O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI OSIYO XALQARO UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR VA TEXNIKA FAKULTETI “Iqtisodiyot” kafedrasi “IQTISODIYOT NAZARYASI” FANIDAN KURS ISHI MAVZU: BOZOR ISLOHOTLARI MOHIYATI-O'TISH DAVRIDAGI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Bajardi:S17-IQ-23 guruh talabasi: RUSTAMOV SAID Qabul qildi:BOZOROVA MAMLAKAT BUXORO – 2024 1 KURS ISHI UCHUN TAQRIZI IJTIMOIY FANLAR VA TEXNIKA FAKULTETI IQTISODIYOT KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARYASI” FANI Guruh........................................................................................................................... ........ Talaba familiyasi va ismi sharifi......................................................................................... Kurs ishi mavzusi................................................................................................................ Kurs ishining tarkibi............................................................................................................ Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro‘yxati………………………………… Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko‘rsatgichi)...................... Kurs ishining ijobiy tomonlari………………………......................................................... Kurs ishining kamchiliklari…………………………………………………..................... Kurs ishiga qo‘yilgan baho……………………………………………………………….. Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi……………………………………………. 2 MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………..4-6 I.BOB.O’ZBEKISTONDA BOZOR ISLOHOTLARI HAQIDA 1.1. O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning bosqichlari va xususiyatlari…………………………………………………..7-13 1.2. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari………………………………………………………………..14-17 II.BOB.BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH DAVRI VA UNING O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI 2.1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari……….18-25 2.2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari ………………………………………………………………….26-33 XULOSA……………………………………………………………………..34-35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………..37-36 3 KIRISH Ma’lumki, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng sobiq sho’ro tuzumining umrini o’tab bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechilib, butun dunyoda ―o’zbek modeli‖ degan nom bilan haqli ravishda e’tirof etilayotgan o’ziga xos taraqqiyot yo’li Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda. Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z ichiga oladi. Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashdek yuksak maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. O’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o’zgarib, obod bo’lib borayotgani, O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-o’sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda.2 Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan marralarga yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashida avvalo juda tez o’zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo’lib, ertaga yo’limizda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi talab qilmoqda. Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi. 4 Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot yo’lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o’tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Ma‘lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishning revolyutsion va evolyutsion yo’llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion yo’lini tanlab, birdaniga katta o’zgarishlar qilishni ma‘qul topdilar. O’zbekiston esa o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga revolyutsion tabiiy olgan holda to’ntarishlarsiz, itimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani ko’chaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qay‘iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi. Mamlakatimiz Prezidenti ko’rsatib o’tdiki, “Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga ananalar, urf-odatlar va xos turmush tarzini har sharoitlari va xususiyatlarini, tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besunaqay rivojlantirishning mudhush merosiga barham berishga asoslanadi”. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta tamoyil asos qilib olingan: 1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligining ta‘minlash; 2. O’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi; 3. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligini ta‘minlanishi; 4. Bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 5. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi. Shu 5 sababli bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi deb ko’rsatib berilgandir. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy sohalarni, shu jumladan siyosiy, ma‘naviy- axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni ham taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotinig boschiqma-bosqich, evolyutsion yo’li bilan o’tish haqidagi goya juda muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich bo’lishi Prezident I.Karimov asarlarida belgilab berilgandir. Birinchi bosqich quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib quyilganligi ta‘kidlanadi: - totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; - Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakillantirish.1[1] Bu vazifani bajarish birinchi bosqichda isloh qilishning qo’yidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: - o’tish jarayonining haqiqiy asoslarini shakillantirish islohatlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash; - mahaliiy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; - ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta‘minlash. Bu vazifalarni baarilishi keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini belgilab olish imkonini berdi. 1[1] Каримов И.А. Ўзбекситон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: “Ўзбекистон”, 1995, 19-бет 6 I.BOB.O’ZBEKISTONDA BOZOR ISLOHOTLARI HAQIDA 1.1. O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning bosqichlari va xususiyatlari. Biz yuqorida bozor iqtisodiyotiga o`tishning yagona va universal, ya`ni hamma mamlakatlar uchun yaroqli bo`lgan yo`li yo`q ekanini ta`kidlab o`tgan edik. Endi ana shu fikrni O`zbekiston misolida tasdiqlashga harakat qilamiz. Avvalo, shuni aytib o`tish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o`tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy bo`lgan jihatlari mavjud. Bular mazkur tizimning mohiyati va asosiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Xususiy mulk shakllarining rivojlanishi uchun davlat tomonidan keng shartsharoitlar yaratish, xo`jalik sub`ektlarining teng huquqliligini ta`minlash va ularning o`zaro raqobatlashuv muhitini yaratish, yakka hukmronlik (monopolizm)ga qarshi siyosat o`tkazilishi va hokazolar - bular hammasi har qanday mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o`tishidagi umumiylik hisoblanadi. Shu bilan birga, rivojlanishning bozor iqtisodiyoti yo`lini tanlagan mamlakat o`zining tarixiy tajribasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi, xalqining milliy qadriyatlari va mentalitetidan kelib chiqib, o`ziga xos va mos bo`lgan yo`lini tanlaydi. Biroq, bozor iqtisodiyotiga "hamma dardning davosi" sifatida qarash yaramaydi. U keng, tekis va ravon yo`l emas. Unga o`tish hech qachon muayyan talofotlarsiz ro`y bermaydi. Shuning uchun O`zbekiston Prezidenti I.Karimov mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o`tishining asosiy g`oya va tamoyillarini ishlab chiqdi. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan ushbu g`oya va tamoyillar mamlakatimizni ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tishining yaxlit bir dasturini tashkil etadi. Bu dasturning ibratli tomoni shundaki, u faqatgina butun mamlakatimizda yashab turgan fuqarolarning taqdirini o`ylab tuzilgan emas, balki kelajak avlodlar taqdiriga ham bevosita aloqador bo`lib, ularga ozod va obod vatan qoldirishni nazarda tutadi. Rejali iqtisodiyot tizimi hukmronligi bilan bog`liq bo`lgan illatlarni tezroq bartaraf qilish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror va 7 yuqori sur`atlar bilan rivojlanishini ta`minlash, pirovard natijada O`zbekistonni rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish dasturning bosh maqsadini tashkil etadi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos va mos yo`li bugungi kunda jahonga Yurtboshimiz nomi bilan tanildi va bu yo`l adolatli tarzda taraqqiyotning o`zbek modeli deb atalmoqda. Ushbu yo`lni amalga oshirish mamlakat iqtisodiyotida tub islohotlar o`tkazishni taqozo etadi. Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, islohotlar islohotlar uchun emas, balki odamlar uchun, ularning farovonligini oshirish uchun o`tkaziladi. "Yer, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma`naviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik bo`lib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqining asosi bo`lib xizmat qiladi". O`zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o`tishi I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyilga tayanadi: Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan to`la xoli qilish va uni siyosatdan ustun turmog`i. Bu tamoyilga ko`ra, iqtisodiyot va uni barqaror hamda yuqori sur`atlar bilan rivojlantirish davlat siyosatining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchidan, bozor munosabatlariga o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Buning ma`nosi shundan iboratki, davlat bu davrda butun xalq manfaatlaridan kelib chiqib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining etakchi va ustivor yo`nalishlarini belgilab beradi. Islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lib qoladi. Uchinchidan, barcha ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda qonun ustivorligini ta`minlash taqozo etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, iqtisodiy o`zgarishlar va jamiyatning yangilanish jaryoni mamlakatda amal qiluvchi qonunlarga tayangandagina ijobiy natijalar berishi mumkin. To`rtinchidan, bozor munosabatlariga o`tish aholining kam ta`minlangan qismini moddiy qo`llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan 8 qo`shib olib boriladi. Buning uchun davlat kishilarni islohotlarga ruhan tayyorlash va ularni ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli va ta`sirchan siyosat olib boradi. Beshinchidan, yangi iqtisodiy munosabatlarga o`tish puxta o`ylab, bosqichma-bosqich, ya`ni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshiriladi. Bundan shu ma`no chiqadiki, bir bosqich tamomlangandan keyingina va zarur shart-sharoitlar yaratib, keyingi bosqichga o`tiladi. Iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarining mexanizmlarini qadam-baqadam shakllantirib boradi. Islohotlarning o`zbek modeli hozirga qadar mavjud bo`lgan bironta modelni takrorlamaydi. O`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra u quyidagi qoidalarga tayanadi: -ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti va huquqiy demokratik jamiyatni barpo etish; -xalqning boy tarixiy tajribasi, mentaliteti va an`analari hamda islohotlarning u yoki bu bosqichdagi o`zgarishlarga tayyorgarlik darajasini hisobga olish; -bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan rivojlangan davlatlarning boy tajribasidan mamlakatning o`ziga xos xususiyatlarini nazarda tutgan holda foydalanish. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeliga binoan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, ko`p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish islohotlarning ustivor yo`nalishi deb belgilandi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki 10 yillik tajribasi shuni ko`rsatadiki, yangilanish va taraqqiyot dasturida belgilangan ko`pgina ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo`lindi. Qisqa vaqt ichida yaratilgan mustahkam huquqiy me`yorlar negizida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich kirib, barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishildi. Fikrimizning dalili sifatida bir necha misollar va raqamlarni keltiramiz. 2000 yilda korxona va xo`jaliklarning 88 foizini xususiy mulk, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo`shma korxonalar, kooperativlar va shirkat xo`jaliklari tashkil etdi. Iqtisodiyotda band bo`lganlarning 76 foizi, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaruvchilarning 70 foizi, sanoat bo`yicha 65,4 foizi 9 va qishloq xo`jalik mahsulotlari etishtiruvchilarning 99 foizi nodavlat sektoriga to`g`ri keldi. 1997 yildan boshlab yalpi ichki mahsulotning 4-5 foizlik yillik o`sishiga erishildi. Eng muhimi mamlakatimizning don va yoqilg`i mustaqilligiga erishildi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishini ta`minlovchi yangi bank, moliya, soliq tizimlari, xomashyo birjalari, sug`urta, auditor, lizing kompaniyalari va bozor infratuzilmasini tashkil etuvchi boshqa tizimlar vujudga keltirildi. Tarixan qisqa vaqt ichida o`tkazilgan agrar islohotlar, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishda erishilgan yutuqlar, sanoatning avtomobilsozlik, mikrobiologiya, tsellyuloza-qog`oz, qand, farmatsevtika kabi tarmoqlarini yangidan yaratilgani - bular hammasi taraqqiyotning o`zbek modeli mevalaridir. Har qanday iqtisodiy tizimning amal qilishi va iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi ko`p jihatdan mulkchilik shakllari va munosabatlariga bog`liq. Iqtisodiy faoliyat erkinligi, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning turliligi va teng huquqliligi, ular o`rtasidagi raqobat, tadbirkorlik tashabbuskorligi, o`zini-o`zi boshqarish va moliyalashtirish kabi bozor tamoyillarining mavjudligi haqida yuqorida fikr yuritgan edik. Bozor iqtisodiyotining