Uploaded by shakhriddin02

xisobot

advertisement
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA
VAZIRLIGI
TOSHKENT GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA KOLLEJI
KADASTR YO`NALISHI
I-22-GURUH O’QUVCHISI ESHPULATOV SHAXRIDDINNING
HISOBOTI
Amaliyotchi:
SH.Eshpulatov
Amaliyot rahbarlari:
____________
_____________
____________
Toshkent 2023
Kirish
Ishlab chikarish amaliyoti geodeziya, kartografiya va kadastr bakalavriat yunalishi uchun
o‘quv jarayoning asosiy qismi bo‘lib, kadastr yo‘nalishida muayyan masalalarni yechishda,
umumiy maqsadni ko‘zlagan xolda mutaxassisni keng malakali bo‘lib, zamon talabiga javob
beradigan darajada tayyorlashga yordam beradi.
Ushbu amalyotda bitiruv oldi amalyotin tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha umumiy
talablar, amaliyot mazmuni, amaliyot davrida bajariladigan umumiy ishlar bayon etilgan.
Dastur amaliyotning asosiy o‘quv-uslubiy hujjati hisoblanib, talabalarni ishlab chiqarish
amaliyotiga tayyorlanishi va uni mazmunli o‘tishida muhim ahamiyatga ega
Ishlab chiqarish amaliyot davomida bizga qo‘yilgan vazifalar:
- amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarish;
- korxona ichki mehnat tartib qoidalariga bo‘ysunish;
- mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini
o‘rganish va qat’iy rioya qilish;
- bajarilgan ish va uning natijalari uchun korxona xodimlari qatori javobgarlikni his etish;
- kundalik daftar yuritish, kerakli materiallar va ma’lumotlarini yig‘ish;
- amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha topshiriqlarni bajarilganligi haqida yozma
ravishda hisobot tayyorlab uni kafedrada himoya qilishdan iborat.
Respublikamizda yirik korxonalar, inshootlar, ko’p qavatli va zamonaviy turar joy
binolari, ijtimoiy-madaniy muassasalar, yirik va katta uzunlikdagi ko’priklar, avtomobil va
temir yo’llari qurilmoqda. Xo’jaliklaming maydonlarini tashkillashtirishda, aholi yashash
punktlarim joylashtirishda, meleratsiya va gidrotexnika inshoatlarni barpo qilish, qazilma
boyliklami izlash va shunga o’xshash ko’plab ishlarni bajarishdagi masalalami topografikkartografik hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina muvoffaqiyatli xal etish mumkin.Ularni
loyihalash, qurish va ishlatish jarayonida uzluksiz geodezik o’lchash va kuzatish ishlari olib
boriladi.
Geodeziya va kadastr fani qishloq xo’jaligini planlashtirishga doir yer tuzish va yer
kadastri ishlarida, xarbiy ishlarda, mamlakatimiz boyligini aniqlashda, melioratsiya va
gidrotexnikada, o’rmon xo’jaligi kabi muxim soxalarda keng qo’llaniladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI TO‘G‘RISIDAGI HAMDA KADASTR
AGENTLIGINING DAVLAT KADASTRLARI PALATASI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarorining
ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi vazirligi
huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining
Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan
razryadlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi
vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif
koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi vazirligi
huzuridagi Kadastr agentligini tashkil qilish to‘g‘risidagi
NIZOM
Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi
huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari,
funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini,
shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Agentlik ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya va
kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga
oshirilishini ta’minlovchi vakolatli respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z
faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda —
Davlat soliq qo‘mitasi) bo‘ysunadi.
3. Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi tizimiga kiradi.
4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga,
shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining qarorlariga (buyruqlariga) va Hay’at qarorlariga amal
qiladi.
5. Agentlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, xorijiy va xalqaro hamda nodavlat
notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy tusga ega
bo‘lgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik
birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, fuqarolar
tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan shaxsiy g‘azna
hisobvaraqlariga va bank hisobvaraqlariga egadir.
8. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr
agentligi, qisqartirilgan nomi — Kadastr agentligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Agentstvo kadastru Gosudarstvennom nalogovom komitete Respubliki
Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po kadastru;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Cadastre Agency under the State Tax Committee of the Republic of
Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Cadastre agency.
9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota
ko‘chasi, “S” mavzesi, 100097.
Agentlikning asosiy vazifalari
Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining
maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, uning rahbarlarining
funksional vazifalari va mas'uliyati belgilanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining maqomi,
asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, uning rahbarlarining funksional
vazifalari va mas'uliyati belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi
vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Davlat kadastrlari palatasi
to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi huzuridagi
Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizom;
Davlat muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
vazirligi vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi
nizom tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi huzuridagi
Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, agentlik ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya va kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish
sohasida, shuningdek, yerlarning hisobini yuritish, davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati
bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi
hisoblanadi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga
bo‘ysunadi.
Agentlik Davlat soliq qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparati;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
vazirligi
vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirligi vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tuman
(shahar) bo‘limlari;
Davlat kadastrlari palatasi;
Nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish komissiyasi;
Respublika aerogeodeziya markazi;
Davlat kartografiya-geodeziya fondi;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
“Geoinnovatsiya markazi” DUK;
“Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi”
DUK;
Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji.
Agentlik tizimidagi tashkilotlar va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan
mustaqildir va bevosita Agentlikka bo‘ysunadilar.
Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona
davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
mol-mulklarni ko‘chmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan xulosa berish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va
yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan
samarali yer nazoratini amalga oshirish;
b) geodeziya va kartografiya sohasida:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini
ta’minlash;
aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda
tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va
materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini
ta’minlash;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat
kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali
yuritilishini ta’minlash;
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan davlat
kadastr nazoratini amalga oshirish;
g) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
d) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish.
