UO‘T. 332.3:633.2 SIRDARYO VILOYATI QISHLOQ XO‘JALIGI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI M.M.Axunboboyev Katta o‘qituvchi K.E.Xidiraliyev G.f.n., dotsent S.M.Sattarov Katta o‘qituvchi A.Jo‘rayev Talaba Guliston davlat universiteti Annotatsiya. Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligining shakllanish va rivojlanish asoslari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, viloyat qishloq xo‘jaligining hozirgi rivojlanish holati, erishilayotgan yutuqlar va istiqbollari misollar asosida bayon qilingan. Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi, omillar, relef, agroiqlimiy sharoit, klaster, urug‘chilik, investitsiya, tarmoq, eksport. Аннотация. В данной статье подробно рассматриваются основы становления и развития сельского хозяйства Сырдарьинской области. Текущее состояние развития сельского хозяйства, достижения и перспективы региона также описаны на примерах. Ключевые слова: сельское хозяйство, факторы, рельеф, агроклиматические условия, кластер, семенаводства, инвестиция, отрасль, экспорт. Annotation. This article discusses in detail the foundations of the formation and development of agriculture in the Syrdarya region. The current state of agricultural development, achievements and prospects of the region are also described with examples. Key words: agriculture, factors, relief, agro-climatic conditions, cluster, seed production, investment, industry, export. Kirish. Sirdaryo viloyati iqtisodiyoti o‘zining agrar yo‘nalishi bilan ajralib turadi. Mazkur holatda viloyatning qishloq xo‘jaligi shakllanishi va rivojlanishida tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, bozor iqtisodiyoti omillarini ta’siri o‘ziga xosdir. Aynan qishloq xo‘jaligi shakllanishida relef, agroiqlimiy holat, litologiya, irrigatsiya tizimi e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, viloyatning relefi, asosan, to‘lqinsimon tekislikdan iborat bo‘lib, janubdan shimoliy-g‘arbga pasayib boradi. Mirzacho‘l dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Balandligi shimolda 230 m, markaziy qismida 400-500 m, janub va janubiy-g‘arbda 600-650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, cho‘kindi jismlarning qalin qatlami bilan qoplangan. Sho‘ro‘zak, Mirzaobod, Sardoba kabi botiqlar mavjud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziqlardan hosil bo‘lgan, ba’zi joylarini ko‘l, botqoq va sho‘rxok yerlar egallagan. Viloyatda yangi kanallar, zovurlar qazilib, cho‘l o‘zlashtirilgan va ekin maydonlarga aylantirilgan. Tekislik qismida 38 Land of Uzbekistan irrigatsiya inshootlari qurilib paxtazor, bog‘ va tokzor barpo qilingan. Viloyat ob-havosi keskin o‘zgaruvchan va quruq. Qishda havo tez sovuydi va harorat-30 darajagacha (Gulistonda-35 darajagacha) pasayadi. Ba’zan, qish o‘rtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Yozi quruq va issiq. Iyulning o‘rtacha harorati 27-29 darajagacha. Yozda harorat 32-45 darajagacha ko‘tariladi. Ko‘pincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va o‘simliklar rivojlanishiga yomon ta’sir qiladi. Vegetatsiya davri o‘rtacha 218 kun. Yillik yog‘in 180-220 mm, asosan, qishda yog‘adi. Yozda kuchli bug‘lanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning tuprog‘ini sho‘r bosadi. Noyabrdan martgacha tez-tez esib turadigan “Bekobod shamoli” tezligi 20-25 m/sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.) ga yetadi. Ihota daraxtzorlari barpo qilingan. Tuproqlari, asosan, och tusli bo‘z tuproq bo‘lib, kam va o‘rtacha sho‘rlangan, turli xil mexanik tarkibli tuproqlardir. Tekisliklarda sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproq uchraydi. Yer osti O‘ZBEKISTON ZAMINI Земля Узбекистана 1/2022 4/2019 suvining chuqurligi 5-6 m. Sho‘ro‘zak massivida, o‘zlashtirilmagan, pastlik joylarda sho‘rxoklar keng tarqalgan. Mazkur agroiqlimiy holat viloyat qishloq xo‘jaligining paxtachilik, g‘allachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavot-polizchilik va chorvachilikka ixtisoslashuviga imkoniyat yaratgan. Jumladan, viloyatda fermer, dehqon va qishloq xo‘jalik korxonalarida qoramol, qo‘y va echki, parranda, shuningdek, yilqi boqiladi [1]. Tadqiqot obyekti va uslublari. Yuqorida qayd etilgan, Mirzacho‘l dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Ya’ni, Mirzacho‘lning o‘zlashtirilgan qismlarini hamda qisman Qizilqum yerlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatda o‘zlashtirishga yaroqli yerlar ko‘p. Ammo tabiatiga xos ayrim noqulayliklar tufayli dehqonchilikda ko‘pgina mehnat, mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Tabiatning noqulayliklarini bartaraf etish uchun ihota daraxtzorlari barpo etish, yerosti suvlarini zovurlar qazib qochirish va tuproqni yuvib turish talab etiladi. So‘nggi o‘n yilliklar mobaynida viloyatda ekinzorlar maydoni 300 ming gektardan oshib ketdi. Shimoliy va Janubiy Mirzacho‘l kanallari va yuzlab suv shoxobchalari qurilgan. Tarixga nazar solsak, Sirdaryo viloyatida qadimgi kanallarning izlari, sardobalar bor. Ekin maydonlarining kattaligi jihatidan viloyat respublikada oldingi o‘rinlarda turadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining shakllanishi, rivojlanishi va joylashuvi aholi joylashuviga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, bugungi kunda Sirdaryo viloyatida mamlakat aholisining 2,5% i yashaydi. Aholining 90% dan ziyodi sug‘oriladigan hududlarda joylashgan. Yangi yerlarni o‘zlashtirish maqsadida boshqa viloyatlardan ishchi kuchlari jalb etilgan. Endilikda viloyat o‘z ishchi kuchlari bilan ma’lum darajada ta’minlangan. Bugungi kunda Respublikaning boshqa hududlari qatori, viloyatda ham qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida innovatsiyalarni qo‘llash asosiy iqtisodiy mexanizmlardan biriga aylanib bormoqda. Ya’ni, chorva mollarining yangi zotlarini va ekinlarning serhosil navlarini yaratish, urug‘chilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarni shakllantirish davr talabi bo‘lib bormoqda. Bu esa viloyat qishloq xo‘jaligini hududiy ixtisoslashuvini takomillashtirishga asos yaratadi. Tadqiqot natijalari va ularni muhokamasi. Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yilning 1/2022 4/2019 Land of Uzbekistan birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobotiga e’tibor bersak, bu jarayonni viloyat miqyosida qanday kechayotganligi va ularni yutuqlariga guvoh bo‘lamiz: Viloyatda urug‘chilik tizimining tubdan yangi modeli joriy etildi, uning qonuniy asosini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risidagi” Qonuni qabul qilindi, yangi tashkil etilayotgan to‘qimachilik klasterlariga urug‘chilik bilan shug‘ullanishning huquqiy asosi ishlab chiqildi, urug‘chilikka ixtisoslashgan klasterlarni tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish tizimi tashkil etildi; - Sirdaryo viloyatida xorijiy investorni jalb etgan holda “Peng-sheng klasteri” va “Bek-klaster” negizida urug‘chilikka ixtisoslashgan klasterlar tashkil etildi; - Sirdaryo viloyatida sabzavot va poliz ekinlari ilmiy urug‘chilik stantsiyasi tashkil etilib, stantsiya binolarini qurish va zarur uskuna bilan jihozlash uchun Innovatsion rivojlanish va novatorlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish amalga oshirildi; - Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 512-son qaroriga muvofiq urug‘chilikni tubdan yangilangan tizimi ishlab chiqildi va davlatxususiy sherikchiligi asosida Sirdaryo viloyatida “Peng-Sheng” urug‘chilik klasterlari tashkil etildi [2]. Jumladan, viloyat yerlarida tarkibida tsellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa turdagi ekinlarni etishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan agrosanoat klasterini tashkil etish lozim. Bu jarayon bevosita va bilvosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni talab etadi. Haqiqatdan ham, boshqa hududlar qatori Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Natijada Agrosanoat klasteri Sirdaryo viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga tashkil etiladi. Buning uchun “RS Success Agro” MCHJ tashkil etildi. Klasterning asosiy vazifalari - ilg‘or ilmiy yutuqlarni, tsellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy va samarali uslublarini, ilg‘or agrotexnik va suv tejamkor texnologiyalarni, texnik kanop hamda zig‘ir tolasi va urug‘ini qayta ishlashning samarali usullarini O‘ZBEKISTON ZAMINI Земля Узбекистана 39 va ularni chuqur qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish. “Industrial Innovation Group” MCHJ (BAA) va “RS Success Agro” MCHJ tomonidan 2019-2023 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari tasdiqlangan. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, zamonaviy boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish hisobiga paxtato‘qimachilik klasterlari tashkil etildi. Bu yerda mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish, ayniqsa, eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, viloyatda anor yetishtirish va uni qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, eksportbop poliz mahsulotlari hisoblangan qovun va tarvuz yetishtirish hamda baliq va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha boy tajribalardan samarali foydalanish choralari belgilandi va amalga oshirilmoqda. Sirdaryo viloyatida yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, jumladan, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash, sug‘orish uchun artezian quduqlarini qazish hisobiga yerlarni to‘liq o‘zlashtirish, eksportbop ekinlarni joylashtirish hamda yaylov va bo‘z yerlarda chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori hayotga joriy etilgan. Natijada, Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyatdagi foydalanilmayotgan 19238 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni o‘zlashtirish uchun, quyidagi ishlar amalga oshirilgan: - 5852 gektar yer maydoni Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi 14-son qaroriga asosan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga; - 1259 gektar yer maydoni “Indorama agro”mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasiga; - 461 gektar yer maydoni parrandachilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga ajratib berilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati hokimligining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi zaxira yerlardan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyatiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun 10000 gektar yer maydoni ajratilgan. Shundan, 7545 gektar foydalanilmayotgan, 2455 gektar foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi yer maydoniga to‘g‘ri keladi. Tuman hokimliklari zaxirasidagi 4121 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini tashabbuskorlarga belgilangan tartibda ajratib berish va ulardan samarali foydalanish tashkil etilgan [3, 4]. Xulosa. Viloyat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari, soha oldidagi muammolar bugungi kunning dolzarb mavzusidir. Uning natijasi qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardir. Bu yutuqlar bevosita va bilvosita ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularni realizatsiyasida yotadi. Ya’ni bu jarayonlarning asosiy natijasi sifatida viloyat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ekport salohiyatni oshirish maqsad qilingan. Natijada Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmi muttasil o‘sib boryapti. 2020-yilda Sirdaryo viloyatida 368 ming 612 tonna mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, shundan 133 ming tonnasidan ziyodi sabzavot, 7 ming 950 tonnasi ho‘l meva tashkil etgan. Bundan to‘rt besh yil oldin qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilingan bo‘lsa, ayni kunda dunyoning yigirmadan oshiq davlatlariga xususan, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Polsha va Eron boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Bu Sirdaryo zaminida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga jahon bozorida talab ortib borayotganidan dalolat. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Sirdaryo viloyati statistik axborotnomasi. Guliston, 2020-yil. 2. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020 y., 03\20\639\1342-on. 3.Maxmudova G.H. Agrar tarmoqni investitsiyalash samaradorligini oshirish yo‘llari. i.f.n. ilm.dar.olish uchun yozilgan diss.avtoref. – BMA, 2010 – 8 b. 4. Xamrayeva S.N. -Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish tendentsiyasi va hozirgi holati tahlili\-Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar\ ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel 2016 yil. 40 Land of Uzbekistan O‘ZBEKISTON ZAMINI Земля Узбекистана 1/2022 4/2019