MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………............. 3 1. Buxoro viloyat statistika boshqarmasi haqda ma’lumot ………………….. 6 2. Bo‘limlar nomi ………...…………………………………………………...... 13 2.1 Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo'limi ……………………………..14 2.2 Kadrlar bo‘limi ……………………………………………………………...14 2.3 Narx statistika bo‘limi …………………………………………………….. 16 2.4 Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi …………………………………………………………….. 16 2.5 Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo'limi………………….... 17 3. Buxoro viloyat Romitan tuman statistika bo‘limi bilan tanishuv …….... 18 3.1 Romitan tuman statistika bo’lim strukturasi ………………………….... 20 4. Statistik hisobotlar …………………………………………………………. 21 5. Statistika kuzatish va ko‘rsatkichlar …………………………………….… 23 XULOSA ……………………………………………………………………...... 27 Foydalinilgan adabiyotlar ………………………………………………….…. 28 Ilovalar …………………………………………………………………………. 29 Kirish Ma’lumki hozirgi kunda statistika sohasi ildamlik bilan rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Shunday qilib, statistika nazaryasi barcha tarmoqlar statistikasining metodologik asosi hisoblanadiю Iqtisodiy statistika sintetik ko‘rsatkichlarni, jumladan, yalpi milliy boylik (YaMM), yalpi milliy daromad (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), yalpi milliy mahsulot (YaMM) va boshqalarni aks ettiruvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqadi va tahlil qiladi. iqtisodiyot; ijtimoiy takror ishlab chiqarish tarmoqlari va elementlarining tuzilishi, nisbati, o‘zaro bog‘liqligi; ishlab chiqaruvchi kuchlarni taqsimlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning tarkibi va ulardan foydalanish xususiyatlarini ko'rib chiqadi; nihoyat, bozor iqtisodiyotining umumiy makrostatistik modelini milliy hisoblar tizimi (SNT) shaklida tuzadi va tahlil qiladi.Iqtisodiy statistikaning tarmoqlari - sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport, aloqa, mehnat statistikasi, Tabiiy boyliklar, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqalar. -- tegishli tarmoqlar rivojlanishining statistik ko'rsatkichlarini ishlab chiqish va o'rganish. Milliy statistika tizimini takomillashtirish, davlat statistika organlarining mustaqilligini ta’minlash, statistika ma’lumotlarining xolisligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini takomillashtirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilansin: statistika organlarini talab yuqori bo‘lgan, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga, statistika ma’lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish; statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlash orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etish; 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi; statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan rasmiy statistika hisobotlari va kuzatuvlarini o‘tkazish hamda ularni nashr qilish va e’lon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi; Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan statistika ma’lumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida e’lon qilinadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar), shuningdek, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunadi; hududiy boshqarmalar boshliqlari Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari boshliqlari hududiy boshqarmalar boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 3. Davlat statistika qo‘mitasiga quyidagi huquqlar berilsin: boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish va audit natijalariga ko‘ra, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; kuzatuvlarni o‘tkazish, rasmiy statistika materiallarini shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro elektron bog‘lanish. Bunda, vazirlik va idoralar rahbarlari Davlat statistika qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasidagi so‘roviga muvofiq o‘zlarining axborot tizimlariga kirish va undan erkin foydalanishni ta’minlash uchun shaxsan javobgardirlar. 