Noverbal komunikatsiyaning ekspremental tatqiq qilishdagi asosiy yunalishlar Reja: Noverbal komunikatsiya Ekspremental tatqiq qilish Ekspremental tatqiq qilishdagi asosiy yunalishlar Noverbal muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari Noverbal muloqot vositalari Tayanch so‘z va iboralar: noverbal muloqot, noverbal vositalar, verbal xabar, noverbal xabar, qo‘l harakatlari, imo-ishoralar, masofa, emotsional holat, salomlashuv, xaylashuv, inkor, rozilik, iltimos qilish, kechirim so‘rash. Noverbal (so‘zsiz, nutqsiz) kommunikatsiya muloqot qilayotgan individlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri va emotsional holati haqida signal beruvchi muloqot shaklidir. Noverbal kommunikatsiya kishilarning eng qadimiy muloqot shaklidir. Kommunikatsiyaning noverbal vositalari tildan oldin rivojlangan bo‘lib, ularning dastlabki vazifasi o‘zining barqarorligi va samaradorligi bilan ajralib turgan. Asta-sekin ularning verbal vositalardan afzalligi namoyon bo‘lgan: ular bevosita qabul qilingan, shuning uchun ham adresatga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ular vositasi qandaydir sababga ko‘ra so‘z orqali berib bo‘lmaydigan eng nozik tuyg‘ular, munosabatlar ifodalangan. Noverbal kommunikatsiya kishilar o‘rtasidagi noverbal xabarlar almashinuvi va ularning talqinini bildiradi. Har bir madaniyat borliqni o‘ziga xos belgilar va ramzlar yordamida aks ettirgani uchun ham noverbal muloqot yuzaga chiqadi. Noverbal xabar katta ko‘lamdagi ma’lumotlarni berish imkoniyatiga ega. Bu avvalo, muloqotchining shaxsiyati haqidagi ma’limotdir. Muloqot chog‘ida muloqotchining mizoji, hissiy holatini bilib olishimiz, uning shaxsiy xususiyatlari va xislatlari, kommunikativ salohiyati, ijtimoiy maqomini aniqlab olishimiz, shuningdek, uning o‘z shaxsi haqidagi fikrlarini o‘rganib olishimiz mumkin. • Shu bilan birga, noverbal vositalar orqali muloqotchilarning bir-biriga bo‘lgan munosabati, ularning yaqinligi yoki uzoqligi, munosabat turi (ustunlik-tobelik) va o‘zaro aloqalarining ta’sirini bilib olish mumkin. • Vanihoyat, muloqot ishtirokchilarining vaziyatga bo‘lgan munosabati, ya’ni ular mazkur vaziyatda o‘zlarini qanchalik erkin tutishyapti, ular uchun muloqot qiziqarlimi yoki tezroq mulotdan chiqib ketishga harakat qilishyaptimi va h.k. haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. • Madaniyatlararo muloqot jarayonida noverbal muloqot verbal muloqotning tarkibiy qismi va u bilan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi. Verbal va noverbal vositalar bir-birini to‘ldirishi, inkor qilishi va almashinishi mumkin: - noverbal muloqot verbal xabarni to‘ldirishi mumkin. Agar siz kulib: “Salom, ishlar qalay?” desangiz, u holda bu ikki harakat bir-birini to‘ldiradi. noverbal xatti-harakat verbal xabarga zid bo‘lishi mumkin. Agar siz suhbatdoshingizning ko‘ziga qaramay: “Siz bilan gaplashish juda yoqimli” desangiz, bunday noverbal harakat sizning ijobiy verbal xabaringizni inkor etadi. - noverbal xatti-harakatlar verbal xabarning o‘rnini almashtirishi mumkin. Bola: “Bu o‘yinchoqni xohlayman” deyish o‘rniga o‘yinchoqni ko‘rsatishi mumkin. noverbal harakatlar verbal xabarni boshqarishi mumkin. Masalan, bosh