Uploaded by Aziza Sadullayeva

S8 - MEXRINISO

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA
VAZIRLIGI
Osiyo Xalqaro Universiteti
IJTIMOIY FANLAR VA TEXNIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
,,IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
KURS
ISHI
Mavzu: Iqtisodiy raqobat mohiyati, uni amalga oshirish zarurriyati
Bajardi: S8-IQ-23 guruh talabasi
_________________ Nuraliyeva Mexriniso Raxmonovna
(imzo)
(ism sharif)
Kurs ishi himoya qiling an sana “____” __________ 2024 yil
Baho “___” ___________________
Ilmiy rahbar:
____________Jumayeva Zamira Bustonovna
(imzo)
(ism sharif)
Komissiya a’zolari: ___________ __________________________
(imzo)
(ism sharif)
___________ _____________________________
(imzo)
(ism sharifi)
BUXORO-2024
1
KURS ISHI UCHUN TAQRIZ
IJTIMOIY FANLAR VA TEXNIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
,,IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fani
Guruh
S8-IQ-23 guruh
Talaba familiyasi va ismisharifi Nuraliyeva Mexriniso Raxmonovna
Kurs ishi mavzusi Iqtisodiy raqobat mohiyati, uni amalga oshirish zarurriyati
Kurs ishining tarkibi.................................................................................................
Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar
ro'yxati………………………………………………….........................................
Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko'rsatgichi).........
Kurs ishining ijobiy tomonlari……………..............................................................
.................................................................................................................................
Kurs ishining kamchiliklari......................................................................................
..................................................................................................................................
Kurs ishiga qo'yilgan baho........................................................................................
Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi.................................................
2
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………..………... 4
I.bob. Raqobat
1.1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari………………………………….
6
1.2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari……………………
17
1.3. Narxning mazmuni va uning vazifalari, turlari……………………………….
22
1.4. Raqobatning turli ko`rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari.
24
II bob. Iqtisodiy raqobat
2.1. Iqtisodiy raqobat mazmuni……………………………………………………
2.2.
2.3.
33
Raqobat va baho……………………………………………………………… 35
Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch………………………………………….
37
2.4. Хalqaro raqobat kurashi………………………………………………………………………. 41
Xulosa……………………………………………………………………………..
44
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………................................................. 46
3
Kirish.
O’zbekistonning iqtisodiy jihatdan qudratli davlatga aylanishi bozor
iqtisodiyoti tizimini barpo etish vazifasi bilan bir davrga to’g’ri kelmoqda, ya’ni bu
ikki bir-biriga uzviy bog’liq ulug’vor ishni bir tarixiy davrda uddalashdek og’ir
muammoni hal qilishga to’g’ri kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, bir
tomondan eski iqtisodiy tafakkurdan voz kechish, yangi iqtisodiy tizimga o’tish
bo’lsa, ikkinchi tomondan mamlakatni og’ir iqtisodiy ahvoldan olib chiqish,
iqtisodiyotga yangi sifat berish, barqaror o’sish sur’atlari va biznes asoslarini
yaratish bilan amal qilinadi.
Bozor iqtisodiyotining asl ma’nosi iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish
tajribasidan voz kechib, o’zini - o’zi tartibga solish, yo’naltirishdir. Uning
markazida bozorga barqaror o’sish sur’atlari baxsh etib turadigan yangi bozor
mexanizmi tadbirkor inson turadi, inson omili yoki ish kuni yotadi. Boshqacha
aytganda, shunday sifatdagi biznes asoslari tayyorlanishi kerakki. U o’zida
hozirgi
zamon
ilmiy-texnika
inqilobiy
yutuqlarini
bartaraf
qiladigan
xususiyatlarini gavdalantirgan bo’lishi kerak, ayni vaqtda bu yangi ish kuchi
omili o’zida yuksak milliylik. O’z vatanini imkoniyatlaridan unumli foydalana
bilish xislatlarini ham egallashi darkor.
Demak, yangi iqtisodiy tizimga o’tish, mustaqil davlat qurishni har birimizdan,
birinchi navbatda, O’zbekiston taqdiri va kelajagi bo’lgan yoshlardan, ularda
zamonaviy iqtisodiy tafakkur, biznes asoslari va iqtisodiy tafakkur zaminida o’zi
va o’z xalqi, Vatani taqdiri uchun mas’uliyat hissini sezish yotadi. Bunga erishish
vositasi biznes asoslarini egallashdir, iqtisodiy qonunlar va tushunchalar
mazmunini chuqur idrok etish, bilib olishdir.
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari butun bir iqtisodiy tizimdir, murakkab
munosabatlar kompleksidir. Buning ma’nosi shuki, bozor munosabatlarini doimo
o’rganib borish asosidagina muvaffaqiyatli xo’jalik yuritish, yuksak natijalarga
erishish, o’z mulk va mablag’larimizdan eng unumli foydalanish natijasida
4
farovon
va to’q hayot kechirish mumkin, odamlarda yaxshi
yashash
ko’nikmalarni hosil qilish esa biznes asoslarini egallash orqaligina ta’minlanadi.
Buni bozor munosabatlari asosida yashayotgan, rivojlanib borayotgan o’nlab
mamlakatlar va xalqlar hayotidan ko’rib turibmiz.
To’g’ri, hozirgi vaqtda bozor munosabatlarini o’rganish bo’yicha ancha- muncha
ishlar qilinmoqda, turli mavzularda ma’ruzalar o’qilayapti, kurslar, xilma-xil
biznes maktablar, seminarlar tashkil etilmoqda, iqtisodiy litseylar, kollejlar va
sinflar ochilmoqda. Biroq, bunday uslubiy ishlar samara bera olmaydi. Chunki,
kishilarda chuqur bazaviy iqtisodiyoti va biznes asoslari bilimi etishmaydi. Axir
hanuzgacha bizning o’rta maktablarimizda, hunar kasb bilim yurtlarimizda
iqtisodiyot va biznes asoslari ta’lim berish bilan tushuniladigan iqtisodchi
pedagog kam.
Yana bir oddiy haqiqat shuki, har qanday tafakkur kabi iqtisodiy ta’limni
yoshlikdan, maktabdan boshlansagina, ijtimoiy hayotda sifat o’zgarishlari, o’sish
sur’atlari bo’lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda kelib bu dolzarb
vazifaning bajarilishini o’z holiga tashlab bo’lmaydi, bu g’oyat katta iqtisodiy va
ma’naviy yo’qotishlarga sabab bo’lishi mumkin
Hozirgi vaqtda respublikada kichik va o’rta biznes korxonalarini tashkil etish va
ularning moddiy-texnika ta’minoti hamda kreditlar ajratish yo’nalishlari bo’yicha
monitoring joriy etilgan, ular haqida ma’lumotlar muntazam umumlashtirib
borilmoqda. Ammo kichik va o’rta korxonalar faoliyati samaradorligini o’rganish
va ularning istiqboldagi rivojlanishini zamonaviy axborot kommunikatsiya
texnologiyalari
hamda
matematik
yo’nalishida ilmiy ishlar etarli
modellashtirish
emas.
asosida
tadqiq
qilish
Shularni hisobga
olgan
holda,
korxonalarning bozor muhitida faoliyat ko’rsatishi va ularning rivojlanish
qonuniyatlarini o’zida ifodalovchi ekonometrik modellashtirish usullarini va shu
asosida ekonometrik modellar turkumini ishlab chiqish muhim va dolzarb
muammolar qatoriga kiradi
5
1.1.
I bob. Raqobat
Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
Raqobat – bu yuqori foyda va daromad olish hamda naflilikning eng yuqori
darajada yetkazish maqsadida bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining
to`qnashishidir.
 Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat.
 Iste`molchilar o`rtasidagi raqobat.
 Resurs egalari o`rtasidagi raqobat.
Tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish, yuqori narxlarda sotish va bozordagi
mavqeini mustahkamlash orqali eng ko`p foyda olishga qaratildi. O`zlarining
iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish orqali
ko`proq omilli daromadga ega bo`lishga qaratiladi.
Daromadlarning mavjud darajasida ko`proq miqdordagi tovarlarni sotib olishga,
ya`ni sarflangan puli evaziga ko`proq naflilikka ega bo`lishga qaratiladi.
Raqobatning vazifalari:
1)
Tartibga solish vazifasi – ishlab chiqarishni talabga muvofiqlashtirish
maqsadida taklifga ta`sir o`tkazishdan iborat.
2)
Resurslarni joylashtirish vazifasi – ishlab chiqarish omillarini ular eng
ko`p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish
imkonini beradi.
3)
Innovatsion vazifasi – fan – texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi
hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli
ko`rinishdagi yangiliklarning joriy etishini anglatadi.
4)
Moslashtirish vazifasi – korxonalarning ichki va tashqi muhit
sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo`naltirilgan .
5)
Taqsimlash vazifasi - ishlab chiqarilgan ne`matlar yalpi hajmining
iste`molchilar o`rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta`sir
o`tkazadi.
6
6)
Nazorat qilish vazifasi – bozordagi ba`zi ishtirokchilarning boshqa bir
ishtirokchilar
ustidan
monopolistik
hukmronlik
o`rnatishiga
yo`l
qo`ymaslikka yo`naltirilgan.
Raqobat shakllari:
1. Ishlab chiqaruvchi larning bozordagi mavqeiga ko`ra:
1)
Sof yoki erkin raqobat;
2)
Sof monopoliya;
3)
Monopolistik raqobat;
4)
Oligopoliya.
2. Miqyosiga ko`ra:
1)
Tarmoqlar ichidagi raqobat;
2)
Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat;
3)
Millliy xo`jalik doirasidagi raqobat;
4)
Jahon xo`jaligi doirasidagi raqobat.
3. Sodir bo`lish xarakteriga ko`ra
1)
Tartibsiz (stixiyali) raqobat;
2)
Tartibga solinadigan raqobat
4. Amalga oshirish usuliga ko`ra:
1) Narx vositasidagi raqobat;
2)
Narxsiz raqobat.
5. Amalga oshirish yo`liga ko`ra:
1)
Xalol raqobat;
2)
G`irrom raqobat.
Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) larning bozordagi mavqeini belgilab beruvchi
omillar:
1)
Ishlab chiqaruvchi (sotuvchilar) soni.
2)
To`siqlarning mavjudlik darajasi (bozorga kirish va undan chiqib ketish).
7
Sof
monopoliy
t
a
chiqaruvchi
ko`
(sotuvchilar) soni
p
2.
To`siqlarning Mavjud
mavjudlik darajasi
Monopolistik
raqoba
Juda
1.Ishlab
Sof
emas
Yagona
Oligapoliya
raqobat
Nisbatan
Kam sonli
ko`proq
Katta, taqiqlash Unchalik katta
bilan barobar
Katta
emas
Raqobat shakllari
Asosiy belgilar
1)
Tarmoq ichidagi raqobat – mahsulot ishlab chiqarish va sotishda qulay
sharoitga ega bo`lish uchun bir tarmoq korxonalar o`rtasida boradi. Tarmoq
ichidagi raqobat natijasida turli ishlab chiqaruvchilar tovarlarning individual
(alohida) narxi bozor narxiga aylanadi.
2)
Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat – turli tarmoq korxonalari o`rtasida yuqoru
foydaga ega bo`lish uchun boradi. Bu raqobat natijasida korxonalarda hosil
bo`lgan turli foyda normalari o`rtacha foydaga aylanib boriladi.
3)
Millli xo`jalik doirasidagi raqobat – natijasida o`rtacha narxlar va bozor
subyektlarining yalpi milliy (ichki) mahsulotdagi ulushi aniqlanadi.
4)
Jahon
xo`jaligidagi
raqobat
–
turli
davlatlar
milliy ishlab
chiqaruvchilarning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun boradi
va uning natijasida alohida tovarrlarning jahon narxlari shakllanadi.
5)
Tartibsiz (stixiyali) raqobat - bozor kuchlarining ta`sirida, tabiiy
ravishda ro`y beradi.
6)
Tartibga solinadigan raqobat – madaniylashgan tarzda va ma`lum
8
me`yorlar doirasida sodir bo`ladi.
Narxning raqobat vositasi sifatida qo`llanish darajasiga qarab narx
yordamidagi va narxsiz raqobat ajratiladi.
Raqobatlashishda g`ayrioddiy usullar (josuslik, qotillik, zo`ravonlik va h.k.)
ning qo`llanish darajasiga ko`ra halol va g`irrom raqobat farqlanadi.
Raqobat usullari:
a)
Narx yordamida
b)
Narxsiz
Narx vositasida raqobatlashishda ishlab chiqaruvchilar o`z tovarlarining narxini
raqiblari tovarlari narxidan pasaytirish orqali iste`molchilarni og`dirib olish va
bozordagi mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Narxsiz raqobatda raqobatlashish vositasi sifatida narxdan tashqari omillardan
foydalanib tovar sotish hajmini ko`paytirib borishga harakat qilinadi.
Narx yordamida raqobatlashish:
Bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoq (bozor) dan siqib
chiqarish uchun tovarlariga narxlarini vaqti – vaqti bilan va uzoq muddat
pasaytirib turadi.
Demping narxlarini qo`llash
Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o`zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga
ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollard tan narxdan ham pastbo`lgan narxlarga
chiqaradi.
Narxlardan chegirma qilish
Bunda tovar narxlaridan muayyan foizda chegirma qilinadi.
Imtiyozli narxlarni qo`llash
Bunda xarid hajmini ko`paytirib borgan iste`molchilarga rag`batlantiruvchi
imtiyozli (pasayib boruvchi) narxlardan foydalaniladi.
Narxsiz raqobatlashish
9
Tovar sifatini tabaqalashtirish – bir xildagi ehtiyojni qondiradigan va bir
turga mansub bo`lgan tovarlar turlicha iste`mol xossalariga ega bo`ladi.
Tovarlarni kreditga sotish- tovarlar nisbatan ortiqcha bo`lgan sharoitda ishlab
chiqaruvchi o`z tovarlarini narxini kechiktirib to`lash sharti bilan sotib,
raqiblaridan ustun kelishi mumkin.
Sotish vaqtida va kafolatlangan muddatda tekin servis xizmati
ko`rsatish.
Reklama , tovar belgilari, firma muhirlari hamda qadoqlash usullari tovarlar
jozibadorligini oshirish va sotish hajmining ko`payishini rag`batlantirishning
muhim yo`llari hisoblanadi.
Marketing –uning vositasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga
moslashtirishga harakat qilinadi.
Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatning biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat
ko`rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini
ifodalaydi.
Monopoliyalarning kelib chiqish sabablari:

