Uploaded by Dostonbek Kozibaev

Nurbek

advertisement
Berdaq nomidagi
Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Arxitektura Fakulteti
2v Yo’l muhandisligi guruhi talabasi
Norimbetov Nurbekning
Avtomobil yo’llarini qurish va
loyihalashtirish fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: “Yer usti topografik va aerotasvir olishni
an’anaviy usuli”
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Tapagrafik xaritalar haqida umumiy tushunchalar
2.2. Aerotasvir olishni an’anaviy usullari bilan tanishib chiqish
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
I.Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Hudud uning qog‘ozda kichraytirilgan tasviri topografik
xaritalar asosida o‘rganiladi. Topografik xarita faqat yer yuzasini har tomonlama
o‘rganishdagina emas, balki territoriyani hudud jihatdan o‘zlashtirish, tabiiy
resurslami hisobga olish va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish hamda turli xil
inshootlar qurish kabi ilmiy va amaliy ishlarda keng qo‘llaniladi. Topografik xarita
barcha geografik xaritalami tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Umuman,
mamlakatimiz hududining topografik xaritalarini tuzish qishloq xo‘jaligini
rivojlantirish vositalaridan biri hisoblanadi. Ma’lum bir hududning topografik
xaritasini tuzish uchun mazkur hududni topografik jihatdan o‘rganib, uning plani
olinadi. Yer yuzasini topografik jihatdan o‘rganish maqsadida uning planini olish
nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanadigan fan topografiya deyiladi.
Topografiya grekcha so‘z bo‘lib “joyni tasvirlash” degan ma’noni bildiradi. Kishilik
jamiyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlana borishi munosabati bilan hududni
topografik jihatdan o‘rganish va uning planini olish metodlari ham taraqqiy eta
borgan. Dastlabki vaqtlarda joyning plani yoki xaritasi ko‘z bilan chamalab,
keyinchalik oddiy asboblar bilan plan asosida tuzilgan bo‘Isa, endilikda
takomillashgan asboblar bilan plan olish yoki samolyot va kosmosga o‘matilgan
maxsus aerofotoapparat bilan olingan joy suratini (aero va kosmosuratni) qayta
ishlash natijasida tuziladi. Hozirgi vaqtda yer yuzasini topografik xaritasini tuzishda
plan olishning turli metodlari qo‘llanadi. Topografik plan olishning ana shu
metodlarini o‘rganish hamda plan olish ishini tashkil etish va bajarish
topografiyaning asosiy vazifasidir. Shunday qilib topografiyaning asosiy vazifasi
asosan:
❖ Yer yuzasining planini olish isblarini tashkil qilish va plani olmayotgan hududni
topografik jihatdan o'rganish;
❖ turli topografik asboblar bilan plan olish rnetodlarini o‘rganish;
❖joyning yerda turib olingan suratlarini qayta ishlash natijasida xarita va plan tuzish
rnetodlarini o‘rganish hamda ularni bajarish;
❖ aerofotosyomka materiallaridan foydalanib, topografik xarita tuzish rnetodlarini
o‘rganish va bu metodlar asosida topografik xaritalar tuzish;
❖ plan olishda kartografik generalizatsiya rnetodlarini o‘rganish;
❖ topografik xarita tuzishning barcha bosqichlarida uni tahrir qilish yo‘llarini
o‘rganish;
❖ topografik xaritalaming shartli belgilarini yanada takomillashtirish;
❖ topografik xaritaga qo‘shimcha ravishda beriladigan topografik ocherklaming
mazmunini tobora mukammallashtira borishdan iboratdir;
Bulaming hammasi mamlakatimiz qishloq ho‘jaligi barcha tarmoqlarining va
mudofaasining talablariga to‘la javob bera oladigan topografik xaritalar tuzishga
qaratilgan. Topografiyaning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarini o‘rganish va ularni
bajarish bilan maxsus mutaxassislar - topograflar shug‘ullanadi. Topografik xarita topograflaming mehnat mahsuloti hisoblanadi. Boshqa mutaxassislar, jumladan,
geograflar uchun topografik xarita mehnat quroli bo‘lib xizmat qiladi. Topografiya
juda ko‘p fanlar bilan, xususan geografiya, kartografiya, geodeziya, matematika,
fizika fanlaii va fotogrammetriya bilan chambarchas bog‘liq. Topografiya
hududning topografik xaritasini tuzishda va topografik ocherklar yozishda, birinchi
navbatda, geografiya fani asoslariga tayanadi. Barcha turdagi geografik xaritalami
tuzishda topografik xaritalar asos qilib olinadi. Kartografiyada ishlab chiqilgan
masaialar, chunonchi, xaritaning matematik asoslari, xarita tuzish va uni
rasmiylashtirish, tahrir qilish va nashr qilish kabi umumiy masalalardan
topografiyada foydalaniladi. Topografiya/bilan kartografiya yagona maqsad qishloq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining ehtiyojlariga co‘la javob bera oladigan
yuqori sifatli xaritalar yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Topografiyani, ko‘pincha
geodeziya deb ham yuritadilar. Lekin topografiya bilan geodeziya bir mazmunli fan
emas. Geodeziya yer ustida o‘lchash ishlari bilan shug‘ullanadi. Bu o‘lchash ishlari
yeming shakli va kattaligini aniqlash hamda xarita va plan tuzishda asos bo‘lib
xizmat qiladigan geodezik tayanch shaxobchalarini Ьафо qilish maqsadida
bajariladi. Bulami o‘rganish va bajarish oliy geodeziyaning vazifasiga kiradi,
Geodezik
o‘lchash
metodlari
turli
inshootlami,
masalan,
gidrotexnika,
gidromelioratsiya inshootlarini qurishda, har xil sanoat va kommunal xo‘jalik
qurilishlarida, yerlami qismlarga bo‘lishda hamda boshqa shu kabi ishlarda keng
qo‘llaniladi. Bu o'lchash ishlarini o‘rganish va bajarish geodeziyaning vazifasi
hisoblanadi. Geodezik o‘lchashlardan va bu o‘lchashlaming yakunlaridan
topografiya foydalanadi. Masalan, geodezik sliaxobchalarsiz hududning topografik
xaritalarini tuzish mumkin.
