Uploaded by pulatovshahzodmirzo

Buxgalteriya asbob

advertisement
Buxgalteriya asbob-uskunalari bo'limida kompyuterning ehtiyot qismlarining
hujjat aylanishining axborot tizimini loyihalash
Mundarija
Kirish
I BOB. Asosiy qism.Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarning umumiy ta’rifi.
1.1. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish texnologiyalari
1.2.Avtomatlashtirilgan joyi foydalanuvchining ish
faoliyatini avtomatlashtirish vositasi.
II BOB.
2.1. Loyihalash uchun boshlang‘ich hujjatlar
2.2. Hisob yuritish siyosati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Buxgalteriya
Iqtisodiyotni
hisobi
boshqarishdagi
axborot
tizimlarining
o'zgarishlar,
bozor
umumiy
ta’rifi.
munosabatlariga
o'tish
buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko'rsatadi.
Hisobning halqaro tizimlariga o'tish amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyatining
Yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Hisobchidan korxona moliyaviy
holatini ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlili usullarini egallash, qimmatli
qog'ozlar bilan ishlashni mukammal bilish, bozor sharoitlarida pul mablag'lari
investitsiyalarini hisoblash va boshqalarni talab qiladi. Ushbu xususiyatlarni
hisobga olgan holda hozirgi davrda hisobchini "moliyaviy menejer", "hisobchitahlilchi"
deb
atash
ham
Boshqaruv
mumkin.
vazifalariga
an’anaviy
ravishda ishlab chiqishni tayyorlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish
(marketing), buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga
oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal qilish kiradi.
Kompyuterda ishlab chiqish nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb
ataladi. Boshqaruv jarayenida buxgalteriya hisobi katta rol o'ynaydi, bunda barcha
axborotlarnining 60% jamlanadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari
asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan
bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash amalga oshiriladi. Vazifalar majmuasi
iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish,
birlamchi va yig'ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarini o'zaro aloqalari hamda
hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan
ta’riflanadi.
Buxgalteriya
vazifalarning
hisobining
quyidagi
axborotli
majmualarini
o'z
tizimchalari
ichiga
an’anaviy
oladi:
asosiy
ravishda
vositalar
hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor
mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish
harajatlari
hisobi,
yig'ma
hisob
va
hisobotlarni
tuzish.
Shahsiy komputer bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilinishi,
korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil
qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari
suradi. Shunda ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli
foydalanuvchilar o'rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang'ich
hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo'ladi. Bunday
sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o'rtasidagi aniq chegaralar
buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida
namoyon bo'ldi. Boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi.
Buxgalteriya hisobi bo'yicha dasturiy vositalarning yangi turlari hisobning turli
uchastkalari majmualari axborotlarini birlashtiradi. Misol uchun, mehnat va ish
haqi hisobining namunaviy loyihalarida bir vaqtda fondlarga to'lovlar bo'yicha
to'lov hujjatlari (daromad solig'ini to'lash, nafaqa jamg'armalariga ajratmalar,
tibbiyot
sug'urtasi,
bandlik
jamg'armasiga
hisoblash
bo'yicha
to'lov
topshiriqnomalari) bo'yicha to'lov hujjatlarini ko'chirib berish ko'zda tutilgan,
bunday mashina dasturini bajarilishi hisob vazifalarining ikkita majmuasini mehnat
va ish haqini hisobi hamda moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi.
Moddiy boyliklar hisobi tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bo'yicha
vazifalar majmuasida ham xuddi shunga o'xshash misollarni keltirish mumkin.
Vazifalararo majmuani tashkil qilish "materiallar" dasturi misolida ham ko'rib
chiqish mumkin. Uning asosini korxonadagi mahalliy hisoblash tarmog'i
sharoitlarida yaratilgan yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Moddiy
boyliklarning mavjudligi va harakatini hisobga olishni uchta bo'lim mutahassislari
amalga oshirmoqdalar: omborlar, hisobxona, moddiy-texnik ta’minot bo'limi.
Dasturiy majmua o'z ichiga omborchi (ombor) moduli, hisobxona moduli, moddiytexnik ta’minot bo'limi modulini birlashtiradi. Omborchining dasturiy moduli
ombor kartotekasini olib borilishini: hisobchining ma’lumotli qismida moddiy
boyliklar
harakati
bo'yicha
hujjatlarni
buxgalteriya
hisobi
to'ldirilishini,
materiallarni harakati bo'yicha operatsiyalar nazoratini, materiallar harakati
miqdori va summasini aks ettirilishi hisobi, moliyaviy hisob-kitoblarni ta’minlaydi.
Moddiy-texnik ta’minot iqtisodchisi moddiy boyliklarning harakati bo'yicha
hujjatlarni shakllantirishni olib boradi. Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab
ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim
vazifalari, majmualari va uchastkalarini axborotli o'zaro hamkorliklarini, tashqi
aloqalar boshqaruvning o'ziga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo'linmalari
hamda
tashqi
Buxgalteriya
tashkilotlar
hisobining
bilan
halqaro
o'zaro
tizimlarga
hamkorligini
o'tishi
aks
amalga
ettiradi.
oshirilmoqda.
Buxgalteriya hisobning axborot tizimi va uni shaxsiy kompyuterda ishlab
chiqarishni tashkil qilishning an’anaviy shakllarida katta o'zgarishlar bo’lib o’tgan.
Ushbu sharoitlarda korxona moliyaviy tahlil usullarni egallash bozor sharoitda
investitsiyalar
harakatini
bilish
va
boshqalari
talab
qilinadi.
Hozirgi davrda hisobchini moliyaviy menejer yeki hisobchi tahlilchi desa
bo'ladi. Boshqaruv vazifalarga an’anaviy ravishda ishlab chiqarishni rivojlantirish
moddiy texnik ta’minot marketingi, buxgalteriya hisoblarini olib borish va
buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, hamda kadrlar masalasii hal qilish kiradi.
