Uploaded by hakimov.utkirbek1990

1-ma'ruza

advertisement
1-MA’RUZA: KIRISH. KINEMATIK
JUFTLAR, ULARNING KLASSIFIKATSIYASI.
O‘quv modul birliklari
1. Kirish. Fanning yaratilish tarixi
2. Mashina va mexanizm haqida tushuncha.
3. Kinematik juft haqida tushuncha va ularning
sinflanishi
4. Mexanizmlarning hosil bo‘lishi va ularning
erkinlik darajasi
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1.Usmanxodjayev X.X. “Mexanizm va mashinalar nazariyasi”.T.:“O’qituvchi”, 1981 y.
2. Frolov K.V. va bosh. “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”. T.: “O’qituvchi”, 1987 y.
(tarjima).
3. Muxamedov J va bosh. “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”. O’quv qo’llanma. Toshkent
– 2023 y.
4. Mashina detallari. Darslik. Tоjibоyev R. Toshkent, «O`qituvchi», 1999 y.
5.
Mashina
detallari.
Darslik
Shoobidov
Sh.A.
Toshkent,
«O`zbekiston
milliy
ensiklopediyasi», 2014 y.
6. "Mashina detallari" fanidan kurs lоyihasini bajarish. O`quv qo`llanma. Nоsirоv S.N.
Toshkent, «yangi asr avlоdi», 2008 y.
7. www.twirpix.ru
9. www.ferlibrary.uz
11. www.library.ru
8. www.ziyonet.uz
10. www.kitobxon.com
12. www.elibrary.ru
Mashina va mexanizmlar fanining rivojlanish tarixi
Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanining rivojlanishi kishilik
jamiyati madaniyati tarixi bilan bog‘liqdir. Qadimgi zamonlardan beri saqlanib
kelayotgan ajoyib binolar arxitektura yodgorliklari o‘sha zamon xalqlarida
mashina va mexanizmlar haqida zo‘r tushuncha bo‘lganligidan dalolat beradi.
Mexanika sohasida eramizdan oldingi 384-322 yillarda Aristotel nomi
bilan bog‘liq bo‘lgan richag, pona va blok kabi elementar mexanizmlar,
mashinalar nazariyasi asosida yaratilgan.
287-212 yillarda Sitsiliya orolidagi Sirakuziya shahrida tug’ilgan
mashhur olim Arximed qirqqa yaqin har xil mexanizmlar va mashinalar
yaratib fanga juda katta hissa qo’shgan. Arximed richaglar nazariyasini yaratib
jahon fani tarixida o’chmas nom qoldirdi. Uning bu sohadagi kashfiyoti
mexanikada "oltin qoida" nomini olgan.
O’rta Osiyo olimlari ham bu fanga katta hissa qo’shdilar. Buyuk olim
Abu Ali al Xusayn ibn Abdullox Ibn Sino (980-1037) o’zining "Aql mezoni"
("Mhyorul-aqul") degan asarida juda ko’p mexanizmlarni ishlash printsipining
analiz qilgan. Ibn Sino Yoanna Filonaning harakat haqidagi ta’limotini
rivojlantirdi.
Mashina va mexanizmlar fanining rivojlanish tarixi
U haraktlanuvchi jismga qo’yilgan kuch yo’qolmasligini va harakatga
biror qarshilik bo’lmasa harakatning cheksizligini isbotlagan.
Abu Yusuf
al-Xorazmiy (X asr) "Injenerlik mexanikasini bilish" kitobi va Muhammad alXurosoniyni "Suv g’ildiraklari va suvni yuqoriga chiqarish va uni amalga
oshirishda ishlatiladigan mexanik moslamalar" asarlari diqqatga sazovordir.
Mashhur ingliz olimi Isaak Nyuton (1643-1727) yaratgan qonunlari
haligacha o’z kuchini yo’qotgani yo’q. Nyutonning I-II va III-qonunlari
hamda butun olam tortishish qonuni bunga yaqqol misoldir.
