O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI «KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI» fakulteti «E va A» kafedrasi «Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash va sozlash» fanidan Mavzu: Avtomatik tizimga tashqi omillar ta’siri va nazorat usullari taxlili KURS LOYIHASI Bajardi: _____________ (imzo) Rahbar: _____________ (imzo) Taqrizchi: _____________ (imzo) Farg‘ona 2022 Yoqubov Nasimbek (F.I.Sh) Tojiboyev Abrorbek (F.I.Sh) Hakimov Murodil (F.I.Sh) FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI Energetika fakulteti “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi KURS LOYIXASINI BAJARISH BO‘YICHA TOPSHIRIQ Siddiqov Ja’farxon 1.Kurs loyihasi mavzusi_______________________________________________ __________________________________________________________________ 2. Ishni bajarish uchun boshlang‘ich asoslar_______________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 3. Tushuntirish qismi tarkibi___________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 4. Kerakli chizmalar ro’yxati___________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 5.Kurs loyixasi ish qismlari bo’yicha maslaxatchilar № Qismlar nomi Imzo, sana Topshiriq Topshiriq berilgan bajarilgan Maslaxatchi F.I.SH. 1 2 3 4 Topshiriq berilgan sana: «______»___________________20___y Tugullagan kurs loyihasi topshirish sanasi «_____»__________________20 ___y. Kurs loyihasi rahbari _____________________________ (F.I.SH.) Topshiriqni oldim _____________________________ (F.I.SH) Kafedra mudiri _________ (imzo) _________ (imzo) «______» ______ ________20___y _____________________________ ___________ (F.I.SH) (imzo) FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI KLT fakulteti 55-18 gurux ta’labasi Yoqubov Nasimbekning Avtomatik tizimga tashqi omillar ta’siri va nazorat usullari taxlili TAQRIZ 1. Ishning dolzarbligi va mazmuni ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ 2. Ishning bo'limlariga tavsif_______________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ 3. Ishning ijobiy tomonlari ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ 4. Ishning salbiy tomonlari ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ 5. Tushuntirish qismini rasmiylashtirish ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ 6. Ishning grafik qismini rasmiylashtirish_________________________________________________ ______________________________________________________________ Xulosalar______________________________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ Taqrizchi______________________________________________________ (imzo, familiyasi, ismi, sharifi) Lavozimi______________________________________________________ Ishj joyi_______________________________________________________ “_________”________________________20_____yil____________ Оглавление Kirish ......................................................................................................................... 5 I-Bob Avtomatik tizimlarda nazorat-o‘lchov asboblari va texnik vositalarini tanlash va ularni xisoblash ..................................................................................................... 7 1.1.Nazorat-o‘lchov asboblarini tanlash................................................................ 7 1.2. Avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlash.......................................... 9 1.3 Uzluksiz rostlash qonunini ta’minlovchi rostlagichlarni tanlash .................. 11 1.4. Avtomatlashtirish tizimlarining boshqarish shitlari va pultlarini tanlash .... 19 1.5.Birlamchi o`zgartkichlar va ximoya vositalarini tanlash .............................. 20 II-Bob. Avtomatik boshqarish tizimlari .................................................................. 23 2.1 Avtomatik tizimga tashqi omillar ta’siri ....................................................... 23 2.2 Avtomatik tizim sxemalarini tahlil qilish ...................................................... 25 2.3 Avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish ketma-ketligi ........................... 27 III-Bob. Avtomatik tizimlarda nazorat taxlili ......................................................... 29 3.1 Avtomatik boshqarish tizimlari ..................................................................... 29 3.2 Boshqarishning avtomatik sxemasi (BAS) ................................................... 32 3.3 Boshqarishning avtomatik sistemalari (BAS) tavsifi .................................... 33 3.4 Maxsus avtomatlardan tashkil topgan avtomat liniyalar............................... 34 Xulosa ...................................................................................................................... 35 Foydalanilgan adabiyotlar ....................................................................................... 36 Kirish Bizning yurtimizda ilmiy texnik yuksalishning asosiy omili bo`lgan avtomatlashtirishni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasining barcha yo`nalishlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va loyihalashni avtomatlashtirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda avtomat sexlarga o`tish masalalarida yirik o`zgarishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu jumladan, juda ko`p muammolar yig`ilib qolgan qishloq va suv xo`jaligi ham bundan mustasno emas. Qishloq va suv xo`jaligida mehnat va hayot sharoitini yaxshilash maqsadida ishonchli elektrlashtirish va avtomatlashtirish vositalarini keng qo`llash ko`zda tutilgan. Qishloq va suv xo`jaligi ishlab chiqarishida ham energetik quvvati sanoat bilan teng keluvchi ishlab chiqarish ob`ektlari mavjud. Ular uchun insonni qo`l mehnatidan ozod qiluvchi takomillashtirilgan ishonchli avtomatlashtirish tizimlarini tatbiq etish asosiy vazifa hisoblanadi. Qishloq va suv xo`jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash uchun ko`p hollarda sanoat va transport sohasida qo`llanuvchi tajribalar to`g`ri kelmaydi. Bu holat qishloq xo`jaligining quyida keltirilgan asosiy xususiyatlariga bog`liq. Birinchidan, qishloqda ishlab chiqarish siklik harakterga ega (diskret), bu esa o`simliklar va jonivorlarning tabiiy biologik rivojlanish davri bilan bog`liq. Demak, asosiy texnologik jarayonlar uzlukli bo`lib, ularni uzluksizga aylantirish har doim ham mumkin emas. Ma`lumki, vaqt bo`yicha uzluksiz tizimlarni avtomatlashtirish engilroq hisoblanadi. Ikkinchidan, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining asosiy texnologik jarayonlari biologik jarayonlar bilan uzviy bog`langanligi uchun ularni qisqa vaqtga ham uzish mumkin emas, chunki tabiiy ritmdan chetga chiqish mahsulotni to`liq olish imkoniyatini chegaralaydi, tirik ob`ektlarni (jonivorlar, o`simliklar) mahsuldorligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Uchinchidan, qishloq xo`jalik mahsulotlarini texnologik jarayonlari siklini va vaqtini kamaytirish hisobiga ko`paytirish mumkin emas. Bunga asosan jonivorlarni yaxshi 5 boqish va o`simliklarga to`g`ri ishlov berish orqali , shuningdek, ularning sifat jihatdan tarkibini yaxshilash va sonini ko`paytirish orqali erishish mumkin. Bundan tashqari , qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirishda belgilangan texnologik jarayondan turli xil chetga chiqishlarda yuzaga keladigan noqulay vaziyatlarni doimo hisobga olish zarur. Ko`rsatilgan xususiyatlar loyihalashtiriluvchi avtomatlashtirish tizimlarining ishiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Yana shuni aytish lozimki, avtomatik tizimlarni texnologik qurilmani ishlab chiqish va ob`ektning qurilish qismi bilan uzviy bog`liqlikda yaratish kerak. Texnologik jarayonlar ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo`jaligida) bakalavriat yo`nalishi bo`yicha Davlat ta`lim standartida talabalarning loyihaviykonstruktorlik faoliyatidatipik elementlar, qurilmalar va avtomatlashtirish vositalarini loyihalash va gidromeliorativ tizimlari texnologik jarayonlarini boshqarish