II.Asosiy qism
Topografik xaritalar haqida umumiy tushunchalar
Topografik xaritalar - asosiy tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obʼyektlarni tasvirlovchi,
mazmuni, bezagi va matematik asosi yagona boʻlgan mufassal umumgeografik
xaritalar. Qatʼiy geodezik asosda barqaror shartli belgalar sistemasi yordamida
yaratiladi. Ularda geografik landshaftning tashqi koʻrinishi va uning asosiy
elementlari — relyef, gidrografiya, oʻsimlik, tuproqgrunt qoplami, aholi punktlari,
yoʻllar hamda sanoat, qishloq xoʻjaligi. va boshqa ijtimoiy infrastruktura obʼyektlari
bir xil aniqlikda va mukammalliqda tasvirlanadi (499 betdagi rangli xaritaga q.).
Topografik xaritalar 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000 va 1:100 000 masshtablarda
tuziladi. Har bir Topografik xaritalarning nomi uning masshtabi bilan yuritiladi.
Masalan, masshtabi 1:10 000 boʻlsa, oʻn mingli, 1:25 000 boʻlsa — yigirma besh
mingli
Topografik
xaritalar
deyiladi.
Topografik
xaritalar
elementlarini
umumlashtirib, 2 guruh — matematik va geografik elementlarga boʻlish mumkin.
Matematik elementlarga xaritaning toʻri, masshtabi, ramkasi, varaklarga boʻlinishi
va nomenklaturasi hamda geodezik tayanch punktlari kiradi. Geografik elementlarga
Topografik xaritalarda tasvirlanadigan yer yuzasi tafsilotlari kiradi. Topografik
xaritalarelementlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ular maxsus turgʻun
shartli belgilar va yozuvlar yordamida tasvirlanadi. Topografik xaritalardan joyni
toʻla oʻrganish va tekshirishda, turli inshootlarni loyihalash va qurishda, aniq
oʻlchash va hisoblash kabi muhandislik ishlarini bajarishda, joyda oriyentirlahda,
harbiy maqsadlarda keng foydalaniladi. Barcha topografik va obzor Topografik
xaritalar nemis olimlari Gauss va Kryugerlarning teng burchakli koʻndalang
silindrik proyeksiyasida tuziladi. Topografik xaritalarda tasvirlanadigan hudud
maʼlum kattalikdagi qismlarga boʻlinadi va ularning har biri alohida varaqda
tasvirlanadi. Topografik yoki obzor Topografik xaritalar ning har bir varagʻi
meridian va parallel chizikdar bilan chegaralanadi va trapetsiya shakliga ega boʻladi.
Koʻp varakli xaritani alohida varaqlarga boʻlinishiga grafalarga boʻlish va ularni
maʼlum sistema boʻyicha belgilanishiga nomenklatura deyiladi. Hamma Topografik
xaritalarning nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi xalqaro xaritaning
grafalarga boʻlish va nomenklaturasiga asoslangan. Xalqaro nomenklatura sistemasi
1909-yil London va 1913-yil Parijda oʻtkazilgan xalqaro geografik kongresslarda
qabul kilingan. Bu sistemaga ko’ra, 1:1 000 000 masshtabli xarita varagʻining
kengligi meridian boʻyicha 4° va parallel boʻyicha 6° ga teng. Ekvatordan qutblarga
tomon har 4° dan parallellar oʻtkazilib katorlar, 180° li meridiandan boshlab har 6°
dan meridianlar oʻtkazilib kolonnalar hosil kilinadi. Qatorlar ekvatordan har ikkala
kugb tomon lotin alfavitining bosh xarflari bilan (A dan Z gacha), kolonnalar esa
soat mili harakatiga teskari yoʻnalishda oʻsib borish tartibida 180° meridiandan
boshlab arab rakamlari bilan 1 dan 60 gacha belgilanadi. Shunday qilib, 1:1 000 000
masshtabli xarita har bir varagʻining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va
kolonna nomerini koʻrsatuvchi raqamdan iborat boʻladi. Masalan, Toshkent sh.
joylashgan varaqning nomenklaturasi K—42, Moskva shahriniki N—37 deb
belgilanadi. Quyidagi jadvalda Topografik xaritalar bir varagʻi (trapetsiyasi)ning
oʻlchami va nomenklaturasi berilgan. Topografik xaritalar barcha tashkilotlarda bir
xil standart masshtablar, shartli belgilar va yoʻlyoʻriqlar asosida tuzilib nashr
kilinadi.
.Topografik syomka - topografik plan yoki xarita asl nusxasini yaratishda
bajariladigan ishlar. Bu ishlar joy topografik elementlarining planli oʻrnini va
balandligini geodezik asos punktlariga nisbatan aniklash va ularni qogʻozda shartli
belgilar bilan tasvirlashdan; aholi yashaydigan joylar, daryolar, koʻllar va boshqa
nomlarini aniqlashdan, planda tasvirlanadigan joyning topografik elementlari —
daryolar suvi oqimining yoʻnalishini, oʻrmon daraxtlarining turi va oʻlchamlarini va
boshqalarni aniqlashdan iborat.
