“Пул ва банклар” фанидан Якуний назорат саволлари KU-18 talabasi Xamidjonov Azizbek 24-вариант 1. Кредит тизими вa унинг тaркиби 2. Тижoрaт бaнклaрининг турлaри 3. Миллий валюта тизими ва унинг элементлари JAVOBLAR: 1. Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Kredit (lot. Creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) kreditga boʻlinadi. Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat krediti — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank krediti — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting , faktoring , haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat krediti — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan kreditlar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol krediti — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uyjoy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro kredit — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va b, qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish. Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi. KREDIT munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda KREDIT siyosati olib boriladi. KREDIT siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning KREDIT siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. KREDIT tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. KREDIT tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda kredittizimi faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida" (1995.21.12), "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi. 2. Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi. Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta'minlaydigan omilidir. Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun foiz to‘lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar. O‘zbekistonda tijorat banki faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. Birinchidan, banklar sizning mablag‘ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to‘lash orqali mablag‘laringizni ko‘paytirib beradi. Ikkinchidan, Sizga mablag‘ kerak bo‘lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun jamg‘armalaringiz yetarli bo‘lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o‘qish to‘lovlari va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin. Uchinchidan, banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning xaridi, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish oson. To‘rtinchidan, naqd pulsiz mablag‘lar bilan to‘lash uchun tijorat banklarida hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do‘konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to‘lov yo‘li hisoblanadi. Bank hisobvarag‘iga mablag‘ingizni qo‘yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz. Tijorat banklarining xizmatlar turi: Jismoniy shaxslarga Pul o‘tkazmalari Omonatlar Bank kartalari Kredit mahsulotlari Konversion amaliyotlari Mobil banking Individual seyf va yacheykalar Hisob-kitob va kassa xizmatlari To‘lovlarni qabul qilish Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish Jamg‘arma sertifikatlari Mol-mulkni ishonchli boshqarish Yuridik shaxslarga Kredit mahsulotlari, shu jumladan xorijiy valyutada Lizing Faktoring Konversion amaliyotlari Internet-banking Individual seyf va yacheykalari Hisob-kitob va kassa xizmatlari Xorijiy kredit liniyalari Loyihalarni moliyalashtirish Sug‘urta tashkilotlar nomidan sug‘urta shartnomasini tuzish Omonat sertifikatlari Mol-mulkni ishonchli boshqarish Shu bilan birga tijorat banklariga moliyaviy amaliyotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish, savdo, sug‘urta va boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanish taqiqlanadi. 3. Jahonda 50dan ziyod oltin bozorlari mavjud, ulardan 11tasi g’arbiy Yevropada (London, Syurix, Parij, Jeneva va boshqalar), 19tasi Osiyoda (masalan Bayrut, Tokio), 14tasi Amerikada (aqshda - 5), 8tasi Afrikada joylashgan. Davlat tomo"Valyuta" kategoriyasi milliy va jahon xo’jaligi o'rtasida aloqa hamda o'zaro munosabatlarni ta'minlaydi. Jahon valyuta tizimi jahon pullarini amaldagi shakllariga asoslangandir. Jahon pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko'rsatuvchi pullarga aytiladi. Har bir mustaqil davlat o'z milliy pul tizimiga ega bo'lgani singari, o'zining valyuta tizimiga ham ega. Valyuta tizimi tashkiliy jihatdan valyuta munosabatlari, valyuta fondlari hamda ushbu munosabatlarni amalga oshishi, valyuta fondlarining shakllanishi, taqsimoti va qayta taqsimoti bilan bog’liq munosabatlarni amalga oshiruvchi hamda muvofiqlashtiruvchi davlat organlari yig’indisidan iboratdir. Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o'rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir. Valyuta tizimi - bu, davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar bilan belgilanadigan, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir. Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Valyuta qonunchiligi - bu, mamlakat ichkarisida valyuta qimmatliklari bilan bir mamlakat tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari va fuqarolari o'rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy hamda xorijiy valyutalar va boshqa valyuta qimmatliklarini olib kirish, olib chiqish, o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy me'yorlar yig’indisidir. Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko'rinishi farqlanadi, ya'ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo'lib, valyuta munosabatlarining yig’indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valyuta tizimi elementlarini belgilashni o'z ichiga oladi. Milliy valyuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi: 1. Milliy valyuta va uning nomi; 2. Milliy valyuta paritetini belgilash; 3. Milliy valyutaning konvertatsiya shartlari; 4. Milliy valyuta kursining rejimi; 5. Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni tartibga solish (reglamentatsiya); 6. Xalqaro zahira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o'rtasidagi nisbatni aniqlash; 7. Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (reglamentatsiya); 8. Milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi; 9. Valyuta cheklanishlarining o'rnatilish tartibi; 10. Valyuta munosabatlariga xizmat ko'rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi. Yuqorida zikr etilgan elementlar yig’indisi xalqaro valyuta-kredit va hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan valyuta mexanizmidir. Milliy valyuta va uning nomi milliy valyuta tizimining asosi bo'lib hisoblanadi, u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan milliy pullar valyutaga aylanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda odatda xorijiy valyuta, ya'ni boshqa mamlakatlarning erkin muomalada yuradigan valyuta maqomiga ega pul birliklari ishlatiladi. Ushbu pul birliklari bilan deviz tushunchasi bog’liq. Deviz - bu, xorijiy valyutadagi har qanday to'lov vositasidir. Xorijiy valyuta valyuta bozorida oldi-sotdi ob’yekti bo'ladi, xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladi, banklarda hisobvaraqlarda saqlanadi, ammo ushbu davlat hududida qonuniy hisob-kitob vositasi bo'lib hisoblanmaydi (kuchli inflyatsiya davrlarini hisobga olmagan holda). Mamlakatda kuchli inflyatsiya va inqiroz holatida milliy valyutani nisbatan barqaror bo'lgan xorijiy valyuta siqib chiqaradi, zamonaviy sharoitda bu aqsh dollari va Yevrodir. "Valyuta" kategoriyasi, milliy va yahon xo’jaliklarining o'zaro aloqasi hamda munosabatlarini ta'minlaydi. Milliy valyuta paritetini belgilash. Valyuta pariteti - bu, ikki valyuta o'rtasidagi, qonuniy asosda belgilangan nisbat. Monometalizm davrida (oltin yoki kumush) valyuta kursining asosi bo'lib tanga pariteti hisoblangan. Tanga pariteti - bu, turli mamlakatlar pul birliklarini o'zidagi metall sig’imiga ko'ra o'zaro solishtirishdir. Tanga pariteti tushunchasi valyuta pariteti tushunchasi bilan mos keladi. Oltin monometalizmi davrida valyuta kursi oltin paritetiga asoslangan edi. Bunda valyutalar zaminidagi rasmiy oltin miqdorlari bo'yicha o'zaro solishtirilar edi. Bu sharoitda valyuta kursi ushbu oltin pariteti atrofida, oltin nuqtalar chegarasida, tartibsiz asosda tebranar edi. Oltin nuqtalarning klassik mexanizmi 2 shart mavjudligi holatida amal qilar edi, ya'ni oltinning erkin asosdagi oldi-sotdisi va uning chetga cheklanmagan miqdorda erkin olib chiqilishi. Valyuta kursining tebranish chegaralari oltinni xorijga olib chiqish xarajatlari bilan belgilangan va amalda paritetdan +;- 1%-dan oshiq bo'lmagan. Oltinni xorijga olib chiqish xarajatlariga fraxt, sug’urta, kapitalga foiz yo'qotishlari, probani aniqlash va boshqa shu kabi xarajatlar kirgan. Oltin standartini bekor qilinishi bilan oltin nuqtalar mexanizmi o'z harakatini to'xtatdi. Oltinga almashmaydigan kredit pullar sharoitida valyuta kursi asta-sekin oltin paritetidan uzoqlasha boshladi, chunki oltin muomaladan xazinaga siqib chiqarilgan edi. 1970 yilning o'rtasigacha valyuta kursining asosi bo'lib valyutalar zaminidagi oltin sig’imi, ya'ni rasmiy baho masshtabi va oltin paritetlar xizmat qilgan edi. Valyutalarning rasmiy baho masshtablari va oltin paritetlari Ikkinchi jahon urushidan so'ng Xalqaro Valyuta Fondida qayd etiladigan bo'ldi. Valyutalar o'zaro nisbatining o'lchovi kredit pulda ifodalangan oltinning rasmiy bahosi edi. Ushbu baho boshqa tovarlar baholari bilan birgalikda milliy valyutalar qadrsizlanish darajasining ko'rsatkichi bo'lib xizmat qildi. Davlat tomonidan qayd etiladigan oltin rasmiy bahosining o'z haqiqiy (bozor) qiymatidan uzoq vaqt davomida sezilarli farqlanishi natijasida oltin paritetining sun'iylik xarakteri kuchaydi. 