1 Mavzu: Agrobiznes va uning bozor tizimidagi xususiyatlari Kirish. I.bob Agrobiznes va uning turlari 1.1 Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari. 1.2 Renta munosabatlari 1.3 Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari II.bob Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. 2.1. Yer rentasi va unga ta`sir ko`rsatuvchi omillar. 2.2. Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari. 2.3. O`zbekistonda agrar munosabatlarning yangi turlarini yuzaga kelishi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 2 Kirish. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llabquvvatlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini ko‘paytirishga bo’lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirish maqsadida. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish; 3 sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish; kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish. Hozirgi davrda mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o ’ z g a r i s h l a r , a m a l g a o s h i r i l a y o t g a n i j t i m o i y v a i q t i s o d i y i s l o h o t l a r mamlakatimizning har bir hududida o’zining ijobiy samarasini berayotgani bejiz emas. Agrar sektorining o’ziga xos xususiyatlari va u bilan bog’liq bo’lgan muammolarni tahlil qilib, keyin e'tibor yer rentasiga qaratiladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalarida ham to’xtalib o’tiladi. Tahlilning oxirida agrobiznes va uning turlari, O’zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari bayon etiladi. Takrorlash va o’zini tekshirib ko’rish uchun asosiy tushunchalar, testlar va masalalar ham berilgan. Bozor munosabatlari iqtisodiyotning hamma jabhalarining, jumladan qishloq xo’jaligini ham o’z ichiga oladi. Bu tizimda agrar munosabatlar alohida o’rin tutadi. Yer bilan bog’lik bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu munosabatlarning obyekti yer bo’lsa, uning subyektlari yer egallari, yerda xo’jalik yurituvchilar, yerga mehnat qiluvchi kishilar hisoblanadi. Agrar munosabatlar munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanishi, yerga 4 xilma-xil mulkchilikning paydo bo’lishi yerning garovga qo’yilishi nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog’lik. 5 I.bob Agrobiznes va uning turlari 1.1 Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari. Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, iroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta‘mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda. 6 Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi. Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi (1998), “Dehqon xo’jaligi to’hrisida”gi (1998), “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi” (1998) Qonunlarga hamda qishloq xo’jaligi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilagn boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli (50 yil) ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi. Qashqadaryo viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, meva- sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish vazifasi qo‘yildi. Demak, bu yil mamlakat agrar sohasida samaradorlikni keskin oshirish, bu borada barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solish yili bo‘ladi. Shu o‘rinda, raqamlarga eʼtibor qaratsak, 2020-yil yanvar oyi holatiga O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari soni 92,6 mingtani, qishloq xo‘jaligi korxonalari soni 27,6 mingtani, dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklari soni 5 mln.tadan ortiqni tashkil etmoqda. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 3 foizi qishloq xo‘jaligi korxonalari, 26,9 foizi esa fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng katta ulush esa, dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklariga tegishli – 70,1 foiz. 7 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — hisobot davrida fermer xo‘jaliklarida, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining jami qiymatini belgilab, qishloq xo‘jaligida yetishtirishning umumiy hajmini ifodalaydi. 2020– yilning yanvar – dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 249,8 trln. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 123,6 trln. so‘mni (103,4 %), chorvachilik mahsulotlari – 126,2 trln. so‘mni (102,1 %) tashkil qildi. 2.1-rasm Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining ulushi (%da) 8 2.2-rasm. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hududlar bo‘yicha xo‘jalik toifalari kesimida taqsimlanishi, (% da) 2020– yilning yanvar – dekabr oylari yakuniga ko‘ra, ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida (35,1 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Navoiy viloyatida (76,7 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Toshkent viloyatida (14,0 %) qayd etildi. Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Toshkent viloyatida (17,1 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Sirdaryo viloyatida (59,3 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Xorazm viloyatida (2,1 %) kuzatildi. Dehqonchilik mahsulotlari 2020– yilning yanvar – dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 123,6 trln. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,5 % ni tashkil qildi. 9 2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7 566,6 ming. t. donli ekinlar (2019– yilning yanvar – dekabriga nisbatan 1,7 % ga ko‘p) yetishtirildi. Jami don yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili, jami don yetishtirish umumiy hajmidan 82,0 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. 2.3-rasm O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi (ulushi), foiz hisobida Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o’zgarishlardan biridir. Agrobiznes – bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi birgalikda ishlatib, iste‘molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib 10 agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtiroqchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir. Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi. Agrobiznes turiga ko’ngilli va paychilik mablag’lari asosida tashkil qilingan Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo’lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun istе’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz rahbari bu sohaga har doim alohida e’tibor bеrib kеlmoqdalar. Boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligida ham kishilar o’rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo’ladi. Agrar sohada ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar unosabatlar dеyiladi. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bеvosita tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bog’liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog’lanib kеtadi. Bunda yer mеhnat quroli va mеhnat prеdmеti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Yerning hosil bеrish qobiliyatiga tuproq unumdorligi dеyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hеch qanday 11 aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kеlishi yerning tabiiy unumdorligi dеyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dеhqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mеxanizatsiyalash, ilmiy asoslangan holda sug’orish, irrigatsiya va mеlioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Yerdan olinadigan hosil ko’proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog’i ishchi kuchining, jonli mеhnatning yerga faol ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bеvosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo’lib, asosiy rolni o’ynaydi. Qishloq xo’jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lishi mumkin. Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish vositalaridan jamiyat barcha a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo’lida foydalaniladi. Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fеrmеr va dеhqon xo’jaligi shakllarida bo’lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi. Qishloq xo’jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdеk, xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli xil asbobuskunalardan tashkil topadi. Qishloq xo’jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o’lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo’lmaydi. 12 Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o’tkazadi, sanoat tarmog’ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Shunga binoan qishloq xo’jaligida kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mеxanizmlar va boshqalarning hissasi ko’proq. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – invеntarlar, yoqilg’i va moylash matеriallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo’jaligida aylanma kapitalning ko’pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’ladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital boshqa tarmoqlardagidеk doiraviy aylanib turadi, ya’ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib kеladi. Shuni ham ta’kidlash kеrakki, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bеvosita bog’liq bo’ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va tеxnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bеvosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to’laroq foydalanish har bir xo’jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo’jalik mahsulotining bеvosita ko’payishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o’rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligida turli ekinlarni ekib bo’lingandan to hosil yig’ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo’jalik ekinlari mеhnat ta’sirida bo’lgan kunlar hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan mеhnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga 13 bеvosita ta’sir o’tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mеhnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bеkor turadi. Masalan, sеyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g’alla o’rish kombaynlari, paxta tеrish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig’im-tеrim paytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida mеhnatning kapital va enеrgiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo’lishini taqozo qiladi, lеkin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va mеhnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag’larning sarfi bir mе’yorda bo’lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablag’lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablag’larning ko’pgina qismi (urug’lik, yem-xashak, turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, tеxnikaning butlash qismlari, nеft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib boradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning chеklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lеkin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kеlib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda. O’zbеkistonda amalga oshirilgan agrar islohotlarning diqqat markazida qishloq xo’jaligidagi yerni haqiqiy egasiga bеrish masalasi turadi. Shunga ko’ra, bu borada olib borilgan chora-tadbirlar natijasida «eng muhimi, qishloqda haqiqiy mulkdor – yer egasi paydo bo’ldi, uning mеhnatga munosabati, o’z ishining natijalaridan manfaatdorligi butunlay o’zgarmoqda. Kеyingi yillarda qishloq xo’jaligi ekinlaridan, birinchi navbatda, paxta va g’alladan eng yuqori hosil olingani, sohada ishlab chiqarish hajmi kеskin ko’paygani dеhqonchiligimizdagi tub sifat o’zgarishlarining samarasidir dеsak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. 14 O’tgan yili paxta xomashyosi yetishtirish 3 million 650 ming tonnadan, yalpi g’alla hosili esa 6 million 250 ming tonnadan oshib kеtgani buning yaqqol tasdig’idir». 2008 yilda ham qishloq xo’jaligi tarmog’ida muhim ijobiy natijalar qo’lga kiritilib, o’tgan yilga nisbatan 4,5 foiz o’sishga erishildi. 3 million 410 ming tonna paxta xomashyosi tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g’alla, shu jumladan, 6 million 145 ming tonna bug’doy etishtirildi3. Aksariyat qishloq xo’jaligi mahsuloti turlarini ishlab chiqarish bo’yicha o’sishga erishildi (13.1-jadval). Jadvaldan ko’rinadiki, 2018 yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlari tarkibida kartoshka (117,7%), poliz mahsulotlari (116,8%), sabzavotlar (111,7%) yetishtirish nisbatan ahamiyatli darajada o’sgan bo’lsa, faqat uzum o’tgan yilga taqqoslaganda 89,9% darajasida yetishtirilgan. O’zbеkistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi sababli yerga bo’lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik dеganda avvalo yerga bo’lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan rеalizatsiya qilish ko’zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo’lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O’zbеkiston Rеspublikasining yer kodеksida ta’kidlanganidеk «Еr uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun bеrilishi mumkin» Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo’lishi shart emas. Rеal xo’jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko’pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dеhqon va fеrmеr xo’jaliklari amalga oshiradi. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ham to’rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdеk, 15 ishlab chiqarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni harakatga kеltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil – ishchi kuchidir. Agrar munosabatlarni o’rganishda ham ishchi kuchining, jonli mеhnatning faol rol o’ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga kеltiruvchi rolini tushunmaslik go’yo kapital foyda yoki foiz, yer esa rеnta yaratadi, dеgan ko’pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg’on tasavvurlarga olib kеladi. Bu masalalarni to’g’ri tushunishda rеnta munosabatlarini o’rganish muhim rol o’ynaydi. Agrosanoat majmuasi qishloq хо'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ulami tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq tarmoqlar yig'indisidir. Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi aholining oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste'moli tovarlariga bo'lgan ehtiyojlarini to'laroq va samaraliroq qondirishdan iborat. Mamlakatimiz agrosanoat majmuasi agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyasining mahsuli bo’lib, o'tgan asrning 70- yillaridan boshlab yagona tizim sifatida shakllana boshladi. Agrosanoat majmuasining pirovard mahsulotini yaratishda ishlab chiqarish va muomala sohasining turli bosqichlarida bevosita va bilvosita 70dan ortiq tarmoqlar ishtirok etadi. Agrosanoat majmuasi tarkibiga texnologik va iqtisodiy jihatdan o'zaro bog'liq va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan oxirgi iste'molchiga yetkazib berishgacha bo'lgan jarayonda bevosita ishtirok etuvchi tarmoqlar kiradi. Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan tarmoqlar o'rtasidagi nisbat agrosanoat majmuasining tarmoq tarkibini tashkil etadi. Agrosanoat majmuasi 4ta sohani o'z ichiga oladi. Birinchi soha sanoatning agrosanoat majmuasini ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlovchi, shuningdek, qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish va texnik xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlaridan iborat. Bu sohaga agrosanoat majmuasi uchun mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar, qishloq xo'jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar, yoqilg'i - moylash materiallari yetkazib beruvchi, mineral o'g'it va ximikatlar, qishloq хо'jaligi zararkunandalariga qarshi vositalar ishlab Chunki iqtisodiy jihatdan erkin bo'lgan fuqaro, haqiqiy 16 mulkdorgina o'z mol-mulkini samarali tasarruf etishdan, o'z boyligini ko'paytirishdan manfaatdor bo'libgina qolmay, balki butun mamlakatni, boyitishga ham qodir bо'lаdi."3 Fermer хо'jaliklarini tashkil etish tanlov asosida, oshkoralikni ta'minlagan holda amalga oshirilmoqda. Fermer xo'jaliklari mamlakatimiz sharoitida ham xo'jalik yuritishning eng samarali shakli ekanligini qisqa muddat ichida isbotlay oldi. Buni 2016 yilning boshida tugatilgan shirkat хо'jaligi negizida tashkil etilgan 125,7 ming fermer хо'jaliklarining ilk natijalari yaqqol ko'rsatib turibdi. Ularning soni o'tgan yilga nisbatan 21,7 mingga ko'paygan. Fermer хо'jaliklarning qishloq хо'jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi 18,6%dan 24,5%ga oshdi. Yangidan tashkil etilgan fermer хо'jaliklarida birinchi yilning o'zidayoq paxtaning hosildorligi 6,4 sentnerga, donning hosildorligi 5,3 sentnerga oshdi. Rentabellik darajasi paxtada - 12,8 foizdan 18,9 foizga, donchilikda - 1,9 foizdan 19,8 foizga yetdi. Fermerlarda mahsulot birligiga ketadigan moddiy resurslar sarfi sezilarli darajada kamaydi. Moddiy xarajatlar har gektariga mineral o'g'it bo'yicha 46 kilogramm, yonilg'imoylash materiallari bo'yicha 67 kilogrammga kam bo'ldi. Ularda mahsulot miqdorining ko'payishi asosan ekinlar hosildorligi va chorva mahsuldorligining oshishi evaziga yuz bermoqda. Ilk bora yuqorida qayd etilgan o'sish sur'atlariga оbhavoning qulay kelishi natijasidagina emas, balki zarar bilan ishlayotgan shirkat xo'jaliklari o'rnida fermer xo'jaliklarini tashkil etish, korxonalarni kreditlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o'tkazish, zarur miqdordagi mineral o'g'itlar bilan o'z vaqtida ta'minlash va shartnoma munosabatlarini takomillashtirish evaziga erishildi. Umumiy ekin maydonlari tarkibida fermer хо'jaliklarining ulushi 59,3%, alohida qishloq xo'jalik ekinlari bo'yicha mazkur ko'rsatkich quyidagicha: donli ekinlar 57,7%, texnik ekinlar – 68,1, ozuqa ekinlari – 46,3%. 1.2 Renta munosabatlari Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to’liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o’rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha turlicha yondoshuv va qarashlar mavjud bo’lib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu 17 sababga ko’ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha asosiy va ko’pincha bir–biriga qarama–qarshi bo’lgan nazariyalarga duch kelamiz. Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida kwrib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, erning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, erning qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar. Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit takomillashtirilgan. va Jumladan, D.Rikardolar Anderson tadqiqotlarida differentsial turli renta darajada to’g`risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o’laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o’rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog`lagan. Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo’shganlar. Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo’yicha chop etilgan qator o’quv qo’llanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda. D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turlitumanligi natijasida ulardan foydalanish chog`ida renta daromadlarining turli ko’rinishlari paydo bo’ladi, jumladan: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab 18 chiqarishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog`ida vujudga keluvchi renta; o’rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo’luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog`liq bo’lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o’xshash shart-sharoitlar mavjud bwladi. Qishloq xo’jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bwladi, shunga ko’ra ularni er rentasiga kiritish to’g`ri bo’ladi. Haydaladigan yer, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, wrmon va boshqalardan to’lanishidan qat`iy nazar, renta ko’rinishidagi mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi. Yer rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig`i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differentsial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shartsharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob`ekti yoki xo’jalik yuritish ob`ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya`ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. 19 Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi. Qishloq xwjaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi –erning miqdori va sifatini tabiatning wzi cheklab qwygan, uni inson kwpaytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor er uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta`minlangan bo’lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko’pmi doimiy xususiyatga ega. Barcha erlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar erga xo’jalik ob`ekti sifatidagi monopoliya vujudga keladi. Bu hol differentsial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi. Shunday qilib, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir. 20 Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bwlinadi. Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog`liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum er uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday er uchastkalarida sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, shaharlardan va markaziy yo’llardan uzoq joylashgan er uchastkalari mahsulot birligiga to’g`ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo’ladi. Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta. Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shartsharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq 21 xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to‘plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Demak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir. Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi. Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohot1arning yangi bosqichida mulkchilikning ijara shakllarini, shartnomaviy munosabatlarga asoslangan хо'jalik yuritish tizimini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulot1ari ishlab chiqaruvchilari manfaatlari ustuvorligini ta'minlash vа xizmat ko'rsatuvchi tashkilot1ar faoliyatini ana shu maqsadga qaratish, turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'jalik yuritish sub'ektlari saqlab qolingan holda fermer хо'jaliklarini rivojlantirish muhim yo'nalish etib belgilandi. Shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklariga ishlab chiqarish faoliyatida yanada keng erkinlik berildi, bir vaqtning o'zida yersuv resurslaridan unumli foydalanish va shartnoma shartlarini bajarishda tomonlarning javobgarligi va mas'uliyati oshirildi. Farmonda ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan bosh maqsad islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud tabiiy, iqtisodiy, tashkiliy va mehnat resurslari salohiyatidan samarali foydalanish, pirovard natijada aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Farmonda shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklarining teng huquqligini saqlab qolgan fermer хо'jaliklarini ustuvor 22 rivojlantirishga alohida urg'u berildi. Absolyut renta - qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Ma'lumki, yerga bo’lgan monopol egalik natijasida eng sifati past yerlar ham bepul ijaraga berilmaydi. Yer uchastkalarining sifati qanday bo’lishidan qat'iy nazar, yer mulk bo’lganligi uchun uning egalari absolyut renta oladi. Absolyut yer rentasi eng unumdor, o’rtacha unumdor va unumdorligi past bo’lgan yerlardan ham olinadi. Barcha uchastkalardan olinadigan renta miqdori teng bo’ladi. Sifatli yerlardan undiriladigan absolyut renta, umuman olganda, renta miqdoridan kam bo’ladi. Shuningdek, yer tanqisligi sharoitida uning mulk bo’lishi va band etilishi undan olinadigan mahsulotlarga talabning ortib borishi natijasida absolyut renta olish imkoni tug’iladi. Talab oshgan sayin yomon, hatto, eng o’ta yomon yerlardan ham foydalaniladi. Sifatsiz yerlardan olingan mahsulot narxi sarflangan xarajatni qoplashi kerak. Chunki uning tarkibida tadbirkorning normal foydasi va renta ham bo’ladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot qimmatga tushsa-da, bozor shu mahsulotni ko’taradi. Negaki, u bozor ehtiyojini qondiradi. Sifati past yerdan olingan mahsulotning odatdagidan yuqori narxda sotilishi absolyut rentani hosil qiladi, binobarin, yer egasi uni o’ziga o’zlashtiradi. Bunday yer uchastkalarining egalari absolyut renta bilan bir qatorda differensial renta ham oladilar. Qishloq хо'jalik korxonalarida soliq tizimi takomillashtirilib, 1999 yil 1 yanvardan boshlab, uning mavjud bir nechta turlari o'rniga yagona yer solig'i joriy etildi. Вu tadbir MDH davlatlari ichida birinchi bo'lib qo'llanila boshlanganligi va hozirgacha amaldaligi muhim ahamiyat kasb etadi. Agrar islohotlarning uchinchi bosqichi 2000 yildan boshlandi. Вu bosqich: qishloq xo'jaligida tovar ishlab chiqaruvchilar haq- huquqlarini himoya qilish ustuvorligi; 23 tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini yanada kengaytirish va davlat buyurtmasi bo'yicha yetishtirilayotgan mahsulotlarga baho belgilashda dunyo bozori narxlariga mos keluvchi tizimni shakllantirish; shirkat хо'jaliklarini, birinchi navbatda past rentabelli vа zarar ko'rib ishlayotgan korxonalarni fermer хо'jaliklariga aylantirish asosida qayta tashkil etish mexanizmi joriy etilishi; qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko'rsatuvchi zamonaviy infratuzilma tizimining barpo etilishi bilan xarakterlanadi. Xizmat ko'rsatish sohalari ob'ektlarini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida tashkil etish boshlandi. Ular birinchi navbatda yangi fermer xo'jaliklari tuzilayotgan hududlarda barpo etilmoqda. Shunday qilib, qishloq хо'jaligi o'tish davrining Murakkab bosqichlarida o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajara oldi. Q'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq хо'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to’g’risida"gi Farmoni qishloq xo'jaligida tarixiy ahamiyatga ega hujjat bo'lib, tarmoq rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi. Farmon ayrim idora vа vazirliklarning shirkat hamda fermer xo'jaliklari erkin faoliyatiga to'g'anoq bo’lib kelgan buyruqbozlik vа taqsimot funksiyalariga chek qo'ydi. Ushbu hujjat qishloq хо'jaligida mana shunday kamchilliklarni bartaraf etish yo'llarini hamda yaqin kelajakda agrar sohani rivojlantirishdagi ustuvor yo'nalishdagi vazifalarni aniq belgilab berdi. Agrosanoat birlashmalari vа kombinatlari agrobiznesning yana bir turlaridir. Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi vа unga bog'liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi bir necha хо'jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, bog'dorchilik vа uzumchilik bilan shug'ullanuvchi хо'jaliklar, ular mahsulotni qayta ishlovchi sex vа zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib 24 agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlаshmа ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo'jalik vа moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. Agrosanoat kombinatlari qishloq хо'jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash vа iste'molchiga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi хо'jalik vа korxonalarning ma'lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko'ngilli vа paychilik mablag'lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma vа ittifoqlarni ham kiritish mumkin. Qishloq хо'jaligida davlat korxonalari, jamoa хо'jaliklari vа shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan ko'shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko'rsatadi. 