Hozirgi kunda Topografik sʼyomka stereotopografik, qoʻshma aerofototopografik
(fotoplanda bajariladigan sʼyomka), yer usti fototopografik va menzula sʼyomkalar
usullarida bajariladi. Stereotopografik va qoʻshma aerofototopografik sʼyomka eng
asosiy Topografik sʼyomka usullari xisoblanadi. Yer usti fototopografik sʼyomka
togʻli hududlarda mustaqil ravishda hamda aerofototopografik sʼyomka usuli bilan
birga qoʻllanishi mumkin. Menzula sʼyomkasi aerofotosʼyomka materiallari
boʻlmagan hollarda qoʻllanadi. Sʼyomkalar boshqa (taxeometrik sʼyomka, teodolit
sʼyomka) usullarda ham bajarilishi mumkin; bunda tuziladigan topografik
planlarning anikGʻshgi va mazmuni belgilangan talablarga javob bera olishi shart.
Joyning tasvirini qog’ozda qisqartirilib ko’rsatilgan chizmasi karta yoki plan
deyiladi. Kartada, yerning sfyerik yuzasini katta hududlari tasvirlanganligi,
tekislikda uni aniq tasvirini 15 ko’rsatishga ega emasligi sababli, karta shu joyning
birmuncha o’zgarilgan tasvirini ko’rsatadi. Bunda turli kartografik proeksiyalardan
foydalaniladi. Shunday qilib, yer yuzasini umumlashtirilib, kichraytirilgan holda,
kartografik proeksiyalardan foydalanib ko’rsatilgan chizmaga qarata deyladi. Yer
yuzining yassi deb qabul qilingan bo’lagining tekis sathiy yuzaga tushirilgan
gorizontal proeksiyasining qog’ozdagi kichraytirilgan tasviri plan deb aytiladi.—v
Plan bilan karata bir — biridan birmuncha farq qiladi. Ular orasidagi asosiy farq,
quyidagilardan iborat:  yer yuzidagi tafsilotlarning plandagi qiuofasi joyidagiga
o’hshab tasvirlanadi va planning barcha qismida masshtab bir hil bo’ladi;  planda
joydagi chiziqlarning o’zunligi konturlarning maydoni, yo’nalishlar orasidagi
burchaklar tug’ri tasvirlansa, kareda esa ularning tasvirida ma’lum hilma —hil
kursatiladi;  karata ma’lum kartografik proeksiya uoki mintaka tizimida tug’ri
burchakli koordinatada to’ziladi;  plan ko’pincha shartli uoki mahalliy tug’ri
burchakli koordinata tizimida byeriladi. Joyning bir yo’nalish bo’yicha tik kesimini
qog’ozdagi kichraytilgan qirqimi kesim deyiladi. Kesimlar buylama va ko’p
kundalang bo’ladi. Harita proeksiyani plan uoki kesimda gorizontal uoki vertikal
massofani tasvirdan kiskartirish darajasi masshtab deb, yuritilib, masshtablar soniy
uoki yerodik tarzida kursatiladi. Soniy masshtab 1/1000 uoki 1:1000 shaklda
kursatilib, 1 sm plandagi o’zunlik joyidagi 1000 sm uoki 10 m tug’ri kelishni
kursatadi. Ikki soniy, masshtabni takoslaganda, kaysi masshtabni mahraji katta
bo’lsa, u mayda va aksincha mahraji kichik bo’lgan bo’lsa, yirik hisoblanadi.
Muhandislik inshootlarni loyihalashda 1:500—1:25000 masshtabli plan va
koordinatalardan foydalaniladi. Chiziqli inshootlar uchun buylama kesim gorizontal
masofa masshtabi 1:5000 tik masofa masshtabi esa un marta kichik 1:500 bo’ladi.
Grafik masshtablar, chiziqli va kundalang masshtablar kurinishida bo’lib aniqligi
katta bo’lmagan o’zunliklarni qog’ozga tushirishda uoki o’lchashda foydalanilsa,
kundalang masshtab muhandislik ishlarida ishlatiladi. Chiziqli masshtab asosi 1 sm
li kesimlardan belgilanib, birinchi ran bo’lak 10 ga teng bo’lakka bo’linsa,
kundalang masshtab asosi 2 sm dan ajratilib birinchi chap bo’lak 10 ga parallel
chiziqlar dan va kichik bo’laklar uopiq kiya chiziqlarni tutashtirilgan shaklda
bo’ladi. Chiziqli masshtab da 86,4 m uzunlik 1:2000 masshtabda ikkita H oraliqda
ko’rsatilgan. Koordinatadagi byerilgan masshtabdagi, joyidagi chiziqni gorizontal
proeksiyadan 0,1 mm ga mos keluvchi o’zunlik mashtab aniqligi deb yuritiladi.
Shunga ko’ra, 1:2000 masshtab aniqlik 0,2 m, 1:5000 —0,5m, 1:10000—1m teng
bo’ladi. 2.2. Topografik xarita mazmuni va shartli belgilar. Topografik kartalarda
joy tafsilotlari maxsus shartli belgilar bilan quyidagi guruxlarga bo‘linib
ko‘rsatiladi: 1.Relef. 2.Gidrografiya. 3.O‘simlik va tuproq grunt qoplami. 4.Axoli
yashaydigan punktlar, sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari va sotsial-iqtisodiy
ob’ektlar. 5.Chegaralar. 6.Orientir bo‘la oladigan ayrim ob’ektlar Topografik
kartalarda joy rel’efi gorizontallar bilan, qolgan barcha tafsilotlar shartli belgilar
bilan tasvirlanadi. Topografik shartli belgilar xususiyatlari xamda vazifalariga
qarab: 1. Masshtabli (konturli) 2. Masshtabsiz 3. Tushuntiruvchi shartli belgilarga
bo‘linadi.
