O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “Himoyaga ruxsat etiladi” "Iqtisodiyot va turizm" fakulteti dekani ______________v.v.b Yavmutov D.Sh. “Himoyaga ruxsat etiladi” “ Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri ________________v.v.b Abdulloyev A.J «_____»___________2019 yil «_____»___________2019 yil BITIRUV MALAKAVIY ISHI Buxoro viloyatida chorva ozuqasi ishlab chiqarish hajmini oshirish va istiqbollarini belgilash BAJARDI: “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” ta`lim yo'nalishi 3-1 IQT-15 guruh talabasi Ismatov Muhriddin Sobir o’g’li ILMIY RAHBAR: «Iqtisodiyot» kafedrasi I.f.n., dots Oripov M.A. Buxoro – 2019 BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI BITIRUV MALAKAVIY ISHIGA TOPSHIRIQ “TASDIQLAYMAN” Kafedra mudiri______________ «______» _____________2018 y. 1. Talaba: ______________________________ 2. Ta`lim yo`nalishi: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha). 3. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi: ________________________ ________________________________________________________________ 4. Bitiruv malakaviy ishi ob`ekti: _____________________________ ____________________________________________________________________ ____ 5. Bitiruv malakaviy ishi rahbari: _____________________________________ 6. Bitiruv malakaviy ishi maqsadi: __________________________________ ____________________________________________________________________ ___ 7. Ish rejasi:______________________________________________________ BMI bo`limi Bitiruv malakaviy ishi bo`limi nomi Bajarish muddati I Bob II Bob III Bob Xulosa takliflar 8. Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun zarur bo`lgan materiallar: a) adabiyot manbalari: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, respublikamiz va xorijdagi etakchi agrar-iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari va asarlari. b) qonuniy-me`yoriy hujjatlar: O`zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlar. v) statistik va boshqa ma`lumotlar: respublika Davlat Statistika Qo`mitasi va Buxoro viloyati, __________________________ korxonasi ma`lumotlari. 9. Tasvirlash materiallari: jadval, chizma va slaydlar. 10. Topshiriq berilgan kun: 2018 yil “____”_____________ 11. Ishni topshirish muddati: 2019 yil “____”_____________ 12. Ilmiy rahbar: ____________________ 13. Qabul qildim: ____________________ Kafedra mudirining bitiruv malakaviy ishini himoyaga qo`yish haqidagi xulosasi _________________________________________________________________ -2- MUNDARIJA KIRISH................................................................................................................ ...... I BOB. IShLAB ChIQARISh SAMARADORLINING ASOSLARI................... 1.1. Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati................................................ 1.2. Ishlab chiqarish samaradorligining mezoni va ko’rsatkichlari................. 2 BOB. BUXORO VILOYATIDA CHORVACHILIKNI RIVOJLANISh DARAJASI VA ChORVA OZUQA BAZASI....................................................... 2.1.Buxoro viloyatida dinamikasi.......... chorvachilikning 2.2. Buxoro viloyatining bazasi............................................ rivojlanish chorvachilik holati va ozuqa III BOB. BUXORO VILOYATI ChORVACHILIGINI RIVOJLANTIRISh VA SAMARADOLIGINI OShIRIShNING ISTIQBOL YO‘NALIShLARI..... 3.1. Buxoro viloyati chorvachiligini rivojlantirish va samaradorligini ta’minlashda jahon chorvachiligining tajribasidan foydalanish ......................... 3.2. Buxoro viloyatida chorvachilikni rivojlantirish va samarali faoliyatining istiqbollari............................................................................................................ ...... Xulosa ....................................................................................................................... -3- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati........................................................................ -4- KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida agrar sektor alohida ahamiyatga ega. Shu bois, qishloq xo‘jaligi hukumatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib, sohani yanada jadal rivojlantirishga oid ko‘plab chora-tadbir ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Ayniqsa hozirgi davrda agrosanoat integratsiyasini chuqurlashtirish va qishloqda sanoat korxonalarini yanada ko‘paytirish maqsadida kichik sanoat zonalari hamda qishloq xo‘jaligi sohalari asosida klasterlarni shakllantirish va infratuzilma xizmat bozorini takomillashtirish yuzasidan agrosanoat majmuasini tupdan yangilashga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishidagi uchinchi bandida:“.....fermer xujaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar kursatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish”- vazifasi qo‘yilgan. Ushbu strategik vazifasini muvaffaqiyat bilan bajarishda fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va ularni ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga aylantirish hamda raqobatbardosh mahsulot yetishtirish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz chorvachiligini yanada rivojlantirish masalalari esa , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi PQ-2841-sonli “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida keng yoritilgan bo‘lib, unda qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, chorvachilikda xususiy mulkning ustuvor ahamiyati va o‘rnini ta’minlash, yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va raqobatdoshligini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. -5- Buxoro viloyatida yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatda statistik ma’lumotlarga qaraganda 2018 yil yanvar – sentyabr oylarida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2266,8 mlrd.so‘mni yoki 2017 yilning mos davriga nisbatan 110,0 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 50,8 foizni tashkil etdi. Biroq, hali viloyatda chorvachilikni rivojlantirishning salohiyati to‘liq realizatsiya qilinganicha yo‘q. Shu bois, sohani chuqur o‘rganish natijasida uni samaradorligini yuksaltirish juda muhim va dolzarb masaladir. Bularning barchasi bizga bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashimiz uchun asos bo‘ldi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi Buxoro viloyati misolida chorvachilikni rivojlantirish masalalarini tadqiq etish orqali soha samadorligini oshirish yuzasidan xulosa ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar bajariladi: - samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati yoritiladi; -ishlab chiqarish samaradorligining mezoni va ko’rsatkichlarini yoritish; -Buxoro viloyatida chorvachilikning rivojlanish holatini o’rganish; - Buxoro viloyati chorvachiligini rivojlantirish va samaradorligini ta’minlashda jahon chorvachiligining tajribasidan foydalanish yo’llarini aniqlash; - Buxoro viloyatida chorvachilikni rivojlantirish va samarali faoliyatining istiqbollarini belgilash. Tadqiqotni bajarish jarayonida iqtisodiy-statistik tahlil, hisob-konstruktiv, statistik guruhlash, monografik kuzatish, ilmiy umumlashtirish, mantiqiy fikrlash, taqqoslash va boshqa usullardan keng foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishi tarkibi kirish, uch bob, olti paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. -6- I BOB. ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIKNING ASOSLARI 1.1. Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Globallashuv va bozordagi raqobat rivojlanayotgan sharoitida davlatniig iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to’xtovsiz oshirib borish asosiy o’rinda turadi. Har qanday jamiyatda ham ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi. O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. Shu sababli ham, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda ko’pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. Shuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanishga, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi. Mustaqillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyatni yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa qo’ydi. nutqlarida, Vazirlar Binobarin, Respublika Prezidentining ma’ruza va Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, korxona ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot -7- yo’liga o’tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda. Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil- miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo’r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo’ladi; agar yana ham ko’proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo’llaniladigan bo’lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi. O’zbekiston korxonalarida ana shu ikki yo’ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o’sib bormoqda Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo`jalik yuritishning sifat va miqdor ko`rsatkichlarini, Shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o`rtasidagi munosabatni ifodalaydi.1 Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko’rsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan o’lchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq o’lchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan ko’rsatkichi tovar ishlab chiqarish sur’atlarining o’sishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, to’la tannarx ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining o’sishi sur’atlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi o’sishida mehnat unumdorligi hissasi kabi korsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, 1 https://uz.wikipedia.org/w/index.phptitle=Ishlab_chiqarish_samaradorligi -8- aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi. Afsuski, bozor sharoitlarida "samaradorlik" tuShunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o`sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tuShunchalarga qaraganda kam qo`llanilmoqda. Samarali ishlash degani o`z mohiyatiga ko`ra, mo`ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo`qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. Samaradorlik - eng ko’p uchraydigan umumiy tuShunchalardan biri bo’lib, iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o’qish va o’qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar. "Samara" so’zi “natija” degan ma’noni beradi. Korxonalar iqtisodiyotiga, bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy-samaradorligi haqida so’z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro’y berayottgan ijtimoiy o’zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb qilmoqda va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o’rganish o’ta muhimdir. Ular o’zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir. Samaradorlik ishlab chiqarish faoliyatining "ko’zgusi" hisoblanadi. Bu «ko’zgu»da ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko’rish mumkin. Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o’z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun ma’lum xarajatlar qiladi. Ana Shu foyda bilan xarajatlar o’rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining «ko’zgusi» bo’lgan samaradorlikda ko’zga tashlanadi. -9- Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat. Samara-samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma`noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo`jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo`lsa (mahsulot sifatiga ta`sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi2. Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko’p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi: a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona ishlab chiqarishi yo’nalishlari Oliy samaradorligini oshirishning aniq-ravshan Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko’rsatib berilgan. Samaradorlik — bu, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tuShunchadir. U "samara" toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va majmua tavsifiga ega. 2 Maxmudov .E.X.Tursunxodjaev M.L Korxona iqtisodiyoti TDIU, 2006 160 b. - 10 - Samaradorlikni aniqlash uchun natijani Shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalar bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o’zaro nisbatidir. Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo’jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda, bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar (ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo’lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara Shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradordigini farqlaydilar. Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo’lish shartli bo’linish hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan natijalarning hammasini iqtisodiy va ma’lum ma’noda, ijtimoiy samara deb aytish mumkin. Bu yerda Shuni eslatib o’tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tuShunchalarning sun’iy bo’linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan tashqarida bo’lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo’lmaydi. Demak, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki amalga oshirilgan har bir ishni ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi. Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko’rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish — boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara — material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor. U vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash, ish vaqtining zoe ketishini kamaytirish, mablag’lar oborotini tezlashtirish, maxsulot yetishtirish hajmini o’stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har - 11 - tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlari yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, korxona tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlarning o’sishi bilan tavsiflanadi. Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o’zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar ta’riflanishini nazarda tutsak, ularni ijtimoiy-iqtisodiy samara deb atasak bo’ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini, Shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Afsuski, bozor sharoitlarida "samaradorlik" tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o’sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tuShunchalarga qaraganda kam qo’llanilmoqda. Samarali ishlash degani o’z mohiyatiga ko’ra, mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi farqni yo’qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiyiqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o’sishi, aholi sog’lig’ining yaxshilanishi va umr ko’rishining uzayishida aks ettiriladi. - 12 - Ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o’sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko’rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, Shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo’ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning o’sishi, jamg’armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. Biroq samaradorlik va uning asosiy ko’rsatkichi - foyda (daromad) o’z-o’zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqgan xolda, turli vosita va yo’llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo’ljallash, asosiy rollardan birini o’ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag’ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag’larni kamaytirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o’rnini yo’qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin. Xorijiy firma va korxonalar o’z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirshdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar.Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda faqatgina pul ko’rinishida o’lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o’zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o’z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustaxkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - 13 - yo’llarini qidirish, xarajat va natijalarni to’g’ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, xududiy joylashishi va faoliyat turidan qatiy nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonasining samaradorligini oshirish albatta har bir korxonalarning bosh maqsadi hisoblanadi Shunday ekan korxonaning samaradorligini oshirishda birinchi novbatda korxonanig boshqaruv strukturasiga etiborni qaratish lozim ishchi xodimlarni doimiy ravishda malakasini oshirib borish korxonaning asosiy vazifsi hisoblanishi kerak maxsulot sifatiga etibor qilish lozim Shunda ko’zlangan maqsadga erishiladi. Korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish har bir korxona raxbarining bosh maqsadi hisoblanadi Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish malakali kadrlarni to’g’ri tanlash ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil qilish korxonada ortiqcha chiqitsiz maxsulotlarni ishlab chiqarish korxonaning samaradorligi oshishiga xizmat qiladi. 1.2. Ishlab chiqarish samaradorligining mezoni va ko’rsatkichlari Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish har bir davlat yo korxonaning doimiy vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani amaliyotda quyidagi omillar bilan bog’lash mumkin bo’ladi. Bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash; iste’molchilar talabini qondirishga yo’naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish; aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish. Xo’jalik samaradorligini oshirish omillarining yuqorida sanab o’tilgan har biri, faoliyat yuritishning turli shakl va ko’rinishlari yordamida, ishlab chiqarish samaradorligi asosida yotuvchi xarajatlar va resurslarning o’zaro aloqasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. - 14 - Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi murakkab kategoriyadir. Unda ishlab chiqarish natijalariga hamda xarajatlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillar mujassamlangandir. Unda ishlab chiqarish natijalarining o’sishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi hamda mahsulot assortimenti tuzilishining ijtimoiy ehtiyojlar tuzilishiga to’g’ri kelishida o’zining aksini topadi Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko’rsatish mumkin. Bundan tashqari ularga buyumlashgan mehnat sarflanganligi, ya’ni korxonaning bugungi egalaridan tashqari avvalgi avlod vakillarining ham mehnati mavjudligi bilan izohlash mumkin. Xo’jalik samaradorligini oshirish omillarining yuqorida sanab o’tilgan har biri, faoliyat yuritishning turli shakl va ko’rinishlari yordamida, ishlab chiqarish samaradorligi asosida yotuvchi xarajatlar va resurslarning o’zaro aloqasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. 3 Xo’jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo’yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o’lchanishi mumkin. Masalan, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotnig mehnat sig’imi ko’rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholash mumkin: Bu formulada mehnat unumdorligi, mahsulot hajmi qiymat ko’rinishida hamda ishlovchilar (ishchilar) soni ko’rsatiladi ПТ Q (1) Ч Bu erda: ПT - mehnat unumdorligi; Q - mahsulot hajmi qiymat ko’rinishida; - 15 - Ch - ishlovchilar (ishchilar) soni. Mahsulotning mehnat sig’imi mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo’lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi: Т Mehnat qurollari(asosiy Ч Q (2) fondlar)dan foydalanish samaradorligi4 mahsulotning fond sig’imi va fond qaytimi ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Bunda fond qaytimi korxona asosiy fondlarining bir birligiga to’g’ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulotni anglatsa, fond sig’imi esa fond qaytimiga teskari kattalik bo’lib, yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalarni aniqlash vazifasini bajaradi. Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig’imi qanchalik past bo’lsa, ishlab chiqarish va mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi Shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha. Mashina va uskunalardan unumli foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hamda xodimlar malakasini oshirish, fond qaytimini ko’paytirishning muhim zahirasi hisoblanadi. Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, mahsulotlarning material sig’imi yordamida sarflangan xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya va mehnat predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.5 Uning formulasi quyidagicha: m M ( 4) Q m - mahsulotlarning material sig’imi; M - mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan moddiy xarajatlarning umumiy miqdori pul ko’rinishida; Q - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, qiymat ko’rinishida. 4 5 Maxmudov .E.X.Tursunxodjaev M.L Korxona Iqtisodiyoti TDIU, 2006 160 b www.uzreferat.ucoz.net - 16 - Mahsulotning material sig’imi qanchalik past bo’lsa, ishlab chiqarish samaradorligi Shunchalik yuqori bo’ladi. Biroq mahsulot material sig’imini kamaytirish, uning sifatini pasaytirish yoki texnologiya norma va qoidalarini buzish hisobiga amalga oshirilmasligi lozim. Material sig’imining bu tarzda kamaytirilishi iqtisodiy jinoyat hisoblanadi va qonunga asosan jazoga tortiladi. Bozor sharoitlarida korxona xo’jalik faoliyati samaradorligining umumlashtiruvchi yoki mezon ko’rsatkichi sifatida rentabellik yoki kapitalning daromadliligini qabul qilish mumkin. Bu ko’rsatkich quyidagi formula asosida hisoblanadi: R П *100 (5) А Bu yerda: R - rentabellik, xo’jalik faoliyatining natijasini foyda shaklida ko’rsatadi va foizlarda o’lchanadi; P - korxonaning balans foydasi; A - avanslangan kapital(asosiy va aylanma). Nisbatning kattalashishi mehnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslaridan unumliroq foydalanishni anglatadi. Chunki aynan ular ishlab chiqarish hajmi va xarajatlari, mahsulot bahosiga ta’sir o’tkazadi. Xo’jalik faoliyati minimal xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan joylarda samaraliroq bo’ladi. Korxona rentabelligini aniqlashda ba’zida korxona olgan umumiy foyda emas, balki mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga olinuvchi foyda ulushidan foydalaniladi. 6 Bunday yondaShuv korxonani ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan tejamkorlik bilan ratsional tarzda foydalanish, natijada 6 Qosimova M.S., Samadov A.N., Ergashxodjaeva Sh.J. Tijorat korxonalari iqtisodiyoti. – T.: TDIU, 2010.163 b. - 17 - esa mahsulot ishlab chiqarishga sarflanuvchi barcha xarajatlarni kamaytirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar sari chorlaydi. Yuqorida keltirilgan xo’jalik samaradorligini baholash usullari va ko’rsatkichlaridan tashqari bugungi kunda amaliyotda O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo’llaniladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o’sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: • mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi; • jonli mexnat unumdorlignning o’sishi; • material sarfining kamayishi; • fond samarasining oshishi. Mezon masalasi iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon-bu, asosiy o’lchov, muhim farqli belgi, asosiy nuqtai nazardir. Shular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizning ob’ektiv haqiqatligini, to’g’riligini va ishonchliligini aniqlash, haqiqatni anglashmovchiliklardan farq qilish mumkin. Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak. Demak, samarani o’lchaganda mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi. Ishlab chiqarishning umumiy (mutlaq) samaradorligi deganda, xarajatlar va resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqdori tuShuniladi. Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo’llaniladi va umuman, xalq xo’jaligi bo’yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni aniqlash xarajatlar va resurslar samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy yig’imlarini aks etgiruvchi differentsiyalangan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. Bunday - 18 - ko’rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, fond sig’imi, kapital sig’imi kiradi. Ishlab chiqarish samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo’yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o’lchanishi mumkin. Korxona rentabelligini aniqlashda ba’zida korxona olgan umumiy foyda emas, balki mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga olinuvchi foyda ulushidan foydalaniladi. Bunday yondaShuv korxonani ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish quvatlaridan tejamkorlik bilan ratsional tarzda foydalanish, natijada esa mahsulot ishlab chiqarishga sarflanuvchi barcha xarajatlarni kamaytirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar sari chorlaydi. Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlaridan Respublikasi xo’jalik tashqari Davlat samaradorligini bugungi Mulk kunda Qo’mitasi baholash usullari amaliyotda tomonidan ishlab va O’zbekiston chiqilgan korxonalarning iqtsodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo’llaniladi. Texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy-iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variantni taqqoslash va Shu asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va optimalligini aniqlab beradi. Optimal variantni tanlash hamda uni asoslash uchun qo’shimcha kapital mablag’larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koffitsientini hisoblab chiqish va ular miqdorini me’yortiv qiymati bilan taqqoslash kerak. Xalq xo’jaligida yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini belgilash metodikasida samaradorlikning me’yortiv koeffitsienti xalq xo’jaligining hamma tarmoqlari uchun 0,15 ga teng qilib olingan. Keltirilgan xarajatlarni aniqlash eski texnika o’rniga yangisini yaratish va qo’llash natijasida hosil bo’ladigan iqtisodiy samarani baholashga xalq xo’jaligi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi. Yillik iqtisodiy samara — bu, yangi texnika, texnologiya va progressiv mahsulot turlarining, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy - 19 - samaradorligini tahlil etish va baholashda qo’llaniladigan muhim ko’rsatkichlardan biridir. Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog’liq bo’lgan omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni oshirishning o’ziga xos omillari mavjud. Fan va texnikaning shiddatli rivojlanayotgan hozirgi sharoitida zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini amaliyotga kiritish iqtisodiy samara bilan bir qatorda og’ir jismoniy mehnatni mashinalar mehnati bilan almashtirish, ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarini bartaraf etish, fondlar va energiya bilan ta’minlanish darajasini oshirish, yuqori malaka talab qiladigan va manfaatdorlikni oshiradigan jozibali kasblarga talabni paydo qilish hamda mavjud kasblarga yoshlarda rag’bat uyg’otish va boshqa ijtimoiy muammolarni ham hal etishi lozim. Insonni har tomonlama yetuk (barkamol) qilish uchun zamin yaratishni maqsad qilib qo’yish - jamiyatning pirovard ijtimoiy samaradorlik mezonidir. Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi bir qancha ko’rsatkichlar mavjud, jumladan, maxsulotlarga talabning qondirilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi qondirilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Mahsulotlarga iste’molchilar talabining ko’rsatkichlarga quyidagilarni keltirish mumkin: - mahsulot (ish, xizmat)lar tarkibining iste’molchilar talabiga mos kelish koeffitsienti. Bu ko’rsatkich tovar zahiralarida turib qolgan (o’tmas) tovarlarning hissasi ko’rinishida tavsiflanadi. Bu ko’rsatkichning o’sishi ijtimoiy samaraning pasayayotganidan darak beradi. Erkin iqtisodiyot sharoitida mahsulot (ish, xizmat)ning sifati va uning iste’molchi talabiga mos kelishi uchun kurash korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.Reklama vositasida mahsulot (ish, xizmat)larning mavjud turlari bilan iste’molchilarni tanishtirish darajasi. Hozirgi paytda xaridorni tovarlarning xususiyatlari, sifati va boshqa afzalliklari ko’proq qiziqtiradi. Bu masalalarda esa unga reklama yordam beradi. Uning mahsulot (ish, - 20 - xizmat)larni iste’molchilarga tanishtirish darajasini o’rganishda turli shakldagi reklamalardan (televidenie, radio va gazetalardan, sportchilardan) foydalanuvchi korxonalar hissasini aniqlash kerak bo’ladi; - iste’mol savatchasi doirasida iste’molni ta’minlash koeffitsienti va boshqalar. Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlar tarkibida mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar alohida o’rin egallaydi. Ular asosan, quyidagilardan iborat: -mehnatni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi; -mehnat jarayonlarini robotlashtirish darajasi; -ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan texnologiyalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarning ilg’orlik (zamonaviylik) darajasi; -mexnatni elektrlashtirish darajasi; -isitish, sovutish, yuklash-tushirish, ko’tarish-yuklash uskunalar va boshqa asboblar bilan haqiqiy ta’minlanishning me’yorlarga mosligi darajasi; -bino va inshootlarning davr talablariga javob berish darajasi (ularning zamonaviy loyiha asosida qurilishi, ularda ishlash va dam olish, tibbiy yordam ko’rsatish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi); -o’ralgan, qadoqlangan va idishlarga solingan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan jami mahsulotlardagi hissasi; -korxonalarning sog’lomlashtirish, sport va maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasi; -korxonalarda koeffitsienti. Bu xodimlar haqiqiy va mutaxassislar ishlovchi xodimlar safining to’ldirilishi sonini belgilangan me’yor bilan qiyoslash asosida aniqlanadi; -korxonalar xodimlarining davolanish va sayohat uchun yo’llanmalar bilan ta’minlanish darajasi; - xodimlar va mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish darajasi; - 21 - -ishlab chiqarish jarayonida aqliy mehnat hissasining va ijodkorlikning oshib borishi, mehnat intizomining buzilish hollarining kamayishi, xodimlar qo’nimsizligini pasaytirish va boshqalar. Qayd etilgan yo’nalishlarini ko’rsatkichlar tavsiflaydi. Ular ijtimoiy birgalikda samaradorlikning hisoblansa va alohida ijtimoiy samaradorlikni baholashda birgalikda qo’llanilsa, ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligiga to’liq baho berish imkoniyatini tug’diradi. chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari bog’liq. Ijtimoiy samarani Ishlab uzviy oshirmasdan turib iqtisodiy samarani o’stirib bo’lmaydi va aksincha. Xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo’lib, buning hamma uchun to’g’ri keluvchi yagona yo’li mavjud emas. Har bir korxona bu masalani yechishda o’z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham samaradorlikning asosida foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi. Korxona faoliyatining samarali bo’lishida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga etkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o’rinni egallaydi. Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullaridan foydalanish orqali erishiladi. Biroq samaradorlik o’z-o’zidan avtomatik ravishda kelmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan oqilona foydalanish, tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va oqilona investitsion siyosat samaradorlikni oshirishning muhim omili va yo’nalishi bo’lib xizmat qiladi. Korxona xo’jalik yuritishining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar sifatida mehnat mahsuldorligi, fond qaytimi va fond sig’imi, material sig’imi, mehnat sig’imi, rentabellik va hokazolarni ko’rsatish mumkin. Korxonaning barqarorligi yoki nochorligi uning samarali yoki samarasiz faoliyat yuritishini mos ravishda aks ettiradi. - 22 - Aktivlar rentabelligi korxonada 1 so’m foyda olish uchun qancha mablag’ jalb qilish talab etilishini (bu mablag’lar manbaidan qat’i nazar) aks ettiradi. Ushbu ko’rsatkich korxona raqobatbardoshligining eng muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.Sotish rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so’mi qancha sof foyda keltirganini aks ettiradi.7 Xususiy kapital rentabelligi korxona mulkdorlari ya’ni, egalari kiritgan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlash va bu ko’rsatkichni xuddi Shu mablag’larni boshqa qimmatbaho qog’ozlarga kiritganda olish mumkin bo’lgan foyda bilan taqqoslash imkonini beradi. G’arb mamlakatlarida bu ko’rsatkich kompaniya aktsiyalarining kotirovkasiga sezilarli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Bitta aktsiya keltiruvchi foyda ko’rsatkichi korxonaning bozordagi faoliyatini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biridir. х100 Sof foyda (SF) Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati Aktivlar rentabelligi (RA) = (A) Sof foyda (SF) х100 Sotish rentabelligi (RS) = Mahsulotni sotishdan tushgan tuShum (ST) Sof foyda х100 Xususiy kapital rentabelligi (XK) = Xususiy kapital o’rtacha yillik qiymat (XK) Sof foyda (SF) Bitta aktsiya daromadi (AF) = Muomaladagi aktsiyalar soni (Na) 1.1-rasm. Korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy shakllari Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy ravishda pasaytirib borish foyda olishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Xarajatlar majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi.Ishlab chiqarish samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo’yicha 7 Maxmudov .E.X.Tursunxodjaev M.L Korxona Iqtisodiyoti TDIU, 2006 160 b - 23 - amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o’lchanishi mumkin. Masalan, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning mehnat sig’imi ko’rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholash mumkin. 