Uploaded by Azizbek Rashidov

Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarn

1-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli reja
1-MAVZU. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY
INVESTITSIYALARNING ROLI
Reja
1.
Xorijiy investitsiyalarning mazmuni va mohiyati
2.
Xorijiy investitsiyalami O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi.
3.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalami jalb qilish turlari va shakllari.
4.
To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari iqtisodiyotni modemizatsiyalash garovi.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday shakldagi mulkni
tо‘la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz
ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki xisoblanadi,
yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki xisoblanadi, lekin xorijiy
investitsiya bо‘la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish,
samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
«Chet el investitsiyalari» tug‘risidagi О‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul
qilingan Qonunining 3- moddasida «Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish
maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat
obyektlariga qо‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar,
shu jumladan, intellektual mulkka doir xuquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan
har qanday daromad О‘zbekiston respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof
etiladi».1 Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda chop
etilgan tashqi savdo lug‘atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir
mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»2.
Bizningcha chet el investitsiyalari – chet mamlakatlarining milliy iqtisodiyotga moddiy,
moliyaviy va nomoddiy kо‘rinishidagi muddatli qо‘yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu
quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: qо‘shma korxonalarni tashkil qilishda о‘z ulushi bilan
qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga tо‘la tegishli bо‘lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy
shaxslar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
Xorijiy investitsiyalar ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga
kiradi.
1.1-jadval
О‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan
shug‘ullanadigan rasmiy muassasalar
№ Rasmiy muassasa
nomi
1.
Vazirlar
Mahkamasining tashqi
iqtisodiy faoliyatni
muvofiqlashtirish
departamenti
Muassasaning chet el investitsiyalarini tartibga solish va
jalb etish bilan bog‘liq faoliyat doirasi
Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi:
-investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda chet el
investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan loyihalarni davlat
tomonidan qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha zarur hukumat
qarorlarini ishlab chiqish;
-davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar va idoralar ishini
tashkil etish.
2.
Tashqi Iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar
va savdo vazirligi
-Mamlakat va xorij investorlarining investitsiya takliflari
tо‘g‘risida ma’lumotlar bankini shakllantirish;
-investitsiya muhitini о‘rganish;
-xorijiy investorlarga axborot va boshqa xizmatlar kо‘rsatish;
-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mamlakat va xorij
investorlariga yordam kо‘rsatish;
-chet el kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya
loyihalarining bajarilishini kuzatish (monitoring);
-korxonalarni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tarzida
rо‘yxatga olish va xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarini
akkreditatsiyalash
3.
Xususiylashtirish,
monopoliyadan
chiqarish va raqobatni
rivojlantirish Davlat
qо‘mitasi
4.
Moliya vazirligi
5.
Adliya vazirligi
6.
Tashqi ishlar vazirligi
Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va tasarruf etish
jarayonlarida chet el investitsiyalarini tartibga solish.
Qarz siyosati va hukumat kafolatlarini berish.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni rо‘yxatga
olish.
Xorijiy investorlarga va О‘zbekistonda ishlayotgan xorijiy
fuqarolarga vizalar berish.
7.
Ichki ishlar vazirligi
8.
Davlat soliq qо‘mitasi
9.
Markaziy bank
10.
Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki
11.
«О‘zbekinvest» davlat
sug‘urta kompaniyasi
va «О‘zbekinvestinterneshnl» qо‘shma
korxonasi
Xorijiy investorlarni va О‘zbekistonda ishlayotgan xorijiy
fuqarolarni turar joyi bо‘yicha rо‘yxatga olish.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa
tortish va ularning bojxona bilan bog‘liq faoliyatini tartibga
solish.
Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning
о‘tkazilishini, valyuta mablag‘laridan foydalanishni tartibga
solish, qarz siyosati.
Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati kо‘rsatish va loyihani
moliyalashni amalga oshirish.
Chet el investitsiyalarini investitsiya tavakkalchiligidan va
xavf-xatarlardan sug‘urtalash.
12.
«О‘zbekinvestloyiha»
milliy injiniring
kompaniyasi
Dastlabki texnik-iqtisodiy asosnomani va investitsiya loyihalari
texnik-iqtisodiy asosnomalarini tayyorlash.
13.
Davlat mulki qо‘mitasi
huzuridagi qimmatli
qog‘ozlar bozori
faoliyatini
muvofiqlashtirish va
nazorat qilish markazi
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish,
nazorat qilish va tartibga solish sohalarida davlat siyosatini
amalga oshirish. Mamlakat va xorijiy emitentlarning qimmatli
qog‘ozlarini sotib olish orqali majmua investitsiyalarini
amalga oshirish.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish;
kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash;
2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta’minlash; texnik yordam
kо‘rsatish.