Kompyuterda ishlab chiqarish nazariyasiga binoan ularni vazifaviy tizimlar desa
bo'ladi. Boshqaruv jarayenida buxgalteriya hisobi katta ahamiyatga ega chunki
barcha axborot hajmining 60% ortig'i salmog'ini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
tashkil etadi. Buxgalteriya hisobi axborotli tizimlari asosida majmualarga
birlashtirgan hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob
vazifalarini
bajaradi.
Vazifalar
majmuasi
iqtisodiy
mazmunini
aniqlash,
tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish boshlang'ich birlamchi va yig'ma
yakuniy hujjatlar, hisoblash algoritmlarning o'zaro aloqalari hamda hisobning aniq
vazifaning uslubiy materiallari va me’ery hujjatlari bilan ta’riflanadi. Buxgalteriya
hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi
majmualarini o'z ichiga oladi: "asosiy vositalar hisobi", "moddiy boyliklar hisobi",
"mehnat va ish haqi hisobi", "tayyor maxsulotlar hisobi", "moliyaviy hisoblash
operatsiyalarni hisobi", "ishlab chiqarish harajatlar hisobi", "yig'ma hisob" va
hisoblarni
tuzish.
Shaxsiy
kompyuterlar
bazasida
avtomatlashtirilgan
ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda hisoblash tarmoqlarni yaratilishi
axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda
yangi talablar paydo bo'lgan.
Buxgalteriya hisobi bo'yicha har xil dasturiy vositalarning yangi versiyalari
hisobning turli uchastkada majmualari axborotlarini birlashtiriladi. Vazifalar
majmualarini tashkil qilish materiallari dasturi misolida ko'rib chiqish mumkin.
Uning asosini korxonaning mahalliy hisoblash tarmog'i sharoitlarda faoliyat
yurituvchi yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qilinadi, moddiy boyliklarni
mavjudligi va harakatini hisobga olish jarayenida 3 ga bo'linadi:omborlar, hisob
xona, moddiy texnik ta’minot bo'limi mutaxassislari faoliyat ko'rsatadi.
Buxgalteriya hisob majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga bo'linadi.
Ichki
aloqalar
buxgalteriya
uchastkalarning
axborotli
hisobining
o'zaro
ayrim
vazifalari
hamkorliklarni
majmualari
aks
va
ettiradi.
Tashqi aloqalar boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo'limlari hamda
tashkilot bilan o'zaro hamkorlikni aks ettiradi Hisob vazifalari majmualarining
o'zaro bog'lanishi buxgalteriya hisobi uslubiyatining buxgalteriya schetlarni olib
borish va provodkalarni bajarish tizimiga kiritilgan. Provodka - bosh kitob-balans
mashina dasturni asosiy modeli hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining asosiy vositalar hisobi, moliyaviy hisoblash
operatsiyalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi hisobi kabi
uchastkalari uchun boshlang'ich dastlabki ma’lumotlar xo'jalik operatsiyalarni
boshlang'ich hujjatlarda sodir bo'ladi. Ishlab chiqarish harajatlarining buxgalteriya
hisobi alohida tashkil etiladi. Chunki bunda ish haqi asosiy vositalar materiallari va
tayer maxsulot hisobi bo'yicha olingan yakuniy ma’lumotlar asosi bo'ladi. Barcha
xo'jalik operatsiyalari boshlang'ich buxgalteriya hujjati ushbu operatsiya sodir
bo'lganligi haqidagi to'liq va ishonchli hujjatda qayd etiladi. Hujjat yuridik kuchga
ega ya’ni Moliya Vazirligi tomonidan chiqarilgan Yo'riqnoma va uslubiy
materiallarga asoslanib to'ldiriladi. Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo
va sohaviylarga bo'linadi. Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari davlat standarti
tomonidan hujjatlarning shakliga keltirilgan tizimlar taraflarini hisobga olish bilan
ishlab chiqadi va kompyuter ishlab chiqarish tomonidan ko'shiladigan talablarni
aks ettiradi. Iqtisodiy vazifalar ishlab chiqarish yangi axborot texnologiyalarni
avtomatlashtirilgan ish joiy va hisoblash tarmog'i va yakka tarkibdagi loyihalar har
xil konfiguratsiyasida, ya’ni markazlashgan, taqsimlangan mahalliy ma’lumotlar
bazasini tashkil qilishga mo'ljallangan. Bunda korxona va tashkilotlar uchun
umumiy
bo'lgan
bazadagi
massivlarni
ishlovchilar
haqida
materiallar,
ma’lumotnomaviy bo'linmalar, lavozimlar, hamda faqat buxgalteriya vazifalarni
yechishda foydalanilgan mahalliy bazalarga ajratish mumkin. Buxgalteriya hisob
schetlarida namunaviy provodkalar, xo'jalik operatsiyalar qayd daftari, shaxsiy
hisob
raqami,
asosiy
vositalari
yo'qlama
varaqchalari
yaratiladi.
Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minlanishiga to'liq asosda bir qator ma’lumotli
dasturlarni kiritish mumkin, shu jumladan: "Maslahatchi-hisobchi", "Soliq
huquqi". "O'zbekiston Respublikasi soliqlar maslahatchi - plyus".
Avtomatlashtirilgan joyi foydalanuvchining ish faoliyatini avtomatlashtirish
vositasi.