qobiliyatiga ega bo`lishi; avtomatlashtirish va boshqaruvning tipik echimlarinialgoritmlash qobiliyatiga ega bo`lishi; bajarilayotgan tajriba- konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo`yicha matematik modellarni ishlab chiqish va tadqiqot qilish qobiliyatiga ega bo`lishi; loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish;amaliyotda axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy paradigma va metodologiyalarni, instrumental va hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga mos ravishda qo`llash qobiliyatiga ega bo`lishi kerakligi ko`rsatilgan. “Avtomatik tizimlarni loyihalash” fanini o`rganuvchi yosh mutaxassislar oldida avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish , tatbiq etish bo`yicha katta vazifalar turibdi. Shuni esda tutish kerakki, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish bo`yicha muhandis loyihalarni erkin o`qishi va ularni qo`llay olishi zarur. I-Bob Avtomatik tizimlarda nazorat-o‘lchov asboblari va texnik vositalarini tanlash va ularni xisoblash 1.1.Nazorat-o‘lchov asboblarini tanlash Nazorat-o‘lchov asboblarini tanlash asbob –uskunalarni tanlashda nazorat qilinayotgan va tashqi muhit parametrlarini (harorat, bosim, muhit tarkibi, namlik, changlanganlik, tebranishlarning mavjudligi, elektr xususiyatlari, nazorat va o‘lchov sharoitlari), nazorat ob’ektining o‘lchamplari va uning tavsifi, o‘lchov nuqtasi va ikkilamchi asbob orasiagi masofa, ta’minot manbalarining mavjudligi va boshqa omillarni e’tiborga olish zarur. Bundan tashqari avtomatlashtirish vositalariga aniqlik, sezgirlik, inersionlik , shuningdek, mehnat xavfsizligi sharoitlarini ta’minlanganlik holatlari kabi talablar ham bajarilishi zarur. Tizimga xizmat ko‘rsatishni engillashtirish , avtomatlashtirish vositalarihama zahira asboblarning sonini kamaytirish uchun unifikatsiyalangan asboblardan ( bitta korxona tomonidan tayyorlangan , bitta axborot tizimi vositalari) foydalanish maqsalga muvofiqdir. Nazorat-o‘lchov asboblari ob’ektning boshqariluvchi parametrining chegaraviy qiymatiga mos keluvchi texnologik talablarga javob berishi zarur: • yuqori darajadagi aniqlik talab qilinadigan ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va rostlash uchun 0,2 aniqlik sinfiga tegishli 250 mm standart yozish maydoni kengligiga ega bo‘lgan asboblar qo‘llanadi ( ±0,2% xatolik ) ; • o‘rta darajadagi aniqlik talab qilinadigan ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish, o‘lchash va rostlash uchun 0,5 aniqlik sinfiga tegishli 160 mm standart yozish maydoni kengligiga ega bo‘lgan asboblar qo‘llanadi ( ±0,5% xatolik ) ; • avtomatik rostlash tizimlarining mnemosxemalari, pultlar, shuningdek nazorat va signallash tizimlarida yuqori aniqlik talab etilmagan hollarda 1 aniqlik sinfiga tegishli 100 mm standart yozish maydoni kengligiga ega bo‘lgan asboblar qo‘llanadi ( ±1% xatolik ) ; ko‘rsatuvchi va o‘zi yozuvchi asboblarning shkalalari shunday tanlanishi kerakki, bunda o‘lchanayotgan kattaliklarning zarur qiymatlari shkalaning ikkinchi qismi 102 yoki oxirgi uchinchi bo‘lagiga joylashsin; ba’zi hollardi bitta kattalikni turli ish tartibida nazorat qilish uchun turli shkalaga ega bo‘lgan birnechta asboblardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Nazorat –o‘lchov asboblarini tanlashda ularning inersionligi hisobga olinishi zarur, bu holda asbob inersionligi ob’ektnikidan kichik bo‘lishi kerak. Agar ob’ektning dinamik xususiyatlari quyidagi uzatish funksiyasi bilan tavsiflansa, ( ) = /( +1) − W p k e Tob p p ob ob o b , o‘lchov tizimining dinamik xususiyatlari quyidagi uzatish funksiyasi bilan aniqlanadi ( ) /( 1) ` ` ` ` = + − W p k e To lch p p o lch o lch o lch Bu holda nazorat qilinayotgan va o‘lchanayotgan kattalik uchun o‘lchov vositasi va usulini tanlashda quyidagi shartlar bajarilishi kerak: o lch ob (0,2...0,3) ` , To lch Tob (0,2...0,3) ` . Ikkilamchi asboblarning uzatish funksiyalarini (elektron ko‘priklar, potensiometrlar, bosim, sarf, muhit, sath o‘lchagichlar va h.k. ) kechikishga ega bo‘lmagan birinchi tartibli inetsion tizim ko‘rinishida berish mumkin : ( ) /( 1) Wik.asb p = kik.asb Tik.asb p + bu erda Tik.asb ≈0,1tshk (tshk - shkala ko‘rsatkichinin to‘liq yuklamada 100% o‘tish vaqti ) . O‘lchanayotgan parametrning son qiymatini ko‘rsatilgan vaqt ichida aniqlash uchun harakatlanuvchi strelkali, suriluvchi shkalali yoki raqamli ko‘rsatuvchi aboblardan foydalanish mumkin. Hisoblash qurilmasining ko‘rinishini asbobning funksional tavsifidan kelib chiqqan holda tanlanadi ( 3.1 - jadval) 1.1 - jadval 1.2. Avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlash Avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlash Sanoatda avtomatik nazorat, rostlash va boshqaruv tizimlarida qo‘llanuvchi turli universal asboblar ishlab chiqiladi. Bu esa dunyo bo‘yicha xalqaro asboblar tizimiga mos kelishi zarur. Bunda quyidagilar ko‘zda tutiladi: avtomatlashtirish vositalarining bir xil turkumlanishi; kirish, chiqish va ta’minot signallarining unifikatsiyalanishi; texnik vositalarning aniqligi, ishonchliligiga va qo‘llash sharoitlariga qo‘yiladigan talablarning bir xilligi gabarit o‘lchamlarining bir xil qatori . Funksional belgilariga ko‘ra barcha asboblar quyidagi guruhlarga ajratiladi: • jarayon holati to‘g‘risida me’yorlangan axborotni olishga mo‘ljallangan asboblar; • aloqa kanallari bo‘yicha axborotlarni qabul qilish, o‘zgartirish va uzatishga mo‘ljallangan asboblar; • boshqaruv buyruqlarini o‘zgartirish, saqlash, qayta ishlash va shakllantirishga mo‘ljallangan asboblar; • jarayonga ta’sir ko‘rsatisha boshqaruv axborotlarini qo‘llash va uni operatorga taqdim etishga mo‘ljallangan asboblar; Ishlab chiqarishda boshqaruv ob’ektlariga qo‘yiladigan masalalarning turli shakllarini hisobga olgan holda avtomatlashtirishning maxsus texnik vositalari 104 komplekslari ishlab chiqiladi. Ularning eng ko‘p tarqalganlari : avtomatlashtirish asboblari va vositalarining unifikatsiyalangan elektr agregat tizimi, sanoat pnevmoavtomatikasi elementlarining universal tizimi, telemexanika vositalarining agregatlashtirilgan tizimi, lokal axborot –boshqaruv tizimlari uchun texnik vositalarning agregat kompleksi, hisoblash texnikasi vositalarining agregat tizimi hisoblanadi. Har qanday avtomatik boshqaruv tizimi rostlagich va boshqaruv ob’ektidan tashkil topadi. O‘z navbatida rostlagich tarkibida birlamchi o‘lchov-o‘zgartkichi (datchik), qurilmalar: topshiriq beruvchi, summator, kuchaytiruvchi, signalni shakllantiruvchi ( boshqaruv –rostlash qonunini shakllantiradi; - rasmdan ko‘rinadiki, bu element tarkibiy sxemaning to‘g‘ri kanaliga yoki kuchaytiruvchi qurilmani o‘z ichiga oluvchi manfiy qayta aloqa bo‘g‘ini ko‘rinishida ulanishi mumkin), ijro mexanizmi, rostlovchi organ kabi elementlar joylashtirilishi mumkin (3.1-rasm) . Boshqaruv ob’ektlarining xususiyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Rostlovchi organ , ijro mexanizmi va o‘lchov –o‘zgartkichlari turli konstruktiv shakllari va ish prinsiplari bilan bir-biridan farq qiladi, chunki bu uskunalar boshqaruv ob’ektlarining o‘zida joylashtiriladi. Shuning uchun ob’ekt va sanoat rostlagichiga rostlovchi organ , ijro mexanizmi va o‘lchov – o‘zgartkichlari alohida tanlanadi. 3.1- rasm. Avtomatik boshqaruv tizimining funksional sxemasi: TO –topshiriq beruvchi organ, K-kuchaytirish iqurilmasi, SHQ1-, SHQ2- shakllantiruvchi qurilma, IM-ijro mexanizmi, RO-rostlovchi organ. 