Kapitalning to`planishi va markazlashish.

Fan – texnika taraqqiyoti.

Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo`llab – quvvatlashi.

O`zaro kelishish.
Monopoliyaning turlari
Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra: sof monopoliya, oligopoliya,
monopsoniya farqlanadi.
10
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx
va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi.
Masalan:<< O`zbekiston havo yo`llari>>DAK, <> DAK, Toshkent aviatsita
ishlab chiqarish birlashmasi.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
Masalan: O`zbekistonda sement (asosan Bekobod,Quvasoy, Ohangaron, Navoiy
shaharlarida joylashgan) va h.k.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko`p
bo`lib, ular tovar yoki xizmatlarning yagona iste`molchisi yoki xaridori mavjud
bo`lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Masalan: <> korxonasi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko`ra: tabiiy
monopoliya, legal monopoliya, sun`iy monopoliya farqlanadi.
Tabiiy monopoliya – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlari
taqozo qilib, ular raqobatni qo`llash mumkin bo`lmagan yoki qiyin bo`lgan
sohalarni o`z ichiga oladi.

Suv, energiya, gaz ta`minoti korxonalari.

Temir yo`l transporti.

Harbiy – mudofaa majmuasi korxonalari.
Legal (qonuniy ) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi
monopolistik holat.

Patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar
huquqini taqdim etish tizimi.

Mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san`at asarlari, ko`rsatuvlar,efir
to`lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan
foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
11

Tovar belgilari –bu savdo belgilari, maxsus ramzlari, nomini ro`yxatga
olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo`yicha paydo
bo`lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun`iy monpoliyalar - ishlab chiqarish va kapitalning to`planishi hamda
korxonalarning turli yo`llar bilan birlashtirish natijasida vujudga keladi.

Kartel – bir tarmoq korxonalarining ittifoqi bo`lib, uning ishtirokchilari
to`liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi, sotish
bozorlari va baholari to`g`risida kelishib oladi.

Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashmasi
bo`lib, uning a`zolari ishlab chiqarish sohasida mustaqilligini saqlab qoladi,
mahsulot esa sindikat mulki sifatida sotiladi.

Trest – ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikda egalik
qiluvchi korxonalar guruhi bo`lib foyda qo`shilgan kapital hajmiga qarab
taqsimlanadi.

Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini
birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi .)

Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo`lgan, ko`p tarmoqli korxonalar
(sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalarning ) majmuini
o`z ichga oluvch birlashma.
Davlatning antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini cheklash, tartibga
solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi. Bu siyosat o`z
ifodasini antimonopol qonunlarida topadi.
AQSHning antimonopol qonunchiligi

Sherman qonuni (1890 yil) – unda ishlab chiqarish va savdoni cheklash
maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb hisoblanadi.

