ANGREN UNIVERSITETI “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fanidan KURS ISHI Mavzu: Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning turlari va amal qilish mexanizmi. Bajardi:Iqtisodiyot fakulteti, I-109 guruhi talabasi Irkabayeva L. Tekshirdi: Yusupov U. Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” _______2023 y. Kurs ishi himoya qilingan sana “____” _______2023 y. ___________ (imzo) Baho “_____” _________ ___________ (imzo) ANGREN – 2023 1 Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “____” _______2023 y. Komissiya aʼzolari: __________________ _________________ Mavzu : Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning turlari va amal qilish mexanizmi Mundarija Kirish…………………………………………………………………………..…...3 I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari LLIqtisodiyot va uning bosh masalasi……………………………………………..5 Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi……………………….13 bob. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy ma’lumotlar………………………………………………………………………19 1.2. II 2.1.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyoj qonuni……...19 2.2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ilmiy bilishning uslublari …………29 Xulosa...…………………………………………………………………………..33 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………….35 2 Kirish O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida har qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada davlatimizning birinchi rahbari I.Karimovning quyidagi fikrlari e’tiborga loyiqdir: “Izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2011 yilda soliq yuki, 1991 yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. 2011 yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo’shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so’m mablag’ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo’naltirish imkoni paydo bo’ldi”. Kurs ishining maqsad va vazifalari.Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy qonun aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Iqtisodiy qonunlar unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy qonunni boshqarishi zarur. Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi O’zbekistonning iqtisodiy qonun va kategoriyalarini va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat. Kurs ishining predmeti: O’zbekistonning iqtisodiy qonun va kategoriyalarini kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat. Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2ta bob xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. 3 I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari l.l.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to’g’ri tushunish ko’’ jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur bob insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu erda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o’rnini ko’rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o’rin beriladi. Bu bobda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib berishga alohida e’tibor qaratiladi. 4 I-bob.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o’zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’’ qirrali va g’oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko’’ayib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug’ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o’zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari - kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan ‘ul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga to’ish kerak degan muammolarga duch keladi. Shu muammolarni echish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol to’ishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. Iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohalari turli tuman bo’lganligi uchun iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko’’dir. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol to’ishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, ‘laton, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda 5 shunday oyat bor: «Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar». 1 Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, kor’orastiyalar, konsternlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi. Buning ustiga barcha resurslarimiz - ‘ul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini to’ish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funkstional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’’ayishi va kamol to’ishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning ‘oydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas. Insonning iqtisodiyotdagi juda katta va keng rolini qisqacha qilib quyidagicha ko’rsatish mumkin: Inson tabiatning bir bo’lagi, uning ajralmas qismi sifatida harakat qiladi, tabiat ashyolarining shaklini o’zgartirib, iste’molga yaroqli holga keltiradi, boshqacha qilib aytganda, inson iqtisodiyotning harakatga keltiruvchi kuchi, hamma tovar va xizmatlarining iste’molchisi, ularning ishlab chiqaruvchisi va yaratuvchisidir. 1. Inson hamma tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga etkazib beruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida esa sotuvchisi rolini bajaradi. Bunda u ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi aloqaning bajaruvchisi sifatida namoyon bo’ladi. 2. 3. 1 Inson tovar va xizmatlarning sotib oluvchisi va binobarin, ularning А.Раззо^ов, Ш.Тошматов, Н.Урмонов. И^гисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 40-бет. 6 iste’molchisi hamdir. Inson iqtisodiyotning hamma darajalarida uning tashkilotchisi, boshqaruvchisi bo’lib, uning turli omillari, bo’laklari, sohalari o’rtasidagi uyg’unlikni, aloqalarning bir-biriga mosligini ta’minlovchi sifatida harakat qiladi. Insonning iqtisodiyotdagi roli uning hayotning turli davrlarida va bosqichlarida turlicha namoyon bo’ladi. U yoshligida va qariganida ko’’roq iste’molchi bo’lib, ya’ni boshqalar yaratgan tovarlar va xizmatlardan foydalanuvchi sifatida ko’zga tashlansa, ishlab turgan davrida ishlab chiqaruvchi, tashkilotchi, boshqaruvchi sifatida ish ko’radi, o’zi uchun, bolalarga va qariyalarga hayotiy ne’matlarni yaratadi va etkazib beradi. Sodda qilib aytganda, inson mehnat qobiliyatiga ega bo’lib, ishlab turgan vaqtida yoshlikda olgan qarzini uzadi, o’zini-o’zi ta’minlaydi, qarigan chog’i uchun zamin tayyorlaydi va yosh avlodga qarz beradi. Insoniyatning iqtisodiyotdagi roli uning tabiatdagi eng oliy tirik mavjudot ekanligi bilan, ya’ni, ongli ravishda ma’lum maqsadga qarata ijodiy mehnat qila olish qobiliyati bilan belgilanadi. Insonning boshqa tirik mavjudodlardan farqi ham uning ongli va ijodiy mehnat qila olishida, o’z faoliyati uchun zaruriy mehnat qurollarini yaratish qobiliyatiga egaligidadir. Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslaming harakati bo’yicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang’ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo’lmaydi (ishlab chiqarish nima va qanday sodir bo’lishi haqida keyingi mavzuda so’z boradi). 4. Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, ka’ital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, ularning ‘ul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Bunda ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa taqsimlanadigan tovar va xizmatlar hajmi, binobarin daromadlar hajmi ham shuncha katta bo’ladi hamda daromadlar kishilarning qilgan mehnatining miqdori va sifatiga yoki qo’shgan ka’italining (‘ul, ishlab chiqarish vositalarining) miqdoriga qarab ular o’rtasida taqsimlanadi. Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi. Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat taqsimoti oqibatida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, etkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni 7 ishlab chiqarish, etkazib berish bo’yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa - ayirboshlash, ‘ul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo’ladi. Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (ka’ital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Shaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari ‘irovard foydalanilib, ular yo’qotiladi va o’rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati ‘aydo bo’ladi. Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to’xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu chizmada tushunish osonroq bo’ladi. 1- chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi harakati. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish zarurdir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, inson yashamog’i uchun, eng avvalo, oziq- 8 ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro’zg’or buyumlari, trans’ort hamda isitish va yoritish vositalari zarurdir. Bundan tashqari, inson kamol to’mog’i uchun o’qib, bilim olishi, kasb o’rganishi, malaka egallashi va davolanishi, dam olishi, turli xizmatlardan foydalanishi va boshqa juda ko’’ hayotiy narsalarga ehtiyoj sezadi. Insonning yashashi va kamol to’ishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga bo’lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’’lab hayotiy ‘redmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zebziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-u’a, engil avtomobil va h.k.) o’z ichiga oladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat buyumi, dabdaba bo’lib hisoblangan narsa endi eng oddiy hayotiy zarur ‘redmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ehtiyojlarini qondiradi. Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini ham o’z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo’llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ko’’lab ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog’liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, s’ort o’yinlari va ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish kabilar shular jumlasidandir. Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular quyidagilar: a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan 9 orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo’lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo’ladi; jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor iqtisodiyoti yoki ka’italistik tartiblar asosida qurilgan bo’lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag’allar, mulkdor va mulksizlarga bo’linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o’rtasida katta farq mavjud bo’ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag’allarning ehtiyojlari o’z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi; b) v) tabiiy—geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog’ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim—kechak, uy va trans’ort vositalariga ko’’roq ehtiyoj bo’ladi; g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar ham ehtiyojlarga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro’z bayrami, ro’za va hayitlar o’ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar ham ehtiyojlarga ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. d) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o’rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga olib keladi. e) Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog’liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq qilib, engil hazm bo’ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko’’roq ehtiyoj sezadilar. Ko’’ bolali oilalarda bolalar kiyimi, o’yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo’lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo’lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan iboratki, murakkab, og’ir va engil mehnat turlari bilan shug’ullanuvchi kishilar ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’’lab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning ‘aydo bo’lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’’ayib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to’xtovsiz o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z ifodasini to’adi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini, balki ularning 10 tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o’rtasidagi bog’liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda ‘aydo bo’lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, kom’yuter bir mamlakatda ‘aydo bo’lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj to’ib boradi. Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom’yuter texnikasiga ehtiyojning ‘aydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi bir tekis, uzluksiz bo’lmaydi. Uning o’sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong’in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o’sib borishiga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning ‘aydo bo’lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’’lanib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, qo’r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, er osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’rqutlari, ‘ul mablag’lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va ‘ul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, trans’ort vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko’zga ko’ringan davlat arbobi, sahna yoki s’ort yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina 11 iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni ham cheklab qo’yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o’z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo’lgan sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O’zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki ‘aytda res’ublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko’’roq mablag’ ajratishga majbur bo’ldi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud ‘ul va valyuta zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, investistiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag’ sarflash kuchaytirilgan sharoitda boshqa sohalarga ajratiladigan mablag’larni ob’ektiv ravishda nisbatan kamaytirishga to’g’ri keladi. Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini to’ib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni to’ish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin: chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik. 2- Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi. 12 Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’timal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’’roq ishlab chiqarishga jalb qilish. 1. Mavjud 2. resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini to’ib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. 3. 1. 2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksenofont, ‘laton, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi. Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332- 1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib tovarning ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan.2 Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, i kkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor 2 А.Раззовдв., Ш.Тошматов., Н.Урмонов. Икгисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 42-бет. 13 beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan to’ish, to’’lash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.3 Shunisi muhimki, ular hech bir inson o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlarning barchasini o’zi yarata olmasligini, shuning uchun bir-biri bilan iqtisodiy aloqada, munosabatda bo’lishlari ob’ektiv zaruriyat ekanligini ham qayd qilganlar. Bundan tashqari, ularning asarlarida doimo xo’jaliklarning barcha turlarida (uy, shahar, davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e’tibor berish lozimligi, ‘ulning mazmuni va uning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O’rta Osiyoning ko’’gina olimlari iqtisodiyotni izchil o’rganish asosida uning ko’’gina qonunqoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo’lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi. Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’’gina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda “siyosiy iqtisod” nomi bilan shakllana boshladi. Siyosiy iqtisod grekcha so’zdan olingan bo’lib “‘olitiko” - ijtimoiy, “oykos” uy, uy xo’jaligi, “nomos” - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan franstuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda “Siyosiy iqtisod traktati” nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to’g’risidagi fandir, deb yozgan edilar. Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko’’ayadi, degan savollarga javob to’ishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi ‘uldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda muomala jarayonida ‘aydo bo’ladi, ko’’ayadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko’’aymasligi ma’lum bo’lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi. 3 А.Раззовдв., Ш.Тошматов., Н.Урмонов. И^гисодий таълимотлар гарихи. Т.: «Молия». 2002., 89-90-бег. 14 Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o’z ‘anohiga olishi zarur deb hisoblaydi. Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o’laroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’’ayadi, degan g’oyani olg’a surdilar. Ularning vakili bo’lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng miqdorli qiymatlaming almashuvi ro’y beradi, tovarlarning qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo’ladi. F.Kenening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o’rin egallaydi. Uning fikricha, yal’i ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. Uning ta’limotida sof mahsulot bilan qo’shimcha qiymatni chalkashtirish, ya’ni ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. U qo’shimcha qiymat dehqonlarning qo’shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’ shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi deb tushuntiradi.4 Bu erda u o’zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, Dyu’on de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan. Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari bo’lmish A.Smit, U.’etti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, trans’ort, qurilish va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi er, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “ko’rinmas qo’l” ‘rinsti’i hozirgi kunda juda ko’’ tilga olinmoqda. U o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat shaxsiy manfaatdir deb ko’rsatadi. Inson o’z shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, o’z ka’italini ko’’aytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadi deb tushuntiradi. U ka’ital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin harakatini ta’minlash ‘rinsti’ini ilgari suradi. Ushbu 4 А.Раззовдв., Ш.Тошматов., Н.Урмонов. И^гисодий таълимотлар гарихи. Т.: «Молия». 2002, 147-149-бег. 15 maktabning «klassik» deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo’ldi. Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo’lladilar. Aynan ana shu usullar yordamida ular merkantilistlarning boylikning manbasi savdo degan g’oyasini asossiz ekanligini isbotlashdi. Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g’risidagi barcha yig’ilgan bilimlarni klassik maktab namoyondalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bo’lib iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi. Uchinchidan, ingliz klassiklari xo’jalik hodisalarining ko’zga ko’ringan tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning mohiyatini, ular o’rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek ka’italistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi bordir. U ka’italistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo’lida sostial mexanizmni takomillashtirishga qaratilagn fan bo’lmog’i lozim deb ko’rsatadi. Ka’italizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qa torda undan ko’ra ‘rogressiv bo’lgan jamiyat qurish g’oyasi Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen kabi sostial uto’istlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiyiqtisodiy formastiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi «ekonomiks» vujudga kela boshladi. Avvvalo, aytib o’tish kerak, mazkur yo’nalish klassik ilmiy yo’nalishning asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu yo’nalish tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq etishda bilish usullarining keng doirasiga tayanishadi. Ular birinchi bo’lib xo’jalik jarayonlarining miqdoran o’zaro bog’liqliklarini aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy ‘sixologiya usullaridan foydalanishdi. Ikkinchidan «ekonomiks» vakillari iqtisodiyot nazariyasining ‘redmeti sifatida insonlar o’rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi (klassiklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar). Ne’matlar doiraviy aylanishida asosiy va belgilovchi bo’lib bozorga oid ayirboshlash bitimlari tan olindi. 16 Iqtisodiyot nazariyasi ‘redmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor tizimi to’g’risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U inglizcha so’zdan olingan bo’lib, oxirgi, qo’shilgan degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining, qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining ‘asayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo’llanildi. Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo’lib, u iqtisodiy jarayonning funkstional bog’lanishi va funkstional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyondalaridan biri Shveystariya iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi. Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shum’eter 1912 yilda yozgan “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar o’zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko’rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi. 1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining “Bandlik, foiz va ‘ulning umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy daromad, ka’ital xarajatlar, iste’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil qilib, investistiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil to’ishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi. Keyns taklif etgan konste’stiyaning mohiyati quyidagilardan iborat. Birinchidan, ushbu konste’stiyani samarali talab nazariyasi deb atashadi. Keynsning g’oyasi shundan iboratki, yal’i talabni rag’batlantirish va faollashtirish orqali ishlab chiqarishni hamda tovar va xizmatlarni kengaytirishga ta’sir qilish edi. Ikkinchidan, ushbu konste’stiya investistiyalarga hal qiluvchi ahamiyat beruvchi nazariyadir. Investistiyalardan keladigan daromad oshgan sari investistiya hajmi ham oshib boradi, demak, ishlab chiqarishning o’sish sur’ati ham yuqori bo’lib boradi. Uchinchidan, bu nazariya davlatga foiz stavkasini boshqarish orqali 17 investistiyalarga ta’sir o’tkazishi yoki ijtimoiy ishlarga va boshqa sohalarga davlat investistiyalarini yo’naltirishga imkoniyat beradi. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo’nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bo’lgan bo’lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining ‘asayib borish sharoitida inflyastiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stagflyastiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining asoschisi Milton Fridmen bo’lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo’shgan hissasi ‘ul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish jarayoniga ‘ulning qayta ta’sir etish mexanizmini, ‘ul dastaklari va monetar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm ‘ul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o’ziga xos yondoshuvni vujudga keltirgan nazariyadir. Hozirgi ‘aytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo’nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig’indisi “Ekonomiks” nomli kitobda mujassamlashgan bo’lib, bu AQSh, Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o’tiladi. Rus tiliga tarjima qilinib, bizga ma’lum bo’lgan ‘.Samuelson, R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. Hozirgi ‘aytda bu yo’nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MD2 davlatlarida “Iqtisodiyot nazariyasi” deb atala boshladi. “Iqtisodiyot nazariyasi” fan sifatida shakllanguncha bosib o’tgan yo’l va unda vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’’incha bir-biriga zid va qaramaqarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutloq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondoshganligini yoki bo’lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo’l qo’yganligi bilan ajrab turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va o’sha davr real holatidan kelib chiqqanlar. Shunday bo’lsada, ular birbirini to’ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jamiyat alohida bir nazariya asiri bo’lib qolmasligi kerak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan yo’naltirilishi zarur. 18 II. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy ma’lumotlar 2.1 Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyojlar qonuni Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ichki o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan nazariy ifodasi bo‘lib, u obyektv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektv xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning hoxish irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shartsharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, hatti - harakatlari, iqtisodiy xulqatvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo‘ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti -harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi. Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib 19 kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar; 2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi. 3. Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat qonuni. Iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan kategoriyalarning mazmunini ham ochib beradi. Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy- nazariy tushunchadir. Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko‘p va xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo‘la oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning mazmunini ifoda etadi. Iqtisodiy printsiplar va modellar omillardan faqatgina Pepsi ichimligin narxigina iqtisodiy baholashni tahlil qilishda va iqtisodiyotni qanday 20 ishlashini tushunishda juda qo’l keladi. Bu tushunchalar iqtisodiy tizim ichida sodir bo’ladigan sabab va oqibatni anglash vositalaridir. Yaxshi nazariyalar o’z navbatida kengroq tushunishga va to’g’ri baholashga yordam beradi. Ular haridor va ishlab chiqaruvchi orasidagi munosabatlarga bog’liq faktlarga tayanadi. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi. Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi. Jamiyat ehtiyojlari kishilar ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy- iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo‘ladi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyimkechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, engil avtomobil va h. k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zebziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy 21 saviyasini oshirish, malaka- mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi ob’ektlar xususiyatiga bog‘liq. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan faoliyatning turli shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligi taqoza qiladi. SHunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngil ochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir. Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi. Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: ja - miyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab rivojlangan mamlakatlarda keng va xilma-xil bo‘ladi; ja - miyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi; 22 - tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va tarkibiga ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi; - tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi; aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar; - xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlashning rivojlanishi. Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham birbiridan tubdan farq qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib boradi. Ehtiyojlar turlari. Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo‘lib, ularni turkumlashga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko‘pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko‘ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Ular, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga ajratadi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi - eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi - qondirilishi kechiktirsa 23 bo‘ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlar mavjudligi qayd qilinadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga ular ma’naviy, intellektual faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san’at, turli ko‘ngil ochar tadbirlarga qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Ular har-bir inson uchun individual bo‘lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo‘lsa, boshqasi uchun hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Birov uchun kiyim-kechakdan ko‘ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyojga xoxish bo‘lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi bo‘lish, yoki ma’lum vaqt o‘tgach ular oddiy ehtiyojlarga aylanishi ham mumkin. Inson ehtiyojlariga turli jihatdan yondoshib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin: 1. Ehtiyojlar sub’ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi. a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, o‘zining har tomonlama kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi. G b) uruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. v) Umumjamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o‘z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi. 2. Ehtiyojlar obyektga ko‘ra moddiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular 24 inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko‘rinishga ega, masalan oziqovqat mahsulotlariga ehtiyoj aniq un, guruch, yog‘, go‘sht, shakar va boshqalar aynan shunday ko‘rinishga ega. Ijtimoiy-ma’naviy azaliy bo‘lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida, sivilizatsion rivojlanish natijasida yuzaga keladi. Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib boradi. Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. Kishilar ijtimoiy-manaviy xizmatlardan foydalanib, axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi. Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini tiklashga bo‘lgan ehtiyojlar ajratiladi. Mehnat ehtiyoji insoning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi, chunki mehnatsiz nozu-ne’matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda jismoniy mehnat qilish va aqliy qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o‘z o‘rnini topib va qobilyatini ishga solib, obro‘-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qobilyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngil ochar tadbirlarda qatnashishi zarur. Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. YAkka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondoshib bo‘lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi. Ko‘zlangan maqsadiga qarab ehtiyojlarni shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish 25 ehtiyojlari farqlanadi. Iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish vositalari unumli iste’mol qilinadi. Qayd qilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi. Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo‘ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi. Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida 26 namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham uni ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangandir. Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq nomoyon bo‘ladi. yuksalib borishini ko‘ramiz. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi tuproqqa to‘lganda to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi zamon fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini to‘xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘sib bormaganda ishlab chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi. Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi. Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq. Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi. Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va muayyan ehtiyojlarni qondirishga imkonyat ham vujudga keladi. Mavjud ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish, soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir. Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi o‘zgarishi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab chiqarish o‘z 27 navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi, videomagnitafon va boshqalarga ehtiyoj . 28 1.2 Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ilmiy bilishning uslublari Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun - qoidalari, usullari va aniq tartiblaridir. Bu obyektv voqeylikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. “Usul” grekchadan so‘zma - so‘z tarjima qilinganda “tadqiqot” tushunchasini anglatib, ilmiy bilishning aniq hodisalarini bildiradi. Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar: - iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir organizm deb hisoblanadi; - iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi; - iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar: Ilmiy abstraksiya usuli - voqea hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir. Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi. 29 Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xattiharakati, xulqi tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq band qilish, inflyasiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga erishish muammolari bu tahlil obyektdir. Qisqacha aytganda, makro-iqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo‘jaligi o‘rganiladi. Sintez - bu hodisa va jarayonlarning umumiy ta’siri asosida umumiy xulosalar chiqarishdir. Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‘yadi. CHunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro‘y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. Foydalaniladigan usullar ichida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi, xususan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni anglatasa deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi. Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda ishsizlik 2012 yilda 0,6 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 30 2011 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h. k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi narxlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishi zarur va h. k. Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. Iqtisodiy tahlilda “Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda” degan farazdan ham foydalaniladi. CHunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko‘plab omillar bir vaqtda, shu bilan birga turli xil yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi. Bu barcha omillarning birgalikda ta’sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. SHu sababli ularning alohida olingan omil ta’sirida mohiyati ochilib, boshqa omillar ta’siri e’tibordan chetda qoladi yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta’siri ham alohidaalohida qarab chiqiladi. Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy modellar bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy model - faqat asosiy omillardan ozod qilingan soddalashtirilgan nazariy qurilma (sxema). Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar. Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k. 31 Optimallashgan modellar - alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarini xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k. Model qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatlisi nisbatan qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq vaqt davrini oladi. Iqtisodiyotning barcha masalalariga javob berishga layoqatli yagona model mavjud bo‘lmaydi. SHu sababli iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan foydalaniladi, ulardan har biri muayyan vazifalarni hal qiladi. Ayni vaqtda, har qanday model real hayotiy voqealar (bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy etuklikning yuqori andazasidir. Bu qayd qilinganlar iqtisodiy modellar uning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. Jumladan yalpi talab va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ifodalab, real jarayonlar uning idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq omillar ta’sirini miqdoriy baholash imkonini beradi. Iqtisodiy printsiplarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan boshqa omillar ham mavjud. Umumiylashtirish iqtisodiy printsiplar iqtisodiyot fani yoki iqtisodiy munosabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy printsiplarni muayyan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to’g’risidagi yondashuv deb qabul qilish mumkin. 32 Xulosa Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda zarur shart-sharoit mavjud emas edi. O’tgan yigirma ikki yil davomida esa aynan shu shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ham bunga to’xtalib o’tilgan: “Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya’ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo‘q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 2013-yilda moliya sohasini rivojlantirish va investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar qiymatidagi kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2012-yilga nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya’ni 47 foizini xususiy investitsiyalar - korxonalar va aholining shaxsiy mablag‘lari tashkil etgani alohida e’tiborga loyiqdir. Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi - 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish va moliyalashtirish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi” Jahon tajribasidan malumki, ko’pgina mamlakatlar bozor munosabatlari ma’lum darajada shakllanib, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan bosqichga etganidagini milliy valyuta konvertatsiyasiga erishishgan. Ushbu davlatlarda amalga oshirilgan barcha islohotlar asosida, shu jumladan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ham o’z mamlakati manfaatlari ko’zda tutilgan. Agarda ulardagi islohotlar jarayoni hamda XVF Nizomining 8-moddasini qabul qilish vaqtiga e’tibor qaratsak, ushbu fikrimiz yana bir bor o’z tasdig’ini topadi. Bundan tashqari, so’mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab turilishi respublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustaxkamlaydi, inflyatsion jarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq’liq xavf-xatarni kamaytiradi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini yuritish, soliqlar, bojxona hamda boshqa to’lovlarni amalga oshirish jarayonini engillashtiradi. Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish joizki, valyuta rejimining erkinlashtirilishi nafaqat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, balki aholi uchun ham xorijiy valyutalarga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishga keng imkoniyatlar ochib beradi. 33 Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan tarmoqlarini raq’batlantirishda muxim turtki bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, iqtisodiyotning an’anaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan eksport hajmining oshishiga, kichik va o’rta byuiznes korxonalarining tashqi bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqaro bozor konйyunkturasiga moslashib borishiga va oxir-oqibat ularning mamlakat YAIMdagi salmoq’ining ortishiga olib keladi. Nihoyat milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziqovqat va engil sanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan va xorijdan keltiriladigan xomashyo hamda ehtiyot qismlarni import qilish uchun valyuta mablaq’larini erkin sotib olish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqariladigan sifatli iste’mol mahsulotlari bilan to’ldirishga olib keladi. Bir so’z bilan aytganda, valyuta rejimining erkinlashtirilishi O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni raq’batlantirish, iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish hamda maxalliy ishlab chiqaruvchilarni raq’batlantirish orqali iqtisodiyotimizga salmoqli ijobiy ta’sir ko’rsatadi. So‘m davlatimizning Bayroq, Gerb, Madhiya kabi ramzlari qatori milliy iftixorimiz timsollaridandir. So‘m biz uchun nafaqat to‘lov vositasi, balki xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari, buyuk bunyodkorlik salohiyatini o‘zida aks ettirgan ma’naviy vosita sifatida ham qadrlidir. Samarqanddagi Registon maydoni, Tillakori, Sherdor madrasalari, Go‘ri Amir maqbarasi, Buxorodagi Chashmai Ayyub ansambli kabi tarixiy obidalar, poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri, “Istiqlol” san’at saroyi, shuningdek, shavkatli sohibqiron bobomiz Amir Temurga o‘rnatilgan muazzam haykal tasviri tushirilgan kupuralar nafaqat mamlakatimizning iqtisodiy qudrati, balki xalqimiz ma’naviy salohiyatining yanada yuksalishiga ham xizmat qilmoqda. Qo‘liga o‘zbek so‘mini olgan har bir yurtdoshimizning qalbida unda aks etgan tasvirlar ta’sirida Vatani, bunyodkor xalqi, ajdodlar merosi bilan faxr-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urishi shubhasiz. 34 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2003 2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. -T.: “Adolat”, 2012 3. O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni. //Xalq so’zi, 1997 yil 29 avgust 4. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni. //Soliqlar va bojxona xabarlari, 2000 yil 14 dekabr 5. O’zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to’g’risida”gi Qonuni. //Xalq so’zi, 2006 yil 21 sentyab 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 1675-sonli Qarori 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 1449-sonli Qarori 8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 1245-sonli Qarori 9. Karimov I.A. “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi”. -T.: “O’zbekiston”, 2012 10. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish - mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. - T.: “O’zbekiston”, 2011 11. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: “O’zbekiston”, 2011 12. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. -T.: “O’qituvchi”, 2011 13. Soliqqa oid qonun hujjatlaridagi yangiliklar. -T.: “NORMA”, 2012 14. Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. -T: “Sharq”, 2009 Malikov T., Vahobov D. Moliya. O’quv qo’llanma. -T.: “IQTISODMOLIYA”, 2010 16. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillari) asosiy tendentsiya va ko’rsatkichlari hamda 2011 -2015 yillarga mo’ljallangan prognozlari: statistik to’plam. -T.: “O’zbekiston”, 2011 17. Gadoev E. Bilvosita soliqlar: qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i. -T.: 15. 35 “NORMA”, 2011 18. Jo’raev A., Toshmatov Sh., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish. O’quv qo’llanma, -T.: “NORMA”, 2009. 19. Toshmurodova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish. -T.: “IQTISODMOLIYA”, 2009. 20. Zavalishina I.A. Soliqlar: nazariya va amaliyot. - T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2007 21. Almardonov M., Kuzieva N. Soliqlar va soliqqa tortish. -T.: “IQTISODMOLIYA”, 2007 22. Vahobov A. Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi. //O’quv qo’llanma. -T.: “IQTISOD-MOLIYA” 2005 23. Jo’raev A. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. Monogorafiya. - T.: “Fan nashriyoti”, 2004 24. Yahyoev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. //O’quv qo’ll anma. T.: 2003 25. Kosov M. Nalogooblojenie predprinimatelskoy deyatelnosti. Teoriya i praktika. -M.: “YuNITI”, 2012 26. Golishcheva L. Nalogooblojenie: planirovanie, analiz, kontrol. -M.: “Knorus”, 2012 27. Kozirin A. Nalogovie protseduri. -M.: “Norma”, 2011 28. Kramarenko L., Kosov M. Nalogi i nalogooblojenie. -M.: “YuNITI”, 2011 36