qimirlatish, qarash, talaffuz yordamida so‘zlash navbati kelganini anglash mumkin. - noverbal harakat verbal xabarni takrorlashi mumkin: Sekinroq gapirish haqidagi iltimosni, ko‘rsatkich barmoqni labga bosish harakati bilan birga amalga oshirish mumkin. Noverbal xabar har doim vaziyatdan kelib chiqadi, undan faqat muloqot ishtirokchilarining hozirgi holatinigina anglash mumkin. Noverbal xabardan verbal xabardagidek mavjud bo‘lmagan predmetlar yoki boshqa joyda yuz bergan hodisalar haqida ma’lumot olib bo‘lmaydi. Odatda, noverbal xabar g‘ayriixtiyoriy va o‘zo‘zidan yuz beradi. Kishilar o‘z maqsadlarini yashirish uchun nutqlarini nazorat qilishlari mumkin, biroq ular o‘zlarining noverbal xatti-harakatlarini Bundan tashqari noverbal kommunikatsiya vositalari turli xalqlarda turlicha qo’llanilishi ham alohida e’tiborga molik. Lekin yana bir e’tiborli jihati ko’pgina xalqlarda eng ko’p qo’llaniladigan insonlarning hissiyotlarini ifodalaydigan kommunikativ vositalar deyarli farqlanmaydi. Insonlarning noverbal muloqotdagi xatti xarakatlari ularning emotsional holatlari xaqida to’liq ma’lumot beradi. Chunki, muloqot jarayonida inson o’zi bilmagan holda histuyg’ularini namoyon qiladi va bu jarayonni boshqaro olmaydi. Albatta, ba'zi pozitsiyalar, imoishoralar taqlid qilinishi mumkin, ammo ongli ravishda boshqarilmaydigan juda ko'p xattiharakatlar belgilari mavjud, shuning uchun ularni hech qanday tarzda soxtalashtirish mumkin emas. Bunday belgilarga avtonom nerv tizimining faoliyatiga asoslangan belgilar (terlash, terining oqarishi va qizarishi, nafas olishning o'zgarishi (u kamdan-kam yoki tez-tez, yuzaki yoki chuqur bo'lishi mumkin va hokazo), qorin bo'shlig'ining ohangidagi o'zgarishlar kiradi. Inson mushaklari (tananing beixtiyor kuchlanishi mumkin), yo'talish, yutish). • Noverbal belgilarning foydalanilishiga ko'ra, suhbatdosh tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning noto'g'ri yoki haqiqatligini baholash mumkin. Ko'pincha ovozning ohangi yoki beixtiyor imo-ishorasi aytilgan so'zlarga qaraganda ancha ishonchliroq bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda noverbal muloqotning psixologik mexanizmlari, inson psixikasi va xatti-harakatlari o'rtasida bog'liqlik mavjudligi faol o'rganilmoqda. Noverbal muloqot bevosita inson tabiati bilan uzviy bog’liq. Noverbal vositalardan foydalanishiga suxbatdoshni chuqurroq bilish vositasi sifatida foydalanish mumkin, chunki u bu odamning dunyosining bir qismidir. Adabiyotlar • 1. M. Maxsudova Muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma. Toshkent «turon-iqbol» 2006 • 2. Л.А. Карпенко. – Издание 2-е, расширенное, исправленное и дополненное. Ростовна-Дону: Феникс, 1998. – 512 с. • 3. Ломов Б.Ф. Методологические и теоретические проблемы психологии. Москва: Директ-Медиа, 2008 • 4. Лурия, А. Р. Основы нейропсихологии : учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений / А. Р. Лурия. — Москва : Академия, 2003. — 384 с. — Текст : непосредственный • 5. Lasswell, H. The Structure and Function of Communication in Society // The Process and Effects of Mass Communication. Chicago, 1971. EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT