O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI MAVZU: OBLIGATSIYALAR BOZORI MA’RUZACHI: SHERALIYEV A. DENOV -2023 REJA Obligatsiyalar muomalasi va nazariy jihatlari Obligatsiyalar baholash qiymati va daromadliligini Obligatsiya Uni chiqargan shaxs va egasi o‘rtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra: obligatsiya – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. OBLIGATSIYA – o‘z ichiga ikkita quyidagi asosiy elementni mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qog‘ozdir: Emitent obligatsiya titulida ko‘rsatilgan summani muddati kelganda uning egasiga qaytarishi Emitent majburiyati obligatsiya egasiga obligatsiya nominal qiymatidan kelib chiqqan holda qat’iy belgilangan foiz to‘lovlarini amalga oshirishi AKSIYA VA OBLIGATSIYA O‘RTASIDAGI FARQ Aksiya ulush munosabatini anglatadigan qimmatli qog‘ozdir. Bunda aksiyani sotib olgan investor kompaniya – emitentning mulkdoriga, ya’ni ulushidan kelib chiqqan egasiga aylanadi. Obligatsiya qarz majburiyatini anglatadigan qimmatli qog‘ozdir. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniyaemitentning kreditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aktsiyadan farqli o‘laroq, obligatsiyaning muomalad bo‘lish muddati qat’iy belgilangan va muddati kelganda so‘ndiriladi. Obligatsiya aktsiyaga nisbatan afzallikka ega bo‘lib, bu afzallik kompaniya tugatilganda birinchi navbatda obligatsiya bo‘yicha foiz to‘lovlari, so‘ngra aktsiya bo‘yicha devidendlar to‘lanadi; emitentkompaniya likvidatsiya yoki tugatilishi jarayonida mulkni taqsimlashda aktsiyadorlar kompaniyaning barcha majburiyatlari shu jumladan, obligatsiyalar bo‘yicha qarz majburiyatlarini so‘ndirgandan keyin qolgan mulkdan ulush olishlari mumkin. Obligatsiya qarz instrumenti bo‘lganligi sabali kompaniya emitent boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi. Облигациялар таснифи Obligatsiyalarning tasnifiy belgilari Emitent turiga ko‘ra Muddatiga ko‘ra Egalik qilish huquqi bo‘yicha Obligatsiya maqsadiga ko‘ra Joylashtirish shakli bo‘yicha Nominal qoplanish sharti bo‘yicha Emitent tomonidan obligatsiyalar bo‘yicha turli to‘lovlar amalga oshirilishiga ko‘ra Kupon to‘lovlariga ko‘ra daromad turlari bo‘yicha Muomala xarakteri bo‘yicha Qilingan investitsiyalar himoyalangan darajasi bo‘yicha Mos ravishda obligatsiya turlari - Davlat obligatsiyalari - Munisipal obligatsiyalar - Korporativ obligatsiyalar - Xorijiy obligatsiyalar - To‘lov va so‘ndirish muddati qat’iy belgilangan obligatsiyalar - Muddatsiz yoki qoplanmaydigan obligatsiyalar - Qoplash muddati kelguncha emitent tomonidan qayta chaqirib olinishi mumkin bo‘lgan obligatsiyalar - Qoplash muddati kelguncha investor obligatsiyaning nominal qiymati bo‘yicha to‘lovni olish va qaytarish huquqi bilan joylashtiriluvchi obligatsiyalar - Emitentga to‘lovni uzaytirish huquqini beruvchi qoplash muddati uzaytirilgan obligatsiyalar - Nomi yozilgan, emitent reestr kitobida va obligatsiya muqovasida obligatsiya egasining nomi kiritiladigan obligatsiyalar. - Taqdim qiluvchiga, obligatsiya egasi taqdim etgan hujjat evaziga. - Oddiy, turli loyihalarda foydalanishi ko‘zda tutilgan qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish maqsadida emissiya qilingan obligatsiyalar - Maqsadli, joylashtirishdan tushgan mablag‘lar aniq investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan obligatsiyalar (infratuzilma obligatsiyalari) - Erkin joylashtiriladigan obligatsiya zayomlari - Qat’iy joylashtirish sharti bilan emissiya qilinadigan obligatsiyalar - Nominal summa bir marta qoplanadigan obligatsiyalar - Belgilangan vaqt oralig‘ida nominal summadan ulushli to‘lovli obligatsiyalar - Obligatsiyalar umumiy sonidan izchil ravishda qat’iy belgilangan to‘lovli obligatsiyalar (lotoreyalar, tirajli zayomlar) - Qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi va qoplanish muddati oxirida nominal summa ham qaytarilishi kafolatlanadigan obligatsiyalar - Kuponsiz yoki nollik kuponli obligatsiyalar - Qoplash vaqtida foiz to‘lovlari va obligatsiya nominal qiymati to‘lanadigan obligatsiyalar - Obligatsiya nominal qiymati qaytariladigan, kupon