2 BOB. BUXORO VILOYATIDA CHORVACHILIKNI RIVOJLANISh DARAJASI VA ChORVA OZUQASI TA’MINOTI 2.1. Buxoro viloyatida chorvachilik tarmog‘ining rivojlanish holati Respublikamiz aholisining chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining o‘rni beqiyosdir. Mustaqilikka erishganimizning dastlabki yillarida davlat jamoa va shirkat xo‘jaliklari tasarrufiga kirgan qoramolchilik xususiylashtirib berildi. Natijada xo‘jaliklar bilan xususiy ferma rahbarlari o‘rtasida turli xildagi kelishmovchiliklar yuzaga kelib, (texnika bilan ta’minlash, yoqilg‘i moylash materiallari berilmay) ishlab chiqarish darajasi keskin kamayib ketdi. Ferma rahbari texnika sotib olish, xodimlarning oylik maoshlarini o‘z vaqtida berish maqsadida, yuqori mahsulot beruvchi sigirlarni sotishga kirishdilar. Natijada chorva mollari bosh soni va ularning mahsuldorligini keskin kamayib ketdi. Sut va go‘sht mahsulotlari sotib olish uchun davlat xarid narxlari qo‘yiladi. Ferma xodimlarining o‘zlari korxona (maktab, bog‘cha boshqa tashkilotlar) lar bilan kelishilgan narxlarda mahsulotlarini sotdilar. Pirovard natijalarda , xarajatlar ko‘payib, daromad keskin kamayib ketdi. Aholining sut, go‘sht va tuxum mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida valyuta hisobiga chetdan olib kelindi. 2017 yilning 1 oktabr holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yirik shoxli qoramollar 1163,3 ming boshni, (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga ko‘p), shu jumladan sigirlar 396,4 ming boshni, qo‘y va echkilar 2003,3 ming boshni, parrandalar 3736,5 ming boshni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,1 foizga kam) tashkil etdi(2.1.1-jadval). - 24 - Viloyatda dehqon xo‘jaliklari bosh soni barcha tizim xo‘jaliklaridagi ulushi yuqori, hattoki chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda ham yetakchilik qilib kelmoqda. Bu haqda biz keyin to‘xtalib o‘tamiz. - 25 - 2.1.1-jadval Buxoro viloyati barcha toifadagi xo‘jaliklarda 2018 yilning1 oktabr holatida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish shu jumladan Barcha toifadagi xo‘jaliklarda 2017 y 2018 y Fermer xo‘jaliklarida % 2017 y Dexkon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 2018 y % 2017 y 2018 y % Qishloq xo‘jalik korxonalarida 2017 y 2018 y 1188 1713 % IShLAB ChIQARILGAN ChORVA MAHSULOTLARI Go‘sht ishlab chiqarish(tonna) Sog‘ib olingan sut (tonna) Tuxum ishlab chiqarish (ming. dona) Jun ishlab chiqarish(tonna) Qorako‘l teri (dona) Pilla (tonna) Asal (tonna) Ovlangan baliq (tonna) 3577 4266 154692 170532 108,5 26459 28469 107,6 603948 655750 108,6 3283 3295 100,4 322268 123,0 4399 16585 3,8.m.k 174243 184589 105,9 83407 121094 145,2 2825 2891 102,3 253 272 107,5 2427 2439 100,5 145 180 124,1 404576 414847 102,5 33220 34240 103,1 349241 362386 103,8 22115 18221 82,4 1855,19 1631,94 88,0 1739,87 1631,94 93,8 1554,5 1604,6 103,2 81,4 94,6 116,2 1449,8 1480,3 102,1 23,3 29,7 127,5 1305,2 3233,7 2,5.m.k 217,4 391,8 180,2 317,8 317,9 100,0 770 2524 3,3.m.k 159457 176511 110,7 633690 687514 262049 119,3 110,2 144,2 115,32 2018 yil 1 oktabr holatida mavjud mollar (bosh) Qoramollar Shu jumladan sigirlar Quy va echki bosh sonlari 1163267 1205199 103,6 61728 64077 103,8 1090634 1123052 103,0 10905 18070 165,7 396372 396412 100,0 17448 17887 102,5 375951 375302 99,8 2973 3223 108,4 2003329 2082258 103,9 216717 226497 104,5 1643226 1709153 104,0 143386 146608 102,2 Cho‘chqalar 8714 9875 113,3 315 362 114,9 8399 9453 112,5 Otlar 4570 4914 107,5 567 819 144,4 3700 3716 100,4 303 379 125,1 289610 148,5 2506337 2642092 105,4 1035211 1401922 135,4 Parrandalar 3736546 4333624 116,0 194998 *Buxoro vilolyat Statistika boshqarmasi ma’lumotlari - 26 - 60 Tahlillarga ko‘ra 2017 yilda viloyatning barcha tizim xo‘jaliklarida jami bo‘lib 396372 bosh sigir bo‘lib shunday dehqon xo‘jaliklariga 375302 bosh sigirni tashkil etadi yoki umumiyga nisbatan 95 foizga yetmoqda. Bu ko‘rsatkich tumanlar bo‘yicha turlichadir. Agar Buxoro 91,5 foizni, eng achinarlisi Qorovulbozor tumanida atigi 54,6 foizga bormoqda xolos. Shunday bir paytda bu ko‘rsatkich Kogon tumanida 96,9 foizni, Shofirkon tumanida 96,6 foizni, Olot tumanida 97,1 foizni, Qorako‘l va Vobkent tumanlarida bu ko‘rsatkich 98,8 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkichlar juda yuqori darajada. Xuddi shuningdek viloyatdagi mavjud dehqon xo‘jaliklarida necha boshdan sigir to‘g‘ri kelishini tahlil qilganimizda o‘rtacha viloyat bo‘yicha bir dehqon xo‘jaligiga 1,0 bosh sigirni tashkil etgan bir paytda bu ko‘rsatkich Jondor tumanida 0,93 boshni, Shofirkon tumanida 0,9 boshni, G‘ijduvon tumanida 0,95 boshni eng achinarli ahvol Qorovulbozor tumanida bo‘lib atigi 0,8 boshni tashkil etmoqda.Yoki shu tumanda jami bo‘lib 4758 bosh sigir bo‘lib, dehqon xo‘jaliklari soni esa 5685 tani tashkil etmoqda. Shu tumanlar hisobiga 2017 yilda 18616 ta dehqon xo‘jaliklariga sigirlar mutlaqo yo‘qligi aniqlandi. Viloyatning 11 tumanidan atigi uch tumanida (Kogon 1,8 bosh, Qorako‘l tumanida 1,7 bosh va Olot tumanida 1,5 bosh sigir to‘g‘ri kelmoqda) fermer va dehqon xo‘jaliklarida sigirlar soni 1,5-2 boshga yetmoqda xolos. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki viloyat barcha toifadagi xo‘jaliklarida qoramollar soni o‘sish surati 2018 yilda 2017 yilga nisbattan 103,6 % ni tashkil etmoqda. Bunda asosan yirik shoxli qoramollarhisobidan bo‘lib, sigirlar soni 2018 yilda 2017 yildagiga nisbattan o‘zgarmas holatda bormoqda. Agarda 2017 yilda jami bo‘lib 1163267 bosh qoramol, shundan 396372 bosh sigir bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda kelib 1205199 bosh qoramol, shundan 396412 bosh sigirga yetdi. Yoki 2017 yilga nisbatan 2018 yilda kelib jami mollar soni 41932 boshga ko‘paydi. Natijada yillik o‘sish sur’ati ham 103.6 foizga yetdi. O‘rtacha o‘sish sur’ati Peshku tumanida viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqori ya’ni 107,4 foizga yetdi. Qolgan tumanlarda viloyatning o‘rtacha o‘sish sur’atiga teng. - 27 - Jondor tumanida 0,93 boshni, Shofirkon tumanida 0,9 boshni, G‘ijduvon tumanida 0,95 boshni eng achinarli ahvol Qorovulbozor tumanida bo‘lib atigi 0,8 boshni tashkil etmoqda.Yoki shu tumanda jami bo‘lib 4758 bosh sigir bo‘lib, dehqon xo‘jaliklari soni esa 5685 tani tashkil etmoqda. Shu tumanlar hisobiga 2017 yilda 18616 ta dehqon xo‘jaliklariga sigirlar mutlaqo yo‘qligi aniqlandi. Viloyatning 11 tumanidan atigi uch tumanida (Kogon 1,8 bosh, Qorako‘l tumanida 1,7 bosh va Olot tumanida 1,5 bosh sigir to‘g‘ri kelmoqda) fermer va dehqon xo‘jaliklarida sigirlar soni 1,5-2 boshga yetmoqda xolos. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki viloyat barcha toifadagi xo‘jaliklarida qoramollar soni o‘sish surati 2018 yilda 2017 yilga nisbattan 103,6 % ni tashkil etmoqda. Bunda asosan yirik shoxli qoramollarhisobidan bo‘lib, sigirlar soni 2018 yilda 2017 yildagiga nisbattan o‘zgarmas holatda bormoqda. Agarda 2017 yilda jami bo‘lib 1163267 bosh qoramol, shundan 396372 bosh sigir bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda kelib 1205199 bosh qoramol, shundan 396412 bosh sigirga yetdi. Yoki 2017 yilga nisbatan 2018 yilda kelib jami mollar soni 41932 boshga ko‘paydi. Natijada yillik o‘sish sur’ati ham 103.6 foizga yetdi. O‘rtacha o‘sish sur’ati Peshku tumanida viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqori ya’ni 107,4 foizga yetdi. Qolgan tumanlarda viloyatning o‘rtacha o‘sish sur’atiga teng. 2018 yilda viloyatning barcha tizim xo‘jaliklarida jami bo‘lib 2082258 bosh qo‘y-echki mavjud bo‘lib shundan fermer xo‘jaliklarda 226497 bosh qo‘y-echki, dehqon xo‘jaliklarida 1709153 bosh, qishloq xo‘jalik korxonalarida 46608 boshga yetdi. Bu ko‘rsatkich viloyatda dehqon xo‘jaliklari ulushi 94,6 foizni tashkil etmoqda(1-rasm). - 28 - 1-rasm. Buxoro viloyatida qo‘y-echkilar soni va ularning xo‘jalik toifalari bo‘yicha ulushi(2018 yil).* *Buxoro vilolyat Statistika boshqarmasi ma’lumotlari Ayrim tumanlarda bu ko‘rsatkich viloyatning o‘rtacha ko‘rsakichidan yuqori jumladan, Peshko‘ tumanida 95 foiz, Olot tumanida 96 foiz, Kogon tumanida ham 96 foiz, Vobkent tumanida 98 va Qorako‘l tumanida 98,4 foizga yetgan bir paytda G‘ijduvon tumanida 94,2 foizni, Buxoro tumanida 91 foizni va Qorovulbozor tumanida bu ko‘rsatkich 64,2 foizni tashkil etmoqda. Viloyatning barcha tizim xo‘jaliklaridagi qo‘ylar sonidan dehqon xo‘jaliklaridagi qo‘ylar sonining ulushi viloyat bo‘yicha 82 foizni tashkil etadi. Shunday bir paytda Qorakul tumanidagi bu ko‘rsatkich 89 foiz , Jondor tumanidagi 86,6 foiz va Vobkent tumanida 93 foizga teng bo‘lgan bir paytda bu ko‘rsatkich Kogon tumanida 74,6 foizga, Shofirkon 75,7 foiz, Olot va Romitan tumanlarida 81,1 foiz Buxoro tumanida 82 foiz va eng achinarlisi Qorovulbozor tumanida bo‘lib atigi 62 foizni tashkil etmoqda. Agar qo‘ylar bosh soni 2017 yilda 2003329 boshni tashkil etgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich 2018 yilda kelib 2082258 boshga yetdi yoki 2017 yilga nisbatan 78929 boshga ko‘paydi. Ko‘payish asosan Buxoro, Olot, Vobkent va G‘ijduvon tumanlari hisobidan bo‘ldi. Natijada viloyat Qorako‘lchiligida o‘sish sur’ati 103,9 foizga teng bo‘ldi. G‘ijduvon tumanida o‘sish sur’ati 109,4 foiz, Vobkent tumanida 106,8 Olot - 29 - tumanida 104,8 foiz va Buxoro tumanida bu ko‘rsatkich 105,3 foizga yetdi (2.1.2jadval). 2.1.2-jadval Buxoro viloyatida barcha tizim xo‘jaliklardagi qo‘y va echkilar bosh soni* Barcha toifadagi xo‘jaliklarda shu jumladan Tumanlar Fermer xo‘jaliklarida Qishloq xo‘jalik korxonalarida Dexkon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 2018 y 2017y 2018 y % 2017y 2018 y % 2017y 2018 y % Buxoro Vobkent Jondor Kogon Olot Peshku Romitan Shofirkon Qorako‘l 145217 91194 288006 89459 201573 216527 170058 200829 257922 23291 5534 24991 14541 10612 23851 19837 29056 9169 24198 5718 26398 15154 11198 24369 21514 30498 9187 103,9 103,3 105,6 104,2 105,5 102,2 108,5 105,0 100,2 113506 79496 237384 66251 171793 167837 140182 146921 220461 119569 84598 247769 66685 179498 169698 144712 150598 230125 105,3 106,4 104,4 100,7 104,5 101,1 103,2 102,5 104,4 1051 321 14445 12033 9918 16512 6313 16958 20033 1450 878 13839 7620 10877 22460 3832 19733 18610 138,0 2,7.m.k 95,8 63,3 109,7 136,0 60,7 116,4 92,9 Qorovulbozor G‘ijduvon Buxoro shahri Kogon shahri Jami viloyat bo‘yicha : 140099 261160 18062 2152 21091 33559 1185 21569 35496 1198 102,3 105,8 101,1 87797 191251 16058 4289 88941 209098 15812 2050 101,3 109,3 98,5 47,8 30892 13907 747 256 29589 16566 1052 102 95,8 119,1 140,8 39,8 2082258 216717 226497 104,5 1643226 1709153 104,0 143386 146608 102,2 *Buxoro vilolyat Statistika boshqarmasi ma’lumotlari Shunday qilib, chorvachilik tarmog‘i bosh sonlarining asosiy qismi dehqon xo‘jaliklari ixtiyorida ekan. Viloyat dehqon xo‘jaliklarida chorvachilik bosh sonlarini ko‘paytirish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ularga mos chorva ozuqalari talab darajasida emas. Ma’lumki qoramolchilik tarmog‘idan inson salomatligi uchun va kunda talab etiladigan go‘sht va sut mahsulotlari olinadi. Viloyatning barcha tizim xo‘jaliklariga nisbatan dehqon xo‘jaliklari salmog‘i juda yuqori (2.1.3 - jadval). Viloyatning barcha tizim xo‘jaliklarida yetishtirilgan go‘shtning 96,6 foizini dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan go‘sht tashkil etmoqda. Agarda viloyatning barcha tizim xo‘jaliklarida 176511 tonna (tirik vaznda) go‘sht yetishtirilgan bo‘lsa, dehqon xo‘jaliklarida 170532 tonna go‘sht yetishtirishdi. Yetishtirilgan go‘shtning dehqon xo‘jaliklari ulushi Buxoro shahri 99,2 foizini, Olot tumanida 98,6 dehqon xo‘jaliklarida 170532 tonna go‘sht yetishtirishdi. Yetishtirilgan go‘shtning - 30 - dehqon xo‘jaliklari ulushi Buxoro shahri 99,2 foizini, Olot tumanida 98,6 foizini, Peshko‘ tumanida va Qorako‘l tumanlarida 98,2 foiziga yetmoqda bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Ammo viloyatning ayrim tumanlarida bu ko‘rsatkich viloyat ko‘rsatkichidan past. Qorovulbozor tumanida atigi 81,2 foizini, Kogon tumanida 93,5 foizni, Romitan tumanida 94,3 foiz, Buxoro tumanida 94,1 foizni tashkil etmoqda. Ma’lumki yosh o‘suvchi qoramollarning sutkalik tirik vazni qanchalik yuqori bo‘lsa shu tumanlarda go‘sht yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki viloyat dehqon xo‘jaliklarida yosh qoramollarning sutkalik o‘sish vazni 0,365 kilogrammga teng bo‘lsa bu ko‘rsatkich ayrim tumanlarda Vobkent tumanida 0,400 kg, Kogon tumanida ham 0,410 kgni, Romitan tumanida 0,402 kilogramni, Qorovulbozor tumanida 0,416 kgni va G‘ijduvon tumanida bu ko‘rsatkich 0,455 kilogrammga yetdi. 2.1.3- jadval Buxoro viloyati barcha tizim xo‘jaliklarida go‘sht yetishtirishdagi dehqon xo‘jaliklari salmog‘i va o‘sish sur’ati Buxoro Vobkent Jondor Kogon Olot Peshku Romitan Shofirkon Qorako‘l Qorovulbozor G‘ijduvon Buxoro shahri Kogon shahri Jami viloyat bo‘yicha : Barcha toifadagi xo‘jaliklar da TUMANLAR shu jumladan Dexkon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida Fermer xo‘jaliklarida 2018 y 2017y 2018 y O‘sish % 17635 15033 20410 17721 12782 14013 14762 15197 19273 4483 21337 3371 494 678 197 306 96 128 182 689 151 206 456 481 7 813 236 372 131 157 218 814 180 254 524 559 8 176511 3577 4266 Qishloq xo‘jalik korxonalarida 2017y 2018 y Ulushi O‘sish % 2017y 2018 y O‘sish % 119,9 119,8 121,6 136,5 122,7 119,8 118,1 119,2 123,3 114,9 116,2 114,3 15253 13395 17605 15556 11398 12354 12551 13539 17210 3268 18678 3371 514 16774 14785 19444 17176 12605 13756 13904 14965 19011 3639 20667 3344 462 95,1 98,4 95,3 96,9 98,6 98,2 94,2 98,5 98,6 81,2 96,9 99,2 93,5 110,0 110,4 110,4 110,4 110,6 111,3 110,8 110,5 110,5 111,4 110,6 99,2 89,9 11 10 267 360 21 56 58 28 97 135 101 28 16 48 12 594 414 20 39 44 52 8 320 111 19 32 4,4.m.k 120,0 2,2.m.k 115,0 95,2 69,6 75,9 185,7 8,2 2,4.m.k 109,9 67,9 2.m.k 119,3 154692 170532 96,6 110,2 1188 1713 144,2 *Buxoro vilolyat Statistika boshqarmasi ma’lumotlari - 31 - Umuman olganda dehqon xo‘jaliklaridagi yosh qoramollarning sutkalik o‘sish vazni, fermer xo‘jaliklarining o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2-3 barobarga ko‘p ammo bugungi kun talabiga javob bermaydi. Ozuqa xarajatlari me’yordan (1 kilogramm uchun 10 ozuqa birligi sarflanishi kerak bo‘lsa) 3-4 barobar ko‘p xarajat qilinmoqda. Viloyatda go‘sht yetishtirishda katta e’tibor berilmoqda. Agarda 2017 yilda viloyat dehqon xo‘jaliklari hisobiga 154692 tonna (tirik vaznda) go‘sht yetishtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda kelib 170532 tonnaga yetdi yoki 2017 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 15840 tonnaga ko‘paydi. Ko‘payish viloyatning hamma tumanlarida bo‘lgan bo‘lsa ham G‘ijduvon tumanida bu ko‘rsatkich 1036 tonnaga, Qorako‘l tumanida 890 tonnaga, Kogon tumanida 820 tonnaga yetdi. Natijada viloyatda go‘sht yetishtirish o‘sish sur’ati 110.7 foizni tashkil etmoqda. Viloyatni deyarli hamma tumanlarida (Buxoro va Kogon shahridan tashqari 100 foizdan kam) o‘sish sur’ati deyarli bir xilda. Xalqimizda parradachilikni yetti xazinaning biri deb yuritiladi va u tuxum xamda parxez go‘sht yetishtirib beradi. Agarda zooteniya va veterinariya qonun qoidalari asosida tovuq parvarish qilinsa 6 oyligida tuxumga kiradi. Mazkur soha viloyatimizda yuqori sur’atlarda o‘sib bormoqda. Agarda 2017 yilda 3736546 bosh parranda bo‘lgan bo‘lib bu ko‘rsatkich 2018 y oktyabr holatida kelib 4333624 boshga yetdi yoki 597078 boshga ko‘paydi. Ko‘payish asosan viloyatning Kogon tumanida 26358 boshga Jondor tumanida 124187 boshga, G‘ijduvon