mazkur tamoyillari o`z navbatida ularga mos keluvchi mulkchilik shakllari va munosabatlarini shakllantirishni talab qiladi. Shuning uchun mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar o`tkazish dasturi birinchi navbatda mulkchilik munosabatlariga tub o`zgarishlar kiritishni nazarda tutgani tabiiy holdir. Shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, mamlakatimizda rejali iqtisodiyot tizimi davrida hukmron mavqega ega bo`lgan ijtimoiy mulk bir qator kamchiliklari tufayli o`zini to`la-to`kis badnom qilib, iqtisodiy taraqqiyotning to`sig`iga aylangan edi. Buning sababi shundan iborat ediki, ijtimoiy mulk hukmron bo`lgan sharoitda u xususiy mulkchilikning rivojlanishiga yo`l qo`ymaydi, xususiy mulkchilik rivojlanmagan mamlakatda bozor iqtisodiyoti to`g`risida so`z yuritishning o`zi hech qanday mantiqqa to`g`ri kelmaydi. Shuning uchun markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimidan bozor iqtisodiyotiga o`tish, avvalambor, xususiy mulkchilik shakllari va munosabatlari joriy etishni va shu maqsadda davlat mulkini xususiylashtirishni taqozo etadi. 10 Xususiylashtirish deganda, mulkni davlat tasarrufidan chiqarib, alohida shaxslar va xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tasarrufiga o`tkazishni tushunmoq kerak. Bunda sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, savdo va xizmat ko`rsatish sohasidagi korxona va tashkilotlar, uy-joy fondi va hokazolar xususiylashtirish ob`ektlari bo`lib xizmat qiladi. Xususiylashtirish o`tkazilgandan keyin ular ayrim fuqarolar, banklar, aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqalarning tasarrufidagi mulkka aylanadi. Jahon amaliyotida xususiylashtirishning ikkita shakli mavjud bo`lib, ularning birinchisi davlat mulkini fuqarolar va xo`jalik yurituvchi sub`yektlar tasarrufiga bepul o`tkazib berish va ikkinchisi uni sotishdir. Davlat korxonalarini tanlov yoki kim oshdi savdolari (auktsionlar) orqali xususiy shaxslar, xorijiy sarmoyadorlar va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga va korxonalar aktsiyalarini barcha hohlovchilarga sotish xususiylashtirishning eng rivojlangan usullari hisoblanadi. O`zbekiston o`zining davlat mustaqilligini qo`lga kiritib, bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutar ekan, uning oldida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, aniqrog`i, uni xususiylashtirish kechiktirib bo`lmaydigan vazifaga aylandi. Shuning uchun xususiy mulk shakllari va munosabatlarini qaror toptirish mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning boshlang`ich nuqtasi sifatida belgilandi. Mustaqillikning dastlabki 10 yili ichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga qaratilgan 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat boshchilik qildi. Ilgari davlat ixtiyorida bo`lgan 1 mln. dan ortiq kvartiralarning 98 foizi fuqarolarning xususiy mulkiga aylantirildi. O`rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga va ijara korxonalariga aylantirildi. Davlat mulkini sotish bo`yicha kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. Agar iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida asosan kichik korxonalar, maishiy xizmat muassasalari xususiylashtirilgan bo`lsa, 1994 yildan boshlab, bu jarayon o`rta va yirik korxonalarni ham qamrab oldi. 11 Iqtisodiy islohotlarni o`tkazishning dastlabki 10 yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi o`ziga xosliklar tufayli yuqori natijalar bermoqda. Birinchidan, u har tomonlama puxta va uzoqni ko`zlab, mamlakat va uning alohida hududlari xususiyatlarini hisobga oluvchi maxsus dasturlar asosida amalga oshirildi. Ikkinchidan, davlat mulkini xususiylashtirish chog`ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi. Ular, avvalambor, shundan iboratki, xususiylashtirilayotgan korxona xodimlari aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olishi nazarda tutildi, yangi mulkdorlarga eskirgan asosiy vositalar bepul topshirildi, fermalar, bog`lar va uzumzorlar imtiyozli tarzda xususiylashtirildi. Xususiylashtirilgan korxonalar uchun soliq to`lashda ham ayrim imtiyozlar belgilandi. Uchinchidan, davlat mulkini xususiylashtirish va mulkchilikning xususiy shakllarini qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiruvchi muassasalar tizimi, maxsus organlar tuzildi. To`rtinchidan, xususiylashtirish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga qat`iy rioya qilindi. Uning birinchi bosqichida asosan savdo, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiylashtirildi. Kichik xususiylashtirish davri deb atalgan bu bosqich 1994 yilga qadar davom etdi. Shu yilning o`rtalaridan boshlab mamlakatimizda ommaviy xususiylashtirish davri deb ataluvchi ikkinchi bosqich boshlandi. Sanoat, qurilish, transport, agrar-sanoat majmuasi kabi tarmoqlarda o`rta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiy mulkning turli shakllari keng rivoj topa boshladi. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida eng ustivor vazifa nimadan iborat edi? Bu vazifa, birinchidan, xususiylashtirish jarayoni bilan umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan yirik korxonalarni ham qamrab olish bo`lsa, ikkinchidan, bu jarayonga aholini va chet ellik sarmoyadorlarni ham keng jalb qilish edi. Xususiylashtirish jarayoni ishtirokchilari tarkibining kengayib borishi o`z 12 navbatida korxonalar aktsiyalarining davlat ixtiyoridagi ulushining kamayib borishiga olib keldi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning mamlakatimizda joriy etilgan mexanizmining yana bir muhim xususiyati shundan iborat ediki, u mulkchilik shakllarini o`zgartirish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning boshqaruv tizimini ixchamlashtirish va yakka hokimlikka barham berishni ham nazarda tutar edi. Xususiylashtirishning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda ko`chmas mulk va qimmatli qog`ozlar bozori barpo etildi. Xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar ishlab chiqarishni texnika bilan qayta qurollantirish, xususiy mulk egalariga kreditlar berish kabi maqsadlarga yo`naltirildi. Xususiylashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad bozor iqtisodiyotining tayanchi bo`lgan tadbirkorlik harakatiga keng yo`l ochish va mamlakatimizda mulkdorlar sinfini barpo etish edi. Bugunga kelib shu narsaga xolisona guvohlik berish mumkinki, bu maqsadga izchillik va sobit qadamlik bilan erishilmoqda. Eng muhimi, iqtisodiyotning tayanchi va harakatlantiruvchi kuchini tashkil etgan mulkdorlar sinfi shakllanib, ularning safi yildan-yilga ortib bormoqda. 13 1.2. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari. Iqtisodiy aloqalar va iqtisodiy munosabatlarni yangi turiga o’tish uchun iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmundir. Iqtisodiy islohotlardn ko’zda tutilgan maqsad - mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma‘naviy-ahloqiy yetukligiga erishishi, iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy barqarorlikni ta‘minlashdan iboratdir. Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga utishning nazariy model yaratildi. Bu modelda yangi iqtisodiyotga utishning umumiy tomonlari va milliy xussiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: - Mulkiy munosabatlarni isloh qilish; - Agrar islohotlar; - Moliya-kredit va narx-navo islohoti; - Boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; - Ijtimoiy islohotlar. Mulkchilik munosabatlarini tubdan o’zgartirish - bu iqtisodiy islohotlarni bosh bo’g’inidir, chunki shu orqali ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga utishning shart-sharoitlari yaratiladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga qishloq ho’jaligini isloh qilishga oshirishining dastlabki ustunlik berildi. Bunga bosqichidayoq quyidagilar sabab bo’ldi: - Respublikada va uning iqtisodiyotigsha agrar soha ustunlikka egaligi, aholining kupchiligi qishloq xo’jaligda bandligi, iqtisodiy o’sishning kup jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog’liqligi; - Respublika butun sanoat potentsialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigaen sanoatning kupgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to’qimachilik, 14 yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasizligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqligi; - Qishloq xo’jalik mahsulotlari paxta hozirgi vaqtda valyuta resurslari, respublika uchun zarur bo’lgan ozoq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta‘minlayotgan asosiy manba ekanligi; - Mustaqillik sharoitida qishloq xo’jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi rolining ortib borishi. Moliya-kredit sohasini isloh qilish iqtisodiy tizimni izchillik bilan bozor munosabatlariga o’sib utishida alohida o’rin egallaydi. Moliyaviy munosabatlarda davlat byudjeti tanqisligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchun ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag’ ajratish, xalq xo’jaligini rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohatlarning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi. Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarni erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xomashyo va mahsulot ayrim turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi. Narxlar islohoti boshlangana 1994 yilgacha hamma turdagi xomashyo va mahsulotlar bo’yicha erkin narxlarga o’tildi, barcha iste‘mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi. Isloh qilishning dastlabki davrida (1992 yil) keng doiradagi ishlab chiqarish – texnik vositasi bo’lgan bajarilgan ishlar va Aholining mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste‘mol mollari, xizmatlarning kelishilgan narxlar va tariflarga utildi. hisoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va tovarlari narxlarning chegarasi belgilab qo’yildi. 15 sanoat Narxlar islohotining navbatdagi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tulig’icha to’xtatildi. Narxlarning erkinlashtirishning oxirgi bosqichida (1994 yil oktyabr- noyabr) xalq iste‘mol mollari asosiy turlarining narxi erkin qo’yib yuborildi. Shundan qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni to’liq erkinlashtirish bilan tugadi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimni yaratishni talab qiladi. Shunga asosan kuplab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi: 1. Davlat reja qo’mitasi; 2. Davlat ta‘minot qo’mitasi; 3. Davlat narxlar qo’mitasi; 4. Davlat agrosanoat qo’mitasi va boshqalar. Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman va shahar) ijrosiga boshqaruv vazifalarini bojorish uchun hokimlik joriy qilindi. Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, qamrab oladi. Bunda sug’urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi. Bu birqancha yo’nalishlar bo’yicha bordi. Birinchi yo’nalish bo’yicha tovar xom ashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu o’z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo’lishiga olib keldi. Ikkinchi yo’nalishda kapital bozorining ishini ta‘minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo’lmagan sug’urta kompaniyalari tuzildi. Uchinchi yo’nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o’z ichga oluvchi katta tarmoq tuzildi. Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada islohotlarni amalga oshirish borasidagi 16 respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy kompleksi mutlaqo yangidan shakllantirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan muassasalar (tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asl maqsadi - insonga munosib yashash va faoliyat ko’rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu sababli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar qo’rish ob‘ektiv zaruriyatdir. Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi. Birinchi yo’nalish - narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanishi darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish. Ikkinchi yo’nalish - Respublikaning ichki iste‘mol bozorini himoya qilish hamda ozoq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish. Uchinchi yo’nalish - islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash. SHunday qilib, islohatlarning barcha yo’nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o’sib o’tishiga qaratiladi. 17 II.BOB.BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH DAVRI VA UNING O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI 2.1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazilib, butun iqtisodiy munosabatlar tizimi qayta quriladi va o’zgartiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri - ma‘muriy buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakillantirish jarayonlari amalaga oshiruvchi tarixiy davrdir. Jahondagi ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ilmiy asosda (ravishda) boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi. Bir qator davlatlar shu yo’lni tanladilar. Ya‘ni: 1. Rivojlangan mamlakatlar yo’li; 2. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li; 3. Sobiq sotsiolistik mamlakatlar yo’li; 4. Sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Xitoy, V‘etnam) Bozor iqtisodiyotiga o’tish har bir mamlakat uchun xos bo’lgan model (nusxa yoki umumiyligi va andozaga) ga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotiga farqi bo’ladi. Umumiyligi – ularning o’tishning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonun-qoidalariga amal qiladi. Shuning bilan birga ko’rsatib o’tilgan har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi. Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarni yo’lining xususiyati - bu qoloq, bozor ananaviy iqtisodiyotiga iqtisodiyotga o’tish erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir. 18 Bozor iqtisodiyotiga inqilobiy yo’li bilan ya‘ni jadal usulda yoki evolyutsion yo’li (tadrijiy) bilan, ya‘ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin. Revolyutsion yo’li qo’llanganda tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etilib, “karaxt qilib davolash” usuli (“shokovaya terapiya”) deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikatsiz vujudga keltirish mumkin. Bu o’tish davrining ma‘qul yo’li ekanligini islohotlar tajribasi ko’rsatadi, ya‘ni kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi. Ma‘muriy – buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyati kamchilikka ega: 1. Ro’y berayotgan o’zgarishlarga tezda moslashuvchan emasligi, astasekinlik bilan moslashib borishi; 2. Samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligi. Ma‘muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyotini bozor iqtisodiyotiga aylantirish uchun tizim islohotlari utkazish amal qiladi. O’tish davrda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’liq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat: - xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat manopoliyasini bekor qilish; - resurslarning markazlashgan ko’rinishidagi taqsimotini to’gatish; - narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosia shakillantirishga o’tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish. 2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. - barcha iqtisoiy agentlarning ish faoliyati uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; - bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi; 19 - kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma‘muriy to’siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash; 3. Instuttsional o’zgarishlar. Mazkur o’zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi; - mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; - bozor infratuzilmasini (tijorat banklar, tovar va fond birjalari, invesyotitsiya fondlari va h.k) shakillantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solishning yangi tizimini yaratish; - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo’jalik qonunchiligini qabul qilish. 4. Tarkibiy o’zgarishlar. Tarkibiy iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari o’zgarishlar tarkibida oldingi birinchi navbatda tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta kurishdan asosiy maqsad-ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qadar talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantrishdan iborat. 5. Makroiqtisodiy, асосан, moliyaviy barqarorlashtirish. Bu yo’nalishi muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish choratadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta‘minlash va boshqalar kiradi. 6. Bozor xo’jaligiga mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish. Aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishga yo’naltirilgan. Ushbu ko’satib o’tilgan bozor tizimining asosiy unsurlarini shakllanishi o’tish davri tugaganligini bildiradi. Zamonaviy bozor deganda xaridor va sotuvchilarga tovarlarni erkin sotib olish va sotish imkonini beradigan har qanday tizim tushuniladi. Bozor tuzilishi 20 turli shakllarda harakat qilishi mumkin. Bu shahar maydonidagi an'anaviy bozor bo'lishi mumkin; tovar, fond, valyuta birjasi yoki mehnat birjasi; "sotish-sotib olish" kabi gazeta e'lonlari; tovarlarni sotish uchun axborot-kompyuter tizimlari va boshqalar.Bozorlarning ko'plab turlari mavjud bo'lib, ularning asosiylarini quyidagi uchta mezon bo'yicha guruhlash mumkin. Bozor infratuzilmasi tovarlarni sotish bepul jarayonini qilish sotuvchi va xaridorlarni beruvchi, tizim integratsiya. bozor samarali infratuzilmasini shakllantirish muammolari kimning iqtisodiyoti o'tish darajada bo'lgan mamlakatlar uchun ayniqsa ahamiyatlidir. Bu qurilish ko'p turli shakllari paydo bo'ladi. Bu "sotib olish va sotish" kabi oddiy bozor shaharni va zaxirasini, tovarni, valyuta va gazeta va kompyuter e'lonlari o'z ichiga oladi. Bozor infratuzilmasi muayyan mezonlarga ko'ra guruhlangan bo'ladi: - iqtisodiy maqsadlar bilan (sarmoya bozorlar, iste'mol, ishlab chiqarish vositalari, samarali kuchlar, valyuta, moliyaviy axborot); Bozor infratuzilmasi - tovarlarni sotish bepul jarayonini qilish sotuvchi va xaridorlarni beruvchi, tizim integratsiya. bozor samarali infratuzilmasini shakllantirish muammolari kimning iqtisodiyoti o'tish darajada bo'lgan mamlakatlar uchun ayniqsa ahamiyatlidir. Bu qurilish ko'p turli shakllari paydo bo'ladi. Bu "sotib olish va sotish" kabi oddiy bozor shaharni va zaxirasini, tovarni, valyuta va gazeta va kompyuter e'lonlari o'z ichiga oladi. Bozor infratuzilmasi muayyan mezonlarga ko'ra guruhlangan bo'ladi: - iqtisodiy maqsadlar bilan (sarmoya bozorlar, iste'mol, ishlab chiqarish vositalari, samarali kuchlar, valyuta, moliyaviy axborot); deb uning tabiat va maqsadi (passiv) xarakterlaydi ta'minlash. Bu resurslar jamlash va bu ishlab chiqarish uchun Iqtisodiyot imkoniyatlar va sharoitlar bir to'g'ridan-to'g'ri vazifasini beradi tovar mahsulotlari. - tartibga soluvchi (ta'minlash davomidir). Bu faol vazifasi tashqi hisoblanadi. Bu boshqaruv sub'ektlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning butun jarayoni mavjud va ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Bu mahsulot yaratish jarayonida Iqtisodiyot muammolarni ko'rsatadi. Bu vazifalar bilan chambarchas 21 bog'liq va boshqa holda amalga oshirish mumkin emas. Ularning o'zaro tovar-pul oqimining optimallashtirish natijalari. Bozor infratuzilmasi institutlari investitsiya, sug'urta, xatti-sohasida vositachilik xizmatlarini ko'rsatish bilan shug'ullanadi ishonch operatsiyalari. Shu tufayli, anti-inflyatsiya choralarni o'tkazish har qanday davlat, bandlik siyosatini ta'minlaydi, iqtisodiyotning keskin o'zgarishiga qarab oldini oladi. Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini oʼrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʼrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʼjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʼrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʼurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʼrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Аxborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʼgʼinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʼplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʼullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi. Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdosotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʼmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʼrtasida aloqa oʼrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida joylashsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʼlib, koʼrsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat koʼrsatuvchi muassasalar muhim oʼrin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz. Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo - sotiq ishlarini oʼtkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatbaho qogʼozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona oʼrtasida turib, unga boʼlgan talab va taklifni bir-biriga bogʼlaydi. 