1.3 Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari. Zamonaviy agrosanoat majmuasining asosiy xususiyati xomashyo ishlab chiqarish va qayta ishlashda, shuningdek, asosiy ishlab chiqarishdan chiqindi chiqindiga qadar kompleks qayta ishlashda yuqori ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi va sanoat o‘rtasida doimiy va bevosita aloqalarning mavjudligidir. tayyor mahsulotlar. Shuningdek, muhim yuqori daraja kompleksning barcha korxonalari rivojlanishining tarmoq va hududiy o‘zaro bog‘liqligi va mutanosibligi. Biroq bunday hududiy birlikni agrosanoat kompleksining barcha tarkibiy qismlarini yagona platforma doirasida joylashtirish deb tushunmaslik kerak. Agrosanoat majmuasini tashkil etuvchi bo'linmalar (qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qayta ishlash va sotish) ishlab chiqarish va iqtisodiy birlikni saqlash sharti bilan bir-biridan sezilarli masofada joylashgan bo'lishi mumkin. Shunday qilib, agrosanoat kompleksi- bu o'zaro bog'langan tarmoqlar ishlab chiqarishni tashkil etish shakli bo'lib, u tegishli qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalari ma'lum bir hududda xom ashyo olishdan tortib to mahsulot ishlab chiqarishgacha bo'lgan yagona ishlab chiqarish tsikliga organik ravishda birlashtirilgan ishlab chiqarish-hududiy tizim sifatida qaraladi. tayyor mahsulotlar. Agrosanoat majmuasi tarkibidagi qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash bo‘g‘inlari o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik ularning bir-birisiz normal faoliyat yurita olmasligidan dalolat beradi. Har qanday agrosanoat majmuasi qishloq 25 xo‘jaligi va sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti natijasida ichki birlik va yaxlitlik bilan ajralib turadi. Agrosanoat majmuasining asosiy qismi birgalikda foydalanish asosida rivojlanayotgani xarakterlidir mehnat resurslari, yordamchi va xizmat koʻrsatish obʼyektlari, energetika, taʼmirlash inshootlari, suv taʼminoti, kommunal xoʻjaligi, hudud jamoasi, tabiiy va tarixiy sharoitlar, tashkil etish va boshqarish usullari. Sanoatning qishloq xo'jaligi bilan yaqinlashishi va o'zaro ta'siri jarayoni deyiladi agrosanoat integratsiyasi, bu fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishidagi muhim qonuniyatdir. Agrosanoat integratsiyasi agrosanoat majmuasini rivojlantirishning obyektiv asosidir. Bunga ishlab chiqarishni yuqori darajada konsentratsiyalash va ixtisoslashtirish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning sanoat usullari va ko‘p bosqichli texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoatni uyg‘unlashtirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish hisobiga erishilmoqda. funktsiyalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrosanoat integratsiyasi yangi xususiyatlar kasb etadi, chunki integratsiya jarayonlari ishlab chiqarishning tashkiliy tuzilmasining kombinatsiya va kooperatsiyaga asoslangan o'zgarishi bilan bog'liq. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari, agrofirmalar, agrokonsortsiumlar va boshqalar kabi xo‘jalik yuritishning turli shakllari rivojlanmoqda.Agrosanoat integratsiyasi va xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarining rivojlanishi ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuniga asoslanadi, bunda u o‘zini namoyon qiladi. ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, kooperatsiyasi va kontsentratsiyasini bosqichma-bosqich chuqurlashtirishda. Agrosanoat kompleksi integratsiyasining ikkita asosiy shakli - gorizontal va vertikal ko'rib chiqiladi. Kombinatsiya yuqori ixtisoslashgan qishloq xo'jaligi korxonalari yagona funktsiyani bajarish asosida bir hil mahsulot ishlab chiqaradiganlar gorizontal integratsiya deb ataladi, uning rivojlanishi bir xil mahsulot ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan yagona butun qishloq xo'jaligi korxonalariga (yuqori 26 ixtisoslashtirilgan ozuqa, urug'chilik xo'jaliklari va boshqalar) aylanishiga olib keladi. Vertikal agrosanoat integratsiyasi ishlab chiqarish, sanoatda qayta ishlash va tayyor mahsulotni sotishni o'z ichiga olgan ishlab chiqarish jarayonining o'zaro bog'liq bo'lgan yagona yaxlit bosqichlarini birlashtirishdir. uning natijasi qishloq xo‘jaligi xom ashyosining ayrim turlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash asosida izchil rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish jarayonlarining barqaror majmualarining agrosanoat sikllarini shakllantirishdir. Ukraina ichida, masalan, yaxshi rivojlangan don, qand lavlagi, meva va ovokimyasal, yog 'va yog', efir moyi, lonopromislovy, go'sht, sut va ptahopromislovy ko'chadan bor. Agrosanoat integratsiyasi qishloq joylarida sezilarli o'zgarishlarni oldindan belgilab beradi, chunki mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini iqtisodiy va texnologik birlashtirish jarayoni natijasida yangi ko'k kasblarga ehtiyoj paydo bo'ladi, aholi punktlarining ayrim turlari shakllanadi va xizmat ko‘rsatish sohasi kengayib bormoqda. Agrosanoat majmualarining shakllanish qonuniyatlari qishloq xo‘jaligi xom ashyosi asosida faoliyat yurituvchi sanoat va qishloq xo‘jaligining o‘zi o‘rtasidagi o‘zaro yaqin aloqalarga asoslanishini ham ta’kidlash lozim. Zero, qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlovchi kompleks-formal korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish har doim qishloq xo‘jaligining o‘sha tarmoqlari bilan bevosita bog‘liq. xomashyo bazasi... Biroq, qishloq xo'jaligi va qayta ishlash sanoati o'rtasidagi aloqalarning mavjudligi agrosanoat majmualarini faqat turli bo'g'inlar (ishlab chiqarish birliklari) o'rtasida doimiy rivojlanish sharti bilan shakllanishiga olib keladi. Ayrim qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalari o'rtasida doimiy va bevosita iqtisodiy, texnologik, tashkiliy, ma'muriy aloqalarning rivojlanishi qishloq xo'jaligi va sanoatni bir ishlab chiqarish tsiklida qishloq xo'jaligi xom ashyosini ishlab chiqarishdan tortib uni sanoatda qayta ishlashgacha organik ravishda birlashtirish uchun sharoit yaratadi, birlashtirishga yordam beradi. ishlab chiqarish jarayonlari. Sanoatning bir qancha tarmoqlari tomonidan energiya, transport, kommunal xo‘jalik, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari, ta’mirlash ustaxonalari, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari majmuasidan birgalikda foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda. ish kuchi, va eng muhimi - xom ashyoni 27 eng to'liq qayta ishlash. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini va uni sanoatda qayta ishlashni kombinatsiya asosida birlashtirish hudud resurslaridan (tabiiy, mehnat, moddiy va boshqalar) maksimal darajada foydalanish hisobiga ishlab chiqarish faoliyatining qoʻshimcha samarasiga olib keladi. Binobarin, kombinatsiya ishlab chiqarish jarayonining elementlari o'rtasida yaqin texnologik aloqalarni nazarda tutadi, buning natijasida agrosanoat majmuasida ishlab chiqarishning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishiladi. 28 II.bob Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. 