4. Quyidagilar: Jahon banki ko‘magida ishlab chiqilgan 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya); 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin. 5. Vazirlar Mahkamasi Strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning to‘liq bajarilishini tashkil qilsin, belgilangan vazifalar bajarilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin; bir oy muddatda Strategiyaning yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarning bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat tarmoq ishchi guruhlarini shakllantirsin. Buxoro statistika boshqarmasi haqida ma`lumot O‘zbekiston Respublikasi Respublikasi Prezidentining Davlat statistika 2002-yil qo‘mitasi O‘zbekiston 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” PF-3183-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 8-son qaroriga muvofiq ta’sis etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining nizomi va tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 8-son qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining o‘zgartirilgan nizomi va tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-sonli qarori Asosiy Majburyatlar O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash; Davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish; xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiya va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish; davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika ma’lumotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash; Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish; Davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasi o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash; Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish; davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida o‘z vaqtida aks ettirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish. Ustuvor yo‘nalishlar statistika organlarini talab yuqori bo‘lgan, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga, statistika ma’lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish; statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlash orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etish; rasmiy statistikani ishlab chiqarish, tarqatish va muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatning butun milliy statistika tizimi doirasida qo‘llaniladigan uslubiy asoslar va boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish; idoraviy ma’lumotlar bazalarini yagona ma’lumotlarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich optimallashtirish va respondentlardan hisobot topshirish yukini kamaytirish, shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga statistikani shakllantirish tizimini takomillashtirish; statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlik siyosatini yo‘lga qo‘yish va mavjud statistika ma’lumotlari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish orqali foydalanuvchilarning statistika axborotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish; davlat statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, xodimlarning samarali ishlashi uchun munosib shartsharoitlarni yaratish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilishi hisobiga hududiy statistika organlari tuzilmalari va ularning vazifalarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish; davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda kelgusida amaliyotda qo‘llash uchun ilg‘or statistika usullari va texnologiyalari, shu jumladan ochiq ma’lumotlar sohasida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish. Vakolatlari Davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash, davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish; xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish; davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash; korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish; Davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoq va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash; Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish; boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish va audit natijalariga ko‘ra, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; kuzatuvlarni o‘tkazish, rasmiy statistika materiallarini shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro elektron bog‘lanish. Boshqarma rahbarlari Buxoro viloyat statistikga boshqarmasi boshlig‘i Djumanazarov Ulug'bek Ochilovich Buxoro viloyat statistikga boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jalolov Farhodbek Shuhratbek o‘g‘li Buxoro viloyat statistikga boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Yusupov Muxiddin Maxamadaminovich Demografik holat Hududlar bo’yicha shaar va qishloq aholi soni (yil boshiga,ming kishi) Shu jumladan: Doimiy aholi shahar soni Qishloq aholisi 2022- Yanvar - Sentabr 2000,3 736,5 1263,8 Buxoro viloyati Buxoro sh. 285,0 262,9 24,9 63,5 63,5 0 Olot 102,4 38,5 63,9 Buxoro 174 39,8 134,2 Vobkernt 145,2 28,2 117 G’ijduvon 315,7 91,4 224,3 Kogon 82,1 6,0 76,1 Qorako’l 169 64,7 104,3 Qorovulbozor 19,4 11,1 8,3 Peshku 128,2 16,3 111,9 Romitan 146,8 37 111,1 Jondor 181,3 34,8 146,5 Shofirkon 183,6 42,3 141,3 Kogon sh Tumanlar: Bo‘limlar nomlari Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma-axborot ishlar statistikasi bo'limi. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va bajarish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash va davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish sohasida: Davlat statistika ishlari dasturi, Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi, Boshqarmaning ish rejalarini o‘z vaqtida shakllantirilishida ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika tizimini rivojlantirishning maqsadli dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi topshiriqlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy va istiqbol rejalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarda ishtirok etadi; b) xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish sohasida: Makroiqtisodiy, tarmoq va hududiy darajalarda o‘rganilayotgan ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarning qamrovini kengaytirishga qaratilgan statistika ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini keng joriy etish yo‘li bilan statistik kuzatuvlar tizimini umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga yanada moslashtirish bo‘yicha ishlarda ishtirok etadi; v) ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish sohasida: Davlat statistika ishlari dasturi, Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqarish dasturi, yig‘ma-axborot ishlari reja-jadvalining bajarilishini o‘z vaqtida ta’minlaydi; Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo'limi Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: Buxoro viloyat statistika boshqarmasi tizimida moliyalashtirishni ta’minlashishlarini tashkil qilish, moddiy-texnika ta’minoti va mablag‘larning samarali ishlatilishi ustidan nazorat qilib borish; Buxoro viloyat statistika boshqarmasi tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish; Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va tejab ishlatilishi ustidan nazorat qilib borish; Tuman va shahar statistikabo‘limlari va boshqarma tasarrufidagi bo‘limlar tomonidan yillik Davlat statistika ishlari dasturi doirasida bajarilgan ishlarni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish. Kadrlar bo'lim Bo‘limning vazifalari va funksiyalari Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va bajarish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash va davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish sohasida: Boshqarma tizimida yagona kadrlar siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; statistika organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish va ishlab chiqish, takliflarni amalda ro‘yobga chiqarishda ishtirok etish; b) davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish sohasida: kadrlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, ularning malakasini oshirish, davlat statistika organlari uchun kadrlarni o‘qitish va qayta o‘qitish tizimini shakllantirishga yordam berish; rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun kadrlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash; shtatlar jadvalini maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish; v) davlat statistikasi tizimida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning viloyatning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi, shuningdek, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini yanada to‘liq ochib beruvchi ko‘rsatkichlarning keng ro‘yxatidan erkin foydalanishlarini ta’minlash sohasida: kadrlar ishiga oid yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni muvofiqlashtirish va unifikasiyalash, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash asosida xodimlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish; internet-resurslarga joylashtirish yo‘li bilan, viloyat statistika boshqarmasida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish; g) Boshqarma va uning tarkibiy bo‘linmalarining ish usullari va shakllarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning ma’suliyatlarini oshirish sohasida: xodimlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash. Narx statistikasi bo'limi Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) narx statistikasi bo‘yicha axborotlarni shakllantirish va tahlil etish sohasida: narx statistikasi bo‘yicha axborotlarni Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan ishlar va muddatlarda yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etish; narx statistikasi axborotlarini shakllantirish masalalari bo‘yicha hududiy statistika organlar faoliyatini muvofiqlashtirish; b) narx statistikasi sohasida ilmiy asoslangan metodologiyani joriy etish sohasida: narx statistikasi axborotlarini shakllantirish bo‘yicha qabul qilingan uslubiy hujjatlarni amaliyotda qo‘llanilishini ta’minlash; hududiy statistika organlari tomonidan, narx statistikasi sohasiga oid davlat statistika kuzatuvlarini yagona statistika metodologiyasi asosida tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish; v) zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish sohasida: narx statistikasi hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilish ishlarini tashkil etish, bu yo‘nalishda hududiy statistika organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, narx statistikasi asosiy ko‘rsatkichlarining takomillashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritish. Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo'limi Bo‘limning vazifalari va funksiyalari Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: -ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning talablarini o‘rganishni hisobga olgan holda istiqbolli maqsadlar va yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni joriy etib borish; davlat statistika ishlari dasturining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga oid qismi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish; Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo'limi Bo‘limning vazifalari va funksiyalari Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash, shuningdek faoliyatni muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish sohasida: tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning talablarini o‘rganishni hisobga olgan holda istiqbolli maqsadlar va yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni joriy etib borish; Davlat statistika ishlari dasturining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid qismi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish; tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi sohasi bo‘yicha tahliliy salohiyatni mustahkamlash, Davlat statistika ishlari dasturining mazmunini doimiy ravishda takomillashtirish, uning mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tarkibiy va bozor islohotlari, iqtisodiyoti tarmoqlari va sektorlarida islohotlarning borishini tavsiflovchi tegishli maqsadli ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligini oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish; davlat statistikasi tamoyillariga rioya etilishini va tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi sohasi bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan statistik metodologiyaning yagonaligini ta’minlash; b) xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish sohasida: makroiqtisodiy, tarmoq va hududiy darajalarda o‘rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning qamrovini kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini keng joriy etish yo‘li bilan statistik kuzatuvlar tizimini umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga yanada moslashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi sohasida xolis, sifatli va dolzarb hisobot ma’lumotlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va idoraviy kuzatuvlar shakllarini kelishishda ishtirok etish. Buxoro viloyat Romitan tuman statistika bo‘limi bilan tanishuv Men Buxoro davlat universiteti iqtisod va turizm fakulteti 3-1STA-21 guruh talabasi Davronov Avazbek 2022-yil 1-noyabr kuni amaliyot yuzasidan Buxoro viloyat statistika boshqarmasiga bordim. U yerda kadrlar boʻlimi orqali Romitan tuman statistika boʻlimiga yoʻllanma olib bordim. Tuman statistika boʻlimi rahbari G‘oyipov Hamza meni boʻlim va u yerdagi mutaxassislar bilan tanishtirdi. Avvalgi ikki kun davomida men Buxoro viloyat statistika boshqarmasi tarixi va faoliyati haqida oʻrgandim. Oʻrganish davomida uning boʻlimlari, vazifalari, boʻlimlarga qarashli korxonalar, MCHJ, sanoat korxonalari va fermer xoʻjaliklar bilan tanishib chiqdim. Undan soʻng tuman statistika boʻlimiga qarashli fermer xoʻjaliklarni o'rgandim. Bizning tuman statistika boʻlimiga 621 ta fermer xoʻjalik qarashli boʻlib men ularning 214 tasi bilan tefon orqali gaplashdim va 6 oylik hisobot topshirishi haqda ogohlantirdim. 6 oylik hisobot tog'risida menga oʻsha yerdagi mutaxassislar yordam berdi. Oyning 1 chi haftasida 5 kunlik ish davomida koʻplab statistikaga oid bilimlarimni oshirdim. Hisobot koʻrsatkichlari ularning vazifalari haqida oʻrganib chiqdim. Shu oʻrganish davomida mahalla bilan aholi turmush darajasini oshirish uchun olib borilayotgan roʻyxat olish qonuni bilan tanishdim. Sanoat korxonalari va MCHJ fermer xoʻjaliklar hisoboti bilan birgalikda yana mehnat hisobotlari, 4Kb hisobotlari bilan tanishib chiqdim. Romitan tuman statistika boʻlimiga qarashli 39 ta MFY raislari bilan telefon orqali aholining soni, ularning yosh darajalari oid hisobot topshirish mavzusida gaplashdim. Va tuman statistika boʻlimi ichida boʻlib oʻtayotgan koʻplab seminar yigʻilishlarida qatnashdim bunda statistika