Masshtabli yoki konturli shartli belgilar bilan karta masshtabida konturini ko‘rsatish
mumkin bo‘lgan tafsilotlar, masalan, o‘rmon, botqoqlik, poliz, bog‘, ko‘l va
boshqalar tasvirlanadi. Masshtabli shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarning
uzunligi, kengligi, maydonini aniqlash mumkin. Konturli shartli belgilar bilan
tasvirlangan tafsilotlarni bir-biridan farq qilish uchun, har bir kontur ichiga shu
tafsilotlarni shartli belgisi byeriladi yoki konturlar turli rangga bo‘yaladi. Masalan,
tokzorga tokning shartli belgisi chizib qo‘yiladi, qamishzor konturining ichiga
qamishning shartli belgisi chizib qo‘yiladi, o‘rmon yashil rangga, ko‘l ko‘k rangga
bo‘yaladi va hakozo. Lekin, kontur ichida byerilgan shartli belgi shu belgi bilan
tasvirlangan tafsilotning o‘rnini va miqdorini bildirmaydi. Masalan, bog‘ konturi
ichida byerilgan doirachalar shu bog‘dagi daraxtlarning o‘rnini va ularning sonini
bildirmaydi. 2. Karta masshtabida ko‘rsatib bo‘lmaydigan kichik ob’ektlar, masalan,
yakka daraxt, buloq, quduq, ko‘prik va boshqalar masshtabsiz shartli belgilar bilan
tasvirlanadi. Bunday tafsilotlar karta masshtabida nuqta bilan ko‘rsatiladi, nuqta
tafsilot o‘rnini, shartli belgi esa uning qanday tafsilot ekanligini ifodalaydi. Kartada
bunday tafsilotlar orasidagi masofani o‘lchashda va koordinatalarini aniqlashda
tafsilot o‘rni sifatida shu nuqta olinadi. Yo‘llar, soylar, ya’ni cho‘zilib ketgan uzun
chiziqlar tarzidagi tafsilotlar ham masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
Ularning faqat uzunligi karta masshtabida ko‘rsatilib, kengligi masshtabsiz
byeriladi. 3. Konturli va masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarni
qo‘shimcha
ravishda
xaraktyerlash
tushuntiruvchi shartli belgilar ishlatiladi.
va
ularning
turini
ko‘rsatish
uchun
2.3. Aerosuratlar olishning an’anaviy usullari bilan tanishib chiqish
Aerosuratga
olish—
samalyot,
vertalyot,
Yer sunʼiy
yoʻldoshi
yoki
raketaga joylashtirilgan maxsus aerofotoapparat yordamida joyning fotosuratini
yuqoridan olish va shu fotosuratlar yordamida joyning plani va geografik xaritani
tuzish. Aerofotosuratga olish joyning baʼzi tafsilotlarini yoki inshootlarning
fotosuratlarini olib, soʻngra tayyor xaritasiga tushirish uchun ham qoʻllaniladi.
Baʼzan, Aerofotosuratga olishning vazifasi faqat joyning tutgan oʻrni chegaralarini
aniqlash bilan cheklanadi (kontur Aerofotosuratga olish), baʼzan topografik
oʻlchashlar natijasida olingan relef haqidagi maʼlumotlar Aerofotosuratga olish
yordamida
olingan
Aerofotosuratga
xaritaga
olish).
tushiriladi
Aerofotosuratga
(murakkab
olish
kombinasiyalangan
vositasida
xarita
tuzib,
fotogrammetrik oʻlchashlar na-tijasida relefni shu xaritalarga tushirish ham mumkii
(fotogrammetriya). Uchish, fotosurat olish va tayyor fotosuratlarni oʻlchash
natijasida joyning plani — xaritasi tuziladi. Aerofotosuratga olish topografik
xaritalar tuzishda, geol., tuproqshunoslik tadqiqotlarida, oʻrmonchilik va er tuzish
ishlarida, yoʻl va er gidrotexnika inshootlari qurish, harbiy ish va boshqalarda
qoʻllaniladi. Aytib oʻtilgan ishlarda qoʻllaniladigan Aerofotosuratga olishning eng
muhim qismi olingan fotosuratlarda joyning hamma tafsilotlarini topa bilish
(deshifrlash — shifrni echish) va ularni xaritaga aniq tushirishdir. Aerofotosuratga
olish qaysi sohada ishlatilishiga qarab, fotosuratdagi tafsilotlarni aniqlash —
topografik, gidrotexnik, gidrogeografik deshifrlash turlariga boʻlinadi. Harbiy
maqsadda olib borilgan deshifrlash dushmanning mudofaa tizimini aniqlash, uning
kommunikasiyam, aerodromlari va kechuv joylarini oʻrganishdan iborat. Bundan
tashqari, harbiy ishda erdan turib aniqlab boʻlmaydigan obʻektlar (narsalar)ning
koordinatalari topiladi
O’zbekiston oxirgi yillarda kosmosuratlarning eng zamonaviy usul bo’lgan
aerosuratlar olishga o’tilyapti. Dunyoda hali o'lchov asboblari paydo bo'lmagan
davrlarda erlar qo'lda qarichlab, keyinchalik sarjin, po'lat lenta ruletkalardan
foydalanib an'anaviy metrlar yordamida o'lchangan. Asta-sekin zamonaviy
qurilmalar paydo bo'lib, geodezik o'lchovlarni olib borishda elektron taxeometrlar,
GPS qurilmalardan foydalanish ommalashdi. Bugungi kunga kelib esa, topografik
o'lchovlar sun'iy yo'ldosh orqali olingan suratlar, dronlar, maxsus samolyot,
aerofotokamera singari eng so'nggi texnologiyalar yordamida amalga oshirilyapti.
Bu qurilmalar o'lchashlarning yuqori aniqligini ta'minlaydi. Ular asosida geodezik
chizmalar chizilib, xaritalar yaratiladi. Masalan, “google” xaritalaridan deyarli har
kuni foydalanamiz. Ular nafaqat olis safarga yo'l olganimizda, balki bir hududdan
ikkinchi hududga yoki yaqin oradagi notanish manzilga aniq yetib borishimizda qo'l
keladi. Ammo bu kichik bir misol xolos. Keng miqyosda olganda geodeziya yer
ustidagi barcha narsalarning o'lchovini olib, xaritaga kiritishni anglatadi. Uning
asosida hududlarning, qolaversa, mamlakat xaritasi yaratilib, tez-tez yangilab
boriladi.