Mashhur rus mexanigi, akademik Pafnutiy Levovich CHebishev
mexanizmlar nazariyasi sohasida ko’pgina ishlar qildi.
Professor L.V.Assur (1878-1920) tekislikda harakat qiluvchi sterjenli
mexanizmlarning tuzilishi va klassifikatsiyasiga oid ilmiy ishlar olib borgan.
Oxirgi yillarda mashina va mexanizmlar nazariyasi sohasiga katta
hissa qo’shgan olimlardan I.I. Artobolevskiy, U.U. Djuldosbekov, V.Zinovev,
S.N.Kojevnekov, 4 M.N.Novikov, X.X. Usmonxo’jaev, A.Jo’rayev,
G.Zokirov, A.Karimov, K.Karimov, Sh.Alimuhamedov, J.Muhamedov,
A.Umurzaqov, Sh.Kenjaboyev, V.Turdaliyev, A.Mamaxonov va boshqalarni
ko’rishimiz mumkin.
MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASIDA ASOSAN QUYIDAGI
IKKITA MASALA O‘RGANILADI:
1. Mexanizmlar analizi – bunda mavjud mexanizmlar kinematik va dinamik jixatdan
tekshiriladi.
2. Mexanizmlar sintezi – bunda kerak bo‘lgan texnologik jarayonni bajarishda ishlatiladigan
mexanizm harakat qonunlariga qarab, shu harakat qonunini amalga oshiruvchi mexanizmni
yaratish talab etiladi.
Mashina bu mexanik qurilma boʻlib, mexanik foydali ish bajarishga hamda bir
turdagi energiyani boshqa tur energiyaga aylantirishga moʻljallangan mexanizm yoki
mexanizmlar majmuasidir. Mashina soʻzi fransuzcha machine va lotincha mashina
soʻzlaridan olingan boʻlib, inshoot degan ma’noni bildiradi.
Mashina - inson tomonidan yaratilgan, tabiat qonunlari asosida qoʻl mehnatini
va aqliy mehnatni yengillashtirish, odamni toʻla yoki qisman fiziologik hamda
mehnat qilish funksiyasini bajaradigan qurilmadir.
Dvigateldan, uzatish mexanizmidan va ish
bajaruvchi mashinalardan va ba’zi hollarda
tekshiruv-boshquruv va hisoblash mashinalaridan
tashkil topgan qurilma, mashina agregati deyiladi.
Mexanizm deb, bir yoki bir
necha jismlar harakatini kerakli
boshqa bir jismga uzatib
beruvchi qurilmaga aytiladi.
Mashina turlari
Energetik
Energetik mashinalar
Energetik mashinalar – har qanday turdagi energiyani mexanik energiyaga yoki, aksincha,
oʻzgartirishga xizmat qiladi. Bu turdagi mashinalarga quyidagilar kiradi, ya’ni
elektrodvigatellar, trubinalar, ichki yonuv dvigatellari, bugʻ mashinalari va
elektrogeneratorlar.
Bug‘mashinalari
Elektodvigatel
Ichki yonuv
dvigatel
Reaktiv dvigatel
Transport mashinalar
Transport mashinalari – turli xil yuklar va insonlarni tashish uchun xizmat qiladi. Bu turdagi
mashinalarga: avtomobil, poyezdlar, samolyot, vertolyot, koʻtarish kranlari va transportyorlar
kiradi.
Texnologik mashinalar
Texnologik mashinalar – qattiq, suyuq va gazsimon materiallarga ishlov berish va qayta
ishlash uchun xizmat qiladi. Bunda materiallarning oʻlchamlari, shakllari va xossalari
oʻzgartiriladi. Bu turdagi mashinalarga; metallarga ishlov beradigan stanoklar, toʻquv
mashinalari, qadoqlash mashinalari, qishloq xoʻjalik mashinalari va shunga oʻxshash
mashinalar kiradi.