22 Birjaning barcha shakllarida kelishuvning xarakterli belgisi tovar, aksiya va valyuta kurslariga, bahoning tebranib turishiga chayqov yoʼli bilan taʼsir qilishdir. Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash toʼgʼrisida bitim tuzadi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini toʼlash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovar egasi va xaridorlar qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler)lar - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirigʼiga koʼra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʼz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq boʼlgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi. Birjalar ixtisoslashgan yoki universal boʼlishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi. Аuksionlar - alohida xususiyatlarga ega boʼlgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Аuksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan roʼyxati boʼyicha, ommaviy sotuvga qoʼyish yoʼli bilan oʼtkaziladi. Аuksion eʼlon qilingan vaqtda va maʼlum davrda oʼtkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Аuksion savdosida namuna tovarlar roʼyxatda koʼrsatilgan tartibda savdoga qoʼyiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Аuksionlarda sanʼat asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari maʼlum vaqtda oʼtkazilib, bu yerda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi oʼrtasida yuz berib, unda bevosita isteʼmolchi qatnashmaydi. Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal boʼlishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyimkechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.) universal savdo uyi har xil tovarlar bilan 23 savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim oʼrin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporasiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shugʼullanadigan turlarga boʼlinadi. Аyrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shugʼullanadi. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni oʼz mulkiga sotib olib, keyin isteʼmolchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil doʼkonlar, maxsus doʼkonlar va supermarketlardan iborat boʼladi. Supermarket - bu xaridorning oʼz-oʼziga xizmat koʼrsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma boʼyicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat koʼrsatadi. Koʼp tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular oʼz nomidan va koʼpincha oʼzlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sugʼurta xizmati koʼrsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida oʼringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi boʼlgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib - qoidalarini oʼrnatadi. Moliyaviy muassasalardan koʼpchiligi oʼziga xos belgilarga ega boʼlsada, ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular oʼzlarining majburiyatlarini bildiradi, yaʼni mablagʼlari ortiqcha boʼlgan subʼektlardan pul qarz oladi va oʼz nomidan mablagʼlari yetishmagan subʼektlarga pul qarz beradi. Bozor infratuzilmasining banklar, sugʼurta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida oʼziga xos oʼringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan oʼrni bilan keyingi mavzularda batafsil tanishamiz.Bozor iqtisodiyoti subʼektlarini moliyaviy axborotlar bilan taʼminlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati 24 idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Аuditor firmalar korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xoʼjalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan oʼtkazuvchi idora. Ular odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat koʼrsatadi va toʼliq mustaqillikga ega boʼladi. Аuditor firmalar oʼz ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisobkitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Аuditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat koʼrsatishi, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni taʼminlaydi. 25 2.2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari XX asrning 90-yillari boshida O’zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani bilan boqliqdir. Istiqlolimiz sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqdisodiy, xalqaro masalalarni o’z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi. Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa bozor madaniyatini shakllantirish lozim edi. Bu esa oson ish emasdi. Zero, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan. To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmun mohiyatiga ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi. Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va monopollashuvdan qaytish mehanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror toptirish, pirovardida aralash 26 iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishning 5 bozordan boshqa yo’li yuq, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi turardi. To’g’ri, bozor iqtisodiyotiga, Yurtboshimiz ko’p bor ta’kidlaganidek, bir kunda va bir zarb bilan o’tish aslo mumkin emas. Sababi - O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning iqtisodiy asoslari juda zaif edi. Buning ustiga iqtisodiyotimiz xom ashyoga yo’naltirilgan va asosiy ishlab chiqarish fondlari g’oyat eskirgan. O’zbekiston sobiq ittifoq davrida amalda arzon mineral hamda qishloq xo’jaligi xom ashyosini yetkazib beruvchiga aylanib qolgan. Bu mustamlakachilik amaliyoti chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olganidan keyin boshlangan, sho’rolar davrida esa u ixtisoslashuv, mehnat taqsimoti vajlari bilan yanada chuqurlashtirilgan va mustahkamlangan edi. Respublika nafaqat jihozlar, texnologiyalar va juda ko’p turdagi xom ashyo mahsulotlarini, balki birinchi darajali ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari — g’alla, go’sht, shakar, tuz, qandolatchilik mahsulotlari va boshqalarni, shuningdek, yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan juda keng doiradagi xalq iste’moli mollarini ham tashqaridan keltirishga majbur bo’lgan. Deyarli barcha tarmoqlarda tugallanmagan siklga ega ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgani sababli ular atayin xom ashyoni qazib olish va dastlabki ishlov berish, yarim fabrikalar tayyorlash bosqichida tuxtab qolar edi. Oddiy xalq ommasida agar ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan bo’lsa, bundan birinchi navbatda, sho’ro zamonidan qolgan xufiyona iqtisodiyot korchalonlari yutadi, o’zining «o’lik kapitalini» ishga solib yuboradi, degan hadiksirashlar ham mavjud bo’lgan. Albatta, hyech bir yangilikni hamma ham quchoq ochib kutib olmaydi. Tuzumni, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni butunlay yangicha asosda shakllantirishni taqozo qiladigan bozor iqtisodiyotini ham o’z tarafdorlari-yu, unga shubha bilan qaraydiganlari ham bo’lishi tabiiy. Ko’p jihatdan tavakkalchilikka asoslangan bozor