tumanida 149001 boshga boshga ko‘payganligi . Shunday qilib o‘sish sur’ati viloyat barcha tizim xo‘jaliklarida 116,0 foizga yetdi. Bu ko‘rsatkich Kogon tumanida 130,8 foizga, Jondor tumanida 125,1 foizga, G‘ijduvon tumanida 125,0 foizga yetdi. Xuddi shuningdek, viloyat dehqon xo‘jaliklarida yilqichilik ham rivojlanmoqda. Undan asosan transport sifatida va eng noyob mahsulot qazi tayyorlash maqsadida foydalanilmoqda. Natijada bugungi kunda kelib ya’ni 2017 yilda yilqi bosh soni 4570 boshga yetgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda kelib 4914 boshga yetdi. Yoki 2017 yildagi ko‘rsatkichdan 2018 yilda kelib 344 boshga ko‘paydi. Ammo achinarlichsi, Qorako‘l tumanida yilqichilik 30 boshga kamaygan. Ko‘payish asosan viloyatning - 32 - Jondor tumaniga 124 boshga, Buxoro tumanida 92 boshga, Shofirkon tumanida 30 boshga yetdi. Natijada o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati Buxoro viloyatida 107,5 foizga yetdi. Shunday qilib, chorvachilik tarmog‘i bosh sonlarining asosiy qismi dehqon xo‘jaliklari ixtiyorida ekan. Viloyat dehqon xo‘jaliklarida chorvachilik bosh sonlarini ko‘paytirish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ularga mos chorva ozuqalari talab darajasida emas. Ma’lumki, viloyat fermer xo‘jaliklarida har yili 197306 gektar maydonga va bug‘doy ekiladi. Ularning somonlarini ortiqchasini dehqon xo‘jaliklari sotib oladilar. Bug‘doydan bo‘shagan maydonlarda oraliq ekinlari (raps, perpova, roj) shuningdek, kuzgi 3 oylik (vegetatsiya davri) tariq ekilsa, qo‘shimcha har gektar yerdan 30 sentnergacha tariq doni va 50-65 sentnergacha mollar yaxshi hazm qilinadigan tariq poyasi olinadi. (Fermer xo‘jaliklari bilan dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida shartnoma tuzilib chorva ozuqa ekinlari talablari qisman bo‘lsada erishilar edi. Ma’lumki qoramolchilik tarmog‘idan inson salomatligi uchun va kunda talab etiladigan go‘sht va sut mahsulotlari olinadi. Viloyatning barcha tizim xo‘jaliklariga nisbatan dehqon xo‘jaliklari salmog‘i juda yuqori. Ma’lumki sut va sut mahsuloti inson salomatligi uchun kerakli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanib kundalik talab qilinadi. Shuning uchun ham ushbu mahsulotni yetishtirishda jiddiy e’tibor berilmoqda. Agarda viloyatning barcha tizim xo‘jaliklarida 687514 tonna sut yetishtirilgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich viloyatning dehqon xo‘jaliklarida 655750 tonna sut ishlab chiqarildi ma’lumotnomasi) va barcha (2018 yil 1 oktyabr tizim xo‘jaliklari yetishtirilgan sutdan dehqon xo‘jaliklari ulushi 95,4 foizni tashkil etmoqda va viloyat tumanlarida bu ko‘rsatkich turlichadir. Agarda Shofirkon tumanida bu ko‘rsatkich 98,4 foizni, Olot tumanida 94,3 foizga, Jondor tumanida 97,4 foizga va Vobkent tumanida bu ko‘rsatkich 98,8 foizni tashkil etgan bir paytda Romitan tumanida bu ko‘rsatkich 90,4 foizga va Qorovulbozor tumanida 84,7 foizga teng bo‘ldi xolos. Keyingi yillarda bir bosh sigirdan sog‘ib olingan sut o‘rtacha 1734,3 litrni tashkil etgan bo‘lsa, viloyatning Qorovulbozor tumanida 1677 litrni, Vobkent tumanida - 33 - 2197 litrni, Buxoro tumanida 2346 litrni, Peshko‘ tumanida 1874 litrni tashkil etgan bir paytda bu ko‘rsatkich G‘ijduvon tumanida 1575 litrni, Olot tumanida 1634 litrni Kogon tumanida 446 va Qorako‘l tumanida atigi 1268 litrni tashkil etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra dehqon xo‘jaliklarida sut yetishtirish yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Agarda 2009 yilda yetishtirish dehqon xo‘jaliklarida 464660 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2010 yilda kelib 495323 tonnani, 2017 yilda yetishtirish dehqon xo‘jaliklarida 633690 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda kelib 687514 tonnani tashkil etdi. Natijada 2009 yilga nisbatan 169030 tonnaga ko‘paydi. Natijada viloyat dehqon xo‘jaliklarida o‘sish 2009 yilga nisbatan 2017 yilga sur’ati 136,4 foizni tashkil etmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki viloyat tumanlarida o‘sish sur’ati (Qorovulbozor tumanidan tashqari 118,8 foiz) viloyatning o‘rtachadan sezilarli o‘zgarish bo‘lmagan. Viloyatning barcha tizim xo‘jaliklarida va dehqon xo‘jaliklarida tuxum yetishtirish sezilarli darajada o‘sgan. Chunki bugungi kunda kelib parranda uchun yetarli darajada omuxta yem mavjud. Ayrim dehqon xo‘jaliklarida 100 boshdan yuqori parranda bilan bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar mavjud va har bir bosh tovuqdan 200-250 donagacha tuxum olinmoqda. Tuxum oqsilga boy mahsulot hisoblanadi. Viloyatning barcha tizim xo‘jaliklarida 2018 yilda yetishtirilgan tuxum 322268 ming donaga yetdi. Bu ko‘rsatkich dehqon xo‘jaliklarida 184589 ming donaga yetdi. Natijada barcha tizim xo‘jaliklariga nisbatan dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan tuxum 57.2 foizni tashkil etmoqda. Bunga asosiy sabab Kogon tumanida parrandachilik fabrikasining faoliyat yuritishi barcha tizim xo‘jaliklarida yetishtirilgan tuxum (79198 dona) inobatga olingan. Shuning uchun ham Kogon tumanining dehqon xo‘jaliklarida 7623 ming dona tuxum yetishtirilgan bo‘lsa ham barcha tizim xo‘jaliklariga nisbatan atigi 0,5 foizni tashkil etmoqda. Bu pasayish viloyatning dehqon xo‘jaliklarida tuxum yetishtirish ulushiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Me’yor bo‘yicha har bir bosh ona tovuqdan 20-250 (bir yilda) dona tuxum olinishi kerak bo‘lgan bir paytda bu ko‘rsatkich viloyatning o‘rtacha 74 donani - 34 - tashkil etmoqda xolos. Bu ko‘rsatkich tumanlar bo‘yicha turlichadir. Qorako‘l tumanida 120 donani, Peshko‘ tumanida 137 donani, Olot tumanida 113 dona, Shofirkon tumanida 104 donani va Romitan tumanida 93 dona hamda Vobkent tumanida 84 donaga yetgan bir paytda Jondor tumanida 53 dona, Buxoro tumanida 60 dona, G‘ijduvon tumanida 49 va Qorovulbozor tumanida atigi 47 donani tashkil etmoqda xolos. Shunga qaramay viloyat dehqon xo‘jaliklarida tuxum yetishtirish yildan yilga oshib bormoqda. Agar 2017 yilda viloyat barcha tizim xo‘jaliklarida 262049 ming dona tuxum yetishtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda kelib 322268 ming donaga yetdi. Natijada 2017 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2018 yilda kelib tuxum yetishtirish 60219 ming donaga ko‘paydi. Ko‘payish asosan Qorako‘l tumanida 1578 ming donaga, G‘ijduvon tumanida 1064 ming donaga Buxoro tumanida 1025 ming donaga, Olot tumanida 891 ming donaga va Vobkent tumanida 879 ming donaga ko‘paydi. Natijada viloyat dehqon xo‘jaliklarida tuxum yetishtirish bo‘yicha o‘sish sur’ati 123 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Jondor tumanida 135,4 foiz, G‘ijduvonda 161,0 foizga, Romitan tumanida 112,2 va Kogon tumanida 145,2 foizga yetdi(2.1.4jadva1). Ma’lumki Qorako‘l qo‘ylaridan go‘sht, jun va Qorako‘l terisi olinadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, dehqon xo‘jaliklarida yil davomida necha tonna qo‘y go‘shti yetishtirilishi to‘g‘risida statistika ma’lumoti yo‘q. Shuning uchun jun va qorako‘l terisi yetishtirish to‘g‘risida to‘xtalmoqchimiz. Viloyatning dehqon xo‘jaliklarida ham qorako‘l qo‘ylari barcha tizim xo‘jaligiga nisbatan yetakchi o‘rinni egallaydi. Xuddi shuningdek jun yetishtirishda ham. Agarda viloyatning barcha tizim, xo‘jaliklarida 28910 sentner jun (2018 yilda) yetishtirilgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich dehqon xo‘jaliklarida 24390 sentnerga yetdi yoki barcha tizim xo‘jaliklariga nisbatan 84 foizni tashkil etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra Respublikamiz mustaqilikka erishgandan keyingi yillarda junni qayta ishlaydigan korxonalarning bo‘lmasligi natijasida jun yetishtirishga kam e’tibor berilar edi. - 35 - 2.1.4-jadval. Buxoro viloyatida Qorako‘l zotli qo‘ylar va jun ishlab chiqarish dinamikasi Korakul zotli kuylar (bosh) Jun ishlab chiqarish tonna shu jumladan Barcha toifadagi xo‘jaliklarda Fermer xo‘jaliklarida TUMANLAR Barcha toifadagi xo‘jaliklarda Qishloq xo‘jalik korxonalarida Dexkon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 2017y 2018 y % 2017y 2018 y % 2017y 2018 y % 2017y 2018 y % 2017y 2018 y % Buxoro 131093 134567 102,7 22444 23268 103,7 107598 109849 102,1 1051 1450 138,0 34871 35640 102,2 Vobkent 82862 88256 106,5 5194 5367 103,3 77347 82252 106,3 321 637 198,4 20989 21613 103,0 Jondor 256858 261950 102,0 24746 26030 105,2 218323 222974 102,1 13789 12946 93,9 62230 64370 103,4 Kogon 89393 85522 95,7 13569 14102 103,9 63791 63800 100,0 12033 7620 63,3 11606 11694 100,8 Olot 190191 198556 104,4 10392 10755 103,5 170053 176913 104,0 9746 10888 111,7 30222 31337 103,7 Peshku 202029 202028 100,0 23712 24218 102,1 161805 162110 100,2 16512 15700 95,1 49236 49918 101,4 Romitan 159613 160970 100,9 17939 18569 103,5 135361 138881 102,6 6313 3520 55,8 23463 24924 106,2 Shofirkon 184207 190027 103,2 27881 28941 103,8 139376 141745 101,7 16950 19341 114,1 45513 46337 101,8 Qorako‘l 244079 246596 101,0 8234 8241 100,1 217162 221506 102,0 18683 16849 90,2 38000 39845 104,9 Qorovulbozor 134742 134109 99,5 21061 21502 102,1 83511 83600 100,1 30170 29007 96,1 23182 23399 100,9 G‘ijduvon 232353 248178 106,8 30958 31621 102,1 187488 199362 106,3 13907 17195 123,6 64571 65229 101,0 Buxoro shahri 17662 16673 94,4 1139 1106 97,1 15791 15398 97,5 732 169 23,1 558 485 86,9 Kogon shahri 4297 1952 45,4 4041 1850 45,8 256 102 39,8 135 56 41,5 Jami viloyat bo‘yicha : 1929379 1969384 102,1 1581647 1620240 102,4 140463 135424 96,4 404576 414847 102,5 207269 213720 103,1 - 36 - Hattoki qirqilgan junlar nobud bo‘lar edi. Ya’ni junni qabul qilib oladigan shaxobchalar yo‘q edi. Tadbirkorlar juda arzon narxda olib kiygiz (namat) tayyorlanar edi. Bugungi kunda kelib viloyatdagi mavjud junlarni qayta ishlaydigan Buxoro-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etilgandan keyin hududlarda junni qabul qilib oluvchi shaxobchalar tashkil etilishi jun safatini yaxshilashga olib keldi. Viloyat dehqon xo‘jaliklarida qo‘ylarni junini qirqish qo‘lda maxsus qaychilar yordamida olib boriladi. Tajribaga ega bo‘lmagan qirqimchilar maxsus qaychilardan noto‘g‘ri foydalanishlari natijasida turli yoki uzunlikda qirqilib, uning sifatini tuziligiga olib kelinmoqdalar. Agarda dehqon xo‘jaligida turli xil rang (qora, ko‘k, sur) qo‘ylarni junini alohida qoplash maqsadga muvofiqdir. Xuddi shuningdek, shu yilgi tug‘ilgan qo‘zilarni junini ham alohida bo‘lishi kerak. Ma’lumki Qorako‘l qo‘ylari 2 marotaba qirqiladi. Bahorgi (aprel oyining 20 kunidan, may oyining 10 chislosigacha) va kuzgi ( avgustt oyining 20 chislosidan sentyabr oyining 10 chislosigacha) bahorgi qirqimdan oldin qo‘ylar yaxshilab yuviladi, agar junlari yuvilmasa unda uning sifati tushib ketadi. Ma’lumotlarga ko‘ra bahorgi junning chiqimi 50 foizni va kuzgining esa 57 foiz qilib belgilangan. 1 kilogramm junning xarid narxi 500 so‘mdan 1000 so‘mgacha sotiladi. Tahlillarga ko‘ra ilgari bayon etganimizdek barcha tizim xo‘jaliklarida yetishtirilgan jundan dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilganining ulushi 84 foizni tashkil etgan edi. Bu ko‘rsatkich tumanlar bo‘yicha turlichadir. Agar bu ko‘rsatkich G‘ijduvon tumanida 83,9 foizni, Shofirkon tumanida 75,8 foizni, Peshko‘ tumanida 87,3 foizni, Olot tumanida 91 foizni hattoki eng achinarli ahvol Qorovulbozor tumanida bo‘lib atigi 72 foizni tashkil etmoqda xolos. Shunday bir paytda Vobkent tumanida 92 foizni, Qorako‘l tumanida 94,4 foizni tashkil etayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra 1 bosh qo‘ydan ( 2 marotaba qirqib olingandan so‘ng) olingan jun ko‘rsatkichlari o‘rtacha dehqon xo‘jaliklarida fermer xo‘jaliklariga nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramay, talab darajasida emas, ya’ni o‘rtacha 1,3 kilogrammni tashkil etmoqda. Viloyatning ayrim tumanlarida bir bosh qo‘ydan qirqib olingan jun o‘rtacha Buxoro tumanida 1,6 kilorammni, Jondor tumanida 1,7 kilogrammni, Romitan 37 tumanida esa 1,5 kilogrammni, Qorovulbozor tumanida 1,4 kilogrammni, G‘ijduvon va Peshko‘ tumanlarida 1,3 kilogrammni tashkil etgan bir paytda Kogon tumanida bu ko‘rsatkich 0,9 kilogrammni, Olot tumanida 0,8 va Shofirkon tumanida bu ko‘rsatkich 0,9 kilogrammni tashkil etayapti. Xuddi shuningdek Vobkent tumanida va Qorako‘l tumanlarida 1,2 kilogrammga teng. Qorako‘l qo‘ylaridan noyob, ser jilo jingalaklikka ega ipasimon terilar olinadi. Qorako‘l qo‘ylarining bug‘ozlik davrida turli xildagi terilar, ya’ni bug‘ozlik davrining 110-115 kunligida (bola tashlash holatlari bo‘ladi) taqir terilar olinadi. Ikkinchidan normal Qorako‘l terisidan 2-2,5 barobar qimmat narxlarda) ligi ma’lumotlarda mavjud. Bu terini Qorako‘lcha deb yuritiladi. Buni olish uchun Qorako‘lchilikka ixtisoslashgan shirkat xo‘jaliklarda qari ona qo‘ylar bo‘rdoqiga boqiladi va bug‘ozlik davrining 135-140 kunligida ona qo‘ylar so‘yilib embrion ham so‘yiladi. Uchinchisi norma Qorako‘l teri 140-145 kunligida 2 marotabaga qo‘zi olish mumkin. Viloyatning dehqon xo‘jaliklarida ham ikkinchisi esa tug‘ilgandan so‘ng turi uchun so‘yiladi. Qorako‘l qo‘ylari rangiga ko‘ra qora, ko‘k va surga bo‘linadi. Eng iste’mol bob rang sur arngli bo‘lib, kumush sur, oltin sur, bronza suri va kremoviy surlarga bo‘linadi. Alabtta tehqon xo‘jaliklarida yuqori sifatli terilarga ega bo‘lish uchun ona qorako‘l qo‘ylarini urug‘lantirish davrida sara qo‘chqorlardan foydalaniladi. Teri uchun so‘yiladigan qorako‘l qo‘zilarni bozor talabiga jaovb beradigan qilib so‘yish maqsadga muvofiqdir. Chunki ozgina e’tiborsizlik teri sifatini buzilishiga olib keladi va oshlanishi (birlamchi ishlov berish) oshlash davriba har bir dona teri uchun bir kilogrammadan osh tuzi talab etiladi. Terining biror joyi tuzlanmay qolmasligi kerak. Oshlashda terining yuza qismi ( yungi bor tomoni) pastda bo‘lib ich tomoni tuzlanadi. Teri sathida qo‘zi junining joylashishiga qarab (naviga qarib) jaket yassi qalamgul va kavkaz o‘sinqiragan navlarga bo‘linadi. Dunyo bo‘yicha, Qorako‘l ko‘zilari terilariga talab turlicha bo‘ladi bir xil yillarda, yassi turilar bozor bob bo‘lsa boshqa yili qalagul terilar. Umuman olganda, viloyatda xususan dehqon xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun, uning mahsuldorligini 38 oshirish mahsulotlar sifatini yaxshilashning imkoniyatlari mavjud. Ulardan istiqbolda samarali foydalanish soha samaradorligini yuksltiradi. 2.2. Buxoro viloyatining chorvachilik ozuqa bazasi Ma’lumki, O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga davlat siyosati darajasida katta ahamiyat berib kelinmoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” ma’ruzasida (08.12.2018) mamlakatimizda asosiy turdagi oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Buxoro viloyati O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‘rin egallaydi. Viloyat ko‘lami 40,3 ming kv.km bo‘lib, aholisi 1,7 mln kishidan ortiq. Ushbu maskanda strategik ahamiyatga ega sanoat, qishloq xo‘jalik va nomoddiy sohalarning bir necha tarmoqlari rivojlangan. 2018 yilga kelib viloyatning turli mulkchilik shakliga ega xo‘jaliklarida yiliga o‘rtacha 182657 tonnadan ortiq go‘sht, 723979 tonnadan ziyod sut, 286436 mln dona tuxum, 34512 ts jun, 398742 dona qorako‘l teri ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyati iqtisodiyotini jadal rivojlanishini ta’minlash dolzarbligicha qolmoqda. Chunki viloyatda demografik vaziyat turg‘un, aholi soni yildan-yilga ko‘paymoqda. Qadimiy maskan bo‘lganligi turizm industriyasining keskin rivojlanishi, sayyohlar sonining keskin ko‘payishiga olib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda davlatlararo iqtisodiy aloqalarning kengayishi tufayli viloyat eksport mahsulotlari tarkibida chorva mahsulotlaridan ayrimlarini ulushining oshishini talab etmoqda. Yuqoridagi omillar viloyatda chorvachilikni rivojlantirish hamda oziqovqat mahsulotlari miqdorining mutassil oshirishga erishishni vazifa qilib qo‘ymoqda. 