13. Agentlik o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga
oshiradi:
1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona
davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashda:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona
davlat siyosatining ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish faoliyatini ilmiytexnologik va metodik ta’minlashni tashkil etadi;
b) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va nazorat
qiladi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi,
cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari,
notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy
geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida normativhuquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi,
cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona
elektron ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali ko‘chmas mulkka bo‘lgan
huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning shaffof va ommaga ochiq tizimi ishlashini tashkil
qiladi;
kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi
rivojlantirilishini tashkil etadi;
kadastr muhandislari faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlaydi;
ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri shakllantirilishi va yuritilishini tashkil
etadi;
bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi va metodik qo‘llabquvvatlaydi;
v) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda:
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri yuritilishini tashkil etadi;
yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash
maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
(13-band 1-kichik bandining o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobot Milliy geoaxborot tizimida
yuritilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalariga aniqlik kiritish bo‘yicha
takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar
Mahkamasi) kiritadi;
ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash loyihalarini ishlab chiqadi;
yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil
etadi va amalga oshiradi;
yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida
yuritadi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer
kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish sohasida normativhuquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga
tezkor va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etadi;
foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlashni tashkil etadi;
g) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va
yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan
samarali yer nazoratini amalga oshirishda:
erlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga
qaratilgan yer nazoratini amalga oshiradi;
yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan
samarali yer nazoratni amalga oshiradi;
yer uchastkasi chegaralarini (chegara nuqtalarini) o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l
qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda yerlarni
masofadan turib zondlashni, shuningdek, geodezik o‘lchov uskunalari yordamida yerlarni
o‘rganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga
qaratilgan samarali kadastr nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
kadastr yig‘majildi (pasporti) belgilangan tartibda shakllantirilishi va rasmiylashtirilishini
nazorat qiladi;
2) geodeziya va kartografiya sohasida:
a) geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini
ta’minlashda:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, xo‘jalik
birlashmalarining, yuridik shaxslarning geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish bilan
bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtiradi;
geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi
hamda tasdiqlaydi;
geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika
bazaga, asbob-uskunalarga va boshqa texnik vositalarga doir talablarni belgilaydi;
b) aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda
tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va
materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirishda:
aerokosmik suratga olishga, topografiya-geodeziyaga, kartografiyaga oid va boshqa
tekshiruvlarni hamda qidiruv ishlarini amalga oshiradi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining hamda geodezik zichlashtirish
tarmoqlarining turlari va tarkibini, shuningdek, ularni yaratish tartibini belgilaydi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini
yaratadi, rivojlantiradi va ishlash holatida saqlab turadi;
Yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamik
tadqiqotlarini amalga oshiradi;
sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini ta’minlash uchun geodeziya va
kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) yaratadi;
Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasini yaratadi, rivojlantiradi va uning faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlaydi;
Davlat topografik xaritalari va rejalarini yangilash davriyligi normalarini belgilaydi;
Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot
tizimlarini yaratadi, rivojlantiradi va yuritadi;
umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotga oid xaritalarni va boshqa mavzuli
xaritalarni, shuningdek, tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslarni, kartografiya o‘quv
qo‘llanmalarini yaratadi hamda nashr etadi;
geografik obyektlarning nomlarini belgilashni, me’yorlashtirishni, davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishni, ulardan foydalanishni va ularni saqlashni, shuningdek, Geografik obyektlar
nomlarining davlat reyestrini yuritishni amalga oshiradi;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni bajaradi;
davlat boshqaruvi organlarini, xo‘jalik birlashmalarini, yuridik va jismoniy shaxslarni
geodeziya, kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) bilan ta’minlaydi;
geodeziya, kartografiya va kadastrga oid ishlarni metrologik jihatdan ta’minlashni tashkil
etadi;
geodezik va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni ta’mirlaydi,
metrologik attestatsiyaga tayyorlaydi, ularni qiyoslashni amalga oshiradi;
texnik-o‘lchash vositalarini samarali joriy etishda asos bo‘luvchi metrologik ta’minotga oid
qiyoslash va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining ma’muriyhududiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlarni, shu jumladan, xaritalar va chegaralar chizig‘i
tavsifini tayyorlaydi, chegaralar nuqtalari koordinatalarining katalogini tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini (keyingi o‘rinlarda — Davlat chegarasi)
dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning o‘tish chizig‘ini tekshirish
bo‘yicha chegaradosh davlatlar bilan muzokaralar jarayonida ishtirok etadi hamda ishlarni
bajarish uchun zarur bo‘lgan geodeziya, kartografiya va gidrografiyaga oid ishlarni amalga
oshiradi, ular asosida materiallar (ma’lumotlar) tayyorlaydi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari bo‘yicha
aerokosmik suratlar, geodeziya ma’lumotlari, erni masofadan zondlash, topografik,
kartografik, gidrografik va boshqa materiallar bilan ta’minlaydi;
Davlat chegarasi bilan bog‘liq arxiv materiallarini o‘rganishda ishtirok etadi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari bo‘yicha
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qiladi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish sohasidagi
normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini kelishib olish uchun xaritalar tayyorlaydi;
ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va
tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda uni yuritadi;
ma’muriy-hududiy birliklarning navbatchi xaritalarini tayyorlash tartibini va ularga doir
talablarni tasdiqlaydi hamda navbatchi xaritalarni yuritadi;
YER UCHASTKALARINING KADASTR PASPORTINI
SHAKILLANTIRISH
1. Yer uchastkasi kadastr s'yomksini bajarish
Yer uchastkalarining kadastr s'yomkasi GKKINP-18-034-00 “Aholi punktlarida yer
uchastkalarining kadastr s'yomkasi bo'yicha qo'llanma”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer uchastkalari naturada o'lchanganda yer uchastkasining barcha mavjud binolar,
inshootlar va yer turlarining (hovli, bog', poliz, ko'kat ekinlar va h.k.) chegaralari tushirilgan
abrisi tuziladi.
Abrisda yer uchastkasining, bino va inshootning raqami, ko'chaning nomi, mulkdorning
nomi, s'yomka ishining boshlanish hamda yakunlanish, tekshirish sanalari va ijro
etuvchilarning imzolari ko'rsatiladi.
Yer uchastkasining abrisini shunday mo'ljal bilan bajarish tavsiya etiladiki, barcha
o'lchamlar, yozuvlar va raqamli ma'lumotlar tushunarli bo'lishi hamda har bir raqam yoki
yozuv qaysi o'lchovga tegish ekanligi ko'rinib turishi lozim. Abrisga o'lchamga oid noto'g'ri
yozuv kirilgan taqdirda, u o'chirilmasligi lozim. Unga chiziq tortiladi, ustidan esa to'g'ri yozuv
yoziladi.
Abrisni qayta chizish, qirib tozalash va raqamlarni boshqa raqamlar ustiga yozish man
etiladi. Agar abris bir nechta varaqlarda tuzilsa, uning varaqlari raqamlab chiqilishi lozim.
Abrisni yuritishda ayrim detal va yozuvlar sahifa tagiga tushirib ifodalanishi mumkin. Buni
shunday bajarish kerakki, yer uchastkasining plani abris bo'yicha tuzilganda betning tagiga
tushirib ko'rsatilgan detal yoki yozuv qaysi joyga tegishli ekanligi borasida shubha tug'ilmasigi
kerak.
Asosiy binolar chizilganda abrisda ularning qavatlari soni, devorlarining materiali, vazifasi
ko'rsatiladi. Abris plan chizish uchun asosiy material hisoblanadi va shunday tayyorlanishi
lozimki, boshqa ijro etuvchi yer uchastkasi hamda imoratlarning planini u bo'yicha
qiyinchiliksiz tuza olishi kerak.
Abrisda o'tkazilgan tekshirish to'g'risidagi zaruriy fikrlar va yozuvlar ko'rsatiladi. Abris
bo'lim boshlig'i tomonidan tuzilgan sanani ko'rsatgan holda imzolanadi.
Uchastka abrisini tuzishga kirisha turib, inventarizator bu ishni bajarish tartibini belgilashi va
uni mo'ljallangan tartibni buzmagan holda o'tkazishi lozim. Uchastkani o'lchash ishi fasad
chizig'ini o'lchashdan boshlanadi, bu chiziq asosiy yoki, qabul qilingan aytilishicha, uchastka
butun s'yomkasining bazisi hisoblanadi.
Inventarizator tasvirga olinadigan uchastkani ko'rib chiqadi, barcha imorat va inshootlarning
joylashuvini abrisga qo'li bilan chizib kiritadi hamda uchastkaning alohida nuqtalarini
belgilash va uchastka o'lchamlarini butunligicha bog'lash uchun yordamchi o'lchashlarning
zaruriy sonini mo'ljallab chiqadi.