Vazifaviy texnologiya ba’zi bir qoidalar bo'yicha amalga oshirilayetgan
ta’minlovchi va predmetli texnologiyalar sintezidan iborat bo'ladi. Ma’lumotlarni
qayta ishlashni qandaydir muhim va shu bilan birga vaqti avtomatlashtirilgan
axborot tizimining bir qismi bo'lib u texnik, dasturiy tashkiliy (xodimlar) va
axborot
qismlaridan
iborat
foydalanuvchini-hisobchi,
platformaga
asoslanadi.
foydalanuvchi-bajaruvchi
Yakuniy
ham
natijada
alohida
avtomatlashtirilgan axborot tizimini va har qanday majmuaga biriktirilgan
birikmasini qo'llash mumkin. Boshqaruv xodimi, qaror qabul qiluvchi shaxsning
maqsadlarini bajarilishini qo'llab quvvatlovchi ta’minlovchi va xizmat axborot
texnologiyalarining majmuasi avtomatlashtirilgan ish joylari (AIT) asosida tashkil
qilinadi. Avtomatlashtirilgan ish joylarining belgilanishi qaror qabul qilinuvchi
shaxsning (QQQ) oldiga qo’shilgan maqsadlariga erishishi uchun qarorlarini
shakllantirish va qabul qilinishni axborot jihatidan qo'llab -quvvatlashdan iborat
bo'ladi. Hozirgi paytda boshqaruv sohasi xodimlarining (hisobchilar, bank kredit
tizimi
mutaxassislari
va hokazo)
faoliyati
rivojlangan
texnologiyalardan
foydalanishga yo'naltirilgan. Boshqaruv vazifalarni tashkil qilish va amalga
oshirish ham boshqaruv texnologiyalarning o'zini, ham axborotlarni ishlab
chiqishning texnik vositalarini tubdan o'zgarishini talab qiladi. U borgan sari
kiruvchi axborotlarni avtomatik qayta ishlash tizimidan boshqaruv xodimlari
tajribalarni jamlash eng samarali iqtisodiy qarorlarni tahlil qilish, baholash va
ishlab chiqarish vositasiga aylanmoqda.
Avtomatlashtirilgan ish joiy (AIJ) - yakuniy foydalanuvchiga ma’lumotlarni
ishlab
chiqarish
va
aniq
muammoli
sohada
boshqaruv
vazifalarini
avtomatlashtirishni ta’minlovchi axborot dasturiy va texnik resurslar majmui
sifatida namoyen bo'ladi. AIJ tashkil qilinishi shuni nazarda tutadiki, axborotlarni
jamlash, saqlash va qayta ishlash bo'yicha asosiy operatsiyalar hisoblash
texnikasini zimmasiga yuklanadi, iqtisodchi esa qo’lda bajariladigan operatsiyalar
va boshqaruv qarorlarini tayerlashda ijodiy yendashishni talab qiluvchi
operatsiyalarning bir qismini bajaradi. AIJ asosiy oddiy vazifalaridan biri
axborotli-ma’lumotnomali bazalarni to'ldirish, qayta ishlash va saqlashdir. Ushbu
vazifani yaxshi darajada bajarish uchun foydalanuvchining ish qobiliyatiga va
iqtisosligiga bog'liq. Boshqaruv jarayenlarni amalga oshirish sharoitlarda AIJ
tadbiq etishdan maqsad boshqaruv vazifalari majmualashtirishni (integratsiyasini)
kuchaytirishdan iborat. Bu jarayonda avtomatlashtirilgan ish joyini tashkil qilishda
va ish jarayenida shaxsiy kompyuterdagi ma’lumotlar bazasi quyidagilarni
ta’minlaydi.
1)Foydalanuvchiga
nisbatan
soddallik,
qulaylik
va
do’stonalik
(bularni
interfeysdagi rejimlar ta’minlaydi);
2)Foydalanuvchining aniq vazifalariga moslashishning soddaligini;
3)Yuqori ishonchlilikni;
4) texnik xizmati ko'rsatishning nisbatan sodda tashkil qilinishini.
Avtomatlashtirilgan ish joyini samarali tartibi uning mahalliy hisoblash tarmoqlari
doirasida ishchi stansiyalar sifatida faoliyat yuritishdir. Bunda axborot hisoblash
resurslarini bir necha foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlash talab qilinadigan
variantlar maqsadga muvofiqdir va har bir foydalanuvchiga servis bazaga
chegaralangan kirim imkoniyati o'rnatiladi.
Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan texnologiyalari
Buxgalteriya vazifalarni yechishni avtomatlashtirgan axborot texnologiyalari
asosida tashkil qilish deganda buxgalteriya hujjatlarni tuzish paytida birlamchi
ma’lumotlarni yozishdan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan
yakunlovchi operatsiyalarning yigindisidir. Hozirgi bosqichda temir yo’l
transportida
buxgalteriya
vazifalarni
axborot
texnologiyasi
asosida
markazlashtirilgan holda olib boriladi.
Axborot to'plamlarning har xil turlari hisob vazifalarni ishlab chiqarishga
asos bo'ladi. Birinchi turdagi birlamchi hujjatlarni yig'ish va ro'yxatga olish
bosqich bilan bog'liq. Chunki mahalliy kompyuterdan foydalanishda ularni
mashina bilan shakllantirish imkoniyati paydo bo'ladi va ushbu hujjatlarni yaratish
jarayeni avtomatlashtiriladi. Ikkinchi turdagi axborot to'plamlari o'zgaruvchan
axborotlarning fayllari, massivlar va shaxsiy kompyuter xotirasidagi shartli doimiy
axborotlar bazasi. Shartli-doimiy axborotlar fayllari loyihasini tadbiq etishda bir
marta bazaga kiritiladi, ko'p marta foydalaniladi va ularga muayyan ravishda
kuzatishlar kiritiladi. Bularga har xil ma’lumotnomalar, asosiy vositalar hisobi
bo'yicha varaqlar, xodimlarning shaxsiy varaqlari va h.k. Markazlashtirilgan ishlab
chiqarish sharoitlarida texnologik jarayenining barcha operatsiyalari hisobi
tomonidan uning ish joyidan bajarilayetgandan mazmuni bir o'z o'zgaradi. Barcha
operatsiyalarni bajarish jarayenida o'sha vaqtning o'zida monitorda ko'rsatib
beriladi.