39 Darhaqiqat, oziq-ovqat bilan yetarli ta’minlanmaganlik ayniqsa, chorvachilik mahsulotlari tanqisligi Yer shari aholisining o‘rtacha umr ko‘rishi, sog‘ligi, jismoniy mehnat qobiliyati, immuniteti, zamonaviy yuqori texnologik jarayonlarga moslanuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tibbiyot sohasi mutaxassislari odamlar to‘yib ovqatlanmaslik, oqsil yetishmasligi tufayli bo‘qoq, kamqonlik, ko‘z kasalliklariga chalinishlarini qayd etishgan. Cho‘l zonasida joylashgan Buxoro viloyati sharoitida chorvachilikning rivojlanishi birinchi navbat sug‘oriladigan yerlarda ekiladigan beda, makkajo‘xori, tariq, arpa va boshqa ekinlarni yetishtirish hajmi, hosildorligi, sifati hamda cho‘lyaylovlar holatiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasida yaylovlar yigirmanchi asrning 30-yillaridan boshlab atroflicha o‘rganilishi boshlandi. Shu davrlar orasida yaylovlarning o‘simliklari chorvachilikning tabiiy ozuqa bazasi nuqtai-nazaridan o‘rganildi, xaritalashtirildi. O‘zbekiston geobotaniklari respublika hududida 13 ta o‘simliklar tipi tarqalganligini qayd qiladilar. Shulardan 4 tasi tekisliklarga tegishli-psammofil, gipsofil, galofil, to‘qay. Taniqli tuproqshunos N. V. Kimberg O‘zbekistonning cho‘l zonasi doirasida 7 ta tuproq tipini (o‘tloq, botqoq, sho‘rxok, taqirli, qumli, sur-qo‘ng‘ir, voha) ajratadi. Cho‘lshunos va yaylovshunos olimlar - M. P. Petrov, A. G. Babayev, A. P. Jumashov, Sh.S. Zokirov, I.Nazarov kabi taniqli olimlar esa O‘rta Osiyo cho‘llarining litologiyasi va tuproqlariga ko‘ra litoedafik tiplarga ajratadilar. Bular: qumli, qumchag‘illi (galechnik), qumoqli (suglina), gilli, taqirsimon-gilli, gilli bedlend, sho‘rxokli cho‘llardir. E’tirof qilish joizki, cho‘l o‘simliklari, tuproqlari, cho‘l tiplarini o‘rganish bo‘yicha son-sanoqsiz izlanishlar bajarilgan, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Izlanuvchining ma’lumotlariga ko‘ra yaylov tiplarining o‘rtacha yillik hosildorligi 1,0–7,6 ts/ga doirasida bo‘lib, qandimli – sag‘onli yaylov tipida eng past (1,0 ts/ga), yantoqli – o‘tli (pichanli) yaylovda esa yuqori (7,0 ts/ga) hosildorlik kuzatiladi. 40 O‘rtacha hosildorlik esa 2,0 – 3,0 ts/ga bo‘lib, bir bosh qo‘yga 3–4 ga yaylov maydoni bo‘lishi, bir yilda esa 8,2 ts/ga quruq dag‘al ozuqa zarurligini qayd qiladi. Cho‘l yaylovlarining asosiy kamchiligi, past hosildorlikda emas, balki meteorologik yillar doirasi keskin farqlanishidadir, deb yozadi u. Yuqorida qayd qilinganidek, Buxoro viloyatining hozirgi yaylovzorlarining floristik tarkibi va tiplari uzoq tabiiy, tarixiy davrlar hosilasidir. Ayniqsa, keyingi 50 yil davomida antropogen ta’sir tufayli yaylovlarning ko‘lami va sifat ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasaydi. Bugun viloyatda iqlimdagi o‘zgarishlarni ilmiy tahlil etish, undagi noqulayliklarni yumshatish, yaylovlarni fitomelioratsiyalash dolzarb vazifadir. Cho‘l zonasida joylashgan Buxoro viloyati sharoitida chorvachilikning rivojlanishi birinchi navbat sug‘oriladigan yerlarda ekiladigan beda, makkajo‘xori, tariq, arpa va boshqa ekinlarni yetishtirish hajmi, hosildorligi, sifati hamda cho‘lyaylovlar holatiga bog‘liq. Cho‘l va yarim cho‘l yaylovlari o‘simlik qoplami butabarra o‘tli, yarim buta – efemer o‘tli, sho‘ra o‘tli va efemer o‘tli tiplardan iborat bo‘lib, nisbatan kam hosilli va hosilning turli yillar va yil mavsumlari bo‘ylab keskin o‘zgauvchanligi bilan xarakterlanadi; Turli tiplarga xos yaylovlarning o‘ziga xos kamchiliklari mavjud: buta-barra o‘tli yaylovlar qishda kam hosilli va yaylov ozuqasi to‘yimliligi juda past; Yarim buta-efemerli yaylovlarning hosili yozda va qishda juda kam, ozuqaning to‘yimliligi ham qoniqarli emas; Efemer o‘tli yaylovlar garchand bahor mavsumida juda yaxshi yaylovlar hisoblansada, kuz va qish mavsumlarida foydalanishga yaroqsiz; Sho‘ra o‘tli yaylovlar faqatgina kuzda, qisqa mavsumda foydalanishga yaroqli, yaylov ozuqasi hosili va uning to‘yimliligi past; Yaylovlarning qoniqarsiz holati ularni fitomelioratsiyalash orqali ko‘p komponentli va yuqori hosilli sun’iy agrofitotsenozlar barpo qilishning maqsadga muvofiqligini va bunday yaylovlardan samarali foydalanish chora –tadbirlarini amalga oshirishni taqozo etadi. 41 Yaylovlardan mavsumiy foydalanish bo‘yicha Respublika yaylovlari maqsadga muvofiq ravishda taqsimlanmagan: jami yaylovlarning 50% yil bo‘yi foydalanishga yaroqli, 20% yaylovlar-bahor-yoz mavsumlarida, qolgan qismi esa qisqa mavsumiy foydalanishga yaroqli yaylovlar hisoblanadi; Respublika yaylovlarining o‘rtacha hosildorligi gektaridan - 1,21 ozuqa birligini tashkil qiladi. Yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha yillarda chorva hayvonlarini yaylov ozuqasi bilan ta’minlanishi 80%, kam hosilli yillarda 55-60%, juda kam hosilli yillarda 30-40% atrofida bo‘lishi aniqlangan; Yaylovlardan ratsional foydalanishning asosiy va hal qiluvchi omili-ulardan qat’iy mavsumiy foydalanish va yillar aro yaylov almashinish tizimiga rioya qilish, mavjud ozuqaning 65-70% igacha yedirilishini ta’minlashdir. O‘tkazilgan so‘rov dehqon yer maydonlarining kichkinaligi dehqonlarga tegishli chorva mollarini ozuqa bilan to‘la ta’minlash imkonini bermasligini ko‘rsatdi. Ularning faqat 57 foizi mollarini o‘zi ishlab chiqargan ozuqa bilan (qisman bo‘lsada) ta’minlaydi. Aksariyati esa (75 foizi) ularni sotib olishga majbur. Bundan tashqari, dehqon xo‘jaliklarining 62 foizi chorva mollari uchun ozuqa to‘plash bilan shug‘ullanadi – o‘t-xashak o‘radi, oziq-ovqat chiqindilarini yig‘adi. qoramollarni yo‘llar, ariqlar bo‘yi va boshqa joylarda boqish keng tarqalgan. jumladan, yollangan podachilarning jamoat yaylovlarida boqishi yaylovlar yetishmasligi tufayli unchalik keng ommalashmagan. Qoramol parvarish qilayotgan barcha fermerlar ham o‘z ozuqa bazasiga ega emas – ularning 70 foizi o‘z uchastkalarida ozuqa yetishtirsa, 50 foizi yaylovga ega. shu sababli so‘rovda qatnashgan fermerlarning 91 foizi chorva mollarini jamoat yaylovlarida boqish imkoniyatiga ega, 42 foizi ozuqa to‘plash bilan shug‘ullanadi (o‘t-xashak o‘radi, oziq-ovqat chiqindilarini yig‘adi va hokazo), 11 foizi mollarini yo‘llar yoqasi, ariqlar bo‘yida va boshqa joylarda boqadi. Dehqon xo‘jaliklarida eng keng tarqalgan ozuqa makkajo‘xori hisoblanadi. Tadqiqot o‘tkazilgan oilalarning 30 foizi ushbu ozuqani yetishtiradi va u o‘zlari ishlab chiqargan ozuqa umumiy miqdorining 45 foizini tashkil qiladi. uy 42 xo‘jaliklarining 19 foizi pichanbop o‘tlar yetishtiradi. Boshqa ozuqa ekinlari dehqon uchastkalarida g‘oyat kam uchraydi. uy xo‘jaliklarining ko‘plari somondan mollariga ozuqa sifatida foydalanadi. Fermer xo‘jaliklaridagi mavjud ozuqa tarkibida pichanbop o‘tlar va makkajo‘xori ko‘p bo‘lib, ushbu ekinlarni ko‘pchilik xo‘jaliklar yetishtiradi va ular fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan ozuqa miqdorining qariyb 80 foizini tashkil qiladi. Fermer xo‘jaliklarining qariyb uchdan ikki qismi chorva mollari uchun ozuqa sifatida, kam miqdorda bo‘lsada, boshoqli ekinlar yetishtiradi. Ko‘pgina dehqon xo‘jaliklari yetarli miqdorda ozuqa sotib ololmaydi. Buning asosiy sababi - narxining balandligi (ayniqsa, omuxta yem, kunjara) hamda sifatli ozuqa taqchilligidir. shu sababli uy xo‘jaliklarida chorva mollari asosan somon va makkajo‘xori bilan boqiladi va bunday ratsion ozuqaning to‘yimliligi nuqtai nazaridan nomaqbul hisoblanadi. Bundan tashqari, so‘rov natijalariga ko‘ra, aksariyat xo‘jaliklarda (65 foiz) chorva mollarini saqlash uchun ozuqa yetishmaydi, 9 foiz uy xo‘jaliklari o‘z mollarini boqish uchun ozuqa bilan zarur miqdorda ta’minlay olmaydi. Umuman olganda, so‘rov natijalariga ko‘ra, fermerlarning atigi 40 foizi o‘z chorva mollarini yetarli miqdorda ozuqa bilan ta’minlashga qodir. Bu borada sharoit nisbatan yaxshi bo‘lgan toshkent viloyatida ham ushbu ko‘rsatkich 70 foizdan oshmaydi. Fermerlarning yarmidan ko‘pi o‘z qoramollarini ozuqa bilan faqat ularni saqlab qolish uchungina ta’minlamoqda, 10 foizi chorva mollarini eng kam miqdordagi ozuqa bilan ham ta’minlay olmaydi(2.2.1-jadval). 2018 yil iyun oyidagi so‘rov davomida tadqiqot o‘tkazilgan barcha hududlarda yaylovlarning keskin yetishmasligi sezildi. Dehqon va fermer xo‘jaliklaridan ishtirok etganlarning 85 foizi shu haqda gapirdi. Mavjud yaylovlar, jumladan, fermer xo‘jaliklaridagi yaylovlar ham kamayib ketgan. Qoramol parvarish qilayotgan fermerlarning yarmidan ko‘pi chorva mollarini boqish uchun jamoat yaylovlari yetishmasligini aytdi. Chorva mollari egalari o‘zlarida 43 2.2.1-jadval. Yaylovlarning yetishmasligi (qoramol parvarish qilayotgan xo‘jaliklarga nisbatan foizda) Xo‘jalik turi Yaylov yetishmas-ligini boshdan kechirayotgan oilalar ulushi Fermer 83,2 Dehqon 57,5 Qishloq xo‘jalik 86,8 korxonalari Yaylovlar yetishmasligining sabablari Yaylov uchun Yaylovlar Yaylovlar mo‘ljallangan kamayib botqoqqa erlarning ketgani aylangan va etishmasligi sho‘rlangan 23,4 65 11,6 23,6 72,4 4,5 19 81 ozuqa va yaylovlarning yetishmasligi tufayli ozuqani sotib olishga majbur bo‘lmoqda. So‘rovda qatnashganlarning qariyb 70 foizi omuxta yem sotib olgan (10jadval). Biroq, aksariyat dehqonlar kepak va har xil ozuqa aralashmasini omuxta yem hamda kunjara deb hisoblashini ham e’tiborga olish kerak. shu sababli so‘rov davomida omuxta yem sotib olish to‘g‘risida aniq ma’lumot olinmadi. Chorva mollari egalarining qariyb uchdan bir qismi pichan, 17 foizi makkajo‘xori sotib oladi (yaproqlar va so‘tadan mollarni oziqlantirishda foydalaniladi). dehqon xo‘jaliklari boshqa ozuqa turlarini (kepak, kunjara, ildiz mevali o‘simliklar, boshoqli ekinlar va somon) kamdan-kam sotib oladi. Aksariyat hollarda chorva mollari egalari shaxslar va fermerlardan sotib oladi. Fermerlar sotib olinadigan ozuqa orasida ko‘proq omuxta yem xarid qilishini aytdi. Fermerlarning omuxta yem sotib olish bilan bog‘liq savollarga bergan javoblari asosli ravishda shubha uyg‘otadi. negaki, ularning ko‘pchiligi dehqonlar singari har qanday ozuqa aralashmasi, birinchi navbatda, kepak, yashil aralashma, shuningdek, sheluxa, somon aralashmasi va hokazolarni omuxta yem deb hisoblaydi. Fermerlarning 32 foizi 2017 yil davomida o‘t va pichan, 21 foizi ozuqabop jo‘xori sotib olgan. Bu ozuqa asosan xususiy shaxslar va boshqa fermer xo‘jaliklaridan kam miqdorda sotib olinadi. Boshqa ozuqalar, odatda, bozordan yoki boshqa fermerlardan kam miqdorda xarid qilinadi. 44 So‘rov davomida fermerlarning 30-60 foizi zarur miqdorda ozuqa sotib ololmasligini ta’kidladi. Buning asosiy sababi narxining balandligidadir. Mutaxassislarning muammolaridan biri fikricha, omuxta yem ozuqa ishlab bilan ta’minlanishning chiqarish va sotish asosiy tizimining qoniqarsiz ahvolda ekani hisoblanadi. omuxta yem sifati past bo‘lib, ko‘p hollarda ularning tarkibida mexanik qo‘shimchalar ham bo‘ladi. Mazkur muammolarni yechimini hal etishda granulalangan yemlarni qorako‘l qo‘ychiligida qo‘llash juda muhim axamiyatga ega bo‘lib, qishda chorvalarni qo‘shimcha oziqlantirishida dag‘al yaylov yem-xashaklaridan foydalaniladi - shuvoq, yantoq, qarrak va boshqa turli o‘tlar. Ular tarkibida kletchatka miqdori ko‘p bo‘lib, ozuqa foydaligi kam, xamda oz miqdorda is’temol kilinadi (40-50%). Yem-xashak granulalarini tayyorlashda ularning tarkibiy qismini almashtirish mumkin. Shu bois, oziqa qiymati, ahamiyatliligini hayvonlarning fiziologik xolatiga, yoshiga, jinsiga qarab boshqarish mumkin. Yuqori samaradorlikni ta’minlash va qorako‘l qo‘ylar bosh sonini saqlash, fermer xo‘jaliklarida yem-xashak zahiralarni to‘plash, ulardan samarali foydalanish, umumiy mahsulot ishlab chiqarish tizimida samarali texnologik elementlarni qo‘llash ishlarini tashkil qilish zarur. Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida yem-xashaklarni tayyorlashda muqobil, yanada arzon va qulay texnologiyalaridan foydalanish hamda ekinlarni unumdor navlarini ekish chorvani ozuqa bilan ta’minlanishini yanada yaxshilaydi. Bunday yondashuv dehqon va aholi xo‘jaliklarida boqilayotgan chorvani ham ozuqa bazasini mustahkalashda zamin yaratadi. Respublikamiz chorvachiligida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha hukumat miqyosida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Horijiy davlatlardan zotdor chorva mollari olib kelinib, har bir viloyatda bir qancha chorvachilik komplekslari hamda parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishga keng yo‘l berilmokda. Bu zotdor mollar, parranda, baliq va asalarilar uchun to‘yimli oqsilga boy, ozuqa birligi yuqori bo‘lgan ozuqalar berilishi kerak. Hozirda respublikamizda bu 45 chorvachilik, parranda, baliqlar yemidagi oqsillar uchun o‘simlik mahsulotlari (don mahsulotlari, o‘simlik pichani) berilmokda, xolbuki don mahsulotlari va o‘simlik pichanida yetarli darajada vitamin, ferment, mikroelement va aminokislotalar (lizin, metionin, triptofan) mavjud emas. Natijada ko‘pchilik xollarda oqsillarga to‘liq bo‘lmagan ozuqalarning berilishi, chorva mollarining o‘sishi 1.2- 2.0 barovarga sekinlashtirib, unumdorligi pasayib ketishiga va olinadigan mahsulotlarni xarajatlar yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Ozuqa ekinlari, o‘simlik xom ashyosi va undan turli xil ozuqa turlarini ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash yem-xashak yetishtirish iqtisodiyotidagi eng murakkab va ko‘p qirrali vazifalardan biridir hisoblanadi. Chunki uning echimi agrar fani va agrar ishlab chiqarishning turli sohalari integratsiyasidan hisobiga amalga oshiriladi. Korxonalarda ozuqa ishlab chiqarish tizimini oqilona tashkil etishning asosiy mezoni: - chorvachilik ehtiyojlari uchun yetarli ozuqa ishlab chiqarish, - eng kam ish haqi miqdori va oziq moddalar birligi uchun to‘lanadigan mablag’lar bilan ekin maydonining birligidan yuqori sifatli ozuqa balansini tahlil qilib borish, - boshqa xo‘jaliklarga sotiladigan korxonalarda-ozuqa maydoni birligidan olinadigan foyda. Hayvonlarning mahsuldorligini va ulardan olinadigan mahsulotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun birinchi qadam - bu poda tarkibini optimallashtirishda asosiy yem-xashakning ozuqalik qiymatini oshirishdir. Shunday qonuniyat mavjud: sigirlarning sut mahsuldorligi darajasi va ratsionida o‘simlik silosining nisbati qanchalik yuqori bo‘lsa, tolalar miqdori pastroq bo‘ladi. Ozuqalarni tayyorlash uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni oshiradi: - ozuqalar bazani ko‘paytirish; - yetishtirilgan ozuqa sifatini oshirish; - qishloq xo‘jaligi korxonalarining ozuqalarni yig’ish xarajatlarini kamaytirish. 46 O‘simliklar ozuqalarining tarkibiy sifatini yaxshilash maqsadida, ya’ni don mahsulotlaridan tayyorlangan omuxta yemlarga ulardagi oqsil mikdorini oshirishga baliq va suyak uni, jmix, shrot, yog‘sizlantirilgan sut qo‘shilmoqda, lekin bu oqsilli qo‘shimchalarni ishlab chiqarish yetarli darajada emas. Yuqori oqsilli ozuqalarning yetishmaslik muammosini mikrobiologik yo‘l bilan ozuqabop achitqilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yechish mumkin. Respublikamizda ozuqabop achitqilarni ishlab chikarishni yo‘lga qo‘yishda paxta, g‘alla, makkajo‘xori guruch yetishtirishda hosil bo‘ladigan chiqindilardan go‘zapoya, somon, makkajo‘xori so‘tasi va guruch sheluxalarini gidroliz qilinib biotexnologiya usulida olishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Chorvachilikda biotexnologiyalarni qo‘llash innovatsiya jarayoni bo‘lib, intensiv ishlab chiqarish amalga oshiriladi, natijada iqtisodiy samaradorlik yanada yuqori bo‘lib, bozor sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish unumdorligi oshadi. 47 III BOB. BUXORO VILOYATI CHORVACHILIGINI RIVOJLANTIRISH VA SAMARADOLIGINI OSHIRISHNING ISTIQBOL YO‘NALISHLARI 3.1. Buxoro viloyati chorvachiligini rivojlantirish va samaradorligini ta’minlashda jahon chorvachiligining tajribasidan foydalanish Aholini vitamin va minerallarga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda chorva mahsulotlari alohida ahamiyatga egadir. Shu bois, global miqyosida chorvachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Dunyo aholisini o‘sib borishi kishi va chorva boshiga mos keladigan yer maydoniningt qisqarib borishi chorvachilikni kamroq ozuqa xarji asosida jadal rivojlantirishni taqazo etmoqda. Ayni paytda fan,texnika va texnologiya taraqqiyoti natijalarini chorvachilikka joriy etilishi dunyo miqyosida chorva mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘sishini ta’minlamoqda. Hozirgi davrda chorvachilik yer sharini muzliklardan tashqari 30% quruqlikdagi maydonini egallagan holda uning global miqyosidagi yalpi mahsuloti 1,4 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.(Phillip K. Thoronton Liveston Produktion:resent.).Sohada 1,3 miliard nafar odam faoliyat yuritmoqda.Chorvachilik global miqyosida aholi uchun iste’mol qilinayotgan kilokalloriyalarning 17% va proteinning 33% yetishtirmoqda*. Ma’lumki, chorvachilik mahsulotlari tarkibida go‘sht va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish alohida o‘rin tutadi.Oxirgi yillarda dunyo miqyosida go‘sht ishlab chiqarish o‘sib bormoqda. 