Uploaded by Aziza Sadullayeva

S8 - Mardonbek

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
Osiyo Xalqaro Universiteti
IJTIMOIY FANLAR VA TEXNIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
,,IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
KURS
ISHI
Mavzu: Iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi
Bajardi: S8-IQ-23 guruh talabasi
_________________ Jumaboyev Mardonbek Sadullo o’g’li
(imzo)
(ism sharif)
Kurs ishi himoya qiling an sana “____” __________ 2024 yil
Baho “___” ___________________
Ilmiy rahbar:
____________Jumayeva Zamira Bustonovna
(imzo)
(ism sharif)
Komissiya a’zolari: ___________ _______________________________
(imzo)
(ism sharif)
____________________________________________
(imzo)
(ism sharifi)
BUXORO-2024
1
KURS ISHI UCHUN TAQRIZ
IJTIMOIY FANLAR VA TEXNIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
,,IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fani
Guruh
S8-IQ-23 guruh
Talaba familiyasi va ismisharifi Jumaboyev Mardonbek Sadullo o’g’li
Kurs ishi mavzusi: Iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi
Kurs ishining tarkibi.................................................................................................
Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro'yxati………………………
Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko'rsatgichi)....
Kurs ishining ijobiy tomonlari……………...............................................
Kurs ishining kamchiliklari.................................................................................
.............................................................................................................................
Kurs ishiga qo'yilgan baho...............................................................................
Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi.................................................
2
Mundarija:
Kirish…………………………………………..………...
4
I I bob. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning
6
iqtisodiyotdagi roli va iqtisodiyotga ta’sor qilish usullari va
vositalari haqida tushuncha.
1.1. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning
iqtisodiyotdagi roli
1.2. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va 13
vositalari
II
bob.Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat 19
mexanizmlari.
2.1 Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi
2.2 Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi
23
III bob. O`zbekistonda bozor islohotlariniamalga oshirish va 27
uning asosiy yo’nalishlari
3.1
O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish
bosqichlari
3.2 O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirishning 32
asosiy yo’nalishlari
Xulosa………………………………………………………..
36
Foydalanilgan
39
adabiyotlar………………………….............................
3
Kirish.
”Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib,
resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik,
iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan
foydalanish bilan tavsiflanadi.”
Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng progressiv
va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish
tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi
hukmron bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega
bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor
iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya'ni oldi-sotdi yuritish
xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor
iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo'jalik
yuritish erkinligiga asoslanadi.
“Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan
holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni
ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi.
Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida
shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular
manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat
bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi
mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga
tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning
asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda
sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning
4
umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga
aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi
ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.”
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga
quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot,
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli
hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi,
ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q
va farovon yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy
muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va
boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning
taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor
iqtisodiyoti modellari modelning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos
bo'lgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo'jaligi va korporativ iqtisodiyot
ko'rinishlari mavjud.
Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash
va iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning
shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bo'lgan
yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo'li bilan
mustahkamlangan normalar majmui.
5
I bob. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiyotdagi
roli va iqtisodiyotga ta’sor qilish usullari va vositalari haqida
tushuncha.
1.1.Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiyotdagi roli.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko`p omilli ko`rsatkich bo`lib,
bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko`p jihatdan iqtisodiyotdagi
davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog`liq bo`lishi mumkin. Chunki
ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari
orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda
markazlashgan boshqarish yo`li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish
jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg`unlashtirish orqali
erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun
ko`proq uchinchi yo`l xarakterli xisoblanadi.Iqtisodiy tafakkur tarixidan
birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan
ilmiy asosda ko`rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va
sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari
orqali iqtisodiyotning o`z-o`zini tartibga solishning zarurligi ta'kidlab o`tilgan.
A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat
nazoaratidan to`liq ozod bo`lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar
iste'molchilar talabiga mos ravishda ishlab chikarishni tashkil qilish imkoniga
ega bo`ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan
aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat
kilishga majbur kiladi.A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday
aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb xisoblaydi.
Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib -qoidalari milliy
6
iste'molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj
to`lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet
el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir
oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab
qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib
olishga majbur bo`lgan milliy iste'molchilar yutqazadi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko`rsatmalar u yoki bu
darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo`lgan barcha mamlakatlarda
foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada
ko`proq oshib borishi ro`y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga
solishni muhim maqsadi sifatida nafaqat sikliga qarshi tartibga solish va ish
bilan bandlilikni ta'minlash, balki iqtisodiy o`sishning yuqori darajasini va
yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallash-tirishni rag`batlantirish
tan olinadi.
7
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga
o`tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini nima belgilab
beradi?- degan savol tug`ilish tabiiy.
Birinchidan, davlat o`ziga milliy iktisodiyotda bozor vositasida o`z o`zini tartibga solish orqali bajarish mumkin bo`lmagan yoki samarali bajarish
mumkin bo`lmagan vazifalarni oladi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodi sharoitida hususiy ishlab chiqarish va
iste'mol bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug`diradi.
Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etadi va demak
kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta'sir qiladi.
Masalan, chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash
qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai
nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ishlab chiqarishga) foydali,
atrof muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa boshqa kishilar uchun qo`shimcha
salbiy oqibatga ega.
Davlat yakka tadbirkor yoki istemolchidan farqli, jamiyat manfaatini
ifodalab, qo`shimcha ijobiy samarani rag`batlantirishga va aksincha salbiy
samara bilan bog`liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi
zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli
ro`y beradiki, individual istemolchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste'mol
qilishning oqibatlarini ob'ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat
foydali iste'molni kengaytirish va aksincha sog`lik uchun zarar tovarlar
iste'molini cheklash vazifasini o`z zimmasiga oladi.
To`rtinchidan, davlat o`z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib
chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish vazifasini oladi. Bozor
8
hamma uchun to`lovga qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni
ta'minlaydi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda iqtisodiy o`sishning barqaror izchilligini
rag`batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
Bozor xo`jaligi sharoitida iqtiyosodiyotni davlat tomonidan tartibga
solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan
iborat bo`ladi.
“Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob'ektiv imkoniyati
iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va kapital to`planishi ma'lum darajaga
erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda qiyinchiliklar o`sib va
ziddiyatlar to`planib borishi bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirishni zarur
qilib qo`yadi.”