Kleyton qonuni (1914 yil) – iste`molchilarni narx orqali kamsitish,
12
majburiy shartnomalar tuzish, raqobatchi korxonalarning zaiflashuviga olib
keluvchi aksiyalarni sotib olish taqiqlanadi .

Seller – Kefover qonuni (1950 yil) – bu qonunda Kleyton qonuniga
o`zgartirish kiritilgan bo`lib, unda nafaqat raqobatchi korxonalarning
zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni balki ishlab chiqarish vositalarni sotib olish
ham taqiqlanadi.
Antimonopol faoliyatni tartibga solishning asosiy yo`nalishlari:

Bozorning monopollashuvini cheklash;

Raqobatchi kompaniyalar qo`shilishini taqiqlash;

Monopol narxlar belgilanishini taqiqlash ;

Raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo`llab quvvatlash.
O`zbekistonda monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshiruvchi muassasa.

O`zbekiston Republikasi mopnopoliyadan chiqarish, raqobat va
tadbirkorlikni qo`llab- quvvatlash davlat qo`mitasi.
O`zbekiston respublikasining antimonopol qonunchiligi .

1992 yilgi qonun

1996 yilgi qonun

1996 yilgi qonun
Narxning mazmuni va uning vazifalari, turlari.
Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida tovar (xizmati) ni ishlab
chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul
ko`rinishida ifodalanishi.
Narxning
vazifalari:
1.Qiymatni hisobga olish
13
Tovarlarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, olingan natijalar va uning
nafliligi narx yordamida hisobga olinadi.
2. Muvozanatlikni ta`minlash
Bunda narx talab va taklifga ta`sir ko`rsatish orqali ularni muvozanat holatiga
keltiradi.
3. Tartibga solish
Bozor narxlari va davlatning narx siyosati iqtisodiy faollikka ta`sir
ko`rsatish orqali iqtisodiyotni tartibga solishda muhim vosita vazifasini
bajaradi.
4. Raqobat vositasi
Ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va iste`molchilar narx vositasida
raqobatlashganda u raqobat vositasi vazifasini bajaradi.
5. Ijtimoiy himoyalash
Narx bu vazifani tovarlar datatsion (budjet mablag`lari hisobidan
arzonlashtirilgan) narxlarda sotilsa bajaradi.
Iqtisodiy mazmuniga ko`ra Tartibga
solish darajasiga ko`ra
Narx turlari

Ulgurji narxlar

Chakana narxlar


Xarid narxlari
Datatsion narxlar

Demping narxlar
14

Nufuzli narxlar

Ta`riflar

Qat`iy belgilangan narxlar

Erkin narxlar

Tartibga solinadigan narxlar
Amal qilish doirasiga ko`ra

Hududiy narxlar

Milliy narxlar

Jahon narxlar.
Monopol narxlar – monopol mavqeiga ega bo`lgan tovarlarga belgilanib ishlab
chiqarish bahosidan yuqori yoki past bo`lishi mumkin.
Irratsional narxlar – yer, suv, o`simlik va hayvonat dunyosi kabi tabiiy
resurslarga belgilanadigan narxlarni bildiradi.
Demping narxlar – bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini
muatahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalaniladi.
Datatsion narxlar – davlat budjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir.
Ta`riflar –turli xil xizmatlar ( telefon,transport, kommunal va h.k.) bahosi
sifatida chiqadi.
Narx dipozoni – turli narxlar oralig`ining puldagi ifodasi.
Narx diskriminatsiyasi – narxlarni kamaytirish deb ham atalib, u narxlardagi
farq ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlardan kelib chiqmaganda ro`y beradi.
Raqobatning turli ko`rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari.
Raqobatning turli shakllarga asoslangan tarmoqlarida narx tashkil
topishining umumiy shart – sharoitlari.
15

Narx asosida ishlab chiqarish sarf- xarajatlari yoki tovar (xizmat) qiymati
yotadi.

Narx tovarlar naflilik darajasini ifodalaydi.

Narx o`zida tovarlarga bo`lgan talab va taklif nisbatini
mujassamlashtiradi.

Raqobatlashish usullari ham narx tashkil topishida o`z o`rniga ega
bo`ladi.

Narx tashkil topishiga davlat iqtisodiy siyosati ta`sir ko`rsatadi.

Narx shakllanishida xufiyona iqtisodiyotning rivojlanishi darajasi ham
ma`lum o`ringa ega.
Raqobatning bu shaklida har bir ishlab chiqaruvchi o`z mahsulotini turli usullar
bilan tabaqalashtirish orqali bozordagi mavqeini mustahkamlash va mahsulotiga
narx belgilashga harakat qiladi.
Monopolistik raqobatli tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmi va narxning
aniqlanishi.
Sof raqobatli tarmoq (xizmat) da narxning tashkil topish xususiyatlari:

Narx yalpi talab va yalpi taklif ta`siri ostida shakllanadi.

Alohida ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lar bozor narxlariga va sotish
hajmiga ta`sir ko`rsata olamaydi.

Yalpi talab va yalpi taklifda ro`y berib turadigan nisbatan katta
o`zgarishlar bozor narxlari va sotish hajmini o`zgartiradi.

Tarmoqqa kirish uchin to`siqlar mavjud bo`lmasligi sababli narxlar
nisbatan beqaror hisoblanadi.

Ishlab chiqarish miqyosini keltirib chiqaradigan to`siqlar (iqtisodiy,
moliyaviy, texnologik va boshqa).

Qonuniy to`siqlar (patent va litenziyalar kabi).
16

Tabiiy monopoliyalar tabiati taqozo qiladigan to`siqlar.

G`irrom raqobat usullaridan foydalanish.

Xom ashyoning muhim turlariga xususiy mulkchilik.
Sof monopoliya sharoitida tarmoqqa kirish uchun to`siqlarning asosiyturlari.
Davlatning narx siyosati- bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida narxlarni
erkinlashtirish
va
milliy
bozor
narxlarini
jahon
bozori
narxlariga
yaqinlashtirishga qaratiladi.

Narxlarni birdaniga yoki <> tarzda qo`yib yuborish ;

Narlar o`sishini sun`iy ravishda ta`xtatib qo`yish;

Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni ma`lum
darajada saqlab qolish;