2014-2017 yillarda paranda go‘shti ishlab chiqarish nisbatdan yuqori sur’at bilan o‘sib dunyo bo‘yicha 93,779 million tonnani tashkil etgan. Qayd etish joizki global chorvachilik taraqqiyoti va chorva mahsulotlari ishlab chiqarishda rivojlangan mamlakatlar yetakchi o‘rinni egallab kelmoqdalar.Ayni chorva mahsulotlari ishlab chiqarishda AQSh Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar, Braziliya,Xitoy,Hindisto,Argentina kabi mamlakatlarning ulushlari nisbatdan kattadir. *Livestock and Poultry: World Marketing and Tradell USDA Foreign Agricultural Servise October 11/2018ma’lumotlari asosida tayyorlangan Xalqaro qishloq xo‘jalik va oziq- ovqat tashkiloti (FAO)ning ma’lumotlari 48 qaraganda rivojlangan mamlakatlarda 2015 yilda kishi boshiga 83 kg go‘sht va 203 kg sut bir yilda iste’moli to‘g‘ri keladigan holda rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatgich shu yilda go‘sht bo‘yicha 38 kg va sut bo‘yicha esa 55 kgni tashkil etgan bo‘lib prognozlarga ko‘ra 2030 va 2050 yillarda ham rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi chorva mahsulotlari iste’moli bo‘yicha mavjud tafovut saqlanib qolinar ekan. Mutaxassislar va faol tashkilotning istiqbolda ham rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan davlatlar orasidagi go‘sht va sut iste’molidagi farqning 2030 va 2050 yillarda saqlanib qolishi mumkinligini prognoz qilishlari albatta asoslidir, chunki rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tabiiy o‘sish darajasi rivojlangan mamlakatlarga nisbatdan yuqoriroq bo‘lib hozirgi chorvachilik mahsulotalrini ishlab chiqarishning rivojlanayotgan mamlakatlardagi yuqori o‘sish darajasi mazkur mahsulotlar bilan aholini rivojlangan mamlakatlar darajasida yetkazishni ta’minlay olmasligi mumkin. Yevro komissiyaning prognozlari bo‘yicha 2030 yillarda sut ishlab chiqarish 1mlrda tonnaga yetishi va Yevropa Ititifoqi 30% global bozoridagi import talabini qondirishi va 2030 yilda 1-0,8 mln tonna sut ekvivalentiga teng sut mahsulotlarini eksport qilishi mumkin. (3.2.1-rasm). Yevro komissiya prognoz ko‘rsatgichlarini ta’minlashda sut mahsulotlari narxini Yevropa va jahon bozorida ustuvorligi va buning oqibatida talabning rag‘batlantirishga urg‘u berilgan.. shuningdek,yoshi kattaroq bo‘lgan aholi uchun toza sut ichishdan ko‘ra uni qayta ishlangan mahsulotlarini iste’mol qilish nafliroq ekanligi bois prognoz parametrlarini belgilashda bu holat ham inobatga olingan . Yevropa ittifoqi davlatlarida jaxon sut mahsulotlari bozoridek, go‘sht mahsulotlari bozorida ham talabning barqaror o‘sishiga asoslangan go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. (1-rasm). Yevropaning mutaxassislarni ta’kidlashicha Yevropa Ittifoqida 2030 yilda yalpi go‘sht ishlab chiqarish 47,5 mln.t yetadi, shundan 44,1 mln.t ichki bozorga 49 3.1.1-rasm. Dunyo bo‘yicha sut mahsulotlari (mln.t sut ekvivalenti hisobida) eksporti8 yo‘naltirildi. 2030 yilda mol go‘shti ishlab chiqarish esa 2017 yilgi 8,1 mln tonnaga nisbatan kamayib 7,5 mln tonnani tashkil etishi mumkin. Ta’kidlash joizki Yevropa Ittifoqi davlatlarining deyarli barchasi chorvachilik sohasidagi yuqori texnologiyalarga ega a u yerda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishda joriy etish ham yuqori darajada tashkil etilgan. Shu bois, ayrim davlatlarda sut ishlab chiqarish kvotalari ham belgilangan. Yevropaning eng ilg‘or chorvachilik tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri Niderlandiya sanaladi. Gollandlar Yevropa Ittifoqida qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bo‘yicha yetakchi va dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydilar. Ta’kidlash joizki, Niderlandiyada dehqonchilik sohasida ayniqsa gulchilik, sabzaotchilik, chorvachilikda esa qoramolchilik, parrandachilik va cho‘chqachilik kabi tarmoqlarda ilg‘or tajriba va texnologiya shakllangan. Niderlandiyaning ishlab chiqaradigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yuqori jahon andozalariga mos bo‘lganligi bois, uning asosiy importyorlari Germaniya, Belgiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar sanaladi (3.1.1-jadval) 3.1.1-jadval. 8 https://ec.europa.eu/info/news/eu-agricultural-outlook-european-livestock-sector-benefit-higher-globaldemand_en 50 2016 yilda Niderladiya asosiy qishloq xo‘jaligi masulotlari eksport tarkibida va yetakchi mamlakatlar bo‘yicha hajmi* Ko‘rsatgichlar 2016 yil Yalpi mahsulot eksporti(mlrd. €) Asosiy importyor davlatlar bo‘yicha ekspor (mlrd. €)t: 1)Germaniya 2)Belgiya 3)Buyuk Britaniya Yetakchi soha mahsulotlarining eksportdagi ulushi,% a)gullar b)go‘sht v)sut, sut mahsulotlari va tuxum g)sabzavotlar 94 23mlrd € 10,1mlrd € 8,9mlrd € 9,3 8,3 7,7 7,0 *Manba: https://ec.europa.eu/info/news/eu-agricultural-outlook-european-livestock-sector-benefit-higherglobal-demand_en Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibtiki, 2016 yili Niderlandiyaning eksport tarkibida chorvachilik mahsulotlari 16% tashkil etgan. Bu mamlakatning chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojiga dehqonchilikda ekinlarni yuqori hosildorligiga erishganlik, chorvaning sermahsul zotlarini yaratilganligi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni ilg‘or usullarini qo‘llash ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tahlillarimiz natijasidan kelib chiqib aytish mumkinki, Yevropa, AQSh, Kanada, Braziliya, Isroil, Avtraliya va Argentina kabi davlatlarda yirik chorvachilik fermalari asosan soha mahslulotlarini ishlab chiqarmoqdalar. Masalan, AQShlarida Mishel fermer xo‘jaligi sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 2800 bosh sigir boqiladi. Ferma o‘zi silos ishlab chiqaradi. Mazkr fermer xo‘jaligi toza tovar sut bilan bir qatorda sut mahsulotlari ham ishlab chiqaradi. Ferma oldida o‘z do‘koni ham majud. Shu yerni o‘zida ferma sutidan ishlab chiqarilgan turli sut mahsulotlari sotiladi. Sigirlarni sog‘ish, ozuqlantirish va suv berish avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Fermada sog‘iladigan sut quvurlar orqali ishlov berish va qayta ishlash sexiga boradi. Sut sog‘ish maydonchasi bir vaqt 70 bosh sigirni sog‘ishga muljallangan. Sog‘iladigan sut tarkibi kompyuter yordamida baholanadi. 51 Sigirlar 3 marta sog‘iladi. Mollarning go‘ngi va boshqa chiqindilarni qayta ishlab gaz olinadi. Va bu gaz elektr eergiyasi ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Suyuq go‘ng fermer xo‘jaligining o‘z ekin maydonlariga ortiqchasi esa qo‘shni fermer xo‘jaliklarini ekin maydonlarini oziqlantirish uchun ishlatiladi. Mazkur fermer xo‘jaligida 40 nafar kishi ishlaydi. Bu fermer xo‘jaligi AQSh a umuman rivojlangan mamlakatlar uchun andoza desak bo‘ladi. Shu o‘rinda yana bir holatni alohida qayt etish joiz: unday chorvachilik fermasini tashkil etish katta miqdordagi investitsiyani talab etadi. Shuning uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday tipdagi chorvachilik komplekslarini bunyod etish ko‘proq vaqt talab etadi. Shu bois, rivojlanayotgan davlatlarda chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi aholi va kichik xo‘jaliklarda ishlab chiqarilmoqda. Masalan, Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlarda “Yashil inqilob” natijasida qishloq xo‘jaligida tub burilish yasagan bo‘lishiga qaramay qishloq xo‘jaligining mahsulotlarining ko‘p qismi uy xo‘jaligi tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Osiyoning ko‘p davlatlari va Afrika qit’asining deyarli barcha mamlakatlarida chorvachilik mahsulotlari aholi va kichik xo‘jaliklar tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Ma’lumki, Isroilda chorvachilik eng taraqqiy etgan sohalardan sanaladi va shu jihatdan mazkur mamlakat jahon miqyosida eng yuqori o‘rinlarning birida turadi. Mazkur mamlakatda sut yo‘nalishidagi 110 ming bosh yuqori mahsuldor IsroilGolshteyn zotli sigir mavjud. Bu zotning yaratilishi mintaqada o‘tgan asrning 30-40yillarida (hali jahon xaritasida Isroil davlati bo‘lmagan paytda) mahalliy Damashq zotli sigirlarni Gollandiyadan keltirilgan Golshteyn zotli buqalar bilan chatishtirishdan boshlangan. Uzoq yillar davomida olib borilgan naslchilik ishlari natijasida hozirgi yuqori mahsuldor sut yo‘nalishidagi Isroil-Golshteyn qora-ola sigir zoti vujudga kelgan.Dastlabki qarashda Isroilda sog‘in sigirlar soni ko‘p emasdek tuyulishi mumkin, ammo statistikaga e’tibor bersangiz, ularning har biridan yil davomida o‘rtacha 11,8-12 tonnadan sut sog‘ib olinadi. Ya’ni bir bosh sigir har kuni 39-40 litr miqdorida yog‘lilik darajasi 3,5 foizga teng sut beradi. Bu o‘rtacha 52 ko‘rsatkichdir, ilg‘or fermalarda «rekordchi sigirlar»dan ayrimlari bir kunda hatto 90-95 litrni tashkil etadi. Isroilda aholi tomonidan yakka holda, xonadon sharoitida qoramol boqish deyarli uchramaydi. Chorva mollari asosan «kibutssi» (sho‘rolar davridagi sobiq «kolxoz»lar tizimiga o‘xshash tuzilmalar) va «mashav» (oilaviy fermerlarning o‘zaro birlashuviga asoslangan tuzilmalar) deb ataluvchi qishloq xo‘jalik korxonalarida boqiladi. Kibutssidagi fermalarda 1500 boshgacha, mashavlardagida esa 300 boshgacha qoramol parvarishlanadi. Isroilda sut yo‘nalishidagi chorvachilik nimaning hisobidan bu qadar taraqqiy etib, jahon bo‘yicha oldingi o‘rinlarga chiqib olgan? Isroillik chorvadorlar tajribasining uchta asosiy omili mavjud. Birinchisi – ushbu mamlakatda markazlashgan holda chorvani hisobga olish bo‘yicha kompyuterlashtirilgan kitob yuritiladi. Bu kitobga butun Isroilda mavjud chorva mollarining 90 foizi haqida batafsil ma’lumotlar, ya’ni har bir sigir yoki buqaning nasli, yoshi, mahsuldorligi, sog‘ligi to‘g‘risidagi qaydlar kiritilgan. Ushbu o‘ziga xos ma’lumotlar bazasi asosida chorva mollariga baho beriladi, ularni qachon urug‘lantirish, qay tartibda davolash, qanday oziqlantirish haqida qarorlar qabul qilinadi, qolaversa, naslini davom ettirish maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Ikkinchi omil – chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda qoramollar naslining genetik yaxshilanishi sun’iy urug‘lantirish markazlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ya’ni barcha urg‘ochi mollarning oyog‘ida tasma bog‘langan bo‘lib, qadam bosishi kompyuterda aks etadi. Natijada sigir yoki g‘unajinning kuyukka kelgani kompyuter orqali ma’lum bo‘lib, shu asosda sun’iy urug‘lantirish markazidan mutaxassis chaqiriladi. Kelgan assimilyator molni tekshiradi. So‘ng uning shaxsiy kartasidagi ma’lumotlarga qarab, qaysi buqa liniyasidan urug‘lantirish kerakligini aniqlaydi. Sun’iy urug‘lantirish davomida buqa liniyalarining bir-biriga almashib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sun’iy urug‘ mamlakatning o‘zida mavjud sun’iy urug‘lantirish assotsiatsiyalari – «Sion» va «Xasherut» deb nomlangan tashkilotlarda tayyorlanadi. Sun’iy urug‘lantirish uchun buqalar liniyasi yaratishda mamlakatdagi va chetdan keltirilgan 53 eng mahsuldor mollardan tug‘ilgan erkak buzoqlar tanlab olinadi. Bu buzoqlar sun’iy urug‘lantirish assotsiatsiyalari tomonidan olib ketilib parvarishlanadi. Parvarishlash davomida ularning genetik xususiyatlari o‘rganiladi va eng yaxshilari urug‘lik buqa uchun saralanadi. Saralangan buqalardan tug‘ilgan urg‘ochi mollarning mahsuldorligi va boshqa xususiyatlari uchun urug‘ olinib, maxsus muzlatgich idishlarda saqlanadi. Isroilda ham o‘zimizdagi kabi “sigirning suti tilida” degan qoidaga amal qilinib, chorva ozuqasini tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi va buni shubhasiz, sohadagi taraqqiyotning uchinchi omili, deb hisoblash mumkindir. Lekin shunisi e’tiborliki chorva mollariga senaj, silos, konsentrat yem va mikroelementlar qo‘shib aralashtirilgan ozuqalar faqatgina quruq holda beriladi. Shuning uchun barcha chorva mollari bir xil ko‘rinishdagi yuqori semizlikda bo‘ladi. Mollarga yil davomida biror marta ham ho‘l holda ko‘k massa berilmas ekan. Ayrim chorvachilik korxonalari senaj va silos qilish uchun o‘zlariga ijaraga berilgan yerda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aralash holda ekib, ozuqani mustaqil ravishda tayyorlashadi. Ayrim chorvachilik korxonalariga esa yer ajratilmagan. Shuning uchun mamlakatda ozuqa tayyorlash markazlari faoliyat ko‘rsatib, chorva mollarining aksariyatini aynan mana shunday markazlar kerakli ozuqa bilan ta’minlaydi. Ozuqa tayyorlash markazlari mamlakatdagi zavodlar va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan kerakli mahsulotlarni shartnoma asosida oladi. Bu mahsulotlar jumlasiga silos va senaj qilish uchun kerakli ekinlar, bug‘doy somoni, tuganakli va ildiz mevalar, don, yog‘, shakar, pivo, sutni qayta ishlash natijasida chiqqan chiqindi va konsentrat yemlar, hayvon va o‘simlik yog‘lari kiradi. Shuningdek, suyaklardan tayyorlangan un, kalsiy, fosfor va hatto har xil minerallarga boy bo‘lganligi uchun parranda go‘nglaridan ham foydalaniladi. Ozuqa tayyorlash markazlari chorvadorlar talabiga asosan o‘z vaqtida kerakli quvvatdagi ozuqani tayyorlab beradi. Ozuqa tayyorlashda chorva mollari turiga qarab, ya’ni sog‘in sigirlar uchun alohida, bo‘rdoqiga boqiladigan mollar yoki parvarishdagi buzoqlar uchun alohida ilmiy asoslangan ozuqa ratsionlari bo‘lib, ushbu «retsept»larga qattiq amal qilinadi. 54 Isroildagi barcha chorvachilik fermalari eng so‘nggi rusumdagi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, asosiy ishlar texnika tomonidan bajariladi. Minglab chorva mollari saqlanadigan ko‘plab katta fermalarda, ham 5-6 nafar kishi ishlaydi. Isroilda sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan ko‘plab zavodlar faoliyat ko‘rsatadi. Masalan, “THYBA” kompaniyasiga qarashli yirik korxonada bo‘lib, bir kechakunduzda 240 tonnagacha sutni qayta ishlaydigan texnologik liniyasiga ega. Shuningdek, fermalar qoshida qurilgan kichik sutni qayta ishlash sexlari ham mavjud.Bu yerda ham sut mahsulotlarini qayta ishlab, chiroyli qilib qadoqlanadi. Tayyorlangan mahsulotning qadoshlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Zavodga olib kelingan sut alohida mustaqil faoliyat yuritadigan laboratoriyalarda tahlil qilinib, shunda asosan sutdagi yog‘ va oqsil miqdori aniqlanadi. Xomashyo narxi shunga qarab belgilanadi. Bunday sharoitda mahsulot yetkazib beruvchi fermalar o‘rtasida sutning miqdori bo‘yicha emas, balki sifati bo‘yicha raqobat kuchayib boradi. Umuman olganda esa Isroilda sut ishlab chiqarish miqdori davlat tomonidan nazorat qilinib, ushbu mahsulotni ortiqcha ishlab chiqarmaslik uchun kvota belgilangani sababli fermerlar sutning sifatiga alohida e’tibor qaratishadi. Isroil qoramolchiligining yana bir jihat shundan iboratki, chorvachilik fermalaridan chiqqan go‘ng kanalizatsiya orqali ferma yaqinida qurilgan biogaz ishlab chiqarish zavodlariga yetkazib beriladi. U yerda ishlab chiqarilgan biogaz yordamida esa generatorlar ishlatiladi va elektr energiyasi hosil qilinadi. Zavod chiqindilari esa mutlaqo zararsiz va hidsiz o‘g‘it sifatida fermerlarga sotiladi. Ham atrof-muhitni himoyalash, ham energiyani tejash nuqtai nazaridan katta foyda keltiradigan bu texnologiyalar, hozir o‘zimizda ham joriy qilinayapti. Umuman olganda, Isroilda chorvachilik jabhasida amalga oshirilgan ishlar va bugun yurtimizda shu sohani rivojlantirish uchun hayotga tatbiq etilayotgan chora-tadbirlar o‘rtasida ko‘pgina o‘xshashliklar bor. Shunday ekan, yaqin kelajakda o‘zbekistonlik chorvadorlar ham jahondagi yetakchi o‘rinlarga ko‘tarilishlariga shubha yo‘q. 55 Mazkur mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini shu jumladan chorvachilikni rivojlantirish uchun xalqaro tashkilotlar turli dasturlar doirasida o‘z ko‘maklarini ko‘rsatib kelmoqdalar. Albatta, bu ko‘maklar mazkur mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini jadal rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. Biroq, rivojlanayotgan mamlakatlarda chorvachilikni rivoji uchun davlatning manzilli dasturlari va sherikchiligi lozim. Chunki, chorvachilikni rivoji aholini soha mahsulotlari bilan ta’minlanishini yaxshilashi muqarar, lekin bu boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, chorva soni ko‘payishi cho‘llashuvni ko‘payishi, suv va atrof muhitni ifloslanishi. Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish ekin maydonlarini qisqartish chorva ozuqasini yetishmovchiligi kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Hozirgi paytda aynan shu muammolar bilan Xitoy duch kelmoqda. Xitoy mol sonini ko‘payishi oqibatida go‘ng va chorva ozuqasi chiqindilarini yo‘qotish katta muammoga aylanib bormoqda. Mollarni boquvchi ayrim sub’ektlar go‘ng va chorva ozuqasi chiqindilarini utilizatsiyasini oson yo‘lini tanlab, ularni suvga oqizish orqali suvni ifloslantirmoqdalar. Ifloslangan suvni tozalash ham o‘z navbatida ma’lum miqdorda investitsion mablag‘larni talab etadi. Yoxud, yaylovlarda boqiladigan mollarning sonini me’yordan oshishi oqibatida yaylov o‘simliklarini kamayishi yoki ularni yo‘q bo‘lib ketishi natijasida yaylovlarda ko‘k massa yildan yilga kamayib cho‘llashuv jarayon yuzaga chiqish mumkin. Bunday holatni bartaraf etish uchun maxsus manzilli hududiy dasturlar va yo‘l xaritasini ishlab chiqib amalga oshirish lozim. Uman olganda, respublikamizda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanish chorvachilik samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 56 3.2. Chorvachilik mahsuloti ishlab chiqarish samaradorligining xozirgi holati va uni oshirish imkoniyatlari Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini baholashda tarmoqning o‘ziga xosligini unutmaslik kerak. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, shu bois qishloq xo‘jaligini har tomonlama rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilganda atrof-muhitni saqlashga doir talablar hisobga olinmog‘i lozim. Chorvachilik xo‘jaligining katta-kichikligi mahsuldorlik uchun muhim ahamiyat kasb etishi sababli fermer va dehqonlarning qo‘shimcha mol sotib olishini rag‘batlantirish, dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida, shuningdek, dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish zarur. Kooperatsiya (chorva mollarini birgalikda sotib olish, parvarish qilish, uskuna, ozuqalar va xizmatlarni birgalikda xarid qilish, mahsulot sotish va boshqalar) uning ishtirokchilariga “masshtabdan tejash” samaradorligi va tijoriy mustaqillikni saqlagan holda ixtisoslashishdan foydalanish imkonini beradi. Yer maydoni va moliyaviy resurslar (boshlang‘ich va aylanma kapital) taqchilligi muammolariga batafsil to‘xtalib o‘tish lozim. Qishloq ishlab chiqaruvchilari chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratishni istagan yerning yetishmasligi ikki asosiy holat bilan bog‘liq: G‘ijduvonda chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari bevosita yerga egalik huquqi va ayrim strategik qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda davlat nazorati masalalarini hal etish bilan bog‘liqdir. Kredit resurslari taqchilligiga kelsak, ushbu muammo keskinligini yumshatish uchun mikromoliyalash sektorini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, avvalambor, fermer va dehqon xo‘jaliklarining bank mikrokreditlari, jumladan, imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha olish imkoniyatini kengaytirish zarur. Negaki, erkin bozorda mikromoliyalash tashkilotlarining foiz stavkasi chorvadorlar uchun g‘oyat yuqori. Yerdan foydalanish huquqini qayta sotish imkoniyatiga oid huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, ushbu huquqlardan kredit olishda kafolat sifatida foydalanish kredit resurslari taqchilligi muammosini hal etishga yordam beradi. Gap 57 shundaki, qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish huquqini beruvchi qonuniy bozor yetarli darajada shakllanmagan bugungi kunda qishloq xo‘jalik xodimlarining yerni garovga qo‘yish orqali kredit olish imkoniyatlari cheklangan. Agrar sektorni kredit bilan ta’minlashning aynan ushbu shakli butun dunyoda keng tarqalgan. Ayni paytda, xo‘jaliklar ko‘lamini kengaytirish muammosining yana bir jihati – material resurslar va xizmatlardan foydalanish borasidagi qiyinchiliklar ham bor. Chorvadorlar uchun ozuqalar, birinchi navbatda, omuxta yem, shuningdek, zotdor chorva mollarini sotib olish katta muammo hisoblanadi. Talab yuqori bo‘lgan, ammo, to‘liq ko‘rsatilmayotgan xizmatlar orasida mahsulotni saqlash va qayta ishlash xizmatlari mavjud. Mamlakatimizda chorva mollari sonining ko‘payishini, jumladan, chorvachilik xo‘jaliklari rag‘batlantirmoqda. Bu ko‘lamini vazifani, kengaytirish orqali avvalo, quyidagilar har hisobidan tomonlama hal qilish chorvachilik bilan rejalashtirilmoqda: - shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida shug‘ullanayotgan qishloq aholisiga ish bilan bandlik maqomini berish; - qishloq joylardagi kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga bepul qoramol berish; - ozuqalar, veterinariya va chorvachilik tarmog‘i uchun mo‘ljallangan boshqa xizmatlardan foydalanishni yaxshilash; - yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining qoramol sotib olishini yengillashtirish uchun imtiyozli mikrokreditlash imkoniyatini kengaytirish. Dehqon xo‘jaliklarida mahsulotlari tovarlik darajasini oshirish, sotish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot ulushini kengaytirish uni yuqori daromadli ishlab chiqarishga aylantirishning muhim sharti hisoblanadi. Ammo, fermer xo‘jaliklari mahsulotlarining sotilishi yuqori, ya’ni, o‘z mahsulotining asosiy qismini bozorda sotishga ixtisoslashishgan bo‘lsa, ko‘plab qoramollar parvarish qilinayotgan va asosiy mahsuloti ichki iste’mol uchun foydalanilayotgan dehqon xo‘jaliklari haqida bunday deyish qiyin. Shunday bo‘lsa-da, dehqon xo‘jaliklaridagi chorvachilik tarmog‘ini tijoratlashtirish darajasi ko‘pincha yetarlicha baholanmayapti. Uni baholashning ikki 58 uslubi bor. Birinchisi – o‘z mahsulotining, hech bo‘lmaganda, bir qismini sotadigan dehqon xo‘jaliklari ulushini hisoblash. Ikkinchisi–ishlab chiqarishning umumiy hajmida sotilgan mahsulot ulushini hisoblash. Birinchi uslubda, sut sotadigan dehqonlar o‘rtasidagi foizli nisbatni hisoblashdan foydalanilsa, dehqon xo‘jaliklari o‘zini o‘zi ta’minlaydigan dehqon xo‘jaliklariga o‘xshab ko‘rinadi: dehqonlarning qariyb uchdan ikki qismi sut sotmaydi, balki sog‘ilgan sutning hammasini oilasi ehtiyoji uchun ishlatadi. Biroq, bu borada shuni qayd etish kerakki, “tijoratga moslashgan” boshqa dehqonlar sog‘ilgan sutning o‘rtacha 67 foizini sotadi . Aynan ushbu ko‘rsatkich tufayli o‘rtacha sut sotish miqdori barcha dehqon xo‘jaliklarida, shu jumladan, yuqorida qayd etilgan sut sotmaydigan dehqonlarning uchdan ikki qismi ishlab chiqaradigan sutning 37 foizini tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, dehqonchilik tarmog‘ida go‘sht-sut chorvachiligini pul topish manbai deb biladigan mahsulot ishlab chiqarish yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar mavjud. Chorva mahsulotlarini sotish tijoratlashgan o‘rtacha yirik chorvachilik dehqon xo‘jaliklari eng yaxshi samaradorlik ko‘rsatkichlariga ega. Chorvachilik dehqon xo‘jaliklarining tijoratlashuv darajasi ikkita asosiy omil – qoramol soni va uning mahsuldorligiga bog‘liq, degan xulosaga kelish mumkin. Ushbu omillar, pirovard natijada, ishlab chiqarish hajmida o‘z ifodasini topadi. Bunda tijoratlashuv darajasi oila farovonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olish zarur. Sut mahsuloti sotadigan va sotmaydigan xo‘jaliklarda bitta oila a’zosi uchun o‘rtacha daromad taqqoslansa, sut sotadigan xo‘jaliklar yuqori daromad olayotganini ko‘rish mumkin. Davlat dehqon xo‘jaliklari tijoratlashuvini nafaqat ularning mahsuldorligini oshirish va iste’mol bozorini boyitish maqsadidan kelib chiqib, balki, qishloq joylarda turmush darajasini yanada yuksaltirish mexanizmi sifatida rag‘batlantirishi lozim. Bunga dehqon xo‘jaliklariga chorva mollari sonini ko‘paytirish va ularning mahsuldorligini yaxshilashda yordam berish orqali erishish mumkin. Dehqonlar ko‘pincha ikkita sotish kanalidan foydalanadi: mahsulotni qo‘shnilariga sotadiganlarning 26 foizi uni bozorda ham sotadi, 36 foizi vositachilarga sotadi. Uy xo‘jaliklari bozorga mahsulotni o‘zi olib chiqadi. Olib sotarlar va tanish xaridorlar, odatda, mahsulotlarni o‘zi olib ketadi. Qo‘shnilar va 59 tanishlarga sotish bilan bog‘liqlik transport va bozorlarda ulgurji savdo qiluvchilar bilan aloqaning yo‘qligidan dalolatdir. Dehqonlarning bozor bilan bog‘liq imkoniyatlarini amalga oshirish va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan shahar aholisini yaxshiroq ta’minlash uchun dehqonlarning bozordan foydalanishini osonlashtirish choralarini ko‘rish zarur. Dehqonlar mahsulotlarini bozorga chiqishini osonlashtiradigan qishloq vositachilari, transport operatorlari va ulgurji savdogarlar tarmog‘ini tashkil etishni rag‘batlantirish shular jumlasidandir. Vositachilar bozor kanallarini tashkil etishda muhim vazifani bajaradi va ularning faoliyati qo‘llabquvvatlanishi lozim. Endi fermer xo‘jaliklari chorva mahsulotlarining sotilishi haqida so‘z yuritamiz. Chorva mahsulotlari, jumladan, go‘sht va sutga davlat buyurtmasi 1994 yilda to‘liq bekor qilingan. Bu xo‘jaliklarga o‘z mahsulotlarini bozor narxlarida erkin sotish imkonini beradi. So‘rov shuni ko‘rsatdiki, fermerlarning qariyb 50 foizi sut, qariyb 40 foizi qoramol go‘shtini davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga – shifoxonalar, bolalar bog‘chalari, maktablar, faxriylar uylari va boshqalarga sotadi. Sotishning yana bir muhim yo‘li bozordir. Fermerlar kutilgandan ham ko‘ra kamdankam hollarda o‘z mahsulotlarini ulgurji olib sotarlar, xususiy xarid firmalariga sotadi. Bu esa sotish infratuzilmasi rivojlanmaganidan dalolatdir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxining pastligi va transportirovka qilishning qiyinligi sotish yo‘llaridan qat’iy nazar umumiy muammo hisoblanadi. Chorva mahsulotlarini o‘zida qayta ishlash muammolari. Chorva mahsulotlarini xo‘jaliklarning o‘zi qayta ishlash amaliyotini kengaytirish mahsulot turini ko‘paytirish, demak, xo‘jaliklarni tijoratlashtirish va sotish hajmini oshirish imkonini beradi. Ayni paytda, 2018 yilgi so‘rov shuni ko‘rsatadiki, ayrim dehqon xo‘jaliklarigina chorva mahsulotlari, asosan sutni qayta ishlaydi. Oddiy operatsiya yo‘li bilan qayta ishlangan sutdan asosan qatiq, qaymoq, tvorog, sariyog‘ tayyorlanadi. Murakkab qayta ishlaydigan uskunaning yo‘qligi va narxining balandligi (so‘ralganlarning 49 foizi), ko‘nikma yetishmasligi (20 foizi) va sotish imkoniyatlarining cheklangani (25 foizi) tufayli qo‘llanilmayapti. Chorvador-fermerlarning 15,3 foizi o‘zi ishlab chiqargan va sotib olgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Asosan sut (qayta ishlash 60 bilan shug‘ullanayotganlarning 86,6 foizi), go‘sht (20,9 foiz), jun (6 foiz) qayta ishlanmoqda. So‘rov ishtirokchilari aksariyat fermerlar qayta ishlash bilan shug‘ullanmayotganining sabablari orasida quyidagilarni aytdi: • uskuna sotib olish imkonining yo‘qligi - 41,3%; • uskunaning haddan ziyod qimmatligi - 34%; • qayta ishlash bilan shug‘ullanish foydasizligi - 14,3%; • qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mutaxassislar yo‘qligi 10,9%; • qayta ishlangan mahsulotni sotish imkoniyatining yo‘qligi - 10,2%; • kommunal xizmatlar ko‘rsatishda uzilishlar (elektr, suv, gaz) qayta ishlash bilan shug‘ullanish imkonini bermasligi - 2,8%; Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ining yetarlicha rivojlanmagani bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun choralar ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi “Oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1047-Qarori buni tasdiqlaydi. Ushbu hujjatga ko‘ra, sut va go‘shtni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovini 50 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. 2018 yilda go‘sht ishlab chiqarish xajmi 16759 tonnani tashkil etgan bo‘lib 2005 yilga nisbatan 11% ortgan tashkil etgan go‘shtning asosiy qismini dexqon xo‘jaliklarning ulushiga to‘g‘ri kelib 98,2% tashkil etdi, fermerlarning ulushi 1% ni tashkil etgan. Sut ishlab chiqarishda bo‘ ko‘rsatkichlar 2018 yilda barcha soxalarda 93399 tonnani tashkil etgan bo‘lib shundan fermer xo‘jaliklarining ulushi 3,9 % ni egalladi 2005 yilga nisbatan 1844 tonnaga ortgan sababi qaramollar bosh sonining ortishi bilan maxsuldorlik ko‘rsatkichlarini ko‘tarilishi asosiy omildir (3.2.1-jadval). 3.2.1-jadval malumotlaridan ko‘rinib turibdiki G‘ijduvon tumanida chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish rentabelligi taxlili shuni ko‘rsatadiki 2018 yil go‘sht ishlab chiqarishdan kelgan foyda 5878.7 mln so‘mnga ortgan bo‘lib rentabillik 61 darajamiz 0,2 punkitni egalladi. Sut ishlab chiqarishni taxlil qilganimizda 2018 yilda foyda 6182.7 mln so‘mga ortgan, shuningdek 1 tonna sut sotishdan tushadigan tushum 2018 yilda 912 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa jami mahsulotni sotishdan tushgan daromad 85179.8 mln so‘mni tashkil etdi natijada sut ishlab chiqarish soxasida 19,2 % rentabellikga erishildi va bu 2005 yilga nisbatan 6,7 punkitga oshgan. Tuxum ishlab chiqarishga qilingan jami mahsulotga qilingan xarajat 2018 yilda 6039,8 mln so‘mni tashkil etib , mahsulotni sotishdan tushgan daromad 7028,1 mln so‘m bo‘lib jami foyda 988,3 mln so‘mni tashkil etdi bu ko‘rsatki 2005 yilga nisbatan 554,2 mln so‘mga oshganini ko‘rishimiz mumkin umumiy rentabellik darajasi 2005 yilga nisbatan 2,2 punkga oshganligini . Tahlillar natijasida jun iщlab chiqarish xajmining pastligi va zarar bilan chiqqanligining asosiy sababi mahsulotlarning sifat darajasining pastligi va qayt ishlash imkoniyatinig past ko‘rsatkichli ekanligi soha 62 3.3.2-jadval G‘ijduvon tumanida chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish rentabelligi taxlili(2005-2018 y,y)* (ming so‘m) Yillar 2005 Yil 2015 Yil 2018 yil 2018 yilda 2005 yilga nisbatan o‘zgarishi (+,-) 1 tonna mahsulot sotish baxosi 1 tonna mahsulot sotishdan olingan foyda Rentabellik % Maxsulot Turlari Jami mahsulotga qilingan xarajat Jami mahsulotni sotishdan tushgan daromad Jami foyda 1tonna mahsulot tannarxi Go‘sht 85732904 95071344 9338440 5692 6312 620 10,9 Sut 60374880 67921740 7546860 720 810 90 12,5 Tuxum 3054820 3488926 434106 190 217 27 14,2 Jun 115625 110630 -4995 625 598 -27 -4,3 Go‘sht 100684800 111854520 11169720 6400 7110 710 11,1 Sut 60538236 68660240 8122004 723 820 97 13,4 Tuxum 3822756 4095810 273054 238 255 17 7,1 Jun 168341 149373 -18968 710 630 -80 -11,3 Go‘sht 137624908 152842080 15217172 8212 9120 908 11,1 Sut 71450235 85179888 13729653 765 912 147 19,2 Tuxum Jun 6039825 168304,5 7028160 169533 988335 1228,5 275 685 320 690 45 5 16,4 0,7 Go‘sht 51892004 57770736 5878732 2520 2808 288 0,2 punk Sut 11075355 17258148 6182793 45 102 57 6,7 punk Tuxum 2985005 3539234 554229 85 103 18 Jun 2869380 3428604 559224 -540 -495 45 *Manba: G‘ijduvon tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limining 2005-2018 yillar xisobotlari 63 2,2 punk -3,6 punk rivojini taminlamayapdi umuman olganda mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bir qatorda uning sotish kanallarining mavjudligi bozor infratuzulmasining shakillanishi o‘laroq maxalliy lashtirish dasturi asosida mahsulotlarni qayta ishlash va uni tayor mahsulot ko‘rinishida sotish lozim deb xisoblaymiz tumanida chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish rentabelligi taxlili natijasida soxalar rivojlanayotganligini takidlaymiz. Bizningcha, chorvachilikni rivojlantirishga tusqinlik qilayotgan muammolar mavjud: 1. Ozuqa ekin maydonlarining chorva mollari bosh soniga mutanosib joylashtirilmaganligi; 2. Ozuqa ekin maydonlaridan unumli foydalanish va ekinlarining hosildorlik darajasining pastligi; 3. Yem-xashak o‘rim-yig‘im texnikalarining yetishmasligi; 4. Naslchilik ishlarining talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi; 5. Naslli mol tayyorlab sotish va chetdan naslli mollar keltirishda ularni zot yo‘nalishlariga e’tibotning sustligi; 6. To‘la qamrovli zooveterinariya xizmati ko‘rsatilmayotganligi; 7. Zooveterinariya punktlarining jihozlanish darajasining talabga javob bermasligi; Shunday qilib, amalga oshirish tahlillar chorvachilik shuni ko‘rsatadiki, xo‘jaliklarini quyidagi kattalashtirish chora-tadbirlarni va tijoratlashtirish darajasini yuksaltirishga yordam beradi: 1. Chorva mollari mahsuldorligi va sifatini oshirish; 2. Yerni xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichida, jumladan, yer uchastkalaridan foydalanish huquqlarini (subijara huquqi, ijara huquqini sotib olish huquqi va boshqalar); 3.Chorva mollarini parvarishlash va chorva mahsulotini sotishni tash kil etishda sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida, dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish; 64 4.Raqobatni rivojlantirish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish orqali resurslar va chorva mahsulotlari bozorini takomillashtirish; 5.Qishloq joylarda mikromoliyalash sohasini kengaytirishni rag‘batlantirish; 6.Chorva mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini rivojlantirishni rag‘batlantirish; 7. Cho‘l yaylov hududlarida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklar o‘zi yetishtirgan mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, jumladan, cho‘l yaylov hududlarida jun va terini qayta ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqish. 65 ХULOSA Bitruv malakaviy ishi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarimiz jarayonida quyidagi xulosalarni ishlab chiqdik: 1. O’zbekistonning qudratini yuksaltirish, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan talabini to’laroq qondirish, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, ilm-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. 