Hozirgi sharoitda IDTTS takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir
qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o`sishni
rag`batlantirish,
bandlilikni
tartibga
solish,
tarmoq
va
mintaqaviy
tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo`llab -quvvatlash, eksportni himoya qilish
kabilarni kiritish mumkin.
IDTTS mexanizmi to`g`risidagi to`laroq tasavvurga ega bo`lishi uchun
uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki
dastaklarini to`laroq tavsiflash lozim.
IDTTSning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni
ta'minlash, mavjud tuzumni mustahkamlash (mamlakat ichida va xalqaro
maydonda) va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu
asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga
iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo`jaliklarning tarmoq va mintaqaviy
tuzilishini takomillashtirish, atrof- muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish
9
mumkin. IDTTS maqsadi uning vazifalarida aniq namoyon bo`ladi. Bozor
xo`jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining
amal qilishini engillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo`ladi. Bu
sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib
ko`rsatish mumkin: Rahobatni himoya kilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy
tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu erda davlatning uchta vazifasi alohida
ahamiyatga ega:
Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
Resurslarni qayta taqsimlash;
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish ya'ni iqtisodiy tebranishlar vujudga
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda
iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart - sharoiti
hisoblangan huquqiy asosni ta'minlash vazifalarini o`z zimmasiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni quyidagi tadbirlar taqoza
qiladi: xususiy korxonalarga qonuniy mavqeini berish; xususiy mulkchilik
huquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishini kafolatlash; korxonalar,
resurslarni etkazib beruvchilar va iste'molchilar o`rtasidagi munosabatalarni
tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqarish va shu kabilar.
O`zbekiston Respublikasining korxonalar, tadbirkorlik va aktsionerlik
jamiyatlari to`g`risidagi qonunlari hamda ularga kiritilgan qo`shimcha va
tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish buyicha
tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni ta'minlashga
qaratilgan.
10
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta'minlash o`z ichiga ichki tartibni
saqlash mahsulot sifati va og`riligini o`lchashga standartlar belgilash tovarlar
va xizmatlar ayirboshlashini engillashtirish uchun milliy pul tizimini
muammoga kiritish kabilarni oladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo`lib
xizmat qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar amriga yoki iste'molchilar
erkinligiga
ishlab
chiqaruvchi
va
resurslarni
etkazib
beruvchilarni
bo`ysundiradi. Raqobat sharoitida ko`plab xaridorlar tomonidan bildirilgan
talab va sotuvchilarning taklifi bozor narxlarini belgilaydi. Bu shuni
bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilar faqat bozor
orqali hisobga oladigan iste'molchilar xohishiga moslashishi mumkin. Bozor
tizimining irodasiga bo`ysunuvchi, raqobatlashuvchi ishlab chiqaruvchilar
foyda olishni va o`z mavqeilarining mustahkamlashini kutadi, kim bozor
qonunlarini buzsa, zarar ko`radi va oxir oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida
xaridor - bu xo`jayin, bozor ularning gumashtasi, korxona esa ularning
xizmatkori hisoblanadi.
Monopoliya raqobatning o`rnini almashtirganda, sotuvchilar bozorga
ta'sir ko`rsatishi yoki undagi narxlarni o`z manfaatlarini ko`zlab o`zgartirish
mumkin. Monopoliyalar o`zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish
layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun'iy cheklash orqali ularga ancha
yuqori narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin.
“Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki
usulda nazorat o`rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar
«raqobatli bozor mavjud bo`lish imkoniyatini yo`qqa chiqaradigan tabiiy
monopoliyalari deb nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi
va ko`rsatiladigan xizmatlarga standartlarni o`rnatadi. Transport, aloqa,
11
elektrenergiya ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar
ma'lum darajada shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab
chiqarish juda ko`pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida
ta'minlanishi sababli davlat raqobatini kuchaytirish va himoya qilish
maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi.”
Bizning Respublikada ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar
bozorida raqobatni rivojlantirish, iste'molchilar va tadbirkorlar manfaatini
himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.
Birinchidan, transfert to`lovlari orqasi muhtojlarni, nogironlarni va
birovning qaramog`ida bo`lganlarni nafaqalar bilan ishsizlarni ishsizlik
nafaqalari bilan ta'minlaydi. Ijtimoiy ta'minot dasturlari orqali pensionerlar va
qariyalarga moliyaviy yordam ko`rsatiladi.
Bu barcha dasturlar davlat byudjeti mablag`larini, jamiyatning kam
daromad olgan yoki umuman daromadga ega bo`lmagan a'zolari hisobiga
qayta taqsimlaydi.
Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo`li bilan ya'ni, talab va
taklif ta'sirida o`rnatiladigan narxlarni o`zgartirish yo`li bilan ham
daromadlarning taqsimlanishiga ta'sir ko`rsatadi. Me'yordagi oziq-ovqat
tovarlariga o`rnatiladigan imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal)
darajasi haqidagi qonunchilik davlatning, aholining ma'lum qatlami
daromadlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarining yana bir misolidir.
Resurslarni qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste'mol
qilish bilan bog`liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, ya'ni bevosita xaridor
yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga "joyini o`zgartirsa" vujudga keladi.
Bu qo`shimcha samara deb ataladi, chunki u bozor qatnashchisi
hisoblanmaganlar xissasiga to`g`ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi.
12
Bunga atrof muhitning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo
korxonasi o`zlarining sanoat chiqitlarini ko`l yoki daryoga oqizsa bu
cho`miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi aholiga - zarar keltiradi.
Ishlab chiqaruvchi esa muhofaza inshoat va uskunalar o`rnatmaganligi
hisobiga ishlab chikarish harajatlarining ancha past darajasini ta'minlaydi.
Davlat resurslarining nomutanosib taqsimlanish vujudga keltiradigan bu
holatlarni tartibga solish uchun qonunchilik tadbirlarini qo`llaydi, yoki
maxsus soliq va jarimalardan foydalanadi.
1.2.Davlatning iqtisodiyotga ta`sir qilish usullari va vositalari.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan
foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruxlash mumkin:
•
bevosita ta'sir qilish usullari; •
bilvosita ta'sir qilish
usullari;
•
tashqi iqtisodiy usullar.
Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini
kutilgan yo`nalishda o`zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga
beriladigan pul miqdorini o`zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan
foydalanadi. Davlat kreditga bo`lgan talab va taklifni markaziy bank orqali
quyidagi yo`llar bilan o`zgartiradi.