to‘lovlari to‘lanishi emitent kompaniya moliyaviy faoliyati natijalariga bog‘liq obligatsiyalar - Qat’iy belgilangan kupon stavkali obligatsiyalar - Suzib yuruvchi kupon stavkali obligatsiyalar - Muomala muddati davomida kupon foiz stavkasi bir xil oshib boruvchi (indeksli) obligatsiyalar - Minimal yoki nol kuponli obligatsiyalar (daromadlilik joylashtirish (bozor) bahosi nominal qiymatdan keli chiqib belgilanuvchi obligatsiyalar) - To‘lov tanlovli obligatsiyalar - Kupon stavka yoki suzib yuruvchi stavka bo‘yicha daromad to‘lanuvchi aralash turdagi obligatsiyalar - Konvert obligatsiyalar - Aktsiyalarga konvertatsiyalanishi mumkin bo‘lgan obligatsiyalar - Yuqori ta’minotga va nufuzga ega kompaniyalar tomonidan emissiya qilingan ishonchli obligatsiyalar - Ishonch nihoyatda past spekulyativ xarakterga ega obligatsiyalar Xalqaro tajribaga koʻra obligatsiyalarning turli xil turlari amal qilishiga qaramasdan ularni daromad toʻlash shakllari boʻyicha quyidagicha uchta tur keng qoʻllaniladi: Kuponli, qat’iy belgilangan yoki suzib yuruvchi kupon stavkali obligatsiyalar; diskontli (kuponsiz), yoki nollik kuponli obligatsiyalar; qoplash vaqtida daromad toʻlanadigan obligatsiyalar. Kuponli obligatsiya qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi mumkin: Mamlakatimizda yetarli darajada fiskal zaxiralar mavjudligi va makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanayotgan bir vaqtda suveren xalqaro obligatsiyalarining chiqarish zamirida qo’shimcha mablag’larga ehtiyoj yoki byudjet defitsitini qoplash emas, balki quyidagi strategik maqsadlar yotadi: Suveren xalqaro obligatsiyalarini jahon moliyaviy bozorlarida joylashtirilishi mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini xalqaro investorlarga batafsil namoyish etib, xorijiy investorlar uchun respublikamizga investitsiya kiritishda suveren riskini to’g’ri baholash uchun imkoniyat yaratdi. Suveren xalqaro obligatsiyalarining muvaffaqiyatli joylashtirilishi O’zbekiston uchun bozorda “benchmark” yaratib, yirik davlat korxonalari va banklari uchun jahon moliya bozorlarida o’z obligatsiyalarini joylashtirish va investitsion loyihalarini mustaqil ravishda moliyalashtirishga o’tkazish uchun zarur zamin tayyorladi. Suveren xalqaro obligatsiyalarini xarid qilgan xalqaro investorlar tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning diqqat bilan kuzatib borishlari tufayli mamlakatimizda iqtisodiy boshqaruv sohasida islohotlar samarasi uchun zarur bo’lgan shaffoflik va prudentsial yondashuvning izchil amalga oshirilishi ta’minlanadi. Joriy yilning fevral oyigacha, O’zbekistonga jalb etilgan kreditlarning asosiy qismi xalqaro moliya institutlari va boshqa rasmiy tashkilotlar zimmasiga to’g’ri kelgan. Bunday kreditlarning hajmi, ishlatish yo’nalishlari va muddati cheklangan bo’lib, ko’p hollarda davlatga qo’shimcha shart va majburiyatlar yuklanadi. Suveren xalqaro obligatsiyalarni esa yuzlab investorlar qo’shimcha shart va majburiyatlar qo’ymay sotib oldilar. Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida kuzatilayotgan qurilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish va eksport hajmini oshirish bilan bog’liq yuqori investitsion faollik tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlarga bo’lgan ehtiyojning keskin oshishiga sabab bo’lmoqda. Shu tufayli, tijorat banklari uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar kerakligini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 apreldagi PQ-4258-sonli qaroriga muvofiq, suveren xalqaro obligatsiyalarining joylashtirilishdan tushgan mablag’larning 889,2 million AQSh dollari tijorat banklari orasida auktsion o’tkazish orqali, ya’ni samarali bozor mexanizmlari asosida, depozitga joylashtirish belgilandi. Bundan tashqari, “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankiga 20 million AQSh dollari miqdorida loyihalarni moliyalashtirish uchun subordinar qarz shaklidagi kredit liniyasi hamda 89,9 million AQSh dollari “Navoiy konmetallurgiya kombinati” davlat korxonasining strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarini moliyalashtirish uchun ssuda ajratishga yo’naltirilmoqda.