Uploaded by Guli Azamova

buyurtma 102

advertisement
Reja:
1.Ijtimoiy psixologiyada kichik guruh muammosi.
2.Kichik guruh klassifikatsiyasi. Kichik guruhlarning o'lchami.
3.Kichik guruhning tuzilishi va dinamik xarakteristikasi.
Ijtimoiy psixologiyada kichik guruh muammosi. Guruh tushunchasi-umumiy belgilar, umumiy faoliyat,
muloqat hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasi.
Guruh tashkil topishi u/n albatta umumiy maqsad, tilaklar, umumiy shartlar bolishi shart.
Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va koplab ilmiy tadqiqotlar
otkazilgan obektlardandir
Demak asosiy savol??? individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi,
boshqa odamlarning yonida bolishi uning faoliyatiga qanday tasir korsatadi.
Bunday sharoitlarda individlarning ozaro hamkorligi emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga
bolganligi faktining tasiri organilganda. Olingan malumotlar shuni korsatdiki, boshqalar bilan
hamkorlikda bolgan individ faoliyatining tezligi oshadi. Lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi.
Tadqiqot mualliflari amerikalik N. Triplett, nemis olimi A. Mayer, rus olimi V.M. Bexterev, yana bir nemis
olimi V. Myode
Ijtimoiy fassilitatsiya - individning faoliyat mahsullariga uning yonida bolgan boshqa individlarning
bevosita tasiri bolib bu tasir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning
tezligida namoyon bolishidir. Ijtimoiy ingibitsiya - boshqalar tasirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish
faoliyatining susayishi holatlari
Kichik guruhlarga xos qonuniyatlar Kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni odatda
diada (2kishi)dan tortib maksimal kishi(maktab sharoitida)gacha bolishi mumkin.
Guruhning olchami qanchalik katta bolsa, uning alohida shaxslar u/n qadrsizlanib borish xavfi
kuchayadi( yani, shaxsning kopchilikdan iborat guruhdan ozini tortish va uning normalarini buzishga
moyilliga ortib boradi.
Guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo ozaro munosabatlar taranglashib boradi. (Chunki,
shaxslarning bir-birlari oldida masuliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari ularning ortasidagi
aloqalarda doimo aniqlik bolishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar, yani
nomutanosibliklar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi)
Agar guruh azolarining soni toq bolsa, ular ortasidagi ozaro munosabatlar juft bolgan holdagidan ancha
yaxshi boladi. (boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy
tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi)
Shaxsning guruh tazyiqiga berilishi va boysunishi ham guruh azolarining soniga bogliq. Guruh soni 4-5
kishi bolgunga qadar, uning tasiri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, tasirchanlik kamayib boradi.
(kochada sodir bolgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga
intilish, masuliyat hissi pasayib boradi)
Kichik guruhlarning turlari (R.S.Nemov boyicha) Shartli (nominal) Real (haqiqiy) tabiiy Formal (rasmiy)
Kuchsiz rivojlangan Labaratoriya tipli Noformal (norasmiy) Kuchli rivojlangan Korporotsiyalar Jamoalar
Referent Noreferent
Odatda kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bolib(E. Meyo taklifi) organishadi. Rasmiy (formal)
guruh deganda – guruhdagi har bir azolarning rasmiy rollarga egaligi, mavqeining va tutgan orning
aniqligi tushuniladi.
Rasmiy guruhlarda munosabatlar asosan ''vertikal" tarzda roy berib, guruhning bir yoki bir necha azosida
''hokimiyat" bolganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy korsatmalar
berish huquqiga ega boladilar.
Norasmiy guruh(noformal)lar - ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda
azolarning aniq mavqelari, rollari oldindan belgilangan bolmaydi. Norasmiy guruh(noformal)lar – odatda
rasmiy guruhlar tarkibida tashkil topadi. (guruh ichidagi guruh).
Referent guruh G. Xaymen tomonidan 1942 yilda fanga kiritilgan. Referent guruh – guruh ichidagi yoki
tashqarisidagi guruh azolari uchun har tomonlama ornak boluvchi shaxs(yoki shaxslar) guruhi. Referent
guruh – guruh azolari uchun etalon rolini bajarishi mumkin. Bu esa guruhdagi shaxslarga baho berishga,
xulq atvorini oldindan bashorat qilish mumkin.
Agar odamlar kochada tasodifiy hodisani tomoshabini bolib turishgan bolsa, ularni psixologiya tilida
guruh emas, agregatsiya (olomon) deb ataladi. ( sababi avvalgi darslarda aytib otganimizdek haqiqiy
guruh bolishi uchun ularning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir - birlariga tasir
korsatish imkoniyati bolishi kerak ).
CH. Kuli hamkorlikning darajasi mezoniga kora guruhlarni Birlamchi guruhda shaxslararo ozaro tasir
«yuzma - yuz, bevosita» roy beradi. (oila, sinf, hamkasblar) Ikkilamchi guruhlarda har doim ham
odamlarning bevosita muloqotda bolish imkoniyatlari bolmaydi. Ular ortasidagi munosabat va ozaro
tasir bilvosita boladi. (partiyaning turli viloyatlardagi azolari)
Turli guruhlar inson hayotida bir necha funksiyalarni bajaradilar: ijtimoiylashtiruvchi funksiya;
instrumental, yani, aniq mehnat funksiyalarni amalga oshirishga imkon beruvchi muhit; ekspressiv odamlarning ozgalarning tan olishlari, hurmatga sazovor bolish, ishonch qozonishini taminlash; qollab quvvatlash, yani, qiyin paytlarda, muammolar paydo bolganda odamlarni birlashtirish funksiyasi.
Download