Birinchidan,
davlat
markaziy
bank
ehtiyojlari
orqali
banklar
mablag`larining qarzga beriladigan va extiyot (rezerv)da turadigan qismlari
ulushini o`zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan pul miqdori o`zgaradi, ya'ni
uning taklifi oshsa foiz kamayadi, aksincha u kamaysa foiz oshadi. Foizning
13
kamayishi kredit olishga intilishni kuchaytiradi va bu investitsiya faolligi
orqali iqtisodiy o`sishni rag`batlantiradi.
Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz
berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o`sishiga ta'sir
qilishini ta'minlaydi.
Uchinchidan, davlat markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini
tarqatadi, o`z obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog`ozlarini sotib oladi.
Natijada taklif etilgan pul mikdori o`zgarib, bu foizga ta'sir etadi. Davlatning
pulga bo`lgan talab va taklifini o`zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat
deb yuritiladi.
Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini
o`zgartirishga qaratiladi. Davlat harajatlarini qoplash uchun moliyaviy
mablag`larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan
xo`jalik sub'eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta'sir ko`rsatishda xam
keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq
tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to`lashda
berilgan imtiyozlarga bog`liq bo`ladi.
Davlat
iqtisodiyotni
tartibga
harajatlaridan ham foydalanadi.
14
solish
vositasi
sifatida
byudjet
Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari,
hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol
bo`ladi.
IDTTSda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya
ajratmalari aloxida rol o`ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg`arish va
iktisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni rag`batlantirishning asosiy vositasi
hamda iqtisodiy sikli va bandlikka ta'sir ko`rsatuvchi muhim dastak
hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo`yilmalari muhim rol
o`ynaydi. Jumladan, bozor kon'yukturasi yomonlashgan, turg`unlik yoki
inqiroz sharoitida xususiy kapital qo`yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari
esa odatda o`sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va
ishsizlikning o`sishiga qarshi turishga harakat qiladi.
Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning
ko`rsatkichlari.
15
Aholi daromadlari deyilganda ularning ma'lum vaqt oralig`ida (masalan,
bir yilda) pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori tushuniladi.
Aholi iste'mol darajasi to`g`ridan-to`g`ri ularning daromadlari darajasiga
bog`liq bo`ladiki, bu daromadlarning aholi turmush darajasidagi rolini
belgilab beradi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan
daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini,
mulkdan foiz, devidend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli
qog`ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik
buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan
daromadlarni o`z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining
o`z iste'mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlardan iborat bo`ladi.
Jamiyat a'zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining
muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam
olishi, , bilim olishi, sog`ligini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi
imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta'sir
ko`rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi,
iste'molchilik bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi kabilar muhim
o`rin tutadi.
Birinchi prezidentimiz ta'kidlab o`tganlaridek: «mustaqillik yillarida
odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham
tubdan o`zgaradi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga
bog`liq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda».
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida
bo`lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
16
Nominal daromad – aholi tomonidan ma'lum vaqt oralig`ida olingan pul
daromadlari miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo`lgan daromad – shaxsiy iste'mol va jamg`arma
maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad. Bu daromad nominal
daromaddan soliqlar va majburiy to`lov summasiga kam bo`ladi.
Real daromad – narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining
ixtiyorida bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar
miqdorini ko`rsatadi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib,
ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillariga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul
tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
Respublikamizda 2000 yilda aholi pul daromadlari 1999 yilga nisbatan
157,7 foizga, oylik nominal ish haqi esa 148,7 foizga o`sgan.
Aholining yollanib ishlovchi qismi olinadigan daromadlarning asosiy
qismini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham, pul
daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o`zining etakchi rolini saqlab
qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo`yicha
to`lovlar sezilarli ta'sir ko`rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta'minoti
amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to`lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari
qo`yidagilardan iborat: davlat sug`urtasi bo`yicha to`lovlar; shaxsiy uy
17
qurilishiga va matlubot jamiyati a'zolariga bank ssudalari; jamg`arma bankiga
qo`yilmalar bo`yicha foizlar; aktsiya, obligatsiya bahosining ko`payishidan
olinadigan daromad va zayom bo`yicha to`lovlar; lotereya bo`yicha yutuqlar;
tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo`sh
mablag`lar; har xil turdagi kompensatsiya to`lovlar va h.k.
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne'matlar to`plami mehnat sharoiti,
ta'lim, sog`liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni
o`z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a'zolarining
alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog`liq. Turmush darajasini
mamlakat darajasida g`butun aholi uchung` va tabaqalashgan mikro darajada
g`aholining alohida guruhi uchung` qarab chiqish mumkin. Birinchi
yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga
to`g`ri keladigan ichki milliy mahsulot ko`rsatkichi bo`yicha aniqlab, qiyosiy
tahlil qilish imkonini beradi.
18
II bob. Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat
mexanizmlari.
2.1.Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari.
Iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi Iqtisodiy adabiyotlarda
iqtisodiyotni boshqarish, tartibga solish, tartiblashtirish kabi tushunchalar
ko‘pincha bir xil ma’noni anglatuvchi tushunchalar sifatida qo‘llaniladi.
Jumladan, boshqarish nazariyasining asoschisi fransiyalik Anri Feyil
boshqarishga shunday ta’rif beradi: «Boshqarish barcha imkoniyatlardan iloji
boricha foyda olgan holda mehnat ahlini korxona maqsadlari sari
yetaklashdir...
Boshqarish, avvalo, hamma narsani oldindan ko‘ra bilish, keyin rejalashtirish,
tashkilotchilik, muqobillashtirish va nazoratdan iborat». Agar biz uning bu
ta’rifini iqtisodiyotni boshqarish, ya’ni tartibga solish amaliyotiga tatbiqan
qarasak, boshqarish iqtisodiy faoliyatga muayyan yo‘nalish berib, ko‘zlangan
natijaga erishish maqsadida shu jarayonlarga hamda faoliyat ko‘rsatayotgan
kishilarga ish yurituvchilarning ongli ta’sir ko‘rsatishidir ma’nosi kelib
chiqadi. Ma’lumki, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiyotni ikki darajada:
makro va mikrodarajada o‘rganadi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartiblash
ham shu ikki darajada olib boriladi. Mikrodarajada tartiblash deganda ma’lum
bir korxona yoki firma faoliyatini boshqarib, tartibga solib borish tushuniladi.