O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyulda qabul qilingan “Geodeziya va
kartografiya faoliyati to'g'risida”gi qonunida davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya,
geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratish, rivojlantirish va ishlash holatida
saqlab turish belgilangan. Bu borada geodeziya va kartografiya faoliyatida doimiy
faoliyat ko'rsatadigan sun'iy yo'ldosh orqali kuzatish stantsiyalari tarmog'ini yaratish
va rivojlantirish alohida o'rin tutadi.
Nol nuqtadan asosiy koordinatagacha
Hududlarda ana shunday geodezik o'lchov va tenglashtirish ishlarini olib borish
maqsadida 2018-yili Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan
tumanlar markazlariga ilk bor 50 ta doimiy ishlovchi global navigatsion sun'iy
yo'ldosh tizimlari — GNSS stantsiyalari o'rnatildi. Mazkur stantsiyaning har biri
sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini qabul qilib olib, 30—40 kilometr masofagacha
tarqatadi.
Tizimning ishlash printsipi yuqori orbital navigatsion sun'iy yo'ldoshlar guruhi
ma'lumotlari asosida RTK (real vaqt kinematikasi) texnologiyasidan foydalanib
ob'ekt joylashgan o'rnini aniqlashga asoslangan. Ya'ni, GNSSlar real vaqt rejimida
geodezik, topografik ishlarni aniq bajarish imkonini beradi. Stansiyalar orqali
olingan sun'iy yo'ldosh ma'lumotlaridan iqtisodiyot tarmoqlari, yer kadastri,
transport, logistika, qishloq xo'jaligi sohalarida, barcha loyiha-qidiruv, qurilish
ishlarida nuqtalar koordinatalarini aniqlash, topografik syomka ishlarini bajarishda
foydalaniladi.
Mamlaktimiz sharoitida GNSS stansiyalarining geodezik ishlab chiqarishga jalb
qilinishi natijasida nuqta koordinatalarini qisqa muddatda yuqori aniqlikda topish
imkoniyati paydo bo'ldi. Koordinatalar aniqligi iqtisodiyotning barcha sohalarida
zarur. Masalan, davlat koordinatalar tarmog'ining boshlang'ich nuqtasi Pulkovo
observatoriyasidan olingan. Nuqtalarning absolyut balandligi — Boltiq balandliklar
sistemasida aniqlanadi. Sababi balandlik nuqtalar boshi — nol nuqta o'sha erdan
olingan. Agar aniqlik to'g'ri belgilanmasa, yo'l past-balandlikdan iborat bo'ladi.
Qurilish sohasida ham shunday. Ob'ektlarni qurishda har bir burchak aniq
o'lchanmasa, qiyshiqlik, nosozlik, turli notekisliklar va hatto siljishlar kelib chiqadi.
Barchaga ma'lumki, burchak o'lchov ishlarida gradus, minut, sekundlardan
foydalaniladi. Aytaylik, obyektlar joylashuvi 1º (gradus) xatolikda o'lchanganda, 1
kilometr masofada 17 metrdan ortiq xatolik bilan joylashishiga olib keladi.
Shu bois, geodezik tarmoqlar, shuningdek, shahar geodezik tayanch punktlarini
qurishda GNSS texnologiyalaridan foydalanish rivojlangan davlatlar tajribasida
ommalashgan. Ular yuqoridagi jarayonlarda aniq, tezkor, sifatli va keng unumli
geodezik asos vazifasini o'taydi.
Doimiy ishlovchi GNSS stansiya hisobiga oldin to'rt nafar mutaxassis bajarishi
kerak bo'lgan ishni bir kishi RTK rejimi yordamida uddalaydi. Ya'ni, o'lchash
qurilmalarini qo'lda ko'tarib, yer maydonlarini aylanib yurishga hojat qolmaydi —
istalgan miqdordagi qurilmani stansiyaga ulab qo'yish kifoya. Bunda ishchi kuchini
kam sarflab, ish hajmini 40—50 foizga oshirish mumkin. Geodezik ma'lumot
olishda an'anaviy usulga nisbatan vaqt bir necha barobar tejaladi. Qolaversa, GNSS
stantsiya hisobiga hududlarda geodinamik tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyati
ham bor.
Sun'iy yo'ldosh orqali olingan GNSS stantsiyalari ma'lumotlari raqamli ravishda
taqdim etiladi va ularni kartografik yoki geografik axborot tizimlariga osongina
eksport qilish mumkin. Bundan tashqari, o'lchovlarni avtomatlashtirish tufayli
kuzatuvchilarning xatolari kamayadi. Stansiya ma'lumotlari yordamida har qanday
ob-havo sharoitida kun davomida dunyoning istalgan burchagidagi obyektlarning
koordinatalarini aniqlash mumkin. Boisi, GNSS o'lchovining aniqligi ob-havo
sharoitlariga bog'liq emas.
Shuningdek, sun'iy yo'ldosh kanallaridan foydalanish va signallarni qayta ishlash
qishloq xo'jaligida yerlarni inventarizatsiyadan o'tkazish, kadastr obyektlarini
tekshirish, yer usti va yer osti qatlamining buzilishi, turar-noturar binolar holatini
muntazam o'rganish, ko'chmas mulk obyektlarini hisobga olish va kadastr suratga
olish ishlarida ham qo'l keladi.
Xaritada gugurt qutisini ham ko'rish mumkin
GNSS stansiyalar geodezik chizmalar chizish, xaritalar yaratishda ham muhim
ahamiyatga ega. Masalan, avvallari turli hududlardagi yer maydoni yoki
obyektlarning o'lchamini aniqlash uchun o'sha joyning o'ziga borib, maxsus
asboblarda o'lchov ishlari amalga oshirilib, so'ng xaritaga tushirish kerak bo'lgan.