1.1- rasm. Avtomatik boshqaruv tizimining funksional sxemasi: TO –topshiriq beruvchi organ, K-kuchaytirish iqurilmasi, SHQ1-, SHQ2- shakllantiruvchi qurilma, IM-ijro mexanizmi, RO-rostlovchi organ, O‘O‘-o‘lchov o‘zgarikich, 1rostlagich, 2- boshqaruv ob’ekti (BO) Programmali boshqaruv quyidagi holatlarda qo‘llanishi mumkin: - ob’ektdagi rostlovchi ta’sir qonuni ma’lum, ya’ni ( ) ( ) X f t к rost = - ish jarayoni ergodik, ya’ni vaqt bo‘yicha qat’iy ravishda qaytarilib turadi. Bunday ob’ektlar uchun rostlash qonunini qat’iy amalga oshiruvchi boshqaruv qurilmasi qo‘llanadi. Rostlash qonuni grafiklar, siklogramma va diagrammalar ko‘rinishida berilishi mumkin. Regulyatorni ish prinsipiga asosan tanlashda rostlovchi organ tuzilish jihatidan qanday boshqaruvni amalga oshirishi mumkinligiga ahamiyat beriladi. Masalan, asinxron elektr yuritmalarning barcha tiplari faqat pozitsiyali boshqaruvga moslashtirilgan, klapanlar, surgich (zadvijka) va boshqalar tekis o‘zgarishi mumkin. Ikki va uch pozitsiyali regulyatorlar kichik va tekis o‘zgaruvchi yuklama (nagruzka) ga ega bo‘lgan, nisbatan kichik kechikish vaqtiga ega bo‘lgan statik ob’ektlarda ishlatiladi. 1.3 Uzluksiz rostlash qonunini ta’minlovchi rostlagichlarni tanlash Uzluksiz rostlash qonunini ta’minlovchi rostlagichlarni tanlash Qishloq va suv ho‘jaligi ishlab chiqarishida uzluksiz harakatli rostlagichlar : proporsional (P), integral (I), izodrom (PI), proporsional-differensial (PD), shuningdek, izodromxabat beruvchi (PID) keng tarqalgan. Uzluksiz regulyatorlarni tanlashda quyidagi umumiy ko‘rsatmalardan foydalanish mumkin: - astatik va unga yaqin bo‘lgan statik (o‘zicha tenglashish koeffitsienti kichik bo‘lgan) ob’ektlar turg‘unlik shartlariga ko‘ra I- regulyatorlar bilan ulanmasligi kerak, ular uchun (agar statik xatolik mavjud bo‘lsa), P- regulyator, PI- yoki PID- regulyator qo‘llanishi mumkin. Rostlagichlar asosan ketma-ket solishtirish, kuchaytirish va ijrochi elementlardan iborat. Taqqoslash (ko‘prik, potensiometr), signal kuchaytirish (elektron signal kuchaytirgich) elementlari inersiyasiz bo‘g‘in, ijrochi elementlar (elektro, gidro, pnevmomotorlar, servomotor) esa integrallovchi bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan rostlagichlarning struktura sxemasini ko‘rib chiqamiz. ( 3.2 - rasm) O‘lchash va taqqoslash elementi elektron signal kuchaytirgich servomotor Bu tizimning ekvivalent uzatish funksiyasi rostlagichni integrallovchi bo‘g‘in tipiga kirishini ko‘rsatadi. T p W p k k i 1 ( ) = 1 2 ( 3.1) ART da ko‘pincha P, PI, PID bo‘g‘inlar qo‘llaniladi. 1.2 - rasm. Rostlagichlarning struktur sxemasi P- proporsional bo‘g‘in qonuni bo‘yicha ishlaydigan rostlagich sxemasini tuzish uchun sxemadagi ijrochi mexanizmning proporsional bo‘g‘in orqali qayta bog‘lanish zanjirini tuzish kerak. (1.3-rasm) 1.3-rasm. Qayta bog‘lanish zanjiri sxemasi Bu erda tizimning ekvivalent uzatish funksiyasi: (1.2) ()()000 kq.b - qayta bog‘lanish zanjirining uzatish koeffitsenti. PI rostlagichining sxemasini tuzish uchun elektron kuchaytirgich elementi (k2 ) bilan inersion bo‘g‘in kk.b/Tr+1 dan tuzilgan manfiy ishorali teskari bog‘lanishli yopiq zanjirdan foydalaniladi.(1.4-rasm) 1.4-rasm. Teskari bog‘lanishli yopiq zanjir Avtomatik rostlagichlar tuzilishi bo‘yicha tipik zvenolardan tashkil topadi va o‘zining rostlash funksiyasini ana shu zvenolarning ishlash qonunlariga muvofiq bajaradi. Bu qonunlar rostlagichning rostlash qonuni deyiladi. Bu qonunlar asosan rostlagichdan chiquvchi signal (rostlanuvchi kattalikning og‘ishi) orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi F3(t) Bu erda birinchi qo‘shiluvchi F1(x) chetga chiqishlar bo‘yicha rostlashga, Uzluksiz rostlash rostlagichlari rostlash protsessi davomida ob’ektga uzluksiz ta’sir ko‘rsatib turadi. Uzlukli (pozitsion) rostlash rostlagichlari rostlash jarayoni davomida ob’ektga belgilangan vaqt oraliqlarida yoki rostlanuvchi kattalikning qiymati ma’lum bir qiymatga etganda diskret ta’sir ko‘rsatadi. Rostlovchi organning surilishi uchun zarur bo‘lgan energiya manbaiga muvofiq rostlagichlar rostlovchi organga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan rostlagichlar turlariga bo‘linadi. Bevosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi organni surish uchun zarur bo‘ladigan energiya manbai ob’ektning o‘zida mavjud bo‘ladi. Bilvosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi organni surish uchun zarur energiya tashqi manbadan olinadi. Bunday rostlagichlar tashqi manba energiyasining turiga qarab elektr, pnevmo, gidrorostlagichlar deyiladi. Kirish signali rostlanuvchi ob’ektdan o‘tish vaqtida deformatsiya va kechikishga duch keladi. CHiqish kattaligi kirish signaliga nisbatan amplituda bo‘yicha kamayib, faza bo‘yicha kechikadi. Bu hodisalarni yo‘qotish uchun rostlanuvchi ob’ekt avtomat rostlagich bilan ta’minlanadi. Avtomat rostlagich chiqish signali amplitudasini oshirib, faza bo‘yicha ilgarilashini ta’minlaydi. O‘tish jarayonining sifati rostlanuvchi ob’ekt va rostlagich tavsifnomalariga bog‘liq. Rostlagich sozlanishining o‘zgarmas kattaliklarida bosh-qaruvchi yoki rostlovchi ta’sir va rostlanuvchi kattalik o‘rtasidagi bog‘lanish rostlash qonuni deyiladi. Avtomatik rostlagichlar diskret impulsli yoki uzluksiz harakatli bo‘ladi. Uzluksiz harakatli rostlagichlar tarkibiga P, I va ularning kombinatsiyalari bo‘lgan PI, PD, PID qonunlari kiradi. a) Rostlashning statik qonuni (P-rostlash, proporsional) Bu qonun rostlagichining chiqish qismidagi signal har doim uning kirish qismidagi signalga proporsional ravishda o‘zgarishini ko‘rsatadi. 1.5-rasm. Proporsional rostlash qonunining grafik ko‘rinishi - rostlanuvchi organning surilish tezligi. b) I-rostlash qonuni (integral) (1.6-rasm) Bu qonun rostlanuvchi kattalikning rostlanayotgan ob’ektiga nisbatan integral bo‘yicha chetga chiqishini ko‘rsatadi: υ - rostlovchi organning surilish tezligi 1.6-rasm. Integral rostlash qonunining grafik ifodalanishi Bundan ko‘rinadiki, rostlovchi organning surilish tezligi rostlanuvchi kattalikni chetga chiqishiga proporsional bo‘ladi. Demak, rostlovchi organ - chetga chiqish kattaligi mavjud bo‘lgan vaqt oralig‘ida suriladi. Bu esa, ushbu holda statik xatolikning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Rostlovchi organ faqat =0, ( = 0) muvozanat holatida bo‘lishi mumkin. dt d ; =const bo‘lgan holatigina -rostlagichni rostlash kattaligi Ti va - minimal ishga tushish signali -=0,5G kbirl.uzg. G-rostlanuvchi kattalikni ruxsat etilgan chetga chiqishi K-birlamchi o‘zgarish koeffitsienti v) D- rostlash qonuni (differensial). Agar rostlovchi organni rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish tezligiga siljitish holati mavjud bo‘lsa, bu rostlashni D qonuni deyiladi: Agar rostlanuvchi kattalik stabillashgan bo‘lsa, tarkibida differensial rostlagich mavjud bo‘lgan sistemaning rostlovchi organi qo‘zgalmas bo‘ladi. Agar sistemada absolyut kattaligi bo‘yicha o‘zgarmas nomoslik bo‘lsa, rostlagich unga ta’sir ko‘rsatmaydi. Rostlagich xarakatga kelishi uchun rostlanuvchi kattalik qandaydir tezlik bilan o‘zgaruvchan chetga chiqishga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun amalda sof differensial qonuni amalga oshiruvchi rostlagichlarda uchramaydi. g) PD-rostlash qonuni (proporsional-differensial). (1.7-rasm) Bu holda PD rostlagich ishlab chiqaradigan ta’sir rostlanuvchan kattalikning chetga chiqishiga va shu chetga chiqish tezligiga proporsionalligini bildiradi. Rostlash qonuni formulasida proporsional tashkil etuvchi borligi ilgarilash burchagini oshirish imkonini beradi. Bu rostlagichlar darak beruvchi proporsional rostlagichlardir . 1.7 a-rasm. 1.8 b-rasm (1.7;1.8)-rasm. PD-rostlash qonunning grafik ko‘rinishi (a) uning algoritmik tuzilishi (b) P-rostlagichlar ijro etuvchi mexanizmni rostlovchi organini birmuncha ilgarilash bilan rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish tezligiga proporsional siljitadi. Tg va Kr – rostlash kattaligi hisoblanadi. ( ) dt d k M Tg = + 111 Rostlanuvchi kattalikni chetga chiqish tezligi qancha kichik bo‘lsa, rostlanishni ilgarilash ta’siri xam shuncha kichik bo‘ladi. g) PI-rostlash qonuni (proporsional-integral) (1.8-rasm) Bu qonunni amalga oshiruvchi qurilmalar PI yoki izodromli rostlagichlar deyiladi. Bu holda rostlash kattaligi Ti, va Kr hisoblanadi. Rostlagich tenglamasi o‘z tarkibiga statik va astatik tashkil etuvchilarni oladi. d) PID –rostlash qonuni(proporsional-integral- differensial) (1.9-rasm) PID rostlagichlar uchun rostlovchi ta’sirning miqdori rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatidan chetga chiqishga, shu chetga chiqishning integrali va tezligiga proporsionaldir. Bu rostlagichlar darak beruvchi izodrom rostlagichlar deyiladi va ular uchta sozlash kattaligiga ega: uzatish koeffitsienti – Kr, izodrom vaqti-Ti, darak berish vaqti- Td va . 