O'lchashlarni batartib amalga oshirish, raqamli yozuvlarni esa ravshan va aniq qilib kiritish
zarur. Ruletka xalqasini uning nolinchi belgisiga mahkamlash maqsadga muvofiq. Lentali
ruletkaning raqamli ko'rsatkichlarini inventarizatorning o'zi, buni boshqa shaxsga ishonib
topshirmagan holda sanab chiqishi lozim.
Gorizontal o'lchov ishlarida imoratlarning balandligi ham o'lchanadi. Ular abrisda naturada
olingan joyda yozib ko'rsatiladi va N harfi bilan belgilanadi, uchastkaning chegara o'lchamlari
0,1 m gacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Uchastkada barcha imoratlar, yer turlari, to'siqlar va boshqalarni tasvirga olish lozim. Yer
turlari ularning to'liq nomi yoki nomlarining bosh harflari bilan belgilanadi (poliz, bog', gulzor
yoki mutanosib ravishda – P, B, G). Agar bog'larda aniq ifodalangan chegaralar bo'lmasa,
ularning maydonini meva daraxtlarining chetki tanalaridan 2 m masofada olingan chagaralar
bo'yicha hisoblash qabul qilingan.
Biz I-22-kadastr guruhi talabalari 02.10.2023 sanasidan ------ sanasiga qadar Davlat
kadastrlarti palatasi Jizzax viloyati Baxmal tuman filalida amaliyotini o`tadim.
Amaliyotning maqsadi: Geodeziya, kartografiya va kadastr ta`lim yo`nalishi bilan bevosita
bog`liq bo`lgan korxona va tashkilotlar, ularda bajariladigan ishlar bilan yaqindan tanishgan
holda soha xususidagi tasavvurlarni boyitish, talabalarning darslarda olgan nazariy bilimlarini
ishlab chiqarish korxonalarida amaliy ahamiyatini his qilishi, nazariya va amaliyotni bir-biriga
bog`lash hamda kelajakdagi bo`lajak ish faoliyatlarimizni tanlash. Buni geodeziya va
topografiyaga ixtisoslashgan Davlat kadastrlarti palatasi Jizzax viloyati Baxmal tuman filialida
ishlab chiqarish amaliyotini o`tash bilan boshladik. U yerda bizni yaxshi kutib olishdi.
Avvaliga biz korxona bo’limlari, undagi ishchi xodimlar va mutaxassislar va ularning
vazifalari bilan tanishdik. Bu yerda geodeziya-topografiya bo’limi va chegaralashtirish
bo’limlari xodimlari bilan tanishdik. Korxonada geodeziya-topografiya bo’limi boshlig`i
Yangiboyev Jasur, texnik nazorat bosh muhandis Sa`dullayev Bobur, chegaralashtirish ishlari
bilan Ko’palov Alibek, qishloq xo’jaligi yerlarini kartalashtirish va monitoring o’tkazish bilan
Qurbonboyev Doston, deshifrovka, xatlov ishlari bilan Sobirova Mahliyo, Marks, San`atbek
kabi mutaxassislar shug`ullanar ekan. Geodeziya-topografiya bo’limi boshlig`i Yangiboyev
Jasur
korxona
faoliyati
Quyidagilar Bo`linmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bilan
tanishtirdi:
topografiya-geodeziya, marksheyderlik, kartografiyaga oid izlanish hamda tadqiqotlar,
yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma`lumotlari va materiallardan
foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash;
yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo`naltirilgan loyiha-qidiruv va tadqiqot
ishlarini bajarish, yerlarni xatlovdan o`tkazish, davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur
ma`lumotlarni tayyorlash;
Bo`linmaga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) topografiya-geodeziya, marksheyderlik, kartografiyaga oid izlanish hamda tadqiqotlar,
yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma`lumotlari va materiallardan
foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirishda:
topografiya-geodeziyaga, kartografiyaga oid va boshqa tekshiruvlarni hamda qidiruv
ishlarni amalga oshiradi;
davlar geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini
yaratadi, rivojlantiradi va ishlash holatida saqlab turadi;
yerning kartografik monitoringini, uni masofadan zondlashni va geodinamik tadqiqotlarni
amalga oshiradi;
sun`iy yo`ldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini ta`minlash uchun geodeziya va
kartografiyaga doir materiallarni (ma`lumotlarni) yaratadi;
Davlat topografik xaritalari va rejalarini yangilash davriyligi normalarini belgilashda
ishtirok etadi;
Umum davlat ahamiyatiga molik geografik axborot tizimlarini yaratadi, rivojlantiradi va
yuritadi;
Ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba texnologik ishlarni bajaradi;
Davlat va xo`jalik boshqaruv organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni geodeziya,
kartografiyaga doir materiallar (ma`lumotlar) bilan ta`minlaydi;
Soliq solish maqsadlarida yer qa`ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib
olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmini aniqlash bo`yicha marksheyderlik ishlarini
bajaradi;
O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududdiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlarni,
shu jumlagan, xaritalar va chegaralar chizig`i tavsifini tayyorlaydi, chegaralar nuqtalari
koordinatalarining katalogini tuzadi;
O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya)
qilish va uning o`tish chizig`ini tekshirish bo’yicha chegaradosh davlatlar bilan muzokaralar
jarayonida ishtirok etadi hamda ishlarni bajarish uchun zaruz bo`lgan geodeziya, kartografiya
va gidrogafiyaga oid ishlarni amalga oshiradi, ular asosida materiallar (ma`lumotlar)
tayyorlaydi;
O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya)
qilish masalalari bo`yicha aerokosmik suratlar, geodeziya ma`lumotlari, yerni masofadan
zondlash, topografik, kartografik, gidrografik va boshqa materiallar bilan ta`minlaydi;
Davlat chegarasi bilan bog`liq arxiv materiallarini o`rganishda ishtirok etadi;
Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari bo`yicha
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qiladi;
O`zbekiston Respublikasi hududida geodeziya koordinatalarining, balandliklarning,
gravimetriya o`lchovlarning yagona davlat tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va
rejalarining masshtab qatorini belgilash masalalari bo`yicha takliflarni Markazga kiritadi;
Grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi davlat topografik
xaritalari va rejalarini, ochiq foydalanishdagi xaritalar yaratadi, yangilaydi hamda nashr etadi;
Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davit dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok
etadi;
Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining hamda geodezik zichlashtirish
tarmoqlarining turlari va tarkibini, shuningdek, ularni yaratish tartibini belgilashda ishtirok
etadi;
Mahalliy koordinatalar tizimlarni belgilash va ulardan foydalanish tartibini aniqashda
ishtirok etadi;
O`zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashish zichligi
normalarini belgilashda ishtirok etadi, joylashgan yerini aniqlaydi hamda ularning hisobini
shakllantiradi;
Doimiy faoliyat ko`rsatadigan sun`iy yo’ldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmog`ini
boshqarish, ularing monitoring va takomillashtirilishida ishtirok etadi;
Yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanish hamda geodeziya, kartografiya va
yerni masofadan zondlash bo`yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy
etishda ishtirok etadi;
Geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normative
hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar to’g’risidagi texnikk hisobotlarga doir
talablarni belgilashda ishtirok etadi;
Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnika
bazasiga, asbob-uskunalarga va boshqa texnik vositalarga doir talablarni belgilashda ishtirok
etadi;
Geodeziya o`lchovlarining yagonaligini ta`minlaydi, geodeziya o’lchov vositalarini
standartlashtirish
hamda
geodeziya,
topografiya
va
kartografiya
mahsulotlarini
sertifikatlashtirish ishlarini tashkil qiladi;
Geodeziya, kartografiya, yerni masofadan turib zondlash, geodinamik tadqiqotlarni
amlaga oshrish, geografik axborot tizimlarinni yaratish bo’yicha pullik xizmatlar ko’rsatadi;
Geodeziya va kartografiya sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil
etadi hamda xalqaro grantlarni jalb etadi;
Geodeziya va kartografiya bo’yicha tizimli ravishda, shuningdek masofaviy o‘qitish
texnologiyalarini qo’llagan holda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish ishlarin
tashkil etadi;
Muhandislik qidiruvlarida, bino va inshootlarni qurishda, ulardan foydalanishda, yer
tuzishda, davlat kadastrini yuritishda va boshqa ishlarda geodezik zichlashtirish tarmoqlarini
quradi;
Muhandislik qidiruvlarida, bino va inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda va
boshqa ishlarda maxsus topografiya-geodeziya, geologiya va muhandislik qidiruvlarini
amalga oshiradi;
2) ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarini amalga oshirishda:
ma`mutiy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash xaritalar va loyihar ishlab chiqaradi;
ma`mutiy-hududiy birliklarning davlat reestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va uni
takomillashtirishda ishtirok etadi;
ma`mutiy-hududiy birliklarning navbatchi xaritalarini tayyorlash tartibini ishlab chiqish va
ularga doir talablarni belgilash ishlarida ishtirok etadi;
3) yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo’naltirilga loyiha qidiruv va tadqiqot
ishlarini bajarish, yerni xatlovdan o’tkazish, davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur
ma`lumotlarni tayyorlashda:
Aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda yerlarni
masofadan turib zondlashni, shuningdek geodezik o`lchov uskunalari yordamida yerlarni
o’rganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo’naltirilgan loyiha-qidiruv va tadqiqot
ishlarini bajaradi;
Yerni xatlovdan o’tkazadi;
Davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur ma`lumotlarni tayyorlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini shakllantirishda davlat yer kadastriga oid ma`lumotlarni
umumlashtirish va electron bazaga kiritish uchun Davlat kadastrlari palatasi va (yoki) uning
hududiy boshqarmalariga belgilangan tartibda taqdim qiladi; yerdan
foydalanuvchilarni
elektron raqamli xaritalarni yaratadi va yangilab boradi;
Yer tuzish va yer kadastriga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok
etadi;
Yer fondining barcha toifalarini xatlovda o’tkazish ishlarini bajaradi;
Yerlardan foydalanish bo’yicha yer tuzish hujjatlarini tayyorlaydi;
Har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo’yicha yer
kadastri electron bazasini shakllantiradi;
Qishloq xo’jaligi elektron raqamli xaritalarini yaratadi va yangilab boradi;
Korxonaning asosiy vazifalari bian tanishgach, geodeziya topografiya bo’limi boshlig’i
Yangiboyev Jasur aka taxeometrik s`yomka qilingan yer uchastkasining topografik planini
tuzishni AutoCAD dasturida tuzishni o`rgatdi. Buni Urganch shahrida joylashgan “Dunyo”
to’yxonasi yonidagi yer uchastkasini topografik planini tuzish misolida ko’rsatdi.
AutoCAD dasturida yer uchastkasi planini tuzish jarayoni
So’ngra korxonaning texnik nazorat bosh mutaxassisi Sa`dullayev Bobur aka
deshifrovka, xatlov ishlarini tushuntirdi. ArcGIS dasturi yordamida yuqori aniqlikdagi
aerofotosuratlardan
foydalanib
qishloq
xo’jaligi
yerlarini
va
joydagi
obyektlarni
kartalashtirishni o’rgatdi. Bunda yerlar fermer xo’jaligi, tomorqa, koperativ, zaxira va bo’z
yerlarga ajratilgan. Bobur aka bizaga har kim o`zi yashayotgan, mahallasining qishloq xo’jaligi
ekinlari kartasini tuzishhimizni topshiriq qilib berdi. Menga Jizzax viloyati Shovot tumani
Otajon Xidirov xo’jaligi Xitoy mahallasining qishloq xo’jaligi ekinlari kartasini o`rganib
chiqish topshiriq qilib berildi.
So’ngra mutaxassis San`atbek aka deshifrovka, xatlov ishlarini tushuntirdi. ArcGIS
dasturi yordamida yuqori aniqlikdagi aerofotosuratlardan foydalanib qishloq xo’jaligi yerlarini
va joydagi obyektlarni kartalashtirishni o’rgatdi.
Bunda yerlar fermer xo’jaligi, tomorqa, koperativ, zaxira va bo’z yerlarga ajratilgan.
Bobur aka bizaga har kim o`zi yashayotgan, mahallasining qishloq xo’jaligi ekinlari kartasini
tuzishhimizni topshiriq qilib berdi. Menga Jizzax viloyati Shovot tumani Otajon Xidirov
xo’jaligi Xitoy mahallasining qishloq xo’jaligi ekinlari kartasini o`rganib chiqish topshiriq
qilib berildi.
Men kartani o`rganib chiqdim. Unga ko`ra hududda aholi yashaydigan joylar
va tomorqa, bog`zorlar, tutzorlar, tokzorlar, terakzorlar, dala va tomorqa, paxta,
bug`doy, makka silos, makka don, makkajo`xori, oq jo`xori, sabzavot, kartoshka,
poliz, dukkakli ekinlar, sholi, va boshqa ekinlar o`ziga xos va mos bo`lgan shartli
belgilar yordamida tasvirlangan ekan.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston
Respublikasining geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonlari asosidagi xavflardan muhofaza qilish ham ijtimoiy
muhofazaning asosiy qismlaridan biridir.
Mehnat muhofazasi - ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobiliyatini
oshirishni taʻminlovchi qonunlar sistemasi hamda ularga muvofik keladigan sotsial-iqtisodiy,
tashkiliy, texnikaviy, gigenik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalari.
Texnika xavfsizligi- ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini
oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasidir.
Yongʻin xavfsizligi obʻyektda yongʻin paydo boʻlish xavfini oldini olish, shuningdek
moddiy boyliklarni muhofaza qilishidan iborat.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omil- ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda
taʻsir etganda shikastlanishga yoki sogʻlikning keskin yomonlashuviga taʻsir etadigan omil.
Ishlab chiqarishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida taʻsir etib kasallanishga yoki ish
qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
Yelektr xavfsizligi- kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektr magnit maydonining zararli
hamda xavfli taʻsiridan muhofaza qilishni taʻminlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar
sistemasi.
Shikastlanish- ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli taʻsirlar natijasida inson organlari
yoki teri qoplami fiziologik bir butunligining buzilishi.