qoʻmitasining yangi qarorlari va ularnish vazifasi, amalga oshirish bosqichlari bilan tanishib chiqdim. Shuningdek boshqa tuman statistika boʻlimlari va ularning vazifalari olib borilayotgan tadbirlar torisida koʻplab video roliklar koʻrdim. Bu video roliklar tuman statistika boʻlimining hisobotlari haqida va ularning viloyat statistika boshqarmasiga yuboriladigan hujjatlar to'g'risida ekanligini angladim. Shunindek tuman statistikasi bo’limida amaliyot qilish davrida sohaning keng ko’lamda ekanligini, tarmoqlari va vazifalari haqida yanada ko’p ma’lumotga ega bo’ldim. Bu sohada mutaxassislarning ozligi tufayli ayrim tuman statistika bo’limlarida rahbarlarning yo’qligi, ishchi mutaxassis o’rinlari boshligiga guvoh bo’ldim. Amaliyot davrida video selector mjlislarida qatnashdim va bu borada ham katta xulosalar chiqardim. Hisobotlar taqim etish muddati qo’mita tomondan belgilan vaqtda bajarilishi shart. Romitan tuman statistika bo’lim strukturasi. Bo’lim boshlig’i Bosh mutaxasis Bosh mutaxasis Aholini ro’yxatga olish Statistik hisobotlar Statistik hisobot - kompaniyalar, korxonalar, tashkilotlarning tasdiklangan shakllarga muvofiq tuziladigan va belgilangan muddatlarda mintaqa (mahalliy) statistika organlariga topshirilishi majburiy boʻlgan hisobotlari majmui. Hisobot — korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, maʼlumotlar, hisobkitob hujjatlari elektron shaklda taqdim etiladi. Balans H., moliyaviy H. va statistik H., xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Balans H.i — kompaniya buxgalteriya xisobotining asosiy shakli boʻlib, muayyan sana uchun kapitalni shakllantirish manbalari va kapi-tal qoʻyilmalar yoʻnalishini tavsiflaydi. Ikki tomonlama jadval shaklida tuziladi; uning chap qismi (aktiv)da kapital tarkibi va uning joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻng qismi (passiv)da kapi-tal manbalari koʻrsatiladi. Aktivda asosiy va aylanma kapital koʻrsatkichlari, passivda oʻziniki boʻlgan va jalb etilgan kapital tuzilmasi va miqdorlari beriladi. Juda batafsil tuziladigan ichki balans kompaniya boshqaruvi tomonidan kompaniya faoliyatini rejalashtirish va boshqarish-da, filiallar ishini nazorat qilishda foydalaniladi. Tashqi balans tashqi xisobotning boshqa shakllari bilan birga kompaniya faoliyati toʻgʻrisida toʻliq va ochiq axborot hisoblanadi. Davlat soliq va yuqori rahbarlik organlariga, fond birjalariga taqdim etiladi, aksiyadorlar oʻrtasida tarqatiladi, maxsus maʼlumotnomalarda eʼlon qilinadi. Tijorat-savdo sirini saqlash maqsadlarida kompaniyalar balansida rasman ruxsat etilgan modda (band)larni guruhlash va umumlashtirishdan keng foydalaniladi (qisqa balans). Kompaniyalarning moliyaviy Hisobot hisobot topshirishning majburiy shakli. Unga quyida-gilar kiradi: kompaniyaning umumiy balansi; foyda va koʻrilgan zarar toʻgʻrisida hisobot; pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot va kompaniya rahbariyatining umumiy majlisda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kompaniya paychilari yoki aksiyadorlari eʼtiboriga havola etiladigan yillik dokladi. Korxonalarning statistik hisoboti iqtisodiyotdagi ayrim boʻgʻinlarning ish koʻrsatkichlarini jamlash orqali tarmoqlar, mintaqalar va mamlakat iqtisodiy faoliyatining statistik koʻrsatkichlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Mansabdor shaхslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib koʻrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. Prezidentning “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 16.07.2012 yildagi PF-4453-son Farmoniga muvofiq 2015 yil yanvardan boshlab davlat statistik hisoboti toʻliq hajmda elektron koʻrinishda taqdim qilinadi. Majburiy statistika hisoboti MChJ Har bir MChJ buxgalteriya hisobi va soliq hisobotini yuritishi shart. Ushbu majburiyat MChJ uchun soliq ro'yxatdan o'tgan paytdan boshlab kelib chiqadi va tugatish vaqtida tugaydi, ya'ni. registrdan istisnolar. MChJning barcha soliq hisobotlari soliq, PFR, FSSga beriladi. Biroq, yiliga bir marta har bir MChJ buxgalteriya ma'lumotlari bo'yicha buxgalteriya balansini tuzadi. Hech qanday harakat bo'lmagan taqdirda ham, "nol" qoldiq hisoblanadi. Hisobni qayerga topshirishim kerak? Soliqda. Statga. Shuning uchun, hatto nolga teng bo'lgan va mikrobiznes bilan bog'liq bo'lgan barcha MChJlar har yili Balansni Statga topshirishlari kerak. Statistik kuzatish va ko’rsatkichlar Statistik kuzatish-bu ommaviy (to'g'ri statistik ma'lumotlarni olish uchun o'rganilayotgan hodisaning namoyon bo'lishining ko'plab holatlarini qamrab oladi), tizimli (ishlab chiqilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi, shu jumladan metodologiya, yig'ishni tashkil etish va nazorat qilish masalalari). axborotning