2. Viloyat chorvachiligini samaradorligini oshirish uchun avvalambor naslchilik ishlarini yaxshilash zarur, ikkinchidan chorva ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir; 3. Chorvachilik mahsulotkfrini asosiy qismi dehqon xo’jaliklarida konsentratsiyalashganligi bois, QFI va yirik qishloqlarda chorva zotini yaxshilash uchun chorvani sun’iy qochirish varkazlarini tashkil etish va mahallaning jamoaviy fermalarini tashkil etish yaxshi samara beradi; 4. Qoramol parvarish qilayotgan barcha fermerlar ham o‘z ozuqa bazasiga ega emas – ularning 70 foizi o‘z uchastkalarida ozuqa yetishtirsa, 50 foizi yaylovga ega. shu sababli so‘rovda qatnashgan fermerlarning 91 foizi chorva mollarini jamoat yaylovlarida boqish imkoniyatiga ega, 42 foizi ozuqa to‘plash bilan shug‘ullanadi (o‘t-xashak o‘radi, oziq-ovqat chiqindilarini yig‘adi va hokazo), 11 foizi mollarini yo‘llar yoqasi, ariqlar bo‘yida va boshqa joylarda boqadi. Fermerlarning 32 foizi 2017 yil davomida o‘t va pichan, 21 foizi ozuqabop jo‘xori sotib olgan; 5.- Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida yem-xashaklarni tayyorlashda muqobil, yanada arzon va qulay texnologiyalaridan foydalanish hamda ekinlar yerni xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichida, jumladan, yer uchastkalaridan foydalanish huquqlarini (subijara huquqi, ijara huquqini sotib olish huquqi va boshqalar); 6.- Chorva mollarini parvarishlash va chorva mahsulotini sotishni tash kil etishda sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida, dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish; 66 7.-Raqobatni rivojlantirish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish orqali resurslar va chorva mahsulotlari bozorini takomillashtirish hamda chorva ozuqasi tannarxini pasaytirishga erishish samaradorligini oshishini ta’minlaydi. 67 soha FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI 1. Huquqiy va me’yoriy hujjatlar 1.1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy hujjatlar to‘plami. -T.: “Sharq” nashriyot-matbaa konserni. II-tom, 1998. -212-337 b. 1.2. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy hujjatlar to‘plami. -T.: «Sharq» nashriyotmatbaa konserni. I-tom, 1998. -5-73 b. 1.3. O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 26 avgust 2004 y., 40-41(124125), 3-14 b. 1.4. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 2009 y., 52-son, 1754 b. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari 2.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmoni. 24 mart. 2003 y. O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. № 4, 2003 y., 2-3 b. 2.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni. 2003 yil 27 oktabr. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2003 yil 28 oktabr, №220 (3332). 2.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi PQ- 2460-sonli “2016-2020 yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. 2.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 iyuldagi «Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo‘lgan yer 68 uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi PF-3780-sonli farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006 yil 30-son (218), 5-7 betlar. 2.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» Davlat dasturi» to‘g‘risidagi PF-1046-sonli farmoni.O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2009 yil 5-son, 4-34 betlar. 2.6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70modda. 2.7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi PF-5199- sonli “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 2.8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 32-son, 802-modda. 2.11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 2018 yil 17 aprel. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar 3.1. «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi Qarori. Xalq so‘zi, 2006 yil 24 mart. №57 (3856). 69 3.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi PQ-2841-sonli “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” Qarori 3.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2018 yil 14 martdagi 3603sonli “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlari asarlari va ma’ruzalari 4.1. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis Palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. http://www.press-service.uz/ [14.12.2016]. 4.2. Sh.M.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. “Xalk suzi” gazetasi, 2017 yil 16 yanvar. 5. Kitob va turkum nashrlari, monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar. 5.1. Berkinov B.B., Tashmatov R.X. O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarni rivojlantirish yo‘nalishlari.– T.: TDIU, 2007 - 23 b. 5.2. Baycherova A.R. Sistema infrastrukturnogo obespecheniya veterinarnogo predprinimatelstva v Stavropolskom kraye// Agrarnaya nauka. Tvorchestvo. Rost: sb. 2013. –S. 21-24. 5.3.Demchenko A.F. Kooperatsiya v jivotnovodstve: problemы svyazey i otnosheniy-teoriya i praktika // RU VNIIM. -Moskva. 2004. - S.296. 5.4.Ye.I.Artyomova. Ekonomicheskiye aspektы innovatsionnogo razvitiya jivotnovodstva: Monografiya //Krasnodar: ITT. – 2008. 5.5. Menglikulov B.Yu., Raxmonov N.R., Mamadiyarov D.U. Dehqonchilikda xarajatlarning analitik hisobini tashkil etish masalalari. Toshkent davlat agrar universiteti. 70 5.6. Александр Заитый, Ph.D. Animal Science; -Сельское хозяйство Израля; - Hannover 2012. – 25str.(2) 14. 5.7. Tursunov A. Ko‘p ukladli iqtisodiyot sharoitida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infrastrukturasini tashkil etish va rivojlantirish. –Toshkent, 1998. –B. 22. 5.8. Xusanov R. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati. Toshkent.: “Kamolot”, 1999. -B.53. 5.9. Choriyev K.A. Ispolzovaniye ekonomicheskoy otsenki agrarnыx resursov v xozyaystvennoy kooperatsii. -M.: Nauka, 1991. -S.456. 5.10.Nurmatov Sh. “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi tarmoqlarida innovatsion boshqaruv faoliyatini modernizatsiyalash va rivojlantirish muammolari” mavzudagi konferensiyadagi kirish so‘zi. Toshkent. – 2013y.- 4bet 5.11.Farmonov T.X. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish istiqbollari. -T.: Yangi asr avlodi. 2004. -B.144. 5.12. Юсупов Н.С. Аграрные реформы в Китае:достижения и проблемы T.:”Фан”. 2005. -187б. 5.13. Kraenzle S.A., Eversull E.E. Co-ops increase share of farm marketing; share of farm supply sales dips slightly // Rural Cooperatives, may-june 2003. -P.1921. 5.14. Carolyn Liebrand. More than one way (Dairy co-ops pursue varied paths to structural change) // Rural Cooperatives magazine, september-october 2001. 5.15. Introduction in Food and Agribusiness Management // Gregory A. Baker, Orlen Grunewald, William Gorman - New Jersey: Prentice Hall, 2002. - P.364. 5.16. Agricultural Policies, Markets and Trade in Transition Economies // Monitoring and Evaluation. 1996/ Paris: OECD. 1996. -P.146. 5.17. Жарикова Л.А. Бухгалтерский учет в зарубежных странах. (2.3. Бухгалтерский учет в Германии), Тамбов: Изд-воТамб.гос. техн. ун-та, 2008. 160 б. 5.18. Jurayeva A.M., Bobomirzayev A., Farmonov T.X. Fermer xo‘jaligi asoslari // Qatortol. - Kamolot. –Toshkent, 1999. -154 b. 71 5.19.Николюк O. сельскохозяйственных Koнкурентоспосоность предприиятий в контексте политики устойчивого развития. ISSN 1822-6760. Management theory and studies for rural business and infrastructure development. 2011. Nr. 2 (26). Research papers. 5 r. 5.20. Борель А.Н. Сущность кoнкурентоспосоность сельскохозяйства иформирующие уё факторы. Журнал Международного права и международных отношений,2014-№4.[Электронный-ресурс]. http://www.evolutio.info/content/view/2317/235/ [12.01.2016].) 5.21.Ravshanov A. D. Fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari. – T.: Fan va texnologiya, 2014. – 140 b. 6. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari 6.1. Mirzayev Q.D. “Agroservis xizmatlari samaradorligini oshirishning metodologik asoslari”. i.f.d. darajasini olish uchun yozilgan diss.avtoref., Samarqand – 2011, - 200b.;. 6.2. Pardabekova N.A. Sovershenstvovaniye mejotraslevыx svyazey agropromыshlennogo kompleksa v usloviyax liberalizatsii ekonomiki. Avtoreferat dissertatsii na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskix nauk. -T.: Uz NIIRR. 2005. 6.3. Qarshiyev Sh. Fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish. Avtoreferat disser. Kan. ekon. Nauk. - T.: 1998. -B.22. 6.4. Mexmonova D.D. Mintaqada ishlab chiqarish tadbirkorligining tashkiliy iqtisodiy omillari va muammolari. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissettatsiya avtoreferati. -T.:TDTU, 2006. 6.5. Mo‘minov U.M. Qishloq xo‘jaligida raqobat muhitiini rivojlantirish muammolari. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissettatsiya avtoreferati. -T.: O‘zBIITI, 2009. –B.24. 7. Jurnallardagi maqolalarga havolalar 72 7.1. Jumayev O., Baymatova U., Matruziyev A. Meva-sabzavotchilik majmuida ishlab chiqaruvchi kooperativlarni tashkil etish yo‘llari // O‘zbekiston iqtisoiy axborotnomasi. –Toshkent, 2003. -№3, -40 b. 7.2. Kudryashov V.I., Mindrin A.S., Rodin V.Z. Pokazateli i faktorы effektivnosti fermerskix xozyaystv // Ekonomika sel.-xoz. i pererab. predpriyatiy. 2003. -№9. - S. 33. 7.3. Kuzmin I. Finansovo-kreditnoye obespecheniye selskogo xozyaystva v razvitыx stran // Mejdunarodnыy selskoxozyaystvennыy jurnal. -Moskva 2002. №1. S. 31-34. 7.4. Murodov Ch. Qishloqda bozor infrastrukturasi asosilarini shakllantirish // O‘zbekiston iqtisoiy axborotnomasi. 1999. -№3. 2-5 b. 7.5. Abdullayev, Z. Qishloq xo‘jaligi yerlarini baholash asosida ularning samaradorligini oshirish/ Abdullayev, Z. //O`zbekizton igtisodiy axborotnomasi=Ekonomicheskiy vestnik O‘zbekistana. - 2017. - № 1. - B. 46-48. 7.6. Askarov, K. Aprobatsiya - ertangi hosil mas’uliyati:[Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi "Sherali ota" fermer xo‘jaligida g‘o‘za urug‘chiligiga bag‘ishlab,vodiy miqyosida ilmiy - amaliy seminar o‘tkazildi] // Qishloq hayoti. 2017. - 8 avg. 7.7. Zaripov, B. Gollandiya innovatsion ziroati:[Gollandiya qishloq xo‘jaligi haqida ] //Qishloq hayoti. - 2018. - 16 yanv. 7.8. Zimakova L.A.Sozdaniye integrirovannoy sistemы buxgalterskogo i nalogovogo ucheta na rossiyskix predpriyatiyax. Nauchnыe vedomosti. № 7 (62) 2009. S.82-91. 7.9. Salomov, T. Farovon hayot sari !: Buxoro Qishloq qurilish bank ish faoliyatidan //Buxoro oqshomi. - 2016 . - 30 iyun. 7.10. Filatov A.I. Sistema konsultatsionnoy slujbы v selskom xozyaystve Germanii. www.ftcntr.ru/Articl/filat001.htm. SOK IKS APK, Stati i vыstupleniya sotrudnikov 73 7.11.Xushmatov, N. Qishlok xo‘jaligi sohasida servis xizmatlarining o‘rni/ Xushmatov, N. //O`zbekizton igtisodiy axborotnomasi=Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana. - 2017. - № 4. - B.18-21 7.12.Xammadeyeva L. K. Otsenka konkurentosposobnosti sub’ektov predprinimatelskoy deyatelnosti kazanskoy prigorodnoy zonы na regionalnыx rыnkax. Vestnik Kazanskogo gosudarstvennogo agrarnogo universiteta. № 2 (32) 2014. – S. 50-52. 8. Xalqaro ma’lumotlar bazasidagi (Web of Science, EBSCO Inform services, Scopus, Web of Knowledge va b.q.) jurnallardagi ilmiy maqolalar 8.1. Argilés, Josep Maria; Slof, Eric John. New opportunities for farm accounting. European Accounting Review. Jul2001, Vol. 10 Issue 2, p361-383. 23p. 4 Charts. ISSN: 0963-8180. Nomer dostupa: 5389457. DOI: 10.1080/09638180120069188., Baza dannыx: Business Source Premier. http://web.a.ebscohost.com/ehost/detail/detail?vid=25&sid=c12846f0-8c39-4e2ab27c85b4d311c133%40sessionmgr4006&hid=4212&bdata=Jmxhbmc9cnUmc2l0ZT1laG 9zdC1saXZl#AN=5389457&db=buh [11.08.2016]. 8.2. A. Dragomir, Consulting agricultural services in Romania. Agricultural Management / Lucrari Stiintifice Seria I, Management Agricol. 2012, Vol. 14 Issue 2, p215-220. 6p. 1 Graph. http://search.ebscohost.com 8.3.Boghean C., Mihaela S. Analysis of the factors affecting the average labour productivity variation in agriculture, forestry and fishing in Romania. USV Annals of Economics & Public Administration. 2013, Vol. 13 Issue 2, p35-41. 7p. http://web.a.ebscohost.com 8.4.Hooks, Jill. Stewart, Ross E. Farmers, politics, and accounting: the history of standard values - an accounting convenience or political arithmetic? Accounting Historians Journal. Dec2011, Vol. http://web.a.ebscohost.com 74 38 Issue 2, p47-74. 28p. 8.5. Makarenko, Petro. Theoretical principles of agricultural enterprises' cooperation. Management Theory & Studies for Rural Business & Infrastructure Development. 2007, Vol. 9 Issue 2, p25-31. 7p. Language: Ukrainian. ISSN: 18226760. Nomer dostupa: 26524365. , Baza dannыx: Business Source 8.6. Grzelak, Aleksander. Tendencies in the income situation of farms participating in the accounting system of the fadn in Roland on a background of selected eu countries. Economic Science for Rural Development Conference Proceedings. 2014, Issue 35, p256-264. 9p. , ISSN: 1691-3078. Nomer dostupa: 96053568. Baza dannыx: Academic Search Premier. http://web.a.ebscohost.com 8.7. Golovina, Svetlana; Hess, Sebastian; Nilsson, Jerker; Wolz, Axel. Social capital in Russian agricultural production co-operatives. Post-Communist Economies. Dec2014, Vol. 26 Issue 4, p522-536. 15p. 3 Charts. DOI: 10.1080/14631377.2014.964465. , ISSN: 1463-1377. DOI: 10.1080/14631377.2014.964465. Nomer dostupa: 99143585. Baza dannыx: Business Source Premier. http://web.a.ebscohost.com/ehost/detail/detail?vid=16&sid=c12846f0-8c39-4e2ab27c85b4d311c133%40sessionmgr4006&hid=4212&bdata=Jmxhbmc9cnUmc2l0ZT1laG 9zdC1saXZl#AN=99143585&db=buh [22.08.2016]. 8.8. Golebiewska, Barbara. Premier intensity of production organisation in farms with diversified relations to their environment in Poland. Economic Science for Rural Development Conference Proceedings. 2012, Issue 29, p84-88. 5p. , ISSN: 1691-3078.Nomer dostupa: 77484005. Baza dannыx: Academic Search. http://web.a.ebscohost.com/ehost/detail/detail?vid=27&sid=c12846f0-8c39-4e2ab27c85b4d311c133%40sessionmgr4006&hid=4212&bdata=Jmxhbmc9cnUmc2l0ZT1laG 9zdC1saXZl#AN=77484005&db=aph [02.07.2016]. 8.9. Reineke, H.; Stockfisch, N.; Märländer, B. Analysing the energy balances of sugar beet cultivation in commercial farms in Germany. European Journal of Agronomy. Feb2013, Vol. 45, p27-38. 12p. DOI: 10.1016/j.eja.2012.10.004. , ISSN: 75 1161-0301. DOI:10.1016/j.eja.2012.10.004. Nomer dostupa: 84598225. Baza dannыx: Academic Search Premier. http://web.a.ebscohost.com/ehost/detail/detail?vid=38&sid=c12846f0-8c39-4e2ab27c85b4d311c133%40sessionmgr4006&hid=4212&bdata=Jmxhbmc9cnUmc2l0ZT1laG 9zdC1saXZl#AN=84598225&db=aph [10.07.2016]. 8.10.BMakarenko, Petro. Theoretical principles of agricultural enterprises' cooperation. Management Theory & Studies for Rural Business & Infrastructure Development. 2007, Vol. 9 Issue 2, p25-31. 7p. Language: Ukrainian. http://web.a.ebscohost.com 9. Hisobotlar va statistik ma’lumotlar 9.1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 20152018 y. 9.2. Buxoro viloyati iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi ma’lumotlari 2015- 2018 y. 9.3. Buxoro viloyati qishloq( va suv) xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotlari 20152018 y. 9.4. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha na’munaviy texnologik kartalar, 2011-2015 yillar uchun. Toshkent 2011. 9.5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli yillardagi ma’lumotlari 10. Internet saytlar 10.1. http: // www qov.uz. 10.2. http: // www cer. uz. 10.3. http: // www gki. uz. 10.4. http: // www. wisc. edu/uwcc/info/dairy/history 10.5. http: // www stat. uz 10.6. http://search.ebscohost.com 76 10.7. www.albest.ru 10.8. www.agrobusiness.ru 10.9. http://agro.uz/uz/information/about_agriculture/441/8208/ ma’lumotlari 10.10. http://www.fao.org/docrep/016/j7714e/j7714e.pdf. K.Laxminarayana Rao. Agro-industrial parks Experience from India, Rome, 2006 10 77