Mehnat sharoiti- mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga taʻsir etadigan
omillar majmui.
Shaxsiy himoyalanish vositalari - bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan
vositalar Shaxsiy himoyalanish vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar,
niqoblar, shlemlar, himoya kuzoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa. Hozirgi kunda
korxona ishlab chiqarish zamonaviy texnikalari bilan jihozlanganligi, yaʻni uning texnika va
texnalogiyaning takomillashib turishi, ishlab chiqarish jarayonining intensivlashuvi,
programmalashtirish, mahsulotni yuqori sifat darajasida topshirish bilan farq qiladi. Bunda
ishlarning davriyligi va mavsumiyligi, foydalanilayotgan energiyaning turliligi (mexanik,
issiqlik, elektr, yorugʻlik va boshqalar), material va moddalar (qattiq , suyuq, gazsimon)ning
har xilligi, ob – xavo va boshqa sabablarga bogʻliqligini, mexnat sharoitlarini
meʻyorlashtirishda hisobga olish kerak. Mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlari bir qancha
omillarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Barcha ishlab chiqarish omillari quyidagilarga
boʻlinishi mumkin: tashkiliy, sanitariya - gigiyena, tabiiy-iqlim, iqtisodiy. Tashkiliy omil
korxonada qabul qilingan ish va dam olish tartibi, ishni tashkil etilish shakli va intizom,
ishchilar nima kiyim, shaxsiy himoyalanish vositalari bilan taʻminlanganligi, shuningdek,
mehnat jarayoni ustidan qilinadigan nazoratning holati va xususan mehnat muhofazasi,
ishchilarning professional tayyorgarlik darajasi va boshqalardir. Shularni mutaxasisiz bizga
tushintirib berdilar va texnika xafsizligi va mehnat xafsizligi boʻyicha olgan bilimlarimizni
sinab koʻrdilar.
Urganch topografiya geodeziya ekspeditsiyasining asosiy vazifalaridan biri mamlakat xalq
xoʻjaligini sifatli va eng yaxshi va yangi geodeziya topografiya hamda kartografiya
materiallari bilan taminlashdir. Bundan tashqari aholiga va korxonalarga shartnoma asosida
quyidagi pullik xizmatlami koʻrsatib kelmoqda:
• Qurilish osti mayodonlarini topografik suratga olish;
• Loyihani joyaga koʻchirish;
Qurilish ostini injener-geologik holatini tekshirish va shu asosda xulosa taqdim etish;
Bino va inshoatlami choʻkish va tashqi tasirlar natijasini aniqlashda yuqori aniqlikdagi
geodezik ishlami bajarish;
Yer maydonlari va shaharlar chegarasini aniqlash hamda boshqa geodezik, kartografik
ishlami bajaradi
Men bu tashkilotda ishlab chiqarish amaliyotni Oʻtashni tashkilot rahbar, mutaxasislar va
ishchi hodimlari ish faoliyati va tashkilotning ichki qonun qoidalari, yongʻin xafsizligi va
texnika xafsizligi qoidalari bilan tanishish va Oʻrganishdan boshladim.
Ishlab chiqarish amaliyot mutaxasis Yangiboyev Jasurdan kerakli topshiriq va
koʻrsatmalarni olib, tashkilot mutahasisi Boʻlinmada Lecia TS02 R400 rusumli shvetsariyada
ishlab chiqarilgan taxeometrlar mavjud. soʻngra geodezik asboblarni joyda oʻrnatish,
markazlash, ishchi holatga keltirish, ularni sinash va tekshirishlarni
bevosita oʻrgandim.
Syomka qilish kerak boʻlgan joyni koʻzdan kechirdik va sʻyomka qilishga qulay joyga
elektron taxeometr asbobini oʻrnatdik. Elektron taxeometr asbobini oʻrnatish jarayonini
amaliyot rahbarimiz oʻzlarimizga topshirdi va biz buni koʻngildagidek bajardik. Elektron
taxeometr ishchi holatga keltirib olgandan keyin joyning tafsilotlarini sʻyomka qilish ishlarini
boshladik, albatta bu ishlar amaliyot rahbarimiz boshchiligida qilindi. Guruhimiz aʻzolari
kerakli joyga nur qaytargich asbobini ushlashdi va shu joyning koordinatasi olindi, ishni shu
bosqichda davom ettirdik. Asbob oʻrnatilgan joydagi koʻrinishi mumkin boʻlgan tafsilotlar
sʻyomka qilib chiqilgandan keyin asbob keyingi nuqtaga koʻchirildi va ishchi holatga ketrilib
ish davom ettirildi. ayerogeodeziya unitar korxonasiga qarashli Urganch topografiya
geodeziya ekspeditsiyasida bajariladiga ishlar Oʻzbekiston respublikasi qonunlari asosida va
tastiqlangan instruktajlar asosida bajariladi ekan.
Loyihani joyga koʻchirish va yer maydonini aniqlab nuqtalarini mahkamlash ishlarida ham
qatnashib jarayon bilan tanishib oldim. Loyihani joyga koʻchirish ishlari ham zamonaviy
electron taxeometrlar yordamida bajarilib bu ishning samaradorligini bir necha barobar
oshiradi.
Men
ishlab chiqarish amaliyotidagi kameral sharoitda bajariladigan yani hisoblash chizma ishlarida
amaliyotidagi berkitilgan rahbarim Yangiboyev Jasur nazorati ostida qatnashdim.