Hozir esa GNSS stantsiyaga ulangan zamonaviy qurilmalar yordamida olingan
ortofotoplan orqali mutaxassis joyida o'tirgan holda obyektning aniq o'lchami va
holatini aniqlay oladi.
Sohadan yiroq kishilar uchun biroz tushunarsiz bo'lgan ortofotoplan aniq geodezik
asosda olingan aero yoki kosmik suratlar orqali yaratiladigan raqamli xaritalar asosi
hisoblanadi. U ayniqsa, geodezik, topografik, geologik, ekologik tadqiqotlarda, yer
tuzish, arxitektura va qurilishni loyihalashda hamda qurilish-montaj ishlarini nazorat
qilishda keng qo'llaniladi. Unda jamiki er ustidagi ob'ektlar to'g'risidagi ma'lumotlar
qayd etiladi.
Ortofotoplanlar asosida esa topografik xaritalar yaratiladi. Bu xaritalarda geodezik
punktlar, relyef, gidrografiya, o'simlik, tuproq, iqtisodiy va madaniy ob'ektlar,
yo'llar, aloqa, chegaralar, umuman, jamiki yer obyektlari to'g'risidagi ma'lumotlar
qayd etiladi.
O'zbekistonda oxirgi yillarda kosmosuratlardan eng zamonaviy usul bo'lgan
aerosuratlar olishga o'tilyapti. Bu yanada aniqlikni ta'minlaydi. Bungacha 2015,
2018-yillarda olingan kosmosuratlardan foydalanilar edi. Ularning aniqligi nisbatan
kamroq bo'lib, olingan tasvirlar xaritada yaqinlashtirilgani sari xiralashib boradi va
yo'qolib ketadi. Aerosuratlar tasvirlarini esa qancha yaqinlashtirsa ham, rasm
tiniqligini yo'qotmaydi.
Hozir yurtimizda eng zamonaviy “Leica DMC III” rusumidagi kameralar yordamida
96 592 kvadrat kilometr hudud aerosuratlari olindi va 69 318 kvadrat kilometr
maydondagi hududlar uchun ortofotoplanlar tayyorlandi. Bunda kamera samolyotga
o'rnatilib, belgilangan er maydonlari, ob'ektlarni aerotasvirga oladi. Ushbu
kameralar kosmosuratlardan farqli tarzda yerdagi 5 santimetrgacha bo'lgan narsani
ham aniq ko'rsatib beradi. Masalan, aerotasvir tushirilgan elektron xaritada, hatto,
erdagi gugurt qutisini ham ko'rish mumkin.
Yaqinda aerosuratlar olishda foydalanish uchun Italiyada ishlab chiqarilgan
“Tecnam P2006T” rusumli samolyot olib kelindi. eng so'ngi rusumdagi mazkur
samolyotdan foydalana boshlansa, O'zbekistonning turli masshtabdagi xaritalarini
tez-tez yangilab turish imkoniyati yuzaga keladi.
Gap shundaki, yurtimizda har xil masshtabdagi xaritalar yaratilgan bo'lib, ular
muntazam yangilab boriladi. Natijada, xaritalarning dolzabligi ta'minlanadi. Bu
mamlakatdagi jadal rivojlanish sur'ati bilan bog'liq. Masalan, Andijon viloyati
hududidagi shaharlarning topografik xaritalari 2014-yilda yangilangan. Undan keyin
hududda qancha o'zgarishlar bo'ldi. Yangi obyektlar, yo'llar qurildi. Ularni xaritaga
kiritish uchun esa yangilab borish talab etiladi. Shunday eskirgan xaritalarning
barchasi raqamlashtirildi. Ammo bu jarayon davomiy hisoblanadi. Yangilash
muddatlari esa xaritalar masshtabiga qarab belgilanadi.
Avvallari O'zbekiston hududlari xaritasini elektron ko'rishning ham imkoni yo'q edi.
Yurtimizda elektron xaritalarni yaratish ishlari 2006-yillardan boshlangan. Hozirgi
kunda mamlakatimiz xaritasini to'liq elektron shaklda ko'rish mumkin. Hatto, davlat
koordinata tizimi yopiq holatdan ochiq tizimga, ya'ni, butunjahon geodezik
tarmog'iga o'tkazilyapti. U endilikda, ommaga ochiq taqdim etiladi.
O'zbekiston Respublikasi geografiyasi nafaqat aholi punktlari, balki cho'l va tog'
zonalaridan iborat. U erlarda ham iqtisodiyot rivojlanib, katta zavodlar, yo'llar
qurilyapti. Mazkur hududlarda ham geodezik tasvirlarni olish, aniqlikni ta'minlash
zarur. Shu maqsadda GNSS stantsiyalari sonini yana 80 taga ko'paytirib, 2022-2023yillarda jami 130 taga yetkazish rejalashtirilgan. Hozir yangi stantsiyalarni
loyihalashtirish ishlari olib borilyapti.
Hududlarda ishlab turgan stantsiyalar bir nuqtaga ulangan bo'lib, Respublika
aerogeodeziya markazidagi GNSS stantsiyalar tarmog'ini boshqaruvchi nazorat
markazida onlayn tarzda kuzatib boriladi. Internet tarmog'i va aloqa kanallari
shakllantirilib, stansiyalar tarmog'i markazga bog'landi va ma'lumotlarni qayta
ishlash yo'lga qo'yildi. Stansiyalarni markaziy boshqarish va nazorat qilish “Spider”
dasturi paketi yordamida amalga oshiriladi.
