan yozilgan (steganos –sir, graphy - yozuv) degan ma’nosini bildiradi. 8.1. Steganografiya tarixi, turlari va axborot xavfsizligidagi o‘rni Steganografiyaning tarixi ming yillarni o‘z ichiga oladi. Axborotni steganografik himoyalashni turli texnikaviy, kimyoviy, fizikaviy va psixologik usullar yordamida amalga oshirish mumkin. Steganografiya kriptografiya o‘rnini bosmaydi, balki uni to‘ldiradi. Steganografiya usullari yordamida xabarni bekitish xabar uzatilishi faktini aniqlash extimolligini anchagina pasaytiradi. Agar ushbu xabar shifrlangan bo‘lsa u yana bir, qo‘shimcha himoyalanish satxiga ega bo‘ladi1. Steganografik usullaridan axborotni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashda, tarmoqlarni monitoringlashga va tarmoq resurslarini boshqarishga qarshilik ko‘rsatishda, ro‘yxatda ko‘rsatilmagan foydalanuvchilardan dasturiy ta’minotni niqoblashda, ba’zi intellektual mulkka egalik xuquqini himoyalashda hamda raqamli ob’ektlarni autentifikatsiyalashda foydalaniladi. Ma’lum steganografik usullarini quyidagi ikkita guruhga ajratish mumkin: - moddiy steganografik usullar; - axborot steganografik usullari. Moddiy steganografik usullar steganografik konteynerning (maxfiy axborot 137 o‘rnatiladigan ob’ektning) fizikaviy yoki kimyoviy xususiyatlari asosida axborotni berkitish uchun ishlatiladi. Bunday xususiyatlarga misol tariqasida gabarit o‘lchamlarini, konteyner rangini yoki ma’lum ta’sir natijasida 1 https://kompy.info/steganografiya.html o‘rnatilgan axborotning namoyon bo‘lish qobiliyatini ko‘rsatish mumkin. Bunday steganografik usullarning tadqiqi va yaratilishi axborotning turli moddiy eltuvchilari xususiyatlarini va axborotni o‘rnatishning norasmiy usullarini o‘rganish bilan bog‘liq. Moddiy steganografik usullarga ko‘rinmaydigan siyohlar, mikronuqtalar va h. taalluqli. Hozirda audiotexnika, videotexnika va hisoblash texnikasi axborotni eltuvchi standart vositalar hisoblanadi. Axborot steganografik usullar ma’lumotlarni konteynerning axborot bilan to‘ldirilishi xususiyati asosida berkitish uchun ishlatiladi. Ushbu usullar lingvistik va raqamlilarga ajratiladi. Lingvistik steganografik usullarda til yoki xarflarni, raqamlarni o‘z ichiga olmaydigan (rasmlar, ob’ektlarning o‘zaro joylashishi va h.)boshqa muhit ortiqchaligi ishlatiladi. Ushbu sinfga maxfiy xabarni berkitish uchun zarur matnni generatsiyalash usulini hamda saxifadagi qator xolatini yoki gapdagi so‘z xolatini o‘zgarishiga va h. asoslanuvchi usullarni kiritish mumkin. Raqamli steganografik usullar bir tomondan absolyut aniqlikka muxtoj bo‘lmagan fayllarning vazifasini yo‘qotmagan holda shaklini bir muncha o‘zgartirish mumkinligiga, ikkinchi tomondan bunday fayllardagi bir muncha o‘zgarishlarni farqlovchi maxsus asboblarni yo‘qligiga yoki inson sezgi organlarining qobiliyatsizligiga asoslangan. Raqamli steganografik usullari quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi: 1. Konteynerni tanlash usuli bo‘yicha. 2. Axborotdan foydalanish usuli bo‘yicha. 3. Konteynerni tashkil etish usuli bo‘yicha. 4. Xabarni qayta tiklash usuli bo‘yicha. 5. Konteynerni ishlash usuli bo‘yicha. 6. Vazifasi bo‘yicha. 7. Konteyner turiga ko‘ra. 8. Konteynerga axborotni o‘rnatish usuli bo‘yicha. Raqamli steganografik usullarga misol tariqasida LSB-usulni (Least Significant Bits – eng kichik qiymatli bit)ko‘rsatish mumkin. Ushbu usulga binoan fayl-konteynerdagi ma’lumotlar baytining bir necha kichik bitlari bekitiluvchi xabar bitlari bilan almashtiriladi. Ushbu usul amalga oshirilishining soddaligi, demak, ushbu usulga asoslangan dasturiy maxsulotning tezkorligi, hamda yaratilgan steganokanalning yuqori o‘tkazish qobiliyati bilan bog‘liq qator afzalliklarga ega. Ammo