Narxlarni asta – sekinlik bilan va bosqichma- bosqich erkinlashtirish.
1.2.
Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham
takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi.
Ushbu mavzuda raqobatning mohiyati ва ob’yektiv asoslari, turlari va shakllari
hamda raqobatlashish usullarini, monopoliyaning mohiyati, turlari, shakllari
hamda uning afzalliklari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ochib beramiz.
O‘zbekistonda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan choratadbirlar va monopoliyaga qarshi qonunchilik kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’yektlari
o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor sub’yektlari
iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori
foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini, ya’ni kapital,
17
tabiiy resurslar, ishchi kuchini yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul
birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
-
tartibga solish
vazifasi-ishlab chiqarishni
talab,
ya’ni
iste’molga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu
vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va
hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi,
ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi;
-
resurslarni joylashtirish vazifasi-ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p
samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini
beradi;
-
innovatsion vazifasi-fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi
hamda bozor iqtisodiyoti sub’yektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli
ko‘rinishdagi yangiliklarning joriyetilishini anglatadi;
-
moslashtirish vazifasi-korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga
ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zinio‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining
kengayishiga o‘tishini bildiradi;
-
taqsimlash vazifasi-ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi yalpi ichki
mahsulotning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir
o‘tkazadi;
-
nazorat qilish vazifasi-bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir
ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka
yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun
uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
18
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida
ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va
oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p
sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda
ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish
hajmi uncha katta
bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki
kamayishi umumiy
taklifga,
demak
mahsulot
narxiga
sezilarli
ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda
mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan
yangi
korxonalarning paydo
bo‘lishi
va
ularning
raqobatli
bozorda
mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy
iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta korxonadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud
mahsulot
va
xizmatning
yagona
ishlab
chiqaruvchisi
hisoblanadi
va
yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.
Buning sababi oddiy. U mahsulot va xizmatning yagona ishlab chiqaruvchisi
hisoblanadi va taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi.
Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari birbirlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida
raqobatlashadilar. Biroq, ayni vaqtda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini
tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati, sifat
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k. bo‘yicha farqlantirish
19
orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya-tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi va
hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar
va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa,
shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi
mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin,
temir va shu kabilar-fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va
oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar,
yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi korxona o‘zining narx siyosatini mustaqil
o‘zgartirishga botinaolmaydilar.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular
o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib
bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida
mavjud bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-
monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
-
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
-
turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
-
monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo
raqobatgabo‘linadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega
bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi.
Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi
darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab
20
chiqarilgan tovarlarning individual qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda
ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil
etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi
yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika
jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir
qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda
normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga
kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda
keltiruvchi
sohalarga
intilib,
ishlab
chiqarishning
kengayishiga,
taklif
ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek,
foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning
chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi
o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning
oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada
tarmoqlararo raqobat ob’yektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni
keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar,
teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak,
tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq
foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga tenglashtiradi.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv usullari ham
ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof
etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy
ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur
yetkazish va h.k. usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. G‘irrom
21
raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona
va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni
material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib
olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat-raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy
usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat
manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz
raqobat.
1.3.
Narxning mazmuni va uning vazifalari, turlari
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining
shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi-narxlar jangi deb ataladi,
bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun
narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash
uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani
kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil
qilishi keraq bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati
bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini
beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarini qo‘llashdir.
Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga
ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan
narxlarda sotadi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish, mamlakatdagi
ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining
22
iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xaraqat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib
berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham
foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z
mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xaraqat
qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat
tarmoq bo‘yicha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili
tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab
chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi
mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y
berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning
sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilaridan foydalanishni keltirib
chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat
ko‘rsatish orqali
xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda
tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turlituman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari
mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan
qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng
yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy
23
usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi
korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan
iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni
amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi korxona, o‘z
mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona xodimlarini
ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi
davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi;
maxsulotlari o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va
iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat
kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib
tovar taklifini
qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha
qolaveradi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim
o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini
oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan
tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli
bo‘lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va
reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar.
1.4.
Raqobatning turli ko`rinishlari sharoitida narxning shakllanish
xususiyatlari
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda
24
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr
davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin
erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi,
shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu
esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z
aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning
monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin
raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan
tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik
iqtisodiyotidan
bozor
iqtisodiyotiga
o‘tayotgan
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shartsharoit hozirlash, iqtisodiy sub’yektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar,
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha
tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom
ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha
tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya,
sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik
tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy
yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik
shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo
etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini
shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo
bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy
25
mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini
zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’yektlarining mavjudligi, ularning bozor
orqali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun
(1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni
rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur
qonunga
ko‘ra,
bozorda
ataylab
taqchillik
hosil
qilish,
narxlarni
monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish,
raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga
yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan
mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar
tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga
ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul
qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish,
uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib,
respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va
samarali amal qilishga qaratilgan.
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan,
monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u
mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik
mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa,
ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan
chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda
O‘zbekistonda
monopoliyaga
qarshi
bo‘linma
Moliya
vazirligining
Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi.
26
Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti
bo‘yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda
ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish
va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika
Birinchi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish
davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga
qarshi bo‘linma Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat
qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada
takomillashtirish
va
samaradorligini
oshirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan
mazkur qo‘mita Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi. 2017 yil 18 aprelda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning PF-5016-sonli «O‘zbekiston
Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda PQ2897-sonli «Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
Respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish
uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos
jihatlari hisobga olinadi. Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan
mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35% dan ortiq bo‘lsa, bu
korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga
kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb
belgilangan.
Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona yoki tarmoqlarning
bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu
usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim:
27
1)
monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori
darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish;
2)
o‘z monopol mavqeini suiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni
bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining qarori
bilan tasdiqlangan Ob’yektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar
tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida” gi qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu jumladan Respublika
bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l
qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‘li bilan tartibga solish, mahsulot va
xizmatlariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar
va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni belgilashni o‘z ichiga oladi.
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan
barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati
demakdir. Monopoliyaga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha shakllandi.
Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga
binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot
ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pini nazorat qilishga huquq berilmaydi.
Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar
aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdoridan ortig‘iga ega bo‘la olmasligi
belgilab qo‘yiladi.
Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past
turishini, narx ustidan kelishib olishni ta’qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlar
joriy qilinadi.
Bozorda monopoliyani o‘rnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiste’mol
qilishni taqiqdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun-Sherman qonuni AQShda
28
1890 yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan chora tadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo
etgan shakllarda amal qiladi. Bunda sog‘lom raqobat muhitini himoya qilish
maqsadida turli ko‘rinishdagi, monopolistic foaliyatlar ustidan davlat tomonidan
tartibga solish amalga oshiriladi.
Kleyton qonuni - (1914 y) - istemolchilarni narx orqali qochirish, majburiy
shartnomalar tuzish, raqobatni korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi
aksiyalarni sotib olish ta’qiqlanishidan iborat. Seller -Kefaver qonuni - (1950 y)
bu qonunda Kleyton qonuniga o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, unda nafaqat
raqobatni korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni, balki ishlab
chiqarish vositalarini sotib olish ham ta’qiqlanadi.
Monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari:
-
bozorning monopollashuvini cheklash;
-
raqobatchi kompaniyalar qo‘shilishini ta’qiqlash;
-
monopol narxlar belgilanishini ta’qiqlash;
-
raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo‘llab-quvvatlashdan
iborat.
Tartibga solinadigan narx o‘rtacha umumiy xarajatlarga teng bo‘lsa, monopolist
hech qanday iqtisodiy foyda olmaydi. Iqtisodiy monopoliyalar-ishlab chiqarish
va kapitalning to‘planishi hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi
natijasida vujudga keladi. Masalan kartelni olaylik. Kartel bu - bir tarmoq
korxonalarning ittifoqi bo‘lib, uning ishtirokchilari to‘liq iqtisodiy mustaqilligini
saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi, sotish bozorlari va baholari
to‘g‘risida kelishib oladilar. Yoki sindikatni olaylik. Sindikat - bir turdagi
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonlar birlashmasi bo‘lib, uning a’zolari ishlab
chiqarish soxasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki
sifatida sotiladi. Qolaversa ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikda
egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo`lib, foyda qo‘shilgan capital hajmiga qarab
ham taqsimlanishi mumkin.
29
Tabiiy monopoliyada o‘rtacha umumiy xarajatlar kamaytirilib, marjinal xarajatga
nisbatan o‘rtacha umumiy xarajat kamroq qilib belgilanadi. Shuning uchun, narx
o‘rtacha umumiy qiymati quyida bo‘ladi va monopolist zarar ko‘radi.
Tartibga solinadigan xarajatlar narx belgilashda monopolist tomonidan aniq hisobkitob qilinmasa, u monopolist kam xarajat, ammo foyda ham ko‘rmaydi. Amalda,
monopolistlar yuqori foyda olish maqsadida xarajatlar kamaytirib, chekli
iqtisodiy xarajatlar ba’zi talablaridan amalda foydalanmay bu muammodan
qutulishga harakat qiladi. Monopoliya bilan
shugʻullanish uchun hukumat tomonidan ishlatiladigan uchinchi siyosat davlat
mulk siyosati hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qarori (19.04.2019 yilda 3155-son
bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini
baholash metodikasi tasdiqlandi.
Raqobatga ta’sirni baholash chogʻida tovar va moliya bozorlarida raqobatni
bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlar aniqlanadi. Bunda baholash ikki хil
usul asosida amalga oshiriladi:
1)
«ex-ante» - qonunlar, Prezidentning, Oliy Majlis palatalarining,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezidentning farmonlari, vazirliklar, davlat
qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga (bundan
keyin - NHH loyihalari) nisbatan;
2)
«ex-post»
-
amaldagi
qonun
hujjatlariga nisbatan. NHH loyihalarini
baholash.
Ushbu usulga koʻra, NHH loyihasi quyidagi oqibatlarning biriga olib kelgan yoki
olib kelishi mumkin boʻlganda uning ta’siri raqobat uchun salbiy deb
baholanadi:
-
tovar ishlab chiqaruvchi yoki хizmat koʻrsatuvchi хoʻjalik yurituvchi
sub’yektlarning doirasi va sonini cheklasa;
-
yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralasa
30
yoki ularning bunga qiziqishini pasaytirsa;
-
iste’molchilar uchun kerakli aхborotni tanlash imkonini chegaralasa.
NHH loyihalarida muayyan koʻrsatmalar mavjud boʻlsa, baholash uchun
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga (yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan
NHH) yoki uning hududiy boʻlinmalariga (mahalliy hokimiyat organlarining
hujjatlari loyihalari) kiritiladi. Masalan: ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlar
va litsenziyaning yangi turlarini joriy etish; bozor ishtirokchilarida ortiqcha
хarajatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan talablar yoki shartlarni kiritish; tabiiy
monopoliya sub’yektlarining tovar (ish, хizmat)lari narхi (tarifi)ni, shuningdek
boshqa tartibga solinadigan narх (tarif)ni oshirish va h.k. Jami 10 banddan
iborat. Roʻyхat batafsil hisoblanadi.
Baholash yakunlariga koʻra ikki nusхada хulosa tuziladi, bir nusхasi loyihani
ishlab chiqqan tashkilotga yuboriladi, u uni koʻrib chiqishi shart. Olingan хulosa
loyiha bilan birga huquqiy ekspertizadan oʻtkazishi uchun Adliya vazirligiga
taqdim etiladi. Loyiha Oliy Majlis, Prezidentning Administratsiyasi, Vazirlar
Mahkamasiga kiritilganda unga хulosa majburiy tartibda ilova qilinadi.
Amaldagi hujjatlarni baholash.
«Ex-post» usuli boʻyicha raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini
aniqlash yuzasidan amaldagi NHH yiliga kamida ikki marotaba хatlovdan
oʻtkaziladi. Ular aniqlansa, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning
hududiy boʻlinmalari:
-
yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlari yuzasidan - Prezident
Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
-
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, hokimliklarning qonun hujjatlari
yuzasidan - qonun hujjatlari buzilish holatini bartaraf etish toʻgʻrisida
taqdimnoma kiritadi.
Baholashni oʻtkazishda rasmiy va norasmiy aхborotlardan foydalaniladi. Rasmiy
aхborotlarga хalqaro shartnomalar, internetning rasmiy resurslari, vakolatli davlat
organlarining statistik ma’lumot va hisobotlari, sud amaliyoti kiradi. Norasmiy
31
ma’lumot Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga NNT hamda fuqarolar
tomonidan kiritilgan murojaatlar, internetning norasmiy resurslari, tijorat
ma’lumotlari, jamoatchilik orasida oʻtkaziladigan soʻrovnomalar yordamida
olinishi mumkin
32
II bob. Iqtisodiy raqobat
2.1. Iqtisodiy raqobat mazmuni
Bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, uning taraqqiy etishiga
katta ta’sir ko’rsatuvchi raqobatdir. Raqobat kurashining ahamiyati
shunchalik yuqoriki, usiz bozorni tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, u bozor
iqtisodiyotining mazmunidir.
Bozor sharoitidagi raqobat iqtisodiy raqobat bo’lib, u iqtisodiy
jarayonda yuz beradi. Undagi asosiy maqsad bozor ishtirokchilarining erkin
faoliyat sharoitini yaratish, har bir ishtirokchi o’z harakati uchun zarur
muhit va holatni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan kurashdan iboratdir. Har
bir
bozor
ishtirokchisining
kerakli
ishlarni
boshqalarga
nisbatan
muvaffaqiyatli hal qilishi, buning uchun zarur sharoitlarni oldindan va o’z
vaqtida yarata olishi, doimo ustunlikka ega bo’lishi kabilar iqtisodiy
raqobat kurashining mazmunini tashkil qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga qatnashuvchilar bir-biri uchun raqib hisoblanib,
o’zaro kurash olib boradilar. Alohida-alohida holdagi ishtirokchilarning birbirlari o’rtasidagi kurashi umuman bozor iqtisodiyoti bilan yakunlanadi.
Iqtisodiy raqobat kurashida qatnashuvchilar bir-birlarini shaxsan
bilishlari, tanish bo’lishlari zarur emas. Buning uchun avvalo bozor
xususiyati, uning harakat qonuniyatlarini yaxshi bilgan, sezgan holda
faoliyat ko’rsatish asos bo’lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, har bir narsada, har qanday sharoitda tezroq, ertaroq, har
tomonlama o’ylab harakat qilgan oldin ulgurganidek va to’la maqsadga
erishganidek raqobat kurashida bozor masalalarini hal qilish ham shunga
o’xshab ketadi.
Raqobat kurashida barcha ham muvaffaqiyatga erishishga muyassar
bo’lmaydi. Bu tajriba, bilim, matonat, tavakkalchilik va albatta, yirik
sarmoyaga ega bo’lishni talab qiladi.
Raqobat kurashi keng mazmunli, ko’p qirrali bo’lib, bozor
33
iqtisodiyotining barcha davrlari, sohalari, tarmoqlarida yuz beradi. Raqobat
kurashiga bardosh bera oladigan shaxsgina bozor taraqqiyotiga ko’p hissa
qo’sha oladi.
Raqobat kurashining asosiy mazmuni xaridorlarni o’ziga ko’proq jalb
etish sharoitini yaratishdir. Chunki, har bir tadbirkorning molini sotib
oladigan xaridor ko’p bo’lsa, u sotish muammosini tezroq hal etadi, ishi
tezlashadi, yuqori foyda oladi. Sarmoyasi qancha tez qaytib, tez harakatda
bo’lsa, shunchalik ko’p mahsulot ishlab chiqarishga, ko’proq sotishga
muyassar bo’ladi.
Tadbirkor uchun kurashdagi eng muhim narsa zarur tovarni, xizmatni
o’z vaqtida ko’proq ishlab chiqarish va xaridorga tezroq etkazishdir. Bu
jarayonda boshqalarga nisbatan oldinroq ulgursa, albatta u bu kurashda
g’olib chiqish imkoniyatini qo’lga kiritgan bo’ladi. Bu, birinchi navbatda,
bir xil tovar ishlab chiqaruvchilar va bir xil xaridorlar o’rtasidagi
kurashdir. Shuning uchun ham
raqobatdagi harakatning keng hajmlisi bozor uchun, tovarni muvaffaqiyatli
sotish uchun bo’lgan kurashdir.
Raqobat kurashi iqtisodiy faoliyatning boshqa tarmoq va sohalarida
ham yuz beradi. Masalan, xomashyo uchun kurashni olaylik. Ma’lumki, bu
ishlab chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi. Kerakli xom ashyodan o’z
vaqtida, kerakli miqdor va xissa olish uchun harakat qilish umumiy
muvaffaqiyat uchun zarur shartdir. Yuqori samarali xomashyo joylarini
qo’lga kiritish, arzon energiya uchun kurash katta o’rin egallaydi.
Bulardan
yana
biri
ish
kuchi
ta’minotidir.
Yuqori
ma- lakali, tajribali ishchi, xizmatchilarga ega bo’lish, ayniqsa tadbirkor,
savdogar uchun juda kerak. Etarli miqdorda ularga ega bo’lish, kasaba
uyushmalariga ta’sir etish uchun kurash raqobatda o’rinlidir. Demak,
sotuvchilar, tadbirkorlar o’rtasidagi raqobat asosan xaridorlar, ish kuchi,
xomashyo, material, ma’qul energiya xili uchun olib boriladi.
34
2.2 . Raqobat va baho
Raqobat kurashida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan narsa
bahodir. Umuman, baho talab va taklif muvozanatining natijasi bo’lib,
raqobat orqali yuzaga keladi. Ma’lumki, har bir tovarga talab yuqori bo’lsa,
baho ham ko’tarilishi kerak. Shunga ko’ra tovarlar sarf-xarajatiga ko’ra juda
yuqori yoki juda past bahoda sotilishi mumkin. Yuzaki qaraganda sun’iy
ravishda talabni ko’tarish tufayli bahoni oshirish mumkinga o’xshaydi.
Mavjud sharoitga ko’ra shunday holat ham yuz beradi. Lekin raqobat
natijasida bunday holat doimiy yoki uzoq cho’zilishi mumkin emas. Baribir
ko’p tovar sotishga intilish ustun keladi.
Iste’molchining daromad darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi baho raqobat
holatiga bog’liq bo’lib, u turg’un bo’la olmaydi, to’xtovsiz o’zgarib turadi.
Bozor ishtirokchi- lari uchun bozor holatini ko’rsatib turadigan narsa ham
baho bo’lib, u sotuvchi va xaridorlarning harakat yo’nalishini aniqlab
beradi. Chunki bozor ishtirokchilari bozorga qachon va qancha tovar
etkazib turishni baho darajasi orqali aniqlaydilar. Bu esa bevosita ishlab
chiqarishga ta’sir ko’rsatadi. Qachon, qancha, qanday tovar ishlab
chiqarishni bozordagi yuzaga kelib turgan baho orqali belgilab ish ko’riladi.
Raqobat tufayli paydo bo’ladigan bozordagi baholarning tadbirkor va
iste’molchilar uchun muhimligini ikki narsada ifodalanadi. Birinchisida
tadbirkorning foydasi va daromadi ifodalanadi, ikkinchisida bozor holati
aniqlanadi.
Iste’molchi - xaridorni olsak, u ham bahoga ikki tomonlama
bog’liqdir. Birinchidan, bahoning darajasi, harakat mazmuniga qarab, qaysi
tovarni qachon sotib olish va qancha miqdorda sotib olishni aniqlaydi.
Ikkinchidan, daromadning taqsimlanishi va reallik darajasini aniqlab beradi.
Baho ko’tarilib boraversa, albatta daromad darajasi pasayib boradi. Lekin
raqobat baholarning pasayishiga ham olib keladi. Chunki, iqtisodiyotda,
35
shaxsiy daromadda yuz beradigan barcha o’zgarishlar bozorda raqobat
tufayli yuzaga keladigan baho darajasida o’z ifodasini topadi. Shunga
ko’ra, barcha bozor ishtirokchilari, ayniqsa tadbirkorlar, katta diqqat va
e’tibor bilan bahoni kuzatib boradilar, uning o’zgarishini o’z vaqtida
bilib turish
choralarini qo’llaydilar.
Demak, bozorda paydo bo’ladigan baho bozor iqtisodiyotining
ko’zgusi bo’lsa, raqobat uni yuzaga keltiruvchi kuchdir. Raqobat va baho
mexanizmlari o’z ta’sirlari bilan bozorni harakatlantiruvchi muhim
