O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI MUSTAQIL ISH MAVZU: TCP/IP pog’onasi, vazifalari, qo’llaniladigan asosiy protokollar Topshirdi: Mirbabaev Rustam Qabul qildi: Xasanov Orifjon Toshkent – 2024 Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1. TCP/IP protokoli. 2. TCP/IP pog’onasi haqida tushuncha. 3. TCP/IP vazifalari. 4. TCP/IP qo’llaniladigan asosiy protokollar. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar 2 Kirish O‘tgan asr 80-yillarining birinchi yarmida va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot uzatish modeli protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‘rt pog‘onali tuzilishga ega bo‘lib, har bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjud. Bu protokol orqali adreslashdan nafaqat internet tarmog‘i elementlarini adreslashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga noyob adreslar berish mumkin. Adreslash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi. Oldin shaxsiy kompyuterlar soni kam bo‘lgan va ularni adreslashda muammo bo‘lmagan, ammo shaxsiy kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalari sonining keskin ortishi adreslashda muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining to‘rtinchi IPv4 va oltinchi IPv6 versiyalari mavjud bo‘lib, ular turli xususiyatlarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4 ga asoslangan, ammo ushbu protokol taqdim etayotgan adreslar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat turlari ham ko‘payib bormoqda. Internet buyumlari, ya’ni masofadan boshqaruv tizimlari, «aqlli uy» kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6 ni qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. «Xalqaro simsiz tadqiqotlar» forumi a’zolarining baholashicha 2017– 2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni tashkil etadi va bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorda Internet buyumlarining soni 3000–5000 tani tashkil qilar ekan. Hozirda IPv4 adreslari yakunlangani uchun IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida global miqyosda ish boshlangan. Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP —TRANSMISSON CONTROL 3 PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi. TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi. TCP/IP protokollari to'plami 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi ishlab chiquvchilar guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida yaratilgan. 1976-yilning iyul oyida Vint Cerf va Bob Kahn birinchi marta uchta turli tarmoq orqali TCP yordamida ma'lumotlarni uzatishni namoyish etdilar. Paket quyidagi yo'nalishda o'tdi: San — Fransisko — LondonJanubiy Kaliforniya universiteti. Safarining oxiriga kelib, paket 150 ming km masofani bosib o'tib, bitta bitni yo'qotmadi. TCP va IP (ingliz tili): 1978 yilda, Cerf, Jon Postel va Dan Cohen TCP ikki alohida vazifalarni tanlash uchun qaror qabul qildi. Internet protokoli, tarmoqlararo protokol). TCP kuntagramdagi xabarni buzish uchun javobgar edi (ingliz tili. datagram) va ularni jo'natishning oxirgi nuqtasida ulash. Ip alohida datagramlarni uzatish (qabul qilishni nazorat qilish) uchun mas'ul edi. Zamonaviy Internet protokoli shu tarzda tug'ilgan. 1yanvar 1983-yilda ARPANET yangi protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy tug'ilgan kuni deb hisoblanadi. OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay foydalanish hisoblanadi. 4 Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi: 5 ISO/OSI modelining hamma bosqichlarining ishlashini tashkil qilishga javobgar protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net BIOS/SMB, Novell Ware, DECnet va boshqalar. Protokollar stek tarkibida bo‘lib, ISO/OSI modelining turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy.Protokol steklaridan foydalanishning ijobiy tomoni shundan iboratki, quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan beri ishlatiladigan va taniqli Ethernet, FDDI va boshqa tarmoq protokollaridir. Bu protokollarning apparat vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil qurilmalarni turli tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu tufayli qurilmalarning moslashuv imkoni hosil bo‘ladi. Yuqori bosqich protokollari xususida esa har bir stek o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir protokolga – bir bosqich» tushunchasidek aniq bog‘lanish yo‘qdir, ya’ni bir protokol birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi mumkin. Bundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi: TCP\IP protokoli pog’onalari Internetda ko‘plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu — IP-paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‘lmagan transport muhitini taklif etadi. Mazkur protokolning ma’lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato hollarda datagramma tashlab yuboriladi, jo‘natuvchiga esa tegishli ICMP-xabar yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi). IP-protokolida 6 tarmoqlararo xizmatlarni ta’minlash uchun to‘rtta asosiy mexanizm qo‘llaniladi: xizmat ko‘rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlavhaning nazorat yig‘indisi, qo‘shimcha imkoniyat(opsiya)lar . Xizmat ko‘rsatish turi tarmoqlararo datagrammaning tarmoqlararo tizim orqali uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‘rsatishi uchun foydalaniladi. Paketning yashash vaqti tarmoqdagi datagramma mavjud bo‘lish vaqtining yuqori chegarasini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich jo‘natuvchi tomonidan beriladi va tarmoqlararo datagrammaning marshrut nuqtalari bo‘ylab harakatlanishiga ko‘ra kamayib boradi. Tarmoqlararo datagramma vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‘lsa, u holda ushbu datagramma yo‘q qilinadi. Sarlavhaning nazorat yig‘indisi undagi ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi. Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa, u holda ushbu tarmoqlararo datagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‘q qilinadi. Qo‘shimcha imkoniyatlar ayrim qo‘shimcha xizmatlar bajarilishini ta’minlaydi, masalan, ma’lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari. Asosiy protokollarning tahlili: TCP/IP TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir. U har qanday o‘lchamdagi mahalliy tarmoqlarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir. TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘p protokollar kiradi, lekin o‘z nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.TCP (Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi. IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi. Masalan, TCP yoki UDP. TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasiga ullanganda va har qanday operatsion tizimli kompyuterlarda ishlatish mumkin bo‘ladi. Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi. TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi. 7 IPX/SPS IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange) protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware operatsion tizimi uchun mo‘ljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha server operatsion tizimlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birida edi. IPX/SPS protokollari ISO/OSI modelining tarmoq va transport bosqichlarida ishlaydilar, shuning uchun a’lo darajada bir-birini kamchiligini to‘ldiradi. Afsuski IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha katta bo‘lmagan tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shu tufayli uni katta tarmoqlarda ishlatish kam samara beradi. Net BIOS/SMB Yetarli darajada taniqli protokol steki bo‘lib, uni IBM va Microsoft kompaniyalari loyihalashtirgan va shu kompaniyalar mahsulotida foydalanish ko‘zda tutilgan. TCP/IP kabi Net-BIOS/SMB stek protokollari fizik kanal bosqichida Ethernet, Token-Ring kabi va boshqa standart protokollar ishlaydi. Bu esa har qanday aktiv tarmoq qurilmasi bilan juftlikda ishlash imkonini beradi. Yuqori bosqichlarda esa NetBIOS (Network Basic Input/Output System) va SMB (Server Message Blick) protokollari ishlaydi. NetBIOS o‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan bo‘lib lekin tez orada ancha yaxshilangan NetBEUI (NetBIOS Extended User Interface) protokol bilan almashtiriladi, u 200 tagacha kompyuteri bo‘lgan tarmoqlarda juda samarali axborot almashinuvini tashkil qilish imkonini yaratildi. Kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini hosil qilish uchun, ulardan har biri mantiqiy nomga bog‘lanishi zarur. Kompyuterlarni tarmoqqa ulashda dinamik ravishda har bir kompyuterga mantiqiy nom beriladi. Nomlar jadvali tarmoqdagi har bir kompyuterga tarqatiladi. Shuningdek, guruhli nomlar bilan ham ishlash qo‘llaniladi, bu esa axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish imkonini yaratadi. Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi va resurslarga bo‘lgan kam talabidir. Agarda katta bo‘lmagan bir segmentdan iborat tarmoqlarda axborot almashinuvini tez tashkil qilish talab etilsa, u holda bu protokoldan yaxshisi topilmaydi. Undan tashqari xabarlarni yetkazish uchun o‘rnatilgan bog‘lanishlar zarur talab emas: protokolda bog‘lanish bo‘lmagan holda datagramma usuli qo‘llanilib, xabar jo‘natuvchining va qabul qiluvchining manzili bilan ta’minlanadi va «yo‘lga jo‘natiladi». Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi ham mavjud bo‘lib, u paketni yo‘naltirish tushunchasidan to‘liq mahrumdir, shuning uchun uni murakkab tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas. SMB (Server Message Block) protokoli yordamida esa tarmoqning ishini uchta eng yuqori bosqichlarda tashkil etish mumkin. Bular aloqa vaqti, prezentatsiya va amaliy faqat undan foydalanish 8 orqaligina fayllarga bog‘lanish mumkin, ya’ni printer va tarmoqning boshqa resurslariga. Bu protokol bir necha marotaba rivojlantirilgan, shuning uchun uni Microsoft Vista va Windows 7 zamonaviy operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin. HTTP Bu protokol protokollar orasida eng ko‘p ishlatiladigani bo‘lib, u bilan millionlab foydalanuvchilar Internetda dunyo bo‘yicha har kuni ishlaydilar. HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) protokoli maxsus Internet uchun loyihalashtirilgan. U «mijoz – server» texnologiyada ishlaydi, ya’ni axborotni so‘rovchi mijoz mavjud va bu so‘rovlarga ishlov berib uni jo‘natuvchi server qismi ham mavjud deb bilinadi. HTTP ilovalar bosqichida ishlaydi. Bu shuni bildiradiki, ko‘rilayotgan protokol transport protokolining xizmatidan foydalanishi darkor, ya’ni TCP protokolidan. O‘z ishida protokol URI (Uniform Resource Identifier) resursni noyob identifikatori tushunchasi ishlatiladi. URI parametrlar bilan ishlashni quvvatlaydi, bu hol esa protokolning vazifasini kengaytiradi. Parametrlardan foydalanib serverdan javobni qanday formatda va kodirovkada olishni ta’kidlash mumkin. Bu esa o‘z navbatida HTTP yordamida nafaqat matnli hujjatlarni, har qanday ikkilik tizimidagi ma’lumotlarni ham uzatish imkonini beradi. HTTP protokolining asosiy kamchiligi matnli axborotni ortiqcha hajmdaligi bo‘lib, mijoz serverdan olingan javoblarni to‘g‘ri ifodalay olishi uchun zarurdir. Veb – sahifalarning hajmi katta bo‘lganda, ortiqcha katta trafik hosil qilishi mumkin. Undan tashqari protokol holatini saqlashning mexanizmidan to‘liq mahrum, bu esa Veb – sahifalar bo‘yicha bitta HTTP yordamida harakat qilishga imkon bermaydi. Shu sababli HTTP protokol bilan birgalikda foydalanuvchi brauzerlar bilan ishlash zarur. FTP FTP – protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli fayllar bilan ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi va transport protokoli sifatida TCP – protokolini ishlatadi. Uning asosiy vazifasi fayllarni FTP – serverga uzatish hamda undan olishdir. FTP – protokoli buyruqlar to‘plamidan iborat bo‘lib, axborotlarni uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va axborotlar turli portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 – portlar ishlatiladi: birinchisi – axborotlarni uzatadi, ikkinchisi buyruqlarni uzatadi. Undan tashqari portlar dinamik bo‘lishi mumkin. FTP – protokolining asosiy kamchiligi, axborotlarni shifrlash mexanizmi yo‘qligidir. Bu esa bosh trafikka ega bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchining nomini va shuningdek, uning FTP – serverga ulanish parolini aniqlash imkonini beradi. Bu holni 9 bartaraf etish uchun parallel ravishda SSL protokolidan foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi. POP3 va SMTP Ma’lumotlar bilan almashishning elektron pochta usulidan foydalanish anchadan beri oddiy pochta xizmatiga alternativ bo‘lib xizmat qiladi. Elektron pochta ancha samarali va tezdir. Bu xizmatni amalga oshirish POP3 (Post Office Protocol Version3) va SMTP(Simple Mail Transfer Protocol) sharofati evaziga amalga oshiriladi. POP3 protokoli amaliy bosqichda ishlaydi va pochta serveridagi pochta qutisidan elektron ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi. POP3 protokoli faqat elektron xabarlarni qabul qilishi mumkin, ularni jo‘natish uchun esa boshqa protokoldan foydalanishga to‘g‘ri keladi, ko‘pincha bu vazifa uchun SMTP qo‘llaniladi. Aniqrog‘i u protokolning takomillashtirilgan versiyasi – ESMTP(Extended