Bu yerda GNSS stantsiyalar ma'lumotlari bilan ta'minlash xizmati ham joriy
qilingan. Stansiyalarning kordinatasi aniq bo'lgani bois, tadbirkorlar ham unga
qurilmalarini o'rnatib, chizmalar, sxemalar chizishda foydalanyapti. Buning uchun
rasmiy murojaat qilgan holda onlayn ro'yxatdan o'tib, uyali aloqa kompaniyalar
mijozlari kabi abonent sifatida qo'shilish mumkin. GNSS stantsiyalari qabul qilingan
ma'lumotlarni qayta ishlab, o'zlariga bog'langan obyektlarga ularning joylashgan
joyini yuqori aniqlikda aniqlab beradi. Unda barcha arxiv ma'lumotlar ham
saqlanadi. Geodezik qurilmalar stantsiyaga cheksiz tarzda ulanishi mumkin.
Doimiy ishlovchi GNSS stantsiyalariga abonent sifatida qo'shish ishlari bosqichmabosqich olib borilmoqda. Hozirgi kunda stansiyalar ma'lumotlaridan kadastr rejalari
va kartalarini yaratish hamda yangilash, yer usti va osti qatlamlarini tekshirish, yer
va ko'chmas mulk chegaralarini aniqlash, loyiha-qidiruv ishlari, tuproq va
strukturaning o'zgarishi monitoringi, kommunal xizmatlar va boshqa sohalar
bo'yicha faoliyat olib borayotgan 102 ta davlat va nodavlat tashkiloti beg'araz
foydalanmoqda.
GNSS stantsiyalar soni 130 taga yetkazilgach, yurtimizning barcha hududlari
qamrab olinadi. Bu istalgan hududning geodezik ishlarini amalga oshirish,
xaritalarni yaratish yoki yangilash, markazda o'tirgan holda koordinatalarini
aniqlash imkonini beradi. Turli sohalarda tezkor va aniq o'lchamlarni olishga xizmat
qiladi.
III.Xulosa
Karta va planlarni tuzishda ularga qo’yiladigan talablar va aniqligiga qarab joydagi
o’lchangan chiziqlar bir necha marta kichraytiriladi. Kartadagi chiziq s uzunligining
joyning tegishli S chiziq uzunligi gorizontal proekstiyasiga nisbati masshtab
deyiladi. Masshtablar sonli, chiziqli va ko’ndalang ko’rinishda ifodalanadi. Karta
sonli masshtabini quyidagi munosabatdan aniqlash mumkin: S s M = , bunda Sjoydagi chiziq uzunligi, s -bu chiziqning kartadagi uzunligi. Agar S=1km, s=10sm
bo’lsa, . 10000 1 100000 10 = = см см M 83 IG-GTIQGI Surati bir bo’lgan kasr
bilan ifodalangan masshtabning maxraji kartadagi chiziq uzunligi joydagi chiziq
uzunliklaridan necha marta kichikligini ko’rsatadi. Topografik kartada sonli
masshtab yozuvidan pastda (6.1-rasmga qarang) 1 santimetrda 100 metrlar deb
nomlangan so’zni o’qish mumkin: ya’ni bu (1: 10 000) masshtabni izohlaydi. Agar
kartada chiziq uzunligi s=1,75 sm, karta masshtabi esa 1:10000 bo’lsa, joydagi
chiziq uzunligi S=1,75 sm  10000=175m. Teskari masala ham shunday echiladi:
joydagi chiziq uzunligi S=325,5 m bo’lsa, (6.1) munosabatdan uning kartadagi
proekstiyasi s=325,5: 10000=3,26 sm bo’ladi. Kartalarni tuzishda joyning har bir
chizig`i bir xil songa kichraytiriladi. Shu sababli masalalarni grafik usulda echishda,
ya’ni ommaviy o’lchashlarda chiziqli masshtabni qo’llash qulay. Kartaning janubiy
romi tagida ko’rsatilgan chiziqli masshtabni yasash uchun, to’g`ri chiziqda masshtab
asosi deyiladigan, uzunligi 2 sm li kesmani bir necha marta o’lchab qo’yiladi.
Berilgan sonli masshtab bo’yicha olingan masshtab asosiga mos keladigan joy
chiziq uzunligi hisoblanadi va masshtab yoziladi. Chapdan chekkadagi kesma
odatda 10 ta teng qismlarga bo’linadi. Masshtabdagi yuzlik va o’nlik metrlar
bevosita olinadi, ayrim metrlari esa ko’zda baxolanadi. Masalan, kartadagi Golan
tog`i bilan un zavodi (kvadrat 6511) 1:10 000 masshtabli kartada chiziqli masshtab
bo’yicha topilgan joydagi 339 m ga teng masofaga mos keladi. Chiziqli masshtab
chiziq uzunliklarini ko’z bilan baxolab topish aniqligi masshtab asosining eng kichik
bo’lagining 0,1 ulushini, ya’ni karta masshtabida 0,2 mm ni tashkil etadi.