sharoitida o’z biznesi sinishidan, raqobat kurashida mag’lubiyatga uchrashidan hyech kim kafolatlanmaydi. Bunday munosabatlarni chuqur tadkiq etganlarning fikricha, kapital jamg’arilishining tarixiy tendensiyasi, 27 ya’ni mayda mulklarning kimlardir tomonidan g’oyat yiriklashtirilishi, keng xalq ommasining yeri, tirikchilik vositalari mehnat qurollarining ekspropriasiya kilinishi kapitalizm tarixining muqaddimasidir. Bevosita ishlab chiqaruvchilarning ekspropriasiya qilinishi ko’p mamlakatlarda katta yo’qotishlar, o’pirilishlar, ayniqsa, aholi kam ta’minlangan tabaqalarini haq-huqulari hisobga olinmasdan amalga oshirildi. Respublika nafaqat jihozlar, texnologiyalar va juda ko’p turdagi xom ashyo mahsulotlarini, balki birinchi darajali ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari — g’alla, go’sht, shakar, tuz, qandolatchilik mahsulotlari va boshqalarni, shuningdek, yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan juda keng doiradagi xalq iste’moli mollarini ham tashqaridan keltirishga majbur bo’lgan. Deyarli barcha tarmoqlarda tugallanmagan siklga ega ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgani sababli ular atayin xom ashyoni qazib olish va dastlabki ishlov berish, yarim fabrikalar tayyorlash bosqichida tuxtab qolar edi. Oddiy xalq ommasida agar ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan bo’lsa, bundan birinchi navbatda, sho’ro zamonidan qolgan xufiyona iqtisodiyot korchalonlari yutadi, o’zining «o’lik kapitalini» ishga solib yuboradi, degan hadiksirashlar ham mavjud bo’lgan. Albatta, hyech bir yangilikni hamma ham quchoq ochib kutib olmaydi. Tuzumni, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni butunlay yangicha asosda shakllantirishni taqozo qiladigan bozor iqtisodiyotini ham o’z tarafdorlari-yu, unga shubha bilan qaraydiganlari ham bo’lishi tabiiy. Ko’p jihatdan tavakkalchilikka asoslangan bozor sharoitida o’z biznesi sinishidan, raqobat kurashida mag’lubiyatga uchrashidan hyech kim kafolatlanmaydi. Bunday munosabatlarni chuqur tadkiq etganlarning fikricha, kapital jamg’arilishining tarixiy tendensiyasi, ya’ni mayda mulklarning kimlardir tomonidan g’oyat yiriklashtirilishi, keng xalq ommasining yeri, tirikchilik vositalari mehnat qurollarining ekspropriasiya kilinishi kapitalizm tarixining muqaddimasidir. Bevosita ishlab chiqaruvchilarning ekspropriasiya qilinishi ko’p mamlakatlarda katta yo’qotishlar, o’pirilishlar, ayniqsa, aholi kam ta’minlangan tabaqalarini haqhuqulari hisobga olinmasdan amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari 28 Islom Karimov uzoqni ko’zlab, oqilona yuritayotgan siyosati samarasida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishda bunday katta yo’qotish va talotumlardan chetlab o’tildi. Ijtimoiy adolatsizlikka, aholining keskin tabaqalanishiga yo’l qo’yilmadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning evolyusion, bosqichma-bosqich yo’li tanlandi. Bu borada ijtimoiy adolatni ta’minlashda davlatning islohotchilik roli katta ahamiyatga ega bo’ldi. Prezidentimiz Islom Karimov o’zining iqtisodiy siyosatga bag’ishlangan asarlarida bozor iqtisodiyotining shakl-shamoyillari, unga o’tishning zarurati, shart-sharoitlari va omillarini puxta asoslab berdi. «Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, - deb yozadi davlatimiz rahbari, - o’z umrini o’tab bo’lgan eski mustabid sovet tuzumidan voz kechib, jahon tajribasini har tomonlama puxta o’rganish, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf-odat va an’analarimizni asrab avaylash va yanada mustaxkamlash asosida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etishga azmu qaror qildik».10 Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bozor munosabatlarini qaror toptirishning asosiy shart va yunalishlarini tashkil etdi. O’tgan davr ichida iqtisodiyotga oid qabul qilingan qonunlar. Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining asosiy qismi ana shu uch yo’nalishni rivojlantirishga qaratilganini alohida ta’kidlash darkor. Bu yillarda minglab davlat korxonalari xususiylashtirildi, aksiyadorlik jamiyatlari yoki mulkchilikning boshqa nodavlat korxonalari sifatida qayta tashkil etildi. Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga keladi. Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bog‘liq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi 29 iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o‘z rivojlanishining tabiiyevolyusion, dinamik xususiyatini belgilab beradi. Bozor iqtisodiyoti — murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, o‘zaro bog‘langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalami o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi — bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir. Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o‘z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlami yaratib berishi kerak. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir. O‘tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o‘zgarishlaming qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud bo‘lgan turli kuchlarning kurashi va o‘zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yo‘llarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo‘qolib ketishi, o‘niga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi). O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li - o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan iboratdir. Iqtisodiy islohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va xo‘jalik faoliyati yuritishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni 30 ta’minlashdan iborat. Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir. O‘tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni keng aholi qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining asosiy sharti islohotlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligidir. Biz yuqorida bozor iqtisodiyotiga o`tishning yagona va universal, ya`ni hamma mamlakatlar uchun yaroqli bo`lgan yo`li yo`q ekanini ta`kidlab o`tgan edik. Endi ana shu fikrni O`zbekiston misolida tasdiqlashga harakat qilamiz. Avvalo, shuni aytib o`tish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o`tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy bo`lgan jihatlari mavjud. Bular mazkur tizimning mohiyati va asosiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Xususiy mulk shakllarining rivojlanishi uchun davlat tomonidan keng shartsharoitlar yaratish, xo`jalik sub`ektlarining teng huquqliligini ta`minlash va ularning o`zaro raqobatlashuv muhitini yaratish, yakka hukmronlik (monopolizm)ga qarshi siyosat o`tkazilishi va hokazolar - bular hammasi har qanday mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o`tishidagi umumiylik hisoblanadi. Shu bilan birga, rivojlanishning bozor iqtisodiyoti yo`lini tanlagan mamlakat o`zining tarixiy tajribasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi, xalqining milliy qadriyatlari va mentalitetidan kelib chiqib, o`ziga xos va mos bo`lgan yo`lini tanlaydi. Biroq, bozor iqtisodiyotiga "hamma dardning davosi" sifatida qarash yaramaydi. U keng, tekis va ravon yo`l emas. Unga o`tish hech qachon muayyan talofotlarsiz ro`y bermaydi. Shuning uchun O`zbekiston Prezidenti I.Karimov 31 mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o`tishining asosiy g`oya va tamoyillarini ishlab chiqdi. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan ushbu g`oya va tamoyillar mamlakatimizni ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tishining yaxlit bir dasturini tashkil etadi. Bu dasturning ibratli tomoni shundaki, u faqatgina butun mamlakatimizda yashab turgan fuqarolarning taqdirini o`ylab tuzilgan emas, balki kelajak avlodlar taqdiriga ham bevosita aloqador bo`lib, ularga ozod va obod vatan qoldirishni nazarda tutadi. Rejali iqtisodiyot tizimi hukmronligi bilan bog`liq bo`lgan illatlarni tezroq bartaraf qilish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror va yuqori sur`atlar bilan rivojlanishini ta`minlash, pirovard natijada O`zbekistonni rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish dasturning bosh maqsadini tashkil etadi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos va mos yo`li bugungi kunda jahonga Yurtboshimiz nomi bilan tanildi va bu yo`l adolatli tarzda taraqqiyotning o`zbek modeli deb atalmoqda. Ushbu yo`lni amalga oshirish mamlakat iqtisodiyotida tub islohotlar o`tkazishni taqozo etadi. Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, islohotlar islohotlar uchun emas, balki odamlar uchun, ularning farovonligini oshirish uchun o`tkaziladi. "Yer, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma`naviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik bo`lib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqining asosi bo`lib xizmat qiladi".1 O`zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o`tishi I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyilga tayanadi: Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan to`la xoli qilish va uni siyosatdan ustun turmog`i. Bu tamoyilga ko`ra, iqtisodiyot va uni barqaror hamda yuqori sur`atlar bilan rivojlantirish davlat siyosatining mazmunini tashkil etadi. 32 Ikkinchidan, bozor munosabatlariga o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Buning ma`nosi shundan iboratki, davlat bu davrda butun xalq manfaatlaridan kelib chiqib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining etakchi va ustivor yo`nalishlarini belgilab beradi. Islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lib qoladi. Uchinchidan, barcha ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda qonun ustivorligini ta`minlash taqozo etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, iqtisodiy o`zgarishlar va jamiyatning yangilanish jaryoni mamlakatda amal qiluvchi qonunlarga tayangandagina ijobiy natijalar berishi mumkin. 33 XULOSA Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar – pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti azaldan mavjud. U bir necha ming yillardan beri rivojlanib, turli iqtisodiy – ijtimoiy tizimlar doirasida saqlanib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish – bu shunchaki maqsad yemas, balki iqtisodda bozor munosabatlarini shakllantirish, jamiyatni yangilash yo’lidir, ya’ni iqtisodiy faoliyat yerkinligiga, mulchilikning xilma – xilligiga, narx yerkinligiga, raqobat qurashiga, shaxsiy huquq va yerkinliklarning qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga yerishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari zamonidagina ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko’plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish, to’kinchilik yaratib, xalqning farovon turmushini ta’minlash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolat o’rnatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti — jamiyat taraqqayotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmuidir. Tarixan, bozor iqtisodiyotiga o’tish yeng so’nggi navbatda «sotsialistik» mamlakatlar o’tmoqda. Xalqaro tajribada bozor iqtisodiyotiga o’tishning bir qancha modellari mavjud bo’lib, ularni umumlashtirib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch turga yoki modelga bo’lishimiz mumkin: 1. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari Mustamlakachilikdan va boshqa rivojlangan ozod bo’lib, mustaqil mamlakatlar taraqqiyot yo’li. yo’liga 2. kirib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining yo’li. 3. Mustaqil Davlatlar Xamdo’stligi mamlakatlari, boshqacha aytganda, «sotsialistik» rivojlanish yo’lidan borgan va hozirda bozor iqtisodiyoti yo’lini tanlagan mamlakatlar yo’li. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda davlatlashtirilgan, o’ta markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan — bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo yetdi: 1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning huquqiy asoslarini yaratish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish. 2. Bozor infratuzilmasini shakllantirish. Bun da bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni 34 o’rnatishga ko’mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat ko’rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish. 3. Mulkchilik va xo’jalik yuritish usullarini privatizatsiyalash. 4. Narx – navoni liberallashtirish, narxlarni yerkin qo’yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xil bo’lishi bilan bir qatorda har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi yo’li mavjuddir. 35 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: I. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. O‘zbekiston Respublikasining 256-I-son Qonunlari bilan tasdiqlangan (Oxirgi marta O‘zR 23.05.2019 y. O‘RQ542-son Qonuni bilan o‘zgartirishlar kiritilgan). 2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. O‘zbekiston Respublikasining 161-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan (Oxirgi marta O‘zR 09.01.2019 y. O‘RQ514-son Qonuni bilan o‘zgartirishlar kiritilgan). 3.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. O‘zR 30.12.2019 y. O’RQ-599 son Qonuni bilan tasdiqlangan 4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari: 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» gi 2017 yil 15 avgustdagi F-5024-son Farmoyishi. http://press-service.uz/uz/lists/vievv7919 III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalari: 6. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. T.: O‘zbekiston, 2016. -56 b. 36 7. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash - yurt taraqqiyoti va Konstitutsiyasi xalq qabul farovonligining qilinganining 24 garovi. O‘zbekiston yilligiga Respublikasi bag‘ishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016 yil 7 dekabr. - T.:O‘zbekiston, 2017. - 48 b. 4. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: O‘zbekiston, 2017.- 108 9. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari 37 qadar