2.1. Yer rentasi va unga ta`sir ko`rsatuvchi omillar. Malumki, iqtisodiyotning boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligi bilin bog’liq ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida muayyan iqtisodiy munosabatlar kelib chiqadi va yer bilan bo’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. “Iqtisodiyot nazryasi” fani yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar agrar munosabatlar deb o’rganiladi. Insonning iqtisodiy faoliyati dastlabki davrdanoq, bevosita yerni ishlashdan boshlanganligi bois agrar munosabatlar ham iqtisodiy munosabatlarning eng qadimgi shakli hisoblanadi. Bozor munosabatlarining iqtisodiyotning barcha jabhalariga qanchalik darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatishidan qat’i nazar, agrar munosabatlar bu tizimda o‘zining muhim o‘rniga va salmoqli salohiyatiga ega bo‘lib qolmoqda. Agrar munosabatlarning obyekti va subyektlari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos xususiyatga egadir. Agrar munosabatlarning obyekti yer, subyektlari esa yer egalari, yerda xo‘jalik yurituvchilar yoki yerda iqtisodiy faoliyat ko‘rsatuvchilar hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlar yerga bo‘lgan turli mulkchilikning shakllanishi, yerning tadbirkorlik obyekti bo‘lganidan garovga qo‘yilishi, yer uchun pul shaklida rentaning turli ko‘rinishlarda undirilishi hamda uning agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi kabi shart-sharoitlar bozor iqtisodiyotida agrar munosabatlarning o‘ziga xos mazmun-mohiyatga ega ekanligini bildiradi. Qishloq xoʻjaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar – yer, oʻsimlik, chorva mollari bilan bogʻliq boʻladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bogʻlanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan toʻgʻri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. 29 Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy boʻlishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy oʻzgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida oʻsimlik “oziqlanishi” mumkin boʻlgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirishning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, undirma sanoat, qurilishlar uchastkalaridan olinadigan renta. Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi-yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’yekti yoki xo‘jalik yuritish ob’yekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha daromadning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi-yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to‘plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik 30 yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha mahsulot va foyda oladilar. Demak, differentsial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati, ya’ni unumdorligidagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir. Differentsial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi. Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differentsial renta II xo‘jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklarning ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya’ni, differentsial renta I va II ni o‘z ichiga oladi. Differentsial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan joylashuv bo‘yicha yoki alohida olingan xo‘jalikning individual qiymati o‘rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik o‘rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini oladi. Differentsial renta I xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lganligi sababli uning manfaatlari yo‘lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat byudjetida to‘planishi lozim. Bu hol o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat byudjetiga o‘tgan bu differentsial renta I mablag‘larini, mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi. Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy 31 unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklarning o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning faqat bir qismi davlat byudjetiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentaning hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differentsial renta I va differensial renta II yer egasi bo‘lgan davlat bilan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida taqsimlanadi. Absolyut renta. Ko‘pgina mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi. Yerga bo‘lgan bu mulkchilik monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’i nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to‘lovlar oladilar. Mana shu to‘lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo‘lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi-monopol renta ham mavjud. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari, uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo‘shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi ishlash uchun qulayligi jihatidan va konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo‘jaligidagi singari, o‘rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi. Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar 32 ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog‘liq ravishda kapital qo‘yilmalar sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va renta miqdoran birbiriga to‘g‘ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi formulasi quyidagicha: IX R r A , bu yerda: R- yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan renta; r- yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz; A- yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob’yekti emas, balki oldisotdi ob’yekti hamdir. Yer qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo‘llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi? Ma’lumki, yer inson mehnati mahsuli bo‘lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko‘ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat in’omlari narxini irratsional narxlar deb ataydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo‘yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo‘lmagan taqdirdagina yerni sotadi. Boshqacha aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to‘g‘ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi ikkita miqdorga bog‘liq: 1) yer uchastkasi egasi olishi mumkin bo‘lgan yer rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi me’yoriga. Shundan kelib chiqib yerning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 100% r R B , bu yerda: B - yer narxi; R- renta; r - ssuda foizi me’yori. Renta miqdori o‘sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda yerning narxi o‘sib boradi. Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillarga bog‘liq. Jumladan, yerga narxning o‘sishini, unga noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o‘sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yerga talab keskin o‘sadi, bu tegishli ravishda yer narxining o‘sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan hozirgi 33 davrgacha yer narxi barqaror o‘sish tamoyiliga ega bo‘lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi. 2.2 Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari. Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta‘mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi.Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar.Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlash uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta‘mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi, aholiga xizmat qiluvchi ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash va boshqa maqsadida ham infratuzilmalarga e‘tibor berilmoqda. Birgina 2007 yili qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlash 84 foizga. Shu jumladan qishloq joylarida 77 foizga yetdi, tabiiy gaz bilan ta‘minlanish 82 foiz, qishloqlarda 77 foizgacha ko’paydi.Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o’zgarishlardan biridir. Agrobiznes – bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi 34 birgalikda ishlatib, iste‘molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. Agrosanoat birlashmalari– bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidirQishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari. Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi.Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urfodatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ham to’rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati, ishchi kuchi qatnashadi. Bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Bu omillarni barchasini harakatga keltirish ishchi kuchi omiliga bevosita bog’liqdir. Kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi degan tushunchalar – xato fikrmulohazalardir, uni barchasini jonli mehnat egasi bo’lgan ishchi kuchi yaratadiIqtisodiy rivojlanish qishloq xo’jalik tarmoqlarida doimo sanoat, savdo, transport va boshqa sohalar bilan bog’liq bo’ladi. Mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo’jalik xom ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo’jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg’un rivojlanishiga ham bog’liq bo’ladi. Bu holat tarmoqlarning yagona, yahlit tizimini keltirib chiqarishga asos 35 bo’ladi.Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste‘molchilarga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi (ulushi), foiz hisobida. 2.3 O`zbekistonda agrar munosabatlarning yangi turlarini yuzaga kelishi Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida tadbirkorlik shakllari aholini ish bilan bandligini ta’minlashning rivojlanib borishida hal etuvchi rol o‘ynaydi. Tadbirkorlikdagi xususiy tashabbuskorlik, omilkorlik hozirgi zamon iqtisodiy jarayonida harakatlantiruvchi kuchdir. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib borish har qanday bozor islohotining bosh yo‘nalishlaridan biridir. Tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyati va ahamiyatli jihatlaridan biri uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining doimiy ravishda o‘sib borishidir. O’zbekiston respublikasida 2000 yil 31 foiz 2021 yilga kelib 54,2 foizi va iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining 82 foizidan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi va iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining kichik tadbirkorlik sube’ktlaridagi ulushining Respublika va viloyat ko‘rsatkichlari 1,5-2,0 foizga farq qilgan holda rivojlanmoqda. Hozirgi zamon ijtimoiy hayotida unga amaliy ehtiyoj sezmaydigan birorta xo‘jalik faoliyati topilmaydi. Tadbirkorlik har qaysi mamlakatda va uning ayrim hududlaridagi aniq demografik va iqtisodiy holatlarni hisobga olgan holda rivojlanadi, tadbirkorlik yo‘nalishining rivojlanishi esa aniq holatdagi mamlakatimiz iqtisodiyotning amaliy vazifalari bilan bog‘liq bo‘ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 - son Farmonida keltirilgan maqsadlaridan biri tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish hamda Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar 36 daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish. Ayiniqsa agrar sohada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish mamlakitimizning muhim vazifalaridan biridir. Qishloq xo‘jaligi dunyodagi eng muhim sohalardan biridir. Aytish mumkinki, qishloq xo‘jaligi barcha kishilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash bilan birga, ularni ish bilan band qiladi. Buni amalga oshirish tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi sohasi bilan birgalikdagi faoliyatiga bog‘liq. Ushbu hamkorlik iqtisodiyotning barqarorlashuvi hamda global iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Global iqtisodiy rivojlanishda tadbirkorlik qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari va bu bilan bog‘liq xavflar tufayli bir qator muammolar, qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch keladi. Shu bois qishloq xo‘jaligida yuqori samarali, raqobatbardosh tadbirkorlik foaliyatini shakllantirish zarur. Tadbirkorlikning mohiyatini, uning harakat va imkoniyatlari doirasini yaxshiroq tushunib olish uchun, uning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga bo‘lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy – iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik jihatlar nuqtai – nazaridan umumlashgan holda tahlil qilamiz. O’zbek olimlaridan A.O’lmasov va N.To‘xliyevlarning tadbirkorlikni «daromad keltiradigan yoki naf beradigan xo‘jalik faoliyati (kasb-kor, mashg‘ulot) sohibkorlik - tijorat ishlari bilan shug‘ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bo‘lish» [8], «...tadbirkorlik-pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish» [8], deb ta’riflashgan. Ushbu ikki ta’rif birbiriga juda o‘xshash bo‘lib, ularning bir-birlaridan farqlanishini ko‘rsatib berolmaydi. Shu asosda, shunday fikrga kelish mumkinki, A.O’lmasov ushbu ikki tushuncha mazmuniga o‘z qarashlarini rivojlantirib, biznes tushunchasiga ancha to‘laroq ta’rif beradi. Masalan, u «Biznes keng ma’nodagi qonuniy yo‘l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir», «tadbirkorlik-kishilar (mulkchilik sub’ektlari)ning moddiy va pul mablag‘larini (kapitalni) amalda xo‘jalik oborotiga tushirib, daromad topishga mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyat, deb qaraydi. Tadbirkorlik, umuman, pul topish emas, balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi», deb ta’riflaydi [8]. Shunday qilib, biz shunday fikrga kelishimiz mumkinki, daromad topishga qaratilgan har qanday faoliyatni ham 37 biznes tushunchasi bilan ifodalash mumkin emas. Biznes foyda olishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, mulkiy mas’uliyat va javobgarlikka, iqtisodiy tahlikaga asoslanadi. Bu esa biznes bilan shug‘ullanuvchi faoliyatda xonavayron bo‘lish, bozori kasod bo‘lish xavfi mavjudligini, agar bu hol yuz bersa, u holda mulkidan ayrilishi mumkinligini anglatadi. Shuning uchun, biznes tushunchasi daromad, foyda, naf olish maqsadida mulkiy javobgarlikka, iqtisodiy tahlikaga asoslangan faoliyatni anglatadi. Tadbirkorlik biznesning bir turi bo‘lib, foyda olish maqsadidagi yaratuvchanlik, ya’ni tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatidir. Biznes o‘z ichiga tadbirkorlikni, iste’mol biznesini va boylikdan boylik undirish biznesini, yaratuvchilik bilan bilan bog‘liq bo‘lmagan kasbkorlik biznesini oladi. Kichik tadbirkorlik erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish jarayonida tashkil etilish shakli va turlarini o‘zgartirib boradi hamda o‘z imkoniyati va tashqi muhit ta’sirida faoliyat turlarini o‘zgartirishi, bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishi mumkin. 