ishonchliligi), tizimli (tizimli, doimiy yoki muntazam ravishda amalga oshiriladigan), ilmiy tashkil etilgan (kuzatish dasturiga, anketalarning mazmuniga, ko'rsatmalarni tayyorlash sifatiga bog'liq bo'lgan ma'lumotlarning ishonchliligini oshirish uchun) kuzatish ijtimoiy hodisalar va jarayonlar iqtisodiy hayot, bu aholining har bir birligi uchun individual xususiyatlarni to'plash va ro'yxatga olishdan iborat. Statistik kuzatishning bosqichlari 1.Statistik kuzatishga tayyorgarlik(ilmiy, uslubiy va tashkiliy-texnik masalalarni hal qilish). -kuzatish maqsadi va ob'ektini aniqlash; ro'yxatga olinishi kerak bo'lgan belgilar tarkibini aniqlash; - ma'lumotlarni yig'ish uchun hujjatlarni ishlab chiqish; - monitoring uchun kadrlarni tanlash va tayyorlash; 2. Ma'lumotlar to'plami -statistik shakllarni (shakllar, anketalar) to'g'ridan-to'g'ri to'ldirish; Statistik ma'lumotlar - statistik kuzatish jarayonida shakllanadigan, keyinchalik tizimlashtirish, umumlashtirish, tahlil qilish va umumlashtirishga duchor bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning holati to'g'risidagi birlamchi ma'lumotlar. Axborotning tarkibi ko'p jihatdan jamiyatning hozirgi ehtiyojlari bilan belgilanadi. Mulkchilik shakllari va iqtisodiyotni tartibga solish usullarining o'zgarishi statistik kuzatish siyosatining o'zgarishiga olib keldi. Agar ilgari ma'lumotlar faqat davlat organlari uchun mavjud bo'lsa, endi u ko'p hollarda ochiqdir. Statistik ma’lumotlarning asosiy iste’molchilari davlat, tijorat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilik hisoblanadi. Maxsus tashkillashtirilgan kuzatuv. Bu ma'lum sabablarga ko'ra hisobotga kiritilmagan ma'lumotlarni olish yoki hisobot ma'lumotlarini tekshirishdan iborat. Aholini ro'yxatga olish va bir martalik ro'yxatga olish orqali ma'lumotlar to'plashni ifodalaydi. Nazoratni ro'yxatdan o'tkazish U statistik registrni yuritishga asoslanadi, uning yordamida doimiy boshlanishi, rivojlanish bosqichi va aniq oxiriga ega bo'lgan uzoq muddatli jarayonlar uchun uzluksiz statistik hisobga olish amalga oshiriladi. Ro'yxatga olish vaqti bo'yicha statistik kuzatish turlari: Joriy (uzluksiz) kuzatuv- hozirgi hodisa va jarayonlarni o'rganish uchun amalga oshiriladi. Faktlarni ro'yxatga olish ular tugallangandan keyin amalga oshiriladi. (nikoh va ajralishlarni ro'yxatga olish) Uzluksiz kuzatish- zaruratga qarab amalga oshiriladi, shu bilan birga ma'lumotlarni yozib olishda vaqtinchalik bo'shliqlarga yo'l qo'yiladi: -davriy kuzatish - nisbatan teng vaqt oralig'ida amalga oshiriladi (aholi ro'yxati). -bir martalik to'lov kuzatish - uni amalga oshirishning qat'iy chastotasiga rioya qilmasdan amalga oshiriladi. Aholi birliklarini qamrab olishning to'liqligiga ko'ra statistik kuzatishning quyidagi turlari ajratiladi: Doimiy kuzatish- o'rganilayotgan aholining barcha birliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va olishdir. Bu yuqori moddiy va mehnat xarajatlari, axborot samaradorligining etarli emasligi bilan tavsiflanadi. U aholini ro'yxatga olishda, turli xil mulkchilik shaklidagi yirik va o'rta korxonalarni qamrab oluvchi hisobot shaklida ma'lumotlarni to'plashda qo'llaniladi. Uzluksiz kuzatish- o'rganilayotgan populyatsiya birliklarini tasodifiy tanlash printsipiga asoslanadi, shu bilan birga saralash populyatsiyasi populyatsiyada mavjud bo'lgan barcha turdagi birliklar bilan ifodalanishi kerak. U doimiy kuzatuvga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: vaqt va pul xarajatlarini kamaytirish. Statistik kuzatish xatolari Statistik kuzatish jarayonida olingan ma'lumotlar haqiqatga mos kelmasligi va ko'rsatkichlarning hisoblangan qiymatlari haqiqiy qiymatlarga mos kelmasligi mumkin. Hisoblangan qiymat va haqiqiy qiymat o'rtasidagi nomuvofiqlik deyiladi kuzatish xatosi. Voqea sabablariga qarab, mavjud ro'yxatga olish xatolari va vakillik xatolari. Registratsiya xatolari ham uzluksiz, ham uzluksiz kuzatishlar uchun xarakterlidir, reprezentativlik xatolari esa faqat uzluksiz kuzatishlar uchun xarakterlidir. Ro'yxatga olish xatolari, masalan, vakillik xatolari bo'lishi mumkin tasodifiy va tizimli. Statistikada ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalarning miqdoriy va sifat tomonlarini ifoda etadi. Ular o’rganilayotgan jarayonlarning sonini, hajmini (aktsiyalar soni, aktsiyalar qiymati, tovar oboroti), darajasini, nisbatini va shu kabilarni tavsiflaydi. Ma’lumki, amaliyotda iqtisodiy hayotning turli jabhalariga tegishli ko’rsatkichlar hisoblanadi. Statistik ko’rsatkichlar tegishliligi bo’yicha bilish, boshqarish, ayrimlari rag’batlantirish funktsiyalarini bajaradi. Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni, korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi. Tuzilgan va hisoblangan statistik ko’rsatkichlar ob’ektiv haqiqatning ifodasi bo’lib qolmasdan, ular bir-biriga bog’liq hamdir. Statistik ko’rsatkichlar o’zaro: semantik; stoxastik; funktsional bog’liqdir. Statistik ko’rsatkichlarni semantik o’zaro bog’liqligi deganda ularni o’zaro ma’naviy bog’liqligi tushuniladi. Stoxastik- bu noto’liq bog’liqlik, ya’ni ko’rsatkichning o’zgarishi bir necha ko’rsatkichlarning o’zgarishiga bog’liq, funktsional-omil ko’rsatkichning o’zgarishi bilan natijaviy ko’rsatkich to’liq o’zgaradi. Statistik ko’rsatkichlar turli-tuman funktsiyalarni bajarishi ularning turlarini baholaydi. Bizning fikrimizcha ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Agarda ko’rsatkichlar mamlakatga baho beradigan bo’lsa, (masalan, yalpi ichki mahsulot) uni makroiqtisodiy ko’rsatkich deymiz. Fermer xo’jaligida ishlayotganlarni ish staji o’rgansak. Bir kishini ish staji individual , ayollar va erkaklar bo’yicha ish staji guruhli, barcha xodimlarning o’rtacha ish staji umumiy ko’rsatkich hisoblanadi. Aniqlash usuliga qarab statistik ko’rsatkichlar yig’indi va hosilaviy ko’rsatkichlarga bo’linadi. Yig’indi ko’rsatkichlar hodisa birliklarini jamlash orqali hisoblanadi, hosilaviy ko’rsatkichlar esa mutloq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlarga bo’linadi. XULOSA Men 3-1STA-21 guruh talabasi Davranov Avazbek Buxoro viloyati statistika boshqarmasi Romitan tuman statistika bo’limida amaliyot o’tash davrida yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Ushbu bo’limda nazariy va amaliy qismlarini ko’rib chiqqan holda ayta olamanki statistika davlatning ham moliyaviy tuzulishida ham katta ahamiyatga ega. Buning asosiy sabablaridan biri korxona va tashkilotlarning bu sohaga chambar-chars bog’liqligi desak yana bir tomondan ularning doimiy boshqarmaga oylik yillik daromadlari to’g’risida hisobot topshirishini misol qila olamiz. Statistika bir tomonlama soha bo’lmaganligi sabab uning tarmoqlari ko’pligi aynan bu sohaga mutaxassis yetishmasligiga olib kelishini bilib oldim. Korxona va MCHJ tashkilotlarga qarashli yer yoki mahsulot har biri uchun hisobot topshirilishi zarur bo’lgan qonun qoidalar ishlab chiqilgan. Men bu qonun-qoidalar bilan tanishish davomida statistikaga oid barcha nizomlarni o’rgandim. Bunga oid Buxoro viloyat statistika boshqarmasining nizomini misol keltirsak bo’ladi. Har bir tuman statistika bo’limlarda ham nizom tashkil etilgan. Men amaliyot o’tagan Romitan tuman statistika bo’limining nizomi 6-bob dan iborat bo’lib, bunda bo’limning maqsad va vazifalari yozib o’tilgan. Rasmiy statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikaning tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash; -xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan yagona statistika mtodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuv shakllarini joriy etish. (2-bob Bo’lim vazifalari va funksiyalari) haqida. Bu bo’limdagi mutaxassislardan kerakli bo’lgan ko’plab ma’lumotlar oldim va statistikaga oid bo’lgan bilimlarimni yanada mustahkaladim. Bundan keyingi o’quv va ish jarayonlarida bu bilimlar menga foydali bo’ladi deb o’ylayman. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Entsiklopediya statisticheskix publikatsiy (Simchera V.M idr). M.: “Finansi statistika”, 2001. 2. Makroiqtisodiy statistika. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2000. 3. Shodiev X., Xamraev M. Moliya statistikasi. T.: «Abu Ali ibn Sino», 2002. 4. http://stat.uz sayti 5. http://el.tfi.uz/images/Statistika_e3c74.pdf sayti 6. http://www.samdu.uz/public/images/Statistika.pdf sayti 7. https://t.me/andstat_axborot_xizmati Andstat viloyat statistika boshqarmasi aborot tizimi va telegram kanali. ILOVALAR 1-ilova BUXORO VILOYATI RAQAMLARDA (2022- yil yanvar-sentabr holatiga) YALPI Hududiy MAHSULOT 104,8% 2022- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan foizda SANOAT 106,6% 2022- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan foizda QISHLOQ O`RMON VA BALIQ XO`JALIGI 103,5% 2022- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan foizda ASOSIY KAPITALGA KIRITILGAN INVESTITSIYALAR 98,5% 2022- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan foizda QURILISH ISHLARI 101,2% 2022- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan foizda YUK AYLANMASI 110,0% 2022- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan foizda YO'LOVCHI AYLANMASI 102,8% 2022- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan foizda CHAKANA TOVAR AYLANMASI 111,8% 2022- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan foizda XIZMATLAR 117,0% 2022- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan foizda DOIMIY AHOLI SONI 2.000.255 Aholining joriy hisobi bo'yicha