mexanizmlar bo’lib, bozor iqtisodiyotining boshqarilishida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Ular bozor iqtisodiyotini o’zidan- o’zi harakatga
keltiruvchi va boshqaruvchi ichki kuchlaridirki, unga tashqaridan sun’iy
ta’sir ko’rsatish va bahoni raqobatsiz oldindan belgilash bozor tabiatiga
to’g’ri kelmaydi, uning mexanizmi harakatlariga faqat salbiy ta’sir
ko’rsatadi.
Aytish mumkinki, raqobatning asosida, shaxsiy manfaat yotadi va bu
raqobat kurashining kuchayishi, ta’sirining ortib borishi uchun kuch
bag’ishlaydi. Buning boisi shuki, har bir iqtisodiy birlik o’z nafsini ko’zlaydi. Har bir tadbirkor yuqori foyda uchun, hech bo’lmaganda kam zarar
uchun kurashadi. Moddiy resurslar egalari uni sotishda yoki ijaraga
berishda yuqori baho orqali ish tutishga urinadi. Ish kuchi egalarini olsak,
miqdori va murakkabligi bir xildagi mehnatlariga imkoni boricha ko’p
daromad olishga harakat qiladilar. Bularning hammasi xaridor sifatida,
aytganimizdek, past bahoning tarafdorlaridir. Shaxsiy manfaatdorlik bozor
iqtisodiyoti faoliyatida tartib o’rnatib turadi, manfaatsizlik esa kutilmagan
tartibsizliklarga olib kelishi mumkin. Bunday voqelik shunday xulosaga olib
keladiki, turli iqtisoday birliklar o’z ixtiyoriy tanlovini amalga oshirishi
davrida shaxsiy manfaat asosida ularning asosiy harakat tarzi shakllanadi.
Bu bozor iqtisodiyoti taqozosidir.
36
Masalan asosiy xalqaro savdo nazariyalarini ko’rib chiqqanda
Olmoniya xalqaro bozorda sotadigan va sotib oladigan mollarining tabiati
va sonini narx belgilaydi. Olmoniyada bitta sanoat uskunasiga 5 evro
xarajat qilsa, qo’shni Daniyada bu xarajat 10 evroni tashkil qiladi, mebel
esa 20 va 30 evroni tashkil qiladi. YA’ni Olmoniyada bitta mebelga 4
baravar ko’p xomashyo xarajat qilish kerak (20 : 5). Daniyada bu nisbat 3
ga teng (30 : 10). Demak Daniyada mebel chiqarish avzal, Olmoniyada esa
uskuna ishlab chiqarish avzaldir.
YAna bir misol. Braziliyada tayyorlangan poyabzalni narxi 15 evro
bo’lsa, Italiyada tayyorlangani 30 evroga teng, kiyim esa 30 va 60 evrogv
teng. Bu raqamlar raqobat bozorida Braziliyani ushbu tovarlar bo’yicha 1 :
2 nisbatan Italiya tovarlariga nisbatan ustunligini ko’rsatadi.
2.3. Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch
Umuman, raqobat iqtisodchilar tasavvuri bo’yicha quyidagilarni bildiradi:
1) Bozorda turli, istagan aniq mahsulot, resurslarni erkin holda sotuvchi
va sotib oluvchilarning mavjudligi.
2) Sotuvchi va xaridorlarning istagan bozorda yoki iqtisodiy tarmoqda
erkin qatnasha olishi yoki istaganda tarmoqdan chiqib keta olishi.
Raqobat o’z mohiyatini bozor ishtirokchilariga taalluqli iqtisodiy
kuchlar tarqoqligida ifoda etadi. Buni shunday izohlash mumkin. Ma’lum
bir bozorda, chunonchi, g’alla bozori yoki ip gazlama bozorida juda ko’p
sotuvchi va xaridorlar mavjud, shu bilan birga tovarlar mo’l-ko’l, deylik.
Bunday sharoitda sotuvchi va xaridorlar o’zlari uchun ma’qul bahoni talab
eta olmaydilar. Chunki, alohida holdagi ularning urinishlari bahoga ta’sir
etmaydi va bunda ayrim harakatlar muvaffaqiyat keltirmay, mavjud
muvozanat belgilaydigan umumiy baho bo’yicha oldi-sotdi amalga oshadi.
Raqobatning mohiyati shuki, har bir sotuvchi bozordagi juda ko’p
37
miqdordagi sotuvchilar ishtirokida o’zining nisbatan kichik hissasi bilan
umumiy taklifga ta’sir ko’rsata olmaydi, demak, bahoni ham yakka holda
o’zgartira olmaydi. Aytish mumkinki, raqobat shundan iboratki, har bir
sotuvchi — taklif sub’ekti umumiy taklifga kichik hissa qo’sha oladi va
umumiy oqim ichida bo’ladi. YAkka holdagi sotuvchilar taklifning umumiy
miqdoriga sezilarli ta’sir ko’rsata olmaydilar, shuning uchun ham yakka
ishlab chiqaruvchi sifatidagi sotuvchi mahsulot narxini istaganicha
o’zgartira olmaydi va unga istagan holda munosabatda bo’la olmaydi.
Haqiqatan
ham har bir sotuvchi yakka-yakka holdagi harakatda va
raqobatda qatnashuvchi sifatida bozor ixtiyorida bo’ladi. Bunda raqobat
yakka-yakka holdagi barcha yoki juda ko’pchilik sotuvchilar harakatidan
iborat bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, raqobat bozorda hukmronlikni inkor etib,
erkin harakatni talab etadi.
Хaridorlar to’g’risida ham shuni aytish mumkin, ya’ni ular ham birbiriga bog’liq bo’lmagan ixtiyoriy harakatda bo’ladilar. Umumlashtirib
aytganda, raqobatning asosini tashkil qiluvchi iqtisodiy hokimiyatning keng
tarqoqligi bu hokimiyatdan foydalanishni tartibga solib turadi va undan
zararli foydalanish imkoniyatlarini chegaralab boradi. Demak, iqtisodiy
imkoniyatlar uchun kurash iqtisodiy birliklarning o’z foydasini ko’zlab, birbiriga zarar keltirishga to’siq bo’lib xizmat qiladi. Raqobat sotuvchi va
xaridorlarning o’z manfaatlarini ta’minlashining amalga oshuvining
chegaralarini belgilab turadi. Shuning uchun ham raqobat bozor
iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi kuch bo’lib xizmat qiladi.
Yuqorida qayd qilib o’tilgan raqobatlarning ikkinchi tomoni
ishtirokchilarning tanlov erkinligidir. Bozor sharoitida har bir tadbirkor
istagan tovari bilan ish ko’rishi, xohlagan tarmoqda faoliyat ko’rsatishi va
zarur topganda hech qanday to’siqlarsiz va qiyinchiliksiz bu tarmoqdan
chiqib ketib boshqasiga o’tish imkoniga egadir. Bu bilan ma’lum tarmoqlar,
sohalarning zaruriyatga qarab kengayishi yoki torayishi imkoni ta’minlanib
38
boriladi. Chunki, talab va taklif muvozanati tufayli ishlab chiqaruvchi va
xaridorlarning tarmoqlararo harakati erkinligi ta’minlanadi. Bunday sharoit
iqtisodiy moslashuvni ta’minlaydi va samaradorlikning saqlanib borishi
imkonini tug’dirib boradi.
Endi biz raqobatning faqat tarmoqlar manfaati bilan chegaralanmay,
uning tarmoqlararo va umumjamiyat manfaatlari borasidagi ta’siri va
harakatini ko’rib chiqaylik. Bozor mexanizmlari bo’lgan talab va taklif
orqali iste’molchilar va jamiyat istaklari korxonalarga, korxonalar orqali
esa resurslar bilan ta’minlovchilargacha etkaziladi. Bu jarayonda raqobat
ta’sirini ko’ramiz. Ma’lumki, iste’mol talabining ko’tarilishida baho o’z
aksini topadi. Talab ortib borishi tufayli baho ko’tarilib boradiki, natijada
yuqori foyda olinadi. Bu o’z-o’zidan shu mahsulotlarga talab oshgan va
ularni ko’proq ishlab chiqarish kerakligadan xabar beradi. Raqobat, ayniqsa
bunga qo’shiluvchi yangi firmalar ishlab chiqarishni kengaytirib, bahoning
xarajatlar darajasida bo’lishini ta’minlashi mumkin. Agarda bu jarayonga
raqo-batning ta’siri bo’lmay, monopoliyalik mavjud bo’lsa, o’zgarish yuz
bermaydi va ortiqcha foyda olish davom etaveradi.
Raqobat faqat jamiyat talabiga e’tibor berish va ba’zi tarmoqlarning
kengayishi va qisqarishiga olib kelish bilan chegaralanmay, firmalarni eng
samarali texnologiyaga o’tish, ilg’or ishlab chiqarishni ta’minlab borishga
undaydi. U past va kam samarali texnologiya asosida ishlab chiqarishni
uyushtirgan firmalarni qo’llamaydi va ularning boshqa ilg’or raqiblar
tomonidan siqib chiqarilishiga olib keladi. Shuning uchun raqobat,
aytganimizdek,
texnik
progress
imkonini
qo’llaydi
va
uni
keng
taraqqiyotiga undaydi.
Raqobatli bozorning yana eng muhim tomonlaridan biri, oldingi
mavzuda ko’rganimizdek, xususiy va ijtimoiy manfaatlar uyg’unligining
ta’minlanishidir. Chunki, bu juda muhim va o’ta zarur bo’lgan manfaatlar
tengligiga xos hodisadir. Bunda o’ta muhim bo’lgan davlat manfaati ham
39
ko’zda tutiladi. Aytganimizdek,
tadbirkorlar eng tejamli
resurslar
kombinatsiyasini, ya’ni mavjud raqobat sharoitida xususiy manfaatga ham
to’la mos keladigan kombinatsiyani qo’llaydilar. Tadbirkorlarning texnik
progressga asoslanmagan holdagi ishlab chiqarishi zarur foyda bermaydi va
pirovardida sinishga olib keladi. Shu bilan birga kamyob resurslarni ishga
solish, kam xarajatli ishlab chiqarishni uyushtirish eng samarali usullardan
bo’lib, bu jamiyatga juda foydalidir.
Хulosa qilib aytganda, raqobat kuchi shaxsiy manfaatni tartibga solib,
uni shunday yo’naltiradiki, u o’zidan-o’zi jamiyat manfaatining maqsadga
muvofiq ravishda ta’minlanishiga olib keladi. Bozorga xos "ko’zga
ko’rinmaydigan
qo’l" ta’siri
shunday yakunlanadiki,
firmalar o’z
foydalarini imkoni boricha yuqori darajaga etkazsalar, jamiyat mahsuloti
ham shunchalik yuqori darajada bo’ladi.
Raqobatning bo’lishi, raqobat ta’sirining kuchayishidagi asosiy shart
xo’jaliklarning turli-tumanligidir. Umuman, kurash to’g’rililik, ko’p
xalollikni talab qiladi. Bozor iqtisodiyotida ko’p xillik xo’jaliklar, ularning
egalari bir-birlarining raqiblari bo’lib, ular raqobat jarayonida faol ishtirok
etishlari kerak. Хo’jalik turlari juda oz yoki bir xil bo’lsa, raqobatning ta’sir
doirasini kengaytirish uchun sharoit bo’lmaydi.
Raqobat uchun xo’jalik usullari, shakllari ko’payishi kerak. Ayniqsa,
xususiy xo’jaliklar ko’payib, asosiy o’rinni egallashi zarur. Qaror xususiy
xo’jaliklar bilan bir qatorda kooperativlar, birlashma, qo’shma xo’jaliklar
ko’payishi talab etiladi. Davlat xo’jaliklari ham shaklan va ham mazmunan
o’zgarib, bozor talablari asosida qayta tashkil etilishi kerak. Bularga
hissador (aktsiyali) jamiyatlar, ijarali xo’jaliklar kabilar misol bo’li-shi
mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, busiz xo’jalik yuritishda mustaqillik
bo’lmaydi, mustaqilliksiz raqobatni tasavvur etib bo’lmaydi va umuman
bozor mazmunsiz bo’ladi.
40
Raqobat jahon iqtisodiyoti miqyosida ham bo’lib, uning milliy
mamlakatlar iqtisodiyotiga ham ta’siri bo’ladi.
2.4. Хalqaro raqobat kurashi
Хalqaro raqobat kurashini olsak, u mamlakatlar o’rtasidagi,
shuningdek,
xalqaro
yirik
birlashmalar,
ayniqsa,
transmilliy
korporatsiyalar o’rtasidagi kurashdir.
Bunda xalqaro bozorlarni egallash, xomashyo hududlarini o’zlashtirish,