UZDAVYERLOYIXA ilmiy loyixalash instituti Jizzax viloyati boʻlinmasi
a) yer resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirilishini taʻminlash sohasida: yer tuzish, erlardan foydalanish va ularni muhofaza
qilish, yer resurslarini xisobga olish va baholashni takomillashtirishga qaratilgan choratadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; yer fondining xolatini rtish,
Oʻzgarishlarni Oʻz vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish
maqsadida erlar monitoringini amalga oshiradi; har bir er egasi, erdan foydalanuvchi, ijarachi
va er uchastkasi mulkdori boʻyicha er kadastri elektron maʻlumotlar bazasini shakllantiradi;
qishloq xoʻjaligi erlarining olib qOʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi
nobudgarchiligining Oʻrnini qoplash uchun kelib tushadigan mablagʻlarni jamlash, qonun
xujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil qiladi; yer
resurslarining xolati toʻgʻrisida har yili 1-yanvar xolatiga Jizzax viloyati Er hisobotini tuzadi;
b) yer resurslaridan oqilona foydalanish, erlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq
unumdorligini oshirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
davlat boshkdruvi organlari va ularning xududiy bulinmalari, yuridik va jismoniy shaxslarning
erlardan foydalanish, tuprok unumdorligini sakdash va oshirishni taʻminlash soxdsidagi
faoliyatini muvofikdashtiradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish,
erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab
chiqishda ishtirok etadi va xududiy tegishliligi boʻyicha amalga oshiradi;
yer tuzish, erdan foydalanish, tuproq unumdorligini saqdash va oshirish sohalarida davlat
siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
v) erdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha tizimli davlat nazoratini
almlga oshirish sohasida:
yerga oid munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirishga, erlardan oqilona
foydalanish va ularni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosati amalga
oshirilishini taʻminlaydi; yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yuridik va jismoniy
shaxslar, davlat boshkaruvi organlari va ularning xududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan er toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari talablariga rioya etilishi
ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi, yoʻl qOʻyilgan qonun buzilishlarini
oldini olish va bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka
tortish boʻyicha Oʻz vaqtida chora-tadbirlar kOʻrilishini taʻminlaydi; foydalanmayotgan va
samarasiz tarzda foydalanayotgan erlarni aniqlash, ularni Oʻrnatilgan tartibda olib qOʻyish va
belgilangan maqsadda foydalanish, jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
maqsadida ajratib berish yuzasidan takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritadi;
fuqarolarning Oʻzini Oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan
birgalikda yer resurslaridan samarali va maksadli foydalanishni taʻminlash, er munosabatlarini
tartibga solish, er qonunchiligiga rioya qilish, erlardan samarasiz foydalanishning Oʻz vaqtida
oldini olish boʻyicha muntazam ravishda targʻibot-tashviqot ishlarini tizimli tashkil etadi va
amalga oshiradi;
g) Davlat kadastrlari yagona tizimini, shu jumladan davlat er kadastrini, binolar va
inshootlar kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasida:
davlat kadastrlarini yuritishni takomillashtirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini
tegishli xududda tashkil etadi;
davlat er kadastrini, binolar va inshootlarning davlat kadastrini, xududlar davlat kadastrini
va davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish ishlarini tashkil etadi; koʻchmas mulkka boʻlgan
huquqlarni va koʻchmas mulkka doir bitimlarni davlat roʻyxatidan Oʻtkazish ishlarini tashkil
etadi; koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga Oʻtishi,
cheklanishi, bekor boʻlishi va koʻchmas mulkka doir boshqa bitimlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlar
bazasini tashkil etadi; tumanlar va shaharlarning er kadastri navbatchi xaritalarini elektron
shaklida yuritishni tashkil etadi; maʻmuriy-xududiy birliklarning chegaralarini belgilash va
Oʻzgartirish boʻyicha materiallarni tayyorlashni tashkil etadi; yer uchastkalarni tanlash va
ajratish buyicha xujjatlarni tayyorlashni tashkil etadi; yer tuzish va erlarni inventarizatsiya
qilish ishlarini tashkil etadi;
Davergeodezkadastr qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan Jizzax viloyati
xududida bajariladigan er tuzish, er kadastri, ayerokosmik suratga olish, topografiyageodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanika, erlarni masofadan zondlash va boshqa
loyixa-qidiruv ishlari Oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatadi; davlat boshqaruvi organlari va
ularning xududiy boʻlinmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat
kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
d) qonunchilikda Oʻrnatilgan tartibda uchuvchisiz apparatlardan foydalangan. holda qishloq
xoʻjaligi erlarini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish
sohasida:
qishloq xOʻjalik ekinlarini joylashtirishda ishtirok etadi hamda ekinlarni ekilishi va
parvarishlanishi yuzasidan monitoringni tashkil etadi;
ye) koʻchmas mulk obʻyektlarining elektron maʻlumotlar bazasini, koʻchmas mulk bahosini
bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich Oʻtish uchun davlat kadastrlari geoaxborot
tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish sohasida: koʻchmas mulk
obʻyektlarining elektron maʻlumotlar bazasini, koʻchmas mulk bahosini bozor qiymatida
baholashga bosqichma-bosqich Oʻtish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini
yaratilishi va doimiy ravishda yangilab borilishini tashkil etadi; davlat er kadastri, binolar va
inshootlar davlat kadastrining elektron maʻlumotlar bazasini yaratilishi va yuritilishini tashkil
etadi;
manfaatdor idoralar va maxalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Oʻzaro
elektron ahborot almashuvini taʻminlaydi;
j) sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu
jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik
subʻyektlariga tezkor va sifatli xizmatlar koʻrsatish sohasida:
zamonaviy ahborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qOʻllagan holda jismoniy va yuridik
shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatilishini tashkil etadi;
foydalanuvchilarni kadastr ahborotlari bilan taʻminlaydi.
Boshqarma qonun xujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
10. Boshqarma Oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, tarkibidagi Er tuzish
va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi (Keyingi Oʻrinlarda - “Yermulkkadastr” DK),
tuman (shahar)lar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, “Yermulkkadastr” DKning
tuman (shahar) filiallari orqali bajaradi.
3.1 Boshqarma huquqlari va javobgarligi
11. Boshqarma Oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi
huquqlarga ega:
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha tekshirishlarni
belgilangan tartibda amalga oshirish, er toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarining buzilishi sabablari
va oqibatlarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, davlat boshqaruvi organlari va ularning xududiy
boʻlinmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma
koʻrsatmalar berish;
aybdor fuqarolar va mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda vakolati doirasida maʻmuriy
javobgarlikka tortish, er qonunchiligi buzilishi oqibatida etkazilgan zararni undirish boʻyicha
daʻvolar taqdim etish, er toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarning
javobgarligi masalasini hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish;
yer toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarida belgilangan xollarda er uchastkalariga boʻlgan
huquqlarni tOʻxtatish toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
davlat boshqaruvi organlari va ularning xududiy boʻlinmalari, idoralar va boshqa
tashkilotlardan Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun belgilangan
tartibda zarur maʻlumotlarni soʻrab olish;
Davergeodezkadastr qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan Jizzax viloyati
xududida bajariladigan er tuzish, er kadastri, ayerokosmik suratga olish, topografiyageodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanika, erlarni masofadan zondlash va boshqa
loyixa-qidiruv ishlarini sifatli bajarilishini taʻminlash maqsadida, bajarilgan ishlarni
Davergeodezkadastr qoʻmitasi nomidan koʻrib chiqish;
davlat statistika organlaridan zarur statistik maʻlumotlarni bepul olish;
sohaga oid muammolar boʻyicha jamoatchilik, maslahat va boshqa kengashlar, idoralararo
ekspert komissiyalar tashkil etish, yigʻilishlar chaqirish hamda uzoq muddatli dasturlarni,
shuningdek boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, oliy
taʻlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda jalb etish; oliy va Oʻrta mahsus taʻlim muassasalariga sohaga oid kadrlar
zaxirasini tayyorlash uchun buyurtma va yoʻllanmalar berish boʻyicha Davergeodezkadastr
qoʻmitasiga takliflar kiritish;
Oʻz tasarrufidagi asosiy vositalarni xisobdan chiqarish bilan bogʻliq masalalarni
Davergeodezkadastr qoʻmitasi ruhsati bilan belgilangan tartibda amalga oshirish;
“Yermulkkadastr” DK tomonidan ishlab chiqilgan daromadlar va harajatlar smetasini, shtat
jadvallarini koʻrib chikish va tasdiqlash
Davergeodezkadastr qoʻmitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish
jamgʻarmasini shakllantirish va undan samarali foydalanishda ishtirok etish;
Boshqarma xodimlarini mehnatiga haq tOʻlash, ragʻbatlantirish, mukofotlash va boshqa
ragʻbatlantirishlarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
Boshqarma qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Boshqarma Oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun
javob beradi.
3.2 Boshqarma faoliyatini tashkil etish
13. Boshqarmaga Jizzax viloyati hokimi bilan kelishilgan xolda Davergeodezkadastr
qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Boshliq
rahbarlik qiladi.
Boshqarma tarkibidagi “Yermulkkadastr” DK rahbari, shuningdek “Oʻzdaverloyiha” DILI
instituti Jizzax viloyat boʻlimi rahbari tegishli ravishda Boshqarma boshligʻining
Oʻrinbosariga tenglashtiriladilar;
Boshqarma boshligʻi ayni bir vaqtda tegishli xududda erlardan foydalanilishi va ularning
muhofaza qilinishini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Boshqarma taʻminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʻminlash mahalliy byudjet mablagʻlari
hamda byudjetdan tashqari mablagʻlar xisobiga amalga oshiriladi.
Boshkarmaning shtat jadvali va xarajatlar smetasi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda
tasdiqlanadi va roʻyxatdan Oʻtkaziladi.
14. Boshqarma boshligʻi:
Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda boshqarmaga yuklangan
vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; davlat organlarida va
boshqa tashkilotlarda Boshqarma nomidan vakillik qiladi yoxud Boshqarma nomidan
ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi; tarkibiga kiruvchi tarkibidagi tuman (shahar)lar yer
resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, “Yermulkkadastr” DK va uning tuman(shahar)filiallari
faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga bevosita rahbarlik qiladi; tarkibidagi tuman (shahar)lar
yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, “Yermulkkadastr” DK shtatlar jadvalini, xarajatlar
(va daromadlar) smetasini hamda nizomlari, ustavlari, tuzilmasini tasdiqlaydi;
Boshqarmaga ajratilgan moliyaviy va moddiy mablagʻlarni belgilangan tartibda tasarruf
etadi; belgilangan tartibda Boshqarma tarkibidagi tuman (shahar)lar yer resurslari va davlat
kadastri boʻlimlari boshliqlarini, “Yermulkkadastr” DK rahbarini “Davergeodezkadastr”
qoʻmitasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qiladi,
boshqarma xodimlari, tuman (shahar)lar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari hamda
tizimidagi “Yermulkkadastr” DK mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va
javobgarlik darajasini belgilaydi;
“Oʻzdaverloyiha” DILI instituti Jizzax viloyat boʻlimi faoliyatini muvofiqlashtiradi va
“Oʻzdaverloyiha” DILI instituti Jizzax viloyat boʻlimi rahbarini lavozimga tayinlash va
lavozimdan ozod qilish boʻyicha taklif kiritadi;
Boshqarma xodimlarining ichki mehnat tartibi qoidalariga, lavozimlar yoʻriqnomasi, odobahloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablariga hamda xizmatga oid
xujjatlar bilan ishlash tartibiga rioya qilishini taʻminlaydi;
Boshqarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor
qiladi.
Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari nizomlarini tasdiqlaydi;
qonun xujjatlariga muvofiq buxgalteriya xisob-kitobi va statistika hisoboti tashkil
qilinishiga javob beradi;
zarur boʻlganda Boshqarma tuzilmasiga, cheklangan umumiy shtatlar soniga muvofiq
Oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisiga takliflar kiritadi;
Boshqarma, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, “Yermulkkadastr” DK hamda
uning tuman (shahar) filiallari xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va
koʻrsatmalar beradi;
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari hamda “Yermulkkadastr” DKning
tuman (shahar) filiallarini birgalikda samarali faoliyat yuritishini taʻminlaydi;
Boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy
javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida Oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek
soha tarmoqdarini rivojlantirishda alohida Oʻrnak koʻrsatgan xodimlarga Davergeodezkadastr
qoʻmitasining kOʻkrak nishonlari va fahriy yorliqlari hamda boshqa ragʻbatlantirishlar bilan
taqdirlash boʻyicha Davergeodezkadastr qoʻmitasiga takliflar kiritadi.
Qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
3.3 Boshqarma tizimini moliyalashtirish va ragʻbatlantirish
15. Boshqarma, (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarini saqlab turish va
moddiy-texnik taʻminlash, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq tOʻlash mahalliy
byudjet mablagʻlari, Er munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi,
shuningdek qonun xujjatlarida taʻqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
16. Boshqarma xodimlariga boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan va tegishli
tarmoq kasaba uyushmasi bilan kelishiladigan Davergeodezkadastr qoʻmitasi xodimlariga
uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustamalar tOʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Nizomga muvofiq har oyda uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustama
tOʻlanadi.
17. Boshqarma tizimida uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun toʻlanadigan
ustamalar faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga belgilangan
razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda xisoblanadi:
Ish staji boʻyicha guruh Uzluksiz staj uchun ustama miqdori
3 yildan 5 yilgacha 20 foiz
5 yildan 10 yilgacha 35 foiz
10 yildan 15 yilgacha 50 foiz
15 yildan va undan ortiq 60 foiz
18. Boshqarma moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, xususan, zamonaviy
axborot kommunikatsiya texnologiyalari va umumiy foydalanish boʻyicha axborot tizimlarini
joriy etish, dasturiy vositalar bilan taʻminlash hamda Boshqarma xodimlarining malakasini
oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy ragʻbatlantirish va qonun xujjatlari bilan
taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun qoʻshimcha manba sifatida Boshqarmaning
byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga shakllantiriladi.
19. Boshqarma qonun xujjatlarida belgilangan tartibda soha xodimlarining hayotini
sugʻurtalash, ularni moddiy va maʻnaviy ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish
tadbirlarini amalga oshiradi.
20. Xodimlarning ish haqi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar,
qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish tOʻlovlari, shuningdek qoʻshimcha moddiy
ragʻbatlantirish tOʻlovlaridan iborat boʻladi.
21. Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
“JIZZAX davlat kadastrlari palatasi”
AMALIYOT
Biz I-22-kartografiya guruhi talabalari amaliyotning to’rtinchi haftasida “Jizzax
ekspeditsiya loyiha-qidiruv” MCHJda ishlab chiqarish o’quv amaliyotida bo’ldik. Ushbu
tashkilot Jizzax viloyati Baxmal tumani usmat shaxarchasi 56-uyda joylashgan. Amalyot
davrida ko`pgina narsalarni o`rgandik.