Makrodarajada tartiblash deganda ma’lum bir mamlakatning iqtisodiyotini
tartibga solib boshqarib turish tushuniladi. Mamlakat iqtisodiyoti bir qator
iqtisodiy nisbatlarning o‘zaro birbiri bilan chambarchas bog‘liqligidan iborat
bo‘ladi. Bu makroiqtisodiy nisbatlarni, undagi turli bo‘g‘inlar faoliyatini
birbiriga bog‘liq va bir-biriga mos holda rivojlantirib borish, aniq
muvozanatlashuviga erishishni ta’minlash makroiqtisodiy tartiblash deyiladi.
19
Har bir mamlakat iqtisodiyoti milliy iqtisodiyot deb yuritiladi va bozor
sharoitida unda, eng avvalo, yalpi talab bilan yalpi taklifning bir-biriga mos
bo‘lishi zarur bo‘ladi. Bu vazifani bajarishda iqtisodiyotni tartibga solishning
ikki usulidan foydalaniladi: 1. Iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartiblashi — bozor
mexanizmi usuli. 2. Davlat tomonidan tartibga solish usuli. 188 Iqtisodiyotni
o‘zini o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi usulida narx asosiy rol o‘ynaydi.
Bozorda narx o‘zgarishiga qarab tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat
ko‘rsatuvchilar o‘z faoliyatlarini o‘zgartirishga majbur bo‘lib, bozorga
moslashib harakat qilishadi. Bozor mexanizmi — bu bozordagi talab va
taklifga mos ravishda, narx orqali bozor munosabatlari ishtirokchilarining
iqtisodiy xattiharakatlarni o‘zaro moslashtirishlaridir. Shu yo‘l bilan
makroiqtisodiy nisbatlarning bir-biriga muvofiqlashuvi, ya’ni makroiqtisodiy
darajada yalpi talab va taklifning muvozanati kelib chiqadi. Bu iqtisodiy
adabiyotlarda erkin raqobat sharoitida to‘la amal qiladigan bozor qonuni deb
aytiladi. Birinchi marta ingliz klassik iqtisod namoyandasi bo‘lgan A. Smit
o‘zining mashhur «Odamlar boyligining tabiati va sabablari xususida
tadqiqot» kitobida iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi
to‘g‘risida nazariy fikrlarini asoslab, uning uch fundamental qoidasi borligini
ta’kidlaydi va ularni yoritib beradi. Birinchi qoida sifatida bozor mexanizmini
tartibga solishga davlat aralashmasligi kerakligini aytadi. Bu «Olam o‘zo‘zidan harakatlanadi», «Hammasi o‘z navbati bilan bo‘lgani ma’qul»
deganidir. Uning fikricha, davlat tinchlikni saqlasa, me’yorida soliqlar
belgilasa, adolatli sud qilishni ta’minlasa bo‘lgani, qolganini bozorning o‘zi
bajaradi fikrini A. Smit davlat xarajatlarini aniq belgilab berish bilan asoslaydi
va shunday deydi: «Mamlakat mudofaasi, huquqni himoya qilish,
20
ijtimoiy ishlar va ijtimoiy muassasalar (savdoni rivojlantirishga, maorifga
ta’sir ko‘rsatish uchun) xarajatlari iqtisodiyotni boshqarish xarajatlari deb
ko‘rsatilmagan, demak, davlat iqtisodiyotni tartibga solishda qatnashmaydi. U
holda kim yoki nima boshqaradi? Bu «ko‘rinmas qo‘l»dir. Ikkinchi qoida —
«ko‘rinmas qo‘l» haqida bo‘lib, u butun xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar
va xizmat ko‘rsatuvchilarni jamiyat manfaatiga xizmat qilishga undaydi. A.
Smitning fikricha, o‘z manfaati uchun qayg‘uruvchi tadbirkorni «ko‘rinmas
qo‘l», umuman, uning niyatiga kirmagan maqsadga yo‘naltirishi mumkin.
«Ko‘zga ko‘rinmas qo‘l» — bu bozor, undagi talab va taklif, raqobat. Ular
asosida narx tashkil topadi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi aniq to‘lovga
qodir talabni qondirishga intilar ekan, bu bilan jamiyatning yalpi ehtiyojini
qondirishdan manfaatdor bo‘ladi. U ishlab chiqargan tovarni sotishi kerak.
Shuning uchun foyda olish maqsadida xohlaydimi-xohlamaydimi iste’molchi
talabiga moslashishga majbur. Bunga davlat aralashuvining keragi yo‘q deb
aytadi. 189 Uchinchi qoida — bozorning o‘zini o‘zi boshqarishi to‘g‘risidagi
qoida hisoblanadi. Bu mexanizm tovar taklifi bilan bozor talabi o‘rtasidagi
to‘g‘ri va qarama-qarshi iqtisodiy aloqalarni mujassamlashtiradi, deb yozadi.
Ma’lumki, 8-bobda bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch — bu raqobat
ekanligini va uni bozorni o‘zini o‘zi tartiblashning eng asosiy vositasi deb
ko‘rsatib o‘tgan edik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o‘z
tovarining sotilishi yoki sotilmasligini oldindan bilmay ishlashi mumkin emas.
Hozir korxona bozor talabini o‘rganib, aniq maqsadni ko‘zlab, xarajatlarni
hisob-kitob qilib, ishlab chiqarmaydigan bo‘lsa, u o‘z tovarini sota olmay
zarar ko‘rib qoladi. Korxonaning bozor talabiga rioya qilishining o‘zi
iqtisodiyotning mikroiqtisodiy darajada tartibga solinishini bildiradi. Bozor
mexanizmining asosiy unsuri bo‘lgan ayirboshlash, ishlab chiqarishni iste’mol
21
bilan bog‘laydigan hamda uyg‘unlashtiradigan vosita hisoblanadi. Shuning
uchun har bir korxona raqobatda qatnashar ekan, xarajatlarni pasaytirish
yo‘llarini qidiradi.
Ishlab
chiqarayotgan
tovarlarini,
takomillashtirib borishga,
ko‘rsatayotgan
innovatsion
xizmatlarini
yondashuv asosida
doimo
tovar va
xizmatlarning yangi-yangi turlarini bozorga taklif qilishga harakat qiladi.
Ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozor talabini
qondirmayotgan bo‘lsa, mutlaqo yangilarini yaratishga o‘tadilar. Ishlab
chiqaruvchi korxonalar, xizmat ko‘rsatuvchi firmalarning faoliyati bozordagi
o‘zgarayotgan talab tomonga moslashib borishi orqali iqtisodiyotni tartibga
solish bozor mexanizmining namoyon bo‘lishini ifodalaydi. Korxonalar,
firmalarning tovar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishning bozor talabiga
qarab moslashib borishi jarayonida mamlakatdagi mavjud resurslardan
samarali foydalanilishi ta’minlanadi. Natijada bozor mexanizmining
qiymatlar yaratishda qilinadigan xarajatlarni kamaytirib borish bilan ishlab
chiqarish zarurligini belgilashi bozorning o‘zini o‘zi tartiblashining bir usuli
sifatida ko‘rinadi. Bozor uchun ishlayotgan har bir tadbirkor o‘z
iste’molchilarining talabiga muvofiq nima ishlab chiqarish, qanday, qancha va
kim uchun ishlab chiqarish kerakligini o‘zi hal qiladi. Narxni esa bozor
stixiyali tarzda talab va taklif qonuniga asosan belgilaydi. Bu bozordan ishlab
chiqarishga doimiy yuboriladigan narx — signal sifatida xizmat qiladi. Bu
signalga asosan, bozordagi narxlar, talab va taklif nisbatiga qarab, tadbirkorlar
o‘z ishlab chiqarish faoliyatlariga o‘zgarishlar kiritishadi, xaridorgir tovarlar
ishlab 190 chiqarishga harakat qiladilar. Xuddi shu holatni o‘rganib chiqqan
J.B. Sey bozor qonunini ta’riflab, tovarni tovarga ayirboshlash bozorda talab
bilan taklif muvozanatini o‘rnatadi deydi. Uning fikricha, taklif o‘z talabini
22
vujudga keltiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar iqtisodiyotning birlamchi
bo‘g‘ini bo‘lgan korxona va firmalar faoliyatining bir-biri bilan bozor orqali
chambarchas
bog‘langanligini
va
bozor
talabi
orqali
moslashib,
tartiblashtirilib borilishini bildiradi. Iqtisodiy faoliyat bozor mexanizmi orqali
tartiblanishi, asosan, mikroiqtisodiy miqyosda yuz beradi. Ma’lumki, bozorda
turli-tuman mulkchilikka asoslangan xo‘jalik subyektlari bir-biri bilan bog‘liq,
shu bilan birga ularning har biri o‘z manfaatidan kelib chiqib, o‘zaro
raqobatlashadilar. Bozordagi raqobat korxona va firmalar oldiga sifatli
mahsulotlarini iste’- molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish uchun qattiq
talab qo‘yadi. Tovarni iste’molchiga yetkazishda xizmat ko‘rsatuvchi boshqa
firmalarni jalb etadilar. Bu esa, unda qatnashuvchilar faoliyati bir-biriga
uyg‘unlashtirilishini talab etadi.
Bunda individual talabehtiyojlar o‘zaro uyg‘unlashib, yalpi talabni hosil etsa,
individual ishlab chiqarishlar ham birgalikda ijtimoiy ishlab chiqarish — yalpi
taklifni vujudga keltiradi. Bu, o‘z navbatida, mikroiqtisodiy tartiblash
uyg‘unlashib, makroiqtisodiy darajaga ko‘tarilganligini bildiradi.
2.2.Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi
Yuqorida ko‘rsatilganlarga umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki,
bozor mexanizmi iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada to‘la tartibga sola
olmaydi, chunki butun mamlakat miqyosida turli korxona, firmalar faoliyatini
to‘la muvofiqlashtira olmaydi. Natijada vaqt-vaqti bilan iqtisodiy inqirozlar
bo‘lib turadi. Bozor mexanizmi iqtisodiyotni to‘la tartiblashni ta’minlay
olmaganligi sababli, bu jarayonga davlat aralashuvi zaruriyati kelib chiqadi.
Natijada iqtisodiyotni davlat mexanizmi orqali tartiblash amalga oshiriladi.
23
10.2. Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmi Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish deganda, davlat o‘z iqtisodiy tadbirlari orqali
iqtisodiy faoliyatga ta’sir etishi tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan
tartibga solishning ikki asosiy yo‘li mavjud: 1. Monopol, markazlashgan
ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan holda rejali tartibga solish. 191 2. Erkin
tadbirkorlikka asoslangan, iqtisodiyotni cheklangan tarzda tartibga solishdan
iborat. Monopol rejali tartibga solishda davlat markazdan turib yakkahokimlik
bilan iqtisodiy jarayonni boshqaradi. Rejali iqtisodiyotda nima ishlab
chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish va kim uchun
ishlab chiqarish kabi masalalar barchasi davlat rejasida belgilanadi. Bu reja
har bir korxona, muassasa, tashkilot, soha, tarmoq uchun majburiy bo‘lib,
undan chetga chiqib bo‘lmaydi va har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt uning
bajarilishini ta’minlashi shart bo‘ladi. Agar korxona o‘z xo‘jalik rejasini
oshirib bajarsa, mukofotlanadi, bajara olmasa, unga nisbatan choralar
ko‘riladi. Òarixiy taraqqiyot jarayoni shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy xo‘jalik
jarayonini boshqarishda davlat yakkahokimligi kutilgan natijani bermas ekan.
Bu sobiq Sovet imperiyasi davrida boshqarishning markazlashtirilgan
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi misolida tasdiqlandi. Sobiq Ittifoq iqtisodiyoti
asosini ishlab chiqarish vositalarining davlat mulki va markazlashtirilgan
iqtisodiy rejalashtirish tashkil etgan edi. Ishlab chiqarishning shaxsiy-insoniy
omili faqat mehnat qilishar, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishdan
mahrum qilingan edi. Natijada ularning ishlab chiqarishda qatnashuvidan
moddiy manfaatdorligi faqatgina ish haqi va ayrim hollardagina mukofotlar
bilan chegaralanib qo‘yilgan edi. Bu esa ularning o‘z mehnati va
tashabbuskorligidan olishi mumkin bo‘lgan manfaatdorligini butunlay yo‘q
qilib qo‘ygan edi. Mehnatga jalb qilishning iqtisodiy zo‘ravonlik usuli keng
24
qo‘llanilgan. Mamlakatdagi boy tabiiy va iqtisodiy resurslardan foydalanishda
isrofgarchiliklar, xo‘jasizliklar, talon-tarojliklar keng avj oldi. Iqtisodiyotda
ba’zan erishilgan yutuqlar juda katta resurslar xarajati hisobiga bo‘ldi. Oxir
oqibatda, boshqarishning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
hukmronligida iqtisodiy faoliyat olib borgan sobiq sho‘ro va umuman,
sotsialistik jamiyat o‘zini o‘zi iqtisodiy eplay olmay, yo‘q bo‘lib ketdi.