38 Xulosa. Mustaqillik yillarida viloyatimizda qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi. Paxta monokulturasidan chekinish, oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan o`zini-o`zi ta`minlash hamda oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, qishloq xo`jaligini rivojlantirish strategiyasining asosiy tamoyillari bo`lib hisoblanadi. Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaliklaridan to’lig’icha kengroq foydalanib agrobiznesni rivojlantirish mumkinligi ko’rsatilib o’tildi. Barcha sohalarda bo’lgani kabi bugungi kunda qishloq xo’jaligida agrobiznesni rivojlantirishda raqamli tehnologiyalarni yo’lga qo’yilib borilmoqda. Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan maqsad va vazifalar ro‘yxati yetarlicha keng qamrovli ko‘rinishi mumkin. Biroq ularning yechimlari to‘la hayotiy bo‘lib, qishloq xo‘jaligini raqobatbardoshligini modernizatsiya oshirish, qilishni shuningdek tezlashtirish mamlakat hamda iqtisodiyotidagi agrobiznesning tarkibiy o‘zgarishlar uchun o‘ta muhim. Ayni vaqtda ishlab chiqilayotgan 2019-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy strategiyasi mazkur sohada Jahon banki guruhi hamda boshqa xalqaro hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga tayyor bo‘lgan islohotlarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatga aylanishi lozim. Uning qabul qilinishi va keyinchalik hukumat tomonidan amalga oshirilishi yuqorida tilga olingan vazifalarni mamlakatni rivojlantirish va O‘zbekiston xalqi farovonligini oshirish uchun iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirishga zamin yaratadi. Agrobiznesni rivojlantirishda innovatsion usullarini joriy etish orqali qishloq xo’jalik korxonalarini shartsharoitlarini o’rganish, usullarini joriy etish biz kabi mutaxassislarning muhim vazifasi hisoblanadi. 39 Fermerlar o‘zlarining yerga bo‘lgan huquqi daxlsiz ekaniga to‘liq ishonmas ekan, ular mehnat samaradorligini foydalanishga taqdim etilgan oshirish hamda yerlar hosildorligini mahalliy hokimiyat yaxshilashga sarmoya kiritmaydi. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini nazorat qilishning ushbu eskirgan tizimi ularning rivojlanishlari uchun halokatli darajada zararli bo‘lib, fermerlarning mahalliy hokimiyatlardanfoydalanish uchun olgan yerlarga sarmoya kiritishga bo‘lgan rag’batini so‘ndiradi. Bugungi kunda davlat tomonidan mahsuldorlikka qarshi xizmat qilayotgan mazkur amaliyotdan vozkechish zarur. Mamlakatimiz bug’doy va paxta uchun davlat narxining pastligi hisobiga fermerlarni soliqqa tortishni bekor qilish orqali davlat xarajatlarining samaradorligini tezda oshirishi mumkin. O‘zbekiston asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ichki narxlari xalqaro darajadan past bo‘lgan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri sanaladi. Mazkur davlatga uzoq muddatli istiqbolga ega tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan byudjet harajatlarini kamaytirish uchun qisqa va o‘rta muddatli istiqbolga ega qishloq xo‘jaligini davlat Bizning fikrimizcha quyidagi takliflar amaliyotga tadbiq etilsa, agrobiznesni rivojlantirish orqali qishloq xo’jaligini ham rivojlantiramiz. tomonidan moliyalashtirish hajmini oshirish kerak. Bunda asosiy e’tiborni byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish samaradorligiga qaratish zarur. Agar dehqon xo‘jaliklarining ehtiyojlariga e’tibor qaratilmasa, qishloq xo‘jaligi eksporti faqat kichik fermerlar va agrotashkilot guruhlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi va mazkur fermerlar guruhining inklyuziv iqtisodiy rivojlanishi uchun ajoyib imkoniyat qo‘ldan boy beriladi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlargaerishildi. 40 Yuqori sur`atlarda o`sib borayotgan viloyat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining kengaytirilishi hisobiga g`o`za ekin maydonlari qisqartirildi. Ozuqa ekinlari maydonlarining qisqartirilishi, chorva mollari va parrandalarni mustahkam ozuqa bazasi bilan ta`minlash yaxshi yo`lga qo`yilgan takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlarini ekish hisobidan qoplanayotganligi bilan izohlanadi. Viloyatda ekin maydonlari tarkibiy tuzilmasini oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish hisobiga bosqichma-bosqich maqbullashtirish bo`yicha aniq maqsadli yo`naltirilgan choratadbirlar ko`rilmoqda, shuningdek dehqon (shaxsiy yordamchi) va fermer xo`jaliklarida chorva mollari va parrandalar bosh sonini ko`paytirishni rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tahlillar natijalari, fermer xo`jaliklarida asosan paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa yo`nalishlari, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarida esa chorvachilikning yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat bermoqda. Viloyat aholisini dehqonchilik mahsulotlari bilan ta`minlash asosan fermer xo`jaliklari tomonidan, chorvachilik mahsulotlari bilan ta`minlash esa dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari tomonidan amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda. Agrosanoat mahsulotlarini majmuasining tayyorlovchi, uchinchi qayta ishlovchi sohasi va qishloq tayyor хо'jaligi mahsulotlarni iste'molchiga yetkazib beruvchi tarmoqlar va korxonalarni o'z ichiga qamrab oladi. Paxta, go'sht va sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog'-moy kombinatlari, jun, kanop, pillani qayta ishlash korxonalari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug'ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. 41 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2015 - 2017 – www.constitution.uz 2. O‘zbekiston Respublikasi 1998-2000 yillardagi davrida qishloq xo‘jaligi iktisodiy islohotlarni chukurlashtirish dasturi, 1998. 3. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ639-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 540-modda) 4-moddasi. 4. 2018 yil 26 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3680-sonli II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari 5. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O’zbekiston», 2017. 6. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq /Sh.M. Mirziyoev. - Toshkent: «O’zbekiston», 2016. 7. Birinchi prezident I.A.Karimov “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir”, Xalq so‘zi, 2015 yil 20 yanvar. 42 8. Birinchi prezident I.A.Karimov Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‟lini qat‟iyat bilan davom ettirish, Xalq so‟zi, 2014 yil 18 yanvar 9. Birinchi prezident I.A.Karimov “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” Turkiston gazetasi 2011 yil 22 yanvar. 43