ilmiy-texnika manbalarini qo’lga kiritish kabi asosiy tomonlarni ko’proq
egallashga uriniladi. Natijada iqtisodiy taraqqiyot manbalarini o’z ixtiyoriga
olish, buning asosida o’z boyliklarini orttirish, olinadigan foydaning darajasini
ko’tarish kabilarga muyassar bo’linadi.
Jahon iqtisodiyotiga qo’shilib borish, xalqaro bozorda ta’sirli kuchga
ega bo’lish va xalqaro mehnat taqsimotida manfaatli o’rinlarni egallash
xalqaro raqobat tufayli amalga oshadi. Bu barcha mamlakatlarni kuchli
iqtisodiyotga ega bo’lishga, ilyur ishlab chiqarish darajasini qo’lga
kiritishga undaydi.
Jahon miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi mamlakatlar va birlashmalar
soni ortib bormoqda. Bu faqat jahon iqtisodiyoti taraqqiyotiga ta’sir
qo’rsatish bilan chegaralanmasdan, balki ichki bozordaga monopol
holatning oldini olishga ham ta’sir etmoqda. Chunki, bozorda qatnashuvchi
sotuvchilar qancha ko’payib borsa, monopol ta’sir shuncha zaiflashib
boradi. Ko’pchilik mahsulot bozorlarida mayda firmalar kamayib, yiriklari
ko’payib bormoqda. Bu resurslar bozoriga ham taalluqlidir. Mehnat
bozoridagi kasaba uyushmalarining faoliyati ham shunday mazmunda
bo’ladi. Bir qator yuqori foydali tarmoqlarda patent mushkulligi va boshqa
tur resurslardan foydalanishdagi to’siqlarning ko’payib borishi raqobat
kuchini zaiflashtiradi. Lekin jahon raqobat kurashi natijasida chet
41
mahsulotlarining kirib kelishi bozor ishtirokchilarini ko’paytirish orqali
ichki raqobat imkoniyatlarini oshiradi.
Chunonchi, AQSh, G’arbiy Ovro’po, qisman YAponiyani olsak,
avtomobil va po’lat bozorlari kabi, oziq-ovqat mahsulotlari, resurslar
bozorlarida ham yirik firmalar hissalari oshib, bu raqobat ta’siriga salbiy
ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, hozirgi davrda bir qancha oziq-ovqat
mahsulotlari bo’yicha chet firmalar o’zlariga yo’l ochib, istiqbollarini
ta’minlamoqdalar. Masalan Gollandiya oziq-ovqat eksporti bo’yicha
etakchi o’ringa chiqdi.
Raqobat turlari va harakat mazmunlari mavjud bo’lib, u jadvalda
ko’rsatilganlardan iborat bo’ladi.
RAQOBAT
Tarmoqlar ichki
raqobati
Tarmoqlararo raqobat
Jaщon iqtisodiyotidagi
raqobat
Texnik progress, shaxsiy
va ijtimoiy manfaatdorlar
Jahon bozori rivoji,
ichki bozorga ta’sir
Хaridor uchun kurash,
baho darajasiga ta’sir
etish.
Raqobat turlari va ta’siri
Raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda
marketing kontseptsiyasida raqiblarga, uni tanlashga katta e’tibor beriladi.
Raqiblarni
avvalo firmalarga qarab belgilash kerak, ya’ni qaysi firmalar qanday
tovarlarni bozorga chiqaradi, ya’ni sotuvchi sifatidagi raqiblarni aniqlash va
ularni o’rganishga qaratilgan ishlarni belgilash va amalga oshirish talab
etiladi. So’ngra xaridor-raqiblar o’rganiladi. Bunda mashhur "Mar-keting
42
asoslari" kitobi muallifi Filip Kotlyar izlanish usulini taklif etadi. U
raqiblarni to’rtga bo’lib o’rganishni tavsiya etadi: 1) istak bo’yicha raqib; 2)
tovar turi bo’yicha raqib; 3) tovar xili bo’yicha raqib va 4) tovar markasi
bo’yicha raqiblar. Iste’molchilar xarid qilish bo’yicha qanday qarorga
kelishini aniqlash har bir firma uchun ko’proq o’z tovarini sotish yo’lini
topish, ya’ni o’z xaridorlarini aniqlash imkonini beradi. U "Neksiya"
mashinasini
chiqaruvchi
Asakadagi
zavod
misol
keltirib,
avvalo
xaridorning qanday tovarlar sotib olishi mumkinligi, ular ichida qanchasi
transport
vositalari, so’ngra qanchasi mashina sotib olishi, oxiri
mashinaning
"Neksiya"
markalisini
qancha
xaridor
sotib
olishi
mumkinligini va umuman, boshqa markali mashinalarni sotib oluvchi
raqiblarni Rossiya, Qozog’iston va boshqa davlatlarda aniqlab, o’z
xaridorlarini ko’paytirish choralarini qo’llashi qayd qilinadi.
Raqobat
asosiy
tartibga
solish
mexanizmi
sifatida
ishlab
chiqaruvchilar va resurslar bilan ta’minlovchilarni xaridorlar hukmiga yoki
iste’molchilar mustaqilligini ta’minlash manfaatiga to’la bo’ysundiradi.
Haqiqatan ham raqobat sharoitida ko’pchilik sotuvchi va xaridorlarning
hukmi bozor bahosini belgilaydi, ya’ni yakka holdagi ishlab chiqaruvchilar
va resurslar bilan ta’minlovchilar xaridorlarning istagiga moslashadilar. Bu
istak-larni bozor tizimi inobatga olgan holda sotuvchilarga etkazadi. Bozor
tizimiga bo’ysunib ish tutuvchi raqobatdagi ishlab chiqaruvchilar foydaga
ega bo’lib, o’z mavqelarini mustahkamlab borsa, bozor qonunlarini
buzuvchilar zarar ko’radi va ularni sinish, bankrotlik kutishi mumkin.
Raqobat kuchi ta’siri sharoitida xaridorlar xo’jayin, bozor — ularning
vakili, korxonalar esa ularning xizmatkori vazifasini bajaruvchi sifatida
mavjud bo’ladilar.
43
Xulosa
Iqtisodiy raqobat mohiyati, uni amalga oshirish zarturrati mavzusini
xulosalaydigan bo’lsak, eng avvalo raqobat va u bilan hamohan turadigan
monopoliya tushunchalarini mazmun mohiyatini o’rganishmiz kerak
bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida monopoliya raqobatga qarshi kuch sharoitida
paydo bo’ladi va u raqobat ta’siri sharoitini o’zgartiradi.
Monopoliya — bu bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy hodisa bo’lib,
unda yirik sotuvchi yoki xaridorlar o’z iqtisodiy qudratiga suyanib, boshqa
bozor ishtirokchilariga hukmlarini o’tkazadilar. Bunda monopolchilarning
shaxsiy manfaatiga asoslangan, ularning foydasini ko’zlagan shartlar qolgan
barcha uchun majburiy hisoblanadi. Bularga nisbatan boshqalar bozorga
ta’sir o’tkazish kuchiga ega bo’lmay, o’z manfaatlarini ko’zlash imkonidan
mahrum bo’ladilar. Taklif hajmi va bozordagi baho monopoliya tomonidan
belgilanadi.
Monopoliya holati firmalarga juda qo’l keladi. Chunki xaridorlarga
qaram bo’lish, ularning didiga qarab ish tutish zaruratidan holi bo’linib,
ularning talabiga zid ish ko’rish imkoni tug’iladi. Agarda xaridorlar
majburiy qo’yilgan baholardan norozi bo’lsalar, monopolchi ishlab
chiqarishni qisqartirib, savdoga chiqadigan tovar (xizmat)larni kamaytirishi
mumkin. Bunda xaridorlarning mavjud yuqori bahoni tan olishdan boshqa
iloji qolmaydi, albatta. Buning xaridorlarga qanday ta’sir etishi, kam
xarajatli oilalarning ahvoli og’irlashuvi bilan monopoliyaning ishi
bo’lmaydi. Monopolchilarni faqat bir narsa: yuqori foyda va katta daromad
qiziqtiradi.
Monopolcha bozorni boshqarishning turlicha foyda olish usullari
mavjud bo’lishiga qaramay, ularning hammasi jamiyat uchun katta iqtisodiy
zarar keltirishini insoniyat o’z tarixida ko’rib o’tdi. Bu haqida keyinroq so’z
yuritamiz. Hozir tabiiy monopoliya haqida so’z yuritaylik. Jamiyatning
normal talabiga mos keladigan monopoliyalar ham bo’ladi. Bularni, albatta,
44
iqtisodiyot siqib chiqarmaydi va jamiyat ta’qiqlashni istamaydi. Masalan,
firma noyob tovarlar ishlab chiqarsa, bunda eng yangi texnologiyani
qo’llab, foydadan xoli bo’lmagan holda past narxlarda sotish usulini qo’llab
bozorni egallasa, buning yomon tomoni yo’q. Tabiiy usulda yuzaga kelgan
monopoliya qonuniy bo’lib, uni yo’q qilish maqsadga muvofiq emas yoki
iqtisodiy foy-dadan xoli emas.
Bunday monopoliyalar tabiiy boyliklardan foydalanish, transport,
aloqa yoki kommunal xo’jalik tarmoqlarida bo’lishi mumkin. Masalan, juda
noyob foydali qazilma uchun bitta shaxta etarli bo’lib, ikkinchi raqibning
keragi yo’q. Shuningdek, aloqa shoxobchalari, gaz quvurlari kabilarni
ko’rsatish mumkin.
Tabiiy monopoliya shunday holatni taqozo etadiki, bunda ob’ektiv
kuchlar (tabiiy yoki texnik) sababli tovar ishlab chiqarish yoki xizmat
ko’rsatish bir firma qo’lida bo’lib, lekin bu jamiyat uchun foydali
hisoblanadi. Buning oldini olib bo’lmaydi, hatto zaruriyati ham yo’q.
Ammo narx-navo bu monopoliyalar uchun davlat tomonidan yoki mahalliy
hokimiyat tomonidan belgilanish zaruriyati tug’iladi.
45
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O’zbekiston Respublikasini majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi
sessiyasi ikkinchi yig’ilishda so’zlagan nutqi. Хalq so’zi 23 yanvar
2000y.
2. Iqtisodni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish
bosh yo’limiz. xalq so’zi 13 fevral, 2002 yil.
3. O’zbekiston Respublikasining konuni "Bankrotlik to’g’risida"
(yangi tarixi) - Zakon Respubliki Uzbekistan "O bankrotstve"
(novaya redaktsiya) G’Muxarirlar: S.Mirzaxujaev, O.E.Vulf. - T.:
Ukituvchi, 2003.-288 c. 1 ekz.
4. Maxmudov E.Х. Korxona iqtisodiyoti: O’quv qo’llanma. - T.:
TDIU, 2004.-208 c. 1 ekz.
5. Bozor
iqtisodiyoti
va
biznes
O’quv
asoslari:
qo’llanma
/A.E.Ishmuxamedov va boshk.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz.
6. Круглова
Н.Ю.
Основы
бизнеса.
учебник
для
вузов Издательство: РДЛ, 2005.
7. Кузнецов А. Основы рыночной экономики.
Терминологический словарь. Издательство: Владос,
2004.
8. Куторжевский Г.А. Экономика. Основы теории. Учебное
пособие, Издательство: Экономика, 2004.
1. http:\\www.cer.uz –O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar
markazi” ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron
manzili. Turli xil iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga
imkon beradi.
2. http:\\www.economyfaculty.uz
46
–
“Mikro-makroiqtisodiyot”
kafedrasi sayti mavjud bo’lgan veb-sayt
3. http:\\economics.com.ua
–bozor
iqtisodiyotiga
taalluqli
bo’lgan
ma’lumotlar veb- sayti
–
4. http:\\www.bearingpoint.uz
“O’zbekiston
iqtisodiyoti”
qo’llanmasiningg veb- sayti
5. http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari
6. http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti
7. http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining
namuna variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
8. http:\\bankreferatov.ru
–diplom,
dissertatsiya,
referat
va
ishlarining namuna variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
47
kurs
Download