Binobarin, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlashda boshqarishning
qaysi tizimini tanlab olishning ahamiyati juda katta ekan. Bozor tizimi
sharoitida iqtisodiyotni tartiblashning bu ikki tizimidan ham bir-birlariga
muvofiqlashtirilgan holda foydalanish o‘zining ijobiy natijasiga ega ekanligini
O‘zbekiston misolida ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Xususiy mulk,
baholarning erkin shakllanishi, foyda olishga intilish va raqobatga asoslangan
boshqarishning 192 iqtisodiy tizimida resurslar taqsimoti bozorda, talab va
taklif qonunlari harakatiga muvofiq amalga oshiriladi. Shu usuldagi ko‘p
mamlakatlar iqtisodiyotini tartibga solish tajribasi ularning tez sur’atlar bilan
rivojlanishini ta’minlaganligini keyingi o‘n yilliklar tajribasi tasdiqlab turibdi.
Bu yerda davlatning ayrim iqtisodiy vazifalari bozor iqtisodiyoti tizimini
qo‘llabquvvatlash va uning amal qilishini yengillashtirish maqsadini
ko‘zlaydi. Bu sohada davlatning quyidagi ikki muhim faoliyat turini
ko‘rsatsak bo‘ladi: 1. Bozor tizimining samarali amal qilishiga yordam
beruvchi huquqiy baza va ijtimoiy muhitni yaratib berish. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida qayd etilgan «Jamiyatning iqtisodiy
negizlari» to‘g‘risidagi qoidalar, O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik
to‘g‘risidagi, yer to‘g‘risidagi, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, banklar va bank
faoliyati to‘g‘risidagi, soliq to‘g‘risidagi, iste’molchilar huquqini himoya
qiluvchi va boshqa ko‘pdan ko‘p qonunlari bozor iqtisodiyotining samarali
25
amal qilishini ta’minlovchi huquqiy baza bo‘lib xizmat qiladi. 2. “Raqobatni
himoya qilish. Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga keltiruvchi
mexanizm hisoblanadi. Raqobat ishlab chiqaruvchilarni va resurslar yetkazib
beruvchilarni xaridor hukmiga yoki iste’molchi daxlsizligiga bo‘ysundirib
beradi.” Raqobatdan ishlab chiqaruvchilar ham, iste’molchilar ham, davlat
ham, jamiyat ham manfaatdor. Shuni hisobga olgan holda davlat qonunlar
orqali raqobatni himoya qiladi, raqobat muhitini saqlashga harakat qiladi.
Raqobatni himoya qilish, raqobat muhitini yaratish vazifalarini amalga oshira
borib, davlat bozor tizimi amal
qilishini kuchaytiradi, unga o‘zgartirishlar kiritadi. Yuqorida aytilganlardan
ko‘rinib turibdiki, umuman olganda, iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va
davlat mexanizmi birbiridan farq qiladi hamda bir-birini to‘ldiradi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi ma’lum me’yorda
bo‘lgandagina
iqtisodiyot barqaror rivojlanib, ijtimoiy e’tirozlarga o‘rin qolmaydi
26
III bob. O`zbekistonda bozor islohotlariniamalga oshirish va uning
asosiy yo’nalishlari
3.1 O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish bosqichlari
Davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi O`zbekistonda bozor
munosabatlariga o`tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratildi.
O`zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib,
o`zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`limizni belgilash dastlabki
kunlarning eng muhim vazifasi bo`lib qoldi. O`zbekiston tanlagan islohot yo`li
ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor
munosabatlariga
asoslangan
demokratik
jamiyat
qurishning
asosiy
yo`nalishlari Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi
rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan
tan olindi va o`zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning
asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
— iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy taziyqlarsiz, o`ziga xos ichki
qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak:
— davlat bosh islohotchi o`rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor
yo`nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim:
— bozor munosabatlariga o`tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq
tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart.
— bozor munosabatlarni joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning
kuchli ijtimoiy siyosatini o`tkazish:
— ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo`nalishini belgilab beruvchi
tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o`tish evolutsion yo`l bilan bosqichmabosqich amalga oshirilishi zarur.
27
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o`tish tamoyillari asosida g`oyat mas`uliyatli
va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy
strategiyaning boshlang`ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarning
pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir.
Bu
vazifa
markazlashtirilgan,
ma`muriy buyruqbozlikka
asoslangan
iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat
holatiga o`tishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga qo`ra ustuvor vazifalar
bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga
o`tish davridagi bir-biriga bog`liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to`g`ri
keldi:
Ma`muriy buyruqbozlik tizimining og`ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni
barkororlishtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu
bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g`oyat muhim yo`nalishlari
O`zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab beriladi:
— o`tmish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining
qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish:
— qishloq xo`jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish:
— ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy shartlaridan biri-mulkni davlat
tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat
monopoliyasi tugatilib, ma`muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor
iqtisodiyotiga
shakllantirildi.
asos
solindi,
Mulkni
xususiy
mulkdorlarning
xususiylashtirish
va
iqtisodni
keng
qatlami
shakllantirish
O`zbekistonda o`ziga xos yo`l bilan birinchi bosqichda 1992-1993 yillari
28
amalga oshirildi.Bu davrda asosan maishiy hizmat va savdo korxonalari,
transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat san’at va mahsulot qayta
ishlash korxonalari mulk shaklini o`zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va
aktsiyadorlik
shakliga
aylantirildi.
Uy
joylar
keng
miqyosda
xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon
narxda xususiy mulk etib beriladi.
Davlat
mulkini
xususiylashtirishning
ikkinchi
bosqichi
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya
qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to’g`risida qarori
asosida olib borildi.
Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aktsiyasini
chiqarish, auktsion (kim oshdi) savdosi oqlash davlat mulkini shaxslarga
yuborish qimmatbaho qog`ozlarni chiqarish va xususiylashtirshini yoppasiga
olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.
Aloqa, transport, geologiya qidiruv yoqilg`I – energetika komplekslari
xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda kimyo, oltin qazish, paxta tozalash,
tog`-kon sanoatida — 51% aktsiya davlat ixtiyorida qoladigan bo`ldi.
Jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan va aholining iste`mol
talablarini qondiradigon mahsulot ishlab chiqarishni tashqil qilish zarur edi.
Mamlakatimizning yoqilg`i mustaqilligiga erishish siyosati izchillik bilan
amalga oshirildi. Istiqlolga erishgan O`zbekiston tarixda ilk bor 1995 yilda
neft mustaqillgiga erishdi.
O`zbekistonning jahondagi ko`plab mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy
aloqalari kengayib mutahkamlanib bormoqda. Endilikda jahonning 35
mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g`risida bitim tuzilgan.
29
1999 yil 1 yanvar holatiga ko`ra O`zbekistonda 3.592 qo`shma korxona
ro’yxatga olingan Endilikda jahondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan
qizilqumning oltin va uran boyliklari mamlakatimiz tarakkiyotiga hizmat
qilmoqda. O`zbekistonning istiqlol mashinasozlik sanoatini, ayniqsa uning
muhim tarmog`i-avtomobilsozlikning rivojlannishiga bog`liq. 1992 yilning
avgust oyida janubiy Koreya Respublikasi bilan O`zbekiston o`rtasida
tuzilgan bitim asosida O`zDEU avto qo`shma korxonasi tashkil etildi va Asaka
shahrida yengil avtomashinalar ishlab chiqarishga kirishildi. 1996 yilning
mart-iyul oylarida O`zDEU avtokorxonasi TIKO, NEKSIYA DAMAS yengil
avtomashinalarini chiqara boshladi.
1993 yilda GFR dagi Mersedes Bents AG korporatsiyasi bilan Xorazmda yuk
avtomashinasini chiqarish uchun shartnoma tuzildi. 1994 yili Do’stlik
avtomobil zavodida datlabki 350 Mersedes Bents yuk avtomobili ishlab
chiqildi. 1995 yili O`zavtosanoat uyushmasi bilan Turkiyaning mashhur
Kochxolding
kompaniyasi
o`rtasida
tuzilgan
shartnoma
asosida
Samarqandning Sug`diyona mavzesida qad ko’targan avtobus zavodi 1999 yil
mart oyida o`zining mahsulotini bera boshladi.
Iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi bo’g`ini
o’tkazish,
uni jadal
rivojlantirishga alohida e`tibor beriladi.
Qishloq xo’jaligida islohotlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida
elga
mulkchilik
masalasi
hal
qilindi.
O`zbekiston
Respublikasida
sug`oriladigan yerlarning kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib
sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan
topshirish mumkinligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq X sessiyasi (dekabr
,1997-yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o`zgartirish yuzasidan
30
qator qonunlar qabul qildi. Yer kodeksi, Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat
xo`jaligi) to`g`risida Dehqon xo`jaligi to`g`risida, Yer kadastri to`g`risidagi
qonunlar qishloq xo`jaligining huquqiy asoslarini mustahkamladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pulkredit tizimi shakllantirildi.
1991-1996 yillar davomida O`zbekiston Respublikasi hukumati milliy bank
va moliya tizimi yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qildi.
1994-yilning
1-iyuldan
boshlab
iqtisodiy
mustaqillikning
zaruriy
sharti tariqasida O`zbekiston Respublikasining pul birligi so’m muomalaga
kiritildi.
Milliy
valyutaning
muomalaga
kiritilishi
iqtisodiyotni
barqarorlashtirish, korxonalar va tarmoqlar moliyaviy ahvolini mustakamlash,
aholi va mamlakat iste`mol bozorini muhofaza qilishda katta o`rin tutdi.
Mustaqil
O`zbekiston
xazinasini
to`ldirivchi
iqtisodiy
islohotlarni
muvaffaqiyatli o`tkazishning asosiy manbai soliqdir. Shuning uchun soliq
tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katta e`tibor beriladi.
Iqtisodiy islohotlarning yutuqlari mamlakatda iqtisodiy barqororlikni
ta`minlamoqda. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb
muammolardan biri-xalqimizning ma`naviy merosini tiklash va uning yanada
kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish edi. O`zbekiston Prezidenti I.A.
Karimov o`zining O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li kitobida
O’zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g`oyat rang-barangligi, milliy
o`zligini aglash va ma`naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy
birlikda jamiyatni yangliash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli
omil bo`lib hizmat qiladi va ruspublikaning jahon hamjamiyatiga ko`shilishi
uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirada, deb ko`rsatgan edi. (Karimov I.A.
O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqqiyot yo`li. T, 1992y, 13 bet)
31
O`zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma`naviy
yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama
mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo`lmaydi.
Mustaqillik yillarida ma`naviy sohada yuz bergan o`zgarishlarni eng muhimi
xalqning uzoq yillar mobaynida to`plagan boy tarixiy-madaniy merosiga
e`tiborning kuchayishi bo`ldi.
Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta
mablag`lar ajiratildi.
3.2.O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy
yo`nalishlari
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir
turidan butunlay boshqa yangi turiga o`tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini
ishlab chiqish va uning asosiy yo`nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi.
“Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub o`zgarishlarni amalga oshirishga
qaratilgan iqtisodiy chora- tadbirlar majmui.”
Iqtisodiy islohotlardan ko`zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun
yashash va faoliyat ko`rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning
ma`naviy- axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni
ta`minlashdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni
amalga
oshirishning asosiy
yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
-
mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
-
agrar islohotlar;
-
moliya-kredit va narx-navo islohoti;
-
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
32
tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; -
-
Mulkchilik
munosabatlarini
tubdan
ijtimoiy islohotlar.
o`zgartirish - bu
iqtisodiy
islohotlarni bosh bo`g`inidir, chunki shu orqali ko`p ukladli iqtisodiyot
va
raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda
bozor
iqtisodiyotiga
o`tishning shart-sharoitlari yaratiladi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq
qishloq ho`jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab
bo`ldi:
-
Respublikada va uning iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka
egaligi, aholining ko'pchiligi qishloq xo`jaligda bandligi, iqtisodiy o`sishning
kup jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog`liqligi;
-
Respublika butun sanoat potentsialining yarmiga yaqinini tashkil
qiladigan sanoatning kupgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to`qimachilik,
yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo`jaligi mashinasizligi va
boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo`jaligiga bog`liqligi;
-
mustaqillik
sharoitida
qishloq xo`jaligining
oziq-ovqat
muammosini hal etishdagi rolining ortib borishi.
