Uploaded by shakhriddin02

610-сон 29.09.2021. Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida

advertisement
12/04/2024, 12:06
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-
610-сон 29.09.2021. Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.09.2021 yildagi 610-son
Kuchga kirish sanasi
30.09.2021
Qo‘shimcha axborot
 Ulashish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
DAVLAT KADASTRI SOHASIDA DAVLAT XIZMATLARI NARXLARINI BELGILASHDA
TABAQALASHTIRILGAN YONDASHUV TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat
kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv
tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga
muvofiq dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, dehqon xo‘jaliklarini hisobga qo‘yganlik yoki davlat ro‘yxatidan
o‘tkazganlik hamda Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmalar berganlik
uchun davlat boji va yig‘im undirilmasligi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan
Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash
tartibiga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi boshqa
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-sentabr,
610-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
29-sentabrdagi 610-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas
mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash
tartibiga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. 4.10-pozitsiyaning “Davlat xizmatlarining nomi” ustuniga “Jismoniy shaxslarning”
so‘zlaridan keyin “(yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno)”
so‘zlari qo‘shilsin.
2. 4.11-pozitsiyaning “Davlat xizmatlarining nomi” ustuniga “Yuridik shaxslarga”
so‘zlaridan keyin “(yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno)”
so‘zlari qo‘shilsin.
3. Izohlarga quyidagi mazmundagi 7-band qo‘shilsin:
“7. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dehqon
xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 09/21/610/0899-son)
https://lex.uz/uz/docs/-5662778#undefined
1/1
Download