Avtomatlashtirish ish joyini tashkil etish sharoitlarda ma’lumotlarni ishlash
va qayta ishlash texnologik jarayenida quyidagi asosiy operatsiyalar qo'llaniladi:
I. Avtomatlashtirish ish joyilarda boshqa mutaxassislarning kelib tushgan
boshlang'ich ma’lumotlarni kiritish 3 turga bo'linadi:
1.Aloqa kanallari bo'yicha;
2. Bevosita klaviatura orqali
3.Boshlang'ich
mashina
tashigichlarda
tayyorlash
va
qayd
etish;
II. Dialog rejimida yeki berilgan qidiruv tanlov bo'yicha yakuniy ko'rsatkichlarni
chiqarish.
Buxgalter avtomatlashtirish ish joyida pul mablag'larning hisobini asosiy
vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini debitorni va kreditor bilan hisoblarni
bevosita yuritishni imkoniyati mavjud hisob jarayenida avtomatlashtirilgan
ravishda barcha to'lov hujjatlarni tayyorlash mumkin, belgilangan muddatlarda
buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni shaklantirish va tayyorlash, bosh kitobini
va balans hujjatini (barcha ilovalari bilan) tezkor holda tayerlash va chiqarish
mumkin.
Buxgalteriya avtomatlashtirish ish joyining manbalariga:
1) "Analitik va sintetik hisobotlarning yagona tizimi;
2) me’yoriy ma’lumotnoma bazasi umumlashtirish tizimi;
3) axborotlarni kodlash va tasniflash yagona tizimi;
4) yechiladigan vazifalarning o'zaro aloqadorligi;
5) foydalanuvchi xohishiga ko'ra tanlov va reglament rejimidagi to'liq yeki qisman
yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish va chiqarish;
6)Texnologik jarayonining har bir bosqichda ma’lumotlarning xaqqoniyligini
nazorat qilinishi.
Buxgalter-foydalanuvchi yechiladigan masalalar standartlashi ro'yxati
quyidagi namunaviy ro'yxatidan iborat:
1) bank operatsiyalarning hisobi;
2) kassa operatsiyalarning hisobi;
3) asosiy vositalar hisobi;
4) ishlab chiqarish harajatlar hisobi;
5) mehnat va ish haqi hisobi;
6) byudjet bilan hisobotlar;
7) tez eskiruvchi va arzon baholarda tez eskiruvchi buyumlar hisobi;
8)maxsus kiyimni hisobga olish;
9) moddiy boyliklar hisobi;
10) hisobdor shaxslardan hisobi hamda aylanma va saldo balanslarni tuzish.
Buxgalter avtomatlashtirish ish joyida "Bosh menyu"ning tarkibi ro'yhatini
quyidagi tuzilmaviy sxemada ko'rish mumkin.
1. Bank rejimi quyidagi hujjatlarni shakllantirish va tayyorlashni ta’minlaydi:
to'lov, to'lov talabnoma hujjatini o'z vaqtida to'lov talabnomani to'lamagan
qaydnoma ro'yxatini bankga to'lov hujjatlarni jo'natilgan qaydnomalarni hamda
bank tayyorlab qo’ygan hujjatlarning qayta ishlash jurnali. Ushbu jurnalga
yezilgan hujjatlar har kunda qayta ishlanadi va hisob davr
avtomatlashtirilgan
tarzda
aylanma
qaydnoma
hujjati
bo'yicha
chiqariladi.
"Bank" punkti bosh menyuning quyidagi bandlar bilan bog'liq - ish haqi, kassa,
balans, hisobdor shaxslar.
2. Kassa operatsiyalari kun davomida olib boriladi va hisobga olinadi; kirim va
chiqim kassa orderlari, g'aznachi hisoboti avtomatlashtirilgan ravishda shakllanadi,
deponent summalari bo'yicha kerakli hujjatlar shakllanadi, ya’ni yepilgan to'lov
hujjatlar bo'yicha deponent summalari ro’yxati tuziladi.
3. Ish haqi bandida bo'nak to'lov hisobi, ish haqi har xil turlari bo'yicha hisobi,
qonun bo'yicha ish haqidan ushlanmalar, kompensatsiya to'lovlari, xodimlarning
toifalari bo'yicha va ushlanmalari bo'yicha umumiy qaydnomalar shakllanadi va
hisoblanadi.Buxgalter hisoblarni dialog rejimida olib boradi.
4. Ishlab chiqarish harajatlarining menyu rejimida temir yil tranportida o'z ishlab
chiqarish bo'lsa ushbu band hisoblanadi. Bunda quyidagi masalalar yechiladi.
Haqiqiy qilingan harajatlar hisobi va nazorati, reja ko'rsatkichlarning bajarilishi,
bajarilgan ishlar va xizmatlar bo'yicha tannarx hisoblanishi, kalkulyatsiyaning
shakllanishi va chiqarilishi hamda korxona tejami yeki ortiqcha harajat qilingan
miqdori. Axborot aloqasi esa kassa, bank, hisobdor shaxslar, ish haqi, asosiy
vositalar va balans bandlari bilan bog'liq.
5. Hisobdor shaxslar bandida buxgalter-foydalanuvchi bo'nak hisoblarni qayta
ishlab chiqib, korxona bo'limlari bo'yicha umumiy ravishda safar harajatlar
qaydnomalarni tuzadi va avtomatlashtirilgan ravishda hisobdor shaxslarga
yezuvlarni kiritadi.