Moliya-kredit sohasini isloh qilish iqtisodiy tizimni izchillik bilan
bozor munosabatlariga o`sib utishida alohida o`rin egallaydi. Moliyaviy
munosabatlarda davlat byudjeti tanqisligini kamaytirib borish, byudjetdan
beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish,
birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchun ehtiyojlari
uchungina byudjetdan mablag` ajratish, xalq xo`jaligini rivojlantirishda
33
investitsiya kreditlaridan keng
foydalanish
islohatlarning
asosiy
yo`nalishlari hisoblanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni
erkinlashtirishdir. Narxlarni erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh
qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi
qisqartiriladi va
keyin ichki narxlar jahon narxlariga
muvofiqlashtirib
boriladi. Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xomashyo va
mahsulot
ayrim turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari o`rtasidagi
tenglikka erishishga harakat qilinadi. Narxlar islohoti boshlangandan 1994
yilgacha hamma turdagi xomashyo va mahsulotlar bo`yicha erkin narxlarga
o`tildi, barcha iste`mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimni
yaratishni talab qiladi. Shunga asosan kuplab markaziy iqtisodiy organlar va
vazirliklar tugatildi:
1. Davlat reja qo`mitasi;
2. Davlat ta`minot qo`mitasi;
3. Davlat narxlar qo`mitasi;
4. Davlat agrosanoat qo`mitasi va boshqalar.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman va shahar) ijrosiga
boshqaruv vazifalarini bojorish uchun hokimlik joriy qilindi. Bozor islohotlari
bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab oladi. Bunda
moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug`urta, auditorlik, yuridik va
konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo
qilinadi. Bu birqancha yo`nalishlar bo`yicha bordi.
34
Birinchi yo`nalish bo`yicha tovar xom ashyo birjasi tizimi rivojlandi.
Bu o`z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi
firmalar paydo bo`lishiga olib keldi.
Ikkinchi yo`nalishda
kapital bozorining ishini
ta`minlaydigan
tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori
vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo`lmagan sug`urta kompaniyalari
tuzildi.
Uchinchi yo`nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat
bo`lib, bu sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o`z ichga oluvchi katta
tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu
sohada islohotlarni amalga oshirish borasidagi respublikaning zamonaviy
tashqi iqtisodiy kompleksi mutlaqo yangidan shakllantirildi. Tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan shug`ullanishi zarur bo`lgan muassasalar (tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi.
35
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Tovar va moliya bozorlarida monopoliyani
bosqichma-bosqich kamaytirish orqali samarali raqobat muhitini yaratish
maqsadida mamlakatimizda iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish,
narxni ortiqcha tartibga solishdan voz kechish va davlatning iqtisodiyotga
ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, oldimizda davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi
subyektlar monopoliyasining iqtisodiyot raqobatbardoshligiga salbiy ta’sirini
yanada kamaytirish, imtiyoz va preferensiyalar berish tizimi samaradorligini
oshirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tartibga solish yukini
pasaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar turibdi.
Tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlik
subyektlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish, oshkoralikni ta’minlash
va davlat xaridi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida,
shuningdek
2017
—
2021yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini
“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga
oid davlat dasturiga muvofiq “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va
iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul
qilindi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan
yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar)
o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda
keltiradigan
narxda
sotish,
umuman
iqtisodiyotda
o‘z
mavqeini
mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish
36
vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun
ham kurashadi.
Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni
o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadiResurslarni yetkazib
beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi)
yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar.
Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi
raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan
sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab
chiqarishni talab
(iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan
iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali,
ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar
orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida
tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish
omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga
oqilona joylashtirish imkonini beradi.
vazifasi
fan-texnika
Raqobatning
innovatsion
taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda
bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli
ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va
tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib,
ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan
xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
37
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi
hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga
bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish
vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan
monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega
bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida
ajratilib ko‘rsatiladi.
38
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1.
O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
2.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
PF-6019
06.07.2020
3.
Campbell R. McConnel, Stanley L. Brue, Sean M. Flynn.
Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19 th ed. – New York.
The McGraw-Hill Companies, Inc., 2015. P. 604. .
4.
Аддреу ас-Колелл и др. икроэкономическая теория. Учебник.
– .: Дело и Сервис, 2016. - 630 стр.
5.
Тарануха .В. икроэкономика. Учебник. – .: Дело и Сервис,
2011. - 580 стр.
6.
Пиндайк Р., Рубинфильд Д. Микрэкономика. / Пер. с англ. –
СПб.: Питер, 2011. - с. 608.
7.
Нуриев Р. . Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – .: Норма,
2012. - с. 576.
8.
Sаlimov B.T., Muхitdinovа U.S., Mustаfаkulov Sh.I., Sаlimov B.B.
Mikroiqtisodiyot. Dаrslik. – T.: TDIU, 2005. - 230 b.
9.
To’xliyev N., Xaqberdiyev Q., Ermatov Sh., Xolmatov N.
O’zbekiston iqtisodiyoti asoslari. O’quv qo’llanma. T. O’ZME 2004,280 b.
10.
Веселов В.В. Химизация технологических процессов швейного
производства. Легпромбытиздат. 2006.-315 б.
11.
Шепелев Н.Н . Технология производства непродольственных
товаров. Учебник для ВУЗов. М .: Феникс. 2006.-315 с.
39
12.
Толибжонова
В.И.
“Ўзбекистонда
эркин
тадбиркорлик
фаолиятининг салоҳиятини ошириш ва уни бошқариш механизмлари”.
2009 йил, 154 бет
Internet saytlari
1.
mail.tdiu.uz– ТДИУ электрон кутубхонаси
2.
el.tfi.uz –ТМИ электрон кутубхонаси
3.
http://elib.me –электронные учебники по стратегическому
маркетингу
4.
http://lex.uz– Ўзбекистон Республикаси қонунчилиги
5.
http://www.alleng.ru – учебник, пособие, справочник по
маркетингу.
7.
www.aup.ru –административно-управленческий портал
8.
www.Ziyonet.uz –таълим портали
40
Download