Uploaded by Azizbek Rashidov

Davlat byudjeti g’azna ijrosining zamonaviy modellari (1)

advertisement
DAVLAT BYUDJETI G’AZNA IJROSINING
ZAMONAVIY MODELLARI
RASHIDOV AZIZBEK
REJA:
Xorijiy mamlakatlar
g‘aznachilik tizimlarining
xususiyatlari
Byudjet tizimin
boshqarishda g‘aznachilik
mexanizmining modellari
AQSh va Rossiya
Federatsiyasida g‘aznachilik
tizimi faoliyati
• “G‘azna” inglizcha “treasure trove” so‘zidan olingan
XORIJIY
MAMLAKATLAR
G‘AZNACHILIK
TIZIMLARINING
XUSUSIYATLARI
bo‘lib, insonlar tomonidan ma’lum bir maqsadlarda
yerga ko‘milgan oltin va kumushning topilishi hamda
bu topilma podshohlarga tegishli bo‘lganligini
anglatadi. G‘aznachilik – Maxsus davlat moliya
organi bo‘lib davlat byudjetining ijrosini ta’minlaydi,
o‘zida yagona markazlashgan pul fondlarini
shakllantiradi, shuningdek davlat tomonidan soliqlar
yig‘ish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi.
Ko‘pchilik hollarda g‘aznachilik Moliya vazirligi
tarkibiga kiruvchi yagona tamoyillarga asoslangan
tizimdir. AQSh, Avstraliya, Braziliya kabi davlatlarda
byudjet ijrosi g‘aznachilik orqali amalga oshiriladi.
XORIJIY MAMLAKATLARDA MARKAZIY BANKNING PAYDO
BO‘LISHI VA TIJORAT BANKLARI TIZIMINING TAKOMILLASHUVI
G‘AZNACHILIK TIZIMINING QUYIDAGI O‘ZGARISHLARIGA OLIB
KELDI:
qarz majburiyatlarini
tasdiqlovchi qimmatbaho
qog‘ozlar miqdorini
boshqarish ham Markaziy
Bankka berildi
G‘azna” aholi
omonatlarini qabul
qiluvchi bank
muassasasiga
aylandi.
bank tizimining poytaxtdan
boshqa savdo va sanoat
markazlariga tarmoq
yoyishi, davlat tomonidan
to‘lovlar olish va berish
funksiyalari ham banklarga
topshirildi;
BYUDJET TIZIMIN BOSHQARISHDA
G‘AZNACHILIK MEXANIZMINING MODELLARI
Xorijiy mamlakatlarda g‘aznachilik tizimining
modellari
Fransiya davlat g‘aznasi
Rossiya-G‘aznachilik
Departamenti
Qozog‘iston-G‘aznachilik
qo‘mitasi
Yaponiya- G‘aznachilik bo‘limi
Buyuk Britaniya –
G‘aznachilik bosh idorasi
Avstraliya – G‘aznachilik
departamenti
Ispaniya – G‘aznachilik bosh
direktorati
Litviya – G‘aznachilik
xizmati
Fransiyaning g‘aznachilik
tizimida daromadlarni
yig‘ish
To‘g‘ri
soliqlar
Davlatning
soliqsiz
to‘lovlari
Audio vositalari
uchun yig‘ish
Buyuk Britaniya G‘aznachiligi hisob-kitob uslubiyotini belgilaydi. Hisob- kitob tizimi
kassa prinsipi asosida olib boriladi, ammo asta-sekin hisoblash prinsipiga o‘tilmoqda.
Buyuk Britaniyada davlat moliya axborot tizimi g‘aznachilik tasarrufidadir, unda
byudjetni tayyorlash va xarajatlarni ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Davlat boshqarish
sektori bo‘yicha jamlama ma’lumotni olish uchun 14 kunga yaqin vaqt kerak bo‘ladi.
Ispaniyada Markaziy bankda yagona g‘aznachilik hisobraqami mavjud. Byudjet xarajatlari
qismida G‘aznachilik majburiy oylik yoki choraklik to‘lovlar grafigini
belgilaydi.G‘aznachilik davlat qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorini tartibga solish
bo‘yicha keng vakolatlarga ega. Mamlakatda davlat moliya axborot tizimi amalda bo‘lib,
uning uchun javobgarlik Moliya vazirligiga yuklangan.
Avstraliyada mamlakatning davlat mablag‘lari G‘aznachilikning yagona hisobraqa
midato‘planadi. Byudjet Moliya departamenti tomonidan tayyorlanadi. G‘aznachilik
jamlama darajadagi o‘zgaruvchan moliyaviy grafikni tayyorlaydi. Moliya departamenti
moliya xarajatlari rejasini, xarajatlarning turiga qarab choraklik yoki oylik taqsimotini
tayyorlaydi.
AQSH VA ROSSIYA FEDERATSIYASIDA G‘AZNACHILIK TIZIMI
FAOLIYATI
•
AQSh Senat Kongressining qaroriga muvofiq, g‘aznachilik moliyani boshqaruvchi doimiy
organ hisoblanadi. Uning barcha vazifalarini quyidagi organlar bajaradi. G‘aznachilik
sekretarlari - bosh idora, kontroler, auditor, g‘aznachilik inspektori va g‘aznachilik sekretariat
yordamchisi. G‘aznachilik sekretari lavozimiga birinchi bo‘lib A.Gaminton tayinlangan
bo‘lib, u 1789-yil 11- sentabrdan 1795-yilgacha ushbu vazifani bajardi. O‘n yillar mobaynida
g‘aznachilik funksiyasi kengaytib va murakkablashib bordi. Bugungi kunda G‘aznachilik
AQShda hisob siyosati, pul belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat loyihalarini ishlab chiquvchi
yagona muassasasidir.
AQSHDA G‘AZNACHILIK UCHTA ASOSIY FUNKSIYANI BAJARADI:
1.
Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish, soliq siyosatini
yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo‘yicha asosiy iqtisodiy maslahatchisidir.
2. G‘aznachilik davlatga moliya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaradi:
• davlat pul mablag‘larini hisobga olish;
• omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish;
• soliq to‘lovlari va bojxona bojlarini yig‘ish;
• milliy banklar faoliyatini nazorat qilish;
• tangalar zarb qilish, qog‘oz pullar va pochta markalari chiqarish.
3. Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g‘aznachilik Prezident, Vitse prezident ularning
oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaydi. U firibgarlar, kontrabandist,
butlegerlar, davlat chek va qimmatbaho qog‘ozlarini qalbakilashtirgan shaxslarni qidirish, jazolash,
o‘q otar qurollar savdosini nazorat qilish va qonun nazorati bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 60 dan
ortiq federal tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda g‘aznachilik AQSh
hukumatining tashqi aloqalar bo‘yicha vakilidir.
Download