Tekshiruv va boshqaruv mashinalar
Tekshiruv
va
boshqaruv
mashinalari – Yangi shart-sharoitlar
maxsus mashinalarini yaratishni talab
etmoqda. Masalan, ichki yonuv
dvigatelidagi
porshen
halqasini
oʻlchamlarini tekshirib turish, ya’ni
faqat detalni oʻlchamini tekshirmasdan
uni oʻlchami orqali saralaydi va boshqa
koʻrsatkichlarni ham tekshiradi.
Logik (mantiqiy) mashinalar
Logik (mantiqiy) mashinalar – har xil turdagi (sonli, matnli, grafikli, ovozli va boshq.) axborot va
ma’lumotlarni oʻzgartirish, ishlov berish, uzatish, nazorat qilish va boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu
turdagi mashinalarga: hisoblash mashinalari, kompyuterlar, uyali aloqa vositalari, datchiklar va hokazolar
kiradi.
Kibernetik mashinalar
Kibernetik mashinalar – insonning fiziologik vazifalarini qisman yoki toʻliq bajarishga xizmat
qiladi. Bu turdagi mashinalarga: manipulyatorlar, robotlar, sun’iy yurak hamda buyraklar va shunga
oʻxshashlar kiradi.
MASHINALAR YARATISHDA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Mashinalar yaratishda
qo‘yiladigan talablar
Texnik talablar
Ish unumdorligi
Aniq harakat qilish
Sifatli mahsulot ishlab
chiqarish
Konstruktsion talablar
Konstruktsiyani ratsional
bo‘lishi
Ortiqcha og‘irlikdagi
qismlar bo‘lmasligi
Materiallarni to‘g‘ri
tanlash
Zvenolarga ta’sir etayotgan
kuchlarni optimal bo‘lishi
Har qanday mashina ma’lum foydali ish bajaradi. Ana shu
tufayli foydali ish bajarishi uchun mashinada quyidagi asosiy
belgilar bo‘lishi kerak:
 Mashina ma’lum tartibda tuzilgan bo‘lishi;
 Uning qismlari ma’lum tartibda harakat qilishi;
 Mashina tegishli foydali mexanik ish bajarishi shart.
Mashinada shu uch belgidan faqat ikkitasi bo‘lib,
uchinchisi bo‘lmasa, u holda mashina mexanizmga aylanadi.
Demak, mexanizm foydali ish bajarmaydi va energiyani bir turdan
boshqa turga aylantirmaydi. Mexanizmning vazifasi ma’lum
tartibda harakat qilish yoki harakatni uzatishdan iboratdir.
MEXANIZM TURLARI
Richakli
Kulachokli
(mushtli)
Tishli
Friktsion
MEXANIZM
Vintli va
ponali
Gidravlik va
pnevmatik
Egiluvchan zvenoli
1. tasmali
2. zanjirli
Elektr
RICHAKLI MEXANIZMLAR
KULACHOKLI
MEXANIZMLAR
TISHLI MEXANIZMLAR
VINTLI VA PONALI MEXANIZMLAR
FRIKSION MEXANIZMLAR
EGILUVCHAN ZVENOLI MEXANIZMLAR
GIDRAVLIK VA PNEVMATIK MEXANIZMLAR
ELEKTRIK MEXANIZMLAR
Kinematik juft haqida tushuncha va ularning
sinflanishi
Kinematik juft -ikki zvenоning o‘zarо nisbiy harakatiga imkоn beradigan
bоg‘lanish(1-rasm) ya’ni biri ikkinchisiga yoki, aksincha ikkinchisi birinchisiga
nisbatan harakat qilsa
1-rasm. а)
b)
Agar bоg‘lanish elementi
sirt yoki yuza bo‘lsa
(1-rasm. a, b), bunday
kinematik juft quyi
kinematik juft
hisоblanadi
v)
g)
d)
Agar juftlarda zvenоlarning
o‘zarо bоg‘lanishi nuqta
yoki chiziq (1-rasm v,g,d,e)
оrqali amalga оshgan
bo‘lsa оliy kinematik juft
hisоblanadi
Har qanday mexanizm bir necha zvenoning bir-biri
bilan ma’lum tartibda qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Mexanizm tarkibiga kiruvchi zvenolarning har biri
ma’lum tartibda harakat qilishi shart. Agar sistema
tarkibiga kiruvchi zvenolar ma’lum tartibda harakat
qilmasa, u holda, bunday sistema mexanizm bo‘lmaydi,
tartibsiz harakat qiluvchi sistema bo‘ladi.