6. Balans eng muhim umumlashtiruvchi hujjat hisoblanadi va bosh menyuning
aloqadorda bo'lgan buxgalter xo’jalik operatsiyalari jurnalini, bosh kitobi, saldo
balansini,
aylanma
balansini,
to'lagan
soliqlar
bo'yicha
va
hisobotlarni
avtomatlashtirilgan ravishda nazorat qiladi.
Korxonalar
– jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot
ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida
tashkil qilingan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib hisoblanadi.
«O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi qonunda korxonalarning
tashkiliy huquqiy shakllari belgilab berilgan. Ularning asosiylari davlat,
fermer, xususiy, oilaviy, mahalla, to‘liq shirkat, yopiq turdagi hissadorlik
jamiyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati, ijara, fermer (dehqon) xo‘jaliklari
va boshqalar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini to‘g‘ri
tashkil qilish g‘oyat muhim
ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda
buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni hamda muomalalarini
kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan
nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni
boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil
qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi
ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng asosiy talab – bu, uning kam xarajatli va
sodda bo‘lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina,
buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o‘ziga xos tarmoq xususiyatlarini
va boshqa jihatlarini chuqur o‘rganish lozim. Har bir korxonada tashkil etilgan
buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘layotgan xo‘jalik
muomalalarini
uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko‘rsatkichlarida
ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta’minlash
lozim. Shu bilan birgalikda korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik
dasturlarini tuzishda
kerakli
ma’lumotlar
bilan
ta’minlashi
va
ularning
bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak.
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha umumiy rahbarlik vazifasi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi
uslubiyati boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki hisob
masalalari bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlariga umumiy
rahbarlik
qilib,
buxgalteriya hisobi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish
bo‘yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab
chiqib, nashr qildiradi, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy
bo‘lgan hisob va hisobot masalalari bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy ko‘rsatmalar
ishlab chiqadi. Buxgalteriya
hisobini
to‘g‘ri
tashkil
qilish
bo‘yicha
metodologik rahbarlik ham Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi
uslubiyati boshqarmasi tomonidan olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi
Makroiqtisodiyot
va statistika
vazirligi
bilan
kelishilgan
holda
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va hisobotining tipik
shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi, buxgalteriya
hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy qiladi.
Buxgalteriya hisobi — bu, kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida
ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning
xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan
iboratdir. Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to‘liq, ishonarli,
o‘z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan
ta’minlashdan iborat. Buxgalteriya xodimlari korxonalarning ishlab chiqarish va
xo‘jalik faoliyatini tezkor boshqarishda muhim vazifani bajaradi. Hisob
ma’lumotlari asosida korxonaning rahbar xodimlari reja topshiriqlarining hamma
ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday bajarilayotgani haqida xulosalar chiqaradi
va
tegishli tadbir choralarini ko‘radi. Buxgalteriya korxonalardagi boshqarish
apparatining ajralmas qismi bo‘lib, bu korxonaning hamma ishlab chiqarish
qismlari va bo‘limlari bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. Buxgalteriya xodimlari
ish
joylarini
tashkil
etish
hisob jarayonining
oqilona
asoslangan
texnologiyasidan ajralmasdir. Shu bois ish joylarini belgilashdan oldin hisob
jarayonining mazmuni chuqur tahlil qilinishi kerak. Ko‘p hollarda bir xildagi
hujjatlar bilan ishlaydigan buxgalterlarning ish stollari nafaqat xonaning qaramaqarshi burchagida, balki turli xonalarda bo‘lishi kerak.
Korxona
bosh
buxgalteri,
uning
o‘rinbosari,
shuningdek,
boshqa
buxgalterlar alohida xonalarga joylashishi kerak. Hisob ishlarini zamonaviy
tashkil etish uchun buxgalteriya bo‘limini texnik vositalar (kompyuter, printer,
faks,
modem,
telefon
va
boshqalar)
bilan
to‘liq jihozlash lozim. Bu
buxgalteriya hisobi ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
Buxgalteriya apparati odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi.
1. Material bo‘limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklari, material
yuboruvchilar
bilan
hisob-kitoblar,
materiallarni
saqlash
va foydalanishi
bo‘yicha kirimi hamda sarflanishi hisobi yuritiladi.
2. Hisoblashish bo‘limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va
undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.
3. Ishlab chiqarish- kalkulyatsiya bo‘limi. Bu bo‘limda barcha turdagi ishlab
chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy
tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga
sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.
4. Umumiy bo‘lim. Bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlarda hisobga
olinmaydigan
muomalalar
hisobi
yuritiladi,
bosh
daftar yuritiladi va
buxgalteriya hisoboti tuziladi.
Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga
muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xil bo‘ladi. Korxona buxgalteriyasi
mustaqil bo‘lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug‘ullanuvchi
bo‘linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham
tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodimlariga ko‘rsatmalar berish,
yozma
yo‘riqnomalar
tayyorlash,
muayyan
korxonaga
qarashli
hamma
tarmoqlarni
taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan
shug‘ullanadi.
2.3. HISOB YURITISH SIYOSATI
Hisob yuritish siyosati deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining
buxgalteriya
ravishda
hisobi
yuritish
va
moliyaviy hisobotni
hamda
tuzish
uchun
tamoyil
va asoslariga
qo‘llaniladigan usullar
mos
majmui
tushuniladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari
tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS
asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun
tuziladi. Xo‘jalik
yurituvchi
subyektning
hisob
yuritish
siyosati,
foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy
bo‘lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarning moliyaviy
hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq
yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida
O‘zbekiston
Respublikasining
Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini qo‘llash lozim.
Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir
etadi:
• mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;
• faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi;
• ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishchi xodimlar soni;
• soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
• bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;
• moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
• boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;
• korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimi mavjudligi;
•
buxgalteriya
xodimlarining
malaka
darajasi,
korxona
rahbarlarining
tashabbuskorligi;
• moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javobgarlik tizimi.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun
tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1yanvaridan boshlab qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt
birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuritish siyosatini
rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun
ichida
amalga
oshiradi.