1.9 -rasm (1.9;1.10)-rasm. PID–rostlash qonuni Uzluksiz harakatga ega bo‘lgan rostlagichlar uchun rostlash qonuniniLERNER diagramasi bo‘yicha aniqlash mumkin (1.10 -rasm). T- ob’ektning vaqt doimiysi. - kechikish vaqti t - rostlash vaqti Rostlanuvchi kattalikning mumkin bo‘lgan turg‘unlashgan chetga chiqish qiymati. - hisoblangan tashqi ta’sir qiymati G - kattalikning mumkin bo‘lgan chetga chiqishlar qiymati. Diagrammada shtrix bilan ko‘rsatilgan qismini o‘z ichiga oluvchi qiymatlar rostlagichning qo‘llanish sohasi hisoblanadi. 1.11-rasm. Uzluksiz harakatga ega bo‘lgan rostlagichlar uchun rostlash qonunini LERNER diagramasi 1.4. Avtomatlashtirish tizimlarining boshqarish shitlari va pultlarini tanlash Avtomatlashtirish tizimlarining shitlari va pultlari avtomatlashtirilgan ob’ektning nazorat postlari, boshqarish va signallash vazifalarini bajaradi hamda boshqarish ob’ekti bilan operator orasidagi bog‘lanish zvenosi hisoblanadi. SHitlar va pultlarda texnologik jarayonlarning nazorat-o‘lchov asboblari, boshqarish va rostlash apparatlari, signallash va himoya qurilmalari joylashtiriladi. Avtomatlashtirish tizimlarining shitlari ularning bajarilishi bo‘yicha ochiq (panelli) va yopiq (shkafli), holda ishlatilish maksadlari bo‘yicha operativ va nooperativ turlariga bo‘linadi. Bulardan tashqari ularni o‘rnatilish joylari va ma’lumotlari hajmi bo‘yicha mahalliy, blokli, markaziy va yordamchi turlariga bo‘linadi. SHit va pultlarni tanlash va ularni loyihalash amaldagi normativ hujjatlar asosida amalga oshirilishi talab kilinadi. Ular normativ hujjatlar asosida umumiy holda shitlar va pultlar yopiq xonalarda havoning harorati – 300S dan +50oS gacha va havoning nisbiy namligi 80 % dan yukori bo‘lmagan kiymatlar uchun muljallangan bo‘ladi. Talablar bo‘yicha shitlar va pultlar quyidagicha belgilanadi: SHkafli shit - SHSH – 3D Karkasli panalli shit - SHPK – 3P Pult - P – L Shkafli shitlar asosan changli, yuqori namlikli ishlab chiqarish xonalarida qo‘llaniladi. Karkasli paneli shitlar esa maxsus xonalarda (dispetcherlik, markaziy va operatorlik boshqarish punktlari) ishlatiladi. Pultlar boshqarish apparatlari, signalizatsiya va o‘lchov zanjirlarini almashlab ulagichlarni o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. 1.5.Birlamchi o`zgartkichlar va ximoya vositalarini tanlash Texnik vositalarini tanlashda ularning aniqligi, sezgirligi, inersionligi hamda mehnat muhofazasi sharoitlari bo‘yicha talablariga kat’iy rioya qilinishi zarur. Nazorat-o‘lchov asboblari va texnik vositalarini tanlashda seriyali ishlab chiqarilayotgan asbob va vositalar hamda ularni ishlab chiqarayotgan korxona va kompaniyalar ham e’tiborga olinadi. Datchiklarni tanlash ikki bosqichda bajariladi: birinchi navbatda datchikni ishlash sharoiti va nazorat parametri turi aniqlab olinadi, keyingi bosqichda avtomatlashtirish tizimining barcha elementlari tanlangandan sung katalogdan uning tipik o‘lchamlari tanlanadi. Bu holda datchik shunday tanlanishi kerakki, o‘lchanayotgan kattalik o‘lchov diapazonining 1/3…2/3 qismida joylashishi zarur. Asosiy diqqatni ularning sezgirligi va inersionligiga qaratish lozim. Tez o‘tuvchan jarayonlarda kichik inersiyaga ega bo‘lgan datchiklar, rostlash aniqligi yuqori bo‘lgan tizimlarda yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan datchiklar tanlab olinadi. Ichimlik suvlarini tozalashda yukori darajadagi aniqlikda nazorat kilish va rostlash uchun 0,2 aniqlik sinfidagi (xatoligi ± 0,2 %) asboblar qabul qilinadi. Elektr ta’minot liniyalarida boshqarish apparatlari va himoya vositalari sifatida avtomatlar, rubilniklar va saqlagichlar qo‘llaniladi. Elektrmotorlarini ijro mexanizmlari va surgichlar (ventillar) elektr yuritmalari uchun elektr ta’minot zanjirlarida avtomatlar va magnitli ishga tushirgichlar o‘rnatiladi. Ayrim hollarda avtomatlar o‘rniga saqlagichli rubilniklar ishlatiladi. Statsionar yoritish tizimlari zanjirlarida esa o‘chirgichlar va saqlagichlar qo‘llaniladi. Nazorat o‘lchov asboblari, rostlash qurilmalari, transformatorlar, to‘g‘rilagichlar va texnologik signalizatsiya elektr ta’minot liniyalarida paketli o‘chirgichlar (yoki rubilnik, tumbler boshqarish kalitlari...) va saqlagichlar yoki avtomatlarni o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Avtomatlarni tanlashda quyidagi shartlarga rioya kilinishi kerak: • avtomatik o‘chirgichning nominal kuchlanishi elektr tarmog‘i kuchlanishiga teng yoki undan katta bo‘lishi kerak, Uаvt UT . • avtomatning nominal toki himoya qilinayotgan elektr qabul qilgichning tokidan katta bo‘lishi zarur, I n.avt. > I e.q.q. • avtomatlarning issiqlik va elektromagnitli ajratkichlarining nominal toki elektr qabul qilgichning nominal tokiga teng yoki undan katta bo‘lishi kerak, In.ajr I e.q.q. • avtomatik o‘chirgichni o‘chiradigan tok uch fazali qisqa tutashish tokiga teng yoki undan katta bo‘lishi zarur, avt.o`ch.. q / t /. I I • elektrmotorlarini ta’minot liniyalarida elektromagnitli ajratkichning uzish (otsechka) toki elektrmotorni ishga tushish vaqtidagi tokining 1,5...1,6 qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak: ajr uz i t I I . . . (1,5...1,6) • bir necha elektr qabul qilgichlardan iborat elektr liniyasini himoyasi uchun avtomatik o‘chirgichlarni tanlashda o‘chirgichning va ajratkich (rassepitel) ning nominal toki bir vaqtda qo‘shiladigan elektr qabul qilgichlarning nominal toklari yig‘indisiga teng yoki undan katta bo‘lishi kerak. Bu holda elektromagnitli 116 ajratkichning uzish toki quyidagicha ifodalanadi:, bu erda . .. . , i t n I I mos ravishda nisbatan quvvati kattaroq bo‘lgan elektr qabul qilgichining ishga tushish va nominal toklari. Qisqa tutashishdan himoya vositasi sifatida saqlagichlarni tanlashda quyidagilarga rioya qilish kerak: - saqlagichni nominal kuchlanishi tarmoq kuchlanishiga teng yoki undan katta bo‘lishi zarur, ; Ucheg. UT - saqlagichning nominal toki elektr priyomnigining nominal tokiga teng yoki undan katta bo‘lishi shart, ; In.saql I n.e.q.q - saqlagichning chegaraviy (predel) kommutatsion qobiliyati uch fazali qisqa qisqa tutatish tokidan kam bo‘lmasligi kerak,. I cheg.kом I ef .q.t. - saqlagichning plavkali vstavka (........)toki: / , I yu.. = I i.t. bu erda - elektr qabul qilgichlarning ish sharoitlarini e’tiborga oladigan koeffitsent ( = 2,5 (1,6...2)). Nazorat- o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarini elektr ta’minoti tizimlari uchun uzatish va taqsimlash tarmoqlarining simlari elektr tokida qizdirish va mexanik mustahkamlashni shartlari asosida tanlanadi va undan keyin kuchlarni yo‘qotish bo‘yicha tekshiriladi. Har-xil sharoitlarda (namlik yuqori bo‘lgan, portlash yoki yong‘in xavfi bo‘lgan, chang va boshqalar)sim va kabellarni tanlashda alohida talablar qo‘yiladi. Avtomatika tizimlarida asosan alyumin va mis simlari va kabellari qo‘llaniladi. Mis simlari asosan maxsus holatlarda, masalan qarshilik termometri zanjirlarida; o‘lchash boshqarish nazorat, signalizatsiya zanjirlarida hamda vыbratsiyaga uzatadigan portlash xavfi bo‘lgan qurilmalarda ishlatiladi. Sim va kabellarning minimal ruxsat etiladigan ko‘ndalang kesimi yuzasi quyidagicha bo‘lishi kerak: - 60 V gacha kuchlanishli zanjirlar uchun 0,2 mm2 - mis simlar uchun (diametri 0.5mm) va 2,5mm2 – alyumin simlari uchun; - 60 V dan yuqori kuchlanishli zanjirlar uchun 1,0 mm2 -mis simlari uchun va 2,5 mm2 – alyumin simlari uchun. Avtomatika tizimlarida har xil maqsadlari uchun mo‘ljallangan elektr o‘tkazgich simlari va kabellarini bitta trubada, bitta karobka kanalida birlashtirish ruxsat etiladi Nazorat-o‘lchov asboblari va elektr ta’minot qurilmalarini loyihalashda amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi va quyidagilar amalga oshiriladi: • elektr ta’minoti sxemasini, tok turini, kuchlanish qiymatlari va quvvatni tanlash va ularni asoslash; • boshqarish apparatlari va ta’minot zanjiri himoyasini hisoblash va uni tanlash; • shitlarni yoritish tizimini va elektr ta’minot qurilmalarini hisoblash va tanlash; • montaj va remont-ekspluatatsiya ishlarini bajarish uchun enektr instrumentlarni ta’minot tizimini tanlash; II-Bob. Avtomatik boshqarish tizimlari 2.1 Avtomatik tizimga tashqi omillar ta’siri Avtomatik boshqarish nazariyasi – texnikaviy kibernetikaning turlicha murakkablikdagi va har xil tabiatli jarayonlarni avto-matik boshqarish tizimlari (ABT)ni yaratish ustida ilmiy tadqiqotishlari olib boruvchi boʻlimi. Avtomatik boshqarish nazariyasi n.da haqiqiy obyektlar oʻrnida ularning oʻxshash (adekvat) matematik modellaridan foydalaniladi. Unda asosan ikki muammo: ABT tahlili va 2.1-rasim. Avtomatikaning funksional sxemasi TE-topshirish elementi; BK-boshqarish va qabul qilish elementi; IM-ijro mexanizimi; BE-boshqarish elementi; BU-birlamchi o’zgartirgich sintezi ustida tadqiqotlar olib boriladi. Ikki xil boshqarish tizimi, yaʼni ochiq va yopiq boshqarish tizimlari jarayonlarni boshqarish tarzi boʻyicha bir-biridan farq qiladi. Birinchisida boshqaruvchi taʼsirlar jarayonni toyiltiruvchi taʼsirlardan kelib chiqib, ularning toyilishi farqini kamayti-rishga qaratiladi. Bunday boshqarish tizimining asosiy kamchiligi oʻlchash imkoni boʻlmagan tashqi toyiltiruvchi taʼsirlarni bartaraf eta olmasligidadir. Bundan tashkari, ushbu boshqarish tizimlari nobarqaror obyektlarni uzoq vaqt davomida boshqara olmaydi. Yopiq boshqarish tizimlari asosida teskari bogʻlanish gʻoyasi yotadi. Bu gʻoya parametrlarning meʼyordan chetlashishi boʻyicha boshqarish prinsipi (yoki teskari bogʻlanishli boshqarish) nomi bilan maʼlum. Bu yerda boshqaruvchi parametrlarning talab darajasidan ogʻishi tufayli ularni talab holatiga qaytaruvchi ijro signallari shakllantiriladi. Bunday usulning universalligi nobarqaror obyektlarni boshqarishda namoyon boʻladi.Avtomatik boshqarish nazariyasi n., xususan, yopiqtizim nazariyasidagi markaziy muammo – bu tizimning 127mustahkamligi. 20-asr 50–60-yillari bunday tizimlarning sintez usullari jadal rivojlangan davr boʻldi. Sintez masalasini yechishda sifat mezonini tan-lash asosiy oʻringa ega. ABT ni sintez qilishning usullari ichida bunday tizimlarni invariant va avtonom sintez qilish usullari alohida oʻrin egallaydi. Bu nazariyada sifatni baholashning integral mezonidan foydalanishga asoslangan ABT sintez usuli ustuvor hisoblanadi.Avtomatik boshqarish nazariyasi n.da ifodalanganidek, boshqarishga tengsizlik koʻrinishida chegara qoʻyilgan nochiziqli obyektlarni maqbul boshqarishning sintez masa-lasi, Pontryaginning maksimum qonuni va Bellmanning dinamikaviy dasturlar kabi variatsiya hisobining yangi masalalarini yechishda qisman oʻzgargan usullarning paydo boʻlishiga ragʻbatlantirdi. Maqbul tizimlarning sintez usullari umumlashtirilib, Avtomatik boshqarish nazariyasi n. nisbatan kam tadqiqotlar oʻtkazilgan taqsimlangan parametrli boshqarish tizimlari sinfiga oʻtkazildi.Ayrim boshqarish obyektlarida oʻzgarmas matematik modelning apriori (boshlangʻichi) ABT ni ishlashda yoki uni loyihalashda obyektning haqiqiy holatiga nooʻxshash (noadekvat) boʻladi. Koʻpincha, roʻy berayotgan jarayonning nihoyatda murakkabligi tufayli maʼlum fizikaviy yoki kimyoviy qonunlar asosida boshqarish obyektining matema-tik modelini yaratish amaliy jihatdan mumkin boʻlmaydi. Bu albatta ABT dan foydalanilayotganda oʻlchashga imkoni boʻlmagan tashqi va ichki toyiltiruvchi parametrlar ularning koʻrsatkichlarini oʻzgartirib yuborishi natijasidir. Shu sababli, boshqarish obyektlarini iden-tifikatsiyalash usullari deb atalgan ilmiy yoʻnalish paydo boʻldi. Adaptiv boshqarish tizimlarining paydo boʻlishi aprior axborot kamchiligini toʻldirish imkonini yaratdi va tizim samaradorligini oshirishga olib keldi. Adaptiv boshqarish tizimlari sinfiga taalluqli oddiy yopiq ekstremal rostlash tizimini alohida sinfga ajratish mumkin hamda bunday boshqarish masalasi ehtimollik masalasi deb qaraladi. Uni yechish uchun statistik yechim va boshqariluvchi tasodifiy jarayon na-zariyasi usullaridan foydalaniladi. ABTni yaratish ustida olib boriladigan ilmiy va amaliy tadqiqotlar bosqichida uzluksiz (analog) va uzlukli (raqamli) modellash usullari katta ahamiyat kasb etadi. 2.2 Avtomatik tizim sxemalarini tahlil qilish Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalaniladi. Avtomatika sxemalari asosiy xujjat hisoblanadi va ular quyidagi turlarga bo’linadi: Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o‘zaro bog`lanishlarini va harakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to‘rtburchak shaklida belgilanadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Strelkaning yo‘nalishi signalning o‘tishini ko‘rsatadi Tarkibiy tuzilish sxemalari funksional va prinsipial sxemalar asosida ishlanadi. Tarkibiy tuzilish sxemasida aniq vosita, rostlagich, element ko‘rsatilmasdan, balki o‘tayotgan fizikaviy jarayonning matematik modeli ko‘rsatiladi. Prinsipial sxemalar elementlarning o‘zaro elektr ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi. Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini tushunishga yordam beradi Avtomatikaning montaj sxemasi 2.3 Avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish ketma-ketligi Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash avtomatlashtirish masalalari qishloq xo`jalagi ob`ektlari uchun umumiy loyihaning tarkibiy qismi hisoblanadi . Lekin ularni ishlab chiqishda ma`lum ketma-ketlik mavjud. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimi , odatda maxsus tasqilotlar tomonidan boshlang`ich ma`lumotlar va topshiriq asosida loyihalanadi. Loyiha topshirig`ida ishlab chiqilayotgan tizimning maqsadi va mazmuni, shu jumladan uning funksional tarkibi aniq belgilab berilishi zarur. Boshlang`ich ma`lumotlar loyihalanayotgan tizimning barcha elementlarini hisoblash uchun etarli bo`lishi zarur. Loyiha topshirig`ida berilgan materiallarning to`g`riligi va ishonchliligi uchun odatda buyurtmachi javob beradi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida maxsus tashkilot boshqaruv ob`ektining tarkibiy sxemasini, shu jumladan avtomatlashtirishning funksional sxemasini ham ishlab chiqadi. Yuqorida ko`rsatilgan oxirgi loyiha hujjatlari asosiy hujjat hisoblanadi va ular ob`ektni analiz qilish ( uning nazorat qilinuvchi , signallovchi, boshqariluvchi parametrlarini aniqlash ) , shu jumladan asboblar va avtomatlashtirish vositalarini oldindan tanlash imkonini beradi. Ma`lumki, ob`ektning xususiyatlari unga mos boshqaruv algoritmini tanlashning asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun texnologik jarayonni boshqaruv ob`ekti sifatida tekshirish, ya`ni uning matematik modelini qurish avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqishning asosi hisoblanadi. Mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda modellashtirishning analitik yoki tajriba usuli tanlanadi va buning natajasida ob`ektning optimal boshqaruv algortmini tanlashda asos bo`lib xizmat qiladi. Qabul qilingan boshqaruv algoritmi asosida kelgusida texnik vositalar majmuasi tanlanadi. Bu holda ko`proq Davlat asboblar tizimi tarkibiga kiruvchi seriyali tartibda ishlab chiqariluvchi asboblar va avtomatlashtirish vositalarini qo`llash maqsadga muvofiq bo`ladi. Ularning qo`llanishini loyihada qat`iy asoslab berilishi zarur. Bu holda tanlangan qurilmalar va avtomatlashtirish vositalarining sozlash parametrlari qabul qilingan boshqaruv algoritmi (rostlash qonuni) bo`yicha bajarilishi zarur. Sozlash parametrlarini hisoblash usullari.Qishloq xo`jaligi ob`ektlarida eng qo`p tarqalgan yordamchi energiya turi elektr energiyasi hisoblanadi. Shuning uchun avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashda prinsipial elektr sxemalarini ishlab chiqish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Avtomatika tizimlarini ishlab chiqishda