ushbu usuldan yuqori steganobardoshlilik talab qilinmaydigan masalalarni echishda foydalanish mumkin. Chunki LSB – usul niyati buzuqning aktiv xujumlariga bardosh bera olmaydi. Xabarni fayl konteynerning spektral soxasida berkituvchi usullar steganobardosh usullar hisoblanadi. Raqamli steganografiyaning spektral usullari xilma-xil, ba’zilari esa LSB-usul bilan kombinasiyalab ishlatiladi. Fayl - konteynerdagi ma’lumotlarni chastotali ifodalashda kosinusni diskret o‘zgartirish, Fureni diskret o‘zgartirish, veyvlet-o‘zgartirish, Karunen-Loev, Adamar va Xaar o‘zgartirishlar kabi diskret ortogonal o‘zgartirishlardan foydalaniladi. Steganografik tizimlarda axborotni himoyalash prinsiplari. Steganografik tizimlarni buzuvchi passiv, aktiv va badniyatli bo‘lishi mumkin. Aktiv, Badniyatli, Passiv - steganokanalni aniqlaydi - ma’lumotlarni o’qiydi - qalbaki steganogrammalarni yaratadi - bekitilgan ma’lumotlarni buzadi. Steganografik tizimlarni buzuvchilar turi Passiv buzuvchi faqat stegokanal mavjudligi faktini aniqlashi va o‘rnatilgan ma’lumotlarni o‘qishi mumkin. Aktiv buzuvchi nafaqat bekitilgan ma’lumotlarni aniqlashi va o‘qishi, balki ularni to‘laligicha yoki qisman buzishi mumkin. Badniyatli buzuvchi eng xavfli hisoblanadi, chunki u nafaqat steganogrammani buzadi, balki qalbaki steganogrammani yaratadi2. 2 https://kompy.info/steganografiya.html Buzuvchi (taxlilchi) u yoki bu taxdidni amalga oshirish uchun quyidagi xujumlardan foydalanadi: - ma’lum to‘ldirilgan konteyner asosidagi xujum. Buzuvchi bir yoki bir necha steganogrammaga ega va steganokanal mavjudligi faktini aniqlash, hamda boshqa steganogrammalarni taxlillash imkoniyati uchun ochiq matnni tiklash yoki kalitni aniqlash topshirig‘ini bajaradi; - ma’lum o‘rnatilgan ochiq matn asosidagi xujum. Buzuvchi bir necha berkitilgan ochiq matnlar va mos steganogramma namunalari asosida kalitni olish maqsadida mos taxlilni amalga oshiradi. Bunday xujumlar ko‘pincha intellektual mulkni himoyalash tizimlariga taalluqli hisoblanadi; - tanlangan bekitilgan ochiq matn asosidagi xujum. Bunda taxlilchi (steganotaxlilchi) shaxsiy ochiq matnlarini taklif qilish va steganogrammalarni taxlillash imkoniyatiga ega bo‘ladi; - tanlangan berkitilgan ochiq matn asosidagi adaptiv xujum. Ushbu xujum oldingi xujumning xususiy xoli hisoblanadi va taxlilchining avvalgi steganogrammalarni taxlillash natijalariga bog‘liq xolda tiqishtirish uchun xabarni adaptiv tanlash imkoniyati bilan xarakterlanadi; - tanlangan to‘ldirilgan konteyner asosidagi xujum. Steganoanalitik steganogramma namunalarini aniqlash maqsadida o‘zi tanlagan ochiq matn uchun steganogrammani yaratish imkoniyatiga ega; - ma’lum bo‘sh konteyner asosidagi xujum. Bunday steganotaxlilchi ma’lum bo‘sh konteyner bilan nazarda tutilgan steganogrammani taqqoslash bilan steganokanal mavjudligini har doim aniqlashi mumkin; - tanlangan bo‘sh konteyner asosidagi xujum. Bunda steganotaxlilchining xabar jo‘natuvchisini tavsiya etilgan konteynerdan foydalanishga majbur etish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart; - konteynerning yoki uning qismining ma’lum matematik modeli asosidagi xujum. Bunda xujumchi o‘rnatilgan shubxali ochiq matnning unga ma’lum modeldan farqini aniqlashga urinadi. Xabar jo‘natuvchisi va xujumchi turli modellarga ega bo‘lishi mumkin. U holda yaxshi model egasi yutib chiqadi3. Nazorat savollari 1. Steganografiyaning axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi o‘rni. 2. Moddiy steganografik usullarni tushuntirib bering. 3. Axborot steganografik usullarning turlarini tavsiflab bering. 4. Steganografik tizimlarda axborotni himoyalash prinsipini tushuntirib bering. 3 https://kompy.info/steganografiya.html