1934-1976 y.y., ya'ni 40 yil mobaynida baho masshtabi va oltin pariteti oltinning rasmiy bahosi asosida belgilangan edi. Ushbu baho aqsh g’aznaxonasi tomonidan 1934 yilda 1 unsiya oltin 35 aqsh dollari hajmida beligilangan va dollarning devalvatsiyasigacha o'zgarmasdan saqlanib kelgan. O’tkazilgan devalvatsiya natijasida 1971 yilning dekabrida oltinning rasmiy bahosi 38 dollargacha va 1973 yilning fevralida esa 42,22 aqsh dollarigacha ko'tarildi. BrettonVuds valyuta tizimida, aqsh dollari standartining hukmronligi sharoitida, aqsh dollari boshqa davlatlar valyutalari kurslari hisob-kitobining hisoblash asosi bo'lib xizmat qilgan. Shu bilan birgalikda davlat tomonidan muvofiqlashtirish natijasida aqsh dollaridagi oltinning rasmiy bahosi ancha pasaytirib ko'rsatilgan va u oltinning bozor bahosidan sezilarli farq qilar edi. Oltinning bozor baholari: 1971 yilda - 40,8 aqsh dollari, 1973 yilda - 97 aqsh dollari, 1975 yilda - 160 aqsh dollari, 1976 yilda - 125 aqsh dollari, 1977 yilda - 148 aqsh dollari, 1978 yilda - 193,2 aqsh dollari edi. 1971 yilda aqsh dollarining rasmiy baho asosida oltinga almashtirilishining to’xtatilishi natijasida valyutalarning oltin sig’imlari va oltin paritetlari sof nominal tushunchaga aylanib qoldi. Xalqaro Valyuta Fondi esa 1975 yilning iyul oyidan ularni e'lon qilishni to’xtatdi. Yamayka valyuta islohoti natijasida g’arb davlatlari rasmiy asosda valyuta kurslarining asosi sifatidagi oltin paritetidan voz kechdilar. Rasmiy oltin paritetlari bekor bo'lganidan so'ng tanga pariteti ham o'z ahamiyatini yo'qotdi. Zamonaviy sharoitda valyuta kursi valyuta paritetiga asoslangandir. Valyuta pariteti - bu, qonuniy asosda belgilangan valyutalar o'rtasidagi nisbat bo'lib, u ushbu paritet atrofida tebranib turadi. Xalqaro Valyuta Fondining o'zgargan Ustaviga muvofiq valyutalarning paritetlari SDR yoki boshqa xalqaro valyuta birligida belgilanishi mumkin. 1970 yilning o'rtalaridan boshlab yangilik sifatida paritetlar valyuta savati (korzina) asosida belgilana boshlandi. Bu bir valyutaning o'rtacha tortilgan kursini boshqa bir qator valyutalar yig’masiga solishtirish uslubidir. Valyuta savatining (korzina) aqsh dollari o'rniga ishlatilishi dollar standartidan ko'p valyutali standartga o'tish tendensiyasini aks ettiradi. Milliy valyutaning konvertatsiya shartlari. Konvertatsiya - bu, milliy valyutani xorijiy valyutalarga almashinishidir. Konvertatsiya shartlariga ko'ra milliy valyutalar: -erkin konvertatsiya qilinadigan. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda valyuta cheklanishlari yo'q bo'lib, milliy valyutalar xorijiy valyutalarga erkin konvertatsiya qilinadi. Xalqaro Valyuta Fondining yangi tahrirdagi Ustaviga (1978 y.) "erkin foydalaniladigan valyuta" tushunchasi kiritilgan. Xalqaro Valyuta Fondi ushbu toifaga aqsh dollari, Germaniya markasi, Yapon ienasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi va Fransiya frankini kiritdi. Haqiqatda olganda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar deb to'lov balansining joriy operatsiyalari bo'yicha valyuta cheklanishlari mavjud bo'lmagan davlatlar valyutalari hisoblanadi (bular asosan rivojlangan davlatlar va jahon moliyaviy markazlari shakllangan yoki Xalqaro Valyuta Fondi oldida valyuta cheklanishlarini kiritmaslik majburiyatini o'z zimmasiga olgan ayrim rivojlanib borayotgan davlatlar); -qisman konvertatsiya qilinadigan valyutalar, valyuta cheklanishlari saqlanib qolgan mamlakatlarda mavjud bo'lib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga konvertatsiyasi davlat iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda birmuncha cheklanadi. -xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilinmaydigan (yopiq) valyutalarga bo'linadi. Ba'zi davlatlarda siyosiy sabablarga ko'ra milliy valyutalar xorijiy valyutalarga umuman konvertatsiya qilinmaydi (SSRI, Shimoliy Koreya, Kuba davlatlari), ya'ni rezident va norezident shaxslar uchun valyuta almashtirishga ruxsat yo'q.