SMTP)/POP3 kabi SMTP protokoli ham amaliy bosqichda ishlaydi, shuning uchun transport protokol xizmati zarurdir, bu vazifani esa TCP protokoli bajaradi. IMAP IMAP (Interactive Mail Access Protocol) – yana bitta pochta protokoli bo‘lib, u POP3 asosida yaratilgandir. Natijada POP3 protokolidagi hamma kamchiliklar hisobga olinib va yangi ko‘p sonli kerakli vazifalar qo‘shilgan. SLIP SLIP (Serial Line Internet Protocol) axborotlarni uzatish protokoli doimiy Internetga ulanishni telefon kanali va oddiy modemdan foydalanib tashkil qilish uchun yaratilgan. Narxining yuqoriligi tufayli bu turdagi ulanishdan kam abonentlar foydalanadilar. Bu protokol TCP/IP protokoli bilan birgalikda ishlatiladi va u ancha past pog‘onada turadi. PPP PPP (Point – to – Point Protocol) protokoli yuqorida bayon etilgan SLIP protokolining bajaradigan vazifasining biridir. Lekin u bu vazifalarni yaxshi bajaradi, chunki qo‘shimcha imkoniyatlari mavjuddir. Undan tashqari, SLIP farqli o‘laroq PPP nafaqat TCP/IP bilan bog‘lana oladi, balki IPX/SPX, NetBIOS,DHCP mahalliy tarmoqlarda ko‘p ishlatiladigan protokollar bilan ham birgalikda ishlay oladi. PPPning ko‘p tarqalishiga yana bir sabab u Windows NT oilasiga mansub operatsion tizim o‘rnatilgan Internet – serverlarda foydalanilgani tufaylidir. 10 X.25 X.25 protokoli 1976-yili yaratilgan va 1984-yili mukammallashtirilgan, u jismoniy, kanal va tarmoq bosqichlarida ISO/OSI modeli bilan bog‘lanishda ishlaydi. Bu protokol mavjud telefon tarmog‘ida foydalanish uchun loyihalashtirilgan. X.25 protokolini loyihalashtirilayotgan davrda raqamli telefon tarmog‘i noyob edi, u analog kanallarda ishlatilar edi. Shu sabab u protokolda xatoliklarni topish va tuzatish tizimi mavjud, bu esa aloqani ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Ayni vaqtda bu tizim axborot uzatishni sekinlashtiradi (64 Kbit/s). Lekin bu holat yuqori ishonchlilik talab etilgan joylarda ishlatishga xalaqit bermaydi. Masalan, bank tizimida va boshqalarida. Frame Relay Frame Relay – yana bitta telefon tarmog‘i orqali axborotlarni uzatishga mo‘ljallangan protokol. X.25 kabi yuqori ishonchliligidan tashqari yangi qo‘shimcha imkoniyatlarga ham egadir. Uzatiladigan axborotlar video, audio formatda yoki elektron axborot ko‘rinishida bo‘lishi mumkin bo‘lgani sababli uzatilayotgan axborotga qarab uzatish imkonini tanlashi mumkin. Apple Talk Apple Talk protokoli Apple Computer kompaniyasining mulki bo‘lib, u Makintosh kompyuterlari bilan aloqa o‘rnatish uchun yaratilgan. TCP/IP kabi Apple Talk ham protokollar to‘plamidan iborat bo‘lib, ulardan har biri ISO/OSI modelining har birining ishi uchun javobgardir. TCP/IP va IPX/SPX protokollaridan farqli Apple Talk protokoli jismoniy va kanal bosqichlarini o‘zi ijro etadi. 11 Xulosa TCP/IP haqida ko'proq ma'lumot berilishi mumkin, ammo uchta asosiy kalitlar bor: TCP / IP-jismoniy tarmoqlar Internet-ta'lim uchun bir joyga to'planishiga imkon beruvchi protokollar to'plami. TCP / IP shaxsiy tarmoqlarni virtual kompyuter tarmog'ini shakllantirish uchun bog'laydi, unda alohida asosiy kompyuterlar tarmoqlarning jismoniy manzillari bilan emas, balki IP-manzillar bilan aniqlanadi. TCP / IP har bir protokolning javob berishini aniq belgilaydigan ko'p darajali arxitekturadan foydalanadi. TCP va UDP tarmoq dasturlari uchun yuqori darajadagi xizmat ma'lumotlarini taqdim etadi va har ikkisi ham ma'lumotlar paketlarini uzatishda IP-ga tayanadi. Ip paketlarni o'z manziliga yo'naltirish uchun javobgardir. Internetning asosiy kompyuterlarida ishlaydigan ikkita dasturlari orasidagi ma'lumotlar ushbu kompyuterlardagi TCP/IP stakanlarini yuqoriga va pastga "sayohat" qiladi. Yuboruvchi tomonidagi TCP/IP modullari tomonidan qo'shilgan ma'lumotlar qabul qiluvchi uchida tegishli TCP/IP modullari tomonidan" kesiladi " va manba ma'lumotlarini qayta yaratish uchun ishlatiladi. 12 Foydalanilagan adabiyotlar ro’yxati 1. Кучерявый А. E. «Интернет вещей» Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, O'rinboyev, A.Beletskiy). 2. Nigmatov X. Kompyuternыe seti i sistemы v IP telefonii. Shыmkent.2013. 240 str. 3. Abduganiev A.A. Internet asoslari.Toshkent. 2011.20 bet. 4. Abduganiev A.A. Internet muloqat vositasi. Toshkent. 2011. 21.bet. 5. Abduganiev A.A. Internetning texnik va texnologik ta’minoti. Toshkent. 2011. 23 bet. 6. Makarov N.V. «Informatika» Moskva: 2001. «Finansы i statistika» nashriyoti. 3-nashr. 13