Uploaded by Azizbek Xamidjonov

Меҳнат ҳуқуқи 2-мавзу

advertisement
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti “Ijtimoiy fanlar fakul`teti”
“Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi” kafedrasi
“MEHNAT HUQUQI” FANI
MA`RUZA № 2
O`QITUVCHI: F. DJAMBAKIEVA
2-Mavzu. Mehnat huquqining sub'ektlari va ularning huquq va majburiyatlari.
1.
2.
3.
4.
5.
Mehnat huquqi sub'ektlari tushunchasi, turlari va belgilari.
Aholi bandligini ta'minlashga oid qonunchilik asoslari.
Ishga joylashtirishning tushunchasi va turlari.
Ishsizlik nafaqasi, uning miqdori va to'lash muddatlari.
Ishga joylashtirish sohasida hamda mehnat shartnomasini bekor
qilishda ayrim toifadagi fuqarolarga beriladigan qo'shimcha
kafolatlar.
6. Ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonunlar bajarilishini tekshirish va
bu sohadagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik.
1. Mehnat huquqi sub'ektlari tushunchasi,
turlari va belgilari.
Mazmuni
Mehnat
huquqiy
munosabatlari
Ob`yekti
Sub`yekti
Mehnat huquqiy munosabatlar har qanday
boshqa ijtimoiy huquqiy munosabatlar singari
turli yuridik faktlardan (shartnomalar tuzilishi,
ma`muriy aktlar qabul qilinishi, yuridik
ahamiyat kasb etadigan harakatlar) sodir
etilishidan
vujudga
keladi.
Mehnat huquqiy munosabatlar yuzaga kelishida
mehnat shartnomasi tuzilishi orqali o`z erki va
irodasini ifoda etilishi muhim o`rin tutadi.
Mehnat huquqiy munosabat sub`yekti, bo`lib xodim, ish beruvchi,
va ularning vakillik organlari ishtirok etadilar. Ularning har biri o`ziga
xos huquqiy mavqe`ni egallaydi.
Mehnat huquqining sub`yektlari deganda, mehnat qonunchiligiga ko`ra, ijtimoiy
mehnat munosabatlarida ishtirok eta oladigan hamda bu sohada sub`ektiv huquq va
majburiyatlarga ega bo`ladigan yuridik hamda jismoniy shaxslar (ish beruvchi va
xodim) nazarda tutiladi.
Mehnat huquqi sub`yektlarining huquqiy maqomi ularning mehnat huquqiy va
mehnat muomala layoqati bilan belgilanadi.
Mehnat huquqiy layoqati fuqarolik huquqiy layoqatidan farqli ravishda fuqaro
tug`ilgan zahoti emas, balki u muayyan xususiyatlarga ega bo`lganidan so`ng
(mehnat qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan yoshga yetganlik, jismonan va aqliy
jihatdan mehnat qilishga layoqatlilik, tashkilotlar esa yuridik shaxs maqomini olishi,
mulkiy va tashkiliy mustaqillikka erishishi va boshqalar) paydo bo`ladi.
Mehnat huquqi sub`yektlari bo`lib quyidagilar qatnasha oladilar:
 Xodim (mehnat shartnomasiga ko`ra ishga yollangan jismoniy shaxs;
 Ish beruvchi ( tadbirkorlik, ya`ni xo`jalik faoliyati bilan yohud notijorat
faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslar, davlat, korxona,tashkilot,
muassasalar, yakka ish beruvchilar).
 Xodimlarning vakillik organlari (kasaba uyushmalari, boshqa vakillik
organlari);
 Ish beruvchining vakillik organlari.
Download