elektr ta`minoti qurilmalarini, o`tkazgichlar, kabellar, himoya va boshqaruv qurilmalarini tanlashga alohida e`tibor qaratiladi. Keyinroq mavjud ma`lumotlar bo`yicha (asboblar va avtomatlashtirish vositalarining tipi, ularning gabarit o`lchamlari, ishlatish sharoitlari va o`zaro joylashtirish qoidalari ) shitlar va pultlar tanlanadi (buyurtma qilinadi), shuningdek, ular joylashtiriladigan holalar uchun ham talablar ishlab chiqiladi. Agar texnologik jarayonni avtomatlashtirish sxemasi murakkab bo`lsa, bu holda operativ nazorat xodimlariga ob`ektni boshqarish sifatini yaxshilashda yordam beruvchi mnemosxemalardan foydalanish mumkin. Boshqaruv sxemalarini montaj qilish, sozlash va ishlatishda prinsipial sxemalardan foydalanish noqulay bo`lganligi uchun ulash va qo`shish sxemalari ishlab chiqiladi. Bu holda asboblar va avtomatlashtirish vositalarining shitlar joylashtiriladigan yoki ishlab chiqarish xonalarida o`rnatilishini hisobga olish kerak. Keyingi bajariladigan vazifa yerga ulash qurilmalarini loyihalash hisoblanadi. Loyihalashning yakunlovchi bosqichida avtomatika tizimlarining ishonchliligi (agar zarur bo`lsa, qo`llanishi mumkin bo`lgan xahiralash usuli qabulqilinadi va zahiralanuvchi elementlarning soni hisoblanadi), shuningdek uning iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi. III-Bob. Avtomatik tizimlarda nazorat taxlili 3.1 Avtomatik boshqarish tizimlari Jarayonni ma’lum ketma – ketlikda va berilgan tartib bo‘yicha odam ishtirokisiz amalga oshiradigan chora tadbirlar majmuasiga texnologik jarayonni avtomatik boshqarish deyiladi. Metall kesish stanoklarida zagotovkaga ishlov berish jarayonlarini boshqarishda shpindelning aylanish chastotasini, support yoki stolining bo‘ylanma va ko‘ndalang harakatlari tezliklarini yoki revolver kallagi xolatini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu boshqariladigan kattaliklar jarayonning boshqarish parametrlari deyiladi. Avtomatik boshqarish tizimlari quyidagicha farqlanadi: Boshqarishni markazlashtirish darajasi bo‘yicha; Boshqarish ob’ektiga ta’sir turiga ko‘ra; Teskari aloqa borligi bo‘yicha; Dasturtashuvchining turiga ko‘ra. Boshqarishning markazlashtirish darajasiga ko‘ra markazlashtirilgan, nomarkazlashtirilgan va aralashma turlariga bo‘linadilar. Markazlashtirilgan tizimda avtomat yoki avtomatik liniya (ob’ekt) buyruq (komanda) punktidan boshqariladi. Bunga misol taqsimlash vali yoki komandoapparat yordamida boshqariladigan avtomat bo‘la oladigan.Nomarkazlashtirilgan tizimda ob’ektni boshqarish markaziy boshqarishga ega emas. Stanok (ob’ekt) ishchi organlari yo‘l datchiklari yordamida boshqariladi. Datchiklarning ulanishi yoki uzulishi ishchi organlarida o‘rnatilgan tayanchlar orqali amalga oshiriladi. Bunga misol qilib jilvirlash avtomatlarining boshqarish organlarini olish mumkin. Aralashma tizim-bu markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan tizimlar kombinatsiyasidan tuzilgan tizimdir. Boshqariladigan ob’ektga ta’sir qilish usuliga ko‘ra boshqarish tizimlari uzluksiz va diskret - uzlukli turlarga bo‘linadilar.Uzluksiz boshqarish tizimiga misol qilib taqsimlash vali yordamida boshqariladigan tizimni olish mumkin. Bunda taqsimlash valdagi kulachoklar uzluksiz ravishda stanok ishchi organi bo‘lgan supportga rыchagli mexanizmlar orqali qarakat uzatadi.Diskret – uzlukli boshqarish tizimida stanok ishchi organi impulsli signallar yordamida boshqariladi. Bu tizimga sonli dastur bilan boshqarish tizimlari misol bo‘la oladi.Ob’ekt bilan boshqaruvchi organ orasida teskari aloqa borligi bo‘yicha ochiq va yopiq boshqarish tizimlarga bo‘linadilar. Ochiq boshqarish tizimlarida boshqarish tizimi jarayon (ob’ekt) ning parametrlari to‘g‘risida axborot olmaydi va uning o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatmaydi.Yopiq boshqarish tizimida jarayon (ob’ekt) bilan boshqaruvchi organ o‘zaro teskari aloqa bilan bog‘langan bo‘lib,boshqarish parametrini berilgan qiymatlarda o‘zgarishi ta’minlanadi. Bunday tizimni teskari aloqa tizimi ham deyiladi. Dastur tashuvchining turiga qarab boshqarish tizimlari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: Taqsimlash vali yordamida boshqariladigan; Tayanchlar yordamida boshqariladigan; Andoza (kopir) yordamida boshqariladigan; Sonli dastur bilan boshqariladigan (SDB). Taqsimlash vali yordamida boshqariladigan tizimlarning kulachokli, sharikli uzatish mexanizmli va komando apparatli turlari mavjud. Tayanchlar yordamida boshqarish tizimida tayanchlar dasturtashuvchi vazifasini bajarib, ishchi organiga o‘rnatiladi. Ular avtomatik tizimning datchiklariga ta’sir ko‘rsatadilar. Bu tizimlar ochiq boshqarish tizimiga kiradi. Andozali (kopirli) boshqarish tizimi kuzatish tizimiga kiradi.Andoza (kopir) dastur tashuvchi hisoblanadi. Bunda andoza profilining o‘lchamlariga mos holda stanokning ishchi organining ko‘chishi ta’minlanadi.Kuzatish (kopiroval) tizimining mexanik, gidravlik, elektrogidravlik, pnevmogidravlik turlari keng qo‘llaniladi. Sonli dastur bilan boshqarish tizimida dastur harf raqamli kodda beriladi. Bunda stanok (ob’ekt) ijrochi organining har bir ko‘chishi kattaligi sonlar yordamida beriladi. Axborot dasturtashuvchi (perfolenta, magnit lenta, kompakt (ixcham) kasseta)larda beriladi. Axborotning har birligi impulsiga ijrochi organning ma’lum kattalikda diskret (uzlukli) surilishi mos keladi.Ushbu boshqarish tizimi diskretuzlukli tizimga kiradi. Avtomat – (yunoncha - o‘zi harakatlanuvchi) berilgan dastur (topshiriq) asosida odamning bevosita ishtirokisiz ma’lum bir texnologik jarayonda energiya, material yoki axborotni qabul qilish, uzatish yoki o‘zgartirishga yo‘naltirilgan barcha operatsiyalarni bajaruvchi moslamadir. Boshqarish – boshqaruv ob’ektini berilgan dasturga mos ravishda faoliyat yuritishida uning barqarorligini ta’minlash va yaxshilash yoki uni boshqarish maqsadiga yo‘naltirilgan harakatlardir. Boshqaruv ob’ekti va avtomatik boshqaruvchi moslamaning yaxlitligiga avtomatik boshqarish sistemasi deyiladi. Avtomatik boshqarish sistemalari (avtomatik boshqarish sistemasi)da barcha boshqaruv va nazorat operatsiyalari odam ishtirokisiz amalga oshiriladi.Katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash, ko‘plab elementlarning o‘zaro hamkorligini, boshqaruvning murakkab funksiyalarini bajarishni talab qiladigan ishlab chiqarish ob’ektlari (jarayonlar, mashinalar)ni boshqarishda avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalaridan foydalaniladi.Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarida asosiy axborotlarni olish, dastlabki qayta ishlash kompyuter yoki EHM yordamida bajarilsada, yakunlovchi komanda (topshiriq)ni operator beradi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarida boshqaruv inson harakati va boshqaruvchi moslamaning birgalikdagi o‘zaro harakati jarayonida amalga oshadi.Avtomatik boshqarish sistemalari (avtomatik boshqarish sistemasiham taxminan shunday prinsp asosida ishlaydi, ya’ni avtomatik boshqarish sistemasilar boshqaruv ob’ektida tashqi muhit holatini nazorat qilish barobarida, topshiriqlar oladi va shu asosda ob’ektni mustaqil boshqaradi. Avtomatikada har qanday ob’ektning 3 ta asosiy parametri: Kirish parametrlari kuzatiladi Chiqish parametrlari kuzatiladi Tashqi muhitdan g‘alayonlanish ta’siri kuzatiladi. Kirish (boshqaruvchi) kattaligi X ob’ektini boshqarish parametri, chiqish (boshqariladigan) kattaligi У ob’ekt faoliyati natijasini xarakterlovchi parametr hisoblanadi. Muhitning tashqi ta’siri Z g‘alayonlanish deyiladi. Avtomatik boshqarish sistemalari (ABS) qabul qilayotgan signallar uzluksizya’ni bir tekisda o‘zgaradigan, doimiy va diskret, ya’ni sakrash bilan o‘zgaradigan bo‘lishi mumkin. Signallarning analog va raqamli turlari mavjud. Inson, eng avvalo og‘ir jismoniy mehnat turlaridan ozod bo‘lishga erishgan. Bu o‘rinda u tabiiy energiya manbalaridan (suv, shamol va boshqalar) foydalangan. Keyinchalik bug‘ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan (XVIII asr) fan-texnika taraqqiyotining