Kalendar
yili davomida hisob yuritish siyosati
o‘zgartirilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son
BHMAning 16—50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim
etishning
konseptual
asoslari»da
keltirilgan
asosiy
tamoyillarga asosan
aniqlanishi kerak.
II BOB. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va
texnologiyalari
2.1. Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi
Buxgalteriya hisobining ushbu obektlarini korxona faoliyatidagi ishtirokiga
ko‘ra xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va xo‘jalik faoliyatini tashkil etish bilan
bog’liq hisob obyektlariga bo‘lish mumkin.
Buxgalteriya hisobi sodir bolgan jarayonlami qonunchilik me’yorlari asosida
hujjatlashtirishdan boshlaydi. Hujjatlarda xo'jalik jarayonlarini qiymat shaklida
ifodalaydi, ulami jarayonlar mazmuniga mos ravishda schetlarda aks ettiradi. Sodir
bo‘lgan jarayonlar to‘g‘risidagi axborotlami qiymat ko‘rinishida tizimli tartibga
soladi, schetlar registrlarida ro‘yxatdan o‘tkazadi va axborotlarni guruhlab,
tizimlashtiradi hamda jamlangan axborotlarni foydalanuvchilarga qulay tarzda
hisobotlar ko‘rinishida zarur boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun yetkazib
beradi.
T/r
Usullar
Mazmuni
1
Hujjatlashtirish
2
2. Inventarizatsiya
3
. Baholash
4
Kalkulyatsiya
5
Schyotlar tizimi
6
Ikkiyoqlama
yozuv
Buxgalteriya hisobining obyektlari
ustidan
yoppasiga
va
uzluksiz
kuzatishni amalga oshirish imkonini
beradigan dastlabki aks ettirish
Korxona mablag‘ini tekshirib, ro'yxatga
olish va olingan ma’lumotlarni hisob
ma’lumotlari bilan solishtirish
Xojalik mablagiari, majburiyatlar va
xo'jalik jarayonlarini pul o'lchov
birligida aks ettirish
Yaratilgan mahsulot (ish va xizmat) lar
birligi tannarxini aniqlash
Mablag’lar tarkibi va joylashishi,
ularning manbalari bo‘yicha aks ettirish,
iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat
qilish
Har bir xo‘jalik muomalasining
summasi ikki marotaba: bir schyot
debeti va ayni vaqtda o‘zaro bog'liq
boshqa schyotning kreditida aks ettirish
7
Balans
8
Hisobot
Muayyan sanaga korxonaning molmulki va ularning manbalari to'g'risidagi
axborotni iqtisodiy guruhlashtirish
hamda pul bahosida umumlashtirish
Moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini
tavsiflaydigan
umumlashtirilgan
ko‘rsatkichlar
tizimini
o'zida
mujassamlashtiradi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda yuritilavotgan hisob siyosati o‘ziga xos
prinsiplarga amal qilishi kerak. Buxgalteriya hisobi prinsiplarini o‘rganishga
nazariy va amaliy jihatdan yondashiladi.
Buxgalteriya hisobi prinsiplarini nazariy jihatdan quyidagi turlarga bo’lib
o‘rganish zarur:
- ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish;
- uzluksizlik;
- xo‘jalik muammolari, aktivlar va passivlami baholash;
- ishonchlilik;
- ehtiyotkorlik;
- mazmunning shakldan ustunligi;
- ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
- moliyaviy hisobotning betarafligi;
- aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
- hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi;
- tushunarlilik;
- ahamiyatlilik;
- muhimlilik;
- haqqoniy xolis taqdim etish;
- tugatilganlik;
- izchillik;
- o‘z vaqtidalik;
- offseting (moddalaming o‘zaro qoplanishi);
- xolislik.
Buxgalteriya hisobi prinsiplari amaliy jihatdan esa O‘zbekiston Respublikasining
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahririga ko‘ra quyidagi turlarga
bo’linadi:
- uzluksizlik;
- ishonchlilik;
- qiyoslanuvchanlik.
Buxgalteriya balansi korxonalaming ko‘zgusi bo’lib , unda korxonaning
mablag’lari va ularning kelar manbasi haqiqiy holati aks ettiriladi.
Balans ikki qismdan iborat bo’lib, bir tomoni aktiv, ikkinchi tomoni passiv deb
yuritiladi va unda xo‘jalik yurituvchi subeyktning mablag’lari hamda ularning
shakllanish manbalari to‘g‘risidagi axborotlar jamlanadi.
Aktiv
Passiv
Xo'jalik mablag‘lari
Xo'jalik mablagiarining kelar manbalan
Balans
Balans
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismida ifodalangan ma’lumotlami mol-mulk
tarkibi, mablag‘larning taalluqligi hamda majburiyatlar muddatlari bo‘yicha
guruhlash mumkin:
Balansni guruhlash belgilari
Tuzilish
davri
bo’yicha
Manbasi
bo’yicha
Obyektlarni Ma’lumotlarni
ifodalanishi ifodalash
bo’yicha
bo’yicha
Hajmi
Axborot
bo’yicha taqdim
etishi
bo’yicha
Tuzilish davri bo'yicha balans - dastlabki balans, kirish, joriy, tiklash, bo’lish,
qo‘shish va tugatish balansi kabi turlarga bo‘linadi va korxona faoliyatining qay
davrida tuzilayotganligini bildiradi.
Dastlabki balans korxonaning tashkil topayotgan vaqtida tuziladi.