Amaliyotning maqasadi: Geodeziya, kartografiya va kadastr ta`lim yo`nalishi bilan
bevosita bog`liq bo`lgan korxona va tashkilotlar, ularda bajariladigan ishlar bilan yaqindan
tanishgan holda soha xususidagi tasavvurlarni boyitish, talabalarning darslarda olgan nazariy
bilimlarini ishlab chiqarish korxonalarida amaliy ahamiyatini his qilishi, nazariya va
amaliyotni bir-biriga bog`lash hamda kelajakdagi bo`lajak ish faoliyatlarimizni tanlash. Buni
geodeziya va topografiyaga ixtisoslashgan “Jizzax ekspeditsiya loyiha-qidiruv” MCHJning
xodimlari bilan, ular qilinadigan ishlari bilan, vazifalari bilan tanishdik. Bizga amaliyot
davrida korxonadan amaliyot rahbar qilib Elmuradov E aka tayinlandi va o`z tajribalari,
bilim va salohiyati bilan bizga yaqindan yordam berdi. Bu tashkilotda 20 nafar xodim
ishlaydi. Bu xodimlar soha mutaxassislari ya`ni topograf va geodezistlar, hisobchilar, texnik
ishchilar va boshqalar. Korxonada davlat tomonidan beriladigan topshiriqqa asosan o’lchov
ishlari olib boriladi. Topshiriq kanal, zovur-zahkashlarda geodezik o’lchov ishlarini bajarish
va ular natijasida loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashdan iborat bo’ladi. Bunda trassa har 100
metrdan piketlarga ajratilgan. Shu asnoda trassaning ko`ndalang va bo`ylama kesimi
profillari tuzilgan. O`lchov ishlari yakunlangandan keyin shu o`lchov ishlariga loyiha
ishlanadi. Qolaversa kollektor uchun loyiha ishi Jizzax Melioratsiyadan ma`lumotlar
to`plagan holda kanal va daryo o`zanlari uchun Chap qirg`oq va Amudaryo tizimi
boshqarmasi tomonidan to`plangan ma`lumotlarga asoslanib ishlar bajariladi. Bu loyiha
ishlarida obyektni qazish va tekislash ishlari aniqlanadi. Ular asosida obyektning hajmi kelib
chiqadi. Umumiy hajmidan qiymati aniqlanadi. Qiymat aniqlangandan keyin loyihani
ekspertizadan o`tkazish uchun loyiha NAPU idorasidan loyiha ishlari ko`rib chiqiladi va
tegishlicha xulosalar beriladi. Tegishli joylardan xulosalar olingandan keyin Jizzax viloyatida
shu ish bilan shug`ullanuvchi bir necha tashkilotlarga tender asosida berilishini Norbek
akaytib o`tdi
Loyiha ishlari quyidagilardan iborat bo`ladi: bo`ylama va ko`ndalang kesim tuzish va shu
bo`ylama kesimdagi ko`prik va o`tish joylari, piyodalar o`tish joylari, elektr liniyalari, suv
o`lchash gidropostlari, vodoprovod liniyalari va bir qancha aloqa kabellarini loyihaga kiritish
va kiritmaslik bo`yicha dalolatnoma tuziladi. Shu dalolatnomaga asosan kollektor drellarda
gidrotexnik ishlar bajariladi. Dalolatnoma 5 nafar mutaxassis bilan tuziladi.
Amaliyot davomida biz jamoamiz bilan dala ishlarida qatnashdik. Dala ishlarida o`lchash
jarayonini ishchi xodim Doniyor Zaripboyev tushuntirdi. Dala ishlarida o`lchovchi asbob
nivelir, taxeometr, GPS koordinata oluvchi moslamalar va bir qancha ish qurollari bilan
tanishdik.
Xullas, bo`linma trassaning asosiy elementlarini topish va joyda loyihalash-rejalash ishlari
bilan shug`ullanadi.
“Loyihalanayotgan chiziqli inshootning topografik kartaga tushirilgan yoki joyda
belgilangan o`qiga trassa deyiladi.
Trassaning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: plan-uning gorizontal tekislikka
proyeksiyasi: bo’ylama profil-loyihalanayotgan chiziqning vertikal qirqimi. Trassa planda
turli xil yo’nalishdagi chiziqlardan iborat bo`lib, bu chiziqlar o`zaro turli radiusdagi
aylanmalar orqali tutashgan bo`ladi.
Bo’ylama profilda esa trassa turli nishablikdagi chiziqlardan tashkil topgan bo`lib, bu
chiziqlar vertical qayrilmalar bilan tutashgan bo`ladi.
Odatda, trassa nishabligi kata bo`lmaganligi uchun uning tasvirini yaqqol ko`rsatish
maqsadida bo`ylama profil vertical masshtabi gorizontal masshtabiga nisbatan 10 baravar yirik
qilib olinadi masalan, gorizontal masshtab 1:10000, vertical masshtab 1:1000”-dedi amaliyot
rahbarimiz.
Shu ishlar misolida Baxmal tumani Muzbuloq va Usmat kollektorlarning ko`ndalang va
vertikal profillari va loyiha-smeta hujjatlari bilan tanishdik.
Baxmal tumani Baxmal va Muzbuloq kollektorlarning ko`ndalang va vertikal profillaridan
na`munalar
Baxmal va Muzbuloq kollektorlari vertikal profilining bir qismi
Baxmal va Muzbuloq kollektorlari ko`ndalang profilining bir qismi
Shartli belgilardan namunalar
Baxmal va Muzbuloq kollektorlari
Korxonada dala ishlaridagi xodimlar yetishmovchiligi sababli o`qishdan keying idora
tashkilotga kelib ishlashni, qolaversa tajribani oshirishning istiqbolli yo`llarini ko`rsatishni
va oylik maoshi bilan taminlashni taklif berdi.
XULOSA
Agentlik ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya va
kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga
oshirilishini ta’minlovchi vakolatli respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z
faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya(keyingi Iqtisodiyot va
moliya) bo‘ysunadi.
Men Jizzax viloyati davlat soliq qo’mitasi huzuridagi kadastr agentlikgi Jizzax viloyati
boshqarmasida yozgi amaliyot davrimni shu yerda o’tadim. Ta’lim muassasasi talabalarini ular
olgan bilim va ko’nikmalarni ishlab chiqarish amaliyotida amaliy va nazariy bilim va
ko’nikmalarni xar bir talaba berkitilgan ishlab chiqarish korxonalida o’taydi, Davlat soliq
qo’mitasi xuzuridagi kadastr agentlikgi (kadastr palatasi) tumanlar filiallari, UZGASHIQLITI,
Beshinchi ekispiditsiya, Jizzax dav kadastr (Giprozem) Agroprom, respublika aerogeodeziya
Jizzax viloyati xududlararo bo’linmasi,
xusussiy kadastr agentliklariga berkitilgan xolda
amaliyot davrini o’tadik.
Men Iqtisodiyot va moliya xuzuridagi kadastr agentligi Baxmal tumani filialida yozgi
amaliyot davrimni o’tash moboyonida u yerdagi qilinayotgan ishlar kadastr yig’ma jildini
shakillantirish, ijara shartnomasi, auksionda yutib olingan yerlarni xujjatlarini ishlash va ularni
auksionga chiqarish kabi ishlar bilan tanishdim. Bu yerda asosan kadastr arxivida ishlngan
xujjatlar kadastr kartalari va syomkalar bilan tanishdim bu yerda amaliyot davrida xisobotim
uchun kerak bo’ladigan xujjatlarni yig’dim amaliyot o’tayotgan davrda xujjatlarni nusxasini
olib ilova tariqasida xisobotimga qoshgan xolda tagdim qildim.
Men amaliyot davrida bu yerga berkitilganligimdan xursandman ustozlarimni nazariy boy
bilimlarini amaliyot davrida qo’llagan xolda o’zimni ish jarayonida yaxshi taraflama ko’rsata
oldim va korxona raxbari tomonidan tavsiyanoma bilan tagdirlanib ustozlarimga xam katta
raxmat aytishdi. Men xam ustozlarimni ishonchini oqlab amaliyot davrida korxona ishchilarida
juda yaxshi tasurot qoldirganim.O’rta maxsus talim muasasasini tugatib men xam kadastr
agentligi, kadastr palatasida ish faooliyatimni boshlamoqchi-man.
ILOVALAR
Download