Xorijiy investitsiyalar qо‘shma korxonalar tashkil etish, xorijiy investorlarga tо‘liq tegishli
bо‘lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish,
qimmatbaxo qog‘ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega
bо‘lishda, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga
egadir.
1) iqtisodiy omillar:
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy о‘sish sur’atlarining bir maromda ushlab turilishi;
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagii chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi
(ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri ostida
olib borilishi);
-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;
-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini о‘sib borishi (AQSH transmilliy korporatsiya
(TMK)lari xorijiy filiallarining maxsulot ishlab chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4
marotaba ortiqdir);
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar.
1.1-chizma
Xorijiy investitsiyaga ta’sir etuvchi omillar
2) siyosiy omillar:
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va
boshqalar);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va
kichik biznesni qо‘llab-quvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan kurollanish, ilmiy-texnik, ishlab
chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir. Aynan xorijiy investitsiyalar
orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdoshlar tovarlar ishlab
chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa о‘z navbatida yangi ish о‘rinlarining tashkil etilishi va
mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bо‘lishiga olib keladi.
2. О‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning о‘rni va roli
О‘zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yunaltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun
barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ega.
О‘zbekiston jahon hamjamiyati oldida о‘zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo
xaritasida geografik joylashishi, tabiiy resurslarining tarkibi va zahirasi, hukumat olib
borayotgan iqtisodiy siyosat va boshkalar bilan muhim rol uynaydi.
Mamlakatimizda tarkibiy о‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining
yaratilgani asosiy omil bо‘lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya
jarayonlariga ta’sir kо‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, meyoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shartsharoitlar majmui. Investitsiya muhiti eng avvalo quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi:
tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va
о‘rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy konyunktura holati, ichki bozor sig‘imi hamda tovarlarni
tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish
va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga
nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning belgilanganligi va h.k. Mamlakatimiz mustaqillikka
erishganidan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining
markaziy masalalaridan biri bо‘lib kelmoqda.
1.2-jadval
A va V investitsion loyihalar uchun ma’lumotlar
Ma’lumotlar
A loyiha
B loyiha
Dastlabki investitsion xarajatlar (€)
240,000
600,000
Iqtisodiy hayot (yillar)
6
6
Likvidatsion qiymat (€)
0
60,000
Quvvat (bir yilga tо‘g‘ri keladigan qismlar)
8,000
10,000
Ish haqlari (€ bir yilga)
50,000
50,000
Boshqa о‘zgarmas qiymatlar (€ bir yilga)
40,000
160,000
Ish haqlari (€ bir yilga)
220,000
80,000
Materiallarning qiymatlari (€ bir yilga)
400,000
450,000
Boshqa о‘zgaruvchi qiymatlar (€ bir yilga)
30,000
30,000
Foiz stavkasi (% bir yilga)
8
8
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va
modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga
oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur о‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa
tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli tо‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va
ishonchli himoya vositasini yaratdi3.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion
faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish о‘rinlarini
shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash
maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda.
Respublikamizda investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlari joriy etilishi bilan
ularni moliyalashtirish manbalari hajmi yildan-yilga о‘zgarmoqda. Sо‘nggi olti yilda
investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarida davlat byudjetining salmog‘i boshqa bozor
iqtisodiyotiga xos bо‘lgan moliyalashtirish manbalarini oshishi evaziga kamayib borgan.
Rivojlangan davlatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishda aholi qо‘yilmalarining salmog‘i
ancha yuqori. Masalan, Yaponiyada aholi qо‘yilmalari bank tizimining umumiy resurslarida 70
foizni tashkil etadi. Aholi uchun jamg‘armalarni yuqori likvidligi, ishonchliligi ta’minlanadi4.
О‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50%ga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish
va texnik qayta jihozlashga yо‘naltirilganini ta’kidlash darkor.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bо‘yicha
keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan
foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash bо‘yicha amalga oshirilayotgan yirik va strategik investitsion loyihalarni
moliyalashtirishda davlat byudjetining ham ahamiyati yuqori bо‘lmoqda.
3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarida
investitsiyalarni moliyalashtirishning о‘ziga xos manbalari shakllantirilgan bо‘lib, bunday
manbalar korxonalarning о‘z о‘zini moliyalashtirish tamoyillariga asoslanadi.