Hisobot balansi esa korxona faoliyati davomida tuziladi. Va nihoyat tugatish
balansi esa korxona, tashkilot, muassasaning tugatilayotgan muddatdagi xo‘jalik
mablag’lari va ularning manbalari qay holatda ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Manbasi bo‘yicha balans - inventarizatsiya ma’lumotlari bo‘yicha, hisob registrlari
ma’lumotlari bo‘yicha hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha
tuziladigan balanslarga bo‘linadi.
Ob’ektlami ifodalashi bo‘yicha balans - mustaqil va alohida bo‘linmalar
balanslariga guruhlanadi.
Hajmiga ko‘ra balans - alohida va jamlangan (konsolidatsiyalashgan) turlarga
bo‘linadi.
Ma’lumotlarni ifodalashi bo‘yicha balans - brutto va netto balanslarga guruhlanadi.
Axborot taqdim etishi bo‘yicha - qoldiq va to’liq balanslarga bo’linadi. Qoldiq
balansda schetlardagi hisobot davri boshi va oxiriga bo‘lgan qoldiq ma’lumotlar
aks ettirikadi.
To‘liq balansda esa schetlardagi hisobot davri boshi va oxiridagi qoldiq
ma’lumotlar bilan birga hisobot davridagi aylanmalar ham o’z aksini topadi.
2.2.O‘zbekiston Respublikasi hisob tizimida buxgalteriya hisobini tashkil
qilishning o‘ziga xos tamoyillari
Buxgalteriya hisobi boshqarish va nazorat qilish vositasi va xo‘jalik faoliyati
haqida aniq va juda sifatli axborot manbai sifatida muhim vazifa hisoblangan
moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona hamda tejab-tergab foydalanish
ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish o‘g‘riliklar va qonunlami qo‘pol ravishda
buzish hollarining oldini olish vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb
etadi. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi boshqaruv qarorlarini tayyorlash,
asoslab berish va qabul qilish, subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati haqida
sifatli o‘z vaqtida tayyorlangan axborot bilan ta’minlashdan iborat.
Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar ko‘rsatuvchi tarmoqlari tashkil
qiladi. Bularga sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, san’at hamda davlat boshqarmalari
va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasi tashkilotlari va
muassasalarining xo‘jalik faoliyatlari, ularga davlat byudjetidan qisman ajratilgan
hamda
o‘zi
ishlab
topgan
mablag‘lardan
qay
darajada
samarali
foydalanilayotganini boshqarishdan iborat. Shunday qilib, noishlab chiqarish
sohasida ishlab chiqarish tarmog‘ida yaratilgan ijtimoiy mahsulotning taqsimoti va
iste’moli sodir bo'ladi. Demak, buxgalteriya hisobi noishlab chiqarish sohasiga
ajratilgan mablag‘larning holati, sarflanishi haqida axborotlarni shakllantiradi.
Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste’mol qilinishi,
noishlab chiqarishning bir qismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning
iste’moliga shaxsiy iste’mol va jamiyat a'zolarining ehtiyojlarini qondirish ham
kiradi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya
hisobida mehnat kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab
chiqarish ham aks ettiriladi va mehnat kuchini tayyorlash bilan bog‘liq bo'lgan har
xil xarajatlarni hamda ish haqi va ularning turli xildagi daromadlari harakatini
hisoblab topish yo‘li bilan aniqlanadi.
2.3. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning huquqiy va me’yoriy asoslari
Mamlakatimizning subyektlarida buxgalteriya hisobi 1996-yil 30-avgustida
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asoslanib tashkil
etiladi. Yangi tahriri) (O‘zR 13.04.2016 y. 0 ‘RQ-404-son Qonuni bilan
tasdiqlangan). Bu Qonunga ko‘ra Respublikamizning subyektlarida buxgalteriya
hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobining standartlarini ishlab
chiqish va tasdiqlash Respublika Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish tartibi esa me’yoriy hujjatlarda keltirilgan tegishli
qoidalariga asoslanadi va buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan
belgilanadi.
2.1. Loyihalash uchun boshlang‘ich hujjatlar
Ishlab chiqarish kons.onasini loyihalash va uning tarmoqni rivojlantirishdagi
ahamiyatini asoslash uchun korxonani loyihalashni. qurishni. rekonstruksiya qilish
yoki texnik qayta jihozlashning maqsadga muvofiqligini aks ettiruvchi zaruriy
texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega materiallar ishlab chiqiladi. Loyihaning
texnikaviy-iqtisodiy asoslanishi quyidagi ma'lumotlarga ega bo’lishi kerak:
1. Rekonstruksiya qilinayotgan yoki kengaytirilayotgan korxonaning batafsil
tavsifnomasi, uning faoliyatini baholash;
2. Korxona mahsulotiga bo’lgan talabni asoslash hamda korxonaning ishlab
chiqarish quvvati v a ixtisoslashuvini ko'rsatish;
3. Korxonani xomashyo. materiallar, yarimmahsulotlar. elektr energiyasi.yonilg'i
materiallari, suv va boshqa resurslar bilan ta’minlash;
4. Yangi korxonani qurish va amaldagi korxonani kengaytirishda quvvat birligiga
keltirilgan minimum xarajatlar bo'yicha korxonaning rivojlanishini asoslash;
5. Asosiy texnologik vechimlarni asoslash; unda quyidagi masalalar ko'rib
chiqiladi:
a) ishlab chiqarishning texnologivasi. fan va texnikaning yaqin kelajakdagi
rivojlanish istiqbolidan kelib chiqqan holda uning zamonaviy texnologik
jarayonlarga muvofiqligi;
b) uskunalarni tanlash: xorijiy uskunani o‘matishda istiqbolli ishlab chiqarish
rejasining qanday darajada hisobga olinganligi. uskunani sotib olish zaruratining
sababi;
d) maxsus buyurtmalar bo'yicha tayyorlanishi kerak bo' lgan yangi uskunalarga
qo‘yiladigan asosiy talablar;
g) korxonaning ishlab chiqarish texnologik tuzilmasi, asosiy va yordamchi
bo'limlarning tarkibi va ulai'ning quvvatlari;
d) korxonaning ta'mirlash va yordamchi boiimlarining kooperatsion aloqalari
tizimi;
e) atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar;
6. Yangi korxonani qurish va amaldagi korxonani kengaytirishda rejalash va
konstruktiv yechimlarni asoslash, may donning oichamlari:
7. Loyihalangan ishlab chiqarishda erishilishi kerak bo'lgan asosiy texnikaviyiqtisodiy ko1 rsatkichlar.
Loyihalash jarayoniga asos bo'lib xizmat qiluvchi asosiy hujjatlar
quyidagilardan iborat: tegishli iboralar toinonidan tasdiqlanadigan loyihalash va
qurilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar; davlat standaillari; tarmoq talablari va
mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar; texnologik loyihalash
me’yorlari; uskuna va qurilmalar bo‘yicha kataloglar va boshqalar.
2.2. Loyihalarga qo‘yiladigaa asosiy talablar
Loyihalar quyidagilarni ta’tninlashi kerak:
a) fan va texnikada erishilgan yutuqlar va to'plangan tajribalarni amalga oshirish
kerak. Qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan korxonalar ishga tushirish vaqtida
yetakchi texnikalar bilan jihozlangan bo’lishi hamda mehnat, xomashyo,
materiallar va boshqa resurslar bo'yicha ilmiy aso Sinalgan me’yorlarga muvofiq
mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlashi lozim;
b) kapital sarmoyalarning yuqori samaradorligini ta’minlashi kerak.
Bunga quyidagilar hisobiga erishiladi:
- amaldagi korxonalami texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish yo'li bilan
quvvatlami doimiy oshirib borish;
- yuqori unumdorli uskunalar, katta quvvatli agregatlarni joriy qilish:
- ishlab chiqarishjarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hamda qo’l
mehnatini kamaytirib borish.
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismida ifodalangan ma’lumotlami mol-mulk
tarkibi, mablag‘larning taalluqligi hamda majburiyatlar muddatlari bo‘yicha
guruhlash mumkin:
Balansni guruhlash belgilari
Tuzilish
davri
bo’yicha
Manbasi
bo’yicha
Obyektlarni Ma’lumotlarni
ifodalanishi ifodalash
bo’yicha
bo’yicha
Hajmi
Axborot
bo’yicha taqdim
etishi
bo’yicha
Tuzilish davri bo'yicha balans - dastlabki balans, kirish, joriy, tiklash, bo’lish,
qo‘shish va tugatish balansi kabi turlarga bo‘linadi va korxona faoliyatining qay
davrida tuzilayotganligini bildiradi.
Dastlabki balans korxonaning tashkil topayotgan vaqtida tuziladi.
Xulosa
O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik tarixida iqtisodiyotning barcha soha
va tarmoqlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizni atroflicha
tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniqravshan belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonning mustaqil yuksalishi davrida erishilgan natijalarni sarhisob
qiladigan bo’lsak, ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilganligining guvohi bo‘lamiz.
Buxgalteriya hisobi sohasida ham keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi hamda
O‘zbekiston Respublikasi buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi
tomonidan buxgalteriya hisobinining tamoyillarini rivojlantirish maqsadida bir
qator ibratli ishlar amalga oshirildi. Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi
qonunlar qabul qilinishi, ular bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan milliy
standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yaratilishi muhimdir. Bugun ham
mamlakatimiz iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib,
takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt
o ‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishi va amalga oshirilayotgan
jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgalteriya
hisobining ahamiyati katta bo‘lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati
ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib o‘tilgan
talablarning bajarilishida alohida o‘rinni egallaydi.
Zamonaviy
avtomatlashtirilgan
axborot
tizimlarini
va
axborot
texnologiyalarini milliy iqtisodning barcha sohalariga tadbiq qilinishi nafaqat
iqtisodiy foyda keltiradi, balki foydalanuvchi ish joyining sifat jihatdan yuqori
darajada tashkil qilinishini ta’minlaydi. Demak, axborotlashtirishning milliy
tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida
zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya
vositalarini
ommaviy
ravishda
joriy
etish
hamda
ulardan
foydalanish,
fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab extiyojlarini yanada to’liqroq
qondirish, jahon axborot resurslardan bahramand bo’lishni kengaytirish – jamiyat
taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Alimov R.X, Begalov B.A., Yulchiеva G.T., Alishov Sh.A. “Iqtisodiyotda
axborot tеxnologiyalari”. O`quv q`llanma. T.: - O`YUAJN, 2005 y.
2. Абдуллаева Ш. З. Пул, кредит ва банклар. - Т., 2005 й.
3. www.gov.uz – Ўзбекистон хукумати портали.
4. ziyonet.uz – Зиёнет интернет тармоғи.
5. www.lex.uz- Ўзбекистон қонун ҳужжатлари сайти.
6. Jo‘raev N., Bobojonov 0.,Abduvaxidov F., Sotvoldieva D.Moliyaviy va
boshqaruv hisobi.Darslik.-T: 2007.
7. Jo‘raev N., Xolbekov R., Abduvaxidov F.,Ilxomov I.,J Buxgalteriya hisobi,
iqtisodiy tahlil va audit. Darslik.-T: 2007.
8. Sotivoldiev A.S.Zamonaviy buxgalteriya hisobi. Darslik -'.BAMA 2005.
9. Xasanov B.A ., Xoshimov A.A. Boshqaruv hisobi. Darslik -≫Sharq≫ 2005.
10. Xasanov В.А, Xoshimov А.А. “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” Toshkent,
Yangi nashr, 2011
Download