Masofalarni kattaroq aniqlikda topish uchun ko’ndalang masshtab qo’llaniladi. Uni
yasash uchun KL chiziqdagi ( 6.2-rasm) masshtab asosida teng ikki santimetrli
kesmalar bir necha marta o’lchab qo’yiladi va hosil bo’lgan nuqtalardan
perpendikulyarlar tiklanadi. Chetdagi perpendikulyarlarga KM=LN=2 cm yoki bir
muncha ortiqrok kesmalarni qo’yamiz va ularda MN  KL chiziqlarni o’tkazib,
MV=KS asosli chiziqli masshtabni yana olamiz. Endi KS va MS kesmalar m ta
hamda KM va LN 84 IG-GTIQGI kesmalar n ta teng bo’lakka bo’linadi va topilgan
nuqtalardan 6.2 – rasmda ko’rsatilgandek parallel chiziqlar o’tkazamiz. Bajarilgan
yasashlar natijasida eng kichik bo’lagi a1b1 bo’lgan ko’ndalang masshtab yasaladi,
uning o’lchami a1b1 S va AVS uchburchaklar o’xshashligidan . 1 1 b1C BC AB a b
= 34-rasm. Topografik karta varag`i 85 IG-GTIQGI AB= KC/m va b1C = BC/n
bo’lganligi uchun / . a1b1 = KC mn Hormal (standart) ko’ndalang masshtab uchun
m=n=10 shu sababli 0,01 . a1b1 = KC Hormal ko’ndalang masshtabning eng kichik
bo’lagi uning asosining 0,01 qismini, ya’ni 0,2 mm tashkil etadi. Uchburchaklar
o’xshashligidan a2b2=2a1b1, a3b3=3a1b1 va h.k. Ko’ndalang masshtabdan
foydalanish
uchun
hisoblanadi.Masalan,
berilgan
6.2-
sonli
rasmda
masshtabda
tasvirlangan
tegishli
elementlar
ko’ndalang
masshtab
nomogrammasidan 1:10000 masshtabda 487 m kesma uzunligini topish kerak. Bu
holda plandagi 1 sm ga joyda 100 m, 2 sm li KS asosga 200 m, kichik AV bo’lakka
20 m to’g`ri keladi, eng kichik a1b1=2 m, masshtab aniqligi 1 m bo’ladi. Stirkul
(o’lchagich) ignalari orasida ikkita asos (400 m) olamiz, keyin chapdagi ignani to’rt
kichik bo’lakka (80 m) va o’lchagichni yuqoriga uch yarim bo’lakka (7 m) suramiz,
bunda chapdagi igna og`ma chiziq bo’yicha, o’ngdagisi esa vertikal bo’ylab baravar
suriladi, ignalar MN oraligi 487 m kesmani tashkil etadi. 6.2 -rasm bo’yicha RS
kesma 1:5000 masshtabda 357 m ga teng, 1:2000 masshtabda 142,8 m; 1:1000
masshtabda kesma PQ=59,0 m va 1:25000 masshtabda 1475 m; 1:100000
masshtabda kesma TU=5,68 km va 1:50000 masshtabda esa 2,84 km ni tashkil etadi.
Ko’ndalang masshtab grafigi masshtabli deyiladigan metal chizg`ichlarda va ayrim
asboblarda gravirlanadi. Berilgan masshtabli chizmada ifodalangan mt= 0,1 mm
kesmaga to’g`ri keladigan joydagi chiziq ko’ndalang masshtabning chekli aniqligi
deyiladi, u quyidagi formula orqali hisoblanadi: м m f t чекли 10000 = , bu ifoda
bo’yicha 1:5000, 1:2000, 1:1000 masshtablardagi planning chekli aniqligi mos
ravishda 0,5 m; 0,2 m va 0,1 m ni tashkil etadi. Demak, o’lchamlari keltirilganlardan
kichik bo’lgan joy predmetlarini planda masshtabli shartli belgilarda tasvirlash
imkoni bo’lmaydi. Bunday berilgan 86 IG-GTIQGI masshtabda plan tuzish uchun
o’lchash ishlari aniqligini va batafsilligini asoslash masalasi kelib chiqadi va uni
echish yo’llari geodeziyada amaliyotda ko’rib chiqiladi. Masshtab aniqligini bilgan
holda quyidagi ikkita masalani echish mumkin: a) karta masshtabida tasvirlash
mumkin bo’lmagan joy predmetlari va konturlar egri- bugriliklari o’lchamini
aniqlash; b) bizga kerak bo’lgan joy predmetlari kartada o’xshash shakllar bo’lib
tasvirlanishi uchun karta masshtabini tanlash. Hamma masshtablar uchun shartli
belgilar mutasadi tashkilotlar tomonidan o’rnatiladi va hamma bajaruvchilar uchun
ularni qo’llash majburiy bo’ladi. Shartli belgilar kartani o’qish, ya’ni tasvirlangan
joyni tushunish imkonini beradi. Hamma shartli belgilar to’rt-maydon (masshtab)li,
masshtabsiz, chiziqli va izohlovchi turlarga bo’linishi mumkin. Joyda katta
maydonni egallagan va karta masshtabida ifodalanadigan ob’ektlar masshtabli
shartli belgilar bilan tasvirlanadi Maydonli shartli belgi ob’ekt chegarasi belgisi va
uni to’ldiradigan yoki shartli bo’yash belgilaridan iborat. Ob’ekt konturi nuqtali
punktirda yoki ob’ektning chegarasiga tegishli (yo’l, ariqlar, to’siqlar va h.k.) shartli
belgilardan iborat. Yuzani shartli belgilar bilan to’ldirish misoli bo’lib-butazor,
yaylov, botqoqlik, konturni bo’yashga o’rmonlar, bog`lar, tomarqalar va h.k. xizmat
qiladi. Kartada (6.1 -rasm) maydonli belgilar -o’tloq, butazor, siyrak o’rmon,
kesilgan o’rmon ko’rsatilgan. Agar joy ob’ekti karta masshtabida o’zining kichikligi
tufayli ifodalanmasa, unda masshtabsiz shartli belgilar qo’llaniladi. Masalan, un
zavodi, shamol dvigateli, o’rmonchi uyi. Chiziqli shartli belgilarga yo’llar, aloqa va
elektr uzatish liniyalari va h.k. kiritiladi. Izohlovchi belgilarda ob’ektlar tavsiflari
har xil yozuvlar va ob’ektlarning o’z nomlari bilan ko’rsatiladi, masalan, ko’prik
uzunligi 30 m, kengligi 6 m, yuk ko’tara olishi 10 t, o’rmon qayinli, daraxtlar
balandligi 16 m, tanasi diametri 0,30 m, daraxtlar orasidagi o’rtacha masofa 5 m.
Bunday bo’yash ob’ektlarni o’qishni osonlashtiradi
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
1. E.Safarov “Tapografiya va kartografiya, gat texnologiyalari” Toshkent 2018
2. https://uz.m.wikioedia.org
3. http://geografiya.uz
4. https://arxiv.uz
5. http://e-library.namdu.uz
6. https://yuz.uz.news
Download