KURS ISHI Agrar munosabatlar va uning O zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni Reja: Kirish 1. Agrar munosabatlar umumiy tavsifi 2. Agrar munosabatlarning bozor tizimidagi xususiyatlari 3. Bozor iqtisodiyoti haqida tushuncha Xulosa Kirish Ma’lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo’lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur buyumlari bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun iste’mol tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu sohani rivojlantirishga har doim alohida e’tibor berib kelinmoqda. «2016-yilda qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni va tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo’yicha tizimli ishlar davom ettirildi» deb ta’kidlaydi mamlakatimiz Prezidenti. Agrar soha oldida turgan vazifalami bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog’liq bo’lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko’rsatish va infratuzilma sohalarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida har tomonlama rivojlantirish zarurdir. Boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligida ham kishilar o’rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo’ladi. Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu bog’lanib yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob’ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi. Uzoq yillar davomida tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik “oziqlanishi” mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agrar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan (masalan, yerni Sh. Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-mtizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” // Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq Vazirlar so‘zi 2017-yil 16-yanvar. Kurs ishi predmeti: Agrar munosabatlar Kurs ishi vazifalari: 1) Mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalar, ilmiy va o’quv adabiyotlar, darsliklar, qo’llanmalarni qiyosiy-tahliliy o’rganish; 2) Didaktik jarayonning tashkiliy shakllari va zamonaviy dars tuzilmalarini ishlab chiqish; 3) Agrar munosabatlar haqida umumiy va aniq tushunchalar berish. Kurs ishiga metodologik asosi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri - bu bozor munosabatlariga asoslangan agrar ishlab chiqarishni rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy negizini shakllantirish, mulkiy munosabatlarni takomillashtirish, faol tarkibiy o’zgartirishlarni chiqarishning amalga oshirishdir. Bu esa qishloq xo’jalik ishlab barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashga, qishloqda kuchli ijtimoiy siyosat оlib borishga, mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa хоm ashyoga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Bагсhа tarmoqlar o’rtasida qishloq хо ’jaligi iqtisodiy munosabatlarda boshqalardan farq qiluvchi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida bu tarmoqdagi iqtisodiy munosabatlar alohida o’rganiladi. Mazkur qo’llanmada, avvalo, agrar sektorining o’ziga xos xususiyatlari va u bilan bog’liq bo’lgan muammolarni tahlil qilib, keyin e’tibor уег rentasiga qaratiladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalarida ham to’xtalib o’tiladi. Tahlilning oxirida agrobiznes va uning turlari, O’zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari bayon etiladi. Asosiy matndan so’ng esda saqlash va o’zini tekshirib ko’rish uchun asosiy tushuncha, iboralar hamda ularning tariflari berilgan. Asosiy diqqat-e’tiborni bir yerda jamlash uchun test savollari, o’rganish faolligini rag’batlantirish maqsadida esa masalalar keltirilgan. 1. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. Agrar sohada ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bizning mamlakatimizda esa yer davlat mulki bo’lib, u uzoq muddatli ijara sifatida foydalanishga berilayapti. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar yer, o’simlik, chorva mollari bilan bog’liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog’lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar mumkin natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan, masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Yerdan olinadigan hosil ko’proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog’i ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo’lib, asosiy rolni o’ynaydi. chiqarish Qishloq xo’jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari shirkat, fermer, dehqon xo’jaligi shakllarida bo’lib, ularda turli iqlim va tuproq sharoitlarida ishlab chiqarish olib boriladi. Qishloq xo’jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, mahsuldor transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi. Qishloq xo’jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o’lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo’lmaydi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o’tkazadi, sanoat tarmog’ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Shunga binoan qishloq xo’jaligidan kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko’proq. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh kimyoviy va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, o’g’itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – inventarlar, yoqilg’i va moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo’jaligida aylanma kapitalning ko’pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’ladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi , uning sifatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Yerning yaxshilash tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini ham qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to’laroq foydalanish har bir xo’jalikning muhim vazifasidir. Тabiiy omillar qishloq xo’jalik mahsulotining bevosita ko’payishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o’rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligida turli ekinlarni ekib bo’lingandan to hosil yig’ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo’jalik ekinlari mehnat ta’sirida bo’lgan kunlar hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. vositalaridan, Bu hol qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan mehnat ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan, seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g’alla o’rish kombaynlari, paxta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig’im-terim paytida ishlatiladi, xolos. kapital va Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida mehnatning energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo’lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda. O’zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi sababli yerga bo’lgan masalalari mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib tartibdagi topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan egalik huquqini tan olishini bildiradi. O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin». 1 Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo’lishi shart emas. Real xo’jalik ko’pincha har hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo’jaliklari amalga oshiradi. Ijara haqi va renta munosabatlari. Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A. Т yurgolarning ilmiy asarlarida ko’rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati mahsulotlarini natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo’jalik yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar. Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish) ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig’i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: mutloq ( a bsolyut ) yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta. Ўзбекистон Республикаси « Ер кодекси ». Т ., « Ўзбекистон », 1999 й ., 20- модда . Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan shart- qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi : Birinchidan, samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo’jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, nisbatning ya’ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi . Chunki bunday yer uchastkalarida sarfxarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, shaharlardan va markaziy yo’llardan uzoq joylashgan yer uchastkalari mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo’ladi. yordamida Differensial ko’rib chiqamiz (10-jadval). renta I ning hosil bo’lishini shartli misol Differensial renta I ning hosil bo’lishi Yer IjtiO’rtacha Ijtiuchast- moiy foyda moiy kasi ishlab (so’m) qiyma chiqarish t xarajat(so’m) lari A B 8000 8000 2000 2000 Yalpi mahsu -lot (tonna ) 10000 20 10000 25 Mahsu lotning individual qiymat i (so’m) 500 400 Ijtimoiy qiyma t – bozor narxi Yalpi sotilgan mahsu -lot (so’m) Differensial renta I (so’m ) (so’m ) 500 500 10000 12500 2500 Differensial renta II xo’jaliklarni intensiv (jadal) rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog’liq holda vujudga keladi (11 -jadval ) . Misolimizda yerga qo ’ shimcha 5 ming so ’ m xarajat sarf qilish natijasida qo ’ shimcha 20 tonna mahsulot olinsa , u holda birinchi yilga nisbatan qo ’ shimcha olingan 10 ming so ’ m daromad differensial renta II ni tashkil etadi . Shuning uchun ham qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi. 11 -jadval Differensial renta II ning hosil bo’lishi I /ch Davr i Ishlab Yalpi chiqarish mahsulot xarajatlari (tonna) (so’m) 1 tonna mahsulotning ijtimoiy qiymati (so’m) Sotil-gan mahsulot summasi, so’m Qo’shimcha mahsulot, ya’ni differen-sial renta II, so’m 20 1 tonna mahsulotning individual qiymati (so’m) 500 1- yil 10000 500 10000 - 2- yil 15000 40 375 500 20000 10000 Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo’jaliklar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo’lganligi sababli uning manfaatlari yo’lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to’planishi lozim. Differensial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jaliklarning o’zlarida qoldirilishi mantiqan qilinishi to’g’ri mumkin, chunki hissasini bo’ladi. Uning faqat bir qismi davlat davlat ma’lum darajada bu rentaning hosil fondiga jalb qilishda o’z qo’shadi, ya’ni transport yo’llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag’lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o’g’itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo’lgan davlat bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida taqsimlanadi. Absolyut (mutloq) renta. Ko’pgina mamlakatlarda qishloq xo’jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’g’ri keladi. Hozirgi davrda yerga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshkalar. Yerga bo’lgan bu mulkchilik (shaklidan qat’iy nazar) monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun oladigan to’lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi. Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi – monopol renta – bu boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadigan yerlardan olinadigan rentadir. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Natijada monopol yuqori narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha bo’lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. Faqat qishloq xo’jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo’shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Хuddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi. Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar sarflanmagan qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar bo’lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to’lanadigan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar formulada unga qurilgan quyidagicha yozish mumkin: ИХ inshootlar = R amortizatsiyasi + r+ (A). Buni A . Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob’ekti emas, balki oldisotdi ob’ekti hamdir. Yer ham qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi? Yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Б= R r'× 100 , % bunda B - yer narxi; R - renta; r ¢ ў - ssuda foizi me’yori. Faraz qilaylik, R – 15 ming doll., r ¢ ў = 5%. Bunda B=300 ming doll. ga teng bo’ladi. Yer egasi faqat shu narxdagina yerini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi. Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda yerning narxi o’sib boradi. 2. Agrar munosabatlarning bozor tizimidagi xususiyatlari. Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni o’rtasida iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash sanoat tarmoqlar i ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir. ASM to’rtta sohani o’z ichiga oladi: Birinchi soha - qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko’rsatish bilan band bo’lgan tarmoqlar; Ikkinchi soha – qishloq xo’jaligining o’zi; Uchinchi yetkazib soha – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchiga berishni ta’minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish); Тo’rtinchi sharoitlarini soha - odamlar hayoti va faoliyatining umumiy ta’minlaydigan infratuzilma (yo’l-transport xo’jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo’jaligi)dan iborat. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Qishloqni yangilash va qayta qurish chora-tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega» 2 . Shu sababli Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish davom ettirilmoqda. Agrobiznes va uning turlari Тadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko’rinishida namoyon bo’ladi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir . Chunki ular bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa yuqori samarani ta’minlaydi. Fermer xo’jaliklari mustaqil tuzilma bo’lish sababli o’z faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo’jaligining yashovchanligini ta’minlaydi. Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, Prezidentimiz Islom Karimov fermer xo’jaliklari, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko’rsatishi lozimligini ta’kidlab o’tgan edi. Shu sababli respublikamizda qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini xo’jaligi tartibga to’g’risida»gi, kooperativi «Dehqon solish O’zbekiston xo’jaligi Respublikasining to’g’risida»gi, «Qishloq «Fermer xo’jaligi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qarorlariga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat asoslanadi. Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina- traktor parklari, ta’mirlash ustaxonalari, ishlovchi tayyorlov punktlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta kichik korxonalar tizimi shakllandi. Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir . Ular ma’lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonalardir. Agrofirmalar ham qishloq xo’jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir necha xo’jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan ko’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi. O’zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari O’zbekistonda agrar islohotning negizi yerga bo’lgan mulkchilik masalasidir. Respublika emasligi, Konstitutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi ta’kidlangan. Shunday ekan, qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga yerni meros qilib qoldirish qo’yish orqali huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib erishish ko’zda tutilgan. Respublikada yerga bo’lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati shundan iboratki, melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi. Buni bizdagi dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi. Bu xususiyat faqat sug’oriladigan yerlarga xosdir. Respublikada barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan ko’prog’i (4,2 mln.ga) sug’oriladigan yerlar bo’lib, uning yarmidan ko’prog’i yaxshi meliorativ holatda, qolgan yerlar esa melioratsiya ishlari (qayta o’zlashtirish, borishni kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish)ni olib talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug’orib kelingan har gektar yerni qayta o’zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko’p xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o’zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiyalashga, qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir. Qishloq xo’jaligini isloh qilishning muhim yo’nalishi – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug’oriladigan yerlarni shaxsiy xo’jaliklar va bog’-dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo’li bilan aholini yer bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu ko’rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka barham berishga va to’rtinchidan, kengaytirishga yakka tartibda uy-joy qurilish ko’lamini ancha muvaffaq bo’lindi. Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo’nalishi – bu qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xo’jaliklarga tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. Bunda ekin maydonlari tarkibini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilash huquqi beriladi. Masalan, d on mustaqilligiga erishish va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashni tiklash yo’li izchil amalga oshirilishi natijasida donli ekinlar maydoni ancha kengaydi, paxta ekiladigan maydonlar esa tegishli ravishda qisqardi. Respublikada agrar islohotlarni chuqurlashtirishning navbatdagi yo’nalishi barcha davlat va shirkat qishloq xo’jalik korxonalarini (birinchi navbatda zarar ko’rib ishlayotganlarini) fermer xo’jaliklariga aylantirishdan iboratdir. Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g’oyat muhim yo’nalish – qishloq xo’jaligida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchini bo’shatib xizmat olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, ko’rsatish sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish – agrar islohotning hozirgi kundagi ustuvor yo’nalishidir. Agrosanoat majmuasi qishloq хо'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ulami tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq tarmoqlar yig'indisidir. Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi aholining oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste'moli tovarlariga bo'lgan ehtiyojlarini to'laroq va samaraliroq qondirishdan iborat. Mamlakatimiz agrosanoat majmuasi agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyasining mahsuli bo’lib, o'tgan asrning 70- yillaridan boshlab yagona tizim sifatida shakllana boshladi. Agrosanoat majmuasining pirovard mahsulotini yaratishda ishlab chiqarish va muomala sohasining turli bosqichlarida bevosita va bilvosita 70dan ortiq tarmoqlar ishtirok etadi. Agrosanoat majmuasi tarkibiga texnologik va iqtisodiy jihatdan o'zaro bog'liq va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan oxirgi iste'molchiga yetkazib berishgacha bo'lgan jarayonda bevosita ishtirok etuvchi tarmoqlar kiradi. Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan tarmoqlar o'rtasidagi nisbat agrosanoat majmuasining tarmoq tarkibini tashkil etadi. Agrosanoat majmuasi 4ta sohani o'z ichiga oladi. chiqarish Birinchi soha sanoatning agrosanoat majmuasini ishlab vositalari bilan ta'minlovchi, shuningdek, qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish va texnik xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlaridan iborat. Bu sohaga agrosanoat majmuasi uchun mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar, qishloq xo'jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar, yoqilg'i - moylash materiallari yetkazib beruvchi, mineral o'g'it va ximikatlar, qishloq хо'jaligi zararkunandalariga qarshi vositalar ishlab Chunki iqtisodiy jihatdan erkin bo'lgan fuqaro, haqiqiy mulkdorgina o'z mol-mulkini samarali tasarruf etishdan, o'z boyligini ko'paytirishdan manfaatdor bo'libgina qolmay, balki butun mamlakatni, boyitishga ham qodir bо'lаdi."3 Fermer хо'jaliklarini tashkil etish tanlov asosida, oshkoralikni ta'minlagan holda amalga oshirilmoqda. Fermer xo'jaliklari mamlakatimiz sharoitida ham xo'jalik yuritishning eng samarali shakli ekanligini qisqa muddat ichida isbotlay oldi. Buni 2006 yilning boshida tugatilgan shirkat хо'jaligi negizida tashkil etilgan 125,7 ming fermer хо'jaliklarining ilk natijalari yaqqol ko'rsatib turibdi. Ularning soni o'tgan yilga nisbatan 21,7 mingga ko'paygan. Fermer хо'jaliklarning 24,5%ga qishloq oshdi. Yangidan o'zidayoq tashkil хо'jaligi etilgan yalpi fermer mahsulotidagi хо 'jaliklarida ulushi 18,6%dan birinchi yilning paxtaning hosildorligi 6,4 sentnerga, donning hosildorligi 5,3 sentnerga oshdi. Rentabellik darajasi paxtada - 12,8 foizdan 18,9 foizga, donchilikda - 1,9 foizdan 19,8 foizga yetdi. Fermerlarda mahsulot birligiga ketadigan moddiy resurslar sarfi sezilarli darajada kamaydi. Moddiy xarajatlar har gektariga mineral o'g'it bo'yicha 46 kilogramm, yonilg'i moylash materiallari bo'yicha 67 kilogrammga kam bo'ldi. Ularda mahsulot miqdorining ko'payishi chorva asosan ekinlar hosildorligi va mahsuldorligining oshishi evaziga yuz bermoqda. Ilk bora yuqorida qayd etilgan o'sish sur'atlariga о bhavoning qulay kelishi natijasidagina emas, balki zarar bilan ishlayotgan shirkat xo'jaliklari o'rnida fermer xo'jaliklarini tashkil etish, korxonalarni kreditlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o'tkazish, zarur miqdordagi mineral o'g'itlar bilan o'z vaqtida ta'minlash va shartnoma munosabatlarini takomillashtirish evaziga erishildi. Umumiy ekin maydonlari tarkibida fermer хо 'jaliklarining ulushi 59,3%, alohida qishloq xo'jalik ekinlari bo'yicha mazkur ko'rsatkich quyidagicha: donli ekinlar 57,7%, texnik ekinlar – 68,1, ozuqa ekinlari – 46,3%. Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo libʻ resurslarga erkinlik, xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozorʻ iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo jalik emas, balki tovar xo jaligi hukmron bo ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo ladi, ya ni ular bozorda oldi sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya’ni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural iste mol o rniga tovar istemoliustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo jalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy bo lgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo ladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoamulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil bo lib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yo l berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, o z mulki va mablag iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko tarib ish yuritish usullari mavjud bo ladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik bo lib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi o’z manfaatidan kelib chiqqan holda, qo lidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini o’zi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy sub yektlar alohidalashganidan ular manfaati to qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo ladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uningrivojlanishini ta minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmi bo lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy bo lish man etilmaydi, aksincha, unga yo l ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi bo lmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past bo lishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo lmagan, tovarlar mo’l ko’lligi ta minlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning bo lishidir. Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil bo lmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad ko radi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uyg otib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun bo lsada, pul bilan bog liq bo lmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni ko zlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo bo ladi. Tarixan Bozor iqtisodiyoti ning 2 turi bo lgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan . Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamg arilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo bo lib, unga xususiy mulkning ozchilik qo lida to planishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning o ta boy va o’ta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos bo lgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali ma rifatli iqgisodiyotga o sib o tadi. Bunday o’zgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo lmasligi, o ziga to q va farovon yashovchi o rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to qnashuvlarga o rin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Xulosa O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri - bu bozor munosabatlariga asoslangan agrar ishlab chiqarishni rivojlantirishning mulkiy huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy negizini shakllantirish, munosabatlarni takomillashtirish, faol tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishdir. Bu esa qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur'atlarini ta'minlashga, qishloqda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga, mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa xom ashyoga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda agrar sektor muhim rol o’ynaydi. YaIM tarkibida qishloq xo’jaligining ulushi 25 %ni tashkil etdi. Agrar sektor oxirgi yillar davomida barqaror sur’atlarda rivojlanib kelmoqda. Barcha mulk shakllarida yaratilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarning umumiy hajmi 5395,5 mlrd so’mni tashkil etdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 % o’sish taminlandi. Oxirgi besh yilda ilk marotaba paxtadan eng ko'p 3,5 mln tonna hosil yetishtirildi. ko'payishi, Bunga qulay ob-havo sharoitlari, ekin maydonlarining agrotexnik tadbirlarning o'z vaqtida amalga oshirilishi, hosildorlikning oshganligi hamda fermer erishildi. хо'jaliklarida paxta yetishtirishning ortganligi natijasida Joriy yilda o'tgan yilga nisbatan don mahsulotlari 532,1 ming t., kartoshka 28,5 ming t., sabzavotlar 181,4 ming t., poliz mahsulotlari 42,8 ming t., mevalar 97,6 ming t., uzum 52,5 ming tonnaga ko'paydi. Chorvachilikda ham o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ko'rinib turibdiki, qishloq хо 'jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari v а sanoat tarmoqlari uchun хо m ashyo ishlab chiqariladi. Aholi uchun xo'jaligi zarur bo'lgan tovarlar bozorini to'ldirish uchun qishloq tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq хо 'jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida muayyan iqtisodiy aloqa vа munosabatlar sodir bo'ladi. Agrar sektorda iqtisodiy faoliyat jarayonida yuz beradigan barcha munosabatlar eng asosiy omil bo'lgan yer bilan bog'liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish v а undan unumli foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar agrar munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlar ob'ekti yer, qiluvchilar sub'ekti esa yer egalari, хо 'jalik yurituvchi va mehnat hisoblanadi. Agrar munosabatlarining xususiyatlari, birinchi navbatda, yerga bo'lgan mulkchilik bilan bog'liqdir. Bizning mamlakatimizda yer davlat mulki bo’lib, u uzoq muddatga foydalanishga berilmoqda.