birinchi bosqichi ishlab chiqarish protsesslarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi. Lekin, endi odam har bir stanok va texnologik mashinaga bog‘langan bo‘lib, undagi ishlab chiqarish protsesslarini kuzatadi (kontrol qiladi), mehnat predmeti parametrlarining maqsadga muvofiq o‘zgarishi to‘g‘risidagi informatsiyalarga ishlov berib, ularni analiz qilish yo‘li bilan texnologik protsessni boshqarish vazifasini bajarib turadi. Kibernetika fanining jadal sur’atlarda rivojlanishi, ma’lumotlarni katta tezlikda qayta ishlab bera oladigan texnik vositalar EHMlarning yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi ma’lumotlarni qayta ishlashni yangi texnologiyasini vujudga keltirdi. Shu tufayli hozirgi vaqtda ikki: 3.2 Boshqarishning avtomatik sxemasi (BAS) BAS deb, alohida lokal texnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini inson ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchidan iborat texnik qurilmalar sistemasiga aytiladi. Texnologik mashinani ishga tushirish, to’xtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgartirish kabi operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladigan avtomatik boshqarish sistemasi, ob’ektning biror texnologik parametrini (harorat, bosim, sath balandligi, tezlik, namlik) texnologik jarayon davomida rostlab (stabillab) turish uchun xizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektlarning texnologik parametrini oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari, texnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash funktsiyalari va boshqalarni inson ishtirokisiz bajarish uchun xizmat qiladigan lokal avtomatik sistemalarini tashkil etadi. BAS deb, ma’lumotlarga ishlov berishni EHM yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimi iqtisodiy matematik modellash asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi. Bu sistema boshqarish to’g’risidagi echimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini, boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezlikda o’tishini ta’minlash va boshqaruvini zvenoning mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi. BAS inson faoliyatining turli sohalarida boshqarishni optimallash uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni to’plash va ishlov berishning avtomatlashtirishni ta’minlaydigan “odam mashina” sistemasidir deb ta’riflanadi. Bunday sistema quyidagi uchta vazifani bajaradi: 1. Boshqariluvchi ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va uzatish. 2. Ma’lumotlarga ishlov berish va boshqaruvchi signal hosil qilish. 3. Boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish. BAS larda yuqoridagi funktsiyalarni EHM bajaradi. Ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish funktsiyasini, boshqaruvchi mashinalarda olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi. Shuning uchun BAS “odam mashina sistemasi” deb ataladi. BAS 1960 yidan sanoatda qo’llanila boshlagan bo’lsa, 1980 yilga kelib ishga tushirilgan avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalar soni 4370 dan oshib ketgan. Shundan 1650 ga yaqin texnologik jarayonlarni BASni bo’lgan. 2000 dan ortiq EHM ning uchinchi avlodi bilan jihozlangan hisoblash markazining ishlab turganligi BASning qanchalik progressiv sistema ekanligini ko’rsatadi. Texnologik jarayonlar BASning eng oddiy funktsional sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Funkutsional sxemani soddalashtirish maqsadida texnologik jarayonlar BASi faqatgina avtomatik rostlash sistema va boshqaruvchi operatordan iborat qilib tuzilgan. Boshqarish to’g’risidagi hal qiluvchi buyruq esa operatort tomonidan beriladi. Buning uchun u ma’lumotni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish xaqida qaror qabul qiladi va sistemani boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z navbatida lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementni va rostlash organiga ta’sir qilib boshqarish operatsiyalarni amalga oshiradi. 3.3 Boshqarishning avtomatik sistemalari (BAS) tavsifi Boshqariladigan sistemalarning murakkabligi, bajaradigan vazifasi, ishlab chiqarish xarakteri, boshqaruvchi ob’ekt xarakteri, pog’onasi va boshqalarga qarab BAS quyidagi sinflarga bo’linadi: Boshqarish darajasi bo’yicha: Umumdavlat BAS Soha bo’yicha BAS. Vazirlik doirasida bo’lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish. Xududiy BAS. Umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yohud UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish. Ishlab chiqarish birlashma BAS. Ishlab chiqarish birlashmalarini alohida yoki SBAS yohud UBAS tarkibida bo’lgani holda boshqarish. Korxona BAS. Ishlab chiqarish korxonalarini alohida yoki birlashma BAS yohud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish. II. Boshqarish ob’ektining xarakteri bo’yicha: Texnologik jarayonlarning boshkarishning avtomatlashtirilgan sistemasi texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo’llaniladi. Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda xizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo’llaniladi. Boshqarishning yig’ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemaga birlashtiradi. III. Funktsional qo’llanilishi bo’yicha: Reja hisoblari, moddiy texnika ta’minoti, davlat statistikasi, ilmiy texnika progressi va boshqa sinflarga bo’linadi. IV. Ishlab chiqarish xarakteri bo’yicha Jarayonlar uzluksiz va diskret turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida korxona boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi qo’llaniladi. Ma’lumki BAS administrativ yoki tashkiliy boshqarishdagi BAS ishlab chiqarish sistemalaridagi BAS ga bo’linadi. Administrativ sistemada inson faoliyati boshqarish sistemasining quyi pog’onalardagi insonlar tomonidan amalga oshiriladigan rejalashtirish, operativ boshqarish jarayonlarida qaror qabul qilish va shuningdek qarorni bajarilishini nazorat qilib turish hamda shu kabi boshqarish funktsialarni bajarishdan iborat. Bunday funktsiyalarni bajaradigan odam administrator deb ataladi. Ishlab chiqarish sistemalaridagi boshqaruvchi odam esa operator deyiladi. Operator o’zini boshqaruvchi funktsiyasini texnik vositalar va boshqaruvchi EHM yordamida bajaradi. 7. BAS ning tayyorlashda standartlashtirish BAS larning tayyorlashda yuqori sifatli avtomatika elementlari bloklari, EXM va boshqarish mashinalarining komplekslarini vujudga keltirish katta ahamiyatga ega. Ulardan unumli foydalanish masalasini ratsional hal etish BAS ning barcha elementlari texnik normativ ko’rsatgichlarini davlat standartlari darajasida ko’tarishni talab qiladi. Davlat standartida TNXlar, BASning tuzishdagi talab, qoidalar va me’yorlar kompleksi berilgan bo’ladi. BAS tayyorlash sohasidagi barcha tashkilot va korxonalar, shuningdek, BAS ni ishlatuvchi boshqa soxalardagi barcha tashkilot va korxonarning bunga amal qilishi majburiydir. BAS elementlarinng optimal va yuqori sifatli bo’lish, fan texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish sohalarining birligi, o’zaro bog’lanishni ta’minlash BAS va uni elementlarini davlat standarti normativlari asosida bo’lishini talab qiladi. Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, institutlarida avtomatika laboratoriya tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoqlarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi. 3.4 Maxsus avtomatlardan tashkil topgan avtomat liniyalar. Bunday avtomat liniyalar juda yuqori unumdorlikka ega bo‘ladi. Ular uchun texnologik jarayon xam maxsus ishlab chiqariladi. Shu sababli ular yalpi ishlab chiqarishda (masalan; podshipniklar ishlab chiqarishda) ishlatiladi. Maxsus dastgohlardan tashkil topgan avtomat liniyalar bilan kompleks avtomatlashtiriladi, jumladan mexanik ishlov berishdan tashqari, yig‘ish, nazorat qilish, moylash va boshqa operatsiyalar ham avtomatlashtiriladi. Bunday liniyalar murakkab avtomat tsex va zavodlar qurish uchun asos bo‘la oladi. Xozirda ba’za bir maxsulotlarini ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda maxsus rotorli dastgoxlardan tashkil topgan, rotorli avtomat liniyalar ishlab turibdi. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar qo‘llanishi, avtomatlashtirishda yangi bosqichni boshlanishiga sabab bo‘ladi. Bunday dastgoxlar asosida tuzilgan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish modullari ishlab chiqarishni to‘liq avtomatlashtirishga erishishdan tashqari EXM bilan avtomatlashtirilgan boshqaruvni ham qo‘llanishiga imkoniyat yaratadi. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarni yuqori moslanuvchanligi donalab va seriyalab ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni asosiy dastgohi bo‘lib qoldi. Bundan tashqari ishlab chiqarish ob’ekti o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan ko‘plab ishlab chiqarishda ham qo‘llanishi mumkin. Turli sеriyalardagi ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo`yicha tajribalar shuni ko`rsatadiki, bu muammolarni yеchishning bir qancha yo`li mavjud. Tехnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo`yicha tехnik yеchimlari har хil bo`lsa ham ularning maqsadi bitta - ishlov bеrishdagi mеhnat unumdorligini oshirishdir. Istalgan tехnologik jarayonni bajarishda davr davomiyligi quyidagicha topiladi: T = tp + tх, Bu yеrda: tp - dеtallarga ishlov bеrish, ya’ni shakllantirish uchun sarflanadigan vaqt; tх - bo`sh (uzatish, kеsuvchi asbob va zagotovkani o`rnatish va yеchish, ish jarayoniga qo`shimcha mехanizmlarni qo`shilishi, asbobning tеzkor yetkazish va qaytarish, dеtalni o`lchash va boshqa) harakatlanish uchun kеtadigan - ishlov bеrish vaqtiga mos kеlmaydigan, ya’ni davriy yo`qotish vaqti. Avtomatlashtirishning uchinchi bosqichi, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish tizimlari va EXM larni keng qo‘llangan xolda avtomat bo‘limlar, tsexlar va zavodlar qurish bilan ishlab chiqarish jarayonini kompleks avtomatlashtirish bilan bog‘liq. Kompleks avtomatlashtirishda yuqori texnika bilan ta’minlangan ishlab chiqarish jarayonini siklini iloji boricha qisqartirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarishni qo‘llash muxim axamiyat kasb etadi. Xulosa Men ushbu kurs loyiha davomida avtomatik tizimlarga tashqi omillar ta’siri va nazorat usullari taxlili mavzusida ish olib bordim va ko’lab bilm va kunikmalarga ega bo’ldim. Avtomatlashtrish tizimlariga tashqi omillar ta’siri bu haroratning ko’tarilishi yoki tushushi,erozziyaga uchrashi ya’ni yemirilishi, namlikni ortib ketishi va ha kazolani sanab o’tsa bo’ladi. Jarayonni ma’lum ketma – ketlikda va berilgan tartib bo‘yicha odam ishtirokisiz amalga oshiradigan chora tadbirlar majmuasiga texnologik jarayonni avtomatik boshqarish deyiladi. Metall kesish stanoklarida zagotovkaga ishlov berish jarayonlarini boshqarishda shpindelning aylanish chastotasini, support yoki stolining bo‘ylanma va ko‘ndalang harakatlari tezliklarini yoki revolver kallagi xolatini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu boshqariladigan kattaliklar jarayonning boshqarish parametrlari deyiladi. Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash avtomatlashtirish masalalari qishloq xo`jalagi ob`ektlari uchun umumiy loyihaning tarkibiy qismi hisoblanadi . Lekin ularni ishlab chiqishda ma`lum ketma-ketlik mavjud. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimi , odatda maxsus tasqilotlar tomonidan boshlang`ich ma`lumotlar va topshiriq asosida loyihalanadi. Loyiha topshirig`ida ishlab chiqilayotgan tizimning maqsadi va mazmuni, shu jumladan uning funksional tarkibi aniq belgilab berilishi zarur. Boshlang`ich ma`lumotlar loyihalanayotgan tizimning barcha elementlarini hisoblash uchun etarli bo`lishi zarur. Loyiha topshirig`ida berilgan materiallarning to`g`riligi va ishonchliligi uchun odatda buyurtmachi javob beradi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida maxsus tashkilot boshqaruv ob`ektining tarkibiy sxemasini, shu jumladan avtomatlashtirishning funksional sxemasini ham ishlab chiqadi. Ma`lumki, ob`ektning xususiyatlari unga mos boshqaruv algoritmini tanlashning asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun texnologik jarayonni boshqaruv ob`ekti sifatida tekshirish, ya`ni uning matematik modelini qurish avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqishning asosi hisoblanadi. Mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda modellashtirishning analitik yoki tajriba usuli tanlanadi va buning natajasida ob`ektning optimal boshqaruv algortmini tanlashda asos bo`lib xizmat qiladi. Qabul qilingan boshqaruv algoritmi asosida kelgusida texnik vositalar majmuasi tanlanadi. Bu holda ko`proq Davlat asboblar tizimi tarkibiga kiruvchi seriyali tartibda ishlab chiqariluvchi asboblar va avtomatlashtirish vositalarini qo`llash maqsadga muvofiq bo`ladi. Ularning qo`llanishini loyihada qat`iy asoslab berilishi zarur. Bu holda tanlangan qurilmalar va avtomatlashtirish vositalarining sozlash parametrlari qabul qilingan boshqaruv algoritmi (rostlash qonuni) bo`yicha bajarilishi zarur. Sozlash parametrlarini hisoblash usullari. Boshqaruv sxemalarini montaj qilish, sozlash va ishlatishda prinsipial sxemalardan foydalanish noqulay bo`lganligi uchun ulash va qo`shish sxemalari ishlab chiqiladi Foydalanilgan adabiyotlar 1. N. R. Yusupbekov va boshqalar. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. T.2011, 576 b 2. German Ardul Munoz-Hernandez Sa’ad Petrous Mansoor, Dewi Ieuan Jones. Modelling and Controlling Hydropower Plants. Springer-Verlag London 2013, Number of pages:294. 3. Fraiden_Dzh.Handbook of ―Modern sensors 2004, New-York,470 p. 4. Бородин И.Ф. Автоматизация технологических процессов и автоматических систем управления - Москва: Агропромиздат, 2006й,352с. 5. Miraxmedov D.A. Avtomatik boshqarish nazariyasi. Toshkent, O’qituvchi, 1993. -285 b. 6. David O’Sullivan. Industrial Automation. Course Notes.Universidade do Minho May 2009, Number of pages: 60 O’zbekishton milliy ensklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti, 1-tom. T. 2000 7. Gaziyeva R.T. va boshqalar. Suv xo’jaligida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. T, O’qituvchi, 2007, 240 b 8. Gaziyeva R.T. Avtomatikaning texnik vositalari va raqamli avtomatika. Т.ТIМI.,2014. 240 b. 9. Gaziyeva R.T. Avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarni avtomatlashtirish Т, Тамаddun, 2017, 224 b. 10. И.Ф.Бочкарев. Новые технологии и средства измерений, методы организации водоучета на оросительных системах. Новочеркасск, 2012, 227 с. 11. В.А.Втюрин. Aвтоматизированные системы управления технологическими процессами. Основы АСУТП. Санкт-Петербург 2006,154 с. 13. Рачков M.Ю. Технические средства автоматизации. M: MГИУ, 2006. 347 b 14. Vohidov A.X, Abdullayeva D.A., Avtomatikaning texnik vositalari. T., TIMI, 2011, 180 b 15. Karimov A.S va b. Elektrotexnika va elektronika asoslari. T.; O’qituvchi. 1995, 464 b 16. Vаxidоv А.X, D.А. Аbdulаеvа. Аvtоmаtikаning tеxnik vоsitаlаri, Tоshkеnt, 2012. 17. Gаziеvа R.T.Аvtоmаtikа аsоslаri. “Cho’lpоn” , 2012y 18. Gаziеvа R.T. vа boshqalar. Tеxnоlоgik jаrаyonlаrni аvtоmаtlаshtirish. T.; Bilim, 2004, 240 b. 19. Sirоjiddinоv O’S Аvtоmаtikа аsоslаri vа mikrоprоsеssоr tеxnikаsi: O’quv qo’llаnmа; Sаmаrqаnd. -2008, 60 bеt. 20. Фрайден А.А. Современние датчики. 2010 й. 21. Медведев, А. Е. Автоматизация производственных процессов: учеб. пособие. – Кемерово, 2009. – 325 с. 22. M.А.Ismаilоv.Mа’ruzаlаr to’plаmi, T. 2010 y. 23. Р. Дорф, Р. Бишоп. Современные системы управления. М. 2002 г. 24. О.М. Соснин. Основы автоматизации технологических процессов и производств. М. 2007 г. 25. И.И.Мартыненко, В.Ф.Лысенко. Проектирование систем автоматики. М. 26. Balneologiya va fizioterapiya, ed. Bogolyubova V.M. M .: Tibbiyot 1990 - 425 yillar. 27. Fizioterapiya muolajalarining texnikasi va usullari. Ed. V.M. Bogolyubov. - Tibbiyot, 1997 - 184p. 28. Ulashchik V.S. Jismoniy terapiya asoslariga kirish, -M:, 1997 - 233s. 29. Yasnogorodskiy V.G. Elektroterapiya. - M.: Tibbiyot, 1996 - 310-yillar.