Kinematik juft tarkibiga kiruvchi zvenolarning
tartibli harakat qilishi uchun, shu zvenolarning nisbiy
harakatiga kerakli chek qo‘yiladi va buni kinematik
juftlardagi bog‘lanish shartlari deb ataladi.
Quyi kinematik juftlarni belgilash.
1) Ikkita harakatlanuvchi zvenоnning aylanma kinematik juft hоsil qilishi (2-rasm, a);
2) qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan zvenоlarning aylanma kinematik juft hоsil qilishi (2-rasm, b, v);
3) qo‘zg‘aluvchan zvenоlarning ilgarilama kinematik juft hоsil qilishi (2-rasm, g, d);
4) qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas zvenalarning ilgarilama kinematik juft hоsil qilishi (2-rasm, e, j, z).
а
b
d
v
g
e
j
2-rasm
Оliy kinematik juftlarni belgilash.
1) Tishli g‘ildiraklarda tishlarning kinematik bоg‘lanishi (3-rasm, a)
2) kulachоkli mexanizmlarda zvenоlarning kinematik bоg‘lanishi (3- rasm, b,v).
а
v
b
3-rasm
z
Mexanizmlarning erkinlik darajasi va kinematik juftlarning
sinflanishi
Erkin jism fazоda 6 ta harakatga ega ulardan uchtasi x, y, z o‘qlari
bo‘ylab ilgarilanma harakatdan, uchtasi esa o‘qlar atrоfida aylanma
harakatdan (4-rasm) ibоrat bo‘lishi mumkin.
Erkinlik darajasi H,
bоg‘lanish shartlari sоnini C
bilan belgilasak, quyidagi
tenglamani hоsil qilamiz:
С+Н=6 yoki С=6-Н
Bu fоrmulada kinematik juft
zvenоsining nisbiy harakatiga
qo‘yilgan bоg‘lanish shartlari
2-расм
4-rasm
bilan shu juft zvenоsi
nisbiy harakatining erkinlik
darajasi faqat 1 dan 5 gacha
o‘zgarishi ko‘rinadi.
Barcha kinematik juft zvenolarini nisbiy harakatiga qo‘yilgan cheklanishlar
soniga qarab, kinematik juftlar 5 ta sinfga bo‘linadi:
I sinf.
М: Tekislik ustida shar
turgan bo‘lsin, unda
tekislik
bilan
shar
birgalikda
kinematik
juft hosil qiladi.
С=6-Н=6-5=1
II sinf.
М: Аgarda tekislik
ustida silindr bo‘lsa, bu
silindr Z va Х o‘qlari
atrofida
aylanma
harakat Х va У o‘qlari
bo‘ylab
ilgarilanma
harakat qiladi.
С=6-Н=6-4=2
III sinf.
М: Sferik qobiq ichiga
solingan
shar
bog‘lanishlar
soni
uchga teng bo‘lgan
kinematik juftga to‘g‘ri
keladi.
С=6-Н=6-3=3
IV sinf.
М: g‘ovak silindr ichiga silindr
joylashgan bo‘lsa, ular bir-biriga
nisbatan faqat х o‘qi atrofida
aylanma harakat va shu o‘q
bo‘ylab ilgarilanma harakat
qiladi.
С=6-Н=6-2=4
V sinf.
Faqat ilgarilanma yoki faqat
aylanma harakat qila oladigan
kinematik juftlar kiradi.
С=6-Н=6-1=5
Download