Hozirgi kunda Respublikamizda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi manbalari
mavjuddir:
1. Korxona va jismoniy shaxslar jamg‘armalari.
2. Bank kreditlari xisobidan moliyalashtirish.
3. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish.
4. Xorijiy investitsiyalar.
Sо‘nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan investitsiyalar va bank
kreditlari ahamiyati keskin о‘zgardi. Monetar siyosatning kuchaytirilishi, korxonalar moliyaviy
ahvolining barqaror emasligi korxona va jismoniy shaxslar mablag‘laridan moliyalashtiriladigan
investitsiya loyihalarning hajmiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Investitsion loyihalarni
moliyalashtirishning korxonalar uchun samarali bо‘lishiga iqtisodiy infratuzilmaning markaziy
bо‘g‘ini bо‘lgan soliqlar mexanizmi xisoblanadi. Chunki soliqlar ham, har bir korxona
miqyosida tuzilgan investitsiya loyihalarning iqtisodiy samarasi takdirini hal qilishda asosiy
о‘rinni egallaydi. О‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun
qulay investitsiya muhitni yaratish bо‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
-iqtisodiy barqarorlik;
-inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-sо‘mning tо‘lov qobiliyatini oshirishga
yunaltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Hozirgi paytda О‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni
moliyalashtirish bо‘yicha quyidagi omillar mavjud:
-investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish;
-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg‘i, energetika majmualari bо‘yicha investitsiya loyihalarini
tuzishni jadallashtirish;
-iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni yangilash va
yangilarini barpo etish bо‘yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga kiritilishi.
Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va ishtirokchilari quyidagi jadvalda
keltirilgan.
1.3-jadval
Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va ishtirokchilari tasnifi
Guruhlar
Guruh ichi guruhlari
Investitsiya faoliyati ishtirokchilari
tashkiliy shakllari
Byudjet va
nobyudjet
fondlar
Davlat byudjeti
Hukumat
Iqtisodiyot vazirligi
Moliya vazirligi
Mahalliy byudjetlar
Mahalliy vakolatli organlar
Nobyudjet fondlar
Pensiya fondi
Bandlik fondi
Investitsiya fondi va boshqa fondlar
Kredit tizimi
Banklar
Markaziy bank
Kredit muassasalari
Davlat g‘aznachiligi
Investitsion banklar
Kredit uyushmalari
Sug‘urta tizimi
Sug‘urta fondlari va tashkilotlari
Davlat sug‘urta kompaniyalari
Boshqa sug‘urta kompaniyalari
Moliyalashtirishning
jamoaviy
shakllari
Investitsion tashkilotlar
Investitsiya kompaniyalari va fondlari
Investitsion banklar
Nodavlat pensiya fondlari
Sug‘urta tashkilotlari
Sug‘urta kompaniyalari
Payli investitsion fondlar
Xorijiy
investorlar
Chet el davlatlari, hukumatlari,
XMIlar, tijorat banklari,
institusional investorlar,
investitsion banklar
JTTB
YETTB
Xalqaro moliyaviy qо‘mita
AQSH eksimbanki
boshqalar
Korxonalar,
Mulkchilikning turli shakllaridagi har
qanday korxonalar
jismoniy
shaxslar
Nazorat uchun savollar
1.Investitsiya tushunchasiga ta’rif bering.
2.«Investitsiya» atamasi qanday ma’noga ega?
3.Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad nima?
4.Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya qanday tasniflanadi?
5.Investitsiya funksiyasi grafigini chizing va tushuntirib bering.
6.Investitsiya munosabatlari davlat tomonidan qanday qilib tartibga solinadi?
7.Xorijiy investitsiyalarning mohiyatini yoritib bering va ularni jalb qilinish sabablari
tushuntiring.
1 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 19-сон,-Т.: Адолат,1998.532-бет.
2 Самархужаев Б.Б. Инвестиции в Республике Узбекистан. Ташкент, 2003г. С.16.
Dictionary of Foreign Trade. by F.Henus Sec/ Ed. N4.,1947, P.387.
 Uwe Gotze, Deryl Northcott, Peter Shuster. Investment Appraisal: methods and models.
Second Edition. Springer – 2015. Page 32.
3 И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф
этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009. – 31 б.
4 Стратегии модернизации и обеспечения долгосрочного устойчивого экономического
роста. Форум экономистов Узбекистана. Т.: «SMI-ASIA», 2011. 63-б.
http://fayllar.org